logo

ALGORITMLARNI TASVIRLASH USULLARI MAVZUSINI HAMKORLIK TEXNOLOGIYALAR ORQALI LOYIHALASHTIRISH

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

514.5 KB
ALGORITMLARNI TASVIRLASH USULLARI MAVZUSINI
HAMKORLIK TEXNOLOGIYALAR ORQALI
LOYIHALASHTIRISH
REJA:
I. KIRISH
II. ASOSIY QISM
1.1. Algoritmning asosiy xossalari
1.2. Algoritmning tasvirlash usullari
1.3. Hamkorlikda o’qitish texnologiyasining afzalliklari
1.4. Hamkorlikda o’qitish texnologiyalari
III. AMALIY ISH
IV. XULOSA
V. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR I. K IRISH
Algoritmlar
Hisoblash eksperimenti.
Odatda   tabiat   yoki   jamiyatda   uchraydigan   turli   muammo,
masala   yoki   jarayonlarni   o’rganishni   EHM   yordamida   olib   borish
uchun, birinchi navbatda, qaralayotgan masala, jarayon - obyektning
matematik   ifodasi,   ya’ni   matematik   modelini   ko’rish   kerak   bo’ladi.
Qaralayotgan   obyektning   matematik   modelini   yaratish   juda
murakkab jarayon bo’lib, o’rganilayotgan obyektga bog’liq ravishda
turli   soha   mutaxassislarining   ishtiroki   talab   etiladi.   Umuman,   biror
masalani   EHM   yordamida   yechishni   quyidagi   bosqichlarga   ajratish
mumkin.
Obekt
Matematik Diskret Algoritm,
Muammoli, Dastur
modul Modul Yechish Usuli
Masala
Natija
Dasturni
va uning
Sozlash
Tahlili
 1-rasm. Hisoblash eksperimentining sxemasi Misol   sifatida,   kosmik   kemani   yyerdan   Zuxro   planetasiga   eng
optimal   trayektoriya   bo’yicha   uchirish   masalasini   hal   qilish   talab
qilingan bo’lsin.
Birinchi   navbatda,   qo’yilgan   masala   turli   soha   mutaxassislari
tomonidan  atroflicha  o’rganilishi  va bu jarayonni ifodalaydigan  eng
muhim   -   bo’lgan   asosiy   parametrlarni   aniqlash   kerak   bo’ladi.
Masalan,   fizik-astronom-injener   tomonidan,   masala   qo’yilishining
o’rinli ekanligi, yani planetalar orasidagi masofa va
atmosfera qatlamlarining ta’siri, yer tortish kuchini yengib o’tish va
kemaning   og’irligi,   zarur   bo’lgan   yoqilg’ining   optimal   miqdori   va
kosmik kemani qurishda qanday materiallardan foydalanish zarurligi,
inson   sog’lig’iga   ta’siri   va   sarflanadigan   vaqt   va   yana   turli   tuman
ta’sirlarni   hisobga   olgan   holda   shu   masalaning   matematik   modelini
tuzish zarur bo’ladi. Zikr etilgan ta’sirlarni va fizikaning qonunlarini
hisobga   olgan   holda   bu   masalani   ifodalaydigan   birorta   differensial
yoki   boshqa   ko’rinishdagi   modellovchi   tenglama   hosil   qilish
mumkin   bo’ladi.   Balki,   bu   masalani   bir   nechta   alohida   masalalarga
bo’lib   o’rganish   maqsadga   muvofiqdir.   Bu   matematik   modelni
o’rganish   asosida   bu   masalani   ijobiy   yechish   yoki   hozirgi   zamon
siviliziyatsiyasi   bu   masalani   yechishga   qodir   emas   degan   xulosaga
ham   kelish   mumkin.   Bu   fikrlar,   yuqorida   keltirilgan   jadvalning   2-
blokiga mos keladi.
Faraz qilaylik biz matematik modelni qurdik. Endi uni EHM da yechish 
masalasi  tug’iladi. Bizga ma’lumki, EHM faqat 0 va 1 diskret qiymatlar 
va ular ustida arifmetik va mantiqiy amallarni bajara oladi xolos. Shuning 
uchun matematik modelga mos diskret modelni qurish zaruriyati tug’iladi 
(1-rasm, 3-blok). Odatda, matematik modellarga mos keluvchi diskret 
modellar ko’p noma’lumli murakkab chiziqsiz algebraik tenglamalar 
sistemasi (chekli ayirmali tenglamalar-sxemalar) ko’rinishida bo’ladi(4-
blok). Endi hosil bo’lgan diskret modelni sonli yechish usulini–algoritmini
yaratish zarur bo’ladi. Algoritm esa tuziladigan programma uchun asos  bo’ladi. Odatda, tuzilgan programmani ishchi holatga keltirish uchun 
programmaning xato va kamchiliklarini tuzatish – sozlash zarur bo’ladi. 
Olingan sonli natijalar hali programmaning to’g’ri ishlayotganligi 
kafolatini bermaydi. Shuning uchun olingan natijalarni masalaning 
mohiyatidan kelib chiqqan holda analiz qilish kerak bo’ladi. Agar olingan 
natija o’rganilayotgan jarayonni ifodalamasa, masalani 1-rasmdagi sxema 
asosida qaytadan ko’rib chiqish va zarur bo’lgan joylarda o’zgartirishlar 
kiritish kerak bo’ladi. Bu jarayon, to kutilgan ijobiy yoki salbiy natija 
olinguncha davom ettiriladi va bu takrorlanuvchi jarayonga hisoblash 
eksperimenti deb ataladi. Odatda, hisoblash eksperimenti deganda 
soddaroq holda, model, algoritm va programma uchligini (triadasini) 
tushunish mumkin
                               1.1 Algoritmning asosiy xossalari
Algoritmning 5-ta asosiy xossasi bor.
