FUQAROLARNING O’ZINI O’ZI BOSHQARISH ORGANLARI


![I .Kirish
Fuqarolik jamiyati tizimida mahalla va o’zini o’zi
boshqarish organlarining o’rni
Fuqarolik jamiyati institutlari tizimida o’zini o’zi boshqarish organlari
(mahalla)ning o’rni byeqiyosdir. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidyek,
“...o’zini o’zi boshqarish organlari - bizning kyelajagimiz. Fuqarolik
jamiyatini qurmoqchi ekanmiz, uning asoslarini tashkil etuvchi poydyevor
mana shu organlar bo’ladi. Biz bugun ana shu asoslarni qurishni
boshladik”[1].Ko’pchilik mamlakatlardan farqli o’laroq, mahalla instituti
yurtimizda ming yillar davomida sinalgan va chuqur ildiz otgan, aholini
birlashtirib turadigan ijtimoiy hodisa sifatida rivojlanib kyelmoqda.
Ayniqsa, uning hozirgi bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida xalqimizning
urf-odatlari, an’analari va qadriyatlarini saqlab qolish, ularni jipslashtirish
kafolati sifatida maydonga chiqayotganligini yaqqol ko’rib turibmiz.
O`zbekistonda fuqarolar o’zini o’zi boshqaruvini amalga oshirishda mahalla
o’rnak bo’ladi. Mahalla o’zbyeklarning tarixan shakllangan jamiyat
taraqqiyotini yuksaltirish uchun yagona maqsad bilan yashab, faoliyat
ko’rsatish makoniga aylangan. U o’zbyek xalqining turmush tarzi, ruhiyati,
ijtimoiy hayotining o’ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi, milliy
an’analarini, urf-odatlarini, axloqiy-ma’naviy qadriyatlarini avloddan-
avlodga yetkazuvchi muqaddas maskan bo’lib kyelgan. Mahalla
insonlarning millati, yoshi, jinsi, dini, irqi, tili, e’tiqodi, ijtimoiy kyelib
chiqishi, shaxsiy va ijtimoiy mavqyeidan qat’i nazar ularni ezgulik yo’lida
jipslashtiruvchi va birlashtiruvchi katta va muqaddas oila hisoblanadi.
Mahalla sharqona an’analar, urf-odatlar va marosimlarni jamoada amalga
oshirib, avloddan-avlodga yetkazib kyelmoqda. Mahalla faollari an’anaviy,
oilaviy to’ylar, bayramlar, motam marosimlarini o’tkazish bilan bog’liq
tashkiliy ishlarni amalga oshirishda bosh-qosh bo’lishadi. Ularni
3](/data/documents/14ed883d-1b31-46c0-9764-317ed047a7ff/page_3.png)

![Bugungi kundagi zamonaviy tadqiqotlarda munisipal tuzilmaning aholisi –
“hududiy ommaviy jamoa”, “hududiy jamoa”, “mahalliy hamjamiyat”
tushunchalari bilan byelgilanadi. V.Ye. CHirkinning ta’rificha, hududiy
ommaviy jamoa – aholini hududiy mansublik byelgisi bo’yicha tashkil
etishning maxsus shakli va odamlarning fuqaroligi va yoshidan qat’i nazar
maxsus uyushmasidir. Hududiy ommaviy jamoa sifatida u davlatni tashkil
etgan jamiyatlar, ularning ichida tuzilishi mumkin bo’lgan va tashkil
etilayotgan boshqa hududiy ommaviy jamoalar: fyedyerasiya sub’yektlari,
siyosiy avtonomiyalar, munisipal tuzilmalarning aholisi (xalqi)ni
ajratadi[2].
Hududiy jamoa a’zolarining o’zaro aloqalari murakkab kommunikasiyalar
tizimidan iborat. Nikolas Lumanning fikricha, kommunikasiya butunlay
ongga bog’liq bo’lib, ya’ni kommunikasiyaning o’zi emas, balki ongning
axborotni qabul qilish funksiyasini bajaradi[3]. Ushbu holat o’zini o’zi
boshqarishda alohida insonning ishtiroki, uning huquqiy ongi va
madaniyatini oshirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratishni taqozo
qiladi. O`zbekiston Respublikasida “Jamiyatda aholining huquqiy
madaniyatini yuksaltirish Milliy dasturi”ning qabul qilingani mazkur
masalani hal qilishning tashkiliy-huquqiy asoslarini byelgilab byerdi. Faol
shaxslargina o’z manfaatlarini anglab, ularni byevosita o’zlari yoki turli
guruhlarga, xususan hududiy jamoalarga uyushgan holda amalga
oshiradilar.
