logo

O'ZBEK SHEVALARI TASNIFI

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

52.8681640625 KB
O'ZBEK SHEVALARI 
TASNIFI                 
Hozirgi  kunda  o’zbek  xalq  shevalarining  bir  necha  xil  tasnifi  mavjud. 
Bu  tasniflar  turli  turkolog  va  shevashunoslar  tomonidan  qilingan 
bo’lib,  ayniqsa,  I.I.Zarubin,  E.D.Polivanov,  K.K.Yudaxin  A.K.Borovkov, 
G`ozi  Olim  Yunusov,  U.Tursunov,  Sh.Shoabdurahmonov, 
V.V.Reshetovlarning tasniflari katta ilmiy qiymatga egadir.

Prof.  I.I.Zarubin  o’zbek  shevalarini  birinchi  mamrta  umumlashtiruvchi 
guruhlarga  birlashtirish,  ya‘ni  tasnif  qilishga  urindi.  U  o’zbek 
shevalarini  4  guruhga  bo’lib  ko’rsatadi:  Xiva,  Farona,  Toshkent, 
Samarqand-Buxoro  shevalari.  I.I.Zarubinning  bu  tasnifida  o’zbek 
shevalari  orasida  katta  o’rin  tutgan,  qipchoq  (j-lovchi)  shevalar  va 
shimoliy o’zbek shevalari hisobga olinmay qolgan.

K.K.Yudaxin  o’zbek  shevalari  tasnifining  ikki  variantini  tavsiya  etgan. 
U  o’zining  o’zbek  shevalari  tasnifining  1-variantida  o’zbek 
shevalarining  tojik  tili  bilan  munosabati  va  singarmonizmning  saqlash 
darajasiga qarab, quyidagicha guruhlarga ajratadi:                 
1. Turk tovush tizimi va singarmonizmni saqlagan shevalar.

2. O’zbek va tojik tillarida so’zlashadigan tojik shevalari (Samarqand-
Buxoro va boshqa shaharlarning asosiy aholisi).

E.D.Polivanov  tomonidan  bir  qator  o’zbek  shevalari  va  dialektlari 
o’rganib  chiqilgan.  E.D.Polivanov  o’z  tasnifida  tildagi  ikki  holatni 
ko’zda tutdi:

1)  metisatsiya  (qardosh  tillarning  chatishuvi);  2)  gibridizatsiya  (turli 
tizimdagi tillarning chatishuvi). U shevalarda uchraydigan barcha

fonetik o’zgarishlarni hisobga olib. o’zbek shevalarini bir necha

guruhga bo’ldi. Eronlashish nuqtai nazaridan, ya’ni ba’zi o’zbek

shevalarining tiklanish protsessida tojik tilining ishtirokini

hisobga olib shevalarni quyidagicha guruhlashtirdi.                 
1. Eronlashmagan shevalar.

2. Eronlashgan shevalar.

Y.D.Polivanov  eronlashgan  shevalarga  Toshkent,  Qo’qon,  Marg`ilon,  Andijon, 
Shahrixon  tip  shevalarini  kiritsa,  to’la  eronlashgan,  ya‘ni  tojik  vokalizmini 
o’zida  to’la  aks  ettirgan  shevalarga  Buxoro-Samarqand,  Xo’jand,  O’ratepa 
shevalarini  kiritadi.  Eronlashmagan  shevalarga  o’zbek-qipchoq  (j-lovchi) 
lahjasi  va  Farg`onaning  singarmonizmli  qishloq  shevalarini  (Saroy,  Andijon, 
Yo’lguzar, Mankent) kiritadi.                 
Y.D.Polivanov  bu  ikki  xil  (eronlashgan  va  eronlashmagan) 
shevalar  o’rtasida  eronlashishning  kuchsizlanishi, 
gibridizatsiya  natijasida  turkiylashishi  kuchligiga  ko’ra, 
eronlashgan  shevalarni  4  xil  tipga  ajratadi:  2-tip  – 
Toshkent  tip  shevalari  (Toshkent  va  uning  atrofidagi 
qishloq  shevalari  (Xonobod,  Telov);  3-tip  –  Qo’qon, 
Marg`ilon  tip  shevalari);  4-tip  –  Andijon-Shahrixon  tip 
shevalari;  4-a  tip  –  uyg`urlashgan  yoki  umlautli  shevalar 
(Namangan va unga yaqin qishloq shevalari). Y.D.Polivanov 
tasnifida  yana  2  tip  sheva  ajratilgan.  Bular:  6-tip  – 
Shimoliy  o’zbek  shahar  shevalari  tipi  (Turkiston, 
Chimkent).  7-tip  –  Shimoliy  o’zbek  qishloq  shevalari  tipi 
(Mankent, Qoramurut kabi shevalar).                 
Yuqorida  kiritilgan  shevalar  Y.D.Polivanov 
tasnifida  «Chig`atoy»  lahjasini  tashkil 
qilidi. Y.D.Polivanov tasnifiga ko’ra, ikkinchi 
dialekt  (lahja)  o’g`uz  dialekti  bo’lib,  bu 
dialekt  2  guruh  shevani  o’z  ichiga  oladi. 
Bular  quyidagilar:  8-tip  –  Janubiy  Xorazim 
guruh  shevalari  (Xiva  Yangi-Urganch, 
Shovot,  Xazorasp,  Yangiariq,  Xonqa 
shevalari)  shu  guruhga  (8-a)  Sho’raxon 
shevasi  ham  kiritilgan.  9-tip  –  Shimoliy 
o’zbek-o’g`uz  guruhi  shevalari  (Iqon, 
Qorabuloq shevalari).                 
Uchinchi  dialekt  qipchoq  lahjasi  bo’lib,  bu  lahja  yetti  tip 
shevani  o’z  ichiga  oladi.  Bular  quyidagilar:  10-tip  –  O’rta 
Xorazim shevalari (Gurlan, Bog`ot, Shobboz shevalari); 11-
tip  –  Shimoliy  Xorazm  shevalari  (Xo’jayli,  Qipchoq, 
Qo’ng`irot, Mang`it); 12-tip – O lovchi tip (Qozoq-nayman, 
Farg`ona-qoraqalpoq  shevalari);  13-tip  –  qurama  shevalar 
(Ohangron vodiysidagi qurama sheva) Uyshun, Ulut qishloq 
shevalari  ;  14-tip  –  Shimoliy  o’zbek  shevalari 
(Turkistondagi  so’zoq,  chalaquron  qishloq  shevalari);  15-
tip  –  O’rta-o’zbek  shevalari  (qirq  shevalari  va  b.);  16-tip  – 
Janubiy  o’zbek  shevalari  (laqay  shevalari  va 
Afg`onistondagi qipchoq-o’zbek shevalari).                 
Y.D.Polivanov  o’z  tasnifida  o’zbek  shvelaridagi  taraqqiyotni  faqat  tashqi 
omillarga  bog`lab  tekshirdi.  U  o’zbek  tili  va  uning  shevalarida  ro’y  bergan 
o’zgarishlar  tilning  davrlar  mobaynidagi  o’z  ichki  taraqqiyot  jarayonining 
natijasi ekanini anglay olmadi.

