logo

MAKTABGACHA TA’LIMGA QO’YILADIGAN DAVLAT TALABLARINING MAZMUN MOHIYATI, ASOSIY SOHA VA YO’NALISHLARI

Yuklangan vaqt:

09.12.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1417.2041015625 KB
MAKTABGACHA TA’LIMGA QO’YILADIGAN DAVLAT TALABLARINING
MAZMUN MOHIYATI, ASOSIY SOHA VA YO’NALISHLARI 
MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………… ……. 3-6
I BOB. MAKTABGACHA   TA’LIMGA   QO’YILADIGAN   DAVLAT
TALABLARINING   MAZMUN   MOHIYATI,   ASOSIY   SOHA
VA   YO’NALISHLARINING   NAZARIY
ASOSLARI....................  7-22
1.1. Maktabgacha   ta’limga   qo’yiladigan   davlat   talablarining   mazmun
mohiyati,   asosiy   soha   va   yo’nalishlarining   ahamiyati   va
mohiyati....   
7-12
1.2.  Maktabgacha   ta’limga   qo’yiladigan   davlat   talablarining   mazmun
mohiyati, asosiy soha va yo’nalishlariga oid adabiyotlar sharhi...... 12-22
II BOB. MAKTABGACHA   TA’LIMGA   QO’YILADIGAN   DAVLAT
TALABLARINING   MAZMUN   MOHIYATI,   ASOSIY   SOHA
VA YO’NALISHLARINING HOZIRGI AMALIY HOLATI  VA
TAHLILI........................................................................................... 23-38
2.1. Maktabgacha   ta’limga   qo’yiladigan   davlat   talablarining   mazmun
mohiyati, asosiy soha va yo’nalishlarining holati va tahlili.............. 23-27
2.2 Maktabgacha   ta’limga   qo’yiladigan   davlat   talablarining   mazmun
mohiyati,   asosiy   soha   va   yo’nalishlarining   zamonaviy
metodlari. ....  27-38
III BOB. MAKTABGACHA   TA’LIMGA   QO’YILADIGAN   DAVLAT
TALABLARINING   MAZMUN   MOHIYATI,   ASOSIY   SOHA
VA YO’NALISHLARINING ASOSIY BOSQICHLARI..............  39-59
3.1 Maktabgacha   ta’limga   qo’yiladigan   davlat   talablarining   mazmun
mohiyati,   asosiy   soha   va   yo’nalishlarida   mavjud
muammolar.......... 39-44 3.2 Maktabgacha   ta’limga   qo’yiladigan   davlat   talablarining   mazmun
mohiyati,   asosiy   soha   va   yo’nalishlariga   doir   tadqiqot
ishlari........... 44-59
XULOSALAR VA TAKLIFLAR...................................................................... 60-63
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO ' YXATI........................................
ILOVALAR........................................................................................................ 64-66
67-70
KIRISH
Mavzuning   dolzarbligi.   Hozirgi   kunda   Respublikamizda   ta’lim   sohasiga
xususan, maktabgacha ta’lim sohasiga katta ahamiyat berilmoqda.
Insonni   har   tomonlama   barkamol   etib   tarbiyalash   xalqimizning   azaliy   orzusi
bo’lib,   ajdodlarimiz   ma’rifat,   ma’naviyat   va   madaniyatni   qanday   qilib   yosh   avlodga
o’rgatish,   ularni   komillikka   yetaklash   yo’llari,   qonun-qoidalarini   muttasil   izlaganlar.
Bu esa  pedagogika fanining maydonga kelishiga  sabab  bo’lgan. Insonni  ma’rifatli  va
ma’naviy komillikka erishishi pedagogika fanining yetakchiligida amalga oshiriladi. 
Pedagogika   –   yunoncha   so’z   bo’lib,   «bola   yetaklovchi»   -   ma’nosini   bildiradi.
Insonlarni   ma’rifiy   va   ma’naviy   barkamollikka   munosabatlarni   o’zgartirib   borishi
natijasida pedagogika fani xalq orasida o’z mavqeyiga ega bo’ldi. Shu tariqa insonnni
tarbiyalovchi   fan   sifatida   pedagogika   dunyoviy   fanlar   tizimi   qatoridan   alohida   o’rin
egallagan. Uning bosh masalasi tarbiyadir. Bundan uch ming yillar ilgari Zardushtiylik
dinining   muqaddas   kitobi   «Avesto»da   ta’lim-tarbiya   masalalariga   katta   ahamiyat
berilgani   holda,   uning   ibodatxonalari   qoshida   maktablar   tashkil   etilib,   kohinlar
tomonidan bolalarning ta’lim-tarbiya tizimi ishlab chiqilgan.          
  Maktabgacha   ta’limga   qo‘yiladigan   davlat   talablari.   Mazkur   Maktabgacha
ta’limga   qo‘yiladigan   davlat   talablari   (bundan   buyon   matnda   Davlat   talablari   deb
yuritiladi)   O‘zbekiston   Respublikasining   “Ta’lim   to‘g‘risida”gi   Qonun,   O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 dekabrdagi PQ-2707-son “2022-2026 yillarda
maktabgacha   ta’lim   tizimini   yanada   takomillashtirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida”gi
qarori   hamda   Vazirlar   Mahkamasining   2020   yil   5   avgustdagi   372-son   O‘zbekiston
2 Respublikasi  Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga
asosan maktabgacha yoshdagi bolalarni (bundan buyon matnda bolalar deb yuritiladi)
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini har tomonlama rivojlantirish, ta’lim tarbiya berish,
ko‘nikma   va   malakalarini   shakillantirish   hamda   maktab   ta’limiga   tayyorlash   bo‘ycha
davlat talablarini belgilaydi. 
Maktabgacha   yoshdagi   bolalar   rivojlanishiga   qo‘yiladigan   Davlat   talablari
«Ta’lim   to‘g‘risida»gi   Qonun,   Kadrlar   tayyorlash   Milliy   dasturiga   muvofiq   ishlab
chiqilgan.   Maktabgacha   yoshdagi   bolalar   rivojlanishiga   qo‘yiladigan   Davlat   talablari
aniq   bir   yoshdagi   bolaning   rivojlanish   standartlarini   va   bolaning   yutuqlari   va
rivojlanish   darajasini   baholash   imkoniyatini   beruvchi   indikatorlarni   belgilaydi.   Shu
bois maktabgacha ta limga qo’yiladigan davlat talablarining mazmun mohiyati, asosiyʼ
soha va yo’nalishlari bugungi kundagi dolzarb mavzulardan biri deyish mumkin. 
Muammoning   o’rganilganlik   darajasi:   Maktabgacha   ta’limga   qo’yiladigan
davlat   talablarining   mazmun   mohiyati,   asosiy   soha   va   yo’nalishlarini   o‘rganishda
B.R.Djurayeva,   H.M.Tojiboyeva,   G.M.Nazirova,   Hasanboyeva   O.,   Tadjieva   М.,
Toshpulatova Sh., Boltayeva F. A. Esonaliyeva O. Kabi  mutaxassislarning qator ilmiy
ishlari   bag‘ishlangan.   Ularning   ilmiy   qarashlari     maktabgacha   ta’limga   qo’yiladigan
davlat   talablarining   mazmun   mohiyati,   asosiy   soha   va   yo’nalishlarini   tadqiq   etishda
nazariy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. 
Malakaviy   bitiruv   ishining   amaliy   va   ilmiy   ahamiyati:   Bitiruv   malakaviy
ishining   nazariy   ahamiyati   shundan   iboratki,   uning   ilmiy   taklif   va   amaliy
tavsiyalaridan   maktabgacha   ta'limga   qo'yiladigan   davlat   talablarining   mazmun
mohiyati, asosiy soha va yo'nalishlarini tadqiq etishda foydalanish mumkin.
Mavzuning   amaliy   ahamiyati   shundaki,   ishlab   chiqilgan   ilmiy   taklif   va   amaliy
tavsiyalardan     maktabgacha   ta'limga   qo'yiladigan   davlat   talablarining   mazmun
mohiyati,   asosiy   soha   va   yo'nalishlari   bo’yicha   chora-tadbirlar   ishlab   chiqishda
foydalanish mumkin.
Bitiruv   malakaviy   ishining   predmeti.     Maktabgacha   ta'limga   qo'yiladigan
davlat talablarining mazmun mohiyati, asosiy soha va yo'nalishlari ishning predmetini
tashkil qiladi.
3 Bitiruv malakaviy ishining obyekti.   Maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat
talablarining mazmun mohiyati, asosiy soha va yo'nalishlari  hisoblanadi.
Bitiruv   malakaviy   ishining   maqsadi   va   vazifalari.   Maktabgacha   ta'limga
qo'yiladigan davlat  talablarining mazmun mohiyati, asosiy  soha  va yo'nalishlari  bilan
bog’liq muammolarni aniqlash va ularni hal qilish yuzasidan ilmiy-nazariy va amaliy
takliflarni   ishlab   chiqishdan   iboratdir.   Ushbu   maqsaddan   kelib   chiqib   bitiruv
malakaviy ishida quyidagi vazifalar qo’yilgan va hal qilingan.
-   Maktabgacha   ta'limga   qo'yiladigan   davlat   talablarining   mazmun   mohiyati,   asosiy
soha va yo'nalishlarini o'rganish;
-   Maktabgacha   ta'limga   qo'yiladigan   davlat   talablarining   mazmun   mohiyati,   asosiy
soha va yo'nalishlarini tahlil qilish; 
-   Maktabgacha   ta'limga   qo'yiladigan   davlat   talablarining   mazmun   mohiyati,   asosiy
soha   va   yo'nalishlari   bilan   bog’liq   muammolarni   aniqlash   va   ularni   bartaraf   etish
yuzasidan chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
Tanlangan metodlar:
1) Tegishli ilmiy, uslubiy adabiyotlarni o‘rganish
2) Kuzatish. 
3) Suhbat, savol javob.
4) Faoliyat mahsulllari tahlili.
Mazkur   malakaviy   bitiruv   ishi,   maktabgacha   ta’limga   qo’yiladigan   davlat
talablarining   mazmun   mohiyati,   asosiy   soha   va   yo’nalishlarining   ahamiyati   va
mohiyatini,   mavjud   muammolarini,   umuman   olganda   mavzuni   o’rganishga   doir
ko’plab nazariy va amaliy ma’lumotlarni, o’z ichiga olgan bo’lib, bular maktabgacha
ta’lim tashkilotlarida foydalanish maqsadida bajarilgan va tarbiyachilar uchun yordam
sifatida, bola shaxsini rivojlantirishga xizmat qiladi deb o’ylaymiz.
Malakaviy   bitiruv   ishimizning   asosiy   mazmuni:     ishimiz   o’z   rejasida
ko’rsatilganidek   kirish,     uch   bob,   olti   paragraf,   xulosa,   foydalanilgan   adabiyotlar
ro’yxati va ilovalardan iborat.
4 Ishning   kirish   qismida   mavzuning   dolzarbligi,   o’rganilgan   darajasi,   ishimizning
maqsadi va vazifalari, obyekti va predmeti asoslangan, mavzuning metodologik asosi,
hamda tanlangan metodlar bayon etilgan.
Malakaviy   bitiruv   ishining   birinchi   bobi   «Maktabgacha   ta’limga   qo’yiladigan
davlat   talablarining   mazmun   mohiyati,   asosiy   soha   va   yo’nalishlarining   nazariy
asoslari»   deb   nomlanib,   ushbu   bobda   biz   maktabgacha   ta’limga   qo’yiladigan   davlat
talablarining   mazmun   mohiyati,   asosiy   soha   va   yo’nalishlarining   ahamiyati   va
mohiyati,   to’liq   ochib   berilgan.   Bola   tarbiyasida   maktabgacha   ta’lim,   oila   va
jamiyatning   o’rni   va   mohiyati   yoritilgan.   Bola   shaxsi   shakllanishi   uchun   oila   va
jamiyat   va   maktabgacha   ta’lim   uchun   o‘zaro   hamkorlikda   ish   yuritishning   ahamiyati
yoritilgan.
Ishimizning  ikkinchi   «Maktabgacha   ta limga   qo’yiladigan  davlat   talablariningʼ
mazmun   mohiyati,   asosiy   soha   va   yo’nalishlarining   hozirgi   amaliy   holati   va
tahlili»   bobida,   maktabgacha   ta’lim   tashkiloti   tarbiyalanuvchilarining   maktabga
moslashishni tayyorlashda ularning pedagagik – psixologik fizologik xususiyatlarining
o‘rni, qolaversa nutq, muloqot, o‘qish, yozish malakalarini rivojlantirish sohasi hamda
rivojlantiruvchi kompetensiyalari, bundan tashqari bolalarning rivojlanishidagi bilishga
bo‘lgan   va   nutqi   faoliyatni   amalda   qo‘llash   xususiyatlarni   o‘rganishga   bo‘lgan
qiziqishlarini   inobatga   olgan   holda   ta’lim   –   tarbiya   jarayonini   tashkil   etishi.   Bundan
tashqari  tarbiyachi  va ota-ona hamkorligi  va uyda ota-onalar bolalari bilan birgalikda
amaliy   ishlarni   olib   borishi   kerak   ekanligi.   Bu   bolalarni   o‘zlariga   bo‘lgan   ishonch,
irodaviylik   xislatlarini   shakllantiradi,   qolaversa,   bolalarni   bilish,   o‘rganish,
qiziqishlarini yanada oshishiga doir ma’lumotlar berilgan. 
Ishimizning uchinchi   «Maktabgacha ta’limga qo’yiladigan davlat talablarining
mazmun   mohiyati,   asosiy   soha   va   yo’nalishlarining   asosiy   bosqichlari»   bobida,
texnologik   yondashuv   asosida   ta’limni   tashkil   etish   ijobiy   natijalar   berishiga   oid
ma’lumotlar berilgan bo’lib, “Zamonaviy ta’lim usullari” deganda maktabgacha ta’lim
tashkiloti mashg’ulotlarini o’rganish bo’yicha tarbiyalanuvchilarning oldiga qo’yilgan
pedagogik   muammoni   mustaqil   yechishga   xizmat   qiadigan   interfaol   metodlar   ko’zda
tutiladi.   Maktabgacha   ta’lim   tashkiloti   mashg’ulotlari   zamonaviy   tashkil   etish   hamda
5 zamonaviy   pedagogik   texnologiyalar   tarbiyalanuvchilarda   samarali   muloqot   va   o’z
fikrini   to’g’ri,   ravon,   ifodali   bayon   etishi   va   ta’lim   sifatiga   ijobiy   ta’sir   ko’rsatishi
yuzasidan ma’lumotlar berilgan. 
Ishimizning   xulosa   qismida   mavzuning   dolzarbligi   yana   bir   bora   takidlangan
holda,   olib   borilgan   ilmiy   izlanishlarimiz   va     natijalarga   asoslanib   umumiy   xulosalar
va tavsiyalar berilgan. 
I BOB.  MAKTABGACHA TA'LIMGA QO'YILADIGAN DAVLAT
TALABLARINING MAZMUN MOHIYATI, ASOSIY SOHA VA
YO'NALISHLARINING NAZARIY ASOSLARI
1.1. Maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablarining mazmun mohiyati,
asosiy soha va yo'nalishlarining ahamiyati va mohiyati
Davlat   talablarini   ishlab   chiqish   asosida   bola   shaxsi   rivojlanishining   4   ta
yo‘nalishi   olingan   (jismoniy   rivojlanish,   o‘z   o‘ziga   xizmat   va   gigiyena;   ijtimoiy   -
hissiy   rivojlanish;   nutq,   o‘qish   va   savodga   tayyorgarlik;   bilish   jarayoni,   atrof   olam
to‘g‘risidagi   bilimga   ega   bo‘lish   va   uni   anglash).   Bu   4   ta   yo‘nalish   bo‘limlarga
bo‘linib,   birgalikda   bola   rivojlanishining   yaxlitligini   tashkil   etadi 1
.   Davlat   talablari
O‘zbekiston   Respublikasi   hududida   mulkchilik   shakli   va   idoraviy   tasarrufidan   qat’iy
nazar, quyidagi ta’lim muassasalariga qo‘llaniladi:  
o davlat maktabgacha ta’lim muassasalari; 
o nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari; 
o maktabgacha yoshdagi guruhlari mavjud bo‘lgan “Mehribonlik” uylari.
Maktabgacha ta’lim turlari uchun kadrlar tayyorlovchi o‘rta maxsus, kasb-hunar
va   oliy   ta’lim   muassasalari,   maktabgacha   ta’lim   turlari   bo‘yicha   pedagogik   kadrlarni
malakasini   oshirish   va   qayta   tayyorlashni   amalga   oshiradigan   muassasalar,
maktabgacha   yoshdagi   bolalar   tarbiya   olayotgan   oilalar   mazkur   Davlat   talablariga
rioya   qilishlari   lozim.   Davlat   talablari   maktabgacha   ta’lim   tizimida   va   oilada   7
yoshgacha bo‘lgan bolani tarbiyalash, maktabga tayyorlashda qo‘llanilishi majburiydir.
Uning   vazifalari   maktabgacha   ta’lim   metodikasini   yaxshilash,   pedagoglar   malakasini
1
 Xo‘jaev A.A., Xeyki Lentinin. O‘zbekiston o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida boshqarish samaradorligini 
oshirish yo‘llari. – Toshkent, 2021. – 126 b.
6 oshirish,   ta’lim-tarbiya   berishning   o‘quv   dasturini   yaratish   kabilardan   iborat.
Shuningdek,   talablarda   bola   bilan   ishlaganda   e’tiborga   olinishi   zarur   bo‘lgan
psixologik xususiyatlar ko‘rsatilgan.  Hujjatda belgilangan talablarga amal qilishi kerak
bo‘lgan   tashkilot   va   idoralar   ko‘rsatilgan.   Ularga:   davlat   va   nodavlat   maktabgacha
ta’lim   muassasalari,   maktabgacha   ta’lim   olayotgan   bolalar   guruhi   mavjud
“Mehribonlik”   uylari,   maktabgacha   hamda   boshlang‘ich   ta’lim   yo‘nalishi   bo‘yicha
kadrlar   tayyorlaydigan   kollej   va   OITMlar,   malakasini   oshiruvchi   tashkilotlar,
shuningdek, maktabgacha hamda boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi tuman, shahar
metodik   bo‘limlari   kiradi.   Davlat   talablarining   maqsad,   vazifa   va   asosiy   tamoyillari
Davlat talablarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:  
Maktabgacha   ta’lim   —   maktabgacha   yoshdagi   bolalar   qiziqishi,   iqtidori,
individual ruhiy va jismoniy xususiyatlari, madaniy ehtiyojlarini inobatga olgan holda
hamda   bolada   ma’naviy   meyorlarni   shakllanishi,   hayotiy   va   ijtimoiy   tajriba
egallanishini ko‘zda tutgan har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan yaxlit jarayon;  
Rivojlanish   —   inson   tanasi   tuzilishi,   ruhiyati   va   xulqida   biologik   jarayonlar
hamda atrof muhit ta’sirida ro‘y beradigan o‘zgarishlar; 
Ri vojlanish sohasi — bola rivojlanishidagi aniq bir yo‘nalishlar;  
Ki chik   soha   —   sohaning   kichik   guruhlari.   Asosiy   sohalarning   kichik   sohasi
rivojlanishning   ma’lum   bir   tomonlarini   o‘z   ichiga   qamrab   oladi   va   ularning   aniq   bir
yo‘nalishini ko‘rsatib beradi; 
Ku tilayotgan   natija   —   bolalarda   kutilayotgan   bilim,   ko‘nikma   va   malakalar
ko‘rsatkichi; 
Bola   kompetensiyasi   —   ma’lum   bir   yosh   davriga   xos   bo‘lgan   vazifalarni
maqsadli   bajarish   uchun   yetarli   bo‘lgan   bolaning   bilimi,   ko‘nikmasi   va   malakalari
hamda qadriyatlari; 
Integratsiy   —   bola   ta’limi   va   rivojlanishidagi   mazmun   tarkibiy   qismlari
o‘rtasidagi bog‘liqlik; 
Inklyuziv   ta’lim   —   bolalarning   alohida   ta’lim   ehtiyojlari   va   individual
imkoniyatlarini   inobatga   olgan   holda   ta’lim   va   tarbiya   olinishini   teng   ta’minlovchi
jarayon; 
7 “Men” konsepsiyasi — bolani o‘zi haqidagi anglangan tasavvurlari tizimi, uning
refleksiv faoliyatini bir qismi; 
Refleksiv faoliyat  — bolada o‘z tushunchalari  va  xatti-harakatlarini  anglash va
mustaqil tahlil qilishi asosida xulosalar shakllanishi jarayoni.
Davlat   talablarining   maqsadi   —   mamlakatda   o‘tkazilayotgan   ijtimoiy-iqtisodiy
islohotlarni, xorijiy mamlakatlar ilg‘or tajribasi hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy
informatsion kommunikativ texnologiyalarni inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim
tizimida ma’nan  mukammal  va intellektual  rivojlangan shaxsni  tarbiyalashdir. Davlat
talablarining   vazifalari   quyidagilar   hisoblanadi:   maktabgacha   yoshdagi   bolalarning
rivojlanishi,   ta’lim-tarbiyasi   mazmuni   va   sifatiga   qo‘yiladigan   talablarni   belgilash;
milliy,   umuminsoniy   va   ma’naviy   qadriyatlar   asosida   bolalarga   ta’lim-tarbiya   berish,
rivojlantirishning samarali shakllari  va usullarini joriy etish; ta’lim-tarbiya jarayoniga
pedagogik   va   zamonaviy   axborot-kommunikatsiya   texnologiyalarini   joriy   etish;
kadrlarni   maqsadli   va   sifatli   tayyorlash   uchun   ta’lim,   fan   va   ishlab   chiqarishning
samarali integratsiyasini ta’minlash. Davlat talablari quyidagi tamoyillar asosida tatbiq
etiladi:   bolaning   noyobligi;   “Men”   konsepsiyasi   va   shaxsiy   ta’limini   yaratishda
bolaning   faol   roli;   bolaning   huquqlarini   himoya   qilish   va   ta’minlashning   muhimligi;
bola ta’limi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli; bolalar rivojlanishida individual
farqlanishlar   mavjudligi   sababli,   har   bir   bolaga   moslashuvchan   bo‘lib,   individual
variativlik   asosida   yondashish   Davlat   talablarining  tarkibi   Davlat   talablari   rivojlanish
sohalari   integratsiyasini   ko‘zda   tutadi   va   bola   rivojlanishiga   ko‘maklashadi.   Davlat
talablari   tug‘ilgandan   7   yoshgacha   bo‘lgan   bolalarning   beshta   asosiy   rivojlanish
sohalariga bo‘lingan. Har bir rivojlanish sohasi o‘z o‘rnida kichik sohalarga bo‘lingan
bo‘lib, ular har bir yosh guruhiga mos bir nechta talablardan (kutilayotgan rivojlanish
ko‘rsatkichlaridan) iborat.  
Davlat   talablari   bolaning   quyidagi   rivojlanish   sohalari   bo‘yicha   belgilanadi:
jismoniy   rivojlanish   va   sog‘lom   turmush   tarzining   shakllanishi;   ijtimoiy-hissiy
rivojlanish;  nutq, muloqot, o‘qish va yozish  malakalari;  bilish jarayonini  rivojlanishi;
ijodiy rivojlanish. 
8 “Jismoniy   rivojlanish   va   sog‘lom   turmush   tarzining   shakllanishi”   sohasi
quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi: 
• yirik motorika;  
• mayda motorika;  
• sensomotorika;  
• sog‘lom turmush tarzi va xavfsizlik.  
“Ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:  
• “Men” konsepsiyasi;  
• hissiyotlar va ularni boshqarish;  
• ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot.  
“Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari” sohasi  quyidagi  kichik sohalarga
bo‘linadi:  
• nutq va til;  
• o‘qish malakalari;  
• qo‘l barmoqlari mayda motorikasi.  
“Bilish jarayonining rivojlanishi” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi: 
• intellektual-anglash malakalari;  
• elementar matematik malakalar;  
• tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyat.  
“Ijodiy rivojlanish” soha quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:  
• dunyoni badiiy tasavvur etish; 
• badiiy-ijodiy qobiliyatlar.  