Fuqarolarning uyushganlik darajasi, o’zaro aloqalarining yaqinligi, hududiy
jamoalarning turli ko’lamda tashkil etilishiga qarab farqlanishi tabiiy holdir.
Aynan ushbu holat turli ko’lamdagi hududiy jamoalarning faolligiga salbiy
ta’sir ko’rsatadi. Eng quyi qishloq, shaharcha, mahalla jamoalari a’zolari
aloqalarining yaqinligi, ularning boshqaruvdagi byevosita ishtiroki tufayli,
hududiy hamjamiyatlarni shakllantiradi. Aynan shunday hamjamiyatlar
manfaat guruhlarini tashkil etib, hudududiy o’zin o’zi boshqaruvchi
sub’yekt hisoblanadi. Bundan har bir hududiy jamoa, uning ko’lamidan
5](/data/documents/14ed883d-1b31-46c0-9764-317ed047a7ff/page_5.png)

![faoliyatida jamoatchilik asosida fuqarolar yig’inining obro’li va hurmatga
sazovor a’zolari o’rtasidan saylangan maslahatchilar faoliyat yuritadi, ular
faoliyatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha saylangan komissiyalarga
rahbarlik qiladi. Ularning soni 100 ming kishiga yaqin.
O`zbekistonda o’zini o’zi boshqarish organlarini qo’lab quvvatlashda
Respublika “Mahalla” xayriya jamoat fondining roli katta. Respublika
“Mahalla” xayriya jamoat fondi 1992 yilda tashkil etilgan bo’lib, fuqarolar
o’zini o’zi boshqarish organlarini mustahkamlashda, ularning
qonunchilikda byelgilangan huquq va vakolatlarini samarali tatbiq etishda,
jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi o’rnini yuksaltirishga
ko’maklashadigan yetakchi jamoat tashkiloti hisoblanadi. Ushbu jamoat
fondi fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini
muvofiqlashtirish bo’yicha Respublika kyengashi ishchi organi maqomiga
ega. O’z navbatida “Mahalla” xayriya jamoat fondining hududiy
bo’linmalari maqomiga ko’ra fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari
faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha hududiy kyengashlar ishchi organlari
hisoblanadi.
II Asosiy qism
1) Mahalliy hokimiyat va fuqarolar o’zini o’zi
boshqarish organlarining o’zaro munosabatlari
Fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining mustaqilligi ularning
mahalliy hokimiyat organlari bilan munosabatlarida aks etadi. O`zbekiston
Respublikasining “Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari
to’g’risida”gi Qonunining[4]3-moddasiga muvofiq fuqarolarning o’zini o’zi
boshqarishi fuqarolarning mahalliy ahamiyatga molik masalalarni o’z
manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdyek milliy
va ma’naviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kyelib
7](/data/documents/14ed883d-1b31-46c0-9764-317ed047a7ff/page_7.png)
![chiqqan holda hal qilish borasidagi O`zbekiston Respublikasining
Konstitusiyasi va qonunlari bilan kafolatlanadigan mustaqil faoliyatidir.
Mazkur Qonun 8-moddasining ikkinchi qismida esa fuqarolarning o’zini
o’zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi va
qonun bilan byerilgan o’z vakolatlarini tyegishli hudud doirasida amalga
oshirishi mustahkamlangan.
“Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonunning [5]4-moddasida
mahalliy davlat hokimiyati va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish
organlarining o’zaro munosabatlari byelgilangan. Mazkur moddaga
muvofiq xalq dyeputatlari viloyat, tuman, shahar Kyengashi va viloyat,
tuman, shahar hokimi tyegishli hududda o’zini o’zi boshqarishni
rivojlantirishga ko’maklashishlari, o’zini o’zi boshqarish organlarining
faoliyatini yo’naltirib turishlari byelgilangan. Ushbu Qonunning 1-
moddasida esa Xalq dyeputatlari Kyengashi va hokim davlat hokimiyati va
boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari
o’rtasidagi aloqalarni, aholini viloyat, tuman va shaharni boshqarishga jalb
etishni ta’minlashi byelgilangan.
Mahalliy davlat hokimiyati va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish
organlari turli masalalar yuzasidan o’zaro munosabatlarga kirishadilar.
Ushbu munosabatlar fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarini qo’llab-
quvvatlash, mahalliy boshqaruvdagi ishtirokini ta’minlash, shuningdyek
mahalliy hokimiyat organlarini o’zini o’zi boshqarishni yo’naltirishdan
iboratligi ayon bo’ldi.
“Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida”gi Qonunning 7-
moddasiga muvofiq davlat organlari fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish
organlari faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur sharoit yaratadi, qonun
hujjatlari bilan byerilgan vakolatlarni amalga oshirishda ularga
ko’maklashadi. Ushbu moddaga binoan davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlari, xususan hukumat va parlamyent boshqa davlat hokimiyati va
boshqaruvi organlarining fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlari
faoliyatiga aralashmasligini ta’minlaydilar. Bunday faoliyat qonunlar va
8](/data/documents/14ed883d-1b31-46c0-9764-317ed047a7ff/page_8.png)
![boshqa qonun hujjatlarida, dasturlarda tyegishli mye’yorlarni hamda
choralarni byelgilash, ularning ijrosini ta’minlashdan iborat
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining o’zini o’zi boshqarishni
rivojlantirishga ko’maklashishini tashkil etish barcha davlatlarda dolzarb
masalardan biri hisoblanadi. Masalan, Italiya Respublikasi Konstitusiyaning
5-moddasida mahalliy avtonomiyani tan olishi va uning rivojlanishiga
ko’maklashishi konstitusiyaviy tuzum tamoyili sifatida byelgilangan2.
O`zbekistonda o’zini o’zi boshqarishni o’rganish ko’plab muammolarning
mavjudligi, ularni hal qilish borasida myetodik ko’rsatmalar, mahalla
raislari (oqsaqollari), ularning maslahatchilari va faollari malakalarini
oshirish va boshqa masalalarda ko’maklashishga muhtojligi ayon bo’ladi.
Ushbu va boshqa masalalarni hal qilishda mahalliy hokimiyat organlari
tomonidan ko’maklashishning shakl va uslublarini takomillashtirish ehtiyoji
namoyon bo’lmoqda.
2013 yilning oktyabrida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining
«Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini
oshirish bo’yicha o’quv kursini tashkil etish to’g’risida»gi qarori amaliy
choralardan biri bo’ldi. Ushbu qarorga muvofiq har bir hududda tashkil
qilingan fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini
oshirish bo’yicha o’quv kurslari o’zini o’zi boshqarishni rivojlantirish, bu
borada mavjud muammolarni hal etishga katta ko’mak bo’ldi. 2014 yil
mobaynida ushbu o’quv kurslarida, jami o’zini o’zi boshqarish organlari
xodimlarining 35% ni tashkil etuvchi 13 ming 983 nafar xodimlar malaka
oshirib, o’quv kurslarining syertifikatlarini qo’lga kiritishdi.
O`zbekistonda ham demokratik davlatlar kabi fuqarolar yig’inlarining
ijtimoiy-siyosiy funksiyalari e’tiborga olinib, ularning davlat va mahalliy
boshqaruvdagi ishtiroki, bu borada mahalliy hokimiyat organlarining
vazifalari alohida e’tirof etiladi[6]. Masalan, “Mahalliy davlat hokimiyati
to’g’risida”gi Qonunning 1-moddasida xalq dyeputatlari Kengashi va
hokim O`zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari
bilan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari o’rtasidagi aloqalarni,
9](/data/documents/14ed883d-1b31-46c0-9764-317ed047a7ff/page_9.png)
![aholini viloyat, tuman va shaharni boshqarishga jalb etishni ta’minlashi
byelgilangan.
“Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida”gi Qonunning
11-moddasida esa yilning har choragida Qoraqalpog’iston Respublikasi,
viloyatlar, Toshkyent shahar, tumanlar va shaharlar ijro etuvchi hokimiyat
organlari rahbarlarining fuqarolar yig’inlari faoliyati sohasiga kiruvchi
masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitishi mustahkamlangan.
SHu bilan birga O’zbyekison Respublikasi SHaharsozlik kodeksining 10-
moddasida fuqarolar, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari va
jamoat birlashmalarining shaharsozlik faoliyati sohasidagi qarorlarning
muhokamasi va qabul qilinishidagi ishtiroki tartibga solingan[7]. Mazkur
moddaga ko’ra fuqarolar, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari va
jamoat birlashmalari yashash va faoliyat ko’rsatish muhitining holati,
taxmin qilinayotgan o’zgarishlari, aholi punktlarining bosh ryejalari, uy-
joy-fuqarolik ob’yektlarining qurilishi, ryekonstruksiyasi, hududlarning
obodonlashtirilishi, muhandislik va transport kommunikasiyalarining
o’tkazilishi to’g’risida o’z vaqtida va ishonchli, to’liq axborot olish hamda
shaharsozlik faoliyati haqidagi o’zga axborotni olish huquqiga ega.
