logo

Harakatlarga doir masalarni o'rganish

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

50.7568359375 KB
Harak at larga doir masalarni o'rganish
KIRISH  …………………………………………………………………
  1-BOB.   Boshlang’ich   sinflarda   masalalar   ustida   ishlash   metodikasining
nazariy va amaliy asoslari 
1.1.   Boshlang‘ich   sinflarda   masalalar   yechish   metodikasining   pedagogik-
psixologik asoslari……………………………………………………………… 
1.2. Masalalar bilan dastlabki tanishuv ..................................................... 
1.3. Boshlang’ich sinflarda o’rganiladigan masalalar turlari..................... 
1.4. Matnli masalarni yechish usullari........................................................
 II-BOB. 4-sinfda harakatga doir masalalar ustida ishlash metodikasi
 2.1. Harakatga doir masalalar va ularning turlari………………………. 
2.2. 4-sinfda harakatga doir masalalarni o’rganishga oid dars ishlanmasi
  2.3.4-sinfda   harakatga   doir   masalalar   tizimi…………………………….
Xulosalar…………………………………………………………………
 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………..
1 KIRISH
 Mavzuning dolzarbligi. 
O‘zbekiston   Respublikasida   yosh   avlodlarning   o‘quv   faoliyati   mazmuni,
maqsad   va   vazifasi,   vositalari,   metodlari,   tashkil   etish   shakllarini   va   ilmiy
pedagogik   asoslarga   tayangan   holda   takomillashtirishni   taqozo   etmoqda.   Buning
ahamiyatini DTS, o’quv dasturlari va o’quv-uslubiy adabiyotlarni takomillashtrish
bilan   birga,   ta’lim   jarayoniga   yangi   axborot   kommunikatsiya   va   pedagogik
texnologiyalarni,   elektron   darsliklar,   multimediya   vositalarini   keng   joriy   etish
orqali   mamlakatimiz   maktablarida   zamonaviy   turdagi   o’quv   va   laboratoriya
uskunalari,   kompyuter   texnikasi   bilan   mustahkamlash   samarali   tizimini   yanada
rivojlantirish   chora-tadbirlarini   amalga   oshirish   muhim   vazifalarimizdan   ekanligi
alohida   ta’kidlangan.   Boshlang‘ich   sinflarda   matematika   o‘qitish   metodikasini
takomillashtirishga   bag‘ishlangan   adabiyotlar   tahlili   psixologik-pedagogik
tadqiqotlarda   boshlang‘ich   sinflarda   matematika   o‘qitish   samaradorligini
oshirishning     birinchidan,   axborotlarni   boyitib   borish   orqali   ta‘lim   mazmunini
o‘zgartirish,   didaktik   elementlarni   kattalashtirib   o‘zlashtirish,   (B.P.Erdniyev,
P.M.Erdniyev),   har   bir   fanning   asosiy   g‘oyasini   ajratish   (I.D.Zverev,
V.N.Maksimova,   R.A.   Mavlonova,   A.Abduqodirov,   A.M.Markushevich)   nazariy
bilimlarning   rolini   oshirish   (V.V.   Davidov,   A.K.   Markova,   J.   Ikromov,   A.M.
Pishkalo,   L.Sh.Levenberg,   N.U.Bikbayeva,   E.Yangibayeva,   M.Axmedov)
yo‘nalishlarida   amalga   oshirilgan.   Boshlang‘ich   sinf   uchun   darslik   va   o‘quv
qo‘llanmalari   (K.Qosimova,   R.A.   Mavlonova,   L.Sh.   Levenberg),   o‘qituvchilar
2 uchun qo‘llanmalar (M.I. Mopo, A.M. Pishkalo, L.Sh.Levenberg, N.U.Bikbayeva)
va   o‘quvchilar   uchun   tajriba-sinov   qo‘llanmalari   (M.Ahmedov,   M.Jumayev,   N.
Abduraxmonova,   R.Ibragimov,   Yu.M.   Kolyagin,   P.M.   Erdniyev)   mualliflari
mashqlar   to‘plami   (o‘quv   materiallari)   orqali   boshlang‘ich   maktab
o‘quvchilarining bilish faoliyatini shakllantirish mumkinligiga to‘xtalib o‘tishgan.
Didaktika   va   ta‘lim   metodikasining   xususiy   masalalariga   bag‘ishlangan   ishlarda
(P.M.Erdniyev,   N.U.Bikbayeva,   L.Sh.   Levenberg,   R.A.   Mavlonova,   K.Qosimova
va boshqalar) bu muammo umumiy holatda ko‘zda tutiladi, biroq maxsus tadqiqot
predmeti sifatida ajratib olinmagan. Shuningdek, boshlang‘ich sinflarda masalalar
yechishni tashkil etish vositasi sifatida ta‘lim texnologiyasi, mustaqil ishlash, o‘yin
elementlaridan   foydalanish   masalalari   yetarli   darajada   o‘rganilmagan.
Boshlang‘ich   ta‘lim   nazariyasida   kichik   yoshdagi   o‘quvchilarning  mustaqil   bilish
faoliyatining   mohiyati   va   uni   tashkil   etish   uslubiyati   masalalar   yechish
texnologiyasining   ilmiy   asoslangani   bilan   birga   ―Boshlang‘ich   sinflarda
matematika   o‘qitish   metodikasini,   jumladan   masofa,   tezlik,   vaqt   orasidagi
bog`lanishlarni   amaliy   ravishda   ma‘lum   darajada   takomillashtirib   borish
maqsadida, kurs ishimizning mavzusini
  “Harakaga   doir   masalalarni   matematikadanboshlang’ich   sinflarda   o’rganish
metodikas” deb nomladik. 
Kurs  ishining tadqiqot obyekti.  
Boshlang‘ich   sinflar   matematika   darslarida   harakatga   doir   masalalar   ustida
ishlashni tashkil etilishi jarayoni. Kurs   ishining   predmetini   Boshlang‘ich sinflar
3 matematika   darslarida   masofa,   tezlik   va   vaqt   bilan   bog`liq   matnli   masalalar
yechishni o`rganish tizimi tashkil etadi.
  Kurs ishining tadqiqot maqsadi. 
Boshlang‘ich   sinflarda   masalalar   yechishni   tashkil   etishda   harakatga   doir
masalalarni   yechish   bo`yicha   o‘quvchilar   bilimini   mustahkamlaydigan
bilimlarning nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
  Kurs  ishining tadqiqot farazi.  
Boshlang‘ich   sinflarda   masalalar   yechishni   tashkil   etishda   o‘quvchilarning
fikrlash qobiliyati mustahkamlanadi, agar;
  - amallar bajarishga doir tasavvur komponentlari alohida-alohida tuzilib, masofa,
tezlik va vaqt topishga doir masalalar yechishni o‘rgatish jarayonida ularning uzviy
aloqalari ta‘minlansa;
  -   harakatga   doir   masalalar   yechishni   tashkil   etish   subyekti   sifatida   boshlang‘ich
sinf o‘quvchilarining tafakkuri rivojlanishi ta‘minlana borilsa;
  Kurs  ishining vazifalari:  
1.  Boshlang‘ich  sinflarda  masalalar   yechishni,  jumladan   harakatga   doir  masalalar
yechishni   tashkil   etishda   matematika   o‘qitish   metodikasini   o‘rganish   faoliyati
shakllanganligining mohiyati va bosqichlarini tashxis qilish;
  2.   Matematika   kursi   materialida   boshlang‘ich   sinflarda   masalalar   yechishni,
jumladan harakatga doir masalalar yechishni tashkil etish faoliyati mazmuni va uni
o‘tkazish jarayonining texnologik shart-sharoitlarini aniqlash.
4   3. 4-sinfda harakatga doir  matnli  masalalarni  yechish  bo`yicha pedagogik tajriba
o`tkazib, yosh boshlang`ich sinf o`qituvchilari uchun uslubiy tavsiyalar tayyorlash.
Kurs   ishining   nazariy   va   metodologik   asosi   sifatida   ta‘lim   sohasidagi   yetakchi
nazariyalar,   matematika   o‘qitish   metodikasi   faoliyati,   psixologik   va   pedagogik
qonuniyatlari   va   yondashuvlar,   umuminsoniy   qadriyatlarga   tayandik.   Ishning
metodologik   asosini   O‘zbekiston   Respublikasining   ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishida   ta‘limning   ustivor   yo‘nalish   ekanligi   haqidagi   g‘oyalar,   mazkur
muammoga   oid   yetuk   mutaxassis   olimlar   qarashlari,   sohani   isloh   qilishga
qaratilgan   me‘yoriy   hujjatlar,   istiqbolli   rejalar   tashkil   etadi.   Boshlang‘ich   sinflar
matematika   darslarida   matnli   masalalar,   jumladan   masofa,   tezlik   va   vaqt   bilan
bog`liq   masalalar   ustida   ishlash   tizimi   mavjud   holati   va   uni   o‘rganishning   ilmiy-
uslubiy hamda amaliy tahlili;
 - boshlang‘ich sinflarda o‘rganiladigan harakatga doir matnli masalalarning asosiy
mazmuni va uning o‘ziga xos xususiyatlari;
  -   4-sinfda   o`rganiladigan   harakatga   doir   matnli   masalalar   ustida   ishlashning
tashkiliy uslubiy tomonlari va vositalari;
  -boshlang‘ich   sinflarda   o‘quvchilarning   ijodiy   faoliyatlarini   yanada
takomillashtirish   va   samaradorligini   oshirishning   pedagogik   va   axborotli   shart-
sharoitlari; 
-boshlang‘ich   sinflar   o‘qituvchilari   uchun   matematika   darslarida   harakatga   doir
matnli   masalalar   ustida   ishlashga   ko‘mak   berishga   qaratilgan   uslubiy   tavsiyalar.
Kurs   ishining     ilmiy-uslubiy   yangiligi:   Boshlang‘ich   sinflar   matematika
5 darslarida matnli masalalar, jumladan harakatga doir masalalar ustida ishlash tizimi
mavjud   holati   aniqlandi,   hamda   nazariy   uslubiy   jihatdan   pedagogik   muammo
sifatida jiddiy tahlil qilindi. Harakatga doir matnli masalalarning asosiy  mazmuni
va ularning o‘ziga xos xususiyatlari, tashkiliy uslubiy tomonlari, o‘qitishni yanada
takomillashtirishga   qaratilgan   pedagogik   va   axborotli   shart   sharoitlar   aniqlandi.
Muammoga oid uslubiy ishlanmalar ishlab chiqildi.
 Kurs ishining  tuzilmasi va hajmi . 
 Kirish, ikki bob, umumiy xulosalar, adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
1-BOB. Boshlang’ich sinflarda masalalar ustida ishlash metodikasining
nazariy va amaliy asoslari.
1.1 Boshlang’ich sinflarda masalalar yechish metodikasining pedagogik-
psixologik asoslari
Raqamli sonlar va nol arifmetikasini o’rganish boshlang‘ich sinflar matematika
dasturiga   binoan   masqsad   sari   yo’naltirilgan   tizimga   asoslanadi,   ya‘ni   ularni
o‘zlashtirish   mazkur   kursning   asosiy   tushunchalarini   shakllantirish   bilan
bog’liq   bo’ladi.     Nazariy   masalalar   mashqlarni   yechish   davomida   amaliy
ahamiyat   kashf   etadi,   bu   bilan   mashqlar   nazariya   bilan   amaliyotni   o’zaro
bog’lovchi   halqa   vazifasini   bajaradi.     Mashqlardan   foydalanish   o’quvchilarda
dunyoqarashini   shakllantirishga   xizmat   qilib,   ularga   son,   arifmetik   amal,   kabi
abstrakt tushunchalar real hayotdan, amaliy faoliyatdan olinganligiga ishonchni
mustahkamlaydi.     Mashqlarni   yechish   jarayonida   o’quvchilar   tasavvurini
6 kengaytiruvchi   faktlar   bilan   tanishadilar.       Bu   bilan   ularning   farqlash   doirasi
kengayadi,   hamda   mashg’ulot   bilan   hayot,   (amaliyot)   o’rtasida   uzviy   aloqa
o’rnatiladi.  Mashqlarni yechish o’quvchilarning aqliy rivojlanishiga katta ta‘sir
ko’rsatib, ularda tahlil etish, taqqoslash, umumlashtirish va abstrakt farqlashga
ko’nikmalarni   shakllantiradi.   Mashqlarning   tarbiyaviy   ahamiyati   ham
byeqiyosdir.   Yuqorida   sanab   o’tilgan   vazifalarni   bajarar   ekan,   ayni   vaqtda,
mashqlarning   o’zlari   ham   bevosita   o’rganish   ob`yektiga,   shuningdek,   ularni
yechish   zaruriy   ko’nikmalarni   shakllantiruvchi   vositaga   aylanadi.   Mashqlarni
yecha olish qator o’zaro aloqador va uzviy bog’langan qator xususiy (alohida )
ko’nikmalarni o’z ichiga oladiki, ularni quyidagicha ta‘kidlab o’tish mumkin; 1.
