logo

Tadqiqot metodlariga qo`yiladigan talablar

Yuklangan vaqt:

27.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

51.0078125 KB
Tadqiqot metodlariga qo`yiladigan talablar  
MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………...…................................ 3
I BOB.  Tadqiqot metodlari……………………………….......................... 5
  1.1     Ilmiy   tadqiqot   metodlaring
tavsifi………………………………………. 5
1.2  Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari haqida tushuncha  …....... 11
II BOB.  Ilmiy tadqiqot metodlariga qo’yiladigan talablar. ………….. 14
  2.1  Maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi ..................................................... 14
  2.2   Eksperiment metod ……………………………………………………... . 16
XULOSA............................................................................................. ............. 2 4
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI…………… ………. 2 5
1 KIRISH
Mavzuning   dolzarbligi.   Har   bir   predmet   uning   metodlari   bilan   chambarchas
bog‘langan.   Fan   metodlari   uning   metodologiyasiga   mohiyati   va   prinsiplariga
bog‘liq bo‘ladi.
Pedagogikaning bunday mustahkam va ishonchli falsafiy asosi dialektik metoddir.
Pedagogikaning   hodisalarini   o‘rganish   va   ularning   qonuniyatlarini   aniqlash
masalasida   bir-biriga   qarama-qarshi   ikkita   yo‘nalish   metofizik   va   dialektik
yo‘nalish   mavjuddir.   Metofiziklar   pedagogikaning   hodisalari   va   faktlarini
o‘zgarmas,   vaqt,   joy   va   konkret   sharoitlardan   tashqari   boshqa   ijtimoiy   hodisalar
bilan aloqasi bo‘lmagan hodisa sifatida olib qaraydilar.
Dialektik   metod   esa   metofizika   talqiniga   qarama-qarshi   o‘laroq,   o‘qitish,   bilim
berish , tarbiyalash jarayonlarini va ularning mohiyatlarini quyidagicha o‘rganishni
talab etadi:
1.   Ularning   umumiy   aloqasi   bir-birini   taqoza   etishi   va   o‘zaro   ta‘sir   jarayonida
bolalarni   tarbiyalash,   o‘qitishning   turmush,   siyosat,   ideologiya,   madaniyat ,   fan,
ahloq,   san‘at,   ta‘lim-   tarbiya   muassasasi   tarmoqlarining   va   ijtimoiy,   maktab   va
oilaviy tarbiyalarini o‘zaro bog‘liqligi va boshqa.
2. Ularning to‘xtovsiz harakati, o‘zgarishi va taraqqiy etishi jarayonida ijtimoiy va
ilmiy   vazifalarining   tug‘ilishi   natijasida   kelib   chiqadigan   o‘qitish   va   tarbiyalash
vazifalari ,   forma   va   metodlarining   o‘zgarishi;   tarbiyalash   qisqa   muddatli   va   tez
olib   boriladigan   ish   emas,   balki   qiyin   va   murakkab   jarayondir,   bolalarni   andoza ,
universal sxema asosida o‘qitish va tarbiyalash mumkin emas.
2 3.   Bolalarning   o‘sishida   miqdor   va   sifat   o‘zgarishlari   jarayonida   har   bir   maktab
yoshining o‘ziga xosligi, tarbiya va ta‘lim bola shaxsining sifat jihatidan o‘sish va
tarkib   topishi   ekanligi,   ong   va   ahloqning,   so‘z   va   ishning   birligi   va   boshqa
mezonlar.
4.   Qarama-qarshi   tomonlarni ,   an‘analarni,   qarashlarni   va   fikrlarni   aniqlash   va
ochish   jarayonida   tarbiya   va   ta‘limda   turmush   dialektikasida,   yangi   va   eski
o‘rtasidagi kurash, shaxs va jamoa o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar va hokazo.
5.   Pedagogikaning   qonuniyatlarini   obyektiv   o‘rganishda   dialektika   kategoriyalari
hodisa va mohiyat,   sabab va natija , zaruriyat va tasodif, mazmun va shakl,   tarixiy
va   mantiqiy ,   umumiy   va   shaxsiy,   asosiy   va   xususiy,   aniq   va   abstrakt   kabi
kategoriyalar muhim ahamiyatga egadir.
Dialektikaning   yuqorida   ko‘rsatilgan   prinsiplari   asosidagi   pedagogika   hodisalari ,
faktlari   va   jarayonlarini   ilmiy   tekshirish,   ularning   taraqqiy   etish   qonuniyatlarini
bilish mumkin.
Binobarin,   pedagogik   tadqiqot   metodlariga   obyektivlik   o‘qituvchilik   pedagogik
faoliyatini   oshirishga   qaratilgan   tadqiqot   vazifalarining   aniqligi,
o‘quvchilarning   yosh xususiyatlarini , bolalar psixologiyasi qonuniyatlarini hisobga
olish kabi talablar qo‘yiladi. Lekin, bolalarni o‘qitish va tarbiyalash amaliyotining
o‘zi   hamma   vaqt   pedagogik   tadqiqotlarning   manbai   hisoblanadi.   Faqat   maktab
tajribalarigina   har   bir   ilmiy   nazariyaning   haqqoniyligi   hisbolanadi.   Tadqiqot
metodlarining   tanlash   fanning   o‘zi   uchun   muhim   ahamiyatga   egadir,   uning
metodlari   qanchalik   mukammal   bo‘lsa,   shu   fan   oldida   turgan   aktual   vazifalar
shunchalik muvaffaqiyatli hal etiladi. Hozirgi pedagogik tadqiqotlarning metodlar
tizimini to‘la hal etilgan deb bo‘lmaydi.
Kurs   ishining   obyekti   Jamiyatda   turli   xil   qatlam   va   shaxslarning   ijobiy   fikr
yuritish   prinsplari   hamda   ijtimoiy   boshqaruv   va   ijtimoiy   kelib   chiqishning
3 psixologik   tamoyillari   hamda   idrokning   shaxslararo   munosabatlarda   individual
tomonlari
Kurs   ishining   predmeti   Yoshlik   davridan   to   yetuklik   davriga   qadar   jamiyatda
psixologik   muhitning   ijtimoiy   munosabatlarda   idrokning   individual   xususiyat
fakturasini   ilgari   surish   hamda   shaxsning   kognitiv   rivojlanish   progressini   yanada
rivojlantirish
Kurs   ishining   yangiligi   Jamiyatdagi   shaxslarning   kognitiv   rivojlanish   asoslarini
ijobiy usullar bilan olib borilishi  kognitiv jarayonlarning jamiyat  taraqqqiyotidagi
o’zaro   ta’siri   hamda   jamiyat   oldidagi   chigalliklarning   turli   xil   jabhalaridagi
cheklovlar, ziyoli qatlamning munosabat tizimidagi o’rni belgilanib o’tilishi.
I BOB.  Tadqiqot metodlari
1.1  Ilmiy tadqiqot metodlaring tavsifi
  “ Pedagogika   tajribasini   o ‘ rganishda   quyidagi   metodlar :   kuzatish ,   eksperiment ,
suhbat ,   o ‘ quvchilar   ijodini   o ‘ rganish ,   tarbiya   muassasalarini   hujjatlarini   o ‘ rganish
turli   xilda   qo ‘ shib   olib   borilishi   mumkin ”.
1.   Ilmiy   -   pedagogik   tadqiqotning   asosiy   metodlari   kuzatish ,   suhbat ,   tekshirish ,
eksperiment   metodlari   singari   faoliyat   natijalarini   o ‘ rganishdan   iborat .
2.  Hozirgi   vaqtda   quyidagi   metodlar   asosida   ishlaydi.   Bular:   pedagogik   kuzatish,
so‘rash,   o‘quvchilar   faoliyati   natijalari   va  o‘quv  -tarbiya  muassasalari   hujjatlarini
o‘rganish, pedagogik eksperiment,   modellashtirish , ilg‘or  tajribalarni  o‘rganish va
yoyish,   sotsiologik,   matematika   va   statistika   materiallarini   ishlash   kibernetika ,
anketa,   intervyu   olish   va   tasvirga   olish   singari   metodlardan
foydalaniladi.   Pedagogik   kuzatish   murakkab   va   maxsus   xususiyatga   egadir.
Bunda kuzatilayotgan pedagogik hodisaning mohiyatini ko‘ra bilish, o‘qituvchi va
o‘quvchi   harakatlarining   o‘zaro   aloqasi   dialektikasini,   ulardan   har   birining
individualligini   aniqlay   olish   lozim.   Har   pedagog   kuzatuvchan   bo‘lishi   ayrim
hodisa   va   dalillarning   tavsilotlarini   payqay   olish ,   ularni   tahlil   qila   bilish
4 qobiliyatiga   ega   bo‘lishi   lozim.   Kuzatishlar   biror   maqsadga   qaratilgan   holda
amaliy   va   sistemali   yo‘lga   qo’yilgan   bo‘lsa,   eng   kerakli   dalillarni,   mazkur
kuzatishdan   o‘z   vaqtida   chiqarilgan   pedagogik-psixologik   xulosalarni   hisobga
olgan   holda   tashkil   qilinsa,   samarali   bo‘ladi.   Kuzatish   ta‘lim-tarbiya   jarayonini
yaxshilash va takomillashtirish maqsadida olib borilishi mumkin. Masalan, o‘qitish
jarayonida bolalarning qanday o‘sayotganligi, darslar jarayonlarida bilim berish va
tarbiyalash   vazifalari   birligi   qanday   amalga   oshirilayotganligi ;   fan   asoslarini
o‘rganishda   o‘quvchilarnig   tafakkuri   qanday   faollashayotganligini   va   boshqalar
aniqlanadi.
