logo

Buxoro Xalq Sovet Respublikasining tashkil qilinishi

Yuklangan vaqt:

19.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

37.3359375 KB
  Buxoro Xalq Sovet Respublikasining tashkil qilinishi
REJA:
I. KIRISH
II. ASOSIY QISM:
1.   Buxoro   Xalq   Sovet   Respublikasining   tashkil   qilinishi   va   dastlabki
faoliyati
2.Sovetlar tazyiqining kuchayib borishi va BXSRning tugatilish
III. XULOSA
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI
1 I.Kirish
Mustaqillika   erishganimizdan   so ’ ng   barcha   sohalar   qatori   ilm - fan
madaniyat ,   san ’ at   va   tariximiz   ham   o ’ zining   asl   qiyofasini   tikladi .   Ko ’ p   asrlik
tariximiz   o ’ zining   mazmun - mohiyatini   haqqoniy   aks   eta   boshladi .   Milliy
madaniyatimiz   ajralmas   qismi   hisoblangan   urf   –   odat   an ’ analarimiz   va   buyuk
ajdodlarimiz   nomi   oqlandi .   O ’ zbekiston   Respublikasi   Birinchi   Prezidenti
I . A . Karimov   ta ’ kidlaganidek  “  O ’ tmishi   buyuk   xalqni   yengib   bo ’ lmas   ekan ,  demak
biz   xalqimizni   haqqoniy   tariximiz   bilan   qurollantirishimiz   kerak ” degan   fikri
ahamiyatlidir .1
O ’ zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh .  Mirziyoyev   tomonidan  2017- yil  17-
fevral   kuni   qabul   qilingan   “ Harakatlar   Strategiyasi ”   to ’ g ’ risidagi   maxsus
farmonning   to ’ rtinchi   ustuvor   yo ’ nalishida   ham   aynan   ilm -   fan ,   madaniyatni
rivojlantirishga   oid   maxsus   boblar   ajratilgan .   Prezdentimiz   Sh.Mirziyoyev
aytganlaridek   “   Xalq   tarixi   unitilmaydi   u   urfodat,   an’analarda   xalqning   kundalik
turmushida saqlanib qoladi” shunday ekan xalqimizning haqqoniy tarixini yoritish
muhimdir. 2
O’zbekiston   davlatchiligi   tarixida   XX   asr   o’zining   g’oyatda   ziddiyatli
davrligi   va   kutilmagan   voqealari,   fojialari   bilan   alohida   ajralib   turadi.   Ayniqsa,
Sovetlar   davri   voqealari   bu   davrning   eng   ziddiyatli   va   murakkab   hodisalaridan
hisoblanadi.
1917-yil   fevral   inqilobi   va undan  keyin  yuz bergan  voqealar  jahon  tarixida
ham   shu   davrgacha   also   kuzatilmagan   ulkan   voqealiklardan   biri   bo’ldi.   Insoniyat
tarixida   dastlab   bolsheviklar   so’ngra   ularning   vorislari   tomonidan   butun   boshli
davlatlar va xalqlar ustidan shu davrgacha kuzatilmagan ulkan miqyosda ijtimoiy
tajribalar   o’tkazildi.   Shu   sababli   bu   davr   voqealarini   xolis   nuqtayi   nazar   bilan
batafsil tahlil qilib chiqish nihoyatda dolzarb vazifaga aylandi. Biroq Sovet davlati
g’oyatda   ulkanligi,  jahonning  ko’plab  mamlakatlari   va  xalqlari   tarixida  chuqur  iz
qoldirganligi   tufayli   uni   ushbu   kichik   tadqiqotimizga   to’laqonli   yoritib   bera
olmasligimiz aniq. Shu sababli Sovetlar davrining kichik bir bo’lagi bo’lgan 1917-
2 1924-yillardagi   tarixiy   jarayonlarni   Buxoro   amirligi   va   Buxoro   Xalq   Sovet
Respublikasi misolida ko’rib chiqdik.
Shu o’rinda Rossiya imperiyasing O’rta Osiyoda yuritgan mustamlakachilik
siyosati  ham alohida masaladir XIX asr oxirlariga kelganda Rossiya Yevropadagi
eng yirik davlatlardan biri bo‘lib qoldi.
Sho'rolar   o'zlarining   qora   niyatli   maqsadlarini   amalga   oshirishda   har   doim
«baynalmilal burch» deb atalmish g'oya pardasiga yashirindilar-Buning uchun ular
o'zlarini   mahalliy   xalqni   amir,   beklar,   boy   va   feodal   zulmidan   ozod   bo'lishda
«yordam»   beruvchilar   qilib   ko'rsatib,   amalda   «harbiy   inqilobiy»   harakatni
kuchaytirdilar.
Ular   rus   podshosi   istibdodi   bilan   uyg'unlashgan   mustabid   amir   zulmi,
mutaassiblik,   xurofot,   xilma-xil   soliqlarning   ko'pligidan   azoblanayotgan   xalqni
erkin   va   farovon   turmushga   olib   chiqish,   Vatanni   iqtisodiy   va   madaniy   taraqqiy
ettirish   yo'lida   bosh   qotirdilar   va   demokratik   islohotlar   o'tkazish,   mamlakatda
adolatli   hayotni   yo'lga   qo'yishda   xon   hokimiyatiga   muxolifatda   bo'ldilar.   Bu
muxolifat   taraqqiyparvarlar,   asosan,   amirlikdagi   yirik   ulamo   va   amaldorlardan
iborat bo'ldi.
II.Asosiy qism
3 1.Buxoro Xalq Sovet Respublikasining
tashkil qilinishi va dastlabki faoliyati
1920-yil 14-sentabrda V.V.Kuybishev ishtiroki va tashki lotchiligida Buxoro
Kompartiya   Markaziy   Qo'mitasi,   Butun   Buxoro   Inqilobiy   Qo'mitasi   va   Xalq
Nozirlari Sho'rosining qo'shma majlisi bo ldi. Bu majlisda V.V.Kuybishev Buxoroʻ
Xalq   Sho'ro   Respublikasi   hukumatining   boshlig'iga   o'zining   ishonch   yorlig'ini
topshirdi.   U   Sho'ro   hukumati   va   Rossiya   Kompartiya   MQsi   nomidan   bayonot
berdi.   Bayonot   so nggida   V.V.Kuybishev   bunday   degan   edi:   «Men   RKP(b)	
ʻ
Markaziy Qo'mitasi va Kominternning vakili sifatida o'zimga berilgan vakolatdan
butun   ishni   umumiy   kommunistik.   harakat   ruhida   va   shu   manfaatlar   yo lida   olib	
ʻ
borishga qaratish uchun foydalanaman»!.
14   sentabrda   bo'lgan   qo'shma   majlisda   hokimiyatning   Oliy   organi   Umum
Buxoro   Inqilobiy   qo'mitasi   uzil-kesil   shakllandi.   Unga   BKPning   Abdulqodir
Muhiddinov   boshliq   9   a'zosi   kirdi.   Shuningdek   asosan   Buxoro   Kompartiyasining
a'zolari bo lgan 11 xalq noziridan iborat hukumat - Xalq Nozirlari Sho'rosi tuzildi.	
