ASHAROTLARGA QARSHI QO`LLANILADIGAN VOSITALAR. PREPARATLARNING ASOSIY GURUHLARI
MAVZU: HASHAROTLARGA QARSHI QO`LLANILADIGAN VOSITALAR. PREPARATLARNING ASOSIY GURUHLARI MUNDARIJA: KIRISH………………………………………………………………………….…3 ASOSIY QISM: 1. Qishloq xo`jaligida foydalaniladigan asosiy pestisidlar……………………....5 2. O’simliklarni kimyoviy himoya qilishda innovasiyalarni qo’llash ………….8 3. O’simliklarni uyg’unlashgan himoya qilishda biologik va genetik usullardan foydalanish ……………………………………………………………………….13 4. G’o’za va g’alla ekinlarini zararli organizmlardan uyg’unlashgan himoya qilish tizimini qo’llashda yangi texnologiyalardan foydalanish………………17 5. Meva - sabzavot va kartoshka ekinlarini zararli organizmlardan uyg’unlashgan himoya qilish tizimini qo’llashda yangi texnologiyalardan foydalanish. ……………………………………………………………………....28 XULOSA………………………………………………………………………....39 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..41 1
KIRISH Zararli hasharot va kanalarga qarshi asosan organik sintetik preparatlar ishlatiladi. Ular kimyoviy birikmalarning har xil sinflariga mansubdir. Har qaysi sinf muayyan umumiy fizik-kimyoviy xossalarga ega bo’lishi bilan birga, ta’sir qilish mexanizmi asosan umumiydir. Shu boisdan preparatlarni kimyoviy tuzilishi va zararkunandalarga qarab guruhlab ta’riflash mumkin bo’ladi. Fosforning organik birikmalariga asoslangan dorilar hozirgi pestisidlar orasida muhimlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Ularni keng ko’lamda ishlatishning boisi bor, albatta 1 . Chunonchi, yuqori darajada insektisid va akarisid sifatida zararkunandalarga tez ta’sir ko’rsatadi, biologik muhitda uzoq turib qolmaydi va parchalanganda zaharsiz mahsulotlar hosil qiladi, sust darajada to’planadi, bir qator preparatlari ichdan ta’sir qilish xususiyatiga ega va shuning uchun kichik hajmda purkash yo’li bilan foydalanish, shuningdek har gektarga oz miqdorda sarflanishi mumkin. Ko’pchilik fosfororganik birikmalarning salbiy tomoni ham bor. Bular issiqqonli hayvonlar va odam uchun, shuningdek aksari foydali hasharotlar uchun kuchli zahardir. Surunkasiga ishlatilganda bu birikmalarga qarshi tez orada zararkunandalarning chidamli populyasiyalari paydo bo’lishi mumkin. Fosfororganik birikmalarning hasharotlarga zaharli ta’sir qilishiga sabab shundaki, ular fermentlarning faolligini izdan chiqaradi. Zahar hasharot jismiga tushishi bilanoq, darhol zaharlanish alomatlari yuz beradi va u tezda falajlanib halok bo’ladi. Ko’pchilik fosfororganik preparatlar ishlatilishi bilan zaharliligini ko’rsatadi va dorilashdan keyingi dastlabki soatlarda zararkunanda o’ladi. Fosfororganik preparatlar lichinkalarni va yetuk hasharotlarning ko’pini yo’qotadi, ammo tuxumlarga yomon ta’sir qiladi, biroq moy eritmasida tayyorlanib hasharot va kanalarning tuxumi ichiga o’taoladigan ba’zi preparatlar bu hisobga kirmaydi. 1 Education Division Indian Council of Agricultural Research,New Delhi, April 2009, PLANT PROTECTION. Entomology, Nematology, Plant Pathology, BSMA Committee on Plant Protection, p.7 2
