logo

O'zbek millati va tilining

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

563 KB
REJA:
1. O’zbekiston hududa 
yashagan qadimgi urug’ 
va qabilalar.
2. O'zbek xalqining etnik 
shakllanishidagi uch 
muhim bosqich.
3. Shakllanishdan keyingi 
jarayonlar . MAVZU:  
O'zbek millati va tilining O'zbek millati va tilining 
shakllanish xususiyatlarishakllanish xususiyatlari . O'zbek ajdodlari elat bo'lib O'rta Osiyoning markaziy viloyatlari Mova 
roun	
 nahrda (Farg'ona vodiysi bilan), Xorazmda, Toshkent vohasida, 
Yettisuvda, Sharqiy Turkistonning g'arbiy mintaqalarida shakllangan. 
Bu mintaqalar insoniyatning qadimgi madaniyat markazlaridan 
hisoblangan.
Jez davrida O'rta Osiyo va Qozog'istonda bir-biridan farq qiluvchi ikki 
tarixiy-madaniy region mavjud bo'lgan: sug'orish usuli bilan 
dehqonchilik qiladigan Old Osiyoda keng tarqalgan o'troq aholi 
madaniyati va cho'l joylarida yashovchi qabilalarga taalluqli madaniyat.
Arxeologlar tomonidan aniqlangan O'rta Osiyoning Markaziy viloyat	
 lari	 
da	
 gi arxeologik madaniyat, jez davridagi kelgindi yog'och dahmali va 
Androno	
 vo	 lik qabilalarning hamda qisman Old Osiyodan kelib, tub yerli 
aholi bilan yaqin	
  lashib, qo'shilib ketishi natijasida vujudga kelgan. 
Antropologik manba	
 larga ko'ra, O'rta Osiyoda neolit davrida qadimgi 
yevropoid irqining ikki ilk turi mavjud bo'lgan. O'zbekistonning ilk temir davridagi etnik tarixida ilk davlatlar aholisi 
so'g'dilar, xorazmliklar, baqtriyaliklar, marg'iyonaliklar va ko'chmanchi 
sak-massa get qabilalari muhim o'rin tutgan. Aholining o'troq va 
ko'chmanchi qismi ham Eron tilli qardosh xalqlar bo'lgan, ammo 
madaniyat jihatdan ular bir-birlari	
 dan batamom farq qilgan. O'sha 
davrda yaratilgan «Avesto»da tilga olingan «tur» atamasi esa saklarga 
yohud O'rta Osiyodagi yashovchi Eron tilida gapiruvchi xalqlar 
hisoblanadi. Milloddan avvalgi 312-250 yillardagi Salavkiylar imperiyasi, 
Yunon-Baqtriya davlati (milloddan avvalgi 250-140 yillar) yerli aholining 
etnik tarkibiga katta o'zgarish kirita olmagan.
Mil.avv. III asr boshida vujudga kelgan Qang' davlati (bu davlatga 
xunnlar va usunlar kelib o'rnashgan), Farg'ona davlati (mil. avv I asrdan 
turklashish jarayoni boshlangan) va milodiy I asrda vujudga kelgan 
Kushon davlati (yuechjilar-toxarlar) o'zbek etnik tarixida asosiy 
bosqichlardandir. Kushon davlati xarobalari II-IV  asrlarda O'rta Osiyoga Janubiy Sibirdan, Yettisuv va Eftali etnos lari 
kelib o'rnashgan. Biroq, etnik tariximizning eng muhim davri Oltoy
 da 
vujudga kelib, O'rta Osiyoda tashkil topgan Turk xoqonligi davri hisoblanadi.