Ilmiy   kuzatishda   ba‘zan   tadqiqotchi   chidamsiz,   shoshqaloq   va   sistemali   ish
ko‘rmasligi singari holatlarga yo‘l qo’yilsa uning samaradorligi pasayadi.
Suhbat metodi.
  Ilmiy   maqsadda   olib   boriladigan   suhbatning   aniq   maqsadi,   vazifasi ,   shakli   va
ularni o‘tkazish metodikasi mavjud. Suhbatlar individual, guruhli va jamoa turlari
bor.  Tadqiqotchi   suhbat  olib borishni   va uni   kerakli  maqsadli  tomonga  yo‘naltira
olishi g‘oyat muhimdir. Suhbat olib boruvchi quyidagi pedagogik qoidalarga rioya
qilishi shart:
a) suhbat savollarini oldindan belgilash;
b)   vaqti va joyini belgilash ;
v) suhbat ishtirokchilarini belgilash (soni, miqdori);
g) qulay sharoit yaratib ochiq suhbatlashish;
d) suhbatdoshga o‘z fikrini aytishga imkon berish;
5 e) sergak va bachkana bo‘lmaslik;
j) suhbatdosh haqida biografik ma‘lumotga ega bo‘lish;
z) olingan materialni o‘z vaqtida ishlab chiqish va qo‘shimchalar qilish. Suhbatdan
ilmiy xulosa chiqarish.
Maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi.
  Maktab hujjatlarini tahlil qilish davlat qonunlarining   amalda bajarilish darajasini ,
har   bir   xodimning   faolligini   aniqlash,   ularning   amaliy   hayotdagi   faoliyatidagi
kamchilik va xatolarni aniqlashga va ularning topshirilgan ish uchun mas‘uliyatini
oshirishga   imkon   beradi.   Maktab   hujjatlarini ;   rejalashtirishning   barcha   turlari;
umumiy   ta‘limga   doir   hisob   va   hisobot ;   dars   jadvali;   o‘quvchilar   tarkibi   soni ;
sifati; ta‘lim- tarbiya ishlarini taqsimlash;  o‘quvchilarning delolari;   sinf jurnallari ;
o‘quvchining   kundalik   daftarlari;   buyruqlar   daftarlari ;   pedagoglar   kengashi
qarorlari daftari;   maktab smetasi ; maktab pasporti; inventarlar daftari va hokazolar.
Hujjatlarni   tahlil   qilishda   o‘quvchilar   kontingentining   o‘sishi   va   kamayishi
tavsifiga , bolalarning maktabga ketib qolishiga, ularning ayrimlari va sinf bo‘yicha
o‘zlashtirish   darajasiga ,   rag‘batlantirish   va   jazolash   choralarini   to‘g‘ri   tashkil
qilinishiga,  maktab pedagoglar  tarkibiga va maktabning o‘quv - moddiy bazasiga
alohida e‘tibor beriladi.
Bolalar ijodini o’rganish metodi.
  O ‘ quvchilar   ijodini   hamda   ularning   turli   faoliyatini   ( xatlari ,   kundaliklari ,   insho ,
bayon   solgan   suratlari ,   bajargan         amaliy         ishlari    ,   namunalari ,   rejalari   va
hisobotlarini )   o ‘ rganishi   va   tahlil   qilish   pedagogik   tadqiqotning   samarali
metodlaridan   biridir .   Bolalar   ijodining   ahamiyati   shundaki ,   unda   yosh   avlodning
tipik layoqati va xususiyatlari aniq ochib beriladi.
Bu metodni qo‘llashdan asosiy maqsad hozirgi yosh avlod ijodining manbalari va
faktorlarini chuqur bo‘lishiga hamda rivojlantirish va takomillashtirishning to‘g‘ri
6 yo‘llarini ko‘rsatib berishga qaratilgandir. Bizda bolalar ijodi shakllari turlichadir:
olimpiadalar,   tematik   konkurslar ,   maktab   ko‘rgazmalari,   turli   xil   musobaqalar,
poxodlar,   quvnoq startlar , ziyraklar va topqirlar, iste‘dodlar va hokazolar.
Eksperiment metod.
  Bu   so‘z   lotincha   sinab   tekshirib   ko‘rish,   ilmiy   maqsadga   qaratilgan   tajriba
ma‘nosini anglatadi. Ta‘lim-tarbiya ishlarida qo‘llaniladigan   biror shakl , metod va
vositaning foydaliligini aniqlash va tekshirish uchun o‘quv yurtlarida o‘tkaziladi.
Eksperiment metodlari sharoitiga qarab turli xil qo‘llaniladi.
1.   Tabiiy   eksperiment   (yaratuvchi,   ixtiro   qiluvchi   eksperimentlar.   Asl   holicha
ta‘lim-tarbiya   muammolari   ma‘lum,   suhbat,   kuzatish   va   anketa   asosida
o‘quvchining o‘qish   jarayonida , o‘z- o‘zini nazorat qilish singarilar) aniqlanadi.
2.   O‘quvchilarning   ongliligini   yaratuvchi   eksperiment.   (tadqiqotchi   biror   ma‘no
bo‘yicha   taxminiy   reja   asosida   o‘quvchi   faoliyatining   o‘quv   jarayonida   o‘zini-
o‘zi   nazorat qilish usullarini , yo‘llari tekshirilib ma‘lum bir ilmiy pedagogik xulosa
chiqariladigan tajriba deyish mumkin). Bu metoddan chiqarilgan xulosalar boshqa
hamma   maktablar   hayotiga   tadbiq   qilinishi   uchun   nazorat   eksperimentidan
o‘tkazdiriladi.   Chiqarilgan   pedagogik   xulosa   esa   o‘z   navbatida   mazkur   masalani
hal qilishning nazariyasi va metodologiyasi bo‘lib pedagogika yutug‘i hisoblanadi.
3.   Tabiiy   eksperiment   buning   asoschisi   rus   psixologi   A..F.Lazurskiy   hisoblanadi.
Bu metodda maktab faoliyati asl holda o‘rganiladi. Masalan, maktab internatining
tarbiyachilari   o‘quvchilarning   o‘zlari   haqidagi   g‘amho’rligini   tabiiy   tekshirishda
pechda yoqadigan ho‘l va quruq o‘tin vositasida aniqlangan. Bolalar yashaydigan
binoda   yaqin   joyda   ho‘l   o‘tin   borligi,   uzoqroq   joyda   quruq   o‘tindan
foydalanishning samarasini tekshirishni ko‘rsatish mumkin. Shunday qilinsa natija
haqiqiy bo‘ladi.
7 Eksperiment   metodlari   o‘z   mazmuni,   turi   va   xarakteriga   ko‘ra   quyidagi   turlarga
bo‘linish   mumkin:   didaktik ,   tarbiyaviy ,   maktabshunoslik,   chog‘ishtirma
pedagogika va hokazo.
Ilg’or tajribani o’rganish va yoyish metodi.
  Maktab   ta‘lim-tarbiyasida   nazariy   asoslanib ,   tajribada   ilg‘or   o‘qituvchilar
faoliyatida sinalib o‘rganishga tavsiya qilingan pedagogik xulosa deyish mumkin.
Buyuk rus pedagogi K.D.Ushinskiy bu metod haqida “o‘tkazilgan, xulosa qilingan
asl   tajriba   to‘g‘risida   emas,   balki   kelingan,   uzatilgan ,   qilingan   fikrdadir”   -   degan
edi.
Statistika ma’lumotlarini analiz va sintez qilish metodi.
Pedagogik   tadqiqot   kerakli   statistika   ma‘lumotlarini   ma‘lum   bir   maqsad   bilan
sistemali   o‘rganish   va   umumlashtirishsiz   amalga   oshmaydi.   Chunki   bu
ma‘lumotlar   jamiyatimizda   madaniyat,   fan,   tarbiya   va   ta‘limning   barq   urib
taraqqiy   etish   qonunlarining   rivojlanishida   muhimdir.   Xalq   maorifi   byudjetining
oshishi ,   o‘quv   yurtlarida   bolalar   sonining   ko‘payishi,   maktabdan   tashqari
tarmoqlarning   kengayishi,   darsliklar ,   ko‘rgazmali   qurollar,   texnika   vositalarinig
ortishi ,   o‘qituvchi   kadrlar   tayyorlashi   kabilar   statistika   ma‘lumotlari   bilan
isbotlanadi.
Anketa metodi.
Anketa fransuzcha so‘z bo‘lib, tekshirish degan ma‘noni anglatadi. Anketa metodi
o‘quvchilardan   so‘rash   metodi   bo‘lib,   u   o‘quvchilar   tarkibining   sifati   to‘g‘risida
kerakli ma‘lumotlarni olish uchun, ularning fikrlari   va qarashlarini aniqlash uchun ,
8 shuningdek kasbga yo‘llashni belgilash uchun ma‘lum bir shaklda o‘tkaziladi. Bu
metodni qo‘llashda quyidagi talablarga amal qilish kerak:
1.   Anketalar   o‘quvchilarning   pedagogik   va   ruhiy   tavsifini   tuzishning   manbai   va
universal vositasiga aylantirmasligi kerak.
