logo

Boqiy shahar majmuasi faoliyati

Yuklangan vaqt:

19.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

42.5908203125 KB
MAVZU :  Boqiy shahar majmuasi faoliyati
Reja :
Kirish………………...………………………………………………..….....4
I.bob.   “Boqiy   shahar”   majmuasining     bunyod   etilishi   hamda   uning
faoliyatiga tarixiy-madaniy jihatdan yondashuv………………………...……6
1.1   “Boqiy   shahar”   majmuasi   bunyod   etilishi   shart-sharoitlari
……………………………………………………………..………….....................6
1.2.   Majmuadagi  o’zbek xalqining  qadimiy madaniyatini   namoyish  etuvchi
inshootlar faoliyati ………………………………………………………………….8
II   bob.   “Boqiy   shahar”   majmuasi   faoliyatiga   zamonaviy     jihatdan
yondashuv   hamda   uning   kelajakdagi     taraqqiyot   istiqbollari
………………...11
2.1.   Majmuadagi   zamonaviy   inshootlar
faoliyati……………………….......11
2.2.   “Boqiy   shahar”ni   yanada   rivojlantirish   istiqbollari   va   strategik
maqsadlari…………………………………………………………………………14
Xulosa……………………………………...………………………………16
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………….……….17
2 Kirish
Kurs   ishining   dolzarbligi.     Ma’lumki,   Samarqandning   so’lim   qismida
bunyod   etilgan   “Silk   Road   Samarqand”   majmuasi   qisqa   fursat   ichida   nafaqat
Samarqand   shahri   hududida   balki   butun   O’zbekiston   bo’yicha   muhim   madaniy,
siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot markaziga aylanib ulgurdi. Respublikamiz turizm
sanoati   salohiyatining   asosini   tashkil   qiladigan   Samarqand   shahrining   ushbu
sohadagi   nufuzini   oshirishda   ushbu   turistik   markaz   nihoyatda   muhim   rol
o’ynamoqda.   Undagi   ham   zamonaviy   uslubda   ham   eskicha   tarixiy   uslubda
qurilgan   inshootlar   jumladan,   ko’plab   mehmonxonalar,   hunarmadchilik
ustaxonalari,   restoranlar   hamda   kongeresslar   saroyi   ham   siyosiy,   ham   ijtimoiy-
madaniy   hayotning   rivojida   muhim   rol   o’ynamoqda.   Shuningdek,   majmua
tarkibidagi sun’iy kanal ham ko’ngilochar ob’yekt ham suv sporti havzasi  sifatida
ko’zlangan maqsadlarga erishish imkoniyatini bermoqda. Kelajakda uning nufuzli
suv   sporti   bo’yicha   musobaqalarni   o’tkazishga   ixtisoslashadigan   havza   bo’lishi
taxmin   qilinmoqda.   Bu   esa   majmuaning   sport   turizmidan   oladigan   daromadlarini
sezilarli   ravishda   oshirishi   mumkinligidan   dalolatdir.   Ushbu   kurs   ishi   “Boqiy
shahar”ning   qurilish   sabablari,   maqsadlari   hamda   istiqbolli   rivojlanish
strategiyalarini ochib beradi. 
Kurs ishining maqsad va vazifalari.
Ushbu   kurs   ishining   maqsadi   sifatida   “Silk   Road   Samarqand”   turistik
markazi   faoliyatini   ochib   berish   hamda   uning   qaramog’i   doirasida   faoliyat
yuritayotgan   “Boqiy   shahar”   majmuasi   faoliyatini   o‘rganish,   ularning   mavjud
bo’lgan   turistik   imkoniyatlari   hamda   rejalashtirilgan   turistik   rejalarini     tadqiq
qilish,   majmua   faoliyatidagi   ayrim   kamchiliklarni   ochib   berish,   majmuaning   suv
sporti   turizmi   sohasidagi   rolini   yoritish,   majmua   joylashuvi   to’g’ri   tanlanganligi
masalasini   muhokama   qilsh   shu   bilan   birga   ushbu   hududning   savdo-iqtisodiy
sohadagi   roli,   milliy   madaniyatimizni   targ’ib   va   tashfiq   qilishdagi   ahamiyatini
o‘rganish ishlari bilan tanishtirishdan iborat. 
Kurs ishining obyekti va predmeti.
3 Ushbu ilmiy ish obyekti va predmeti sifatida “Silk Road Samarqand” turizm
markazi hamda  “Boqiy shahar” majmuasini  keltirishimiz mumkin.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi.
Ushbu   kurs   ishi   kirish   qismi,   ikki   bob,   xulosa,   foydalanilgan   adabiyotlar
ro‘yxati kabi tarkibiy qismlarga ega.
4 I.bob. “Boqiy shahar” majmuasining  bunyod etilishi hamda uning
faoliyatiga tarixiy-madaniy jihatdan yondashuv
1.1 “Boqiy shahar” majmuasi bunyod etilishi shart-sharoitlari
  Samarqand   shahrida   2022-yil   27—28-oktabr   kunlari   Mustaqil   davlatlar
hamdo‘stligiga   a’zo   davlatlar   Parlamentlararo   Assambleyasining   kuzgi   sessiyasi
bo‘lib   o‘tdi.   Sessiya   doirasidagi   tadbirlarda   MDH   PA   tarkibidagi   mamlakatlar
parlamentlari   delegatsiyalari   rahbarlari   va   a’zolari,   xalqaro   tashkilot   vakillari,
olimlar   va   ekspertlar,   jami   500   dan   ortiq   kishi   ishtirok   etdi.   Tadbir   davomida
hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Parlamentlararo Assambleya
milliy parlamentlar tomonidan tayinlanadigan yoki saylanadigan a’zo davlatlarning
parlament delegatsiyalaridan tashkil topgan bo‘lib, davlatlararo organ hisoblanadi.
