YUNON BAQTRIYA PARFIYA MUNOSABATI
YUNON BAQTRIYA PARFIYA MUNOSABATI
1. Parfiya podsholigi. 2 Yunon-Baqtriya podsholigi X ulosa Reja .
1. Qadimgi Parfiyaning geografik o`rni, tabiati va aholisi. Parfiya ham janubi-g`arbiy Osiyodagi qadimgi davlatlardan biri bo`lib Sharqning eng katta va kuchli davlatiga aylangan paytda Mesopotamiyadan Hindiston chegaralarigacha bo`lgan yerlarni o`z ichiga olar edi. Parfiyaning yer usti tuzilishi asosan tog`lik, yassitog`lik va qisman sho`rxok tekisliklardan iborat bo`lgan. Uning hududidan Frot, Dajla, Atrok, Tajan, Murg`ob kabi katta-kichik daryolar oqib o`tgan. Parfiya hududida bir necha yuz ming yillardan beri aholi yashab keladi. Uning tub aholisi parnlar, daxlar, saklar, girkanlar va boshqa qabilalar bo`lgan. Parfiya kuchayib atrofdagi o`lkalarni istilo qilgach, aholisi tarkibiga yunon-makedonlar, eroniylar, midiyaliklar, mesopotamiyalik va boshqa xalqlar ham kirgan.
2. Parfiya davlatining tashkil topishi. Miloddan avvalgi VII– VI asrlarda Kaspiy dengizdan janubi-sharqiy hududlarda parn-parfiya qabilalari yashar edilar. Miloddan avvalgi VII–VI asrlarda Parfiya goh Midiya, goh Eron, goh Yunon-Makedon, goh Salavkalar davlati tarkibida bo`lgan. Miloddan avvalgi III asr o`rtalarida Salavkalar davlati kuch-sizlanib qolgan edi. Shu davrda Turkman-Xuroson tog`lari va uning shimoliy hamda janubiy etaklarida Parfiya satrapligi bo`lib, unga Stagnor degan kishi noiblik qilardi. Miloddan avvalgi 250-yili salavkiylarning Parfiyadagi noibi Andragor o`zini Parfiya podshosi deb e`lon qildi. Lekin Andragorning podsholigi uzoqqa bormadi.
Miloddan avvalgi 247-yili ko`chmanchi sak qavmlarining parn-dax qabilalari Parfiyani bosib oladilar. Ularning sardori Arshak Parfiya davlatining podshosi deb e`lon qilinadi. Rim tarixchisi Pompey Trog ma`lumotlariga ko`ra Arshakning kelib ghiqishi saklardan bo`lib, o`ta jasur va mard odam bo`lgan ekan. Arshak ismi shak botiri, pahlavoni, degan ma`noni bildirgan. Arshak` Kaspiyning janubidagi Girkaniyani bosib olib, podsholik yerlarini kengaytiradi. U arshakiylar sulolasiga asos soladi. Arshak Yunon-Baqtriya podshosi Deodot I bilan harbiy ittifoq tuzib, salavkiylar qo`shinini tor-mor etadi. Salavka podsholaridan Antiox III miloddan avvalgi 209-yili Parfiya ustiga qo`shin tortadi. Bu jangda Parfiya qo`shinlari yengiladi, ammo Parfiya o`z mustaqilligini saqlab qoladi.