logo

Broyler tovuqlarini parvarishlash va mahsuldorligini oshirishning fiziologik asoslari

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

5132.9033203125 KB
Broyler tovuqlarini parvarishlash va mahsuldorligini oshirishning
fiziologik asoslari
 MUNDARIJA
Kirish ………………………………………………………………………. 3
1 .BOB. ADABIYOTLAR  SHARHI …………………………… ..............8
1.1.Parrandachilikning bugungi holati va istiqbollari ...................................8
1.2. Broyler tovuqlari yetishtirish  va uning amaliy ahamiyati ……………18
1.3.   Go`sht   yo`nalishidagi   tovuqlarni     ko`paytirish   ustida   olib   borilayotgan
ishlar
samaradorligi………………………………………………………………20
2. TADQIQOT SHAROITI, OBYEKTLARI VA USULLARI ……….. 3 3
2.1. Tadqiqot sharoiti……………………………………………………… 3 3
2.2. Tadqiqot obyektlari…………………………………………………… 3 3
2.3. Tadqiqot usullari……………………………………………………… 3 3
3.TADQIQOT NATIJALARI VA UNING TAHLILI …………………41
3.1. Broyler tovuqlarini oziqlantirishning fiziologik asoslari ……………..41
3.2. Broyler tovuqlarini parvarishlashda ratsionga qo`shimcha  ozuqalarni 
kiritish va uning samaradorligi…………………………………………….50
3.3.   Gematologik ko`rsatkichlarni o`rganish ……………………………...62
XULOSALAR …………………………………………………………….7 1
TAVSIYALAR …………………………………………………………....7 2
ADABIYOTLAR RO`YXATI …………………………………………...7 3
1 Kirish
Mavzuning   dolzarbligi .   Bugungi   kunda   mamlakatimizda   aholini   sifatli   va
tannarhi   arzon  bo`lgan  go`sht  mahsulotlari  bilan  ta`minlash  dolzarb  masalalardan
bo`lib   turibdi.   Qishloq   xo`jaligi   ahamiyatidagi   hayvonlarning   biologik
imkoniyatlarini   saqlash,   ularning   mahsuldorligini   oshirish,   tabiiy   chidamliligini
ta`minlash   eng   avvalo   ozuqa   tarkibiga   kiruvchi   protein,   kletchatka,   yog`,   azotsiz
ekstraktiv   moddalar,   vitaminlar,   mineral   moddalar   hamda   ularning   biologik
qiymatiga   bog`liqdir.   Parrandachilik   tarmoqlarining   maqsadga   muvofiq,   samarali
joylashtirilishi,   rivojlantirilishi   respublikada   mehnat   taqsimotini   ijobiy   hal
etilishiga   bevosita   ta’sir   etadi.   Hududlarning   tabiiy,   iqtisodiy   sharoitlarini   hamda
bozor   talablarini   e’tiborga   olgan   holda   parrandachilik   sohalarini   joylashtirish   va
rivojlantirish   zarur.   Chunki   bu   tarmoqlarda   oziq-ovqat   va   qayta   ishlash   sanoati
korxonalari   uchun   tuxum,   parranda   go’shti,   pat,   par   va   qo’shimcha   mahsulotlari,
kabi mahsulotlar yetishtiriladi. Natijada sanoat tarmoqlarining rivojlantirilishi ham
ta’minlanadi,   parrandachilik   tarmoqlarida   inson   salomatligi   uchun   zarur,   oqsil
moddalarga       boy   bo’lgan   turli   xildagi   mahsulotlar   ham   yetishtiriladi.   Shuning
uchun   mamlakatimizda     parrandachilikni     barcha   sohalarini   rivojlantirishga
qaratilgan   yirik   dasturlar   ishlab   chiqilib,   ularni   amaliyotga   tadbiq   etish   bo’yicha
qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
Parrandachilik   mamlakatni   iqtisodiy   yuksaltirishda   muhim   ahamiyatga   ega
bo‘lgan   qishloq   xo‘jaligi   tarmog‘i   hisoblanadi.   Xalqimiz   bu   sohani   “yetti
xazinaning   biri”   deb   hisoblaydi.   Shu   sababli   parrandachilikni   rivojlantirish
bo‘yicha mamlakatimizda izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
Parrandachilikni   rivojlantirish  bevosita   sohani   sifatli  va  to‘yimli  ozuqa  bilan
ta’minlashga   bog‘liqdir.   Buning   uchun   parrandalarning   mahsuldorlik
ko`rsatgichlarini   oshirishga   tabiiy   biologik   qo`shimchalarni   qo`shish   va   ularni
ilmiy   asoslash   muhim   masalalardan   hisoblanadi.   To`liq   ratsionga   ega   murakkab
ozuqalarni   ishlab   chiqarilishining   oshirilishi   asosan   xomashyo   va   biologik   faol
2 moddalar   mavjudligiga   bog'liq   bo'lib,   ularning   tanqisligi   so'nggi   yillarda   keskin
sezilmoqda.   Parrandalar   mahsuldorligini   oshirishga   va   parrandachilik
mahsulotlarining   tannarxini   pasaytirishga   qaratilgan   chora-tadbirlar   kompleksida,
birinchi   navbatda,   ozuqa   ratsionining   biologik   to'laqonliligiga   va   ozuqa   sarfini
kamaytirishga   katta   e'tibor   berilmoqda.   O’z   navbatida,   parranda   tuxumi   va
go`shtini   yetishtirishda   ozuqa   iste`moli     barcha   xarajatlarning     taxminan   70%   ni
tashkil   etadi.   Ushbu     xarajatlarni   ozuqa   ratsionining   biologik   qiymatini   oshirish
orqali kamaytirish mumkin.
Mamlakatimizda   yaratilayotgan   imkoniyatlar   natijasida   kundan-kunga   bosh
soni   ortib   borayotgan   parrandalarni   oziqlantirishda   mahalliy   sharoitlarimizda
yetishtirilgan biologik jihatdan to la qiymatli tarkibga ega bo lgan, yaxshi iste’molʻ ʻ
qilinadigan, osonlik bilan o zlashtiriladigan, umuman olganda import o rnini bosa	
ʻ ʻ
oladigan   ozuqalar   bilan   ta’minlash   bugungi   kunda   qishloq   xo jaligi   xodimlari   va	
ʻ
biologiya   sohasida   tegishli   izlanishlar   olib   borayotgan   mutaxassislarning   oldida
turgan   dolzarb   muammolardan   hisoblanadi.   Shuning   uchun,   tabiiy   biologik
ozuqaviy qo‘shimchalar manbalarini topish, ilmiy asoslash va ularni parrandalarni
oziqlantirishda   keng   qo'llash   bo‘yicha   tegishli   tavsiyalar   ishlab   chiqish   bugungi
kunda   dolzarb   ilmiy   amaliy   ahamiyatga   ega   hisoblanadi.   Hozirgi   kunda   butun
dunyoda   aholi   sonining   jadallik   bilan   ortayotganligi   bois,   mavjud   go’sht
zahiralaridan   (qoramol,   qo’y-echki,parrandava   boshq.)   oziq-ovqat   sifatida   keng
ko’lamda   foydalanish   kuchaymoqda.   Qo`ychilik,   parrandachilik,   baliqchilik   va
quyonchilik   aholini   sifatli   go’sht   va   go’sht   mahsulotlari   bilan   barqaror
ta’minlashda   asosiy   zahira   manbalari   hisoblanadi.   Shu   bois,parrandachilikni
rivojlantirish,xususan,go’sht   yo’nalishidagi   tovuqlarni   parvarishlash   va
oziqlantirishning   qulay   sharoitlarini   aniqlash,   ularning   mahsuldorligini   oshirish
bo’yicha   amaliy   tavsiyalar   ishlab   chiqish   hamda   ishlab   chiqarishga   joriy   qilish
orqali   go’sht   tanqisligi   muammosini   ijobiy   hal   qilinishiga   erishish   mumkinligi
bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir.
Mutaxassislar   fikricha,   iqtisodiy   yetakchi   davlatlarda   ham   parrandachilikka
katta e'tibor qaratiladi. Chunki aynan parrandachilik aholini go‘sht, umuman, oziq-
3 ovqat   mahsulotlariga   bo‘lgan   talabini   qondirishda   asosiy   ahamiyat   kasb   etadi,
shuningdek,   aholini   ish   bilan   band   bo‘lishiga   hissa   qo‘shadi.   Shu   sababli   hozirgi
kunda   parrandachilikni   rivojlantirish   va   uni   oldida   turgan   muommolarni   hal
qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda va izlanishlar olib borilmoqda.
Respublikamiz   aholisini   sifatli   go’sht   mahsulotlari   bilan   ta’minlashda,
parrandachilik   sohasini   rivojlantirish,   ularning   mahsuldorligini   oshiruvchi
innovatsion   uslublar   ishlab   chiqish   borasida   muayyan   natijalarga   erishilmoqda.
O’zbekiston   Respublikasini   yanada   rivojlantirish   bo’yicha   Harakatlar
strategiyasida   «.....mamlakat   oziq-ovqat   xavfsizligini   yanada   mustahkamlash,
ekologik   toza   mahsulotlar   ishlab   chiqarishni   kengaytirish»     vazifalari   belgilab
berilgan.   Ushbu   vazifalardan   kelib   chiqqan   holda   mamlakatimizda   boqilayotgan
go’sht   yo’nalishidagi   tovuqlarning   ratsionidagi   ozuqalarning     fiziologik-
biokimyoviy ko’rsatkichlariga, mahsuldorligiga ta’sirini aniqlash, ular organizmida
ro’y   beradigan   o’zgarishlarni   biologik   jihatdan   asoslash   ilmiy-amaliy   ahamiyat
ega. 
O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2017   yil   7   fevraldagi   PF-4947-
son“O’zbekiston   Respublikasini   yanada   rivojlantirishning   beshta   ustuvor
yo’nalishi   bo’yicha   Harakatlar   strategiyasi   to’g’risida”   gi   Farmoni,   2017   yil   16
martdagi   PQ-2841-son“Chorvachilikda   iqtisodiy   islohatlarni   chuqurlashtirishga
doir   qo’shimcha   chora-tadbirlar   to’g’risida”gi   hamda   ushbu   faoliyatga   tegishli
boshqa   me’yoriy-hujjatlarda   belgilangan   vazifalarni   amalga   oshirishda   mazkur
dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.
Tadqiqotning obyekti.  Tadqiqot ishining obyekti sifatida barcha ko’rsatkichlari
bo’yicha bir xil (analog)bo’lgan Ross-308 zotli broyler tovuqlardan foydalanildi. 
Tadqiqot   predmeti   bo’lib,   ozuqalar   tarkibidagi   to`yimli   moddalar   (protein,
yog`,   uglevodlar   va   mineral     moddalar)   va   tovuqlar   qonining   ayrim   morfologik   va
fizik-kimyoviy ko’rsatkichlari kabilar xizmat qildi.
Tadqiqotning   maqsadi.   Ushbu   magistrlik   dissertatsiyasning   asosiy   maqsadi
mamlakatimizda parrandachilikda qo`llaniladigan, mahalliy sharoitda mavjud bo`lgan
broyler   tovuqlarini   mahsuldorligini   oshirish,   ozuqalarning   biologik   qiymatini,
4 to`yimliligini o`rganish   ozuqa  ratsionini  lizin, metionin kabi aminokislotalar bilan
boyitish     orqali     tovuqlar   organizmidagi   ayrim   fiziologik   ko‘rsatkichlarini
o‘rganishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari .  Maqsadga erishish uchun   quyidagi asosiy vazifalar
bajarildi. 
- mavzuga ta a l l uqli adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish ;
- parrandachilik   xo’jaliklarida   boqilayotgan   broyler   (Ross-308)   tovuqlari
ozuqa   ratsionining   asosini   tashkil   qiladigan   kombikormga   lizin,   metionin   kabi
aminokislotalar qo’shib shakllantirildi;
- shakllantirilgan   ozuqa   ratsionini   broyler   tovuqlaridan   iborat   nazorat   va
tajriba     guruhi   tovuqlarini   oziqlantirish   hamda   ozuqalarning   tovuqlar   tomonidan
iste’mol qilinishini aniqlash;
- To`la qimmatli ratsion bilan oziqlantirilgan tovuqlar qonining ayrim morfo-
biokimyoviy ko’rsatkichlarini aniqlash;
- olingan ma’lumotlarni muhokama qilish  va statistik qayta ishlashdan  iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi.  Magistrlik dissertatsiyasida broyler tovuqlarni
oziqlantirishda   tannarhi   arzon   va   to`la   qimmatli   bo`lgan   ozuqa   ratsioni   bilan
oziqlantirilgan   broyler   tovuqlarining   mahsuldorlik   ko`rsatkichlarini   oshirish   va
buning   natijasida   ozuqalar   tarkibidagi   to‘yimli   moddalarning   hazmlanishi   va
ularning   o‘zlashtirish   ko‘rsatgichlari   yaxshilanishi   aniqlandi .   ROSS   308   zotli
broyler   jo’jalari   ikki   xil   sharoitda   parvarish   qilindi.Tajriba   uchun   olingan
broylerlari   ratsioniga   lizin,   metionin   kabi   aminokislotalar   kiritilganligi   sababli
ularning   tirik   vazni   nazorat   uchun   olingan   broylerlarnikidan   yuqori   bo’lishi
aniqlandi;  
Ra t sionga   qo`shimcha   ozuqalarning   kiritilishi,jo’jalarning   o`sishi   va
rivojlanishiga  salmoqli  ta’sir  etdi;
Tadqiqotning   asosiy   masalalari   va   farazlari.   Mamlakatimizda
yaratilayotgan   imkoniyatlar   natijasida   bosh   soni   kun   sayin   ortib   borayotgan
parrandalar   uchun   ozuqalar   bazasini   mustahkamlash   maqsadida   proteinga   boy
5 bo`lgan ozuqalar  bilan va tovuq zotlarini biologik jihatdan boyitilgan oziqlantirish
orqali   tovuqlarning   ayrim   fiziologik   ko‘rsatkichlarini   yaxshilash   va   ularning
mahsuldorlik   ko‘rsatkichlarini   oshirish   orqali,   tadbirkorlikning   yangi   sohalari
taraqqiy etishi va qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotining o‘sishiga  imkon  yaratiladi.
Tadqiqot   ishining   usullari.   Tadqiqotni   bajarishda   umum   qabul   qilingan
zamonaviy   fiziologik,   morfo-biokimyoviy,   zootexnik   va   raqamli   ma ’lumot larni
statistik tahlil usullaridan foydalanilgan.
Mavzuning   nazariy   va   amaliy   ahamiyati.   Tadqiqotning   nazariy   ahamiyati
shundan iboratki, erishilgan natijalar va keltirilgan   ma’lumotlar ,  chop etilgan   tezis
yoki   ilmiy   maqolalardan   biologiya   va   qishloq   xo‘jaligi   sohasidagi   ta’lim   oluvchi
bakalavr   bosqichi   talabalarini,   magistrlarni   o‘qitishda,   malakaviy   amaliyotlarning
va   falsafa   doktori   dissertatsiyalarrining   bajarilishida   nazariy   bilim   sifatida
qo`shimcha material bo‘lib  foydalanish mumkin.
Tadqiqotning   amaliy   ahamiyati   shundan   iboratki,   erishilgan   natijalarning
parrandachilikka   ixtisoslashgan   fermer   xo‘jaliklarida   joriy   qilinishi   tovuqlar ning
fiziologik   holatini   yaxshilashi   va   ularning   mahsuldorlik   ko‘rsatkichlarini   oshiradi
va aholini sifatli, parhezbop go`sht mahsulotlari bilan ta`minlash yo`lga qo`yiladi.
  Ishning  aprobatsiyasi.   Magistrant  olib  borgan  tadqiqot   natijalarini   fakultet
ilmiy   texnik   komissiyasiga   rejasiga   muvofiq   tegishli   muddatlarda   taqdim   etib
borildi. Tadqiqot mavzusi bo’yicha xorijiy jurnalda (INTERNAUKA, ROSSIYA)
1 ta ilmiy maqola, xalqaro  konferensiyada (Qozog`iston) 1 ta tezis chop etdi.
Magistrlik dissertasiya ishining tuzilishi va hajmi.  Magistrlik dissertasiyasi
uch qismdan iborat b‘lib uning tarkibiga: kirish, adabiyotlar sharhi, asosiy qismlar
qamrab   olingan.   Asosiy   qism   ikkiga   bo‘lingan   bo‘lib,   ishning   materiallari,
foydalanilgan   usullar   va   olingan   ma’lumotlar   muhokamasi,   xulosalar,   hamda
foydalanilgan   adabiyotlar   ro‘yxatidan   iborat.Magistrlik   dissertasiyasi   76   betda
kompyuterda chop qilingan va bir nechta jadvallar bilan boyitilgan.
6 1. Adabiyotlar sharhi
1.1.Parrandachilikning bugungi holati va istiqbollari
Parrandachilik   tarmog’ini   rivojlantirishda   parrandalarning   maxsuldorligini
oshirishda,   naslni   yaxshilashda,   oziqlantirish,   saqlashda   parrandachilik
fabrikalarida   ilg’or   fan   yutuqlarini   qo’llash   asosida   ushbu   soha   rivojlanib
bormoqda.   Parrandachilik   fabrikalarida   ilg’or   fan   yutuqlaridan,   parrandalarning
tuxumini yig’ish, chet ellardan keltirilgan texnologiya asosda tayyorlangan katakli
batareyalar,   suyish   sexlari,   parrandalarni   suv   bilan   ta’minlash   kabi   ilg’or   fan
yutuqlarini   keng   qo’llash   asosida   ish   olib   borilmoqda.   Ilg’or   fan   yutuqlarini
qo’llashda   respublikamizda   faoliyat   ko’rsatayotgan   Qishloq   xo’jaligi   yutuqlari
ko’rgazmasi tomonidan   turli chet el davlatlaridan , Germaniya, Polsha, Belorussiya
kabi   davlatlarda   parrandachilikda   qo’llanilayotgan   fan   yutuqlarini   qo’llash,
yangiliklarni ko’rsatish sistemali amalga oshirib borilmoqda [1, 7].
  Parrandalarning   biologik,   xo’jalik   foydali   belgilarini   o’rganish,   ulardan   qisqa
vaqt ichida maxsulot olish, nasl ishlarini,   urchitish usullarini saqlash ,   oziqlantirish
iqtisodiyotini,   mehnatga   haq   to’lashni   o’zlashtirish   kerak.   Kelajakda
tayyorlanayotgan   zoomuxandis   mutaxassislarni   mavjud   xozirgi   zamon   texnikasi
yangi   texnologik   jarayonlar   bilan   tanishtirib,   maxsulotlarni   ishlab   chiqarish,
ulardan   qanday   foydalanish,   shuningdek   yangi   tashkil   qilingan   kichik,   o’rtacha
jamoa va fermer xo’jaliklarda olib borilayotgan ishlarni o’rgatishdir [9, 12].
Parrandachilikning   jadal   usullarini   qo‘llash,   yangi-yangi   texnologiyalarni
joriy   qilish,   mehnat   unumdorligini   oshirish,   rentabellik   darajasini   oshirishga   olib
keladi.   Aynan   iqlimlashtirilgan,   parranda   duragaylaridan   (krosslaridan)   keng
miqyosda   foydalanish,   muvofiqlashtirilgan   liniyalarni   chatishtirib,   ota-onalik
galasiga   nisbatan   12-22%   yuqori   mahsuldorlikga   ega   bo‘lgan   duragaylardan
foydalanish, bu esa parrandachilikda qo‘l keladi [4, 10].
XX   asr   oxirlarida   O‘zbekistonda   29   mln   bosh   parranda   bo‘lib,   770   mln   dona
tuxum   etkazilgan.   Vazirlar   mahkamasining   yig‘ilishlarida   parrandachilikni
7 rivojlantirish,   bosh   sonini   ko‘paytirish,   xalqimizni   parhez   go‘sht   va   tuxumga
bo‘lgan   talabini   qondirish   borasida   qator   qarorlar   qabul   qilindi.     Bir   yilda   jon
boshiga Amerikada - 247, Fransiyada - 262, Vengriyada - 315 va Rossiyada - 240
dona tuxum ishlab chiqariladi. Bizda esa bu ko‘rsatkich 112 donani  tashkil  etadi.
SHundan   ko‘rinib   turibdiki,   parrandachilikni   rivojlantirish   va     mahsuldorligini
ko‘paytirish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi [17].
Parrandalar   uchun   quriladigan   parrandaxonalar   saqlash   usuliga   qarab
moslashtiriladi. Parrandalar asosan   polda  va  katakli  batareyalarda saqlanadi. Erkin
holda   almashtiriladigan   yoki   almashtirilmaydigan   qalin   to‘shamalarda   saqlansa
ichiga   qo‘noqlar   qilinadi   yoki   qo‘noqsiz   bo‘ladi.   Alohida   yoki   guruh   holida
kataklarda saqlansa boshqa parrandaxona, lager sharoitida saqlansa boshqa binolar
quriladi [4, 9].
Parrandalardan   asosan   tuxum,   go‘sht   va   qo‘shimcha   ravishda   pat   olinadi.
SHuning   uchun   veterinariya-sanitariya   va   gigiena   talablarini   hammasini
inkubatsiyaga,   jo‘jalarni   o‘stirish,   katta   yoshdagi   parrandalarni   parvarish   qilish,
broyler   jo‘ja   go‘shtini   etishtirishga   qaratish   lozim.   Parrandalarni   erkin   holda   va
kataklarda   saqlashni   o‘ziga   xos   afzalliklari   hamda   kamchiliklari   bor.   Erkin   holda
saqlanganda   bemalol   harakat   qiladi,   toza   havo   va   quyosh   nuridan   foydalanadi,
modda   almashish   yaxshilanib,   kasalliklarga   chidamliligi   ortadi,   ammo   hamma
qilinadigan   ishlar   qo‘l   kuchi   bilan   bajariladi.   Kataklarda   saqlansa   hamma
texnologik   jarayonlar   mexanizatsiyalashtirilib   mehnat   yengillashadi,   mahsulot
tannarxi   arzonlashadi.   Lekin   bir   bosh   parranda   uchun   ajratilgan   joy   maydoni
kengayadi, ya’ni 1 m 2 
 joyga erkin holida boqilsa 5 - 6 bosh joylashtiriladi [11].
Hozirgi   vaqtda   parrandaxonalar   qurishda   TLM   4   -   83   talabiga   javob
beradigan   yangi   loyihalardan   foydalanilmoqda.   Parranda   fermalari   va   fabrikalari
qurishda   joyni   to‘g‘ri   tanlash,   binolarni   joylashtirish,   bosh   sonini   ko‘paytirish,
mahsuldorligini   oshirish,   sog‘lom   parranda   etkazish   asosiy   vazifadir.
Parrandaxonalar   o‘rtasida   yo‘lak   qo‘yilib   ikkiga   bo‘linadi.   Har   tomoni   ham   yana
bir   nechta   seksiyalarga   bo‘linib,   alohida   eshiklar   qo‘yiladi.   Ferma   atrofi   2   metr
8 balandlikda   devor   o‘ralib,   yagona   kirish   chiqish   yo‘li   qilinadi.   Tovuqxonaning
janubiy tomonidan yayratish maydoni qilinib, qo‘noqlar o‘rnatiladi. Qo‘noqlar har
250-500   bosh   tovuq,   100   o‘rdak,   60   g‘oz   va   150   ko‘rkaga   bitta   o‘rnatiladi.
Parrandaxonalarning   poli   yer,   sement,   asfaltdan   bo‘lishi   mumkin.   Tovuqxona
ichida kataklar,  oxur,  sug‘orish  idishi  (avtosug‘orgich),  kul  solingan  yashikchalar
o‘rnatiladi, Kul solingan yashikchalar  o‘lchami 1,2 x 1,2 m va balandligi 18 - 20
sm bo‘ladi. Parrandaxonalarda  1 m 2   
joyga 1 kunlik jo‘jalardan 25 bosh, 2 oyligida
16 bosh, 2-3 oyligida 12 bosh, 5 - 6 oyligida 9 bosh, katta tovuqlardan 4 - 5 bosh
joylashtiriladi [28].
Parranda fabrikalarini qurishda ayniqsa o‘sayotgan jo‘jalar uchun ajratilgan
binolar   shamol   esish   tomoniga   qaratib   quriladi.   Veterinariya   jihozlari,   sanitariya
so‘yish   va   o‘til   qilish   sexlari   shamol   yo‘nalishiga   qarab   quriladi.   Parrandachilik
fermalari   har   xil   yuqumli   kasalliklar   tarqalmasligi   uchun   alohida   sektorlarga
bo‘linadi: Bunda tuxum tug‘adigan tovuqlar, inkubatsiya, so‘yish, patlash, xo ‘ jalik
–   boshqaruv   bo‘limlariga     bo‘linadi.   Bu   binolar   bir   biridan   alohida   ajratilib,
maxsus   eshiklar   orqali   kiriladi.   Har   bir   bo‘limga   kirish   joyida   sanitariya   ijozat
xonasi, dezobarer, dezomat va boshqalar qurilishi kerak [6, 29].
Tovuqlarni   oziqlantirish,   boqish,   go‘sht   va   tuxum   etkazishda   gigiyena
talablari   -   Parrandalarni   oziqlantirishda   ozuqa   ratsionining   to‘yimliligi   talab
darajasida   bo‘lishi   va   ratsiondagi   hazmlanuvchi   protein,   aminakislotalar,   mineral
moddalar va vitaminlar organizmning talabini qondirishi kerak. Ozuqa ratsionining
tuyimlilik   darajasi,   mikroiqlim   ko‘rsatgichlarini     me’yor   darajasida   bo‘lishi   turli
yuqumsiz,     yuqumli   va   parazitar   kasalliklarni   oldini   olish   hamda   organizm
chidamliligini oshirishning asosiy omillaridan hisoblanadi.
Jo‘jalarni   60   kunligigacha   kuniga   4   -   5   marta     oziqlantirilib,   oziqa     doimo
oxurdan   uzilmasligi   kerak.   Parrandachilik   xo‘jaliklari   uchun   maxsus   omuxta   em
tayyorlanib,   uning   tarkibida   kalsiy,   fosfor,   natriy,   aminokislotalar,   vitaminlar   va
makro - mikroelementlar bo‘ladi [30].
9 Parrandalarga   beriladigan   ozuqalarni   sifati   past,   sanitariya-   gigiena
talablariga javob bermasa parrandalarning mahsuldorligi pasayadi va turli yuqumli
kasalliklarga chalinadi. Jumladan aspergillyoz, kandidomikoz; avitaminoz, mineral
