Zahiriddin Muhammad Bobur
Bori elga yaxshilig` qilg`ilki mundin yaxshi yo`q Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig`
Ulug` o`zbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi; markazlashgan davlat va boburiylar saltanati asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur Andijonda tug`ulgan Amir Temurning beshinchi avlodi, Farg`ona hukumdori Umarshayxning farzandi.Bobur 12 yoshda (1494) taxtga chiqdi. 1503-1504 yillarda Afg`onistonni egalladi.1519- 1525yillarda Hindistonga 5 marta yurush qildi. Uch asrdan ortiq davom etgan (1526-1858) boburiylar saltanatiga asos soldi dekabrda Agra (1530 y 26 dekabr)da vafot etdi.Qabri keyinchalik vasiyatiga ko`ra Kobulga ko`chirilgan
Boburning ulug` asari “Boburnoma” bo`lib, uni “Vaqoe” deb ham nomlaydilar. Buyuk memorial asarda 1494-1529 yillari Markaziy va Kichik Osiyoda , Yaqin va O`rta sharq mamlakatlarida kechgan voqealar bayon etilgan. “Boburnoma” ning o`ndan ortiq qo`lyozma nusxalari bor.Asarni Qozonda N.I.Ilminskiy(1857), Londonda Beverij xonim nashr (1905) etgan . O`zbekistonda dastlab professor Fitrat 1928 yilda asrdan parchalar e`lon qilindi. “Boburnoma” ning 1948-1949 yillarda ikki jildi; 1960 , 1989 yillarda tuzatilgan, 2002 yilda to`ldirilgan qayta nashri amalga oshirildi
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530 ) Asar asosan uch qismdan iborat bo‘lib, uning birinchi qismi - XV asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyoda ro‘y bergan voqealarni; ikkinchi qismi - XV as rning oxiri va XVI asrning birinchi yarmida Kobul ulusi, ya'ni Afg‘onistonda ro‘y bergan voqealarni; uchinchi qismi - XVI asr ning birinchi choragidagi Shimoliy Hindiston xalqlari tarixiga bag‘ishlangan.
“ Boburnoma” ni Abdurahim xonon (1586) fors tiliga, Vitsen (1705) golland tiliga , J Leyden (1826) va V Erskin Ingiliz tiliga , Pavel de Kuteyel (1871) fransuz tiliga , Rashid Rahmati Arat (1940) turkchaga , Mixall Sale (1943) rus tilga tarjima qilganlar 1826-1985 yillar davomida “Boburnoma” 4 marta ingiliz, 3marta fransuz , 1marta nemis tiliga o`girilgan