Armaniston,   Belarus,   Moldova,   Ozarbayjon,   Rossiya,   Tojikiston,   Ukraina,
Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekiston parlamentlari ushbu Assambleya a’zolari
hisoblanadi. Kengash yilda ikki marta yig‘iladi va yalpi majlislarni o‘tkazadi 1
.
Parlamentlararo   Assambleyaning   kun   tartibida   xavfsizlikning   yangi   xavf-
xatarlari   va   tahdidlari   alohida   o‘rin   egallamoqda.   Mazkur   masalada   Assambleya
tomonidan   qabul   qilinayotgan   qarorlar   va   xatti-harakatlar   xalqaro   xavfsizlikni
mustahkamlash   maqsadini   ko‘zlagan.   Tadbir   davomida   Tanzila   Norboyeva
MDHga   a’zo   davlatlarning   Parlamentlararo   Assambleyasi   o‘zining   30   yillik
faoliyati   davomida   hamdo‘stlik   davlatlari   o‘rtasida   hamkorlikni   kuchaytirishga
doir   dolzarb   masalalar   bo‘yicha   qo‘shma   muhokamalarni   o‘tkazish   va   qarorlar
qabul   qilishda   samarali   maydonga   aylangani,   MDH   hududida   demokratik
jarayonlar   va   parlamentarizmni,   fuqarolik   jamiyati   institutlarini   rivojlantirishga
munosib hissa qo‘shayotganini ta’kidladi.
Samarqanddan   uncha   uzoq   bo‘lmagan   joyda   joylashgan   “Boqiy   shahar”
tarixiy-etnografik   bog‘i   Samarqandda   2022-yil   sentabrida   ShHT   sammitini
o‘tkazishga   tayyorgarlik   ko‘rayotganda   qurilgan   ob’yektlardan   biridir.   Bu   asosan
iqtisodiy     masalalarga   bag’ishlangan   sammit   bo'ldi.   Sammit   munosabati   bilan
1
 “Boqiy shahar”da yig‘ilgan 9 mamlakat: MDHga a’zo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasining kuzgi sessiyasi
qanday   o‘tdi?   https    ://    daryo    .   uz    /2022/10/31/    boqiy    -   shaharda    -   yigilgan    -9-    mamlakat    -   mdhga    -   azo    -   davlatlar    -  
parlamentlararo    -   assambleyasining    -   kuzgi    -   sessiyasi    -   qanday    -   otdi    ? 
5 paydo   bo’lgan     asosiy   yangiliklar   -   bu   chiroyli   zamonaviy   aeroport,   shuningdek,
yaxshi mehmonxonalarni o'z ichiga olgan "Ipak yo'li Samarqand" majmuasidir. Bu
binolar   mehmonlar   O'zbekiston   tarixi   va   madaniyati   bilan   tanishtirish   uchun
mo'ljallab bunyod  etildi. Park orolda  joylashganligi  bois  uning  istalgan  nuqtasiga
suv orqali borish mumkin. Bu uning tarovatiga   joziba qo'shadi  va uni   Kremliga
o'xshashlik jihati hisoblanadi.
MDH   davlatlarining   gumanitar   hamkorlik   bo yicha   davlatlararoʻ
jamg armasining   “Forum”   jurnalida   “Boqiy   shahar”   XXI   asrda”   maqolasi   chop	
ʻ
etildi.   “Uch   ming   yil   sayyora   uchun   soniyalar,   koinot   uchun   hatto   bir   lahza   ham
emas,   lekin   insoniyat   uchun   bu   deyarli   abadiyat.   Samarqand   abadiy   deb   atalgan
shaharlardan   biridir”,   -   deb   yozadi   maqola   muallifi   Anastasiya   Pavlenko..
Maqoladagi   “Turistik   xab”   sarlavhasi   ostida   “albatta,   turizm   qadimiy   shahar
iqtisodiyotining   muhim   tarmog‘iga   aylandi.   Shahar   O‘zbekistonning   eng   ko‘p
tashrif   buyuradigan   turistik   markazidir   va   turizmdan   olinadigan   daromad   shahar
iqtisodiyotining muhim qismini tashkil etadi” deb ta’kidladi muallif. MDH Davlat
rahbarlari   kengashining   2023-yil   13-oktabrdagi   qarori   bilan   Samarqand   shahri
2024-yilgi Hamdo stlikning madaniy poytaxti deb e lon qilingan.	
ʻ ʼ
ShHT sammitidan Samarqandga Xalqaro turizm markazi va “Boqiy shahar”
esdalik   bo`lib   qoldi.   Sammitga   tashrif   buyurgan   davlat   liderlari   G`arbga   qarata
aytmoqchi   bo`lgan   fikrlarini   ham   gapirib   o`tdi.   Ulardan   butun   dunyo   nashrlari
iqtibos   keltirdi.   Sammit   vaqtida   qurolli   to`qnashuv   vaziyatida   bo`lgan   Tojikiston
va   Qirg`iziston   rahbarlari   ham   o`zaro   suhbat   qurdi.   Turkiya   prezidenti   esa   Eron,
Rossiya, Hindiston rahbarlari bilan yopiq muloqotlar o`tkazdi.