2. Anketalar juda katta va noaniq bo‘lmasligi kerak.
3.   Anketani   o‘tkazishda   bolalarning   yosh   xususiyatlarini   hisobga   olish   va   vaqt
normada berilishi kerak va hokazo.
Kibernetika metodi.
  Kibernetika   grekcha   so‘z   bo‘lib,   rolni   boshqaraman ,   idora   etaman,   boshqarish
san‘ati   degan   ma‘noni   anglatadi.   Kibernetika   ishlab   chiqarishni ,   texnikani,   tirik
organizmlarni ,   kishilik   faoliyatini   boshqarishning   umumiy   prinsip   va   vositalarini
ishlab chiqadi.   Kibernetika mazmunini informasiya,   dasturlashtirish , boshqaruvchi
tizimlar, model yasash singari asosiy nazariyalar tashkil etadi.
Pedagogika   kibernetika        o’quv jarayonini, o’qitish va bilim berish jarayonlarini
boshqarishning   alohida   shakli   sifatida   o’ziga   xos   xususiyatga   ega ,   chunki
pedagogik   jarayon   bilan   ishlab   chiqarish   jarayonlarini   avtomatlashtirish
o’rtasida juda katta farq bor .
Sotsilogik   metod.   Yuqoridagi   sanab   ko‘rsatilgan   metodlar   qo‘llashda   tadqiq
qilinayotgan   o‘quvchilar   soni   chegaralangan   ularning   kamchiligi   ham   shunda
ekanligini   bilishimiz   darkor.   Bunday   paytda   o‘quvchilarning   ko‘pchiligi   bilan
ommaviy   ravishda   pedagogika   fanining   u   yoki   bu   muammosini   hal   etishda
sotsiologik   metodini   qo‘llash   talab   qilinadi.   Misol   uchun   maktab   o‘quvchilari
o‘zlarining   bo‘sh   vaqtlardini   qanday   o‘tkazishini   aniqlash   uchun   tezlikda   anketa
savollari   asosida   so‘rash   ko‘plab   o‘quvchilardan   o‘tkaziladi   va   aniq   bir   xulosaga
kelinadi.   Keyingi   yillarda   pedagogika   fanida   matematik   metod   va   xususan
statistika   materillarini   ishlash   metodlari   keng   qo‘llanilmoqda.   Masalan:
9 maktablarning   birida   matematika   fani   bo‘yicha   o‘quvchilarning   uy   ishlarini
bajarilishi   o‘rganilganda   IV   sinfda   uy   vazifalarini   mustaqil   bajarish   -80%,   VI
sinfda-75%,   VIII   sinfda-55%   tashkil   qilganligi   aniqlangan.   Buning   asosiy   sababi
nimaligi   aniqlash   darkor.   Buning   sababi   ikki   tomonlama   yuz   berishi
mumkin.   Birinchidan ,   mazkur   matematika   fanining   o‘quv   dasturi
murakkablashganligidan yoki shu fanni o‘qitish sifati pastligidan izlash kerak .
Pedagogika   ilmiy   tekshirishlari   metodlaridan   biri   nazariy   pedagogik   g‘oyalarni
tahlil   qilish   metodidir.   Bu   metod   ta‘lim-   tarbiyaning   chuqur   muhim   masalalarini
ilmiy umumlashtirish bilan emas. Balki uni amalga oshirishda yangi qonuniyatlarni
tajribaga   asoslangan   (emprik   metod)   yordamida   amalga   oshiriladi.Buni   quyidagi
misol   bilan   isbotlash   mumkin.   Shaxsni   umumiy   maqsadli   rivojlantirish ,   shaxsni
har   tomonlama   rivojlantirish   bilan   o‘zaro   aloqadorlikda   amalga   oshadi.
A.S.Makarenko   ta‘kidlaganidek,   odam   organizmi   alohida-alohida   holda
rivojlanmaydi ,   balki   barchalari   o‘zaro   uzviy   bog‘liqlikda   bir   vaqtda   rivojlanadi
degan   xulosaga   kelgan.
1.Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari haqida tushuncha
. Har   qanday   fan   o‘zining   ilmiy-tadqiqotmetodlariga   ega.Bumetodlari   orqali   u
o‘z   mazmunini   boyitib ,   yangilab   boradi.Hayotda   va   obyektiv   dunyoni   bilish
nazariyasida   nimani   o‘rgatish
va   qanday   o‘rgatish   kerak,   kimni   qanday   tarbiyalash   lozim   degan
masalalar   mavjud   bo‘lib,   ular   o‘zaro   bog‘liqdir.   Nima   qilish   kerak   va   qanday
amalga   oshirish   lozim   –   deganmuammolar   o‘rtasida   dialektik   birlik   mavjuddir.
Pedagogika   o‘z   mazmunini   boyitish   va   yangilash   maqsadida
mavjud   pedagogik   hodisa   hamda   jarayonlarni   uning   maqsadi   va
vazifalariga   muvofiq   keladigan   metodlari   bilan   o‘rganadi.   Shu
10 ma’noda   pedagogikaning   ilmiy-tadqiqot   metodlari   deganimizda   yosh
avlodni tarbiyalash, bilim berish va o‘qitishning real jarayonlariga xos bo’lmagan
ichki   aloqa   va   munosabatlarni   tekshirish ,   bilish   metodlari,uslublari   hamda
vositalari   majmuini   tushunamiz.   Pedagogika   o‘qitish,   bilim   berish,   tarbiyalash
jarayonlarini   va
ularning   mohiyatini   quyidagicha   o‘rganishni   nazarda   tutadi:
1)   ularning   umumiy   aloqasi,   bir-birini   taqozo   etishi   hamda   o‘zaro
ta’sir   jarayonida   bolalarni   o‘qitish,   tarbiyalash,   fan,   madaniyat,   axloq
va   san’at,   ta’lim-tarbiyaning   qayerda   amalga   oshirilishidan   qat’iy
nazar   uzviy   aloqada   bo’lishi;
2)   ularning   to‘xtovsiz   harakati,   o‘zgarishi   va   taraqqiy   etish
jarayonida   vujudga   keladigan   o‘qitish   hamda   tarbiyalash   vazifalari,
metodlarining   o‘zgarishi,   hamma   bolalarni   bir   xil   andozada   o‘qitish
va   tarbiyalash   mumkin   emasligi;
3)   bolalarning   o‘sishida   ularning   o‘ziga   xos   xususiyatlarini
hisobga   olish,   aqliy   va   xulqiy   faoliyat,   so‘z   va   ish   birligi   mezonlariga
tayanish;
4) bolalar kamolotiga ta’sir etuvchi an’ana, urf-odatlar, ular eskilik bilan yangilik,
o‘rtasida   yuz   beradigan   nizolarni   hisobga   olish,   o‘zaro   tanqid   va   hokazo.
Pedagogikaning   ilmiy-tadqiqot   metodlari   qanchalik   mukammal,   aqlga   muvofiq,
to‘g‘ri   tanlansa   ta’lim-tarbiya   mazmunini   yangilash   va   takomillashtirish   shu
darajada   yaxshilanib,   pedagogika   fani   ham   boyib   boradi .(   O’.   M.   Asqarova,   M.
Xayitboyev,   M.   S.   Nishonov.   O’zR   Oliy   va   o’rta   maxsus   ta’lim   vazirligi.   –   T:
“Talqin”,   2008,   15-bet.)
Ped а gogik t а dqiqotl а rni  t а shkil  etishd а   а niq ilmiy t а dqiqot metodl а ri  qo‘ll а nil а di.
Ped а gogik   t а dqiqot   metodl а ri   —   bu   ilmiy   n а z а riy а l а rni   qurilishi,   bog‘liqlikl а ri,
munos а b а tl а ri, qonuniy   а loq а l а rini o‘rn а tish m а qs а did а   ilmiy m а ’lumotl а rni olish
yo‘ll а ridir.
Ped а gogik а d а   psixologiy а ,   sotsiologiy а ,   fiziologiy а ,   m а tem а tik а   f а nl а rid а n   kirib
11 kelg а n   metodl а rd а n   t а shq а ri   ped а gogik а ning   o‘zini   metodl а ri   h а m   keng
qo‘ll а nil а di.   Biz   ped а gogik а ni   ilmiy   t а dqiqot   metodl а ri   deg а nd а ,   yosh   а vlodni
t а ’limi,   t а rbiy а si,   rivojl а nishi   j а r а yonl а rig а   xos   bo‘lg а n   ichki   а loq а   v а
munos а b а tl а rni   tekshirish   h а md а   ul а r   to‘g‘risid а gi   m а ’lumotl а rni   olish   yo‘l   v а
usull а rni   tushun а miz.
Ped а gogik   t а dqiqotl а rni   t а shkil   etishd а   umumn а z а riy   metodl а r:   а n а liz,   sintez,
t а qqosl а sh,   induksiy а ,   deduksiy а ,   m а vhuml а shtirish,   umuml    а   shtirish    ,
konkretl а shtirish,   modell а shtirish;   sotsiologik   metodl а r:   а nket а ,   intervyu,   reyting;
ijtimoiy   psixologik   metodl а r:   sotsiometriy а ,   test,   trening;   m а tem а tik   metodl а r.
Ped а gogik   t а dqiqot   metodl а ri   n а z а riy   v а   а m а liy   (empirik)   turl а rg а   bo‘lin а di.