G`ozi Olim Yunusov o’zbek shevalarini avvalo uch lahjaga ajratadi:

o’zbek-qipchoq lahjasi;

Turk-barlos lahjasi:

Xiva-Urganch lahjasi.                 
Bu lahjalar o’z navbatida fonetik va morfologik xususiyatlariga ko’ra 
ajratiladi.

O’zbek-qipchoq lahjasi 4 shevaga:

a) qirq; b) joloyir-laqay; v) qipchoq; g) gurlan shevalariga ajratiladi:

Turk-barlos lahjasi ham 4 shevaga:

Sayram-Chimkent, Toshkent, Andijon, Namangan shevalariga 
ajratiladi. Xiva-Urganch lahjasi esa 2 shevaga: Xiva, Qarluq 
shevalariga ajratiladi.

O’zbek-qipchoq lahjasiga kiruvchi shevalarning fonetik xususiyatlarini 
quyidagicha ko’rsatib o’tadi:

a) adabiy tildagi y undoshi o’rnida j undoshi keladi: yo’l-jo’l, yigit-
jigit kabi;

b) adabiy tildagi g undoshlari o’rnida y tovushi keladi: sigir-siyir kabi.                 
v)  o’zbek  adabiy  tilidagi  g`  undoshi  v  undoshi  bilan  almashinib  qo’llaniladi:  sog`-sav,  tog`-tav 
kabi.

Fozi Olim tasnifida qolgan lahjalarning lingvistik farqlarini ko’rsatuvchi belgilar berilmagan.

A.K.Borovkov o’zbek shevalari tasnifining ikki xil variantini tavsiya etadi. U o’z tasnifining birinchi 
variantiga  o’zbek  shevalarida  uchraydigan  fonetik  belgilarni  (xususiyatlarni)  asos  qilib  oladi. 
Uning  tasnifiga  ko’ra  o’zbek  shevalari  ikki  guruhga  bo’linadi:  1)  o-lovchi  o’zbek  shevalari;  2)  a-
lovchi o’zbek shevalari.

1.  o-lanuvchi  o’zbek  shevalari.  Bu  guruhga  Toshkent,  Samarqand,  Buxoro,  Kattaqo’rg`on, 
Farg`ona, Marg`ilon, Qo’qon, Qarshi, Jizzax, Farg`ona shevalari kiradi. Bu shevalarda unlilar soni 
6-7  tagacha  bo’ladi.  Bu  shevalarda  ohangdoshlik  hodisasi  yo’qolgan.  Bundan  tashqari,  ularda 
aksariyat  birinchi  bo’g`inlarda  a  o’rnida  o  qo’llaniladi:  ota,  bola,  soy  kabi.  Morfologik  jihatdan, 
jo’nalish  kelishigining  qo’shimchasi  -ga  va  o’rin-payt  kelishigining  qo’shimchasi  -da  bir-biridan 
farq qilinmasdan ishlatiladi. Bu, ayniqsa, Samarqand-Buxoro shevalariga xos xususiyatdir.

