xitoy tilshunosligining nazariy masalalari
![MA VZU: X I TOY TI LSHUNOSLI GI NI NG
NA ZA RI Y MA SA LA LA RI](/data/documents/1fb81058-9f52-4e2c-b1de-07e94a0bf3c0/page_1.png)
![RE JA:
X it oy t ilining t arixiy dav rlarga bo‘linishi
Xitoy an’anaviy tilshunoslik maktabi
Xitoy grammatikasining asosiy asarlari](/data/documents/1fb81058-9f52-4e2c-b1de-07e94a0bf3c0/page_2.png)
![XITOY TILI DUNYODAGI ENG QADIMGI TILLARDAN BIRI HISOBLANADI.
BU TILNING TARIXI UNING YOZUV SISTEMASI BILAN CHAMBARCHAS
BOG‘LIQ. QADIMGI TILLAR BIR NECHANI TASHKIL QILGAN BO‘LSADA,
BUGUNGI KUNGA QADAR FAQATGINA XITOY IYEROGLIFIK YOZUVIDAN
MUOMALADA FOYDALANIB KELINMOQDA. XITOY YOZUVINING BOSHQA
TILLARDAN FARQI UNDA OHANGNING MAVJUDLIGIDIR.
•
QA DI MI Y X I TOY TI LI – “ZAMONAVIY XITOY TILI”NING OTA-BOBOSI BO‘LIB, 1919-YIL 4-MAY
HARAKATIDAN5 OLDINGI TARIXIY JARAYONDAGI XAN MILLATINING UMUMMILLIY TILI
HISOBLANGAN.
•
BU TIL ZAMONAVIY XITOY TILI BILAN UMUMIY TIL ASOSIGA EGA, LUG‘ATSHUNOSLIK VA
GRAMMATIKA TUZILISHI HAM O‘ZARO MOSLASHADI; BIROQ LEKSIK TIZIM VA OG‘ZAKI TIL NUQTAI
NAZARIDAN ZAMONAVIY XITOY TILIDAN KATTA FARQ QILADI. QADIMGI XITOY TILI ODATDA,
QADIMGI YOZMA TILNI IFODALAYDI, “ VEN YAN ” VA “ QADIMGI BAY X UA” 6NI O‘Z ICHIGA OLADI. U
AVVALGI DAVRLAR TILLARI XUSUSIYATLARINI O‘ZIDA MUJASSAMLASHTIRIB, GOHIDA O‘TA
MURAKKAB G‘OYALAR YOZMA BAYONINING TURLI TIL USULLARINI ISHLAB CHIQQAN.
•
SUNGU SUE 训 诂 学 – BU XITOYNING ENG QADIMGI FANLARIDAN BIRI HISOBLANADI. U AN’ANAVIY
FILOLOGIYA BO‘LIB, ILGARI ODAMLAR UNI “ 小学” , YA’NI “KICHIK FAN” DEB ATAGANLAR.](/data/documents/1fb81058-9f52-4e2c-b1de-07e94a0bf3c0/page_3.png)
![Xitoyshunoslikda A.Maspero1 taklif etgan
davlarga bo‘lish modeli dunyo xitoyshunosligida
yaxshi ma’lum. U xitoy tili tarixini 3 katta davrga
bo‘lgan, har bir davrni o‘z o‘rnida ilk va so‘nggisi
bo‘lgan. Bu davrlashtirish kasriy ko‘rinishga ega: 1) arxaik
(qadimgi) xitoy
tili:
a) ilk arxaik (Xan
davrigacha, ya’ni
miloddan avval
III asrgacha
bo‘lgan davrni o‘z
ichiga oladi);
b) so‘nggi arxaik
(milodiy III
asrgacha); 2) o‘rta xitoy tili:
a) ilk o‘rta
(milodiy IVdan
VIII-IX asrgacha);
b) so‘nggi (XII
asrgacha bo‘lgan
davr); 3) zamonaviy:
a) ilk zamonaviy
(XII-XVII asrlar);
b) so‘nggi (XVIII-
XX asrlar);](/data/documents/1fb81058-9f52-4e2c-b1de-07e94a0bf3c0/page_4.png)
![Xitoy tilshunosligiga doir ma’lumotlar
berilgan ayrim darslik va qo’llanmalar](/data/documents/1fb81058-9f52-4e2c-b1de-07e94a0bf3c0/page_5.png)
![Yana bir muqobil ko‘rinishdagi davrlashtirish Xitoy
tilshunos olimi Van Li tomonidan”Hàny sh g o” ǔ ǐ ǎ