1. Diskretlilik   (Cheklilik).   Bu   xossaning   mazmuni
algoritmlarni   doimo   chekli   qadamlardan   iborat   qilib   bo’laklash
imkoniyati   mavjudligida.   Ya’ni   uni   chekli   sondagi   oddiy   ko’rsatmalar
ketma-ketligi shaklida ifodalash mumkin. Agar kuzatilayotgan jarayonni
chekli   qadamlardan   iborat   qilib   qo’llay   olmasak,   uni   algoritm   deb
bo’lmaydi.
2. Tushunarlilik.   Biz   kundalik   hayotimizda   berilgan
algoritmlar   bilan   ishlayotgan   elektron   soatlar,   mashinalar,   dastgohlar,
kompyuterlar, turli avtomatik va mexanik qurilmalarni kuzatamiz.
Ijrochiga   tavsiya   etilayotgan   ko’rsatmalar,   uning   uchun   tushinarli
mazmunda bo’lishi shart, aks holda ijrochi oddiygina amalni ham bajara
olmaydi. Undan tashqari, ijrochi har qanday amalni bajara olmasligi ham
mumkin. Har   bir   ijrochining   bajarishi   mumkin   bo’lgan   ko’rsatmalar   yoki
buyruqlar   majmuasi   mavjud,   u   ijrochining   ko’rsatmalar   tizimi
(sistemasi)   deyiladi.   Demak,   ijrochi   uchun   berilayotgan   har   bir
ko’rsatma ijrochining ko’rsatmalar tizimiga mansub bo’lishi lozim.
Ko’rsatmalarni   ijrochining   ko’rsatmalar   tizimiga   tegishli
bo’ladigan   qilib   ifodalay   bilishimiz   muhim   ahamiyatga   ega.   Masalan,
quyi   sinfning   a’lochi   o’quvchisi   "son   kvadratga   oshirilsin"   degan
ko’rsatmani   tushinmasligi   natijasida   bajara   olmaydi,   lekin   "son   o’zini
o’ziga ko’paytirilsin" shaklidagi ko’rsatmani bemalol bajaradi, chunki u
ko’rsatma   mazmunidan   ko’payirish   amalini   bajarish   kerakligini
anglaydi.
3. Aniqlik.   Ijrochiga berilayotgan ko’rsatmalar aniq mazmunda
bo’lishi   zarur. CHunki ko’rsatmadagi noaniqliklar mo’ljaldagi maqsadga
erishishga   olib   kelmaydi.   Odam   uchun   tushinarli   bo’lgan   "3-4   marta
silkitilsin",   "5-10   daqiqa   qizdirilsin",   "1-2   qoshiq   solinsin",
"tenglamalardan   biri   echilsin"   kabi   noaniq   ko’rsatmalar   robot   yoki
kompyuterni qiyin ahvolga solib qo’yadi.
Bundan tashqari, ko’rsatmalarning qaysi ketma-ketlikda bajarilishi
ham muhim ahamiyatga ega. Demak, ko’rsatmalar aniq berilishi va faqat
algoritmda ko’rsatilgan tartibda bajarilishi shart ekan.
4. Ommaviylik.   Har   bir   algoritm   mazmuniga   ko’ra   bir   turdagi
masalalarning   barchasi   uchun   ham   o’rinli   bo’lishi   kerak.   YA’ni
masaladagi   boshlang’ich   ma’lumotlar   qanday   bo’lishidan   qat’iy   nazar
algorim   shu   xildagi   har   qanday   masalani   yechishga   yaroqli   bo’lishi
kerak. Masalan, ikki oddiy kasrning umumiy mahrajini topish algoritmi,
kasrlarni   turlicha   o’zgartirib   bersangiz   ham   ularning   umumiy
mahrajlarini   aniqlab   beraveradi.   YOki   uchburchanning   yuzini   topish algoritmi, uchburchakning qanday bo’lishidan qat’iy nazar, uning yuzini
hisoblab beraveradi.
5. Natijaviylik.  Har bir algoritm chekli sondagi qadamlardan so’ng
albatta   natija berishi shart. Bajariladigan amallar ko’p bo’lsa ham baribir
natijaga   olib   kelishi   kerak.   CHekli   qadamdan   so’ng   qo’yilgan   masala
echimga   ega   emasligini   aniqlash   ham   natija   hisoblanadi.   Agar
ko’rilayotgan   jarayon   cheksiz   davom   etib   natija   bermasa,   uni   algoritm
deb atay olmaymiz. 1.2 Algoritmning tasvirlash usullari
Yuqorida   ko’rilgan   misollarda   odatda   biz   masalani   yechish
algoritmini   so’zlar   va   matematik   formulalar   orqali   ifodaladik.   Lekin
algoritm   boshqa   ko’rinishlarda   ham   berilishi   mumkin.   Biz   endi
algoritmlarning eng ko’p uchraydigan turlari bilan tanishamiz.
1. Algoritmning   so’zlar   orqali   ifodalanishi.   Bu   usulda   ijrochi
uchun   beriladigan   har   bir   ko’rsatma   jumlalar,   so’zlar   orqali   buyruq
shaklida beriladi.
2. Algoritmning   formulalar   bilan   berilish   usulidan   matematika,
fizika,   kimyo   kabi   aniq   fanlardagi   formulalarni   o’rganishda
foydalaniladi. Bu usulni ba’zan analitik ifodalash deyiladi.