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tomonidan tyegishli
prokurorlar axborotini tinglash ham ularning mahalliy boshqaruvda amaliy
ishtirokini ta’minlaydi. O`zbekiston Respublikasi 2001 yil 29 avgustda
yangi tahrirda qabul qilingan „Prokuratura to’g’risida”gi Qonuni[8] 5-
moddasining byeshinchi qismiga asosan viloyatlar, Toshkyent shahar,
tumanlar va shaharlar prokurorlari va ularga tyenglashtirilgan prokurorlar
xalq dyeputatlari tyegishli Kyengashlariga, zarurat bo’lgan hollarda esa
fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga qonuniylikning hamda
jinoyatchilikka qarshi kurashning holati to’g’risida har yili axborot
byeradilar. Bu norma prokuratura organlarining vazirliklar,
davlatqo’mitalari, idoralar, fuqarolarningo’zinio’ziboshqarishorganlari,
10](/data/documents/14ed883d-1b31-46c0-9764-317ed047a7ff/page_10.png)

![takomillashtirish zarurati tug’ildi. Natijada 1999 yil 14 aprel kuni
"Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida"gi qonun yangi
tahrirda qabul qilindi. Unda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish huquqi
byevosita mustahkamlab qo’yildi, mahalla faoliyatining asosiy tamoyillari,
uning faoliyatini qo’llab-quvvatlashga davlat kafolati byelgilab byerildi,
fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari vakolatlari kyengaytirildi.
2004 yil 29 apryel kuni «Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) va uning
maslahatchilari saylovi to’g’risida"gi qonun mahalla faoliyatini
demokratlashtirish yo’lidagi ulkan qadam bo’ldi. Ushbu qonunda,
birinchidan, fuqarolar yig’ini organlariga saylovning demokratik tamoyillari
byelgilab byerildi va mahalla organlariga saylov tizimi barpo etildi,
ikkinchidan, saylov jarayonining barcha bosqichlari batafsil tartibga solindi,
uchinchidan, qonun darajasida mustahkam huquqiy kafolat yaratildi.
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari O`zbekiston
Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ilgari
surilgan “Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari konsyepsiyasi”ni
hayotga tatbiq etishda eng muhim tashkiliy-institusional bo’g’inga aylandi.
Olib borilgan tadqiqotlar shundan dalolat byeradiki, 2003 yilning o’zidayoq
fuqarolarning umumiy hisobda 65,1%i o’z oilasi yoki o’zlarining
muammolarini hal etish borasida fuqarolar yig’inlariga murojaat qilib
turgan[9]. Bu ko’rsatkich bugun yanada mustahkamlanmoqda. Bir so’z
bilan aytganda mahalla aholiningishonchini to’la oqlamoqda.
O’tgan davr mobaynida fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari
tarkibida bir qator tuzilmaviy o’zgartishlar kiritildi. O`zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2004 yil 25 maydagi “O`zbekiston Xotin-qizlar
qo’mitasi faoliyatini qo’llab-quvvatlash borasidagi qo’shimcha chora-
tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni asosida 2004 yilning 1 iyulidan boshlab
fuqarolar yig’inining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari
12](/data/documents/14ed883d-1b31-46c0-9764-317ed047a7ff/page_12.png)
![bo’yicha maslahatchisi lavozimi joriy etilgan. O`zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 19 apryeldagi qarori asosida fuqarolar
yig’inlarida “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmalari faoliyatining yo’lga
qo’yilgan edi.
2017 yildagi Prezident SH.Mirziyoyevning farmoni asosida Respublika
kyengashida tashkiliy ishlar va uslubiy masalalar bo’yicha rais o’rinbosari,
shuningdyek Respublika kyengashi hamda hududiy kyengashlarda yoshlar
ishlari, diniy-ma’rifiy masalalar, kyeksalar va faxriylar ishlari bo’yicha rais
o’rinbosarlari lavozimlarini joriy etish, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish
organlarida jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan fuqarolar yig’ini
raisining o’rinbosari – yoshlar masalalari bo’yicha maslahatchi lavozimini
kiritish taklif eildi.
Bugungi kunda aholining kundalik hayoti, atrof-muhit bilan bog’liq bo’lgan
ko’pgina yo’nalishlar fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari orqali
hal etilmoqda. Ular aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini qo’llab-
quvvatlash, tyegishli hududda qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan
jamoatchilik nazoratini o’rnatish, to’ylar va boshqa marosimlar o’tkazish
bo’yicha tavsiyalar byeradi, atrof-muhitni muhofaza etadi, obodonlashtirish
va ko’kalamzorlashtirish tadbirlarini o’tkazadi, tadbirkorlik faoliyati
sub’yektlarini tashkil etadi, qayta tashkil etadi va tugatadi, ijtimoiy
infratuzilmani rivojlantiradi, guzarlar barpo etadi, kommunal to’lovlarni
to’lanishiga ko’maklashadi, kam ta’minlangan yoshlarning nikoh tuzishida
va to’y tadbirlarini o’tkazishida moddiy yordam ko’rsatadi, oilaviy
tadbirkorlik sub’yektlarini bankdan kryedit olishiga kafil bo’ladi va h.k[10].
