logo

XX ASRNING 17-30-YILLARIDA O‘ZBEKISTONNING MADANIY-MA’NAVIY HAYOTI

Загружено в:

16.11.2024

Скачано:

0

Размер:

1022.837890625 KB
Mavzu: XX ASRNING 17-30-
YILLARIDA O‘ZBEKISTONNING 
MADANIY-MA’NAVIY HAYOTI     Reja:

1.Sovet   hokimiyatining   20-30-yillarida  madaniyat  
va maorif  sohasidagi   siyosati.

2.XX  asrning  20-30-yillarida xalq   ta‘limining  holati.

3.XX  asrning  20-30-yilarida  oliy  va o‘rta  maxsus  
ta‘lim  taraqqiyoti    va  muammolari.

4.XX  asrning  20-30-yillarida  ilm-fan  taraqqiyoti.   Sovet   hokimiyatining   20-30-yillarida  
madaniyat  va maorif  sohasidagi   siyosati.

XX asrning 20—30-yillarida madaniy-ma’naviy soha ham o‘ziga xos murakkablik, qiyinchilik bilan kechdi. 20-
yillar boshlariga kelib O‘zbekiston hududida madaniy qurilishning eng dolzarb vazifalaridan sanalgan sovet 
ta’lim tizimini shakllantirish ishlari faol boshlab yuborildi. 

Sovetlar O‘zbekistonda yangi ta’lim tizimini yaratishga yol tutar ekan, bundan ko‘zlagan asosiy   maqsadlari 
o‘lkada xalq ta’limi bo‘g‘inlarini ravnaq toptirish, yalpisiga xalq savodxonligiga erishish, ilm-ma’rifat 
chashmalaridan hammani to‘la bahramand etish emas, balki eng avvalo, yurt farzandlari ongiga, shuuriga 
kommunistik g‘oyalar va ideallarni chuqur singdirish va shu yo‘l bilan o‘zlariga quloq qoqmay xizmat 
qiladigan «mo‘min-qobil» avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish edi. 

Sovetlar avval boshda O‘zbekistondagi murakkab vaziyatni, mahalliy xalq kayfiyati va ruhiyatini, uning o‘ziga 
xos milliy an’analari, islomiy qadriyatlarini bir qadar hisobga olib, bu yerda eski va jadid usulidagi màktablar 
yoki madrasalarning ham bir vaqtning o‘zida faoliyat yuritishiga monelik ko‘rsatmadi.

  Buning orqasida bu o‘quv dargohlari navqiron avlodga ta’lim berish, ulug‘ bobokalonlar merosi va sharqona 
odob, axloq ruhida tarbiyalashda o‘z ulushini qo‘shib bordi. 

Lekin sovet arboblari va mafkurachilarining bu vaqtinchalik taktikasi uzoqqa bormadi. Ular o‘lka hayotiga 
moslashib, biroz tomir yozib olgach, 20-yillar o‘rtalaridan e’tiboran o‘zbek xalqi ma’naviy hayotining ko‘p 
zamonlar uzviy tarkibiy qismi bo‘lib kelgan eski maktab va madrasa ta’lim-tarbiya tizimini barham toptirdi. 