va   oqsil   almashinishini   buzilishi   kasalliklarini   keltirib   chiqaradi.   Parrandalarda
vitamin   yetishish   -   yetishmasligini   aniqlash     uchun   ulardan   namuna   suyilib,
jigarida vitamin A ni bor yo‘qligini qaraladi. Masalan, bir kunlik jo‘ja jigarida  15 -
20 mkg, 10 kunligida 25 - 30, 1 oyligida - 40; 2 - 4 oyligida 80 - 100 va kattalarida
300-350 mkg karotin bo‘ladi [31].
Yirik   xo‘jaliklarda   broyler   jo‘jalarining   bosh   soni   3   mln.   gacha   etadi.
Bunday xo‘jaliklarda yil davomida jo‘jalar 56 - 63 kun boqilib tirik vazni 1,5 kg ga
etkazib suyiladi. Bunda jo‘jalarni bosh sonini saqlab qolish - 97% bo‘lib, 1 kg tirik
vaznga 2,5 - 3 kg omuxta em sarf bo‘ladi. «Broyler-20» parrandaxonalarida asosiy
ish mexanizatsiyalashgan. Bunda jo‘jalar to‘rt   xaftalik yoshigacha +18 - 20 0
S da
saqlanib,   nisbiy   namlik   60-70%,   havo   harakati   0,5   -   1m/sek,   SO
2   gazi   0,15   –
0,20%, ammiak 0,01-0,015 mg/l dan oshmasligi kerak. Ular uchun alohida yoritish
tizimi   bo‘lib,  20  kunligigacha  24  soat,   21  -  40  kunligida  24  -   17  soat  va   41  -  70
kunligida 17 soat  davomida yoritilib turiladi. 1 m 2
  joyga broyler  jo‘jalari 14 - 15
bosh joylashtiriladi [10].
Jo‘jalar   go‘sht   uchun   kataklarda   ham   o‘stiriladi.   Umuman   veternariya-
sanitariya   gigiyena   qoidalariga   qat’iy   amal   qilish   kerak,   Ozuqalarning   sifati,
to‘yimliligi, ratsion tarkibi, mikroiqlim ko‘rsatgichlari, sifatli suv bilan ta’minlash
va boshqalar nazorat qilinishi zarur.
Yirik   ferma   va   fabrikalarda   tovuqlar   kataklarda   saqlangan   jo‘jalar   erkin
yurganga qaraganda tez yetiladi, hatto 15 kun oldin tullaydi. 1 - 60 kunlik jo‘jalar
uchun KBE-1 katakli batareyalar ishlatilib, uning uzunligi 31 m, eni 9 m bo‘ladi.
Unda     elektr   isitish   batareyasi,   sug‘orish   sistemasi,   oziqlantirish,   tozalash   kabi
ishlar   mexanizatsiyalashgan   bo‘ladi.   Keyingi   yoshdagilar   KBM-2,   KBM-2A,
KBM-25  batareyalarida saqlanib  ular   uzunligi  va  ko‘p  qavatligi  bilan  farq  qiladi.
Katta   yoshdagi   tovuqlar   alohida   yoki     guruh   holida   kataklarda   saqlanadi.
10 Ko‘pincha   kataklar   yoni   va   poli   panjarali     yoki   turdan   qilinadi.   Polni   oldingi
tomoni   pastroq   qiya   qilinadi,   ya’ni   tuxumni   namlab   kelishi   uchun   eng   ko‘p
tarqalgan,   tuxum   tug‘adigan   tovuqlar   KBM-1   markali   4   qavatli   katakli
batareyalarda   saqlanib,   ozuqa   tarqatish,   tagini   tozalash,   tuxum   terish   kabi   ishlar
birdaniga bir harakat bilan bajariladi. Ixtisoslashgan fabrikalar 100-250 ming bosh
tug‘adigan   tovuqqa   muljallanib   quriladi.   Jo‘jalar   saqlanadigan   binolarda   nisbiy
namlik 65-70 %, keyinchalik 55-60% bo‘lishi va yoritishni 17 soatgacha etkazish
kerak.   Uzoq   yoritish   jo‘jalarni   tuxumga   kirishini   tezlashtiradi,   ammo   o‘sishni
sekinlatib,   tuxumni   puchog‘i   ham   qattiq   bo‘lmaydi.   Tug‘adigan   tovuqlar   uchun
havo harorati +16 0  
- 18 0
S, nisbiy namlik 60-70 % bo‘lishi kerak [28].
I nkubatsiya   va   jo‘jalarni   o‘stirish   gigienasi   –   P arrandachilik     xo‘jaliklarida
bir   kunlik   jo‘ja   olish   uchun   inkubatsiya   keng   qo‘llaniladi.   Ayniqsa   «Universal»
inkubatori keng qo‘llanilib, unda tuxumlarni joylashtirish, havo almashish, harorat,
namlik   me’yori   avtomatik   boshqariladi.   «Universal»-45   va   «Universal»-50
inkubatorlari 45 yoki 50 ming tuxumga mo‘ljallanib 3 ta inkubatsiya, 1 ta chiqish
shkafi,   eshigi   va   unda   qarab   turadigan   oynasi   bo‘ladi.   Tuxum   joylashtiriladigan
lotoklarni   bittasiga   120   ta   tovuq   tuxumi,   90   ta   o‘rdak,   50   ta   g‘oz   yoki   ko‘rka
tuxumi sig‘adi. Tuxum solingan lotok maxsus baraban ustiga o‘rnatilgan bo‘lib har
2 soatda avtomatik ravishda 90  0
 ga buriladi. Inkubatsiya yashigida birinchi jo‘jalar
chiqishi boshlanishi bilan tuxumlar jo‘ja chiqadigan yashigiga o‘tkaziladi. Broyler
fabrikalarida   to‘liq   qiymatli   ozuqalar   bilan   oziqlantirilganda   jo‘jalarning   1   kg
o‘sishi   uchun   1,9   -   2,4   kg   omixta   yem   sarflanadi.   Tirik   vazni   talab   darajasiga
yetishi uchun o’stirish davri 70 kundan 49 - 56 kungacha qisqaradi [23].  
Broylerlarning   o’stirish   muddati   qisqarishi   munosabati   bilan
tovuqxonalardan foydalanish samarasi ortadi va go‘sht ishlab chiqarish ko’payadi.
Parranda   go‘shti   etishtirishdagi   asosiy   vazifa   yosh   parrandalarni
parvarishlash hisoblanadi. Bu o‘z ichiga  ularni tegishli davrda  parvarish lash,  o‘sish
va rivojlanish  dinamikasini,  me’yordan  chetga  chiqmagan holda,  bir  xildagi  yosh
parrandalarni o‘stirishni oladi. Bir  kunlik jo‘janing sifati  inkubatsiyaga qo‘yilgan
11 tuxum   sifatiga   bog‘liq,   inkubatsiyaga   qo‘yilgan   tuxum   sifati   esa,   o‘z   navbatida
nasldor   xo‘roz   va   tovuqlarning   qanday   parvarish   qilganligiga   bog‘liq.   Agar
inkubatsion   tuxum   sifati   yetarli   darajada   bo‘lmasa,   parrandani   parvarishlash
davrida   oziqlantirish   va   saqlash   sharoitlarini   yaxshilashga   qanchalik   urinmaylik,
baribir   shu   parrandadan   mahsuldorlikning   genetik   salohiyatini   ololmaymiz.To‘liq
qiymatli tenglashtirilgan oziqlantirish esa parrandalarning mahsuldorligini  genetik
tomonidan  oshishiga   olib  keladi.  Bugungi  kunda  mamlakatimizda  broyler   go‘shti
etishtirish   uchun   iqtisoslashtirilgan   parrandachilik   korxonalarida     “Sibiryak”,
“Smena-4”,   “Ross-308”   va   “Arbor-Aykres”   krosslaridan   keng   foydalanilmoqda
[23].
Duragaylari tez o‘sish qobilyatiga ega bo‘lib, 50-60 kun o‘stirish davomida,
1kg tirik vazn olish uchun 2,0-2,5 kg omixta em sarflanadi. Bu esa berilayotgan va
mahalliy   ozuqalardan   serunim,   sifatli   tayyorlash   va   ratsionini   tarkibini
to‘laqiymatli   qilib   berishga   bog‘liqdir.To‘la   ratsionli   omixta   yem   bilan   broyler
jo‘jalarini   davrlar   bo‘yicha   oziqlantirish     muhum   hisoblanadi.   Aynan   parranda
uchun mos ozuqalardan foydalanish, uning to‘yimligini oshirish, ilmiy asoslangan
holda   to‘laratsionli   qilib   berish,   bu   esa   nafaqat   o‘sishi   rivojlanishi   go‘sht   sifatiga
ham ijobiy ta’sir etadi.
Bu borada mahsus omixta em tayyorlash korxonalarini barpo etish, mahalliy
oziqalarga   qayta   ishlov   berish,   to‘yimligini   oshirish,   xorijiy   davlatlarda   va
o‘zimizda tayyorlanayotgan premikslardan, soya, pista, kunjut kabi chiqindilaridan
foydalanish, sohani samaradorligini oshirishda qo‘l keladi [11, 21, 23, 24].
Lukenov   V,   Koban   M.   (1990)   o‘tkazilgan   tajribalaridan   xulosa   qilib,
broyler-   duragay   jo‘jalarini   maxsus   go‘shtbop   qilib   60-70   kunligigacha,   ayrim
hollarda   90   kunligigacha   boqish   bu   esa   3-3,5   kg   tirik   vazn   olish,   beriladigan
oziqalarni   ilmiy   asoslangan   xolda   to‘laratsionli   qilib   berish   o‘stirish   davomida
davrlarga qatiyatlik qilish o‘stirish muhlatiga va andozalarga asoslanish muhimdir.
Muallif   [14]   ning   ta`kidlashicha,   go‘shtbop   parrandalar   bilan   tajriba
o‘tkazib,   tajribada   “Broyler-6”   krossini   9-otalik   shaklidagi   “Smena”   krossini
S
3 ;S
4   ; onalik shaklidagi liniyalarni 50 boshshdan ularning tirik vazni, tuxumining
12 og‘irligi   bo‘yicha,   bir   xillik   koefitsientlarini   taqqoslab   o‘rganganda,   har   uchala
liniyalarni   mahsuldorlik   ko‘rsatkichlari   bir-biriga   yaqin   bo‘lishi   ,va   ularniing
orasidagi   farq     1,5%   bo‘lishi   mumkin.   Xulosa   qilib   bu   mos   liniyalarni   o‘zaro
chatishtirib, ulardan duragay jo‘jalar olish, ya’ni uch liniyali autoseks krosslar ham
olish mumkinligini ta’kidlaydi [20, 23].
Kotov   I.   (2002   y)ning   tajribalariga   asoslanib,   ”   Vig     Dutchmon”   firmasida
ishlab   chiqilgan   broyler   jo‘jalarini   bo‘rdoqilashda   qo‘llaniladigan   moslamasidan
foydalanilganda broyler jo‘jalarini 37 kunligida o‘rtacha kunlik o‘sishi 48 gr, 1 kg
tirik vazn olish uchun 1,72 kg ozuqa sarflanib, broyler jo‘jalarini saqlanuvchanligi
96,3 %, birinchi navli go‘sht 94% ga teng bo‘lgan. Xuddi shu moslamani Berdskoy
parrandachilik,   korxonasida   qo‘llab   ko‘rilganda,   40   kunlik   broyler   jo‘jalarini
kunlik   o‘sishi   52   gr,   1   kg   tirik   vazn   olishga   2,1   kg   ozuqa   sarflanib,
saqlanuvchanligi   95,7%,   birinchi   navli   go‘sht   92%   ga   teng   bo‘lgan.Germaniya   –
nemislar   tamonidan   yaratilgan   KRM-12,SBK   moslamalarini   qo‘llab   ko‘rilganda,
parranda   turar   joyidan   samarali   foydalanish,   chiqimga   chiqarish   12%   ga,   suvga
bo‘lgan talab 5 martaga inkubatsiyabop tuxumlar olish miqdori oshgan.
Pyatkina   A.,   Kulyashbekova   SH.   (2002)   PDE   preparatini   parrandalar
mahsuldorligini fiziologik ko‘rsatkichlariga ta’sirini o‘rganish maqsadida 352 bosh
Smena – 2 krossli broyler jo‘jalarida bir kunlikdan 32 kunlik yoshi davrida tajriba
o‘tkazgan.   4   guruxda,   har   bir   guruxda   88   bosh   bo‘lib,   birinchi   guruxga   PDE   ni
muskul to‘qimasiga ukol qilish yo‘li bilan 3,5 mkl, ikkinchi guruxga suv bilan 1 kg
tirik   vazni   hisobiga   50   mkl,   har   48   soat   davomida   3   guruxga   ozuqaga   qo‘shib
berish   bilan   berilgan   guruxlardagi   broyler   jo‘jalarini   tirik   vazni   9,95%   yuqori
bo‘lib,  qolgan ikki   guruhdagi   broyler   jo‘jalarining tirik  vazni   5,46 %  dan  oshgan
shu   bilan   birga   1   kg   tirik   vazn   hisobiga   ozuqa   sarfi   5,59   va   2,72%
kamaygan.Xulosa   qilib,   PDE   preparatini   jo‘jalarni   bir   kecha-kunduzlik   davrida
ukol   qilish,   bu   organizmda   imunitetni   kuchaytirish   va   mariko   kasalligini   oldini
olishda muhum, ozuqa harajatlarini iqtisod qilishda o‘rinli hisoblanadi [35].
Kubaeva   S.A,   Musinov   Ya.X.   (1994)   larning   ishlarida   broyler   jo‘jalarni
qalin   to‘shamalarda   va   katakli   qafaslarda   saqlashning   mahsuldorlikka   ta’siri
13 o‘rganilib,   broylerlarni   kataklarda   boqilganda   tirik   vazni   boqilganlarga   nisbatan
yuqori   bo‘lib   1306   gr,   polda   boqilganlarda   esa   1152   g   ni   tashkil   etgan.   Bu   esa
mikroiqlim   ko‘rsatkichlarni   katakli   binolarda   yaxshi   ekanligidan   dalolat   beradi.
Tajribadagi jo‘jalarni saqlanuvchanligi katakli qafasda 92%, qalin to‘shamada esa
90%   ni,   ozuqa   sarfi   esa   katakli   qafasda   1   kg   tirik   vazn   uchun   2.95   kg,   qalin
to‘shamalarda saqlanganlarda 3,08 kg ni tashkil etdi. Xulosa qilib, katakli qafasda
broyler   jo‘jalarni   o‘stirishda   mikroiqlim   ko‘rsatkichiga   e’tibor   berish,   bu   esa
jo‘jalarni o‘sishda va mahsuldorligiga ijobiy ta’sir qiladi.
Go sht uchun ajratilganlari alohida sharoitda boqiladi. Serpusht tovuqlar 1,7-2,2ʻ
kg , xo rozlari 2,7-3,0 kg, tuxumdorgo shtdorlari 2,5-4,0 kg , go shtdorlari 3,0-4,5
ʻ ʻ ʻ
kg   go sht   beradi.   Serpusht   zotlar   yiliga   220-250   ta,   ayrimlari   365   tagacha   tuxum
ʻ
qiladi.   Zotdor   tovuqlar   seleksiya   yo li   bilan   ko paytirilganda   serpusht   bo ladi.	
ʻ ʻ ʻ
Tovuq   5-6   oylikdan   tuxumga   kiradi.   Dastlabki   tuxumi   40—50   g     1   yoshga
yaqinlashgach,   55—65   g.   Tuxumdorgo shtdor   zotlar   tuxumi   mayda.   Tovuq	
ʻ
tullaganda   tuxum   qilmaydi.   Tullash   2-3   hafta,   ba zilarida   2   oy   va   undan   ortiq	
ʼ
davom   etadi.   Tovuq   10   yilgacha   tuxum   qilishi   mumkin   (10-12   yil   umr   ko radi).	
ʻ
Sanoat   maqsadida   tuxum   yetishtiriladigan   xo jaliklarda   tovuqlar   tuxumga	
ʻ
kirgandan keyin ularni faqat bir yil saqlash iqtisodiy foyda keltiradi, chunki tuxum
tovuqlarning   yoshiga   qarab,   yiliga   10-15%   kamayadi,   naslchilik   xo jaliklarida	
ʻ
faqat  sermahsul  tovuqlar  2-3  yilga  qoldiriladi.  Boqilayotgan  nasldor   tovuqlarning
50-60%   1   yoshga   yetmagan,   30—   35%   2   yoshli   va   10%   3   yoshli   bo ladi.   Jo ja
ʻ ʻ
ochirishga tuxum olishda 8—12 ta tovuq uchun 1 ta xo roz qo yiladi. Xo rozlar 2-	
ʻ ʻ ʻ
3   yil   saqlanadi.   Jo jalar   inkubator   ochiriladi.   Ular   parrandaxonalarda   don,	
ʻ
sabzavot,   mineral   oziqalari,   vitamin   va   boshqa   bilan   boqiladi.   Hozirgi   kunda
O zbekistonda   go`sht   yo`nalishidagi   tovuqlardan   broylerlar   samarali	
ʻ
ko`paytirilmoqda [23].
K.X.   G‘ulomov,   A.R.Sogamonov   (1994)   o‘rganilgan   guruhlardagi   broyler
jo‘jalarining   o‘sishi   va   rivojlanishi,   suvning   mineral   tarkibiga   bog‘liq   xolda,
turlicha bo‘lib, ikkinchi va uchinchi nazorat guruhiga nisbatan broyler jo‘jalarining
14 tirik   vazni   30   kunlik   yoshida   jinsi   bo‘yicha   o‘rtacha   2,12   va   2,26%,   56   kunlik
yoshida   esa   3,82   va   4,13%   kam   bo‘ldi.   Bu   tajribada   tuz   shaklida   turli   quruq
moddalarga   talab   darajasidan   ortiq   bo‘lganida   ushbu   suvlarning   broyler
jo‘jalarining   o‘sishi   va   rivojlanishiga   salbiy   ta’sir   ko‘rsatishni   ko‘rsatadi.   O‘sish
birligiga   ozuqa   sarfi   va   broyler   jo‘jalarining   asralish   darajasiga   ham   suvning
mineral tarkibiga bog‘liq, turlicha ko‘rsatkichga ega. 
Muallif   [12]   ning   ma`lumotiga   ko`ra   broyler   parrandachilik   korxonalarida
“Smena-2” krossli bir kecha-kunduz nasldor broyler jo‘jalari bilan tajriba o‘tkazib,
tajribada   250   bosh   broyler   jo‘jalariga   E   va   C   vitaminlari   berish   me’yori   va
organizmni rezistentligi o‘rganilgan. Barcha guruhdagi broyler jo‘jalarini anologik
va saqlash, asrash sharoitlari bir xil. 140 kun davomida 1 va 2 guruh ratsioni bilan
50 mg S vitamini, 4 guruga 50 mg E va 50 mg C vitamini, 5 guruhga 50 mg C va
75   mg   vitaminlar   1kg   omixta   emiga   qo‘shib   berilgan.   Yosh   broyler   jo‘jalarini
ozuqa   ratsioni   tarkibiga   E   va   C   vitaminlarini   qo‘shib   berish   bilan   bir   qatorda
organizmdagi to‘qimalar bir me’yorda himoya qilish ta’surotiga salbiy ta’sir etgan.
Shu sababli bu davrda E vitamin 25 mg, C vitamini esa 50 mg 1 kg omixta emiga
qo‘shib berish kifoya.
Elizarov   E.   ning   ta’kidlashicha,   zamonaviy   tovuq   krosslarini   genetik
imkoniyati broyler jo‘jalarini 42 kunligigacha kunlik o‘sishi 42-52 gr bo‘lib, 1 kg
o‘sishi uchun 1,9 -2,2 kg omixta em sarflanadi. Mahsuldorlik ko‘rsatkichi saqlash,
asrash   va   me’yorda   oziqlantirishga   bog‘liq.   Broyler   jo‘jalarini   jinslarga   ajratib
o‘stirilganda,   birga   qo‘shib   o‘stirilganga   nisbatan   4,3-9,4%   farqlangan.   Bu   esa
xo‘rozlarni tirik vazni makiyonlarga nisbatan 2,7-2,9 farq qilib, makiyonlarda 7,3-
9,9   %,   1   kg   tirik   vaznga   oziqa   sarfi   4,8%   kam,   ammo   saqlanuvchanligi
makiyonlarda   1,7-1,8  %   yuqori,  4,0-4,7  %   birinchi   navli   gavdasi   yuqori   bo‘lgan.
Bir kecha – kunduzli jo‘jalarni jinsga ajratish (xo‘rozchalarda elpig‘ich patlari tez
o‘sadi)   bo‘yicha  broyler   jo‘jalarini   K-833   liniyasida   98,5%,   K-83  liniyali   broyler
jo‘jalarida   99%   mexnat   unumdorligi   (2300-2400   bosh).   Go‘shtdor   tovuqlarni   K-
genli   liniyali   seleksiyada   qo‘llash   ma’qul,   bu   esa   jinsiga   ajratib   boqishda   qo‘l
keladi. 
15 Sansevich   B.   (bosh   mutaxassis   GK   ”Sodrujestvo”   2002)   OAO.II
“Kurganskiy broyler” parrandachilik korxonasida “Arbor Aykres”, AO “Babolna”
(Vengriya) ushbu krosslar borasida ilmiy izlanishlar o‘tkazib, bu krosslarni genetik
imkoniyati   42   kunda   2-2,1   kg   ozuqa,   kunlik   o‘sishi     50g.   O‘sttirish   davrlari:
boshlang‘ich (predstarter) 0-7 kun, boshlang‘ich (startoviy) 8-21 kun, (grouer) 22-
28   kun,   yakunlovchi     1(finish)   29-42   kun,     2   finisher)   36-42   kun.   Arbor-Aykres
krossli   broyler   jo‘jalarini   saqlashda   5-8   sm   apilka,   1m 2
  pol   yuzasida   14-16   bosh,
har   1m 2
  pol   yuzasidan   28-30   kg   go‘sht   olishga   mo‘ljallangan     Arbor-Aykres
krossli broyler jo‘jalarini o‘stirishda havo namligiga sezgir bo‘lishi, quruq havoda
shilliq   pardalarni   tez   qurishi   va   o‘lishiga   yoki   vazn   olishga   salbiy   ta’sir   etadi.
Saqlashning   10   kunligigacha   nisbiy   namlik   70-75%,   11-42   kunligida   50-60%
me’yorda hisoblanadi.
Roshok   M.   (2001)   Perli   broyler   parrandachilik   korxonasida   ko‘p   yillik   ish
tajribalariga   asoslanib,   broyler   jo‘jalari   uchun   omixta   em   tayyorlash   borasida
korxonani   shaxsiy   zavodini   qayta   takomillashtirish   natijasida   va   omixta   em
tarkibini   boyitish   BMVD   qo‘llash   bilan   30   %   emni   arzon   qilishga,   broyler
jo‘jalarining   kunlik   o‘sishini   13   grdan   19   grgacha   oshirishga   erishilgan.   Keyingi
yillarda “Texneks” firmasi  BMVD  ni qayta takomillashtirilishi natijasida,  broyler
jo‘jalarining kunlik o‘sishi  96 gr, 1 kg qo‘shimcha tirik vazn olishga 2 kg omixta
em sarflangan va korxona rentabelligini 2,7 % ga oshirishga olib keldi.
Azimov   S.G‘,   Azimov   D,   Alimov   X,   Hoshimov   B.   (2011y).   (O‘zbekiston
parrandachilik   ilmiy   markazi)     Ma’lumotlariga   qaraganda   “Ross-308”   go‘shtdor
tovuq   krossining   otalik   va   onalik   shakllari   jo‘jalarini   o‘stirish     texnologiyasi   va
tajribada olingan natijalar keltirilgan. Ushbu krossga xos bo‘lgan genetik patensiali
ishlab chiqarilgan omixta em retseptlari asosida oziqlantirilganda jo‘jalarning tirik
vazni va saqlanishi yuqori darajada namoyon bo‘lgan.
Rahmonov   L.K.   (2012)   ta’kidlashicha   yosh   jo‘jalar   tovuqxonaga
keltirishdan oldin, jo‘jaxonani  2 sutka yoki  48 soat  oldin 33-35 0  
S qizdirish, bino
ichi   havosining   nisbiy   namligi   maqbul   hisoblangan   60-70%   da   bo‘lishi,
jo‘jalarning bemalol  suv icha olishlari uchun bino ichiga qo‘shimcha suvdonlarni
16 o‘rnatish, jo‘jalar bino ichiga joylashtirilgan paytda ichimlik suvi harorat jo‘jaxona
harorati   darajasida   bo‘lishi   lozim,   aks   holda   is’temol   qilingan   ozuqalardan   xosil
bo‘luvchi   energiyaning   bir   qismi   tana   xaroratini   saqlash   va   suvni   tana   xarorati
darajasigacha   isitish   uchun   sarflanadi.   Bir   kunlik   jo‘jalarning   joylashish   tig‘izligi
me’yorda   bo‘lishi,   hayotining   dastlabki   7   kunida   jo‘jaxonaga   o‘rnatilgan   kirish-
chiqish havo tuyniklari berkitilgan, elvizakning oldini olish uchun shamollatkichlar
to‘xtatilishi   lozim   va   hayotining   birinchi   xaftasida   jo‘jalarga   tarkibida   6%
glyukoza   va   1g/l   S   vitamin   eritilgan   suv   ichirish   tavsiya   qilinadi.   Xayotining
dastlabki   3-4   kunida   jo‘jalar   uchun   oppoq   (30-50   lyuks)   yorug‘lik   berilishi
maqsadga muvofiqdir.  
Ermatov   YU.A,   Ermatova   N.YU,     Buxariev   X,   Himmatov   K.   (2001)
WORLD-CONCERN     va   Sam.   Q.X.I,   parrandachilik   tajriba   markazida   Arbor-
Aykres   broyler   jo‘jalarini   qalin   to‘shamada   erda   o‘stirishda   davrlar   bo‘yicha
beriladigan   omixta   em   tarkibini   boyitish   maqsadida   soya   shrotidan   foydalanib,
tajribadagi   broyler   jo‘jalarni   o‘stirishning   1   va   2   haftalik   yoshida   nazorat
guruhidagi   jo‘jalarga   nisbatan   tajriba   guruhidagi   jo‘jalarning   tirik   vazni   8,4;   27,2
gr ga kunlik o‘sish esa 1; 1,7 gr yuqori bo‘lgan. Keyingi haftalarda (4,5-6) nazorat
guruhiga nisbatan tajriba guruhidagilar 38,4 gr dan 144 gr ga yuqori bo‘lgan.
1.2. Broyler tovuqlari yetishtirish  va uning amaliy ahamiyati 
Tovuqlar   paydo   bo`lishidan   oldin   ular   uchun   eng   qulay   sharoit   yaratish   uchun
kichik   tayyorgarlik   ishlarini   bajarish   kerak.   Agar   ozgina   miqdordagi   broylerlarni
y etishtirsangiz,   faqat   sizning   oilangizga   go'sht   etkazishingiz   kerak   bo'lsa,   unda
kundalik  karton qutilarga yoki yog'och qutilarga joylashtirilishi mumkin.  Haftalar
yoshiga   etgach,   ular   bu   maydondan   oldindan   to'silgan   holda,   erga   qo'yilishi
mumkin.   Ko pchilik   fermarlar   mol,   qo y,   echki   va   boshqa   chorvalarniʼ ʼ
yetishtirishadi. Bundan tashqari tovuqlarni yetishtirish va tuxum savdosi bilan ham
shug ullanadiganlar talaygina. Yetti  xazinaning biri bo lgan tovuqdan ham  go sht	
ʼ ʼ ʼ
sifatida sotish, ham uning tuxumini sotish imkoniyati mavjud.  
17            Tovuqlarning bir turi bo lgan broylerlarni yetishtirish esa tez foyda olishningʼ
bir   usulidir.   Broyler   jo jalarni   yetishtirishda   kamchiliklarga   yo l   qo ymagan,	
ʼ ʼ ʼ
alohida   e tibor   bilan   parvarishlagan   odam   35-40   kunda   jo jalarni   ko zlangan	
ʼ ʼ ʼ
vaznga bemalol olib kelishi mumkin. Broyler jo jalarni yetishtirish uchun nimadan	
ʼ
boshlash   lozim.   Uy   sharoitida   Broyler   jo jalardan   ko proq   daromad   olish   uchun	
ʼ ʼ
avvolo   ularni   yetishtirish   uchun   yaxshi   fursatni   tanlash   lozim.   Yetishtirish   uchun
eng   yaxshi   vaqt   bu   bahorning   o rtalari   va   yozning   boshlanishi.   Bu   paytda   havo	
ʼ
harorati   isigan   bo ladi   va   siz   jo jalar   saqlanadigan   joyni   qanday   qilib   isitish	
ʼ ʼ