3. Algoritmlarning   grafik   shaklida   tasvirlanishida   algoritmlar
maxsus   geometrik   figuralar   yordamida   tasvirlanadi   va   bu   grafik
ko’rinishi blok-sxema deyiladi.
4. Algoritmning   jadval   ko’rinishda   berilishi.   Algoritmning   bu
tarzda   tasvirlanishdan   ham   ko’p   foydalanamiz.   Masalan,   maktabda
qo’llanib   kelinayotgan   to’rt   xonali   matematik   jadvallar   yoki   turli   xil
lotereyalar jadvallari.
Funktsiyalarning   grafiklarini   chizishda   ham   algoritmlarning   qiymatlari
jadvali ko’rinishlaridan foydalanamiz. Bu kabi jadvallardan foydalanish
algoritmlari sodda bo’lgan tufayli ularni o’zlashtirib olish oson.
Yuqorida   ko’rilgan   algoritmlarning   tasvirlash   usullarining   asosiy
maqsadi,   qo’yilgan   masalani   yechish   uchun   zarur   bo’lgan   amallar ketma-ketligining   eng   qulay   holatinni   aniqlash   va   shu   bilan   odam
tomonidan programma yozishni yanada osonlashtirishdan iborat. Aslida
programma   ham  algoritmning  boshqa  bir  ko’rinishi   bo’lib,  u  insonning
kompyuter   bilan   muloqotini   qulayrok   amalga   oshirish   uchun
mo’ljallangan.
Blok-sxemalarni   tuzishda   foydalaniladigan   asosiy   sodda   geometrik
figuralar quyidagilardan iborat.
Oval   (ellips   shaklli),   u   algoritmning   boshlanishi
yoki tugallashini belgilaydi.
To’g’ri burchakli to’rtburchak, qiymat  berish yoki
tegishli ko’rsatmalarni bajarish jarayonini belgilaydi.
Parallelogramm,   ma’lumotlarni   kiritish   yoki
chiqarishni belgilaydi.
Yordamchi algoritmga murojatni belgilaydi. Romb,   shart   tekshirishni   belgilaydi   va   shart   bajarilsa   "ha",
tarmoq   bo’yicha,   aks   holda   "yo’q”-tarmog’i   bo’yicha   amallar
bajarilishini ta’minlaydi.
 - Strelka - amallar ketma ketligining bajarilish yo’nalishini ko’rsatadi.
Blok-sxemalar   bilan   ishlashni   yaxshilab   o’zlashtirib   olish   zarur,
chunki bu usul algoritmlarni ifodalashning qulay vositalaridan biri bo’lib
programma   tuzishni   osonlashtiradi,   programmalash   qobiliyatini
mustahkamlaydi.   Algoritmik   tillarda   blok   -   sxemaning   asosiy
strukturalariga maxsus operatorlar mos keladi.
Misol sifatida 2.1 punktda keltirilgan ax 2
bx c  0 kvadrat tenglamani
yechish algoritmining blok-sxemasi quyida keltirilgan.      b        D
X
1,2
2 a
X1, X2 Boshlash
    Kiritish
a, b, c
D:=b 2
-4ac
D 0	           	Yechimga	
           	ega emas
Natija
Chiziqli algoritmlar
Har   qanday   murakkab   algoritmni   ham   uchta   asosiy
struktura   yordamida   tasvirlash   mumkin.   Bular   ketma-ketlik,
ayri   va   takrorlash   strukturalaridir.   Bu   strukturalar   asosida
chiziqli,   tarmoqlanuvchi   va   takrorlanuvchi   hisoblash
jarayonlarining   algoritmlarini   tuzish   mumkin.   Umuman
olganda   algoritmlarni   shartli   ravishda   quyidagi   turlarga
ajratish mumkin:
- chiziqli algoritmlar,
- tarmoqlanuvchi algoritmlar, - takrorlanuvchi yoki siklik algoritmlar,
- ichma-ich joylashgan siklik algoritmlar,
- rekurrent algoritmlar,
- takrorlanishlar soni oldindan no’malum algoritmlar,
- ketma-ket yaqinlashuvchi algoritmlar.
Faqat ketma-ket bajariladigan amallardan tashkil topgan
algoritmlarga-chiziqli algoritmlar deyiladi. Bunday algoritmni
ifodalash   uchun   ketma-ketlik   strukturasi   ishlatiladi.
Strukturada   bajariladigan   amal   mos   keluvchi   shakl   bilan
ko’rsatiladi.   Chiziqli   algoritmlarning   blok   -   sxemasini
umumiy strukturasini quyidagi ko’rinishda ifodalash mumkin.
Boshlash
Kiritiladigan 
qiymatlar
1- amal
2- amal
N- amal
Natija Oxiri
1-misol.   Uchburchak   tomonlarining   uzunligi   bilan
berilgan.   Uchburchakka   ichki   va   tashqi   chizilgan   aylanalar
radiuslari va uzunliklari hisoblansin.
Ichki   chizilgan   aylana   radiusi   r   =   2S/(a+b+c)   tashqi   chizilgan
aylananing radiusi R=
 formulalar orqali hisoblanadi. Bu yerda S uchburchakning yuzi,
a,b,c uchburchak tomonlarining uzunliklari.
Blok-sxemani tuzamiz.
