logo

HOZIRGI SHAROITDA GLOBAL KORRUPSIYANING IJTIMOIY FALSAFIY MOHIYATI VA UNGA QARSHI KURASHISH MEXANIZMI

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

358 KB
Mavzu: HOZIRGI SHAROITDA GLOBAL KORRUPSIYANING
IJTIMOIY FALSAFIY MOHIYATI VA UNGA QARSHI KURASHISH
MEXANIZMI.
MUNDARIJA:
Kirish..................................................................................................................... 4 - 8
I-Bob.   GLOBAL   KORRUPSIYA   VA   UNING   ILMIY   –   NAZARIY
TADRIJIYLIGI………………………………………………………………..9-27
1.1.  Korrupsiya tushunchasi, mazmun mohiyati..................................................9-17
1.2.  Korrupsiyaning ko‘rinishlari va davlat, jamiyat xavfsizligiga tahdidi........18-27
II-Bob.   GLOBALLASHGAN   DUNYODA   KORRUPSIYA     VA     UNGA
QARSHI KURASHISHNING XALQARO  TAJRIBASI............................2 8 -5 3
2.1. Korrupsiyaga qarshi kurashishning xalqaro huquqiy mexanizmlari...........28-42
2.2. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha falsafiy qarashlar........................43-53
III-Bob.   KORRUPSIYAGA   QARSHI   KURASHISH   TO   ‘G   ‘RISIDAGI
FALSAFIY QARASHLARNING O‘ZBEKISTONDAGI INIKOSI..........5 4 -7 3
3.1.   O‘zbekistonda   korrupsiyaga   qarshi   kurashishning   siyosiy   –   huquqiy
mexanizmlari   va   chora   –   tadbirlari.....................................................................54-
62
3.2. Yangi O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashning davlat siyosati.......6 3 -7 3
Xulosa................................................................................................................7 4 -7 6
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati................................................................7 7 -8 3
Kirish.
Mavzusining   dolzarbligi.   Dunyodagi   globallashuv   jarayonlari     jamiyatni
modernizatsiya     qilish     bilan     birga,     aholining     ma’naviy     va   madaniy     hayotini
yanada   yuksaltirishni   taqozo   etadi.   Bunda,   inson   uchun   xos bo‘lgan   hamda
tarix   davomida   shakllanib   ulgurgan   illatlardan   voz   kechish   qiyin   jarayon
hisoblanadi.  Jumladan,  insoniyat  hayotiga   va   jamiyat   taraqqiyotiga muntazam
salbiy   ta’sir   kuchiga   ega   bo‘lgan   korrupsiya   eng   og‘ir   illatdir.   Ushbu illatni
keng  soha  doirasida  bartaraf  etish  va  yechimini topish, davlatning korrupsiyaga
3 qarshi   siyosatini    amalga   oshirishda   faol    fuqarolik   pozitsiyasini  shakllantirish
dolzarb masalalardan biridir. 
Jahonning   yirik   ilmiy   markazlari   tomonidan   korrupsiyaning   oldini   olish,
unga qarshi  kurashishning  samarali  mexanizmlarini  yaratish  borasida  bir  qator
ishlar   olib     borilmoqda.     Jumladan,     korrupsiyaning     oldini   olish   bo‘yicha
idoralararo   Markaziy   xizmatning   tashkil   etilganligi,   korrupsiyaga   qarshi
kurashishda   mahalliy   tuzilmalarning   keng   vakolatlari,     korrupsiyaga   qarshi
kurashish   bilan   maxsus   prokuraturaning   shug‘ullanish   tajribasi,   korrupsiyaga
qarshi   kurashish   bilan   Adliya   ombudsmaning     adolatli     faoliyati,     davlat
xizmatchilarining   yuqori   odob-ahloq standartlariga   rioya   etishi   ustidan   kuchli
nazorat     hamda     aybdorlik     prezumpsiyasi   joriy     etilganligi     kabi     qator
mamlakatlar  korrupsiya  holatlarni  bartaraf  etish zaruratini ilgari surmoqda.  
Mamlakatimizda korrupsiyani oldini olish hamda bartaraf etish, ushbu illatni
jamiyat  ijtimoiy-iqtisodiy,  ma’naviy  hayotiga  salbiy  ta’siri,  uni  oldini  olishda
samarali  mexanizmlarni takomillashtirish va ushbu sohada yuqori  samaradorlikka
erishish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. “Jamiyatimizda korrupsiya balosi
o‘zining   turli   ko‘rinishlari   bilan   taraqqiyotimizga   g‘ov   bo‘layotganligi,   bu   yovuz
illatning   oldini   olmasak,   jamiyatning   birorta   tarmog‘i   rivojlanmasligi,
korrupsiyaga   qarshi     kurashishda     aholining     barcha     qatlamlari,     eng     yaxshi
mutaxassislar     jalb   qilinmas     ekan,     jamiyatimizning     barcha     a’zolari,     “halollik
vaksinasi” bilan emlanmas ekan, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga erisha
olmaymiz” 1
.
Korrupsiyaga    qarshi    immunitetni    hosil    qilish   uchun   “korrupsioner” va
korrupsiyaga   shart-sharoit   yaratuvchi   omillarni   yo‘qotish,   korrupsiyani   oldini
olish yo‘nalishlarida sotsiologik tadqiqotlarni amalga oshirish muhim ilmiy-amaliy
ahamiyat kasb etadi. 
Falsafiy   nuqtai   nazardan   jamiyatda   korrupsiyaga   nisbatan   murosasiz
munosabat   muhitini   shakllantirish,   davlat   boshqaruvida   korrupsiya   omillarini
kamaytirish, unda keng aholi ishtirokini kengaytirish muhim ahamiyatga ega. Bu,
1
 O‘zbekiston  Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning oliy  majlisga  murojaatnomasida belgilangan  ustuvor
vazifalar to‘g‘risida. https://nrm.uz/contentf.
4 o‘z   navbatida,   mazkur   yo‘nalishda   ilmiy   tadqiqotlar   olib   borish,   bu   orqali
mamlakatimizda   ijtimoiy   institut     sifatida   korrupsiyaga   qarshi   kurashish
samaradorligini   oshirish   bo‘yicha   takliflar   ishlab   chiqish   dolzarbligini
ta’minlamoqda. 
O‘zbekiston   Respublikasi   Qonuni   O‘RQ–419-sonli   “Korrupsiyaga qarshi
kurashish to‘g‘risida” 1
gi   Qonuni,   O‘zbekiston   Respublikasi    Prezidentining PF-
60-son   “2022–2026-yillarga     mo‘ljallangan     yangi     O‘zbekistonning     taraqqiyot
strategiyasi   to‘g‘risida” 2
gi,   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   PF–6257-
sonli   “Korrupsiyaga   qarshi   murosasiz   munosabatda   bo‘lish   muhitini   yaratish,
davlat va jamiyat  boshqaruvida  korrupsiyaviy  omillarni  keskin  kamaytirish  va
bunda   jamoatchilik   ishtirokini   kengaytirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida” 3
gi
farmonlari  hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda
belgilangan   vazifalarni   amalga   oshirishda   ushbu   bitiruv   malakaviy   ishining
tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi. 
Muammoning   o‘rganilganlik   darajasi.    Korrupsiyaga   qarshi   kurashish
mexanizmlarini   takomillashtirish   falsafiy   tahlili   borasida   ilmiy   tadqiqotlar   olib
borilgan.  Mazkur  tadqiqotlarning  birinchi  qismi  korrupsiyaning  illat  sifatidagi
ko‘rinishlarining     mohiyati     va     maqsadlarini     tahlil     qilishga     bag‘ishlanganligi
bilan   ajralib   turadi.   Bu   mavzuga   antik   davr   mutafakkirlaridan   Aflotun 4
,   Arastu,
Sitseron 1
, sharqda  Abu  Nasr   Forobiy 2
, Abu  Rayhon  Beruniy 3
, Abu  Ali  ibn  Sino 4
,
Ibn   Xaldun 5
,   Amir     Temur 6
    kabi     hukmdor     va     jamiyatshunos     olimlarning
falsafiy     qarashlarida   e’tibor     qaratilganligi     aks     etgan.     XX     asr     boshlarida
1
 O‘zbekiston Respublikasining Qonuni   03.01.2017 yildagi O‘RQ-419-son.
2
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son
3
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 06.07.2021 yildagi PF-6257-son.
4
 Платон. Диалоги. – Москва: Мысль, 1986.– С.605; Аристотель. Афинская полития / Пер. С.И.Радцига. – 
Москва: Соцэкгиз, 1936. – С. 198.
1
 Цицерн. О государстве // Диалоги. – Москва: Наука, 1966 .
2
 Abu Nasr  Nasr  Farobiy.  Fozil  odanlar  shahri.  –  Toshkent:  “Yangi  asr  avlodi”,  2018. 
