logo

Mahmud Qoshg’ariyning “Devоni lug’оt-turk” asari, uning topilishi va o’rganilishi

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

918.3876953125 KB
Mahmud Qoshg’ariyning 
“Dev о ni lug’ о t-turk” asari, 
uning topilishi va o’rganilishi Reja
1. Asarning topilishi va o’rganilishi 
2. “ Devoni lug’at turk” maqol va matallarning berilishi.
3. “ Devoni tug’at turk “asarni maqol va matallarning tilshunoslikda 
o’rganilishi  •
Tayanch so’zlar :  urug‘, qabila, turkyshunoslik, qomusiy asar, she’riy parchalar, lirik 
va epik janrlar, to‘rtlik, qadimgi folklor, individual she’riyat, adabiy muhit, turkiy 
she’riyat, alliteratsiya, moniylik she’rlari, qofiya, fors she’riyati.  •
Mamlakatimizda  istiqlol  tufayli  turk  ellari  adabiyotini  yaxlit  o’rganish  imkoniyatiga  ega 
bo’ldik.  Ma’lumki,  kelib  chiqishi  bir  –  biriga  yaqin,  qarindosh  bo’lgan  xalqlarning  tarixi, 
madaniyati,  rivojlanishi  bir  ildizga  borib  taqaladi.  Bu  xalqlarning  urf  –  odatlarida,  rasm  – 
rusmlarida,  xalq  og’zaki  ijodida  bir  –  biriga  o’xshash  holatlar  juda  ko’p  ko’zga  tashlanadi. 
Albatta,  tarixiy  taraqqiyot  tufayli,  keyinroq  ayrim  farqlar  ham  vujudga  kelgan.  Jumladan, biz 
o’rganayotgan  turk  ellari  adabiyoti  ham  xuddi  shunday  tarixiy  taraqqiyotni  boshidan 
kechirgan. XX asr boshlarida ota – bobolari bir bo’lgan turk qavmlarini birlashtirish, ularning 
aloqalarini  mustahkamlash  uchun  ko’p  harakatlar  bo’ldi.
Ma’lumki,  turkiy  qavmlar  deganda  biz  o’zbek,  qazoq,  qirg’iz,  turkman,  qoraqalpoq,  uyg’ur, 
totor,  boshqird,  chuvash,  ozarboyjon,  qorachoy,  turk,  gagauz,  qo’miq,  balqar  kabi  o’ttizga 
yaqin millatlarni ko’zda tutishimiz kerak.  •
Bu  millatlar  esa  Yevro–Osiyo  materigining  kattagina  qismida  joylashgan 
hududlarda  hayot  kechiradi.  Ana  shu  qarindosh  xalqlarning  adabiyotini  bir  butun 
holda  yaxlit  o’rganish,  ularning  ijtimoiy  –  ma’naviy  hayotini  yaqindan  anglashga 
yordam  beradi.  Yuqorida  ko’rsatilgan  xalqlarning  eng  qadimgi  adabiy  –  madaniy 
yodgorligiga e’tibor bersangiz, ularda bir–biriga o’xshash asarlarning variantlariga 
duch  kelasiz.  Masalan,  “Go’ro’g’li”  turkumidagi  dostonlarning  usmonli  turklarda, 
ozarbayjon,  turkman  va  o’zbeklarda  bir  qancha  variantlari  uchraydi.  “Alpomish”, 
“Manas”, “Dada Qurqut” kabi dostonlar haqida ham shuni aytish mumkin. Bunday 
holatni  biz  faqat  doston  janridagi  asarlar  misolida  emas,  balki  xalq  og’zaki 
ijodining boshqa janrlarida ham ko’plab uchratishimiz mumkin.  •
Masalan,  Nasriddin  afandi  haqidagi  latifalar  turk,  ozarboyjon,  turkman,  o’zbek  xalq  ijodida 
ko’plab  uchraydi.  Qadimda  kuylangan  turli  marosim  va  mehnat  qo’shiqlari,  maqollar  va 
ertaklar  haqida  ham  shunday  holat  ko’zga  tashlanadi.