Uning ko‘p sonli ziyoli vakillari, mullalari-yu mudarrislari faoliyati to‘xtatib qo‘yildi.             Sovet hukumati mahalliy oddiy xalq ishonchini qozonish, eng avvalo, kambag‘allar, 
yo‘qsillar farzandlarini o‘qitish, ularni savodli, bilimli qilish uchun o‘zining dasturiy 
maqsadiga javob beradigan sovetcha ta’limni rivojlantirishga asosiy e’tibor berdi
. 20-yillarda O‘zbekiston hayotidan muhim o‘rin olgan birinchi va ikkinchi bosqich 
maktablari shunday ta’lim berishga mo‘ljallangan bilim dargohlari edi. Masalan, 
1921- yilda Turkistonda 165645 o‘quvchisi bo‘lgan 1965 ta 1-bosqich (boshlang‘ich) va 
6500 o‘quvchisi bo‘lgan 58 ta 2-bosqich (o‘rta) sovet maktablari faoliyat ko‘rsatgandi. 
1920-yil 17-sentabrda Turkiston ASSR hukumati o‘lkada 8 yoshdan 40 yoshgacha 
bo‘lgan kishilarni o‘qitish va savodxon qilish to‘g‘risida dekret qabul qildi.
respublikaning turli hududlarida son sanoqsiz savodsizlikni tugatish kurslari tashkil 
etilib faoliyat ko‘rsatdi. 
1928—1932-yillarda O‘zbekistonda jami 700 ming nafar kishi savodsizlik kurslarini 
tugatgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1933—1937-yillarda 1,4 mln kishini tashkil qildi.
  Respublikada boshlang‘ich ta’lim tizimining joriy etilishi, keyinroq 7 yillik ta’limga 
o‘tilishi ham xalq ta’limi sohasidagi muhim o‘zgarishlardan biri bo‘ldi.      XX  asrning  20-30-yillarida xalq   ta‘limining  
holati.

Sovet davri statistik ma’lumotlariga qaraganda, agar 1924/25-o‘quv yilida O‘zbekistonda 160 ta 
sovet tipidagi maktablar tashkil qilinib, ularda 17209 nafar o‘quvchi ta’lim olgan bo‘lsa, 1941-yilga 
kelib bunday maktablar soni 5504 taga va ularda ta’lim olayotgan o‘quvchilar soni esa 1 mln 315 
ming nafarga yetgan. 

30-yillarga kelib respublikada malakali o‘qituvchi kadrlar tayyorlaydigan ko‘plab pedagogika 
institutlari va o‘rta maxsus pedagogik bilim yurtlari tashkil qilindi.

1928/29-o‘quv yilida respublikamizda o‘qituvchilar soni 5,5 ming kishiga teng bo‘lgan bo‘lsa, bu 
ko‘rsatkich 1932/33-o‘quv yilida 19 ming kishini, 1941-yilda esa 42 ming kishini tashkil etdi.

  Garchand bu raqamlar xalq ta’limi tizimida yuz berib borgan muayyan ijobiy o‘zgarishlarni 
ko‘rsatsa-da, biroq bu sohada xuddi shu davrlarda ko‘plab jiddiy xato, nuqsonlar, yo‘qotishlar sodir 
etilganligidan ko‘z yumib bo‘lmaydi.

1928/29-o‘quv yilida respublikamizda o‘qituvchilar soni 5,5 ming kishiga teng bo‘lgan bo‘lsa, bu 
ko‘rsatkich 1932/33-o‘quv yilida 19 ming kishini, 1941-yilda esa 42 ming kishini tashkil etdi.

