logo

Xonliklar davrida svilizatsiya

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

1824.5 KB
X onlik lar dav rida sv ilizat siy a   Reja:
•
Markaziy Osiyoda mustaqil xonliklarning 
vujudga kelishi va madaniyatning ahvoli.
•
Mustakil xonliklar va amirlikning o’zaro 
madaniy aloqalari.
•
Markazii Osiyo madaniyatiga Rus va dunyo 
madaniyatining ta’siri. •
Markaziy Osiyoda temuriylar davrida madaniyat klassik 
darajasi bilan dunyoga mashhur bo’ldi. Shayboniylar va 
Ashtarxoniylar davri (XVI-XVIII asrlar) da mamlakat 
feodalizmning murakkab jarayonlarini boshdan kechirdi. 
XVI asrda hunarmandchilikning rivojlanishi tranzit va 
ichki savdoning kengayishiga yordam berdi. Bu davrda 
hunarmanchilikning 60 dan ortiq turi mavjud edi. 
Markaziy Osiyo, Hindiston, Eron, Balx, Rossiya, Тurkiya 
va boshqa mamlakatlar bilan sovda-sotiq diplomatik 
aloqada bo’lgan.  •
XV-XVI  asrlarda  Movarounnahrda  ilm-fan  ancha 
rivojlandi.  Adabiyot,  tarix,  memorchilik  va 
tasviriy  sanat  o’ziga  xos  rivojlanish  bosqichini 
bosib  o’tdi.  Hasan  Buxoriy  Nisoriy  (1566)  ning 
«Muzakkir  ul-ahbob»  va  Mutribiyning  (1604) 
« Т azkiratush-shuaro»  nomli  adabiyot 
antologiyasi buning yaqqol ifodasidir. Bu qomusiy 
antalogiyada  yuzdan  ziyod  adabiyot 
arboblarining  ijodlari  va  tarjimai  hollari  o’rin 
olgan.  Mamlakatda  hunar  va  savdo  ishlarining 
rivojlanishi  ilm  ahlining  ijtimoiy  doirasi 
kengayishiga  tasir  ko’rsatdi.  Mutafakkir 
Zayniddin  Vosifiy  1512 yil  Samarqandda 
bo’lganda  bazmi  mushoiralarda  kosib,  shoirlar, 
savdogarlar  va  oddiy  kishilarning  marakalarda 
faol qatnashib turganligini bayon qiladi. Ularning 
aksariyati  sher  yozib  turganligi  o’sha  davr 
tabaqalarining madaniy jihatdan yuksak saviyada 
ekanligdan dalolat beradi.   •
Musiqa  ilmiga  oid  buxorolik  Navkabiyning  asari 
ham  XVI  asrda  bu  sanat  rivojidan  darak  beradi. 
Bundan  tashqari  xattotlik  sanatining  rivojiga 
ulkan hissa qo’shgan Sulton Ali Mashhadiy, Mir Ali 
Hirviy,  Mahmud  Ali  Shiqobiy  kabi  husni  hat 
ustalari  ham  ijod  qilgan.  1586 yilda  Darvesh 
Muhammad  Buxoriy  kalligrafiya  sanati 
nazariyasiga oid asar yozadi. 
•
Shuningdek,  ko’plab  qo’lyozmalar  miniatyuralar 
va  suratlar  bilan  bezatildi.  Т arixiy  va  adabiy 
asarlardan  «Fatxnoma»  Т arixi  Abulxayrxoniy, 
Navoiyning  asarlari  shular  jumlasidandir. 
«Miniatyuralarda  Markaziy  Osiyo  moddiy 
madaniyati  aks  ettiriladi  va  rassomlar  voqelikni 
realistik  tasvirlashga  intiladi.  Jaloliddin  Yusuf, 
Keldi  Muhammad  va  boshqalar  rassomchilik 
sanatiga ulkan hissa qo’shadi.
www.arxiv.uz •
Х onliklar  davrida  qurilish  inshootlari  turlari 
yanada  takomillashadi,  ko’plab  jamoat  binolari 
(karvonsaroylar, ko’priklar, sardobalar, hammom, 
tim  va  boshqa  savdo  rastalari)  quriladi. 
Monumental  binolarning  tarixi,  qiyofasi 
o’zgaradi,  hunarmandlar  uyushmalari  vujudga 
keladi.  Buxoro  shahri  balandligi  10 metrli  devor 
bilan  o’ralib,  shahar  darvozalari  qurildi,  yirik 
binolar  qurishda  (Misr  Arab  madrasasi,  Х o’ja 
Zayniddin  masjid-xonaqosi)  xalq  me’morchiligi 
an’analaridan  foydalanildi.  Shahar  tashqarisida 
ham  monumental  binolar  (Chorbakr)  qurildi. 