X-XII  asrlarda  yozilgan  M.  Koshg’ariyning  “Devoni  lug’atit  turk”,  Yusuf  Xos  Hojibning 
“Qutadg’u  bilig”,  Ahmad  Yugnakiyning  “Hibbatul  haqoyiq”  kabi  asarlari  butun  turkiy 
xalqlarning  umumiy  adabiy  merosi  bo’lib  hisoblanadi.  Ma’lumki,  Mahmud  Koshg’ariyning 
“Devoni lug’atit turk” asari faqat lug’at, ya’ni so’zlarining arabcha izohli tarjimasidan iborat 
bo’lib  qolmasdan,  balki  u  arablargacha  bo’lgan  davrdagi  adabiyot  namunalarini  o’zida 
jamlab  kelgan  ajoyib  badiiy  asar  ham  bo’lib  hisoblanadi.  Chunki  unda  xalq  og’zaki  ijodiga 
oid  turli  maqollar,  hikmatli  so’zlar,  qo’shiqlar,  iboralar,  dostonlardan  parchalar  ko’plab 
keltirilgan. Olti mingga yaqin turkcha so’zlarga arabcha izohlar berilgan.  •
Ko’pgina  turkiy  qabila  va  urug’larning  tarixi,  etnografiyasi,  ijtimoiy  –  iqtisodiy  ahvoli  va 
boshqa  tomonlari  haqida  ham  bu  kitobda  ma’lumotlar  beriladi.  Ushbu  jihatdan  bu  asar  o’z 
davrining  qomusiy  asari  darajasiga  ko’tarilgan.  Jahon  ilmi  va  madaniyati  tarixida  bu  xildagi 
asarlarning  dastlabki  namunalari  sifatida  “Devoni  lug’atit  turk”  asari  katta  ahamiyatga  ega 
bo’ldi. Chunki bu davrgacha jahon tarixida hyech kim tillarni bir – biriga qiyoslab o’rganmagan 
edi.  M.Koshg’ariy  bu  asarni  yozishda  juda  katta  material  to’plagan.  Sharqiy  Turkistondan 
Kaspiy  dengizi  bo’ylarigacha  bo’lgan  hududda  yashayotgan  turk  qavmlarining  tilini  tekshirdi. 
Asar 1076-1077 yillarda yozilgan bo’lib, keyinchalik u uch kitob hajmida chop etildi. Yusuf Xos 
Hojibning  “Qutadg’u  bilig”  nomli  asari  ham  turkiy  tilda  yozilgan  birinchi  badiiy  doston  bo’lib, 
u didaktik, ya’ni pand – nasihat xarakteridagi asardir. Yusuf Xos Hojib “Qutadg’u bilig” asarini 
1069-1070  yillarda  yozib  tugatgan,  uni  qoraxoniylardan  bo’lgan  Tabg’ach  Bug’roxonga 
bag’ishlagan.  •
Asar  aruz  vaznining  masnaviy  shaklida  yozilgan  bo’lib,  73  bobni  tashkil  etadi.  Bunda  ijtimoiy  hayotning  ko’p 
tomonlari  qalamga  olingan.  Jumladan,  ilm-hunar  egallash,  til  o’rganish  va  so’zlashish  odobi,  hokimiyat  va 
hukmdorlar  to’g’risida,  odob  va  axloq,  ma’rifat  to’g’risida  bahs  yuritiladi. Asarda  Kuntug’di,  Oyto’ldi,  Ugdulmish, 
Uzg’urmish  kabi  ramziy  obrazlar  vositasida  muallif  o’z  dunyoqarashlarini  ifoda  etadi.  “Qutadg’u  bilig”da  turkiy 
xalqlarning XI asrdagi tili yaqqol sezilib turadi. Unda arabcha va forscha so’zlar nisbatan oz uchraydi. Bu kitob tez 
orada  katta  shuhrat  qozondi.  Uni  “Turkiy  Shohnoma”  ham  deb  atay  boshladi.  Ahmad  Yugnakiyning  “Hibbatul 
haqoyiq” nomli didaktik asari ham umumturkiy xalqlarga tegishli deb qabul qilingan. Kitobning avtori va yaratilgan 
yili  haqida  ma’lumotlar  nihoyatda  kam  berilgan.  Asarning  til  xususiyatlaridan  kelib  chiqib,  uni  XII-XIII  asrlar 
o’rtasida yaratilgan deb xulosa chiqarish mumkin. Bu kitobda ham odob – axloq, ilm – ma’rifat masalalari ko’tarilib 
chiqilgan.  Shunisi  xarakterliki,  mazkur  asarda  din  va  shariat  masalalariga  tasavvuf  falsafasi  nuqtai  nazaridan 
yondoshilgan.  Shu  boisdan  bo’lsa  kerak Alisher  Navoiy  “Nasoyimul  muhabbat”  nomli  kitobida Ahmad Yugnakiyni 
mutasavvuf  shoirlar  qatoriga  qo’shadi. •
Umumturkiy adabiyotlardan yana biri sifatida “O’g’iznoma” eposini ko’rsatish mumkin. 