  Garchand bu raqamlar xalq ta’limi tizimida yuz berib borgan muayyan ijobiy o‘zgarishlarni 
ko‘rsatsa-da, biroq bu sohada xuddi shu davrlarda ko‘plab jiddiy xato, nuqsonlar, yo‘qotishlar sodir 
etilganligidan ko‘z yumib bo‘lmaydi.            Shu bilan birlikda yangi tashkil etilgan ta’lim maskanlari, maktablarning moddiy bazasi, 
ularning o‘quv dasturlari, qo‘llanmalari va darsliklar hamda boshqa zarur jihozlar bilan 
ta’minlanish darajasi ham mutlaqo talabga javob bermas edi. 
Agar 20-yillarda respublikada o‘qitish jarayoni bir qadar milliy ziyoli olimlar, yetuk pedagog 
mutaxassislar tomonidan tayyorlangan o‘quv qurollari, darsliklar asosida tashkil etilgan bo‘lsa, 
30- yillardan e’tiboran ahvol keskin o‘zgardi.  Bu sohaning jilovi to‘liq holda Markaz 
mutasaddilari qo‘liga o‘tdi. 
Endilikda milliy respublikalardagi ta’lim jarayoni Moskvadan tayyorlab yuboriladigan dasturlar, 
darsliklar-u o‘quv qo‘llanmalari asosida olib boriladigan bo‘lib qoldi.  Bu esa xalq ta’limining 
milliy mazmuni, xarakteriga salbiy ta’sir ko‘rsatib bordi. Shuningdek, ayniqsa 
30-yillarga kelib respublikaning maktab ta’limiga mafkuraviy tazyiq o‘tkazish, muallimlar 
tarkibini «tozalash», ular safidan «nobop, yot unsurlar»ni qidirib topishga urinish hollari atayin 
kuchaytirildi.
  Masalan, VKP (b) MQ O‘rta Osiyo byurosining 1933-yil 27-martda qabul qilgan o‘qituvchilar 
safini tozalash to‘g‘risidagi qarori aynan shu maqsadga qaratilgan edi. Bu qarorga asoslanib ish 
yuritgan sovet «bilag‘onlari» bu davrda ko‘plab bilimli, ma’rifatli, sof vijdonli milliy ziyolilarimizni 
ishdan bo‘shatdi, qatag‘on qildi. Ular tomonidan tayyorlanib nashr etilgan milliy r
sovetlar O‘zbekistonda o‘z ta’lim siyosatini yuritar ekanlar, bunda birinchi navbatda uning sinfiy 
mohiyatiga e’tibor berdilar.              Sovetlarning xalq ta’limi sohasida yuritgan siyosatining muhim 
yo‘nalishlaridan biri, bu oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimini 
shakllantirish hamda rivojlantirish edi.
Markaz amri bilan 1920-yil sentabrida Toshkentda tashkil etilgan 
Turkiston Davlat universiteti shu maqsadga yo‘naltirilgan edi. 
Keyinchalik O‘rta Osiyo universiteti maqomini olgan bu oliy o‘quv yurti 
o‘lkada oliy ta’limni rivojlantirish, yuqori mutaxassis kadrlar 
tayyorlash o‘chog‘I bo‘ldi.
  Biroq bu o‘quv dargohi professor-o‘qituvchilarining mutlaq tarkibi 
yevropalik millat vakillaridan tashkil topganligidan, undagi o‘qitish 
tizimi birinchi kundanoq faqat rus tilida olib borildi. 
1923/24-o‘quv yilida O‘rta Osiyo Davlat universitetida ta’lim olayotgan 
2047 nafar talabadan faqat 51 nafari mahalliy millat yoshlari edi, 
xolos. 1924/25-o‘quv yilida bu universitetda 2440 talaba va ishchilar 
fakultetida 889 yoshlar ta’lim oldi. Keyinroq             30-yillar boshlariga kelib bu bosh oliy o‘quv yurti negizida respublikamizda juda 
ko‘plab turli xil yo‘nalishlardagi institutlar tashkil etildi va faoliyat ko‘rsata boshladi. 
O‘rta Osiyo politexnika (hozirgi Texnika universiteti), Moliya-iqtisod, Tibbiyot, Qishloq 
xo‘jalik, To‘qimachilik institutlari, Samarqand davlat universiteti va boshqalar shular 
jumlasidandir. Shuningdek, bu davrda 
yuqori malakali pedagogik kadrlarga talab muttasil o‘sib borganligidan Buxoro, 
Samarqand, Toshkent, Nukus, Xiva, Urganch, Farg‘ona va Namangan singari shaharlarda 
pedagogika va o‘qituvchilar tayyorlash institutlari tashkil etildi.  Buning orqasida 
1932-yilga kelib respublikadagi jami oliy o‘quv yurtlari soni 31 taga yetdi. Ularda ta’lim 
olayotgan talabalar soni 12,2 ming nafarni tashkil etardi. 
oliy o‘quv yurtlari talabalarining soni 1937-yilda 15,5 mingga, 1941-yilda esa 18 
mingtaga yetdi. 
Ayni paytda mahalliy aholi yoshlari orasidan maxsus tanlab olinib, partiya, sovet va 
xo‘jalik organlarida ishlash, sotsialistik qurilish jabhalarida faoliyat ko‘rsatishga da’vat 
etilgan rahbariy kadrlar tayyorlashga ham alohida e’tibor qaratildiXX  asrning  20-30-yilarida  oliy  va o‘rta  maxsus  
ta‘lim  taraqqiyoti    va  muammolari.   
1923-yilda Turkiston kommunistik universiteti ochildi. Unda o‘lkaning bo‘lg‘usi sovet 
kadrlari «markscha-lenincha» ta’limot negizlarini qunt bilan egallab bordilar. 
Shuningdek, bu davrda Turkistonda 2 ta markaziy, 5 ta viloyat va 5 ta uyezd partiya sovet 
maktablari faoliyat ko‘rsatmoqda edi.  Ularda o‘qiyotgan 1312 nafar tinglovchining 10 foizini 
xotin-qizlar tashkil etardi. 
Moskvadagi Sharq mehnatkashlari kommunistik universitetida esa 1923-yilda 77 nafar 
turkistonlik yoshlar ta’lim oldi. Ulardan o‘zbeklar 24, turkmanlar 24, qozoq-qirg‘izlar 29 kishi 
edi. 
O‘zbekistonning bu davrdagi ta’lim tizimida o‘rta maxsus ta’lim o‘quv yurtlari faoliyati ham 
alohida o‘rin egallaydi.
o‘lkada hunar-texnika ta’limi maktablari, texnikumlar, maxsus bilim yurtlarini tashkil qilish va 
faoliyatini jonlantirib borishga e’tibor berildi. 20-yillarda respublikada 6 ta qishloq xo‘jalik 
texnikumi, 1 ta tibbiyot texnikumi, 16 ta hunar-texnika maktabi tashkil qilindi. Ularda 6800 
nafar bilimga chanqoq yoshlar o‘qidi. 
Shuningdek, shu vaqtda 5 ta pedagogika texnikumi, 2 ta pedagogika bilim yurti, bitta xotin-
qizlar bilim yurti mavjud bo‘lib, ular orqali ko‘plab bilimli, malakali pedagog kadrlar 
tayyorlandi.            O‘ lkada hunar-texnika ta’limi maktablari, texnikumlar, maxsus bilim 
yurtlarini tashkil qilish va faoliyatini jonlantirib borishga e’tibor berildi. 
20-yillarda respublikada 6 ta qishloq xo‘jalik texnikumi, 1 ta tibbiyot 
texnikumi, 16 ta hunar-texnika maktabi tashkil qilindi. Ularda 6800 nafar 
bilimga chanqoq yoshlar o‘qidi. 
Shuningdek, shu vaqtda 5 ta pedagogika texnikumi, 2 ta pedagogika 
bilim yurti, bitta xotin-qizlar bilim yurti mavjud bo‘lib, ular orqali ko‘plab 
bilimli, malakali pedagog kadrlar tayyorlandi. o‘lkada hunar-texnika 
ta’limi maktablari, texnikumlar, maxsus bilim yurtlarini tashkil qilish va 
faoliyatini jonlantirib borishga e’tibor berildi. 20-yillarda respublikada 6 
ta qishloq xo‘jalik texnikumi, 1 ta tibbiyot texnikumi, 16 ta hunar-texnika 
maktabi tashkil qilindi. Ularda 6800 nafar bilimga chanqoq yoshlar o‘qidi. 
Shuningdek, shu vaqtda 5 ta pedagogika texnikumi, 2 ta pedagogika 
bilim yurti, bitta xotin-qizlar bilim yurti mavjud bo‘lib, ular orqali ko‘plab 
bilimli, malakali pedagog kadrlar tayyorlandi.      XX  asrning  20-30-yillarida  ilm-fan  
taraqqiyoti.