2.  a-lanuvchi  o’zbek  shevalari.  Bu  guruh  shevalarga  Samarqand  viloyatining  qipchoq  shevalari, 
Surxandaryo  va  Qashqadaryo  viloyatlarining  qishloq  shevalari,  Shimoliy  Xorazm  shevalari  kiradi. 
Bundan  tashqari  Qozog`istonning  janubidagi  Sayram,  Chimkent,  Qorabuloq,  Mankent  shevalari 
kiradi.  Bu  shevalarda  unlilar  ohangdoshligi  saqlangan.  Unlilar  soni  8  tadan  10  tagacha  bo’ladi. 
A.K.Borovkov  ushbu  guruhga  kiruvchi  shevalarni  fonetik  xususiyatlariga  ko’ra  yana  ikki  kichik 
guruhga bo’ladi:

a) y-lanuvchi o’zbek shevalari;

b) j-lanuvchi o’zbek shevalari.

O'ZBEK SHEVALARI TASNIFI

 Hozirgi kunda o’zbek xalq shevalarining bir necha xil tasnifi mavjud. Bu tasniflar turli turkolog va shevashunoslar tomonidan qilingan bo’lib, ayniqsa, I.I.Zarubin, E.D.Polivanov, K.K.Yudaxin A.K.Borovkov, G`ozi Olim Yunusov, U.Tursunov, Sh.Shoabdurahmonov, V.V.Reshetovlarning tasniflari katta ilmiy qiymatga egadir.  Prof. I.I.Zarubin o’zbek shevalarini birinchi mamrta umumlashtiruvchi guruhlarga birlashtirish, ya‘ni tasnif qilishga urindi. U o’zbek shevalarini 4 guruhga bo’lib ko’rsatadi: Xiva, Farona, Toshkent, Samarqand-Buxoro shevalari. I.I.Zarubinning bu tasnifida o’zbek shevalari orasida katta o’rin tutgan, qipchoq (j-lovchi) shevalar va shimoliy o’zbek shevalari hisobga olinmay qolgan.  K.K.Yudaxin o’zbek shevalari tasnifining ikki variantini tavsiya etgan. U o’zining o’zbek shevalari tasnifining 1-variantida o’zbek shevalarining tojik tili bilan munosabati va singarmonizmning saqlash darajasiga qarab, quyidagicha guruhlarga ajratadi:

 1. Turk tovush tizimi va singarmonizmni saqlagan shevalar.  2. O’zbek va tojik tillarida so’zlashadigan tojik shevalari (Samarqand- Buxoro va boshqa shaharlarning asosiy aholisi).  E.D.Polivanov tomonidan bir qator o’zbek shevalari va dialektlari o’rganib chiqilgan. E.D.Polivanov o’z tasnifida tildagi ikki holatni ko’zda tutdi:  1) metisatsiya (qardosh tillarning chatishuvi); 2) gibridizatsiya (turli tizimdagi tillarning chatishuvi). U shevalarda uchraydigan barcha  fonetik o’zgarishlarni hisobga olib. o’zbek shevalarini bir necha  guruhga bo’ldi. Eronlashish nuqtai nazaridan, ya’ni ba’zi o’zbek  shevalarining tiklanish protsessida tojik tilining ishtirokini  hisobga olib shevalarni quyidagicha guruhlashtirdi.

 1. Eronlashmagan shevalar.  2. Eronlashgan shevalar.  Y.D.Polivanov eronlashgan shevalarga Toshkent, Qo’qon, Marg`ilon, Andijon, Shahrixon tip shevalarini kiritsa, to’la eronlashgan, ya‘ni tojik vokalizmini o’zida to’la aks ettirgan shevalarga Buxoro-Samarqand, Xo’jand, O’ratepa shevalarini kiritadi. Eronlashmagan shevalarga o’zbek-qipchoq (j-lovchi) lahjasi va Farg`onaning singarmonizmli qishloq shevalarini (Saroy, Andijon, Yo’lguzar, Mankent) kiritadi.

 Y.D.Polivanov bu ikki xil (eronlashgan va eronlashmagan) shevalar o’rtasida eronlashishning kuchsizlanishi, gibridizatsiya natijasida turkiylashishi kuchligiga ko’ra, eronlashgan shevalarni 4 xil tipga ajratadi: 2-tip – Toshkent tip shevalari (Toshkent va uning atrofidagi qishloq shevalari (Xonobod, Telov); 3-tip – Qo’qon, Marg`ilon tip shevalari); 4-tip – Andijon-Shahrixon tip shevalari; 4-a tip – uyg`urlashgan yoki umlautli shevalar (Namangan va unga yaqin qishloq shevalari). Y.D.Polivanov tasnifida yana 2 tip sheva ajratilgan. Bular: 6-tip – Shimoliy o’zbek shahar shevalari tipi (Turkiston, Chimkent). 7-tip – Shimoliy o’zbek qishloq shevalari tipi (Mankent, Qoramurut kabi shevalar).