6 1.2 Majmuadagi o’zbek xalqining qadimiy madaniyatini namoyish
etuvchi inshootlar faoliyati
“Samarkand   Touristic   Centre”   MChJ   buyurtmasi   asosida   bunyod   etilgan
ushbu majmuaning qabul qilish quvvati  1 000 kishi hisoblanadi. Hunarmandchilik
ustaxonalari   umumiy   soni   14   ta   bo’lib,   ulardagi   rastalar   soni     36   ta.   Shundan:-
kulolchilik ustaxonasi — 3 ta; temirchilik ustaxonasi — 2 ta;   Samarqand qog‘ozi
tayyorlash   ustaxonasi   —   1   ta;   ipak   gilamlari   to‘qish   sexi   —   3   ta;   zargarlik
ustaxonasi — 3 ta;  yog‘och o‘ymakorligi ustaxonasi — 2 ta. Bundan tashqari 2 ta
milliy   taomlar   restoranlari,   milliy   uslubdagi   choyxonalar,   shirinliklar   savdo
shoxobchalari,     milliy   kiyimlar   galereyasi,   kutubxona,   qo‘g‘irchoq   teatri   va
shaxmat maktabi ham  joylashgan.
Samarqand   turizm   markazining  7   gektar   maydonini   egallagan,   O‘zbekiston
zamini   va   xalqlarining   tarixi   va   an analari   bilan   tanishishlari   mumkin   bo lganʼ ʻ
qadimiy   shahar   qayta   tiklangan.Boqiy   shahar   majmuasining   markazda   1   ta
galereya va qadimiy sharqona bozor, 36 ta rastadan iborat  14 ta hunarmandchilik
ustaxonalari,   2   ta   milliy   taomlar   restorani   qurilgan.   Tor
ko chalarda	
ʻ   rassomlar ,   hunarmandlar   va   duradgorlarning   do konlari   joylashgan.	ʻ
Boqiy   shaharga   tashrif   buyuruvchilar   mamlakatning   turli   davrlari   va   mintaqalari
milliy   taomlarini   tatib   ko rishlari   mumkin.   Boqiy   shahar   mehmonlarga   o tgan	
ʻ ʻ
asrlar   merosining   xilma-xilligini   qadrlash,   Parfiya,   ellinistik   va   islom
madaniyatlari chorrahasida bo lish uchun imkoniyatni taqdim etadi.	
ʻ
Markaziy   ko chada   t	
ʻ abiiy   toshdan   yasalgan   yo l   bo ylab   sayr   qilib,	ʻ ʻ
mehmonlar   milliy   kutubxona   yoki   qo‘g‘irchoq   teatriga   tashrif
buyurishlari,   kashtachilik   san ati,	
ʼ   milliy   liboslar   va   tanga   zarb   qilish   san ati   bilan	ʼ
tanishishlari, shuningdek,   Samarqand noni   yoki somsasi  bilan mehmon bo lishlari	
ʻ
mumkin.    
Shaharning   g arbiy   chegarasidagi   Farg ona   ko chasida   –   Xitoy   va	
ʻ ʻ ʻ
Yevropa   oralig idagi   to quvchilik   –   gilam,   atlas   va   adras,   shuningdek   Rishton	
ʻ ʻ
kulolchiligi   va   o zbek   milliy   taomlari   –   palov   ,   non   va   holvalarni   ko rishingiz
ʻ ʻ
mumkin.  
7 Boqiy shahar hududining katta qismi Buxoro va Xiva me morchiligi asosidaʼ
barpo   etilgan.   Bu   yerda   mehmonlar   zarbdan   yasalgan   buyumlar,   shuningdek,
Xonqa va G ijduvon kulolchilik buyumlarini ko rishlari mumkin. Xiva ko chasida	
ʻ ʻ ʻ
mehmonlar ustaxonalardan tashqari shaxmat va amaliy san at maktablariga tashrif	
ʼ
buyurish   imkoniyatiga   egalar.   Turli   uslub   va   yo nalishlarda   ijod   qilayotgan	
ʻ
ijodkorlar uchun alohida bino barpo qilingan.
  “Har   qanday   sayyohni   qadimiy   afsonalar   olamiga,   tarixiy   obidalar
dunyosiga   olib   kiradigan   tom   ma’nodagi   noyob   loyiha”   –   prezident   Samarqand
turizm   markazi   tarkibidagi   “Boqiy   shahar”   me’moriy   ansamblini   shunday
ta’rifladi 1
.   “Kelgusida   butun   Samarqandning   “tashrif   qog‘ozi”ga   aylanadi”   -
Shavkat   Mirziyoyev   “Boqiy   shahar”   ansambli   kelajagi   haqida   ushbu   fikrlarni
ta’kidlab o’tdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand tumanidagi “Buyuk ipak
yo‘li”   turizm   markazi   ochilishidagi   nutqida   markaz   hududida   qurilgan   “Boqiy
shahar”   me’moriy   ansamblini   alohida   e’tirof   etdi.   Qadimiy   uslubda   barpo   etilgan
14   ta   hududimizga   xos   40   ta   hunarman   dlik   ustaxonasining   har   biri   betakror
qiyofaga   ega.   Markazning   nomi   tasodifan   tanlanmagan:   zamonaviy   O‘zbekiston
hududidan miloddan avvalgi II asrdan Buyuk ipak yo‘li marshrutlari o‘tgan. Savdo
karvonlarining asosiy to‘xtash joylaridan biri bu ko‘hna Samarqand bo‘lgan.