T а dqiqotning   n а z а riy   metodl а ri   ilmiy   f а ktl а rni   tiziml а shtirish,   keng а ytirish,
а niql а shni   t а qozo   qilib,   hodis а l а rni   tushuntir а di   v а   oldind а n   izohl а b,   oling а n
n а tij а l а rni   ishonchliligini   oshirib ,   m а vhumd а n   а niq   biliml а rg а   o‘tishni,   turli
tushunch а   v а   f а r а zl а r   or а sid а gi   а loq а dorlikl а rni   o‘rn а tib,   а sosiy   v а   ikkinchi
d а r а j а lil а rini   а jr а t а di. ( O’. J. Yo’ldashev tahriri ostida. Umumiy pedagogika.– T.:
“Fan   va   texnologiya”,   2017,   27-   bet.)
Pedagogikada   shunday   maxsus   metodlar   mavjudki,   ular   yordamida   ta’lim-tarbiya
jarayoniga   oid   muhim   faktlar,   turli   pedagogik   vaziyatlar   mohiyatlari,
mexanizmlari,   xususiyatlari   o’rganiladi.
Ob’ektiv dunyoni bilish, nazariyada nimani o’rganish va o’rgatish kerak, kimni va
qanday   tarbiyalash   lozim   degan   masalalar   mavjud   bo’lib,   ular   o’zaro   uzviy
bog’liqdir.
Har   qanday   fan  sifatida   o’zining   ilmiy  tadqiqot   usullariga  ega.   Bu   usullari   orqali
o’z mazmunini boyitib, yangilab boradi. Pedagogika fani o’z mazmun mohiyatini
boyitishda, yangilashda mavjud pedagogik hodisa va nazariyalarni uning maqsadi
va   vazifalariga   muvofiq   keladigan   usullari   bilan   o’rganadi.   Ushbu   ilmning   ilmiy
tadqiqot   usullari   deganda   yosh   avlodni   tarbiyalash,   bilimli   qilish   va   o’qitishning
real   jarayonlariga   xos   bo’lgan   ichki   aloqa   va   munosabatlarni   tekshirish,   bilish
yo’llari,   uslublari   va   vositalari   majmui   tushuniladi.
12 Pedagogikaning   ilmiy   tadqiqot   usullari   qanchalik   to’g’ri   tanlansa   ta’lim-tarbiya
mazmunini   yangilash   va   takomillashtirish   shu   darajada   yaxshilanadi,   pedagogika
fani   ham   boyib   boradi. (   Umumiy   pedagogika   nazariyasi   va   amaliyoti   fanidan
ma’ruzalar   matni.   Navoiy   –   2012,   15-   bet.   )
Pedagogik   ilmiy-tadqiqot   metodlari   shaxsni   tarbiyalash,   unga   muayyan
yo‘nalishlarda   chuqur,   puxta   ilmiy   bilimlarni   berish   tamoyillari,   obyekti   va
subyektiv   omillarini   aniqlovchi   pedagogik   jarayonning   ichki   mohiyati,   aloqa   va
qonuniyatlarini   maxsus   tekshirish   va   bilish   usullaridir.
Ayni vaqtda, O‘zbekiston Respublikasida pedagogik yo‘nalishda olib borilayotgan
ilmiy   izlanishlar   dialektik  yondashuvga   asoslanadi.   Pedagogik   hodisa,   voqelik   va
ularning   qonuniyatlarilarni   aniqlashga   bunday   yondashuv   pedagogik   hodisa   va
jarayonlarning   umumiy   aloqasi,   ularning   izchil,   uzluksiz   rivojlanishi,   bolaning
fiziologik   rivoji   uning   psixologik ,   intellektual   jihatdan   takomilashtirib   borishini
ta’minlashi, qarama-qarshiliklarning shaxs kamolotini ta’minlashdagi o‘rni va roli,
shuningdek,   dialektika   kategoriyalarining   ahamiyatini   e’tirof   etadi.
Pedagogik   ilmiy   tadqiqotlarni   amalga   oshirish   murakkab,   muayyan   muddatni
taqozo   etuvchi,   izchillik,   uzluksizlik,   tizimlilik   hamda   aniq   maqsad   kabi
xususiyatlarga ega bo‘lgan jarayon bo‘lib, uning samarali bo'lishi  uchun bir qator
shartlarga   rioya   etish   zarur.   Ular   quyidagilardir:   muammoning   dolzarbligi   va
mavzuning   aniq   belgilanganligi;   ilmiy   farazlarning   to‘g‘ri   shakllantirilganligi;
vazifalarning   tadqiqot   maqsadi   asosida   to‘g‘ri   belgilanganligi;   tadqiqot   metodlar
tizimiga   nisbatan   obyektiv   yondashuv ;   tajriba-
sinov   ishlari   jarayoniga   jalb   etiluvchi   respondentlarning   yosh,   psixologik   va
shaxsiy   xususiyatlari,   shuningdek,   shaxs   rivojlanishi   qonuniyatlarining   to‘g‘ri
hisobga olinganligi; tadqiqot natijalarini oldindan tashxislash va uning natijalarini
bashorat qilish; tadqiqot natijalarining kafolatlanganligi.
II BOB.  Ilmiy tadqiqot metodlariga qo’yiladigan talablar
2.1  Maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi
13 INTeRAKTIV MeTODLAR   VA ULARNING TURLARI
Interaktiv (ingl. Interaction-o`zaro ta`sir) metodlar - bu jamoa bo`lib
fikrlash deb yuritiladi, ya`ni pedagogik ta`sir etish usullari bo`lib ta`lim
mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o`ziga xosligi shundaki,
ular faqat pedagog va o`quvchilarning birgalikda faoliyat ko`rsatishi orqali amalga
O`qitishning interfaol(aktiv)ligi - o`quvchining bilish faoliyatini
faollashtirish va o`zaro ta`sir asosida tayyorgarlik samaradorligini oshirishning
asosiy usullaridan biridir.
Interaktiv mashg`ulot - o`qituvchi va o`quvchilar o`zaro faol ishtirok
etadigan mashg`ulot; jarayon hamkorlikda kechadi.
Interaktiv metodlar o`zining qo`yridagi o`ziga xos jihatlari bilan
izohlanadi:
1.
Interfaol metodlar o`qituvchi bilan o`quvchining faol munosabati, birbirini to`liq
tushuntirishga asoslanadi.
2.
Interfaol metodlarni o`quv jarayoniga joriy etishning tub maqsadi –
dars qaysi shaklda bo`lmasin, qaerda o`tkazilmasin darsda o`qituvchi bilan
o`quvchining hamkorlikda ishlashini va natijada o`zlashtirishlarini ta`minlashi
lozim.
3.
Bunda o`qituvchi faqat fasilitator (yo`l-yo`riq ko`rsatuvchi,
kuzatuvchi, kuzatuvchi, xulosalovchi) vazifasini bajaradi.
4.
Ushbu metodlar orqali o`quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlari
rivojlantirilib, ularda erkin fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish, hissiyotlarni
boshqara olish, tanqidiy va ijodiy fikr yuritishning rivojlanishiga zamin
tayyorlanadi.
Interfaol metodlarda o`qitishning mohiyati quyidagicha:
14 - o`rgatuvchi ham o`rganuvchi ham ma`lumotlar bilan faol ishlashi;
- o`quvchilarni mustaqil fikrlashga undashi va o`rgatishi;
- o`qituvchiga «o`quvchilarni fikrlashga o`rgatish uchun» xizmat qilsa,
o`quvchilarga esa, «fikrlashni o`rganishlari uchun» xizmat qilishi;
Interfaol usullardan foydalanish shakllari:
1.
Individuallashtirish;
2.
Kichik guruhlarga ajratish;
3.
Tabaqalashtirish:
4.
O`rgatish va o`rganish jarayonida demokratik, do`stona muhitni
yaratish;
O`zaro muloqot, hamkorlikni tashkil etish.
Zamonaviy interfaol metodlardan foydalanishning muhim jihatlari ta`lim
samaradorligiga erishishga etarlicha hissa qo`shish bilan ahamiyalidir.
Bugungi kunga kelib interaktiv metodlarning ko`plab turlari aniqlangan.
2.2 Eksperiment metod.
  Bu   so‘z   lotincha   sinab   tekshirib   ko‘rish,   ilmiy   maqsadga   qaratilgan   tajriba
ma‘nosini anglatadi. Ta‘lim-tarbiya ishlarida qo‘llaniladigan   biror shakl , metod va
vositaning foydaliligini aniqlash va tekshirish uchun o‘quv yurtlarida o‘tkaziladi.
Eksperiment metodlari sharoitiga qarab turli xil qo‘llaniladi.
15 1.   Tabiiy   eksperiment   (yaratuvchi,   ixtiro   qiluvchi   eksperimentlar.   Asl   holicha
ta‘lim-tarbiya   muammolari   ma‘lum,   suhbat,   kuzatish   va   anketa   asosida
o‘quvchining o‘qish   jarayonida , o‘z- o‘zini nazorat qilish singarilar) aniqlanadi.
2.   O‘quvchilarning   ongliligini   yaratuvchi   eksperiment.   (tadqiqotchi   biror   ma‘no
bo‘yicha   taxminiy   reja   asosida   o‘quvchi   faoliyatining   o‘quv   jarayonida   o‘zini-
o‘zi   nazorat qilish usullarini , yo‘llari tekshirilib ma‘lum bir ilmiy pedagogik xulosa
chiqariladigan tajriba deyish mumkin). Bu metoddan chiqarilgan xulosalar boshqa
hamma   maktablar   hayotiga   tadbiq   qilinishi   uchun   nazorat   eksperimentidan
o‘tkazdiriladi.   Chiqarilgan   pedagogik   xulosa   esa   o‘z   navbatida   mazkur   masalani
hal qilishning nazariyasi va metodologiyasi bo‘lib pedagogika yutug‘i hisoblanadi.