bo yicha bosh qotirmaysiz [22].	
ʼ
1.1 rasm. Broyler tovuqlarini yetishtirish jarayoni
Broyler   jo jalarni   yetishtirish.   Nimalarga   e tibor   berish   lozim?	
ʼ ʼ
Broyler   jo jalarni   asosan   malakali   jo ja   yetishtiruvchilardan   yoki   katta
ʼ ʼ
parrandachilik   fermalaridan   sotib   olganingiz   maqsadga   muvofiq.   Shunda   siz
jo jalarning zotiga va sog ligiga kafolatli bo lishingiz mumkin. Agar olgan broyler	
ʼ ʼ ʼ
jo jalaringiz   zotiga   shubxa   qiladigan   bo lsangiz   quyidagilar   orqali   ularning   asl
ʼ ʼ
zotli ekanligini farqlang:
tuklari yumshoq;
qorni kengaygan;
boshi gavdaga nisbatan katta;
18 qanotlari deyarli rivojlanmagan.
Uy sharoitida jo jalarni boqish uchun 10 kunlik Broyler jo jalarini olish maqsadgaʼ ʼ
muvofiq bo ladi. Bunday jo jalarning sog ligi va quvvatiga to liq ishonish mumkin	
ʼ ʼ ʼ ʼ
bo ladi.   Jo jalarni   uyda   joylashtirishdan   oldin   ularning   joyini   oldindan   tayyorlab	
ʼ ʼ
qo ygan   va   zarur   yem   xashaklarini   oldindan   olib   qo ygan   bo lishingiz   lozim.
ʼ ʼ ʼ
Broyler   jo jalariga   qanday   sharoit   bo lishi   lozim?   Jo jalar   uchun   quyidagi	
ʼ ʼ ʼ
sharoitlar   yaratilishi   lozim:Tanlagan   joyingiz   dezinfektsiyalangan,   tozalangan   va
quritilgan   bo lishi   lozim   Yerni   apilka   yoki   quruq   o t-xashak   bilan   to ldirishingiz
ʼ ʼ ʼ
lozim.
Xavo  aylanib turishi   ta minlangan  bo lishi  kerak.  Jo jalarni   joylashtirganingizdan	
ʼ ʼ ʼ
keyin   2   hafta   mobaynida   havo   xarorati   +35   gradusgacha,   keyinchalik   +26
gradusdan   kam   bo lmasligi   lozim.   Jo jalar   joylashgan   joy   doim   yorug   bo lishi	
ʼ ʼ ʼ ʼ
lozim
Broyler   jo jalarni   yetishtirish.   Nimalarga   e tibor   berish   lozim?	
ʼ ʼ
Broyler   jo jalar   ichidan   yaxshilarini   tanlab   olish   jo ja   faol,   harakatchan   bo lishi,	
ʼ ʼ ʼ
ovozga   sezgir   bo lishi,   oyoqlarida   qattiq   turishi   lozim,	
ʼ
jo janing   qorni   tarrang   bo lishi,   teri   osilib   qolmagan   bo lishi   kerak	
ʼ ʼ ʼ
ko zlari   charaqlab   turishi   agar   jo jalarni   ko paytirish   niyatida   bo lsangiz   ikki
ʼ ʼ ʼ ʼ
jinsidan ham olish lozim.Broyler jo jalariga quyidagi haroratli sharoitlar yaratilishi	
ʼ
lozim:
Broyler   jo jalarni   yetishtirishda   asosan   nimalarga   e tibor   berish   lozim?	
ʼ ʼ
Jo jalarni  uy  sharoitida yetishtirishni   boshlagandan  so ng  ularga zarur  vitamin  va	
ʼ ʼ
moddalar mavjud ozuqalarni berib borish lozim. Beriladigan ozuqalar qaynatilgan
tuxum,   jo xori,   bug doy   va   boshqa   ozuqa   yemlaridan   iborat   bo lishi   mumkin.	
ʼ ʼ ʼ
Xozirgi   kunda   bularning   barchasi   broylerlar   uchun   maxsus   chiqarilgan   yemlarda
mavjud.   Jo jalar   qancha   kam   harakatda   bo lishsa,   shunchalik   tez   semirishadi.
ʼ ʼ
Ammo   ularga   vaqti   vaqti   bilan   harakatda   bo lib   turishini   ta minlash   lozimdir.	
ʼ ʼ
Bundan   tashqari   jo jalarga   oz   miqdorda   ko k   o tlardan   tashlab   turish   ham   zarar	
ʼ ʼ ʼ
qilmaydi.
19 1.3. Go`sht yo`nalishidagi tovuqlarni  ko`paytirish ustida olib
borilayotgan ishlar samaradortligi
Bir qator olimlar, Vyayzenin G.K,   Vyayzenin G.A, Tokar A.I, Belomestnov V.P,
Shkurko   D.I,   Sevostyanova   N.N,   Evstignieva   A.   R   (2004)   lar   ta’kidlashicha,
broyler   jo‘jalarini   jadal   o‘stirish   va   bo‘rdoqilashda   doimiy   ravishda   go‘sht
tarkibidagi   og‘ir   va   mineral   mikroelementlarni   nazorat   qilib   borish   maqsadga
muvofiqdir. Aynan 1,7 14, 21 va 28 –kunlik yoshida, organizmida og‘ir va makro,
mikro   elementlar   miqdori   kam   uchraydi.   Yoshining   o‘tishi   bilan   magnitli   teropil
uslubida   og‘ir   metalsimon   mikroelementlarni   qo‘llash,   bu   esa   broyler   jo‘jalarini
o‘sish   tezligi,   tirik   vaznining   oshirishi   bilan   qo‘rg‘oshin,ssink,   rux   miqdorining
kamayishiga olib keladi.
Ermatov   Yu.   A.   (2004)   ning   ta`kidlashicha   istiqbolli   tovuqlarning   “Arbor-
Aykres”   krossini   saqlashda   va   o‘stirishda   zoogigienik   me’yorlarini   yaratib   berish
muhimdir. Broyler jo‘jalarini o‘stirishda bino ichini 3,5 -5% xlorominning 1,2-2%
xlor eritma bilan zararlantirish, 6-8 sm qalinlikda samon, poxol, yog‘och qirindisi,
mao‘dalangan   makkajo‘xori   poyasini   to‘shama   sifatida   foydalanish,   1m 2
  erda   8
bosh   xisobida   saqlash,   7-10   kunlik   yoshida   La-Sato   preparati   bilan   emlanadi.
“Arbor-Aykres”  krossini  broyler jo‘jalarini saqlash  va o‘stirish, maxalliy oziqalar
bilan   oziqlantirib,   broyler   go‘shti   ishlab   chiqarish   borasida   o‘tkazilgan   tajribalari
shuni   ko‘rsatdiki,   nazorat   guruxida   broyler   jo‘jalarini   saqlanuvchanligi   94%,
tajriba   guruxida   97%,   so‘yim   chiqimi   nazorat   guruxida   72,8%,   tajriba   guruxida
74,7%,   1   kg   qo‘shimcha   tirik   vazniga   2,8   kg   omixta   em   sarflanib,   rentabelligi
nazorat guruxiga nisbatan tajriba guruxida 2,8% ga yuqori bo‘ldi. Kichik va o‘rta
biznes bilan shug‘illanuvchi xo‘jaliklarda maxalliy ozuqalardan foydalanib broyler
jo‘jalarini jadal o‘stirishdan 20-25% gacha qo‘shimcha daromad olish mumkin.
Ermatov   A   (2007),       Istiqbolli   tovuqlarning   “Arbor-Aykres”   va   “Sibiryak”
krosslarini saqlashda va o‘stirishda  zoogigienik me’yorlarni yaratib berish muhum
omillardan biridir. Har ikkala guruhdagi broyler jo‘jalari uchun bir me’yorda donli
oziqalar   va   premiks   berildi.   Har   ikkala   guruhdagi   broyler   jo‘jalariga   bir   xil
me’yorda   omixta   em   sarflanishiga   qaramay,   1   kg   qo‘shimcha   tirik   vazn   olish
20 uchun tajriba guruhidagi 2,4 kg, nazorat guruhda 2,9 kg omixta em sarflandi. 1kg
omixta   emning   tannarxi   398   so‘m,   1   bosh   jo‘ja   harajati   3059:3537   so‘m   olingan
sof foyda tajriba guruhida, nazorat guruhiga nisbatan 728 so‘m ga ko‘p, rentabellik
darajasi   11,0%   ga   yuqori   bo‘ldi.   Fermer,   dehqon   va   oila   xo‘jaliklarida   jahon   tan
olgan   tovuqlarning   “Arbor-Aykres”   va   “Sibiryak”   krosslaridan   foydalanish,
broyler go‘shti ishlab chiqarish samarali hisoblanadi.
Islomxo‘jaev S.S, Boboev K.L, G‘ulomov K.X. larning ta’kidlashicha yosh
parrandalar   uchun   tuzilgan   ozuqa   ratsioni   uning   tarkibidagi   xazm   qiluvchi
energetik,   xom   protein,   klechatka,   mineral   moddalar,   vitaminlar   va
mikroelementlar   oziqlantirish   me’yorlariga   mos   kelishi   kerak.   Ularning   miqdori
me’yordagidan   farq   qilsa,   u   vaqtda   yosh   parranda   o‘sishdan   orqada   qolib,
mahsuldorligi pasayib ketadi.
Azimov   G.A,   Rafiqov   A.A.   ta’kidlashicha   ekologik   toza   parranda
maxsulotlari   ishlab   chiqarish   bu   esa   shu   xududning   umumiy   ekologik   shart-
sharoitlariga bog‘liqdir. Parrandalar uchun notraditsion ozuqalardan mikrobiologik
sintez   maxsulotlari   (bakterial   va   bijg‘utuvchilar   biomassasi)   xisoblanadi.   Keyingi
yillarda   qator   mamlakatlarda   bir   xujjatlarni   uglevodorodli   xom   ashyoda   o‘stirish
urf   bo‘lmoqda,   bunday   maxsulotlarga   mikrobiologik   sintez   natijasida   olingan-
eprin, meprin, gaprin va boshqalar kiradi.
Mitskevich   N.P.   broylerlari   o‘stirishda   notraditsion   ozuqalardan
foydalangan.   Broyler   turli   ozuqalar   aralashmasi   bilan   oziqlantirilgan:   mineral
ozuqalar (diatomit, kulrang ko‘mir kuli,ssislitlar) – 6%, dengiz karami (laminariya)
–   3%.   Bunday   ozuqa   qo‘shimchalarini   berish   parrandalarning   saqlanuvchanligiga
ijobiy ta’sir etgan,ssisolit iste’mol qilgan guruxda saqlanuvchanlik 100% ni tashkil
etgan.
Aliev   I,   Ilyasov   A.   va   boshqalar   broyler   ratsionini   paxta   shroti   bilan
boyitganlar.   Mualliflar   gossipolsiz   suspenziya   va   oqsilli   izolyatorlar   olish   usuli
ishlanib,  bu  mahsulotlar  sut   achitqi   ivitqilari  bilan  ishlanib,  20-40 0
S  da  6-18  soat
saqlanadi.O‘stirish   davomida   saqlanuvchanlik   100%,  3   oylik  broyler   vazni   300  g
ga ko‘p bo‘lgan.
21 Qishloq   xo‘jalik   hayvonlari   va   shu   jumladan   parrandalarni   mahsuldorligi
juda ko‘p omillarga bog‘liq. Bu borada   ko‘plab olimlar amaliyotda sinab ko‘rish
va izohi bo‘yicha Pavlov I.P. (1951); Imbs B.G. (1955); Popav I.S.(1957)  Rubina
E.V.(1993);   SHaxnova L.V.(1980);   Azimov S.G, Azimov D.S. (1997) Ranait M
(1980) ta’kidlashiga ko‘ra eng asosiy oziqlantirish bo‘lib hisoblanadi.
Parrandalarni   takroriy   ishlab   chiqarilishiga   va   shuningdek   mahsuldorligiga
hamda ularning sifatiga to‘la qiymatli ozuqalar bilan oziqlantirilishi  ta’sir etishini
Abdurashidova E.N. Samigov T.SH (1992-1993), Azimov D.S. (1997) olib borgan
ilmiy ishlaridan ham ko‘rish mumkin. Olimlarning fikriga ko‘ra parrandalarni to‘la
qiymatli   ozuqalar   bilan   oziqlantirilishi   ularni   o‘sishiga,   rivojlanishiga,
saqlanuvchanligiga   va   etiluvchanligiga,   shuningdek   ularni   takroriy   ishlab
chiqarilishi,   mahsuldorligi   va   mahsuldorlik   sifati   ham   shu   omillarga   bog‘liq.
Oziqlantirishning   aks   xolida   parrandalarni   o‘sish,   rivojlanishidan   qolib   ketishi,
kech   etilishi   va   shuningdek   mahsuldorligini   pasayishi   hamda   ularni   boqishiga   va
mahsulot ishlab chiqarishi harajatlarini oshib borishi isbotlangan.
Bugungi   kunda   parrandachilikda   yuksak   ma h suldor   va   sifatli   nasldor   irsiy
manba   to‘plangan.   Azimov   S.G   va   Alimov   X.K   (2001)   fikriga   ko‘ra   bu   irsiy
manbani nafaqat saqlab qolish,balki yangi seleksiya usullarini qidirib ularni yanada
takomillashtirishini amaliyotga tadbiq etilishini taqoza etadi. Binobarin,bu masala
juda   dolzarb   va   xar   yilda   barcha   qishloq   xo‘jalik   parrandalarini   foydali   xo‘jalik
ko‘rsatkichlarini takomillashtirishni talab etadi.
Kochin   I.I.   va   Ryazyanov   I.G.   (2001)   olib   borgan   ishlari   va   erishilgan
natijalariga   asoslanib   takidlaydilarki   bugungi   kun   parrandalarni   irsiy
imkoniyatlarini ishga solinishi taxminan 70 foizni tashkil etadi.
Krovech .G. (1985),  Dyakonov E.E, Fateev V.D, CHeshekova T.E. (1988),
Rogozinskaya V.L. (1989), Zlochevskaya K.V. (1989), Myashkauskas.CH (1990),
Kumarora   J.R,   (1990),     Soukopova   Z.   (1991),   olib   borgan   tadqiqot   ishlariga
asoslanib ta’kidlaydilarki, parrandachilikni rivojlantirib borishda, yangi tizimlarni,
oilalarni va shuningdek sifatli parrandalarni  va tapokrosslardan foydalanish asosiy
omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. 
22 Bu   omillar   birgalikda   parrandalarni   mahsuldorligi   ozuqa   turlariga   bog‘liq
bo‘lishi  juda ko‘p olimlarni  olib borgan ishlarida aks ettirilgan   (Agaeva V. I. va
boshqalar- 1984, Egorov I.A.-1989, 1995, Arxanov A-1990).
Parrandalarni   mahsuldorligini   oshirish,   takomillashtirish   va   shuningdek
ularni sifatli oziqlanishi bilan bog‘liq muammolarini echishda Ageev V.N (1982);
Rubina E.N. (1976,1991,1993, 1997):  Egorov I.A. (1989,1995) Arxipov.A (1990):
Okolelova T.M.   (1990):   Epishkyavichus  A.V.   (1991):    kabi  olimlar  tomonidan
tadqiqot   ishlari     olib   borilgan.   Bunda   zavod   omixta   emlarini   boyitish   zarurligi
isbotlangan   bo‘lib   turli   mahalliy   oqsilga   va   mineral   komponentlarga   boy   bo‘lgan
ozuqalardan foydalanish tavsiya etilgan.
Rubina   E.V   va   boshqalar   (1992-1993)   Radjabov   U.R.   Umirov   R.R.   (1990)
parrandachilik   mahsulotlarini   oshirishda   xo‘jaliklarda   zavod   omixta   yemini
boyitish   zarur   mahalliy   oqsilga   boy   va   mineral   komponentlardan   foydalanish
muhim   ahamiyatga   ega   ekanligini   ta’kidlashgan     va   undan   paxta   shrotidan
foydalanishdan   tavsiya   etgan.   Paxta   shroti   parrandalar   uchun   proteinga   boy
bo‘lgan   ozuqa   bo‘lib   hisoblanadi   va   uni   qo‘llash   omixta   yemning   biologik
jihatidan   boshqa   o‘simlik   shroti   va   hayvonlardan   olingan   ozuqalarga   nisbatan
deyarli darajada samaralidir.
Adabiyot   ma’lumotlariga   ko‘ra   paxta   shrotini   tarkibida   36-43   %   gacha
protein   bo‘lib,   faqatgina   tarkibida   aminokislata   saqlashligi   bilan   bir   oz   soyadan
farq qiladi. Lekin paxta shroti parrandalar  ratsionidan to‘la qiymatli oqsil manbai
bo‘lib   xizmat   qiladi.   Olimlar   tamonidan   qishloq   xo‘jaligi   parrandalari   ratsionida
paxta shrotidan unimli foydalanish ustidan bir qancha ilmiy tadqiqot sinovlari olib
borilgan. 
Dolbenova   E.F.  (1985),    Kvitkin   V.   (1983),  lar   xar   xil   texnalogiya   asosida
ishlab   chiqilgan   paxta   shrotining   ozuqaviy   qiymatini   tuxum   va   broyler   jo‘jalari
ustida   o‘rgangan.   Bu   tajribadan   shuni   aniqlashdiki   parrandalarni   ratsioni   paxta
shroti   bilan   boyitilib   sifati   yaxshilangan.   Muvozanatlashtirilgan   ratsion   asosida
boqilgan   jo‘jalarini   (5   kunlik   yoshidan   boshlab)   parvarish   qilganda   jo‘jalarni   56
kunlik   yoshida     saqlanishi   92,7-97,9   %   o‘rtacha   tirik   vazni     1375-1610   g,   tirik
23 vaznini   bir   kilogramm   o‘sishi   uchun   sarflangan   ozuqa   2,68-2,4   kg   nazorat
guruhida   esa   tegishli   ravishda   92,7-97,7%,   1235-1539   g   va   2,76-2,   46   kg   tashkil
etganini isbotlagan.
Alieva   I,   Ilyasov   A   va   boshqalar   (1990)   sifati   yaxshilangan   paxta   shrotini
broylerlarda   sinab   ko‘rgan   va   yaxshi   natijalarga   erishgan.Mualliflar   sifati
yaxshilangan  paxta  shrotidan gossipolsizlantirilgan   va  oqsil  izoliyati   olish  usulini
topishgan.
Chappa     V,   Peter   V.   (1991).   CHexislovakiyada   Koshitse   qishloq   xo‘jaligi
hayvonlari fiziologiyasi instituti olimlari tamonidan broyler jo‘jalarini oziqlantirish
uchun ularning ozuqasiga noan’anaviy ozuqa konsentratlaridan 5 xil turini qo‘shib,
uning   ozuqaviy   qiymatini   6   marotaba   qo‘yilgan   tajriba   asosida
aniqlashgan.Qaysiki,   ba’zi   ozuqalarni   to‘liq   yoki   qisman   soya   shroti   bilan
almashtirib,   jo‘jalar   ozuqasiga   qo‘shib   berishgan.   Konsentratli   ozuqalar   quyidagi
komponentlardan tarkib topgan.
Tayyorlangan   un,   go‘sht-suyak   uni,   estroginlangan   rapsli   shrot,
estroginlangan   kungaboqar   shroti,   sulfatli   achitqilar,   fibulin   amuronat,
makkajo‘xori   glyuteni,   makkajo‘xori   kunjarasi,   maydalangan   makkajo‘xori,
o‘simlik   moyi   va   d   –   lizindan   iborat.   Bu   noan’anaviy   konsentratlarni   to‘liq
qo‘shish   yoki   qisman   qo‘shish   broyler   jo‘jalarning   mahsuldorligiga   salbiy   ta’sir
ko‘rsatmagan.
Hauptman   J ,     Heger   J ,     Lindner   P ,     Machkova   J .   (1989).   Chexiyalik   bu
olimlar   Girbo   krossi   broyler   jo‘jalari   ustida   tadqiqot   olib   borishib   tarkibida
aminokislata   miqdori   cheklangan   soya   shroti   kiritilgan   ratsion   bilan
oziqlantirishgan.   Birinchi   tadqiqotda   ozuqa     tarkibida   soya   shroti   kam   bo‘lib,
metionin   miqdori   bir   xilda   ushlab   turilgan   ozuqa   bilan   boqilgan,   ikkinchi
tadqiqotda esa metionin va lizin bir xil me’yorda ushlab turilgan. Ikkala tajribada
xam shuni aniqlashganki, xom proteinning kiritik miqdori 190 kg ni tashkil etgan.
Ushbu ratsionning 23 % ni soya shroti tashkil qilgan.
Horani   F.G.   (1988)   qilgan   tadqiqotida   parrandalar   ratsioniga   soya   moyi   va
soya uni qo‘shib, uni ta’sirini o‘rgangan.Tadqiqotda broyler jo‘jalarining 42 kunlik
24 yoshgacha yog‘i olinmagan soya uni berib boqqan. Ozuqa sarfi 1,94 kg ni tashkil
etgan. SHu ratsionga soya moyi qo‘shganda ozuqa sarfi 1,81 kg ni tashkil qilgan. 
Lazar J,   Kovasova A,   Muranska A,   Kovas J. (1987) go‘sht slovga gibridi
broyler jo‘jalaridan 200 boshini saralab olib soya shroti o‘rniga no‘xat ishlatishgan
shu bois  ratsion  tarkibida organik va noorganik ozuqa moddalar  kamaygan, faqat
B.E.M, lizin vaarginin moddalaridan tashqari. 
No‘xatni   ozuqaviyligi   o‘rganilgan   ratsion   tarkibida   soya   shrotini   no‘xat
bilan   75%   almashtirilgandagini   jo‘jalarga   bariladigan   ratsionning   ozuqaviylik
qiymatini   paasaytirib   yuboradi.Shuning   uchun   soya   shrotini   ratsion   tarkibida
me’yoridan kam bo‘lishi salbiy ta’sir etgan.
Ratsionlarda   paxta   shroti   miqdori   oshirilib   borilganda   (0,8,16   va   24   %)
haftalik yoshida o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatgan. Tarkibida 0, 196 va 310 mli 1
erkin   gossipol,   ozuqa   terimi   va   remiks   bo‘lgan  8,16   va   24%   li   paxta   shrotini   o‘z
ichiga   olgan   ratsion   bo‘lgan.   Tarkibida   erkin   gossipol   ko‘p   bo‘lgan   ratsion   esa
salbiy   ta’sir   qilgan.   J.C.Fuller,     W.J.Owings,   Fanslov   (1988).   Ayova   shtatidagi
qishloq   xo‘jalik   universitetining   bu   olimlari   soya   shrotining   broyler   jo‘jalariga
ta’sirini o‘rganishgan. Soya shrotining namligi (10%) juda kam daraja bo‘lib, ular
qayta ishlangan.Tajriba uchun 2 xil ratsion tuzishgan. Ratsionlarning biriga 0,5 %
va   boshqa   biriga   7,   68%   soya   moyi   va   bir   xil   miqdorda   lipid   qo‘shilgan.Nazorat
qilish maqsadida soya shroti ham qo‘shilgan.
Jo‘raev F. (2004) “Qishloq xo‘jalik korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil
etish”  ushbu   darslikda  ishlab   ishlab  chiqarish  vositalarini  tashkil   etish  va   ulardan
foydalanish,   shuntngdek   qishloq   xo‘jaligini   asosiy   vositalari   bilan
rejalashtirilganda ular  natura va qiymat  shaklida  hisobga olinadi. Ishlab chiqarish
jaroyonida   qatnashish   natijasida   mehnat   qurollari   asta   sekin   eskirib,   moddiy
emirilish natijasida o‘zining istimol qiymatini yo‘qotib boradi.
Ismoilov A,  Murtazaev  O. larning  “Qishloq  xo‘jalik  iqtisodiyoti”  Toshkent
“Moliya”   (2005),   qishloq   xo‘jalik   ishlab   chiqarishning   iqtisodiy   samaradorligi
ko‘p   jihatdan  ularni   asosiy   darajada   taminlanmaslik   mahsulot   miqdori   va   mehnat
unumdorligi   keskin   o‘sishga   hamda   mahsulot   tannarxi   oshishiga,   takror   ishlab
25 chiqarish   manbalarining   kamayishiga   olib   keladi.   SHu   bilan   bir   qatorda   asosiy
vositalarining   “ortiqchaligi”   va   to‘g‘ri   foydalanmaslik   ularni   o‘lik   holatda
turishiga, pravard natijada ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligini pasaytirishga
olib   keladi.Qishloq   xo‘jalik   ishlab   chiqarishini   asosiy   ishlab   chiqarish   vositalari
bilan   ta’minlanganligini   absalyut   ko‘rsatgichi   sifatida   fondlar   bilan   ta’minlanish
koefitsentidan   foydalanish   mumkin.   Bu   ko‘rsatkich   mavjud   mehnat   vositalarini
ularning normativ istemoliga nisbatan topiladi.
Ergashev   R.X.   “Qishloq   xo‘jalik   iqtisodiyoti”     Toshkent   EXTREMUM
PRES-2011,   moddiy-texnika   resurslaridan   qishloq   xo‘jaligida   zamonaviy,
kimyoviy vositalarni, samarali, ekologik jihatdan foydali hisoblangan texnikalarni,
kimyoviy   vositalarni,   texnologiyalarni   yaratish   bo‘yicha   o‘z   fikrlarini   namoyon
etgan. 
Turli     turdagi   parrandalarni   go‘shti   o‘ziga   xos   sifatlarga,   ta ’ mlarga   va
h idlarga   ega.   Tovuqlar   va   kurkalarning   go‘shti   parxezlik   mahsulot   bo‘lib
hisoblanadi.   S h uning   uchun   bu   parrandalarning   oziqlantirish   va   berilayotgan
ozuqalar   tarkibiga   uzviy   bog‘liqdir.   Parrandalarni   so‘yish   chiqimi   82-86%,
yeyiladigan   va   yeyilmaydigan   qismining   nisbati   2:2,5:1   yeyiladigan   tana
qismlariga nisbatan  nishta  vazni  70%  ni  tashkil  qiladi.Tovuqlarni  ko‘krak  go‘shti
oq rangda bo‘lib, bu o‘zining hazm bo‘lishi va hazm bo‘luvchi oqsilni ikki marta
ko‘pligi bilan o‘rdak, g‘oz va boshqa parranda go‘shtidan farq qiladi.
Jadal   parrandachilik   qisqa   vaqt   davomida   ko‘p,   sifatli   va   arzon   maxsulot
manbaidir.Parrandalardan   tez   va   qisqa   muddatda   boqib,   ulardan   ko‘p   bola   olish,
sifatli go‘sht  olish bilan boshqa chorva hayvonlaridan ajralib turadi. Bu sohaning
ahamiyati   shundaki,   tuxum   va   parranda   go‘shti   parxezlik   va   to‘yimlilik   jihatdan
tengi yo‘q mahsulot hisoblanib, tez va arzon yetishtiriladi.  
Mirsaidov   B.   ta’kidlashicha   parranda   sog‘lomligi   va   mahsuldorligi   ozuqa
tarkibidagi   mineral   moddalarning   miqdori   hamda   muvozanatiga   bog‘liq.Ozuqa
ratsioni   3   ta   makroelement:   kalsiy,   fosfor,   natriy   va   oltita   mikroelement:
margenets,  rux, yod, temir, kobalt  va mis bilan muvozanatlashgan bo‘lishi  lozim.
Mineral   moddalarning   kamligi   yoki   ortiqchaligi   parrandalar   modda
26 almashinuvligini   buzadi.   Parranda   parvarishlash   va   oziqlantirishning   yangi
texnologiyalaridan   foydlanish   birinchidan,   parrandadan   foydalanish   va   mahsulot
olish   muddatini   uzaytiradi:   ikkinchidan,   ozuqa   to‘yimligi   va   xazm   bo‘lish
jarayonlarini   yaxshilaydi;   uchinchidan,   parrandaning   mahsuldorligini   oshirib
mahsulot   sifatini   yaxshilaydi:   to‘rtinchidan,   parrandachilik   samaradorligini
oshiradi.
   Mirsaidov B. Hisoblaydiki,parrandachilik tarmog‘ini rivojlantirishda ikkita
