Butilakrilat va vinilasetat sopolimerlari lateksi asosidagi qoplamalarnin g metallarga adgeziyasini oshirish usullarini yaratish
Butilakrilat va vinilasetat sopolimerlari lateksi asosidagi qoplamalarnin g metallarga adgeziyasini oshirish usullarini yaratish MUNDARIJA I KIRISH ..........................................................................................................3 I BOB. ADABIYOTLAR TAHLILI 1.1. Butilakrilat va vinilasetat sopolimerlari lateksi tuzilishi va xossalari .......7 1.2. Adgeziyasini oshirish usullari.... ....................................................... ......18 II. USLUBIY BOLIM 2.1. Foydalanilgan kimyoviy birikmalar va ular asosida kompozisiyalar olish…………………………………………………………………………21 2.2. Foydalanilgan tadqiqot usullari……………… …………………...23 III BOB. OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING TAHLILI 3.1. Butilakrilat va vinilasetat sopolimerlari lateksi tarkibi va tuzilishi.........30 3.2. Butilakrilat va vinilasetat sopolimerlarining metallarga adgeziyasini oshirish bo yicha amalga oshirilgan ishlar………………………..ʹ .............. 35 XULOSA ……................................................................................................49 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ……........................ 50 1
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasida avtomobil' sanoatining rivojlanishi bilan birga ularning yaratilishi va ta'mirlanilishida qo‘llaniladigan mahsulotlar hamda xom ash'yolarning ishlab chiqarilishini mahalliylashtirish, ya'ni lokalizasiyasi jarayoni o‘ziga xos moddiy va ma'naviy ahamiyatga ega. Shu bilan bir qatorda ba'zi bir ekologik muammolar mavjudkim, ularning ijobiy bartaraf etilishi dolzarb masalalardan bo‘lib, katta ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Avtomobillarning butlovchi qismlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan qator yangi korxonalar ishga tushirilmoqda, ularga imtiyozlar berilib rag‘batlantirilmoqda. Oxirgi yillarda butun dun'yoda lak-bo‘yoqlar olishda tradision bo‘lmish organik erituvchilar o‘rnida suvdan foydalanish keng rivojlanmoqda. Ammo firmalar uning tarkibi va sintez qilish texnoliyalarini savdo qonun-qoidalaridan kelib chiqib, albatta sir tutadilar, shuning uchun uning narxi jahon bozorida o‘z tannarxidan bir necha marta yuqori bo‘lib kelmoqda. Sifatli lak-bo‘yoqlar talablariga to‘la javob beradigan suv asosidagi mahsulotlar olish ustida shu yo‘nalishga ixtisoslashgan deyarli barcha ilmiy-tekshirish institutlari, o‘quv muassasalari laboratoriyalari intensiv ishlar olib borishmoqda. 2
Asosiy maqsad mashinasozlik sanoatida qo‘llanadigan innovasion va kelajak texnologiyalari yaratilishiga qaratilgan. Shu nuqtai-nazardan kelib chiqib ekologik toza, ya'ni suv asosida olingan avtomobil' lak- bo‘yoq va boshqa mastika mahsulotlari ishlab chiqarish va ularni qo‘llashni kengaytirish shu kunning eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. Bitiruv - malakaviy ishning maqsadi. Innovasion yondashuv natijasida mashinasozlik sanoati uchun ekologik muammolarini hal etishga, import mahsulotlari o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan, mahalliy xom ash'yolar asosida olingan, arzon va yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishga yo’naltirilgan. Hozirda butilakrilat va vinilasetat asosidagi lateslarning adgeziv xossalari past hisoblanadi, buning asosiy sababi ilarning strukturasida funksional guruhlarning mavjud emasligi bo’lib, bu muammoni faol guruhlar kirgizish yo’li bilan hal etish mumkin. Jumladan sopolimerga gidroksil guruhini kirgazish yo’li bilan, ya’ni gidroliz reaksiyasini amalga oshirib, uning yuzalarga adgeziyasini osirish maqsadga muvofiq. Bitiruv- malakaviy ishning vazifasi: Yuqorida aytilgan maqsadlarga muvofiq butilakrilat va vinilasetat sopolimerlari lateksi tuzilishi va xossalarini har tomonlama o’rganish, jumladan ularning metall yuzalariga adgeziyasini osirish yo’nalishida tadqiqot ishlarini amalga oshirish vazifasi nazarda tutiladi. Bitiruv- malakaviy ishning ob’ekti : Mazkur bitiruv- malakaviy ishning ob’ekti sifatida mahalliy xom-ashyo hisoblangan butilakrilat va 3
vinilasetat sopolimerlari latekslari olingan bo’lib, ilmiy-tadqiqot ishlari asosan ularning tarkibiga yangi funksional guruhlar kirgizish natijasida olinadigan qoplamalarning yuzalarga adgeziyasini osirish bo’lib hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishining predmeti: Yuqoridagilardan kelib chiqib mazkur bitiruv- malakaviy ishning predmeti sifatida butilakrilat va vinilasetat sopolimerlari latekslari asosida olingan kompozitsion qoplamalarning yuzalarga adgezision xossalarini o’rganish hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishining nazariy va uslubiy asoslari: Buning uchun amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot ishlariga zamonaviy fizik- kimyoviy usullardan keng foydalanish, ya’ni sopolimerlar tarkibiga kirgan faol guruhlarni element analizi, ultrabinafsha va infraqizil spektroskopiya usullaridan keng foydalanilgan holda amalga ohirilgan polimeranalogik peaksiyalarni ilmiy tasdiqlash, natijada erishilgan adgeziv o’zgarishlarni davlat standartlari talablariga mos ravishda tadqiq etish usullari asosida isbotlash. Bitiruv malakaviy ishi kirish, uchta bob, xulosa, foydanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan va ilovalardan iborat. Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ishning predmeti, ob‘ekti hamda bitiruv malakaviy ishning maqsadi va vazifalari, ishining nazariy va uslubiy asoslari yoritilgan. Birinchi bobda – ya’ni adabiyetlar tahlili bobida butilakrilat va vinilasetat sopolimerlari lateksi tuzilishi va xossalari mavjud olingan va adabiyotlarda yoritilgan natijalar keltirilgan va ular tanqidiy nuqtai 4
nazardan tahlil etilgan. Bunda asosan adgeziyani oshirish usullariga keng o’rin ajratilgan. Ikkinchi bob asosan foydalanilgan fizik-kimyoviy usullarga bag’ishlangan. Olingan kompozision polimer qoplamalari davlat standartlari talablari asosida tadqiq etilgan. Uchinchi bob olingan natijalar va ularning tahliliga bag’ishlangan bo’lib, aniqlangan ilmiy natijalar grafiklar, jadvallar va fotolavhalar bilan namoyish etilgan. Xulosa va takliflar. Mazkur bitiruv - malakaviy ishni bajarish natijasida olingan ilmiy xulosalar asosida qator takliflar keltirilgan. 5