3
 Abu  Rayhon  Beruniy. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. Tanlangan asarlar.  I-jild. – Toshkent: Fan, 1968.
Abu  Rayhon  Beruniy. Hindiston.  Tanlangan  asarlar.  II-jild.  –  Toshkent:  Fan,  1965.  
4
  Ибн    Сина .   Избранные  философские произведения. – Москва: Наука, 1980 .
5
 Ibn Xaldun. Kitob ul-ibar (Ibratli misollar kitobi.  1370 y.); 
6
 Amir Temur. Temur tuzuklari.– Toshkent: Navro‘z, 1992.
5 yashab   o‘tgan   A.Avloniy 7
, M.Behbudiy 8
,   A.Fitrat 9
   va   boshqa   shu   kabi   jadid
ma’rifatparvarlarining     asarlarida   jamiyat     taraqqiyotiga     bevosita     salbiy     ta’sir
ko‘rsatayotgan   ijtimoiy-ma’rifiy   muammolar   jumladan   poraxo‘rlik,   birovlarni
haqqini yeyish kabi illatlar xususida alohida to‘xtalib o‘tilgan. 
Korrupsiya     muammosi     XIX     asrning     o‘rtalaridan     beri     ilmiy     qiziqish
obyekti bo‘lib kelmoqda. Korrupsiyani ijtimoiy hodisa sifatida nazariy tahlil qilish
jahon sotsiolog faylasuflari tomonidan ilmiy tahlil qilinmoqda. 
Shuningdek  MDH,  Osiyo  va  Afrika  mintaqasi  doirasida  ko‘plab  olimlar
ushbu     muammoni     tadqiq     qilganlar.     Jumladan,     A.Pinchuk,     V.Polterovich,
I.Brodman,     F.Rikanatin,     Djeyms     Volfenson,     I.Bondarenko     V.Nomokonov,
V.Polterovich,  Nikolas  Xamelin,  Moxammad  Nur  Alam,  Bridjitt  Simmerman,
Luka   Saporiti,   Tin   Gun,     Na     Chjou,     Mettyu     Djenkinslar 1 0
ning     ishlarida
korrupsiyaning omillari va ildizlari, uning iqtisodiy rivojlanishga to‘sqinlik qilishi,
ikkinchidan,  korrupsiyaning  mintaqaviy  darajadagi  iqtisodiy  tahlili,  korrupsiya
uyushgan     jinoyatchilik   unga     qarshi     kurashish     tendensiyalari,     korrupsiyaga
qarshi   reklama     samaradorligini     o‘rganish,     uchinchidan,     korrupsiyaning     inson
hayotini   farovonlashtirishga   salbiy   ta’siri,   uni   oldini   olish   orqali   jamiyat   hayotini
madaniy, iqtisodiy,  ijtimoiy  jihatdan  yuksaltirish  kabi  muhim  ilmiy-konseptual
qarashlari ilmiy ishlarida ilgari surilgan.  
Ayni shu  mazmundagi  qarashlar, ilmiy izlanishlar qilgan yurtimiz professor
olimlaridan   Q.Nazarov 1
,   N.Shermuhammedova 2
,   S.Otamurodov 3
,   B.Aliev,
7
  Abdulla     avloniy.     Tanlangan     asarlar.     2   jildlik.     Pandlar,     iboralar,     hikoyalar,     nabiylar     hayoti,     dramalar,
maqolalar, sayohat  xotiralari.  –  Toshkent:  Ma’naviyat,  2004.  
8
 Mahmudxo‘ja Behbudiy. Tanlangan asarlar.– Toshkent: Ma’naviyat,1999.
9
 Abdurayf  Fitrat.  Tanlangan  asarlar.–  Toshkent: Ma’naviyat, 2009.
1
0
  В.М.Полтерович   “ Факторы коррупции ” , М.: 1998. – С.120; Бродман и Ф. Риканатини   “ Корни коррупции.
Важны     ли     рыночные     институты? ”   World     Bank,   2008 .   Джеймс     Вольфенсон.     Коррупция,     как   рак,
препятствует   экономическому   развитию ”   2000 .   Бондаренко   И.   “ Коррупция:   экономический   анализ   на
региональном     уровне ”   СПб.:   “ Петропослис ”   2001.   Номоконов     В.А.   “ Организованная   преступность:
тенденции,     перспективы     борьбы ” ,     Владивосток:     Изд-во     Дальневост.     ун-та,     1998 .   Полтерович     В.М.
“ Факторы     коррупции ” ,     М.:     1998 .     Николас     Хамелин.     “ Изучение     эффективности   антикоррупционной
рекламы     в    Марокко ” ;     Маракко:    2001.    Мохаммад    Нур     Алам.     “ Женщины    и   коррупция:     опыт    Шри-
Ланки ”     Шириланка.     2007.     Бриджитт     Циммерман     “ Отношение     граждан     к   коррупционным
скандалам ” .2015 . Лука   Сапорити    “ Социальный   капитал   и   коррупция ” .   Япония. 2009. Тин Гун, На Чжоу
“ Коррупция     и   формальные   и     неформальные   правила     китайских     госзакупок     рынок ”     Китай.     2011.
Мэттью  Дженкинс.   “ Роль  парламентов  в  борьбес  коррупцией ” . США. 2015 .  
1
  Nazarov Q. Falsafa asoslari. –T.: “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati”. 2012.
2
 Shermuhammedova N. Falsafa. 2-nashr. –T.: “Idris Abdurauf”. 2020.
3
 Otamurodov S. Globallashuv va milliy-ma’naviy xavsizlik. –T.: “O‘zbekiston”. 2013.
6 R.Hakimov 4
,  Q .  Xidirov 5
  shuningdek ustozlarimiz: J.Yaxshilikov 6
, Sh.Negmatova 7
va     boshqalarning   asarlarida   korrupsiya   dunyo   miqyosida   jamiyatni   yemirib,
shaxsni   ahloqiy   jihatdan   inqirozga   uchratadigan   va   har   qanday   davlat
iqtisodiyotiga salbiy ta’sir qiladigan ijtimoiy illat ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan.  
Yuqorida   tahlil   qilingan   tadqiqotlarda   korrupsiyani   oldini   olish   va   uni
bartaraf  etish     muammolari    ijtimoiy    jarayon    sifatida    yetarli     darajada     alohida
o‘rganilmaganligini ifoda etib turibdi. Shu bois mazkur tadqiqotda O‘zbekistonda
korrupsiyaga qarshi kurashishning ijtimoiy mexanizmlarini takomillashtirish ilmiy-
amaliy jihatdan o‘rganishga alohida e’tibor qaratilgan. 
Tadqiqotning     maqsadi   va   vazifalari:   empirik     ma’lumotlar     asosida
O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashning falsafiy mexanizmlarini tahlil etish
va uni takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotimizda o‘z oldimizga quyidagi vazifalarni qo‘ydik:
 Korrupsiya tushunchasi, mazmun mohiyatini tahlil qilish;
 Korrupsiyaning   ko‘rinishlari   va   davlat,   jamiyat   xavfsizligiga   tahdidi
qaysi sohalarda k ‘zga tashlanishini ilmiy tadqiq etish;
 Globallashgan   dunyoda   korrupsiya     va     unga     qarshi   kurashishning
xalqaro  tajribasini o‘rganish;
 Korrupsiyaga   qarshi   kurashishning   xalqaro   huquqiy   mexanizmlarini
atroflicha tahlil qilish;
 Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha falsafiy qarashlar mexanizmi
tanqidiy o‘rganish;
 O‘zbekistonda   korrupsiyaga   qarshi   kurashishning   siyosiy   -   huquqiy
mexanizmlari va chora-tadbirlari sohalar kesimida tahlil qilish;
4
 Aliyev B.,Hakimov R. Korrupsiyaga qarshi kurash. Monografiya. –T.: “Yangi asr avlodi”. 2012.
5
  Xidirov Q.Korrupstiyaga qarshi kurashish barchaning vazifasiga aylanishi kerak .   “ Halq so‘zi ” , 2017 yil 20 dekabr .
6
  Yaxshilikov J. Muhammadiyev N. Falsafa. Darslik. –Samarqand.: “SamDU” 2021. Yaxshilikov J. Muhammadiyev
N.   Milliy   g‘oya-taraqqiyot   strategiyasi.   –T.:   “Fan”   2017.   Yaxshilikov   J.   Muhammadiyev   N.   Milliy   g‘oya   va
mafkura.  –T.:  “Fan” 2015.
7
  Negmatova Sh.  O‘zbekistonda   sog‘lom   raqobatni   rivojlantirishning   ma’naviy,   axloqiy   va   huquqiy   jihatlari.
Monografiya. –T.: “Sharq” 2016.