omildan samarali  foydalanish maqsadga  muvofiq deb xisoblaymiz. Birinchi  omil,
mavjud   parrandachilik   fabrikalarini   texnik-texnologik   jihatdan   modernizatsiya
qilish,   mavjud   salohiyatdan,   foydalanilmay   turgan   ichki   imkoniyatlardan   keng
foydalanish bo‘lsa, ikkinchi omil, bu aholini parrandachilik mahsulotlariga bo‘lgan
ehtiyoji ortib borishini xisobga olib, tomorqa xo‘jaliklari bilan yirik parrandachilik
fermalari hamda fermer xo‘jaliklarini o‘zaro kooperatsiya asosida hamkorlik qilish
mexanizmini   ishlab   chiqish   va   amaliyotga   joriy   qilishdir.   Ikkinchi   omilning
avzallik   tomonlari   shundan   iboratki,   ushbu   tadbir   ko‘p   kapital   mablag‘   talab
etmaydi,   alohida   parrandachilik   inshoatlarini   qurish   lozim   bo‘lmaydi,
parandachilik   bo‘yicha   alohida   mutaxassis   kerak   emas,   chunki   parrandachilikdan
yaxshi xabari bor tomorqa egasi tanlab olinadi va hakazo.  
Ermatov   Yu.   A.   fikricha   yurtimizda   parranda   mahsulotlari   yetishtirishni
ko‘paytirishda   parranda   jo‘jalarini   sog‘lom   qilib   o‘stirish,   foydalanish   samarali
hisoblanadi.   Bunga   sertuxum,   istiqbolli   tovuq   krosslari   jo‘jalarini   belgilangan
qoidalarga   rioya   qilib   parvarishlash   orqali   erishiladi.   Tuxumdor   tovuqlar   galasini
yaratishda   “Lomann-braun”,   “Rodonit”,   “Qo‘ng‘ir-xayseks”,   “Alatu”,   parxez
go‘sht etishtirishda “Arbor-Aykres”, “Sibiryak”, “Ross”, “Smena-4” krosslarining
boshlang‘ich   liniyalarjo‘jalarini   o‘stirish   muhimdir.Yo   sh   jo‘jalarga   qo‘shimcha
me’yorlarda   premikslar,   vitaminlar   berish   zarur.   Vitaminlardan   “chiktonik,
ominovital, reksvital”, A, D, E va B
12  vitaminlar jo‘jalarni yoshiga ko‘ra tirik vazni
hisobga olingan holda,suv yoki ayrim vitaminlar yog‘da eritilib omixta yemlariga
aralashtirilib   beriladi.   Jo‘jalarning   2-haftalik   yoshigacha   berilayotgan   omixta
yemining biroz namlab berish, xomlashda suv, sut zardobidan foydalanish ma’qul.
27 F.   Djasimov,   N   SHoyimardonov,   M   Maxmudov,   I.Berdievlar   Toshkent
viloyati,   Zagiota   tumanidagi   “O‘zagroverteks”   va   “O‘zbekiston”   parrandachilik
korxonasida     “ROSS-308”   broyler   jo‘jalari   va     “UK   KUBAN   123”   tuxum
yo‘nalishidagi  jo‘jalarniso‘yishdan oldin och qoldirish davomiyligigini o‘rganib, 3
soatdan   26   soatgacha     och  qoldirganlar.  So‘yishdan   oldin   jo‘jalarni   och  qoldirish
so‘yim vazni va so‘yim chiqimiga ata’sir ko‘rsatgan. 3 soat och qoldirilganda 0,8
%ga,   26   soat   och   qoldirilganda     4,8%   ga     gavdani   iste’mol   nimtasida     suv
miqdorini yo‘qotish  va go‘sht sifatiga salbiy ta’sir etgan.
O‘tkazilgan   tajribalardan   xulosa   qilib,   jo‘jalarni     so‘yishdan   oldin     uzog‘i
bilan   4-5   soatgacha   och   qoldirish   ma’qul.   Yarim   tozalangan   gavdalar   uchun   6-8
soat och qoldirish yetarli hisoblanadi. Belgilangan muddatdan ziyod och qoldirish
maqsadga muvofiq emas.
 Azimov S., Azimov D., Alimov X., Xoshimov B.- tajribalar ma’lumotlariga
asoslanib   «ROSS-308»   go‘shtdor   tovuq   krosslarining   ota   va   onalik   shakllari
jo‘jalarini   o‘stirish   texnologiyasi   va   tajribada   olingan   natijalar   shuni   ko‘rsatdiki,
ushbu   krossga   xos   bo‘lgan   genetik   imkoniyatlari   ishlab   chiqilgan   omixta   yem
retseptlari   asosida   oziqlantirilganda   jo‘jalarning   tirik   vazni   va   saqlanishi   yuqori
darajada namoyon bo‘lgan. 
G.G. Rokotenko (1986) jo‘jalar ratsionini uglevodlar va suv o‘tlari uni bilan
boyitib   saqlanuvchanlik   va   organizmning   rezistentligini   oshirgan.   Bunday
ozuqalarni   qo‘shib   berish   jo‘jalarning   saqlanuvchanligini   25-9%   ga,   tirik   vazni
11%   ga   etgan.   O‘zbekistonda   parrandalarni   oziqlantirishda   paxta   shrotidan
foydalanish qo‘shimcha manba bo‘lib hisoblanadi.
Paxta   shroti   tarkibida   36-43%   protein   bo‘lib,   aminokislotalar   bo‘yicha   u
faqat   soya   shrotidan   orqada   qoladi.   Paxta   kunjarasi   va   shrotini   qishloq   xo‘jalik
hayvonlari   va   parrandalarini   oziqlantirishda   E.M.   Ershova   va   boshqalar   (1967),
SH.A.   Akmalxanov,   K.K.   Karibaev   (1967),   A.   Akmalxonov,   K.K.   Karibaev
(1993),   E.V.   Rыbina   (1993,   1997),   K.K.   Karibaev   (1967,   1988),   E.V.   Rыbina
(1967,   1968,   1977,   1993   va   hokazo)   lar   foydalanish   haqida   bafurja   yozganlar.
Hayvonlar   va   parrandalar   uchun   paxta   shroti   tarkibidagi   zaharli   modda-
28 gossipolning   ruxsat   etilgan   me’yorlari   bor.   S.   Azimov   (2011)   yozishicha
“O‘zbekiston” tovuq krossi tarkibidagi O‘z-2
tizimida   mansub   tuxumlarni   inkubatsiya   qilish   davrida   allontois   va   embrionning
6,5,   11,5   va   18   kunlardagi   o‘sishi,   rivojlanishi   hamda   qon   aylanish   sistemasi
o‘rganilgan.   Inkubatsion   tuxumlarning   56-61   g   klassidagi   embrionlarning   jadal
o‘sishi   va rivojlanishi   yuqori   darajada  urug‘langanligi  hamda  jo‘ja  ochib chiqishi
aniqlangan.
D.  Azimov  (2011)  ma’lumotlariga  qaraganda   tovuqlar  ratsoniga  (%)  zavod
ozuqa   aralashmasi   –   13,75,   makkajo‘xori   doni   –   10,   kungaboqar   shroti   –   4,
kungaboqar kunjarasi – 10, go‘sht – suyak uni – 6, izvestnyak ( ohaktosh) – 8, osh
tuzi – 0,25 ni tashkil etgan.
1   tonna   omixta   y emga   (grammlarda):   metionin   –   1300,   lizin   –   2200,
Ronozim   VP–250,   Ronozim   WX–150,   Rovilik   mineral   –   vitamin   premiksi   –
0,25% - 2500, Mikofiks Selekt – 500 qo‘shilgan.
Malsev A., Malseva N., Y. Drishenskaya O., Bogdanova L., Korshevalarning
yozishicha   jadal   parrandachilikda   tovuqlar   ratsionini   mineral-vitaminlar   bilan
tenglashtirilmasligi parrandalarning mahsuldorlik salohiyatini ruyobga chiqmasligida
hal qiluvchi omil bo‘lishi mumkin.
Sapropel tabiiy mineralni ozuqa qo‘shimchasi  sifatida foydalanganda uning
namligini inobatga olish kerak, bir oy 20-39% namlikdagi saqlanganda suv eruvchi
B   guruh   vitaminlari   7,00-49,03%   ga,   ikki   oydan   keyin   esa   yog‘da   eruvchi
vitaminlarning   esa   faolligi   17,53-28,60%   ga,   keyinchalik   B   guruh   vitamnlar
faolligi kamayadi.
Tajribalar   shundan   dalolat   berganki,   quritilgan   sapropelni   ozuqa
qo‘shimchasi   sifatida   foydalanish   suvda   va   yog‘da   eruvchi   vitaminlarning
saqlanish darajasini 5,6-15,1% ga kepakka nisbatan oshiradi.
Kletikova   L.   (2009)   qayd   etishicha,   probiotik   ozuqa   qo‘shimchasi   zacture,
sut   achitqi   bakteriyalari;   achitqilar;   fermentlar   (amilaza,   fitaza,   beta-
glyukonaza,ssellyulaza,   protaza,   lipaza);   mineral   moddalar   (kalsiy   xlorid,   natriy
xlorid,   magniy   sulfat,   rux   sulfati);   limon   kislotasi,   dekstroza,   vanil,   to‘ldiruvchi
29 (Saccharomyceb   cerevisiae)   va   Bifitrilak   parrandalarning   organizmida   modda
almashinuviga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi: 
-   Oqsillar   almashinuvini   yaxshilaydi,   oqsillar   zahiralarini   hosil   bo‘lishiga
olib keladi, qonda mochevina nisbatini kamaytiradi;
- Fosfor - kalsiy almashinuvini me’yorlashtiradi;
- Ichaklarda sut achitqi va bifido bakteriyalar kupayishini ta’minlaydi; 
-   Ozuqalar   konsersiyasini   oshiradi,   parrandalar   jadal   o‘sib,   rivojlanadi,   bir
xil parrandalar galasi shakllanib, ular ertaroq tuxumga kiradi.
Sereda   T.,   Razumovskaya   L.   (2009)   larning   yozishlaricha   tuxumning
biologik va to`yimlilik qiymati, uni jo‘ja chiqarishda ishlatish aminokislotalarning
miqdori va sifati bilan belgilanadi. Ular tajribalar asosida tovuqlardan olinayotgan
tuxumlar   tarkibida   oqsillar   sintezida   qatnashadigan   aminokislotalar   miqdorining
kamayishini   qayd   aytganlar.   SHuningdek   “Ok   Lomani”   tovuqlarida   180   nchi
kundan   boshlab   eng   yuqori   biologik   qiymatga   erishib   inkubatsiya   uchun   yaroqli
hisoblanadi.
SHarapova   V.,   Lern   N.,   SHarapov   I.   (2009)   ma’lumotlariga   qaraganda
jigarrang-xayseks   jo‘jalarini   turli   batareya   kataklarida   saqlash   ularning   tuxum
mahsuldorligiga ta’sir qilgan. Jo‘jalar BKM-3 (eski) va “Texna” firmasining TBS-
E   kataklarida   o‘stirilgan.   Ratsion   58-68%   dan,   18-24%   kunjara   va   shrotdan,   1,5-
3% baliq unidan va 0,4% kungaboqar moyi, shuningdek – 2,4-3,3% tuz, ohaktosh,
fosfatlardan tuzilgan.  Ratsionni mineral moddalar va vitaminlar bilan tenglashtirish
uchun  ozuqa  premikslari  qo‘ shib berilgan.
TBS-E   kataklarida   jo‘jalar   saqlanuvchanligi   99,3%   ni   tashkil   etib,   BKM-3
kataklaridan 2,2% yuqori bo‘lgan. Birinchi kataklarda bir xil parrandalar olish 80-
82% ni tashkil etib, ikkinchi holda u faqat 72-75% ni tashkil etgan.
TBS-E   kataklarida   o‘stirilgan   jo‘jalarning   18   haftaligida   1476,8   g,   BKM-3
kataklarida esa – 1435,1 grammni yoki 41,7 grammga ko‘p bo‘lgan.
O‘rtacha kunlik vazn ortishi TBS-E kataklarida o‘stirilgan jo‘jalarda BKM-3
jo‘jalariga nisbatan 3% yuqori bo‘lib, ozuqa sarfi 8,2% kam bo‘lgan.
30 Okolelova T. (2009) fikricha   h ayvonot   ozuqa lari protein, mineral   moddalar
va vitaminlarga boy b o‘ ladi. Protein aminokislotalar  b o‘ yicha tula q iymatli b o‘ lib,
o‘ simlik   oq sillariga   nisbatan   lizin,   metionim   va ss istin   yuqori   sa q lanadi.
Parrandalarga bal iq   unin g   almashtiruvchisi berish, unda 58-62% protein, 3% lizi n
va 1% metionim mavjud.
Cherepanov   S.   (2005)   ma’lumotlariga   ko‘ra,   tuxumdor   parrandachilik
agrosanoat   majmuasining   bir   bo‘lagi   bo‘lib,   aholini   yuqori   sifatli   oziq-ovqat
mahsulotlari bilan ta’minlashda o‘rni ortib bormoqda. 
Egorov   I.   (2002)   yozishicha   tovuqlar   ratsioni   asosan   o‘simlik   ozuqalaridan
tashkil   topsa   ularga   10-15%   lizin,   metionim   vassistinni   ko‘paytirib   berish   kerak.
Agarda   ratsionda   makkajo‘xori   nisbati   kamaytirilsa   unda   tuyinmagan   yog‘
kislotalarini   me’yorlash   kerak   bo‘ladi.   Parrandachilikda   qimmat   ozuqalar
makkajo‘xori   va   bug‘doy   o‘rniga   raps,   vika,   suli,   kungaboqar   va   no‘xatdan
foydalanish   masalalari   qo‘yilmoqda,   bu   o‘rinda   o‘simlikshunos   olimlar   bilan
ushbu donlarni hazmlanishini yaxshilash choralari kurilmoqda.
Kuznetsov   S.,   Zabolotnov   L.   (2002)   ma’lumotlari   bo‘yicha   tuxum
puchog‘ining   holati   -   qalinligi,   strukturasi,   teshikchalari   soni,   rangi   ko‘p  jihatdan
tovuqlarning   eyadigan   ozuqalariga   bog‘liq   bo‘ladi.   Ozuqalar   tarkibida   proteinni
15,0-15,5%   gacha   kamaytirish,   o‘rin   almashmaydigan   amnokislotalar   nisbatini
pasayishiga nisbatan kamroq salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Xom protein nisbati 1,5-2,0%
kamayganda puchoq 1,2-1,4% ga, uning qalinligi 5-10% kamayadi.
SHuning   uchun   ratsionlarga   5-10%   ko‘p   metioniN   va   lizin   qo‘shib   berish
kerak. Tuxum po‘chog‘ining sifatli bo‘lishi uchun ratsionda 1 g kalsiyga 314-322
kDj energiya to‘g‘ r i kelgani ma’qul.
A. Ozols va boshqalar (1988) torf gidrolizatini o‘rgangan uni shirin saxarin
bilan   ishlab   parrandalar   ratsionida   makkajo‘xori   donining   nisbatani   kamaytirgan.
“Xayseks-oq” xo‘rozchalari  shunday  ratsionda boqilganda 30-32% yuqori  vaznga
erishgan.   15%   gidrolizat   qo‘shib   berilganda   (5%   makkajo‘xori   doni
almashtirilganda)   vazni   tez   o‘sishi   bilan   birga   100   g   semirishga   ozuqa   sarfi
kamaygan.
31 A.   Arxipov   va   boshqalar   (1990)   jelatina   ishlab   chiqarish   chiqindisidan
tayyorlangan   oqsil-yog‘-mineral   konsentratini   go‘sht-suyak   o‘rniga   berib   kam
miqdorda   baliq   uni   berganda   (1,5-2,5%   )   yaxshi   natijalar   olgan.   Saqlanuvchanlik
hamma   guru   hlarda   bir   xir   bo‘lgani   holda   yil   boshidagi   tovuq   boshiga   15,2   va
o‘rtacha 13,3 dona ko‘p tuxum olingan, ozuqalar sarfi esa 4,3% kam bo‘lgan.
Muallif   [19]   ma`luimotigsa   ko`ra   tovuqlar   ratsioniga   paxta   shroti   qo‘shib
tajribalar o‘tkazish o`ta samaralidi r.  Omixta em tarkibiga 4% dan 15% gacha paxta
shroti va paxta shrotini soya shroti bilan qo‘shib berib ko‘rishgan. 9-11% ratsionga
paxta shroti tovuqlar 12 oyda 63-65% tuxumdorlik ko‘rsatib, saqlanuvchanlik 90-
93% va 10 tuxumga ozuqalar sarfi 1,56-1,6 kg ni tashkil etgan.
Muallifl ar   [12,   23]   ma’lumotlariga   qaraganda   paxta   shroti   kataklarda
saqlangan   tovuqlarda   sinab   ko‘rilgan.   Sifati   oshirilgan   va   oddiy   texnologiyada
olingan   shrot   ratsionda   9%   bo‘lgan.   Sifati   yaxshilangan   tovuqlar   oddiy   trot
iste’mol   qilgan   tovuqlarga   nisbatan   5%   ko‘p   tuxum   bergan.   9   oy   davomida   har
bosh   tovuqdan   13,5   dona   (7,9   %)   ko‘p   tuxum   olingan,   saqlanuvchanlik   2,5%
ko‘payib, bir xil miqdorda ozuqalar sarflangan.
2.BOB.  TADQIQOT SHAROITLARI, OB'EKTLARI VA USULLARI
2.1. Tadqiqot   sharoitlari
Tadqiqot ishlari Samarqand viloyati Ishtixon tumaniga qarashli Do`stboy Boboyev
parradachilikka   ixtisoslashgan   fermer   xo‘jaligida   o‘tkazildi.   Ushbu   xo`jalikda
broyler   go’shti   yetishtirish   uchun   o’stiriladigan   yosh   parrandalar   belgilangan
muddat   davomida   oziqaviy   qiymati   yuqori   komponentlar   bilan   tuzilgan   ratsion
asosida   boqilib,   2   oyligidan   broyler   go’shti   yetishtirish   uchun   boshqa   bir   sexga
yuboriladi.   Ularning   vazni   6   haftaligida   2   kg   ni   tashkil   qiladi,   bu   bir   boshga
o’rtacha 1.8 kg ga to’g’ri keladi. Harorat 30-35 º C, 2 - 4 haftaligida esa 24 - 29º C
gacha   o’zgarib   turadi.   Tovuqlarning   tirik   vazni-galani   oziqlantirish,saqlash
32 vafiziologik holatlari bilan bog’liq bo’lgan ko’rsatkich hisoblanadi.Bu ko’rsatkich
tovuqlar   semirishining   natijasi   hisoblanib,to’yimli,tez   hazmlanadigan   go’sht
mahsulotini olishni kafolatlaydi.
Broylerlarni  qo’shimcha ozuqlantirib,ularning kunlik o’sishi,kunlik tirik vaznining
ortishi o’rganildi.Bunda fizikaviy,zootexnikaviy usullardan foydalanildi.
2.2.   Taqqiqot   ob`ektlari.   Tadqiqot   ob`ekti   barcha   ko’rsatkichlari   analog
usuli   bo‘yicha,   ya’ni   o‘xshashlik   belgilari   50   bosh   ROSS-308   krossli   jo‘jalar
tanlab olindi. Ulardan 25 boshdan ikki guruh, ya’ni 1-nazorat va 2-tajriba guruhlari
tashkil   etildi.   Jo‘jalarni   oziqlantirish   uchun   uchta   quyidagi   turdagi   omuxta
yemlardan   foydlanildi:   rost   –   1-10   kunlari;   start   –   11-22   kunlar   va   finish   23-35
kunlari. 
2.3.Tadqiqot   usullari.   Muddatlar   bo‘yicha   jo‘jalarni   oziqlantirish
me’yorlari,   omuxta   yem   tarkibiga   kiritilgan   ozuqalar   to‘yimliligi   va   tarkibi
A.P.Kalashnikovning (1985) ma’lumotlari asosida aniqlandi. Jami jo‘jalarni boqish
muddati 5 hafta (35 kun) davom etdi.  Nazorat va tajriba guruhdagi jo‘jalar bir xil
zoogigienik   sharoitlarida   boqilib   kelindi.   Hayvonlarning   ma’lum   vaqt   oralig‘ida
tirik vaznining oshishi (g r ) mutlaq o‘sish deb ataladi.
Ra=W1 –W 0
Bu erda:  Ra -tirik vaznning mutlaq o‘sishi (g r )
W0 – boshlang‘ich tirik vazni (g r )
W1 – o‘lchangan paytdagi tirik vazni (g r )
Ma’lum bir davr oralig‘ida tirik vaznning sutkalik o‘sishi (gramm)  o‘rtacha
sutkalik o‘sish deb ataladi va u quyidagi formula bilan aniqlanadi.
Rs=Ra(W1-W0)/t
    Bu erda: R a -tirik vaznning mutlaq o‘sishi (g r )
W0 – boshlang‘ich tirik vazni (g r )
W1 – o‘lchangan paytdagi tirik vazni (g r )
t- o‘lchovlar orasidagi vaqt, sutkalar soni (kun)
Tirik vaznning (o‘sish jadalligi) boshlang‘ich va oxirgi o‘lchash davridagi
tirik   vazn     farqining   shu   ko‘rsatkich   yarim   summasiga   nisbatining   foizda
33 ifodalanishi   nisbiy   o‘sish   deb   ataladi.   U   o‘sayotgan   vaznning   kattaligi   va   o‘sish
tezligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bilan tavsiflanadi.
Rn=Ra(W1-W0)/2*100
             Tirik vazn o‘sish koefitsienti. Ushbu ko‘rsatkich tirik vaznning o‘sishi
to‘g‘risidagi   tushinchani   yanada     to‘ldiruvchi   ko‘rsatkich   hisoblanib,   tajriba
oxirida   o‘lchangan   tirik   vaznning   tajriba   boshidagi   tirik   vaznga   bo‘lgan   nisbati
bilan aniqlanadi va u birlikda ifodalanib, quyidagi formula yordamida aniqlanadi.
Tk=W1/W0
Bu erda; Tk –tirik vazn o‘sish koefitsienti
W0 – boshlang‘ich tirik vazn(g r )
W1 – o‘lchangan paytdagi tirik vazn(g r )
Bu   ko‘rsatkich   o‘sish   davrining   har   bir   davri   oralig‘ida   aniqlanishi   va
hayvon ontogenezining o‘rganilishi lozim bo‘lgan davrida hisoblanishi mumkin. U
hayvonlar   ontogenezida   tirik   vazn   dinamikasini   va   organizmning   tez
etiluvchanligini tavsiflovchi ko‘rsatkich hisoblanadi.
                Tirik vazn o‘sishi birligiga ozuqa sarfini aniqlash usuli
     Bu uslub tovuqlarning mahsuldorligini aniqlashda foydalaniladi.Tovuqlar ustida
tajriba   boshlangan   davrda   va   oxirida   individual   o‘lchanib,   tirik   vaznning   mutlaq
o‘sishi (gr) aniqlanadi:
 R a -tirik vaznning mutloq o‘sishi (g r )
W0-boshlang‘ich tirik vazni (g r )
W1— o‘lcham olingan vaqtdagi tirik vazni (g r )
Hayvonlarga   ozuqa   sarflanishi   hisobga   olingan   davr   mobaynida   ozuqani
tarqatilishidan   oldingi   miqdori   va   yeyilmay   qolgan   qismining   miqdori   o‘lchanib,
ozuqa   sarfi   turlari   bo‘yicha   hisobga   olinadi.Yeyilgan   ozuqa   miqdori   aniqlanib,
uning ozuqa yoki energatik birligi hisoblanadi
         Tovuqlarni boqishda ularning ozuqaviy faolligi aniqlanadi. Ozuqaviy faollik
ko‘rsatkichi   etib   bir   bosh   tovuqning   bir   kunda   1   gr   tirik   vaznga   nisbatan     yegan
ozuqa miqdori qabul qilingan.
34 Ozuqaviy faolligi yaxshi bo‘lgan (g/kg ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan) tovuqlar
muskullarida,   to‘qimalarida   va   to‘plangan   yog‘   qatlamlarida   ko‘p   miqdorda
energetik materialni to‘playdi
Oziqlantirish   sharoiti   bo‘yicha,   nazorat   guruhiga   farqli   o‘laroq,   tajriba
guruhi   uchun   qo‘shimcha   ozuqaviy   va   vitaminli   qo‘shimchalar   bilan   oziqlantirib
kelindi. Ulardan  foylanish  muttadlari  va  miqdori   “Tajribani   o‘tkazish  sxemasida”
ko‘rsatilgan.
Tajriba   davomida   jo‘jalarning   tirik   vazining   o‘zgarish   dinamikasini   va
o‘rganish uchun, tajriba boshida va yakunida ularning tirik vazni ertalabki vaqtida
elektron tarozida 1 g aniqligigacha torilib aniqlandi. 
Ozuqa   konversiyasi,   ya’ni   parrandachilikda   mahsulotning   ozuqa   bilan
qoplanishini   aniqlash   uchun   o‘rtacha   bir   bosh   jo‘ja   uchun   sarflangan   ozuqa   va
oxurchalarda qoldiq omuxta yem  miqdorini hisobga olib A.P.Kesarovning (1998)
usubiyoti asosida o‘rganildi. 
Jo‘jalarning   go‘sht   mahsuldorligi   o‘rganish   uchun,   har   bir   guruhga   tipik
bo‘lgan   5   boshdan   broyler   jo‘jalar   ajratib   olindi   va   6   soat   ochlik   davridan   so‘ng
nazorat so‘yimi I.M.Maqsudov va boshq. (1977) usuli bo‘yicha o‘tkazildi. 
Bizning   tajribalarimizda   so`yim   ko`rsatkichlarini   aniqlashda
quyidagi formuladan foydalanildi:
SCh = SV ∗ 100
TV
Bunda :  
SCh – so‘yim  chiqimi; 
SV – so‘yim vazni; 
TV – tirik vazn; 
100 – foizga ko‘tarish koeffitsenti.
35 Rentabellik     darajasi   foydaning   to‘la   tannarxga   bo‘lgan   nisbatini
foizdagi ko‘rinishidir.
                                               Rd = Sf x 100
Tt
Bu erda:  Rd-rentabellik darajasi, %;
             Sf- sof foyda, so‘m;
            Tt- to‘la tannarx.
Olingan raqamli ma’lumotlar kichik tanlamalar usulida statistik tahlil qilindi,
bunda   kompyuterning   “Microsoft   EXCEL”   dasturidan   shuningdek   o‘rtacha
arifmetik   qiymati   (X),   uning   xatosi   (S
x ),     o‘zgaruvchanlik   koeffitsieti   (S
v ) ,
ishonchlik   kriteriylari   (td)   va   bo‘sag‘alari   (R)   N.A.   Ploxinskiy   (1969)   usuli
bo‘yicha.
Tajribaning   iqtisodiy   samaradorligi   har   bir   bosh   jo‘jaga   sarflangan   omuxta
yem   va   boshqa   (transport,   ish   kuchi,   elektro   va   issiqlik   energiyasi,   ish   kuchi,
ozuqaviy va vitaminli qo‘shimcha ozuqalar) xarajatlari hamda olingan mahsulotni
xarid narxi o‘rtasidagi farqni aniqlash yo‘li bilan amalga oshirildi, bunda Ismoilov
A. va boshq. (2005) usulidan foydalanildi. 
36 T ajriba ni  o‘ tkazi sh  sxemasi
1 kunlik  ROSS – 308  kro s sli broyler jo‘jalari
1-nazorat guruhi  ( n= 25 ) 2-tajriba guruhi   ( n= 25 )
Oziqlantirish sharoiti
Start 
(retsept №1) Rost
 (retsept №2) Finish 
(retsept №3) Start 
(retsept №1) Rost
 (retsept
№2) Finish 
(retsept №3)
Oziqlantirish davomiyligi
1-10 kun 11-22 kun 23-35 kun 1-10 kun 11-22 kun 23-35 kun
Ozuqaviy qo‘shimchalar  1  kg omuxta yem tarkibiga
1,3 g  L-
Lizin  1,3 g  L-
Lizin 1,3  L-Lizin
0,2 g  DL-
Metionin 0,2 g  DL-
Metionin 0,2 g  DL-
Metionin
O‘rganilgan ko‘rsatkichlar:
Omixta yem-retseptlari;
- J o‘ jalarning kunlik o‘sishi;
- Jo‘jalarning klinik ko‘rsatkichlari;
- Qonning morfologik ko‘rsatkichlari;
- Ozuqa konversiyasi;
- Nazorat so‘yim ko‘rsatkichlari;
- Tajribaning iqtisodiy ko‘rstakichlari. 
   
        Hozirgi   vaqtda   ozuqaviy   qo ’ shimchalardan   keng   foydalanilmoqda . Bizning
tajribamizda   oziqlantiruvchi   ozuqaviy   qo ’ shimchalardan   foydalanilgan .
37                 Oziqlantiruvchi   ozuqaviy   qo ’ shimchalar   ozuqa   moddalarini
to ’ ldirish , ozuqadan   foydalanishni   yaxshilash   va   nihoyat   ozuqani   tejash   va   narxini
pasaytirish   maqsadiga   erishish   uchun   ishlatiladi . Bu   uchta   toifani   o ’ z   ichiga
olgan , eng   ko ’ p   ishlatiladigan   va   muhim   qo ’ shimchalar :   aminokislotalar , vitaminlar
va   minerallar .
                  Oziqlantiruvchi   qo ’ shimchalar   ba ’ zi   bir   maxsus   ehtiyojlar   uchun   sun ’ iy
oziqlantirishga   qo ’ shilganhar   biologik   faollikdagi   maxsus   moddalarning   umumiy
nomi .   Biz   oziqlantiruvchi   ozuqaviy   qo ’ shimchalardan   aminokislotalar   va
vitaminlardan   foydalandik .
                  Oziqlantiruvchi   ozuqa   qo ’ shimchalari - bu   ozuqa   materiallarida   ozuqa
moddalarning   yetishmasligini   parrandalarni   oziqlantirish   standartlariga   muvofiq
to ’ ldirish   orqali   ozuqadan   foydalanish   samaradorligini   oshirish   mumkin   bo ’ lgan
qo ’ shimchalar   turi .
              Aminokislota   qo ’ shimchalari . Parrandalar   ozuqasida   aminokislota
qo ’ shimchalarni   ishlatishdan   maqsad   aralash   ozuqadagi   tegishli
aminokislotalarning   yetishmovchiligi   to ’ ldirish   va   aminokislotalar   muvozanatini
takomillashtirishda   muhim   rol   o ’ ynaydi .
              Aminokislotalar   chorvachilik   va   parrandachilikda     ko ’ plab   fermentlar   va
garmonlar   uchun   matritsa   yoki   sintetik   xomashyo   bo ’ lib ,   ketonlar   sintezi   uchun
asosiy   xomashyo   hisoblanadi . Shuning   uchun   ular   organizmdagi   fiziologik   va
biokimyoviy   metabolizmni   tartibga   solish , nazorat   qilish   va   ta ’ sir   qilish
funksiyalariga   ega .   Hayvonlarning   o’sishi   va   rivojlanishi   uchun   organizmga
xomashyo   sifatida   oqsil   kerak.   Oziqlantirishga   kerakli   miqdordagi
aminokislotalarni qo’shish oqsil sintezini tezlashtiradi va hayvonlarning o’sishi va
rivojlanishiga yordam beradi.
                Hozirgi   vaqtda   tabiiy  oqsil   tarkibidagi   20   turdagi   aminokislotalarni   sun’iy
sintez   qilish   mumkin.   Lizin   va   metionin   asosan   ozuqa   aminokislotalariga
qo’shimcha sifatida ishlatiladi.
38                              Broyler tovuqlar go’shtining kimyoviy tarkibi 
                    Barcha   boquvdagi   hayvonlarniki   singari   ,yosh   tovuqlar   go’shtining
kimyoviy tarkibi tez o’zgarib turadi.Broylerlarda suvning miqdori tez kamayishi va
yog’   konsentratsiyasi   o’sishida   ko’payadi,ammo   boshqa   hayvonlardan   farqli
o’laroq,protienning   yig’ilishi   ortishi   kuzatiladi.   Xo'rozlar   va   broyler   tovuqlarni
qisqa muddatli boqish davomida (6 haftagacha) o'sish jarayonidagi farq katta emas.
Tovuqlar   oz   ozuqa   iste'mol   qiladi   va   vazn   bo'yicha   o'rtacha   kunlik   o'sish
xo'rozlarnikidan ancha karn, biroq ulardagi ozuqalardagi oziq moddalarining hazm
bo'lish ko'rsatkichi taxminan bir xil. Parrandalar ancha uzoq muddatda bo'rdoqiga
boqilganda,   yosh   parrandalarni   jinsiga   qarab   ajratish   maqsadga   muvofiq,   bunda
tovuqlarda   xo'rozlarga   nisbatan   oziq   moddalar   konsentratsiyasi   kamaytiriligan
aralashma berib boriladi. 
          Jo'ja-broylerlarning   oziq   moddalarga     bo'lgan     talabi   broylerlaming   hayot
kechirishi   uchun   energiyaga   bo'lgan   talabi     binodagi   havo   harorati   optimal
bo'lganda,   ya'ni   tana   haroratining     me'yorda   ushlanib   turilganligi   uchun,
qo'shimcha miqdordagi energiya  sarf bo'lmagan taqdirda, almashinuv tirik vazniga
(W,7S) bog' liq. Hayot kechirish uchun energiya sarfini 1 kg ",75 ga 418 kj ga teng
qilib qabul qilish mumkin.   O'sish uchun energiyaga bo'lgan talab o'rtacha kunlik
o'sish  miqdoriga  bog'liq. Masalan,  1 gr yog'ning o'sishi uchun 42 kj, 1 gr protein
uchun esa 55 kj zarur bo'ladi. Negaki boquv davridagi o'sish tarkibi yog' miqdorini
ortishi tarafiga o'zgaradi, unda tirik vazn o'sishi uchun energiyaga bo'lgan talab 12
kj AE dan (kunlikjo'ja) 20 kg AE gacha ko'tariladi (5-6 haftalik). Hayot kechirish
uchun zarur bo'lgan protein miqdori broylerlarning tirik vazniga bog'liq. Proteinga
bo'lgan  sof  talab  sutkasiga   1  kg  tirik  vaznga  1,6  gr   ni   tashkil  etadi.  O'sish   uchun
proteinga   bo'lgan   talab   o'rtacha   kunlik   o'sish   miqdoriga   bog'liq   (17-25%   oqsili
bo'lgan),   bunda   umumiy   o'sishga   jo'jalar   hayotining   dastlabki   3   haftasida   patlar
o'sishi   uchun   4%   hajmda   hamda   keyingi   4-7-haftalarda   7%   hajmda   qo'shimcha
qilinadi.   Patlar   go'shtdan   farqli   o'laroq   80%   proteindan   tashkil   topgan,   shuning
uchun ulaming hosil bo'lishi uchun ratsionga qo'shimcha miqdorda oqsil kiritilishi
zarur.   Proteindan   o'rtacha   darajada   foydalanilganda   (60%)   proteinga   bo'lgan
39 umumiy   talabni   quyidagi   tenglikda   ifodalash     mumkin:   Proteinga   bo'lgan   talab
(gr/sutkada)= [TV (gr) * 0,16 gr+kunlik o'sish (gr) *17 ..... 25 + kunlik o'sish (gr).
0,04   ...   0,07·82]   :   60   Ratsiondagi   oqsil   tarkibidan   tashqari,   uning   aminokislotali
tarkibini   ham   hisobga   olish   zarur.   Masalan,     patlaming   hosil   bo'lishi   uchun
tarkibida   oltingugurt   bo'lgan   metionin   aminokislotalari   konsentratsiyasi   yuqori
darajada   talab   qilinadi.   Shuning   uchun     broylerlar   ratsionida   oqsil   komponentlari
sifatida dukkakli   ekinlar  donlari  ishlatilganda  tarkibida  oltingugurt  bo'lgan  noyob
aminokislotalami   muvofiqlashtirish     kerak.   Tarkibida   oltingugurt   bo'lgan   noyob
aminokislotalarning   taqchilligi   yoki   ozuqadagi   protein   miqdorining   pastligi
broylerlar   go’shtida   yog'ning   ortib     ketishiga   olib   keladi.   Shuning   uchun
organizmga   proteinning   tushishi   va   noyob   aminokislotaIar   bilan   ta'minlash
energiyaning umumiy iste'moliga    qaratilgan bo'lishi  kerak. Bunda  har  bir  100 kj
AB ga 1,85 gr xom protein to'g'ri kelishi kerak 
Broylerlar   ozuqasida   1   kg>   12   MD]   AB   (azot   bilan   moslashtirilgan),   dastlabki   3
haftaligida   esa   13   MDJ   dan   kam   bo'lmasligi   kerak.   Xususiy   ozuqa   aralashmasini
tayyorlashda   almashinuv   energiya   konsentratsiyasi     energiyaga   boy   bug'doy,
javdar,   makkajo'xori   va     qo'shimcha   ravishda   hayvon   yoki   o'simlik   yog'idan
foydalanilgan   taqdirdagina   12   MDj/kg   ga   ko'tariladi.   Yog'ni   kiritish   ozuqa
aralashmasining     changliligini   kamaytiradi.   Eng   yaxshisi,   agar   ozuqa   granula
shaklida     oziqlantirilsa   uning   yeyiluvchanligini   sezilarli   darajada   yaxshilashga
erishiladi.   Boquvning   dastlabki   3   haftasida   granula   hajmi   2   mm   dan,   to'rtinchi
haftadan   3   mm   dan   ortiq   bo'lmasligi   kerak.   Broylerlar   uchun   xususiy   ozuqa
aralashmasi   xuddi   tuxum   qo'yadigan   tovuqlarnikidek   kombikormdagi   oziq
moddalar konsentratsiyasi va  komponentlariga  qo'yilgan talablarni hisobga olgan
holda tayyorlanadi.
                 3. BOB. TADQIQOT NATIJALARI VA UNING TAHLILI
40 3.1. Broyler tovuqlarini oziqlantirishning fiziologik asoslari
Broyler   jo‘jalarni   oziqlantirish   jarayoni   ularni   tuxumdan   chiqgan   kunidan
boshlab,   boqish   maqsadiga   qarab   4   va   undan   ziyod   haftaligigacha     boqiladi.
Broyler   jo‘jalari   uchun   ham,   parrandachilikda   qo‘llaniladigan   ozuqa   me’yorlari
100 g to‘liq ratsionli quruq omuxta yem tarkibidagi energiya va to‘yimli moddalar
miqdori hisobga olinadi. 
Gibrid   jo‘jalarni   boqish   yakunida   ularning   tirik   vazni   1,5-2     kg   va   undan
ziyod bo‘lishi uchun to‘g‘ri va to‘la qiymatli oziqlantirishni tashkil etilishi maqsad
qilib   qo‘yiladi.   Ratsionlar   yuqori   energetik   qiymatga   ega,   oqsil,   mineral   va
biologik   faol   moddalar   bilan   tenglashtirilgan   bo‘lishlari   lozim.   Shu   maqsadda
sanoat   asosida   broyler   go‘shtini   yetishtirayotgan   xo‘jaliklarda   faqat   quruq
oziqlantirish   tipida   oziqlantirilib,   turli   bosqichlarga   mo‘ljallangan   to‘la   ratsionli
omuxta   yemlar   ishlab   chiqiladi.   Ushbu   yemlarga   asosan   quyidagi   talablar
qo‘yiladi: yuqori to‘yimliligi va yaxshi hazmlanishi evaziga optimal ozuqa xarajati
bilan yuqori kunlik o‘sishni ta’minlash; turli kasalliklarga rezistentlikni ta’minlash;
sifatli go‘sht olishga erishish. 
Jo‘jalarni   oziqlantirishda   asosan   parrandachilikda   qo‘llaniladigan   turli
o‘simlik   konsentratlari,  hayvonot  olamidan   olingan   ozuqalar,  mineral  va  biologik
faol   moddlar   bilan   boyitilgan   qo‘shimchalar   va   premikslar   bilan,   quruq,   nam   va
aralash oziqlantirish tiplari bilan oziqlantiriladi. 
Bugungi kunda broyler krosslaridan parranada go‘shtini yetishtirishning turli
texnologiyalari mavjud. Ushbu texnologiyalarda quruq oziqlantirish tipini qo‘llash
bilan jo‘jalarning yoshiga qarab uch bosqichli to‘liq ratsionli omuxta yemlar bilan
boqiladi.   Ular   asosan   “boshlag‘ich”,   “o‘sish”   va   “yakuniy”   yemlar   turlariga
bo‘linib, ayrim texnologiyalarda “boshlang‘ich oldi” yemi ham ishlab chiqariladi.
Ular   granula   shaklida   ishlab   chiqilib   birinchi   haftalik   jo‘jalar   uchun   1,0-1,5   mm,
keyingi   davrlar   uchun   3,0-3,5   mm   kattaligida   ishlab   chiqiladi.   Gibrid   jo‘jalarni
go‘sht   uchun   boqishda   bozor   infrastrukturasi   talabiga   mos   turli   maqsadlar
qo‘yiladi,   masalan   boqish   yakunida   tirik   vazni   1,7-1,8   kg   bo‘lishi,   so‘yim   vazni
41 1,2-1,3   dan   oshmasligi,   yoki   kolbasa   va   sosiska   ishlab   chiqarish   uchun   2   kg   va
undan   katta   so‘yim   vazndagi   go‘sht   talab   etiladi.   Ushbu   maqsadlarga   qarab
yemlardan foydalanish muddatlari o‘zgaradi. 
Quyidagi misolda “ROSS-308” kross liniyasiga ega bo‘lgan broyler jo‘jalarni
28-30 kun davomida ularning tirik vaznini 1,6-1,7 gacha yetkazib,   so‘yim vaznini
1,2  kg  gacha  olish   uchun  quyidagi   tartibda  yem   beriladi.    “Boshlang‘ich”  –  1-10
kunlik, “o‘sish”  –  11-21 kunlik, va  “yakuniy”  – 22-27  kunlik  yoshigacha.  Bunda
yem   turlari   bo‘yicha   bir   bosh   jo‘ja   uchun   0,35;   1,2;   va   0,6   kg   mos   ravishda
sarflanishi   rejalashtiriladi.   Ishlab   chiqarishning   iqtisodiy   samaradorligi   yuqori
bo‘lishini ta’minlash uchun yemning umumiy miqdori bir bosh jo‘ja uchun 2,2-2,4
kg oshmasligi lozim. 
Jo‘jalarni   oziqlantirishda   nam   va   aralash   tipi   asosan   kichik,   shaxsiy   va
yordamchi   xo‘jaliklarda   foydalaniladi.   Daslabki   kunlarda   jo‘jalar   uchun
makkajo‘xori,   bug‘doy,   qobiqsizlantirilgan   suli   va   arpa   va   boshqa   donli   ozuqalar
krupa   shakligacha   maydalaniladi.   Bunday   tayyorlangan   quruq   aralashma   sut
zardobi, yog‘sizlantirilgan sut, tvorog, kefir va boshqa hayvonot mahsulotlari bilan
aralashtiriladi.
                                                                                                              3.1–jadval
                  Yemlarning turlari bo‘yicha to‘yimliligi va tarkibiga
 qo‘yiladigan talablar, %  
  Ko‘rsatkichlar Omuxta yem turlari
Boshlang‘ich O‘sish Yakuniy
Almashinuv energiya:
kDj
kkal 1265
302,5 1320
315 1320
320
Xom protein 23,5 22,0 20,0
42 Yog‘ 8 8 8
Xom kletchatka 4 5 5
Lizin 1,43 1,14 1,09
Metionin 0,51 0,45 0,41
Metionin+sistin 1,07 0,95 0,86
Triptofan 0,24 0,20 0,18
Arginin 1,45 1,27 1,13
Gistidin  0,48 0,44 0,44
Fenilalanin+tirozin 1,49 1,37 1,37
Treonin 0,94 0,83 0,74
Valin 1,09 0,96 0,86
Glisin  1,04 0,95 0,95
Kalsiy 1,05 0,9 0,85
Fosfor umumiy 0,5 0,45 0,72
Fosfor o‘zlashtiriladigan 0,4 0,4 0,4
Natriy 0,23 0,23 0,22
Xlor 0,23 0,22 0,2
Ishtixon   tumanidagi   parrandachilikka   ixtisoslashtirilgan   korxonada   ota-
onalik galasini to’ldirish uchun yosh broyler makionlarini maxsus qalin to’shamali
po’llarda   saqlanadi.   Bu   to’shamalar   10   sm   qalinlikda   bo’lib   1-yilda   1   bosh   jo’ja
uchun   15   kg   to’shama   sarflanadi.Yosh   broylerlarni   o’stirish   binosi   xorijdan
keltirilgan   isitish   moslamasi   bilan   isitiladi.Bino   ichiga   har   1   m²   joyga   sutkali
jo’jalar   jinsiga   ajratilgan   holda   9-11   bosh,   jinsiga   ajratilmagan   holda   14   boshdan
43 saqlanadi. Broyler jo’jalarini oziqlantirish jarayonlarini barchasi  mexanizatsiya va
avtomatlashtirilgan     texnologiyalar     yordamida   bajariladi.   Parrandalarni
oziqlantirishda     omuxta   yemlar     maxsus   moslamali   bunkerlarda   saqlanib,
ozuqalarni   tarnovli   oxurlarga   tushirishda   maxsus   elektromagnitli   klapanlardan
me’yorida ozuqalar tushishi boshqarib boriladi. Jo’ja ochirish uchun saqlanadigan
ota onalik galasi boshqa parrandachilik korxonalari singari sexning asosiy vazifasi
mavjud   tuxumlar   ya’ni   duragay   tuxumlar   olinib,   tuxumlari   inkubasiyalanadi   va
sanoat parrandachiligi uchun mo’ljallangan jo’jalar olinadi. 
Ota   –   onalik   galasini   to’ldirish   jarayonidan   yil   mobaynida   1   marta
foydalanilib,   bu   jarayon   jamoa   va   davlat   xo’jaliklarida   bahor   faslida   qo’llaniladi.
Galani   to’ldirish   jarayoni   2   marta   mart,   aprel   va   sentyabr   oylarida   olingan   yosh
jo’jalar   bilan   to’ldirib   boriladi.   Ota   onalik   galasini   4   marta   -   yil   mobaynida   har
kvartalda to’ldirib boriladi. Ular me’yor bo’yicha 25 - 30 % ota – onalik galasini
yosh   mokiyonlar   bilan   to’diriladi.Broyler   go’shti   yetishtirish   uchun   o’stiriladigan
yosh   parrandalar   10   oy   davomida   oziqaviy   qiymati   yuqori   komponentlar   bilan
tuzilgan   ratsion   asosida   boqilib,   2   oyligidan   broyler   go’shti   yetishtirish   uchun
boshqa bir sexga yuboriladi. Ularning vazni 6 haftaligida 2 kg ni tashkil qiladi, bu
bir boshga o’rtacha 1.8 kg ga to’g’ri keladi. Ular asosan qalin to’shamali pollarda
saqlanadi, to’shamalarning qalinligi 7-10 sm ni tashkil etadi. 1m² joyga 13-15 bosh
tovuqlar   to’g’ri   keladi.  Harorat   30-35  º  C,  2 -  4  haftaligida  esa  24  -  29º  C  gacha
o’zgarib   turadi.   Broyler   go’shti   yetishtirish   sexining   asosiy   vazifasi     go’sht
yonalishidagi jo’jalar va istiqbolli kross linyalariga mansub bo’lgan yosh linyalarni
va jo’jalarni qisqa muddatlar ichida yuqori tirik vaznga yetkazish va ozuqa sarfini
kamaytirgan   hamda   sifatli,   arzon   parranda   go’shti   ishlab   chiqarishdan   iborat.
Broyler   jo’jalarini   yoshining   ortishi   bilan   1kg   o’sishi   uchun   sarflanadigan   ozuqa
miqdori   ham   ortib   boradi.   Jo’jalarni   o’stirish   muddati   5   -   hafta   bolganda   tirik
vaznining   ortishi   uchun   sarflanadigan   ozuqalar   miqdori   1,77   kg,   6   -   hafta
bo’lganda 1,89 kg, 7 - haftada 2 kg, 8 - haftada 2,12 kg, 9 - haftada 2,21kg, 10 -
haftada o’stirilganda 2,32kg ni tashkil etadi.
44 Broyler jo‘jalarini oziqlantirish to‘liq  qiymatli omixta yem bilan amalga oshirilib,
ular   oziqani   xohlaganicha   yeyish   imkoniyatiga   ega   bo‘lishlari   kerak.   Omixta
y emlarning tarkibi va to‘yimliligi  broyler jo‘jalarning o‘sish davriga bog‘liq. 
Jo‘jalarni birinchi o‘n kunligida suvni qaynatib, iliq holda, uch kungacha 6
l suvga 2 g tetrotseklin kukunini oziqlantirishdan oldin, kamida 2 soat mobaynida
eritib   berish   lozim.   Undan   keyingina   oziqlantirilsa,   ularning   ovqat   hazm   qilish
organlariga   zarar   etkazilmaydi   va   kelajakda   ko‘zlagan   maqsadimizga   erishish
samarasi yuqori bo‘ladi. 
Jo‘jalarning   to‘q   yoki   och   bo‘lishi   ko‘p   hollarda   ota   –   onalik   galasidan
olingan   naslli   tuxumlarning   sifatiga   va   inkubatsiyalash   jarayonlariga   bog‘liq
bo‘ladi.   Tuxumdan   chiqqan   jo‘ja   darxol   oziqa   axtara   boshlasa,   demakki,   jo‘ja
tuxumdan   och   chiqqan.   Birinchi   o‘n   kunlikda   jo‘jalarning   ovqat   hazm   qilish
organlari  yaxshi  shaklllanmagan hisoblanadi.    S h uning uchun ularga   y engil hazm
bo‘luvchi,   yormalangan,   oqsilga   boy   oz u qalar   bilan   oziqlantirilganda,   ularning
nobud bo‘lishini oldi olingan bo‘ladi. 
Broyler   jo‘jalarini   o‘stirishni   birinchi   o‘n   kunligida   ehtiyotkorlik   bilan
oziqlantirish   zarur.   Bu   davrda   makkajo‘xori,   oq   jo‘xori,   tariq,   bug‘doy,   o‘simlik
yog‘i, baliq yog‘i, go‘sht – suyak uni, yog‘i olingan sut, tuxumlarni qaynatib berish
tavsiya  qilinadi. Oziqlantirish  ikki  davrda  olib  boriladi,  ya’ni  1  – 3  haftalikkacha
va 4 – haftalikdan so‘yimgacha bo‘lgan davr. 
Oziqlantirishning   ikkinchi   davrida   omixta   yemni   qisman   namlab   berishda
suv yoki sut  zardobidan foydalanish mumkin, biroq omixta yemni  pishirib berish
qat’iyan   man   qilinadi.   Broyler   jo‘jalari   xohlaganicha   oziqa   yeyish   imkoniyatiga
ega  bo‘lishlari   kerak.   Broylerlar   uchun  tuziladigan  omixta    yem    ratsionining      1
tonnasiga qo‘shimcha qilinadigan mikroelementlar miqdori ularni o‘stirish davriga
bog‘liq   emas.   S h unga   ko‘ra   mikroelementlar   miqdori   barcha   turdagi   qishloq
xo‘jalik parranda jo‘jalari uchun bir xildir. Ammo broyler jo‘jalari uchun tuzilgan
omixta  yemlar   tarkibidagi   vitaminlar   miqdori   ularni   o‘stirish   davrlariga   qarab  bir
oz o‘zgartiriladi.
Ratsionning   to‘liq   qiymatligini   oshirish   maqsadida   lizin   va   metionin   kabi
ozuqaviy     qo’shimchadan   foydalanib,   tirik   vaznini,   kunlik   o‘sishini   oshirish
45 imkoniyatlari   o‘rganildi.   Broyler   jo‘jalarini   belgilangan   ratsion   asosida   omixta
yem berilib, xar ikkala guruhdagi jo‘jalarga berilgan omixta yemni kunlik, xaftalik,
boshlang‘ich davrda, yakuniy davrida va tajriba jarayonida berilgan yemni miqdori
hisoblab borildi. 
                                                                                                       3.2–jadval
Broyler jo‘jalari uchun to‘liq   ratsionli omuxta yem reseptlari, %
Ko‘rsatkichlar Omuxta yem turlari
Boshlang‘ic
h O‘sish Yakuniy
Makkajo‘xori 36,04 33,91 39,26
Bug‘doy 18,00 18,00 16,00
Soya shroti 29,00 25,00 20,00
Baliq uni 5,00 5,0 2,0
Go‘sht suyak uni 4,00 3,5 4,0
Kungaboqar yog‘i 3,00 5,0 5,0
Ohak 0,60 0,57 0,60
Osh tuzi 0,20 0,20 0,20
Ozuqaviy soda 0,10 0,10 0,10
L-Lizin 0,13 0,12 0,15
DL-Metionin 0,30 0,25 0,22
Paxta shroti 3,00 8,0 12,0
Monokalsiy fosfat 0,30 - 0,15
Xolin xlorid 0,08 0,10 0,12
46 Premiks 0,25 0,25 0,20
Ushbu   jadvalda   keltirib   o`tilganidek,   broylerlarni   yetish   uchun   ilmiy
asoslangan   omuxta   yem   reseptlari   to`g`ri   tuzilgan   ya`ni   oqsillarga,   tegishli
aminokislotalarga, vitaminlarga, energiya miqdoriga ega bo`lishi zarur.
Dastlabki   kunlarda   proteinning   biologik   qiymatini   oshirish   maqsadida   yem
tarkibiga qaynatilgan tuxumni (po‘stloqsiz) maydalab berish yaxshi to‘yimli ozuqa
hisoblanadi.     Bir   kunda   jo‘jalar   bir   necha   marotoba   oziqlantiriladi,   bunda
namlangan aralashma sochiladigan holatda bo‘lib, namlangan ozuqani  kuniga 2-3
marotoba   berish   maqsadga   muvofiq,   chunki   nam   ozuqa   tezda   achib   hazmlanish
jarayoniniga salbiy ta’sir etadi.  Yozgi davrda jo‘jalarning 3 kunligidan boshlab 0,3
sm kattaligikacha maydalangan ko‘k o‘tlar (beda, sebarga) bir boshga 5 g atrofida,
so‘ngra bu miqdor asta-sekin 10 g gacha yetkaziladi. 
Kuz va qish mavsumlarda 5 kunligidan boshlab bir boshga 2-3 g dan boshlab,
so‘ngra   5   g   gacha   o‘stirilgan   donlar   va   o‘t   uni   bilan   oziqlantirish   mumkin.
Jo‘jalarning bir haftalik yoshidan ratsionga bir bosh jo‘jaga 3-5 g maydalab ezilgan
ildizmevalilarni kiritish mumkin. Bunday ratsionlar bo‘r, chig‘anoq, suyak uni va
minerallar   bilan   boyitilib   bir   boshga   1-2   g   hisobida   beriladi.   Jo‘jalarning   10
kunligidan   boshlab   bir   boshga   haftada   bir   marotoba   4-5   g   graviy   (maxsus)   toshi
yemga aralashtirib kiritiladi. Quyidagi jadvalda xonodonlarda boqiladigan jo‘jalar
uchun tavsiya etiladigan yem reseptlarii keltirilgan.
3.3 -jadval
47 Shaxsiy va yordamchi xo‘jalikllarda boqishga mo‘ljallangan broyler jo‘jalari
uchun yem re t septi, %
Ko‘rsatkichlar Yoshi, hafta
1-2 2-4 4 va yuqori
Makkajo‘xori 50 48 45
Bug‘doy 16 13 13
Arpa  8 - 8
Shrot yoki kunjara 14 19 17
Go‘sht-suyak uni yoki baliq 
uni - 7 7
Quruq sut zardobi - 7 13
Achitqi - 5 5
Ko‘k o‘t - 3 1
Ozuqaviy yog‘ - 1 3
Bo‘r - 1 1
Jo‘jalarni   oziqlantirishda   yemlardan   unumli   foydalanish   va   uning   isrof
bo‘lishini oldini olish uchun maxsus oxurlar yordamida beriladi, yirik fabrikalarda
mexanizmlar   yordamida   bino   tashqarisidan   yetkaziladi.   Barcha   usullarda   ham
oxurlarda yem doimiy ravishda ta’minlanib turilishi kerak, ozuqa fronti kamida 5
sm tashkil etishi kerak.   Suv maxsus moslamalar yordamida yoki nipili sug‘orgich
yordamida   doimiy   ravishda   ta’minlanib   boriladi,   sug‘orish   fronti   kami   1   sm   ni
tashkil etish kerak. Suv xarorati xona xaroratidan past bo‘lmasligi lozim. 
48 Jo‘jalarning   yaxshi   o‘sishi   va   rivojlanishi   avvalo   zoogigiyenik   me’yorlariga
qat’iyan   roya   qilingan   holda   amalga   oshirish   zarur.   Jo‘jaxona   yaxshilab
dezinfeksiyalanishi kerak. Broyler jo‘jlar eng tarqalgan usul pollarda boqilib, ular
uchun   to‘shama   sifatida   yog‘och   qirindisi,   poxol,   kungaboqar   po‘stlog‘i   yoki
boshqa materiallardan foydlaniladi. Shuning uchun jo‘jalarni joylashtirishdan oldin
havo harorati va namligi me’yorga yetkaziladi. To‘shama xarorati xona xaroratiga
nisbatan   2-3   0
C   yuqori   bo‘lishi   kerak.   Broyler   jo‘jalarni   parvarish   qilish   uchun
zarur bo‘lgan harorat va nisbiy namlik me’yorlari   98–jalvalda ko‘rsatligan. 
3.4 –ja d val
Broyler jo‘jalarni parvarish qilish uchun zarur bo‘lgan harorat va nisbiy
namlik me’yorlari
Jo‘jalar yoshi,
Hafta Havo harorati,  0
C Havoning nisbiy
namligi, %
1 29-30 60-70
2 27-28 60-70
3 26-28 60-70
4 24-25 60-70
5 23-24 60-70
6 21-22 60-70
7 18-20 60-70
3.2. Broyler tovuqlarini parvarishlashda ratsionga qo`shimcha  ozuqalarni
kiritish va uning samaradorligi
49 Jo‘jaxonaning sig‘imini aniqlash uchun yakuniy davrda 1 m 2
 maydonga 12-14
bosh jo‘ja boqilishi rejalashtiriladi. Xonadagi havo tezligi  0,15 m/s dan oshmasligi
lozim.   Oziqlantrishning   to‘la   qiymatliligini   nazorat   qilish   uchun   jo‘jalarning
mahsuldorlik   ko‘rsatkichlari   va   ozuqa   konversiyasi,   ya’ni   1   kg   o‘sishi   uchun
sarflangan to‘laqiymatli omuxta yem miqdori kuzatib boriladi (3.5-jadval).
3.5 -jadval 
“ROSS-308” kross liniyasiga ega bo‘lgan broyler jo‘jalarning mahsuldorlik
ko‘rsatkichlari
Yoshi,
kun Tirik
vazni,
(g) Kunlik
o‘sish,
(g) O‘rtacha
1 haftada
o‘sishi ,
(g) Ist’emol
qilingan oziqa,
bir kunda,  (g) Jami
iste’mol
qilingan
oziqa,  (g) Oziqa
konversiyasi,
kg
0 42
20 , 481 56 14 13 13 0,237
2 72 15 17 30 0,419
3 89 18 20 50 0,561
4 109 20 23 73 0,673
5 132 23 27 100 0,762
6 157 25 31 131 0,834
7 185 28 35 166 0,893
8 217 31 41,12 39 204 0,942
9 251 35 43 247 0,984
10 289 38 48 295 1,021
11 330 41 53 348 1,053
50 12 375 44 58 406 1,083
13 422 48 63 469 1,110
14 473 51 69 538 1,136
15 527 54
63,19 74 612 1,160
16 585 57 80 692 1,183
17 645 60 86 778 1,206
18 709 63 92 870 1,228
19 775 66 98 968 1,249
20 844 69 104 1072 1,270
21 916 72 110 1182 1,291
22 990 74
80,55 116 1298 1,312
23 1066 77 122 1421 1,332
24 1145 79 128 1549 1,353
25 1226 81 134 1684 1,373
26 1309 83 140 1824 1,394
27 1393 85 146 1970 1,414
28 1479 86 152 2122 1,434
29 1567 88
90,56 157 2279 1,455
30 1656 89 163 2442 1,475
31 1746 90 168 2610 1,495
32 1836 91 173 2783 1,515
33 1928 92 178 2961 1,536
34 2020 92 183 3144 1,556
51 35 2113 93 187 3331 1,576
Broyler   jo`jalarini   to`g`ri   ratsion   orqali   oziqlantirish   natijasida   erishilgan
yutuqlar ya`ni mahsuldorlikning oshishi 3.5 jadvalda o`z ifodasini topgan.
Broyler   jo‘jalarini   to‘g‘ri   andozalar   asosida   saqlash,   o‘stirish,   oziqa
tarkibidagi to‘yimli moddalar va minerallar hamda makro – mikro elemaentlarning
me’yorda   ekanligini   ta’minlash,     buning   uchun   esa   omixta   yemlarni   oqsilli
qo‘shimcha   oziqa   bilan   boyitish   muhim   tadbirlardan   biri     hisoblanadi.   Parranda
go‘shti   ishlab   chiqarishda   ozuqa   bazasining   taqchilligi   aynan   fermer,   fermer   -
dehqon, yordamchi va kichik biznes xo‘jaliklarida muammo bo‘lib kelmoqda. Bu
esa   omixta   yemlar   narxini   oshirib,   ishlab   chiqarishning   ushbu   yo‘nalishi   bilan
shug‘ullanuvchilarning   ishini   sustlashtirmoqda.   Yuqorida   zikr   etilgan
muammolardan   kelib   chiqqan   holda,   tadqiqotlarimiz   istiqbolli   tovuq   krosslaridan
unumli   foydalanib,   Ishtixon     tumaniga     qarashli   Do`stboy   Boboyev
parrandachilikka   ixtisoslashgan     fermer   xo‘jaligida   o‘tkazildi   Tajribadan   maqsad
shu   ediki,   avvalambor,   oliy   dargohda   olgan   bilim   va   ko’nikmalarni   ishlab
chiqarishga tadbiq qilish, qolaversa zamonaviy texnologiyalar asosida omixta yem
tarkibini   boyitib   borish   va   kam   oziqa   sarflab,   ko‘p     mahsulot   olish     yo’lida
izlanishlar o’tkazish. 
Tajriba uslubiyatimiz shulardan iborat edi: 
 muammoning yechimini adabiyotlar tahlilida ko’rib chiqish;
 iqlimimizga   moslasha   olgan   parranda   krosslariga   ixtisoslashgan   xo’jalik
tanlash;
 inkubatsiyadan   bir   kunda   chiqqan   jo’jalarni   sog’ligi,   tirik   vazni,   rangi
bo’yicha bir – biriga juda yaqin bo’lganlarini ajratib olish;
 jo’jalarni bir xil saqlash  sharoitida boqish;
 broyler jo’jalarini oziqlantirishda oziqa miqdorini teng taqsimlash.
Ishtixon   tumaniga   qarashli ,   Do`stboy   Boboyev   par ran dachilikka
ixtisoslashgan     fermer   xo‘jaligida   o’tkazgan   tajribamizda   “ROSS   -   308”   broyler
52 krossining   jo’jalaridan   50   bosh   tanlab   oldik   va   25   boshdan   qilib,   ikki   guruhga
ajratdik.     Jo’jalarni   oziqalantirishda   deyarli   bir   xil   oziqa   turlari   ishtirok   etgan
omixta   yemlardan   foydalandik.   Tajriba   maqsadidan   og’ishmagan   holda   hamda
iqtisodiy   samaraga   erishish   uchun,   ajratilgan   ikki   guruhdagi   jo ’ jalardan   bir
guruhining,   ya’ni   tajriba   guruhi   jo’jalarining   ratsioni   nazorat   guruhining   jo’jalari
ratsionidan   farqli   o’laroq   lizin   va   metionin   kabi   ozuqaviy   qo’shimchalar   bilan
boyitildi.   O’rganilayotgan   muaamoga   qo’yilgan   tajriba   uslubiyati   orqali   quyidagi
ko’rsatgichlar aniqlab borildi:
- broyler jo’jalarini oziqlantirish retsepti ;
- jo’jalarning o’sish sur’ati ;
- o’sish uchun sarflangan oziqa ;
-   jo‘jalarining go‘sht mahsuldorligi;
- tajribaning iqtisodiy samaradorligi .
53 3.1. rasm. Broylerlarning kunlik o`sish ko`rsatkichlarini aniqlash jarayoni
54 3.2.rasm. Broyler krosslarini oziqlantirish jarayoni
55  
3.3.rasm. Tadqiqot olib borish joyi
                                                                                                            