ʻ
Buxoro hukumatiga rais etib F.Xo'jayev (1896-1937) saylandi.1
F.Xo'jayev   1896-yilda   Buxoroda   yirik   savdogar   oilasida   tavallud   topgan,
taniqli   davlat   va   siyosat   arbobi,   xalq   baxti-saodati   uchun   tolmas   kurashchi.   1938
yilda   Sho'ro   tuzumi   qatag'onining   qurboni.   1913-yildan   jadid   harakatining   faol
qatnashchisi,   1916-yildan   «Yosh   buxoroliklar»   partiyasining   tashkilotchisi,   1917
yildan bu partiya Markaziy Qo'mitasining a'zosi. 1920-yildan “Yosh buxoroliklar”
V.V.Kuybishev   Buxoroda   Sho'rolar   va   Kompartiyaning   g'oyaviy   ta'sirini
kuchaytirish maqsadida katta tashkilotchilik ishi olib boradi. Turkiston komissiyasi
va  Turkiston   Kompartiyasi   MQsi   shaxsan   uning   taklifi   bilan  Turkiston   Sho'ro  va
partiya tashkilotlarida ishlab “tajriba orttirgan Yusuf Aliyevni Buxoroga ishlashga
yubordi. U bu yerda “aksil inqilob” bilan kurashuvchi Favqulodda komissiyaga
4 1MLIMFA, 122-fond, 1-ro'yxat, 20-ish, 333-varaq.
boshliq   etib   tayinlandi.   Butun   Rossiya   Markaziy   Ijroiya   Qo'mitasining
«Qizil   Sharq»   deb   ataluvchi   maxsus   tayyorlangan   tashviqot   poezdi   ham
Sho'rolarning
mustamlakachilik   siyosatining   «ijobiy»   va   «tarixiy   ahamiyati»ni   mahalliy
aholi   o'rtasida   keng   tarqatdi.   1920-yil   6-oktabrda   amirning   yozgi   saroyi   Sitorai
Moxi   Xossada   nomigagina   «xalq   vakillari»ning   birinchi   Butun   Buxoro   qurultoyi
chaqirildi.   Unda   1950   delegat   ishtirok   etdi.   Qurultoy   zo'ravonlik   va   harbiy
to'ntarish yo'li bilan o'rnatilgan Buxoro Xalq Sho'rolar Respublikasi (BXShR)ni va
uning   tarkibini   tasdiqladi.   Qurultoy   mazkur   hukumatga   ikkinchi   Butun   Buxoro
qurultoyi chaqirilguncha va unda respublika Konstitutsiyasi  qabul qilinguncha o'z
vazifasini bajarish vakolatini beradi. Qurultoyda Buxoro Xalq Sho'ro Respublikasi
tashkil topganligi e'lon qilindi. Nomigagina tashviqot va targ'ibot nuqtai-nazaridan
«Buxoro   Xalq   Respublikasi»   deb   atalgan   mazkur   davlat   apparati   aslida   tom
ma'nodagi sho'ro davlati andozalari asosida tashkil etilgan edi va amirlik hududida
sho'ro   mustamlakachiligi   tartib-qoidalarini   o'rnatishga   xizmat   qilardi.   Chunki
rasmiy jihatdan «Buxoro Xalq Respublikasi»  deb atalgani bilan bu davlatning o'z
milliy   armiyasi   yo'q   edi.   Buxoro   shahri   va   respublikaning   boshqa   yirik
shaharlarida   joylashtirilgan   qizil   askar   qismlari   batamom   Markaziy
qo'mondonlikka   bo'ysunar,   Buxoro   Respublikasi   rahbariyatining   buyruqlariga
quloq   solmas   edi.   Bundan   tashqari   Respublikaning   ko pgina   korxona   vaʻ
idoralarida   ish   olib   boruvchilarning   aksariyati   ovrupo   millatlariga   mansub
mutaxassislar   edilar.   Birgina   misol:   Buxoro   Xalq   Sho'ro   partiyasi   Turkiston
markaziy   byurosining   raisi.   Buxoro   amiriga   qarshi   amalga   oshirilgan   qo zg olon	
ʻ ʻ
yetakchilaridan   biri.   U   1920-1924-yillarda   Buxoro   Xalq   Sho'ro   Respublikasi
Nozirlar   kengashi   raisi,   bir   vaqtning   o'zida   Tashqi   ishlar   komissari,   harbiy
komissar,   Turkiston   fronti   Inqilobiy   Harbiy   Kengashi   raisi   va   Buxoro
Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasi a'zosi. 1922-yildan RKP (b) Markaziy Qo'mitasi
5 O'rta Osiyo byurosi a'zosi. 1925-1938-yillarda O'zbekiston SSR Xalq Komissarlari
Sho'rosining raisi, ayni vaqtda O'zbekiston  Kompartiyasi  Markaziy Qo'mitasining
a'zosi. Respublikasi Moliya Nozirligi idorasida xizmat qilgan 42 xodimdan faqat 9
tasigina   mahalliy   millat   vakillari   bo lganlar   xolos'.   Buxoro   Xalq   Sho'roʻ
Respublikasi   Tashqi   ishlar   Nozirligida   15   ta   lavozimdan   8   tasi   ovrupo   millatlari
vakillari   qo'lida   edi:   Ish   boshqaruvchi   Ye.K.Tompakov,   huquqiy   maslahatchi   va
kotib   I.K.Lavrov,   umumiy   bo'lim   boshqaruvchisi   F.I.Yanov,   ish   yurituvchi   K.E.
Vedenyapina,  Konselyariya  bo'limi  ish  yurituvchisi   M.M.Postnov,  umumiy  bo'lib
boshqaruvchisi   I.Vedenyapin   edi.   Davlat   apparatini   milliylashtirmasdan   va   o'z
milliy armiyasiga ega bo'lmay turib mustaqil davlat siyosatini amalga oshirilishiga
ko'z   tikish   eng   kamida   nodonlikdan   boshqa   narsa   emas,   albatta.   Ammo   bundan
F.Xo'jayev   boshchiligida   shakllantirilgan   Buxoro   Respublikasi   hukumati   hech
narsa  qilmadi,  degan  xulosa   kelib  chiqmaydi.  U  o'z   imkoniyati  doirasi  darajasida
mustaqil   ichki   va   tashqi   siyosat   olib   borishga   intildi.   Rossiya   Federatsiyasi,
Kavkaz   orti   Respublikasi,   Afg'oniston   va   boshqa   davlatlarda   o z   elchilik	
ʻ
vakolatxonalarini   ochdi   va   ular   bilan   savdo-iqtisodiy   va   madaniy   aloqalarni   olib
bordi.   Buxoro   hukumati   mamlakat   aholisi   manfaatlarini   himoya   qilish   borasida
ham   bir   qator   tadbirlarni   amalga   oshirdi.   Jumladan,   Buxoro   Xalq   Sho'ro
Respublikasi   Iqtisodiyot   Nozirligi   respublikada   oziq-ovqat   mahsulotlarining   turli
yo'llar bilan talon-taroj bo'lishiga yo'l qo'ymaslik va uni chetga chiqib ketishining
oldini   olish   maqsadida   1921-yil   1-oktabrda   64   sonli   maxsus   qaror   qabul   qildi.
Unda   Buxoro   Respublikasidan   chiqib   ketayotgan   har   bir   fuqaro   o'zi   bilan   faqat
quyidagi   miqdorda   oziq   ovqat   mahsulotlarini   olib   chiqib   ketishi   mumkinligi
ko'rsatildi:
1. Non yoki quritilgan non
2. Quritilgan meva
3. Krupa
4. Yog'
5. Choy
6. Go'sht yoki go'sht mahsulotlari1
6 Biroq   shu   narsa   diqqatga   loyiqki,   Rossiya   Federatsiyasi   Turkkomissiya   va
Turkiston   ASSR   orqali   Buxoro   bilan   amalga   oshiradigan   har   bir   shartnomasi,
bitimi va aloqalarida mut tasil sur'atda uzoq kelajakka mo'ljallangan ulug' saltanat
mustamlakachiligi   manfaatlarini   birinchi   o'ringa   qo'ydi.   1920-yil   3   noyabrda
Turkkomissiya   va   Buxoro   Respublikasining   favqulodda   vakillari   «Harbiy   siyosiy
bitim»   va   «Buxorodagi   sobiq   rus   ko'chma   xo'jaliklari   haqida   muvaqqat
shartnoma»ni   imzolagan   edilar.2   Bu   Rossiya   bilan   Buxoro   Respublikasi   o'rtasida
1921-yil   martida   tuzilgan   «Ittifoq   shartnomasi»   va   «Iqtisodiy   bitim»   uchun   asos
bo'ldi.   Mazkur   shartnoma,   bitim   g'oya   bo'yicha   har   ikkala   Respublikaning
manfaatlariga   xizmat   qilishi   va   foyda   keltirishi   kerak   edi.   Amalda   esa   bunday
bo'lmadi. 3Buxoro Respublikasi
1O'zR MDA, R-59-fond, 1-ro'yxat, 162-ish, 20-varaq.