Movarounnahr turklar tomonidan 555 yilda egallanadi. Bu davrda O'rta 
Osiyoda turkiyzabon aholining salmoqli qismi yashagan. Ularning turmush 
tarzi o'troq, yarim o'troq va ko'chmanchi bo'lgan. Bundan tashqari, fors-eron 
tilli aholi ham bo'lgan. Ikki til turkumidagi aholi bir-biriga singib borgan bu 
aralashuv natijasida o'zbek va tojik elatlari vujudga kelgan. Xoqonlik davrida 
vujudga kelgan etnik uyushmalar (o'g'uz, uyg'ur, qipchoq, qirg'iz) o'rta asrlar 
davomida vujudga kelgan bir qancha elatlarning shakllanishiga asos 
bo'ladilar. G'arbiy turk xoqonligida salmoqqa ega bo'lgan dulu qabilalari 
G'arbiy Jung'oriya va Yettisuvda (Ili bo'yida), Kushubiy qabilasi esa Sirdaryo 
bilan Farg'ona vodiysining g'arbiy mintaqalari bilan chegaradosh hududlarda 
yashagan.
Turk xoqonligi inqirozidan keyin tashkil topgan turk xoqonligi Uyg'ur 
xoqonligi, Qarluqlar davlati, Kamon xoqonligi, O'g'uzlar davlati etnogenezga 
hissa qo'shgan. IX-X asrlarda o'g'uzlarning asosiy qismi Sirdaryoning o'rta 
va quyi oqimlarida, Orol dengizining janubiy-sharqiy va shimoliy-sharqidagi 
cho'llarda yashagan. O'g'uz yabg'ularining qarorgohi Yangikent bo'lgan. 
VIII asr 30 yillarigacha Movarounnahrning katta qismi arab xalifaligi 
tomonidan zabt etilgan.    O'zbek xalqining shakllanishi jarayonida Sharqiy Turkiston, Yettisuv, 
Sirdaryoning o'rta va quyi oqimlarida, unga tutash cho'llarda yashagan 
etnoslarning ham o'rni katta bo'lgan. IX-X asrlarda Markaziy Osiyo 
hududlarining etnik tarkibi bir tekisda bo'lmagan. Aholining katta qismi 
turkiyzabon bo'lgan. Vohalarda tojik xalqi ham yashagan. Arablar 
istilosidan keyin ayrim viloyatlarda arablar va boshqa etnik guruhlar 
ham joylashib olgan. Chorvador va o'troq xalqlar doimo bir-biri bilan 
iqtisodiy va madaniy aloqa qilib kelgan. Bu davrdagi etnik tarixni bayon 
etuvchi arab, fors va boshqi tildagi manbaalar juda ko'p (Istaxriy, 
Maqdisiy, ibn Xavqal, Al-Ya'qubiy va x.k). 
IX-X asrlar O'zbekiston tarixida Somoniylar va Qoraxoniylar hukmronlik 
qilgan davrdir. Unda Farg'ona, Sug'diyona, Toxariston, Xorazm kabi 
tarixiy-geografik hududlar bo'lgan. Melodiy I-II  asrlarda Xorazm 
vohasiga Amudaryo shimoli va Orol dengizining janubidagi cho'llarga 
turkiyzabon qabilalar, masalan, xunlar kelib o'rnashgan. Bundan 
tashqari, keyinchalik hokimiyat tepasiga turkiy sulolalar G'aznaviylar va 
Saljuqiylar keladi. Bu davrda turklashish jarayoni kuchaygan. 
