logo

Mahmud Koshg‘ariy va uning “Devonu lug‘otit turk”asari

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

50.3349609375 KB
Reja:
1. Mahmud Koshg‘ariy va uning 
“Devonu lug‘otit turk”asari.
2. Mahmud Zamaxshariy va uning 
filologik asarlari.
3. XIII-XVII asarlarda yaratilgan filologik 
asarlar. Ularning turkologiya tarixidagi 
o‘rni.ри XII-XIV asrlar davomida arab tilida turkiy tillarning 
leksik, fonetik va grammatik 
xususiyatlariga bag’ishlangan bir qancha asarlar 
vujudga keldi. Ularning ko’pchiligi til to’rganish 
maqsadida, ba'zilari esa qiyosiy xarakterda yozilgan. 
M: Abu Hayyon asarlari bunga misol bo'la 
oladi.
Ispaniyaning Andaluziya viloyatidagi Grenada 
shahrida tugilib, Misrda yashagan, aslida 
Afrikaning berber qabilasiga mansub bo’lgan 
Asiruddin Abu Hayyon al-Andalusiy (1256-1345) 60 
ga yaqin asar yozgan bo’lib, 15 tasi bizgacha etib 
kelgan.  Abu  Hayyonning  turkiy  tiliga  bo`lgan  qiziqishi 
Misrda yashab turgan davrdayoq paydo 
bdlgan  edi.  Bu  qiziqish  natijasida  u  arablarning 
turkiy  tilini  yaxshi  tushunishlarini 
osonlashtirish 
maqsadida  turkiy  til  va  uning  dialektlariga 
hamda  turkiy  til  bilan  arab  tilining  o'zaro 
qiyosiga 
bagishlangan  «Kitob  al-idrok...»  lug'atidir.  Asar 
1312 yilda Qohirada yozilgan bo'lib, qo'l yozma 
nusxasi  132  betdan  iborat.  Bu  asarning  2 
qo'lyozmasi mavjud. Ular Istanbulda saqlanadi.  Asar 2 qismdan iborat. 1) lug'at; 2)grammatika.
Lug'atda so’zlar alfavit printsipi asosida joylashtirilgan. 
So'zning lugatdagi o'rni so'z 
boshidagi 2 harf (tovush) asosida belgilangan.
Muqaddima qismida ma'lum bo’lishicha, Abu Hayyon 
tilning struktura elementlarini o'sha 
davrdayoq lugat tarkibi, morfoloeiya va sintaksisdan 
iborat deb hisoblaydi. Chunki u til o'rganish 
uchun uch narsani: 1) ayrim olingan so’zlarning 
ma'nolarini; 2) so'zlarning turlanish va tuslanish 
qoidalarini, 3) so'z birikmalarini bilishni tavsiya qiladi. Yuqorida ta'kidlab o'tdikki, asarning lug'at qismida turkiy 
so'zlar arab alfaviti tartibida 
berilgan. Unda 2760 so'z mavjud, Tadqiqotchilarni 
ko'rsatishicha, asarning lug'at qismida 5 ta 
arabcha so`z va 13 ta forscha so'z uchraydi. 1) k, g tovushining y tovushiga o'tishi holati: 
dagma-tayma, atni mindum ayarlab;
2) g tovushining undoshlar oldidan tushishi: 
igna-ina.
3) g va y tovushlarining o'rin almashinib kelishi; 
bugdoy-buyday;
4) g`va v tovushlarining o'rin almashinib kelishi; 
o'g`ul-o'vul, ag'uz-avuz;
5) so'z boshida y undoshining orttirilishi; ilon-
yilon, yip-ip;
6)x tovushining q ga o'tishi; xo`ja-qo`ja; Morfologiya qismida so'zlar odatga kdra 3 turkumga 
ajratilgan: ot, fe'l, harf (yordamchi 
so'zlar va qo'shimchalar). Bu qismda turkiy tillarning 
so'z yasash, so'z o'zgartish va shakl yasash 
tizimi aks ettiriladi.
Sifatlarning orttirma darajasi «yavlak» so'zi orqali 
hosil qilinadi: yavlak ko'rkludur-juda 
chiroylidir. «Yarim» ma'nosini bildiruvchi son 
manbada «yaru» so'zlari bilan ifodalanad. Asar 4 bobdan iborat bo'lib, ularning har qaysisi 
mavzuviy gurithlarga-fasllarga ajratilgan. 
Asarning birinchi bobi tangrining ismi va fazoda unga 
tobe bo'lgan mavjitdotlarga hamda diniy 
terminlarga bag'ishlangan. M: tangri, yalavach, farishta, 
quyosh, yog`mur, ko`kramak, ay tutulmak 
kabilar.
Asarning ikkinchi bobi er, uning osti va uslidagi narsalar 
izohiga bag'ishlangan bo'lib, ularga 
oid so'zlar bir qancha guruhlarga bo’lingan: M: foydali qazilmalarga oid so'zlar: altun, kumush, baqo'r 
(mis), kamur, qurshun 
(qo’rg'oshin), tamur;
- harbiy sohaga oid so'zlar: kozari (josus), chari (qo'shin), 
chalo'sh (olishuv, 
kurash), sano'sh (sanchilmoq), qonush (bosqinchilik);
- o’simliklar nomlari: bugdoy, arpa, kunji, noxut, ekin;
- hayvonlar nomi: davar (poda), dava(tuya), okuz, bug'a, 
qoyan, buzag'u, oglak (uloq, 
echkicha);
- oziq-ovqat nomlari: ai (go'sht), ash, bal (asal), chaqar 
(shakar), yag:
- qarindoshlikka oid so'zlar: ana, ata,o`g'lan, o`g`ul, qiz;
- hashorat nomlari: sinak (pashsha), chibin; 
 
