logo

Yordamchi so'zlar

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

7908.1103515625 KB
Reporter: xx     Date: 202X.6.14  Yordamchi 
so'zlar Yordamchi so‘z turkumlari mustaqil so‘z turkumlaridan farqlanadi. Ular 
lug‘aviy ma’noga ega emas, morfologik jihatdan o‘zgarmaydi, gapda 
sintaktik vazifa bajarmaydi, yasalish xususiyatiga ega emas.
Mustaqil lug‘aviy ma’noga ega bo‘lmay, gap bo‘laklari va gaplarni o‘zaro 
bog‘lash, xilma-xil munosabatlarni ko‘rsatish yoki ularga qandaydir 
qo‘shimcha ma’no qo‘shishga xizmat qiladigan so‘z turkumlari yordamchi 
so‘z turkumlari deyiladi. YOrdamchi so‘z turkumlariga bog‘lovchi, 
ko‘makchi va yuklama kiradi. Yordamchi so'z turlumi turlari
Ko'makchi Bog'lovchi
Yuklama Ko'makchi
Ko’makchi haqida ma'lumot
Ot, va otlashgan so’zlardan keyin kelib, ularni boshqa 
so’zlarga tobelanish yo’li bilan bog’laydigan yordamchi so’zlar 
ko’makchi deyiladi: O’z qo’li bilan to’g’riladi. Ko’makchi qaysi 
so’zdan keyin kelsa, o’sha so’z bilan birgalikda bir so’roqqa 
javob bo’lib, bir xil gap bo’lagi vazifasini bajaradi.
Ko’makchilar quyidagi turlarga bo’linadi: Sof ko’makchilar lug’aviy ma'nolarini butunlay yo’qotib, vazifa jihatidan 
kelishik qo’shimchalariga yaqin turadigan so’zlardir: bilan, uchun, kabi, 
sari, singari, sayin, uzra , qadar, yanglig’. Bunday ko’makchilar urg’u 
olmaydi, urg’u ko’makchidan oldingi so’zning oxirgi bo’g’iniga tushadi 
(22; 61).
2. Ko’makchi vazifasida qo’llanuvchi so’zlar (vazifadosh ko’makchilar 
(22; 63) gapda o’rni bilan mustaqil so’z, o’rni bilan ko’makchi bo’lib 
keladi. Bular quyidagi turkumlardan ko’makchilarga ko’chadi: 031) ot turkumidan: tomon, tashqari, bo’yi, chamasi, holda, yo’sinda;
2) sifatdan: sababli, tufayli, qarshi, chog’li, doir, muvofiq, o’zga, boshqa; 3) 
fe'ldan: qarab, qaraganda, ko’ra, tortib, degan, deydigan, osha, bo’ylab, 
yarasha, qaramasdan, qaramay, qarata;
4) ravishdan: avval, so’ng, keyin, burun, ilgari, beri, beri, buyon, asosan, 
binoan.
3. Ko’makchi-bohlovchilar bog’lovchi vazifasini ham bajaradigan 
ko’makchilar: bilan, deb, deya. Masalan: daftar bilan qalam; Umrim shirin 
o’tsin deb(deya), u ko’p mehnat qildi. Bog‘lovchi
Gap bo‘laklarini yoki qo‘shma gapning qismlarini bog‘laydigan yordamchi 
so‘zlar bog‘lovchi deyiladi. Bog‘lovchilar gap bo‘laklari va ayrim sodda 
gaplarni o‘zaro qanday munosabatda ekanliklarini ko‘rsatadi. Farzand 
olgan tarbiyasiga qarab ota-onasiga rohat yoki jazo keltiradi. («Oz-oz 
o‘rganib dono bo‘lur») Kumush ichkariga kirib ko‘zdan g‘ oyib bo‘ldi, lekin 
Otabek yana bir necha daqiqa erga mixlangandek qotib turdi. (A.Qod.)
Bog‘lovchilar qo‘llanishiga ko‘ra ikki turli bo‘ladi: 1. YAkka bog‘lovchilar. 2. 
Takroriy bog‘lovchilar. Bog‘lovchilar gapdagi vazifasiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:
1) teng bog‘lovchilar; 2) ergashtiruvchi bog‘lovchilar.
1. Teng bog‘lovchilar
Teng bog‘lovchilar grammatik jihatdan teng huquqli gap bo‘laklarini va 
gaplarni o‘zaro bog‘lashga xizmat qiladi. Masalan, Kitob har qanday 
bilimning joni va yuragi, har qanday fanning ibtidosidir. (Stefan 
TSveyg). Agar so‘zlar va Zaynab qalbi Tol bargiday dir-dir qaltirar. 
(H.O.) Bog‘lovchi vazifasini bajaruvchi so‘zlar
Boshqa so‘z turkumiga oid ba’zi so‘zlar ham bog‘lovchi o‘rnida 
qo‘llanadi: bilan, deb, degan, bordi-yu, u(-yu), -da.
Masalan: Umrim shirin o‘tsin deb, tilni tiydim hamisha. Ayvonda 
Hurmatbibi bilan onam choy ichib, gaplashib o‘tirishibdi (O.) Yuklama
Ayrim so‘z yoki gapga qo‘shimcha ma’no berish uchun qo‘llanadigan 
yordamchi so‘zlar yuklamalar deb ataladi. Masalan: Haqiqiy kasbu kamol 
faqat ilm bilan hosil bo‘ladi. (M.Hasaniy). Quyosh ham atayin nurlarini 
to‘kib, mag‘ rur ko‘tarildi. (O.)
YUklamalar tuzilishiga ko‘ra ikki xil: a) qo‘shimcha holatdagi yuklamalar: -
mi, -chi, -a, -ya, -oq (-yoq), -da, -u (-yu), -gina (-kina, -qina), -ku; b) so‘z 
holatidagi yuklamalar: axir, faqat, xudi, nahotki, ham, naq, xolos. To‘ydan 
faqat Anor xabardor (H.O.) Eshik «g‘irch etib ochildi-da, ruxsat so‘rab ukasi 
Darvishali kirdi. (O.) Bir vaqi G‘iyosiddin Kichkina, xudi shu erda, daricha 
ostida o‘tirib, uni erkalatmasmidi. Yuklamalarning yozilishi
1) -mi, -oq(-yoq), -gina (-kina,-qina), -dir yuklamalari o’zidan oldingi so’zga 
qo’shib yoziladi: Shu bugunoq ota-onasigagina emas, butun mahallaga yetib 
bormaydimi?
2) -chi,-ku,-u(-yu), -da, -a(-ya) yuklamalaridan oldin chiziqcha qo’yiladi: Sen-chi? 
Keldi-ku!
D i q q a t! Juft so’zlar tarkibida bog’lovchi vazifasida kelgan -u(-yu) yuklamasi 
kirilcha yozuvda so’zga qo’shilib yoziladi: Gapu sўz kўpaydi. Yangi alifboda esa 
chiziqcha bilan ajratib yoziladi: Gap-u so’z ko’paydi.
3) faqat, ham, hatto, axir kabi so’z yuklamalar ayrim yoziladi: Tog’larda hatto yoz 
oylarida ham yomg’ir yog’adi. Foydalanilgan adabiyotlar.
1. H.Jamolxonov. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent, 2005.
2. U.Tursunov va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent. 
1992.
3. G‘.Abdurahmonov, S.Mamajonov. O‘zbek tili va adabiyoti. 
Toshkent, 1995.
4. S.Otamirzaeva, M.Yusupova. O‘zbek tili. Toshkent, 2004.
5. Sh.Ranmatullayev. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. Toshkent, 2007.   Reporter: XX THANK YOU