Mashqni   o’qib   chiqib,   uni   tushunish,   ya‘ni   xar   bir   iboraning   ma‘nosiga   yetib,
unda tasvir etilgan xolatni ko’z o’ngida gavdalantira olish; 2. Mashqdagi  shart
va savol. Ma‘lum va noma‘lum narsalarni ajratib ola bilish; 3. Mashqdagi shart
va   savol,   berilgan   va   izlanayotgan   ma‘lumotlar   o’rtasidagi   aloqani   aniqlay
olish,   ya‘ni   mashq   matnini   taxlil   eta   bilish   va   uning   natijasi   o’laroq,   mashqni
yechish   uchun   arifmetik   amallarni   tanlab   olish;   4.   Mashqning   yechimi   va
javobini yoza olish. Bu ko’nikmalar muntazam va maqsadli amaliyot jarayonida
quyidagi bosqichlarda shakllanadi.
 1. Tayyorgarlik ishlari .
 2. Mashq matnini tushuntirish ishlari.
 3. Mashqni tahlil etish, uni yechish yo’lini izlash va yechish rejasini tuzish. 
4. Yechim va javobini yozish.
7      5. Mashq yechilgandan so’ng uning ustida ishlash.
  Mashg’ulotlarning   har   bir   bosqichida   o’qituvchi   masalaning   mazmuni,
o’quvchilarning   tayyorgarlik   darajasi,   mashg’ulotning   didaktik   va   tarbiyaviy
hamda   o’zga   qator   omillarni   nazarda   tutib,   yechishning   turli   xil   metodik
uslublaridan foydalanadi. Masalani yechish ko’nikmalarini shakllantirish bo’yicha
metodik uslublarga quyidagilarni kiritish mumkin. 
1. Masala bo’yicha o’quvchi bilan yuzma-yuz suhbat,
2. Masalani ko’rgazmali vositalar yordamida tushuntirish,
3. Masalalarni taqqoslash;
4. Masalani o’zgartirish, o’zgacha shaklga kiritish; 
5.   Masalalar   shartlarida   biror   ta‘limot   yetishmovchi   yoki   ortiqcha   holatidagi
matnini tahlil etish;
 6. Masalalarni o’quvchilar tomonidan tuzilishi;
 7. Masalani boshqa usul bilan yechish;
 8. Masalaning yechimini tekshirish;
  Masala   yechishga   tayyorgarlik   bosqichdayoq   ―masala   iborasini   ishlatgan
ma‘qul.   Tayyorgarlik   davridagi   ishdan   maqsad   –   bolalarga   real   hayotda   yuz
beradigan   holatlarni   matematik   simvollar   tiliga   o’tkazish   imkoniyatini
anglatishdan   iboratdir.   Bu   holatda   rasmlar   yordamida   masalalar   tuzilishining
zarurati   yo’q.   Yaxshisi   kichik   hikoya   shaklida   bayon   etilgan   holatni   bolalar
matematik belgilar bilan daftarga yozib olish imkoniyati bo’lsin. Hikoya uchun + =
yoki   –   =.   Sxematik   shakldagi   yozuvlar   ko’rsatkich   (yo’llanma)   bo’lib   xizmat
8 qilishi   mumkin.   Bu   shakllar   ichiga   bolalar   tegishli   sujetdagi   raqamlar   (sonlarni)
qo’yadilar   (yozadilar).   Masalan,   «ikki   tasvir   keltirilgan   (   -rasm)   –   mana   bu   rasm
bo’yicha men tuzgan hikoyaga diqqat qilinglar».
 1. ―Olchaning bir shoxida 3 dona olcha, boshqa shoxida esa 1 dona olcha bor edi,
har ikkala shoxdagi olchalar soni 4 ta ekan. Bu hikoyani yozib olish uchun qanday
shakldan foydalanish mumkin? (birinchisi 3 + 1 = 4).
  2. ―Olchaning shoxida 4 dona olcha bor. Shuning bittasini uzib olishdi, shoxida
endi 3 dona olcha qoldi. Bu hikoyani matematik belgilari bilan qay shaklda yozib
olish mumkin? (4 –1 = 3)
  3. ―Bir shoxda bir dona olcha bor edi. Ikkinchi shoxida esa undan 2 dona olcha
ko’p edi. Hisoblab  ko’ringchi, ikkinchi  shoxida  qancha olcha bor  ekan?  (1 + 2 =
3).
 4. ―Bir shoxda 3 ta olcha bor edi. Ikkinchisida esa undan 2 ta kamroq - ikkinchi
shoxda   qancha   olcha   bor   ekan?   (3–2=1).   Bolalar   asta-sekin   shunday   hikoyalar
tuzishga kirisha boshlaydilar. Sxematik shakl  ular uchun yo’llanma bo’lib xizmat
qiladi. 
Tayyorgarlik   bosqichida   quyidagi   topshiriqdan   (masaladan)   ham   foydalanish
mumkin:
  ―Qush   uyasida   6   ta   chumchuq   bor.   Ularga   yana   bir   gala   chumchuqlar   kelib
qo’shilgach, qushlarning soni 9 ta bo’ldi. Inga necha qush kelib qo’shildi?. Bolalar
mashg’ulot  davomida  namoyish  taxtasida  (nabornoye polotno)  6  ta qush  tasvirini
terib   qo’yadilar.   Keyin   ularning   soni   9   taga   yetgunga   qadar   qushlar   tasvirini
9 qo’shib   teradilar.   (Har   gal   bir   donadan   qushib   borishlari   ham   mumkin).   So’ng
uyaga   kelib   qo’shilgan   qushlar   sonini   ko’rsatadilar.   Ko’rgazmali   vositalar
yordamida vaziyatni bolalar tushunib olishlariga, keyinchalik esa, shu mazmundagi
masalalarni   yechishda   harakat   yo’lini   to’g’ri   tanlashlariga   omil   bo’ladi.   Bu
bosqichda   arifmetik   amallarni   tanlash   haqidagi   masalalarni   ko’tarish   ham
maqsadga   muvofiq   emas,   chunki,   yechim   qushlarni   bevosita   sanab   chiqish   yo’li
bilan   hal   etiladi.   O’quvchilar   shunday   vazifalarni   bajaradilar:   ―Stol   ustida   4
piyola bor. Stakanlar soni esa undan 2 ta ko’proq. Stolda qancha stakanlar borligini
ko’rsating! Bolalar namuna doskasiga 4 ta piyolani teradilar. Pastiga esa shunga va
yana   2   ta   stakanni   teradilar.   So’ngra   stolda   qancha   stakan   borligini   ko’rsatadilar.
Tayyorgarlik   bosqichida   ko’rgazmali   vositalardan   keng   foydalanish   bolalarning
hisoblash   ko’nikmalarini   mukammallashtirishga   xizmat   qiladi.   Masala   1.
O’quvchilarni   masala   tushunchasi   bilan   tanishtiruvga   tayyorlash   maqsadida
masalalar   darsligidagi   rasmlar   asosida   hikoya   tuzing.   Masala   2.   Bolalarni
masalalar tushunchasi bilan tanishtirish jarayonida namoyish etishga mo’ljallangan
ko’rgazmali   hamda   yakka   tartibdagi   didaktik   materiallardan   foydalangan   holda
amaliy misollar keltiring. 
1.2. Masalalar bilan dastlabki tanishuv
  Boshlang‘ich   sinflar   matematika   darslarining   dastlabki   kunlaridayoq
o‘quvchilarga   ―Masala   terminini   qo’llash   bilan   birga   uning   boshqa   xil
topshiriqlardan farqini bolalarga tushuntirib berish kerak. Bu ing uchun quyidagi 2
masalani taqqoslash mumkin.
10 1. Ikkita   ko’k   va   bitta   qizil   rangli   mashinalar   tasviri   tushirilgan   rasmdan
foydalaniladi. O’qituvchi so’raydi: ―Rasmda nimani ko’ryapsiz? (Ikkita ko’k
va bitta qizil mashina.) ―Rasmdagi mashinalar soni qancha? (3 ta.) O’qituvchi
misoldagi   barcha   ma‘lumotlar   aniq   ekanligini   ta‘kidlaydi.   (Hammasi   rasmda
ko’rinib   turibdi).   Shundan   so’ng   boshqa   masalani   ko’rib   chiqishni   tavsiya
etadi.      2. ―Karimda 2 ta, Po’latda esa 4 ta marka bor edi. Karim va Po’latda
jami   qancha   marka   bor?   O’qituvchi   dastlab   2   ta   markani   olib,   konvyertga
soladi,   keyin   4   ta   markani   olib,   shu   konvertga   soladi.   –   ―Bu   masalada   biz
uchun   nima   ma‘lum   va   nima   noma‘lum?   (Karimda   2   ta,   Po’latda   4   ta   marka
borligi   ma‘lum   edi.   Ammo,   ulardagi   jami   markalar   soni   noma‘lum).   –   Bu
savolga   javob   berish   uchun   arifmetik   amallarni   qo’llash   kerak,   ya‘ni   ma‘lum
markalar miqdorini qo’shish yoki ayirish kerak bo’ladi. Xo’sh, shu amallarning
qay   biridan   foydalanish   mumkin?   (Qo’shish).   –   Hozir   bajarmoqchi   bo’lgan
vazifa ham masala deb ataladi. Masalaning shartlari shunday: ―Karimda 2 ta,
Po’latda 4 ta marka bor edi. Savol: Karim va Po’latda jami qancha marka bor?
Mashg’ulot   so’nggida   o’qituvchi   masalada   nima   ma‘lum   va   nima   noma‘lum
ekanini   tushintiradi.   So’ng   yechimni   yozuv   shaklida   (2+   4   =   6   marka)   va
javobni (6 marka) ko’rsatadi. Shu mashg’ulotda qoldiqni topish bo’yicha ham
masalani o’tish mumkin.
2.   Masala.   ―Tupda   7   bosh   pomidor   o’sayotgan   edi.   Shundan   2   tasini   uzib
oldilar. Tupda qancha pomidor qoldi? Stolda pomidor (yoki boshqa o’simlik -
olma,   nok,   anor,   bodring)   modyeli   bo’ladi.   O’qituvchi   o’quvchini   yoniga
11 chaqirib,   7   ta   pomidorni   olib,   alohida   idishga   (konvertga)   joylashtirishni
so’raydi. – Tupda 7 ta pomidor borligini bilamiz.
 Yana nimani bilamiz? Shundan 2 tasi uzib olinganini bildik.
  –   Endi,   bolalar   nima   qilishi   kerak?   Konvertga   (idishga)   yana   2   ta   pomidor
qo’shib   qo’yishimiz   kerakmi   yoki   2   ta   pomidorni   ajratib   olishimiz   kerakmi?
(pomidorni   uzib   olishgan,   demak,   uning   soni   kamaygan.   Shuning   uchun
konvertdan   (idishdan)   2   ta   pomidorni   ajaratib   olishimiz   kerak   bo’ladi.)   –
Masalani qaysi amalni qo’llash bilan yechishimiz mumkin? (ayirish amali 7 –
2   =   5.   Bu   masalani   yechimi   barobar   5   ta   pomidor   qolgan.)   Ko’rgazmali
ashyolardan   foydalanish   jarayonida   predmet-larni   qayta-qayta   sanashga   yo’l
qo’ymaslik kerak. Shunda zaruriy arifmetik amalni tanlash zaruriyati tushunarli
bo’ladi.   Yana   mashg’ulot   davomida   vaziyatni   yaratish   kerakki,   arifmetik
amalni   tanlash   -   masala   shartlarini   tahlil   etish   bilan   fikrlashga   asoslanishi
lozim.   Qo’shish,   ayirish,   sonlarni   bir   necha   birlikka   ajratish   yoki   kamaytirish
bilan bog’liq masalalarni yechish jarayonida bolalarni masala shartlarini tahlil
etish,   ma‘lum   va   noma‘lumlarni   to’g’ri   aniqlash,   ular   o’rtasidagi   o’zaro
aloqalarni   bog’lash,   arifmetik   amal   tanlashni   asoslashga   o’rgatish   zarur.
Bolalar   masalani   yechish   uchun   kerakli   arifmetik   amalni   ongli   ravishda
tanlashga o’rganishlari uchun masalani quyidagi shakldagi matnini ham tavsiya
etish mumkin.
  ―Daraxtga 10 qush qo’ngan edi. Ulardan avval 2 qush, keyin yana 4 ta qush
uchib ketishdi. Daraxtdan qancha qush uchib ketdi?
12   Masalaning   tahlili   ko’rgazmali   vositalar   yordamida   olib   borilishi   tavsiya
etiladi. O’qituvchi masala shartlarini bo’lak-bo’lak qilib o’qib, matnni rasmlar
orqali   tushuntiradi.   ―Daraxtda   10   qush   qo’ngan   edi.   (Rasmlarni   ko’rsatdi).
Avval   2   ta   qush   uchib   ketdi.   (Rasmlardan   2   tasini   ayirib,   konvertga   soladi).
Keyin   yana   4   ta   qush   uchib   ketdi.   (Yana   4   ta   qush   rasmini   olib,   konvertga
soladi).   O’qituvchi   bolalarga   masala   shartini   chuqur   anglatib,   nima   ma‘lum,
nima   noma‘lumligini   aniqlashga   hamda   qaysi   amal   orqali   uni   yechish
(noma‘lumni   topish)   mumkinligini   tushintiradi.   So’ngra   bolalarning   diqqatini
masala   shartida   bo’lgan   10   soniga   qaratadi.   –   Biz   masalani   yechishda   bu
sondan   foydalandikmi?   (Yo’q,   u   ortiqcha   ekan.)   Bunday   vaziyat   bolalarni
masala shartlarini diqqat bilan tahlil etib, uni yechish zaruriy amalni tanlashga
majbur   etadi.   Masalalar   yechishning   boshlang’ich   sinflarda   o’rganiladi-gan   u
yoki bu nazariy materiallarni o’zlashtirish jarayonidagi muhim rolini ta‘kidlab,
programmada   shunday   deyiladi:   ―Natural   sonlar   arifmetikasi   va   nolni
o’rganish   maqsadga   muvofiq   masalalar   va   amaliy   ishlar   sistemasi   asosida
tuziladi. Bu degan so’z xar bir yangi tushunchani tarkib toptirish xar doim bu
tushuncha   ahamiyatini   tushuntirishga   yordam   beradigan,   uning   qo’llanishini
talab qiladigan u yoki bu masalani yechish bilan bog’lanadi.
  Arifmetik   amallarning   mazmunini,   amallar   orasidagi   bog’lanishlarni,   amal
komponentlari bilan natijalari orasidagi bog’lanishlarni ochib berishda, har xil
miqdorlar   orasidagi   bog’lanishlar   bilan   tanishishda   mos   sodda   masalalardan
foydalaniladi  (yechilishi  uchun bitta amal bajarish talab qilinadigan masalalar
13 sodda   masalalar   jumlasiga   kiradi   ).   Sodda   masalalar   o’quvchilarni   matematik
munosabatlar   bilan   tanishtirishning   muhim   vositalaridan   biri   bo’lib   xizmat
qiladi.
  Sodda   masalalardan   ulushlar,   qator   gyeometrik   tushunchalar   va   algebra
elementlarini   o’rganishda   ham   foydalaniladi.   Sodda   masalalar   o’quvchilarda
murakkab   masalalarni   yechish   uchun   zarur   bo’ladigan   bilimlar,   malakalar   va
ko’nikmalarni   tarkib   toptirish   uchun   asos   bo’lib   xizmat   qiladi.   Yechilishi
uchun bir nechta o’zaro bog’liq amallarni bajarish talab qilinadigan masalalar
murakkab   masalalar   deyiladi.   Sodda   masalalar   kabi   murakkab   masalalar   ham
bilimlarni   o’zlashtirishga,   olingan   bilimlarni   mustahkamlash   va
mukammallashtirishga xizmat qiladi.
  Sodda   va   murakkab   masalalar   bolalarning   fikrlash   qobiliyatlarini
rejalashtirishning   foydali   vositasi   bo’lib,   odatda,   o’z   ichiga   ―yashirin
informatsiyani   oladi.   Bu   informatsiyani   qidirish,   masala   yechuvchidan   analiz
va   sintezga   mustaqil   murojaat   qilish,   faktlarni   taqqoslash,   umumlashtirish   va
hokazolarni   talab   qiladi.   Bilishning   bu   usullarini   o’rgatish   matematika
o’qitishning muhim maqsadlaridan biri hisoblanadi.
  Masalalar   yechish   orqali   o„quvchilarda   ushbu   malakalar   tarkib   topmog„i
lozim. 
1.   Masalani   tinglashni   o„rganish   va   uni   mustaqil   o„qiy   olish.   Masala   ustida
ishlash   uning  mazmunini   o’zlashtirishdan  boshlanadi.   O’quvchilar  hali  o’qish
malakasiga   ega   bo’lmagan   dastlabki   vaqtlarda   ularni   o’qituvchi   o’qib
14 beradigan   masala   matnini   tinglashga,   shartning   muhim   elementlarini   tovush
chiqarib   ajratishga   o’rgatish   kerak.   Shundan   keyin   masala   shartini   yaxshiroq
o’zlashtirish   maqsadida,   har   bir  o’quvchi   masala   matnini  tinglabgina  qolmay,
balki   masalani   mustaqil   o’qib   chiqishi   zarur;   Masala   matni   o’qituvchi   yoki
o’quvchilar   tomonidan   bir-ikki   marta   o’qiladi,   ammo   bunda   bolalarni   masala
matnini   bir   marta   o’qishdayoq   uning   mazmunini   tushunib   olishga   asta-sekin
o’rgata borish kerak.
  2.   Masalani   dastlabki   analiz   qilish   (ma lumni   noma lumdan   ajarata   olish‟ ‟
malakasi). Ma‘lumni noma‘lum-dan, muhimni nomuhimdan ajratish, masalada
berilganlar bilan izlanayotganlar orasidagi bog’lanishni ochish - bu eng muhim
malakalardan   biri.   Bunday   malakaga   ega   bo’lmay   turib,   masalalarni   mustaqil
yechishga o’rganib bo’lmaydi.
  3.  Masalani  qisqa   yozish  malakasi.  Masala  matni  ustida   og’zaki   ishlagandan
keyin   uning   mazmunini   matematik   atamalar   tiliga   o’tkazish   va   qisqa   yozuv
shaklidagi   matematik   strukturasini   belgilash   kerak   (rasmlar,   chizmalar,
sxemalar,  jadvallar).  Shuni  nazarda   tutish   kerakki,  barcha   hollarda   ham   qisqa
yozuvni   bajarish   bilan   bir   vaqtda   masala   shartining   tahlii   ham   amalga
oshiriladi. Aslini aytganda, qisqa yozuvning vazifasi shundan iborat. Haqiqatan
ham masala shartining qisqa yozuvi o’quvchilar xotirasiga tayanch bo’lib, son
ma‘lumotlarni   tushunish   va   ajratish   imkonini   beradi,   shu   bilan   birga   ularning
ratsional yozilishi masalada nima berilgan va nimani izlash kerakligini bayoniy
tushuntirish imkonini yaratadi.
15   4.   Sodda   masalalarni   yechishda   amal   tanlashni   asoslab   berish   va   murakkab
masala   tahlilini   amalga   oshirish,   so„ngra   yechish   rejasini   tuzish   malakasi.
Oldin   sodda   masalani   yechishda   amal   tanlash   masalasini   qarab   chiqishga
to’xtalamiz. Bu malaka birinchi sinfdan boshlab tarkib topa boshlaydi, ikkinchi
va   uchinchi   o’quv   yillarida   yanada   rivoj   toptiriladi,   ya‘ni   ba‘zi   tanish
masalalarga nisbatan amal tanlash ishini bajarish asosi o’zgartiriladi. Murakkab
masalani   yechishda   masalani   tahlil   qilish   malakasi   asosiy   ahamiyatga   ega.
Boshlang’ich   matematika   o’qitish   metodikasiga   oid   qo’llanmalarda   masalani
tahlil qilishning analitik va sintetik usullari qaraladi. Masalaning sintetik tahlili
deyilganda   mulohazalarning   shunday   rivoji   tushuniladiki,   bunda   ikkita   son
ma‘lumotni   birlashtirish   natijasida   bu   ma‘lumotlardan   nimani   bilish
mumkinligi   aniqlanadi,   shundan   keyin   yangi   topilgan   ma‘lumot   bilan   boshqa
ma‘lumot birlashmasiga o’tiladi va masala savoliga javob topilguncha shu ish
davom   ettirilaveradi.   Masala   tahlilining   analitik   usuli   shunday   mulohazalar
zanjiridan   iboratki,   bu   zanjir   boshida   masalada   berilgan   savol   turadi.   Masala
savoliga   javob   topish   uchun   zarur   ma‘lumotlar   tanlanadi.   Bu   ma‘lumotlarni
boshqa ma‘lumotlardan foydalanib topish mumkin.
  5.   Yechimni   bajarish,   uni   o’qituvchi   talabiga   mos   qilib   rasmiylashtirish   va
masala savoliga javob berish malakasi. Sodda masalalardan boshlaymiz. Sodda
masalani arifmetik usul bilan ham, algebraik usul bilan ham yechish mumkin.
Bu   o’rinda   masalalarni   arifmetik   usul   bilan   yechish   haqidagina   so’z   boradi,
masalani algebraik usulda yechish keyinroq alohida qaraladi.
16   6.   Masala   yechimini   tekshira   olish   malakasi.   Masala   yechimining   tekshirish
quyidagi   usullarda   qo’llaniladi:   a)   olingan   javob   bilan   masala   sharti   o’rtasida
moslik   o’rnatish;   b)   teskari   masala   tuzish   va   yechish;   v)   masalani   boshqa
usullar bilan yechish; g) javobning chegaralarini aniqlash (javobni chamalash);
d) grafik tekshirish.
  7.   Masalalar   ustida   ishlashda   ma lum   sistemani   belgilash   va   uni   joriy   qilish‟
malakasi.
 Masalalar ustida ishlash rejasi 
1.   Masalani   o’qib   chiqing,   masalada   nima   haqida   gap   borayotganini   o’zing
tasavvur qiling
 2. Masalada nima ma‘lum va nimani topish kerakligini aniqlab oling. Agar masala
matnini   tushunib   olish   qiyin   bo’lsa,   uni   qisqa   yozing   (yoki   masalaga   oid   chizma
tayyorlang). 
3.   Qisqa   yozuv   bo’yicha   har   bir   son   nimani   ko’rsatishini   tushuntiring   va   masala
savolini takrorlang
  4.   O’ylab   ko’ring,   masala   savoliga   birdaniga   javob   berish   mumkinmi,   agar
mumkin   bo’lmasa,   nega?   Oldin   nimani,   keyin   nimani   bilish   mumkin?   Masalani
yechish rejasini tuzing.
 5. Yechishni bajaring va javobini yozing.
 6. O’z yechimingizning to’g’riligini tekshirib ko’ring.
 7. O’zingizga qiziqarli savollar bering va ularga javob bering. 
17 Bunda ilg’or o’qituvchilar ishlarida o’quvchilarni mustaqil masalalar yechishga
o’rgatishning bir qancha bosqichini ajratib ko’rsatish mumkin:
 1-bosqich.
 Masala o’qituvchining yo’naltiruvchi savollari bo’yicha yechiladi va bu yechish
doskada va daftarlarda bir vaqtda bajariladi.
 2-bosqich.
  Masala sharti o’qituvchi rahbarligida tahlil qilinadi va yechish rejasi tuziladi.
Yechishning o’zi doskaga yozilmaydi, og’zaki aytilmaydi ham, o’quvchilar esa uni
mustaqil bajaradilar. 
3-bosqich.
  O’qituvchi   rahbarligida   masala   faqat   analiz   qilinadi.   Yechish   rejasi   va
yechishning o’zini o’quvchilar mustaqil bajarishadi
 4-bosqich. Masalani o’qituvchining hech bir yordamisiz mustaqil yechish.
  O’quvchilarda   masalalar   yechish   malakasini   tarkib   toptirishda   ijodiy
xarakterdagi mashqlarning ham muhim ahamiyati bor. Bunga quyidagilar kiradi: 
1. Masalalarni har xil usullar bilan yechish.
2. Muammoli xarakterdagi masalalarni yechish.
            3.   Masalalar   tuzish   va   ularni   almashtirishga   doir   topshiriqlar.   Oxirida   shuni
ta‘kidlab   o’tamizki,   matematik   masala   ustida   ishlash   jarayonida   shunga   intilish
kerakki, har bir masala bolalar uchun haqiqiy bilim manbai bo’lib qolsin. Buning
uchun o’quvchining diqqatini masala shartidan tafakkurini va bilish qobiliyatlarini
rivojlantiradigan darajada ko’proq ma‘lumotlarni olishga yo’naltirish kerak.
18  1.3. Boshlang`ich sinflarda o`rganiladigan masalalar turlari
  100 ichida ko’paytirish va bo’lish jarayonida masalalar yechish mavzu
ustida ishlashda o‘qituvchi oldida turgan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
  1)   O‘quvchilarni   ko‘paytirish   va   bo‘lish   arifmetik   amallarni   ma‘nosi   bilan
tanishtirish,   ularning   ba‘zi   xossalari   (ko‘paytirishning   o‘rin   almashtirish   xossasi,
sonni yig‘indiga va yig‘indini songa ko‘paytirish xossasi, yig‘indini songa bo‘lish
xossasi)   va   ular   orasidagi   mavjud   bog‘lanishlar   bilan,   bu   amallar   komponentlari
bilan   natijalari   orasidagi   o‘zaro   bog‘lanishlar   bilan   tanishtirishda   masalalar
yechish;
  2)   Ko‘paytirish   jadvalini   puxta   bilishni   va   undan   bo‘linmani   topishda   foydalana
olishni ta‘minlash; 
3)   O‘quvchilarni   jadvaldan   tashqari   ko‘paytirish   va   bo‘lish   usullari   bilan,
ko‘paytirish va bo‘lishning maxsus hollari ( nol soni bilan ko‘paytirish va bo‘lish,
1   ga   ko‘paytirish   va   bo‘lish)   qoldiqli   bo‘lishning   jadval   hollari   bilan   tanishtirish.
100 ichida ko‘paytirish va bo‘lishni bir necha bosqichga bo‘lib o‘rgatamiz.
 1. Tayyorgarlik bosqichi.
 100 ichida ko‘paytirish va bo‘lish II-sinfda o‘qitiladi, ammo tayyorgarlik Isinfdan
boshlanadi. 10 va 100 ichida nomerlashga bog‘liq holda sanash orqali qo‘shish va
ayirish ham o‘rgatilib boriladi. II-sinf boshida I-sinfdagi misollardan murakkabroq
misollar   unga   bog‘lab   tushuntiriladi.   Yil   oxiriga   kelib   o‘quvchilarda   sonlarning
tarkiblari   haqidagi   bilim   ortadi   va   kengayadi,   bu   esa   bir   xil   qo‘shiluvchilar
yig‘indisini topishga doir har xil topshiriqlarni bajarish imkonini beradi. 
19 M: 16 ning ichida 2 soni 8 marta bor; 4 tadan 4 marta bor; 8 tadan 2 marta bor ;
Bo‘lish amalini o‘rganishda ham I-sinfdan tayyorgarlik ishlari olib boriladi.
 M.: "8 ta doiracha oling va uni 2 tadan qilib qo‘ying" 
II.   Ko‘paytirish   va   bo‘lishning   jadval   usulini   ongli   o‘zlashtirish   uchun   asos
bo‘ladigan nazorat  masalalarini qarash. Endi o‘quvchilarga bir xil  qo‘shiluvchilar
yig‘indisini   ko‘paytirishga   almashtirishga   mos   bo‘lgan   misollarni   berish   kerak.
Masalan, "har qaysi taqsimchada 5 tadan olma bor. 4 ta taqsimchada qancha olma
bor? Rasmli tasvir bilan 5  5  5  5  20 misolni yechadilar" .
  Shunga   o‘xshash   misollar   yordamida   o‘qituvchi   bir   xil   sonlarni   qo‘shish-
ko‘paytirish   degan   yangi   amalni   berishini   aytadi.   quyidagi   mashqlar   bilan
qo‘shishni ko‘paytirishga almashtirish mustahkamlanadi:
I. Qo‘shishni   ko‘paytirishga   almashtiring.   3  3  3  3  3    6  6  6  6    2.Natijalarni
hisoblang,   o‘z   o‘rnida   qo‘shishni   ko‘paytirishga   almashtiring.   8  8  8  8 
9  9  6   3.Ko‘paytirishni qo‘shishga almashtiring.
  4*2      ,   5*3      ,...   Bo‘lishning   aniq   ma‘nosi   bo‘lishga   doir   masalalarni
yechishda,   so‘ngra   teng   qismlarga   doir   masalalarni   yechishda   ochib   beriladi.
Ko‘paytirishning   o‘rin   almashtirish   xossasi   va   komponent   va   uning
natijalarining   nomiga   bog‘liq   holda   bo‘lishning   komponentalari   va   natijasi
nomi   bilan   tanishadilar.   III-sinf   matematikasida   ko‘paytmaning   o‘rin
almashtirish   xossasi   kataklar,   doirachalar,   tugmalar,   yulduzchalar   kabi
predmetlar qatoridan foydalanib tushuntiriladi.
20   Masalan: To‘g‘ri to‘rtburchakni chizib, uni kvadratlarga ajratishadi, uni sanashda
oldin   ustun   bo‘yicha,   keyin   qator   bo‘yicha   sanab   4x2  8,   2x4  8   ni   keltirib
chiqaradilar. Bu xossa uchun quyidagi mashqlarni bajarish mumkin. 
Tushirib   qoldirilgan   sonlarni   toping.   5   x   .   .   .      60   2.   Namuna   misoldan
foydalanib   hisoblang.   3x(12  15)  3x12  3x15      36  45  81;   15x(5  1)   
Natijada   umumiy   ko‘rinishdagi   a   x   b  b   x   a   tenglikni   keltirib   chiqaradilar.
Bo’lishning ma’nosi  va amal  hadlarining nomi 10 so‘m = 5 so‘m + 5 so‘m 10
so‘mni nechta 5 so‘mlik bilan to‘lash mumkin?
 Bu masala bo‘lish amali bilan yechiladi.
 Ikki nuqta (:) – bo‘lish ishorasi. 
Masalaning yechilishini bunday yozish mumkin: 
10 : 5 = 2. Javob: 2 ta. 10 – bo‘linuvchi, 5 – bo‘luvchi, 2 – bo‘linma. 10 : 5 = 2.
1. 8 ta olmani 2 tadan qilib taqsimchaalarga qo‘yildi. Necha marta 2 tadan olma
qo‘yildi? Nechta taqsimcha kerak bo‘ldi? 
2. Rasmlardan foydalanib, natijani top:
  3.   Karimlarnikidagi   tovuqlarning   oyoqlar   soni   20   ta   ekan.   Karimning   uyida
nechta tovuq bor? 
4. Oygulning uyida 5 ta sigir bor bo‘lsa, ularning oyoqlari soni nechta bo‘ladi?
5. Hisoblang: 1) 8 tadan 3 marta oling; 2) 10 tadan 4 marta oling; 3) 21 ta gulni 7
tadan   ajrating;   4)   12   ni   teng   ikkiga   bo‘ling.   Yig`indi   va   qoldiqni   topishga   doir
masalalar   Bu   xil   masalalar   ustida   ishlash   matematikadan   birinchi   darslardayoq
boshlanadi   va   boshida   amaliy   mashqlar   xarakterida   bo’ladi,   bu   mashqlarning
21 bajarilishida   bolalar   atrof-borliqdagi   real   predmrtlar   bilan   ish   ko’rib,   to’plamlar
ustida,   bu   to’plamlarni   birlashtirishga   yoki   berilgan   to’plamdan   uning   qismini
ajratishga   oid   amallarni   bajarishadi.   Bular   ushbu   ko’rinishdagi   mashqlar:   ―3   ta
doiracha   qo’ying.   Ularning   yoniga   bitta   doirachani   suring.   Doiracha   nechta
bo’ladi?, ―5 ta cho’p qo’ying. Ikkita cho’pni nari suring. Nechta cho’p qoldi? va
hokazo.   Bolalar   predmrtlar   bilan   bajariladigan   amaliy   ishlardan   sekin-asta
rasmlarda   tasvirlangan   predmrtlar   to’plamlari   ustida   ish   ko’rishga   o’tkaziladi.
Masalaning   o’zi   bilan   va   uning   tarkibiy   elementlari   bilan   bolalarni   tanishtirish
o’qitish   jarayonidagi   navbatdagi   eng   muhim   va   juda   mas‘uliyatli   bosqichdir.
Keyingi darslarda masalani dastlabki analiz qilishda o’quvchilar bilan savol-javob
asosida   amalga  oshirish   maqsadga   muvofiqdir.  Sonni   bir   necha   birlik  orttirish   va
kamaytirishga   oid   masalalar.   Sonni   bir   necha   birlik   orttirish   (kamaytirish)ga   doir
masalalar   yig’indi   va   qoldiqni   topishga   doir   masalalardan   keyinroq   kiritiladi.   Bu
xildagi   sodda   masalalarni   qarashga   tayyorgarlik   ularni   kiritishdan   ancha   oldin
boshlanadi. Bu ish ushbu munosabatlarni o’rnatishdan iborat: agar predmrtlarning
berilgan gruppasiga bir yoki bir nechata predmrt qo’shilsa, bu dastlabki predmrtlar
sonini orttiradi, agar ayrilsa, dastlabki predmrtlar sonini kamaytiradi. O’qitishning
dastlabki   kunidan   boshlaboq   sonni   bir   necha   birlik   orttirish   (kamaytirish)ga   doir
qiyinroq   masalalarni   kiritish-ga   tayyorgarlik   ishlari   ko’rila   boshlaydi,   bunday
masalalarda predmrtlarning ikkita to’plami taqqoslanadi. Amaliy mashqlar bajarish
davomida bolalar predmrtlarning ikkita to’plami elementlari orasidagi bir qiymatli
moslik   o’rnatishni   o’rganib   olishgan   edi.   Shuningdek,   taqqoslanayotgan
22 to’plamlarning   qaysinisida   kam   ekanligini   aniqlashni   ham   o’rganib   olishgan
bo’lishlari   kerak.   Masalalarni   yechishda   amal   tanlashga   yordam   beradigan
raqamlardan, undan keyin masalaning qisqa yozuvidan foydalanish kerak.
  ― Bir tokchada 6 ta, ikkinchisida birinchisidagidan 3 ta ortiq kitob bor. Ikkinchi
tokchada qancha kitob bor?.
 Masalaning qisqa yozuvi quyidagi ko’rinishda bo’ladi : 
I tok. – 6 ta k.
 II tok. – ?, 3 ta k. ortiq
 Yechilishi: 6+3=9 
Javob: 9 ta kitob.
  Ayirmali   taqqoslashga   doir   masalalar.   Bu   xil   masalalar   bilan   tanishtirish   ishini
avval   sanoq   materiallaridan   foydalanib   amalga   oshirish   tavsiya   qilinadi.
O’quvchilar   ishni   mustaqil   bajarsalar   ishning   natijasini   tekshirish   qulay   bo’ladi.
Mustaqil ishlarni samarali tashkil qilishga amaliy ishlar o’tkazishga yordam beradi.
Masalan,   o’qituvchi   o’quvchilarga   6   ta   katakli   bir   satr   (yoki   ustun)   chizishni   va
uning   yoniga   boshqa   4   katakli   satr   (yoki   ustun)   chizishni   taklif   qiladi.   Masalani
yechishda   (   shuningdek,   didaktik   materiallar   va   rasmlar   bilan   ishlashda)
o’quvchilar  ayirmani  ( qoldiqni)  to’g’ridan-to’g’ri  predmrtlarni  sanash  yo’li  bilan
topadilar.,   chunki   rasm   predmrtlar   sonini   akslantirish   bilan   amalda   yechimni
chiqarib qo’yadi. Quyidagi masala berilgan bo’lsin. 
Bir   qutida   10   ta,   ikkichi   qutida   6   ta   qalam   bor.   Birinchi   qutida   ikkinchi   qutiga
qaraganda qancha ortiq qalam bor?.
23  I – 10 ta q.
 II – 6 ta q.
 Birinchi qutida ikkinchi qutidagidan qancha ortiq qalam bor?.
 Yechish: 10 – 6 = 4 
Amal tanlashda yo’l qo’yiladigan xatolarning oldini olish uchun, shunungdek, har
xil   masalalarni   bir-biridan   farq   qildirish   maqsadida   ayirmali   taqqoslashga   doir
masalalar   sonni   bir   necha   birlik   orttirish   (kamaytirish)ga   doir   masalalar   bilan
taqqoslangan bo’lishi kerak. Murakab masalalar bilan birinchi tanishuv. Murakkab
masalalarning   ba‘zi   xillarini   yechish.   O’quvchilar   sodda   masalalar   shartini   analiz
qilish   va   shu   asosda   amal   tanlash   malakasini   egallab   olganlaridan   keyingi
murakkab   masalalarni   yechishga   o’tish   mumkin.   Masala   shartini   analiz   qilish
malakasini   tarkib   toptirishning   bir   qator   imkoniyatlari   mavjud.   Shulardan
ba‘zilarini qarab chiqamiz. Misollar keltiramiz:
 1. O’quvchilar bir tup pomidordan 2 kg, ikkinchisidan birinchisiga qaraganda 1 kg
ortiq pomidor terishdi. O’quvchilar ikkinchi tupdan qancha pomidor terishgan?.
 2. O’quvchilar bir tupdan 2 kg, ikkinchisidan esa birinchisiga qaraganda 1 kg kam
pomidor terishdi. O’quvchilar ikkinchi tupdan qancha pomidor terishgan?.
  3. O’quvchilar bir tupdan 2 kg, ikkinchi tupdan qaraganda 1 kg pomidor terishdi.
O’quvchilar ikkala tupdan qancha pomidor terishgan?.
 4. O’quvchilar bir tupdan 2 kg, ikkinchisidan 1 kg... pomidor terishdi. O’quvchilar
birinchi   tupdan   ikkinchisiga   qaraganda   necha   kg   pomidor   ortiq   terishgan?.
O’qituvchi   o’quvchilarga   bir   qator   shunday   masalalarni   berib,   ulardan   qo’shish
24 (ayirish)   amali   bilan   yechiladigan   masalalarni   ko’rsatishni   talab   qiladi.   Masala
shartining   to’la   analizini   bolalarda   shakllantirish   kerak,   bunda   shunday   vaziyat
topish kerakki, masala savoliga e‘tibor berish shart bo’lsin. Misollar keltiramiz.
 1.Olimning qancha puli bo’lgan?. Uning o’zida 50 so’m bo’lgan va yana onasi 20
so’m bergan.
  2. a) Bahromda 3 ta olma, Valida 5 ta olma bor. Ularning buvisida qancha olma
bor?   v)   Hovlida   4   ta   o’g’il   bola   o’ynayotgan   edi.,   ularga   yana   3   ta   qiz   kelib
qo’shildi.   Hovlida   nechta   qiz   bola   o’ynay   boshladi?.   Birinchi   masalada   bolalar
uchun   nima   berilganini   va   nimani   topish   kerakligini   aniqlash   qiyin,   chunki
masalaning berilganlari bilan savoli  o’rin almashib qolgan. Keyingi ikkita masala
hazil masaladir. Bunda bolalaning butun e‘tibori masala savoliga qaratilishi kerak.
Murakkab masalalarni qarashga o’tishda birinchi qadam-dan boshlaboq bolalar o’z
oldilariga   qo’yilgan   masalaning   yangiligi   nimadan   iborat   ekanini   ―   payqash
imkonini   berish   kerak.   Murakkab   masalalar   bilan   tanishtirishni   aynan   qaysi   xil
masaladan   boshlashga   nisbatan   ikki   xil   nuqtai   nazar   mavjud.   Birinchi   nuqtayi
nazarga ko’ra ishni  sonni bir necha birlik kamaytirishga doir va yig’indi topishga
doir sodda masalalarni o’z ichiga olgan murakkab masalalardan boshlash ma‘qul.
 Masalan:
  ―Qo’g’irchoq teatriga bir maktabdan 6 ta o’g’il bola, ulardan 2 ta kam qiz bola
keldi. Qo’g’irchoq teatriga qancha bola kelgan?.
  Ikkinchi   nuqtai   nazarga   ko’ra   ishni   yig’indi   va   qoldiqni   topishga   oid   sodda
masalalarni o’z ichiga olgan murakkab masalalardan boshlash kerak. Birinchi sinf
25 (shuningdek,   ikkinchi   uchunchi   sinf)   darsligida   sonni   bir   necha   birlik   orttirish
(kamaytirishga)   doir   sodda   masalalarni   olgan   murakkab   masalalar   ko’plab
berilgan.
 Masalan: ―Naima 23 ta yong’oq, Qumri undan 6 ta ortiq, Ozoda esa Qumridan 9
ta kam yong’oq topdi. Ozoda nechta yong’oq topgan?
 Masala shartini qisqacha bunday yozish mumkin:
 N. – 23 ta yong’oq 
Q. – ?,
 N. dan 6 ta ortiq. 
O. – ?,
 Q. Dan 9 ta kam.
 Yechilishi : ( 23+6) – 9 = 29 – 9 = 20 ( yong’oq).
 Javob: 20 ta yong’oq. 
Qaralayotgan   mavzuda   qo’shish   va   ayirish   amallari   xossalarini   qo’llanishga   doir
masalalar katta o’rin oladi. Ko‘paytirish va bo‘lish bilan yechiladigan masalalar.
  a)   Ko’paytirish   va   bo’lish   amallarining   konkryet   mazmunini   ochuvchi
masalalar.Ko’paytirish   amalining   konkryet   mazmunini   bir   xil   qo’shiluvchilar
yig’indisini (ko’paytmasini) topishga doir masalalarni yechishda ochiladi. Bo’lish
amalining  konkret   ma‘nosi   mazmuniga   ko’ra   bo’lish   va   teng  qismlarga   bo’lishga
doir   masalalarni   yechishga   oid   masalalarni   yechishda   ochiladi.   Ko’paytirish
jadvalini   tuzish   va   o’rganishga   ajratilgan   30   ta   darsning   hammasi   davomida
26 bo’lishga doir masalalar ko’rsatmalilikka asoslanib yechiladi. Murakkab masalalar
ustida ishlash.
a)   Yig‘indi   va   qo‘shiluvchilardan   biri   ma’lum   bo‘lib,   qo‘shiluvchilarni
taqqoslashni   talab   qiladigan   masalalar.   Shuni   ta‘kidlab   o’tamizki,   bu   xildagi   har
qanday   masa-laning   ham   yechimini   ifoda   yordamida   tasvirlab   bo’lavyermaydi.
Masalaning   bosh   savolini   qo’yishda   biz   yechimini   alohida   amallar   bilan
yozilishiga   murojaat   qilishimizga   to’g’ri   keladi.   Aytilgan   fikrni   tasdiqlash   uchun
bunday masalani qaraymiz:
  ―Bog’da 236 tup daraxt ekishdi, buning 127 tupi olma, qolganlari olcha. Qaysi
daraxtlardan ko’p va qancha ko’p ekishgan?
  Masalani   tahlil   qilib   o’quvchilar   236–127   (tup)   olcha   ekish-ganini   aniqlashadi.
Shundan   keyin   o’quvchilar   qiyinchilikka   uchraydilar:   masalaning   bosh   savoli
shunday ifodalanganki, (236-127) ayirmaning qiymatini topmay turib, 127 sonidan
236 va 127 sonlarining ayirmasini ayirish kerak yoki kerakmasligini bilish qiyin va
aksincha. Shu sababli yechimni amallarni bajarish bilan yozish kerak. 
Yechimni amallar bo’yicha izohlab yozish ushbu ko’rinishda bo’ladi:
 1) 236–127=109 – bog’ ekkan olchalar soni.
 2) 127–109=18 – olchalarga qaraganda ortiq ekilgan olmalar soni.
  b) axb + s, a+b x s va h.k. ko‘rinishdagi masalalar. Bunday masalar bilan II sinf
o’quvchilari   ko’paytirish   jadvalini   tuzish   va   o’rganishga   tayyorlanish   davrida
birinchi marta tanishadilar.
27   Birinchi   bunday   masalalarni   rasmlar   bilan   illyustrasiyalash   foydalidir.   Masalan,
ushbu masalani qaraymiz:
 ― Vali yozda kapalaklardan kolleksiya yig’di: uchta qutida 6 tadan, bitta qutida 4
ta kapalak bo’ldi. Valining qancha kapalagi  bo’lgan? Darslikda  bu masalaga  doir
predmrt   rasm   berilgan,   ammo   buni,   qutini   to’g’ri   to’rtburchak,   kapalakni
uchburchak bilan tasvirlab, sxematik rasmga aylantirish mumkin. Keyingi masala
shartini qisqacha bunday yozish mumkin:
 Qirqib olishdi – 2 xaridorga 8 m dan.
 Qoldi – 7 m.
 Bor edi – ? 
yoki bunday:
 Qirqib olishdi – 2 xaridorga 8 m dan
 Qoldi – 7 m.
Chizma yoki qisqa yozuv javobni qidirishga yordam beradi: 8x2+7=16+7=23 (m). 
Javob: to’pda 23 m chit bo’lgan. 
v)   Ikki   ko„paytmaning   yig„indisini   (ayirmasini);   ikki   bo„linmaning   ayirmasini
topishga doir masalalar
  ―Quruvchilar  har   birida   6  tadan  xonadon  bo’lgan   8  ta  uy  va  har   birida  5  tadan
xonadon   bo’lgan   7   ta   uy   qurishdi.   Bu   uylarda   hammasi   bo’lib   qancha   kvartira
bo’lgan?
 Masalaning shartini qisqacha bunday yozish mumkin: 8 ta uy 6 tadan xon. 7 ta uy
5 tadan xon. ?
28  Bunday masalalarni ifoda tuzib yechish maqsadga muvofiqdir:
 6x8+5x7=83 (kv.) 
Javob: 83 ta xonadon.
  ―Minglik   mavzusida   o’quvchilar   yangi   masalalarga   duch   kelmaydilar.   Bunda
ham 
―Yuzlik   mavzusidagi   masalalar   qaraladi.   Faqat   bundagi   farq   shundan   iboratki,
ushbu holda bir xonali, ikki xonali sonlar bilangina emas, balki uch xonali sonlar
bilan   ham   ish   ko’riladi.   Shunday   masalalardan   bittasini   ko’rib   chiqish   bilan
chyegaralanamiz:
 ―Bir bola uchta kitob o’qidi. Ularning hammasi 653 betdan iborat. Birinchi kitob
256 betli, ikkinchisi undan 58 bet kam. Uchinchi kitob necha betli? Masala shartini
bunday yozamiz: 653 bet I k. – 256 bet I k. – ?, 58 bet kam III k. – ? Yechilishi : 1)
256 2) + 256 3) _ 653 58 198 454 198 bet 454 bet 199 (bet) Javob: uchinchi kitob
199 betli. d) Nisbatlar usuli bilan yechiladigan birlikka keltirishga doir masalalar.
Sodda   uchlik   qoidaga   doir   masalalar   yechishda   nisbatlar   usulining   mohiyati
shundan   iboratki,   oldin   bir   son   ikkinchisida   necha   marta   borligini   (yoki   bir   son
ikkinchisidan   necha   marta   kattaligini)   bilish   kerak,   so’ngra   ikkinchi   miqdorning
ma‘lum kattaligini shuncha marta orttirish yoki kamaytirish kerak. Shuni ta‘kidlab
o’tamizki,   qaralayotgan   masalalarni   bu   usul   bilan   faqat   bitta   miqdorning   ikkita
qiymatini   ifodalovchi   sonlar   bir-biriga   karrali   bo’lgandagina   yechish   mumkin.
Nisbatlar usuli bilan yechiladigan sodda uchlik qoidaga doir masalalarni yechishga
29 o’quvchilarni   tayyorlash   uchun   ularga   taxminan   bunday   mashqlarni   taklif   qilish
foydali:
 ―12 l da necha marta 4 l dan bor?,
 ―30 metrda necha marta 5 m dan bor?,
 ―36 soni 12 sonidan necha marta katta? va hokazo. 
Tayyorgarlik mashqlarini  bajarganlaridan keyin  o’quvchilarga sodda  uchlik
qoidaga doir bunday masalani taklif qilish mumkin: 
―Ikkita bir xil kulcha 200 so`m turadi. Shunday 6 ta kulcha uchun qancha to’lash
kerak?   Oldin   masala   o’quvchilarga   tanish   usul   -   birlikka   keltirish   usuli   bilan
yechiladi:
 200 : 2 x 6 = 100 x 6 =600 so`m.
  Shundan   keyin   o’qituvchi   bolalarga   bunday   masalalarni   yechishning   yangi
usuli   bilan   tanishishlarini   aytadi.   O’quvchilarni   yangi   usulni   tushunishlarini
osonlashtirish   uchun   ko’rsatmalilikdan   foydalanish   kerak.   Bolalarning   bir
miqdorning qiymati qancha marta orttirilsa, ikkinchi miqdorning qiymati shuncha
marta   orttirilishi   kerakligini   aniqlashga   yordam   beradi.   Jumladan,   qaralayotgan
masalada 2 ta kulchaga 200 so`m to’langani ma‘lum. Demak, 6 ta kulcha uchun 2
ta  kulchaga   qaraganda   6   soni   2   sonidan   necha   marta  katta   bo’lsa,   shuncha   marta
ortiq to’lash kerak. Masalaning yechilishi ushbu ko’rinishda bo’ladi:
 200 x (6 : 2) = 200 x 3 = 600 so`m 
Masala   yechishning   yangi   usuli   (munosabatlar   usuli)   oldin   tanish   bo’lgan   usul
bilan   taqqoslanadi   va   bu   usullarning   farqi   aniqlanadi.   e)   Proporsional   bo„lishga
30 doir   masalalar.   O’quvchilarning   proporsional   bo’lishga   doir   masalalarning
yechilish   usullari   haqidagi   bilimlarini   chuqurlashtirish   maqsadida   bundan   keyin
ikki xil masalaning yechilishini taqqoslash kerak. Shu maqsadda mustaqil yechish
uchun qo’yidagi masalalarni berish mumkin:
  1) Ikki maktabga bir xil bahoda yozuvchilar portretlari olindi. Bir maktabga 6 ta
portret,   ikkinchi   maktabga   8   ta   portret   olindi.   Hamma   portret   uchun   70000   so’m
to’landi. Har qaysi maktab qancha pul to’lashi kerak?
  2) Ikki maktabga bir xil bahoda 14 ta yozuvchilar portreti olindi: Bir maktab 30
000so’m, ikkinchi maktab 40 000 so’m to’ladi. Har qaysi maktabga nechta portret
olingan? 
3)   Ikki   ayirmaga   ko„ra   noma lumni   topishga   doir   masalalar.   Bu   masalalarni‟
muvaffaqiyatli   yechish   ko’p   jihatdan   o’quvchilarning   masaladagi   mavjud   muhim
xususiyatlarni   chuqur   tushunishlariga   bog’liq.   Bu   xususiyatlar   shundan   iboratki,
masalada ma‘lum bo’lgan bir miqdorning qiymatlari ayirmasi ikkinchi miqdorning
qiymatlari ayirmasiga to’g’ri kelishi kerak, keyingi ayirma masalada oshkor holda
berilmaydi,   bu   ayirmani   topish   bundan   keyingi   yechimni   izlashni   ancha
yengillashtiradi.   Noma‘lum   ikki   ayirma   bo’yicha   topishga   doir   masalalarni
yechishga kirishishdan oldin tayyorlash mashqlarini, masalan, bunday masalalarni
berish mumkin:
 bir to’pdagi gazmol ikkinchi to’pdagidan 4 m ortiq bo’lib, undan 24000 so’m ortiq
turadi. 1 metr gazmol qancha turadi?
31   Bunday   savol   qo’yiladi:   nega   birinchi   to’p   gazmol   ikkinchi   to’p   gazmoldan
qimmat?
 Jami pulidagi 24000 so’m farq uzunliklardagi 4 m farqqa to’g’ri keladi, demak, 4
m gazmol 24000 so’m turadi, deb xulosa qilinadi. 
Bundan masalaning yechilishi ham kelib chiqadi:
 24000:4=6000 (so’m). Javob: 1 m gazmol 6 so’m turadi.
 II BOB 4-sinfda harakatga doir masalalar ustida ishlash metodikasi 
2.1 Harakatga doir masala va uning turlari
  ―Harakatga doir masala deb, tarkibiga harakatni xarakterlovchi miqdorlar, ya‘ni
tezlik,   vaqt   va   masofa   kirgan   masalalarni   atash   mumkin.   ―Harakat   so’zi   har   xil
tipdagi   masalarda:   oddiy   uchlik   qoidaga   doir   masalalarda,   ikki   ayirma   bo’yicha
noma‘lumni topishga doir masalalarda va boshqa xil masalalarda uchraydi. Ammo
bu   masalalar   harakatga   doir   masalalar   turiga   kirmaydi.   Matematika   o’qitish
metodikasida   harakatga   doir   masalalar   jumlasiga   harakatni   xarakterlovchi   uchta
miqdor-tezlik,   vaqt   va   masofa   orasidagi   bog’lanishlarni   topishga   doir   masalalar
kiritiladi,   bu   masalalarda   aytilgan   miqdorlar   yo’naltirilgan   miqdorlar   sifatida
qatnashadi. Xususan, quyidagi masalalar harakatga doir masalalar jumlasiga kiradi:
1)  bir  jism  harakatiga doir hamma sodda va murakkab masalalar  (bu masalalarda
miqdorlardan   biri   -   tezlik,   vaqt   yoki   masofa-qolgan   ikkitasiga   bog’liq   holda
qatnashadi);
 2) uchrashma harakatga doir masalalar; 
3) ikki jismning qarama-qarshi yo’nalishdagi harakatlariga doir masalalar; 
32 4) ikki jismning bir yo’nalishdagi harakatiga doir masalalar (masalalarning bu turi
boshlang’ich maktabda qaralmaydi).
  l)  a.  Ma lum  masofa  va   harakat   vaqti   bo„yicha  tezlikni  topishga   doir  masalalar.‟
Bu   xildagi   masalalar   ustida   ishlashning   mohiyatini   ushbu   masalani   yechish
misolida ochib beramiz:
 ―Piyoda kishi har soatda baravardan yo’l bosib, 3 soatda 12 km yurgani ma‘lum
bo’lsa,   u   qanday   tezlik   bilan   yurgan?   O’quvchilar   o’qituvchi   yordamida   masala
shartini   tahlil   qilish   bilan   bir   vaqtda   masalani   jadvalga   yozishni   o’rganadilar.   –
Masalada   nima   ma‘lum?   (Piyoda   kishi   yo’lda   3   soat   bo’lgani.)   –   3   soat   -
tushuntiradi o’qituvchi - bu piyoda kishining yurgan vaqti. – Masalada yana nima
ma‘lum? (Piyoda kishi 3 soatda 12 km o’tgani.) – 12 km – piyoda o’tgan yo’l yoki
masofa.   –   Masalada   nimani   bilish   talab   qilinadi?   (Piyoda   bir   soatda   qancha   yo’l
o’tgani.)   Masalani   analiz   qilish   jarayonida   o’qituvchi   masalaning   sharti   jadvalga
qanday yozilishini ko’rsatadi:
Tezlik Vaqt Masofa ? 
3   soat   12   km   Bunday   xulosa   chiqariladi:   agar   masofa   va   harakat   vaqti   ma‘lum
bo’lsa, tezlikni topish mumkin. Tezlik masofaning vaqtga bo‘linganiga teng.
 b) Tezlik va harakat vaqtiga ko„ra masofani topishga doir masalalar. Misol uchun
bunday masalaning yechilishini qaraymiz:
 ―Piyoda kishi soatiga 6 km tezlik bilan 3 soat yo’lda bo’ldi. Piyoda kishi qancha
masofa o’tgan?
33   Masala  shartini  chizma   yordamida  ham  hal  qilish   mumkin.  Shunga  o’xshash  bir
qator masalalarni yechish natijasida o’quvchilar bunday xulosaga kelishadi:
  agar   tezlik   va   harakat   vaqti   ma‘lum   bo’lsa,   u   holda   masofani   topish   mumkin.
Masofa   tezlik   bilan   vaqtning   ko’paytmasiga   teng.   Ma‘lum   tezlik   va   masofaga
ko’ra   harakat   vaqtini   topishga   doir   bir   qator   masalalarni   yuqoridagidyek   qarab
bunday xulosaga   keladilar:   agar  tezlik  va  masofa ma‘lum  bo’lsa,  u  holda harakat
vaqtini   topish   mumkin.   Vaqt   masofaning   tezlikka   bo’linganiga   teng.   Tezlikning
o'lchov   birliklarini   yozganda   avval   uzunlik   birligi   yozilib,   so'ng   qiya   chiziq   «/»
(yoki «-») qo'yiladi va qiya chiziq tagiga vaqt yoziladi. Masala yechimini shunday
yozish mumkin: Yechish. 
1) 70km/soat • 2 soat =140km. Javob: 140km.
 2) 70 km/soat • 3 soat=210 km.
 Javob: 210 km.
 Berilgan tezlik va berilgan vaqtga ko'ra bosib o'tilgan yo'lni topish uchun tezlik va
vaqtni o'zaro ko'paytirish kerak. Umuman, soatiga v km yo'l bosayotgan jismning t
soatda o'tgan yo'lini S harft bilan belgilasak, bu yo'l S = v•t  formulaga (qoidaga)
ko'ra hisoblanadi.
  1.   Gulchehra   1   soatda   4   km   yo'l   o'tadi.   Shunday   tezlik   bilan   2   soatda   necha
kilometr   yo'l   bosadi?   3   soatda-chi?   4   soatda-chi?   30   minutda-chi?   2.   Poyezd   56
km/soat tezlik bilan ketyapti. U a) 2 soatda;
 b) 5 soatda necha kilometr yo'l o'tadi?
34   3. «Neksiya» avtomobili 90 km/soat tezlik bilan yurmoqda. Uning 1 minutda, 10
minutda, 15 minutda, yarim soatda o'tgan yo'lini toping.. Masofa va tezlik bo'yicha
vaqtnl   topish   Masala.   Nodira   1   soatda   3   km   yo'l   yuradi.   U   shunday   tezlik   bilan
yursa, 6 km masofani qancha vaqtda o'tadi? Masalani yechish uchun «6 ning ichida
3 dan nechtasi bor?» degan savolga javob berish kerak. Bu savolning javobi 6:3 =
2. Demak, masalaningjavobi 6 km : 3 km/soat = 2 soat bo'ladi. Berilgan masofani
berilgan tezlik bilan o'tishga qancha vaqt sarflanganini bilish uchun shu masofani
tezlikka bo'lish kerak. Umuman, S masofa, v tezlik berilsa, t vaqt ushbu t = S : v
formulaga ko'ra hisoblanadi.
 1.Tosnkent va Jizzax shaharlari orasidagi masofa 330 km. Avtobus soatiga 55 km
tezlik bilan yursa, bu masofani necha soatda o'tadi?
  2.   Kamolaning   uyidan   maktabgacha   1   km.   Kamola   1   soatda   4   km   yuradi?   U
uyidan maktabga qancha vaqtda boradi?
  3.   Toshkent   va   Nukus   orasidagi   masofa   1200   km   bolsa,   samolyot   600   km/soat
tezlik   bilan   uchib,   qancha   vaqtda   Nukusga   yetib   boradi?   Masofa   va   vaqtga   ko'ra
tezlikni   topish   Masala.   Nargizaning   uyidan   maktabgacha   1   km   200   m.   U   bu
masofani 20 minutda o'tsa, Nargiza 1 minutda qancha yo'l yuradi? 
Yechish. 1 km 200 m = 1 000 m + 200 m = 1200 m. 1 minutda bosib o'tilgan yo'l
20 minutda o'tilgan yo'ldan 20 marta kam bo'ladi. Demak, 1200 metrni 20 minutga
bolamiz:   1200   m   :   20   min   =   60   m/min.   Javob,   Nargiza   1   minutda   60   metr   yo'l
bosadi   yoki   Nargizaning   yurish   tezligi   60   m/min.   Berilgan   masofani   berilgan
vaqtda   qanday   tezlik   bilan   o'tilganini   bilish   uchun   shu   masofani   vaqtga   bo'lish
35 kerak. Umuman, S masofa, t vaqt va v tezlik bo'lsa, tezlik v = S •t formulaga ko'ra
hisoblanadi.
  1.Ikki   shahar   orasidagi   masofa   300   km.   Poyezd   bu   masofani   5   soatda   o'tdi,
Poyezdning   tezligini   toping.   Sirdaryo   bo'yida   joylashgan   ikki   qishloq   orasidagi
masofa   72   km.   Kater   bu   masofani   daryo   oqimi   bo'ylab   4   soatda   o'tdi.   Katerning
turg'un   suvdagi   tezligi   15   km/soat.   Daryo   oqimining   tezligini   toping.   Amudaryo
bo'yida joylashgan ikki qishloq orasidagi masofa 42 km. Kater bu masofani daryo
oqimiga   qarshi   yurib,   3   soatda   bosib   o'tdi.   Katerning   turg'un   suvdagi   tezligi   18
km/soat. Daryo oqimining tezligini toping. Jadval tuzing va uni to'ldiring
  a) katerning turg'un suvdagi  tezligi = - (katerning daryo oqimi bo'yicha tezligi +
katerning daryo oqimiga qarshi tezligi) : 2;
  b)   daryo   oqimining   tezligi   ~   (katerning   daryo   oqimi   bo'yicha   tezligi   -   katerning
daryo oqimiga qarshi tezligi) : 2 
1.   Katerning   daryo   oqimi   bo'yicha   tezligi   21   km/soat,   oqimga   qarshi   tezligi   15
km/soat. Katerning turg'un suvdagi tezligini va daryo oqimining tezligini toping. 
2. Kater daryo oqimi bo'ylab 60 km masofani o'tish uchun 4 soat sarfladi. Oqimga
qarshi   o'sha   masofani   bosish   uchun   5   soat   sarfladi.   Daryo   oqimining   tezligini
toping. , ,
  3.   Daryo   bo'yida   joylashgan   ikki   qishloq   orasidagi   masofa   48   km.   Kater   bu
masofani   oqim   bo'yicha   2   soatda   va   oqimga   qarshi   3   soatda   bosib   o'tdi.   Bu
masofani   sol   necha   soatda   o'tadi?   4.   Zarur   hisoblashlarni   baj   arib,   j   advalni
toldiring:   Katerning   turg`un   suvdagi   tezligi   (km/soat)   Daryo   oqimining   tezligi
36 (km/soat)   Katerning   oqim   bo'ylab   tezligi   ,   (km/soat)   Katerning   oqimga   qarshi
tezligi (km/soat) 15 3 18 21 20 16 25 15 34 26 5. Kemaning turg'un suvdagi tezligi
16 km/soat, daryo oqimining tezligi 2 km/soat. Kemaning oqim bo'ylab va oqimga
qarshi  tezligini  toping. Masalalarni  jadval  tuzib yechish  Tezlik, vaqt  va  masofani
hisoblashga   doir   masalalarni   yechishda   ular   orasidagi   bog'lanishlardan
foydalaniladi:
 Masofa = vaqt - tezlik, 
S = v •t Vaqt = masofa: tezlik,
 t = S : v Tezlik = masofa : vaqt, 
v = S: t
  Hisoblashlarni   bajarib,   jadvalni   to'ldiring.(Zarur   hollarda   soatni   minutlarda
ifodalang.)   Masofa   360km   Tezlik   (km/soat)   2   0   3   0   4   0   4   5   6   0   7   2   8   0   9   0
Vaqt(soat)   1   8   5   Hisoblashlarni   bajarib,   jadvalni   toldiring.   (Zarur   hollarda
kilometrni metrlarga aylantiring.) Masofa 540km Vaqt(soat) 5 6 9 1 0 1 2 1 5 1 8 2
0 Tezlik (km/soat) 108 6 0 Hisoblashlarni bajarib, jadvalni to'ldiring: Vaqt 1 soat 1
soat 30 min 2. soat 2 soat 30 min ,3 soat 4 soat 5 soat 6 soat Tezlik 120 80 60 48
40   30   24   20   (km/soat)   -   Masofa   Tezlik   kamayishi   bilan   malum   masofani(120
kmni) bosib o'tish uchttn ketadigan vaqtning ortishiga, ammo ularning ko'paytmasi
o'sha   (120   km)   masofaga   teng   bolishiga   e'tibor   bering.   Uchrashma   yo'nalishdagi
harakatga doir masalalar
37   Masala. Nozima va Naimaning uylari orasidagi masofa 550 metr. Ular bir vaqtda
uylaridan chiqib bir-biriga qarab kela boshladi. Nozima 1 minutda 60 metr, Naima
esa 1 minutda 50 metr yo'l yuradi. Qizlar qancha vaqtdan keyin uchrashadi?
 Yechish.
 l)qizlar 1 minutda bir-birlariga necha metr yaqinlashadi? 60 m +50m =110m. 
2) qizlar qancha vaqtdan keyin uchrashadi? 550 :110 = 5 (min).
Javob:   5   minutdan   keyin.   Agar   jismlar(poyezdlar,   velosipedlar,   odamlar...)   bir-
biriga   qarab   harakatlanayotgan   bo'lsa,   ularning   yaqinlashish   tezligi   ular
tezliklarining yig'indisiga teng bo'ladi.
  A va B shaharlar orasidagi masofa 480 km. Bu shaharlardan bir vaqtda bir-biriga
qarab   ikki   avtomobil   yo'lga   chiqdi.   Ulardan   birining   tezligi   75   km/soat,
ikkinchisining tezligi esa 85 km/soat. 
a) ular bir-biriga qanday tezlik bilan yaqinlashadi? 1 soatdan keyin ular orasidagi
masofa necha kilometr bo'ladi? 
b)   avtomobillar   necha   soatdan   keyin   uchrashadi?   75
km/soat_________________85   km/soat   ————————————   480km
——————————————— A va B qishloqlar orasidagi masofa 78 km. 
Bu   qishloqlardan   bir   vaqtda   bir-biriga   qarab   ikki   velosipedchi   yo'lga   chiqdi.
Birinchi   velosipedchining   tezligi   12   km/soat.   Bir   soatdan   keyin   ular   orasidagi
masoia 52 km boldi. Eddnchi velosipedchining tezligini toping.
38   A va B shaharlar orasidagi masofa 650 km. Bu shaharlardan bir vaqtda bir-biriga
qarab ikki poyezd yo'lga chiqdi. Birinchi  poyezdning tezligi  60 km/soat, ikkinchi
poyezdniki — 70 km/soat. 
a) poyezdlar necha soatdan so'ng uchrashadi?
 6) uchrashishga 1 soat qolganda ular orasidagi masofa necha kilometr bo'ladi?
 Qarama-qarshi yo'nalishdagi harakatga doir masalalar.
  Masala. Naima o'qiydigan maktab ularning uyidan o'ng tarafda, Naimaning opasi
Nozima   o'qiydigan   litsey   esa   uydan   chap   tarafda.   Opa-singil   bir   vaqtda   uydan
chiqdi va qarama-qarshi yo'nalishda biri maktabga, ikkinchisi litseyga yol oldi.
Naimaning yurish  tezligi  50  m/min, Nozimaniki   esa  60  m/min.  5 minutdan  so'ng
ular orasi-dagi masofa necha metr bo'ladi? 
Yechish.
 I usul 
1) Naima 5 minutda qancha yo'l yuradi? 50 m/min • 5 min = 250 m.
 2) Nozima 5 minutda qancha yol yuradi? 60 m/min • 5 min = 300 m. 
3)   5 minutdan  so'ng  ular  orasidagi   masofa  necha  metr   boladi?  250 m  +  300 m   =
550 m. Javob: 550 metr.
 II usul 
1)   1   minutda   Naima   va   Nozima   bir-biridan   necha   metr   uzoqlashadi?   50   m+60
m=110 m. 
2) 5 minutda opa-singillar bir-biridan necha metr uzoqlashadi? 
110 m • 5 = 550 m.
39  Javob: 550 m. 
Qarama-qarshi   yo'nalishdagi   harakatda   jismlarning   bir-biridan   uzoqlashish   tezligi
ular tezliklarining yig'indisiga teng. Bir xil yo'nalishdagi harakatga doir masalalar 
Masala.   Anvar   va   Ravshan   A   qishloqdan   bir   vaqtda   bir   xil   yo'nalishda
velosipedlarda yo'lga chiqishdi. Anvarning tezligi 12 km/soat, Ravshanniki esa 15
km/soat. Ularning bir-biridan uzoqlashish tezligini toping.
 Yechish.
  1   soatda   Ravshan   Anvardan   15   km   -   12   km   =   3   km   oldinda   boladi.   Demak,
ularning bir-biridan uzoqlanish tezligi 3 km/soat ekan.
 Javob: 3 km/soat. O'rtacha tezlikni hisoblashga doir masalalar 
Masala.  Avtomobil   Toshkentdan  Samarqandga  5  soatda   yetib  keldi.  Toshkentdan
Samarqandgacha 330 km. Avtomobilning tezligini toping. Yechish. 
Avtomobil 1 soatda necha kilometr yo'l yuradi? 330:5 = 66(km).
  Javob:   Avtomobilning   tezligi   66   km/soat.   Bu   o'rtacha   tezlikdir.   Mashina
Toshkentdan Samarqandgacha bo'lgan masofaning hammasini bir xil o'zgarmas 66
km/soat   tezlik   bilan   bosa   olmaydi:   u   goho   sekin,   goho   tez   yuradi,   svetoforlar
oldida to'xtashi mumkin. Jismning o'rtacha tezligini topish uchun jism bosib o'tgan
yo'lni shu yo'lni o'tish uchun ketgan vaqtga bo'lish kerak.
 2.2.  4-sinfda harakatga doir masalalarni o`rganishga doir dars ishlanmasi
  Mavzu: Tezlik. Vaqt. Masofa.
 Dars maqsadi:
40   a)   ta'limiy   maqsadi:   DTS   asosida   o'quvchilarda   harakatga   doir   masalalar   ustida
ishlash  ko'nikmasini  shakllantirish,  masalani  turli  usullar  bilan ishlash  malakasini
hosil qilish;
  b)   o'quvchilarda   matematikaga   qiziqish   o'yg'otish,   ularni   vatanparvarlik,
mehnatsevarlik, tabiatni asrash ruhida tarbiyalash
 Dars turi: Yangi bilim beruvchi 
Dars jihozi: Ko'rgazmali plokatlar, darslik. 
Darsning borishi
a) Tashkiliy qism: 
O'qituvchi darsga kiradi.
 O'quvchilar bilan salomlashadi.
  Xona   tozaligi,   navbatchi   o'quvchini   aniqlaydi,   davomatni   tekshiradi.   Sanani
aniqlab doskaga yozadi.
  b)   O'quvchilardan   o'tgan   mavzuni   va   uyga   vazifani   so'rab   baholaydi.   Sinf   ishi
daftarini tarqatib, uy ishi daftarini tekshirish uchun yig'ib oladi. 
v) yangi mavzu bayoni.
 Yangi mavzu: Tezlik. Vaqt. Masofa. 
O'qituvchi: Aziz o'quvchilar. Bugun sizlar bilan biz yangi mavzuni o'rgnamiz. Biz
hammamiz vaqtni bilamiz,u haqida ayrim elementar ma'lumotlarga egamiz.
 Mahbuba, sen vaqt birliklarini sanab ber
41   Mahbuba:   Sekund,   minut,   soat,   sutka,   hafta,   oy,   yil,   asr.   O'qituvchi:   Juda
to'g'ri.   Masofa   haqida   ham   bilamiz.   Masofa   bu-   bosib   o'tilgan   yo'l.   Masofani
uzunlik birliklari bilan o'lchaymiz.
 Anvar, sen uzunlik birliklarini sanab ber. 
Anvar: metr, kilometr, santimetr kabi
 O'qituvchi: Juda to'g'ri. 
O'qituvchi   doskaga   velosipedchining   rasmi   tushirilgan   va   u   bosib   o'tayotgan
yo’lning tasviri tushirilgan plakatni iladi. Plakatda velisopedchi yura boshlagan
va   yo'lning   oxiriga   belgi   qo'yilgan.   O'qituvchi   tezlik   bu   masofaning   vaqtga
nisbati ekanligini, o'quvchilarga tushuntirib berish lozim. 
1) Velosipedchi 48km masofani soatga bir xil tezlik bilan yurib, 4 soatda bosib
o'tdi. Velosedchi  bir  soatda  necha kilometr yo'l  bosgan? 48 km 4soat  48:4=12
Agar har soatda  12 km  yurgan bo'lsa, uni  velosipedchining 1 soatdagi  harakat
tezligi   deyiladi.   Soatiga   12   km   bu-   velosipedchining   tezligi.   Qisqartirib
qo'yidagicha   yoziladi:   12km/soat.   4   soat-velosipedchining   sarflagan   vaqti   48
km- velosipedchining bosib o'tgan masofasi. 
Tezlikning qisqartirib yozilishi km/soat, km/min, km/s, m/min, m/s. 
Shu   kabi   masalalar   yechilishi   natijasida   tekis   harakatda   tezlik   –   vaqt   birligi
ichida   bosib   o`tilgan   masofa   ekanligi,   tekis   harakatning   o`zi   o`quvchilarga
tanish   tushunchalar   va   iboralar   yordamida   tushuntiriladi.   O`quvchilarning
diqqatini tezlik= masofa : vaqt ekanligiga qaratadi. O'qituvchi turli xil masalalar
orqali o'quvchilarda tezlik tushunchasini shakllantiradi.
42   Yangi   mavzuni   mustahkamlash   uchun   didaktik   o'yin   o'tkaziladi.   Sinfni   uch
jamoaga   bo'lib   olinadi.   Jamoalarning   har   bir   ishtirokchisiga   oldindan
tayyorlangan savollardan bittadan beriladi. O'ylash uchun 2 soniya muhlat. Har
bir   to'g'ri   javobga   1   balldan   beriladi.   Qaysi   jamoada   ko'p   ball   to'plansa,   shu
jamoa g'olib hisoblanadi va o'quvchilar baholanadi.
UYGA VAZIFA BERISH.
 Darslikdagi 6-7 misol va masalalarni ishlab kelish, mustaqil tarzda harakatga doir
masala tuzib, ishlab kelish.
 DARS YAKUNI.
  O'quvchilar   o'qituvchidan   tushunmaganlarini   so'raydi.   Dars   tugagach,   o'qituvchi
chiqib ketadi. Yana km/s, m/s kabi tezlik birliklari ham bor.
  Otning   tezligi:   40   :   2   =   20   (km/soat)   Avtomobil   2   soatda   180   km,   mototsikl   4
soatda   200   km   masofani   bosib   o`tdi.   Bunda   avtomobil   soatiga   180   :   2   =   90   km,
mototsikl   esa   200   :   4   =   50   km   yo`l   yurgan.   Demak,   avtomobil   mototsiklga
qaraganda   tez   yurgan.   Bu   holda   avtomobilning   tezligi   soatiga   90   km,
mototsiklning tezligi esa soatiga 50 km deyiladi. Bu tezliklar qisqacha 90 km/soat,
50   km/soat   tarzida   yoziladi.   ■3   600   km   480   km   Tezlikni   topish   uchun   masofani
vaqtga b lish kerak. Quyidagi ifodalaming ma'nosini tushuntiring:
 a) Samolyotning uchish tezligi soatiga 800 km; 
b) Teploxodning suzish tezligi 45 km/soat;
43 d) Piyodaning tezligi 4 km/soat. Hovlida g'ozlar o`tlamoqda. Ularning oyoqlari 22
ta. g`ozlar yoniga 3 ta echki qo`shilsa, ularning jami oyoqlari nechta bo`ladi?
  Poyezd   224   km   masofani   4   soatda   bosib   o`tdi.   Uning   tez-ligi   vertolyotning
tezligidan   3   marta   kam.   Vertolyotning   tezligini   toping.   Yuk   mashinasi   8   soatda
280   km   yo`l   yurdi.   Yengil   mashina   esa   bu   masofani   4   soatda   bosib   o`tdi.   Yuk
mashina-sining tezligi yengil mashina tezligidan necha marta kam? Avtomobil 180
km masofani 3 soatda bosib o`tdi. U qan-day tezlik bilan yurgan?
  Masofani   topish   uchun   tezlikni   vaqtga   ko`paytirish   kerak.   Yuk   mashinasi   40
km/soat tezlik bilan 4 soat yurdi. Yuk mashinasi qancha masofani bosib o`tdi?
  Samolyotning   tezligi   450   km/soat.   U   6   soatda   qancha   masofani   uchib   o`tadi?
Velosipedchi   shahardan   qishloqqa   3   soatda   yetib   keldi.   Shahardan   qishloqqacha
bo`lgan masofani aniqlang? . 
Shohbekatdan   bir   vaqtda   ikki   poyezd   qarama-qarshi   yo`nalishda   yo`lga   chiqdi.   5
soatdan keyin ular orasidagi masofa qancha bo`ladi?
  Avtomobil qishloqdan shaharga borish uchun oldin tosh yo`lda 30 km/soat tezlik
bilan   2   soat,   keyin   asfalt   yo`lda   70   km/soat   tezlik   bilan   3   soat   yo`l   yurdi.
Avtomobil qishloqdan shahargacha qancha yo`l yurgan?
  Vaqtni   topish   uchun   masofani   tezlikka   bo`lish   kerak   Asalari   gulzorga   qancha
vaqtda yetib boradi? .
  60   km   masofani   birinchi   velosipedchi   12   km/soat,   ikkinchi   velosipedchi   esa   15
km/soat   tezlik   bilan   bosib   o`tdi.   Birinchi   velosipedchi   ikkinchi   velosipedchiga
qaraganda qancha vaqt ko`p harakatlangan? . 
44 Sayohatchi hammasi bo`lib necha soat yo`l yurgan?
  It tulkini quvlashni boshlaganida, ular orasidagi masofa | 120 m edi. Agar it 250
m/min   tezlik   bilan,   tulki   esa   220   m/min   tezlik   bilan   vaqtdan   keyin   tulkiga   yetib
oladi? .
  Toychoq o’tlab yurib, otardan 12 km  uzoqlashib ketdi. U jt qaytishda  6 km/soat
tezlik bilan yursa, otarga necha soatda yetib keladi?
 47 632 + 21 394 \ 13 278 + 84 657 326 857 - 42 435 669 734 - 48 150 35
XULOSA
  Boshlang‘ich sinflar matematika darslarida matnli masalalar  yechishni, jumladan
4-sinflarda harakatga doir masalalar ustida ishlashni o‘rganish muammosi bo‘yicha
tayyorlangan ushbu ilmiy-uslubiy tadqiqot ishlar asosida tayyorlangan kurs ishida
quyidagi xulosalarga keldik: 
1.   Boshlang‘ich   sinflar   matematika   darslarida   o‘quvchilarga   matnli   masalalarni
o‘rgatish   hozirgi   holati   yutuqlar   bilan   birga   ayrim   kamchiliklardan   holi   emas,
chunki  jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi juda tez o‘zgarib turibdi;
  -   yosh   boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilari   uchun   matnli   masalalarni   o‘rganishga
qaratilgan   zamonaviy   pedagogik   va   axborot   texnologiyalari   qo‘llashni   hisobga
oluvchi metodikani tanlash imkoniyati cheklangan; 
-   I-IV   sinflarda   o‘rganiladigan   matematik   tushunchalar   mazmunini   ifodalovchi
matnli masalalar tizimi yetishmasligi;
45    Boshlang‘ich sinflar matematika darslarida o‘rganiladigan harakatga doir matnli
masalarning o‘ziga xos xususiyatlarini, ularning samaradorligini oshirish omillari,
ilmiy-nazariy va uslubiy ta‘minoti atroflicha o‘rganildi:
  -   4-   sinflar   matematikasi   mazmunini   ochuvchi   qator   harakatga   doir   matnli
masalalar tizimi ishlab chiqildi; 
- boshlang‘ich sinf o‘quvchilari harakatga doir matnli  masalalarni  mustaqil  yecha
olishini ta‘minlovchi masala ustida ishlash rejasi ishlab chiqildi;
  - harakatgadoir  matnli  masalalarni  o‘rganishda zamonaviy pedagogik va axborot
texnologiyalardan foydalanish yo‘llari qarab chiqildi;
  -   harakatga   doir   matnli   masalalarni   o‘rvanishda   ma‘naviy-tarbiyaviy   vazifalarni
hisobga olish o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilishi aniqlandi.
Barkamol   avlod   ta‘lim   –tarbiyasida   milliy-ma‘naviy   tarbiyani   shakllantirishga
qaratilgan harakatga doir matnli masalalar bir tizimga keltirildi.
  4.   Boshlang‘ich   sinflar   matematka   darslarida   o‘quvchilarning   harakatga   doir
matnli  masalalarni  muvaffaqiyatli   o‘zlashtirishlarini   ta‘minlashga   xizmat  qiluvchi
o‘qitish shakllari,uslublari, va vositalari asoslandi.
5.   Harakatga   doir   matnli   masalalr   yechish   orqali   boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilari
asosiy   matematik   tushunchalar   haqida   yetarli   darajada   bilim,   ko‘nikma   va
malakalarga ega bo’ladilar.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO”YXATI:
 1. ‘‘ Barkamol avlod yili‘‘ davlat dasturi to`g`risida T., 2010 yil 29 yanvar 
46 2.   Ahmedov   M,   R.   Ibrohimov,   N.   Abdurahmonova,   M.   Jumayev.   Birinchi   sinf
matematika darsligi. T., ―Uzinkomsentr, 2010y. 
3.   Levenberg   N.Y.   Boshlang`ich   ainflarda   matematika   o`qitish   metodikasi   T....,
‘‘O`qituvchi‘‘ - 1985 y.
  4.   Bikboyeva   N.U,   R.I.Sidelnikova,   G.A.Adambekova.   Boshlang’ich   sinflarda
matematika o’qitish metodikasi. T., ―O’qituvchi, 1996.
  5.   Bikboyeva   N.U.va   boshqalar   2   sinf   matematika   darsligi.   T.,   ―O’qituvchi,
2009y. 
6.   Bikboyeva   N.U.va   boshqalar.   3   sinf   matematika   darsligi.   T.,   ―O’qituvchi,
2009y.
 7. Quchqarov A .va boshqalar. 4 sinf matematika darsligi. T., ―Yangiyul poligraf
service, 2009y.
 8. Boshlang‘ich ta‘lim jurnalining 1991- 2011 yillardagi barcha sonlari 
9.   Jumayev   M.   Matematika   o`qitish   metodikasidan   praktikum.   T....   „Fan   va
texnologiyalar nashriyoti 2006 y. 
10.  Jumayev   M.  Boshlang`ich   sinflarda   matematika  o`qitish   metodikasi  T...  „Fan
va texnologiyalar nashriyoti 2005 yil
47

Harak at larga doir masalarni o'rganish KIRISH ………………………………………………………………… 1-BOB. Boshlang’ich sinflarda masalalar ustida ishlash metodikasining nazariy va amaliy asoslari 1.1. Boshlang‘ich sinflarda masalalar yechish metodikasining pedagogik- psixologik asoslari……………………………………………………………… 1.2. Masalalar bilan dastlabki tanishuv ..................................................... 1.3. Boshlang’ich sinflarda o’rganiladigan masalalar turlari..................... 1.4. Matnli masalarni yechish usullari........................................................ II-BOB. 4-sinfda harakatga doir masalalar ustida ishlash metodikasi 2.1. Harakatga doir masalalar va ularning turlari………………………. 2.2. 4-sinfda harakatga doir masalalarni o’rganishga oid dars ishlanmasi 2.3.4-sinfda harakatga doir masalalar tizimi……………………………. Xulosalar………………………………………………………………… Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………………….. 1

KIRISH Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasida yosh avlodlarning o‘quv faoliyati mazmuni, maqsad va vazifasi, vositalari, metodlari, tashkil etish shakllarini va ilmiy pedagogik asoslarga tayangan holda takomillashtirishni taqozo etmoqda. Buning ahamiyatini DTS, o’quv dasturlari va o’quv-uslubiy adabiyotlarni takomillashtrish bilan birga, ta’lim jarayoniga yangi axborot kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimediya vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida zamonaviy turdagi o’quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash samarali tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish muhim vazifalarimizdan ekanligi alohida ta’kidlangan. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasini takomillashtirishga bag‘ishlangan adabiyotlar tahlili psixologik-pedagogik tadqiqotlarda boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish samaradorligini oshirishning birinchidan, axborotlarni boyitib borish orqali ta‘lim mazmunini o‘zgartirish, didaktik elementlarni kattalashtirib o‘zlashtirish, (B.P.Erdniyev, P.M.Erdniyev), har bir fanning asosiy g‘oyasini ajratish (I.D.Zverev, V.N.Maksimova, R.A. Mavlonova, A.Abduqodirov, A.M.Markushevich) nazariy bilimlarning rolini oshirish (V.V. Davidov, A.K. Markova, J. Ikromov, A.M. Pishkalo, L.Sh.Levenberg, N.U.Bikbayeva, E.Yangibayeva, M.Axmedov) yo‘nalishlarida amalga oshirilgan. Boshlang‘ich sinf uchun darslik va o‘quv qo‘llanmalari (K.Qosimova, R.A. Mavlonova, L.Sh. Levenberg), o‘qituvchilar 2

uchun qo‘llanmalar (M.I. Mopo, A.M. Pishkalo, L.Sh.Levenberg, N.U.Bikbayeva) va o‘quvchilar uchun tajriba-sinov qo‘llanmalari (M.Ahmedov, M.Jumayev, N. Abduraxmonova, R.Ibragimov, Yu.M. Kolyagin, P.M. Erdniyev) mualliflari mashqlar to‘plami (o‘quv materiallari) orqali boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining bilish faoliyatini shakllantirish mumkinligiga to‘xtalib o‘tishgan. Didaktika va ta‘lim metodikasining xususiy masalalariga bag‘ishlangan ishlarda (P.M.Erdniyev, N.U.Bikbayeva, L.Sh. Levenberg, R.A. Mavlonova, K.Qosimova va boshqalar) bu muammo umumiy holatda ko‘zda tutiladi, biroq maxsus tadqiqot predmeti sifatida ajratib olinmagan. Shuningdek, boshlang‘ich sinflarda masalalar yechishni tashkil etish vositasi sifatida ta‘lim texnologiyasi, mustaqil ishlash, o‘yin elementlaridan foydalanish masalalari yetarli darajada o‘rganilmagan. Boshlang‘ich ta‘lim nazariyasida kichik yoshdagi o‘quvchilarning mustaqil bilish faoliyatining mohiyati va uni tashkil etish uslubiyati masalalar yechish texnologiyasining ilmiy asoslangani bilan birga ―Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasini, jumladan masofa, tezlik, vaqt orasidagi bog`lanishlarni amaliy ravishda ma‘lum darajada takomillashtirib borish maqsadida, kurs ishimizning mavzusini “Harakaga doir masalalarni matematikadanboshlang’ich sinflarda o’rganish metodikas” deb nomladik. Kurs ishining tadqiqot obyekti. Boshlang‘ich sinflar matematika darslarida harakatga doir masalalar ustida ishlashni tashkil etilishi jarayoni. Kurs ishining predmetini Boshlang‘ich sinflar 3

matematika darslarida masofa, tezlik va vaqt bilan bog`liq matnli masalalar yechishni o`rganish tizimi tashkil etadi. Kurs ishining tadqiqot maqsadi. Boshlang‘ich sinflarda masalalar yechishni tashkil etishda harakatga doir masalalarni yechish bo`yicha o‘quvchilar bilimini mustahkamlaydigan bilimlarning nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqishdan iborat. Kurs ishining tadqiqot farazi. Boshlang‘ich sinflarda masalalar yechishni tashkil etishda o‘quvchilarning fikrlash qobiliyati mustahkamlanadi, agar; - amallar bajarishga doir tasavvur komponentlari alohida-alohida tuzilib, masofa, tezlik va vaqt topishga doir masalalar yechishni o‘rgatish jarayonida ularning uzviy aloqalari ta‘minlansa; - harakatga doir masalalar yechishni tashkil etish subyekti sifatida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tafakkuri rivojlanishi ta‘minlana borilsa; Kurs ishining vazifalari: 1. Boshlang‘ich sinflarda masalalar yechishni, jumladan harakatga doir masalalar yechishni tashkil etishda matematika o‘qitish metodikasini o‘rganish faoliyati shakllanganligining mohiyati va bosqichlarini tashxis qilish; 2. Matematika kursi materialida boshlang‘ich sinflarda masalalar yechishni, jumladan harakatga doir masalalar yechishni tashkil etish faoliyati mazmuni va uni o‘tkazish jarayonining texnologik shart-sharoitlarini aniqlash. 4

3. 4-sinfda harakatga doir matnli masalalarni yechish bo`yicha pedagogik tajriba o`tkazib, yosh boshlang`ich sinf o`qituvchilari uchun uslubiy tavsiyalar tayyorlash. Kurs ishining nazariy va metodologik asosi sifatida ta‘lim sohasidagi yetakchi nazariyalar, matematika o‘qitish metodikasi faoliyati, psixologik va pedagogik qonuniyatlari va yondashuvlar, umuminsoniy qadriyatlarga tayandik. Ishning metodologik asosini O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ta‘limning ustivor yo‘nalish ekanligi haqidagi g‘oyalar, mazkur muammoga oid yetuk mutaxassis olimlar qarashlari, sohani isloh qilishga qaratilgan me‘yoriy hujjatlar, istiqbolli rejalar tashkil etadi. Boshlang‘ich sinflar matematika darslarida matnli masalalar, jumladan masofa, tezlik va vaqt bilan bog`liq masalalar ustida ishlash tizimi mavjud holati va uni o‘rganishning ilmiy- uslubiy hamda amaliy tahlili; - boshlang‘ich sinflarda o‘rganiladigan harakatga doir matnli masalalarning asosiy mazmuni va uning o‘ziga xos xususiyatlari; - 4-sinfda o`rganiladigan harakatga doir matnli masalalar ustida ishlashning tashkiliy uslubiy tomonlari va vositalari; -boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning ijodiy faoliyatlarini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirishning pedagogik va axborotli shart- sharoitlari; -boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilari uchun matematika darslarida harakatga doir matnli masalalar ustida ishlashga ko‘mak berishga qaratilgan uslubiy tavsiyalar. Kurs ishining ilmiy-uslubiy yangiligi: Boshlang‘ich sinflar matematika 5