Boshlash
Kiritish a,b,c
p

 
a
 

b
 

c
 
2
S    p (  p   a )(  p   b )(  p   c )
R  
  abc
4 S
r   2 S
a   b   c R,2
Tamomlash Tarmoqlanuvchi algoritmlar
Agar   hisoblash   jarayoni   biror   bir   berilgan   shartning   bajarilishiga
qarab   turli   tarmoqlar   bo’yicha   davom   ettirilsa   va   hisoblash   jarayonida
har bir tarmoq faqat bir marta bajarilsa, bunday hisoblash jarayonlariga
tarmoqlanuvchi algoritmlar deyiladi. Tarmoqlanuvchi algoritmlar uchun
ayri   strukturasi   ishlatiladi.   Tarmoqlanuvchi   strukturasi   berilgan
shartning   bajarilishiga   qarab   ko’rsatilgan   tarmoqdan   faqat   bittasining
bajarilishini ta’minlaydi.
HA YO’Q
              Shart
A amal B amal
Berilgan shart romb orqali ifodalanadi, r-berilgan shart. Agar shart
bajarilsa, "ha" tarmoq bo’yicha a amal, shart bajarilmasa "yo’q" tarmoq
bo’yicha b amal bajariladi. Tarmoqlanuvchi   algoritmga   tipik   misol   sifatida   quyidagi   sodda
misolni qaraylik.
1-misol .
Berilgan   ning qiymatiga bog’liq holda, agar u musbat bo’lsa “ha”
tarmoq   bo’yicha     funksiyaning   qiymati,   aks   holda  
funksiyaning qiymati hisoblanadi.
2-misol.  Berilgan   sonlari   ichidan eng kichigi aniqlansin. 
Berilgan     sonlardan   eng   kichigini   m-deb   belgilaylik.
Agar   bo’lib,   shart bajarilsa,   bo’ladi,
aksincha     shart   bajarilsa,     bo’ladi.   Agar     bo’lib,  
  shart bajarilsa     bo’ladi, aksincha     shart bajarilsa,  
 bo’ladi. Bu fikrlar quyidagi blok  sxemada o’z aksini topgan.
Bu ayri strukturasidan   3 marta foydalanilgan.
  Ko’pgina   masalalarni   yechishda,   shart   asosida   tarmoqlanuvchi
algoritmlarning   ikkita   tarmog’idan   bittasining   ya’ni   yoki   «ha»   eki
«yo’q»   ning   bajarilishi   etarli   bo’ladi.   Bu   holat   tarmoqlanuvchi
algoritmning   xususiy   holi   sifatida   aylanish   strukturasi   deb   atash
mumkin. Aylanish strukturasi qo’yidagi ko’rinishga ega:                                                                                Shart
      amal
Takrorlanuvchi algoritmlar
Agar biror masalani yechish uchun tuzilgan zarur bo’lgan amallar
ketma-ketligining ma’lum bir qismi biror parametrga bog’lik ko’p marta
qayta   bajarilsa,   bunday   algoritm   takrorlanuvchi   algoritm   yoki   siklik
algoritmlar   deyiladi.   Takrorlanuvchi   algoritmlarga   tipik   misol   sifatida
odatda qatorlarning yig’indisi yoki ko’patmasini hisoblash jarayonlarini
qarash mumkin. Quyidagi yig’indini hisoblash algoritmini tuzaylik.
Bu   yig’indini   hisoblash   uchun     da     deb   olamiz   va  
  da     ni   hisoblaymiz.   Bu   yerda   birinchi   va   ikkinchi
qadamlar uchun yig’indi hisoblandi va keyingi qadamda   parametr yana
bittaga   orttiriladi   va   navbatdagi   raqam   avvalgi   yig’indi     ning   ustiga
qo’shiladi   va   bu   jarayon   shu   tartibda   to     sharti   bajarilmaguncha davom   ettiriladi   va   natijada   izlangan   yig’indiga   ega   bo’lamiz.   Bu
fikrlarni quyidagi algoritm sifatida ifodalash mumkin.
1. n –berilgan bo’lsin,
2. i  0 berilsin,Bosh
3. S  0
berilsin,
4.  hisoblansin,
   n
5. S  S i hisoblansin,
s=0
6. i<n tekshirilsin va bu shart
bajarilsa, 4-satrga qaytilsin,
i=0
aks holda keyingi qatorga o’tilsin,
s=s+i
7. S ning qiymati chop etilsin.
Yuqorida keltirilgan algoritm	
va  blok	
i=i+1	
ha	Yo’q
sxemadan ko’rinib  turibdiki	
amallar ketma-	   i	n S
ketligining  ma’lum  qismi  parametr  i  ga
nisbatan N marta takrorlanyapti.	
Tamom
               Endi quyidagi ko’paytmaning algoritmini va blok sxemasini tuzib  
ko’raylik. (1 dan n bo'lgan sonlarning ko'paytmasini odatda P! kabi         
belgilanadi va faktorial deb ataladi)
 – faktorialni quyidagi ko’rinishda ham yozish mumkin: Rekurent algoritmlar.
Hisoblash  jarayonida ba’zi
bir   algoritmlarning   o’ziga   qayta
murojaat   qilishga   to’g’ri   keladi.
O’ziga–o’zi
murojaat   qiladigan   algoritmlarga
rekurent   algoritmlar   yoki
rekursiya deb ataladi.
Bunday   algoritmga   misol
sifatida
Fibonachchi sonlarini
keltirish
mumkin. Ma’lumki, Fibonachchi
sonlari quyidagicha aniqlangan.
1-misol. a
0 =a
1 =1,   a
i =a
i-
1 +a
i-2 i=2,3,4, Bosh
n
a
1 =1
a
2 =1
a
3 =a
2 +a
1
a
1 =a
2
a
2 =a
3 a
3
Bu rekkurent  ifoda  algoritmiga
mos   keluvchi   blok -sxema   yuqorida   keltirilgan.   Eslatib,   o’tamiz   formuladagi   i-
indeksga   hojat   yo’q,   agar   Fibonachchi   sonining   nomerini   ham   aniqlash   zarur   bo’lsa,
birorta parametr-kalit kiritish kerak bo’ladi.       x 
i2-misol. S 		 	
(2i 	 i)!