Bu  asarda  turkiy  xalqlarning  kelib  chiqish  tarixi  har  bir  urug’ning  shajaralari 
ko’rsatilgan. Asarda  ko’plab  she’riy  parchalar  ham  keltirilgan.  O’g’izxonning  tug’ilishi 
bilan bog’liq bo’lgan rivoyatlar, uning davlatni boshqarish, el-yurt obodonchiligi, turkiy 
xalqlarning  mustaqilligi,  baxti  uchun  olib  borgan  kurashlari  tasvirlangan.
Biz bu yerda qadimgi turk eposlaridan ayrimlari haqida qisqacha to’xtalib o’tdik, xolos. 
Shuning  o’zi  ham  turk  ellari  qadimdan  juda  yuqori  darajadagi  madaniyatga  ega 
bo’lganligidan  darak  beradi.  Bularni  jamlab,  jahonga  ko’rsatadigan  vaqt  keldi.  Yana 
shuni  ham  ta’kidlash  kerakki,  ko’pgina  turk  olimlari  va  yozuvchilari  o’z  asarlarini  arab 
va  fors  tillarida  yaratgan.  Bu  soha  ham  chuqur  tadqiqotlar  olib  borishni  taqoza  etadi. •
Devonu  Lug‘otit  Turk,  Mahmud  Qoshg‘ariyning  qalamiga  mansub  bo`lib,  Bog’dodda 
1072-1074-  yillar  mobaynida  yozilgan  Turkcha-Arabcha  lug`atdan  iborat  asardir.  Turkiy 
tilining  ma`lum  va  mashhur  eng  qadimgi  lug`ati  bo`lib,  G`arbiy  Osiyoning  yozma 
Turkchasi  haqida  mavjud  eng  qamrovli  va  muhim  til  yodgorligidir.  Qo`l  yozma  nushasi 
638  sahifa  va  9000  ga  yaqin  Turkcha  so`z  va  jumlaning  tafsiloti  bilan  birga Arabcha  va 
boshqa  tillardagi  izohlarini  o`z  ichiga  olgan.  Shuningdek  Turklarning  tarihiga,  geografik 
tarqalishiga,  qavmlariga  lahja  (sheva)lariga  va  yashahs  shart-sharoitalriga  oid  qisqacha 
kirish  va  matnlarni  qamragan  ma`lumotlar  mavjud.  Eski  (klasik)  Arab  leksikografiyasi 
(lug`at ilmi)ning tamoyillariga ko`ra tayyorlangan lug`at, Mahmud Qoshg‘ariyning Turkiy 
qavmlar  haqidagi  batafsil  ma`lumotlari  bilan  birga, Arab  filologiyasi  (til  bilimi)  borasida 
ham  asosli  tahsil  olganligini  yaqqol  namoyon  qiladi.  •
Lug`atnig  mavjud  yagona  yozma  nushasi  1266-yilda  Shomda  qaytadan  nashr  qilingan  va  1915-
yilda  Istambulda  Ali  Amiri  Afandi  (1857-1923)  tomonidan  tasodifan  topilgan.  (Faqat  oldingi 
asrlarda Antepli Ayniy  va  Kotib  Chelebi  ham  Devondan  bahs  etganlar.) Ali Amiri  yozmasi  1917-
yilda  Talat  Posho  (1874-1921)  boshchiligoida  Kilisli  Rifat  Bilganing  (1873-1953)  nazorati  ostida 
chop  etilgan  bo`lib,  butun  dunyo  Turkologlarining  diqqat  e`tiborini  o`ziga  jamlagan.  1928-yilda 
Turkolog  Carl  Brockelmann,  tafsilotli  izohlari  bilan  lug`atni  Nemischa  tarjimasini  nashrdan 
chiqargan. Besim Atalayning zamonaviy (modern) Turkcha tarjimasi 1940-yilda Turk Dil Kurumu 
(Turk  Tili  Jamiyati)  tomonidan  chop  etilgan.  So`nggi  yillarda  Robert  Dankoffning  Devonu 
Lug‘otit  Turk  tarjiamsi,  yangi  malumotlar  natijasida  ba`zi  muhim  izohli  o`zgartirishlarga  sabab 