Davlat talablari asosidagi yosh davrlari quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 
o G o‘daklik (tug‘ilgandan 1 yoshgacha); 
o Er ta yoshdagi bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha); 
o Ki chik maktabgacha yosh (3 yoshdan 4 yoshgacha); 
o O‘ rta maktabgacha yosh (4 dan 5 yoshgacha); 
o Ka tta maktabgacha yosh (5 yoshdan 6 yoshgacha); 
o Maktabga tayyorlov yoshi (6 yoshdan 7 yoshgacha).
9 Ilk   yoshdagi   bolalar   rivojlanishiga   qo‘yiladigan   talablar   mazkur   Davlat
talablarining 1- ilovasida belgilangan. 
Maktabgacha   ta’lim   tizimi   uzluksiz   ta’lim   tizimining   boshlang’ich,   eng   asosiy
bo’g’ini   hisoblanadi.   Mutaxassislar   va   o’qituvchilarning   ilmiy   xulosalariga   ko’ra,
inson barcha ma’lumotlar va ma’lumotlarning 70 foizini besh yoshga to’lgunga qadar
oladi.   Mana   shu   faktning   o’zi,   bolalarimizning   barkamol   shaxs   sifatida   shakllanishi
uchun   maktabgacha   ta’lim   tashkilotidagi   tarbiya   va   ta’lim   qanchalik   muhimligini
yaqqol ko’rsatib turibdi.
Xorijiy   mamlakatlarning   ilg’or   tajribasini   o’rganish   shuni   ko’rsatadiki,
zamonaviy   maktabgacha   ta’lim   muassasalari   maktabgacha   yoshdagi   bolalarni   ijobiy
ijtimoiylashtirish,   ularning   har   tomonlama   shaxsiy,   ma’naviy-axloqiy   va   bilimni
rivojlantirish, maktabgacha yoshdagi tegishli faoliyat turlari asosida ijodiy qobiliyat va
tashabbuskor  xulq-atvor profilini shakllantirish, yosh qiziqishlari sohasida kattalar va
tengdoshlari bilan muloqot qilish kabi shart-sharoitlarni yaratish bilan tavsiflanadi.
Maktabgacha   ta’lim   uzluksiz   ta’lim   tizimining   boshlang’ich   bo’g’inidir   va
bolaning   sog’lom,   rivojlangan   shaxsining   shakllanishini   ta’minlash,   ta’limga   bo’lgan
intilishini   uyg’otish,   bolalarni   boshlang’ich   maktabda   muntazam   o’qitish   uchun
tayyorlash   uchun   mo’ljallangan.   Maktabgacha   ta’lim   sohasida   davlat   siyosatining
muhim vazifalari quyidagilardan iborat: - maktabgacha ta’lim muassasalarining davlat
va nodavlat tarmog’ini kengaytirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash,
yuqori   malakali   pedagogik   kadrlar   bilan   ta’minlash,   bolalarni   maktabgacha   ta’lim
muassasalari   bilan   qamrab   olishni   tubdan   oshirish,   zamonaviy   ta’lim   dasturlari   va
texnologiyalarini   ta’lim-tarbiya  jarayoniga  joriy etish  orqali   bolalarni   har   tomonlama
intellektual,   ma’naviyestetik,   jismoniy   rivojlantirish,   shuningdek,   ularni   maktabga
tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash.
Ta’limning   turli   bosqichlarida   davlat   ta’lim   standarti   ta’lim   faoliyati   natijalari
standarti sifatida qaraladi – ma’lum bir tarixiy davrda ma’lum bir jamiyat uchun zarur
bo’lgan ta’limning mos yozuvlar darajasi; ta’lim standarti, ta’lim to’g’risidagi tegishli
hujjatlarni   olish   uchun   shaxs   tomonidan   erishish   kerak   bo’lgan   daraja.   Maktabgacha
ta’limda   davlat   ta’lim   standarti   ta’lim   jarayonini   amalga   oshirish   uchun
10 shartsharoitlarning   standartidir.   Maktabgacha   ta’limning   vaqtinchalik   standartiga
muvofiq,   maktabgacha   ta’lim   muassasalarining   maqsadi   va   natijasi   ta’lim   jarayonini
amalga oshirish uchun sharoit yaratishdir.
Ta’lim   standartlari   qat’iy,   moslashuvchan   bo’lishi   kerak   emas,   o’qituvchilar
ishida   ko’rsatmalar   rolini   o’ynashi   kerak.   Aks   holda,   har   qanday   ijodkorlikni
standartlar yordamida strangulyatsiya qilish ta’minlanadi.
“Maktabgacha   ta’lim   sifati”   tushunchasi   uch   xil   jihat   asosida   tahlil   qilinadi.
Umumdavlat   nuqtai   nazaridan   maktabgacha   ta’limning   sifati   jamiyatning
ijtimoiyiqtisodiy   sharoitlariga   mosligini   o’lchash   yo’li   bilan   aniqlanishi   mumkin.   Bu
erda maktabgacha ta’lim sifati turmush darajasi, mamlakatning iqtisodiy salohiyati va
h.k. ijtimoiy jihatdan ta’lim xizmatlarining ota-onalarning haqiqiy talabiga muvofiqligi
bilan   belgilanadi.   Pedagogik   jihatdan   maktabgacha   ta’limning   sifati   ta’limdagi
o’zgaruvchanlik   tamoyilini   amalga   oshirish,   o’qituvchining   bolalar   bilan   shaxsiy
yo’naltirilgan hamkorligiga o’tishni anglatishi mumkin.
1.2. Maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablarining mazmun mohiyati,
asosiy soha va yo'nalishlariga oid adabiyotlar sharhi
Maktabgacha   ta’limga   oid   davlat   talablari,   o’qituvchilarning   amaliy   faoliyatini
tartibga   soluvchi   qonunlar,   standartlar   va   ko’nikmalar   majmuidir. 2
  Bu   talablarning
asosiy   vazifasi   o’quvchilarning   o’zlarini   rivojlantirish,   ta’lim   sifatini   ta’minlash,
shuningdek,   o’qituvchilar   va   o’rganuvchilar   uchun   ma’naviy,   ijtimoiy,   va   amaliy
tayyorgarlikni ta’minlashdir. Davlat talablari o’quv jarayonlarini tarkibiy va struktural
ravishda   yangi   fikr-mulohazalarga,   pedagogik   kengaytirishlarga,   va   yangi
texnologiyalar   bilan   to’ldirishga   yo’naltiradi.   Ularning   asosiy   maqsadi,   kelajakdagi
kutilayotgan   vaziyatlarga   eng   yuqori   sifatli   tayyorlash   va   talantlarni   barcha
yo’nalishlarda   oshirishdir.   Bundan   tashqari,   bu   davlat   talablari,   o’qituvchilar   uchun
ham   ta’lim   va   tarbiya   usullarini   yanada   rivojlantirish   va   yangi   texnikaviy
imkoniyatlardan   foydalanish   talablari   bilan   birgalikda   o’qitish   jarayonlarini
mustahkamlash bilan bog’liq. 
2
 Hasanboyeva O.U. va boshqalar. Oilada barkamol avlod tarbiyasi. T.: «Fan va texnologiya», 2020.
11 Maktabgacha   ta’limning   davlat   tomonidan   belgilangan   talablari,   ijtimoiy,
iqtisodiy   va   madaniy   rivojlantirishning   kiruvchi   qiroliga   aylanishi   bilan   birga,
o’quvchilar   va   o’qituvchilarga   kamtar   tajriba   va   ilmiy   bilimlarini   boshqarish   uchun
kerakli   muhitni  yaratadi.  Bu   talablarning  buzilishi   yoki   uni  to’liq  bajarilmasligi   ba’zi
bir muammolarga sabab bo’lishi, kelajakda ta’lim tizimining kelajakdagi  o’zgarishiga
olib   kelishi,   tarbiyalanuvchilar   bilimlarining   pasayishiga,   o’qishga   bo’lgan   qiziqish
yo’qolishiga   olib   kelishi   mumkin.   Natijada   esa,   boshqa   davlatlardan   orqada   qolish,
qoloqlik,   reyting   tushib   ketishi   mumkin.   Bundan   tashqari,   davlatda   rivojlanish
sekinlashadi. 
Mazkur   maktabgacha   ta’limga   qo’yiladigan   davlat   talablari   O’zekiston
Respublikasining   “Ta’lim   to’g’risida”gi   qonuni,   O’zbekiston   Respublikasi
Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017-2021-hamda maktabgacha
ta’lim   tizimini   yanada   takomillashtirish   chora-tadbirlari   to’g’risida”gi   qarori   hamda
Vazirlar   Mahkamasining   2004-yil   5-avgustdagi   372-son   “O’zbekiston   Respublikasi
Xalq   ta’limi   vazirligi   faoliyatini   takomillashtirish   to’g’risidagi   qaroroiga   muvofiq
maktabgacha   yoshdagi   bolalarni   maktabgacha   ta’lim   muassasalarida   har   tomonlama
rivojlantirish,   ta’lim-tarbiya   berish,   ko’nikma   va   malakalarni   shakllantirish   hamda
maktab ta’limiga tayyorlash bo’yicha davlat talablarini belgilaydi. 
Davlat   talablari   maktabgacha   ta’lim   tizimida,   shuningdek   har   bir   oilada   7
yoshgacha   bo’lgan   bolani   tarbiyalash,   rivojlantirish,   maktabga   samarali   tayyorlash
hamda unga ta’lim berishda qo’llanilishi majburiydir. 
Davlat   talablari   asosida:   bolaning   bilim,   ko’nikma   va   malaka   mezonlari   hamda
ularning   o’sish   dinamikasi   va   rivojlanish   holatlari   aniqlanadi,   bolalarning
rivojlanganligi   va   yutuqlari   baholab   boriladi   bolaning   individual   rivojlanishi
ta’minlanadi,   kadrlar   tayyorlash   sifati,   ta’lim   mazmuniga   nisbatan   qo’yiladigan
talablar, maktabgacha yoshdagi  bolalarning rivojlanish darajasi  hamda ota-onalarning
bola rivojlanishiga oid ko’nikma va malakalari belgilanadi. 
Davlat   talablari   O’zbekiston   Respublikasi   hududida   joylashgan   quyidagi   ta’lim
muassasalari   tomonidan   qo’llanilishi   shart:   davlat   va   nodavlat   maktabgacha   ta’lim
muassasalari,   mehribonlik   uylari,   kasb-hunar   kollejlari   va   oliy   o’quv   yurtlarining
12 maktabgacha   va   boshlang’ich     ta’lim   yo’nalishi   bo’yicha   kadrlar   tayyorlovchi
fakultetlari,   maktabgacha   va   boshlang’ich   ta’lim   tizimi   kadrlarining   malakasini
oshirish faoliyati bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar. 
D avlat talablarining maqsadi: 
 maktabgacha   ta’lim   tizimi   faoliyatini   mamlakatning   ijtimoiy   va   iqtisodiy
taraqqiyoti,   istiqbollari,   jamiyat   ehtiyojlari,   fantexnika   va   texnologiyaning
zamonaviy yutuqlariga asosan yo’lga qo’yish; 
 sifatli ta’lim xizmatlari ko’rsatilishini ta’minlash; 
 ta’lim   va   kadrlar   tayyorlash   sohasida   shaxs,   jamiyat   va   davlat   manfaatlarini
himoya qilish; 
 sifatli   kadrlar   tayyorlash   tizimini   rivojlantirish;   bolani   shaxsi   asoslarini
shakllantish hamda uning bilim olishga bo’lgan qiziqishlarni rivojlantirish; 
 bolaning intellectual va jismoniy rivojlanishini ta’minlash; 
 bolalarni milliy madaniy va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish; 
 bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash. 
D avlat talablarining vazifalari: 
 bolalarga ta’lim va tarbiya berish uchun har tomonlama yondashuvni ta’minlash;
 maktabgacha ta’li  metodikasini tubdan yaxshilash; 
 ta’lim va tarbiya berishning o’quv dasturlarini yaratish; 
 maktabgacha ta’lim muassasalari pedagoglari malakasini oshirish; 
 maktabgacha ta’lim monitoringi va tahlilini olib borish; 
 ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
 bolalarning   rivojlanishi   va   ularni   maktab   ta’limiga   tayyorlashga   oid   bilim,
malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishlarida ota-onalarga ko’maklashish. 
Bunday davlat talablari hozirgi zamonning asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi.
Shunday   ekan   har   bir   o’quvchi   ham   o’qituvchi   ham   bu   talablarni   to’liq   va   astoydil
bajarishi va bo’ysunishi kerak.
  Mamlakatimizda   ta’lim  tizimiga  davlat  siyosati  darajasida   e’tibor   qaratiimoqda.
O‘zbekiston   Respublikasining   2017-2021   yillarga   mo‘ljallangan   Harakatlar
strategiyasida   maktabgacha   ta’lim   tizimini   qayta   ko‘rib   chiqish   va   uni   yanada
13 takomillashtirish   vazifalari   amalga   oshirildi.   Bu   muammolarni   to‘laqonli   hal   etishda
o‘qituvchi-pedagogning   intellektual   salohiyati   va   kasbiy   mahorati   muhim   ahamiyat
kasb   etadi.   Shu   boisdan   ham   amalga   oshirilayotgan   ishlarni   pedagogik   tahlil   qilish,
ta'lim-tarbiyaviy jarayonlarining samarali kechishini ta'minlash zaruriyati yuzaga keldi.
Bu talablar pedagogika oliy o‘quv yurtlarining maktabgacha ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha
malakali   kadrlar   tayyorlashga   ham   taalluqli   bo‘lib,   bu   ixtisos   beradigan   fanlarning
nazariy jihatdan yanada takomillashtirishni taqozo etadi.
Barcha   turdagi   maktabgacha   ta'lim   muassasalari   O‘zbekiston   Respublikasi
Prezidentining   “2017   -   2021-yillarda   maktabgacha   ta'lim   tizimini   yanada
takomillashtirish   choratadbirlari   to‘g‘risida”gi   2016-yil   29-dekabrdagi   PQ-2707-son
qaroriga   muvofiq   Vazirlar   Mahkamasi   qarori   asosida   tashkil   etiladi.   Davlat
maktabgacha   ta'lim   muassasasida   ta’lim   mazmuni   maktabgacha   ta'limga   qo‘yiladigan
davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim
vazirligi   tomonidan   tasdiqlangan   yoki   tavsiya   qilingan   dasturlar   bilan   belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining ish tartibi va bolalarning ushbu muassasada
bo‘lish   vaqti   davlat   maktabgacha   ta’lim   muassasasining   ustavi   va   muassisning   qarori
bilan belgilanadi. 
Davlat   maktabgacha   ta'lim   muassasasida   besh   kunlik   ish   haftasi   uchun,   qoida
tariqasida,   quyidagi   ish   tartibi   joriy   etiladi:   12   soatli;   10,5   soatli;   9   soatli;   4   soatli.
Davlat   maktabgacha   ta'lim   muassasasi   joylashgan   hududda   yashaydigan   aholi
talablaridan  kelib  chiqib,  davlat   maktabgacha   ta'lim   muassasasida  yoki  uning  alohida
guruhlarida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin. 
Davlat   maktabgacha   ta'lim   muassasasida   ovqatlanishni   tashkil   etish   ushbu
muassasa   zimmasiga   yuklatiladi   hamda   sanitariya   qoidalari,   normalari   va   gigiyena
normativlariga   muvofiq   amalga   oshiriladi.   Bolalarga   tibbiy   xizmat   ko‘rsatish   davlat
maktabgacha   ta'lim   muassasasining   tibbiyot   xodimlari   va   ushbu   muassasaga
belgilangan   tartibda   biriktirilgan   hududiy   sog‘liqni   saqlash   organlarining   tibbiyot
xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiyot xodimlari davlat maktabgacha ta'lim
muassasasi   xodimlari   bilan   birgalikda   bolalarning   hayoti,   sog‘lig‘i   va   jismoniy
rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari o‘tkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari
14 va   gigiyena   normativlariga,   ovqatlanish   rejimi   va   sifatiga   rioya   qilinishi   uchun
mas'uldirlar. Davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning hayotini muhofaza
qilish   va   sog‘Iig‘ini   mustahkamlashni   tashkil   etish   tartibi   O‘zbekiston   Respublikasi
Maktabgacha   ta'lim   vazirligi   va   Sog‘liqni   saqlash   vazirligi   tomonidan   belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasining tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat qilish
hududiy sog‘liqni saqlash organlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat maktabgacha
ta'lim   muassasasi   rahbariyati   tomonidan   tibbiyot   xodimining   faoliyat   olib   borishi
uchun zarur  shart-sharoitlar  (alohida xizmat  xonasi, mebel  va tibbiy jihozlar, birinchi
tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan dori-darmonlar) yaratib beriladi. Davlat
maktabgacha   ta'lim   muassasasi   tibbiyot   xodimlarining   malakasini   oshirish   sog‘liqni
saqlash   tizimidagi   malaka   oshirish   muassasalarida   har   uch   yilda   kamida   bir   marta
bepul amalga oshiriladi. 
Maktabgacha   ta’lim   sohasida   davlat-xususiy   sheriklikni   rivojlantirish   uchun
yaratilgan   qulay   shart-sharoitlar   nodavlat   maktabgacha   ta’lim   muassasalari   sonini
yanada   oshirish   va   ular   ko‘rsatadigan   xizmatlar   turlarini   kengaytirish   uchun
mustahkam   poydevor   bo‘ldi.   Shu   bilan   birga,   olib   borilgan   tahlil,   bolalarning
maktabgacha   ta’lim   bilan   qamrovini   ta’minlash,   maktabgacha   ta’lim   muassasalarini
zamonaviy   o‘quv-metodik   materiallar   va   badiiy   adabiyotlar   bilan   to‘ldirish,   sohaga
malakali pedagog va boshqaruv kadrlarini jalb qilish masalalarini hal etish zarurligini
ko‘rsatmoqda. 
Maktabgacha   ta’lim   tizimini   yanada   takomillashtirish,   bolalarning   sifatli
maktabgacha   ta’limdan   teng   foydalanishini   ta’minlash,   maktabgacha   ta’lim
xizmatlarining   nodavlat   sektorini   rivojlantirish   maqsadida,   shuningdek,   O‘zbekiston
Respublikasi   Prezidentining   2018-yil   30-sentabrdagi   “Maktabgacha   ta’lim   tizimini
boshqarishni   takomillashtirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida”gi   PQ-3955-son   qaroriga
muvofiq:   Quyidagilar,   O‘zbekiston   Respublikasi   maktabgacha   ta’lim   tizimini   2030-
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi quyidagilarni nazarda tutgan holda Konsepsiyaning
asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi: 
1. maktabgacha   ta’lim   sohasidagi   normativ-huquqiy   bazani   yanada
takomillashtirish; 
15 2. maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik
va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
3. bolalarning   sifatli   maktabgacha   ta’lim   bilan   qamrovini   oshirish,   undan   teng
foydalanish   imkoniyatlarini   ta’minlash,   mazkur   sohada   davlat-xususiy
sherikligini rivojlantirish; 
4. maktabgacha   ta’lim   tizimiga   innovatsiyalarni,   ilg‘or   pedagogik   va   axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; 
5. maktabgacha   ta’limni   boshqarish   tizimini   takomillashtirish,   maktabgacha
ta’lim   muassasalari   faoliyatini   moliyalashtirish   shaffofligi   va   samaradorligini
ta’minlash; 
6. maktabgacha ta’lim tizimiga maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarini tayyorlash,
qayta tayyorlash, malakasini  oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo
yangi yondashuvlarni joriy etish; 
7. maktabgacha   ta’lim   muassasalarida   bolalarning   sog‘lom   va   balanslashtirilgan
ovqatlanishini, sifatli tibbiy parvarishini ta’minlash.
Hujjat   erishilgan   natijalar,   maqsadli   ko‘rsatkichlar   va   tegishli   davrga   (2019–
2024-yil. va 2025–2030-yil.) mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlardan kelib chiqqan holda
har   yili   tasdiqlanadigan   alohida   “Yo‘l   xaritasi”   asosida   bosqichmabosqich   amalga
oshiriladi.   Maktabgacha   ta’lim   vazirligi   har   yili   1-dekabrga   qadar   keyingi   yil   uchun
“Yo‘l   xaritasi”ni   ishlab   chiqib,   Vazirlar   Mahkamasiga   kiritadi   va   ularning   bajarilishi
ustidan   doimiy   monitoring   olib   boradi.   Hujjat   bilan   rejalashtirilgan   tadbirlarni
moliyalashtirish   manbalari   belgilangan   va   ularni   bajarish   yuzasidan   shaxsiy
javobgarlik   yuklangan.   Ushbu   Konsepsiyaning   maqsadi   bola   hayoti   va   faoliyatining
barcha   sohalarini   rivojlantirishni   ta’minlovchi   muhim   manba   bo‘lgan   sifatli
maktabgacha ta’limdan foydalanish mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat. 
    O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh.M.Mirziyoyev   “Zamonaviy
maktabgacha   ta’lim   sog‘lom   va   barkamol   avlodni   voyaga   yetkazishda   muhim
o‘rin tutadi”  deya ta’kidlaydi. 
Respublika   Prezidentining   2017-yil   30-sentabrdagi   PQ-3305-son   “O‘zbekiston
Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori
16 hamda, 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim
tizimini   yanada   takomillashtirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida”gi   qaroriga   muvofiq
Vazirlar   Mahkamasining   2017-yil   21-noyabrdagi   929-son   “O‘zbekiston   Respublikasi
Maktabgacha   ta’lim   vazirligi   to‘g‘risidagi   nizomi   maktabgacha   ta’limga   bolalarni
sifatli   tayyorlash,   maktabgacha   ta’lim   tashkilotlarida   moddiy   texnika   bazasini
mustahkamlash,   maktabgacha   ta’lim   tashkilotlarining   davlat   va   nodavlat   tarmog‘ini
kengaytirish   va   shu   orqali   maktabgacha   ta’limga   bola   qamrovini   oshirish   va   sohaga
ilg‘or   xorij   tajribalarini   tadbiq   qilish   imkononi   beradi.   Maktabgacha   ta’lim
tashkilotlarida   ta’lim-tarbiya   jarayoni   ilk   va   maktabgacha   yoshdagi   bolalar
rivojlanishiga   qo‘yiladigan   Davlat   talablari   va   “Ilk   qadam”   davlat   dasturi   asosida
rejalashtiriladi. 
Hozirgi   kunda   O‘zbekiston   Respublikasi   maktabgacha   ta’lim   vazirligi
tasarrufidagi   maktabgacha   ta’lim   tashkilotlarida   bolalarni   sifatli   maktab   ta’limiga
tayyorlashga   alohida   e’tibor   qaratilmoqda.   Jumladan,   “ Ilk   qadam”   dasturini
ta’limtarbiya   jarayonga   tadbiq   etish,   dasturni   to‘laqonli   ishlab   ketishida   metodik
ta’minot va metodik yordamning o‘rni belgilab olindi.  
“Ilk   qadam”   dasturi   asosida   barcha   yosh   guruhlarida   mavjud   markazlar   hamda
umumiy   guruhda   ishlashni   tashkil   etishda   tarbiyachining   o‘rniga   alohida   e’tibor
qaratildi.   Ta’lim   tashkilotining   ishchi   o‘quv   dasturi   tashkilot   pedagoglari   tomonidan
ota-onalarni   jalb   etgan   holda   tuziladigan   va   amaldagi   qonunchilik   tartibida
tasdiqlanadigan   qilib   belgilandi.   Maktabgacha   ta’lim   tashkilotlarida   bolalar   “Ilk
qadam”   davlat   o‘quv   dasturi   asosida   5   ta   markazda   faoliyat   yuritadilar.   Bular
quyidagilardir: 
1. Til va nutq markazi. (Nutq o‘stirish, tabiat, atrof-olam va badiiy adabiyot bilan
bog‘liq mashg’ulotlar) 
2. Qurish-yasash,   konstruksiyalash   va   matematika   markazi.   (Qurish   yasash   va
matematika mashg‘ulotlari) 
3. San’at   markazi   (Rasm,   applikatsiya,   loy   qurish,   yasash   mashg‘ulotlari   va
origami) 
17 4. Syujetli-rolli   o‘yinlar   va   dramalashtirilgan   markaz.   (Guruh   yoshiga   mos
bo‘lgan syujetli qoidali o‘yinlar) 
5. Ilm-fan   va   tabiat   markazi.   (Tabiat,   atrofi   olam   bilan   tanishtirish
mashg‘ulotlari) 
Markazlardagi   faoliyatlar   tahliliga   to‘xtaladigan   bo‘lsak,   til   va   nutq   markazida
bolalarning   do‘stlari   orasida   o‘z   fikrlarini   bera   olishlari,   mavzu   asosida   hikoyalar
tuzish,   savol-javoblar   qilish,   bolalarga   suhbatlar   tashkil   etish   imkoniyati   mavjud
bo‘ladi. Bola markazda o‘zi xohlagan mavzusida hikoyalar tuzishi ham mumkin. 