30-yillarga kelib o‘zbek fanining turli yo‘nalishlarida o‘z yuksak 
salohiyatini namoyon qila olgan, o‘z ilmiy maktabiga asos solgan Qori 
Niyoziy, Abdurahmon Sa’diy, Abdulla Avloniy, Ibrohim Mo‘minov, Yahyo 
G‘ulomov, Toshmuhammad Sarimsoqov, Xalil Rahmatullin, Habib 
Abdullayev, Sobir Yunusov singari fan allomalari yetishib chiqdi. Ayni 
zamonda respublikada ko‘plab ilmiy tadqiqot institutlari, markazlari 
tashkil etilib, fanning turli dolzarb muammolari ustida samarali 
izlanishlar olib bordilar. Bular jumlasiga Butunittifoq paxtachilik ilmiy-
tadqiqot instituti (SoyuzNIXI), Madaniy qurilish, Sanoat-iqtisod, Sanoat 
qurilishi, Huquq-tadqiqot institutlari, Gidrometrologiya instituti, 
Geliotexnika laboratoriyasi, Astronomiya Observatoriyasi, uning 
qoshidagi Quyosh xizmati bo‘limi va boshqalarni nisbat berish mumkin.          Ayniqsa paxtachilik, uning hosildorligini oshirish, tezpishar, sifatli yangi navlar 
yaratish sohasida muhim yangiliklar qilindi.  Geolog olimlar sa’y-harakatlari bilan 
yangi konlar, turli xil ma’dan topilmalari kashf qilindi. 1927-yilda Farg‘ona 
vodiysida Sho‘rsuv neft koni ochildi. Sement ishlab chiqarish uchun xomashyo 
qidirib topildi. Natijada Quvasoy sement zavodi qurildi. 
Qator mis, oltin, kumush, qalay, marmar konlari topildi va ishga tushirildi. Biroq 
ularning huzurini Markaz ko‘rdi. Negaki, bu davrga kelib uning inonixtiyori to‘la 
Ittifoq hukumati tasarrufiga olingan edi. 
1940-yil 9-yanvarda O‘zbekiston XKS (hukumati) huzuridagi Fan qo‘mitasi 
negizida SSSR FAning O‘zbekiston filiali ta’sis etildi.  O‘sha kezlarda uning 
tarkibida 75 ta ilmiy-tadqiqot institutlari va muassasalari mavjud edi. Ular 3024 
nafar ilmiy xodimlarni o‘z safiga birlashtirgandi. Bularning 109 nafari fan 
doktorlari, 510 nafari fan nomzodlari edilar.   Foydalanilgan adabiyotlar:

Ўзбекистон тарихи. Ўқув қўлланма / Масъул муҳаррир А.С.Сағдуллаев-Т.1997

O‘zbekiston tarixi. Oliy o‘quv yurtlarining tarix fakulteti talabalari uchun darslik / Mas’ul 
muharrir A.S.Sagdullayev. – T., 2019.

Ўзбекистон тарихи (1917-1991-йиллар) Биринчи китоб/ масъул муҳаррир Қ.Ражабов. 
Т.; -“Ўзбекистон” – 2019

Ўзбекистон тарихи (1917-1991-йиллар) Иккинчи китоб/ масъул муҳаррир Қ.Ражабов. 
Т.; -“Ўзбекистон” – 2019

  Ўзбекистон давлатчилиги тарихи очерклари / Масъул муҳаррир Д.Алимова-Т.,2001

Ўзбекистоннинг янги тарихи. 2-китоб. Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида. 
Т„ «Шарқ». 2000. 

Д.А, Голованов А.А .Ўзбекистон мустабид совет тузуми даврида:сиёсий ва 
мафкуравий тазйиқ оқибатлари (1917-1990й) Т.;-2000.

Усмонов К. Абдуғаниев А. ва бошқалар. Ўзбекистон қарамлик ва мустақиллик 
йилларида. Т., «Ўқитувчи».  1996.   E’tiboringiz uchun rahmat

Mavzu: XX ASRNING 17-30- YILLARIDA O‘ZBEKISTONNING MADANIY-MA’NAVIY HAYOTI

Reja:  1.Sovet hokimiyatining 20-30-yillarida madaniyat va maorif sohasidagi siyosati.  2.XX asrning 20-30-yillarida xalq ta‘limining holati.  3.XX asrning 20-30-yilarida oliy va o‘rta maxsus ta‘lim taraqqiyoti va muammolari.  4.XX asrning 20-30-yillarida ilm-fan taraqqiyoti.