7  Hozirgi   kun   O‘zbеkiston   Rеspublikasida   korrupsiyaga   qarshi
kurashish   davlat   siyosati   ko‘lami   rolini   ko‘rsatish,   hamda   bugungi   kun   uchun
qanchalik muhimligini ochib berish;
BMIning  hajmi  va  tuzilishi.   Kirish,  uch bob,  olti  paragraf,  xulosa  va
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. 
I-Bob.  GLOBAL  KORRUPSIYA  VA  UNING  ILMIY-NAZARIY
TADRIJIYLIGI.
1.1.  Korrupsiya tushunchasi, mazmun mohiyati.
Korrupsiya   ( lotincha :   corrumpō   —   aynish,   poraga   sotilish)   —   mansabdor
shaxsning o‘z mansabi bo‘yicha berilgan huquqlarni shaxsiy  boyish maqsadlarida
bevosita suiste mol qilishidan iborat amaliyotʼ 1
. 
1
  O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi birinchi jild. –T.: “ O zbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti	
ʻ ”
2000-yil. –B.57.
8 Mansabdor  shaxslarni  sotib olish, ularning poraga sotilishi  ham  Korrupsiya
deyiladi.   Korrupsiya   davlat   apparati   va   parlament   faoliyatida   ayniqsa,   avj   oladi.
Saylanadigan lavozimlarga nomzodlar saylov kampaniyasini o‘tkazish harajatlarini
ko‘tarish   Korrupsiya   ko‘rinishlaridan   biridir   (saylangan   kishi   turli   imtiyozlar,
yordam, xizmatlar ko‘rsatib “o‘z qarzini” qaytaradi). 
Aksariyat   Korrupsiya   lobbizm   (monopoliyalarning  qonunchilik   organlari   va
amaldorlarga tazyiq o‘tkazish bilan shug‘ullanadigan muassasa va agentlari tizimi)
bilan bog‘langan. Xalqaro darajada 1970-yillarda Yaponiyaga samolyotlar sotishda
kompaniya tomonidan oliy davlat amaldorlarini sotib olish bo‘yicha “Lokxid ishi”
eng yirik Korrupsiya ko‘rinishlariga misol bo‘ladi. Porani xaspo‘shlash uchun yirik
bitishuvlarda ko‘proq “xizmat haqi” to‘lash amaliyotidan foydalaniladi.
Bu   atama,   odatda   mansabdor   shaxs   tomonidan   unga   ishonib   topshirilgan
vakolatlar   va   huquqlaridan   shaxsiy   manfaatlar   uchun   jamiyat   tomonidan
o‘rnatilgan   qonunlar   va   axloqiy   tamoyillarga   zid   bo‘lgan   holda   foydalanishni
anglatuvchi   tushuncha   hisoblanadi.   Bulardan   tashqari,   korrupsiya   mafiyalashgan
davlatlarga xos bo‘lgan tipik holat,ya’ni mansabdor shaxslarni sotib olish,ularning
sotqinlik   qilishini   ham   anglatadi.   S h u   tariqa,   Ye vropa   tillariga   tegishli   bo‘lgan
mazkur   atama,o‘zining   dastlabki   asl   ma’nosidan   ko‘ra   kengroq   ma’noni
anglatadi,ya’ni semantik 2
 ahamiyat kasb etadi.
Bugungi     kunda     rivojlanib     borayotgan,     jahon     hamjamiyati     vakillarini
tobora   tashvishga     solayotgan     global     muammolardan     biri     bo‘lgan     korrupsiya
jamiyat xavfsizligi   va   barqarorligi,   iqtisodiy,   ijtimoiy-madaniy   rivojlanishi   va
hukumatning   institusional   rivojlanishiga   to‘sqinlik   qilayotgan   illatlardan   biridir.
Korrupsiyaga oid jinoyatlar    hukumat    vakillarining   jamiyat   oldidagi   obro‘siga
putur   yetkazibgina   qolmay,   ichki   va   tashqi   siyosiy,   iqtisodiy   va   ijtimoiy
aloqalarning   samarali   yo‘lga   qo‘yilishida   ham   jiddiy   muammo   tug‘diradi.
Korrupsiya     bilan     bog‘liq   muammolarning     keng     talqin     qilinishi     va     huquqni
muhofaza   qilish   organlari faoliyatida   korrupsiyaga   qarshi   kurashga   qaratilgan
chora-tadbirlarning   kuchaytirilishiga   qaramay   ushbu   jinoyatni   ildiz   otib   borishi
2
  Semntika   (yunoncha semantikos- ifodalovchi bildiruvchi) degan ma’nonii bildiradi.
9 uning mohiyatini yanada chuqurroq   tahlil   qilish   va   paydo   bo‘lish   sabablarini
kengroq  o‘rganishga  undaydi. 
Zero, “korrupsiya  kasalligini”  yengishda  bugungi  kunda  mamlakatimizda
joriy qilingan ma’muriy chora tadbirlarning o‘zi yetarli emas. Poraxo‘rlikni oldini
olishgan   bo‘lgan     urinishlar     har     tomonlama     puxta     ishlab     chiqilishi,     bunda
aholining milliy mentaliteti, siyosiy madaniyati,  ijro  etuvchi  hokimiyat  organlari
ustidan   nazoratni   amalga     oshiruvchi     fuqarolik     institutlarining     rivojlanganlik
darajasini    ham    qamrab olinishi    lozim.   Korrupsiya    hodisasining    ilmiy   tahlili
shuni     ko‘rsatadiki,     poraxo‘rlik  jinoyatijuda     keng     qamrovli     tushuncha     bo‘lib,
hatto     korrupsiya     so‘zining   etimologiyasi     ham     ingliz     adabiyoti     va     boshqa
xalqlar   adabiyotida   tarixiy   nuqtai nazardan   turlicha   ma’no   va   konnotatsiyaga
ega 1
.  
Korrupsiyaning   xarakterli   belgisi   mansabdor   shaxsning   xatti-harakatlari
bilan   uning   ish   beruvchisi   manfaatlari   o‘rtasidagi   ziddiyat   yoki   saylangan
shaxsning   xatti-harakatlari   bilan   jamiyat   manfaatlari   o‘rtasidagi   ziddiyat
hisoblanadi. Odatda, korrupsiyaning ko‘p turlari mansabdor shaxs tomonidan sodir
etilgan   firibgarlikdan   iborat   bo‘lib,ular   davlat   organlariga   qarshi   jinoyatlar
toifasiga kiradi.
Har qanday mansabdor shaxs – amaldor, deputat, sudya, huquqni muhofaza
qilish   organlari   xodimi,   ma’mur   va   boshqalar   o‘zlariga   tegishli   bo‘lmagan   har
qanday   resurslarni   tarqatish   sohasida   korrupsiyaga   duchor   bo‘lishi   mumkin.
Korrupsiyani   rag‘batlantiruvchi   asosiy   omil   –   bu   hokimiyatdan   foydalanish   bilan
bog‘liq   holda   ko‘proq   iqtisodiy   foyda   olish   imkoniyatining   mavjudligi   bo‘lsa,
ularni tiyib turuvchi omil esa qilmishining oshkora bo‘lib qolishidan hadiksirash va
jazo olishdan qo‘rqishidir.  
Aksariyat   chet   el   tadqiqotchilarining   talqiniga   ko‘ra,   korrupsiya   atamasi
lotincha “corruptio” - “talon taroj” va “buzilish”  ma’nolarini  anglatuvchi  so‘zdan
kelib  chiqqan 1
.
1
  Friedrich  Carl   J.  The   Pathology  of   Politics:  Violence,  Betrayal  Corruption,  Secrecy   and  Propaganda.   NewYork:
Harper&Row, 1972.  –P.129.
1
 Волженкин  Б.В. Коррупция:  серия  ―Современные  стандарты  в  уголовном праве и уголовном процессе.
– СПб., 1998.  –C.5.
10 Ushbu   tushunchaning     axloqiy     va     madaniy     prinsiplar     asosidagi     talqini
rus     tadqiqotchisi,   yuridik     fanlar     nomzodi     Mishin     G.K.     izlanishlarida     o‘z
aksini  topadi.  Uning  fikriga ko‘ra, korrupsiya atamasi lotin tilidagi ikkita so‘zdan
iborat   bo‘lib,   “cor”,   “ruptum”   –   “yurak”,     “ruhiyat”,     “buzilishi”,     “barbod
bo‘lishi”  degan  ma’noga  ega 2
.
Oksford   ingliz   tili   lug‘atida   korrupsiya   tushunchasining   9   ta   ma’nosi
berilgan   bo‘lib,   ulardan     faqat     bittasini     siyosiy     kontekstda     qo‘llash     mumkin:
korrupsiya   pora yoki boshqa ta’magirlik turlari orqali davlat vazifalarini bajarish
yoki   bajarmaslik   davlat,   korporatsiyalar   va   boshqa   idoralarda   korrupsiya
amaliyotlaridan  foydalanish  yoki ularda  ishtirok  etish 3
. 
O‘zbek     tilining     izohli     lug‘atida     esa     mansabdor   shaxslarning     o‘zlariga
ishonib topshirilgan huquqlari  va  hokimiyat  vakolatidan shaxsiy  boylik  orttirish
maqsadida   foydalanishi   (korrupsiya   poraxo‘rlik,   mansabni suiste’mol qilish va
boshqa noqonuniy harakatlarni o‘z ichiga oladi) 4
. 
Korrupsiyaning   tizimli   xususiyatlaridan   biri   korrupsiyalashgan   davlat
tashkilotlarida ishlaydiganlar mansabdorlarning o‘z lavozimini saqlab qolish uchun
quyi   pog‘onadagilardan   majburiy   tarzda   pora   yig‘ib   olishi   orqali   olgan   porasini
yuqori   pog‘onadagi   mansabdorlar   bilan   bo‘lishishida   namoyon   bo‘ladi.   Bunday
holatning   mavjudligi   jamiyatning   iqtisodiy   o‘sishi   va   rivojlanishiga   jiddiy
to‘sqinlik qiladi. Odamlarni esa ma’naviy-mafkuraviy tanazzulga duchor etadi.
Bugungi   kunda   mamlakatimizda   jahon   hamjamiyati   bilan   birgalikda
korrupsiyaga qarshi kurashish muammosiga juda katta e’tibor berilmoqda. C h unki,
korrupsiya har qanday jamiyatning barqaror rivojlanishiga to‘sqinlik qilgan holda,
xalq   manfaatlarini   ko‘zlab   amalga   oshi r ilayotgan   islohotlarning   borishi   o‘zining
salbiy   ta’sirini   o‘tkazmoqda.   Xo‘sh,   shunday   ekan   korrupsiya   nima,   uning
genezisi,   evolyu t siyasi,   xullas,   u salbiy hodisa sifatida tarixiy makon va zamonning
qaysi kesishgan nuqtalarida paydo bo‘lgan degan savollar tug‘iladi?
2
  Мишин   Г.К.   О   теоретической   разработке   проблемы   коррупции   /   Под   ред.   В.В.Лунеева     //     Коррупция:
политические,  экономические,  организационные  и правовые проблемы.– М .:  Юрист , 2001. –C. 364.
3
 The   Oxford   English   Dictionary, Second   Edition, 1986. Vol. 3.  –P.974.
4
  Begmatov   E.,   Mamaaliyev   A.,Maxkamov   N.,   Mirzayev   T.,   va   boshqalar.   O‘zbek   tilining   izohli   lug‘ati.   –T.:
“O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashryoti, 2006-yil. –B.409.  
11   Bu   savolga   Birlashgan   Millatlar   Tashkilotining   korrupsiya   bilan   xalqaro
kurash   hujjatida:   “Korrupsiya   –   bu   davlat   hokimiyatining   o‘z   manfaatlari   yo‘lida
suiste’mol qilishidir 1
.  
X ususan: 1) davlat mulkini yuqori lavozimdagi amaldor shaxslar tomonidan
o‘zlashtirish,   o‘g‘irlash;  2)  o‘zining manfaatlari  yo‘lida o‘z lavozimini suiste’mol
qilish;   3)   shaxsiy   manfaatdorlik   va   jamiyat   oldidagi   burchining   o‘rtasidagi
to‘qnashuv” 2
,–   degan   javoblar   berilgan.   S h uningdek,   Transparensy   International,
Jahon   banki   va   boshqa   tashkilotlar   tomonidan   berilgan   ta’riflarda:”   Korrupsiya   –
ishonib topshirilgan hokimiyatni shaxsiy manfaatlar yo‘lida suiste’mol qilishdir” 3
,
– degan ta’rif berilgan.  etish”,– degan ta’rif berilgan. Bu degan so‘z   korrupsiya bu
pul,   qimmatbaho   S h uningdek,   O‘zbekiston   Respublikasining   2017   yil   3   yanvar,
O‘RQ-419-sonli   “ Korrupsiyaga   qarshi   kurashish   to‘g‘risida”   qonunida:
“ Korrupsiya   —   shaxsning   o‘z   mansab   yoki   xizmat   mavqeidan   shaxsiy
manfaatlarini   yoxud   o‘zga   shaxslarning   manfaatlarini   ko‘zlab   moddiy   yoki
nomoddiy   naf   olish   maqsadida   qonunga   xilof   ravishda   foydalanishi,   xuddi
shuningdek   bunday   nafni   qonunga   xilof   ravishda   taqdim   buyumlar   ko‘rinishida
imtiyozlar   olish   uchun   mansab   vakolatlarini   suiste’mol   qilish,   pora   berish,   pora
olish, o‘z vakolatlarini  suiste’mol  qilish, tijorat  pora olish  yoki  boshqa shaxsning
o‘z rasmiy mavqeidan jamiyat va davlatning qonuniy manfaatlariga xilof ravishda
noqonuniy   foydalanishidir.   Mulkiy   xususiyatga   ega   bo‘lgan   boshqa   mulk   yoki
xizmatlar, o‘zi  uchun yoki  uchinchi  shaxslar  uchun boshqa  mulkiy huquqlar yoki
boshqa shaxslar tomonidan ushbu shaxsga ushbu imtiyozlarni noqonuniy ravishda
berish;   shuningdek,   ushbu   harakatlarni   yuridik   shaxs   nomidan   yoki   uning
manfaatlari uchun amalga oshirish, demakdir.
Kishilik   tarixiga   nazar   tashlasak,   korrupsiyaning   ham   salbiy   ijtimoiy
fenomen   sifatida   juda   qadim   zamonlarda   paydo   bo‘lganligiga   ishonch   hosil
qilamiz. Bu asosan urug‘ va qabilalarning paydo bo‘lishidagi boshqaruv tizimining
1
 Справочный документ о международной борьбе с коррупцией. Секретариат ООН. А/ CONF .13  Apr .1995.
2
  Практические мерқ  борьбқ с коррупцией. Руководство,подготовленное Секретариатом ООН.  А/ CONF . 29
May .1995.
3
  Chinhamo O., Shumba G. Institutional working definition of corruption // ACT Southern Africa  Working Paper.
2007. No. 1
12 shakllanishi   bilan   bog‘liq   bo‘lib,   urug‘   y etakchisi   va   qabila   boshlig‘ining
o‘rnatilgan   tartib-qoidalarni   o‘z   manfaatlari   yo‘lida   foydalanishi,   aniqrog‘i,urug‘
va   qabilalarning   oziq-ovqat,   kiyim-kechak   resurslarini   o‘z   boshimchalik   bilan
taqsimlanishi natijasida paydo bo‘lgan,desak yangilishmagan bo‘lamiz.  
Kishilik tarixida   korrupsiyaga qarshi kurashchi sifatida tilga olingan birinchi
hukmdor   miloddan   avvalgi   XXIV   asrning   ikkinchi   yarmida   Lagash   shahar-
davlatining   shumerlar   podshosi   Uruinimgina   bo‘lgan .   Podsho   tomonidan
odamlarning,   ayniqsa   mansabdorlarning   korrupsiyaga   aralashgani   uchun
ko‘rgazmali tarzda, shafqatsiz jazolar qo‘llaganiga qaramay, u kutilgan natijalarni
bermagan.   Bu   ko‘rilgan   chora-tadbirlar   eng   xavfli   jinoyatlarning   oldi   olingan
bo‘lsada,   biroq,   quyi   pog‘onada   pora   olish   va   berish   borasida   korrupsiya   keng
tarqalgan.   Shuningdek i nsoniyat tarixida korrupsiyani tugatish yo‘llari va huquqiy
asoslari   Hindistonda   yaratildi   degan   qarashlar   ham   mavjud.   Bundan   2,5  ming   yil
avval   yozilgan   “Artxashastra   yoxud   Siyosat   ilmi”   kitobi   davlatni   boshqarish   va
xo‘jalik   yuritish   mavzuiga   bag‘ishlangan   bo‘lib,   o‘sha   davrning   siyosiy   va
iqtisodiy qomusi  sifatida dunyoga keldi. Bu asarga davlatni  tuzish, boshqarish va
uni   rivojlantirishning   huquqiy   asoslari,   deb   qarash   ham   mumkin.   Kitob   muallifi
sifatida brahman Kautile nomi (u Chanakya ismi bilan ham mashhur) zikr etiladi.
“Artxashastra”ning   26-bo‘limi   korrupsiyaga   bag‘ishlangan.   Bo‘limda   korrupsiya
“o‘zlashtirish”   iborasi   orqali   izohlanadi:   “Shohning   shaxsiy   yoki   boshqa
mulklariga   qo‘l   cho‘zish   o‘zlashtirishdir.   Bu   holatda   narxi   yuqori   bo‘lgan
buyumlarni   o‘zlashtirganlik   uchun   o‘lim   jazosini   qo‘llash,   narxi   o‘rtacha   bo‘lgan
buyumlarni   o‘zlashtirganlik   uchun   ularni   undirib   olish,   narxi   past   bo‘lgan
mulklarni   o‘zlashtirganlik   uchun   ularni   qaytarib   olish   jazolarini   tayinlamoq
lozim”. “Artxashastra”da poraxo‘rlikning qirqta turi tasnif etiladi. Korrupsiyaning
oldini   olishga   javobgar   mansabdor   shaxs   vaqti-vaqti   bilan   xalq   to‘planadigan
joylar   va   bozorlarda   quyidagicha   murojaat   qilib   turishi   lozimligi   aytiladi:   “Biron
bir boshliqdan zarar ko‘rganlar bo‘lsa, shu haqda bizga xabar bersinlar” 1
.
1
  Ahmedova   R.   Korrupsiyaga   qarshi   birga   kurashamiz.O‘zbekistonda   ilmiy-amaliy   tadqiqotlar   mavzusidagi
konferensiya. “Tadqiqot.uz”. –B.7.
13 Miloddan avvalgi IV asrda Bxarata (Hindiston) vazirlaridan biri tomonidan
korrupsiya muhokamasiga oid birinchi traktat  “ Artxa – shastra ”  Kautil ‘ya taxallusi
bilan nashr etilgan. Unda   “ qirolning mulki, hech bo‘lmaganda ozgina bo‘lsa ham,
ushbu   mulk   uchun   mas’ul   bo‘lganlar   tomonidan   o‘zlashtirilishi   mumkin   emas ”
degan pessimistik xulosa qayd etilgan.
Qadimgi   Misr   fir   ‘avnlari   ham   shunga   o‘xshash   muammolarga   duch
kelishgan,   chunki   bu   y erda   amaldorlarning   katta   keng   qamrovli   byurokratik
apparati   mavjud   bo‘lib,   ular   erkin   dehqonlar,   hunarmandlar   va   hatto   harbiy
zodagonlarga   nisbatan   qonunsizlik   va   o‘zboshimchalikni   qilishlariga   keng
imkoniyatlar   yaratib   berishgan.   Bu   haqda   Itahotel   degan   bir   shaxsning   “ boshliq
oldida   belingizni   bukib   ta’zim   qiling,   shundagina   uyingizda   tartib,   ish   haqingiz
to‘liq bo‘ladi, chunki boshliq oldida qarshilik qilgan odam yomon odam, uni rozi
qilsangiz yashashingiz oson bo‘ladi” 2
,– degan so‘zlari hozirgacha saqlanib qolgan. 
Sudyalarning sotqinligi alohida tashvish uyg‘otgan, chunki ular pora evaziga
sotilib   mulklarni   noqonuniy   ravishda   taqsimlash   va   nizolarni   qonunchilik
doirasidan   tashqarida   hal   qilishga   berilib   ketganlar.   S h uning   uchun   ham   y etakchi
din   vakillari   sudyalarning   poraxo‘rligini   qoralab:   “ ...   boshliq   sovg‘a   talab   qiladi,
sudya   esa   pora   olish   uchun   sud   qiladi,   zodagonlar   o‘z   qalblarining   yomon
istaklarini qondirish uchun ishni buzib ko‘rsatadilar”,   “ Sovg‘alarni qabul qilmang,
chunki sovg‘alar ko‘zi ochiqlarni ko‘r qiladi va haq-huquqlarni izdan chiqaradi ” 1
,–
deganlar.
Qadimgi   Rim   qonunlarining   XII   jadvalida   qayd   qilingan   “sorrumpere ”
atamasi  “ sud y a guvohlik beruvchilarni pulga sotib olish ”  va  “ sudyaga pora berish ” :
“Siz sud  kelishuvi  paytida  tayinlangan   ( ishni   ko‘rib chiqish  uchun )   va   ( bu ishda )
pul   pora   olganlikda   aybdor   deb   topilgan   sudya   yoki   vositachini   o‘lim   bilan
jazolash   to‘g‘risidagi   qonunning   qat   ‘iy   qarorini   ko‘rib   chiqmoqchimisiz? ” 2
,–
degan ma’noda ishlatila boshlagan. 
2
  Хрестоматия государства и права зарубежных стран. Древность и Средние века /сост. В.   А.   Томсинов.   –М.:
Зеркало, 1999; 2004.   — С. 56. 4drf
1
  Библия. Ветхий Завет.   — М., 1994.   — С. 352.
2
  Таблица IX. 3. Авл. Гелий / Законы XII таблиц. Хрестоматия по истории государства и права зарубежных
стран / под ред. В. А. Томсинова. — М.: Зеркало, 1999. С. 120.
14 Korrupsiyani  tushunish  masalasida  Nikkolo Makiavellining asarlari  alohida
ahamiyat  kasb  etgan. U korrupsiyani  kasallik bilan taqqoslab,  u qichima kasaliga
o‘xshash bir narsdir. Avvaliga uni tanib olish qiyin, ammo davolash osonroq. Agar
unga e’tibor berilmasa, uni tanib olish oson, ammo davolash qiyin,degan xulosaga
kelgan 3
. 
XVIII   asr   oxiridan   boshlab   G‘arbda   jamiyatning   korrupsiyaga   bo‘lgan
munosabatida   burilish   boshlangan.   Bu   davrda   liberal   islohotlar   davlat   hokimiyati
unga   bo‘ysunadigan   odamlar   manfaati   uchun   mavjud,   shuning   uchun   “ fuqarolar
amaldorlar   tomonidan  qonunlarga qat  ‘iy rioya qilish  evaziga  hukumatni  qo‘llab-
quvvatlaydilar ”, -  degan shior ostida amalga oshirildi. 
Xususan,   1787   yilda   qabul   qilingan   AQSH   Konstitutsiyasiga   binoan,   pora
olish   AQSH   prezidentiga   nisbatan   impichment   e’lon   qilinishi   mumkin   bo‘lgan
aniq   ko‘rsatilgan   ikkita   jinoyatdan   biridir.   Yaqindagina   AQSHning   sobiq
Prezidenti   Donald  Trump korrupsion  holat   yuzasidan  sud  qilinganligi  xam   bunga
yaqqol  misol  bo‘la oladi.   Jamiyat  davlat  apparati  ishining  sifatiga tobora  ko‘proq
ta’sir o‘tkaza boshladi. 
Siyosiy   partiyalar   va   hukumat   tomonidan   tartibga   solish   kuchaygan   sari,
siyosiy elita va yirik biznesning til biriktirishi epizodlari tobora ko‘proq tashvishga
tushdi. 
Shunga   qaramay,   X I X-XX   asrlarda   rivojlangan   mamlakatlarda   korrupsiya
darajasi boshqalariga qaraganda birmuncha pasaygan 1
. 
Har   qanday   hodisa   odamlar   tomonidan   axloqiy-ma’naviy   jihatdan
baholanadi. S h unga ko‘ra korrupsiyaning turli ko‘rinishlariga ham har xil axloqiy
baho   beriladi.   Bunda   ba’zi   harakatlar   –   jinoiy ,   boshqalari   esa   –   axloqsiz
hisoblanadi.   Oxirgisiga,   qoida   tariqasida,   meritokratiya   tamoyilini   buzadigan
siyosiy yo‘nalishga asoslangan qarindoshlik va homiylik kiradi.
3
 Макиавелли Н. Избранное. — М., 1989. — С. 78-79.
1
 Bardhan P. Corruption and development: a review of issues. — In: Political corruption: concepts and contexts / Ed.
Heidenheimer A. J., Johnston M. 3rd ed. New Brunswick, NJ: Transaction, 2002. — ISBN 978-0-7658-0761-8 — P.
331.   ( англ .).     Glaeser   E.   L.,   Goldin   C.   Corruption   and   reform:   an   introduction   ( англ .)   //   NBER   Working   Paper
10775.  2004.
15 Biroq, korrupsiyaga nisbatan nisbatan ijobiy munosabat ham mavjud.
Bu   xususda   Kanzas   universiteti   biznes   professori   Duglas   Xyuston;   “ Korrupsiya
rivojlanmagan   joyda   qonun   ustuvorligining   foydali   o‘rnini   bosishi   mumkin.
Boshqacha   qilib   aytganda,   korrupsiyaning   foydasi   -   qo‘shimcha   sermahsul
operatsiyalar   natijasida   hosil   bo‘lgan   qiymat   -   bu   xarajatlardan   oshib   ketishi
mumkin. Bunday holat, ehtimol, biznes yuritishning qonuniy imkoniyatlari keskin
cheklanganda yuzaga keladi” 2
 ,– degan fikrni bildirgan. 