Reporter: xx Date: 202X.6.14 Yordamchi so'zlar

Yordamchi so‘z turkumlari mustaqil so‘z turkumlaridan farqlanadi. Ular lug‘aviy ma’noga ega emas, morfologik jihatdan o‘zgarmaydi, gapda sintaktik vazifa bajarmaydi, yasalish xususiyatiga ega emas. Mustaqil lug‘aviy ma’noga ega bo‘lmay, gap bo‘laklari va gaplarni o‘zaro bog‘lash, xilma-xil munosabatlarni ko‘rsatish yoki ularga qandaydir qo‘shimcha ma’no qo‘shishga xizmat qiladigan so‘z turkumlari yordamchi so‘z turkumlari deyiladi. YOrdamchi so‘z turkumlariga bog‘lovchi, ko‘makchi va yuklama kiradi.

Yordamchi so'z turlumi turlari Ko'makchi Bog'lovchi Yuklama

Ko'makchi Ko’makchi haqida ma'lumot Ot, va otlashgan so’zlardan keyin kelib, ularni boshqa so’zlarga tobelanish yo’li bilan bog’laydigan yordamchi so’zlar ko’makchi deyiladi: O’z qo’li bilan to’g’riladi. Ko’makchi qaysi so’zdan keyin kelsa, o’sha so’z bilan birgalikda bir so’roqqa javob bo’lib, bir xil gap bo’lagi vazifasini bajaradi. Ko’makchilar quyidagi turlarga bo’linadi:

Sof ko’makchilar lug’aviy ma'nolarini butunlay yo’qotib, vazifa jihatidan kelishik qo’shimchalariga yaqin turadigan so’zlardir: bilan, uchun, kabi, sari, singari, sayin, uzra , qadar, yanglig’. Bunday ko’makchilar urg’u olmaydi, urg’u ko’makchidan oldingi so’zning oxirgi bo’g’iniga tushadi (22; 61). 2. Ko’makchi vazifasida qo’llanuvchi so’zlar (vazifadosh ko’makchilar (22; 63) gapda o’rni bilan mustaqil so’z, o’rni bilan ko’makchi bo’lib keladi. Bular quyidagi turkumlardan ko’makchilarga ko’chadi: