TEXNOLOGIYA FANI O'QUVCHILARGA QO'YILADIGAN TALABLAR
TEXNOLOGIYA FANI O'QUVCHILARGA QO'YILADIGAN TALABLAR Reja: Kirish I bob. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING RIVOJI. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING ILMIY ASOSLARI. 1.1. Pedagogik texnologiya fan sifatida, uning asosiy kategoriyalari, metodologik asoslari va o`ziga xos jixatlari 1.2. “Texnologiya” va “pedagogik texnologiya” tushunchalari, uning paydo bo`lishi, tarixiy rivojlanish davrlari va pedagogik olimlarning “pedagogik texnologiya” tushunchasiga ta`riflari 1.3. Pedagogik texnologiyaning darajalari, tuzilishi va nazariy asoslari II bob. TA`LIM JARAYONIDA TA`LIM OLUVCHI SHAXSI. PEDAGOGIK TIZIM PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING ASOSI. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR TASNIFI 2.1.O`quvchi shaxsi ta`lim jarayoning obyekti va subyekti sifatida 2.2.Pedagogik jarayon tizim sifatida, pedagogik texnologiyaning asosiy belgilariva tasnifi 2.3.Pedagogik texnologiya turlari III bob.MAQSADNI BELGILASH TA`LIMNI TEXNOLOGIYALSHTIRISHNING ASOSIY ELEMENTI.O`QITISHNI TEXNOLOGIYALASHTIRISHDA METOD VA VOSITALAR 3.1.Ta`lim oluvchilar tomonidan bilim, ko`nikma va malakalarni o`zlashtirish darajalari, ularga erishishning maqsad va natijalarini shakllantiriash va talabalarning o`quv yutuqlarini nazorat qilish. 3.2.Ta`limni tashkil etish shakllariining mohiyati, mazmuni, guruxlarni shakllantirish tamoyillari, ta`lim texnologiyasida o`qitish metodlarining o`rni, ahamiyati, tasniflanishi va ularni tanlash omillari XULOSA FOYDALNILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI 1
Kirish Pedagogik texnologiyadan tayyorlangan mazkur o`quv qo`llanma o`zida shu moduldan ma`ruzalar matni, amaliy mashg`ulotlar ishlanmasini mujassamlashtirgan bo`lib, oily ta`lim talabalari, o`qituvchilari uchun mo`ljallangan. O`quv qo`llanmada pedagogik texnologiya fanining maqsadi va vazifalari, ilmiy-tadqiqot metodlari, dolzarb muammolari, ta`lim-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiya metodlaridan foydalanish istiqbollari va muammolari, pedagogik texnologiyaning darajalari, tuzilishi va nazariy asoslari, o`quvchi shaxsi ta`lim jarayoning obyekti va subyekti sifatida, pedagogik jarayon tizim sifatida, pedagogik texnologiyaning asosiy belgilari va tasnifi, pedagogik texnologiya turlari, ta`lim oluvchilar tomonidan bilim, ko`nikma va malakalarni o`zlashtirish darajalari, ularga erishishning maqsad va natijalarini shakllantiriash va talabalarning o`quv yutuqlarini nazorat qilish, ta`limni tashkil etish shakllariining mohiyati, mazmuni, guruxlarni shakllantirish tamoyillari, ta`lim texnologiyasida o`qitish metodlarining o`rni, ahamiyati, tasniflanishi va ularni tanlash omillari, “keys-stadi” tushunchasining mohiyati, kelib chiqish tarixi, tipologiyalari va “keys-stadi” texnologiyasini tuzilishi, “hamkorlik pedagogikasi” texnologiyasi, uning mazmuni va o`ziga xosliklari, loyixa” tushunchasining mazmuni, mohiyati, loyixaviy ta`limning o`ziga xosliklari, o`quv loyixasi tushunchasi va “loyixa” texnologiyasini ishlab chiqish qoidasi, tabaqalashtirilgan va individual ta`lim texnologiyasi, axborot texnologiyalari va ta`limning jamoaviy hamda guruxiy texnologiyasi, insonparvarlik pedagogikasi, tarbiya san`ati va tenologiyasi, yaxlit yondashuv va tarbiyaviy ish kabilar yoritilgan. O`quv qo`llanmadan umumiy o`rta ta`lim muassasalari, oily va o`rta maxsus ta`lim muassasalari pedagog xodimlari, tadqiqotchi-izlanuvchilar ham foydalanishi tavsiya etiladi. 2
I bob. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING RIVOJI. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING ILMIY ASOSLARI. 1.1.Pedagogik texnologiya pedagogikaning mustaqil soxasi sifatida Pedagogik texnologiya pedagogikaning mustaqil soxasi sifatida XIX-asrning 2yarmida rivojlandi va fanga kirib keldi. Pedagogika fani differensiyalash jarayonida pedagogika fani tarkibidan alohida yo’nalish, mustaqil fan bo’lib ajralib chiqdi. Pedagogik texnologiya fani hozirda pedagogikaning mustaqil soxasi sifatida OTM.larida o’qitilib kelinadi. Pedagogik texnologiya fanining asosiy maqsadi-yosh avlodda mazkur fan orqali BKM.larni shakllantirish, ta’lim-tarbiya jarayonini yuksak mahorat va san’at bilan bosqara olishdir. Pedagogik texnologiya ta’lim – tarbiya jarayonini yuksak mahorat san’at bilan boshqarishdir. Pedagogik texnologiya – texnologiyaga nisbatan tor tushuncha bo’lib-unda faqat ta’lim-tarbiyaning nazariy va amaliy asoslarini mahorat, san`at bilan o’rganish. Pedagogik texnologiyalar pedagogik jarayonning ijtimoiy maqsadga yo’naltirilgan usul, shakl va uyushmalar yigindisiga asoslangan loyihadir. Shuningdek, pedagogik texnologiyalar-pedagogik jarayonni yangicha qurish boshqarish tashkil etishning mexanizmidir. Pedagogik texnologiya fan sifatida, uning asosiy kategoriyalari, metodologik asoslari va o`ziga xos jixatlari Pedagogik texnologiya (PT) – shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida 3 – ming yillikda davlatimiz ta’lim sohasida tub burilishlar yuz beradi, Ta`lim beruvchifaoliyati yangilanadi, talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, vatanga mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg’ulari tizimli ravishda shakllantiriladi. «Texnologiya»ning fan sifatida vujudga kelishiga – XVII asrda, sanoat ishlab chiqarishini paydo bo`lishi metallurgiya, mashinasozlik, jumladan sanoat jihozlari, paroxod, parovoz, o`q otuvchi qurollarni ishlab chiqarish jadal rivojlana boshlanishi, sabab bo`ldi. Bunday murakkab va mehnattalab mashina va jihozlarni 3
ishlab chiqarishni, faqat texnologik jarayoni aniq ishlab chiqilgan texnologik hujjatlar asosida tashkil etish mumkin edi. Ushbu hujjatlarda – xom ashyo, materiallar, yarim fabrikat va mahsulotlarni olish, ishlov berish, qayta ishlash yo`llari va usullarining murakkab jarayonlarini o`zaro bog’liq, ketma-ket va aniq bajariladigan harakat, operatsiyalarga bo`lib, rejalashtirilgan natijaga erishish tasvir etiladi. Bu kengaytirilgan va ommaviy ishlab chiqarishga asos bo`ladi. Bizning davrda, texnologiya deb, ma’lum ishni bajarish san’ati tushuniladi. Uni egallash uchun u aks ettirilgan texnologik hujjatlarni chuqur o`rganish taqozo etiladi. «Texnologiya»ning fan sifatida shakllanishi, texnologiyani ko`paytirish va shu asosda mutaxassislarni ommaviy tayyorlash, hamda ommaviy ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatini keltirib chiqardi. «Texnologiya» va «Pedagogika»ning fan sifatida bir tarixiy davrda shakllanganligi, bu qonuniy hodisadir. PT – bu Ta`lim beruvchi(tarbiyachi)ning o’qitish (tarbiya) vositalari yordamida ta`lim oluvchi(talaba)larga muayyan sharoitda ta’sir ko’rsatishi va aks ta’sir mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarining jadal shakllanishini kafolatlaydigan jarayondir. Yuqorida keltirilgan ta’rifdan ko’rinib turibdiki, PT tushunchasini izohlashda texnologiya jarayoni asos qilib olindi. Aslini olganda ham bu tushunchaga berilgan ta’riflar soni pedagogik adabiyotlarda nihoyatda ko’pdir. Pedagogik nashrlarda «texnologiya» atamasining xilma-xil ko’rinishlarini uchratish mumkin: «o’qitish texnologiyasi», «o’quv jarayoni texnologiyasi», «ma’lumot texnologiyasi» va hokazo. O’qitish texnologiyasi PTga yaqin tushuncha bo’lsa-da, aynan o’xshash ma’noni anglatmaydi, chunki u ma’lum predmet, mavzu va savollar doirasidagi aniq o’quv materialini o’zlashtirish yo’lini muayyan texnologiya atrofida ifoda etadi. U ko’proq xususiy metodika bilan bir jinslidir. 4
PT esa ma’lumot texnologiyasini joriy etish taktikasini ifodalaydi va «Ta`lim beruvchi– moddiy muhit – ta`lim oluvchi (talaba)» funksional tizim qonuniyatlariga tegishli bilimlar asosida quriladi. Hozirgi kunda o’qituvchilar metodikani ko’p hollarda texnologiyadan ajrata olmayaptilar. Shu boisdan bu tushunchalarni aniqlashtirish kerak bo’ladi. Metodika o’quv jarayonini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar majmuasidan iborat. Metodikadan ko’zlangan aniq maqsad predmet mavzulariga oid nazariyalarni aniq hodisalar tekisligiga ko’chirishdir. Misol uchun, gaz qonunlari tushunchalarini shakllantirish metodikasi yoki energiyaning saqlanish qonunini fizika kursining elektr bo’limida qo’llash metodikasi va h.k. PT o’qitish jarayonining o’zaro bog’liq qismlarini tashkiliy jihatdan tartibga keltirish, bosqichlarini qurish, ularni joriy etish shartlarini aniqlash, mavjud imkoniyatlarni hi-sobga olgan holda belgilangan maqsadga erishishini ta’minlay-di. Yoxud PT o’qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta’limda yakuniy natijani kafolatlaydigan muolajalar yig’in-disidir. Texnologiya o’zining egiluvchanligi, natijalarning turg’unligi, samaradorligi, oldindan loyihalanish zarurati bilan metodikadan farqlanib turadi. SHu bilan birgalikda ma’lum vaqt davomida PT o’quv jarayonini texnik vositalar yordamida amalga oshirish, deb qarab kelinadi. Faqat 70- yillardan boshlab pedagogik adabiyotlarda bu tushunchaning mohiyati yangicha talqin etila boshlandi. YApon olimi T.Sakamoto tomonidan «o’qitish texnologiyasi - bu o’qitishning maqbulligini ta’minlovchi yo’l-yo’riqlar tizimi bilan bog’liq bilimlar sohasi» ekanligi e’tirof etiladi. Obyektiv borliqni o’rganishning tizimli yondashish metodi fanda keng ko’lamda qo’llanilgach, uning ta’siri ostida asta-sekinlik bilan PT mohiyatiga ham aniqlik kiritildi: rus olimasi N.F.Talizina texnologiyani «belgilangan o’quv maqsadiga erishishning oqilona usullarini aniqlashdan iborat»deb tushuntiradi. Shuningdek, olima zamonaviy o’qitish texnologiya-si haqida fikr yuritib, uni alohida fan sifatida qarash lozimligini o’qtiradi: «O’qitish texnologiyasi – bu o’quv 5