bo`lgan. Mahmud Qoshg‘ariyning asarlarini kashfiyoti va nashr qilinishi Turk bilimi (Turkologiya) 
tarihida  yangi  bir  yol  ochgan  favqulodda  hodisa  bo`lib  hisoblanadi.  Mahmud  Qoshg‘ariyning 
Devonu  Lug‘otit  Turk  Kitobi  paytida  yozilgan  u  zamonga  nur  sochuvchi  boshqa  bir  kitobi 
yo`qolgan. •
Mahmud  Qoshg‘ariy  Devonu  Lug‘otit  Turk  kitobiga  yozishni  shunday  boshlaydi: 
Asragan,  qo`riqlagan  Tangrining  nomi  bilan.  “Ollohning,  davlat  quyoshini  Turk 
burchlaridan  tug`dirganini  va  Turklarning  diyori  ustidagi  samoning  barcha  doiralarini 
aylantirganini  ko`rdim.  Olloh  ularga  Turk  ismini  berdi. Yer  yuziga  hokim  qildi.  Jahon 
imperiyasi Turk irqidan chiqdi. Dunyo millatlarining tizgini Turklarning qo`liga berildi. 
Turklar Olloh tomonidan barcha qavmlardan ustun qilindi. Haqdan ayrilmagan Turklar, 
Olloh  tomonidan  haq  uzra  quvvatlantirildi.  Turklar  bilan  birga  bo`lgan  qavmlar  aziz 
bo`ldi.  Bunday  qavmlar,  Turklar  tomonidan  har  qanday  orzulariga  yetdi.  Turklar,  o`z 
himoyasidagi millatlarni, yomonlarni yovuzligidan himoya qildi. Jahon hokimi bo`lgan 
Turklarga  hamma  muhtoj,  ularga  dardini  anglatish,  shu  tarzda  har  qanday  istak  va 
xoxishlariga  erishish  uchun  Turkcha  o`rganishi  kerak •
Mahmud  K о shg’ariy  o’zining  “Dev о nu  lug’ о t-it  turk”  (turkiy  tillar  lug’ati)  asari  bilan 
butun dunyo turkiy xalqlarinining b о y xalq tilini jamlab o’ziga x о s dev о n tuzdi va bunga 
mazkur  xalqlarning  turli  lahjalari,  urf- о datlariga  о id  qimmatli  materillarni  ham  kiritib, 
o’ziga x о s q о musiy asar yaratib berdi. Mazkur asar butun dunyo tilshun о s va turkshun о s 
о limlarining  e`tib о riga  tushdi  Jumladan,  “Dev о nu  lug’ о t-it  turk”ni  1982  yilda  AQSh 
Chikag о   universiteti  turkshun о slari  R о bert  Denk о ff  va  J о n  Kellilar  ingliz  tiliga  tarjima 
qilishdi. Asarning har uchchala qismi uning turkcha nashridan amalga  о shirildi. Bu xayrli 
ish  tufayli  о kean  о rti  xalqlari  ham  Mahmud  K о shg’ariy  ij о didan  bahramand  bo’lishdi. 
H о zirda  mazkur  manbaa  tufayli  turkiy  maq о l  va  hikmatlarni  ingliz  tiliga  tarjima  qilish 
masalasiga  о id  b о y  tajriba  yaratildiki,  tarjimashun о slik  fani  о ldiga  bu  juda  qiziqarli  va 
d о lzarb  bir  masalani  qo’yadi. A dabiy ot lar:
•
1. Robert  Denkoff.  Baxtu  taxtga  eltuvchi  bilim.  Ingliz  tilidan  Z.Sodiqov  tarjimasi.  Jahon  adabiyoti  jurnali.  T. 
2005 yil noyabr soni. 152-bet.
•
2.48  Z.Sodiqov,  Q.Siddiqov.  “Qutadg’u  bilig”ning  yangi  tarjimasi  //  O’zbekiston  adabiyoti  va  san’ati. 
Toshkent 2007. 6- aprel № 14 (3894). 1–bet.