Laboratoriya sharoitida o’tkazilgan tajribalarimizda bu guruxga oid dorilar (rogor, antio, bazudin va boshqalar) tavsiya qilingan sarfmeyorida to’liq ho’llanganda g’o’za tunlamining tuxumlarini 50-82% o’ldirgan. Fosfororganik birikmalar, aksari, issiqqonli hayvonlar va odam uchun o’rtacha zaharlidir, ammo bular orasida kam zaharliligi ham bor. Fosfor birikmasi hayvon va odam organizmida fermentlar ta’sirida tezda zaharsiz mahsulotlarga parchalanadi va organizmdan chiqarib yuboriladi. Bu gruppadagi ba’zi birikmalar sezilarli darajada va bir me’yorda kumulyativ ta’sir qilish xususiyatiga egadir. Bu hol tajribadagi hayvon jismiga zaharni kichik dozalarda tez-tez yuborib turilganda ro’y beradi. Fosfororganik birikmalar guruhida bo’lgan hozirgi dorilar tuproqda va o’simliklarda ko’pi bilan bir oygacha saqlanadi. Shuning uchun belgilangan oraliq muddatlarga rioya qilinganda, ularning muhitda hamda chigitni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarda to’planish xavfi tug’ilmaydi. FOBlar tuproqda mikroflora, namlik hamda o’simliklardagi kimyoviy o’zaro aloqalar ta’sirida va ularga o’simlik fermentlari, quyosh radiasiyasi ta’sir qilishi natijasida parchalanadi. O’simlik nechog’lik yosh bo’lsa, parchalanish jarayoni (metabolizm) shu qadar jadal kechadi, bu esa, biokatalizatorlar, fermentlar, gormonlar, vitaminlar ishtirokidagi sintetik jarayonlarning yuqori darajada fiziologik faol ravishda ro’y berishi bilan izohlanadi 2 . Bu birikmalarning faol shakllari pestisidlar bilan o’zaro bir-biriga ta’sir qilib uni o’zgartiradi, bu esa eski to’qimalarda ancha susayadi. Ko’pchilik fosfor organik birikmalar o’simlikning ichidan ta’sir qilish xususiyatiga ega. Bunday ta’sir ko’rsatishning mohiyati shundan iboratki, bunda dorining kutikula va barg labchalari (ust’isalari) orqali, shuningdek (zahar tuproqqa solinganda) ildiz orqali o’simlikka o’tadi va unda (dorining xususiyatlariga qarab) floema, perenxima, hujayra devorchalari bo’yicha, transpirasiya oqimi, ksilema hamda hujayra oraliqlari orqali tarqaladi. ASOSIY QISM. 2 Education Division Indian Council of Agricultural Research,New Delhi, April 2009, PLANT PROTECTION. Entomology, Nematology, Plant Pathology, BSMA Committee on Plant Protection, p.7 3
1. Qishloq xo`jaligida foydalaniladigan asosiy pestisidlar Pestisidlar asosan o’simlikning tez o’sadigan qismlarida iladi, ularning tarqalish tezligi har xil bo’ladi. Pestisidlarning o’simlikka o’tishi va tarqalish xarakteri o’simlikning xususiyatlariga, tashqi muhit sharoitlariga, dorining fizika- kimyoviy xossalari va xiliga bog’liqdir. Aksari yosh o’simlikning barglari pestisidlarni juda yaxshi o’tkazadi. Qulay suv rejimi pestisidlarning adsorbsiyasiga va ularning joydan-joyga ilishiga yordam beradi. FOBlar bilan dorilashda ana shuni e’tiborga olish kerak bo’ladi. Ichdan ta’sir qiladigan dorilar nam bilan yaxshi ta’minlangan o’simliklarga tez o’tadi. Pestisidlarning o’simlikka jadal 4 o’tishida harorat, yorug’lik, havoning namligi katta ahamiyatga egadir . Pestisid preparatlarining asosiy formalari. Dust–ta’sir etuvchi moddasi bilan to’ldirilgan va juda mayda, zarrali arlashma bo’lib asosan changlatish yo’li bilan ishlailadi. Bir gektarga 1030kg dust sarf bo’ladi. Dust tayyorlashda uni to’ldiruvchi sifatida talk, pirofillit, bor, kaolin, trepel, silikogel va boshqalardan foydalaniladi. Uni changlanuvchanlik samarodorligini oshirish va mayda zarralarni