Maktabgacha ta’limda zamonaviy boshqaruv tizimini joriy etilishi
Maktabgacha ta’limda zamonaviy boshqaruv tizimini joriy etilishi Kirish Reja : I BOB : Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning tarkibiy qismi. 1.1 Maktabgacha ta’lim yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati. 1.2 Maktabgacha ta’limda zamonaviy boshqaruv tizimi . II BOB: “ Boshqaruv madaniyati “ tushunchasi. 2.1 Maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarishni tashkil etish. 2.2 Ta’limni boshqarish sifatini oshirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish. III BOB: Xulosa. 2.1
O‘zbekiston Respublikasi siyosiy mustaqillikni qo‘lga kiritgach, ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. Totalitar boshqaruv usuli asosida, ish yuriti-layotgan xalq ta’limi tizimida ham so‘nggi o‘n yilliklar davomida yuzaga kelgan muammolarni hal etish vazifasi Respublika hukumati hamda mutasaddi tashkilotlarni ta’lim tizimida ham jiddiy o‘zgarishlarni amalga oshirishga undadi.1997 yilga kelib, O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va uning mazmunida ilgari surilgan g‘oyalarning amaliyotga tadbiqi tahlil etilganda, bu borada muayyan kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. O‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, ta’lim tizimida olib borilayotgan islohot aksariyat o‘rinlarda chuqur ilmiy asoslarga ega bo‘lmaganligi ma’lum bo‘ldi hamda kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish zarurligi belgilandi. Shu bois O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. Har qanday mamlakatning kuchi uning, fuqarolarining ma’naviy yetukligi, intellektual salohiyatga egaligi bilan belgilanadi. Fuqarolarning ma’naviy yetukligi, intellektual salohiyati esa ta’lim tizimining mazmuni, shaxsning har tomonlama shakllanishi uchun xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy shart-sharoitlarning mavjudligi, jamiyatda qaror topgan ijtimoiy sog‘lom muhit darajasi, ijtimoiy munosabatlar mazmuni, shuningdek, aholining etnopsixologik xususiyatlari, axloqiy qarashlari va hayotiy e’toqodlari asosida shakllantiriladi. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning yaratilishida mazkur jihatlar to‘la o‘rganildi. Milliy dastur asosini O‘zbekistonning taraqqiyotini ta’minlay oladigan, uni jahonning ilg‘or mamlakatlari darajasiga ko‘tarilishiga hissa qo‘shuvchi dadil, mustaqil fikrlovchi, bilimli, malakali mutaxassis, shuningdek, ijobiy sifatlarga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlab voyaga etkazish jarayoni tashkil etadi. 0’zbekiston jahon tajribasig aasoslanib , mulkchilikning turli shakllari tengligi ta’minlangan, ishlab chiqarishning zamonaviy milliy
manfaatlarga mos tuzilmasini yaratish ko‘zda tutilgan, erkin narx navo va bozor qonunlari asosida boshqariladigan ijtimoiy yo ‘naltirilgan b o zo r iqtisodiyotiga o ‘tish yo’lini tanladi va iqtisodiy islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirmoqda. Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidanoq iqtisodiyotni boshqaruv tizimini isloh qilishga alohida e’tibor qaratildi. Olib borilgan iqtisodiy islohotlar institutsional o ‘zgarishlarni amalga oshirishga, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini boshqarish borasida ulaming xususiyatiga mos keladigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga iqtisodiy erkinlik berishga yordamlashadigan, tadbirkorlikning rivojlanishini rag‘batlantiradigan tashkiliy-huquqiy shakllar vujudga kelishiga qaratilgan edi va bu boshqarishda yangi bir tizim vujudga kelishiga zam in yaratdi. Bunday bozor m unosabatlari sharoitida butun jam iyatga xizm at qiluvchi zam onaviy boshqaruv ilmini o ‘rganishda, iqtisodiyotning b u tun tarm oqlarida, boshqaruvni am alga oshira oladigan m alakali rahbarlam i tayyorlashda «Boshqaruv nazariyasi» fani m uhim o ‘rin tutadi. Z ero, rahbar, boshqaruvni am alga oshirishda bosh bo ‘g‘in hisoblatiib, uning tashkil etilishi, sam aradorligi k o ‘p jih atd an rahbar egallagan bilim, m alaka, tajriba, qolaversa uning m uhim xislatlari va boshqaruv uslubiga bevosita bog‘liq bo ‘ladi. Bu fanning m aqsadi, vazifalari ham shulami o‘rganishni nazarda tutadi. Bu fan boshqaruvning qonuniyatlari, qonun va tamoyillari, funksiya va vazifalari, shuningdek, boshqaruv tizimida menejer o’mi, madaniyati va uslubi, boshqaruv samaradorligi va unga ta ’sir qiluvchi boshqaruv qarorlari m azmuni, mohiyatini ochib berishga qaratilgan. Boshqaruv tushunchasi to r m a’noda biror- bir tashkilot maqsadini aniqlash va unga erishish uchun zarur bo’lgan rejalashtirish, tashkil etish va nazorat jarayonlarining foyda keltirishi, samara berishi, faoliyat yo'nalishini to’g‘ri tanlay bilish, qarorlar qabul qila olishga hamda uning boshqarilishini nazorat qilishga va bu jarayonning borishiga bog‘liq bo‘ladi.