Qo‘li   gul   ustalar   yog‘och   o‘ymakorligi,   kulolchilik,   ipak   qog‘oz   ishlab
chiqarish, zargarlik va gilam to‘qish jarayonlari orqali sayyohlarning ko‘z o‘ngida
mahorat   darslarini   olib   boradilar.   Xususan,   Rishton   kulolchiligi,   Buxoro
zardo‘zligi, Qoraqalpoq o‘tovi, Marg‘ilon atlasi kabi hunarmandchilik mahsulotlari
sayyohlar   uchun   amaliy   san’at   durdonalari   sifatida   taqdim   etiladi.   Majmuada
milliy   hunarmandchilik   ustaxonalari,   milliy   uslubdagi   choyxonalar,   Chorsu   sharq
bozori,   milliy   liboslar   galereyasi,   kutubxona   kabi   ob’ektlar   joy   olgan.   Shanxay
hamkorlik   tashkiloti   davlat   rahbarlarining   sammiti   aynan   shu   shaharchadan
boshlandi 2
. Bu  yerga  qadam  qo‘ygan  inson  nafaqat  qadimiy Samarqand  bag‘rida,
1
  „“ Kelgusida   butun   Samarqandning   “ tashrif   qog ‘ ozi ” ga   aylanadi ” -   Shavkat   Mirziyoyev   “ Boqiy   shahar ”   ansambli
haqida “  https    ://    kun    .   uz    /27530119?    q   =%2    Fuz    %2    F    27530119     
2
  Ko‘p   asrlik   tarix   jamlangan   “Boqiy   shahar”   https://uza.uz/oz/posts/kop-asrlik-tarix-jamlangan-boqiy-
shahar_406828  
8 balki   butun   O‘zbekiston   zaminida   yurgandek   bo‘ladi,   uning   bor   ulug‘vorligi   va
beqiyos jozibasini his etadi”.
“Hilton   Garden   Inn   Afrosiyob”   “Hilton   Garden   Inn   Sogd”   va   “Wellness
Park   Hotel   Bactria”   kabi   mehmonxonalar   ham   xorijlik   sayyohlar   ehtiyojlarini
qondirish   uchun   muhim   sharoitlar   yaratilgan   holda   faoliyati   yo’lga   qo’yilgan.
Ushbu mehmonxonalar bejizga bunday nomlanmagan. Ularning bunday atalishiga
sabab   sifatida   ular   arxitekturasida   tarixiy   uslub   ustuvor   ekanligini   ko’rsatishimiz
mumkin.   Ular   o’lkamiz   boy   o’tmishi,   sivilizatsiyasini   jahon   xalqlariga   namoyish
etish maqsadida maxsus ravishda bunyod etilgan.  
Bu bog' o'ziga xos O'zbekistonni keng xorijiy jamoatchilikka tarannum etish
maqsadida   tashkil   etilganligi   tufayli   uning   katta   qismi   xalq   hunarmandchiligiga
bag'ishlangan.   Kulolchilik,  to‘qimachilik  va  boshqa   esdalik   sovg‘alari  sotiladigan
do‘konlar   bor.     Bu   erdadagi   barcha   inshoot   ijodiy   qayta   ixtiro   qilingan.
Arxitektorlar   bu  yerda   aynan  nimani   va  qanday  qilib  qayta  o‘ylaganini   tushunish
uchun   o‘zbek   me’morchiligi   asoslarini   tushunish   va   asl   nusxalarni   yaxshi   bilish
lozim.   Ushbu   hudud   ba’zi   rus   tadqiqotchilari   tomonidan   Barselonadagi   Pueblo
Español  ispan qishlog'iga  o'xshatiladi.  Hatto uning yaratilish  tarixi  ham  o'xshash:
bu majmua 1929 yilda Barselonadagi Xalqaro ko'rgazma uchun qurilgan va u erda
Ispaniyaning barcha burchaklarining me'moriy uslublari ham qayta tiklangan 1
.
1
   „Что такое парк «Вечный Город» в Самарканде? Прикольное место для тех, кто не против «аттракционов
для туристов»“.  https://dzen.ru  
9 II bob. “Boqiy shahar” majmuasi faoliyatiga zamonaviy  jihatdan yondashuv
hamda uning kelajakdagi  taraqqiyot istiqbollari
2.1 Majmuadagi zamonaviy inshootlar faoliyati
“Silk Road Samarkand” sayyohlik markazi 8 ta yuqori toifali mehmonxona,
xalqaro   anjumanlar   markazi,   ko‘rgazma   markazi,   14   ta   villa,   shuningdek,   baliq
ovlash   uchun   sun’iy   ko‘l,   shinam   jamoat   joylari,   bog‘lar,   dam   olish   va   sport
maydonchalari,   noyob   restoranlar,   kafe,   barlar   va   ahamiyatli   madaniy   joylardan
iborat hisoblanadi. Shuningdek, undan xiyobonlar, savdo maydonchalari ham o’rin
olgan.   Yetakchi   xalqaro   arxitektor   va   muhandislar   tomonidan   ishlab   chiqilgan
ushbu   zamonaviy   loyiha   turli   tematik   yo‘nalishlarni   muvaffaqiyatli   birlashtirib,
butun   Markaziy   Osiyo   mintaqasi   uchun   yagona   bo‘lgan   me’moriy   ansamblni
tashkil   etadi.   Bundan   tashqari,   Bu   maskanda   280   ming   tup   manzarali   daraxt   va
butalar ekilgan, 170 gektar yashil hududlar yaratilgan.
 “Buyuk Samarkand” restoranida menyu bo yicha xizmat ko rsatuvchi milliyʻ ʻ
taomlardan   tanovvul   qilish   mumkin.   Menyuda   asosiy   e tibor   o zbek   oshxonasi	
ʼ ʻ
taomlari va an anaviy sharqona retseptlarga qaratilgan. Mahsulotlarning aksariyati	
ʼ
ta mi   va   pishirish   texnologiyasining   aslligini   saqlash   maqsadida   O zbekistondan	
ʼ ʻ
keltiriladi.   Restoran   milliy   o zbekcha   ziyofat   tadbirlarini   o tkazish   uchun   mos	
ʻ ʻ
keladi.   Uning   ish   vaqti     har   kuni   soat   11:00   dan   00:00   gacha   hisoblanadi.   Silk
Road   Samarkand   —   madaniy,   tibbiy   va   ishbilarmonlik   turizmi   ob yektlarini	
ʼ
birlashtirgan noyob ko‘p tarmoqli sayyohlik majmuasidir. U nafaqat Samarqandda,
balki butun Markaziy Osiyoda zamonaviy obidaga aylanish uchun yaratilgan.
