logo

Yer yuzasi relyefining asosiy shakllari

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

23397.265625 KB
Mavzu: Yer yuzasi relyefining 
asosiy shakllari 5  - sin   Vulqon kesmasida nimalar ko‘rsatilgan?
1. ___________________
2. ___________________
3. ___________________
4. ___________________
5. ___________________
6. ___________________   Vulqon kesmasida nimalar ko‘rsatilgan?
1. Magma
2. Vulqon kanali
3. Krater
4. Lava
5. Yon krater
6. Vulqon kuli  Buni bilasizmi?
    
Zilzila  kuchi
Nima sodir bo‘ladi?
1 va 2 ball
  ?
? Uy devorlarida yoriqlar paydo bo‘ladi. 
9 ball
?
? Yer  yuzasi  relyefi  o‘zgaradi.  Yerda  tik  turgan 
narsa  qolmaydi.  11-12  ballni  o‘ta  halokatli  zilzila 
deyiladi.   To‘g‘ri javob:
    
Zilzila kuchi
Nima sodir bo‘ladi?
1 va 2 ball Zilzilani odamlar sezmaydi. 
6 va 7 ball Uy devorlarida yoriqlar paydo bo‘ladi. 
9 ball Devorlar qulaydi, tomlar bosib qoladi. 
11 va 12 ball Yer  yuzasi  relyefi  o‘zgaradi.  Yerda  tik  turgan 
narsa  qolmaydi.  11-12  ballni  o‘ta  halokatli  zilzila 
deyiladi.   Yer yuzasidagi notekisliklar 
  Globus yoki dunyoning tabiiy xaritasiga bir nazar tashlasangiz, 
Yer yuzasining juda notekis ekanligini ko‘rasiz. Ba’zi joylar keng 
tekisliklardan, boshqa joylar esa tog‘li o‘lkalardan iborat.  Yerning ichki kuchlari 
    Okeanlar tagi ham quruqliklarga o‘xshagan, juda notekis. Yer 
yuzasining bunday notekisligiga  Yerning ichki kuchlari  asosiy 
sabab bo‘lgan.   Yerning ichki kuchlari 
        Bu  kuchlar  ta’sirida  Yer  yuzasining  ayrim  joylari  ko‘tariladi, 
boshqa  joylari  cho‘kadi,  Yer  po‘sti  yorilib,  lavalar  oqib  chiqadi, 
vulqon  tog‘larini  hosil  qiladi.  Yer  qimirlashlar  ham  Yer  yuzasi 
relyefini o‘zgartiradi.  Yer   yuzasi relyefini tashqi kuchlar ham o‘zgartiradi 
Tashqi kuchlar
Suv
Shamol Muzliklar Quyosh nuri
Organizmlar    Yerning tashqi kuchlari 
      Suv  tog‘  jinslarini  yemiradi,  oqizib  ketadi  va  past,  chuqur 
joylarni  to‘ldiradi,  vodiylar,  daralarni  hosil  qiladi.  Chuqur 
joylarning o‘rnida tekis yerlar bunyod bo‘ladi.       Shamol  mayda  jinslarni  uchirsa  ham  uzoq  vaqtda  juda  ko‘p 
miqdordagi  qumlarni  uyub  tashlaydi.  Qattiq  toshlar  kunduzi 
Quyosh  nuridan  qiziydi,  kechasi  soviydi.  Natijada  yorilib,  asta-
sekin maydalanib ketadi. Yerning tashqi kuchlari           Tashqi  kuchlar  tog‘larni  yemirib,  chuqurliklarni  to‘ldiradi, 
ya’ni,  Yer  yuzasidagi  baland-pastliklarni  tekislaydi.  Ichki  kuchlar 
bilan tashqi kuchlar bir-birlariga butunlay teskari ish bajaradi. Yerning tashqi kuchlari 
Tashqi kuchlarIchki kuchlar
Baland-pastliklar 
hosil qiladi Baland-pastliklarni 
tekislaydi  Yer relyefining eng yirik shakllari
Materiklar Okeanlar  Materiklar
        Materiklar  –  Yer  po‘stining  ko‘tarilib  qolgan  eng  yirik  bo‘laklari. 
Materiklarning  katta  qismi  okean  suvlaridan  ancha  baland  ko‘tarilib 
turadi.   Materiklar
Afrika Yevrosiyo
Janubiy 
Amerika
Avstraliya
AntarktidaShimoliy 
Amerika  Orollar
    Okean  va  dengizlarda  suvdan  ko‘tarilib  turgan  va  hamma 
tomondan  suv  o‘ragan  kichikroq  quruqliklar  orollar
deyiladi.   Grenlandiya oroli  Yangi Gvineya oroli  Kalimantan oroli  Madagaskar oroli  Yarimorollar
          Agar  quruqlik  uch  tomondan  suv  bilan  o‘ralib,  faqat  bir 
tomonidan  katta  quruqlik  bilan  tutashgan  bo‘lsa,  ular 
yarimorollar  deb  ataladi.  Arabiston,  Hindiston,  Hindixitoy  eng 
katta yarimorollar hisoblanadi.  Dunyo okeani 
      Dunyo  okeani  –  materiklarni  o‘rab  turgan  va  bir-biri  bilan 
tutashib ketgan suvli hudud.    Dunyo okeaniDunyo okeani
Tinch 
okeanA	
t
la	
n	
t
ik	
a	
 o	
k	
e	
a	
n	
i Hind
okeaniShimoliy Muz okeani  Dunyo okeani maydoni
29%
149 mln km 2
71%
361 mln km 2
OkeanQuruqlik Shimoliy   yarimshar
Janubiy yarimshar    Dunyo okeani Yer yuzining 71 foiz (%) ini, quruqlik esa 29 % ini 
egallagan.   Tog‘ va tekisliklar
          Tog‘  va  tekisliklar  quruqlik  relyefining  asosiy  shakllari 
hisoblanadi.  Tog‘lar  Yerning  ichki  kuchlari  ta’sirida  hosil  bo‘ladi. 
Tekisliklar  tog‘larning  yemirilishi  va  yemirilgan  jinslarning 
chuqurliklarni to‘ldirishidan vujudga keladi.   Tekisliklar
        Tekisliklar  yuzasi  tekis  yoki  biroz  past-baland 
yerlardir. Dunyodagi eng katta tekisliklar: 
Amazonka tekisligi  G‘arbiy Sibir tekisligi  Eng katta tekisliklar
Sharqiy Yevropa tekisligi  Turon tekisligi   Tog‘lar
      Yer  yuzining  dengiz  sathidan  baland  ko‘tarilgan  va  yer 
yuzasi  notekis  bo‘lgan  joylariga  tog‘lar  deyiladi.  Tog‘larning 
eng baland qismlari  tog‘ cho‘qqisi  deb ataladi.  Jomolungma cho‘qqisi
  Dunyodagi eng baland nuqta Himolay tog‘laridagi Jomolungma 
cho‘qqisi bo‘lib, balandligi 8848 m. Bu cho‘qqini O‘zbekistondan 
birinchi  bo‘lib,  1998-yilning  22-mayida  Rustam  Rajabov  zabt 
etgan.   Hazrati Sulton cho‘qqisi 
          O‘zbekistonning  eng  baland  nuqtasi  esa  Hisor  tizmasidagi 
Hazrati Sulton cho‘qqisi (4643 m) hisoblanadi.  Yer relyefi 
          Yer  yuzidagi  tog‘  va  tekisliklarning  balandligi  har  xil  bo‘ladi. 
Agar  tekisliklarning  dengiz  sathidan  balandligi  200  m  dan 
oshmasa, ular  pasttekislik  deyiladi. Tekisliklar balandligi 200 m 
dan 500 m gacha bo‘lsa, ular  qirlar  deb ataladi. 
200 metrgacha 200 metrdan 500 metrgacha
pasttekislik qirlar  Yer relyefi 
      Ba’zi  bir  tekisliklarning  dengiz  sathidan  balandligi  500  m  dan 
ham  ortiq  bo‘ladi.  Bunday  baland  tekisliklar  yassitog‘lik   deb 
yuritiladi.  Bunga  O‘rta  Sibir,  Braziliya  yassitog‘liklari  misol 
bo‘ladi. 
500 metrdan baland yassitog‘lik  Yer relyefi 
    Tog‘lar  ham  balandligiga  qarab,  past,  o‘rtacha,  o‘rtacha 
baland va baland tog‘larga bo‘linadi. 
500 metrdan 1000 metrgacha
1000 metrdan 2000 metrgacha
2000 metrdan3000 metrgacha
3000 metrdan baland past tog‘lar
o‘rtacha tog‘lar
baland tog‘lar o‘rtacha baland
  tog‘lar  Yer relyefi   Yer relyefi 
      O‘zbekistondagi  Bo‘kantov,  Tomditov  past  tog‘lar,  Nurota 
tog‘lari o‘rtacha baland tog‘lardir.  Tog‘ tizmalari
        Ba’zan  tog‘lar  bir-biriga  tutashib,  uzoq  masofalarga  cho‘zilib 
ketgan  bo‘ladi.  Bunday  relyef  shakllari  tog‘  tizmalari  deb 
ataladi.   Tog‘ tizmalari
        Ularga  And,  Kordilyera,  O‘rta  Osiyodagi  Tyanshan,  Hisor 
tizmalari  misol  bo‘ladi.  Juda  katta  maydonlarni  egallagan  tog‘ 
tizmalari,  yakka-yakka  tog‘lar  va  vodiylar  birgalikda  tog‘li 
o‘lkalar  deyiladi.  Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar:
1. Darslikning  5 5-  58-  sahifalaridagi 
“ Yer  yuzasi  relyefining  asosiy 
shakllari”  mavzusini  o‘qish  va 
savollarga javob yozish.
2. Yozuvsiz  xaritaga  tog‘  va  tekisliklar 
nomlarini yozish.
   Materiklar va okeanlar nomini yozing

