DIQQAT KONSENTRATSIYASINI EKSPERIMENTAL O’RGANISH O’RGANISH BO’YICHA TADQIQOTLAR


DIQQAT KONSENTRATSIYASINI EKSPERIMENTAL O’RGANISH O’RGANISH BO’YICHA TADQIQOTLAR MUNDARIJA: KIRISH:……………………………………………………………..….3 I.BOB. DIQQA T HA QIDA TUSHUN CHA… … … … … … … … … … … … … … .… 4 1.1. DIQQAT HAQIDA TUSHUNCHA……………………………9 1.2. DIQQATNING NERV-FIZIOLOGIK ASOSLARI…………..9 II.BOB DIQQAT JARAYONLARINI EKSPERIMENTAL O’RGANISH………………………………………………...……....…14 2.1. DIQQATNI O’RGANISH BO’YICHA AMALIY TADQIQOTLAR…………………………………………………........14 2.2. DIQQAT KONSENTRATSIYASINI O’RGANISH METODLARI……………………………………………………..…....19 XULOSA………………………………………………………..……….32 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………….…33 1
KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Diqqat deb ongimizni bir nuqtaga to’plab, ma’lum narsa va hodisalarga faol yo’naltirilishiga aytiladi. Diqqat sezish jarayonida, idrok qilishda, xotira, hayol va tafakkur jarayonlarida har doim ishtirok etadi. Demak, diqqat barcha aks ettirish jarayonlarimizning doimiy yo’ldoshidir. Diqqat inson faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning va ularni samaradorligini ta’minlovchi muhim shartlardan biridir. Kishi faoliyati qanchalik murakkab, serzahmat, davomiylik jihatdan uzoq muddatli, mas’uliyat hissini taqozo qilsa, u diqqatga shunchalik yuksak shartlar va talablar qo’yadi. Psixologiya fanida diqqatga har xil ta’rif beriladi, uni yoritishda psixologlar turli nazariyaga asoslanib yondashadilar. Diqqat deb ongni bir nuqtaga to’plab, muayyan bir ob’yektga aktiv (faol) qaratilishi aytiladi (P.I.Ivanov). P.I.Ivanovning fikricha, biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, o’zimiz qilgan ishimiz, o’y va fikrlarimiz diqqatning ob’yekti bo’la oladi. Ushbu kurs ishida biz “Diqqat haqida tushuncha” mavzusini tadqiq etar ekanmiz avvalo buning metadologik asosini tuzishimiz zarur. Kurs ishining obyekti : Diqqat va uning xususiyatlarini o’rganish uchun shaxs. Kurs ishining predmeti : Diqqatning ko’lami barqarorligi, hajmini o’lchashdagi ilmiy-tadqiqot metodlari. Kurs ishining maqsadi: Diqqatning konsentratsiyasini o’rganish va tadqiqotlarni tadbiq qilish Kurs ishining vazifasi : Talabalarga diqqat konsentratsiyasi haqida umumiy tushuncha berish va diqqatni rivojlantiruvchi metodlar bilan tanishtirish. 2
Kurs ishining ilmiyligi va ahamiyati: Diqqatning xarakterli xusususiyatlarini tadqiq qilish, diqqatning buzilish jarayonlarini tahlil qilish I BOB DIQQA T HA QIDA UMUMIY TUSHUN CHA DIQQAT HAQIDA TUSHUNCHA Odamga har bir daqiqada atrof-muhitdan juda ko‘p narsa va hodisalar ta’sir etib turadi. Lekin odamga ta’sir etayotgan bu narsa va hodisalarning hammasi bir xil aniqlikda aks ettirilmaydi. Ulardan ayrimlari aniq yakkol aks ettirilsa, boshqa birlari shunchaki juda xira aks ettiriladi, yoki umuman aks ettirilmaydi. Bu esa ana shu odamga ta’sir etayotgan narsalarga diqqatning qay darajada karatishiga bog’likdir. Demak, diqqatimiz qaratilgan narsa va hodisalar aniq va to‘la aks ettiriladi. Ongning biror-bir predmet, hodisa yoki faoliyatiga qaratilishi hamda to‘planishi diqqat deyiladi. Agar inson diqqat-e’tiborini o‘zi idrok etayotgan narsaga yoki bajarayotgan ishiga qarata olmas ekan, unda hech bir psixik jarayon