2 O'sha manba, 1616-fond, 1-ro'yxat, 27-ish, 12-varaqning orqasi.
3O'zR MDA, 59-fond, I-ro'yxat, 181-ish, 2-varaq va orqasi.
Xalq   Komissarlari   Sho'rosi   raisi   F.Xo'jayev   bir   yarim   yillik   munosabatlarning
yakuniy   natijalarini   tahlil   qilib   boshqacha   xulosa   chiqargan   edi.   U   1922   yil   5
aprelda Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar Xalq Komissari o'rinbosari L.Karaxonga
yo'llagan   axborot   xatida   Rossiya   bilan   Buxoro   o'rtasidagi   o'zaro   iqtisodiy
munosabatlarning   tenglik   asosida   bo lmayotganligiga   urg'u   bergan   edi.   Chunkiʻ
ikki respublika o'rtasida tuzilgan iqtisodiy bitimga asosan tashqi savdoning barcha
mahsulotlari   belgilangan   eksport-import   rejasiga   ko'ra   avval   Rossiyaga   yuborilar,
rejadan   tashqari   mollar   Rossiya   savdo   idoralari   orqali   xalqaro   bozorlarda
realizasiya qilinar edi. F.Xo'jayev: «Ya'ni hammasi Rossiya tashqi savdo tashkiloti
orqali,   boshqa   hech   qanaqa   yo'l   yo'q»1,   deb   o'z   noroziligini   izhor   qilgan
7 edi.Buxoroda   amalga   oshirilgan   va   dekretlar   bilan   mustahkamlangan   bir   qator
tadbirlar   (yer,   mulk,   soliqlar   to'g'risidagi,   hukumat   tarkibini   o'zgartirish   haqidagi
va   boshqa)   Turkkomissiya   va   RKP   (b)   MQ   ning   O'rta   Osiyo   Byurosi
tashkilotchiligida   mahalliy   shart-sharoit   bilan   hisoblashmagan   holda   ro'yobga
chiqariladi.   Buxoro   Xalq   Sho'ro   Respublikasi   Tashqi   Ishlar   Noziri   F.Xo'jayev   va
RSFSR   ning   Buxorodagi   konsuli   K.X.Yurenev   bilan   1921-yil   20   noyabrda
imzolangan   qaror-kelishuvga   binoan   Buxoro   Respublikasi   hududida   Sho'rolik
tartib-qoidalarini   o'rnatish   davomida   nogiron   bo'lganlarni,   bu   hududda
joylashtirilgan va istiqomat qilayotgan barcha qizil askarlarni Buxoro Xalq Sho'ro
Respublikasi   o'z   ta'minotiga   oladigan   bo'ldi.   Qizil   askarlarning   joylardagi
bezoriliklari va axloqsiz qilmishlari to'g'risida bu yerda gapirmasa ham bo ladi. Buʻ
adolatsizliklarning hammasi birga qo'shilib xalq ommasining noroziliklari va qahr-
g'azabiga   sabab   bo'ldi.   1921-yil   18   sentabrda   Buxoro   shahrida   Sho'rolarning   II
Umum Buxoro Qurultoyi o'z ishini boshladi. Qurultoy ishining 23 sentabr kunida
Buxoro   Xalq   Sho'ro   Respublikasining   Konstitutsiyasi   qabul   qilindi.   Mazkur
Konstitutsiyaga   RSFSR   ning   1921-yilgi   Konstitutsiyasi   asos   bo'ldi.   Buxoro   Xalq
Sho'ro   Respublikasi   Konstitutsiyasi   kirish,   besh   bo'lim:   umumiy   holat,   Sho'ro
hokimiyati   Konstitutsiyasi,   saylash   huquqi,   byudjet   huquqi,   davlat   gerbi   va
bayrog'i,   jami   17   bo'lim   va   79   bobni   o'z   ichiga   olgan.   Mazkur   Konstitutsiya
Buxoro Xalq Sho'ro Respublikasini  qonun kuchi bilan mustahkamlaydi, fuqarolar
tengligi   e'tirof   etilib,   hurriyat   e'lon   qilindi.   Umum   Buxoro   Sho'rolarining   II
qurultoyi   milliy   masalani   ham   muhokama   qildi.   Respublika   hududida   yashab
kelayotgan o zbeklar, tojiklar, turkmanlar va boshqa millat vakillarining	
ʻ
milliy   ahilligi,   birligi   va   hamkorligini   mustahkamlash   muhim   ahamiyat   kasb
etishiga alohida e'tibor berdi.
Ana   shu   maqsadda   qurultoy   turkman   xalqining   Sho'rolar   Markaziy   Ijroiya
Qo'mitasi,   Xalq   Nozirlari   Sho'rosi   huzuridagi   Mustaqil   bo'limlar   huquqiga   ega
bo'lgan   vakolatxonasini   respublika   nozirliklarida   tashkil   etish,   shuning   singari
viloyat   sho'rolari   va   ularning   Chorjo'y   hamda   Karkidagi   Ijroiya   Qo'mitalari
huzurida   ham   turkman   vakillarini   ishtirok   etishi   to'g'risida   qaror   qabul   qildi.
8 Turkman   xalqining   mazkur   qo'mitalarga   kirgan   vakillari   hal   qiluvchi   ovozga   ega
ekanliklari   ko'rsatildi.   Sho'rolarning   II   qurultoyi   85   a'zodan   iborat   Butun   Buxoro
Sho'rolari   Markaziy   Ijroiya   Qo'mitasini   sayladi.   Ularning   deyarlik   hammasi
Kompartiya   a'zosi   edilar.   Albatta   Moskvaning   ulug'   davlatchilik   va
mustamlakachilik siyosatining natijasi o'laroq yuqoridan turib zo'rlik bilan amalga
oshirilgan   bunday   tadbirlar   Buxoro   Respublikasi   rahbarlarining   g'ashini
keltirayotgan   edi.   Respublikaning   F.Xo'jayev,   A.Muhitdinov,   M.Mansurov,
A.Fitrat,   Sattorxo jayev,   M.Saidjonov,   M.Aminov,   Otaxo'jayev   va   boshqaʻ
rahbarlari   bosiqlik   bilan   o'rtacha   mo'tadil   yo'l   tutib   Buxoroning   mustaqil   bo lib	
ʻ
chiqishini   yoqlaydilar.   Jumladan,   Buxoro   Inqilobiy   Qo'mitasining   raisi
A.Muxiddinov   1921-yil   yozida   joylarga   tarqatilgan   ko'rsatmada   bunday   deb
yozgan edi: «Din, vatan va millat uchun ishda bir bo'laylik... Milliy mustaqillikni
talab qilamiz...». Buxoro Respublikasi hukumatining bu qonuniy talablari Sho'rolar
va bolsheviklarning jazavasini qo'zgatdi
1RSXIDSh, 558-fond, 1-ro'yxat, 2280-ish, 1-varaq. 2 O'zRMDA, 1616-fond, 1-ro'yxat, 59-ish, 12-varaq.
2.Sovetlar tazyiqining kuchayib borishi va 
BXSRning tugatilish
RKP (b) Markaziy Qo'mitasining milliy respublikalar va 
viloyatlarning mas'ul xodimlari bilan birgalikda o'tkazgan 
kengashida (1923-yil, iyun) Buxoro Respublikasi va 
Kompartiyasi «yot unsurlar va aksil inqilobiy» kuchlar bilan 
«to'lib-toshgan»liqda ayblandi. Natijada Moskvaning tazyiqi 
bilan hukumat tarkibida va Kompartiyada “tozalash” o'tkazildi. 
Buxoro Respublikasi hukumati hay'ati. o zgartirildi. Hukumatda	
ʻ
9 Turkistondan yuborilgan emissarlarning ta'siri borgan sari 
kuchayib bordi. Sho'rolarning Buxoroda yurg'izgan bunday 
mustamlakachilik va shovinistik siyosati umumxalq 
noroziligining kuchayishiga sabab bo'ldi. O'z vaqtida Munavvar 
Qori Abdurashidxonov bu to'g'rida quyidagilarni yozgan edi: 
«Bu norozilik tobora avj oladi. Bir muncha vaqt o'tgach, 
Buxoroga Turkkomissiya a'zosi Safarov keladi... Safarov 
mendan buxoroliklar inqilobga qanday munosabatda ekanliklari 
va Sharqiy buxoroliklar nima uchun amirni qo'llab 
quvvatlayotganliklari sabablarini ham so'radi. Men hech nimani 
yashirmay, buxoroliklar mustaqillikka intilayotganliklarini va 
ular hozirgi ahvoldan norozi ekanliklari, shuning uchun ular: 
«Bu inqilobmi yoki bosib olishmi?», degan savolni o'rtaga 
tashlayotganliklarini aytdim... Shundan so'ng Safarov revkom 
majlisini chaqirib, hukumat vakillarini qattiq haqorat qiladi. 