1.3 Hamkorlikda o’qitish texnologiyasining afzalliklari va istiqbollari.
Hamkorlikda   o’qitish,   komandada   o’qitish,   kichik   guruhlarda   o’qitish,   hamkorlik
shakllari,   taqlid   harakatlari,   madad   harakatlari,   o’zini-o’zi   boshqarish,   interaktiv
harakatlar.
Hamkorlikda   o’qitish   g’oyasi   turli   mamlakatlardagi,   jumladan,   Amerikadagi
J.Xopkins universiteti professori – R.Slavin (1990), Minnesot  universiteti professori
–   R.Jonson,   D.Jonson   (1987),   Koliforniya   universiteti   professori   –   SH.SHaron
(1988), tomonidan ishlab ishlab chiqilgan.
Amerika   olimlari   tomonidan   ishlab   chiqilgan   hamkorlikda   o’qitish,   asosan
o’quvchilarda   DTS   va   fan   dasturida   qayd   etilgan   bilim,   ko’nikma   va   malakalarni
shakllantirish,   Isroil   va   Evropa   olimlari   tomonidan   tavsiya   etilgan   hamkorlikda
o’qitish, yuqorida qayd etilganidek, ko’proq o’quvchilar tomonidan o’quv materialini
qayta   ishlash   loyihalash   faoliyatini   rivojlantirish,   o’quv   bahsi   va   munozaralar
o’tkazishni   nazarda   tutadi.Mazkur   g’oyalar   bir-birini   to’ldiradi,   didaktik   jihatdan
boyitadi va bir-birini taqozo etadi.
Hamkorlikda o’qitish g’oyasi didaktikada 1970 yillarda paydo bo’lgan. Hamkorlikda
o’qitish   texnologiyasi   Buyuk   Britaniya,   Kanada,   Germaniya ,   Avstraliya,
Niderlandiya,   YAponiya,   Isroil   mamlakatlari   ta`lim   muassasalarida   keng   qo’llanila
boshlagan.
Hamkorlikda   o’qitishning   asosiy   g’oyasi   –   o’quv   topshiriqlarini   nafaqat   birgalikda
bajarish, balki hamkorlikda o’qish o’rganishdir.
Hamkorlikda  o’qitish  har   bir   o’quvchini   kundalik qizg’in aqliy  mehnatga,  ijodiy  va
mustaqil   fikr   yuritishga   o’rgatish,   shaxs   sifatida   onglilik,   mustaqillikni   tarbiyalash,
har   bir   o’quvchida   shaxsiy   qadr   qimmat   tuyg’usini   vujudga   keltirish,   o’z   kuchi   va
qobiliyatiga   bo’lgan   ishonchni   mustahkamlash,   tahsil   olishda   mas`uliyat   hissini
shakllantirishni ko’zda tutadi.
1.4 Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi
Hamkorlikda   o’qitish   texnologiyasi   har   bir   o’quvchining   tahlil   olishdagi
muvafaqqiyati   guruh   muvafaqqiyatiga   olib   kelishini   anglagan   holda   mustaqil   va sidqidildan   aqliy   mehnat   qilishga,   o’quv   topshiriqlarini   to’liq   va   sifatli   bajarishga
o’quv   materialini   puxta   o’zlashtirishga,   o’rtoqlariga   hamkor   bo’lib,   o’zaro   yordam
ubshtirishga zamin tayyorlaydi.
Hamkorlikda   o’qitish   texnologiyasida   o’quvchilarni   hamkorlikda   o’qitishni   tashkil
etishning bir necha metodlari mavjud:
1.   Komandada   o’qitish   (R.Slavin)   da   o’quvchilar   teng   sonli   ikki   komandaga
ajratiladi.   Har   ikkala   komanda   bir   xil   topshiriqni   bajaradi.   Komanda   a`zolari   o’quv
topshiriqlarini hamkorlikda bajarib, har bir o’quvchi mavzudan ko’zda   tutilgan bilim ,
ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishga e`tiborni qaratadi.
Hamkorlikda   o’qitish   texnologiyasi   mualliflaridan   biri   bo’lgan   R.Slavinning
ta`kidlashicha,   o’quvchilarga   topshiriqlarni   hamkorlikda   bajarish   uchun   ko’rsatma
berilishi   etarli   emas.   O’quvchilar   tom   ma`nodagi   hamkorlik,   har   bir   o’quvchining
qo’lga   kiritgan   muvafaqqiyatidan   quvonish,   bir-biriga   sidqidildan   yordam   berish
hissi,   qulay   ijtimoiy-psixologik   muhit   vujudga   kelishi   zarur.   Mazkur   texnologiyada
o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirish sifatini aniqlashda ularni bir-biri bilan emas,
balki   har   bir   o’quvchining   kundalik   natijasi   avval   qo’lga   kiritilgan   natija   bilan
taqqoslanadi.   SHundagina   o’quvchilar   o’zining   dars   davomida   erishgan   natijasi
komandaga   foyda   keltirishini   anglagan   holda   mas`uliyatni   his   qilib,   ko’proq
izlanishga, bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishga intiladi.
2. Kichik guruhlarda hamkorlikda hamkorlikda o’qitish (R.Slavin, 1986).
Bu   yondashuvda   kichik   guruhlar   4   ta   o’quvchidan   tashkil   topadi.   O’qituvchi   avval
mavzuni   tushuntiradi,   so’ngra   o’quvchilarning   mustaqil   ishlari   tashkil   etiladi.