Turkiylar bilan sug'diylar yonma-yon yashab, bir-birlarining tillarini 
baravar bilishgan. Mahmud Qoshg'ariyning «Totsiz (so'g'diysiz) turk 
bo'lmas, bolesiz bo'rk bo'lmas» degan maqoli bunga isbotdir. Keyinroq 
so'g'diylar, xorazmiylar atroflaridagi turkiy qabilalar ta'sirida turk tiliga 
o'ta boshlashgan. XI  asrda etnik jarayon bir necha yo'nalishda borgan:   XI  asrda etnik jarayon 
XI asr birinchi yarmida va
  undan keyin Movarounnahrga 
kelib qolgan, ham batamom 
o'troqlashib ketmagan etnik 
Guruhlar    bir-birlari bilan
  yaqinlashib borgan. Chorvador qabilalarning 
turg ' un    turkiyzabon aholi
  bilan yaqinlashib borishi 
Etnik    jarayonning muhim 
yo ' nalish hisoblangan .   Turkiy tilli aholi 
Movarounnahrda 
yashovchi tojik va arab tilli 
xalqlar bilan yaqinlashib , 
aralashib borishi ham etnik
  jarayonning muhim 
yo ' nalishidir .  Qarluq - chigil dialekti VIII - X asrlarda Yettisuv ,  Sharqiy Turkistonning g ' arbi ,  Sirdaryoning o ' rta 
oqimlarida ,  Movarounnahrda keng tarqalgan til dialekti bo ' lgan .  XI - XII asrlarda Qoraxoniylar 
davlati hududida turkiy tilning uch yirik dialekti  ( Qarluq - chigil ,  o ' g ' uz va qipchoq )  mavjud 
bo ' lgan .  Ularning ta ' sir doirasi keng va kuchli bo ' lgan .  Markaziy Osiyoda turkiy tilda yozilgan  
birinchi yirik asar XI asrda Yusuf Xos Xojib tomonidan yaratilgan  « Qutadg ' u bilik »  asari edi .  XI -
XII asrlar Markaziy Osiyoning madaniy yuksalish davri bo ' lgan .
O ' zbek elatining alohida etnik birlik bo ' lib shakllanishi uning ajdodlari ikki til  ( turkiy va eron 
turkumidagi xalqlarning aralashuvi jarayonida vujudga kelgan Qang '  davlati tashkil topgach , 
xalqlarning bir - biri bilan yaqinlashish va aralashish jarayoni kuchaygan .  Milodiy II - III asrlarda 
qang ' ar elati shakllandi .  Markaziy Osiyoda feodalizm bosqichida elat bo ' lib shakllangan 
xalqlarning  ( turkman ,  qirg ' iz ,  qoraqalpoq ,  qozoq ,  tojik )  o ' ziga xos etnik nomi bo ' lgan . 
Keyinchalik bu nomlar ularning millat nomi bo ' lib qolgan .  Ilk o ' rta asrlarda shakllangan o ' zbek 
xalqi ajdodlari qat ' iy bir nomga ega bo ' lmagan .  Ular elat bo ' lib shakllangan kezlarda  ( IX - Xasr ) 
uning etnik nomi vaqti - vaqti bilan o ' zgarib turgan :  turk ,  qarluq turklari ,  qoraxonlar ,  xoqoniylar 
va x . k .  Ashina boshliq turklar Oltoy tog ' larida xunlar bilan aralashadi .  Turk xoqonligi 
inqirozidan keyin  « turk atamasi ko ' pchilik qabilalar uchun etnik nom emas ,  til umumiyligini 
anglatuvchi so ' z bo ' lib kelgan .  Mahmud Qoshg ' ariy Xitoydan Rum chegaralarigacha bo ' lgan 
katta hududda yashovchi pecheneg ,  o ' g ' uz ,  qipchoq ,  chigil ,  stomak ,  boshqirt ,  basmil ,  qay , 
stabalu ,  tatar ,  qirg ' iz ,  to ' xsin ,  yag ' mo ,  iqroq ,  styurub ,  stamul ,  uyg ' ur qabilalarining ko ' pchiligini 
turk deb atagan .  Qoraxoniylar davrida xalqlar ongida umumturk tushunchasi kuchayadi .  Bunda 
Afrosiyob ,  O ' g ' uzxon kabi afsonalar katta rol o ' ynagan .  Qarluq davlati chegarasida shakllangan 
o ' zbek halqi ajdodlari  « Qarluq turklari »  yoki  « xoqonliklar »  deb nomlanganlar .  XI - XII asrlar 
o ' zbek elatining tarkibiga kirgan yarim ko ' chmanchi va yarim o ' troq etnik komponent izlari 
kuchli bo ' lgan ,  o ' sha davrda ajdodlarimizda o ' zligini anglash    hissiyot kuchli bo ' lgan .  Bundan 
tashqari ma ' lum bir xalqning etnik birlik  ( elat )  bo ' lib yetishish darajasini belgilovchi yana bir 
qancha boshqa ko ' rsatkichlar  ( iqtisodiy ,  madaniy ,  siyosiy ,  til ,  hudud birligi va x . k )  ham mavjud . 