M.Koshg'ariyning «Devonu lugotit turk» asari ikki qismdan iborat: 1) k i r i sh; 2) l u g' a 
t.
Kirish qismida turkiy tillarning mavqei, lug'atning oldiga qoyitgan vazifalar, asarning 
mundarijasi, 
turkiy tillarda so'z tuzilishi va yasalishi, turkiy qabilalar va ular tillarining o’ziga xos 
xususiyatlari, 
tilda va lahjalarda bo'lgan so'zlar haqida fikr yuritiladi.
Asarning lug'at qismi sakkiz bo’limdan iborat:
1) hamzali so'zlar (boshida alif, vov, yoy harflari keladigan stfzlar) bo'limi;
2) solim (tarkibida alif, vov, yoy harflari kelmaydigan so'zlar)  Lug'atning shu tartibda tuzilishi arab leksikograjlyasi an'analariga mos 
edi. Muallif lug'at 
tuzishda mashhur arab tilshunosi Halil ibn-Ahmadning «Kitob-ul-ayn» 
lug'atiga asoslanganini 
alohida ta'kidlaydi.
Mahmud Koshg'ariy turkiy tillar qurilishini tasvirlashda qiyosiy metoddan 
foydalanib, 
tilshunoslikda qiyosiy-tarixiy metodning asoschilaridan biri bo’ldi. U 
turkiy tillarning leksikasini, 
morfologiyasini va fonetikasini bir-biriga qiyoslab, ular orasidagi o'xshash 
va farqli tomonlarni 
ko’rsatdi. Bu faktlarni izohlashda tarixiy aspektga yondoshadi.
Lug'atda turkiy tillar leksikasiga mansub 7500 so'z izohlangan. O'sha 
davrdagi taomilga 
ko'ra, turkiy so'zlarga arabcha izoh beriladi. Shuning uchun ham 
M.Koshg'ariy «Tushunilishi oson 
bo'lsin uchun asarda arabcha istiloh (termin)lar qo'lladim», -deydi. Muayyan xalq, qabila tiliga oid so'zlar: gejak-kokil (arg'u tilida), o'tunch-qarz (o'guz tilida), 
qaraqlamoq-tfg'irlamoq, taiamoq (yag'mo tilida), tunak-qamoqxona, zindon (barsag'on 
tilida), sugut-
suzma (qarluq tilida) kabilar.
Bu haqda Mahmud Koshg’ariy shunday yozadi: «Men turklar, turkmanlar o'g'uzlar, 
chigillar, 
yag'molar, qirgizlarning shaharlarini, qishloq va yaylovlarini ko'p yillar kezib chiqdim, 
lug'atlarini 
ttfpladim, turli xil so'z xususiyatlarini o'rganib, aniqlab chiqdim. Men bu ishlarni til 
bilmaganim 
uchun emas, balki bu tillardagi har bir kichik farqlarni ham aniqlash uchun qildirn. Vlarni 
har 
tomonlama puxta bir asosda tartibga soldim».
Mahmud Koshg’ariy o'zlashma so'zlarga ikki xil munosabatda bo'ladi: 1) Kundalik 
turmushda qo'llanadigan turli xil narsalar borki, ular hayotga singib ketgan. Vlarni 
nomlovchi so'z 
tilda bo'lmasa, bunday so'zni qo'shni tildan olish mumkin. 2) Tilda mavjiid so'zlar o'rnida 
boshqa tit 
so'zini qffllash zararli deb hisoblaydi. BU fikrga asoslanganimizga bilge, bitig, uragut kabi 
turkiy 
so'zlar o'rnida arabcha olim, kitob, ayol kabi so'zlarni qabul qilmasligimiz kerak. Mahmud Koshg’ariy o'zlashtirma so'zlarni ham e'tibordan chetda 
qoldirmadi. Masaian, qarit 
(o'g'irlash, talash) so'zini u turkman tiliga arab tilidan o'zlashgan 
deb taxmin qiladi. Shu bilan birga, 
Mahmud Koshg’ariy turkiy tillardan boshqa tillarga o'zlashgan 
so'zlarga ham to'xtalib o'tadi. «Paxtali
to'n» ma'nosidagi yolma so'zi haqida it shunday deb yozadi: 
«Forslar buni turkiy xalqlardan olib 
yalma shaklida talaffuz qiladilar. Arablar forslardan olib yolmoq 
shaklida qo'llaydilar. Hech kirn bu 
so'zni turklar forslardan olgan deb da'vo qila olmaydi. Chunki men 
bu so'zni eng qirg'oq chegaralarda 
yashovchi oddiy turk xalqlaridan ham eshitganman. Bular boshqa 
xalqlardan ko'ra, bu xil yomgir 
elpig'ichiga muhtojroqdirlar. Chunki bularning yurtida qor, yomgir 
ko'pdir» Mahmud Koshgariyning «Devonu lugotit'turk» asarii 
faqat tilshunoslik asari bo'lib 
qolmasdan, o'z davrini qomusidir. Chunki unda turli 
xalqlarning tarixi, jo'grofiyasi, ijtimoiy-iqtisodiy 
ahvoli, urf-odatlari, tabiiy sharoiti, etnografiyasi, 
adabiyoti haqida qimmatli materiallar mavjud. 
M.Koshgariy tomonidan berilgan ma'lumotlar hozirgi 
tillarni ffrganishda va ularning qiyosiy-tarixiy 
grammatikasini yaratishda qimmatli manba bo'lib 
qoladi. E ʼ tiboringiz uchun 
rahmat

