XAYRIDDIN SULTONOVNING HIKOYACHILIKDAGI MAHORATI
X AY RIDDIN SULTONOVNING HIKOYAC HILIKDAGI MAHORATI
Reja I BOB. Istiqlol yillari hikoyanavisligida yangi badiiy tamoyillar. I.1. Istiqlol davri hikoyachiligida uslub va mahorat I.2. XayriddinSultonningqahramonyaratishmahorati II.BOB. Xayriddin Sulton hikoyalarining kompozitsion о‘ ziga xosligi 2.1.Ijodkorning sujet, konflikt yaratish mahorati 2.2. Adib hikoyalarida muallif va qahramon nutqidagi individualliklar III BOB.Yozuvchi uslubi, tasvirlash san‘ati. 3.1.Ijtimoiy muhitning psixologik tasviri. 3.2.Voqealar rivojining hayotbaxsh yechimi. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar r о‘ yxati
• KIRISH • Mavzuning dolzarbligi . Jahon adabiyotshunosligida epik turning kichik janrlaridan biri hikoya janri va uning o‘ziga xosliklari, tabiati, spisifikasi xususida bir talay ishlar amalga oshirilgan. G‘arbda novella deb ataluvchi bu janr inkoniyatlari butun dunyo adabiyotshunosligida muayyan tarzda o‘rganilib kelinmoqda. Janrning qisqaligi, hajman kichikligi uning kitobxonlari aud i toriyasini kengayib borishiga sabab bo’lmoqda. Amerika adabiyotida XX asrning so‘nggi choragida romanlar o‘z o‘rnini novellalar (hikoyalar)ga bo‘shatib berishi janrning yuksak taraqqiyotidan dalolat beradi. Mazkur jarayon istiqloldan keyin o‘zbek adabiyotida ham bir muncha jonlandi. Xuddi shu davr hikoyachiligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan yozuvchilardan biri Xayriddin Sultonovdir. Davr adabiy jarayonida Xayriddin Sultonovning qo‘shgan hissasini har jihatdan asoslash ishimizning dolzarbligini belgilab beradi.
• I BOB. Istiqlol yillari hikoyanavisligida yangi badiiy tamoyillar. • I.1. Istiqlol davri hikoyachiligida uslub va mahorat • Mustaqillik tufayli ijodkor ahliga berilgan keng imkoniyatlardan unumli va samarali foydalangan holda Xayriddin Sultonov ham boshqa bir qator qalamkashlar singari xalqning asrlar osha dilida uyum-uyum bo‘lib yotgan, biroq bu “ tugunlar”ning barchasini ”tole”dan, ”peshona”dan deb bilib bariga ”sajda qilib” yashab kelayotgan ma’lum bir qahramonlar timsolida butun boshli mana shu obrazlarning ”qofiyadoshlar”ining rangin manzaralarini badiiy bo‘yoqlarda chizib berdi. Xayriddin Sultonov badiiy adabiyot maydonida ilk marotaba yaratgan asarlarining mavzusi, yo‘nalishi va o‘z navbatida badiiy, g‘oyaviy xususiyatlari bilan bugungi kunda yaratgan asarlari o‘rtasida bir talay farqli xususiyatlar mavjud desak sira mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.
• Darhaqiqat, har bir davrning ”tabiiy”va original asarlari yaratilishi uchun adabiy muhit, so‘z erkinligi adib uchun ikki qanot vazifasini o‘tab kelgan.O‘zida gumanizmni jo eta olmagan har qanday siyosat, mafkura va tuzum uzoq hukmronlikni o‘z qo‘lida saqlab qola olmaydi. Shu jumladan bu boradagi fikrlarni adabiyotdagi oqim va metodlar to‘g‘risida ham aytsak bo‘ladi. Mustaqillikka erishilgandan so‘ng adabiyotda ilgari mavjud bo‘lgan hamda adabiyot uchun ”bosh qomus” sanalgan bir qancha mafkura va metodlar adabiyotning emas, aslida hukumatning ”posbonlari” ekanligi sababli adabiyotdan tabiiy ravishda surib chiqarildi. • . Shu bois tanqidiy realizm ruhidagi asarlar yaratila boshlandi va ijodda yangicha uslub va y о ‘nalishlardagi asarlar maydonga keldi. Chinakam badiiy tafakkur mahsuli bo‘lgan asarlar miqdori mustaqillikka erishganimizdan so‘ng oshdi desak haq gapni aytgan bo‘lamiz.