Qarluqlardan keyingi yirik etnos chigillar bo ' lgan .  O ' zbek elatining shakllanish jarayonida qatnashgan asosiy
  komponentlar quyidagilardir : 
1. Asosiy  negiz  Movarounnahr,  Xorazm  va  Toshkent  vohasida  va  ularga  tutash  hududlarda  qadimdan  yashab  kelgan 
turg'un turkiyzabon aholi.
2. Qorluqlar va ularning davlati.
3. Chigil va xalach qabilalari.
4. O'g'uzlar tarkibiga kirgan yag'molar.
5. G'arbiy turk xoqonligida dulu va kunshi qabilalari.
6. Bundan tashqari dug'lat, arg'u, tuxsi, az, uz va boshqa etnoslar
7. Dulu qabila ittifoqlari tarkibidagi turkashlar.
8. O'zbek xalqining tarkibidagi yirik etnik guruhlardan biri-qang'lilar.
9. Qang'lilarga qarindosh qabila-pecheneglar.
10. O'zbek xalqining etnogenetik jarayonida  faol qatnashgan etnik guruhlardan biri qipchoqlar. Ularning salmoqli qismi 
qozoq,  qoraqalpoq,  qirg'iz,  turkman,  boshqird  va  boshqa  turkiy  xalqlarning  tarkibiga  ham  kirib  ularning  elat  bo'lib 
shakllanishida muhim rol o'ynagan.
11. XIII-XIV  asrlarda  ro'y  bergan  etnik  jarayon  tufayli  Dashti  qipchoqda  yashagan  turkiy  qabilalar  bir-birlari  bilan 
yaqinlashadilar. Natijada turk tilida so'zlovchi turk-mo'g'ul qorishmasidan tashkil topgan yangi etnos vujudga kelgan.
12. Ilk ajdodlari Mo'g'ulistonning shimoliy g'arbida, hozirgi Tu va yerida yashab tele qabila ittifoqining tarkibida bo'lgan 
az qabilasi.
13. VIII-IX asrlarda Sirdaryo bo'ylarida yashab, IX asr oxiri X asr boshlarida yirik davlat tuzgan o'g'uzlar.
14. Ilk o'rta asrlarda Janubiy Sibir, Yettisuv va Sirdaryo sohillarida yashagan usun, obdal, sariq, qay, kun kabi bir qator 
etnoslar.  Shakllangan o ' zbek elatining keyingi tarixi xorazmshohlar va mo ' g ' ullar 
istilosi bilan davom etadi .  Mo ' g ' ul istilosi tufayli Movarounnahr va unga 
qo ' shni viloyatlar aholisi qariyb yarim asr davomida etnik tarkibini 
tiklay olmagan .  XII asr ikkinchi yarmidan boshlab bu yerga etnik 
guruhlari kela boshlaydi .  Bu davrda jaloyir ,  barlos ,  qavchin va arlot 
etnik guruhlari birinchilardan bo ' lib kela boshlaydi .  Shu bilan birga 
mo ' g ' ul qabilalari  ( Chig ' atoy ulusining g ' arbida yashovchilari 
turkiylashib ,  XIV asrning o ' rtalarida o ' z tillarini batamom unutib turkiy 
tilda so ' zlashar edilar .
XIV - XV va undan keyingi asrlarda muhim yashovchi o ' zbek aholisi 
turkiy etnoslarning so ' g ' d - tojik va boshqa xalqlar bilan aralashib , 
qorishib borish jarayoni borgan .  Bu davrda xalq tili ko ' p dialektli bo ' lib , 
adabiy tildan birmuncha farq qilgan .  Adabiy til tarkibida aynan shu 
asrlarda tojik va arab so ' zlari ko ' paygan xalqning jonli tilida uchta 
asosiy sheva - qarluq ,  qipchoq va o ' g ' uz dialektlari mavjud bo ' lgan Amir 
Temur davrida Movarounnahrga Old Osiyo mamlakatlaridan bir guruh 
aholi  (100  ming )  ko ' chirib keltirilgan . XVI - XVIII asrlardagi xalqimizning etnik tarixi o ' ziga xosdir .  Chunki shu 
davrda xalqimiz  « o ' zbek »  degan nom bilan atala boshlanadi .  Bu 
shayboniylar sulolasi nomi bilan bog ' liq edi .  Shu asrlar va undan 
keyingi davrlarda O ' zbekiston hududida rasmiy til o ' zbek tili edi . 
Buxoro vohasida tojik tili ikkinchi til hisoblangan .  O ' zbek xalqi o ' z 
qo ' shinlari qardoshlari bilan etnik ,  iqtisodiy va madaniy aloqada 
bo ' lgan .  Qozoqlar va qoraqalpoqlar asosiy xalq bo ' lgan .
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki ,  IX - X asrlar davomida shakllangan 
o ' zbek elatining o ' zagi turkiy etnoslarning fors - tojik tilli aholi bilan 
asrlar davomida aralashib ketishdan hosil bo ' lgan .  XI - XII asrlar o ' zbek 
elati tarkibida turkiy komponentlar ko ' payadi .  Shu asrlar mobaynida 
barcha etnik ko ' rsatkichlar mujassamlashadi ,  o ' zbek ajdodlarining 
alohida elat bo ' lib shakllanishi nihoyasiga yetadi . FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR:
1. I. A. karimov “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: havfsizlikka tahdid, 
barqarorlik shartlari, taraqqiyot kafolatlari” T.  “O’zbekiston” 1997 yil. 
2. I. A. karimov “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda” O’zbekiston 
Respublikasining  Oliy majlisi XIV sessiyasidagi ma’ruzasi. 14 aprel 
1999 yil
3. “ Aholi geografiyasi va demografiya” (ma’ruzalar matni) T.  2001 yil
4. Demografiya asoslari (ma’ruzalar matni) T.  2001 yil
5. http://el.tfi.uz
6. http://nuu.uz

REJA: 1. O’zbekiston hududa yashagan qadimgi urug’ va qabilalar. 2. O'zbek xalqining etnik shakllanishidagi uch muhim bosqich. 3. Shakllanishdan keyingi jarayonlar . MAVZU: O'zbek millati va tilining O'zbek millati va tilining shakllanish xususiyatlarishakllanish xususiyatlari .

O'zbek ajdodlari elat bo'lib O'rta Osiyoning markaziy viloyatlari Mova roun nahrda (Farg'ona vodiysi bilan), Xorazmda, Toshkent vohasida, Yettisuvda, Sharqiy Turkistonning g'arbiy mintaqalarida shakllangan. Bu mintaqalar insoniyatning qadimgi madaniyat markazlaridan hisoblangan. Jez davrida O'rta Osiyo va Qozog'istonda bir-biridan farq qiluvchi ikki tarixiy-madaniy region mavjud bo'lgan: sug'orish usuli bilan dehqonchilik qiladigan Old Osiyoda keng tarqalgan o'troq aholi madaniyati va cho'l joylarida yashovchi qabilalarga taalluqli madaniyat. Arxeologlar tomonidan aniqlangan O'rta Osiyoning Markaziy viloyat lari da gi arxeologik madaniyat, jez davridagi kelgindi yog'och dahmali va Androno vo lik qabilalarning hamda qisman Old Osiyodan kelib, tub yerli aholi bilan yaqin lashib, qo'shilib ketishi natijasida vujudga kelgan. Antropologik manba larga ko'ra, O'rta Osiyoda neolit davrida qadimgi yevropoid irqining ikki ilk turi mavjud bo'lgan.