Qurish-yasash,   konstruksiyalash   va   matematika   markazida   bolalarda   sensor
tarbiya,   ijodkorlik   rivojlanadi.   Bola   bir   vazifani   bajarishi   orqali   ham   qurish   –yasash
ham   matematika   bilan   shug‘ullanish   imkoniyatiga   ega   bo‘ladi.   Bolalarni   o‘yin
jarayonida   tinglansa   “Menga   yashil   rang   kerak”,   “Men   yasagan   uycha   ikki   qavatli”,
“Seniki kichkina, meniki esa kattakon”, “Meni mashinamga 10 ta odam sig‘adi” degan
jumlalarni   eshitasiz.   Demak   bolalarning   muloqatida   qo‘shish,   ayirish,   taqqoslash,
kattalik kabi ilk matematik tasavvurlar kengayib boradi. 
San’at   markazida   bolalarni   kayfiyatini   ko‘tarish   imkoni   mavjud.   Bolalarning
ijodiy   qobiliyatlari   qo‘llab-quvvatlanadi.   San’atning   rassomlik,   haykaltaroshlik,
turlariga   hammaga   ham   bir   xil   iqtidor   berilmagan.   Shu   sababli   bunda   faqat   iqtidorli
bolalar ishtirok etadi. Markaz kerakli jihozlar bilan to‘liq ta’minlansa, yasash, chizish
texnologiyalari   ertalabki,   kechki   soatlarda   o‘rgatilsa,   markaz   ishi   rivojlanadi.   Oilada
bolaga   bunday   sharoit   har   doim   ham   yaratib   berilmaydi.   Markazda   ishlasa   bolaning
mayda   motorikasi   rivojlanadi.   Mayda   motorikaning   rivojlanishi   esa,   bola   nutqining
rivojlanishiga sabab bo‘ladi. 
Syujetli-rolli   o‘yinlar   va   dramalashtirilgan   markaz   bolalar   iqtidorini   namoyon
bo‘lishi, o‘z mahoratini ko‘rsatishi  uchun juda qulay muhitdir. Bu markazni bolaning
“Men”ini shakllantiruvchi markaz deb ham atash mumkin. Markazdagi barcha jihozlar
bolalar   hayotida   uchraydigan   jihozlar   bo‘lib,   o‘yin   jarayonida   bola   ulardan
foydalanishni   o‘rganadi,   kasblar   bilan   yaqindan   tanishish   imkoniga   ega   bo‘ladi.
O‘yinda oila a’zolarining o‘zaro munosabatlari aks etadi va ular orqali ahloqiy tarbiya
olish (tarbiyachi uchun esa oiladagi muhitni o‘rganish) imkoni yaratiladi. 
18 Ilm-fan   va   tabiat   markazida   tajriba   sinov   maydonchasida   o‘tkazilayotgan
tajribalar   bolalarda   qiziqish   uyg‘otadi   va   ularni   yangi   ixtirolar   qilishga   undaydi.   Bu
markaz bolalarni tabiat va undagi hodisalarni bilish uchun eng katta imkoniyat markazi
hamdir.   Markaz   faoliyati   to‘g‘ri   tashkil   etilsa   bolalar   tabiat   haqidagi   bilimlarning
90%ini   o‘zlashtiradi.   Markaz   nafaqat   bolalarda   balki   pedagoglarda   ham   qiziqish
uyg’otadi. Hayotimiz davomida ishlatiladigan narsalarni qayerdan kelganligini, ulardan
nimalar   olinganligi   haqidagi   ma’lumotlar   bolalarning   o‘z   qo‘llari   bilan   urug‘larni
tuvaklarga   sepish   orqali   unga   suv   qo‘yishi   va   urug‘   unib   chiqishi   bola   uchun   juda
qiziqarli holatlar sanaldi. 
Yuqorida   izohi   keltirib   o‘tilgan   markazlar   faoliyati   bolani   maktab   ta’limiga
tayyorlashda   rivojlantiruvchi   muhit   vazifasini   bajarib,   shu   o‘rinda   6-7   yoshli
bolalarning maktabga tayyorgarlik xaritasini  ilova qilib o‘tishni  joiz deb bildik. Zero,
mazkur yoshdagi bolaning rivojlanish xaritasi ta’lim jarayonining muvaffaqiyatliligi va
samaradorligini aniqlaydi.  Masalan boladagi, 
1. Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish 
2. Ijtimoiy-hissiy rivojlanish 
3. Nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalari 
4. Bilim olish (anglash orqali rivojlanish) 
5. Ijodiy   rivojlanish   kabilar   uni   maktab   muhitiga   tayyorlovchi   asosiy   me’zonlar
sanaladi. 
O‘quv   yili   yakuniga   yetgandan   so‘ng   maktabga   tayyorlov   guruhi   bo‘yicha
o‘tkazilgan  monitoringa asosan  amalga  oshirilgan ishlarni  kutilayotgan  natijalar  bilan
taqqoslash ishlari o‘tkaziladi va bu orqali MTTning keyingi o‘quv yiliga mo‘ljallangan
ustivor vazifalarini belgilaydi. 
Maktabgacha   ta’lim  tashkiloti  o‘z navbatida  ota-onalar  bilan  hamkorlikni   yo‘lga
qo‘yishgan. Bu esa bola tarbiyasida oila bilan hamkorlikning eng samarali usullaridan
biridir. Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning mazmuni rang-barang bo‘lib, unda
ayrim masalalar birgalikda muhokama qilinishi taqozo etiladi. Bolalarni tarbiyalashda
oilaning   roli,   ota-onalarning   vazifasi   to‘g‘risidagi   qonunlar,   bolalarni   maktabga
19 tayyorlash   kabi   masalalar   maktabgacha   ta’lim   va   oila   hamkorligi   ishtirokida   hal
qilinadi.  
Ingliz   faylasufi   Frensis   Bekonning   fikriga   ko‘ra:   “Bola   oilaning   quvonchi,   ota-
onaning   ko‘magi,   jamiyatning   hayotiy   kuchidir.   Bolalar   tufayli   hayot   yanada   shirin,
o‘lim   esa   unchalik   dahshatli   ko‘rinmaydi”   -   degan   edi.   Darhaqiqat,   bola   hayotning
mevasi, oilaviy g‘urur, kelajak, baxt. Biroq, tarbiya qiyin vazifa bo‘lib, ota-onalar har
doim   ham   farzand   tarbiyasida   kerakli   natijalarga   erisha   olmaydilar.   Bola   shaxsining
shakllanishidan     boshlab   oilaning   asosiy   vazifasi   bolaning   shaxsini   shakllantirish,
ya’ni uning tarbiyasi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish davri boshlanadi.  
Oila   -   bu   jamiyatning   bir   qismi,   unda   yangi   odam   tug‘iladi;   bu   kichik   ijtimoiy
guruh   uchun   hayotning   boshlang‘ich   maktabi.   Ota-onalar   bolaning   birinchi
o‘qituvchisi   va   tarbiyachisi   sifatida   birinchi   navbatda   psixologik   jihatdan   tayyor
bo‘lishi   kerak.   Bola   tarbiyasida   nafaqat   tarbiyachining   ijodkorligi,   jonkuyarligi   balki
ota-onalarning   ma’suliyati   ham   muhim.   Ota-onalar   farzandlarining   kelajakdagi
muvaffaqiyatlari uchun guruh tarbiyachisidek,  ma’suliyatli bo‘lib o‘zaro hamkorlikda
ish   yuritishlari   kerak   deb   hisoblayman.   Bolalar   rivojlanishida   har   ikki   tomon
maktabgacha ta’lim tashkiloti va ota-ona birdek mas’ul. 
Maktabgacha   ta`lim  tashkilotining  tajriba faoliyatidan  shuni  angladimki,  ota-ona
bilan turli shakllarda hamkorlik olib borish mumkin. Men 11-sonli maktabgacha ta’lim
tashkilotida   ko‘chma   dars   mashg‘ulot   jarayonidagi   faoliyatim   davomida   ota-onalar
bilan alohida ishlab ularga bolalar shaxsini shakllanishi bo‘yicha o‘z savollarim bilan
yuzlandim. So‘rovnomada har bir ota-ona o‘z bolasiga befarq emasliklarini angladim.  
Ota-onalar farzandlariga kun davomida qancha vaqt ajratishi, oilada ularning fikri
ham inobatga olinishini aytib o‘tdilar. Ba’zi ota-onalar bolalarning dam olish kunlarini
ham   maroqli   o‘tkazishga   harakat   qilishlari,   ularning   kiyinish   madaniyati   va   sog‘lom
rivojlanishi uchun gigiyenik salomatligiga alohida e’tibor qaratishlarini bilib oldim. 
Faoliyatimiz   davomida,   ota-onalar   bilan   ishlash   quyidagi   bosqichlarda   davom
etdi: 
20 o ma’lumotlarni   berish   orqali   o‘z   farzandining   yanada   to‘liq   tasavvurini
shakllantirish; 
o ota-onalar tomonidan uni to‘g‘ri idrok etish bo‘yicha anketa savollari berish; 
o ota- onaning faoliyatimiz bo‘yicha   fikrlari eshitildi; 
o ota-onalar   bilan   muloqotga   kirishdik,   tarbiyachiga   nafaqat   ijobiy,   balki   ota-
onaning     tashrifi   chog‘ida   bolaning   qiyinchiliklari,   tashvishlari,   salbiy   xulq-
atvori haqida ham gapirib berildi. 
Ota-onalarning   fikrlarini   tinglash   davomida   ularning   maktabgacha   ta’lim
tashkiloti rahbarlari uchun taklif va istaklarini mavjudligi ko‘rindi, ya’ni bola shaxsini
shakllanishida,   ayrim   xarakteri   yopiq   bolalar   uchun   psixolog   yoki   nutqida   nuqsoni
bo‘lgan bolalar bilan ishlash uchun logoped o‘rinlari yo‘lga qo‘yilishi joiz deb topildi.
Bu borada maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbariyatiga ham takliflar berib o‘tdik, ular
ham   ota-onalarning   fikrini   maqullab   o‘tdilar.   Va   bu   muammo   tez   orada   bartaraf
etilishiga   amin   bo‘ldik.   Ota-onalar   bilan   olib   borgan   muloqotimiz   samaradorligi
quyidagilardan iborat bo‘ldi: 
o Ota-onalarning farzandlari tarbiyasiga befarq bo‘lmasligi; 
o Ota-onalarning tarbiyachi bilan individual aloqaga intilishi; 
o ota-onalarning ta'limning muayyan usullarini qo‘llashning to‘g‘riligi haqida fikr
yuritish; 
o muammolarni   hal   qilish   va   munozarali   masalalarni   muhokama   qilishda
faollikni oshirish. 
Oila   va   maktabgacha   ta'lim   tashkiloti   bolalarni   ijtimoiylashtirish   uchun   ikkita
muhim   tashkilotdir.   Ularning   ta'lim-tarbiya   shakllari   turli   xil,   ammo   bolaning   har
tomonlama   rivojlanishi   uchun   ularning   o‘zaro   ta'siri   zarur.   Maktabgacha   ta'lim
tashkilotida   bola   ta'lim   oladi,   boshqa   bolalar   va   kattalar   bilan   muloqot   qilish,   o‘z
faoliyatini tashkil etish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Ota-onalarning ta'lim jarayonida faol
ishtirokisiz   maktabgacha   yoshdagi   bolalarning   uyg‘un   rivojlanishi   samarali   natija
bermasligi   mumkin.   Shuning   uchun   maktabgacha   ta'lim   tashkilotida   ota-onalar   bilan
ishlashga katta e'tibor berilishi kerak.
21 II BOB.  MAKTABGACHA TA'LIMGA QO'YILADIGAN DAVLAT
TALABLARINING MAZMUN MOHIYATI, ASOSIY SOHA VA
YO'NALISHLARINING HOZIRGI AMALIY HOLATI VA TAHLILI
2.1. Maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablarining mazmun mohiyati,
asosiy soha va yo'nalishlarining holati va tahlili
Maktabgacha   ta’lim   sohasida   misli   ko‘rilmagan   o‘zgarishlarni   bugun   har   bir
yurtdoshimiz   sezib,   kuzatib   turibdi.   Ta’limning   poydevori   hisoblangan   maktabgacha
ta’lim   tizimiga   davlat   tomonidan   bu   qadar   tizimli   va   bir-birini   to‘ldiruvchi   e’tibor
hamda amaliy yordam kuzatilmagan, desak adashmagan bo'lamiz. 
Sohada   yig‘ilib   qolgan   muammolarni   hal   etish   va   3   yoshdan   7   yoshgacha
bo‘lgan   bolalarning   to‘laqonli   ta’lim-tarbiya   olishini   ta’minlash   masalasi   davlatimiz
rahbari tomonidan kechiktirib bo‘lmas vazifa sifatida ilgari surildi. Chunki, bog‘chalar
ta’lim   muassasasi   vazifasini   bajarish   o‘rniga   ota-ona   ishda   bo‘lgan   vaqtda   bolaga
qarab   turadigan   muassasaga   aylanib   qolganligi,   qamrovning   pastligi,   binolarning
ta’mirtalabligi,   boshqa   maqsadlarda   ishlatilgani,   metodik   jihatdan   to‘liq
22 ta’minlanmagani, pedagoglar ijtimoiy himoyasi va maoshining pastligi kabi kompleks
muammolarni hal etish kechiktirib bo‘lmas masala bo‘lib, kelgan edi.
Keyingi 20 yil davomida davlat  tasarrufidagi  maktabgacha ta’lim muassasalari
soni   45   foizga   kamaygani,   2,45   million   boladan   818   ming   nafarigina   bog‘chalarga
qamrab   olingani   bu   fikrlar   isboti   bo‘la   oladi.   Maktabgacha   ta’lim   muassasalari
infratuzilmasi   va   moddiy-texnik   bazasining   yaroqsiz   holati   bolalarni   maktabgacha
ta’lim   bilan   to‘liq   qamrab   olishni   ta’minlashga   imkonning   kamligini   ko‘rishimiz
mumkin. 
2017-yil   16-avgust   kuni   bo‘lib   o‘tgan   yig‘ilish   maktabgacha   ta’lim   tizimi
tarixida   qoladigan   yig‘ilish   bo‘ldi 3
.   Shu   kuni   mamlakatimiz   Prezidenti   davlat   milliy
genofondini   mustahkamlash   borasida   gapirib,   ta’limning   ilk   bosqichini
rivojlantirishning ko‘plab yo‘nalishlarini belgilab berdi. Xususan, maktabgacha ta’lim
tizimini   tarkibiy   jihatdan   tubdan   isloh   qilish,   mazkur   muassasalarga   bolalarni   to‘la
qamrab olish bo‘yicha muhim vazifalar qo‘yildi. 
Hayotimizda   hal   qiluvchi   ahamiyatga   ega   bo‘lgan   ta’lim-tarbiya   tizimi   haqida
gapirganda, Abdulla Avloniy bobomizning dono fikrlari “Tarbiya biz uchun yo hayot
- yo mamot, yo najot  – yo halokat, yo saodat  yo – falokat masalasidir”  deb aytilgan
fikrlarini   takror   va   takror   aytishga   to‘g‘ri   keladi:   ta’lim-tarbiya   —   biz   uchun
hayotmamot   masalasidir,   —   dedi   Prezident.   Qaysi   sohani   olmaylik,   biz   zamonaviy
yetuk   kadrlarni   tarbiyalamasdan   turib   biror-bir   o‘zgarishga,   farovon   hayotga   erisha
olmaymiz   albatta.   Bunday   kadrlarni   tayyorlashda,   biz   ko‘proq   maktabgacha   ta’lim
tarbiyaga   katta   e’tibor   qaratmog‘imiz   zarurdir,   chunki   biz   uy   qurmoqchi   bo‘lsak
avvalo,  uyning fundamentini  mustahkam qilib quramiz chunki, u uy biz uchun uzoq
yillar xizmat qilishi kerak.   
“Bolalik-bu   ko‘p   savollar,   imkoniyatlar   va   oqibatlar   davri”-deydi 4
  A.Alder.
Shuning   uchun   biz   bolalarning   hech   bir   savolini   javobsiz   qoldirmasligimiz,   ularning
3
  O‘zbekiston Respublikasi prezidenti  Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 oktabr kuni maktabgacha  ta'lim tizimini tubdan
takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan ma’ruzasi  
4
 Quronov.M. Bolam baxtli bo’lsin, desangiz... .T. “Ma’naviyat”, 2014, 22-bet. 
23 har   bir   qiziqishlarini   qo‘llab-quvvatlashimiz   darkor.   Shu   bilan   birga   ular   qanday
o‘yinlarga qiziqishini va uning oqibatlarini ham tahlil etishimiz darkor.
Maktabgacha ta’lim vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil
30   sentyabrdagi   “Maktabgacha   ta’lim   tizimini   boshqarishni   tubdan   takomillashtirish
chora-tadbirlari   to’g’risida”gi   PF-5198-sonli   qaroriga   muvofiq 5
        bu   sohada   yangi
tizim yaratildi. 
Yangi vazirlik oldiga maktabgacha ta’lim sohasida: 
- yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish,  
- maktabgacha ta’lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish va
moddiy-texnik bazasini mustahkamlash,  
- ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash,  
- maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, 
- ta’lim-tarbiya   jarayonlariga   zamonaviy   ta’lim   dasturlari   va   texnologiyalarini
tatbiq   etish   orqali   bolalarni   intellektual,   ma’naviy-estetik,   jismoniy   rivojlantirish
hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash,  
- maktabgacha tarbiya muassasalarini milliy madaniy va tarixiy qadriyatlarni aks
ettiruvchi va bolalikdan kitob o’qishga qiziqish uyg’otadigan o’quv, uslubiy, didaktik
materiallar, o’quv o’yinlari va o’yinchoqlari, badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash; 
- rahbarlarni   qayta   tayyorlash   va   ularning   malakasini   oshirish.   va   bolalarni
tarbiyalash   va   har   tomonlama   rivojlantirish   masalalarini   yuqori   kasbiy   darajada   hal
qilishga   qodir   zamonaviy   pedagogik   texnologiyalar   va   usullar   asosida   maktabgacha
ta’lim tizimining pedagogik xodimlari; 
- maktabgacha   ta’lim   muassasalari   xodimlarini   moddiy   rag’batlantirish   tizimini
yaratish   va   o’quv   jarayoniga   jalb   qilish   tajribali,   malakali   va   o’qituvchilar   va
mutaxassislar; 
5
  O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2017  yil   30   sentyabrdagi   “Maktabgacha   ta’lim   tizimini   boshqarishni   tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5198-sonli qarori  
24 - maktabgacha ta’lim muassasalari  tarbiyalanuvchilariga bolalarni saqlash uchun
munosib   sharoitlar,   shu   jumladan   to’liq,   oqilona,   muvozanatli,   sog’lom   ovqatlanish,
ochiq   havoda   o’yinlar   va   mashqlarni   hajm   va   intensivlikda   ta’minlashga   qaratilgan
shart-sharoitlarni yaratish. ko’ngilochar va ma’rifiy tadbirlar elementlari bilan oqilona
tibbiy retseptlar bilan belgilanadi, 
- bolalarga   tibbiy   yordam   ko’rsatadigan   maktabgacha   ta’lim   muassasalarida
O’zbekiston   Respublikasi   Sog’liqni   saqlash   vazirligi   bilan   muvofiqlashtirish   va
ularning hayoti va sog’lig’ini himoya qilish bo’yicha profilaktika choralarini ko’rish, 
Bugungi   globallashuv   jaryonlarida   yashar   ekanbiz   maktabgacha   ta’lim   tarbiya
tizimida metodik ko‘mak qanchalik zarur? 
Har   qanday   ta’limning   asosi   —   metodika,   jumladan,   maktabgacha   ta’limniki
ham.   Maktabgacha   ta’limni   sifat   bosqichiga   ko‘tarishda   yangi   ta’lim   metodlari,
innovatsion   texnologiyalarning   ahamiyati   katta.   Sababi   MTTning   moddiy-texnik
bazasi   yuqori   bo‘lsa-yu,   tarbiyachi   bola   bilan   ishlamasa,   unga   har   kuni   yangi
ma’lumotlarni o‘rgatmasa, hamma qilingan harakatlar natijasi nolga tenglashib qoladi.
Sohadagi   mutaxassislar   mahoratini   oshirish,   ularga   zaruriy   metodik   ko‘mak   berish
maqsadida   Maktabgacha   ta’lim   muassasalari   rahbar   va   mutaxassislarini   qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tashkil etildi.
2020-yil   29-dekabrdagi   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti
Sh.Mirziyoyevning  Oliy  Majlisga   murojatnomasida   ham  aynan  shu   tizimga  to‘xtalib
o‘tganligini ko‘rishimiz mumkin. 
Biz   islohatlarimiz   ko‘lami   va   samarasini   yanada   oshirishda   har   tomonlama
yetuk,   zamonaviy   bilim   va   hunarlarni   puxta   egallagan,   azmu   shijoatli,   tashabbuskor
yoshlarimizga tayanamiz albatta. 
Biz oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek
ulug‘   maqsadni   qo‘ygan  ekanmiz,   buning  uchun   yangi   Xorazmiylar,   Beruniylar,   Ibn
Sinolar, Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni
yaratishimiz kerak. Bunda avallo,  ta’lim  va tarbiyani  rivojlantirish, sog’lom  turmush
tarzini   qaror   toptirish,   ilm-fan   va   innavatsiyalarni   taraqqiy   ettirish   milliy
g’oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib xizmat qilishi lozim 4
. 
25 Joriy   yil   yakuniga   ko‘ra   maktabgacha   ta’lim   qamrovi   65%ga   2023   yil   oxirida
esa   75   %ga   yetkaziladi.   Bu   ishlarni   amalga   oshirish   uchun   byudjetdan   600   milliard
so‘m   subsidiya   berish   hisobidan   qo‘shimcha   ravishda   2   mingta   nodavlat   bog‘cha
tashkil   etilib,   xususiy   sector   ulushi   25   %ga   yetkazilishi   haqida   izoh   berib   o‘tdi
prezidentimiz 5
.  
Shu   bilan   bir   qatorda   yana   2021   yilda   maktabga   tayyorlashning   bepul   tizimi
bilan 560 ming nafar 6 yoshli bolalar yoki ularning 82 % qamrab olinadi.
Shuning   uchun   ham   endi   biz   yosh   avlodga   bog‘cha,   maktab   oliygohda   sifatli
ta’lim   berishni   yo‘lga   qo‘yamiz,   ular   jismoniy   va   ma’naviy   sog‘lom,   vatanparvar
insonlar bo‘lib, ulg‘ayishi uchun barcha kuch va imkoniyatlarni safarbar etamiz deydi
o‘z ma’ruzasida prezidentimiz Sh.Mirziyoyev   
Tarbiyalanuvchilarning   ongi,   dunyoqarashini   o‘stirish,   ularni   mashg‘ulotlarda
erkin   fikrlaydigan   erkin   ishtirokchiga   aylantirish   nihoyatda   muhimdir.   Tarbiyachi
mashg‘ulotda   boshqaruvchi,   bolalar   esa   ishtirokchiga   aylanmog‘i   lozim.   Ana   shu
vazifani uddalashda innovatsion faoliyat ustunligi ko‘p qirrali samara keltiradi.     
Maktabgacha   ta’limda   ko‘proq   bolalarning   yoshi,   fiziologik   holatini   hisobga
olish   lozimligini   unutmaslik   kerak.   Oddiy,   oson   va   kam   vaqt   sarflanadigan   o‘yin
mashqlaridan foydalanib, faollik markazlarida ish olib borish yaxshi samara beradi.