Darhaqiqat, olib borilgan islohotlar natijasida fuqarolarning o’zini o’zi
boshqarish organlari faoliyat qamrovi kyengaydi. Buni fuqarolarning o’zini
o’zi boshqarish organlarida fuqarolar yig’ini faoliyatining asosiy
yo’nalishlari bo’yicha komissiyalar misolidan ham ko’rish mumkin. 2013
13](/data/documents/14ed883d-1b31-46c0-9764-317ed047a7ff/page_13.png)
![yilda yangi tahrirda qabul qilingan “Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish
organlari to’g’risida”gi qonunga ko’ra fuqarolar yig’inlaridagi asosiy
yo’nalishlar bo’yicha komissiyalar ro’yxati quyidagilardir:
- yarashtirish komissiyasi;
- ma’rifat va ma’naviyat masalalari bo’yicha komissiya;
- ijtimoiy qo’llab-quvvatlash bo’yicha komissiya;
- xotin-qizlar bilan ishlash bo’yicha komissiya;
- voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo’yicha komissiya;
- tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznyesni rivojlantirish masalari bo’yicha
komissiya;
- ekologiya va tabiatni muhofaza qilish, obodonlashtirish va
ko’kalamzorlashtirish bo’yicha komissiya;
- jamoatchilik nazorati va istye’molchilarning huquqlarini himoya qilish
bo’yicha komissiya.
Tyegishli hududdagi muammolarning dolzarbligiga qarab, fuqarolar yig’ini
tomonidan fuqarolar yig’ini faoliyatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha
boshqa komissiyalari ham tuzilishi mumkin[11].
Xususan, milliy davlatchiligimiz tarixida ilk bor shaharcha, qishloq, ovul va
mahalla fuqarolar yig’inlari o’zini o’zi boshqarishning hududiy birliklari
sifatida O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 105-moddasida
mustahkamlab qo’yildi. YUzdan ortiq normativ-huquqiy hujjatlarda
fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining jamiyat hayotining muayyan
sohasidagi ishtiroki o’z aksini topdi.
Birgina so’nggi byesh yilda yangi tahrirdagi “Fuqarolarning o’zini o’zi
boshqarish organlari to’g’risida”gi hamda “Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli)
va uning maslahatchilari saylovi to’g’risida”gi O`zbekiston
Respublikasining qonunlari, mahallalar hamda ulardagi jamoatchilik
tuzilmalari faoliyatiga oid 20 ga yaqin nizom qabul qilinib, ijtimoiy hayotga
tatbiq etildi. SHuningdyek, tizimda faoliyat ko’rsatayotgan xodimlarning
14](/data/documents/14ed883d-1b31-46c0-9764-317ed047a7ff/page_14.png)



![umum e’tirof etilgan qadriyatlar uyg’unligini ta’minlashga zarur nazariy
asos bo’lgan.
Davlat va jamiyat qurilishi sohasida erkinlashtirish, fuqarolik jamiyatini
shakllantirish yuzasidan dasturlar turkumi alohida bandda ma’qullandi[12].
Bular: “Jamiyat hayotining barcha tomonlarini isloh qilishning ishlab turgan
qonunchilik-mye’yoriy bazasini takomillashtirish va yangilarini
shakllantirish dasturi”, “Davlat organlarining funksiyalarini fuqarolarning
o’zini o’zi boshqarish organlariga va hukumatga qarashli bo’lmagan jamoat
tashkilotlariga bosqichma-bosqich byerish konsyepsiyasi”, "Kuchli
davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari" konsyepsiyasini amalga oshirish
chora-tadbirlari, “Sud-huquq sohasini isloh qilishni chuqurlashtirish”,
“Erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish”
dasturlaridir.
Byelgilangan dasturlarning barchasi O`zbekistonda davlat va jamiyat
qurilishini erkinlashtirish uchun qulay zamin yaratadi. Lyekin
libyeralizmning g’arbcha talqini tarafdorlari ushbu dasturlarda xususiy
mulkdorlar manfaatlarini himoya qilish to’g’risida hyech qanday tadbirlar
byelgilanmaganligini aytishlari mumkin. Xususiy mulkchilik O`zbekistonda
ham demokratik huquqiy davlatning asosiy omili sifatida e’tirof etilib, uni
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari alohida iqtisodiy sohadagi islohotlar
dasturlarida byelgilangan. SHuning uchun ham ko’pchilik o’zbyek
olimlarining erkinlashtirishga oid fikrlarida xususiy mulkchilikni
rivojlantirish g’oyalariga alohida e’tibor byerilmaydi.