Boqiy   shaharga   tashrif   buyuruvchilar   uchun   ko cha   musiqachilarining	
ʻ
ijrolari   va   turli   tomoshalar   tashkil   etilgan.   Xalqaro   amaliy   san at   festivali,	
ʼ
kulolchilik   simpoziumi,   jahon   xalqlarining   an anaviy   liboslari   festivali   va	
ʼ
rassomlarning   xalqaro   forumi   diqqatga   sazovor.   Qo g irchoq   teatrida   mehmonlar	
ʻ ʻ
papier-machedan   tayyorlangan   o zbek   milliy   qo g irchoqlari   spektaklini   tomosha	
ʻ ʻ ʻ
qilishlari mumkin. Ularning prototiplari milliy ertak qahramonlari bo ladi. Teatrda	
ʻ
yodgorlik   do koni   mavjud   bo lib,   u   yerda   O zbekistonga   sayohatingiz   xotirasiga	
ʻ ʻ ʻ
o zingiz yoqtirgan qo g irchoqni xarid qilishingiz mumkin.	
ʻ ʻ ʻ
10 Majmuaning umumiy maydoni 260 gektar hisoblanadi. 3000 dan ortiq kishi
mehmonxonalarda   bir   vaqtning   o'zida   joylashishi   mumkin.   Majmuada   taxminan
1200 xona zamonaviy dizayn va uskunalar bilan jihozlangan. Samarqand markazi
–   Registon   maydonidan   20   daqiqalik   masofada   joylashgan.   Boqiy   shahar   eshkak
eshish kanali   2,2 kilometr uzunligi bilan, Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi.
U 60 soniyada 360 daraja aylanadigan noyob Amfiteatrga ega etnografik parkdir.
Bundan   tashqari,   jahon   standartlari   asosida   jihozlanib,   foydalanishga   topshirilgan
bir   qator   to’rt   va   besh   yulduzli   mehmonxonalar   majmuadan   o’rin   olgan.   Ular
qatoriga besh yulduzli “Silk Road by Minyoun”, “Hilton Samarkand Regency” va
to’rt yulduzli “Savitsky Plaza” mehmonxonalarini qo’shishimiz mumkin.  
Majmuaga   transportda   borish   judayam   qulay:   u   Samarqandning   tarixiy
markazidan   avtomobil   bilan   20   daqiqa,   xalqaro   aeroportidan   15   daqiqa   va   temir
yo’l   vokzalidan   25   daqiqalik   yo’l   masofasida   joylashgan.   Silk   Road   Samarkand
loyihasi   doirasida   yo’l   kesishmasi   va   aylanma   ko’prik   qurilgan.   Siz   bu   yerga
shahsiy   mashinangizda   yoki   mehmonlar   qulayligi   uchun   yo’lga   qo’yilgan   bepul
transfer   orqali   kelishingiz   mumkin.   Majmuaga   tashrif   buyurgan   mehmonlar
betakror   Boqiy   shahar   bo’ylab   eshkak   eshish   kanali   vositasida   suv   sayohatini
amalga   oshirish   uchun   qayiqlarni   ijaraga   olishlari   mumkin.   Shuningdek,
majmuaning turli  hududlarida ham mahalliy-milliy ham  xorijiy xalqlar  taomlarini
ta’tib   ko’rish   imkoniyatini   beradigan   bir   qator   restoranlar   qad   rostlagan.   Ushbu
majmua   hududida   kichik   vino   kutubxonasi   ham   mavjud.   Shuningdek,   majmua
hududida   Duty   free   bor   ya’ni   siz   tanlab   to'lashingiz   va   xaridingizni   Samarqand
aeroportida olib ketishingiz mumkin. 
Samarqand davlat universiteti rektori va Faxriylar kengashi tashabbusi bilan
universitetning   bir   guruh   faxriy   professor-o‘qituvchi   va   xodimlari   uchun
Samarqand   “Xalqaro   turizm   markazi”ning   “Boqiy   shahar   majmuasi”ga   sayohat
tashkil qilindi. Faxriylar “Boqiy shahar” tarixiy majmuasida joylashgan rassomlik,
amaliy   san’at,   zardo‘zlik   yo‘nalishlarida   milliy   hunarmandchilik   ustaxonalari,
milliy   uslubdagi   choyxonalar,   shirinliklar   savdo   shoxobchalari,   Chorsu   sharq
11 bozori   va   milliy   kiyimlar   galereyalarida   bo‘ldilar 1
.   Shuni   ta’kidlash   lozimki,
xizmat   sifatiga   qarab   mehmonxonalar   to’lovi   farq   qiladi   hamda   mahalli   aholi
uchun   ularning   narxlari   birmuncha   qimmat   hisoblanadi.   Jumladan,   besh   yulduzli
hisoblangan   “Silk   Road   by   Minyoun”   mehmonxonasida   bir   kunlik   xizmat   haqqi
qariyb   1,5   mln   so’mni,   yana   bir   besh   yulduzli   “Hilton   Samarkand   Regency”
mehmonxonasida   birk   un   tunash   esa   2   mln   so’mni   tashkil   etadi.   To’rt   yuldizli
hisoblangan     “Savitsky   Plaza”   mehmonxonasi,   “Hilton   Garden   Inn   Afrosiyob”
“Hilton   Garden   Inn   Sogd”   va   “Wellness   Park   Hotel   Bactria”   kabi
mehmonxonalarda   esa   bir   kunli   tunash   900   mingdan   1   mln   so’mgacha   tushishi
mumkin.