56                                                                                    
                                                                                                             3.6-jadval
 Broyler jo‘jalar tirik vaznining o‘zgarish dinamikasi,   g
Kursatkichlar  1-nazaorat guruhi
(n=25) 2-tajriba guruhi
( n =25)
X±S x C
v X±S x C
v
1 kunlik
jo‘jalarning tirik
vazni 39,0±0,49 6 ,10 38,0±0,48 6,12
Tajriba yakunida
jo‘jalarning tirik
vazni (35 kundan
so‘ng) 1712 ±3 1 ,21 8,93 1955 ± 35,00* 8,77
Mutloq o‘sish 167 3 ± 31,18 9,13 1917 ± 35,21* 9,00
O‘rtacha kunlik
o‘sish 47,8±0,89 9,13 54,8±1,01* 9,00
* p≥0,001
1   –   10   kunlikkacha   1kg   omuxta   yem   tarkibiga   quyidagi   ozuqaviy
qo ’ shimchalar:1,3   gr   Lizin,0,2gr   metionin     qo ’ shildi.11-22   kunl arda   1,3   gr
Lizin,0,2   gr   Metionin   qo’shildi.23-35   kunlikkacha   1,3   gr   Lizin,0,2   gr   Metionin
qo’shildi.   Tajriba guruhining broylerlariga nazorat  guruhidagilar  bilan solishtirish
va   ozuqaviy       qo‘shimchalarning   samarasini   aniqlash   maqsadida,ularning   kunlik
o’sishi va ozuqa iste’moli sarfi sinchkovlik bilan aniqlandi.
                                                                                                    