Ko‘proq   atrof-muhit   bilan   bog‘lab   o‘tilgan   mashg‘ulotlar   bolalar   ongi,
dunyoqarashini,   erkin   fikrlash,   bayon   etish   qobiliyatlarini,   mustaqil   ishlash
ko‘nikmasini, ya’ni hayotiy kompetensiyasini rivojlantiradi 6
. 
Bolalarni o‘yinlar orqali ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishda ularning
o‘ynayotgan   o‘yinchoqlari   ham   katta   ahamiyat   kasb   etadi.   Bu   borada   birinchi
prezidentimiz  jonkuyarlik bilan  shunday  degan  edi:-“  ... har    qaysi     go‘dak   ilk   bor
olamni     o‘z     atrofidagi     ashyo     va     buyumlar,     jumladan,   o‘yinchoqlar     orqali
anglashini   inobatga   oladigan   bo‘lsak,   ularning   inson tarbiyasidagi   o‘rni   beqiyos
ekani     ayon     bo‘ladi.     O‘yinchoqlar     obrazi     bolaning   murg‘ak   tasavvuriga   bamisoli
toshga o‘yilgan naqshdek muhrlanib, uning ongida bir umr saqlanib qoladi.
Go‘dakning ulg‘ayib, kasb tanlashi, kelajakda qanday yo‘ldan  borishi,  o‘zining
hayot     tarzini     qanday    axloqiy-ma’naviy    asoslarga  qurishi    ham,    hech     shubhasiz,
26 uning  bolalikda  qanday  o‘yinchoqlar  bilan  oshno bo‘lib o‘sgani bilan belgilanadi.” 6
Bu fikr bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan o‘yinchoqlarni ham tanlashga e’tiborni
qaratishimiz lozimligini yana bir bor isbotlaydi. 
Demak, maktabgacha ta’limning ertangi porloq kelajagidan barchamiz umidvor
va  manfaatdor  bo‘lmog‘imiz kerak. 
2.2. Maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablarining mazmun
mohiyati, asosiy soha va yo'nalishlarining zamonaviy metodlari
Mamlakatimizda ta’lim tizimi tubdan isloh etilib, ertangi kunimizning munosib
davomchilari   bo‘lgan   barkamol   avlodni   voyaga   yetkazishga   alohida   e’tibor
qaratilmoqda.   2017-2021-yillarda   maktabgacha   ta’lim   tizimini   rivojlantirishga
mo‘ljallangan   “Yo’l   xaritasi”   keng   ko’lamli   kompleks   tadbirlarni   amalga   oshirish
ko’zda   tutilgan   bo’lib,     hech   kimdan   kam   bo‘lmagan   navqiron   avlodning   har
tomonlama   sog‘lom,   yuksak   ma’naviyatli   bo‘lib   kamol   topishi   yo‘lidagi   muhim
hujjatdir.   Unda   bolalarni   maktabga   tayyorlash   darajasini   tubdan   yaxshilash,   ta’lim-
tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama
intellektual,   axloqiy,   estetik   va   jismoniy   rivojlantirish   uchun   zarur   shart-sharoitlarni
yaratish belgilangan.  
Dastur   doirasida   5-6   yoshli   bolalarni   maktab   ta’limiga   tayyorlash   bo‘yicha
muqobil   shakllarni   yaratish   va   rivojlantirish   yuzasidan   keng   qamrovli   ishlar   amalga
oshirildi.  7
 
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli guruhlar tashkil etildi.
Bunday guruhlarda maktabgacha yoshdagi  bolalar uchun turli  rivojlantiruvchi amaliy
mashg‘ulotlar olib boriladi. Shu asosda har yili 305 mingdan ortiq 5-6 yoshdagi bolani
maktab   ta’limiga   tayyorlash   imkoniyati   yaratildi.   Bundan   tashqari,   maktabgacha
ta’limga   qamrab  olinmagan   3-6   yoshli   bolalarning   otaonalarini   metodik   qo‘llanmalar
6
 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. T. “Ma’naviyat”, 2008, 43-bet 
7
 Andryushchenko T.Yu., Shashlova G.M. Etti yoshli bolaning rivojlanish inqirozi: Psixodiagnostik va psixologning 
tuzatish va rivojlantirish ishlari: O‘quv qo‘llanma. Talabalar uchun qo‘llanma. yuqori. O‘rganish. muassasalar. – M.: Ed. 
"Akademiya" markazi, 2023. – 96s. 
27 bilan ta’minlash va ular bilan tushuntirish ishlarini olib borish orqali maktab ta’limiga
tayyorlashning muqobil tizimi ham joriy etildi.
Ilg‘or   xorijiy   mamlakatlar   tajribasidan   foydalangan   holda   maktabgacha   ta’lim-
tarbiya   tizimi   uchun   muqobil   dasturlar   ishlab   chiqilib,   amaliyotga   tatbiq   qilindi.
Yangilangan   dasturlar   bolalarni   maktabga   yanada   sifatli   tayyorlashga,   ularning
intellektual qobiliyati va mantiqiy fikrlash salohiyatini yuksaltirishga, oldingidan farqli
ravishda yozish va o‘qishni yanada yaxshiroq o‘rganishiga xizmat qiladi.  
Ta’lim   va   tarbiyaning   muqobil   shakli   bu   —   maktabgacha   ta’lim   va   tarbiya
tizimidagi innovatsion ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish modelidir.
Maktabgacha ta’lim muqobil shakllarini tashkil etishning maqsad va vazifalari.  
o Bolalarni sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish, 
o Maktabgacha   ta’lim   bilan   qamrab   olinmagan   bolalar   ilg’or   horijiy   tajribani
xisobga olgan holda davlat talablariga muvofiq xar tomonlama aqliy, axloqiy,
estetik va jismoniy kamol topishi uchun shart sharoitlar yaratish,  
o Bolalarni boshlang’ich ta’limga sifatli tayyorlash,  
o Uzoq   hududlarda   va   qishloq   joylarda   yashovchi   maktabgacha   yoshdagi
bolalarni teng huquqli sifatli maktabgacha ta’limga ega bo’lishini ta’minlash,
o Davlat   va   nodavlat   maktabgacha   ta’lim   tashkilotlari,   maktabgacha   ta’lim
soxasida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko’rsatish bilan shug’ullanuvchi yuridik
shaxslarning moddiy –texnik bazasini mustahkamlash,  
o Bola shaxsining asoslarini shakllantirish,unda bilimga qiziqishni rivojlantirish,
o MTT   qurilishi   imkoniyati   bo’lgan   uzoq   qishloq   joylari,   tog’li   tumanlar   va
borish   qiyin   bo’lgan   aholi   punktlarida   kamxarj   bo’lgan,   bepul   sifatli
maktabgacha ta’limdan teng foydalanshini ta’minlash, 
o Maktabgacha ta’lim xizmatlarining nodavlat sektorini rivojlantirish.  
Maktabgacha   ta’limga   ehtiyoji   mavjud   mahallalarda,   shu   jumladan   qishloq
joylarida   maktabgacha   ta’limning   muqobil   shakllarini   tashkil   qilish   va   ularni   zarur
moddiytexnika   vositalari   bilan   ta’minlash   choralarini   ko‘rish   nazarda   tutilgan.     Shu
o‘rinda savol  tug‘iladi: davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari quvvati bolalar soniga
28 nisbatan kam  bo‘lganda, yechimni nimada ko‘rish mumkin? Vazirlar Mahkamasining
“Bolalarni   boshlang‘ich   ta’limga   majburiy   bir   yillik   tayyorlashga   bosqichma-bosqich
o‘tish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida”gi   qarori   asosida   2018-2019-   o‘quv  yilidan   boshlab
Qoraqalpog‘iston   Respublikasi,   Farg‘ona   viloyati   va   poytaxtimizning   ayrim
tumanlarida bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlashni joriy
etish   tajriba   loyihasi   amalga   oshirildi.   Loyihani   amalga   oshirish   uchun   jami   494     ta
guruh   tashkil     etildi.     Tajriba   guruhlari   maktabgacha   ta’lim   muassasalariga
bormaydigan  bolalarga maktabgacha   ta’lim   va tarbiya olishda  yordam   berish,  buning
uchun   zarur   shartsharoitlar   yaratish   maqsadida   tashkil   etildi.   Guruhlar   davlat   va
nodavlat   maktabgacha   ta’lim   muassasalari,   maktabgacha   ta’lim   sohasida   nodavlat
ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarning negizida ochildi.  
Tajriba   guruhlarida   3-4   soat   davomida   bir   yoki   ikki   smenada   ta’lim-tarbiya
jarayoni   tashkil   etiladi.   Bitta   guruhdagi   bolalar   soni   30   nafardan   oshmasligi   kerak.
Tajriba   guruhlari   maktabgacha   ta’limga   qo‘yiladigan   davlat   tomonidan   belgilangan
talablarga muvofiq bolalarni tarbiyalaydi va maktabga tayyorlaydi. Bunda bolalarning
o‘ziga xos xususiyatlari, albatta, hisobga olinadi.  
Tajriba   guruhlariga   5   yoshdan   oshgan   maktabgacha   ta’lim   tashkilotlariga
bormayotgan   bolalar   qabul   qilinadi.   Boshlang‘ich   ta’limga   majburiy   yillik
tayyorgarlikdan o‘tgan bolalarga davlat namunasidagi sertifikat beriladi. Maktabgacha
ta’limning ushbu muqobil shakli bog‘chaga bormagan bolani birinchi sinfga borganida
tengdoshlaridan   kam   bo‘lmagan   darajada   faollashtirishni   ko‘zlaydigan   dastur   asosida
bolalarni  maktab   ta’limiga  tayyorlaydi.  Demak,  bu  barcha  ota-onalar   uchun  qulay  va
davlat   tomonidan   himoyalangan   ta’lim   shaklidir.   Maktabgacha   ta`limning   muqobil
shakllari   taqdimotida   MTV   tomonidan   16   ta   qayta   jihozlangan   avtobuslar,   bolalar
maydonchalari bo`lgan ikkita avtoturargoh va 2 ta modulli MTT taqdim etildi.   Isuzu
HC   40   rusumli   avtobuslar   asosida   harakatlanadigan   MTTlar   belgilangan   yo`nalish
bo`ylab   harakatlanadi.   Ko`chma   guruhlarda   bo`lish   muddati   3   soatdan   oshmaydi,
maksimal soni 3 yoshdan 7 yoshgacha bo`lgan 16 nafar bola bo`ladi. Darslarni barcha
tarbiyalanuvchilar   uchun   qiziqarli   qilish   maqsadida,   MTV   mutaxassislari   turli
29 yoshdagi   guruhlar   uchun   maxsus   dastur   ishlab   chiqdilar,   o`qituvchilar   esa   tegishli
tayyorgarlikdan o`tdilar.  
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh.M.   Mirziyoyev   “Zamonaviy
maktabgacha   ta’lim   sog‘lom   va   barkamol   avlodni   voyaga   yetkazishda   muhim   o‘rin
tutadi”     deya   ta’kidlaydi.   Shu   asosida   2017-yil   30-sentabrdagi   PQ–3305-son
“ O‘zbekiston   Respublikasi   Maktabgacha   ta’lim   vazirligi   faoliyatini   tashkil   etish
to‘g‘risida”gi qarori   hamda 2016-yil 29-dekabrdagi PQ–2707-son “2017–2021-yillarda
maktabgacha   ta’lim   tizimini   yanada   takomillashtirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida”gi
qaroriga   muvofiq   Vazirlar   Mahkamasining   2017-yil   21-noyabrdagi   929-son
“O‘zbekiston   Respublikasi   Maktabgacha   ta’lim   vazirligi   to‘g‘risidagi   nizomi,
Maktabgacha   ta’limga   bolalarni   sifatli   tayyorlash,   maktabgacha   ta’lim   tashkilotlarida
moddiy  texnika   bazasini   mustahkamlash,   maktabgacha   ta’lim   tashkilotlarining  davlat
va   nodavlat   tarmog‘ini   kengaytirish   va   shu   orqali   maktabgacha   ta’limga   bola
qamrovini oshirish va sohaga ilg‘or xorij tajribalarini tatbiq qilish imkonini berdi.  
Maktabga   qabul   qilish   bolaning   hayotida   yangi   yosh   davri   –   boshlang‘ich
maktab yoshi  boshlanishini  anglatadi, uning etakchi  faoliyati  ta’lim  olishdir. Olimlar,
o‘qituvchilar   va   ota-onalar   maktab   ta’limi   nafaqat   samarali,   balki   ularga   g‘amxo‘rlik
qilayotgan   bolalar   uchun   ham,   kattalar   uchun   ham   foydali,   yoqimli,   kerakli   bo‘lishi
uchun barcha sa’yharakatlarini qiladilar. 
– qat’iy tartibga solingan maktab tipidagi o‘qitishdan voz kechish; 
– turli xil shakllarda bolalarning jismoniy faolligini ta’minlash; 
– ta’limni   tashkil   qilishning   turli   shakllaridan,   shu   jumladan   bolalarning   turli   xil
maxsus faoliyatidan foydalanish; 
– faoliyatning bolalarning kundalik hayoti, ularning mustaqil faoliyati (o‘yin, badiiy,
konstruktiv va boshqalar) bilan o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash; 
– ta’sirlikdan foydalanish va o‘quv mazmunini loyihalashtirish; 
– bolalar   faoliyati   mazmunini   funksional   ravishda   simulyatsiya   qiladigan   va   uni
boshlaydigan rivojlanayotgan mavzu muhitini yaratish; 
30 – bolalarning   fikrlash,   tasavvur   va   qidiruv   faoliyatini   faollashtiradigan   usullardan
keng foydalanish. Muammoli elementlarni, turli xil yechimlarga ega bo‘lgan ochiq
turdagi muammolarni o‘rgatish bilan tanishtirish; 
– o‘yin texnikasi, o‘yinchoqlardan keng foydalanish; 
– bolalar uchun hissiy jihatdan muhim vaziyatlarni yaratish; 
– bolaning   tengdoshlariga   e’tiborini   qaratish,   u   bilan   muloqot   qilish   va   undan
o‘rganish imkoniyatini berish (va nafaqat kattalardan); 
– kattalar   va   bolalar   o‘rtasidagi   o‘zaro   muloqotning   dialogli   shaklini   ajratib
ko‘rsatish, bu bolalarning faolligi, tashabbuskorligi, kattalarga hurmat va ishonchini
rivojlantirishni ta’minlaydigan ta’lim jarayonida yetakchi sifatida; 
– har   bir   bolaga   qulaylik   va   muvaffaqiyat   hissini   beradigan   bolalar   jamoasini
shakllantirish.   Bunday   ish   bolalarga   6-7   yoshdagi   inqirozni   og‘riqsiz   ravishda
yengishga,   o‘yindan   yangi   yetakchi   faoliyatga   –   ta’limga   o‘tishga   yordam   berish
uchun   mo‘ljallangan.   Hozirgi   kunda   kimdir   tez-tez   savolni   eshitadi:   bolani
maktabga   kim   tayyorlashi   kerak,   boshlang‘ich   sinflarda   muvaffaqiyatli   o‘qish
uchun kim javobgar – ota-onalar, bolalar bog‘chasi o‘qituvchilari va o‘qituvchilari,
maktab?   Hamma   ota-onalar   ham   farzandi   bilan   o‘qish   uchun   bo‘sh   vaqtga   ega
emaslar.   Ba’zilar   buni   qanday   qilib   to‘g‘ri   qilishni   bilishmaydi.   Bunday   hollarda
bolani   tayyorlashni   mutaxassislarga   topshirish   yaxshiroqdir.   Bir   nechta   variant
mavjud: 
– bolani maktabdagi tayyorgarlik guruhiga yozish; 
– xususiy o‘qituvchining xizmatidan foydalanish; – bolani bolalar bog‘chasiga yozib
qo‘yish; – bolalarni rivojlantirish markazlarini izlash. 
Shunday   qilib,   bolalarni   maktabga   tayyorlashning   maqsadi   ta’lim   faoliyatining
har   qanday   o‘ziga   xos   elementlarini   o‘zlashtirish   emas,   balki   maktabda   o‘qish   uchun
zarur shart-sharoitlarni yaratishdir. 
Treningga tayyorgarlikning asosiy tamoyillari: 
1. Rivojlanish, o‘qitish va ta’limning birligi; 
2. Bolalarning yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olish; 
31 3. Integratsiyalashgan yondashuv; 
4. Tizimli va izchil; 
5. Variatsiya va dispersiya; 
6. Ong va ijodiy faoliyat; 
7. Ko‘rinish; 
8. Mavjudligi va yetarliligi. 
O‘yin va samarali faoliyat bolaning yetakchi faoliyati sifatida qaraladi. 
Treningga tayyorgarlik ko‘rishning asosiy vazifalari: 
o sog‘liqni saqlash va mustahkamlash; 
o aqliy funksiyalar va shaxs xususiyatlarini rivojlantirish; 
o o‘qishga tayyorgarlik va maktabda o‘qitish o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlash. 
Integratsiya quyidagi printsiplarga asoslanadi: 
1. san’atning   barcha   turlarini   va   turli   xil   badiiy-ijodiy   faoliyat   turlarini   (o‘yin,
musiqa, badiiy nutq, teatr)  birlashtirish, turli  xil  san’at  turlarining ekspresivligi
vositasida tasvirlangan obrazni tarbiyalash va tushunish uchun va qobiliyatlarni
rivojlantirish uchun go‘zallikni anglash, ijodiy fikrlash; 
2. bolaning   o‘ziga   xos   vizual-majoziy   xususiyatini   hisobga   olgan   holda   atrofdagi
dunyo bilan munosabati; 
3. bolalar hayoti va uning atrof-muhitiga san’at va bolalar ijodiyoti asarlarini keng
kiritish;  
4. har   xil   ortiqcha   yuklarni   yo‘q   qilish   maqsadida   faoliyatni   tez-tez   va   sezilmas
o‘zgarishi asosida amalga oshadi. 
E.E.   Kravtsova   quyidagilarni   ta’kidlaydi:   “Bolalarni   maktabga   tayyorlash   –   bu
bola  hayotining  barcha  sohalarini  qamrab  oladigan  murakkab,  ko‘p  qirrali   vazifadir”.
Maktabga   psixologik   tayyorgarlik   bu   vazifaning   faqat   bitta   jihati,   haqiqat   nihoyatda
muhim   va   ahamiyatlidir.   Biroq   bitta   jihat   doirasida   turli   xil   yondashuvlar   mavjud   va
ularni ajratish mumkin. Ushbu sohadagi tadqiqotlarning barcha xilma-xilligiini hisobga
olgan holda, u ushbu muammoga bir nechta asosiy yondashuvlarni aniqladi va belgilab
berdi. 
32 Maktabgacha  ta’lim  muassasalarida  bolalar  nutqini  rivojlantirish  ishlari  tegishli
dastur asosida amalga oshiriladi, mazkur dasturda atrof-olam haqidagi bilimlar doirasi,
tegishli lug‘at hajmi hamda bolalarning har bir yosh bosqichida o‘zlashtirishlari lozim
bo‘lgan   nutqiy   mahorat   va   ko‘nikmalari   belgilab   qo‘yilgan   bo‘lib,   u   muayyan   shaxs
sifatlarini  tarbiyalashni  ko‘zda tutadi (masalan, dialogik nutqni rivojlantirishda dastur
kirishimlilik,   xushmuomalalik,   bosiqlik   kabi   sifatlarni   tarbiyalash   zarurligini
ta’kidlaydi). Nutqni rivojlantirish dasturi ham, umuman olganda, xuddi “Maktabgacha
ta’lim   muassasalarida   tarbiyalash   va   ta’lim   berish   dasturi”   kabi   ilmiy   asoslarga
qurilgan. U butun mazmuni bilan maktabgacha ta’lim nazariyasini amalga oshirishga,
ya’ni   bola   shaxsini   har   tomonlama   rivojlantirishga   yo‘naltirilgan.   Dastur   asosini
psixologiya  va  turdosh  fanlarning  bolaning  og‘zaki   nutqni  egallab   olganligi   va  uning
bilish faoliyatining o‘ziga xosligi haqidagi ma’lumotlar tashkil etadi, bu esa turli yosh
bosqichlarida bolalarga nisbatan talabning hajmi va izchilligini belgilaydi. Shuningdek,
dastur bolaning rivojlanishida faoliyatning yetakchi ahamiyatga ega ekanligi haqidagi
muhim   pedagogik   qoidani   hisobga   olgan   holda   tuzilgan,   shuning   uchun   nutqni
rivojlantirish   dasturi   turli   faoliyat   turlari   (o‘yinlar,   mashg‘ulotlar,   mehnat   va   boshq.)
bilan taqqoslangan. 
Dasturni   o‘rganishni   nutqni   rivojlantirishning   asosiy   vazifalarini   eslatib   o‘tish
bilan   boshlash   mumkin .   So‘ngra   bitta   guruh   misolida   ushbu   asosiy   vazifalarning
mazmuni  qandayligini   va  u dasturning  qaysi   bo‘limlarida uchrashini  ko‘rsatish   zarur.
Yuqorida qayd etilgan jamoaviy muhokama singari tarbiyachiga boshqa yosh guruhlari
dasturlarining   matnlarini   o‘rganib   chiqish   taklif   etiladi.   Navbatdagi   mashg‘ulotda
dasturiy   materialni   alohida   vazifalar   bo‘yicha   qiyosiy   tahlil   qilish   o‘tkaziladi,
materialni   yosh   guruhlarida   izchil   ravishda   murakkablashtirib   borish   qayd   etiladi.
Maktabgacha   tarbiya   sohasi   xodimiga   dasturni   yakka   tartibda   va   ayni   paytda   jamoa
bo‘lib  o‘rganishga  to‘g‘ri   keladi.  Maktabgacha  ta’lim   muassasasi   mudirasi   yoki   katta
tarbiyachi har yili sentabr oyida tarbiyachilarning o‘z yosh guruhlari uchun dasturning
tegishli   talablarini   ajratib   olishlari,   ularni   o‘zlarining   yosh   guruhlariga   mo‘ljallangan
dasturiy   talablar   bilan   ko‘rgazmali   taqqoslash,   ularni   aralash   guruhlar   dasturi   bilan
33 ko‘rgazmali   taqqoslash   uchun   nutqni   rivojlantirish   dasturini   tarbiyachilar   ishtirokida
jamoaviy muhokama qilishni o‘tkazishlari lozim.  
Maktabgacha   yoshdagi   bolalar   rivojlanishiga   qo‘yiladigan   davlat   talablarining
asosiy  yo‘nalishlaridan  biri   nutq, o‘qish  va savodga   tayyorgarlikdan iboratdir. “Nutq,
muloqot, o‘qish va yozish malakalari” sohasi kompetensiyalari “Nutq, muloqot, o‘qish
va yozish malakalari” sohasidagi ta’lim va tarbiya jarayoni yakunida 6-7 yoshli bola: 
o ona tilini eshitadi va tushunadi; 
o ona   tilida   to‘g‘ri   talaffuz,   mos   grammatik   shakllar   va   turli   gap   tuzilmalaridan
foydalanadi;  
o chet tilini o‘rganishga qiziqish bildiradi;  
o chet tili bo‘yicha dastlabki bilimlarini namoyish etadi; 
o badiiy adabiyotga qiziqish bildiradi;  
o so‘zning   lug‘aviy   ma’nosi,   bo‘g‘inli   va   fonetik   tuzilishi   to‘g‘risida
tasavvurgatushunchaga ega bo‘ladi; 
o gapning turli ma’no shakllarini mustaqil ravishda tuzadi va so‘zlab bera oladi; 
o ona tilida yozishning dastlabki malakalari va vositalaridan foydalanishni biladi. 
Bu   umumiy   vazifa   –   “Nutq,   o‘qish   va   savodga   tayyorgarlik”   quyidagi   maxsus
vazifalardan iborat: 
o nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash, 
o lug‘atini boyitish, 
o mustahkamlash va faollashtirish, 
o nutqning grammatik to‘g‘riligini takomillashtirish, 
o og‘zaki nutqni shakllantirish, – ravon nutqni rivojlantirish, – savodga tayyorlash.