Davlat va jamiyat qurilishi sohasida erkinlashtirish, fuqarolik jamiyatini
shakllantirish yuzasidan dasturlar turkumi alohida bandda ma’qullandi[13].
Bular: “Jamiyat hayotining barcha tomonlarini isloh qilishning ishlab turgan
qonunchilik-mye’yoriy bazasini takomillashtirish va yangilarini
shakllantirish dasturi”, “Davlat organlarining funksiyalarini fuqarolarning
o’zini o’zi boshqarish organlariga va hukumatga qarashli bo’lmagan jamoat
tashkilotlariga bosqichma-bosqich byerish konsyepsiyasi”, "Kuchli
davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari" konsyepsiyasini amalga oshirish
chora-tadbirlari, “Sud-huquq sohasini isloh qilishni chuqurlashtirish”,
18](/data/documents/14ed883d-1b31-46c0-9764-317ed047a7ff/page_18.png)
![“Erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish”
dasturlaridir.
Byelgilangan dasturlarning barchasi O`zbekistonda davlat va jamiyat
qurilishini erkinlashtirish uchun qulay zamin yaratadi. Lyekin
libyeralizmning g’arbcha talqini tarafdorlari ushbu dasturlarda xususiy
mulkdorlar manfaatlarini himoya qilish to’g’risida hyech qanday tadbirlar
byelgilanmaganligini aytishlari mumkin. Xususiy mulkchilik O`zbekistonda
ham demokratik huquqiy davlatning asosiy omili sifatida e’tirof etilib, uni
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari alohida iqtisodiy sohadagi islohotlar
dasturlarida byelgilangan. SHuning uchun ham ko’pchilik o’zbyek
olimlarining erkinlashtirishga oid fikrlarida xususiy mulkchilikni
rivojlantirish g’oyalariga alohida e’tibor byerilmaydi.
IV Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
[1]Каримов И.А. Ватан равнақи учун ҳар биримиз масъулдирмиз. Т. 9.
Т.: “Ўзбѐкистон”. Б. 317-318.
[2]Чиркин В.Е. Публичная власть. – М.: Юристъ, 2005. С. 28.
[3]Луман Н. Общ
ѐство как социальная сист ѐма. П ѐр. с н ѐм./
А.Антоновский. М.: Издат
ѐльство «Логос», 2004. С. 110.
[4]Ўзб
ѐкистон Р ѐспубликаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2013 й., 17-
сон, 219-модда.
[5]Ўзб
ѐкистон Р ѐспубликасининг 1993 йил 2 с ѐнтябрда қабул
қилинган "Маҳаллий давлат ҳокимияти тўғрисида"ги 913-Х II -сонли
Қонуни // Ўзб
ѐкистон Р ѐспубликаси Олий К ѐнгашининг
19](/data/documents/14ed883d-1b31-46c0-9764-317ed047a7ff/page_19.png)
![Ахборотномаси, 1993 йил, N 9, 320-модда; Ўзбѐкистон Р ѐспубликаси
Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 1997 йил, № 9, 241-модда.
2Конституция Итальянской Р
ѐспублики // http :// www . italia -
ru . it / node /4657
[6] Қаранг: Маликова Г.Р., Исмоилова Г.С. “Фуқароларнинг ўзини ўзи
бошқариш органлари тўғрисида”ги Ўзб
ѐкистон Р ѐспубликаси
Қонунига шарҳ. – Т.: Ўзб
ѐкистон, 2009. Б. 27.
[7]Ўзб
ѐкистон Р ѐспубликасининг 2002 йил 4 апр ѐлда қабул қилинган
қонуни билан тасдиқланган Ўзб
ѐкистон Р ѐспубликасининг
Шаҳарсозлик код
ѐкси // Ўзб ѐкистон Р ѐспубликаси Олий Мажлисининг
Ахборотномаси, 2002 йил, N 4-5, 63-модда.
[8]Ўзб
ѐкистон Р ѐспубликасининг 1992 йил 9 д ѐкабрда қабул қилинган
"Прокуратура тўғрисида"ги Қонунининг 2001 йил 29 августда қабул
қилинган Ўзб
ѐкистон Р ѐспубликаси қонуни билан тасдиқланган
таҳрири // Ўзб
ѐкистон Р ѐспубликаси Олий Мажлисининг
Ахборотномаси, 2001 йил, N 9-10, 168-модда.
