logo

Yadro,xromosoma uning tuzilishi

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

2550.8203125 KB
Mavzu:  Yadro ,xromosoma 
uning tuzilishi Reja
•
1. Yadroning funksiyalari haqida
•
2. Yadroli tuzilishi
•
3. Xromosomalar haqida ma’lumot •
Yadro — zamburug‘, o‘simlik va hayvonlar 
hujayrasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.  •
Hujayra yadrosida DNK ya’ni, genlar bo‘lib, ular 
ikki asosiy vazifani bajaradi: 
•
Genetik axborotni saqlaydi va ko‘paytiradi. •
Hujayrada sodir bo‘ladigan moddalar 
almashinuvi jarayonini idora qiladi. •
O datda hujayralar bitta yadroga ega bo‘ladi. Ba’zan 2—3 
yadroga ega bo‘lgan hujayralar ham uchrab turadi. Ko‘p 
yadroli hujayralar (ayrim hollarda o‘nlab yadrolar) borligi 
ham ma’lum. Yadroning shakli ko‘pincha hujayra shakliga 
o‘xshab ketadi. Ayrim hollarda noto‘g‘ri shaklga ega bo‘lgan 
yadrolar ham uchraydi. •
Yadro qo‘sh membranali qobiq bilan o‘ralgan. 
Tashqi, sitoplazma bilan tutashgan yadro 
membranasida ribosomalar joylashgan. Ichki 
tomondan yadro membranasi silliq bo‘ladi. •
Hujayra yadrosi tarkibiga quyuq  yadro shirasi , 
xromatin va bitta yoki bir necha yadrocha 
kiradi. Tirik hujayradagi yadro shirasi, yadro 
tuzilishidagi oraliqlarini to‘ldirib turuvchi 
gelsimon massadan iborat. •
Xromatin  (yunoncha  “xroma”  — rang) yadroning shaklan 
yadrochadan farq qiluvchi, ba’zi bir bo‘yoqlar yordamida 
bo‘yaladigan donador va  to‘rsimon tuzilishidir. Xromatin 
DNK va oqsildan iborat bo‘lib,  xromosomaning 
spirallashmagan va zichlashmagan qismlari hisoblanadi. •
Xromosomalarni o‘rganish quyidagilarni aniqlashga imkon 
yaratdi.
•
Har qanday o‘simlik yoki hayvon organizmining somatik 
hujayrasidagi xromosomalar soni bir xil •
Har qanday 
organizmning jinsiy 
hujayrasi hamma 
vaqt somatik 
hujayraga nisbatan 
ikki barobar kam 
xromosomaga ega •
Bir turga mansub barcha organizmlarning 
hujayrasidagi xromosomalar soni bir xilda bo‘ladi. •
Somatik hujayraning xromosomalar to‘plamining 
miqdoriy (soni va o‘lchami) va sifatiy (shakli) 
belgilari yig‘indisi  kariotip  deb ataladi. Tirik 
organizmlarning  ko‘pchilik  turlarida 
kariotipdagi xromosomalar soni juft bo‘ladi. •
Bir xil shakl, o‘lcham hamda iplarga ega bo‘lgan 
xromosomalar  gomologik xromosomalar  deb 
ataladi. Somatik hujayraning xromosoma 
to‘plamidagi har bir xromosoma o‘z juftiga  ega 
 va   juft  (yoki  diploid ) deb ataladi. Diploid 
to‘plam 2n bilan belgilanadi. Jinsiy hujayralarga 
juft gomologik xromosomalardan faqat bittasi 
o‘tadi, shuning uchun gametaning xromosoma  
to‘plami  toq  (yoki  gaploid ) deyiladi.  •
Hujayra yadrosiga xos bo‘lgan uchinchi xususiyat —  
yadrochaning  mavjudligidir. U yadro shirasiga botib 
kirgan zich tanachadan iborat. Yadrochalar faqat 
bo‘linmaydigan hujayralarda bo‘ladi, ular mitoz paytida 
yo‘qolib ketadi, bo‘linish tamom bo‘lgach yana paydo 
bo‘ladi. •
Yadrocha — shakllanishdarajasi har xil bo‘lgan 
ribosomalar va r-RNKning to‘plamidan iborat. Xulosa
•
Yadro  — ko pchilik	 bir 	ʻ hujayrali  va	 hamma	 ko p	 hujarayli	 	ʻ
organizmlar	
 hujayralarining	 asosiy	 tarkibi	 qismi.	 Ya.ning	 bo lishi	 yoki	 	ʻ
bo lmasligiga	
 binoan,	 organizmlar 	ʻ eukariotlar  va  prokariotlarp
 ajratiladi.	
 Prokariotlar	 hujayrasida	 irsiy	 modda  DNK  sitoplazmadan	 
chegaralanmagan,	
 bir	 qancha	 organoidlar	 bo lmaydi.	 Eukariotlar	 	ʻ
hujayrasida	
 DNK	 saklovchi	 strukturalar	 —  xromosomalar  va 
mitoxondriyalar  bor.	
 Genlardagi	 irsiy	 axborot	 orqali	 Ya.	 hujayrada	 
oqsil	
 sintezi,	 morfologik	 va	 fiziologik	 jarayonlarni	 boshqaradi.	 Ya.	 
bilan	
 sitoplazma	 o rtasida	 uzluksiz	 moddalar	 almashinuvi	 sodir	 	ʻ
bo lib	
 turadi.	 Ya.ni	 hayvon	 hujayralarida	 Ya.Purkinye	 (1825),	 o simlik	 	ʻ ʻ
hujayralarida	
 R.Broun	 (1831	 —	 33)	 kashf	 etishgan.	 Hujayralarda	 
Ya.	
 bitta	 yoki	 ko p	 bo lishi	 mumkin.	 Ya.	 sitoplazmadan	 2	 qavat	 	ʻ ʻ
membrana	
 bilan	 ajralgan;	 tashqi	 membranasida  ribosomalar
 joylashadi. Foydalanilgan adabiyotlar
1. N.Grin va boshq. “Biologiya”. 1990y. 
2. A.S.Troshin va boshq. “Sitologiya”. 1970y-. 
3. T.B.Boyqobilov, X.Ikromov “Sitologiya.”1980y.
4. Sattiboev M.S. “O’simlik hujayrasi”.T. 1990y. 
5. Maqsudov Z.M. “Umumiy genetika”. Toshkent. 
«Uqituvchi», 1981.

Mavzu: Yadro ,xromosoma uning tuzilishi

Reja • 1. Yadroning funksiyalari haqida • 2. Yadroli tuzilishi • 3. Xromosomalar haqida ma’lumot

• Yadro — zamburug‘, o‘simlik va hayvonlar hujayrasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

• Hujayra yadrosida DNK ya’ni, genlar bo‘lib, ular ikki asosiy vazifani bajaradi: • Genetik axborotni saqlaydi va ko‘paytiradi.

• Hujayrada sodir bo‘ladigan moddalar almashinuvi jarayonini idora qiladi.