Maktabgacha   yoshdagi   bolalar   rivojlanishiga   qo‘yiladigan   Davlat   talablarining
tayyorlov   guruhdagi   nutq,   o‘qish   va   savodga   tayyorgarlik   yo‘nalishining   asosiy
vazifalari:   bolaning   til   to‘g‘risidagi   tasavvur   va   bilimlarga   ega   (antonim   va
sinonimlarni   topa   oladi),   o‘qish   va   yozish   malakalarini   shakllantirishdan   iborat.   Bola
o‘z  ona  tilining  fonetik,  grammatik  tuzilishini,  so‘zlardagi  birinchi  tovushlarni   biladi,
bo‘g‘inlab o‘qiydi, alifboni o‘rgangan, deb belgilangan. Bu vazifalarni bajarish uchun
34 tayyorlov guruhida yil davomida jami 72 ta mashg‘ulot o‘tkaziladi .   Shulardan 36 tasi
bolalarning   og‘zaki   nutqini   o‘stirish   bo‘yicha,   36tasi   savodga   tayyorlash   bo‘yicha
bo‘ladi. Mashg‘ulotlarning davomiyligi 25–30 daqiqa. 
Og‘zaki   nutqini   o‘stirish   bo‘yicha   o‘tkaziladigan   mashg‘ulotlarda   asosan,
bolalarning   og‘zaki   nutqini   o‘stirish   bilan   birga   nutqni   grammatik   tomondan   to‘g‘ri
shakllantirishga: 
1) nutqning morfologik va sintaksis tomonlarini shakllantirishni davom ettirish; 
2) sodda va qo‘shma gaplar tuzish, bunda barcha so‘z turkumlaridan foydalanishga
o‘rgatish,   bolalarni   gapirganda   sonni   otga,   sifatni   otga,   sifatni   fe’lga   to‘g‘ri
ishlatish malakalarini takomillashtirish, 
3) tovush   va   so‘zlarni   to‘g‘ri   talaffuz   etishga,   ravon   gapirishga,   mustaqil   hikoya
qilishga e’tibor beriladi. 
Og‘zaki   nutqini   o‘stirishda   mustaqil   hikoya   qilishga   o‘rgatish   katta   o‘rin
egallaydi:   bolalalarni   o‘z   hayotlarida   uchragan   voqealar,   suratlarga   qarab,
tarbiyachining taklif qilgan mavzusi asosida hikoyalar tuzishga o‘rgatiladi.   Tayyorlov
guruh   bolalarining   hikoyalari   mazmunan   bog‘langan,   ma’lum   izchillikda,   grammatik
tomondan to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi kerak. 
Xalqning   boy   intellektual   merosi   va   umumbashariy   qadriyatlar   negizida,
zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan-texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida
kadrlar   tayyorlashning   mukammal   tizimini   shakllantirish   O‘zbekiston   taraqqiyotining
muhim   shartidir.   Maktabgacha   ta’lim   bolaning   sog‘lom,   har   tomonlama   kamol   topib
shakllanishini   ta’minlaydi,   unda   o‘qishga   intilish   hissini   uyg‘otadi,   uni   muntazam
ta’lim   olishga   tayyorlaydi.   Maktabgacha   ta’lim   maqsadi   va   vazifalarini   ro‘yobga
chiqarishda   mahallalar,   jamoat   va   xayriya   tashkilotlari,   xalqaro   fondlar   faol   ishtirok
etadi.
Maktabgacha   ta’limni   rivojlantirish   uchun   quyidagilarni   amalga   oshirish   lozim
bo‘ladi: 
malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash; 
1) maktabgacha   ta’limning   samarali   psixologik-pedagogik   uslublarini   izlash   va
joriy etish; 
35 2) bolalarni   oilada   tarbiyalashni   tashkiliy,   psixologik,   pedagogik   va   uslubiy
jihatdan ta’minlash; 
3) zamonaviy   o‘quv-uslubiy   qo‘llanmalar,   texnik   vositalar,   o‘yinchoqlar   va
o‘yinlar yaratish hamda ularni ishlab chiqarish; 
4) maktabgacha   yoshdagi   bolalarni   xalqning   boy   madaniy-tarixiy   merosi   va
umumbashariy qadriyatlar asosida  ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun
shartsharoitlar yaratish; 
5) maktabgacha   ta’lim   muassasalarining   har   xil   turlari   uchun   turli   variantlardagi
dasturlarni   tanlab   olish,   maktabgacha   tarbiyaning   barcha   masalalari   bo‘yicha
malakali konsultatsiya xizmati ko‘rsatish imkoniyatini yaratish; 
6) maktabgacha   tarbiya   va   sog‘lomlashtirish   muassasalari   tarmogini
qo‘llabquvvatlash   va   rivojlantirish   mexanizmini   ishlab   chiqish   kabi   vazifalarni
maqsad qilib qo‘yadi. 
Shuningdek,   O‘zbekiston   Respublikasida   maktabgacha   ta’lim   to‘g‘risidagi
Nizomda   maktabgacha   ta’limga   alohida   urg‘u   berilib,   maktabgacha   ta’lim   uzluksiz
ta’lim   tizimining   boshlang’ich   turi   hisoblanishi   hamda   O‘zbekiston   Respublikasining
“Ta’lim   to‘g‘risida”gi   Qonuni,   Kadrlar   tayyorlash   Milliy   dasturi   talablari   asosida
tashkil etiladi, deyilgan. Maktabgacha ta’lim, bola 6-7 yoshga yetguncha oilada hamda
davlat   va   nodavlat   (davlatga   qarashli   bo‘lmagan)   maktabgacha   ta’lim   muassasalarida
amalga oshiriladi. 
Maktabgacha ta’limning asosiy vazifalari quyidagilar deb belgilanadi: 
1) bolalarni   xalqning   boy   milliy,   madaniy   tarixiy   merosi   va   umumbashariy
qadriyatlar asosida aqliy va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash; 
2) bolalarda milliy g‘urur, vatanparvarlik hislarini shakllantirish; 
3) maktabgacha   yoshdagi   bolalarda   bilim   olish   ehtiyojini,   o‘qishga   intilish
mayllarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta’lim jarayoniga tayyorlash; 
4) bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash
malakalarini shakllantirish; 
5) bolalarning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘ini ta’minlash kabilarni o‘z oldiga maqsad
qilib belgilaydi.
36 Maktabgacha   ta’lim   muassasalarining   yasli   va   maktabgacha   ta’lim   yoshidagi
bolalar guruhlariga bir xil yoshdagi, shuningdek, turli yoshdagi bolalar qabul qilinishi
mumkin . 
Guruhlardagi bolalar soni quyidagicha belgilanadi: 
o 2 yoshdan 3 yoshgacha – 15 ta.
o 3 yoshdan 6-7 yoshgacha – 20 ta.
o Turli yoshdagi guruhlarda 15 ta.
Maktabgacha   ta’lim   muassasalari   faoliyati   hududlarining   demografik,
ijtimoiyiqtisodiy   va   boshqa   xususiyatlarini   hisobga   olgan   holda   tashkil   etiladi,
Maktabgacha   ta’lim   muassasalarini   tashkil   etish   va   tugatish   Qonunga   muvofiq
ravishda amalga oshiriladi. 
Maktabgacha   ta’lim   muassasalari   yo‘nalishlariga   ko‘ra   quyidagi   turlarga
bo‘linadi: 
– maktabgacha talim tashkiloti, xonadon bolalar bog‘chasi (ham mustaqil 
muassasa sifatida, ham filial sifatida); 
– bog‘cha maktab muassasasi; 
– tarbiyalanuvchilarning   bir   yoki   bir   necha   ustuvor   yo‘nalishlarda   rivojlantiradigan
(til   o‘rganish,   badiiy   estetik,   sport   va   boshqa   yo‘nalishlar   bo‘yicha)   maktabgacha
ta’lim muassasasi; 
– tarbiyalanuvchilarning   jismoniy   va   ruhiy   rivojlanishidagi   kamchiliklarni   bartaraf
etishni ustuvor ravishda amalga oshiruvchi maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi;
– sanitariya-gigiena,   profilaktika   va   sog‘lomlashtirish   tadbirlari   hamda   muolajalari
ustuvor   ravishda   amalga   oshiriladigan   sog‘lomlashtiruvchi   maktabgacha   ta’lim
muassasasi; 
– aralash turdagi maktabgacha ta’lim muassasasi. 
Maktabgacha   ta’lim   muassasasi   turlari   ota-onalar   tomonidan   tanlanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish tartibi, ularni bir muassasadan
ikkinchisiga   ko‘chirish,   muassasadan   chiqarish   davlat   muassasalarida   Maktabgacha
ta’lim   vazirligi   tomonidan   belgilangan   tartibda,   davlatga   qarashli   bo‘lmagan
37 maktabgacha ta’lim muassasalarida esa, muassasaning Ustavi bilan belgilanadi. Aqliy
va   jismoniy   rivojlanishda   kamchiliklari   mavjud   bo‘lgan   bolalar   uchun   maxsus
maktabgacha ta’lim  muassasalari  yoki  guruhlar  tashkil  etish ham  maktabgacha ta’lim
muassasasi to‘g‘risidagi Nizomda ko‘rsatib o‘tilgan. 
III BOB. MAKTABGACHA TA'LIMGA QO'YILADIGAN DAVLAT
TALABLARINING MAZMUN MOHIYATI, ASOSIY SOHA VA
YO'NALISHLARINING ASOSIY BOSQICHLARI
3.1  Maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablarining mazmun mohiyati,
asosiy soha va yo'nalishlarida mavjud muammolar
Maktabgacha   ta’lim   uzluksiz   ta’limning   boshlang’ich   qismi   hisoblanadi.   U
bolaning   sog’lom   va   rivojlangan   shaxs   bo’lib   shakllanishini   ta’minlab,   o’qishga
bo’lgan     ishtiyoqini   uyg’otib,   tizimli   o’qitishga   tayyorlab   boradi.   6-7   yoshgacha
bo’lgan   maktabgacha   ta’lim   davlat   va   nodavlat   bolalar   maktabgacha   ta’lim
muassasalarida va oilada amalga oshiriladi.  
Maktabgacha   ta’limning   maqsadi   –bolalarni   maktabdagi   o’qishga   tayyorlash,
bolani sog’lom, rivojlangan, mustaqil  shaxs bo’lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib
berish,   o’qishga,   tizimli   ta’limga     bo’lgan   ishtiyoqini   tarbiyalash   hisoblanadi.
Maktabgacha   yoshdagi   bolalar   rivojlanishiga   qo’yiladigan   Davlat   talablari   aniq   bir
38 yoshdagi   bolaning   rivojlanish   standartlarini   va   bolaning   yutuqlari   va   rivojlanish
darajasini baholash imkoniyatini beruvchi indikatorlarni belgilaydi.  8
Ushbu   xujjat,   birinchi   navbatda,   oilalarga   bolaning   to’laqonli   rivojlanishi,
ta’lim-tarbiyasida,   uni  maktabda  ta’lim   olishga  samarli  tayyorlashda  yordam   berishni
nazarda   tutadi.U   maktabgacha   ta’limning   mazmunini   belgilaydi   va   mulk   shaklidan
qat’iy   nazar,   maktabgacha   ta’lim   muassasalarini   bolalikning   qadr-qimmatini   saqlab
qolgan   xolda   barcha   bolalarning   tenghuquqligini   va   har   bir   bolaning   individual
rivojlanishini   tadbiq   etishga   yo’naltirilgan.   Albatta,   Nodavlat   maktabgacha   ta’lim
tashkilotlarida   ham   ta’lim   mazmuni   maktabgacha   ta’limga   qo’yiladigan   davlat
talablariga   asosan   ishlab   chiqilib,   O’zbekiston   Respublikasi   Maktabgacha   ta’lim
vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan tartibga solinadi.
Tashkilot o’z(mualliflik) dasturlaridan foydalanishga haqlidir. Ushbu dasturlarni tartibi
O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
Oilaviy   nodavlat   maktabgacha   ta'lim   tashkilotlari   to‘g‘risidagi   nizomga
muvofiq,   oilaviy   nodavlat   maktabgacha   ta'lim   tashkiloti   faqat   davlat-xususiy
sherikchilikning oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini moddiy- texnik va
uslubiy jihatdan ta'minlash shakli asosida qishloq joylarda tashkil etiladi.
Barchamizga ma’lumki, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi o’z faoliyatida
O’zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasi   va   qonunlariga,   O’zbekiston   Respublikasi
Oliy   Majlisi   palatalarining   qarorlariga,   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining
farmonlari,   qarorlari   va   farmoyishlariga,   O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar
Mahkamasining   qarorlari   va   farmoyishlariga,   boshqa   qonun   hujjatlariga,   shuningdek
ushbu   Nizomga   amal   qilib   boradi.   hujjatlariga   muvofiq   muassasa   shaklida   tashkil
etiladi.   Nodavlat   maktabgacha   ta’lim   muassasasining   ish   tartibi   va   bolalarning
muassasada bo’lish vaqti muassasa ustavi hamda muassisning qarori bilan belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida 5 kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida
quyidagi ish tartibi joriy etiladi: 
12 soatli;   10,5 soatli; 
8
 Gutkina N.I.Maktabga psixologik tayyorgarlik.4-nashr; qayta ko'rib chiqilgan va qo‘shing. – SPb.: Piter, 2020. – 
208.bet.  
39  9 soatli;      4 soatli; 
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi joylashgan hududda yashaydigan aholi
talablaridan   kelib   chiqib,   nodavlat   maktabgacha   ta’lim   muassasasida   yoki   uning
alohida guruhlarida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.  
Oilaviy   nodavlat   maktabgacha   ta'lim   tashkilotlarining   asosiy   vazifalari
quyidagilar : 
1) ta'lim-tarbiya   jarayoniga   zamonaviy   ta'lim   dasturlari   va   texnologiyalarini   joriy
etish va bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog‘lig‘ini mustahkamlash;
2) bola   shaxsini   sog‘lom   va   yetuk,   maktabda   o‘qishga   tayyorlangan   tarzda
shakllantirish ;
3) bolalarning intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishini ta'minlash; 
4) bolalarda   xalqimizning   yuksak   ma'naviyati   va   insonparvarlik   an'analariga
sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish.  
Nodavlat   maktabgacha   ta’lim   muassasasini   muassis   tomonidan   tayinlanadigan
rahbar   boshqaradi.   Nodavlat   maktabgacha   ta’lim   muassasasi   rahbari   davlat
maktabgacha   ta’lim   muassasasi   mudiri   lavozimiga   qo’yiladigan   malaka   talablariga
muvofiq   bo’lishi   kerak.   Nodavlat   maktabgacha   ta’lim   muassasasi   faoliyatini   nazorat
qilish   muassis   tominidan,   shuningdek,   qonun   hujjjatlarida   belgilangan   tartibda
vakolatli   davlat   organlari   tomonidan  amalga   oshiriladi.  Nodavlat   maktabgacha   ta’lim
muassasalari   tomonidan maktabgacha  ta’limga qo’yladigan  davlat  talablari   va ta’lim-
tarbiya   dasturlarining   bajarilishini   nazorat   qilish   ushbu   sohadagi   vakolatli   organ
tomonidan amalga oshiriladi.  
«Bizning   eng   katta   boyligimiz   —   bu   xalqimizning   ulkan   intellektual   va
ma’naviy   salohiyatidir».   Shavkat   Mirziyoyev   Bugungi   kunda   ta’lim   tashkilotlarida
ta’lim-tarbiya   sifatini   takomillashtirish,   har   tomonlama   ma’naviy-axloqiy   jihatdan
tarbiyalangan   barkamol   shaxslarni   voyaga   yetkazish   davlat   siyosatining   ustuvor
yo’nalishilaridan biri desak adashmagan bo’lamiz. 
Maktabgacha  yoshdagi  bolalarning intellektual ta’limi – bu ongni  rivojlantirish
uchun o‘sib borayotgan shaxsga tizimli va maqsadli pedagogik ta’sir ko‘rsatishdir.  Bu
ta’sir   kattalar   tomonidan   amalga   oshiriladi   va   turli   vositalar,   usullar   va   bolalarning
40 intellektual rivojlanishini ta’minlaydigan shart-sharoitlarni yaratish tizimini o‘z ichiga
oladi.   O‘zbekiston   Respublikasining   “Maktabgacha   ta’lim   va   tarbiya   to‘g‘risida”gi
Qonunining   29-moddasida   maktabgacha   ta’lim   va   tarbiyaning   davlat   ta’lim   dasturi
bolani   to‘laqonli   har   tomonlama   kamol   toptirishga   qaratilgan   ta’lim-tarbiya   jarayoni
tashkil etilishi ko‘rsatib o‘tilgan. Hozirgi vaqtda "intellekt" va "intellektual qobiliyat"
atamalarining   turli   xil   talqinlari   mavjud.   Eng   keng   tarqalgani   intellekt   tushunchasi
"idrok   jarayonini   amalga   oshirish   va   muammolarni   samarali   hal   qilish   qobiliyati,
maqsadga erishish uchun o‘z harakatlarini rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish
qobiliyatidir".   Bolaning   intellekti   –   bu   atrofdagi   dunyoni   samarali   idrok   etish   va
tushunish   imkoniyatini   ta’minlaydigan   individual   kognitiv   tajribani   tashkil   etishning
o‘ziga   xos   shakli.   Ammo   maktabgacha   yoshdagi   bolalar   atrofidagi   dunyo   haqidagi
bilimlar, maktab o‘quvchilaridan farqli o‘laroq, ta’limiy faoliyatlarda jamlangan emas,
u  kundalik   hayotda,   kattalar   va   tengdoshlar   bilan   muloqot   qilish   jarayonida,   o‘yinda,
ishda   va   turli   xil   samarali   faoliyat   turlarida   amalga   oshiriladi.   Bola   uchun   o‘yin
hayotdir.   O‘yin   bolaning   hayotidagi   eng   qiyin   va   eng   muhim   tadbirlardan   biridir.
O‘yin   yordamida   siz   o‘quv,   bilish   va   ijodiy   faoliyatga   qiziqishni   jalb   qilishingiz,
maktabgacha   yoshdagi   bolalarning   badiiy   qobiliyatlarini   ochib   berishingiz   mumkin .
Maktabgacha   yoshdagi   bolalarning   intellektual   rivojlanishi   juda   muhimdir,   chunki   u
ma'rifiy   faoliyatni   muvaffaqiyatli   egallash   uchun   ko'nikmalar   hosil   qiladi.
Maktabgacha   yoshdagi   ma'lumotlarning   to'planishi   tez   sur'atlarda   kechadi,   bilim
jarayonlari   takomillashtirilmoqda,   nutq   shakllanmoqda.   Rivojlangan   razvedkaga   ega
bo'lgan   maktab   o'quvchilari   yangi   materiallarni   tezda   o'rganadilar   va   yod   olishadi,
o'zlarining qobiliyatlariga ko'proq ishonch hosil qilishadi va amaliyotda ko'rsatilishicha
o'rganish istagi ko'proq bo'ladi. Maktabgacha tarbiyachilarning intellektual qobiliyatini
rivojlantirishda   alohida   o'ringa   o'qitish   vositasi   bo'lgan   bolalarning   didaktik   o'yinlari
kiradi va bolalarga bilim olish va ularni mustahkamlashda yordam beradi, shuningdek,
bilim   faoliyati   metodlarini   o'rganish   uchun   yordam   beradi.   Maktab   o'quvchilari
bolalarning   ta'lim   faoliyatiga   qiziqishi   ortib   borayotgan   didaktik   o'yin   tufayli,
tasniflashni,   taqqoslashni   va   umumlashtirishni   o'rganadi.   Kichik   bolalarni   aqliy
rivojlanishi   nafaqat   bilimlarni   egallash   va   mustahkamlash,   balki   maktabgacha
41 yoshdagi   bolalarning   fikrlash   faoliyatini   faollashtirishga   ham   yordam   berishi   kerak.
Mamlakatimizda   olib   borilayotgan   uzluksiz   ta’lim   tizimining   barcha   bo‘g‘inlaridagi
yangilanish,   modernizatsiya   jarayoni   uzluksiz   ta’lim   tizimining   barcha   bo‘g‘inlari
uchun,   jumladan,   barcha   fanlar   qatorida   Maktabgacha   ta’lim   -   tarbiyani   tashkil   etish
fani bo‘yicha ham zamon talabiga javob bera oladigan darslik va o‘quv qo‘llanmalarni
yaratishni   taqzo   etmoqda.   Shu   boisdan   Maktabgacha   ta’lim-tarbiyani   tashkil   etish
faniga   oid   zamonaviy   bilimlar   tizimini   bo‘lajak   tarbiyachi   pedagoglarga   o‘qitish
dolzarb vazifalardan hisoblanadi. 
Bugungi   kunda   Respublikamizda   “Maktabgacha   ta’lim   konsepsiyasi”   hamda
maktabgacha ta’lim uchun o‘quv dasturlari va o‘quvmetodik majmualarda bolalarning
bilish   faoliyatlarini   rivojlantirish   imkoniyatlarini   kengaytirishga   alohida   e’tibor
qaratilgan.   MTT   tarbiyalanuvchilarining   bilish   faoliyatlarini   rivojlantirish
tarbiyachipedagoglarning   ta’limtarbiyani   samarali   tashkil   etishlariga   bevosita
bog‘liqdir.   Bu   borada   O‘zbekiston   Respublikasini   yanada   rivojlantirish   bo‘yicha
Harakatlar strategiyasida umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, yosh avlodning
ijodiy   va   intellektual   salohiyatini   qo‘llab-quvvatlash   va   ro‘yobga   chiqarish   kabi
yo‘nalishlar   belgilangan   bo‘lib,   bu   o‘z   navbatida   mazkur   jarayonni   tadqiq   etish   va
tahliliy   yo‘nalishga   ega   bo‘lgan   didaktik   tizim   sifatida   ko‘rib   chiqishda   bolalar   aqliy
salohiyatini rivojlantirishda tarbiyachipedagoglarning ta’lim-tarbiyani samarali tashkil
etish texnologiyasini takomillashtirish va amalga oshirish maqsadga muvofiq. 
Maktabgacha   ta’lim   tashkilotlarida   ta’lim-tarbiyadan   ko‘zlangan   maqsad   –
ta’limning   keyingi   bosqichida   ijodiy   va   mustaqil   fikrlay   oladigan   shaxsni   tarbiyalab
berishdan iborat. Ushbu bitiruv malakaviy ishida Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil
etish   o‘qitishning   maqsad   va   vazifalari   –   bo‘lajak   30   tarbiyachilarni   ta’lim-tarbiya
qonuniyatlari   bilan   yaqindan   tanishtirishga   doir   bilimlar   bilan   qurollantirish,
shuningdek,   maktabgacha   ta’limga   qo‘yilgan   talablar,   tamoyillar,   mazmuni,   tarbiya
turlari   va   tarbiyachi   shaxsini   shakllantirishning   pedagogik   asoslari   kabi   masalalar
yoritilgan. 
Barchamizga   ma’lumki   inson   rivojlanishi   –   juda   murakkab   jarayon.   U   tashqi
ta’sirlar   hamda   ichki   kuchlar   ta’sirida   sodir   bo’ladi.   Tashqi   omillarga   insonni   o’rab
42 turgan   tabiiy   va   ijtimoiy   muhit,   shuningd е k   bolalarda   muayyan   xislatlarni
shakllantirish   bo’yicha   maqsadga   yo’naltirilgan   faoliyat   kiradi.   Ichki   omillarga   esa
biologik, irsiy omillar kiradi. Rivojlanish jarayonida bola faoliyatning har xil turlariga
jalb   qilinadi   (o’yin,   m е hnat,   o’quv,   sport   va   b)   va   muloqotga   kiradi   (otaona,
t е ngdoshlar,   b е gona   kishilar   va   b.   bilan).   Bunda   u   o’ziga   xos   bo’lgan   faollikni
namoyon etadi. Bu muayyan bir ijtimoiy tajribani egallashga yordam b е radi. 