maqsadga yo‘naltirilgan va unumli bo‘la olmaydi. Ba’zan biron-bir predmetga qarab tursak ham uni ko‘rmasligimiz mumkin yoki u narsa ko‘zimizga g‘ira-shira ko‘rinib qolishi mumkin. O‘z fikrlari bilan band odam yaqin atrofdagilar gaplarini mutlaqo eshitmaydi. Agar diqqatimiz biror-bir narsaga qaratilgan bo‘lsa, biz og‘riqni sezmasligimiz mumkin. Agar shu narsaga, predmetga butun diqqat-e’tibor bilan qaralsa, shu predmetning miridan-sirigacha bilib olishimiz mumkin. Diqqat subyektning atrof-muhitda muvaffaqiyatli ish ko‘rishiga imkon yaratadi va tashqi olamning inson psixikasida to‘laroq hamda ravshanroq aks etishini ta’minlaydi. Bironbir predmetga diqqat-e’tibor bilan munosabatda bo‘linganda, bu predmet ongimizning markazidan o‘rin egallaydi, boshqa barcha narsalar esa shu chog‘da kuchsiz, noaniq idrok qilinadi. Bunda diqqatimizning yo‘nalishi o‘zgarib turishi mumkin. Masalan: kitob o‘qiyotgan shaxsga xona bo‘ylab radiodan taralayotgan kuy e’tiborsiz bo‘lishi mumkin. Lekin radiodagi futbol sharhi uning diqqatini tortishi mumkin. Diqqat odatda mimikada, tashqi qiyofada, xatti-harakatda 3
ifodalanadi. Ammo, ba’zi paytda o‘quvchi diqqat bilan o‘qituvchi so‘zlarini tinglayotganga o‘xshaydi, lekin uning fikri-xayoli sinfda yuz berayotgan voqea- hodisalardan ancha olislarda daydib yuradi.Diqqat shunday muhim bir psixik jarayonki, u odamning barcha faoliyatlarida ishtirok etadi. Eng sodda faoliyatda ham (masalan, ninaga ip o‘tkazishdan tortib), eng murakkab faoliyatni ham (o‘qish, yozish kabi) diqqatning ishtirokisiz bajarish mutlaqo mumkin emas. Shuning uchun diqqatning inson hayotidagi roli benihoya kattadir. Mashhur rus pedagoglaridan K.D.Ushinskiy diqqatning inson hayotidagi ahamiyati haqida gapirib, bunday degan edi: “ Diqqat ruhiy hayotimizning shunday yagona bir eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali o‘tib kiradi”. Haqiqatdan ham, diqqat eshigidan tashqarida qolgan narsa ongimizga borib yetmaydi. Diqqatning bilish jarayonidagi ahamiyatini alohida ta’kidlab o‘tish lozimdir. Diqqat sezish, idrok qilish, xotira, xayol va tafakkur jarayonlarida har vaqt ishtirok etadi. Demak, diqqat barcha aks ettirish jarayonining doimiy yo‘ldoshidir. Diqqat barcha psixik jarayonlarda ishtirok etsa ham, lekin diqqatning yolg‘iz o‘zi hech narsani aks ettira olmaydi. Odam biron narsaga zo‘r diqqat bilan kirishgan paytda uning tashqi qiyofasida, masalan, ko‘z qarashida, ish harakatlarida ayrim o‘zgarishlar yuzaga keladi. Diqqatning ana shu tashqi alomatlariga qarab odam ayni chog‘da diqqatini biror narsaga qaratayotganini yoki qaratmayot ganini aniqlash qiyin emas. Masalan, diqqatimiz biron narsaga jiddiy qaratilgan paytda barcha ortiqcha harakatlar to‘xtalib organizm qimirlamay qoladi va hatto nafas olishda ham o‘zgarish ro‘y beradi. Bunday holatda nafas olish ba’zan susayib, ba’zan chuqurlashib turadi. Shaxsning ayni chog’dagi psixik faoliyati, ya’ni ehtiyojlarining yig’indisi shu damda ustunlik qilayotgan motiv tomon qaratilgan bo`ladi. Odamga juda ko‘p tashqi qo‘zg’ovchilar ta’sir qilib turadi, odamda har xil turli, bir qancha ehtiyojlarga mos keladigan tashqi qo‘zg’alish shaxs uchun har xil ahamiyatga ega bo`lgan mayllar bilan tashqi qo‘zg’atuvchilarning o‘zaro munosabati psixik 4