Mavzu: Yer yuzasi relyefining asosiy shakllari 5 - sin

Vulqon kesmasida nimalar ko‘rsatilgan? 1. ___________________ 2. ___________________ 3. ___________________ 4. ___________________ 5. ___________________ 6. ___________________

Vulqon kesmasida nimalar ko‘rsatilgan? 1. Magma 2. Vulqon kanali 3. Krater 4. Lava 5. Yon krater 6. Vulqon kuli

Buni bilasizmi? Zilzila kuchi Nima sodir bo‘ladi? 1 va 2 ball ? ? Uy devorlarida yoriqlar paydo bo‘ladi. 9 ball ? ? Yer yuzasi relyefi o‘zgaradi. Yerda tik turgan narsa qolmaydi. 11-12 ballni o‘ta halokatli zilzila deyiladi.

To‘g‘ri javob: Zilzila kuchi Nima sodir bo‘ladi? 1 va 2 ball Zilzilani odamlar sezmaydi. 6 va 7 ball Uy devorlarida yoriqlar paydo bo‘ladi. 9 ball Devorlar qulaydi, tomlar bosib qoladi. 11 va 12 ball Yer yuzasi relyefi o‘zgaradi. Yerda tik turgan narsa qolmaydi. 11-12 ballni o‘ta halokatli zilzila deyiladi.