Korrupsiyani   lobbichilikdan   ajratish   kerak.   Lobbi   olib   borayotganda,
mansabdor shaxs o‘z vakolatlarini tayinlash imkoniyatini oshirish yoki ma’lum bir
guruh nomidan harakat qilish evaziga korporativ zinapoyada ko‘tarilish uchun ham
ishlatadi. Farqi shundaki, lobbichilik uchta shartni qondiradi :
1.   Mansabdor   shaxsga   ta’sir   o‘tkazish   jarayoni   raqobatdosh   bo‘lib,   barcha
ishtirokchilarga ma’lum bo‘lgan qoidalarga amal qiladi.
2. Y a shirin yoki yon to‘lovlar mavjud emas.
3.   Mijozlar   va   agentlar   bir-biridan   mustaqil,   chunki   hech   bir   guruh   boshqa
guruh tomonidan olingan foydadan ulush olmaydi 3
.
Korrupsiyaning eng xavfli shakllaridan yana biri – bu jinoiy javobgarlik deb
tasniflanadi.   Bularga,   birinchi   navbatda ,   o‘zlashtirish   (o‘g‘irlik)   va   pora   kiradi.
O‘zlashtirish   -   mansabdor   shaxsga   topshirilgan   resurslarni   shaxsiy   maqsadlar
uchun   sarflab   yuborish   bo‘lib,   uning   oddiy   o‘g‘irlikdan   dastlab   odam   resurslarni
boshliqdan, mijozdan va boshqalar qonuniy ravishda tasarruf etish huquqi olganligi
bilan   farqlanadi.   Ko‘pgina   hollarda,   agar   pora   berish   tovlamachilikning   natijasi
bo‘lmasa, pora beruvchi ushbu bitimdan asosiy foyda oladi. Ovozlarni sotib olish
ham jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi (garchi ba’zilar buni korrupsiya emas, balki
vijdonli saylov kampaniyasining bir turi deb hisoblashadi).
Ko‘pincha   hokimiyatni   zo‘rlik   bilan   almashtirishga   chaqiruvlarning   sababi
ham   korrupsiya   bilan   bog‘langan   bo‘ladi.   Bunda   shu   bilan   birga,   ko‘pincha
ma’lum   bir   siyosiy   elitaga   emas,   balki   umuman   siyosiy   tizimga   qarshi   ayblovlar
2
 Дуглас Хьюстон. Способна ли коррупция улучшить положение дел в экономике?.  inLiberty.ru.
3
  Jain   A.   K.   Corruption:   a   review   //   Journal   of   Economic   Surveys.   —   2001.   —   Vol   15,   No.   1.   —   P.   71.
doi:10.1111/1467-6419.00133 ( англ .)
16 qo‘yiladi.   Oskar   Arias   Sanches   ta’kidlaganidek,   avtoritar   rejimlar   hokimiyatni
suiste’mol   qilishning   katta   qismini   jamoatchilikdan   yashirishga   qodir,   shuning
uchun   ularning   korrupsiyasi   to‘g‘risida   xulosa   butun   dunyo   uchun   o‘ta   muhim
dalillar   va   zararli   oqibatlarni   tahlil   qilish   asosida   amalga   oshiriladi.   Aksincha,
demokratiyadagi korrupsiya ko‘pincha katta zarar etkazishdan oldin keng reklama
qilinadi   va   bostiriladi.   Biroq,   davriy   mojarolar   fuqarolarda   ularning   mamlakatda
siyosiy   qarorlar   qabul   qilish   jarayoniga   ta’sir   o‘tkazish   qobiliyatiga   va
demokratiyadan ko‘ngli qolganiga shubha uyg‘otishigacha olib keladi 1
.
Xulosa   qilib   shuni   aytishimiz   mumkinki,   tarixda   qilinan   xatolardan   to‘g‘ri
xulosa   chiqarib,   kelajakni   korrupsiyasiz   birgalikda   qurishimiz,   buning   uchun
avvalo   o‘zimizni   o‘zimiz   tarbiya   qilishimiz,   korrupsiyanining   har   qanday
ko‘rishnishini   bartaraf   qilish   uchun   birgalikda   kurashishimiz   zarurdir.   Qabul
qilingan   Qonun   esa   davlat   va   jamiyat   taraqqiyotiga   salbiy   ta’sir   etuvchi   mazkur
illatga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmi sifatida xizmat qiladi.  
1.2.  Korrupsiyaning ko‘rinishlari va davlat, jamiyat xavfsizligiga
tahdidi.
Korrupsiyaning kelib chiqish ildizi qayerda?
Uning   kelib   chiqish   sabablarini   aniqlash,   korrupsiyaga   qarshi   kurashning
samarali   yo‘llarini   topish   bo‘yicha   mutaxassislar,   turli   institutlar   va   xalqaro
tashkilotlar   tomonidan   yuzlab,   minglab   tadqiqotlar   o‘tkazilgan.   O‘ziga   xos
reytinglar tuzilib, har xil ko‘rsatkich va raqamlar qayd etilgan jadvallar yaratilgan.
Hatto   korrupsiyaning   xilma-xil   ko‘rinishidagi   formulalari   ham   ishlab   chiqilgan.
Hanuzgacha,   barcha   millatlar   uchun   qo‘l   keladigan   qarshi   kurashda   asqotadigan
1
  Ариас   Санчес,   О.   Предисловие   //   Основы   борьбы   с   коррупцией   (системы   общегосударственной   этики
поведения) / Под ред. С. В. Максимова — М.: 1999 . –C.57.
17 yagona yechim yo‘q. Gap shundaki, korrupsiyaning asl ildizi uning paydo bo‘lish
geografiyasi bilan o‘zgaradi. 
Bu   yerda   kalit   so‘zi   “davlat   organlari   xodimlari”   sanaladi.   Ya’ni,   ushbu
jumlaning   o‘zi   korrupsiya   darajasi   yuqori   ekanida   davlat   xizmatchilarining   roli
muhim   ekanligini   ko‘rsatadi.   Davlat   organlarida   xizmat   qilayotganlarni   bunday
qabih ishga qo‘l urishga nima undamoqda?
Javob yana izohning o‘zida yastanib turibdi: “moddiy yoki mulkiy yo‘sinda,
g‘ayriqonuniy   shaxsiy   naf   ko‘rish   maqsadida!” .   Tabiiyki,   korrupsiya   ortida
mo‘may daromad topish ilinji turibdi, biroq har bir quyi bosqichda uning hakalak
otishiga davlat xizmatchilarining oylik maoshi pastligi sabab bo‘lmoqda.
Keling unda tadqiqotimizni  Korrupsiyaning tasniflash dan boshlaymiz ,   uning
jamiyatda egallagan o‘rniga,   xususan faoliyat mezonlariga qarab bir necha turlarga
ajratishga aytiladi. S h unga ko‘ra korrupsiyani ko‘plab mezonlarga ko‘ra tasniflash
mumkin.   Bular asosan quyidagilardan iborat:
 o‘zaro   ta’sir   qiluvchi   sub   ‘ektlarning   turlari   bo‘yicha   (fuqarolar   va
kichik xodimlar, firmalar va mansabdor shaxslar, millat va siyosiy rahbariyat); 
 foyda turi bo‘yicha (foyda olish yoki xarajatlarni kamaytirish);  
 yo‘nalishi bo‘yicha (ichki va tashqi);
 sub ‘ektlarning o‘zaro aloqa yo‘li;
 markazlashtirilganlik darajasi;
 bashorat qilinishi mumkinligi;
 izchilligi va boshqalar. 
Bugungi kunda korrupsiyaning quyidagi turlari mavjud :  
1. Kundalik turmushdagi korrupsiya.
2. Ishbilarmonlikdagi korrupsiya.
3. Y u qori hokimiyatgi korrupsiya.
4. Korrupsion xizmatlar bozori.
5. Xususiy shaxsning qiziqishlari.
6. Korrupsiyaning boyib borish sohalari 1
.  
1
  Yaxshilikov J. Muhammadiyev N. Falsafa. Darslik. –Samarqand.: “SamDU” 2021. –B.478.
18 Quyida ularning atroflicha taxlili bilan tanishamiz.
1.   Kundalik   turmushdagi   korrupsiya.   Korrupsiyaning   bu   turi   oddiy
fuqarolar va mansabdor shaxslarning o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga keladi. Unda
fuqarolarning turli xil sovg‘alari va amaldorga va uning oila a’zolariga xizmatlari
kiradi. Ushbu toifaga qarindoshlik (nepotizm) kiradi.
2.   Ishbilarmonlikdagi   korrupsiya.   Korrupsiyaning   bu   turi   hukumat   va
biznes   o‘zaro   aloqada   bo‘lganda   yuzaga   keladi.   Masalan,   biznes   mojarosida
tomonlar   o‘z   foydasiga   qaror   chiqarish   uchun   sudyaning   yordamiga   murojaat
qilishlari mumkin.