kitobida taklif etilgan. U xitoy tili tarixini 4 davrga
bo‘lgan:
1) 上古期 (shàngg qī) – ilk yozma manbalarda keltirilgan qadimgi
ǔ
xitoy tili, III asrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Asosiy
xususiyati: bo‘lishsiz va so‘roq gaplarda olmosh to‘ldiruvchisi
fe’ldan oldin joylashishi; shuningdek, kirish ohangining ( 入声
3rùshēng) ikki turi mavjud bo‘lganligi. Milodan avvalgi III va IV
asrlar o‘tish davrlari hisoblanadi;
3) 近代期 (jìndàiqī) – yangi xitoy tili,
XIII-XIX asrlar (Afyun urushigacha
bo‘lgan davr). Xususiyati: shimoliy
shevada shunday atalmish “Xira
undoshlar” ( 浊声母 zhuóshēngm ), - t
ǔ
bilan tugaydigan qofiyalar va kirish
ohangining yo‘qolishi. O‘tish davri:
1840-yil (Afyun urushining
boshlanishi)dan 1919-yil (“4- may”
harakati)gacha bo‘lgan davr; 4) 现代期 xiàndàiqī – zamonaviy xitoy
tili, XX asr boshidan to hozirgi
davrgacha bo‘lgan jarayon. Xususiyati:
g‘arb tillari grammatikasining ta’siri
kuchayishi hamda katta miqdorda ko‘p
bo‘g‘inli so‘zlarning paydo bo‘lishi. 2) 中古期 (zhōngg qī) – o‘rta
ǔ
davr xitoy tili, m.a. IV -
milodiy XII asrlarni qamrab
oladi. Asosiy xususiyati 是
(shì)bog‘lamasi; olib
chiqilgan to‘ldiruvchili natija
konstruksiyasi; 儿 (ér), 子
(z ),
ǐ 了 (le), 着 (zhe)
suffikslari (qo‘shimchalari);
va pasayuvchi ohangning ( 去
声 qùshēng)4 paydo bo‘lishi.
O‘tish davri – XII-XIII asrlar;](/data/documents/1fb81058-9f52-4e2c-b1de-07e94a0bf3c0/page_6.png)
![Rossiyalik tilshunos olimlar esa asosan S.E.Yaxontov1 taklif etgan tasnifni
tan olishadi. Unga ko‘ra, xitoy tili tarixi quyidagicha bo‘linadi:
1) Mumtoz davrgacha bo‘lgan jarayon: miloddan avvalgi V asrgacha
yaratilgan ilk yozma yodgorliklar tili;
2) Mumtoz davr: miloddan avvalgi V-III asrlar (Chjou sulolasining oxiri va
Chin sulolasi) va qisman keyingi 4 asr (Xan sulolasi) davri, ya’ni milodiy II
asrgacha yaratilgan yozma manbalar tili;
3) so‘nggi qadimgi: III-IV asrlar;
4) o‘rta davr: IVdan XII-XIV asrlargacha;
5) zamonaviy.
Qadimgi xitoy tili ikkiga bo‘linadi:
1) qadimgi og‘zaki til – 雅言 (y yán) ǎ
2) qadimgi yozma til - 文言 (wényán), 白话 ( báihuà )](/data/documents/1fb81058-9f52-4e2c-b1de-07e94a0bf3c0/page_7.png)
![Xitoydagi tilshunoslik ilmining rivojlanishida Yevropa tilshunosligining
ahamiyati katta deyiladi. Haqiqatdan ham, ilk xitoy tilining yevropacha
talqinidagi grammatikasi 1898-yili yozilgan bo‘lib “ 马氏文通” Ma Shi Ven Tung
deb nomlangan. Uning muallifi 马建忠 Ma Zyan Djung Yevropada ta’lim olib,
o‘zining ilmiy ishini yevropa tillari grammatik talqiniga asoslanib yozgan.