Bola   rivojlanishining   har   bir   davri   uchun   faoliyat   turlaridan   biri   asosiysi,
е takchisi bo’ladi. Bir tur boshqasi bilan almashtiriladi, biroq har bir faoliyatning yangi
turi oldingisining ichida yuzaga k е ladi. Bola tug’ilishidan boshlab normal rivojlanishi
uchun   muloqot   muhim   ahamiyatga   ega.   Faqatgina   muloqot   jarayonida   bola   inson
nutqini   o’zlashtirib  olishi  mumkin.  Bu   esa  o’z  navbatida   maktabgacha  yoshdagi   bola
faoliyatida   va   atrofmuhitni   bilish   va   o’zlashtirishda   е takchi   vazifani   bajaradi.   Shaxs
rivojlanishi   harakatlantiruvchi   kuchlari   bo’lib   bola   ehtiyoji   va   uni   qoniqtirish
imkoniyati   o’rtasida   yuzaga   k е ladigan   qarama-qarshiliklar   hisoblanadi.   Bugungi
maktab   yoshidagi   bolalardan   aniq   bilimlargina   emas,   fikrlash   ko’nikmasi,   kattalar
hamda sinfdosh o’rtoqlarini tushunish, ular bilan ijobiy hamkorlik aloqalarini o’rnatish
talab   etiladi.   Shuning   uchun   bolaning   maktabga   qadam   qo’yayotganida   nechog’li
bilimga   egaligi   emas,   balki   uning   yangi   bilimlarni   egallashga   tayyorgarligi,
atrofolamga  moslashish   ko’nikmasi,  voqea-hodisani  mustaqil   ravishda  tahlil  etishi   va
harakat qilishi muhimroq hisoblanadi. 
Maktabgacha   yoshidagi   bolalarning   intellektual-anglash   malakalarini
rivojlantirish   asosiy   bilish   jarayonlarini   –   idrok,   xotira,   tasavvur,   fikrlashni
takomillashtirishga   qaratilgan   bo‘lishi   kerak.   Bilish   jarayonlarning   shakllanish
darajasiga   ko‘ra,   mustaqil   ijodiy   bilish,   amaliy   va   aqliy   tajriba,   umumlashtirish,   o‘z
faoliyati   jarayoni   va   natijalarini   tahlil   qilish,   o‘xshashlik   va   xulosalar   chiqarish
qobiliyatiga   ko‘ra,   insonning   bilim   darajasiga   qarab   baho   berish   mumkin.   Bolaning
intellektualanglash   malakalarini   rivojlanishi,   shunday   qilib,   maktabgacha   yoshidagi
bolalar   ta’limini   rivojlantirishning   hozirgi   bosqichida   asosiy   e’tibor   bolaning
shaxsiyatini   har   tomonlama   rivojlantirishga   qaratilishi   qiziquvchanlik,   maqsadlilik,
43 mustaqillik,   mas’uliyat,   ijodkorlik,   bolalarning   muvaffaqiyatli   ijtimoiylashuvini
ta’minlashdan iborat.
3.2  Maktabgacha ta’limga qo’yiladigan davlat talablarining mazmun mohiyati,
asosiy soha va yo’nalishlariga doir tadqiqot ishlari.
Maktabgacha   yoshdagi   bolalar   ta’lim-tarbiyaviy   faoliyatini   tashkil   etishda
shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim muhim ahamiyat  kasb etishi  amaliy jarayonlarda tobora
yaqqolroq   natijalarini   ko‘rsatib   bormoqda.   Chunki   bu   yondashuv   mazkur   yoshdagi
bolalar rivojlanish xususiyatlarini hisobga olish imkoniyatini ta’minlaydi. Rivojlanish
sohasidagi  izlanishlar  shundan dalolat beradiki, bola hayotining dastlabki  to‘qqiz yili
o‘sish davrining muayyan davomiyligida o‘tadi, bu umumiy  va oldindan aytib berish
mumkin   bo‘lgan   bosqichdir.   Bu   bosqichlar   rivojlanishning   har   bir   sohasidagi
o‘zgarishlar   bilan   ajralib   turadi:   jismoniy,   hissiy,   ijtimoiy   va   kognitiv.   Bolalar
o‘sishining   o‘ziga   xosligi   to‘g‘risidagi   bilimlar   tarbiyachilarga   ta’lim   muhitini
yaratishga   va   faoliyatning   muvofiq   turlarini   rejalashtirishga   tayanch   bo‘lib   xizmat
qiladi.  9
Rivojlanish   xususiyatlariga   mos   kelish   usullarini   muvaffaqqiyatli   qo‘llash
uchun   tarbiyachilar   me’yordagi   rivojlanishning   borishi   to‘g‘risida   tasavvurga   ega
bo‘lishlari   kerak.   Bunda   tarbiyachilar   shuni   yodda   tutishlari   lozimki,   bolalar
rivojlanishning bir xil bosqichini bosib o‘tishlariga qaramasdan, ularda bu jarayon bir
vaqtning   o‘zida   kechmaydi.   Bir   xil   yoshdagi   bolalarda   o‘ziga   xos   individual   farqlar
bo‘lishi muqarrar. 
Me’yoriy   rivojlanish   jadvalida   bolalarning   umumiy   va   nozik   motorikasi
rivojlanishi,   muloqot   ko‘nikmalari,   nutqni   tushunish,   undan   foydalanish,   mustaqil
ovqatlanish,   kiyinish   hamda   o‘zlashtirishi   lozim   bo‘lgan   ijtimoiy   ko‘nikmalar
keltirilgan.   Biroq,   siz   ta’limiy   faoliyat   rejasini   tuzish   chog‘ida   shunday   jadvallardan
foydalanmoqchi   bo‘lsangiz,   ularni   vaqti-vaqti   bilan   qarab   borishingiz   kerak.   Agar
9
 Z. Nishanova, G. Alimova. Bolalar psixologiyasi va uni o‘qitish metodikasi.  O‘quv qo‘llanma. – T., O‘zbekiston 
Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2020
44 bolalar   bilan   ta’limiy   faoliyatlarlar   rivojlanish   darajasini   hisobga   olmagan   holda
o‘tkazilsa,   barcha   harakatlarimiz   natijasiz   tugaydi,   bolalarni   zo‘riqtirishdan   nariga
o‘tolmaymiz.   Bolalarning   har   bir   sa’y-harakatida   muvaffaqqiyatga   erishishi   uchun
qulay imkoniyatni yaratib berishdan iborat. Demak, ta’limiy faoliyatlarlarni o‘ta oddiy
tarzda   o‘tkazmaslik   lozim;   ular   har   bir   bola   rivojlanishining   aniq   joriy   davri
murakkabligi   darajasi   hisobga   olingan   holda,   ilgarilovchi   xususiyatga   ega   bo‘lishi
zarur . 
Har bir bola o‘z ichki imkoniyatlari va o‘zini o‘rab turgan atrof-muhit ta’sirida
o‘zicha ulg‘ayib boradi va rivojlanadi.   Uning o‘ziga xos mijozi, qabul qilish usuli va
o‘z oilasi bor.   Bu individual farqlar tarbiyachining faoliyat dasturida ham, bolalar va
kattalarning   o‘zaro   munosabatlarida   ham   hisobga   olinishi   kerak.   Bola   uning   shaxsiy
fikrlari   va   materiallar,   g‘oyalar     va   odamlar   bilan   tajribalari   o‘zaro   ta’sir   etishi
natijasida   ta’lim   oladi.   Bu   tajriba   uning   yosh   xususiyatlariga,   ichki   imkoniyatlariga
mos   bo‘lishi   lozim   va   shu   bilan   bir   vaqtda   uning   qiziqishlari   va   tushunchalarini
faollashtirishi kerak. 
Bolalar   bilan   o‘tkaziladigan   ta’limiy   faoliyatlarlar   ularning   individual   va   yosh
xususiyatlariga   mos   bo‘lishi   uchun   tarbiyachilar   har   bir   bolani   doimiy   ravishda
kuzatib   borish   barobarida   uning   imkoniyati,   ehtiyoji,   qiziqishlari,   mijozi   va   qabul
qilish   usulini   ro‘yobga   chiqarishga   erishishi   zarur.   Bundan   tashqari   u   yoki   bu
markazda shug‘ullanishda ham ushbu jihatlar muhim ahamiyatga egadir. 
Bolaga uning rivojlanish darajasi uchun murakkabroq, biroq bajarsa bo‘ladigan
vazifa   berilsa,   u   ijobiy   «quvvat»   oladi   va   unda   izlanishni   davom   ettirish,   tajriba
o‘tkazish,   tekshirib   ko‘rish   istagi   paydo   bo‘ladi.   Agar   vazifa   bola   rivojlanishining
mavjud darajasi uchun haddan ziyod murakkab yoki haddan ziyod sodda bo‘lsa, unda
qiziqish susayadi, zerikadi, bezovtalanadi hamda befarq bo‘lib qoladi. 
      Bola   shaxsiga   yo‘naltirilgan   ta’limda   maktabgacha   ta’lim   tashkilotining   faoliyati
mazmunida   bolalarning   kognitiv   (aqliy),   nutq   muloqotchanligi,   ijtimoiy-hissiy   va
jismoniy motor rivojlanishiga sharoit yaratilishini ta’minlash juda muhimdir. Bolaning
rivojlanishi   uchun   sharoit   barcha   joyda:     MTTga   kirishda,   yo‘laklarda,   guruh
xonalarida,   o‘yin   maydonchalarida   ham   yaratilgan   bo‘lishi   shart.   Bino   va   xona   bu
45 bolaning   rivojlanishi   uchun   muhim   bo‘lgan   ichki   omillardir,   o‘yin   maydonchalari,
tashkilotning   atrofi   tashqi   omillar   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Shuningdek   kundalik
qilinadigan vazifalarni biror jadvalda bola ko‘ra oladigan va tushunadigan holatda ilib
qo‘yish,   ota-onalar   va   tashkilot   o‘rtasidagi   iliq   munosabatni   shakllantiruvchi
muloqotni o‘rnatishga imkon beruvchi muxitni yaratish lozim. 
   Bola shaxsiga   yo‘naltirilgan muhitning talablari: 
- bolaning salomatligini qo‘llab-quvvatlashga moslik; 
- yorug‘likning etarli bo‘lishi, toza xavo, toza joy va issiq xona; 
- bolani noo‘rin xodisalardan xavfsiz saqlaydigan joy; 
- harakat, kashf qilish va tajriba qilishga rag‘bat ko‘rsatish, yani MTT hududining
barcha joylarida bunga imkon bo‘lishi; 
- bolalar   o‘zi   ishlagan   va   boshqa   barcha   narsa   qo‘llanmalar   bolaning   ko‘rishiga
bo‘yi yetadigan bo‘lishi shart; 
- bolalar o‘rtasida hamkorlik va muloqotga rag‘bat bildirish;  
- (kichik guruh va juft bolib ishlashlari, o‘yinlar o‘ynashga sharoit yaratish) 
- tegishlilik hissi,  xavfsizlilik va erkinlik hissi;  -  turli  madaniyatlar  mavjudligini
his qildirish; 
  xonani     bolaning   har   tomonlama   rivojlanishini   ta’minlaydigan   qismlarga
bo‘lish   va   u  yerda   o‘yinchoqlar,   konstruksiyalar,  belgilar,   raqamlar,   so‘zlar   va
xk. 
- mebel   jihozi   bolaning   jismoniy   holatiga     erkin   harakatlana   olishiga   to‘siq
bo‘lmaydigan qilib joylashtirilgan bo‘lsin, bola o‘ziga tegishli mebelni bemalol
harakatlantira olsin, nogironlarga mos jihoz ham bo‘lishi kerak; 
- tarbiyachi va bolalarga ham qulay bo‘lishi; 
- bolaning idrok etish qobiliyatini rivojlantiruvchi va ijod qilishga undovchi turli
shakl  va rangdagi materiallar bilan ta’minlash; 
- iloji   boricha   juda   ko‘p   narsalarni   bitta   joyga   ilib   qo‘ymaslik,   bu   bolaning
jismlarni ajratib olishga xalaqit beradi; 
- bolaga   erkin   tanlash   imkoniyatini   berish   va   mustaqil   qaror   qabul   qilishga
undash – kabilarni keltirish mumkin.  
46 Bola   shaxsiga   yo‘naltirilgan   ta’limda   bolaning   rivojlanishini   baholash   uning
muhim jihati  hisoblanadi. Bolalikning ilk davrida, rivojlanishni  baholash bu kuzatish
demakdir,   bolalar   qilgan   ishlarini,       ishlar         qanday   bajarilganligini   hujjatlashtirish,
keyinchalik  bu hujjatlardan bolaning taqdiriga ta’sir qiladigan, ta’limga oid qarorlarni
chiqarish   va   ota-onalarni   bu   jarayonga   jalb   qilish   baholashga   kiradi.   Bolaning   har
tomonlama  rivojlanishini   to‘liq  hurmat  qilgan  holda   bolaning   rivojlanishini  baholash
inobatga olinshi kerak . 
Bolalar   interfaol     va   faol     jalb   qilinish   vositasida     tez   o‘rganadilar.   Ba’zida
tengdoshlar bilan muloqot eng samarali   o‘rganish vositasi hisoblanadi. Bolalar birga
ishlaganda   ko‘proq   o‘rganadi.   Liderlar   borki     ulardan   odamlar   qo‘rqishadi.   Liderlar
borki   ulardan   odamlar   yomon   qo‘rqishadi.   Liderlar   borki   ularni   odamlar   sevishadi.
Lekin eng yashi liderlar o‘z ishlarini  yakunlaganlarida, odamlar “buni o‘zimiz udallay
oldik” deyishadi. 
Interfaol     strategiyalarni   qo‘llashda   ma’lum   bir   maqsadni   amalga   oshirish
ko‘zda tutiladi.  Interfaol  strategiyalarning ikkita muhim maqsadi bor: 
- o‘rganishda bolaning faol o‘rni; 
- bolaning kattalar va tengdoshlari bilan muloqot qilishi. 
Interfaol   o‘rganish       strategiyalaridan   foydalanib,   bolaning   umumiy
rivojlanishiga turtki beramiz: 
- Jismoniy motor – biz harakatga undaymiz; 
- Bilish   –   biz   savol   berishga,   kashf   qilishga   va     birgalikda   tajriba   o‘tkazishga
hamda fikr almashib,birgalikda qaror qabul qilishga undaymiz; 
- Til   va   muloqot   –   biz   turli   verbal   (so‘z)   va   noverbal   (so‘zsiz)   muloqotdan
foydalanamiz; 
- Ijtimoiy-hissiy – biz kattalar va bolaning tengdoshlari bilan muloqotga kirishib
o‘zlarining shaxsiy hissiyotlarini topishlarni va boshqalarning ham hissiyotlarini
tushunishlarini xohlaymiz . 
Bola  shaxsiga yo‘naltirilgan ta’limda pedagogik nazorat qilish jarayoni mavjud
bo‘lib  u quyidagi tushunchalarni qamrab oladi: 
47 Pedagogik nazorat – reja asosida belgilangan vazifalarning  bajarilishini nazorat
qilishni   maqsad   qilib   qo‘ygan,   pedagogic   jarayon   natijalari   haqidagi   ma’lumot   olish
jarayoni. 
Nazorat   -   ilg‘or   tajribani   aniqlash   imkonini   beradi   va   boshqaruv   yechimlarini
qabul qilishda asosiy ma’lumot manbai hisoblanadi. 
Nazorat   natijasida   MTT   direktori   nafaqat   bajarilgan   va   bajarilmagan   ishlarni
bilib oladi, balki pedagogik jarayonni va tarbiyachining ish usullarini o‘rganib, uning
ishini to‘g‘ri yo‘naltirib, uning kasbiy jihatdan takomillashishi va mukammallashishga
yordam beradi. 
Pedagogik   nazorat   maktabgacha   ta’lim   tashkilotida   ta’lim-tarbiyani   to‘g‘ri
tashkil   etishga     va   bolalarning   har   tomonlama   rivojalanishi   uchun   shart-sharoit
yaratishga   qaratilgan   bo‘lishi   kerak.   Maktabgacha   ta’lim   tashkilotida   hozirgi   kunda
rahbar ko‘proq xo‘jalik ishlari bilan band bo‘lib, ta’lim-tarbiyaviy jarayonga   kamroq
vaqt   ajratmoqda.Vaholangki   to‘g‘ri   yo‘lga   qo‘yilgan   pedagogik   nazorat   natijasida
MTTda bolalarning har tomonlama rivojlanishiga imkon yaratiladi va qamrov darajasi
oshadi, MTTning reytingi oshib, talab ko‘payadi. 
Ta’lim-tarbiyaviy ishlarni muvafaqqiyatli amalga oshirilishi maktabgacha ta’lim
tashkilotlardagi   pedagogik   jarayonning   har   bir   faoliyat   turini   to‘g‘ri   tashkil   etishga
bog‘liqdir.   Tarbiyachining maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiyaviy ishlarni
samarali   tashkil   etishida   M.Montessori,   STEAM   kabi     pedagogik   texnologiyalar,
zamonaviy   interfaol   usullardan   foydalanishi     samarali   natija   beradi.   Pedagogik
texnologiyalar     bilan   sug‘orilgan   ta’limiy   faoliyatlarlarda   bolalar   o‘zlarini   erkin   his
qiladilar, barcha topshiriqlarni bajonudil bajaradilar. Bolalar egallashlari kerak bo‘lgan
bilim,   ko‘nikma   va   malakalarni   tez   va   zo‘riqishsiz,   oson   egallaydilar,   o‘ynab   zavq
oladilar, tafakkurlari rivojlanadi.  
Ertalabki soatda   qilinadigan pedagogik ishning asosiy vazifasi bolalarda   tetik,
quvnoq   kayfiyat   uyg‘otishdir.   Bunda   bola   faoliyati   erkin   bo‘ladi,   bolaning   istagi   va
qiziqishiga   tayaniladi,   faoliyatlarning   shakli   va   mazmuni   qiziqarli   bo‘lishi
ta’minlanadi.  
48 Tarbiyachi har kuni ertalabki soatda bolalarning birlamchi tibbiy ko‘rik asosida
qabul qiladi, ota-onalar bilan   suhbat  olib boradi, badantarbiya mashqlarini  o‘tkazadi.
Lekin bu vazifalar  kundalik faoliyatda aks ettirilmaydi. 
                        Kundalik   faoliyat     bayonida   ertalabki   soatda   tarbiyachi   bolalar   bilan
belgilangan   mavzu   yuzasidan     qisqa   suhbat   uyushtirishi   ko‘rsatiladi,   asosiy   o‘rinni
bolalarning o‘yin faoliyati uchun ajratiladi.   Ijodiy o‘yinlarni, tinch o‘yinlarni (qurish-
yasash, rasmli kitoblarni tomosha qilish) tashkil etish rejalashtiriladi. 
          Rejada  bolalarning mehnat faoliyati keng yoritiladi. Mehnat tarbiyasining to‘rta
vazifalari   besh   kunga   bo‘linib   yoziladi.   Navbatchilik     har   bir   kun   uchun   alohida
rejalashtirilmaydi.   Rejada     navbatchilikka   yangilik   kiritilsa,   navbatchilik   vazifasi
murakkablashtirilsa yoki sharoitlar o‘zgarsa, yangi mazmuni  alohida yoritiladi.  
                Bolalarning mustaqil  faoliyati rejalashtirilmaydi, u  bolaning    qiziqishiga va
kayfiyatiga bog‘liq. Har bir   bola   erkin holda   o‘zi istagan faollik markazini tanlashi
va   u   yerda       ishlashi   mumkin.   Tarbiyachi       bolalarni   kuzatishi   va     zarur   holda   unga
yordam ko‘rsatishi lozim. 
          Tarbiyachilar faollik markazida  bolani majburlamasligi, bolaning erkin faoliyat
yuritishi   uchun   imkoniyat   yaratib   berishi   lozim.     Eng   asosiysi   faollik   markazida
hamma narsa bola uchun qiziqarli bo‘lishi lozim. 
           Ta’limiy faoliyatlarning  maqsadida tarbiyachi  bolalarga beriladigan ta’lim va
tarbiya   vazifalarni   ko‘rsatadi,   bolalar   egallashi   lozim   bo‘lgan   bilim,   ko‘nikma   va
malakalarini   hajmini     aniq   belgilaydi.   Ta’limiy   faoliyatlarning     borishini     to‘liq
yozilmay,   manbaning   muallifi,   ishlanmaning   betini   ko‘rsatib   o‘tish   kifoya.   So‘ngra
zaruriy     jihoz   va   ko‘rgazmalarni   ko‘rsatadi.   Ta’limiy   faoliyatlar   ishlanmasi   yozilgan
metodik     qo‘llanma   yo‘q   bo‘lsa,   tarbiyachi   ta’limiy   faoliyatlar   ishlanmasini   yozishi
lozim. 
Sayrni rejalashtirish. Tarbiyachining sayrdagi asosiy vazifasi bolalar uchun faol,
mazmunli, xilma-xil va qiziqarli faoliyatni tashkil etishdir. 
     Sayr:  
1. Kuzatish; 
2. Harakatli o‘yin; 
49 3. Ixtiyoriy o‘yinlar; 
4. Mehnat; 
5. Tinch o‘yin kabi qismlardan iborat.  
(Sayr qismlarining ketma-ketligi olingan mavzuga qarab o‘zgarishi   mumkin.) 
Kunning ikkinchi yarmini rejalashtirish. 
Kunning ikkinchi yarmida bolalar bilan  yakka ishlash,  xilma-xil o‘yin faoliyati
egallaydi: (ta’limiy, stol ustida, voqeaband, ixtiyoriy, sahnalashtirilgan), ko‘ngilochar
soatlar   (har   oyda   1-2   marta)     rejalashtiriladi.   Tarbiyachi     kechki   sayrda     ixtiyoriy
kuzatish,   ixtiyoriy o‘yin va ota-onalar bilan ishlashni  rejalashtiradi. 
Kundalik reja hisobotini yozilishiga qisqacha sharh: 
Tarbiyachi  kundalik hisobot yozmaydi. Ta’limiy faoliyatlar  davomida o‘tilgan
mavzuni o‘zlashtirolmay qolgan bolalarni yakka ishlash daftariga shu kunning o‘zida
bu   bolalar   bilan     qachon,   qaysi   mavzuda   yakka   ish   olib   borilishi   belgilab   qo‘yiladi.
Tarbiyachi   har   kuni   ertalabki   soatda,   sayrda,   kunning   2-yarmida   o‘zlashtirmagan
bolalar  bilan   yakka ish olib borishi lozim . 
Tarbiyachi har oyning oxirida nazorat ta’limiy faoliyatlarini tayyorlab o‘tkazadi.
Nazorat   ta’limiy   faoliyatlarining   tahlili     joriy     oyning   oxirgi   kunlarida   o‘tkaziladi.
Ta’limiy faoliyatlar tahlili bo‘yicha bayonnoma yozilib, ta’limiy faoliyatlar natijasiga
ko‘ra har bir tarbiyachiga vazifalar beriladi.  
O‘quv   yili   davomida   uch   marta   (sentabr,   yanvar,   may   oylarida)   “Ilk   va
maktabgacha   yoshdagi   bolalar     rivojlanishiga   qo‘yilgan   davlat   talablari”   asosida
bolalarning   rivojlanish   ko‘rsatkichlari   tahlil   qilinadi.   Tarbiyachining     ta’lim-tarbiya
ishini to‘g‘ri rejalashtirishi avvalo faoliyat turlari bo‘yicha pedagogik jarayonni tashkil
etish va takomillashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi  zarur.    
Shunday   qilib,   maktabgacha   yoshdagi   bolalar   rivojlanishi   pedagoglardan   katta
mas’uliyatni talab etadi. Bolalikning muhim bosqichi deya e’tirof etilinayotgan ushbu
davrda ta’lim-tarbiya jarayonini imkon qadar individuallashtirishga, bolaning shaxsiy
o‘ziga   xosligini   aniqlashga   jiddiy   e’tibor   berish   muhimdir.   Bola   shaxsiga
yo‘naltirilgan ta’lim mazmunini chuqur anglash har  bir pedagogning faoliyat dasturini
mukammal   yarata   olish   imkoniyatini   beradi.   Shaxsiy   yondashuv   asosida   ish   olib
50 borgan   pedagoglarning   tarbiyalanuvchilari   esa,   o‘zining   aqliy   va   tarbiyaviy
imkoniyatlari bilan boshqa bolalardan ajralib, komil shaxs sifatida shakllanib boradi. 