3.   Y u qori   hokimiyatgi   korrupsiya .   Korrupsiyaning   bu   turiga   demokratik
tizimdagi siyosiy rahbariyat va oliy sudlar kiradi. Bu hokimiyatda o‘rnashib olgan
vijdonsiz   kishilar   guruhining   o‘zlarining   manfaatlarini   ko‘zlab,   saylovchilar
manfaatlariga zarar etkazadigan darajada siyosat olib borishdir.
4.   Korrupsion   xizmatlar   bozori.   Bu   sohada   eng   keng   tarqalgan   narsa   -
markazlashtirilmagan   (tashqi)   korrupsiya   bo‘lib,   bu   mansabdor   shaxs   va   alohida
shaxs o‘rtasida individual ravishda tuzilganib o‘zaro foydali kelishuv hisoblanadi.
S h u   bilan   birga,   bu   kelishuvga   birgalikdagi   tashkilot   a’zolaridan   iborat   bo‘lgan
ichki korrupsiyani ham qo‘shib olishsa,bu esa   unga uyushgan jinoyatchilik tusini
beradi.   Bixeviorizm 2
  doktrinasiga   ko‘ra,   inson   biron   bir   jamoaga   kirar   ekan,   u
albatta   ushbu   jamoada   qabul   qilingan   xulq-atvor   qoidalarini   ham   qabul   qiladi.
S h uning uchun, bordiyu, agar idora ichidagi jamoaning madaniyati pora olish yoki
berish   bilan   bog‘liq   bo‘lsa,ya’ni   qoniqish   muhiti,   ba’zan   rasmiy   masalalar   bilan
shug‘ullanishda   mas’uliyasizlik,   xodimlarning   noto‘g‘ri   xatti-harakatlarini
muhokama   qilishda   oshkoralikning   yo‘qligi   mavjud   bo‘lsa,   unda   jamoaga   yangi
kelganlar   bu   xatti-harakatni   odatdagidek   qabul   qilishadi   va   kelajakda   unga   rioya
qilishadi.   Biroq,   boshqa   tadqiqotchilarning   fikriga   ko‘ra,   inson   har   doim   bunday
muhitdan   chiqib   ketish   uchun   asosiy   imkoniyatga   ega   bo‘lib,   unga   mikro-
hamjamiyat   tomonidan   jamoadagi   buzilishlarga   qarshi   kurashish,bu   kurashni
2
  Biхeviorizm   -     (ing.   behaviour   хulq)   -   19-asrning   oхiri   -   20-asrdagi   amerika   psiхologiyasining   yetakchi
oqimlaridan   biri.   Biхeviorizm   ta’limoti   asosida   odam   va   hayvon   хulqida   tashqi   muhitdan   bo‘ladigan   ta’sir,
qo‘zg‘atuvchi   (stimul)ga   javoban   yuzaga   keladigan   хatti   harakat   va   unga   taalluqli   nutqiy   va   hissiy   javoblarning
majmui yotadi.
19 ommalashtirish,   ularni   hech   narsa   bo‘lmagandek   e’tiborsiz   qoldirish,   shaxsning
o‘zi tomonidan buzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik kabilar kiradi.
Amaldorlar   orasida   korrupsiyaning   tarqalishi,   oxir   oqibatda   unga
bo‘ysunuvchilar ham, rahbarlar ham manfaatdor bo‘lishiga olib keladi 1
. 
Yuqorida   keltirilgan   modeldan   ham   ko‘rinib   turibdiki,   amaliyotda
bo‘ysunuvchilar   pora   olgandan   so‘ng   nafaqat   yuqori   rahbarlari,   balki   o‘zlari
o‘rtasida ham bo‘lishadi. Bu esa o‘z navbatida korrupsiyaga xos ichki bozorlar va
iqtisodiy   mexanizmlarni   shakllantirishga   olib   keladi.   Xususan,   noqonuniy
daromadlari   yuqori   bo‘lgan   lavozimlar   paydo   bo‘ladi.   Bunday   lavozimlar   uchun
mansabdor shaxslar o‘rtasidagi kurash esa ichki   “ mehnat bozori ”  ni shakllantiradi.
Bu   esa   o‘z   navbatida   korrupsion   bozorlar   xizmatining   muayyan   darajada
kengayishiga,faolroq harakat qilishiga olib keladi.
5.   Xususiy   shaxsning   qiziqishlari.   Hayotda   har   bir   shaxsning   o‘z
qiziqishlari   bo‘ladi.   Ayniqsa,   kimdir   oddiy   ishchi   bo‘lishga,   kimdir   olim
bo‘lishga,kimdir  amaldor bo‘lib xalqning og‘irini   y engil qilishga,   kimdir  amaldor
bo‘lib   shaxsiy   boylik   orttirishga   qiziqadi.   Bularning   ichida   eng   yomoni   davlat
xizmatchisining tovlamachilik qilishidir. 
      Tovlamachilik   (hukumat reketi) – bu davlat amaldorlari tomonidan o‘ziga
berilgan   vakolatlar   doirasida   boshqa   shaxslarga   litsenziyalarni,   maxsus
ruxsatnomalarni yoki boshqa xizmatlarni bajarishga ruxsatnomani berishni ataylab
pora   evaziga   bajarishidir.   S h u   bilan   bir   qatorda,   agar   mansabdor   shaxs   to‘lash
kerak   bo‘lgan   to‘lovlar   miqdorini   (masalan,   soliqlar   yoki   yig‘imlar)   baholash
huquqiga ega bo‘lsa, bu ham  tovlamachilik, ya’ni  pul talab qilish imkoniyatlarini
ochib beradi.
Davlat   xizmatchisining   tovlamachilik   qilishi   ustidan   ichki   yoki   tashqi
nazorat organi orqali shikoyat qilish huquqi mavjud. Qaror apellyasiya tartibining
qanchalik   qimmatga   tushishiga,   shuningdek,   fuqaro   davlat   xizmatchisi   sifatida
o‘zining qonuniy huquqlari va majburiyatlarini bilishiga bog‘liq.
1
 Abu Muslim.  Korrupsiya. –T.: “Yurist”, 2012-yil. –B. 32.
20 O‘zaro til biriktirish .   Bu tovlamachilik bilan bir xil  sharoitda sodir  bo‘ladi,
lekin   u   ikkala   tomon   uchun   foydali   bo‘lishi   va   davlatga   zarar   etkazadigan   bitim
tuzishdan   iboratligi   bilan   farq   qiladi.   Masalan,   bojxona   inspektori   pora   evaziga
import miqdorini kamaytirishi va shu bilan import qiluvchi firmaning bojlar uchun
to‘lashi   kerak   bo‘lgan   miqdorni   kamaytirishi   mumkin.   Bitim   rasmiy   shaxsni
nazorat qilish uchun mas’ul bo‘lgan tuzilmalarni ham o‘z ichiga olishi mumkin.
      6.   Korrupsiyaning   boyib   borish   sohalari.   Har   bir   davlatning   byudjeti
bo‘lib, u asosan daromadlar va xarajatlar degan qismlarni o‘z ichiga oladi. Ana shu
byudjetdagi   davlat   xarajatlari   byurokratiya,   ayniqsa   yuqori   siyosiy   elita   uchun
korrupsiyani   boyitishning   asosiy   sohalaridan   biri   hisoblanadi.   Bular   jumlasiga
investitsiya loyihalari, davlat xaridlari, byudjetdan tashqari mablag‘lar kiradi.  
Shuni   alohida   takidlash   joizki,   yuqorida   takidlangan   fikirlarni
umumlashtiradigan bo‘lsak k orrupsiyaning quyidagi to‘rt asosiy  sababini keltirish
mumkin bo‘ladi:
1.   Shaxsiy   sabablar.   Korrupsiya   “yomon”   hodisa,   u   yaxshi   ta’lim-tarbiya
ko‘rmaslik   va   kam   maosh   oladigan   amaldorlarning   nokasligi   oqibatida   paydo
bo‘ladi.
2.   Institutsional   sabablar.   Bunda   boshqaruvning   kuchsizligi   asosiy   omil
sanaladi.   Masalan,   kadrlar   tayyorlash,   hisobga   olish   va   nazorat   qilishning
samarasizligi, mansabdorlarni yollashning osonligi va ularni oson ishdan haydash,
ularda   uzoq   vaqt   mansabda   turishga   ishonchsizlik   paydo   bo‘lishi   kabilar
korrupsiyani rag‘batlantiruvchi omillardir.
3. Tizimiy sabablar. Hukumat ba’zan jamiyatning shunday talablariga duch
keladiki, ularni bajarishning rasmiy tartiblari hali aniq ishlanmagan bo‘ladi yoxud
ular   ko‘p   miqdorda   mablag‘   talab   etadi   va   aksar   holda   uzoq   muddatlarga
cho‘ziladi.   Shunday   holatlarda   korrupsiyaga   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   va   qisqa   yo‘llar
ochiladi.