Xitoy mualliflari Ma Zyan Djungning ilk grammatikasi paydo bo‘lgunga qadar
ham o‘zlarining til xususiyatlarini o‘rganishgan, ammo yevropaliklar nazdida
bunday o‘rganish grammatika hisoblanmas edi. “Dunyo tilshunoslik ilmi
tarixining guvohlik berishicha, til faoliyatining noyevropaviy qonunlari
o‘rtasidagi mavjud farq, nutq tuzilishi qoidalari ham madaniy-g‘oyaviy jihatdan,
ham konstruktiv belgilar va tushuncha-terminologik apparat, tilning toifalarga
ajratilishi jihatidan va uning lingvistik tavsifiy shakliga ko‘ra yevropacha
namunalarga qarshilik qiladi”. Xitoy tilshunoslari qadimdan yevropacha
namuna asosida bo‘lmasada, xitoy tili grammatikasini o‘rganish bilan
shug‘ullanganlar.](/data/documents/1fb81058-9f52-4e2c-b1de-07e94a0bf3c0/page_8.png)
![•
XITOY TILSHUNOSLIGINING ENG QADIMGI SOHASI 训 诂 SYUNGU
HISOBLANADI. SYUNGU – HIKMATLI MA’NOLARGA EGA QADIMGI MATN SHARHLARI
DEMAKDIR. BUNDAY QADIMGI SHARHLAR QADIMGI SO‘ZLARNI BUGUNGI KUNDA
QO‘LLANILADIGAN, O‘QUVCHIGA TANISH BO‘LGAN SO‘ZLARGA TARJIMA QILISH
ORQALI KELAJAK AVLODGA YETKAZIB BERISH VAZIFASINI O‘TAR EDI. YANA BIR
BOSHQA SOHA – IYEROGLIFLARNING YOZILISHI, TUZILMA VA ETIMOLOGIYASINI
O‘RGANISH HISOBLANGAN.
•
UNDAN KEYINGI SOHA ESA – FONOLOGIYA HISOBLANADI, YA’NI TILDA
MAVJUD TOVUSHLARDAGI FARQLARNI ANIQLASH. OLIMLAR TOVUSHLARNING
TABIATI VA TALAFFUZI MAVZUSIGA UMUMAN TEGISHMAGAN. GARCHI BOSHQA
ILMLARDAN KEYIN PAYDO BO‘LGAN BO‘LSA-DA, USHBU KATTA RIVOJLANISH
BOSQICHINI BOSHIDAN KECHIRDI.
•
BIR NECHA MING YILLAR DAVOMIDA XITOY SHAN SULOLASI (M.AV.1766-1122)
DAVRIDA PAYDO BO‘LGAN O‘ZINING YOZUV MADANIYATINI SAQLAB QOLDI. XITOY
AN’ANAVIY MADANIYATINING RIVOJLANISHINI KO‘PLAB ASRLARGA YOYGAN ASOSIY
MATNLAR DJOU VA XAN DAVRIGA OID EDI.
•
ILK FILOLOGIK YUTUQLAR XAN DAVRIGA TEGISHLI BO‘LSA, DJOU DAVRINING
ENG KATTA MEROSI DEB KONFUTSIY MATNLARINI AYTISHIMIZ MUMKIN.](/data/documents/1fb81058-9f52-4e2c-b1de-07e94a0bf3c0/page_9.png)
![Djou sulolasining
so‘ngida konfutsiy
matnlari 6 kanonik
kitoblarga
biriktirilgan:
“ Shuzin”
“ Yizin”
“ Lizi”“ Yuezin”.“ Shizin” “ Szodjuan”](/data/documents/1fb81058-9f52-4e2c-b1de-07e94a0bf3c0/page_10.png)
![
Keyinchalik Tsing va Xan sulolalari davrida bu kitoblarni o‘qish man etilib,
kanonlarni yoddan bilgan olimlar soni tobora kamayib ketgan.
Xan sulolasi davrida ayrim yodda qolgan matnlar zamonaviy lishu yozuvi
bilan yozib qoldirilgan. VII asrga kelib Tang sulolasi (628-649) Tayzun davrida
rasmiy mumtoz matnlarning soni 13 taga yetkazildi.
Imperator Chendi (m.avv. 32-7) davrida imperator arxivini tekshirish uchun
3 nafar kishidan iborat mas’ul komissiya tashkil etildi, ular ning orasida konfutsiy
matnlarini izlab topish vazifasi tilshunos olim Lyu Syanga topshiriladi. Aniqlangan
matnlarni tahlil ishlari uning o‘g‘li Lyu Sin tomonidan yakuniga yetkazildi. Lyu Sin
tomonidan ishlab chiqilgan ilk tasnif 七略 qilüe deb nomlandi. Yettita bo‘lim:
六艺
liuyi mumtoz matnlari, 传记 zhuanji tarixiy yilnoma,
诸子
zhuzi falsafiy matnlar ,诗赋 shifu qasida va she’rlar ,
宾术
bingshu harbiy san’at haqida asarlar,
数术
shushu ta’bir qilish haqida asarlar, 方技 fangzhi tehnika haqidagi asarlar.