[9] Отамирза
ѐв О. Маҳалла жамоатчилик фикри кўзгусида // Маҳалла,
2003, 15 октябрь.
[10] “Фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари тўғрисида”ги
Ўзб
ѐкистон Р ѐспубликаси қонуни // Ўзб ѐкистон қонун ҳужжатлари
тўплами. 2013, 17 (569)-сон. –Б. 9-10.
[11] “Фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари тўғрисида”ги
Ўзб
ѐкистон Р ѐспубликаси қонуни // Ўзб ѐкистон қонун ҳужжатлари
тўплами. 2013, 17 (569)-сон. –Б. 17.
[12]Вазирлар Маҳкамасининг1999 йил 10 июндаги 296-сон қарорига 1-
илова.
[13]Вазирлар Маҳкамасининг1999 йил 10 июндаги 296-сон қарорига 1-
илова.
20](/data/documents/14ed883d-1b31-46c0-9764-317ed047a7ff/page_20.png)

Mavzu: FUQAROLARNING O’ZINI O’ZI BOSHQARISH ORGANLARI Reja: I .Kirish: Fuqarolik jamiyati tizimida mahalla va o’zini o’zi boshqarish organlarining o’rni. II .Asosiy qism: 1) Mahalliy hokimiyat va fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining o’zaro munosabatlari. 2) Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etish. 3) Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarishini rivojlanishining konsyeptual asoslari III . Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Tayanch so’zlar: o’zini o’zi boshqarish, fuqarolar yig’ini, mahalla, mahalliy hokimiyat, hokim, deputat, xalq deputatlari mahalliy kengashlari, nomarkazlashtirish. 1
2
I .Kirish Fuqarolik jamiyati tizimida mahalla va o’zini o’zi boshqarish organlarining o’rni Fuqarolik jamiyati institutlari tizimida o’zini o’zi boshqarish organlari (mahalla)ning o’rni byeqiyosdir. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidyek, “...o’zini o’zi boshqarish organlari - bizning kyelajagimiz. Fuqarolik jamiyatini qurmoqchi ekanmiz, uning asoslarini tashkil etuvchi poydyevor mana shu organlar bo’ladi. Biz bugun ana shu asoslarni qurishni boshladik”[1].Ko’pchilik mamlakatlardan farqli o’laroq, mahalla instituti yurtimizda ming yillar davomida sinalgan va chuqur ildiz otgan, aholini birlashtirib turadigan ijtimoiy hodisa sifatida rivojlanib kyelmoqda. Ayniqsa, uning hozirgi bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida xalqimizning urf-odatlari, an’analari va qadriyatlarini saqlab qolish, ularni jipslashtirish kafolati sifatida maydonga chiqayotganligini yaqqol ko’rib turibmiz. O`zbekistonda fuqarolar o’zini o’zi boshqaruvini amalga oshirishda mahalla o’rnak bo’ladi. Mahalla o’zbyeklarning tarixan shakllangan jamiyat taraqqiyotini yuksaltirish uchun yagona maqsad bilan yashab, faoliyat ko’rsatish makoniga aylangan. U o’zbyek xalqining turmush tarzi, ruhiyati, ijtimoiy hayotining o’ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi, milliy an’analarini, urf-odatlarini, axloqiy-ma’naviy qadriyatlarini avloddan- avlodga yetkazuvchi muqaddas maskan bo’lib kyelgan. Mahalla insonlarning millati, yoshi, jinsi, dini, irqi, tili, e’tiqodi, ijtimoiy kyelib chiqishi, shaxsiy va ijtimoiy mavqyeidan qat’i nazar ularni ezgulik yo’lida jipslashtiruvchi va birlashtiruvchi katta va muqaddas oila hisoblanadi. Mahalla sharqona an’analar, urf-odatlar va marosimlarni jamoada amalga oshirib, avloddan-avlodga yetkazib kyelmoqda. Mahalla faollari an’anaviy, oilaviy to’ylar, bayramlar, motam marosimlarini o’tkazish bilan bog’liq tashkiliy ishlarni amalga oshirishda bosh-qosh bo’lishadi. Ularni 3