3.   Tabiiy   eksperiment   buning   asoschisi   rus   psixologi   A..F.Lazurskiy   hisoblanadi.
Bu metodda maktab faoliyati asl holda o‘rganiladi. Masalan, maktab internatining
tarbiyachilari   o‘quvchilarning   o‘zlari   haqidagi   g‘amho’rligini   tabiiy   tekshirishda
pechda yoqadigan ho‘l va quruq o‘tin vositasida aniqlangan. Bolalar yashaydigan
binoda   yaqin   joyda   ho‘l   o‘tin   borligi,   uzoqroq   joyda   quruq   o‘tindan
foydalanishning samarasini tekshirishni ko‘rsatish mumkin. Shunday qilinsa natija
haqiqiy bo‘ladi.
Eksperiment   metodlari   o‘z   mazmuni,   turi   va   xarakteriga   ko‘ra   quyidagi   turlarga
bo‘linish   mumkin:   didaktik ,   tarbiyaviy ,   maktabshunoslik,   chog‘ishtirma
pedagogika va hokazo.
«AQLIY XUJUM» metodi.
I.  Aqliy xujum – bu g`oyalarni generatsiya
(ishlab chiqish) qilish metodidir. «Aqliy xujum» metodi biror muammoni echishda
16 o`quvchilar  tomonidan  bildirilgan  erkin  fikr  va  mulohazalarni  to`plab,  ular  orqali
ma`lum bir echimga kelinadigan eng samarali metoddir. Aqliy xujum metodining
yozma   va   og`zaki   shakllari   mavjud.   Og`zaki   shaklida   o`qituvchi   tomonidan
berilgan savolga o`quvchilarning har biri o`z fikrini og`zaki bildiradi. O`quvchilar
o`z   javoblarini   aniq   va   qisqa   tarzda   bayon   etadilar.   Yozma   shaklida   esa   berilgan
savolga   o`quvchilar   o`z   javoblarini   qog`oz   kartochkalarga   qisqa   va   barchaga
ko`rinarli   tarzda   yozadilar.   Javoblar   doskaga   (magnitlar   yordamida)   yoki
«pinbord»   doskasiga   (ignalar   yordamida)   mahkamlanadi.   «Aqliy   xujum»
metodining yozma shaklida javoblarni ma`lum belgilar bo`yicha guruhlab chiqish
imkoniyati mavjuddir. Ushbu metod to`g`ri va ijobiy qo`llanilganda shaxsni erkin,
ijodiy   va   nostandart   fikrlashga   o`rgatadi.
Mazkur   metod   muayyan   mavzu   yuzasidan   berilgan   muammolarni   hal   etishda
keng   qo`llaniladigan   metod   sanalib,   u   mashg`ulot   ishtirokchilarini   muammo
xususida   keng   va   har   tomonlama   fikr   yuritish,   shuningdek,   o`z   tasavvurlari   va
g`oyalaridan   ijobiy   foydalanish   borasida   ma`lum   ko`nikma   hamda   malakalarni
xosil qilishga rag`batlantiradi. Ushbu metod yordamida tashkil etilgan mashg`ulot
jarayonida   ixtiyoriy   muammolar   yuzasidan   bir   necha   original   echimlarni   topish
imkoniyati   tug`iladi.   «Aqliy   xujum»   metodi   tanlab   olingan   mavzular   doirasida
ma`lum   qadriyatlarni   aniqlash,   ayni   vaqtda   ularga   muqobil   bo`lgan   g`oyalarni
tanlash   uchun   sharoit   yaratadi.
Mashg`ulotlar   jarayonida   «Aqliy   xujum»   metodidan   foydalanishda   bir   necha
qoidalarga   amal   qilish   talab   etiladi.   Ushbu   qoidalar   quyidagilar:
1.   Mashg`ulot   ishtirokchilarini   muammo   doirasida   keng   fikr   yuritishga
undash,   ular   tomonidan   kutilmagan   mantiqiy   fikrlarning   bildirilishiga   erishish.
2.   Har   bir   ta`lim   oluvchi   tomonidan   bildirilayotgan   fikr   yoki   g`oyalar   miqdori
rag`batlantirilib boriladi. Bu esa bildirilgan fikrlar orasidan eng maqbullarini tanlab
olishga   imkon   beradi.   Bundan   tashqari   fikrlarning   rag`batlantirilishi   navbatdagi
yangi   fikr   yoki   g`oyalarning   tug`ilishiga   olib   keladi.
3.   Har   bir   ta`lim   oluvchi   o`zining   shaxsiy   fikri   yoki   g`oyalariga   asoslanishi
17 hamda   ularni   o`zgartirishi   mumkin.   Avval   bildirilgan   fikr   (g`oya)larni
umumlashtirish,   turkumlashtirish   yoki   ularni   o`zgartirish   ilmiy   asoslangan   fikr
(g`oya)larning   shakllanishiga   zamin   hozirlaydi.
4.   Mashg`ulotlar   jarayonida   ta`lim   oluvchilarning   har   qanday   faoliyatlarini
standart   talablar   asosida   nazorat   qilish,   ular   tomonidan   bildirilayotgan   fikrlarni
baholashga   yo`l   qo`ymaydi.   Agarda   ularning   fikr   (g`oya)lari   baholanib,
boriladigan   bo`lsa,   ta`lim   oluvchilar   o`z   diqqatlarini,   shaxsiy   fikrlarini   himoya
qilishga   qaratadilar,   oqibatda   ular   yangi   fikrlarni   ilgari   surmaydilar.   Mazkur
metodni qo`llashdan asosiy maqsad ta`lim oluvchilarni muammo xususida keng va
chuqur   fikr   yuritishga   rag`batlantirish   ekanligini   etibordan   chetda   qoldirmagan
holda ularning faoliyatlarini  baholab  borishning  har   qanday usulidan  voz  kechish
maqsadga   muvofiqdir.
Mashg`ulot   jarayonida   ushbu   metoddan   samarali   foydalanish   maqsadida
quyidagilarga   amal   qilish   lozim:
1.Mashg`ulot   ishtirokchilarining   o`zlarini   erkin   his   etishlariga   sharoit   yaratib
berish.
2.   G`oyalarni   yozib   berish   uchun   yozuv   taxtasi   yoki   varaqalarni   tayyorlab
qo`yish.
3.Muammo   (yoki   mavzu)ni   aniqlash.
4.Mashg`ulot   jarayonida   amal   qilinishi   lozim   bo`lgan   shartlarni   belgilash.
Shartlar   quyidagilardan   iborat   bo`lishi   mumkin:
a)   ta`lim   oluvchilar   tomonidan   bildirilayotgan   xar   qanday   g`oya
baholanmaydi;
b)   ta`lim   oluvchilarning   mustaqil   fikr   yuritishlari ,   shaxsiy   fikrlarini   ilgari
surishlari   uchun   qulay   muxit   yaratiladi;
v)   g`oyalarning   turlicha   va   ko`p   miqdorda   bo`lishiga   ahamiyat   qaratiladi;
g)   boshqalar   tomonidan   bildirilayotgan   fikrlarni   yodda   saqlash,   ularning
fikrlariga   tayangan   holda   yangi   fikrlarni   bildirish,   bildirilgan   fikrlar   asosida
muayyan xulosalarga kelish kabi harakatlarning ta`lim oluvchilar tomonidan sodir
18 etilishiga   erishiladi.
5.   Bildirilayotgan   g`oyalarni   ularning   mualliflari   tomonidan   asoslanishiga
erishish   va   ularni   yozib   olish.
6.   Muayyan   qog`oz   varaqlari   g`oya   (yoki   fikr)lar   bilan   to`lgandan   so`ng
ularni   yozuv   taxtasiga   osib   qo`yish.
7.   Bildirilgan   fikrlarni   yangi   g`oyalar   bilan   boyitish   asosida   ularni   quvvatlash.
8.   Boshqalar   tomonidan   bildirilgan   fikr   (g`oya)   lar   ustida   kulish,   ularga
nisbatan   kinoyali   sharhlarning   bildirilishiga   yo`l   qo`ymaslik   kerak.
9.   Ta`lim   oluvchilar   tomonidan   yangi   g`oyalar   bildirilishi   davom   etayotgan
ekan,   muammoning   yagona   to`g`ri   echimini   e`lon   qilishga   shoshilmaslik.
Aqliy   xujum   metodi   to`g`ri   va   ijobiy   qo`llanilganda   shaxsni   erkin,   ijodiy   va
nostandart   fikrlashga   o`rgatadi.
Aqliy   xujum   metodidan   foydalanilganda   o`quvchilarning   barchasini   jalb   etish
imkoniyati   bo`ladi,   shu   jumladan   o`quvchilarda   muloqot   qilish   va   munozara   olib
borish   madaniyati   shakllanadi.   O`quvchilar   o`z   fikrini   faqat   og`zaki   emas,   balki
yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko`nikmasi
rivojlanadi.   Bildirilgan   fikrlar   baholanmasligi   o`quvchilarda   turli   g`oyalar
shakllanishiga olib keladi. Bu metod o`quvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish
uchun   xizmat   qiladi.