1
 “Boqiy shahar majmuasi”ga sayohat,  https://www.samdu.uz/uz/news/37873  
12 2.2 “Boqiy shahar”ni yanada rivojlantirish istiqbollari va strategik
maqsadlari
"Silk   Road   Samarkand"   xalqaro   sayyohlik   markazi   ayni   damda   nafaqat
Samarqand, balki O‘zbekistonning eng asosiy turizm markazlaridan biriga aylanib
ulgurdi.   Shahar   ko‘chalari   doimo   hayot   bilan   to‘lib-toshgan   –   bu   yerda   matolar,
sharqona shirinliklar va an’anaviy taomlar savdosi avjida.   Qolaversa, musiqachilar,
oshiq   o‘yini   yoki   shaxmat   o‘ynayotgan   bolalar,   tarixiy   miniatyuralarni   chizuvchi
rassomlar, raqqosalar, shoirlar, olimlar, diniy ulamolar   vakillarini, hukmdorlar va
ularning   saroylarini,   boshqa   mamlakatlardan   kelgan   elchilarni,   xalq   dostonlari
qahramonlarini,   adabiy   qahramonlarni   uchratish   mumkin.   Bozor   maydonlarida
aktyorlar,   polvonlar,   arqonchilar,   sehrgarlar,   akrobatlar   ishtirokida   spektakllar
o‘tkaziladi.   “Boqiy   shahar”ning   asosiy   aholisi   o‘z   ustaxonalarida   mehnat   qilib,
shahar   mehmonlari   bilan   suhbatlashishdan,   choy   berib   mehmondo‘stlik
ko‘rsatishdan,   o‘z   hunarining   o‘ziga   xos   xususiyatlari   haqida   suhbatlashishdan
doimo xursand  bo‘ladigan  hunarmandlardir.   Hunarmandlarning  liboslari  oddiy  va
ish uchun qulay, lekin ularning ixtisosligi va mintaqaviy mansubligi aks ettirilgan.
Ular   o‘zbek   kulolchiligining   eng   boy   xazinasi,   quvg‘in,   ipak,   organik   yog‘   va
giyohlar, milliy liboslar,  so‘zana va gilamlarni namoyish etishadi.
  Xalqaro turizm markazi va Boqiy shahar uchun 580 mln. dollar sarflangan.
Xalqaro   turizm   markazida   8   ta   mehmonxona   qurib   bitkazilgan   bo`lib,   ularning
ikkitasi   5   yulduzli   hamda   markazdagi   mehmonxonalarda   16   ta   prezident   nomeri
ham   bor.   Rasmiylarning   aytishicha,   keyinchalik   ham   bu   markaz   xalqaro   sport
olimpiadalarini   o`tkazish   va   sayyohlar   uchun   qulay   manzil   bo`lib   qoladi.   ShHT
sammiti   bahonasida   Samarqandda   yangi   binolar   bilan   birga   daraxt   va   ko`chatlar
ham   ko`paygan.   Turizm   markazining   uchdan   ikki   qismini   bog`   hududi   egallagan
bo`lib,   u   erda   Germaniya,   Belgiya,   Italiya   va   Gollandiyadan   50   mingdan   ortiq
atirgul,   30   ming   tup   daraxt   va   yuz   minglab   butalar   ekilgan.   Shuningdek,   sammit
bahona Samarqand tozaroq va ko`kalamroq bo`lganini e`tirof etish mumkin.  
“Boqiy shaharda joylashgan bir qator restoranlar turli ko’ngilochar tadbirlar,
marosimlar   hamda   to’y   tantanalarini   o’tkazish   uchun   tobora   ixtisoslashib
13 bormoqda.   Shu   tufayli   ularning   tarmog’ini   kengaytirish   chora-tadbirlari
ko’rilmoqda. Shuningdek, majmua hududida fitobarlar, barlar, tez taom tayyorlash
oshxanalari,   kafelar,   basseynlarning   ham   salmog’ini   talabga   qarab   kengaytirish
maqsad qilingan. Restoranlar esa kunning qaysi qismida mehmonlar ovqatlanishga
qarab   ular   uchun   ratsional,   foydali   taomnomalarni   taklif   etishib,   o’z   taomlar
retseplarini boyitishmoqda. 
Bundan   tashqari   majmua   bo’ylab   hashamtli,   mehmonxonaga   o’xshash,   u
kabi   xizmatlarni   taklif   eta   oladigan   dalahovli   ko’rinishidagi   villalar   qurish   avj
olmoqda.   Ular   qatoriga   “Eco   Village   Superior”,   “Eco   Village   Premium”,     “Eco
Village Executive” va “Eco Village Grand” kabilarni keltirishimiz mumkin. 
14 XULOSA
Xulosa   qilib   aytganda,   xalq   tilida   “Samarqand   city”   nomi   bilan   mashhur
bo’lgan “Silk Road Samarqand” zamonaviy turistik markazi hamda uning tarkibida
faoliyat   yuritayotgan   “Boqiy   shahar”   majmuasi   Samarqand   shahrining   ham
zamonaviy   ham   an’anaviy   turistik   imkoniyatlarini   butun   dunyoga   ko’z-ko’z
qilmoqda. Uning vositasida butun dunyodan tashrif buyurgan turistlar ko’p millatli
O’zbekiston   xalqlarining   bir   necha   ming   yillik   urf-odatlari,   madaniyatlari   bilan
tanishmoqdalar. Eskicha uslubda, biroq zamonaviy ruhda bunyod etilgan turfa-xil
imoratlar   kishilarda,   shaharga   tashrif   buyutuvchi   mehmonlarda   ajoyib   tassurot,
qiziqish   uyg’otmoqda.   Shuningdek,   zamonaviy   dunyo   talablaridan   kelib   chiqib
bunyod   etilgan   yangicha   uslubdagi   jamoat   inshootlari   ham   jahon   standartlariga
mos tarzda faoliyat olib bormoqda. Ular qatoriga mehmonxonalar, ham zamonaviy
ham mahalliy taomlarni mehmonlarga taqdim etayotgan restoranlarni qo’shishimiz
mumkin.   Ayniqsa,   o’tmish   tariximizni   yodga   soladigan   hunarmandchilik
ustaxonalari,   “Sharq   bozori”   chet   ellik   mehmonlar   qiziqishiga   sabab   bo’lmoqda.