Maktabgacha talim uzluksiz talimning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog’lom va rivojlangan shaxs bo’lib shakllanishini taminlab, o’qishga bo'lgan ishtiyoqini uyg’otib, tizimli o’qitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha bo’lgan maktabgacha talim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha talim muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha talimning maqsadi – bolalarni maktabdagi o’qishga tayyorlash, bolani sog’lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo’lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o’qishga, tizimli talimga bo’lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir. Maktabgacha talim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish maktabgacha talim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha talim muassasasiga biriktirilgan sog’liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Maktabgacha talim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi va qoidalari, maktabgacha talim muassasasiga bolalarni olib kelish va olib ketish qoidalari, maktabgacha talim muassasasi binolarida xavfsizlikni tashkil etishga oid talablar, maktabgacha talim muassasasida yong’in xavfsizligini tashkil etishga oid talablar, hudud xavfsizligiga bo’lgan talablar “Maktabgacha talim muassasalarida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to’g’risida Nizom” bilan tartibga solinadi. Maktabgacha talim tizimi Maktabgacha ta’lim muassasalari – O’zbekiston Respublikasidagi talim muassalarining turi bo’lib, turli yo’nalishdagi maktabgacha bo’lgan davrdagi umumtalim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha talim muassasalari 2 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarni tarbiyalashni, o’qitishni, nazorat qilishni, parvarishlashni va sog’lomlashtirishni taminlaydi.
O’zbekistonda maktabgacha ta’lim muassasalarining zamonaviy tizimi: Maktabgacha ta’lim muassasalari, faoliyat yo’nalishiga ko’ra, quyidagi turlarga bo’linadi: Bolalar yaslisi, bolalar yasli bog’chasi, bolalar bog’chasi, uydagi bolalar bog’chasi (mustaqil muassasa yoki filial sifatida). Maktabgacha tarbiya va boshlang’ich talim mussasasi (bolalar bog’chasi-maktab). Tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir nechta yo’nalishda (til, badiiy estetik, sport va boshqalar) tarbiyalovchi maktabgacha talim muassasalari. Tarbiya jismoniy va ruxiy rivojlanishdagi og’ishlarni kvalifikatsion yaxshilovchi tiklovchi turdagi bolalar bog’chasi. Tibbiyot gigiena, profilaktika va sog’lomlashtirish, tadbir va proseduralarini amalga oshiruvchi zaiflashgan bolalarni nazorat qilish va sog’lomlashtirish bog’chasi. Birlashtirilgan turdagi bolalar bog’chasi (birlashtirilgan turdagi bolalar bog’chasiga rivojlantiruvchi, tiklovchi va sog’lomlashtiruvchi guruhlar umumlashtirilgan ko’rinishda kiradi). O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 dekabr kuni maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni tahlil qilish va istiqboldagi vazifalarni belgilab olishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Maktabgacha tarbiya ta’lim tizimining birlamchi va eng muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Sog‘lom genofondni, yetuk kadrlarni tarbiyalash, avvalo, shu tizimdan boshlanadi. Biroq shu paytgacha bu tizim rivojlanishdan ortda qolgan edi. Oxirgi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalari soni 45 foizga kamaygan. Oqibatda maktabgacha yoshdagi bolalarning 33 foizi bog‘chalarga