Shu tarzda xitoy tilshunosligida ko‘hna konfutsiy matnlarini o‘rganish bo‘yicha yangi
soha – ko‘hna yozuv maktabi ajralib chiqdi.](/data/documents/1fb81058-9f52-4e2c-b1de-07e94a0bf3c0/page_11.png)
![
1931-yilda Yang Shudaning “ 马氏文通刊误” Ma grammatikasiga tuzatishlar
kitobi chiqdi, unda Ma Szyan Djung asarining hamma nazariy grammatik
kamchiliklarini va qadimgi matnlarning noto‘g‘ri sharhi bilan bog‘liq barcha xato va
kamchiliklar tanqidiy muhokama qilingan.
何容 Xe Rongning kitobi “ 中文法论” - Xitoy grammatikasi haqida fikr-
mulohazalar
1937-yilda yozilib, 1942-yilda nashrdan chiqadi, unda Ma shi ven tun
asari nashr qilingandan beri xitoy tilshunosligidagi ko‘rilgan yutuqlar jamlangan
edi. 1924-yildan so‘ng yangi asarlar chop qilinmaganligi bois Xe Rongning kitobi
xitoy tili grammatikasi bo‘yicha yangi mufassal ma’lumotnoma o‘rnida keng
miqyosda qo‘llanildi.
Xitoy tilshunosligi rivojlanishidagi keyingi bosqich atoqli tilshunoslar 吕叔湘
Lyuy Shusyang va 王力 Van Li ( 王了一 - Van Lyaoi; 1900-1986) va 高名凯 Gao Minkay
(1911-1965) nomlari bilan bog‘liq.
Lyuy Shusyang 1942-1944-yillarda “ 中国文法要略” - Xitoy grammatikasi-ning
qisqa ocherkini (ba’zi tadqiqotchilarning fikricha, unchalik aniq emas, rus tilidagi
tarjimasi 1961-yilda chop etilgan) nashr qildi. Alohida mutaxassislar ning fikriga
asosan, ushbu asar o‘tgan yuz yillikning qirqinchi yillarigdagi eng sara asar
hisoblanadi. Semantika va sintaksis o‘zaro bog‘liqligi dinamikasi (o‘zgarishi) haqida
ilk bora so‘z borgan. Bu semantika muammolariga to‘xtalib o‘tilgan birinchi asardir.](/data/documents/1fb81058-9f52-4e2c-b1de-07e94a0bf3c0/page_12.png)
![Venyan, bayxua tillari ham xitoy tiliga mansub bo‘lib, ular
o‘rtasida doim taqqoslash va solishtirishlar bo‘ladi, shuning uchun
grammatikani qiyosiy deb nomlash mumkin. Muallif 1942-yildagi
dastlabki variantda daniyalik tilshunos Otto Yespersendan o‘zlashtirilgan
va o‘sha davrda Xitoyda keng tarqalgan (Van Li ham o‘zining ilk asarlarida
qo‘llagan) hamda Li Tsin Zining “kelishiklar” g‘oyasi bilan mos keluvchi
uch darajali so‘zlar nazariyasiga “ 三品说” asosiy e’tiborni qaratadi. Biroq
uch daraja haqidagi fikrlar 1956-yilgi qayta nashrda chiqarib tashlangan
edi.
Lyuy Shusyang grammatikasida asosiy e’tibor xitoy tili uchun
o‘ziga xos bo‘lgan til hodisalari va tuzilishiga qaratilgan bo‘lib, ba’zi
iboralarning qo‘llanilish xususiyatlari izohlangan. Ilk bor gap va so‘z
birikmalari o‘rtasidagi munosabatlar va bir shakldan boshqa shaklga
o‘tish (o‘zgarish, transformatsion) aloqalari tadqiq qilingan.