O’quvchilarga   berilgan   o’quv   topshiriqlari   4   qismga   ajratilib,   har   bir   o’quvchi
topshiriqning   ma`lum   qismini   bajaradi.   Topshiriq   yakunida   har   bir   o’quvchi   o’zi
bajargan   qism   yuzasidan   fikr   yuritib,   o’rtoqlarini   o’qitadi,   so’ngra   guruh   a`zolari
tomonidan topshiriq yuzasidan umumiy xulosa chiqariladi.
O’qituvchi   har   bir   kichik   guruh   axborotini   tinglaydi   va   test   savollari   yordamida
bilimlarni nazorat qilib baholaydi.
O’quvchilarning   kichik   guruhlardagi   o’quv   faoliyati   o’yin   (turnir,   musobaqa)
shaklida, individual tarzda ham tashkil etilishi mumkin.
O’qituvchi   va   o’quvchining   hamkorlikdagi   faoliyatiga   doir   tadqiqotlarda   asosiy
e`tibor o’zaro munosabatning rivojlanishini o’rganishga qaratiladi, o’qitishni guruhli
tashkil qilish jarayoni bayon qilinadi. Psixolog   A.V.   Petrovskiy   jamoadagi   shaxslararo   munosabatlar   faoliyatdan   kelib
chiqishini   o’rganib,   ta`lim   jarayonidagi   o’qituvchining   o’quvchilar   bilan
hamkorligini tashkil qilish faqat ularni muloqotga ehtiyojini   qondirish vositasi emas ,
balki o’quv materialini o’zlashtirishning ham vositasi ekanligini ta`kidlagan edi.
O’zaro   hamkorlikning   muhim   omili   va   o’quvchilarning   o’zaro   munosabati
xususiyatini   belgilovchi   asos   o’qituvchi   bilan   o’quvchi   hamkorligining   shakllaridir.
Hamkorlikdagi   o’quv   faoliyati   o’qituvchi   va   o’quvchi   munosabatlarining   va
birgalikdagi   xatti-harakatlarining   alohida   turidirki,   u   o’zlashtirish   ob`ektini,   bilim
faoliyatining barcha qismlarini qayta qurishni ta`minlaydi.
Hamkorlikdagi   o’quv   faoliyatining   maqsadi   o’zlashtiriladigan   faoliyat   va
birgalikdagi   harakatlar,   munosabat   va   muloqotning   boshqarish   mexanizmini
yaratishdir.   Hamkorlikdagi   faoliyatning   mahsuli   o’quvchilar   ilgari   surgan   yangi
g’oyalar   va   o’zlashtirilayotgan   faoliyatning   mohiyatiga   bog’liq   maqsadlar   va
sheriklikdagi shaxs pozitsiyasini boshqarish istaklarining yuzaga kelishidir.
Hamkorlikdagi   faoliyat   usuli   deganda,   o’qituvchi   bilan   o’quvchining   birgalikdagi
hatti-harakatlarining   tizimini   tushunish   kerak.   Bunday   xatti-harakat   o’qituvchining
o’quvchiga ko’rsatadigan yordamidan boshlanadi;
O’quvchilarning faolligi asta-sekin o’sib borib, butunlay ularning o’zi boshqaradigan
amaliy va aqliy harakatiga aylanadi; o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi munosbata
esa sheriklik pozitsiyasi xususiyatiga ega bo’ladi.
Pedagogika   –   psixologiya   fanida   hamkorlikning   8   ta   shakli   mavjud.   Ular
quyidagilardan iboratdir:
1. faoliyatga kirish;
2. mustaqil harakatlar o’qituvchi bilan o’quvchi hamkorlikda bajaradilar;
3. o’qituvchi harakatni boshlab beradi va unga o’quvchini jalb etadi;
4. taqlid harakatlari (o’qituvchidan ibrat olgan o’quvchi anna shu namuna asosida
harakat qiladi);
5. madad   harakatlari   (o’qituvchi   o’quvchiga   oraliq   mAqsadni   va   unga   erish
usullarini tanlashda yordam beradi va oxirgi natijani nazorat qiladi);
6. o’zini – o’zi boshqarish harakatlari (o’qituvchi umumiy maqsadni ko’rsatishda
oxirgi natijani baholashda ishtirok etadi);
7. o’zini – o’zi ko’rsatuvchi harakatlar;
8. o’zini – o’zi uyushtiruvchi harakatlar. III. AMALIY  ISH
1-Misol: Massiv elementlari yig’indisi
using  System;  using 
System.Text; 
namespace   massiv
{
class  Program
{
static void  Main( string [] args)
{
int  s = 0;
int [] a =  new  int [5];  a[0] =  
6;
a[1] =   3;
a[2] =   7;
a[3] =   5;
a[4] = 2; 
s=a[0]+a[1]+a[2]+a[3]+a[4];
Console .Write( "s=" +s); 
Console .ReadKey();
}
}
}
Natija: S=23; 2-MISOL I kki o’lchovli massiv elementlarini o’rta arifmetigini hisoblash.