57                                                                                                                   3.7-jadval
 Ozuqa konversiyasi (1 kg o‘sish uchun sarflangan ozuqa)
Ko‘rsatkichlar Guruhlar   nazorat
guruxiga
nisbatan±
1-nazorat  2-tajriba g %
jami ozuqa xarajati,
g 3254,0 3394,0 140,0 104,3
tajriba oxirida tirik
vazn, g 1712,0 1955,0 243,0 114,2
Ozuqa konversiyasi 1,90 1,74 -0,16 91,34
Tajriba   jarayonida   “Ross   308   ”   krossli   broyler   jo‘jalarini   nazorat   va
tajriba   guruhida   bir   xil   ozuqa   miqdorlari   va   me’yorlari   bilan   oziqlantirib
borildi.   Ozuqaviy     qo‘shimchalarning   jo‘jalarni   o‘sishiga   ta’sirini   kuzatish
maqsadida, tajriba guruhidagi jo‘jalarning ratsioni yuqoridagi qo‘shimchalar
bilan boyitib borildi.
                                                                                                           
                                                                                                   
                                                                                                                 3.8-jadval
58 Nazorat so‘yim ko‘rsatkichlari ( n=5)
Ko‘rsatkich Guruhlar  
1-nazaorat guruhi
(n=5) 2-tajriba guruhi
(n=5)
X±S x C
v X±S x C
v
tajriba oxirida
tirik vazn, g 1712 ±3 1 ,21 8,93 1955 ± 35,00* 8,77
suyim oldi tirik
vazni (6 soat och
holda
saqlangandan
so‘ng) 1617 ±31,17 3,97 1853 ±37,44* 4,04
nimta ogirligi 1142 ±22,67 3,97 1350 ±25,65* 3,80
S o` yim chi q imi 70,6 72,9
                                                                  ** p≥0,001
Tajribaning   iqtisodiy   samaradorligi .   Qishloq   xo‘jalik   ishlab   chiqarishi
i q tisodiy   samaradorligini   o‘zida   aks   ettiruvchi   umumlashgan   iqtisodiy
ko‘rsatkich   –   bu   rentabellik   xisoblanadi.   U   foydalanilgan   va   iste’mol
qilingan   ishlab   chiqarish   resurslari   –   mexnat,   yer,   suv   va   boshqa   moddiy
resurslar hamda ishlab chiqarishni tashkil etish, boshqarish xarajatlari orqali
etishtirilgan   maxsulotni   sotishdan   ko‘rilgan,   naf   -   samara   natijasida   ishlab
chiqarishni   kengaytirilgan   tarzda   rivojlantirish   imkoniyatlarini,
xodimlarning   o‘z   mexnatlari   natijasidan   qanday   darajada   moddiy
manfaatdor ekanliklari xolatlarini ko‘rsatadi.
Qishloq   xo‘jalik   maxsulotlarini   realizasiya   qilish   natijasida   olingan   sof
daromadning   bir   qismi   –   bu   foyda   bo‘lib,   u   mahsulotni   sotishdan   kelgan
mablag’dan   –   sotilgan   maxsulot   sarf-xarajatlari   va   ishlab   chiqarish   uchun
59 sarflangan   xarajatlarni   yoki   to‘la   tannarx   qiymatini   chegirib   tashlangan
qismiga teng bo‘ladi. 
Foyda   –   bu,   faqat   ishlab   chiqarish   jarayonida   erishilgan   natija
hisoblanib   qolmasdan,   balki   maxsulotlarni   sotish   soxasidagi   erishilgan
pirovard   iqtisodiy   ko‘rsatkichdir.   Foyda   negizida   jonli   mexnat   natijasida
xosil   qilingan     yangi   daromad   miqdori   qancha   ko‘p   bo‘lsa,   foyda   miqdori
xam  shuncha   ko‘p  bo‘ladi.  Mexnat  unumdorligi   qancha  yuqori   bo‘lsa,   foyda
miqdori   xam   shuncha   ortishiga   olib   keladi.   Foyda   miqdori   buyumlashgan
mexnat sarfiga xam bevosita bogliqdir. 
Foyda bir qator iqtisodiy vazifalarni bajaradi:
o‘lchov   vazifasini   bajaradi.   Shuning   uchun   ham   u   ishlab   chiqarishning
iqtisodiy   samaradorligini   aniqlashda   umumlashgan   ko‘rsatkich   sifatida
qo‘llaniladi;
u taqsimlash funksiyasini bajaradi;
u   rag ’ batlantirish   omili   sifatida   ishlatiladi.   U   iqtisodiy   rag’batlantirish
jamg’armasining asosiy  manbai xisoblanadi.
  Ammo   bundan   foyda   ishlab   chiqarish   samaradorligini   o‘zida   aks
etadigan yagona ko‘rsatkich degan xulosa kelib chiqmaydi. Foyda - bu yangi
hosil   qilingan   qiymatdan   iborat   bo ‘ lib,   uning   miqdori   shu   mahsulotning
bozordagi   bahosi   darajasiga   xam   bog‘liq.   Ayrim   xollarda   tovarning   baxosi
sun’iy   ortishi   yoki   kamayishi   natijasida   foyda   miqdori   xam   sun’iy   ravishda
ortishi yoki kamayishi mumkin.
Qishloq   xo‘jaligida     ishlab   chiqarish   rentabelligi   mutloq   va   nisbiy
ko‘rsatkichlarda ifodalanadi.
Rentabellikning   mutloq   ko‘rsatkichi   –   o‘zida   foydaning   mutloq
miqdorini   ko‘rsatadi.   Qishloq   xo‘jalik   korxonalarida   rentabellikning   mutloq
ko‘rsatkichi   sifatida   daromaddan   xam   foydalaniladi.   Daromad   bu   sotilgan
maxsulotdan   tushgan   puldan   moddiy   xarajatlar   sarfi   chegirib   tashlangandan
keyin   qolgan   qismidir.   Foydaning   mutloq   miqdorini   aniqlash   katta
ahamiyatga ega bo‘lib, iqtisodiy ragbatlantirish jamg‘armasining shakllanish
60 hajmiga   xam   ta’sir   etadi.   Ammo   foydaning   mutloq   hajmi   korxonalarning
ishlab chiqarish faoliyatini o‘zida to‘la aks  e ttirmaydi (3.9-jadval). 
        
                                                                                                                3.9-jadval
Tajribaning iqtisodiy samaradorligi (o‘rtacha bir bosh hisobiga)
Ko‘rsatkichlar O‘lchov birligi Guruhlar
Nazorat tajriba
Ishlab chiqilgan go‘sht kg 1142,0 1350,0
1 kg go‘shtning sotilish narxi so‘m 18,0 18,0
Oling an  daromad so‘m 20556,0 24300,0
Ozuqa uchun qilingan
xarajatlar so‘m 3254,0 3374,0
1 kg  ozuqa narxi so‘m 5,8 5,8
Jami ozuqa uchun xarajat so‘m 18873,2 19569,2
Boshqa xarajatlar so‘m 700,0 1380,0
Jami xarajatlar so‘m 19573,2 20949,2
1 kg go‘shtnin tannarxi so‘m
17,1 15,5
Sof foyda so‘m
1682,8 4730,8
Rentabellik darajasi  % 8,6 22,6
3.3.   Gematologik ko`rsatkichlarni o`rganish
61 Ichki   muhit   fiziologiyasidan   ma`lumki,   tirik   organizmlarda   qon-suyuq
biriktiruvchi o’ziga xos to’qima bo’lib u organizmdagi limfa va to’qima suyuqligi
bilan   birgalikda   organizm   to’qimalaridagi   barcha   hujayralarni   yuvib,   ularni
kislorod   va   oziq   moddalar   bilan   ta’minlaydi,   to’qimalarda   moddalar
almashinuvining   qoldiq   moddalarni   ayirish   organlariga   olib   keladi   va   shu   tariqa
organizmning   ichki   muhiti   doimiyligini   barqarorlashtiradi   (gomeostaz).
Organizmdagi barcha to’qima va hujayralarning fizik-kimyoviy xossalari va tarkibi
nisbatan  doimiy  bo’lganda,  mavjud  suyuqliklarning  muhitidagi   hujayralar  normal
yashay oladi.
Qonning morfofiziologik ko‘rsatgichlari organizm fiziologik holatining asosiy
ko‘rsatgichlari   hisoblanadi   va   tovuqlarning   mahsuldorlik   va   yashash   sharoitidagi
iqlim sharoitlariga moslanish xususiyatlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Qonning
tarkibi  asosan  tovuqlarning moddalar  almashinuvi  xususiyatlariga, zotiga, jinsiga,
mahsuldorligiga, oziqlantirish va parvarishlash sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi. 
Shu bois, bizning nazarimizda, proteinga boy bo`lgan ozuqa bilan boyitilgan
ozuqalar   bilan   oziqlantirilgan   broyler   tovuqlar   organizmining   tabiiy   chidamlilik
omillarining   holatini   va   organizmini   to‘yimli   moddalarga   bo‘lgan   ehtyojini
qondirilish   darajasi   bilan   qonning   morfofiziologik   ko‘rsatgichlari   orasidagi
bog‘liqlikni   o‘rganish   ham   ilmiy   va   amaliy   ahamiyatga   ega   ekanligi   shubha
uyg‘otmaydi.
Bundan   tashqari,   broyler   tovuqlar   qonining   morfologik   ko‘rsatkichlarini
o‘rganish   natijasida   olingan   ma`lumotlar   asosida   ularning   ichki   muhitini
morfometrik, fiziologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlarini nazorat qilish va iste'mol
qilingan   to‘yimli   moddalarning   mahsulot   ishlab   chiqarishga   sarf-xarajatlarini
optimallashtirishni   amalga   oshirishda   diagnostik   maqsadlarda   foydalanish
imkoniyatini berishi mumkin.
Qon   organizmda   kechadigan   moddalar   almashinuvining   jadalligini
ta'minlashda   muhim   ahamiyatga   ega,   moddalar   almashinuvining   jadalligi   esa,
tovuqlarning   go‘sht,   tuxum,   par   kabi   mahsuldorliklarining   asosi   hisoblanadi.
Demak,   qonning   asosiy   fiziologik   ko‘rsatgichlarini   hamda   qonning   tular ga   xos
bo‘lgan   biologik   xususiyatlarini   o‘rganmasdan   turib,   organizmdagi   moddalar
62 almashinuvi jarayonlari kechishini maqsadli o‘zgartirish mumkin emas.   Hayvonlar
qon   ko’rsatkichlarining   me’yorida   bo’lishi   ular   organizmi   funksional   holatining
eng   doimiy   ko’rsatkichlaridan   biri   bo’lib   u   ozuqa   tarkibini   boyitish   maqsadida
ularga   turli   xil   tabiiy   va   sun’iy   qo’shimcha   moddalar   qo’shilganda   tez   va   aniq
javob berish xususiyatiga ega.
Tovuqlar   qonida   uch   tip   xujayralar   uchraydi:   eritrotsitlar   (qizil   qon
tanachalari),   leykotsitlar   (oq   qon   tanachalari)   va   trombotsitlar   (qon   plastinkalari).
Qonning   bu   shakli   elementlari   soni,   tuzilishi,   yetilishi,   bajaradigan   vazifasi   bilan
bir-biridan   farq,   qiladi.   Biz   tajribalarimiz   davomida   qondagi   eritrotsitlar   va
gemoglobinning   miqdorini   anikladik.     Eritrotsitlar   —   qondagi   son   jixatidan   eng
ko‘p   bo‘lgan   shaklli   element   bo‘lib,   asosiy   hajmini   tashkil   etadigan   gemoglobin
qonga   qizil   tus   beradi.   Eritotsitlarning   eng   asosiy   xususiyati   yadrosizligidir.
Eritrotsitlar   massasining   eng   asosiy   qismlarini   34   %   quruq   modda,   quruq
moddaning 90% ini gemoglabin tashkil etadi. Eritrotsitlar, asosan, organizm bilan
atrof-muhit   o‘rtasidagi   gazlar   almashinuvini,   ya’ni   nafas   olishni   ta’minlaydi.
Kislorodni   o‘pkadan   organizmning   barcha   to‘qamalariga   yetkazib   beradi.
Eritrotsitlar   qonning   boshqa   funksiyalarida   ham   ishtirok   etadi.   Eritrotsitlarining
o‘ziga   xos   shakli   va   yadrosizligi,   demak   kislorodni   o‘pka   kapillyaridan
otayotganida tezroq biriktirib olish va to‘qimalarga to‘la yetkazishga qaratilgan.
63  
3.1. rasm. Tadqiqotlar olib borish jarayoni
64 3.2.rasm. Gematologik analizator (mindray-5000) da qon tahlillarini olib
borish jarayoni
65 Gemoglobin — qonda bo‘ladigan nafas pigment. Qonga qizil tus beradi; nafas
organlaridan   to‘qimalarga   kislorod   to‘qimalardan   nafas   organlariga   karbonat
angidrid   yetkazib   beradi.   Oqsilli   gem   —   globin   va   temir   porfirin   gemdan   iborat.
Gemoglobin   kislorod   bilan   ko‘payib,   beqaror   birikma   hosil   qiladi.   Kislorodning
parsial   bosimi   birmuncha   yuqori   bo‘ladigan   o‘pka   kapillyarlarida   gemoglobin
kislorodga boyiydi, to‘qima kapillyarlarida esa, kislorodni hujayra va to‘qimalarga
beradi.     Organizidagi   gemoglobin   xossasi   hayot   davomida   o‘zgarib   turadi.
Gemoglobin   miqdori   maxsus   asbob   -   gemometr   Salli,   gemoglobinometr   bilan
aniqlanadi.   Gemoglobin   miqdorini   aniqlash   normal   sharoitda   qonning   nafas
funksiyasini   va   qonda   bo‘ladigan   bir   qancha   kasalliklarni   aniqlashda   muhim
ahamiyatga   ega.   Eritrotsitlar   miqdori   hamisha   bir   xil   turmaydi,   ba’zi   fiziologik
sharoitlarda,   hamda   ba’zi   bir   kasalliklarda   ular   miqdori   o‘zgaradi.   Eritrotsitoz   —
eritrotsitlar   miqdorining   oshishi   bo‘lib,   mutloq,   va   nisbiy   turlariga   bo‘linadi.
Tajriba hayvonlarida o‘tkazilgan qonning   morfologik tahlillar I (nazorat varianti)
guruhi   tovuqlarida   eritrositlarning     miqdoriy   ko‘rsatkichlari   va   gemoglobinning
konsentrasiyasi   bo‘yicha   tajribani   boshidagiga   nisbatan     uning   oxirida   deyarli
o‘zgarishlarsiz   bo‘lsa,   tajribani   II   guruh   tovuqlarida   bu   ko‘rsatkichlar   ancha
oshganligi   ma’lum   bo‘ldi.   Ma’lumotlardan   ko‘rinib   turibdiki,   nazorat   guruhi
hayvonlarida   eritrositlarning   miqdoriy   ko‘rsatkichlari   deyarli   tajribani   boshidagi
ko‘rsatkichga juda yaqin.
  Qon   tarkibidagi   leykositlarning   miqdoriy   ko‘rsatkichlarini   aniqlash   ham
organizmning   hayotiy   jarayonlarini   me’yor   darajada   yoki   undan   u   yoki   bu
tomonga   qarab   cheklanish   bor-yo‘qligini   aniqlashda   muhim   ahamiyatga   ega
bo‘ladi.     Leykotsitlar   oq   qon   tanachalari   —   qonning   yadroli   va   protoplazmali
rangsiz   xujayralari.   Yadrosinin g   shakli   har   xil,   sh u nga   ko‘ra   tayoqcha   yadroli,
segment yadroli va monotsitlarga ajratiladi. Leykotsitlar ko‘mik limfa tugunlari va
taloqda   hosil   bo‘ladi.   Donali   leykotsitlar   (granulotsitlar)   va   donasiz   leykotsitlar
(agranulotsitlar)   farqlanadi.     Qonni   tekshirganda   leykotsitlarning   bo‘yalish
xususiyatiga   qarab,   ularni   eozinofillar   (kislotali   buyoq   —   eozin   bilan   buyaladi),
bazofillar   (asosli   buyoqmetilen   ko‘ki   bilan   buyaladi)   va   neytrfillarga   (neytral
buyoqlar   bilan   buyaladi)   bo‘linadi,   ularning   har   biri   ma’lum   bir   funksiyani
66 bajaradi.. Leykotsitlar qon tomir uzanidan chiqib, hujayralararo bo‘shliqda o‘zicha
harakat   qila   oladi.   Ular   organizmning   yot   jismlar   kirgan   joyiga   yetib   kelib,
mikroorganizmga   yaqinlashgach,   soxta   oyoqlar   chiqarib,   uni   hamma   tomondan
o‘rab   oladi   va   yutib   yuboradi.   O‘tilgan   mikroorganizm   yemirilib,   leykotsit
protoplazmasida hazm bo‘lib ketadi. Ko‘pincha bu jarayonda leykotsitlarning o‘zi
nobud   bo‘ladi,   natijada   yiring   to‘planadi.     Organizmga   kirgan   zararli
mikroorganizmlar   (bakteriyalar,   viruslar,   mikroskopik   zambururlar   va   boshqalar),
shuningdek   jonsiz   zarralarning   leykotsitlar   tomonidan   shu   tariqa   yo‘q   qilinshi
fagotsitoz deyilib,  amalga oshirgan leykotsitlar fagotsitlar deb ataladi.
Organizm   mikroorganizmlardan   himoya   qilishda   qon   yaratish   organlari   roli
katta,   bu   vaqtda   ular   ko‘plab   leykotsit   ishlab   chiqaradi,   fagotsitozda   faqat
leykotsitlargina   emas,   balki   organizmdagi   boshqa   xujayralar   ham   ishtirok   etadi.
Bunday hujayralar makrofaglar deyiladi.
  Leykotsitlar,   makrofaglar,   qon   va   to‘qimalardagi   boshqa   aktiv   moddalar
faqat   bakteriyalar   hamda   kasallik   qo‘zg‘atuvchi   agentlarni   yutib   yuborish   bilan
kifoyalanmay,   balki   organizmni   jarohat   yoki   kasallik   tufayli   nobud   bo‘lgan
xujayralardan,   toksinlardan   ham   tozalaydi.   Shuning   uchun   guruhli   kasalliklarda
qonda   leykotsitlar   soni   ancha   oshib   ketadi.   Leykotsitlar   soni   kun   bo‘yi   o‘zgarib
turadi,   masalan,   ertalab   tongda   leykotsitlar   kam   bo‘lsa,   tushdan   keyin   ko‘payadi.
Leykotsitlarning   ayrim   turlari   protsent   jihatidan   muayyan   nisbatda   bo‘ladi
(ahyonda   o‘zgarishi   ham   mumkin),   bu   nisbat   leykotsitar   formula   deb   ataladi..
Fiziologik sharoitlarda organizmning faollik xolatiga, tun va kunga hamda boshqa
omillarga bog‘liq, xolda leykotsitlar soni o‘zgarib turadi. Fiziologik xolatda ovqat
hazm   qilinganda,   jismoniy   ish   bajarilganda,   homiladorlikda   uchrab,   gavdada   qon
taqsimlanishining o‘zgarishidan kelib chiqadi.  
Biror   joyning   juda   infeksiyani   oshishi   periferik   qonda   leykotsitlar   sonining
ko‘payishiga olib keladi. Bu leykotsitoz organizmdagi oq qon tanachalarning qayta
taqsimlanishi   natijasi   hisoblanadi.   Taloq   ko‘mik   o‘pkada   bo‘lib,   qon   aylanishida
ishtirok   etmagan   leykotsitlar   aytib   o‘tilgan   omillar   ta’sirida   qonga   o‘tadi   va   soni
ortadi. Patologik xolatda qon yaratish a’zolaridan ko‘p miqdorda uncha yetilmagan
leykotsitlarning   ajralishiga   bog‘liq.   Leykotsitozning   bu   turi   ko‘pincha   o‘tkir
67 yallig‘lanishning belgisi bo‘ladi.   Leykopeniya — leykotsitlar soni   kamayishidir.
Leykopeniyaga sabab bo‘lgan zararli omillar bartaraf etilsa, leykotsitlar soni yana
normallashadi.   Odatda   sog‘lom   organizmda   qondagi   leykositlarning   miqdori
jismoniy   zo‘riqish   holatlarida   bo‘lganda,   ovqat   hazmlanishida   va   homiladorlikda
kuchli   o‘zgarishlarga   duch   kelishi   mumkin.   Ularning   miqdorini   kamayishi
leykopeniya(leykositopeniya)dan   darak   beradi.   U   har   xil   infeksiyalar,   ba’zi
zaharlar   va   og‘ir   metal   tuzlari   bilan   zaharlanish,   ya’ni   qon   hosil   bo‘lishishida
ishtirok   etuvchi   organlarni   faoliyatini   va   organizmni   reaktivligini   susayishi   bilan
bog‘liq   bo‘ladi.Shu   nuqtai   nazardan   tajriba   hayvonlari     ratsioni   tarkibiga   qo‘shib
beriladigan  qo’shimchalarning ta’sirini  qay  darajaligini  bilish  maqsadida  tajribani
boshlanishi va nihoyasida leykositlarning miqdoriy ko‘rsatkichlari aniqlandi. 
Tirik organizm tarkibiga kiruvchi organik moddalardan biologik jihatdan eng
muhimi   va   struktura   jihatidan   eng   murakkabi   oqsillardir.   Oqsillar   tarkibida   azot
tutuvchi   yuqori   molekular   biologik   polimerlar     bo‘lib,   ular   asosan   20   xil
aminokislotalardan   tashkil   topgan.   Oqsillar   proteinlar   va   proteidlarga   bo‘linadi.
Hujayrada   yuz   beradigan   har   qanday   kimyoviy   o‘zgarishlar   oqsillar   ishtirokisiz
amalga oshmaydi, bu jarayonlarda oqsil yoki ferment bir vaqtda ishtirok etadi. 
Oqsillar   hujayrada   boshqa   komponentlarga   qaraganda   nihoyatda   ko‘p
jarayonlarda   xilma   xil   funksiyalarni   bajaradilar.   Plazma   elektrolitlari   uning
osmotik   bosimini,   faol   reaksiyasini   ta’minlaydi.   Bu   ko‘rsatkichlarning   doimiyligi
birinchi   galda   qon   xujayralarining   mo‘tadil   faoliyati,   undan   keyin   boshqa
hujayralar   uchun   juda   muhim.   Plazmadagi   elektrolitlarning   umumiy   miqdoridan
tashqari,   ular   o‘rtasidagi   nisbat   ham   bir   me’yorda   saqlanishi   kerak.   Plazmadagi
erigan oqsillar, jigar xujayralari va retikuloendotelial sistema hosil qiladi. 
  Plazma   oqsilari   transport   vazifasini   bajaradi,   kislota   ishqor   muvozanatini
regulyatsiyalashda   ishtirok   etadi.   Qon   plazmasi   oqsillarini   elektr   maydonida
harakatlanish tezligi va boshqa xususiyatlariga qarab bir nechta fraksiyaga ajratish
mumkin. Bulardan asosiylarining nisbiy birligi; umumiy oqsil — 100% albuminlar
— 56,6-66,8% globulinlar  — 3,5-6,0% a -2-globulin —6,9-10,5% Bu oqsillarning
molekular massasi 44000 dan 1 300000 gacha bo‘lib, molekulalari diametri 1-100
nm.   Albuminlar   va   fibrinogen   jigarda,   globulinlar   esa   jigar,   ko‘mik   taloq
68 tugunlarida   hosil   bo‘ladi.   Plazmada   oqsillardan   tashqari   tarkibida   azot   bo‘lgan
kichik   molekular   moddalar   ham   bor.   Ular   plazma   oqsillari   bipolyar   yo‘l   bilan
cho‘ktirilgandan keyin eritmada qoladi. Shu sababdan qoldiq azot deb ataladi. Bu
moddalarning   ko‘p   qismini   siydikchil   tashkil   qidadi.   Plazma   oqsil   azotining:
umumiy miqdori taxminan 25-30 mg%. Oqsillarning bajaradigan funksiyalari faqat
oqsil molekulalari uchungina xosdir.
Qon plazmasi oqsillari quyidagi funksiyalarni bajaradi:
-   Oqsillar kolloid-osmotik bosimni hosil qiladi (o‘rta xisobda 25-30 mm.sm.ust.).
--     Onkotik   bosim   to‘qimalar   bilan   qon   o‘rtasidagi   suv   almashinuvini   tartibga
solish uchun zarur.
-   Oqsillar   bufer   xossalarga   ega   bo‘lgandan   kislotali-   ishqoriy   muvozanatini
saqlashda ishtirok etadilar.
-  Oqsillar qon plazmasining yopishqoqligini ta’minlaydi.
- Plazma oqsillari eritrotsitlarni tez cho‘kishga yo‘l quymaydi.
- Plazma oqsillari qon ivishida muhim rol o‘ynaydi.
-  Qon plazmasi oqsillari immunitetning muhim omillari  hisoblanadi.
-  Qon plazmasi oqsillari tashuvchi vazifasini bajaradi.
                                                                          