Majmuadagi   sun’iy   kanal   esa   unga   yanada   joziba   baxsh   etmoqda.   Undan   kichik
sayr   hamda  sport   maqsadlarida   foydalanish   mumkin   ya’ni   yaqin   kelajakda   ushbu
suv   inshootida   nufuzli   sport   musobaqalarini   tashkil   etish   rejalashtirilgan.   Bundan
tashqari   majmua   yaqinidagi   majlislar   saroyi   nufuzli   mintaqaviy   va   xalqaro
tashkilotlar   yig’ilishlarini   Samarqand   shahrida   o’tkazish   imkonini   bermoqda.
Bunday   tashkilotlar   qatoriga   MDH     va   ShHT   kabilarni   kiritishimiz   mumkin.
Majmua   sekin-asta   turistlar   bilan   to’lib-toshmoqda   hamda   u   ko’rsatadigan
xizmatlar   sifati   ham   oshib   bormoqda.     Bir   so’z   bilan   aytganda   “Silk   Road
Samarqand”   zamonaviy   turistik   markazi   va   uning   tarkibiy   qismi   bo’lgan   “Boqiy
shahar”   majmuasi   ham   siyosiy     ham   iqtisodiy   ham   madaniy   hayot   markaziga
aylanmoqda.   Uning   vositasida   Samarqand   shahrining   “boqiy”   shahar   maqomi
yanada   mustahkamlanmoqda   hamda   turizm   uchun   keng   imkoniyatlar   eshigi
ochilmoqda.
15 FOYDALALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. https://www.silkroad-samarkand.com
2. https://uza.uz       
3. www.samdu.uz
4. https://cyberleninka.ru
5. http://xorazmiy.uz
6. https://e-tarix.uz
7. https://www.academia.edu 
8. https://www.ziyouz.com  
16

MAVZU : Boqiy shahar majmuasi faoliyati Reja : Kirish………………...………………………………………………..….....4 I.bob. “Boqiy shahar” majmuasining bunyod etilishi hamda uning faoliyatiga tarixiy-madaniy jihatdan yondashuv………………………...……6 1.1 “Boqiy shahar” majmuasi bunyod etilishi shart-sharoitlari ……………………………………………………………..………….....................6 1.2. Majmuadagi o’zbek xalqining qadimiy madaniyatini namoyish etuvchi inshootlar faoliyati ………………………………………………………………….8 II bob. “Boqiy shahar” majmuasi faoliyatiga zamonaviy jihatdan yondashuv hamda uning kelajakdagi taraqqiyot istiqbollari ………………...11 2.1. Majmuadagi zamonaviy inshootlar faoliyati……………………….......11 2.2. “Boqiy shahar”ni yanada rivojlantirish istiqbollari va strategik maqsadlari…………………………………………………………………………14 Xulosa……………………………………...………………………………16 Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………….……….17 2

Kirish Kurs ishining dolzarbligi. Ma’lumki, Samarqandning so’lim qismida bunyod etilgan “Silk Road Samarqand” majmuasi qisqa fursat ichida nafaqat Samarqand shahri hududida balki butun O’zbekiston bo’yicha muhim madaniy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot markaziga aylanib ulgurdi. Respublikamiz turizm sanoati salohiyatining asosini tashkil qiladigan Samarqand shahrining ushbu sohadagi nufuzini oshirishda ushbu turistik markaz nihoyatda muhim rol o’ynamoqda. Undagi ham zamonaviy uslubda ham eskicha tarixiy uslubda qurilgan inshootlar jumladan, ko’plab mehmonxonalar, hunarmadchilik ustaxonalari, restoranlar hamda kongeresslar saroyi ham siyosiy, ham ijtimoiy- madaniy hayotning rivojida muhim rol o’ynamoqda. Shuningdek, majmua tarkibidagi sun’iy kanal ham ko’ngilochar ob’yekt ham suv sporti havzasi sifatida ko’zlangan maqsadlarga erishish imkoniyatini bermoqda. Kelajakda uning nufuzli suv sporti bo’yicha musobaqalarni o’tkazishga ixtisoslashadigan havza bo’lishi taxmin qilinmoqda. Bu esa majmuaning sport turizmidan oladigan daromadlarini sezilarli ravishda oshirishi mumkinligidan dalolatdir. Ushbu kurs ishi “Boqiy shahar”ning qurilish sabablari, maqsadlari hamda istiqbolli rivojlanish strategiyalarini ochib beradi. Kurs ishining maqsad va vazifalari. Ushbu kurs ishining maqsadi sifatida “Silk Road Samarqand” turistik markazi faoliyatini ochib berish hamda uning qaramog’i doirasida faoliyat yuritayotgan “Boqiy shahar” majmuasi faoliyatini o‘rganish, ularning mavjud bo’lgan turistik imkoniyatlari hamda rejalashtirilgan turistik rejalarini tadqiq qilish, majmua faoliyatidagi ayrim kamchiliklarni ochib berish, majmuaning suv sporti turizmi sohasidagi rolini yoritish, majmua joylashuvi to’g’ri tanlanganligi masalasini muhokama qilsh shu bilan birga ushbu hududning savdo-iqtisodiy sohadagi roli, milliy madaniyatimizni targ’ib va tashfiq qilishdagi ahamiyatini o‘rganish ishlari bilan tanishtirishdan iborat. Kurs ishining obyekti va predmeti. 3