Safarov jo'nab ketganidan so'ng Buxoro hukumati vakillari 
o zaro yig'ilish o'tkazib, Moskvaga xat yozadilar. Unda agar ʻ
Safarov o'z munosabatini o zgartirmasa, bizlar hammamiz 	
ʻ
ishlashdan bosh tortamiz, deb ogohlantiriladi». Umumxalq 
noroziligi Buxoro Kompartiyasi va hukumati rahbarlari 
faoliyatiga ham ta'sir etdi va ular ikki guruhga bo'linib ketdilar. 
Birinchi guruh o'z umidini va taqdirini Rossiya va qizil askarlar 
bilan bog'lovchi Buxoro Sho'ro hukumati edi. Ikkinchi guruh esa
10 Sho'rolar va Kompartiyaga qarshi ozodlik va milliy 
mustaqillikni yoqlagan edi. Bu guruh a'zolari o'z umidlari va 
diqqat-e'tiborlarini milliy istiqlol harakatiga qaratdilar. Bu 
guruhga Muhiddin Maxsum Xo'jayev boshchiligidagi “so'l 
kommunistlar” ham yaqin edilar.1 Ular 1921-yil avgustda 
Buxoro hukumatini ag'darishga urinib ham ko'radilar. Lekin bu 
harakat muvaffaqiyat qozonmasdan tor-mor qilindi. Milliy 
istiqlolchilar tomoniga o'tgan hukumat a'zolari orasida Buxoro 
Markaziy Ijroiya Qo'mitasi raisi Usmonxo'ja Po'latxo'jayev, 
harbiy nozir Abdulhay Oripov, uning o'rinbosari Tal'atzoda 
(Turk ofitseri), Ichki ishlar nozirining o'rinbosari Mulla Bobo, 
Buxoro militsiyasining boshlig'i Ali Rizo (Turk polkovnigi) va 
boshqalar bor edi. Ular milliy istiqlol kuchlari bilan yashirincha 
zimdan aloqa o'rnatdilar, ularni har tomonlama qo'llab-
quvvatlab yordam berdilar.2 Bu xususda Buxoro hukumatida 
Mehnat kengashi raisi o'rinbosari lavozimida ishlagan Abdurauf 
Fitratning Sho'ro organlari so'roqlariga bergan quyidagi 
javoblari g'oyatda e'tiborlidir: «Bizning tashkilotimiz 
bosmachilik harakatiga katta ahamiyat bergan va unga Sovet 
hukumatiga qarshi faol kurashda vosita sifatida ko'pdan-ko'p 
umid bog'lagan edi. Biz bosmachilikni bo'lg'usi burjua millatchi 
davlati milliy armiyasining tug'ilishi deb hisoblaganmiz. 
Shuning uchun ham Muinjon Aminov, Ota Xo jayev, Usmon ʻ
11 Xo'jayevlarning faol ishtirokida Fayzulla Xo'jayev bosmachilik 
harakatiga bevosita rahbarlik qilish bilan shug'ullangan.3
1O'qituvchi, 1994, 104-bet.
2Turon tarixi. To'plam. -T.: 1992, 20-bet.
3Rajabova R.E. va boshqalar. O'zbekiston tarixi (1917-1993-yillar). -T.:
Quloq-millatchilik shiorlari ostida tashkil qilingan bosmachilik 
harakatini biz RSFSR hukumati oldidagi Sovet hokimiyati 
prinsiplariga qarshi qaratilgan xalq harakati deb bilganmiz.Bu 
yo'nalishdagi «milliy ittihod»ning rejali va uyushgan faoliyati 
shunga olib keldiki, 1920-1924-yillar davrida Mulla Qahhor, 
Jo'ra Amin, Murod Meshkop, Mitan Polvon va boshqa yirik 
qo'rboshilar rahbarligidagi
bosmachilik harakati butun Zarafshon vodiysini qoplagan edi.
Farg'ona vodiysida ham ahvol shunday edi. Bir vaqtning o'zida
bosmachilik harakatini avj oldirib xorijiy davlatlar bilan aloqa
o'rnatish ishini ham jonlantirib yuborganmiz. 1922-yili
tashkilotimiz a'zosi Qosim Qori Eron hukumati bilan aloqa
o'rnatish uchun Eronga xizmat safariga yuborildi. U Eron shohi
tomonidan qabul qilingan va bizni Sovet hokimiyatiga qarshi
kurashimizda o'z tomonidan bizga yordam berish va'dasini oldi.
12 Shu joyda, Eronda Qosim Qori ingliz hukumati vakillari bilan
ham aloqa o'rnatdi. Huddi shu davrda biz Turkiya hukumati
bilan bevosita aloqa o'rnatdik, shu maqsadda Turkiyaga
vakillarimiz, tashkilot a'zolari Muhammad Nazariy va Ismoil
Sadriy borishdi. Yusufzoda va Xoshim Shaav orqali Afg'oniston
hukumati doiralari bilan aloqa o'rnatdik».
Biroq Markaziy Sho'ro hukumati va Kompartiya Markaziy
Qo'mitasi O'rta Osiyoni Rossiyaning mustamlakasiga
aylantirishdan iborat o'z rejasini og'ishmay amalga oshirib bordi.
Bu davrga kelib Xorazm va Buxoroda amalga oshirilgan
qo'lbola «xalq inqiloblari» tashkil qilindi. Sho'ro hukumati bu
bilan o'z oldiga qo'ygan «minimum dastur»ni amalga oshirdi.
Endi bolshevoylar hukumati oldida «maksimum dastur» turar
edi. U ham bo'lsa endi O'rta Osiyodagi respublikalarning
mustaqil harakat qilishlariga izn bermaslik, ularning siyosiy,
iqtisodiy va ma'naviy taraqqiyot jilovlarini markaz ixtiyoriga
batamom bo'ysundirish, shu asosda ularni kelajakda milliy
respublikalarga bo lib yuborish uchun zamin tayyorlash vaʻ
kelajakda turkiyzamin xalqlarning yagona Turkiston davlati
bo'lib birlashishiga abadul-abad zarba berish edi. Bu xususda
RKP(b) MQ siyosiy byurosining 1922-yil 1-fevralda qabul
qilingan «Buxoro masalasiga doir» qarori xarakterlidir. Bu qaror
G.V.Chicherin, V.V.Kuybishev va F.Xo'jayevlar ishtirokida
13 shaxsan. I.Stalin rahbarligida tayyorlangan edi. Ana shu qaror
asosida Xorazm va Buxoro Kompartiyasi vakillari RKP (b)
Markaziy Qo'mitasining Turkiston byurosiga a'zo qilinib,
Turkiston byurosi RKP (b) MQ ning O'rta Osiyo byurosiga
aylantirildi. Bu bilan O'rta Osiyoning siyosiy jihatdan qaramligi
batamom Moskva qo'liga o'tib ketdi.1923-yil mart oyida
Turkiston, Xorazm va Buxoro respublikalari «O'rta Osiyo
Iqtisodiy Kengashi»ga birlashtirilgach, O rta Osiyoʻ
respublikalari endi iqtisodiy jihatdan ham Moskvaga, markazga
batamom qaram bo'lib qoldilar. Chunki Moskva mazkur tadbir
bilan O'rta Osiyodagi har uchala respublikani iqtisodiy jihatdan
birlashtirib, ularni yagona Rossiya pul, soliq tizimi, yagona
iqtisodiy strukturaga kiritish orqali ularning amaldagi
mustaqilligiga hal qiluvchi zarba bergan edi. O'rta Osiyo
respublikalari jilovini o'z qo'liga mustahkam tutib olgan Moskva
hukumati endi hamma masalani o'z bilganicha amalga oshira
boshladi. RKP (b) MQ Siyosiy Byurosi 1923 yil 12-iyunda
qabul qilgan «Buxoro masalasiga doir» qarorida Buxoro
hukumati a'zolari «Markaz talablari» darajasida emasligini
ta'kidlab, uni «demokratlashtirish» talabini qo'yadi.1
Markazning bu talabi 1923-yil 23-iyunda bo'lib o'tgan Buxoro
Kompartiyasi MQning Plenumi qarorlarida o'z aksini topdi.