Vazifasi.   “Aqliy   xujum”   qiyin   vaziyatlardan   qutulish   choralarini   topishga,
muammoni   ko`rish   chegarasini   kengaytirishga,   fikrlash   bir   xilliligini   yo`qotishga
va   keng   doirada   tafakkurlashga   imkon   beradi.   Eng   asosiysi,   muammoni   echish
jarayonida   kurashish   muhitidan   ijodiy   hamkorlik   kayfiyatiga   o`tiladi   va   guruh
yanada   jipslashadi.
Ob`ekti.   Qo`llanish   maqsadiga   ko`ra   bu   metod   universal   hisoblanib
tadqiqotchilikda   (yangi   muammoni   echishga   imkon   yaratadi),   o`qitish   jarayonida
(o`quv   materiallarini   tezkor   o`zlashtirishga   qaratiladi),   rivojlantirishda   (o`z-o`zini
bir muncha samarali boshqarish asosida faol fikrlashni  shakllanti  - radi) asqotadi.
Qo`llanish   usuli.   “Aqliy   xujum”   ishtirokchilari   oldiga   qo`yilgan   muammo
19 bo`yicha xar qanday muloxaza va takliflarni bildirishlari mumkin. Aytilgan fikrlar
yozib   borildi   va   ularning   mualliflari   o`z   fikrlarini   qay   -   tadan   xotirasida   tiklash
imkoniyatiga   ega   bo`ldi.   Metod   samarasi   fikrlar   xilma-xilligi   bilan   tavsiflandi   va
xujum davomida ular  tanqid qilin - maydi, qaytadan ifodalanmaydi. Aqliy xujum
tugagach,   muhimlik   jixatiga   ko`ra   eng   yaxshi   takliflar   generatsiyalanadi   va
muammoni   echish   uchun   zarurlari   tanlanadi.
«Aqliy   xujum»   metodi   o`qituvchi   tomonidan   qo`yilgan   maqsadga   qarab
amalga   oshiriladi:
1.   O`quvchilarning   boshlang`ich   bilimlarini   aniqlash   maqsad   qilib
qo`yilganda,   bu   metod   darsning   mavzuga   kirish   qismida   amalga   oshiriladi.
2.   Mavzuni   takrorlash   yoki   bir   mavzuni   keyingi   mavzu   bilan   bog`lash
maqsad   qilib   qo`yilganda   -   yangi   mavzuga   o`tish   qismida   amalga   oshiriladi.
3.   O`tilgan   mavzuni   mustahkamlash   maqsad   qilib   qo`yilganda   -   mavzudan
so`ng,   darsning   mustahkamlash   qismida   amalga   oshiriladi.
«Aqliy   xujum»   metodining   afzallik   tomonlari:
•   natijalar   baholanmasligi   o`quvchilarni   turli   fikr-g`oyalarning
shakllanishiga   olib   keladi;
•   o`quvchilarning   barchasi   ishtirok   etadi;
•   fikr-g`oyalar   vizuallashtirilib   boriladi;
•   o`quvchilarning   boshlang`ich   bilimlarini   tekshirib   ko`rish   imkoniyati
mavjud;
•   o`quvchilarda   mavzuga   qiziqish   uyg`otish   mumkin.
«Aqliy   xujum»   metodining   kamchilik   tomonlari:
•   o`qituvchi   tomonidan   savolni   to`g`ri   qo`ya   olmaslik;
•   o`qituvchidan   yuqori   darajada   eshitish   qobiliyatining   talab
etilishi.
Aqliy   xujum»   metodining   bosqichlari:
1.   O`quvchilarga   savol   tashlanadi   va   ularga   shu   savol   bo`yicha   o`z   javoblarini
(fikr,   mulohaza)   bildirishlarini   so`raladi;
20 2.   O`quvchilar   savol   bo`yicha   o`z   fikr-mulohazalarini   bildirishadi;
3.   O`quvchilarning   fikr-g`oyalari   (magnitafonga,   videotasmaga,   rangli
qog`ozlarga   yoki   doskaga)   to`planadi;
4.   Fikr-g`oyalar   ma`lum   belgilar   bo`yicha   guruhlanadi ;
5.   Yuqorida   qo`yilgan   savolga   aniq   va   to`g`ri   javob   tanlab   olinadi.
«Aqliy   xujum»   metodini   qo`llashdagi   asosiy   qoidalar:
a)   Bildirilgan   fikr-g`oyalar   muhokama   qilinmaydi   va   baholanmaydi.
b)   Bildirilgan   har   qanday   fikr-g`oyalar,   ular   hatto   to`g`ri   bo`lmasa   ham
inobatga   olinadi.
v)   Bildirilgan   fikr-g`oyalarni   to`ldirish   va   yanada   kengaytirish   mumkin.
II. BReYNShTORMING MeTODI. 
U   musobaqa,   munozara,   trening   va
shunga   o`xshash   interfaol   texnologiyalarni   qo`llash   asosida   o`quvchilarni
ko`tarinki   ruhda,   qizg`in,   jonli   va   qiziqarli   fikrlashga,   dars   jarayonida   faolikni
oshirishga da`vat etadigan metodlardan biridir. Ayni paytda o`quvchilarning aqliy
faoliyatini   rivojlantiradigan,   sinfdagi   barcha,   hatto   har   bir   o`quvchining   o`z
fikrini,qarashlarini, munosabatini ifodalay olish imokniyatini to`liq kafolatlaydigan
metoddir.   Psixologlarning   fikricha,   «breynshtorming»-   munozaralar   yuritishining
bir   shaklidir.
Uni   miya   orqali   xujum,   aqliy   hujum,   fikrlar   jangi,   fikrlan   jangi   maydoni,
fikrlar   kurashi,   fikrlar   kurashining   maydoni   deb   ta`riflash   maqsadga   muvofiqdir.
Bundan   tashqari   mazkur   usulni   qo`llash   jarayonida   sinf   o`quvchilarining   har
biri   hal   qilinayotgan,   o`rganilayotgan   savol   yoki   mavzu,   topshiriq   yoki   masala
yuzasidan o`z fikr-mulohazasini bildirish, bayon qilish imkoniyatidan foydalanish
omillarim   bilan   to`liq   ta`minlanadi.   O`qituvchi   bu   usulni   qo`llash   jarayonining
tashkilotchisi   sifatida   o`quvchilavr   faoliyatini   boshqarib   turadi,   xolos.   Aytilgan
fikr-mulohazaga   hech   qanday   o`zgartirish   kiritmaydi,   tuzatilmaydi   ham.   Ushbu
usulning mohiyati shundaki, boshqa usullarda, ya`ni munozara, fikr bayon etishlar,
bahslarda   qatnashuvchi-bahslashuvchilar,   asosan,   chegaralangan   bir   mavzuga,
21 savolga   asoslanib,   ko`proq   uning   doirasida   turlicha   fikrlar   bayon   etishga   harakat
qiladilar   yoki   fikr   bildirish   ma`lum   darajada   chegaralangan   bo`ladi.
Breynshtorming   usulini   qo`llashda   esa   o`quvchilar   fikrlashda,   bahsmunozarada,
ijodkorlikda   maksimal   darajada   erkin   bo`ladilar,   ular   uchun   kerakli,
qulay   sharoit,   vaziyat,   ya`ni-erkin   fikrlar   yuritish щ ga   cheksiz   imkoniyatlar
yaratiladi.   Anglashiladiki,   bahs-munozara   ishtirokchilari   o`quvchilarga   ma`lum
mavzu   yoki   savol   bo`yicha   erkin   aqliy   hujum   asosida   miyalariga   kelgan   fikrni
hech   ikkilanmasdan,   yashirmasdan,   tortinmasdan   navbatma-navbat   aytish
imkoniyati   beriladi,   tartib   bilan   fikrlar   bildiriladi,   natijada   mavzu   yoki   savollar
buyicha   fikrlar   banki ,   taxlami   to`planadi.   Ilg`or   fikr   va   maqsadga   muvofiq
g`oyalarni,   yangi   va   to`g`ri   fikrlarni   tanlash   uchun   tanqidchi   va   lider   o`quvchilar
oldindan   tayinlab   qo`yiladi   va   ularning   vazifalari   chegaralanib,   belgilab   beriladi.
Breynshtorming   usul   mavzu   va   savollar   keng   kamrovli,   serqirra   mazmunli,
notanishroq,   murakkabroq   hamda   noaniqroq   bo`lganda   qo`llanadi.   Chunki   bunda
erkin   hissiyotlar   asosidagi   fikrlashga   katta   imkoniyatlar   mavjuddir.   Usul
qo`llanganda   fikrlar   bo`roni   asosida   to`plangan   natijalar   javoblar   bankidan,
taxlamidan,   oxir-oqibat   singfning   o`zi,   liderlar   va   tanqidchilar   o`qituvchi
yordamida   savollarga   berilgan   son-sanoqsiz   javoblardan   fikrlarning   keraklisini,
mag`zini, g`oyasini va to`g`risini ajratib oladi. Breynshtorming usulining yana bir
xarakterli xususiyati shundan iboratki, mavzu bo`yicha yoki berilgan savolga javob
bermagan, o`z munosabatini bildirmagan, fikr-mulohazasini ifodalay olmagan, bir
og`iz,   hech   bo`lmaganda   bita-yarimda   so`z   bilan   «ha»   yoki   «yo`q»   degan   so`zni
og`izga   olmagan   o`quvchi   qolmasligi   lozim.   Binobarin,   munozarada   ishtirok
etmagan   o`quvchi   bo`lmasligini,   so`zlash,   fikr   bildirish   imkoniyatidan   to`liq
foydalanishni,   barcha   ishtirokchining   bahs-munozaraga   yuz   foiz   qatnashishishi
mazkur   usul   taqozo   qiladi.