Ushbu ilmiy ish obyekti va predmeti sifatida “Silk Road Samarqand” turizm markazi hamda “Boqiy shahar” majmuasini keltirishimiz mumkin. Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Ushbu kurs ishi kirish qismi, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati kabi tarkibiy qismlarga ega. 4

I.bob. “Boqiy shahar” majmuasining bunyod etilishi hamda uning faoliyatiga tarixiy-madaniy jihatdan yondashuv 1.1 “Boqiy shahar” majmuasi bunyod etilishi shart-sharoitlari Samarqand shahrida 2022-yil 27—28-oktabr kunlari Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasining kuzgi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya doirasidagi tadbirlarda MDH PA tarkibidagi mamlakatlar parlamentlari delegatsiyalari rahbarlari va a’zolari, xalqaro tashkilot vakillari, olimlar va ekspertlar, jami 500 dan ortiq kishi ishtirok etdi. Tadbir davomida hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Parlamentlararo Assambleya milliy parlamentlar tomonidan tayinlanadigan yoki saylanadigan a’zo davlatlarning parlament delegatsiyalaridan tashkil topgan bo‘lib, davlatlararo organ hisoblanadi. Armaniston, Belarus, Moldova, Ozarbayjon, Rossiya, Tojikiston, Ukraina, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekiston parlamentlari ushbu Assambleya a’zolari hisoblanadi. Kengash yilda ikki marta yig‘iladi va yalpi majlislarni o‘tkazadi 1 . Parlamentlararo Assambleyaning kun tartibida xavfsizlikning yangi xavf- xatarlari va tahdidlari alohida o‘rin egallamoqda. Mazkur masalada Assambleya tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar va xatti-harakatlar xalqaro xavfsizlikni mustahkamlash maqsadini ko‘zlagan. Tadbir davomida Tanzila Norboyeva MDHga a’zo davlatlarning Parlamentlararo Assambleyasi o‘zining 30 yillik faoliyati davomida hamdo‘stlik davlatlari o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirishga doir dolzarb masalalar bo‘yicha qo‘shma muhokamalarni o‘tkazish va qarorlar qabul qilishda samarali maydonga aylangani, MDH hududida demokratik jarayonlar va parlamentarizmni, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotganini ta’kidladi. Samarqanddan uncha uzoq bo‘lmagan joyda joylashgan “Boqiy shahar” tarixiy-etnografik bog‘i Samarqandda 2022-yil sentabrida ShHT sammitini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rayotganda qurilgan ob’yektlardan biridir. Bu asosan iqtisodiy masalalarga bag’ishlangan sammit bo'ldi. Sammit munosabati bilan 1 “Boqiy shahar”da yig‘ilgan 9 mamlakat: MDHga a’zo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasining kuzgi sessiyasi qanday o‘tdi? https :// daryo . uz /2022/10/31/ boqiy - shaharda - yigilgan -9- mamlakat - mdhga - azo - davlatlar - parlamentlararo - assambleyasining - kuzgi - sessiyasi - qanday - otdi ? 5

paydo bo’lgan asosiy yangiliklar - bu chiroyli zamonaviy aeroport, shuningdek, yaxshi mehmonxonalarni o'z ichiga olgan "Ipak yo'li Samarqand" majmuasidir. Bu binolar mehmonlar O'zbekiston tarixi va madaniyati bilan tanishtirish uchun mo'ljallab bunyod etildi. Park orolda joylashganligi bois uning istalgan nuqtasiga suv orqali borish mumkin. Bu uning tarovatiga joziba qo'shadi va uni Kremliga o'xshashlik jihati hisoblanadi. MDH davlatlarining gumanitar hamkorlik bo yicha davlatlararoʻ jamg armasining “Forum” jurnalida “Boqiy shahar” XXI asrda” maqolasi chop ʻ etildi. “Uch ming yil sayyora uchun soniyalar, koinot uchun hatto bir lahza ham emas, lekin insoniyat uchun bu deyarli abadiyat. Samarqand abadiy deb atalgan shaharlardan biridir”, - deb yozadi maqola muallifi Anastasiya Pavlenko.. Maqoladagi “Turistik xab” sarlavhasi ostida “albatta, turizm qadimiy shahar iqtisodiyotining muhim tarmog‘iga aylandi. Shahar O‘zbekistonning eng ko‘p tashrif buyuradigan turistik markazidir va turizmdan olinadigan daromad shahar iqtisodiyotining muhim qismini tashkil etadi” deb ta’kidladi muallif. MDH Davlat rahbarlari kengashining 2023-yil 13-oktabrdagi qarori bilan Samarqand shahri 2024-yilgi Hamdo stlikning madaniy poytaxti deb e lon qilingan. ʻ ʼ ShHT sammitidan Samarqandga Xalqaro turizm markazi va “Boqiy shahar” esdalik bo`lib qoldi. Sammitga tashrif buyurgan davlat liderlari G`arbga qarata aytmoqchi bo`lgan fikrlarini ham gapirib o`tdi. Ulardan butun dunyo nashrlari iqtibos keltirdi. Sammit vaqtida qurolli to`qnashuv vaziyatida bo`lgan Tojikiston va Qirg`iziston rahbarlari ham o`zaro suhbat qurdi. Turkiya prezidenti esa Eron, Rossiya, Hindiston rahbarlari bilan yopiq muloqotlar o`tkazdi. 6