So‘z turkumlari va gap bo‘laklarini ifodalashda Li Tsin Zi
grammatikasi singari (Ma Szyanchjundan o‘zlashtirilgan terminlar bilan)
“kelishik tizimi” kiritiladi: “ 起词”
boshlang‘ich so‘z, “ 受词” qabul qiluvchi
so‘z, “
止词” oxirgi so‘z va h.k.](/data/documents/1fb81058-9f52-4e2c-b1de-07e94a0bf3c0/page_13.png)
![Xitoy tilidagi so‘z
turkumlarining
“egiluvchanlik”
muammosini
yechishga
urunganlar
Van Li Lyuy
Shusyang Otto Yespersen Van Li](/data/documents/1fb81058-9f52-4e2c-b1de-07e94a0bf3c0/page_14.png)
![• Gao Minkay – “ 汉 语 语 法 论 ” Xitoy tili grammatikasi haqida fikr-mulohazalar (1948) muallifi. Ushbu
kitob uch qismdan iborat: gap tuzilishi haqida ta’limot, kategoriyalar ta’limoti va gap turlari haqida
ta’limot. Olim butun hayotini xitoy tili grammatikasini va umumiy tilshunoslikni o‘rganishga
bag‘ishlagan. U xitoy tilida so‘z turkumlarini ajratish mumkun emasligi nuqtai nazarini izchillik
bilan ohirigacha himoya qildi.
• Gao Minkay ko‘p mavzularda fransuz sharqshunos (tarixchi, tilshunos, dialektolog) Anri Masperoga
(1883-1944) tayangan deb hisoblanadi, u ham xitoy tilini o‘ziga hosligini yoqlab kelgan. Gao
Minkayning qarashlari o‘sha davrda xitoy tilshunosligining asosiy yo‘nalishlaridan chetda
bo‘lganligi sababli kelajakka ega bo‘lmadi, shunga qaramasdan, uning qarashlari xitoy tilshunosligi
rivojlanishida alohida o‘rin oldi.
• Xitoy tilining 1950-yillarda va undan keyingi davrda rivojlanishini Xitoy Xalq Respublikasi tashkil
topishi, davlatning yangi mafkurasi shakllanishi davri bilan bog‘lashadi, hukmat tomonidan
qaratilgan e’tibor va ko‘rsatilgan yordam tufayli 1950 yillarda tilshunoslik tadqiqotlari rivojlanlandi.
• 1952-53-yillarda tadqiqotlarni umumlashtirish sifatida “ 中 国 语 文 ” Zhongguo yuwen jurnalida XXR
Fanlar Akademiyasining tilshunoslik Institutining grammatika sektori mutaxassislari tomonidan
yaratilgan
Grammatika ma’ruzalari chop etildi. 1961-yilda qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgan
holda qayta “ 现 代 汉 语 语 法 讲 话 ” Zamonaviy xitoy tilining grammatikasi ma’ruzalari sifatida nashr
ettirildi.](/data/documents/1fb81058-9f52-4e2c-b1de-07e94a0bf3c0/page_15.png)
![GLOSSARIY
•
Amaliy tilshunoslik – tilshunoslik masalalarining amaliy yo‘l va metodlar bilan o‘rganuvchi,
tadqiq etuvchi sohalar. Masalan, eksperimental fonetika, lingvostatistika, leksikografiya va
b.
•
Gaplologiya (yun. gaplos – oddiy, logos – tushuncha, ta’limot).
•
Glottogoniya (yun. glotta – til, gonos – to‘g‘ilish) – tilning kelib chiqishi va taraqqiyoti
haqidagi ta’limot.
•
Depredikatsiya – predikativ sintagmani nopredikativ sintagma tarzida transformatsiyalash.
•
Deetimologizatsiya (lot. de – ayirish ma’noli old qo‘shimcha plyus etimologiya) – so‘zda
etimologik bog‘lanishning yo‘qolishi.
•
Kanselyarizm - qo‘llanishi rasmiy ish, idora va muassasa faoliyati uslubiga xoslangan so‘z,
turg‘un birikma, grammatik shakl va tuzilma.
•
Reduplikatsiya (lot.reduplicatio – ikkilanish) - tilshunoslikda ma’lum bir so‘zni takror
shaklda qo‘llash. 2. Ma’lum bir ma’noni ta’kidlash, alohida ko‘rsatish, ifodalash maqsadida
takror so‘z yasash yoki hosil qilish usuli.](/data/documents/1fb81058-9f52-4e2c-b1de-07e94a0bf3c0/page_16.png)
![Mustahkamlovchi qism
•
1. Х it о y tilshun о sligi а s о schil а ri v а ul а rning ilmiy ishl а ri.
