Zahiriddin Muhammad Bobur 2
Zahiriddin Muhammad Bobur
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) HAYOTI IJODI HAQIDA MALUMOT Bobur (taxallusi; to‘liq ismi Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo) (1483.14.2, Andijon 1530.26.12, Agra) — o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili: buyuk shoir; tarixchi, geograf; davlat arbobi, iste’dodli sarkarda; boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda. Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Farg‘ona viloyati hokimi, onasi — Qutlug‘ Nigorxonim Mo‘g‘uliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonnint qizi edi. Boburning onasi o‘qimishli va oqila ayol bo‘lib, hokimiyatni boshqarish ishlarida faol ko‘mak bergan, harbiy yurishlarida unga hamrohlik qilgan. Umarshayx Mirzo xonadoni poytaxt
Andijonning arki ichida yashar edi. Hokim yoz oylari Sirdaryo bo‘yida, Axsida, yilning qolgan faslini Andijonda o‘tkazardi. Boburning yoshligi Andijonda o‘tgan. Bobur barcha temuriy shahzodalar kabi maxsus tarbiyachilar, yirik fozilu ulamolar ustozligida harbiy ta’lim, fiqx ilmi, arab va fors tillarini o‘rganadi, ko‘plab tarixiy va adabiy asarlar mutolaa qiladi, ilmfanga, she’riyatga qiziqa boshlaydi. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan «Bobur» («Sher») laqabini oladi.
Bori elga yaxshilig` qilg`ilki mundin yaxshi yo`q Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig`
Ulug` o`zbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi; markazlashgan davlat va boburiylar saltanati asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur Andijonda tug`ulgan Amir Temurning beshinchi avlodi, Farg`ona hukumdori Umarshayxning farzandi.Bobur 12 yoshda (1494) taxtga chiqdi. 1503-1504 yillarda Afg`onistonni egalladi.1519- 1525yillarda Hindistonga 5 marta yurush qildi. Uch asrdan ortiq davom etgan (1526-1858) boburiylar saltanatiga asos soldi dekabrda Agra (1530 y 26 dekabr)da vafot etdi.Qabri keyinchalik vasiyatiga ko`ra Kobulga ko`chirilgan