Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit-turk” asari
Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit - turk” asari
Reja: 1. M.Qoshg’ariyning “Devoni lug’otit turk asari”ning tarixi. 2. “ Devoni lug’otit turk asari”ning ta’limiy ahloqiy ahamiyati.
6. Maxmud Qoshg’ariyning ta’limiy-ahloqiy qarashlari. Eng qadimgi qo’shiq va lirik she’rlarda jasurlik, adolat, sadoqat va insoniylik kabi xislatlar tarannum etilgan. Bunday qo’shiq va lirik she’rlar XI asrda yashagan ulug’ olim Mahmud Qoshg’ariy tomonidan yaratilgan “Devonu-lug’atit-turk” asari orqali bizgacha yetib kelgan. Turkiy xalqlarning tarixini yorituvchi qadimgi manbalarda pand-nasihat va o’gitlar etilgan asarlar ham ko’plab uchraydi. Ana shunday asarlar jumlasiga Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’atit-turk” asari ham kiradi. Alloma mazkur asarni 1076-1077 yillarda yozgan.
Geograf olim H. Hasanov shunday misol keltiradi: 1914 yil Turkiyaning Diyorbakir shahrida bir beva xotin pulga muhtoj bo’lib, kitob do’koniga eski qo’lyozmani keltiradi va 30 liraga sotishini aytadi. Ammo bu narxga kitobni hech kim olmaydi. Bir kun do’konga keksa kitob muxlislaridan Ali Amiriy kirib qoladi va bir do’stidan qarz olib, kitobni sotib oladi (Ali Amiriy 1857-1924 yillarda yashagan, o’z shaxsiy kutubxonasida 15 mingga yaqin kitob yig’ib, hammasini SHayx Fayzulloh madrasasiga hadya etgan. Keyinchalik bu kitoblar Fotih kutubxonasi - milliy kutubxonaga o’tkazilgan).