Yevropaliklarning Xitoyga kirib kelishi
Yev ropalik larnin g X it oy ga k irib k elishi
Xitoy afsonaviy boy mamlakat sifatida yevropaliklarda doimiy qiziqish uyg‘otib kelgan. Yevropaliklar Xitoyning texnik yutuqlarini o‘zlashtirib olishga intilgan. Buyuk geografik kashfiyotlardan so‘ng kuchaygan bu jarayon XVII asrda ham davom etdi.
Ispaniya Filippinni egallab olganidan so‘ng, atrofdagi orollarda savdo bilan shug‘ullanuvchi minglab Xitoy fuqarolarini yo‘q qilib yubordi. Xuddi shunday yovuzlik keyin ham takrorlandi. XVII asrda Xitoy qirg‘oqlarida golland kemalari paydo bo‘ldi. Ular Tayvan orollarining bir qismini egallab oldi. Shuningdek, Angliya ham bu hududlarga qiziqish bildira boshladi.
Inglizlar Guanchjou hududiga o‘rnashib, bu yerda savdo olib borish uchun Xitoy hukumatidan ruxsat oldi. Yevropaliklar Xitoydan ipak va chinni olib ketib, bu yerga tamaki va o‘qotar qurollar olib kelardi. XVIII asrning 70-yillarida Rossiya Xitoy bilan o‘zaro aloqalar o‘rnatishga urindi. Ammo ikkala davlat o‘rtasida Uzoq Sharqda va Markaziy Osiyoda ta'sir uchun kurash bunga yo‘l qo‘ymadi. Keyin ikki tomon o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Yevropaliklar Xitoydan ipak va chinni olib ketib, tamaki va o‘qotar qurollarni bu yerga olib kelardi. XVIII asrning 70-yillarida Rossiya Xitoy bilan o‘zaro aloqalar o‘rnatishga urindi.