Reja: 1. Mahmud Koshg‘ariy va uning “Devonu lug‘otit turk”asari. 2. Mahmud Zamaxshariy va uning filologik asarlari. 3. XIII-XVII asarlarda yaratilgan filologik asarlar. Ularning turkologiya tarixidagi o‘rni.ри

XII-XIV asrlar davomida arab tilida turkiy tillarning leksik, fonetik va grammatik xususiyatlariga bag’ishlangan bir qancha asarlar vujudga keldi. Ularning ko’pchiligi til to’rganish maqsadida, ba'zilari esa qiyosiy xarakterda yozilgan. M: Abu Hayyon asarlari bunga misol bo'la oladi. Ispaniyaning Andaluziya viloyatidagi Grenada shahrida tugilib, Misrda yashagan, aslida Afrikaning berber qabilasiga mansub bo’lgan Asiruddin Abu Hayyon al-Andalusiy (1256-1345) 60 ga yaqin asar yozgan bo’lib, 15 tasi bizgacha etib kelgan.

Abu Hayyonning turkiy tiliga bo`lgan qiziqishi Misrda yashab turgan davrdayoq paydo bdlgan edi. Bu qiziqish natijasida u arablarning turkiy tilini yaxshi tushunishlarini osonlashtirish maqsadida turkiy til va uning dialektlariga hamda turkiy til bilan arab tilining o'zaro qiyosiga bagishlangan «Kitob al-idrok...» lug'atidir. Asar 1312 yilda Qohirada yozilgan bo'lib, qo'l yozma nusxasi 132 betdan iborat. Bu asarning 2 qo'lyozmasi mavjud. Ular Istanbulda saqlanadi.

Asar 2 qismdan iborat. 1) lug'at; 2)grammatika. Lug'atda so’zlar alfavit printsipi asosida joylashtirilgan. So'zning lugatdagi o'rni so'z boshidagi 2 harf (tovush) asosida belgilangan. Muqaddima qismida ma'lum bo’lishicha, Abu Hayyon tilning struktura elementlarini o'sha davrdayoq lugat tarkibi, morfoloeiya va sintaksisdan iborat deb hisoblaydi. Chunki u til o'rganish uchun uch narsani: 1) ayrim olingan so’zlarning ma'nolarini; 2) so'zlarning turlanish va tuslanish qoidalarini, 3) so'z birikmalarini bilishni tavsiya qiladi.

Yuqorida ta'kidlab o'tdikki, asarning lug'at qismida turkiy so'zlar arab alfaviti tartibida berilgan. Unda 2760 so'z mavjud, Tadqiqotchilarni ko'rsatishicha, asarning lug'at qismida 5 ta arabcha so`z va 13 ta forscha so'z uchraydi.