Jome’  masjidlari  saroy  kabi  serhasham  qilib, 
madrasalar  peshtoqli,  minorali  tarzda  qurib, 
hovlilari  to’rt  tomondan  ayvon  va  hujralar  bilan 
o’raldi.  Buxoro  va  Т oshkentdagi  Ko’kaldosh 
madrasalari bunga guvohlik beradi.
www.arxiv.uz www.arxiv.uz •
Binolar  bezashda  mayda  o’simlik-naqshli  parchinlar 
ishlatildi.  Devorlarga  gul  terish  kabi  Т emuriylar  davridagi 
usullar  rivojlantirildi.  qabr  toshlari  yasashda  yuksak  badiiy 
darajada  toshlarga  yozuvlarni  o’yib  bitish  rivojlandi. 
(Shayboniyxon  qabr  toshi  va  Childuxtaronda  Abu  Said 
qabriga  qo’yilgan  toshlar).  Х ullas,  bu  davrning  ko’pgina 
betakror  madaniyat  sohalari  o’z  sirlarini  mukammal  saqlab 
kelmoqda.
•
Markaziy  Osiyoda  xonliklar  va  amirlik  o’rtasidagi  nizolar 
bo’lib  tursada,  ma’lum  darajada  dehqonchilik, 
hunarmandchilik,  savdo-sotiq  davom  topdi.  Fan,  adabiyot, 
san’atning  rivojlanishi  ko’proq  saroy  doirasida  bo’lib,  ham 
diniy,  ham  dunyoviy  asarlar  yozildi.  Garchi  o’z  davri 
tarixnavisligi  o’sha  xonlik  va  amirlikdagi  siyosiy  voqealar 
salnomasini  ifodalaydi,  o’sha  davr  ruhi  aks  etganligi  bilan 
tarixiy  ahamiyatga  ega.  Muhammad  Yoqubning  «Gulshan-ul 
mulk»,  Muhammad  Mir  Olimning  « Т arixi  Amir  Nasrullo», 
Mulla  Ibodulla  va  Mulla  Muhammad  Sharifning  « Т arixi  amir 
Haydar»,  Muhammad  Hakimjon  Т o’raning  «Muntaxabut 
tavorix» kabi asarlari diqqatga sazovordir. •
Qo’qon  adabiy  muhiti  ko’plab  shoir  va  shoiralar  ijodi 
bilan  boyidi.  qo’qon  xoni  Umarxonning  o’zi  «Amiriy» 
tahallusi  bilan  o’zbek  tilida  g’azallar  yozgan.  Uning 
rafiqasi  Mohlaroyim  «Nodira»  tahallusi  bilan  fors-tojik 
tilida  «Maknuna»,  «Komila»  tahalluslari  bilan  she’rlar 
yozgan.  Eri  Umarxon  vafot  etgach,  Nodira  davlat 
ishlariga  ham  aralashib,  mamlakat  xo’jaligini  yaxshilash, 
madaniy  hayotni  jonlantirish  bo’yicha  muhim  tadbirlarni 
amalga  oshirdi.  qo’qonda  madrasalar,  karvonsaroylar, 
rastalar, yo’llar qurdirdi. U o’z atrofiga Uvaysiy, Mahzuna 
kabi  qobiliyatli  ijod  ahlini  to’pladi.  Bu  davrda  Fazliy 
Namangoniy  Mushrif,  Mushfiqiy  kabi  shoirlar  ijod  qilgan. 
Mushfiqiy  Buxoro  amiri  Abdullaxon  saroyida  «Malikush-
shuaro»  unvoniga  ega  bo’lgan  bo’lsa,  Fazliy  Namangoniy 
qo’qon  shoirlariga  boshchilik  qilgan,  Umarxonning 
topshirig’i  bilan  Fazliy  va  Mushrif  tomonidan  «Majmuat-
ush-shuaro»  to’plami  tuziladi.  Bu  davrda  qo’qonda 
Х udoyorxonning saroy arki,  Х ivada turli obidalar qurildi.
www.arxiv.uz www.arxiv.uz •
Т axminan XVII asrda yashab ijod qilgan shoirlardan 
biri  Т urdi Farog’iy haqida ma’lumot beruvchi asosiy 
manba shoirning o’z asaridir. U yuz urug’ining 
oqsoqollaridan biri sifatida Abdulazizxon saroyida 
e’tiborli kishilardan bo’lgan, keyin saroydan 
chetlashtirilgan.
•
XVIII asr oxirida qo’qonda tug’ilgan shoir Mahmur 
og’ir sharoitda yashab, saroyda askarlik qilgan. U 
amaldorlar va saroy shoirlari bilan chiqisholmay, 
saroyni tashlab ketadi. Mahmur qiyinchilikda 
hapalak qishlog’ida 1844 yilda vafot etgan. Uning 
she’rlari ichida «Hapalak» hajviy asari mashhurdir.
www.arxiv.uz •
Bu davrda Markaziy Osiyoda ikki turdagi maktab 
mavjud edi: quyisi- maktab va oliy- madrasa. 
Boshlang’ich maktabda savod o’rgatilar va diniy 
matnlar yodlanar edi. Madrasada ham ilohiyat 
o’qitilar, shuningdek arab tili sarfu nahvi 
(grammatikasi), notiqlik san’ati, aljabr va handasa 
asoslari o’rgatilgan. Bundan tashqari  Х ofiz, Bedil, 
Navoiy asarlari o’qitilgan.
•
O’sha davr shoirlari, fan arboblari musiqani chuqur 
tushunganlar. Musiqa san’atining rivojiga ulkan 
hissa qo’shgan Mavlono Muhammadin Mug’anniy, 
Mavlono Kavkabiy,  Х o’ja Muhammad, Rizo 
Samarqandiyning nomlari bizgacha yetib kelgan.
www.arxiv.uz www.arxiv.uz •
Bu davrdagi me’morchilik yodgorliklar hajmi va pardozining 
jimjimadorligi bilan ajralib turadi. Samarqanddagi Registon 
maydoni shu davrda shakllandi. Sherdor madrasasining old 
peshtoqida rangin koshinlar bilan chekilgan bir juft sher 
tasvirlangan.  Т illakori madrasasining nomi «tilla bilan 
pardozlangan» degan ma’noni beradi. Devorlardagi ajoyib 
naqshu nigorlar va ichki devorlardagi to’kis tilla bezaklar 
juda nafis ishlangan.
•
XVIII asr oxirlaridan  Х iva xonligida ta’mirlash va 
shaharsozlik ishlari avj oladi. Ollaqulixon madrasasi, 
Rahmonquli inoq saroyi hajm jihatidan ancha mahobatli 
qurilgan. qo’qon xonligi me’morchiligida rang-baranglik va 
yorqinlik, pardozdagi koshinlarning yorqin tovlanishi kabi 
xususiyatlar ayniqsa  Х udoyorxon saroyida yaqqol namoyon 
bo’ladi.
www.arxiv.uz •
O’lka tabiiy boyliklarini o’rganish ishiga rus olimlari ham 
qiziqa boshladi. 1870 yilda tabiat, antropologiya va 
etnografiya havaskorlari rus jamiyatning  Т urkiston bo’limi 
ochildi. N.A. Seversov, I.V. Mushketov, V.P. Fedchenko, 
V.F. Omanin singari olimlar bu jamiyat a’zolari edi. Rus 
jug’rofi F.P. Litko 1873 yilda  Т oshkent falakshunoslik va 
tabiatshunoslik rasadxonasi tashkil etilishga hissa qo’shdi. 
P.P. Semyonov  Т yan-Shanskiy  Т ongritog’ tizmalari tarkibi va 
tuzumini haqida ma’lumotlarni chop ettirdi. A.P. Fedchenko 
Farg’ona vodiysining o’simlik dunyosini tadqiq qildi. 
I.V. Mushketov va G.D. Romanovskiy  Т urkiston o’lkasining 
yer ustki xaritasini tuzdilar. I.V. Mushketov oltin, temir 
ma’dani, qoramoy, ko’mir kabi qazilma boyliklarni aniqladi. 
Akademik V.V. Bartold o’lka tarixi va el-elatini o’rganish 
asosida ko’plab kitoblar chop qildi.
www.arxiv.uz •
Rus madaniyati ta’sirida xalq ma’rifatparvarlari 
shakllandi. Ular V.I. Gersei, N. Т . Chernishevskiy, 
N.V. Dobrolyubovlar ta’sirida xalq ozodlik 
masalasini ko’tarib chiqdilar. O’rta asr qoloqligini 
tugatish, ta’lim-tarbiyaning ilg’or usullarini joriy 
qilishni o’z asarlarida kuylagan Furqat (1858-1909) 
misol tariqasida rus maktablarini ko’rsatdi. U 
A.S. Pushkinning bir qancha she’rlarini o’zbekchaga 
tarjima qildi. Muqimiy (1850-1909) o’zining hajviy 
she’rlarida xalq ommasining burjuaziya tomonidan 
ezilishini fosh etdi. Zavqiy (1853-1921) o’z 
she’rlarida ijtimoiy adolatsizlikni qoraladi.
www.arxiv.uz •
XIX asr  Т urkiston adabiyoti ikki yo’nalishda rivojlandi. 
Shohlik va saroy muhitini kuylovchi adabiyot, hamda 
zo’rovonlikka qarshi norozilikni va qoloqlikni tugatishga 
qaratilgan taraqqiyparvar xalq adabiyoti. Umuman, Rus va 
dunyo madaniyati ta’sirida mehnatkash xalq bilan bog’liq 
Т urkistonda milliy madaniyatning rivojlanish jarayoni 
kuchayib bordi.
•
U musulmonlar va qolaversa turkiylar dunyosining jahon 
taraqqiyotidan uzilib qolganligi, bu g’oyat xavfli holga 
barham berish kerakligini hamda umumturkiy qavmlardagi 
jaholatni yo’q qilib, ma’rifat orqali taraqqiy topgan 
mamlakatlarga tanglashish zarurligini birinchi bo’lib turkiy 
qrim-tatar xalqining ulug’ farzandi Ismoil o’asparali (1851-
1914) tushunib yetdi. U jadidchilik harakatining butun turk 
dunyosidagi «g’oyaviy otasi»dir.
www.arxiv.uz •
Musulmon turkiy olamini jahon ma’rifati, ilmi 
darajasiga ko’tarish g’oyasini amalga oshirish 
maqsadida Rossiyaga mustamlaka bo’lgan barcha 
musulmon hududlar maorifini mutlaqo isloh qilish 
ularda dunyoviy fanlarni o’qitish masalasini 
ko’tardi. Ismoil o’asparalining g’oyalarini yoyishda 
« Т arjimon» gazetasining xizmati juda katta bo’ldi. 
1888 yilda uning «Rahbari muallimin» yoki 
«muallimlarga yo’ldosh» kitobining nashrdan 
chiqishi muhim voqea bo’ldi. U Buxoro,  Т urkistonga 
kelib jadid maktablarini ochishga urinadi. Uning 
shogirdlari Buxorolik Marjoniy, Domla Fozil, 
Mo’minxo’ja Vobkandiy, Mulla  Х udoyberdi Boysuniy 
Buxoroda jadid maktablarini ko’paytirishga 
urinadilar. 1904 yilda «Mazaffariya» jadid maktabi 
ochiladi.
www.arxiv.uz •
Shunga qaramay 1898 yilda qo’qonda Salohiddin domla 
ikkinchi jadid maktabiga asos soldi. Shu yili  Т o’qmoqda 
ham shu tipdagi maktab ochildi. 1899 yili Andijonda 
Shamsiddin domla va  Т oshkentda Mannon qori jadid 
maktabiga asos soldilar. 1903 yilda  Т urkiston o’lkasida 
102 ta boshlang’ich va 2 ta o’rta jadid maktablari bor 
edi.
•
Asr boshida jadidlar ziyolilarning butun bir vatanparvar 
avlodini tarbiyalab berishdek og’ir ishga fidoiylik bilan 
kirishdilar. Ularning boshida M. Behbudiy, A. Avloniy, 
S. Ayniy, A. Fitrat, Munavvar qori, Bobooxun Salimov va 
boshqa ko’plab taraqqiyoparvar insonlar turar edilar. 
Ular doimo quvg’in, qamoq, surgun kabi xavf-hatarlar 
boshida charx urib turgan holda ish olib borishga majbur 
bo’ldilar.
www.arxiv.uz www.arxiv.uz www.arxiv.uz •
Ikkinchi bosqichda ma’rifatchilikdan jadidizm o’sib 
chiqdiki, u endilikda yangicha ta’lim-tarbiya, yangi usul 
maktablarini yo’lga qo’yish, dunyoviy ilmlarni har 
tomonlama egallash maorif-madaniyatda yangi tartiblarni 
o’rnatish, yangi ijtimoiy-siyosiy masalalarni qo’yish 
darajasiga ko’tarildi. Jadidchilik harakati turkiy 
millatlarning ma’naviy-madaniy ko’tarilishiga turtki bo’ldi. 