O'zbekistonning ilk temir davridagi etnik tarixida ilk davlatlar aholisi so'g'dilar, xorazmliklar, baqtriyaliklar, marg'iyonaliklar va ko'chmanchi sak-massa get qabilalari muhim o'rin tutgan. Aholining o'troq va ko'chmanchi qismi ham Eron tilli qardosh xalqlar bo'lgan, ammo madaniyat jihatdan ular bir-birlari dan batamom farq qilgan. O'sha davrda yaratilgan «Avesto»da tilga olingan «tur» atamasi esa saklarga yohud O'rta Osiyodagi yashovchi Eron tilida gapiruvchi xalqlar hisoblanadi. Milloddan avvalgi 312-250 yillardagi Salavkiylar imperiyasi, Yunon-Baqtriya davlati (milloddan avvalgi 250-140 yillar) yerli aholining etnik tarkibiga katta o'zgarish kirita olmagan. Mil.avv. III asr boshida vujudga kelgan Qang' davlati (bu davlatga xunnlar va usunlar kelib o'rnashgan), Farg'ona davlati (mil. avv I asrdan turklashish jarayoni boshlangan) va milodiy I asrda vujudga kelgan Kushon davlati (yuechjilar-toxarlar) o'zbek etnik tarixida asosiy bosqichlardandir.

Kushon davlati xarobalari

II-IV asrlarda O'rta Osiyoga Janubiy Sibirdan, Yettisuv va Eftali etnos lari kelib o'rnashgan. Biroq, etnik tariximizning eng muhim davri Oltoy da vujudga kelib, O'rta Osiyoda tashkil topgan Turk xoqonligi davri hisoblanadi. Movarounnahr turklar tomonidan 555 yilda egallanadi. Bu davrda O'rta Osiyoda turkiyzabon aholining salmoqli qismi yashagan. Ularning turmush tarzi o'troq, yarim o'troq va ko'chmanchi bo'lgan. Bundan tashqari, fors-eron tilli aholi ham bo'lgan. Ikki til turkumidagi aholi bir-biriga singib borgan bu aralashuv natijasida o'zbek va tojik elatlari vujudga kelgan. Xoqonlik davrida vujudga kelgan etnik uyushmalar (o'g'uz, uyg'ur, qipchoq, qirg'iz) o'rta asrlar davomida vujudga kelgan bir qancha elatlarning shakllanishiga asos bo'ladilar. G'arbiy turk xoqonligida salmoqqa ega bo'lgan dulu qabilalari G'arbiy Jung'oriya va Yettisuvda (Ili bo'yida), Kushubiy qabilasi esa Sirdaryo bilan Farg'ona vodiysining g'arbiy mintaqalari bilan chegaradosh hududlarda yashagan. Turk xoqonligi inqirozidan keyin tashkil topgan turk xoqonligi Uyg'ur xoqonligi, Qarluqlar davlati, Kamon xoqonligi, O'g'uzlar davlati etnogenezga hissa qo'shgan. IX-X asrlarda o'g'uzlarning asosiy qismi Sirdaryoning o'rta va quyi oqimlarida, Orol dengizining janubiy-sharqiy va shimoliy-sharqidagi cho'llarda yashagan. O'g'uz yabg'ularining qarorgohi Yangikent bo'lgan. VIII asr 30 yillarigacha Movarounnahrning katta qismi arab xalifaligi tomonidan zabt etilgan.