Lekin   yuqorida   ta`kidlanganidek,   bu   usulni   hamma   mavzuga,   savolga   ham
qo`llab   bo`lmaydi.   Asosan   o`ziga   xos   g`oyasi,   o`ziga   xos   echimi   bo`lgan   mavzu,
savollargi o`rganishda, tahlil qilishda  breynshtorming usuli  tavsiya etiladi. Usulni
22 muvaffaqiyatli va samarali tashkil eti shva qo`llashdav bir talay nazariy va amaliy
afzalliklrni   qo`lga   kiritish   ehtimoli   mavjud.   Chunki   bunda   o`quvchilarning   erkin
fikrlash   yordamida   jumlalarni   juda   qisqa,   soda,   lo`nda   tuzishlarida   shart-sharoit
yaratiladi.   Keltirilgan   fikrlar   yuz   foiz   isbotlanishi ,   asoslanishi   shart   emas.
Bildirilgan har qanday katta-kichik fikr-mulohaza e`tiborsiz qolmasligi, tanqiddan
xoli   bo`lishi,   rag`batlantiririlishi   usulning   mohiyatini   belgilab   beradi.
O`quvchilarning   izchil,   mantiqiy   fikrlashlari   shart   emas,   ya`ni   o`quvchi   :
«Noto`g`ri fikr bildirsam, nima bo`lar ekan?», «Uyalanib qolmaymanmi?», «Xato
gapirsam,   o`rtoqlarim   ustimda   kulishmasmikan?»   degan   andishadan   ,
ikkilanishdan xoli bo`lishi lozim. Bunda fantastik (xayoliy) fikrlarga xam ma`lum
darajada   o`rin   berilishi   maqsadga   muvofiqdir.   Shuningdek,   bahs-munozarada
ishtirok   etgan   har   bir   o`quvchi   manetiqiy   fikrlar   bildirishga   qaraganda   xayolan,
hatto   tasodifiy   fikr-mulohaza   yuritish   muximroq   hisoblanishi   natijaliroq   bo`lishi
mumkin.   Chunki   bunday   fikrlar,   o`quvchining   miyasiga   nima   kelsa,   shuni
qo`rqmay,   baralla   aytaverishi   ba`zan   qo`l   kelishi,   kichik   kashfiyotlar   sodir   etishi
ham   mumkinki,   bu   vaziyatda   har   bir   ishtirokchining   mavzu   yoki   savolga
qandaydir   javobi   bo`lishi,   har   qanday   masala   yuzasidan   o`z   ovoziga   ega   bo`lishi
talab   etilibgina   qolmay,   fikrlashga   rag`bat,   shart-sharoit   yaratilish   zarurati   paydo
bo`ladi.
Mantiqiy,   tasodifiy,   xayoliy   fikr   xam,   mulohaza   ham   eshitilishi,   tingloanishi,
qayd   qilinishi   kerak.   Mazkur   usulning   o`ziga   xos   xarakterli   xususiyati   ha
mshundadir.   Hatto   juda   qisqa   so`z   bo`lsa-da,   o`sha   fikr   hisobga   olishini   shartdir.
Fikrning   hajmi,   saviyasi,   g`oyasidan   qat`i   nazar,   o`qpituvchi   uni   «arhmad»,
«ofarin», «tasanno», «barakalla», «qoyil», «yashang» kabi   xitob va olqishlar bilan
Karshi   olishi   lozim.   Demak,   breynshtorming   usuli   bahs-munozarachilar,
tinglovchilar,   o`quvchilarning   o`ziga   xos   erkin   fikrlash   ko`nikmalarini
rivojlantiruvchi,   fikrlash   mas`ulliyatini   his   etishga   odatlantiruvchi   usuldir.
Shuningdek,   bu   usulni   qo`llash   asosida   ta`lim-tavrbiya   berishda   bahs-munozara
ishtirokchilari   h ө zirjavoblikka   (improvizatsiyaga),   fikrlashda   qatordan
23 qolmaslikka,   dadillikka,   tashabbuskorlikka   harakat   qiladilarki,   natijada
bahsmunozara ishtirokchilarining fikrlash qobiliyatigina emas, balki og`zaki nutqi
ham
ma`lum   darajada   rivojlanadi.   Bundan   tashqari   bu   metod   o`ta   tortinchoq
o`quvchilarni   ham,   hatto   past   o`zlashtiruvchi   o`quvchilarni   ham   suhbatga,
fikrlashga   tortadi,   bahs-munoazaraga   jalb   eta   oladi.   Afzalligi:   ushbu   metod
«uyquda yotganlar» ni  ham, «mudrab o`tirganlar» ni  ham, darsga  loqayd bo`lgan
o`quvchilarni   xam   sergaklantirib,   hushyorlikka,   fikrovchilar   qatoriga   kirishiga
chorlab   turadi.
Breynshtorming   usulidan   fanlararo   bog`lanishda,f   ikrlarni   bir-biriga
bog`lashda   maqsadga   muvofiq   ravishda   foydalanishdir.   Shuni   alohida   ta`kidlash
lozimki, mazkur  metodning umumiy o`rta ta`limning barcha fanlari  bo`yicha olib
boriladigan   darslarda   keng   qo`llanish   imkoniyatlari   mavjud   bo`lib,   natijalari   ham
salmoqlidir.
Xulosa
Insonning   bilish   jarayonlarida   xayol   yoki   fantaziya   katta   ahamiyatga   ega.
Xayol  sezgi,  idrok, tafakkur  jarayonlari  bilan uzviy bog’liq bo’lib, borliqni  yangi
24 bo’yoqlarda,   o’z   xohishi,   istagi,   tasavvuri   shaqlida   aks   ettirishidir.   Ko’rgan,
eshitgan, qisqasi o’z tajribasidan o’tkazgan narsa hodisalarni ko’z oldiga keltirish -
qayta tiklovchi, o’z  istagi  xohishi  asosida  yangi  obrazlar  yaratib tasavvur  qilish  -
ijodiy   xayol   shaqlida   bo’ladi.   Ijodiy   xayol   -   fantaziya   deb   ham   aytiladi.   (Shoir,
yozuvchi, ixtirochi - konstruktor uchun zarur sifatlar).
Ijodiy   xayol   ijodkor-ixtirochi   uchun,   yozuvchi   yoki   rassom   uchun   juda
zarurdir. Ijodkor o’z boshidan kechirgani, bilgani doirasidan vaqt va fazo jihatidan
ilgarilab ketadi. 
Xayoliy   yoki   yangi   obraz   yaratishning   bir   necha   usullari   bor:   1)   agglyu-
tinasiya  - yelimlash, bir necha obrazdan yangi obraz yaratish - masalan - suv parisi,
kentavr,   uchar   ot   -     pegas     va   hokazo   fantastik   obrazlarni   yaratish.   2)
giperbolizasiya  - bo’rttirish yoki kichraytirish (Gulliver sarguzashtlarini eslang), 3)
q ayd   etish -narsa   va   hodisalarning   eng   muhim   belgilariga   diqqatni   jalb   qilish.
(O’rtoqlik hazili, sharj). Bulardan tashqari  tipiklashtirish , orzu xayol (uchar gilam -
samolyot), qayd etish, tipiklashtirish shaqlida ham bo’ladi.
Bolalar o’yini ham, konstruktor tasavvuri ham ijodiy xayol, lekin mazmuni va
operasiyalari bir-biridan farq qiladi. 
Inson bilish jarayonlari xotira jarayonida mustahkamlanadi. 
Xotira esga olish, saqlash va qayta tiklash jarayonidir.
Individning o’z tajribasini esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni
yana   esga     tushirishi   xotira   deb   ataladi.   Xotirasi   past   odam   hayotining   barcha
sohalarida   juda     qiynaladi.   Ko’rgan-bilganlarini,   o’rganib   olgan   ishlarini   davom
ettira   olmay   har   safar   yangidan   boshlashga   majbur   bo’ladi.   Esga   olish,   esda
saqlash va esga tushirish va unitish xotira jarayonlari deyiladi. Xotira jarayonlarini,
mexanizmlarini   tadqiq   qilinishi   hozirgi   “aqlli   mashinalar”-komp’yuterlarni   ixtiro
qilish, ularni takomillashtirish uchun ham juda muhimdir.
25 Foydalanilgan a dabiyotlar
26 1. Karimov I.A.Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch.  T.: O’zbekiston, 2008.
2. Adizova   Sh.   Usmanova   A.   «Psixologicheskiye   trudnosti   v   obuchenii
mladshix shkolnikov» 2011 y. Toshkent.
3. Barotov Sh.Tarbiyasi qiyin bolalar psixologiyasi.Toshkent.2013y
4. Blayxer.V.M.Klinicheskaya…patopsixologiya,T.,Med.,2011g.326.b
5. BleyxerV.M.,BurlachukL.F.,Psixologicheskaya   dignostika   intellekta   i
lichnosti, - K, V ґ shaya shk.,2008,142.b.