using  System;  using 
System.Text; 
namespace   massiv
{ class  Program
{
static void  Main( string [] args)
{ int  n,k,i,j,s=0;  Console .WriteLine( "massivni 
kiriting!" );  Console .Write( "n=" ); 
n= int .Parse( Console .ReadLine()); 
Console .Write( "k=" ); 
k= int .Parse( Console .ReadLine());
int [,] a= new int [n,k]; 
for (i=0;i<n;i++) 
for (j=0;j<k;j++)
a[i,j]= int .Parse( Console .ReadLine()); 
for (i=0;i<n;i++){
for (j=0;j<k;j++) 
s=s+a[i,j];}
Console .WriteLine( "yig'indisi =" +s);  Console .WriteLine( "o'rta 
arifmetigi =" +(s*1.0)/n);  Console .ReadKey(); } }   }
Natija: Ikki o’lchovli massiv elementlarini s ga yig’adigan va o’rta 
arifmetigini hisoblab ekranga chop   etadi! IV. XULOSA
Xulosa   qilib   aytganda   Algoritm   bilan   ishlashish   barcha   turdagi
dasturlash tillarida ishlash imkoniyatini yengillashtirib beradi. Har bir
dasturning   dastlab   algaritmini   yaratib   olgan   maqul.   Agar   biz
dasturimizning   ketma   ketligini   bilmasak,   u   dastur   biz   oylagandan
koproq   hajmni   egallashi   mumkin   ekan.   Men   C#   dasturi   strukturasi
haqida,   belgilar   bayoni,   algoritm   va   dastur   tushunchasi,
ma’lumotlarni   kiritish   va   chiqarish   operatorlari   hamda   dasturda
ishlatiladigan   toifalar,   ifodalar   va   ko’nikmalarga   ega   bo`ldim .
Algoritmlash va dasturlash tillari bo’yicha yozilgan bir necha kitoblar
bilan   tanishib   chiqdim   va   ulardan   o’zimga   kerakli   malumotlarni
oldim.   Kurs   ishimda   programmalash   texnologiyalari   masalalari,
algoritmlar,   ularning   xossalari,   tasvirlash   usullari   va   tipik
algoritmlarga blok sxemalar tuzish masalalari qaralgan. V. FOYDALANGAN ADABIYOTLAR.
1. Markushevich A. I. Teoriya analiticheskix funktsiy. V 2-x t. – M.: Nauka,
1968. T.2. – 624s
2. Goluzin G.M. Geometricheskaya  teoriya funktsii  kompleksnogo
peremennogo. – M. : Nauka, 1976.– 540 s.
3. B. V. SHabat. Vvedenie v kompleksnıy analiz. 1–chast. M.N. 1989.
4. G. Xudayberganov, A. Vorisov, X. Mansurov. Kompleks analiz. Toshkent,
«Universitet», 1998.
5. G. Xudayberganov, A. Vorisov, X. Mansurov. Kompleks analiz.Karshi.
«Nasaf», 2003.
6. Virt N. Algoritmı strukturı dannıx programmı.-M.:Mir, 1985.-405s.
7. Aripov   M.M.,   Imomov   T.,   Irmuhamedov   Z.M.   va   boshqalar.
Informatika.   Axborot  texnologiyalari.  Toshkent,  1-qism.   2002,   2-qism.
2003
8. http://ziyonet.uz   
http://google.ru

ALGORITMLARNI TASVIRLASH USULLARI MAVZUSINI HAMKORLIK TEXNOLOGIYALAR ORQALI LOYIHALASHTIRISH REJA: I. KIRISH II. ASOSIY QISM 1.1. Algoritmning asosiy xossalari 1.2. Algoritmning tasvirlash usullari 1.3. Hamkorlikda o’qitish texnologiyasining afzalliklari 1.4. Hamkorlikda o’qitish texnologiyalari III. AMALIY ISH IV. XULOSA V. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

I. K IRISH Algoritmlar Hisoblash eksperimenti. Odatda tabiat yoki jamiyatda uchraydigan turli muammo, masala yoki jarayonlarni o’rganishni EHM yordamida olib borish uchun, birinchi navbatda, qaralayotgan masala, jarayon - obyektning matematik ifodasi, ya’ni matematik modelini ko’rish kerak bo’ladi. Qaralayotgan obyektning matematik modelini yaratish juda murakkab jarayon bo’lib, o’rganilayotgan obyektga bog’liq ravishda turli soha mutaxassislarining ishtiroki talab etiladi. Umuman, biror masalani EHM yordamida yechishni quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin. Obekt Matematik Diskret Algoritm, Muammoli, Dastur modul Modul Yechish Usuli Masala Natija Dasturni va uning Sozlash Tahlili 1-rasm. Hisoblash eksperimentining sxemasi

Misol sifatida, kosmik kemani yyerdan Zuxro planetasiga eng optimal trayektoriya bo’yicha uchirish masalasini hal qilish talab qilingan bo’lsin. Birinchi navbatda, qo’yilgan masala turli soha mutaxassislari tomonidan atroflicha o’rganilishi va bu jarayonni ifodalaydigan eng muhim - bo’lgan asosiy parametrlarni aniqlash kerak bo’ladi. Masalan, fizik-astronom-injener tomonidan, masala qo’yilishining o’rinli ekanligi, yani planetalar orasidagi masofa va atmosfera qatlamlarining ta’siri, yer tortish kuchini yengib o’tish va kemaning og’irligi, zarur bo’lgan yoqilg’ining optimal miqdori va kosmik kemani qurishda qanday materiallardan foydalanish zarurligi, inson sog’lig’iga ta’siri va sarflanadigan vaqt va yana turli tuman ta’sirlarni hisobga olgan holda shu masalaning matematik modelini tuzish zarur bo’ladi. Zikr etilgan ta’sirlarni va fizikaning