O‘zbekiston Respublikasining  Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 30-
sentabrdagi   “Maktabgacha   ta‘lim   tizimi   boshqaruvini   tubdan   takomillashtirish
choratadbirlari   to‘g‘risida”gi   farmoni   hamda   ―   “O‘zbekiston   Respublikasi
Maktabgacha   ta‘lim   vazirligi   faoliyatini   tashkil   etish   to‘g‘risida”gi   qaroriga   muvofiq
bu   sohada   yangi   tizim   yaratildi.   Ushbu   tizim   oldiga   maktabgacha   ta‘lim   sohasida
yagona   davlat   siyosatini   ishlab   chiqish   va   amalga   oshirish,   maktabgacha   ta‘lim
muassasalari   davlat   va   nodavlat   tarmog‘ini   kengaytirish   hamda   moddiy-texnik
bazasini   mustahkamlash,   ularni   malakali   pedagog   kadrlar   bilan   ta‘minlash,
maktabgacha   ta’lim   muassasalariga   bolalarni   qamrab   olishni   keskin   oshirish,   ta’lim-
tarbiya   jarayonlariga   zamonaviy   ta‘lim   dasturlari   va   texnologiyalarini   tatbiq   etish
orqali  bolalarni  har   tomonlama  intellektual,  ma‘naviy-estetik,   jismoniy  rivojlantirish,
ularni   maktabga   tayyorlash   sifatini   tubdan   yaxshilash   vazifalari   qo‘yildi.     Ta’lim
samaradorligini oshirishda hamjihatlik madaniyati va muhitni yaratish katta ahamiyat
kasb   etadi.   Hamjihatlikda   ishlash   uchun   har   bir   pedagog   o‘z   kasbining   mazmun
mohiyatini anglashi, kasbdoshlarini tushunishi kerak. 
Bolaning ongi va tafakkuri endi shakllanib kelayotgan bolalarda  tarbiyachining
mahorati,   uning   zamonaviy   texnologiyalarni   ta’lim   jarayoniga   mohirona   tadbiq   eta
olishi, ta’limning yangi-yangi yo‘l va usullarini izlashi, ilg‘or pedagogik tajribalardan
ijodiy foydalana olishi juda muhimdir.  
Shuning   uchun   ham   maktabgcha   yoshdagi   bolalarni   mustaqil   fikrlashga
o‘rgatishda interfaol metodlardan foydalanish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni
amaliyotga   joriy   etishga   tayyorlash   bugungi   boshlang‘ich   ta’lim   oldiga   qo‘yilgan
muhim  talablardan  biridir. Chunki  zamonaviy pedagogik texnologiyalar, birinchidan,
o‘quvchilarni   bilim,   ko‘nikma   va   malakalarni   oson   va   qiziqib   o‘rganishlari   uchun
imkoniyat   yaratsa,   ikkinchidan,   o‘qituvchining   ham   professional   o‘sishiga,   ham
ma’naviy rivojlanishiga yordam beradi.
Bolaning   ijodiy   tafakkurini   hamda   erkin   fikrlashini   rivojlantirishda   quyidagi
yo‘llarni amalga oshirish mumkin: 
51 Kitob   o‘qish.   Bola   bilan   birga   kitob   rasmlarini   tahlil   qilib   o‘qish,   undagi
ertakning   mazmunini   bolaga   o‘yin   tarzida   qayta   so‘zlatish,   o‘yinchoqlariga   kitob
mazmunini   ayttirish   juda   foydali   va   qiziqarli   mashg‘ulot   sanaladi.   Ertak   eshitish
jarayonida bola ertak qahramonlarini kimgadir o‘xshatishga harakat qiladi, u o‘zi ertak
yoki hikoyalarni mustaqil to‘qiy olishi ham mumkin. 
Chizish   (bo‘yoq,   un,   qum   bilan).   Bolalar   odatda   chizishni   juda   yaxshi
ko‘rishadi.   Lekin   uddalay   olishmasa,   xafa   bo‘lib   chizmay   qo‘yishi   ham   mumkin.
Bolaga   qalamning   o‘rniga   qo‘llarida   chizishni   (faqat   maxsus   bo‘yoqlar   bilan)   taklif
qilib   ko‘ring.   Bo‘yoqqa   qo‘llarini   botirib,   istagan   narsani   chizayotgan   bola   juda
zavqlanadi   (hamma   yoq   bo‘yoq   bo‘lib   ketishini   inobatga   oling).   Yoki   chala   chizish
mashg‘ulotini   qo‘llang.   Bunda   siz   bolaga   biron-bir   narsani   oxiriga   yetkazmasdan
chizib   berasiz.   Bola   esa   o‘zi   uni   tugatib   qo‘yishi   kerak.   Masalan,   siz   aylana   chizib,
boladan   uni   tugatib   qo‘yishini   so‘rang.   Shunda   bola   aylanadan   nima   chizish
mumkinligi haqida fikr yuritadi. 
Bola rasm solar ekan, rasmni so‘zlar bilan to‘ldirib, faollik bilan harakat qiladi,
u   o‘z   tasavvurlari   asosida   keyinchalik   katta   yoshdagi   odamlarning   so‘ziga   binoan
rasmlar   yaratishi   mumkin,   unda   ayrim   narsalarning   obrazlari   vujudga   keladi.   Rasm
solish   bilan   loy   va   plastilinlardan   shakllar   yasaydi.   Natijada,   bola   analizatorlarini
rivojlantirishda   moslashgan   va   differensiyallashgan   harakatning   tarkib   topishidan
tashqari, uning narsa shakli, hajmi, bir o‘lchovda bo‘lishi va munosabatini idrok etish
takomillasha boradi. Chizishni un va qumda ham amalga oshirish mumkin. 
Grafik diktant. Bunda tarbiyachi bolalarga geometrik shakllar, narsa buyumlarni
aytib turadi. Bolalar chizadi. Masalan, uchburchak, qush va boshqalar. 
O‘yin.   Bola   o‘yin   jarayonida   amaliy   ehtiyojlarga   qaram   bo‘lmaydi.   Bunda   u
o‘zining   bevosita   ehtiyoj   va   qiziqishlaridan   kelib   chiqadi   hamda   jarayonda   o‘z
taassurotlari,   borliq   haqidagi   tushunchalari   va   unga   bo‘lgan   o‘z   munosabatlarini   aks
ettiradi. O‘yinlarni turli predmetlar orqali amalga oshirish mumkin. Masalan,  qisqich
va  sanoq   cho‘plari   bilan   mashqlar;   dastro‘mol,   ip  kalavasi,   qog‘oz   bilan  mashq;   ―”
Sehrli   xaltacha”;   oyoq   kiyimlarning   ipini   o‘tkazish;   mozaika,   konstruktorlar;
skrepkalar; tish kavlagichlar, gugurt donalari bilan o‘ynash 
52 Eng asosiysi, bolaning erkin fikrlashini turli o‘yinlar bilan   rivojlantirish kerak.
Dars   qilgandek,   uni   majburlab   rivojlantirish   ijobiy   natijaga   olib   kelmaydi.
Maktabgacha   yoshdagi   bola   har   tomonlama   rivojlana   olsa,   keyinchalik   yutuqlarga
erishishi oson bo‘ladi.
Shiddat   bilan   o’zgarib   borayotgan   dunyoda   yashay   oladigan   yoshlarni
tayyorlash   uchun   asosiy   vazifasini   muayyan   miqdordagi   bilimlarni   berishdan   iborat
deb   hisoblaydigan   an’anaviy   ta’lim   yo’sini   mutlaqo   yetarli   emas.   Chunki   ilm-fan   va
texnika shu darajada rivojlandiki, endi  odam  biror  fandagi  eng asosiy  tushunchalarni
ham   xotirasida   saqlab   qola   olmaydi.   Buning   ustiga,   tinimsiz   o’zgarishlardan   iborat
bo’lib   qolgan   hayotga   mustaqil   qadam   qo’yayotgan   yoshlar   ana   shunday
o’zgarishlarga   ham   intellektual,   ham   ma’naviy   jihatdan   tayyor   bo’lmasa,   raqobatlar
kurashidan   iborat   dunyoda   o’z   o’rnini   topolmasligi   mumkin.   Hozirgi   kunda   ta’lim
tizimida boy tajribalar yig’ilgan.
Bugungi   kunda   xorij   tajribalaridan   andoza   olish,   ijodiy   yondashgan   holda
amaliyotda joriy etish, zamon talabiga mos ravishda me’yoriy hujjatlar, o’quvmetodik
adabiyotlar,   o’quv   metodik   majmualarni   ishlab   chiqish,   ilg’or   xorijiy   tajriba   asosida
maktabgacha   ta’lim   tashkilotlarining   rahbar   va   mutaxassislarida   zamonaviy
menejment  va  pedagogik  texnologiyalar  bo’yicha sohaga   oid bilim  va  ko’nikmalarni
shakllantirish   vazifalari   dolzarb   masalalar   sirasiga   kiritilmoqda.   Shu   bois
mamlakatimizda   maktabgacha   ta’lim   tizimini   tubdan   takomillashtirish   yuzasidan
farmon va qarorlar qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “20172021
yillarda   maktabgacha   ta’lim   tizimini   yanada   takomillashtirish   chora-tadbirlari
to’g’risida”gi   2016-yil   29-dekabrdagi   PQ2707-sonli,   “Maktabgacha   ta’lim   tizimini
tubdan   takomillashtirish   chora-tadbirlari   to’g’risida”gi   2017-yil   9-   sentyabrdagi
PQ3261-son   qarorlari,   “ Maktabgacha   ta’lim   tizimi   boshqaruvini   tubdan
takomillashtirish   chora-tadbirlari   to’g’risida”gi   2017-   yil   30-   sentyabrdagi   PF-5198
sonli  Farmoyishi   shular ju mlasidandir.  
“Maktabgacha   ta’lim   konsepsiyasi”ning   paydo   bo’lishi   maktabgacha   ta’lim
mazmunini yangilash, umumiy amaliyotda yangi pedagogik texnologiyalarni sinovdan
o’tkazish va pedagoglar tomonidan o’qitishning yangi usullari va shakllarini o’rganish
53 bilan bog’liq nazariy va amaliy masalalarni qizg’in muhokama qilishning boshlanishi
bo’ldi.   Mahalliy   maktabgacha   ta’limda   innovatsion   jarayonlarni   rivojlantirish
normativ va dasturiy-metodik hujjatlarda aks ettirilgan. Ushbu ishda ta’limning barcha
darajalari,   metodologiya   xizmati,   ilm-fan   va   amaliyotning   barcha   darajadagi
mutaxassislar ishtirok etib, birlashtirilgan ta’lim maskani yaratildi. 
Maktabgacha   ta’lim   sohasi   uzluksiz   ta’lim   tizimining   birlamchi   bo’g’ini
hisoblanib,   u   har   tomonlama   sog’lom   va   barkamol   bola   shaxsini   tarbiyalash   va
maktabga   tayyorlashda   g’oyat   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Mustaqillik   yillarida
Respublikada ta’lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining
asosiy   ustuvor   yo’nalishlari   darajasiga   ko’tarildi.   Biroq   o’tkazilgan   tahlillar
maktabgacha  ta’lim   sohasida   olib  borilayotgan  ishlarning  samarasi  va  natijasi   yetarli
darajada   emasligini   ko’rsatmoqda.   Jumladan,   MTTda   zamonaviy   pedagogik
texnologiyalar,   didaktik   topshiriqlar   va   ishlanmalar,   bolalarni   maktabga   tayyorlash
bo’yicha   zamonaviy   shakl   va   usullarni   ishlab   chiqilmaganligi,   rivojlangan
mamlakatlarning   tajribasi   yetarli   darajada   tahlil   qilinmaganligi   hamda   ular   singari
ijtimoiy,   shaxsiy,   hissiy,   nutqiy,   matematik,   jismoniy   va   ijodiy   rivojlantirish,   atrof
muhit   bilan   tanishuvga   yo’naltirilgan   maxsus   davlat   ta’lim   dasturlari   tatbiq
qilinmaganligi, faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati ijodkor emasligi,
ta’lim-tarbiya sifati monitoringi yuritilmaganligi kabi faktorlarni keltirish mumkin. 
Bundan tashqari, maktabgacha ta’lim sifati monitoringini yuritish tuzilmaviy va
tashkiliy jihatdan nazarda tutilmaganligi sababli, maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi
ta’lim   jarayonining   sifati   va   samaradorligini   baholash   zamon   talablariga   javob
bermaydi.  
Ta’lim tizimining hozirgi kundagi rivojlanish bosqichida uning birinchi bo’g’ini
hisoblangan   maktabgacha   ta’limda   jadal   o’zgarishlar   yuz   bermoqda   va   ular
quyidagilarda   namoyon   bo’lmoqda:   maktabgacha   ta’lim   tashkilotlari   faoliyatining
huquqiy-me’yoriy   asosi   takomillashmoqda;   maktabgacha   ta’lim   tashkilotlari
moliyaviy-xo’jalik   faoliyatining   yangi   turlariga   o’tmoqda;   nodavlat   maktabgacha
ta’lim   tashkilotlari   tarmog’i   kengaymoqda;   ta’limning   ilg’or   texnologiyalari   joriy
etilmoqda;   xodimlarning   malaka   oshirish   tizimi   takomillashmoqda;   qisqa   muddatli
54 guruhlar   asosida   maktabgacha   ta’lim   tashkilotlarining   muqobil   shakllari   joriy
etilmoqda. O’zbekistonda maktabgacha ta’lim tashkilotlari zamonaviy tizimi quyidagi
jadvalda o’z aksini topgan. 
Ta’lim   jarayoni   bola   shaxsiga   yo’naltirilganligidan   kelib   chiqib,   maktabgacha
yoshdagi bolalarning ta’lim-tarbiyasi shaxsning rivojlanishida ijodiy va insonparvarlik
tamoyillariga   asoslangan   holda   ta’lim-tarbiyaning   usul   va   uslublari   tizimidan   tashkil
topgan hamkorlik pedagogikasi tamoyillariga tayanib  amalga oshirilishi lozim.   
Maktabgacha   ta'lim   sifati   -   natija   haqida   bola   shaxsini   rivojlantirish   nuqtai
nazaridan bolalar quyidagi shaxsiy natijalarni qanday egallaganiga qarab so'z yuritish
mumkin: tizimli tabaqalanadigan malakalilik: 
• til   malakasi,   bolaning   o'z   fikrlari,   istaklari   va   niyatlarini   nutq   vositasida   va
nutqsiz vositalarda erkin ifodalashni nazarda tutadi;  
• ijtimoiy malaka, har bir insonga oliy qadriyat sifatida yondashishni, uning o'ziga
xosliklari va manfaatlarini tushunish mahoratini, uning hissiy holatidagi o'zgarishlarni
payqashni, vaziyatga qarab muloqot usullarini tanlashni o'z ichiga oladi; 
• intellektual   malaka,   o'z   maqsadiga   erishish   uchun   bolaga   yangi   xatti-
harakatlarini   ijro   etishga   va   ularni   bajarishga   yordam   beruvchi   umumiy   intellektual
faoliyatni shakllanganligini nazarda tutadi; 
55 • jismoniy   malaka,   bolaning   o'z   yosh   darajasiga   mos   keluvchi   turli   harakat
turlarini   egallaganligini   ko'rsatadi;   ixtiyorivlik.   bola   tomonidan   qoidalar   va
me'yorlarga muvofiq o'z xatti-harakatini boshqarish ko'nikmasida namoyon bo'ladi; 
• mustaqillik.   kundalik   hayotda   va   ishda   paydo   bo'ladigan   turli   vazifalarni   bola
tomonidan   kattalarning   yordamisiz   mustaqil   kun   tartibiga   qo'yish   va   hal   qilishni
ta'minlaydi;   mas'uliyat.   "mumkin"   va   "mumkin   emas",   "yaxshi"   va   "yomon",
"xohlayman" va "kerak" o'rtasida tanlov vaziyatida paydo bo'ladi; 
Maktabgacha   ta’lim   tashkiloti   mashg’ulotlarini   zamonaviy   tashkil   etishning
mazmun va mohiyatini amalda qo’llashga oid qator mashg’ulotlar o’tkazildi. 
1. Topshiriq:   “Bu   rasmlar   nimasi   bilan   farqlanishini   aytgin” .   Sizning
kichkintoyingiz “semiz” va “ozg’in” so’zlar mohiyatini tushungan bo’lishi kerak. 
   
2. Topshiriq:   “Bu   rasmlar   nimasi   bilan   farqlanishini   ayting”.     Sizning
kichkintoyingiz   “baland,   novcha”   va   “past,   pakana”   so’zlar   mohiyatini   tushungan
bo’lishi kerak. 
 
Avval nima, keyin nima?Rivojlantiruvchi loto o‘yini 5-7 yosh 
O‘yin doskasi            Kartochkalar                 
56 Maktabgacha   ta’lim   tashkilotining   Тayyorlov   guruhida   32   ta   tarbiyalanuvchi,
keyingi   guruhida   35   ta   tarbiyalanuvchi,   oxirgi   tayyorlov   guruhida   esa   35   ta
tarbiyalanuvchi   mavjud   bo’lib,   sinov   shu   uchta   o’zbek   guruhlarida   olib   borildi.
Tajribalarimiz   avvalida   tayyorlov   guruhlarida   tarbiyalanuchilarining   o’zlashtirish
darajasini quyidagi ko’rinishini aniqladik. 
1- jadval 
Tanlanmalar Qoniqarsiz   Qoniqarli   Yaxsh
i   A’lo   Tarbiyalanuvchilar
soni 
Tajriba guruhi 19  16  28  4  67 
Nazorat
guruhi  32  14  18  5  69 
Jami   51  30  46  9  136 
 
Ta’limiy tajribalar asosida olingan natijalar tadqiqot uchun ko’zlagan maqsad va
ilmiy g’oyaning asosli ekanini ko’rsatdi. 
Tajriba   yakunida   olingan   ko’rsatkichlar   shuni   ko’rsatdiki,   maktabgacha   ta’lim
tashkiioti   mashg’ulotlarini   zamonaviy   tashkil   etishning   nafaqat   ularning   bilim
darajalarini   oshishiga   xizmat   qilib,   balki   ularda   o’yin   faoliyati,   psixofiziologik
xususiyatlari,   jumladan   tafakkuri,   xotirasining   shakllanishi   va   rivojlanishiga   ijobiy
ta’sir ko’rsatishi aniqlandi.  Buni quyidagi jadval asosida ko’rishimiz mumkin:    
2- jadval 
Tanlanmalar Qoniqarsiz   Qoniqarli   Yaxsh A’lo Т   аrbiyalanuv
57 i   chilar soni 
Tajriba guruhi  
2  11  54  67 
Nazorat
guruhi  31  12  20  6  69 
Jami   31  14  31  60  136 
Yuqoridagilardan   xulosa   chiqargan   holda   tajriba   ishlarimizni   quyidagilarga
qaratdik. 
1. Kuzatishlarimiz   shuni   ko’rsatadiki,   yuqoridagi   mavzular   bo’yicha   topshiriqlar
og’zaki test asosida o’tkazildi.  
2. Tajriba   avvalida     5,97   foiz   o’zlashtirishga,   tajriba   yakunida   esa     80,59   foiz
o’zlashtirishga erishdilar. 
MTTda o’tkazilgan tajriba-sinov ishlarining natijalari juda ham quvonarli. 
Bundan   ma’lum   bo’ladiki,   tajribadan   keyingi   holat   tajribadan   oldingi   holatdan
yuqori ekan. Demak, ushbu maktabgacha ta’lim tashkiloti mashg’ulotlarini zamonaviy
tashkil  etishda yaxshi natijalarga erishgan deyish mumkin. 
Ta’lim samaradorligini oshirish, eng avvalo, tarbiyachining pedagogik mahorati
hamda uning ta’lim jarayoniga nisbatan yondashuvi muhim ahamiyatga ega. Bugungi
kunda   tarbiyachilarning   pedagogik   mahorati   darajasi   har   bir   mashg’ulot   hamda
o’rganilayotgan   mavzuning   tarbiyalanuvchilarga   yetkazib   berish   jarayoniga   nisbatan
ijodiy,   texnologik   yondashuvni   taqozo   etmoqda.   Texnologik   yondashuv   negizida
namoyon   bo’luvchi   holatlarning   asosiysi   –   bu   dars   jarayonining   muayyan   loyiha
asosida tashkil etilishi sanaladi.  
Maktabgacha   ta'lim   sifatiga   ta'sir   qiluvchi   tashqi   muhit   omillariga   ijtimoiy
buyurtmali   maqsadlardan   tashqari   maktabgacha   ta'limga   davlat   me'yorlari   (talablari),
shuningdek,   maktabgacha   ta'lim   tashkilotida   bolalarga   ta'lim   berish   uchun   zarur
bo'lgan tashqi resurslar (kadrlar, axborot, moddiy va hokozo) kiradi. 
58 XULOSA
Biz   bitiruv   malakaviy   ishimizda   maktabgacha   yoshdagi   bolalarda   didaktik
o’yinlar   vositasida   mantiqiy   tafakkurni   shakllantirishning   ahamiyatini   ochib   berishga
harakat qildik.   Buning uchun mantiqiy fikrlash va uni shakillantirishning mazmun va
mohiyatini   o’rganish   lozim.   Biz   bitiruv   malakaviy   ishining     asosiy   vazifasi
maktabgacha   yoshdagi   bolalarda   mantiqiy   tafakkurni   shakillantirishga   doir
adabiyotlarni o‘rganib chiqish va manbalarni yig‘ish, bolalarning mantiqiy tafakkurini
59 rivojlanishida   didaktik   o’yinlar   ahamiyatini   atroflicha   o‘rganib   chiqish   va   yoritish,
maktabgacha   ta’lim   tashkilotlari   tarbiyalanuvchilarining   yosh   xususiyatlariga   ko’ra
didaktik   materiallar   tanlash,   mashg‘ulotlarini   rejalashtirish   va   ularni   o‘rganish,
didaktik o’yinlar vositasi orqali mantiqiy tafakkurni shakllantirish jarayonini o‘rganish,
didaktik   o‘yinlar     vositasida   mantiqiy   tafakkurni   shakllantirish   usullarini   ishlab
chiqish, ushbu didaktik o’yinlarni kuzatish va tahlil qilishdir. 
Bola   tarbiyasida   maktabgacha   ta’lim,   oila   va   jamiyatning   ham   birdek   hissasi
bordir.   Chunki   bola   oilada   ilk   bor   ta’lim-tarbiya   olsa,   uni   maktabgacha   ta’limda
yanada   shakllantiradi,   mustahkamlaydi   va   qisqa   tushuntirish,   nasihat   yoki   o‘yinlar
orqali tarbiya elementlarini egallaydi. Bu esa bola tarbiyasining asosi hisoblanadi. O‘z
tajribamdagi   faoliyatimdan   kelib   chiqib   fikrimni   yakunlar   ekanman,     bola   shaxsini
shakllanishida   o‘zaro   hamkorlikda   ish   yuritish   muhim   o‘rin   kasb   etadi.   Shuningdek,
bola   shaxsi   shakllanishi   uchun   oila   va   jamiyat   ta’lim   va   tarbiyaning   tayanchi
hisoblanadi.  Maktabgacha   ta’lim  uchun  o‘zaro  hamkorlikda  ish   yuritish   eng  samarali
ish yuritish faoliyatidir. 
Shuni   aytish   joizki   maktabgacha   ta’lim   tashkilotida   har   bir   pedagog
tarbiyachining   o‘z   oldida   belgilab   olgan   asosiy   vazifalaridan   biri   bolalarni   maktab
ta’limiga   sifatli   tayyorlashdan   iboratdir.   Shu   o‘rinda   Prezidentimiz   tomonidan   ilgari
surilgan beshta muhim tashabbusning ijrosini ta’minlash maqsadida MTT da bolalarni
kichik   yosh   guruhlaridan   boshlab   ularga   multimedia   vositalari   hamda   keyslar   orqali
ertak   qahramonlarini   badiiy   ifodalash   bilan   ularda   kitobxonlikka   bo‘lgan   qiziqishni
shakllantirish   va   faollik   markazlari   orqali   ularni   kasbga   yo‘naltirish,   shu   bilan   birga
bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash samarali jihatlaridan biri sanaladi.
Bolalarni   rivojlantiruvchi   markazlarda   faoliyat   yuritishlari   ularni   maktab
ta’limiga   tayyorlashda   har   tomonlama   yetuk   aqliy   va   jismoniy   barkamol   bo‘lib
ulg‘ayishlariga,   ularda   milliy   qadriyatlar   va   urfodatlarga   sodiq   bo‘lib   shakllanishlari
uchun zamin yaratadi, ularning kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi. 
Barchamizga   ma’lumki,   tarbiyachi   rivojlanmasa,   maktabgacha   ta’lim
rivojlanmaydi.   Tarbiyachining   rivojlanishi   esa,   o‘z   ustida   tinimsiz   izlanishi,   ta’lim-
tarbiyani   uyg‘unlashtirgan   holda   yangiliklar   yarata  olish,   xalq   pedagogikasini   chuqur
60 bilishi   bilan   xorij   pedagogikasi   yangiliklarini   o‘zlashtirib,   o‘z   faoliyatini   boyitib
borishi va amaliyotda qo‘llay olishi bilan ahamiyatlidir.