Unda Moskva nomidan qatnashgan Ya.E.Rudzutak Buxoro
14 Respublikasi hu dudida faoliyat ko'rsatayotgan bir qator
mahalliy Inqilobiy Sho'ro Ijroiya Qo'mitalari rahbarlarining
xatti-harakatlari Mar kaz talabini qondirmayotganligi, ular
«millatchilik» bilan shug'ul lanayotganliklarini tanqid qildi.
Ko'p o'tmasdan Sho'ro apparatlarini «yot unsurlar» va
«millatchilar»dan tozalash bahonasida eski Buxoro, Chorjo'y,
Sherobod, Qarshi, Shahrisabz, Karmana, Boysun, Nurota,
G'uzor Ijroiya qo'mitalarining raislari o'z vazifalaridan
chetlashtirildi, ularning o'rniga Moskvaga yoqadigan kadrlar
qo'yildi. Bunday «tozalash» ishlari Buxoro Xalq Sho'ro
Respublikasi va Buxoro Kompartiya MQ apparatlarida ham
amalga oshirildi. Sho'ro hukumati Otaulla Xo'jayevni Buxoro
Xalq Nozirlari Kengashi raisi o'rinbosari va Abdurauf Fitratni
Buxoro Mehnat Kengashi raisining o'rinbosari lavozimlaridan
olib tashlaydi. «Yot unsurlar» va «burjua millatchilari»ga qarshi
muvaffaqiyatli kurashmoq uchun Sho'ro va partiya tashkilotlari
«ishonchli» kadrlar bilan mustahkamlandi. RKP (b) MQ O'rta
Osiyo byurosi a'zolaridan tojik kommunisti, keyinchalik Buxoro
Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasining kotibi etib tayinlangan
A.Rahimboev va turkman kommunisti Q.S.Otaboyev Buxoroga
chaqirilgan edilar.2 Buxoro Markaziy Ijroiya Qo'mitasining
«Buxoro Xalq Sho'ro Respublikasi hukumati tarkibini
o'zgartirish to'g'risida»gi 1923-yil 24-iyun qarori bilan
15 Q.S.Otaboyev Respublika Xalq Nozirlari Sho'rosi raisining
birinchi o'rinbosari etib tayinlanadi. Sinfiylik va partiyaviylik
prinsipi asosida davlat va Kompartiya tashkilotlarini yot
unsurlardan tozalash, kadrlar tayyorlash va ularni joy-joyiga
qo'yishda Markaz ko rsatmalariga amal qilish jarayonigaʻ
qonuniy tus berishda 1923-yil 11-oktabrdan 17-oktabrgacha
Buxoroda o'z ishini olib borgan IV Butun Buxoro Sho'ro
Qurultoyi o'ziga xos o'rin tutadi. Unda jami 389 delegat
qatnashdi, shundan 237 kishi o'zbeklar, 81 kishi tojiklar, 22
kishi turkmanlar va 19 kishi qirg'izlarning vakillari edilar.
Qurultoy Xalq Nozirlar Sho'rosi eski tarkibining xususiy
savdoni qo'llash bobida yuritgan siyosatini qoraladi va noto'g'ri
siyosat deb topdi. Bundan buyon faqat kooperativ va davlat
savdosini kredit bilan ta'minlashga intilish kerakligi qayd etildi.
IV Qurultoy Buxoro xalq sho'ro Respublikasi Konstitutsiyasiga
qo'shimcha va o zgarishlar kiritdi. Unga muvofiq barcha	
ʻ
mulkdorlar, katta savdogarlar va sobiq amaldorlarning hammasi
faol va passiv saylov huquqidan mahrum qilindilar.Qurultoyda
52 kishidan iborat Butun Buxoro Markaziy Ijroiya
Qo'mitasining yangi tarkibi saylandi. Markaziy Sho'ro hukumati
va Kompartiya MQ muttasil o'tkazib kelgan og'ir
mustamlakachilik va shovinistik siyosatga qaramasdan
F.Xo'jayev hukumati Buxoro respublikasi manfaatlarini ko zlab	
ʻ
16 xalq xo jaligi, savdo, madaniy-ma'rifiy sohalarni rivojlantirishgaʻ
mumkin qadar e'tibor berdi. Buxoro xalq sho'ro Respublikasi
mehnat va mudofaa sovetining 1923-yil 4-yanvar qarori bilan
muhtoj dehqonlarga yordam fondiga 140 ming pud urug'lik
chigit va 123,5 ming pud urug'lik don berdi. Bundan tashqari
dehqonlarga 1344 bosh ish hayvoni va 3800 ta har xil
dehqonchilik asboblari berildi1. Respublika hukumati Sho'ro
tartib-qoidalari va mafkura talablariga javob beradigan maorif
tarmoqlarini rivojlantirishga e'tibor berdi. Bu sohaga agar 1921-
yilda davlat byudjetidan 3 foiz mablag' ajratilgan bo'lsa, 1924-
yilda esa 24 foizdan ko'proq mablag' ajratildi. Natijada Xalq
maorifi tarmoqlari kengaydi. 1924 yilga kelib Respublikada 68
ta umumta'lim maktabi, 2 ta muallimlar tayyorlash instituti,
pedagogika kurslari, 3 ta musiqa o'quv yurti, 3 ta hunar maktabi,
13 ta internat, 13 ta kutubxona, muzey, teatr faoliyat ko'rsatdi.
Umumta'lim maktablarida 5600 o'quvchi o'qidi. Muallimlar
tayyorlaydigan institutda 120 student, pedagogik kurs larda 400
tinglovchi shug'ullandi.2 F.Xo'jayev hukumati rivoj topgan
mamlakatlarning o'quv dargohlarida Respublika yoshlarining
bilim va ta'lim olishlariga ham
alohida e'tibor berdi. 1924-yil 1-aprelga qadar Buxoro
O'zbekiston SSR tarixi. III jild. /Bosh muharrir I.M.Mo'minov/. - T.: Fan,1971, 331-bet.
2O'zbekiston SSR tarixi. Sh jild. -T.: Fan, 1971, 328-331-bet .
17 Xalq Sho'ro Respublikasidan Moskva, Peterburg, Olmoniya, 
Turkiya, Toshkent va boshqa xorijiy mamlakatlarga 288 nafar 
yoshlar' o'qishga yuborilgan edi. Ularning o'qishi va ta'lim 
olishiga shaxsan F.Xo'jayev alohida e'tibor berdi. Ammo
F.Xo jayev boshliq Buxoro hukumati o'z vaqtida bolsheviklar vaʻ
Sho'ro hukumatining Buxoro Respublikasi va xalqiga
ko'rsatayotgan «beg'araz yordamlari» mohiyatiga yetarli
darajada baho beraolmagan
va katta xatoliklarga yo'l qo'ygan. Jumladan, 1922-yil iyulda
Rossiya hukumatining Buxoroga to'qimachilik va qog'oz
fabrikalari, ko'n va sovun pishirish zavodlari uchun uskunalarni
Zarayskdagi «Krasniy Vostok» fabrikasidan bepul
yuborilganligini qayd etish mumkin?. Rossiya nega bekordan
bekorga shuncha asbob-uskunalarni Buxoroga tekinga beradi?