•
2. R о ssiya xitoyshun о sligi а s о schil а ri v а ul а rning ilmiy ishl а ri.
3. A.Maspero taklif etgan davrlashtirish tizimi.
•
4. Xitoy tilshunos olimi Van Li tomonidan “ 汉语史稿” (hànyǔ shǐgǎo)
kitobida taklif etilgan davrlashtirish tizimi.
5. Xitoydagi tilshunoslik ilmining rivojlanishida Yevropa tilshunosligining
ahamiyati.
•
6. Xitoy filologlari ilk grammatika paydo bo‘lgunga qadar o‘rgangan
grammatik tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishlari.](/data/documents/1fb81058-9f52-4e2c-b1de-07e94a0bf3c0/page_17.png)
MA VZU: X I TOY TI LSHUNOSLI GI NI NG NA ZA RI Y MA SA LA LA RI
RE JA: X it oy t ilining t arixiy dav rlarga bo‘linishi Xitoy an’anaviy tilshunoslik maktabi Xitoy grammatikasining asosiy asarlari
XITOY TILI DUNYODAGI ENG QADIMGI TILLARDAN BIRI HISOBLANADI. BU TILNING TARIXI UNING YOZUV SISTEMASI BILAN CHAMBARCHAS BOG‘LIQ. QADIMGI TILLAR BIR NECHANI TASHKIL QILGAN BO‘LSADA, BUGUNGI KUNGA QADAR FAQATGINA XITOY IYEROGLIFIK YOZUVIDAN MUOMALADA FOYDALANIB KELINMOQDA. XITOY YOZUVINING BOSHQA TILLARDAN FARQI UNDA OHANGNING MAVJUDLIGIDIR. • QA DI MI Y X I TOY TI LI – “ZAMONAVIY XITOY TILI”NING OTA-BOBOSI BO‘LIB, 1919-YIL 4-MAY HARAKATIDAN5 OLDINGI TARIXIY JARAYONDAGI XAN MILLATINING UMUMMILLIY TILI HISOBLANGAN. • BU TIL ZAMONAVIY XITOY TILI BILAN UMUMIY TIL ASOSIGA EGA, LUG‘ATSHUNOSLIK VA GRAMMATIKA TUZILISHI HAM O‘ZARO MOSLASHADI; BIROQ LEKSIK TIZIM VA OG‘ZAKI TIL NUQTAI NAZARIDAN ZAMONAVIY XITOY TILIDAN KATTA FARQ QILADI. QADIMGI XITOY TILI ODATDA, QADIMGI YOZMA TILNI IFODALAYDI, “ VEN YAN ” VA “ QADIMGI BAY X UA” 6NI O‘Z ICHIGA OLADI. U AVVALGI DAVRLAR TILLARI XUSUSIYATLARINI O‘ZIDA MUJASSAMLASHTIRIB, GOHIDA O‘TA MURAKKAB G‘OYALAR YOZMA BAYONINING TURLI TIL USULLARINI ISHLAB CHIQQAN. • SUNGU SUE 训 诂 学 – BU XITOYNING ENG QADIMGI FANLARIDAN BIRI HISOBLANADI. U AN’ANAVIY FILOLOGIYA BO‘LIB, ILGARI ODAMLAR UNI “ 小学” , YA’NI “KICHIK FAN” DEB ATAGANLAR.
Xitoyshunoslikda A.Maspero1 taklif etgan davlarga bo‘lish modeli dunyo xitoyshunosligida yaxshi ma’lum. U xitoy tili tarixini 3 katta davrga bo‘lgan, har bir davrni o‘z o‘rnida ilk va so‘nggisi bo‘lgan. Bu davrlashtirish kasriy ko‘rinishga ega: 1) arxaik (qadimgi) xitoy tili: a) ilk arxaik (Xan davrigacha, ya’ni miloddan avval III asrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi); b) so‘nggi arxaik (milodiy III asrgacha); 2) o‘rta xitoy tili: a) ilk o‘rta (milodiy IVdan VIII-IX asrgacha); b) so‘nggi (XII asrgacha bo‘lgan davr); 3) zamonaviy: a) ilk zamonaviy (XII-XVII asrlar); b) so‘nggi (XVIII- XX asrlar);
Xitoy tilshunosligiga doir ma’lumotlar berilgan ayrim darslik va qo’llanmalar