qonunlarini hisobga olgan holda bu masalani ifodalaydigan birorta differensial yoki boshqa ko’rinishdagi modellovchi tenglama hosil qilish mumkin bo’ladi. Balki, bu masalani bir nechta alohida masalalarga bo’lib o’rganish maqsadga muvofiqdir. Bu matematik modelni o’rganish asosida bu masalani ijobiy yechish yoki hozirgi zamon siviliziyatsiyasi bu masalani yechishga qodir emas degan xulosaga ham kelish mumkin. Bu fikrlar, yuqorida keltirilgan jadvalning 2- blokiga mos keladi. Faraz qilaylik biz matematik modelni qurdik. Endi uni EHM da yechish masalasi tug’iladi. Bizga ma’lumki, EHM faqat 0 va 1 diskret qiymatlar va ular ustida arifmetik va mantiqiy amallarni bajara oladi xolos. Shuning uchun matematik modelga mos diskret modelni qurish zaruriyati tug’iladi (1-rasm, 3-blok). Odatda, matematik modellarga mos keluvchi diskret modellar ko’p noma’lumli murakkab chiziqsiz algebraik tenglamalar sistemasi (chekli ayirmali tenglamalar-sxemalar) ko’rinishida bo’ladi(4- blok). Endi hosil bo’lgan diskret modelni sonli yechish usulini–algoritmini yaratish zarur bo’ladi. Algoritm esa tuziladigan programma uchun asos

bo’ladi. Odatda, tuzilgan programmani ishchi holatga keltirish uchun programmaning xato va kamchiliklarini tuzatish – sozlash zarur bo’ladi. Olingan sonli natijalar hali programmaning to’g’ri ishlayotganligi kafolatini bermaydi. Shuning uchun olingan natijalarni masalaning mohiyatidan kelib chiqqan holda analiz qilish kerak bo’ladi. Agar olingan natija o’rganilayotgan jarayonni ifodalamasa, masalani 1-rasmdagi sxema asosida qaytadan ko’rib chiqish va zarur bo’lgan joylarda o’zgartirishlar kiritish kerak bo’ladi. Bu jarayon, to kutilgan ijobiy yoki salbiy natija olinguncha davom ettiriladi va bu takrorlanuvchi jarayonga hisoblash eksperimenti deb ataladi. Odatda, hisoblash eksperimenti deganda soddaroq holda, model, algoritm va programma uchligini (triadasini) tushunish mumkin 1.1 Algoritmning asosiy xossalari Algoritmning 5-ta asosiy xossasi bor. 1. Diskretlilik (Cheklilik). Bu xossaning mazmuni algoritmlarni doimo chekli qadamlardan iborat qilib bo’laklash imkoniyati mavjudligida. Ya’ni uni chekli sondagi oddiy ko’rsatmalar ketma-ketligi shaklida ifodalash mumkin. Agar kuzatilayotgan jarayonni chekli qadamlardan iborat qilib qo’llay olmasak, uni algoritm deb bo’lmaydi. 2. Tushunarlilik. Biz kundalik hayotimizda berilgan algoritmlar bilan ishlayotgan elektron soatlar, mashinalar, dastgohlar, kompyuterlar, turli avtomatik va mexanik qurilmalarni kuzatamiz. Ijrochiga tavsiya etilayotgan ko’rsatmalar, uning uchun tushinarli mazmunda bo’lishi shart, aks holda ijrochi oddiygina amalni ham bajara olmaydi. Undan tashqari, ijrochi har qanday amalni bajara olmasligi ham mumkin.

Har bir ijrochining bajarishi mumkin bo’lgan ko’rsatmalar yoki buyruqlar majmuasi mavjud, u ijrochining ko’rsatmalar tizimi (sistemasi) deyiladi. Demak, ijrochi uchun berilayotgan har bir ko’rsatma ijrochining ko’rsatmalar tizimiga mansub bo’lishi lozim. Ko’rsatmalarni ijrochining ko’rsatmalar tizimiga tegishli bo’ladigan qilib ifodalay bilishimiz muhim ahamiyatga ega. Masalan, quyi sinfning a’lochi o’quvchisi "son kvadratga oshirilsin" degan ko’rsatmani tushinmasligi natijasida bajara olmaydi, lekin "son o’zini o’ziga ko’paytirilsin" shaklidagi ko’rsatmani bemalol bajaradi, chunki u ko’rsatma mazmunidan ko’payirish amalini bajarish kerakligini anglaydi. 3. Aniqlik. Ijrochiga berilayotgan ko’rsatmalar aniq mazmunda bo’lishi zarur. CHunki ko’rsatmadagi noaniqliklar mo’ljaldagi maqsadga erishishga olib kelmaydi. Odam uchun tushinarli bo’lgan "3-4 marta silkitilsin", "5-10 daqiqa qizdirilsin", "1-2 qoshiq solinsin", "tenglamalardan biri echilsin" kabi noaniq ko’rsatmalar robot yoki kompyuterni qiyin ahvolga solib qo’yadi. Bundan tashqari, ko’rsatmalarning qaysi ketma-ketlikda bajarilishi ham muhim ahamiyatga ega. Demak, ko’rsatmalar aniq berilishi va faqat algoritmda ko’rsatilgan tartibda bajarilishi shart ekan. 4. Ommaviylik. Har bir algoritm mazmuniga ko’ra bir turdagi masalalarning barchasi uchun ham o’rinli bo’lishi kerak. YA’ni masaladagi boshlang’ich ma’lumotlar qanday bo’lishidan qat’iy nazar algorim shu xildagi har qanday masalani yechishga yaroqli bo’lishi kerak. Masalan, ikki oddiy kasrning umumiy mahrajini topish algoritmi, kasrlarni turlicha o’zgartirib bersangiz ham ularning umumiy mahrajlarini aniqlab beraveradi. YOki uchburchanning yuzini topish