Bundan tashqari o'zaro kelishuv orqali (1921-yil 17-noyabr va
1922 yil 15-yanvar) Rossiyaning Buxoroga bergan 50 milliard
so'm qarzi ham bekorga berilmagan edi. Ana shu yo'llar bilan
Sho'ro Rossiyasi o'lkaning boyliklarini bosqichma-bosqich
o'zlashtirishni amalga oshira bordi. Masalan, Buxorodan
Rossiyaga yetkazib beriladigan paxta miqdori 1924-yildayoq
1923-yilga nisbatan ikki barobar ortdi va 885 ming pudga
yetdi.1 Buxorodan Rossiyaga tashib olib ketilgan qorako'l
18 miqdori 1921-yilga nisbatan 1924-yilga kelib o'n barobar ortdi
va 1 million donani tashkil etdi. Bolsheviklar va Sho'rolarga
haddan tashqari ishongan va e'tiqod qo'ygan Buxoro
Respublikasi hukumati O'rta Osiyo xalqlariga yot va
ma'naviyatimizdan yiroq g'oya va qarashlarni ham xalqimiz
hayotiga olib kira boshladi. «Xalqlar dohiysi» V.I.Leninning
vafoti munosabati bilan Butun Buxoro MIQ Hay'atining 1924-
yil 27-yanvarda Parsa-Xo ja raisligida o'tgan majlisida Rahmatʻ
Rafiq ma'ruzasi asosida «xalqlar dohiysi» V.I.Lenin nomini
abadiylashtirish» to'g'risidagi qarori bunga yorqin misol bo'la
oladi. 2Qarorga asosan:
1.Buxoro shahridagi «Istiqlol» maydonini Lenin nomi bilan
atash va u yerda Leninga haykal o'rnatish;
2. Chorjo'y shahrining nomini o'zgartirib, uni «Leninsk» deb
atash;
3. 1-piyoda Polkiga Lenin nomini berish;
4. Sho'ro va partiya maktablarini Lenin nomi bilan atash;
1 O ' sha   manba , 328- bet .. 2 История Бухары с древнейших времен до наших дней. - 225- betlar .
2"O'zbekiston SSR tarixi. 3-jild. -T.: Fan, 1971, 329-bet.
5. Yosh pionerlar tashkilotini Lenin nomiga qo yish;	
ʻ
6. Hatto aravakash va meshkoblar Ittifoqini ham Lenin nomi 
bilan yuritish 1kerakligi ko'rsatildi. Sho'ro Rossiya mus 
19 tamlakachiligi va shovinistik rejalarini amalga oshirishda Sho'ro 
larning V butun Buxoro qurultoyi navbatdagi bosqich bo ldi. ʻ
1924 yil 18-20-sentabrda o'z ishini olib borgan Qurultoyda 
Buxoro xalq sho'ro respublikasining 4-yillik yakunlari 
muhokama qilindi. 19-sentabrdagi majlisda buxoro xalq sho'ro 
respublikasini bundan so'ng «Sotsialistik Respublika» deb 
atashga qaror berildi. Albatta bu qaror o'lkaning mavjud 
kundalik ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy shart-sharoitlarini hisobga
olmasdan sun'iy ravishda Rossiyada hukm surayotgan siyosiy 
tuzum bilan uyg'unlashtirishdan iborat ekspansionistik maqsadni
ko'zda tutar edi. Amalda esa Buxoro respublikasining ijtimoiy-
siyosiy hayotida uni «Sotsialistik Respublika» deb ataydigan 
darajada katta o'zgarish bo'lmagan edi. Buxoro xalqi sho'ro 
rossiyasi mustamlakachiligi va bosqinchiligiga qarshi kurashni 
hali to'xtatmasdan shiddat bilan davom ettirmoqda edi. Sho'rolar
va kompartiya markaziy qo'mitasi o'zining bosqinchilik va 
shovinistik maqsadlaridan kelib chiqqan holda Buxoro res 
publikasida obyektiv nuqtayi-nazardan ehtiyoj va zarurat 
bo'lmasa da salkam 4 yilda butun Buxoro sho'rolarining 5 ta 
qurultoyini chaqirdi.2 Ularda ko'rilgan, muhokama qilingan 
masalalar va qabul qilingan qarorlar asosan bitta maqsadga 
Buxoro respublikasini tezroq rossiya mustamlakasiga 
aylantirishdan iborat bosh maqsadga xizmat qilishga qaratildi. 
20 Shu boisdan ham V butun Buxoro sho'rolarining qurultoyi 
Buxoro Respublikasining «sotsialistik» taraqqiyot yo'liga o'tishi 
O'rta Osiyo respublikalarida milliy davlat chegaralanishi 
o'tkazilishi bilan bir vaqtga to'g'ri kelib qoldi», qabilida xulosa 
chiqardi. Aslida esa milliy-davlat chegaralanishini o'tkazish 
masalasi bolsheviklar dohiysi V.I.Leninning pirovard bosh 
maqsadining asl o'zagini tashkil etuvchi tub muddao edi. 1924-
yil 18-noyabrda bo'lib o'tgan Buxoro sho'ro sotsialistik 
respublikasi markaziy ijroiya qo'mitasining 5-chaqiriq 2-
sessiyasi O'zbekistonb sho'ro sotsialistik respublikasi Vaqtli 
Inqilobiy Qo'mitasini tashkil etish to'g'risida qaror qabul qildi. 
3Unda Buxoro respublikasi 5-sho'ro qurultoyining O'rta Osiyo 
sho'ro respublikalarida milliy-davlati.
1O'zR MDA, R-48 s-fond, 2 s-ro'yxat, 12 s-ish, 179-varaq
 Istoriya Buxari s drevneyshix vremen do nashix dney. -T.: 21976, 214-bet. 3 O'zRMDA, 1616-fond, 
1-ro'yxat, 137-ish, 63-64 varaqlar;
2-ro'yxat, 11-ish, 24-varaq 3.O'zbekiston SSR tarixi. 3-jild. -T.: Fan, 1971, 328-bet.
chegaralanishini o'tkazish va milliy davlat tashkil etish 
to'g'risidagi qarorini bevosita hayotga tadbiq etish lozimligi 
qayd etildi. Ushbu vazifani bevosita amalga oshirish ishlari bilan
shug'ullanish uchun Buxoro MIQning 2-sessiyasi 5-Qurultoy 
qarorlari asosida Xorazm va Turkiston Respublikalari MIQ 
roziligi bilan O'zbekiston sho'ro sotsialistik respublikasi 
21 muvaqqat inqilobiy qo'mitasi tarkibini tasdiqladi. Uning 
tarkibiga: Fayzulla Xo'jayev (Rais) va a'zolar etib: Islomov, 
Porsa-Xo ja, Rahimboyev, Sulton Qoriyev, Rizayev, Goldberg, ʻ
Ivanov, Xidiraliyev, Manjara, Saidjonov. Po'latov, Lukyanov va 
G'oziyev kirgan edi. Xullas, Rossiya sho'rolar hukumati O'rta 
Osiyo respublikalarini Rossiyaning mustamlaka o'lkasiga 
aylantirishdan iborat bosh maqsad sari ishonchli qadamlar 
tashlab bordi. Bu muammoni hal qilish yo'lidagi bosh va asosiy 
to'siq o'lkadagi istiqlolchi kuchlar qarshiligini uzil kesil bostirish
lozim edi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, Buxoro Xalq respublikasining
demokratik islohotlar tomon bosib o‘tgan yo‘li o‘sha davr
uchun ham, bugungi kun nuqtai nazaridan olib qaralganda
ham, mashaqqatli va ulug‘ yo‘l bo‘ldi. Buxoro
respublikasi atigi 4-5 yil ichida dunyoviy islohotlar joriy
qilinayotgan demokratik davlatga aylana boshladi.
Afsuski, bu jarayonlar mustabid sovet tuzumi tomonidan
sun’iy ravishda to‘xtatib qo‘yildi va nisbatan mustaqil
bo‘lgan bu davlatlarning mavjudligiga ham barham
berildi.
22 Buxoro va Xorazm respublikalarining tugatilishi bilan
kamida uch ming yillik tarixga ega bo‘lgan o‘zbek
xalqining milliy davlatchilik xalqasi deyarli uzib
tashlandi. O‘zbekiston SSR tuzilsa ham (1925 yil fevral)
oradan ko‘p o‘tmay u SSSR tarkibiga kiritildi. O‘zSSR
amalda hech qanday mustaqil siyosiy huquqlarga ega
bo‘lmay, balki yangi shakldagi mustabid sovet rejimining
bir qismi bo‘lganligi uchun ham mustaqil davlat
vazifasini o‘tay olmadi.