Т urkistonda yangi usul maktablari ochilib, ma’rifatparvar, 
ilg’or pedagoglar bu maktablar uchun turli darsliklar, o’qish 
kitoblari, qo’llanmalar yarata boshladilar. Behbudiy, 
Munavvar qori, Fitrat, Abdulla Avloniy, Ibrat, Hamza kabilar 
bu sohada jonbozlik ko’rsatdilar va bu ishda faol ishtirok 
etdilar. Jadidlar boshqa o’lkadagi ma’rifatparvarlik 
harakatlari bilan ham aloqa o’rnata boshladilar. Bu davrda 
Т urkistonda ma’rifatparvarlik va jadidchilikning turli, yangi 
ta’lim-tarbiya, o’quv-o’qituv masalalarini o’zida aks 
ettiruvchi juda ko’p jurnallar nashr etildi. « Т araqqiyot», 
«Oyna», « Т ujjor», «Sadoyi  Т urkiston», «Samarqand» kabi 
jurnallar shular jumlasidandir.
www.arxiv.uz www.arxiv.uz A dabiyotlar ro’yxati
1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.  Т .: «O’zbekiston», 2009 y.
2. Karimov I. A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura.  Т.1. Т.: 
«O’zbekiston», 1996 y.
3. Karimov I.A.  Bizdan ozod va obod Vatan qolsin.  Т.2. Т.: «O’zbekiston», 1996 y.
4. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir.  Т.3. Т.: «O’zbekiston», 1996 y.
5. Karimov I.A. Bunyodkorlik yo’lidan.  Т.4.  Т.: «O’zbekiston», 1996 y.
6. Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi.  Т.5. Т.: «O’zbekiston», 
1997y.
7. Karimov I.A. Хavfsizlik va  barqaror taraqqiyot yo’lidan. Т.6. Т.: «O’zbekiston», 
1998 y.
8. Karimov I.A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. Т.7. Т.: «O’zbekiston», 
1999 y.
9. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin farovon turmush-pirovard maqsadimiz. 
Т.8. Т.: «O’zbekiston», 2000 y.
10.   Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz.  Т.9. Т.: 
«O’zbekiston», 2001 y.
11.   Karimov I.A. Хavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. Т.10. Т.: 
«O’zbekiston», 2002 y.
12.   Karimov I.A.  Biz tanlagan yo’l- demokratik taraqqiyot va ma’rifiy  dunyo bilan 
hamkorlik yo’li. Т.11. Т.: “O’zbekiston”, 2003 y.www.arxiv.uz

X onlik lar dav rida sv ilizat siy a

Reja: • Markaziy Osiyoda mustaqil xonliklarning vujudga kelishi va madaniyatning ahvoli. • Mustakil xonliklar va amirlikning o’zaro madaniy aloqalari. • Markazii Osiyo madaniyatiga Rus va dunyo madaniyatining ta’siri.

• Markaziy Osiyoda temuriylar davrida madaniyat klassik darajasi bilan dunyoga mashhur bo’ldi. Shayboniylar va Ashtarxoniylar davri (XVI-XVIII asrlar) da mamlakat feodalizmning murakkab jarayonlarini boshdan kechirdi. XVI asrda hunarmandchilikning rivojlanishi tranzit va ichki savdoning kengayishiga yordam berdi. Bu davrda hunarmanchilikning 60 dan ortiq turi mavjud edi. Markaziy Osiyo, Hindiston, Eron, Balx, Rossiya, Тurkiya va boshqa mamlakatlar bilan sovda-sotiq diplomatik aloqada bo’lgan.

• XV-XVI asrlarda Movarounnahrda ilm-fan ancha rivojlandi. Adabiyot, tarix, memorchilik va tasviriy sanat o’ziga xos rivojlanish bosqichini bosib o’tdi. Hasan Buxoriy Nisoriy (1566) ning «Muzakkir ul-ahbob» va Mutribiyning (1604) « Т azkiratush-shuaro» nomli adabiyot antologiyasi buning yaqqol ifodasidir. Bu qomusiy antalogiyada yuzdan ziyod adabiyot arboblarining ijodlari va tarjimai hollari o’rin olgan. Mamlakatda hunar va savdo ishlarining rivojlanishi ilm ahlining ijtimoiy doirasi kengayishiga tasir ko’rsatdi. Mutafakkir Zayniddin Vosifiy 1512 yil Samarqandda bo’lganda bazmi mushoiralarda kosib, shoirlar, savdogarlar va oddiy kishilarning marakalarda faol qatnashib turganligini bayon qiladi. Ularning aksariyati sher yozib turganligi o’sha davr tabaqalarining madaniy jihatdan yuksak saviyada ekanligdan dalolat beradi.