bekorga uchib ketmasligi uchun 3-5% mineral moy qo’shiladi. Ho’llanuvchan kukun - bu kukunsimon pestisid preparati bo’lib unga suv qo’shish natijasida turg’un suspenziya hosil bo’ladi. Uni qo’llash dustga nisbatan afzalliklari bor, zaxarli ximikatlar ortiqcha sarflanmaydigan va qo’llash samarodorligi ortadi. Ular suspenziya holatida bo’lib o’simlik barglariga yaxshi yopishadi va o’simlik tanasida maxkam ushlanib qoladi. Bu xo’llangan kukun yuqori dispersion xususiyatga ega bo’lib, tarkibida 80% miqdorida 3mk gacha diametrli mayda zarralar bor. Xo’llangan kukun tarkibidagi ta’sir etuvchi modda va to’ldiruvchilar bilan birga yuqori aktivlikka ega bo’lgan yopishtiruvchan moddalra ham bor. To’ldiruvchilar sifatida silikogel, sintetik metasilikat kalsiy, bentonit, kaolin va boshqalardan foydalaniladi. Yuqori aktivlikka ega bo’lgan moddalar metal ishqorli sulfonadlar, OP-7 va OP-10 polietilenglikol efir spirtlari shuningdek yordamchi moddalar, sulfid spirtli barda /SSB/, sulfid ishqori, kraxmal, kazein va boshqalar. 4
Qo’llangan kukun tarkibida 30-80% ta’sir etuvchi modda, 15-60% to’ldiruvchilar, 1.5-2% sulfid spirtli bardalar va 1-2%OP-7 bor. Konsentrat emulsiyalar - deb mayda eritilgan eritmalarga yuqori akktivlikka ega bo’lgan moddalar bilan himoya qilngan maydalashtirilgan tomchilarga aytiladi. Bunda eritmaga suv qo’shish bilan uni turg’unligi ortadigan va uzoq muddat yupqa pardalar hosil bo’lmaydigan emulsiyaga aylantirsh mumkin. Moy sifatida ksilol, diosanal, neft moylari, polimerlar va solvetlardan foydalaniladi. Donadorlashtirilgan preparatlar – tuproqda yashovchi xasharotlarga qarshi o’simliklarning ildiz sistemasi orqali zaxarlanishi uchun tuproqqa beriladi, shuningdek yer ustki xasharotlariga qarshi kurash uchun ham sepiladi. Donador preparatlar perlit va vermikulit kukun holidagi minerallarni donadorlashtirish va tayyor holdagi donalarga pestisidlarni singdirish yo’li bilan tayyorlanadi. Preparat tarkibida pestisid va to’ldiruvchilardan tashqari sintetik smola ham singdiriladi. Donalarning kattaligi: o’rtacha 0.25-5mm gacha, mayda 0.25-1.5mm gacha va yirik 3-5mm gacha bo’ladi. Pestisidlarning suv va organik erituvchilardagi eritmasi. Eritmadan tashqari suv bilan yaxshi aralashadigan texnik mahsulot eritmasi tarkibiga yuzaki aktivlikka ega bo’lgan OP-7, OP-10 tipidagi moddalar kiradi. Pestisidlarning suvdagi eritmasini saqlash va tashish juda noqulay bo’lib, katta hajmdagi idishlarni talab etadi. Ular tez parchalanadi, sovuq kunlarda esa oson yaxlaydi. Pastalar quyuqlashgan moyli peparatlar - murakkab moddalar tarkibiy qismiga kiruvchi oson yuquvchi praparat bo’lib, suv bilan namlanib xo’llanuvchan kukunga o’xshash bo’ladi. Ular urug’li va danakli meva daraxtlar tanasining shilingan va yaralangan joyiga surtishda va ulardan suspenziya tayyorlashda ishlatiladi. Kukunlar - ta’sitr etuvchan moddasidan tashqari tarkibiga o’simliklardan olingan to’ldiruvchilar kiritiladi. Masalan, o’simlik kraxmali. Eruvchan kukunlar - kukunsimon preparatlar bo’lib, ular suvda oson eriydi, ulardan ko’p maqsadlarda foydalaniladi. Kichik va kam xajmli purkash eritmalari UKX tarkibida ta’sir etuvchi modda va boshqa qo’shilmalari bo’lgan maxsus preparatlar bo’lib, suv 5