•
3.Maxmudov K. Foneticheskiye izmeneniya gluxix soglasnыx v yazыke pismennыx pamyatnikov XI-XIII vv. 
// Tyurkskoye yazыkoznaniye. - Tashkent, 1985.
•
4.  Mahmud Koshg’ariy. Turkiy so’zlar lug’ati. – Toshkent: Fan, 1960.
•
5.C-H.  de  Fouchecour,  La  description  de  la  nature  dans  la  poesie  lyriquS  persane  du  XI  sikcle:  Inventaire  et 
analyse des themes.  Paris: Klincksicck, 1969.
•
6.J.  W.  Clinton, The  Divan  of  Manuchihri  Damghani:  A  Critical  Study.	 Minneapolis:  Bibliotheca  Islamic, 
1972
•
7.Boltaboyev H. Temur sag’anasini izlab. / Fitrat va jadidchilik.  T.: O’-n miiliy kutubxonasi. – B. 89.
•
8.Mamatqulov  M  Qadimiy  turkiy  adabiyotda  janrlar  poetikasi.  F.f.n  ilmiy  darajasi  olish  uchun  yozilgan  diss. 
T. 2004. B. 42
•
9.Yusuf Xos Hojib Qutadg’u-bilig.  Transkripsiya va xozirgi o’zbek tilida tavsif Q. Karimovniki. T.: Fan 1971

Mahmud Qoshg’ariyning “Dev о ni lug’ о t-turk” asari, uning topilishi va o’rganilishi

Reja 1. Asarning topilishi va o’rganilishi 2. “ Devoni lug’at turk” maqol va matallarning berilishi. 3. “ Devoni tug’at turk “asarni maqol va matallarning tilshunoslikda o’rganilishi

• Tayanch so’zlar : urug‘, qabila, turkyshunoslik, qomusiy asar, she’riy parchalar, lirik va epik janrlar, to‘rtlik, qadimgi folklor, individual she’riyat, adabiy muhit, turkiy she’riyat, alliteratsiya, moniylik she’rlari, qofiya, fors she’riyati.

• Mamlakatimizda istiqlol tufayli turk ellari adabiyotini yaxlit o’rganish imkoniyatiga ega bo’ldik. Ma’lumki, kelib chiqishi bir – biriga yaqin, qarindosh bo’lgan xalqlarning tarixi, madaniyati, rivojlanishi bir ildizga borib taqaladi. Bu xalqlarning urf – odatlarida, rasm – rusmlarida, xalq og’zaki ijodida bir – biriga o’xshash holatlar juda ko’p ko’zga tashlanadi. Albatta, tarixiy taraqqiyot tufayli, keyinroq ayrim farqlar ham vujudga kelgan. Jumladan, biz o’rganayotgan turk ellari adabiyoti ham xuddi shunday tarixiy taraqqiyotni boshidan kechirgan. XX asr boshlarida ota – bobolari bir bo’lgan turk qavmlarini birlashtirish, ularning aloqalarini mustahkamlash uchun ko’p harakatlar bo’ldi. Ma’lumki, turkiy qavmlar deganda biz o’zbek, qazoq, qirg’iz, turkman, qoraqalpoq, uyg’ur, totor, boshqird, chuvash, ozarboyjon, qorachoy, turk, gagauz, qo’miq, balqar kabi o’ttizga yaqin millatlarni ko’zda tutishimiz kerak.

• Bu millatlar esa Yevro–Osiyo materigining kattagina qismida joylashgan hududlarda hayot kechiradi. Ana shu qarindosh xalqlarning adabiyotini bir butun holda yaxlit o’rganish, ularning ijtimoiy – ma’naviy hayotini yaqindan anglashga yordam beradi. Yuqorida ko’rsatilgan xalqlarning eng qadimgi adabiy – madaniy yodgorligiga e’tibor bersangiz, ularda bir–biriga o’xshash asarlarning variantlariga duch kelasiz. Masalan, “Go’ro’g’li” turkumidagi dostonlarning usmonli turklarda, ozarbayjon, turkman va o’zbeklarda bir qancha variantlari uchraydi. “Alpomish”, “Manas”, “Dada Qurqut” kabi dostonlar haqida ham shuni aytish mumkin. Bunday holatni biz faqat doston janridagi asarlar misolida emas, balki xalq og’zaki ijodining boshqa janrlarida ham ko’plab uchratishimiz mumkin.