                                                                                                                3.10-jadval
Qonning ayrim morfologik ko‘rsatkichlari
№ K o’ rsatkichlar n Nazor a t guruxi Tajriba guruxi Ishonchlik
kriteriyasi va
bo‘sag‘asi
X±S
x C
v X±S
x C
v t
d p>
1 Eritrotsitlar,
mln/mkl 5
3,24±0,06 3,52 3,70±0,1 5,41 4,0 0,9
8
2 Leykotsitlar 5 30,4 ± 1,04 6,82 36,8 ± 2,98 5,55 5,46 0,9
69 ming/mkl 9
3 Gemoglobin, g/l 5 100,6 ± 2,82 5,61 117,2 ± 3,6
1 6,16 3,62
0,9
8
4 Qon zardobidagi
umumiy oqsil
miqdori 5 44,6 ± 1,75 7,86 55,2 ± 2,19 7,94 3,78 0,9
8
N.A.   Ploxinskiyning   «O‘rtacha   arifmetik   qiymat   (X),   uning   xatosi   (S
x ),
o‘zgaruvchanlik koeffitsienti (S
v ), ishonchlilik kriteriylari (t
d ) va bo‘sag‘alari (R)»
usullaridan foydalanilgan.   Qonning morfologik ko‘rsatkichlari Samarqand   Davlat
Universiteti   Biologiya fakulteti Vivariysida  o‘rganilgan.
70 X U L O S A L A R
1.   Lizin   va   metionin   kabi   ozuqaviy   qo`shimchar   tarkibida   ma’lum   bir   miqdorda
to‘yimli   moddalarni   saqlaydi   va   u   orqali   tovuqlarning   ozuqalarini   boyitish
ratsionning to‘yimliligini, ya’ni biologik qiymatini oshirishga erishish mumkin. 
2.   Olingan   ma`lumotlar   tahlili   shuni   ko'rsatdiki,   tovuqlar   ratsionini   ozuqaviy
qo`shimchalar   bilan   boyitib   ularning   mahsuldorligini   oshirish,   buning   natijasida
aholini arzon, tannarxi past bo’lgan go’sht mahsulotlari bilan ta’minlash mumkin.
3. Tajriba uchun olingan t ovuqlarni lizin va metionin kabi ozuqaviy   qo`shimchalar
bilan   oziqlantirish   natijasida   tajriba   guruhidagi   tovuqlar   vazni   nazorat
guruhidagilarga qaraganda 12.4% ga,o’rtacha kunlik o’sish esa 12,7% oshganligini
ko’rishimiz mumkin.
4.   Jami   ozuqaga   sarflangan   xarajat   tajriba   guruhida   nazorat   guruhiga   qaraganda
4,3%ga   yuqoriroq   bo’ldi,lekin   olingan   daromad   esa   18%ga   ko’p   bo’lganligini
ko’rishimiz mumkin.
5.Ozuqa   ratsioni   lizin   va   metionin   kabi   ozuqaviy   qo’shimchalar   bilan
boyitilganda,rentabellik   darajasi   nazorat   va   tajriba   guruhlarda   tegishli   ravishda
8,6 va 22,6 % bo’ladi.  
71 ISHLAB CHIQARISHGA TAVSIYALAR
Parrandachilikda   tovuqlarlar   organizmi   oqsil,   uglevod   va   boshqa   to‘yimli
moddalarga   jiddiy   taqchillik   sezganida,   hazm   jarayonlarini,   moddalar
almashinuvini   mutadillashtirish   bilan   bir   qatorda   organizmning   to‘yimli
moddalarga   bo‘lgan   ehtiyojini   qoplash,   broylerlarni   kunlik   o‘sishini   yaxshilash
hisobiga   go‘sht,   tuxum,   par   kabi   mahsulotlar   bo‘yicha     mahsuldorligini   oshirish
hamda   parrandachilik   tarmog‘ining   mos   ravishdagi   rentabellik   darajasini   oshirish
uchun,   parrandachilik   bilan   shug‘ullanuvchi   fermer   ho‘jaliklariga,   kombikormli
ozuqalardan iborat ozuqa ratsionlaridan ozuqa sifatida foydalanganlarida, ularning
tarkibidagi   oson   hazmlanuvchi   proteinlarining   optimal   nisbatlarini   ta’minlagan
holda   tovuqlarni   oqsilli   va   vitaminli   ozuqa   qo`shimchalari   bilan   boyitilgan
kombikormli ozuqalar bilan oziqlantirishni tashkil etishni tavsiya qilamiz.
72 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. Азимов   С.Ғ,   Азимов   Д,   Алимов   Х,   Х ошимов   Б.
Технология вырашивания ремонтного молодняка мясноно кросса “Росс-308”.
Зооветеринария, 2011 й, С. 33-34.
2. Азимов   С.Г. ,   Алимов   Х.К.     “Селекция   кур   по
микролиниям кросса” “Узбекистан”. Тезисы докладов научной конференции.
2001 г., с. 45 47.
3.   Азимов С., Азимов Д., Алимов Х., Хошимов Б.   Технология выращивание
молодняка  мясного кросса  «РОСС-308». Журнал  Зооветеринария,  №1, 2011,
С.33 36.
4.   Азимов Д.С. Технология обогашения заводских кормов в птицеводческом
хозяйстве Ж. Сел ь ское хозяйство Узбекистана № 5.  2019  С.10-11.
5. Агеев В.Н.  Кормление сельскохозяйственн ы х птиц М. 1982. С.272-274.
6.   Архипов.   А.   Белково-минеральные   корма   для   кур-несушек   с
нетрадиционньми кормами Ж. “Птицеводство”, № 12,  1990, С.45 47.
7.   Абдурашидова   Э.Н.,   Самигов   Т.Ш.   Рост   и   развитие   цьплят   и
продуктивность   курнесушек   на   рaционах   с   хлопков ы м   шротом   разной
технологии. Технология кормления с-х. животных. Т.1992, С. 13-19 сб.
8. Вяйзенин Г.К,  Вяйзенин Г.А, Токарь А.И, Беломестнов В.П, Шкурко Д.И,
Севостьянова   Н.Н,   Евстигниева   А.   Р.   “Новое   в   промьшленом   производстве
экологически чистого мясо бройлеров”. Журнал, Зоотехния,  №2, 2004, С. 56.
9.   Джасимов   Ф.,   Шойимардонов   Н,   Махмудов   М,   Бердиев   И.   “Влияние
предубойной   голодной   выдержки   на   показатели   мясной   продуктивности
птицы ” .  “Ўзбекистон қишлоқ хўжалиги журнали”,  №4. 2012, С.34 38.
10. Егоров И.А   Эффективное использование корма. Журнал “Птицеводство”
№ 11,  1995, 14-15 С. 67 69.
11. Елизаров Е. “Исползование маркерного гена в работе с мясньми курами.”
Животноводство России. 2002 г. №11.с.18.
12. Jo‘raev   F.   “Qishloq   xo‘jalik   korxonalarida   ishlab   chiqarishni   tashkil   etish”.-
Toshkent: Istiqlol  2004  y. B 56.
73 13. Islomxo‘jaev   S.S,   Boboev   K.L   “Parrandachilikdan   amaliy   mashg‘ulotlar”.T.
O‘zbekiston nashriyoti, 1996, 78-79 b.
14. Ismoilov   A,   Murtazaev   O.   “Qishloq   xo‘jalik   iqtisodiyoti”,   darslik,   Toshkent
“Moliya” nashriyoti, 2005 y.
15. Kubaeva S.A, Musinov Yа.X. Broylerlarni o‘sishga saqlash usullarining ta’siri.
Bozor   iqtisodiyotiga   o‘tish   davrida   qishloq   xo‘jalik   ishlab   chiqarishda
samaradorlikni   oshirsh   omillari.   Professor   va   o‘qituvchilar ning   52-ilmiy
konferensiyasi. Samarqand 1994.
16.   Котов   И.     “Комплекты   оборудования   для   бройлеров”   Животноводство
России. 2002 г, № 10, С.60-64.
17.Кочин   И.И. ,   Рязянов   И.Г.     “Принципы   генетической   стабильности   в
птицеводстве.   Генетические   и   физиологическая   основа   повышения
продуктивности   сельскохозяйственн ы х   животных”   Тр.ВСХИЗО   2001   г.,   С.
116-124.
18.Кровеч   Г.И.   Скрещивание   как   один   из   селекционных   признаков
генетического   улучшения   линий   корни   Б-6   (7),   конференция   молодых
ученых и аспирантов по птицеводству. Тез. док. ВНИТИП, Загорск,   1985, с.
18-20.  
19.   Лукенов   В,   Кобан   М.   “Продленние   откорма   бройлеров”.   Журнал
”Птицеводство”,  1990 г., С.46 50.
20.   Mirsaidov   B.   Parrandachilikda   yangi   texnologiyalar.   “O‘zbekiston   qishloq
xo‘jaligi” jurnali, 2011 № 6. 31 b.
21. Мицкевич   Н.П.   Использование   нетрaдиционньх   кормов   в   птицеводств.
Журнал-Птицеводство, М. № 7 1991, с. 9.
22. Rahmonov L.K. Parrandalarni asrash va oziqlantirish texnologiyasining o‘ziga
xosliklari. Zooveterinariya, 2012 y № 2. 32-34. b
23. Oltinbekov   F.   Broyler   jo‘jalarnning   go‘sht   mahsuldoligiga   omixta   em   protein
to‘yimliligining ta’siri . Samarqand, 2017.
24. Пяткина   А,   Куляшбекова   С.   ”Циплята   быстро   росли”   Журнал
“Животноводство России”, 2002 г., стр 29.
74 25. Плохинский   Н.А.   Руководство   по   биометрии   для   зоотехников.   “Колос”.
Москва 1969, С. 7-19.
26. G‘ulomov   K.X,   Turli   mineral   tarkibidagi   suv   bilan   sug‘orishning   broyler
jo‘jalarning go‘sht maxsulotlariga ta’siri. Samarqand, 1994.
27. Ermatov   Y u .A.   Jo‘ja   boqishni   bilasizmi?   “O‘zbekiston   qishloq   xo‘jaligi”
jurnali, 2007. № 5. 19 b.
28. Lazar J ,     Kovasova A ,     Muranska A ,     Kovas J .   Pee in chicken nutrition     Folia
vater kosice  1987  p 31.
29. Хохлов   В.   Ф.,   Ковтунова   Л.   Е.,   Линецкая   Л.   И.   Опыт   промышленного
использования сыворотки за рубежом и в СССР. М. , 1978, 25 с.
30. Цориева   А.   М.     Молочнокислая   паста   в   рационах   цыплят-   бройлеров.
Тезисы  докладов   III   Международной       конференции,  Владикавказ,   1998,
С. 480-481.
31. Чиков   А.   Е.,   Потехин   О.   А.,   Быканов     А.   Ф.,   Глазов   А.   Ф.
Промышленные     отходы   как   дополнительные   источники   кормов.
Краснодар., 1975, 32 c  .                    
32. Янович   В.   Г.   Отходы   молочной   промышленности   в   кормлении   свиней   /
С\ х за рубежом, М., 1982, № 6, С. 41-56.
33. Cillies   M.   Т .:   Animal   feeds   frov   waste   materials.   Park   Ridge   /   New   Jersey:
Nodes Data Corporation 1978, S. 304 biz 339.
34. Са top D. Lafilieve pore Lactoserm- nouveau bilan de laide forma en faveurde
lutilization   du   Lactoserum   en   production   porcine   /   Bull,   inform.   Cemagref-
19 84 .3 12 : 4 5- 4 7.
35. Cropp J. Bayer Kandwirt. Jahzb. 1973, 50, 1, 82.
36. Horani F . G .  The use of bull – bad soyse in pountry feeds politry Guid     (1988)
p 25.
37. Hauptman   J,     Heger   J,     Lindner   P,     Machkova   J.   Umitace   uminanyallin   pri
adstupnovunych hlodinoch sojoveho extrahovoncho storu a rmnych smesik BR
1 Biol/ Chen Zivocism vyohe-veter 1989 p 25.
75 38. Chappa     V,   Peter   V.     Producsing   veinvos   bielkovinov   ych   koncentrativ   2
netradicnych   a   alternativnych   krimiv   pri   vyrob   brojlerovych   rureiat/   Biol
Chem/ -Vater 1991.
Internet ma’lumotlari.
39 .  www. fiziology.ru.  
40.  www.ers.usda.gov   
41.  www.samqxi. uz  
42 .   www.Tib.uz
 
76

Broyler tovuqlarini parvarishlash va mahsuldorligini oshirishning fiziologik asoslari MUNDARIJA Kirish ………………………………………………………………………. 3 1 .BOB. ADABIYOTLAR SHARHI …………………………… ..............8 1.1.Parrandachilikning bugungi holati va istiqbollari ...................................8 1.2. Broyler tovuqlari yetishtirish va uning amaliy ahamiyati ……………18 1.3. Go`sht yo`nalishidagi tovuqlarni ko`paytirish ustida olib borilayotgan ishlar samaradorligi………………………………………………………………20 2. TADQIQOT SHAROITI, OBYEKTLARI VA USULLARI ……….. 3 3 2.1. Tadqiqot sharoiti……………………………………………………… 3 3 2.2. Tadqiqot obyektlari…………………………………………………… 3 3 2.3. Tadqiqot usullari……………………………………………………… 3 3 3.TADQIQOT NATIJALARI VA UNING TAHLILI …………………41 3.1. Broyler tovuqlarini oziqlantirishning fiziologik asoslari ……………..41 3.2. Broyler tovuqlarini parvarishlashda ratsionga qo`shimcha ozuqalarni kiritish va uning samaradorligi…………………………………………….50 3.3. Gematologik ko`rsatkichlarni o`rganish ……………………………...62 XULOSALAR …………………………………………………………….7 1 TAVSIYALAR …………………………………………………………....7 2 ADABIYOTLAR RO`YXATI …………………………………………...7 3 1

Kirish Mavzuning dolzarbligi . Bugungi kunda mamlakatimizda aholini sifatli va tannarhi arzon bo`lgan go`sht mahsulotlari bilan ta`minlash dolzarb masalalardan bo`lib turibdi. Qishloq xo`jaligi ahamiyatidagi hayvonlarning biologik imkoniyatlarini saqlash, ularning mahsuldorligini oshirish, tabiiy chidamliligini ta`minlash eng avvalo ozuqa tarkibiga kiruvchi protein, kletchatka, yog`, azotsiz ekstraktiv moddalar, vitaminlar, mineral moddalar hamda ularning biologik qiymatiga bog`liqdir. Parrandachilik tarmoqlarining maqsadga muvofiq, samarali joylashtirilishi, rivojlantirilishi respublikada mehnat taqsimotini ijobiy hal etilishiga bevosita ta’sir etadi. Hududlarning tabiiy, iqtisodiy sharoitlarini hamda bozor talablarini e’tiborga olgan holda parrandachilik sohalarini joylashtirish va rivojlantirish zarur. Chunki bu tarmoqlarda oziq-ovqat va qayta ishlash sanoati korxonalari uchun tuxum, parranda go’shti, pat, par va qo’shimcha mahsulotlari, kabi mahsulotlar yetishtiriladi. Natijada sanoat tarmoqlarining rivojlantirilishi ham ta’minlanadi, parrandachilik tarmoqlarida inson salomatligi uchun zarur, oqsil moddalarga boy bo’lgan turli xildagi mahsulotlar ham yetishtiriladi. Shuning uchun mamlakatimizda parrandachilikni barcha sohalarini rivojlantirishga qaratilgan yirik dasturlar ishlab chiqilib, ularni amaliyotga tadbiq etish bo’yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Parrandachilik mamlakatni iqtisodiy yuksaltirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi tarmog‘i hisoblanadi. Xalqimiz bu sohani “yetti xazinaning biri” deb hisoblaydi. Shu sababli parrandachilikni rivojlantirish bo‘yicha mamlakatimizda izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Parrandachilikni rivojlantirish bevosita sohani sifatli va to‘yimli ozuqa bilan ta’minlashga bog‘liqdir. Buning uchun parrandalarning mahsuldorlik ko`rsatgichlarini oshirishga tabiiy biologik qo`shimchalarni qo`shish va ularni ilmiy asoslash muhim masalalardan hisoblanadi. To`liq ratsionga ega murakkab ozuqalarni ishlab chiqarilishining oshirilishi asosan xomashyo va biologik faol 2

moddalar mavjudligiga bog'liq bo'lib, ularning tanqisligi so'nggi yillarda keskin sezilmoqda. Parrandalar mahsuldorligini oshirishga va parrandachilik mahsulotlarining tannarxini pasaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksida, birinchi navbatda, ozuqa ratsionining biologik to'laqonliligiga va ozuqa sarfini kamaytirishga katta e'tibor berilmoqda. O’z navbatida, parranda tuxumi va go`shtini yetishtirishda ozuqa iste`moli barcha xarajatlarning taxminan 70% ni tashkil etadi. Ushbu xarajatlarni ozuqa ratsionining biologik qiymatini oshirish orqali kamaytirish mumkin. Mamlakatimizda yaratilayotgan imkoniyatlar natijasida kundan-kunga bosh soni ortib borayotgan parrandalarni oziqlantirishda mahalliy sharoitlarimizda yetishtirilgan biologik jihatdan to la qiymatli tarkibga ega bo lgan, yaxshi iste’molʻ ʻ qilinadigan, osonlik bilan o zlashtiriladigan, umuman olganda import o rnini bosa ʻ ʻ oladigan ozuqalar bilan ta’minlash bugungi kunda qishloq xo jaligi xodimlari va ʻ biologiya sohasida tegishli izlanishlar olib borayotgan mutaxassislarning oldida turgan dolzarb muammolardan hisoblanadi. Shuning uchun, tabiiy biologik ozuqaviy qo‘shimchalar manbalarini topish, ilmiy asoslash va ularni parrandalarni oziqlantirishda keng qo'llash bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqish bugungi kunda dolzarb ilmiy amaliy ahamiyatga ega hisoblanadi. Hozirgi kunda butun dunyoda aholi sonining jadallik bilan ortayotganligi bois, mavjud go’sht zahiralaridan (qoramol, qo’y-echki,parrandava boshq.) oziq-ovqat sifatida keng ko’lamda foydalanish kuchaymoqda. Qo`ychilik, parrandachilik, baliqchilik va quyonchilik aholini sifatli go’sht va go’sht mahsulotlari bilan barqaror ta’minlashda asosiy zahira manbalari hisoblanadi. Shu bois,parrandachilikni rivojlantirish,xususan,go’sht yo’nalishidagi tovuqlarni parvarishlash va oziqlantirishning qulay sharoitlarini aniqlash, ularning mahsuldorligini oshirish bo’yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hamda ishlab chiqarishga joriy qilish orqali go’sht tanqisligi muammosini ijobiy hal qilinishiga erishish mumkinligi bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Mutaxassislar fikricha, iqtisodiy yetakchi davlatlarda ham parrandachilikka katta e'tibor qaratiladi. Chunki aynan parrandachilik aholini go‘sht, umuman, oziq- 3

ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirishda asosiy ahamiyat kasb etadi, shuningdek, aholini ish bilan band bo‘lishiga hissa qo‘shadi. Shu sababli hozirgi kunda parrandachilikni rivojlantirish va uni oldida turgan muommolarni hal qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda va izlanishlar olib borilmoqda. Respublikamiz aholisini sifatli go’sht mahsulotlari bilan ta’minlashda, parrandachilik sohasini rivojlantirish, ularning mahsuldorligini oshiruvchi innovatsion uslublar ishlab chiqish borasida muayyan natijalarga erishilmoqda. O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida «.....mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish» vazifalari belgilab berilgan. Ushbu vazifalardan kelib chiqqan holda mamlakatimizda boqilayotgan go’sht yo’nalishidagi tovuqlarning ratsionidagi ozuqalarning fiziologik- biokimyoviy ko’rsatkichlariga, mahsuldorligiga ta’sirini aniqlash, ular organizmida ro’y beradigan o’zgarishlarni biologik jihatdan asoslash ilmiy-amaliy ahamiyat ega. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947- son“O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida” gi Farmoni, 2017 yil 16 martdagi PQ-2841-son“Chorvachilikda iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi hamda ushbu faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi. Tadqiqotning obyekti. Tadqiqot ishining obyekti sifatida barcha ko’rsatkichlari bo’yicha bir xil (analog)bo’lgan Ross-308 zotli broyler tovuqlardan foydalanildi. Tadqiqot predmeti bo’lib, ozuqalar tarkibidagi to`yimli moddalar (protein, yog`, uglevodlar va mineral moddalar) va tovuqlar qonining ayrim morfologik va fizik-kimyoviy ko’rsatkichlari kabilar xizmat qildi. Tadqiqotning maqsadi. Ushbu magistrlik dissertatsiyasning asosiy maqsadi mamlakatimizda parrandachilikda qo`llaniladigan, mahalliy sharoitda mavjud bo`lgan broyler tovuqlarini mahsuldorligini oshirish, ozuqalarning biologik qiymatini, 4

to`yimliligini o`rganish ozuqa ratsionini lizin, metionin kabi aminokislotalar bilan boyitish orqali tovuqlar organizmidagi ayrim fiziologik ko‘rsatkichlarini o‘rganishdan iborat. Tadqiqotning vazifalari . Maqsadga erishish uchun quyidagi asosiy vazifalar bajarildi. - mavzuga ta a l l uqli adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish ; - parrandachilik xo’jaliklarida boqilayotgan broyler (Ross-308) tovuqlari ozuqa ratsionining asosini tashkil qiladigan kombikormga lizin, metionin kabi aminokislotalar qo’shib shakllantirildi; - shakllantirilgan ozuqa ratsionini broyler tovuqlaridan iborat nazorat va tajriba guruhi tovuqlarini oziqlantirish hamda ozuqalarning tovuqlar tomonidan iste’mol qilinishini aniqlash; - To`la qimmatli ratsion bilan oziqlantirilgan tovuqlar qonining ayrim morfo- biokimyoviy ko’rsatkichlarini aniqlash; - olingan ma’lumotlarni muhokama qilish va statistik qayta ishlashdan iborat. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Magistrlik dissertatsiyasida broyler tovuqlarni oziqlantirishda tannarhi arzon va to`la qimmatli bo`lgan ozuqa ratsioni bilan oziqlantirilgan broyler tovuqlarining mahsuldorlik ko`rsatkichlarini oshirish va buning natijasida ozuqalar tarkibidagi to‘yimli moddalarning hazmlanishi va ularning o‘zlashtirish ko‘rsatgichlari yaxshilanishi aniqlandi . ROSS 308 zotli broyler jo’jalari ikki xil sharoitda parvarish qilindi.Tajriba uchun olingan broylerlari ratsioniga lizin, metionin kabi aminokislotalar kiritilganligi sababli ularning tirik vazni nazorat uchun olingan broylerlarnikidan yuqori bo’lishi aniqlandi; Ra t sionga qo`shimcha ozuqalarning kiritilishi,jo’jalarning o`sishi va rivojlanishiga salmoqli ta’sir etdi; Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Mamlakatimizda yaratilayotgan imkoniyatlar natijasida bosh soni kun sayin ortib borayotgan parrandalar uchun ozuqalar bazasini mustahkamlash maqsadida proteinga boy 5