1920-yiIning 23-sentabrida Buxoro Sovetlarining
Quruitoyi uning birinchi Konstitutsiyasini qabul
qildi.Konstitutsiya RSFSRning 1918-yildagi
Konstitutsiyasiga asoslandi. Konstitutsiyada
Umumbuxoro xalq deputatiari syezdi oliy hokimiyat
organi hisoblanib, 2 ming kishidan bir deputat miqdorida
saylangan. Uning sessiyalari doimiy organ bo'lgan. Butun
Buxoro Xalq Sovet Respublikasining hukumati Xalq
Noziiiari Soveli ustidan nazorat organi hisoblanib, uning
muhim qarorlarini tasdiqlagan. 1920-yilning 14-
sentabrida Birinchi Xalq Nozirlar Kengashi 9 ta a'zo (xalq
komissarlari) tarkibida tuzilgan bo'lib, u Umumbuxoro
23 Ijroiya Komiteti tomonidan rais, uning ikki o'rinbosari
hamda xalq nozirlari: adliya, ichki ishlar, harbiy ishlar,
maorif, sog'liqni saqlash, mehnat va ijtimoiy ta'minot,
savdo va sanoat, soliq, qishloq xo'jaligi hamda davlat
nazorati xalq nozirlari tarkibida tuzilgan.
(Konstitutsiyaning 31, 38-,39-moddalari). Keyinchalik
qishloq xo'jaligi, moliya va iqtisod xalq nozirliklarini
birlashtirib Xalq Xo'jaligi Oliy Kengashi tashkil qilindi.
Rais, uning o'rinbosari, uchta bo'lim: 1) Markaziy Moliya
boshqarmasi; 2) Markaziy yer-suv boshqarmasi; 3) Savdo
va sanoat boshqarmasi tarkibida tuzildi. Ushbu tashkilot
Xalq Nozirlar Kengashi, Buxoro Iqtisodiy Kengashi
nomlari bilan qayta nomlangan. BXSR viloyat, tuman,
kent Sovetlari va ularning ijroiya komitetlari tashkil
qilinib, mahalliy boshqaruvni amalga oshirgan.
Buxorodagi yangi tuzum va uning ijobiy chora-
tadbirlarini aholi ma’qullab kutib oldi. Biroq yangi
hokimiyat tomonidan mulkdorlar tabaqasiga nisbatan
ko‘rilgan qattiq choralar, ularga tegishli butun mol-
mulkning musodara qilinishi, saroy a’yonlari va amir
amaldorlarining yoppasiga hibsga olinishi va otib
24 tashlanishi amir xazinasining Moskvaga olib ketilishi,
majburiy oziq-ovqat razvyorstkasi va uning qattiqqo‘llik
bilan amalga oshirilishi, islom dini va ulamolariga
nisbatan dushmanlik siyosati, respublika hududida turgan
qizil armiya ta’minotining aholi zimmasiga yuklatilishi,
buning ustiga, qizil askarlarning bosqinchilik va
talonchilik faoliyati haqqoniy ravishda xalqning kuchli
noroziligiga sabab bo‘ldi. Respublikadagi ijtimoiy-siyosiy
munosabatlar ham keskinlashdi. Buxoroda amir
hokimiyati ag‘darib tashlangan dastlabki xaftalardayoq
mamlakatning g‘arbiy, markaziy va sharqiy qismlarida
qizil armiyaning bosqinchilik siyosati va bolsheviklar
zulmiga qarshi
boshlangan qurolchilik harakati avj olib ketdi.
25 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI
1.Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. – T., «Sharq», 1998.
2.Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. T., “Ma’naviyat”, 2008.
3.Karimov I.A. Tarixiy xotira va inson omili – buyuk kelajagimiz garovidir. – Toshkent., 2012.
4.Axmedov B. O‘zbekiston tarixi manbalari. T., «O‘qituvchi», 2001.
5.Ahmedov B.A. Tarixdan saboqlar. T., "O‘qituvchi", 1994.
6.Alimova D.A. va boshqalar. O`zbekiston tarixi (1917-1991 yillar) T., «Sharq», 2000.
7. Alimova D.A., Golovanov A.A. O`zbekiston mustabid sovet tuzumi davrida : siyosiy va mafkuraviy tazyiq oqibatlari. 
T., «O`zbekiston», 2000.
8. Axunova M.A., Lunin B.V. Istoriya istoricheskoy nauki v Uzbekistane. Kratkiy ocherk. Tashkent, 1970 54
9. Aminova R.X. Osuhestvlenie kollektivizatsii v Uzbekistane (1929-1932 gg.) T., «Fan», 1977
10.Bartold V.V. Istoriya kulturniy jizni Turkestana. T.2, M., 1963.
11.Bartold. V.V. K istorii orosheniya Turkestana / Soch. v 9 tomax. – M.:Nauka, 1965. T. III. –C. 95-231.
12.Bobobekov H.N. Qo‘qon tarixi. T.: “Fan”. 1996.
13.G‘ulomov X.G‘. O‘rta Osiyo va Rossiya. T., 2007.
14.Muhammadjonov A.R. O‘zbekiston tarixi. -T., "G‘.G‘ulom", 2004.
15.Muhammadjonov A.R., Ne’matov T.N. Buxoro va Xivaning Rossiya bilan munosabatlari. -T., 1957.
16. Tillaboyev S. Turkiston o‘lkasining boshqaruv tizimida mahalliy aholi vakillarining ishtiroki (Farg‘ona viloyati 
misolida). – Toshkent: Fan, 2008. 
18.Eshov B. O‘zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2012. 
19. Shamsutdinov R., Karimov Sh., Ubaydullaev U. Vatan tarixi. (XVI-XX asr boshlari). Ikkinchi kitob. – Toshkent: 
Sharq, 2010. 
26 20. O‘zbekistonning yangi tarixi. Turkiston Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida. Birinchi kitob. – Toshkent: 
Sharq, 2000. 
Internet saytlari
1.arxiv.uz
2.fayillar.org.uz
3.referat.uz.