Bugungi   kunda   maktabgacha   ta’lim   mazmunini   takomillashtirishda   o‘ziga   xos
metodik,  pedagogik,   psixologik   tayyorgarliklar   bilan   ishlash   davr   taqazosiga   aylandi.
Chunki   maktabgacha   ta’lim   mazmunini   takomillashtirish   keng   ma’noli   tushuncha
bo’lib,   uni   samarali   amalga   oshirish   maktabgacha   ta’lim   tashkiloti   binosining   holati,
tarbiyachi-pedagoglar,   tarbiyachi   yordamchilari,   ota-onalar   hamda   bolalarning   ta’lim
jarayonidagi   ishtiroki   innavatsion   bo‘lishi   zarurdir.   “Ilk   va   maktabgacha   yoshdagi
bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” Davlat o‘quv
dasturi   asosida   kompentensiyaviy   yondashuv   jarayonida   pedagogik-psixologik,
metodik,   badiiy   adabiyotlar   soni   va   sifati,   har   bir   yosh   guruhlarini   o‘ziga   mos
adabiyotlar   bilan   boyitib   borish   ham   muhim   masaladir.   Bolalarni   o‘ynab   turib
o‘ylashga   undovchi   muammoli   vaziyatlarni   o‘yinlarda   aks   ettiruvchi   ta’limiy
rivojlantiruvchi   o‘yin   markazlarini   tashkil   etish,   ular   faoliyatini   muvofiqlashtirishda
ota-onalar va jamoatchilikning jalb qilinishi va boshqa shu kabi omillar maktabgacha
ta’lim mazmunini oshiradi.
Xulosa   qilib   aytganda,   bugungi   kunda   yosh   avlodni   barkamol   insonlar   qilib
tarbiyalash xamda uzoq qishloqlarda maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalarni qamrab
olishni   kengaytirish   maqsadida   oilaviy   nodavlat   maktabgacha   ta’lim   tashkilotlarining
tashkil   etilishi   uzluksiz   ta’lim   tizimining   boshlang’ich   bo’g’ini   bo’lgan   maktabgacha
ta’lim   tashkilotlariga   bo’lgan   yana   bir   muhim   e’tibor   desak   mubolag’a   bo’lmaydi.
Bola   shaxsini   shakllantirishda   oilaviy   nodavlat   ta’lim   tashkilotlarimizning   ham   o’rni
beqiyos.   Oilaviy  nodavlat   tashkiloti   tarbiyachisi   ham   bolalar   shaxsini   rivojlantirishga
qaratilgan ta’im asosida ularning aqliy, intelektual, emotsional, jismoniy, va ma’naviy
aspektlarini   inobatga   olgan   xolda   mukkammal   bilim   berishga   xizmat   qiladi   desak
mubolag’a bo’lmaydi. 
Xulosa   o‘rnida   shuni   ta’kidlash   kerakki,   maktabgacha   yoshdagi   bola   shaxsini
shakllanishida   salbiy   omillarga   ega   bo’gan   jamoa   ta’sir   etsa,   ushbu   jamoaning
qadriyatlari  va normalarini  u o’zining shaxsiy  qadriyatlari  va normalari sifatida idrok
etadi, uning faol mavqei ahamiyatli va jozibali bo’lib qoladi. Mana shuning uchun ham
61 jamoaning   ruhiy   muhiti   –bolaning   ruhiy   sog’lom   va   ma’naviy   faol   shaxsning
shakllantirishning hal qiluvchi shartidir. 
TAVSIYALAR
1.   Mashg'ulotlar   jarayonida   «Z amonaviy   ta’lim   usullar»   dan   foydalanish   zarur.
Bularga tarbiyalanuvchilarning oldiga qo’yilgan pedagogik muammoni mustaqil
yechishga xizmat qiadigan interfaol metodlar ko’zda tutiladi. 
2. Adabiy ta’lim samaradorligiga erishishning eng maqbul yo’li – bu maktabgacha
ta’lim   tashkilotlarida   fan   mashg’ulotlarini   o’qitish   jarayonida   zamonaviy
pedagogik texnologiyalarni qo’llash sanaladi. 
62 3. Maktabgacha   ta’lim   tashkiloti   mashg’ulotlari   zamonaviy   tashkil   etilsa,
tarbiyalanuvchilarda samarali muloqot va o’z fikrini to’g’ri, ravon, ifodali bayon
etish hamda asosli himoya qilish ko’nikmalari rivojlanadi.  
4. Zamonaviy   usullar   tarbilanuvchilarni   faollashtiradi,   ular   o’zaro   bahs-munozara
asnosida kichik hikoyalarning mohiyatini teranroq anglaydilar. 
5. Tarbiyalanuvchilar   bilan   hamkorlikda   mashg’ulotlar   uyushtirilsa,   kichik
guruhlar tashkil etilsa, topshiriqlar alohida tarbiyalanuvchiga emas, balki kichik
guruhlarga   berilsa,   bolalarning   birgalikda   faoliyat   ko’rsatish   zarurati   va
ko’nikmasi yuzaga keladi.
6. Maktabgacha   ta’lim   tashkiioti   mashg’ulotlarini   zamonaviy   tashkil   etish
metodikasiga   amaliy-uslubiy   jihatdan   e’tibor   qaratish   va   pedagog-
tarbiyachilarning   kompetentsiyaviy   yondashuv   asosida   faoliyat   olib   borish
imkoniyatlari qamrovini kengaytirishga xizmat qilishi lozim.
7. Maktabgacha   ta’lim   tashkiloti   mashg’ulotlarini   interfaol   usullarda   o’qitishni
tashkil etishdan oldin joylarda tarbiyachilarning innovatsion faoliyatini maqsadli
va   samarali   tashkil   etishga   mo’ljallangan   maxsus   o’quv   seminarlari   o’tkazish
lozim. 
8. Pedagog-tarbiyachilarni   maktabgacha   yoshdagi   bolalarni   zamonaviy
texnologiyalar   bilan   qurollantirish   maqsadida   “Maktabgacha   ta’lim   tashkiloti
mashg’ulotlarini   zamonaviy   tashkil   etish   texnologiyalari”   nomli   metodik
qo’llanma yaratish. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
I. Prezident asarlari va normativ hujjatlar:
1. Mirziyoev   Sh.   M .   Erkin   va   farovon,   demokratik   O‘zbekiston   davlatini
mard   va   oliyjanob   xalqimiz   bilan   birga   quramiz   //   O‘zbekiston
Respublikasi   Prezidenti   lavozimiga   kirishish   tantanali     marosimga
63 bag‘ishlangan   Oliy   Majlis   palatalarining   qo‘shma   majlisidagi   ma’ruzasi.
2020 . uza.uz
2. Mirziyoev   Sh.   M .   Qonun   ustuvorligi   va   inson   manfaatlarini   ta’minlash   –
yurt   taraqqiyoti   va     xalq   farovonligining   garovi   //   O‘zbekiston
Respublikasi   Konstitutsiyasi   qabul   qilinganligining     30   yilligiga
bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. 2021. uza.uz  
3. Mirziyoev   Sh .M.   Tanqidiy   tahlil,   qat’iy   tartib-intizom   va   shaxsiy
javobgarlik – har bir  rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak  //
T :  O‘zbekiston .  2022
4. Mirziyoev   Sh .M.   Oliy   ma‘lumotli   mutaxassislar   tayyorlash   sifatini
oshirishda   iqtisodiyot   sohalari   va   tarmoqlarinnng   ishtirokini   yanada
kengaytirish chora-tadbirlari  to’g’risida // 27.07. 2017 . PQ-3151
5. Mirziyoev   Sh.M.   Maktabgacha   ta‘lim   tizimini   boshqarishni
takomillashtirish   haqida   //   30.09.2017.   PF -3305   (Qonun   hujjatlari
ma‘lumotlari milliy bazasi, 30.09.2017 y, 07/17/3305/0038-son). 
Mirziyoev   Sh .M.     Maktabgacha   ta‘lim   tizimini   tubdan   takomillashtirish
haqida // 30.01.20 20 .   PQ-4581
6. O‘zbekiston   Respublikasining   ilk   va   maktabgacha   yoshdagi   bolalar
rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari.  2 020
7. O‘zbekiston   Respublikasining   “Bola   huquqlari   kafolatlari   to‘g‘risida”gi   qonun.
Т:  2022
8. O‘zbekiston   Respublikasi   davlat   maktabgacha   ta’lim   muassasasi   to‘g‘risidagi
Nizom.  Т :  2020 
9. Mirziyoev   Sh.M.   O‘zbekiston   Respublikasi   Maktabgacha   ta’lim   vazirligi
faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida  // 30.09.2020. PQ-3305
10. Mirziyoev   Sh.M.   2022-2026-yillarda   maktabgacha   ta’lim   tizimini   yanada
takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida  // 29.12.2021. PQ-2707
11. Mirziyoev   Sh.M.   O‘zbekiston   Respublikasining   ilk   va   maktabgacha   yoshdagi
bolalarga qo‘yiladigan davlat talablari // 03.07.2020. PQ-3 032. 
12. “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi  // 07.07.2020. MTVQ-04. 
64 13. Maktabgacha   ta’lim   muassasalarida   qisqa   muddatli   guruhlar   faoliyatini   tashkil
etishda tarbiyachilarni tayyorlash bo‘yicha trening moduli. T:  2021
14. “Bolangiz   maktabga   tayyormi?”   O‘zb   Res.   Xalq   ta’limi   vazirligi   Respublika
ta’lim markazi, Ma’rifat-Madadkor nashriyoti. 
15. Mirziyoev   Sh.M.   O‘zbekiston   Respublikasi   maktabgacha   ta’lim   tizimini   2030-
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi  // 08.05.1019. PQ-4312
16. Qodirova   F,   Toshpo‘latova.   Sh,   Qayumova.   N,   A`zamova.   M.   Maktabgacha
pedagogika // T:  2019
17. Qodirova. F.  Maktabgacha ta’lim  pedagogikasi // T:  2019
II. Asosiy adabiyotlar, darsliklar va jurnallar ro'yxati:
18. Andryushchenko  T.Y ., Shashlova G.M. Etti yoshli bolaning rivojlanish inqirozi:
Psixodiagnostik   va   psixologning   tuzatish   va   rivojlantirish   ishlari   //   O‘quv
qo‘llanma.    M  :  2023
19. Gutkina N.I. Maktabga psixologik tayyorgarlik // 4-nashr. SPb:   2020
20. N emov  R.S  Psixologiya  //  Humanit.  VLADOS nashriyot markazi .   M:  2020
21. Mardaxaev   L.V.   Ijtimoiy   pedagogika   lug‘ati   //   oliy   o‘quv   yurtlari   talabalari   u
uchun darslik. M: 2022
22. Bogiovich L.I. Tanlangan psixologik asarlar  / /  M: 2023
23. Dubrovinka I. V.  Maktabga  tayyorgarlik   // M: 2020
24. Muxina   V.S.   Rivojlanish   psixologiyasi ,   rivojlanish   fenomenologiyasi,   bolalik,
o'spirinlik   //   Talaba   universitetlari   uchun   o‘quv   qo‘llanma.   “Akademiya”
nashriyot markazi .   M:  2021.
25. Toporovskiy   V.P.   Integrativnыy   podxod   k   formirovaniyu   upravlencheskoy
kompetentnosti direktora razvivayuщeysya shkolы: Dis. ...          d-ra ped. nauk. –
SPb., 2022. – 331 s. 
26. Xo‘jaev   A.A,   Xeyki   Lentinin.   O‘zbekiston   o‘rta   maxsus,   kasb-hunar   ta’limi
tizimida boshqarish samaradorligini oshirish yo‘llari  // T:  2021
27. Makarov S. Menedjer za rabotoy.  M olodaya gvardiya  // M:  2020
65 28. “Noyob   Huquqlar   bola   huquqlari   haqidagi   Konventsiyani   о‘rganish   bо‘yicha
amaliy qo‘llanma\ UNIСEF, NEW-YОRK-2023 
29. Otavaliyeva   O‘.   Bola   tarbiyasida   bog‘cha   va   oila   hamkorligi   //   O ‘qituvchi .   T:
2020
30. Hasanboyeva   O .   Tadjieva   М .   Toshpulatova   Sh.   va   boshq.   Maktabgacha   ta'lim
pedagogikasi  // I lm-ziyo . T:  2022
31. Rahimova R.  T arbiyachiga 1001 maslahat  // T: 2 020 
32. Djurayeva B.R. Tojiboyeva H.M. Nazirova G.M. Maktabgacha ta’lim yoshidagi
bolalarga   ta’lim-tarbiya   berishning   zamonaviy   tendensiyalari   //   O‘zPFITI
nashriyoti. T:  2020 
33. Boltayeva   F.   Esonaliyeva   O.   Yoshlar   hayotida   virtuallashuv   sabablari   va
omillari. 
34. Hasanboyeva   O.U.   va   boshqalar.   Oilada   barkamol   avlod   tarbiyasi   //   F an   va
texnologiya . T:  2020
N ishanova   Z.   A limova   G .   Bolalar   psixologiyasi   va   uni   o‘qitish   metodikasi   //
O ‘zbekiston   Yozuvchilar   uyushmasi   Adabiyot   jamg‘armasi   nashriyoti .   O‘quv
qo‘llanma.  T:  2020
Elektron ta’lim resurslari
35. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:  www.edu.uz
36. Malaka oshirish muassasalari:  http://www.pedagog.uz
37. Ijtimoiy axborot ta’lim portali:  www.ziyonet.uz  
38. Respublika bolalar kutubxonasi:  www.kitob.uz
39. Read more at:   https://tdpu.uz . 
O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar
rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablariga
66 1-ILOVA
67 68 2-ILOVA
69

MAKTABGACHA TA’LIMGA QO’YILADIGAN DAVLAT TALABLARINING MAZMUN MOHIYATI, ASOSIY SOHA VA YO’NALISHLARI MUNDARIJA KIRISH……………………………………………………………… ……. 3-6 I BOB. MAKTABGACHA TA’LIMGA QO’YILADIGAN DAVLAT TALABLARINING MAZMUN MOHIYATI, ASOSIY SOHA VA YO’NALISHLARINING NAZARIY ASOSLARI.................... 7-22 1.1. Maktabgacha ta’limga qo’yiladigan davlat talablarining mazmun mohiyati, asosiy soha va yo’nalishlarining ahamiyati va mohiyati.... 7-12 1.2. Maktabgacha ta’limga qo’yiladigan davlat talablarining mazmun mohiyati, asosiy soha va yo’nalishlariga oid adabiyotlar sharhi...... 12-22 II BOB. MAKTABGACHA TA’LIMGA QO’YILADIGAN DAVLAT TALABLARINING MAZMUN MOHIYATI, ASOSIY SOHA VA YO’NALISHLARINING HOZIRGI AMALIY HOLATI VA TAHLILI........................................................................................... 23-38 2.1. Maktabgacha ta’limga qo’yiladigan davlat talablarining mazmun mohiyati, asosiy soha va yo’nalishlarining holati va tahlili.............. 23-27 2.2 Maktabgacha ta’limga qo’yiladigan davlat talablarining mazmun mohiyati, asosiy soha va yo’nalishlarining zamonaviy metodlari. .... 27-38 III BOB. MAKTABGACHA TA’LIMGA QO’YILADIGAN DAVLAT TALABLARINING MAZMUN MOHIYATI, ASOSIY SOHA VA YO’NALISHLARINING ASOSIY BOSQICHLARI.............. 39-59 3.1 Maktabgacha ta’limga qo’yiladigan davlat talablarining mazmun mohiyati, asosiy soha va yo’nalishlarida mavjud muammolar.......... 39-44

3.2 Maktabgacha ta’limga qo’yiladigan davlat talablarining mazmun mohiyati, asosiy soha va yo’nalishlariga doir tadqiqot ishlari........... 44-59 XULOSALAR VA TAKLIFLAR...................................................................... 60-63 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO ' YXATI........................................ ILOVALAR........................................................................................................ 64-66 67-70 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi kunda Respublikamizda ta’lim sohasiga xususan, maktabgacha ta’lim sohasiga katta ahamiyat berilmoqda. Insonni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash xalqimizning azaliy orzusi bo’lib, ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o’rgatish, ularni komillikka yetaklash yo’llari, qonun-qoidalarini muttasil izlaganlar. Bu esa pedagogika fanining maydonga kelishiga sabab bo’lgan. Insonni ma’rifatli va ma’naviy komillikka erishishi pedagogika fanining yetakchiligida amalga oshiriladi. Pedagogika – yunoncha so’z bo’lib, «bola yetaklovchi» - ma’nosini bildiradi. Insonlarni ma’rifiy va ma’naviy barkamollikka munosabatlarni o’zgartirib borishi natijasida pedagogika fani xalq orasida o’z mavqeyiga ega bo’ldi. Shu tariqa insonnni tarbiyalovchi fan sifatida pedagogika dunyoviy fanlar tizimi qatoridan alohida o’rin egallagan. Uning bosh masalasi tarbiyadir. Bundan uch ming yillar ilgari Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»da ta’lim-tarbiya masalalariga katta ahamiyat berilgani holda, uning ibodatxonalari qoshida maktablar tashkil etilib, kohinlar tomonidan bolalarning ta’lim-tarbiya tizimi ishlab chiqilgan. Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari. Mazkur Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari (bundan buyon matnda Davlat talablari deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 dekabrdagi PQ-2707-son “2022-2026 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 5 avgustdagi 372-son O‘zbekiston 2

Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan maktabgacha yoshdagi bolalarni (bundan buyon matnda bolalar deb yuritiladi) maktabgacha ta’lim tashkilotlarini har tomonlama rivojlantirish, ta’lim tarbiya berish, ko‘nikma va malakalarini shakillantirish hamda maktab ta’limiga tayyorlash bo‘ycha davlat talablarini belgilaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari aniq bir yoshdagi bolaning rivojlanish standartlarini va bolaning yutuqlari va rivojlanish darajasini baholash imkoniyatini beruvchi indikatorlarni belgilaydi. Shu bois maktabgacha ta limga qo’yiladigan davlat talablarining mazmun mohiyati, asosiyʼ soha va yo’nalishlari bugungi kundagi dolzarb mavzulardan biri deyish mumkin. Muammoning o’rganilganlik darajasi: Maktabgacha ta’limga qo’yiladigan davlat talablarining mazmun mohiyati, asosiy soha va yo’nalishlarini o‘rganishda B.R.Djurayeva, H.M.Tojiboyeva, G.M.Nazirova, Hasanboyeva O., Tadjieva М., Toshpulatova Sh., Boltayeva F. A. Esonaliyeva O. Kabi mutaxassislarning qator ilmiy ishlari bag‘ishlangan. Ularning ilmiy qarashlari maktabgacha ta’limga qo’yiladigan davlat talablarining mazmun mohiyati, asosiy soha va yo’nalishlarini tadqiq etishda nazariy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Malakaviy bitiruv ishining amaliy va ilmiy ahamiyati: Bitiruv malakaviy ishining nazariy ahamiyati shundan iboratki, uning ilmiy taklif va amaliy tavsiyalaridan maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablarining mazmun mohiyati, asosiy soha va yo'nalishlarini tadqiq etishda foydalanish mumkin. Mavzuning amaliy ahamiyati shundaki, ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalardan maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablarining mazmun mohiyati, asosiy soha va yo'nalishlari bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishda foydalanish mumkin. Bitiruv malakaviy ishining predmeti. Maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablarining mazmun mohiyati, asosiy soha va yo'nalishlari ishning predmetini tashkil qiladi. 3

Bitiruv malakaviy ishining obyekti. Maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablarining mazmun mohiyati, asosiy soha va yo'nalishlari hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari. Maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablarining mazmun mohiyati, asosiy soha va yo'nalishlari bilan bog’liq muammolarni aniqlash va ularni hal qilish yuzasidan ilmiy-nazariy va amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iboratdir. Ushbu maqsaddan kelib chiqib bitiruv malakaviy ishida quyidagi vazifalar qo’yilgan va hal qilingan. - Maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablarining mazmun mohiyati, asosiy soha va yo'nalishlarini o'rganish; - Maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablarining mazmun mohiyati, asosiy soha va yo'nalishlarini tahlil qilish; - Maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablarining mazmun mohiyati, asosiy soha va yo'nalishlari bilan bog’liq muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlarni ishlab chiqish. Tanlangan metodlar: 1) Tegishli ilmiy, uslubiy adabiyotlarni o‘rganish 2) Kuzatish. 3) Suhbat, savol javob. 4) Faoliyat mahsulllari tahlili. Mazkur malakaviy bitiruv ishi, maktabgacha ta’limga qo’yiladigan davlat talablarining mazmun mohiyati, asosiy soha va yo’nalishlarining ahamiyati va mohiyatini, mavjud muammolarini, umuman olganda mavzuni o’rganishga doir ko’plab nazariy va amaliy ma’lumotlarni, o’z ichiga olgan bo’lib, bular maktabgacha ta’lim tashkilotlarida foydalanish maqsadida bajarilgan va tarbiyachilar uchun yordam sifatida, bola shaxsini rivojlantirishga xizmat qiladi deb o’ylaymiz. Malakaviy bitiruv ishimizning asosiy mazmuni: ishimiz o’z rejasida ko’rsatilganidek kirish, uch bob, olti paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat. 4

Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, o’rganilgan darajasi, ishimizning maqsadi va vazifalari, obyekti va predmeti asoslangan, mavzuning metodologik asosi, hamda tanlangan metodlar bayon etilgan. Malakaviy bitiruv ishining birinchi bobi «Maktabgacha ta’limga qo’yiladigan davlat talablarining mazmun mohiyati, asosiy soha va yo’nalishlarining nazariy asoslari» deb nomlanib, ushbu bobda biz maktabgacha ta’limga qo’yiladigan davlat talablarining mazmun mohiyati, asosiy soha va yo’nalishlarining ahamiyati va mohiyati, to’liq ochib berilgan. Bola tarbiyasida maktabgacha ta’lim, oila va jamiyatning o’rni va mohiyati yoritilgan. Bola shaxsi shakllanishi uchun oila va jamiyat va maktabgacha ta’lim uchun o‘zaro hamkorlikda ish yuritishning ahamiyati yoritilgan. Ishimizning ikkinchi «Maktabgacha ta limga qo’yiladigan davlat talablariningʼ mazmun mohiyati, asosiy soha va yo’nalishlarining hozirgi amaliy holati va tahlili» bobida, maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining maktabga moslashishni tayyorlashda ularning pedagagik – psixologik fizologik xususiyatlarining o‘rni, qolaversa nutq, muloqot, o‘qish, yozish malakalarini rivojlantirish sohasi hamda rivojlantiruvchi kompetensiyalari, bundan tashqari bolalarning rivojlanishidagi bilishga bo‘lgan va nutqi faoliyatni amalda qo‘llash xususiyatlarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini inobatga olgan holda ta’lim – tarbiya jarayonini tashkil etishi. Bundan tashqari tarbiyachi va ota-ona hamkorligi va uyda ota-onalar bolalari bilan birgalikda amaliy ishlarni olib borishi kerak ekanligi. Bu bolalarni o‘zlariga bo‘lgan ishonch, irodaviylik xislatlarini shakllantiradi, qolaversa, bolalarni bilish, o‘rganish, qiziqishlarini yanada oshishiga doir ma’lumotlar berilgan. Ishimizning uchinchi «Maktabgacha ta’limga qo’yiladigan davlat talablarining mazmun mohiyati, asosiy soha va yo’nalishlarining asosiy bosqichlari» bobida, texnologik yondashuv asosida ta’limni tashkil etish ijobiy natijalar berishiga oid ma’lumotlar berilgan bo’lib, “Zamonaviy ta’lim usullari” deganda maktabgacha ta’lim tashkiloti mashg’ulotlarini o’rganish bo’yicha tarbiyalanuvchilarning oldiga qo’yilgan pedagogik muammoni mustaqil yechishga xizmat qiadigan interfaol metodlar ko’zda tutiladi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti mashg’ulotlari zamonaviy tashkil etish hamda 5