6. Burlachuk L.F.,   Psixologiya lichnosti ,-K Zdorovya,2006,
7. Bromley Yu.V. Etnos i etnografiya. M.2010 g.
8. Dashdamirov A.F. Nasiya i lichnost. Baku, 2003g.
9. www.pedagog.uz.
10. www.psixology.ru.
11. www.famili.info
12. www.igisp.ru
13. www.clever-psycenter.ru   
27

Tadqiqot metodlariga qo`yiladigan talablar MUNDARIJA KIRISH……………………………………………...…................................ 3 I BOB. Tadqiqot metodlari……………………………….......................... 5 1.1 Ilmiy tadqiqot metodlaring tavsifi………………………………………. 5 1.2 Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari haqida tushuncha …....... 11 II BOB. Ilmiy tadqiqot metodlariga qo’yiladigan talablar. ………….. 14 2.1 Maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi ..................................................... 14 2.2 Eksperiment metod ……………………………………………………... . 16 XULOSA............................................................................................. ............. 2 4 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI…………… ………. 2 5 1

KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Har bir predmet uning metodlari bilan chambarchas bog‘langan. Fan metodlari uning metodologiyasiga mohiyati va prinsiplariga bog‘liq bo‘ladi. Pedagogikaning bunday mustahkam va ishonchli falsafiy asosi dialektik metoddir. Pedagogikaning hodisalarini o‘rganish va ularning qonuniyatlarini aniqlash masalasida bir-biriga qarama-qarshi ikkita yo‘nalish metofizik va dialektik yo‘nalish mavjuddir. Metofiziklar pedagogikaning hodisalari va faktlarini o‘zgarmas, vaqt, joy va konkret sharoitlardan tashqari boshqa ijtimoiy hodisalar bilan aloqasi bo‘lmagan hodisa sifatida olib qaraydilar. Dialektik metod esa metofizika talqiniga qarama-qarshi o‘laroq, o‘qitish, bilim berish , tarbiyalash jarayonlarini va ularning mohiyatlarini quyidagicha o‘rganishni talab etadi: 1. Ularning umumiy aloqasi bir-birini taqoza etishi va o‘zaro ta‘sir jarayonida bolalarni tarbiyalash, o‘qitishning turmush, siyosat, ideologiya, madaniyat , fan, ahloq, san‘at, ta‘lim- tarbiya muassasasi tarmoqlarining va ijtimoiy, maktab va oilaviy tarbiyalarini o‘zaro bog‘liqligi va boshqa. 2. Ularning to‘xtovsiz harakati, o‘zgarishi va taraqqiy etishi jarayonida ijtimoiy va ilmiy vazifalarining tug‘ilishi natijasida kelib chiqadigan o‘qitish va tarbiyalash vazifalari , forma va metodlarining o‘zgarishi; tarbiyalash qisqa muddatli va tez olib boriladigan ish emas, balki qiyin va murakkab jarayondir, bolalarni andoza , universal sxema asosida o‘qitish va tarbiyalash mumkin emas. 2

3. Bolalarning o‘sishida miqdor va sifat o‘zgarishlari jarayonida har bir maktab yoshining o‘ziga xosligi, tarbiya va ta‘lim bola shaxsining sifat jihatidan o‘sish va tarkib topishi ekanligi, ong va ahloqning, so‘z va ishning birligi va boshqa mezonlar. 4. Qarama-qarshi tomonlarni , an‘analarni, qarashlarni va fikrlarni aniqlash va ochish jarayonida tarbiya va ta‘limda turmush dialektikasida, yangi va eski o‘rtasidagi kurash, shaxs va jamoa o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar va hokazo. 5. Pedagogikaning qonuniyatlarini obyektiv o‘rganishda dialektika kategoriyalari hodisa va mohiyat, sabab va natija , zaruriyat va tasodif, mazmun va shakl, tarixiy va mantiqiy , umumiy va shaxsiy, asosiy va xususiy, aniq va abstrakt kabi kategoriyalar muhim ahamiyatga egadir. Dialektikaning yuqorida ko‘rsatilgan prinsiplari asosidagi pedagogika hodisalari , faktlari va jarayonlarini ilmiy tekshirish, ularning taraqqiy etish qonuniyatlarini bilish mumkin. Binobarin, pedagogik tadqiqot metodlariga obyektivlik o‘qituvchilik pedagogik faoliyatini oshirishga qaratilgan tadqiqot vazifalarining aniqligi, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini , bolalar psixologiyasi qonuniyatlarini hisobga olish kabi talablar qo‘yiladi. Lekin, bolalarni o‘qitish va tarbiyalash amaliyotining o‘zi hamma vaqt pedagogik tadqiqotlarning manbai hisoblanadi. Faqat maktab tajribalarigina har bir ilmiy nazariyaning haqqoniyligi hisbolanadi. Tadqiqot metodlarining tanlash fanning o‘zi uchun muhim ahamiyatga egadir, uning metodlari qanchalik mukammal bo‘lsa, shu fan oldida turgan aktual vazifalar shunchalik muvaffaqiyatli hal etiladi. Hozirgi pedagogik tadqiqotlarning metodlar tizimini to‘la hal etilgan deb bo‘lmaydi. Kurs ishining obyekti Jamiyatda turli xil qatlam va shaxslarning ijobiy fikr yuritish prinsplari hamda ijtimoiy boshqaruv va ijtimoiy kelib chiqishning 3

psixologik tamoyillari hamda idrokning shaxslararo munosabatlarda individual tomonlari Kurs ishining predmeti Yoshlik davridan to yetuklik davriga qadar jamiyatda psixologik muhitning ijtimoiy munosabatlarda idrokning individual xususiyat fakturasini ilgari surish hamda shaxsning kognitiv rivojlanish progressini yanada rivojlantirish Kurs ishining yangiligi Jamiyatdagi shaxslarning kognitiv rivojlanish asoslarini ijobiy usullar bilan olib borilishi kognitiv jarayonlarning jamiyat taraqqqiyotidagi o’zaro ta’siri hamda jamiyat oldidagi chigalliklarning turli xil jabhalaridagi cheklovlar, ziyoli qatlamning munosabat tizimidagi o’rni belgilanib o’tilishi. I BOB. Tadqiqot metodlari 1.1 Ilmiy tadqiqot metodlaring tavsifi “ Pedagogika tajribasini o ‘ rganishda quyidagi metodlar : kuzatish , eksperiment , suhbat , o ‘ quvchilar ijodini o ‘ rganish , tarbiya muassasalarini hujjatlarini o ‘ rganish turli xilda qo ‘ shib olib borilishi mumkin ”. 1. Ilmiy - pedagogik tadqiqotning asosiy metodlari kuzatish , suhbat , tekshirish , eksperiment metodlari singari faoliyat natijalarini o ‘ rganishdan iborat . 2. Hozirgi vaqtda quyidagi metodlar asosida ishlaydi. Bular: pedagogik kuzatish, so‘rash, o‘quvchilar faoliyati natijalari va o‘quv -tarbiya muassasalari hujjatlarini o‘rganish, pedagogik eksperiment, modellashtirish , ilg‘or tajribalarni o‘rganish va yoyish, sotsiologik, matematika va statistika materiallarini ishlash kibernetika , anketa, intervyu olish va tasvirga olish singari metodlardan foydalaniladi. Pedagogik kuzatish murakkab va maxsus xususiyatga egadir. Bunda kuzatilayotgan pedagogik hodisaning mohiyatini ko‘ra bilish, o‘qituvchi va o‘quvchi harakatlarining o‘zaro aloqasi dialektikasini, ulardan har birining individualligini aniqlay olish lozim. Har pedagog kuzatuvchan bo‘lishi ayrim hodisa va dalillarning tavsilotlarini payqay olish , ularni tahlil qila bilish 4

qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. Kuzatishlar biror maqsadga qaratilgan holda amaliy va sistemali yo‘lga qo’yilgan bo‘lsa, eng kerakli dalillarni, mazkur kuzatishdan o‘z vaqtida chiqarilgan pedagogik-psixologik xulosalarni hisobga olgan holda tashkil qilinsa, samarali bo‘ladi. Kuzatish ta‘lim-tarbiya jarayonini yaxshilash va takomillashtirish maqsadida olib borilishi mumkin. Masalan, o‘qitish jarayonida bolalarning qanday o‘sayotganligi, darslar jarayonlarida bilim berish va tarbiyalash vazifalari birligi qanday amalga oshirilayotganligi ; fan asoslarini o‘rganishda o‘quvchilarnig tafakkuri qanday faollashayotganligini va boshqalar aniqlanadi. Ilmiy kuzatishda ba‘zan tadqiqotchi chidamsiz, shoshqaloq va sistemali ish ko‘rmasligi singari holatlarga yo‘l qo’yilsa uning samaradorligi pasayadi. Suhbat metodi. Ilmiy maqsadda olib boriladigan suhbatning aniq maqsadi, vazifasi , shakli va ularni o‘tkazish metodikasi mavjud. Suhbatlar individual, guruhli va jamoa turlari bor. Tadqiqotchi suhbat olib borishni va uni kerakli maqsadli tomonga yo‘naltira olishi g‘oyat muhimdir. Suhbat olib boruvchi quyidagi pedagogik qoidalarga rioya qilishi shart: a) suhbat savollarini oldindan belgilash; b) vaqti va joyini belgilash ; v) suhbat ishtirokchilarini belgilash (soni, miqdori); g) qulay sharoit yaratib ochiq suhbatlashish; d) suhbatdoshga o‘z fikrini aytishga imkon berish; 5