Wikipidia.turkiston maorif.uz
1 Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. – T., «Sharq», 1998. 145-b
2 Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimix bilan quramiz. –T.; O‘zbekiston.. 2017. 206-b
27

Buxoro Xalq Sovet Respublikasining tashkil qilinishi REJA: I. KIRISH II. ASOSIY QISM: 1. Buxoro Xalq Sovet Respublikasining tashkil qilinishi va dastlabki faoliyati 2.Sovetlar tazyiqining kuchayib borishi va BXSRning tugatilish III. XULOSA IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI 1

I.Kirish Mustaqillika erishganimizdan so ’ ng barcha sohalar qatori ilm - fan madaniyat , san ’ at va tariximiz ham o ’ zining asl qiyofasini tikladi . Ko ’ p asrlik tariximiz o ’ zining mazmun - mohiyatini haqqoniy aks eta boshladi . Milliy madaniyatimiz ajralmas qismi hisoblangan urf – odat an ’ analarimiz va buyuk ajdodlarimiz nomi oqlandi . O ’ zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I . A . Karimov ta ’ kidlaganidek “ O ’ tmishi buyuk xalqni yengib bo ’ lmas ekan , demak biz xalqimizni haqqoniy tariximiz bilan qurollantirishimiz kerak ” degan fikri ahamiyatlidir .1 O ’ zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh . Mirziyoyev tomonidan 2017- yil 17- fevral kuni qabul qilingan “ Harakatlar Strategiyasi ” to ’ g ’ risidagi maxsus farmonning to ’ rtinchi ustuvor yo ’ nalishida ham aynan ilm - fan , madaniyatni rivojlantirishga oid maxsus boblar ajratilgan . Prezdentimiz Sh.Mirziyoyev aytganlaridek “ Xalq tarixi unitilmaydi u urfodat, an’analarda xalqning kundalik turmushida saqlanib qoladi” shunday ekan xalqimizning haqqoniy tarixini yoritish muhimdir. 2 O’zbekiston davlatchiligi tarixida XX asr o’zining g’oyatda ziddiyatli davrligi va kutilmagan voqealari, fojialari bilan alohida ajralib turadi. Ayniqsa, Sovetlar davri voqealari bu davrning eng ziddiyatli va murakkab hodisalaridan hisoblanadi. 1917-yil fevral inqilobi va undan keyin yuz bergan voqealar jahon tarixida ham shu davrgacha also kuzatilmagan ulkan voqealiklardan biri bo’ldi. Insoniyat tarixida dastlab bolsheviklar so’ngra ularning vorislari tomonidan butun boshli davlatlar va xalqlar ustidan shu davrgacha kuzatilmagan ulkan miqyosda ijtimoiy tajribalar o’tkazildi. Shu sababli bu davr voqealarini xolis nuqtayi nazar bilan batafsil tahlil qilib chiqish nihoyatda dolzarb vazifaga aylandi. Biroq Sovet davlati g’oyatda ulkanligi, jahonning ko’plab mamlakatlari va xalqlari tarixida chuqur iz qoldirganligi tufayli uni ushbu kichik tadqiqotimizga to’laqonli yoritib bera olmasligimiz aniq. Shu sababli Sovetlar davrining kichik bir bo’lagi bo’lgan 1917- 2

1924-yillardagi tarixiy jarayonlarni Buxoro amirligi va Buxoro Xalq Sovet Respublikasi misolida ko’rib chiqdik. Shu o’rinda Rossiya imperiyasing O’rta Osiyoda yuritgan mustamlakachilik siyosati ham alohida masaladir XIX asr oxirlariga kelganda Rossiya Yevropadagi eng yirik davlatlardan biri bo‘lib qoldi. Sho'rolar o'zlarining qora niyatli maqsadlarini amalga oshirishda har doim «baynalmilal burch» deb atalmish g'oya pardasiga yashirindilar-Buning uchun ular o'zlarini mahalliy xalqni amir, beklar, boy va feodal zulmidan ozod bo'lishda «yordam» beruvchilar qilib ko'rsatib, amalda «harbiy inqilobiy» harakatni kuchaytirdilar. Ular rus podshosi istibdodi bilan uyg'unlashgan mustabid amir zulmi, mutaassiblik, xurofot, xilma-xil soliqlarning ko'pligidan azoblanayotgan xalqni erkin va farovon turmushga olib chiqish, Vatanni iqtisodiy va madaniy taraqqiy ettirish yo'lida bosh qotirdilar va demokratik islohotlar o'tkazish, mamlakatda adolatli hayotni yo'lga qo'yishda xon hokimiyatiga muxolifatda bo'ldilar. Bu muxolifat taraqqiyparvarlar, asosan, amirlikdagi yirik ulamo va amaldorlardan iborat bo'ldi. II.Asosiy qism 3

1.Buxoro Xalq Sovet Respublikasining tashkil qilinishi va dastlabki faoliyati 1920-yil 14-sentabrda V.V.Kuybishev ishtiroki va tashki lotchiligida Buxoro Kompartiya Markaziy Qo'mitasi, Butun Buxoro Inqilobiy Qo'mitasi va Xalq Nozirlari Sho'rosining qo'shma majlisi bo ldi. Bu majlisda V.V.Kuybishev Buxoroʻ Xalq Sho'ro Respublikasi hukumatining boshlig'iga o'zining ishonch yorlig'ini topshirdi. U Sho'ro hukumati va Rossiya Kompartiya MQsi nomidan bayonot berdi. Bayonot so nggida V.V.Kuybishev bunday degan edi: «Men RKP(b) ʻ Markaziy Qo'mitasi va Kominternning vakili sifatida o'zimga berilgan vakolatdan butun ishni umumiy kommunistik. harakat ruhida va shu manfaatlar yo lida olib ʻ borishga qaratish uchun foydalanaman»!. 14 sentabrda bo'lgan qo'shma majlisda hokimiyatning Oliy organi Umum Buxoro Inqilobiy qo'mitasi uzil-kesil shakllandi. Unga BKPning Abdulqodir Muhiddinov boshliq 9 a'zosi kirdi. Shuningdek asosan Buxoro Kompartiyasining a'zolari bo lgan 11 xalq noziridan iborat hukumat - Xalq Nozirlari Sho'rosi tuzildi. ʻ Buxoro hukumatiga rais etib F.Xo'jayev (1896-1937) saylandi.1 F.Xo'jayev 1896-yilda Buxoroda yirik savdogar oilasida tavallud topgan, taniqli davlat va siyosat arbobi, xalq baxti-saodati uchun tolmas kurashchi. 1938 yilda Sho'ro tuzumi qatag'onining qurboni. 1913-yildan jadid harakatining faol qatnashchisi, 1916-yildan «Yosh buxoroliklar» partiyasining tashkilotchisi, 1917 yildan bu partiya Markaziy Qo'mitasining a'zosi. 1920-yildan “Yosh buxoroliklar” V.V.Kuybishev Buxoroda Sho'rolar va Kompartiyaning g'oyaviy ta'sirini kuchaytirish maqsadida katta tashkilotchilik ishi olib boradi. Turkiston komissiyasi va Turkiston Kompartiyasi MQsi shaxsan uning taklifi bilan Turkiston Sho'ro va partiya tashkilotlarida ishlab “tajriba orttirgan Yusuf Aliyevni Buxoroga ishlashga yubordi. U bu yerda “aksil inqilob” bilan kurashuvchi Favqulodda komissiyaga 4

1MLIMFA, 122-fond, 1-ro'yxat, 20-ish, 333-varaq. boshliq etib tayinlandi. Butun Rossiya Markaziy Ijroiya Qo'mitasining «Qizil Sharq» deb ataluvchi maxsus tayyorlangan tashviqot poezdi ham Sho'rolarning mustamlakachilik siyosatining «ijobiy» va «tarixiy ahamiyati»ni mahalliy aholi o'rtasida keng tarqatdi. 1920-yil 6-oktabrda amirning yozgi saroyi Sitorai Moxi Xossada nomigagina «xalq vakillari»ning birinchi Butun Buxoro qurultoyi chaqirildi. Unda 1950 delegat ishtirok etdi. Qurultoy zo'ravonlik va harbiy to'ntarish yo'li bilan o'rnatilgan Buxoro Xalq Sho'rolar Respublikasi (BXShR)ni va uning tarkibini tasdiqladi. Qurultoy mazkur hukumatga ikkinchi Butun Buxoro qurultoyi chaqirilguncha va unda respublika Konstitutsiyasi qabul qilinguncha o'z vazifasini bajarish vakolatini beradi. Qurultoyda Buxoro Xalq Sho'ro Respublikasi tashkil topganligi e'lon qilindi. Nomigagina tashviqot va targ'ibot nuqtai-nazaridan «Buxoro Xalq Respublikasi» deb atalgan mazkur davlat apparati aslida tom ma'nodagi sho'ro davlati andozalari asosida tashkil etilgan edi va amirlik hududida sho'ro mustamlakachiligi tartib-qoidalarini o'rnatishga xizmat qilardi. Chunki rasmiy jihatdan «Buxoro Xalq Respublikasi» deb atalgani bilan bu davlatning o'z milliy armiyasi yo'q edi. Buxoro shahri va respublikaning boshqa yirik shaharlarida joylashtirilgan qizil askar qismlari batamom Markaziy qo'mondonlikka bo'ysunar, Buxoro Respublikasi rahbariyatining buyruqlariga quloq solmas edi. Bundan tashqari Respublikaning ko pgina korxona vaʻ idoralarida ish olib boruvchilarning aksariyati ovrupo millatlariga mansub mutaxassislar edilar. Birgina misol: Buxoro Xalq Sho'ro partiyasi Turkiston markaziy byurosining raisi. Buxoro amiriga qarshi amalga oshirilgan qo zg olon ʻ ʻ yetakchilaridan biri. U 1920-1924-yillarda Buxoro Xalq Sho'ro Respublikasi Nozirlar kengashi raisi, bir vaqtning o'zida Tashqi ishlar komissari, harbiy komissar, Turkiston fronti Inqilobiy Harbiy Kengashi raisi va Buxoro Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasi a'zosi. 1922-yildan RKP (b) Markaziy Qo'mitasi 5