O‘zbek Shevalari tasnifi.
Mavzu: O ‘ zbek Shevalari tasnifi. Reja 1. “0 ‘zbek dialektologiyasi”ning maqsad va vazifalari. 2. Fanning nazariy va amaliy ahamiyati. 3. Dialektologiyaning shakllanishi. 4. Til va sheva munosabati. 5. “0 ‘zbek dialektologiyasi”ning o‘rganilishini davrlashtirish.
“ 0 ‘zbek dialektologiyasi”n ing m aqsad va vazifalari. “0 ‘zbek dialektologiyasi” fanini o ‘rganishdan maqsad o ‘zbek shevalarining eng muhim xususiyatlari - fonetik, leksik, morfologik va, qisman, sintaktik xususiyatlari hamda areal lingvistika (lingvistik geografiya) haqida talabalarga zaruriy bilimlami berishdir. Bu esa quyidagi vazifalam i keltirib chiqaradi: - talabalarga o‘zbek dialektologiyasi bo‘yicha zaruriy bilimlami berish va, shu jumladan, fanning tayanch tushunchalari bilan tanishtirish; - o ‘zbek shevalarining fonetik, leksik va grammatik qurilishi haqida ma’lumot berish; - jahon tajribasidagi dialektologik bilimlar bilan qurollantirish; - shevalarni yozib olishda qo‘llanadigan transkripsiya tizimini o‘rgatish hamda dialektologiyada qo‘llanadigan metodlami o ‘zlashtirish va sheva vakillaridan sheva xususiyatlarini yozib olish malakasini hosil qilish; - shevalarning tasnif qilinishi va uning tarixini o‘rganish; - adabiy til va sheva munosabatlari to‘g ‘risida zaruriy bilimlarni berish; - shevalar adabiy tilni boyitishning asosiy manbasi, dialektizmlar badiiy adabiyotda mahalliy koloritni hosil qiluvchi vosita ekanligi to‘g ‘risidagi bilimlarini takomillashtirish; - har bir lahjaning eng muhim xususiyatlari bo‘yicha bilimlami shakllantirish; - maktab va akademik litseylar taMimida dialektal xatolarning oldini olishga nazariy va amaliy tayyorlash.
D ialektologiyaning shakllanishi. Tishunoslik fani shevalarni o ‘rganishdan boshlangan. Turkologiyada shevalarni o ‘rganish XI asrda Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” asaridan boshlanganligi e’tirof etiladi. Dialektologiya fan sifatida jonli xalq nutqiga qiziqish tufayli XVII asr oxirlarida Germaniyada shakllandi. Bu davrda Germaniyada xalq shevalaridan mahalliy so‘zlar yig‘ ilgan va lug‘atlar tuzilgan. Shevalami ilmiy asoslarda o ‘rganish ishi esa X IX asming ikkinchi yarmida “Yosh gramm atikachilar” tomonidan amalga oshirildi va shevalar tabiiy, to‘xtovsiz va o ‘z-o‘zidan rivojlanish mahsuli hamda til sistemasining qonuniy ravishda turli hududlarga tarqalgan tarkibiy qismi deb qaralgan. 77/ va sheva m unosabati. Til jamiyatda insonlar o‘rtasida aloqa vositasi, fikr va his-tuyg‘ularini ifodalash quroli vazifasini bajaradi. Bu uning ijtimoiy maqomini bildiradi. Shuningdek, til termini millat, xalq va qabila-urug‘ning aloqa vositasini ham anglatadi hamda shu millat, xalq, qabila-urug‘ nomi bilan yuritiladi. Shu jihatdan jahon tillari bir-biridan farqlanadi. Til bizning davrimizda, xususan, o‘zbek millati faoliyatida milliy til tushunchasiga ega bo‘ ldi va shu millat a’zolarining umumiy aloqa vositasi sifatida rivojlanib kelmoqda. Til muayyan millat doirasida shu millat a ’zola-rining barchasi uchun tushunarli bo‘ladi va u ikki shaklga - adabiy til va sheva shakliga ega bo‘ladi. Milliy tilning tushunarli boTish-liligi ko‘proq uning adabiy til shakliga xosdir. Shevalaming tushunarlilik darajasi alohida talqinga muhto
Sheva, dialekt va lahja tushunchalari. 0 ‘zbek tili boshqa turkiy tillardan ko‘p shevaliligi bilan farqlanadi. 0 ‘tgan tarixiy davr ichida o ‘zbek shevalari to‘xtovsiz taraqqiy etdi. Uning taraqqiyot tarixi va hozirgi davrini tushunish va izohlashda sheva, dialekt, lahja terminlari qo‘llanadiki, ularning lug‘aviy va terminologik ma’nolarini bilish, albatta, zarur. Sheva forscha so‘z bo‘lib, ravish, tarz, yo ‘sin degan ma’nolarni bildiradi va dialektologiya fanida o ‘ziga xos leksik, fonetik hamda grammatik xususiyatlari bilan farqlanib turadigan milliy (xalq) tilning kichik territoriyaga oid qismini anglatadi (1-rasm). J. K. Chambers, Peter Trudgillning belgilashicha, sheva muayyan tilning tarkibiy qismidir
O‘quvchilar nutqida, ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari yozuvida uchraydigan xatolar shеvalar ta’sirida sodir bo‘ladigan xatolar jumlasiga kiradi: nɔnni ushɔg‘i – nonning ushog‘i; əynəlmɔq – aylanmoq; qavul – qabul; esnə – ensa; qыdыrыshma, qыdыrыsh – sayr, nɔnnъ ushɔg‘ъ – nonning ushog‘i; дəlбə – jinni, telba; Buxɔrɔgə turədъ - Buxoroda turadi; ərdjə – sandiq, qo‘ ngshu – qushni. Andijonlik o‘quvchi adabiy tildagi taroq, sanoq, kosa tipidagi so‘zlarni taraq, sanaq, kasa shaklida yozsa, toshkentlik o‘quvchi adabiy tildagi shabada, aka, do‘ppi kabi so‘zlarni o‘z shevasi ta’sirida shɔbɔda, ɔka, to‘ppi ko‘rinishida yozadi va bu bilan orfografik xatoga yo‘l qo‘yadi. Shunday qilib, o‘quvchi hamda talabalarni adabiy talaffuzga o‘rgatish, ular nutqini sheva, ya’ni dialektal so‘zlar ta’siridan xoli qilish kerak bo‘ladi