BOSHQARUV METODLARI
BOSHQARUV METODLARI REJA: KIRISH 1. Maktabgacha ta`lim tushunchasi va maktabgacha ta`lim tizimi haqida qisqacha malumotlar 2. O’zbekistonda maktabgacha talim yuzaga kelishi tarixi va uing taroqqiyoti bosqichi 3. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida boshqaruvni tashkil etish metodlari 4. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rahbarlik qilish va tashkil etishning zamonaviy usullari XULOSA ADABIYOTLAR
Kirish MAVZUNING DOLZARBLIGI: Bugungi kunda yurtimizda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy texnik holatini yaxshilashga alohida e’tibor berilmoqda. Shu o‘rinda aytish joizki, Bugungi kunda O‘zbekistonda 18 254 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat olib bormoqda. Jumladan: • Davlat MTT - 6 197 ta; • Oilaviy shakldagi MTT - 10 244 ta; • Davlat-xususiy sherikchiligi asosidagi MTT – 788 ta; • Xususiy shakldagi MTT – 1 025 ta. Ma’lumot o‘rnida shuni aytish joizki, bugungi kunda respublika miqiyosida 18 254 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jami 1 699 566 nafar yoki 60,9 foiz maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar tarbiyalanmoqda. MAVZUNING MAQSADI VA PREDMETI: Bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish ko‘rsatkichi hamon pastligicha qolmoqda. Respublikada maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olish ko‘rsatkichi 27 foizni tashkil etadi. Qamrov ko‘rsatkichi, asosan, viloyat va shahar markazlardagi Maktabgacha ta’lim tashkilotlarihisobiga to‘g‘ri kelmoqda. 2016 yil ko‘ra respublikada jami bog‘cha yoshidagi (2-7 yosh) bolalar soni 2,5 mln.dan ortiq bo‘lib, 689 ming nafarini (shulardan 40 foizi qishloq, 60 foizi shahar) Maktabgacha ta’lim tashkilotlariqamrab olgan. Qariyb 73 foiz bolalar yesa maktabgacha ta’lim tizimidan chetda qolmoqda. Maktabgacha yoshdagi bolalarning kelgusida maktab bilimini yaxshi o‘zlashtirishi, maktabga moslashuvning yengil o‘tishi, bola shaxsida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish, qiyinchiliklarni bartaraf etishni amalga oshirishda bolalarning maktabgacha ta’lim muassasasiga jalb etilganligi, ta’limga qamralganligi alohida ahamiyatga egadir. MAVZUNING OBEKTI: Shuni aytish joizki, shahar va qishloq tashkilotlari o‘rtasida tafovut mavjud bo‘lib, uning asosiy sabablari sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
- olis tuman va qishloqlarida ijtimoiy infrastrukturaning talab darajasida emasligi; - qishloq hududlaridagi Maktabgacha ta’lim tashkilotlaribinolarning eskirganligi; - maktabgacha ta’lim tashkilotlariga oylik to‘lovlarni amalga oshirishdagi qiyinchiliklar; - joylardagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida moddiy-texnik bazaning nochorligi; - malakali kadrlar yetishmasligi; - sifatli oziq-ovqat ta’minotining pastligi; - malakali kadrlarning yetishmasligi oqibatida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida nisbatan ota-onalar ishonchining yo‘qolishi. Ushbu holatlarni bartaraf etish va bolalar qamrovini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2016 yil 29 dekabr kuni “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli qaror tasdiqlandi. “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli Qaror mazmun-mohiyati. MAVZUNING PREDMETI: Ilmiy kuzatish va tadqiqotlarda inson o‘z hayoti davomida oladigan barcha ma’lumotning yetmish foizini besh yoshgacha bo‘lgan davrda olib ulgurishi keltirilgan. Darhaqiqat, bu davrda inson bolasi dunyoni anglaydi, o‘z ona tilini o‘zlashtiradi, ota-ona, oila, mahalla, Vatanga mehri uyg‘onadi, umr davomida oladigan bilimlarga zamin hozirlaydi. Bunda eng avvalo oila asosiy rol o‘ynasa, maktabgacha ta’lim muassasasining hissasi ham bu borada muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois mamlakatimizda aynan maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining ajralmas bo‘lagiga, ta’bir joiz bo‘lsa, uning debochasiga aylangan. Shu ma’noda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 30 dekabr kuni matbuotda e’lon qilingan “ 2017 - 2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida ” gi qarori ushbu tizim
faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarish, sohani bugungi kun talablari darajasida modernizatsiya qilishga xizmat qilishi shubhasiz. Albatta, mazkur masalaga e’tibor kecha yoki bugun paydo bo‘lib qolgani yo‘q. Ortga nazar tashlaydigan bo‘lsak, o‘tgan 25 yillik mustaqillik davrida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda ta’limni tubdan isloh qilishning muhim bosqichlari amalga oshirilib, mohiyatan hech qaysi bir davlatda mavjud bo‘lmagan uzluksiz ta’lim tizimi shakllantirildi. Ya’ni, yosh avlodning maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan to oliy ta’limgacha bo‘lgan uzluksiz bilim olishlari, kasb o‘rganishi uchun shartsharoitlar yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Bu borada, ayniqsa, Maktabgacha ta’lim tashkilotlaritizimini rivojlantirish, bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga jalb etish, maktabga tayyorlash masalalari ta’lim sohasidagi davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri deb qaraldi. Mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalash uchun, eng avvalo, qulay tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratildi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan mazkur sohadagi islohotlar izchil davom ettirilib, Maktabgacha ta’lim tashkilotlaritarmog‘ini hozirgi zamon talablari va standartlari asosida rivojlantirish, ularni rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga qaratilayotgan e’tibor zamirida ham kelajagimiz egalarining hech kimdan kam bo‘lmay ulg‘ayishlari hamda buyuk ajdodlarga munosib voris bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlashdek ezgu maqsad mujassam. Jumladan, davlatimiz rahbarining qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan dasturda keng ko‘lamli strategik maqsadlar, muhim vazifalar belgilangani bilan ahamiyatlidir. Xususan, hujjatda bugungi kundagi hayotiy talab va ehtiyojlar, sohada yechimini kutayotgan masalalar hamda hali ishga solinmagan imkoniyatlar hisobga olinganligi barchamizni quvontiradi. Ayniqsa, kelgusi besh yillikda 2200 ta maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jumladan, qishloq aholi punktlarida
yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, uskunalar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, multimedia resurslari bilan ta’minlash hamda ushbu maqsadlar uchun jami 2,2 trillion so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilayotgani ushbu qaror o‘z ichiga nechog‘lik keng ko‘lamli vazifalarni qamraganligini ko‘rsatadi. Haqiqatdan ham, bugungi kunda qishloq joylarida Maktabgacha ta’lim tashkilotlarisonini keskin oshirish zarurati ko‘rinmoqda. Ayrim qishloq sharoitida yashaydigan yosh onalar uchun bolalar bog‘chasi masalasi hayotiy ehtiyojga aylangan. Albatta, bu ehtiyoj bejiz emas. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari, birinchidan, maktab yoshiga qadar bo‘lgan bolalarning umumiy savodini chiqarish, bolalarda Vatanni sevish, u bilan g‘ururlanish hissini uyg‘otish, Konstitutsiyani o‘rgatish, dunyoqarashini kengaytirish imkonini berayotgan bo‘lsa, ikkinchidan, yosh bolali onalarning mehnat qilishga oid konstitutsiyaviy huquqini ro‘yobga chiqarishga ham xizmat qiladi. Qolaversa, hududlarda namunaviy loyihalar asosida barpo etilayotgan yangi uy-joy massivlarida yosh oilalar farzandlari uchun bolalar bog‘chalari sonini ko‘paytirish zarurati paydo bo‘lmoqda. Qarorga muvofiq, ayni shu maqsadda joylarda xorijiy tajribadan va mamlakatimizning iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda, namunaviy loyiha asosida 70 va 120 o‘rinli 50 ta zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarining bunyod etish hamda mavjud muassasalarning 1167 tasini rekonstruksiya qilish, 983 tasini mukammal ta’mirlash orqali kengaytirish nazarda tutilmoqda. Bu orqali bolalarning maktabgacha ta’limga qamrovini 1,5 barobar oshirishga erishiladi. Shu bilan birga, qarorga ko‘ra qishloq joylardagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ota-onalar badal to‘lovini 30 foizgacha kamaytirish nazarda tutilayotgani kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalar uchun yengillik yaratadi. Albatta, bu boradagi islohotlar samarasini soha talablariga to‘liq javob bera oladigan kadrlarsiz tasavvur etish qiyin. Shu sababli tizimdagi pedagog xodimlar mahoratini ilg‘or usullar orqali muntazam oshirib borish mexanizmini yaratish,