Sovet hokimiyatining 20-30-yillarida madaniyat va maorif sohasidagi siyosati.  XX asrning 20—30-yillarida madaniy-ma’naviy soha ham o‘ziga xos murakkablik, qiyinchilik bilan kechdi. 20- yillar boshlariga kelib O‘zbekiston hududida madaniy qurilishning eng dolzarb vazifalaridan sanalgan sovet ta’lim tizimini shakllantirish ishlari faol boshlab yuborildi.  Sovetlar O‘zbekistonda yangi ta’lim tizimini yaratishga yol tutar ekan, bundan ko‘zlagan asosiy maqsadlari o‘lkada xalq ta’limi bo‘g‘inlarini ravnaq toptirish, yalpisiga xalq savodxonligiga erishish, ilm-ma’rifat chashmalaridan hammani to‘la bahramand etish emas, balki eng avvalo, yurt farzandlari ongiga, shuuriga kommunistik g‘oyalar va ideallarni chuqur singdirish va shu yo‘l bilan o‘zlariga quloq qoqmay xizmat qiladigan «mo‘min-qobil» avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish edi.  Sovetlar avval boshda O‘zbekistondagi murakkab vaziyatni, mahalliy xalq kayfiyati va ruhiyatini, uning o‘ziga xos milliy an’analari, islomiy qadriyatlarini bir qadar hisobga olib, bu yerda eski va jadid usulidagi màktablar yoki madrasalarning ham bir vaqtning o‘zida faoliyat yuritishiga monelik ko‘rsatmadi.  Buning orqasida bu o‘quv dargohlari navqiron avlodga ta’lim berish, ulug‘ bobokalonlar merosi va sharqona odob, axloq ruhida tarbiyalashda o‘z ulushini qo‘shib bordi.  Lekin sovet arboblari va mafkurachilarining bu vaqtinchalik taktikasi uzoqqa bormadi. Ular o‘lka hayotiga moslashib, biroz tomir yozib olgach, 20-yillar o‘rtalaridan e’tiboran o‘zbek xalqi ma’naviy hayotining ko‘p zamonlar uzviy tarkibiy qismi bo‘lib kelgan eski maktab va madrasa ta’lim-tarbiya tizimini barham toptirdi.  Uning ko‘p sonli ziyoli vakillari, mullalari-yu mudarrislari faoliyati to‘xtatib qo‘yildi.

Sovet hukumati mahalliy oddiy xalq ishonchini qozonish, eng avvalo, kambag‘allar, yo‘qsillar farzandlarini o‘qitish, ularni savodli, bilimli qilish uchun o‘zining dasturiy maqsadiga javob beradigan sovetcha ta’limni rivojlantirishga asosiy e’tibor berdi . 20-yillarda O‘zbekiston hayotidan muhim o‘rin olgan birinchi va ikkinchi bosqich maktablari shunday ta’lim berishga mo‘ljallangan bilim dargohlari edi. Masalan, 1921- yilda Turkistonda 165645 o‘quvchisi bo‘lgan 1965 ta 1-bosqich (boshlang‘ich) va 6500 o‘quvchisi bo‘lgan 58 ta 2-bosqich (o‘rta) sovet maktablari faoliyat ko‘rsatgandi. 1920-yil 17-sentabrda Turkiston ASSR hukumati o‘lkada 8 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan kishilarni o‘qitish va savodxon qilish to‘g‘risida dekret qabul qildi. respublikaning turli hududlarida son sanoqsiz savodsizlikni tugatish kurslari tashkil etilib faoliyat ko‘rsatdi. 1928—1932-yillarda O‘zbekistonda jami 700 ming nafar kishi savodsizlik kurslarini tugatgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1933—1937-yillarda 1,4 mln kishini tashkil qildi. Respublikada boshlang‘ich ta’lim tizimining joriy etilishi, keyinroq 7 yillik ta’limga o‘tilishi ham xalq ta’limi sohasidagi muhim o‘zgarishlardan biri bo‘ldi.