Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodini maktab darsliklarida o‘qitilishi
Mavzu: Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodini maktab darsliklarida o‘qitilishi A KIRISH. I BOB. ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR HAYOTI VA IJODINING O‘RGANILISH TARIXI 1. Boburshunoslik tarixiga bir nazar 2. Bobur lirikasi va “Boburnoma”ning o‘rganilishi 1-bob bo‘yicha xulosa II BOB. BOBUR IJODINING O‘QITILISH MASALALARI 2.1. Bobur ruboiylarini sharhlab o‘rgatish 2.2 “Boburnoma” da potret yaratish mahorati 2-bob bo‘yicha xulosa III BOB ADIB IJODINI ZAMONAVIY PEDAGOGIK METODLAR VOSITASIDA O‘RGANISH 3.1 Shoir lirikasini “Konseptual jadval” asosida o‘rganish 3.2. “Boburnoma”ni “Klaster” metodi vositasida o‘rganish 3-bob bo‘yicha xulosa Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar Заголовок презентации 1
Mustaqillikdan so‘ng adabiyotshunoslik, metodika fanlaridagi yangilanishlar natijasi o‘laroq har bir adib ijodiga tarixiy haqiqat mezonlari, sof estetik tamoyillar asosida yondashuv yuzaga keldi. Jumladan Bobur ijodi yangicha qarashlar, adabiyot ilmining so‘nggi yutuqlari asosida o‘rganila boshladi. Shunisi diqqatga sazovorki, tajribalar natijasi o‘laroq Bobur lirikasidagi qaysi namunalar, “Boburnoma”dagi qaysi parchalar qay sinflarda qanday o‘rganilishi belgilab olindi. Ana endi biz ushbu mumtoz adabiyotimiz namunalarini o’quvchilarga “qanday” o‘rgatishimiz zarur. Ushbu savol bugun dolzarb masalalardandir. Endi ushbu mavzularni o‘quvchilarga yangicha yondashuvlar asosida, ularni mavzuga qiziqishlarini oshirish, mavzuni oson yo‘l bilan xotiralarida yaxshi saqlanishini ta’minlash bizning asosiy vazifalarimizdandir. Va bugun biz ishimizda shu jihatlariga e‘tibor qaratishga harakat qildik. Agar amaldagi darslik va qo‘llanmalar o‘zgarsa ham dissertatsiyamizdagi bayon etayotgan metodik tavsiyalarimiz butunlay ahamiyatini yo‘qotmaydi deb o‘ylaymiz. Faqat sharoitga qarab ularni biroz yengillatish yoki, aksincha, chuqurlashtirish va kengaytirish mumkin. Заголовок презентации 2
Tadqiqot ob’ekti: Bobur ijodini o‘qitish masalalari, Bobur lirikasi va “Boburnoma” Tadqiqot predmeti: Bobur ijodi: lirikasi va “Boburnoma”ni o‘qitishda qo‘llaniladigan zamonaviy pedagogik texnolagiyalar. Tadqiqot ishining maqsadi: Bobur hayoti va ijodini maktab darsliklarida o‘qitilishida qanday metodlardan foydalansa, yaxshi natija berishini, samaraliroq va o‘rganish qulayroq bo‘lishini ko‘rsatish dissertatsiyaning bosh maqsadi sanaladi Tadqiqot vazifalari: - Adabiyotimizning mumtoz namunalarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar vositasida o‘qitish yo‘llarini ko‘rsatish - Bobur ruboiylarini o‘qitishda sharhlab o‘qitish usulini o‘rganish - “ Boburnoma” da kelgan ijodkorlar, tarixiy shaxslarning adabiy portretlarini o‘rganish - Bobur lirikasini “Konseptual jadval” asosida o‘qitish afzalliklarini ko‘rib chiqish - “ Boburnoma” asarini “Klaster metodi” vositasida o‘rganish qulayliklarini tushuntirish Название презентации 3
1.1 Boburshunoslik tarixiga bir nazar XX asrda Bobur asarlari o‘zbek poeziyasi antalogiyasi va o‘rta maktab darsliklariga kiritildi. “ 1940-yili tuzilgan Davlat o‘quv dasturida Bobur hayoti va ijodini 9-sinfda o‘rganish ko‘rsatilgan edi. O‘sha sinf uchun nashr etilgan “adabiyot darsligida asosiy e’tibor o‘zbek adabiyoti tarixini yoritishga qaratilgan bo‘lib, unda Navoiy, Bobur, Turdi, Muqumiy hayoti va ijodi haqida keng ma’lumot berildi. 1947-yilda O‘zbekiston Maorif vazirligi tasdiqlagan “To‘liqsiz o‘rta va o‘rta maktablarning V-VII sinflari uchun ona tili va adabiy o‘qish programmasi” nashr etildi. Bu davlat o‘quv dasturida VII sinflarda Zahiriddin Muhammad Bobur asarlaridan namunalar o‘rganish belgilandi. 1950-yili nashr etilgan o‘quv dasturida VII sinfda Boburning ruboiylarini o‘rganish nazarda tutiladi.” И. Мирзаев, Бобур маьрифати, Тошкент, “ Ўқитувчи ”-1996. 5-6-бетлар Название презентации 4
2.1. Bobur ruboiylarini sharhlab o‘rgatish Sharhlash metodi – qadim zamonlardan beri keng qo‘llanib kelingan kelimgan usullardan biri. “Sharh – arabcha ochish, tushuntirish, bayon qilish kabi ma’nolarni anglatadi. “Sharhlash quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi: 1. Lingvistik sharh (tushunilishi qiyin so‘zlar izohi) 2. Tarixiy-milliy sharh - bu xil sharhda qadimiy- milliy urf-odatlar, udumlar bilan bog‘liq an’analar izohlanadi. 3 . Tarixiy-adabiy sharh . Bunda adabiy asarlardagi tarixiy davr bilan bog‘liq an’analar izohlanadi. Professor Qozoqboy Yo‘ldoshev aytganlariday mukammal badiiy tahlil yo‘q. Hamma asarni o‘z dunyosida, o‘z fikrlashidan kelib chiqib tushunadi va izohlaydi. Shuning uchun o‘quvchilarga tahlil, sharhlash o‘tilayotganda, avvalo, tushunilishi qiyin so‘zlar tarjimasi berilib sharhni o‘zlariga qoldirgan ma’qul. So‘ng esa ularni fikrlariga qarshi chiqmasdan o‘qituvchi o‘zini fikrini bildirishi bu o‘quvchilarda o‘z fikrlarini mustaqil va ijodiy fikrlash orqali ayta olish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Quyidagi sharhlarimiz ham namuna sifatida berilyapti. Название презентации 5