Ko`chmanchi chorvador qabilalarning dehqonchilik vohalariga kirib kelishi
Reja: 1. Qabila - e tnogenez va etnik tarix. 2 . О‘zbek xal q ining shakllanish bos q ichlari 3 . Dehqonchilik vohalarning umumiy tavsifi.Ko`chmanchi chorvador qabilalarning dehqonchilik vohalariga kirib kelishi
Etnogenez (yunoncha ethnos - xalq va genesis - tug`ilishi, kelib chiqish; ingl.- etnogenesis; nem. - Ethnogenose) — etnosning kelib chiqishidir. Tarix fanidagi mavjud ilmiy metodologik ishlanmaga ko’ra etnogenez deb ilgaridan mavjud bo`lgan bir necha etnik komponentlar asosida yangi etnos elatning vujudga kelishiga aytiladi. «Etnogenez» tushunchasini fanga ilk ma ro taba XX asrning 20-yillarida N.Ya.Marri tomonidan kiritilgan.
Xalqlarning urug‘-aymoq, qabila, qabila ittifoqi, qavm va elat holatidan xalq bо‘lib shakllanguniga qadar davom etgan etnomadaniy jarayonlar etnogenez hisoblanadi Etnogenez va etnik tarix xalq tarixining ma’lum bosqichlarida vujudga kelib, ma’lum bir etnosning elat, xalq bo`lib shakllanguniga qadar davom etadigan tarixiy va etnomadaniy jarayondir .
K ishilarning til, hudud, iq t isodiy va madaniy jihatdan tarixan tarkib topgan birligi. Elatga kо‘p jihatdan bir-biriga yaqin qabilalar birlashadi. Elat millat shakllanishining uchinchi bos qi chi, belgisi. Qadimda kishilarning e lat bо‘lib, bir hudud d a yashashlari ular orasida umumiy manfaatdorlik, qon-qarindoshlik his-tuyg‘ularini kuchaytirgan.
Akademik olim K.Shoniyozovning mulohazalariga ko’ra, etnogenez jarayonida etnosni belgilovchi hududiy, til va etnomadaniy birlik, ijtimoiy-iqtisodiy va xo`jalik, etnik nom(etnonim) hamda o`zlikni anglash birligi, siyosiy uyushma birligi, din umumiyligi va boshqa qator etnik alomatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu etnik alomatlar va belgilarning barchasi sodir bo`lgandagina etnos-xalq shakllanadi, ya’ni etnogenez jarayoni yakunlanadi.