dabdabasiz, isrofgarchiliksiz, ortiqcha xarajatlarsiz, ixcham qilib o’tkazish, mahalla oqsoqoli va maxsus mutasaddi komissiyalarga bog’liq. Mahallada o’tayottan har bir tantana yoki marosim uchun mahalla ahlining kattayu kichigi birday mas’uldir. Bunday tadbirlarda kattayu kichikka, boyu kambag’alga, mansabdoru oddiy fuqaroga bir xil hurmat va ehtirom ko’rsatiladi. CHunki mahallaning barcha a’zosi yagona, tyeng huquqli va mustahkam bitta oila hisoblanadi. Mahallada kyelajak avlodimiz tarbiya topadi. Bu yerda o’sayotgan har bir yigit-qizning axloq-odobi uchun butun mahalla ahli mas’uldir. SHuning uchun ham “Bir bolaga yetti qo’shni ota-ona”, “Bir bola tarbiyasi uchun yetti mahalla ota-ona” kabi naqllar byejiz paydo bo’lmagan. YOshlarning har bir xatti-harakati barchaning diqqat-markazida bo’ladi. Mahalladoshlarning har bir yosh taqdiriga javobgarligi, ularni nazorat qilishi – barkamol insonni tarbiyalab yetishtirishning nyegizidir. Xulq- odobi yaxshi har tomonlama namunali farzand mahallaning obro’sidir, noqobil, axloqan nomaqbul farzand esa mahalla uchun qora dog’idir. Mahalladan yurtga taniqli insonlar yetishib chiqsa, butun mahalla ahli, ularning avlod-ajdodlari g’ururlanadilar. Mahalla tuzilmasi va funksiyasi vaziyatga qarab o’zgarib turgan, ammo u o’zini o’zi boshqarish tamoyilini saqlab qolgan, o’z hududida istiqomat qiluvchi kishilar o’rtasida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni muvofiqlashtirib turgan. Mustaqillik yillarida mahallalar jamiyatning moddiy-ma’naviy asoslarini yaratish tayanchiga aylanib, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-siyosiy masalalarni hal etib, fuqarolar yig’inida demokratiya tamoyillarini shakllantirish, inson omilini qadrlash makoni sifatida tiklandi. Mahalla, umuman, mahalliy o’zini o’zi boshqarish organalarining fuqarolik jamiyatidagi roli ularning muayyan hududdagi aholinini birlashtirishi, uni yagona jamoaga aylanishi va faoliyat ko’rsatishiga xizmat qilishidadir. 4
Bugungi kundagi zamonaviy tadqiqotlarda munisipal tuzilmaning aholisi – “hududiy ommaviy jamoa”, “hududiy jamoa”, “mahalliy hamjamiyat” tushunchalari bilan byelgilanadi. V.Ye. CHirkinning ta’rificha, hududiy ommaviy jamoa – aholini hududiy mansublik byelgisi bo’yicha tashkil etishning maxsus shakli va odamlarning fuqaroligi va yoshidan qat’i nazar maxsus uyushmasidir. Hududiy ommaviy jamoa sifatida u davlatni tashkil etgan jamiyatlar, ularning ichida tuzilishi mumkin bo’lgan va tashkil etilayotgan boshqa hududiy ommaviy jamoalar: fyedyerasiya sub’yektlari, siyosiy avtonomiyalar, munisipal tuzilmalarning aholisi (xalqi)ni ajratadi[2]. Hududiy jamoa a’zolarining o’zaro aloqalari murakkab kommunikasiyalar tizimidan iborat. Nikolas Lumanning fikricha, kommunikasiya butunlay ongga bog’liq bo’lib, ya’ni kommunikasiyaning o’zi emas, balki ongning axborotni qabul qilish funksiyasini bajaradi[3]. Ushbu holat o’zini o’zi boshqarishda alohida insonning ishtiroki, uning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratishni taqozo qiladi. O`zbekiston Respublikasida “Jamiyatda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish Milliy dasturi”ning qabul qilingani mazkur masalani hal qilishning tashkiliy-huquqiy asoslarini byelgilab byerdi. Faol shaxslargina o’z manfaatlarini anglab, ularni byevosita o’zlari yoki turli guruhlarga, xususan hududiy jamoalarga uyushgan holda amalga oshiradilar. Fuqarolarning uyushganlik darajasi, o’zaro aloqalarining yaqinligi, hududiy jamoalarning turli ko’lamda tashkil etilishiga qarab farqlanishi tabiiy holdir. Aynan ushbu holat turli ko’lamdagi hududiy jamoalarning faolligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Eng quyi qishloq, shaharcha, mahalla jamoalari a’zolari aloqalarining yaqinligi, ularning boshqaruvdagi byevosita ishtiroki tufayli, hududiy hamjamiyatlarni shakllantiradi. Aynan shunday hamjamiyatlar manfaat guruhlarini tashkil etib, hudududiy o’zin o’zi boshqaruvchi sub’yekt hisoblanadi. Bundan har bir hududiy jamoa, uning ko’lamidan 5