4. Ko‘p tomonlama sabablar. Ba’zan davlat rahbariyatining o‘ziga xos xulqi
tufayli   davlat   boshqaruvida   hal   qiluvchilik   rolini   “shaxsiy”   omillar   bajaradi.
21 Bunday   sharoitda   davlat   mansablariga   ishonchga   sazovor   odamlar   tayinlangan
taqdirda ham institutsional va tizimga oid muammolar sabab korrupsiya ko‘payadi.
Ushbu illatni tadqiq qilgan bir qator yirik mutaxassislar quyidagi faktorlarni
korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillar sifatida ko‘rsatadi.
Ikki xil ma’noni anglatuvchi qonunlar — ushbu vaziyat huquqni qo‘llovchi
mansabdor   shaxs   tomonidan   qonunlarni   turlicha   qo‘llash   imkonini   yaratadi.
S h uningdek,   ayrim   mutaxassislar   jinoyat,   ma’muriy   qonunchilikdagi   “vilka”
sanksiyalarni   ham   korrupsiyaga   qulay   sharoit   yaratishi   mumkinligi   haqida   fikr
yuritishgan. Y a’ ni, sanksiyaning  aniq miqdori yo‘qligi sudyada uni  o‘z hohishiga
qarab qo‘llashga sharoit yaratib beradi.
Aholi   huquqiy   savodxonligining   pastligi   —   aholi   tomonidan   qonunlarni
bilmaslik yoki tushunmaslik mansabdor shaxsga o‘zining shaxsiy manfaati yo‘lida
qonunlardan foydanishga qulay sharoit yaratadi.
Mamlakatdagi   siyosiy   vaziyatning   notinchligi   —   mamlakatdagi   notinchlik
birinchi   navbatda   aholi   ongida   hayotda   yuksak   turmush   darajasiga   erishishning
asosiy usuli qonunga xilof faoliyat bilan bog‘liq, degan mutlaqo axloqqa zid nuqtai
nazar  shakllanishiga  olib keladi. Bu esa  o‘z navbatida korrupsiyaga qulay sharoit
yaratadi.
Ijro   hokimiyatining   birligi   tamoyilinining   buzilishi   —   aynan   bitta
faoliyatning turli instansiyalar tomonidan tartibga solinishi:
 aholining davlatni nazorat qilishdagi sust ishtiroki;
 davlat   sektoridagi   xizmat   qilayotgan   xizmatchilar   daromadlarining
xususiy sektorda topish mumkin bo‘lgan daromadlardan kamligi;
 iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishi;
 inflyasiyaning yuqori darajasi;
 mamlakat yuqori boshqaruv organlarining aholidan uzilib qolganligi;
 mamlakatdagi diniy va axloq qoidalari 1
.
Jahon   mamlakatlarida   korrupsiyaga   qarshi   kurashning   quyidagi   usullari
mavjud.
1
 Qobilov Sh.R., Abdullajonov N.B. Korrupsiya va xavfsizlik. –T.: “Akademiya”, 2006-yil. –B.45.
22 Birinchidan:   Ichki   nazorat   —bu   usul   boshqaruv   apparatining   o‘zida
nazoratni kuchaytiruvchi tuzilmalar (har xil ichki inspeksiyalar  va boshqa nazorat
organlari   tuzish   orqali)   yaratishni   taqazo   etadi.   Bu   tuzilmaning   asosiy   vazifasi
xodimlarning   ichki   etiket   qoidalariga   rioya   qilishini   nazorat   qilishdir.   Hozirgi
kunda   bizning   yurtimizda   ham   bir   qator   huquqni   muhofaza   qilish   organlarida
aynan shu vazifani bajaruvchi ichki tuzilmalar yaratilgan.
Ikkinchidan:   Tashqi   nazorat   —   bu   usulda   ijro   apparatidan   mustaqil
tuzilmalarning   mustaqilligini   oshirish   nazarda   tutilib,   aynan   ushbu   tuzilmalar
orqali korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib boriladi. Y a’ ni, sud hokimiyatining
maksimal   darajada   mustaqilligiga   erishish   ommaviy   axborot   vositalariga   ko‘proq
erkinlik berish va h.k.
Saylov tizimi orqali kurashish —demokratik davlatlarda saylangan vakillarni
korrupsiya   uchun   jazolashning   asosiy   usullaridan   biri   keyingi   saylovlarda   unga
ovoz   bermaslik   hisoblanadi.   Korrupsiyaga   saylovlar   orqali   ta’sir   o‘tkazish   eng
samarali usul hisoblanadi.
Korrupsiyaga   qarshi   kurashda   yuqori   natijalarga   erishgan   Shvetsiya,
Singapur,   Gonkong,   Portugaliya   kabi   davlatlarning   tajribasini   o‘rganish   shuni
ko‘rsatadiki, korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillarni bartaraf etish korrupsiyaga
qarshi kurashda muhim o‘rin egallaydi.
Bunda   Konstitutsiyaviy   nazorat   organlari,   huquq-tartibot   organlarining
ahamiyati   ortadi.   Ya’ni,   korrupsiyaga   olib   kelishi   mumkin   bo‘lgan   normalarni
konstitutsiyaviy nazorat organi tomonidan konstitutsiyaga zid deb topish, aholining
huquqiy   savodxonligini   oshirish   kabi   metodlardan   unumli   foydalanish   ushbu
davlatlarni   korrupsiya   darajasi   juda   past   bo‘lgan   davlatlar   qatoriga   olib   chiqqan.
Biz   quyida   Singapur   davlatida   korrupsiyaga   qarshi   kurashda   qo‘llanilgan   usullar
haqida batafsil to‘xtalib o‘tamiz.
B.Ali y ev,   R.Hakimov   “Korrrupstiyaga   qarshi   kurash”   monografiyasida
ta’kidlanishicha, “Korrupstiyaning boshlanishi mehnatga  etarli haq to‘lamasligida,
ayniqsa   davlat   idoralari   xizmatchilariga,   ish   haqining   hayot   haqiqatiga   to‘g‘ri
kelmasligi, xizmat joyidan shaxsiy foyda olish maqsadida foylanadi .  Korrupstiyaga
23 qarshi   kurashishni   oshkoralik,   ochiqlik,   bilimdonlik,   jamoa   faoligi,   ommaviy
axborot vositalari,  nodavlat notijorat tashkilotlarisiz amalga oshirib bulmaydi,” 1
 –
ta’kidlaydi.
Darhaqiqat,   qachonki   odamlarning   moddiy   ta’minlanish   darajasi
yaxshilanib borilsa, jamiyatda korrupstiyani  keltirib chiqaradigan illatlar  kamayib
boradi,   oqibatda   jamiyatda   ijtimoiy   taraqqiyot   yuksalib   boradi.   Shuning   uchun
hukumatimiz   qarori   bilan   xizmatchilarning     oylik     maoshi   oshirilib   borilmoqda   .
Bu   korrupstiyani   oldini   olishning   muhim   omilidir.   Korrupstiya   domiga   ilingan
amaldorlar   shaxsiy   boylik   orttirish   maqsadlarini   va   urug‘-aymoqlarning
manfaatlarini   davlat   manfaatlaridan   ustun   qo‘yadi.   Bu   esa,   mamlakatning   siyosiy
va iqtisodiy yo‘liga hamda aholining aksariyat qismiga tuzatib bo‘lmaydigan zarar
etkazadi.   Bundan   tashqari,   yangi   iqtisodiy   munosabatlarga   endigina   asos
solinayotgan   va   sifat   jihatidan   boshqa   siyosiy   tizim   shakllantirilayotgan   o‘tish
davrida   korrupstiya   o‘z   xatti-harakati   bilan   bu   jarayonning   yo‘lini   to‘sib   qo‘yish
imkoniga ega.
Ikkinchidan,   jinoyatchilik   va   korrupstiyaning   avj   olishi   davlatning
konstitustiyaviy asoslarini emiradi, fuqarolarning huquq va erkinlik lari jiddiy tarzda
buzilishiga   olib   keladi.   “Qonunlar   va   farmonlarni   qabul   qilishdan   maqsad   ularni
chetlab   o‘tishdir”,   degan   mutlaqo   yaramas   qoida   jamiyatning   eng   oddiy   huquqiy
tartibot   va   jamoat   tartibini   saqlab   turish   qobiliyatidan   mahrum   bo‘lishiga   olib
boradi.   Basharti   iqtisodiyotda   jinoiy   guruhlar   va   “reketchilar”   to‘dalari   “bazm
qursa”,   ko‘chalarda   esa   odamlar   qo‘rqqanlaridan   tasodifiy   o‘tkinchilardan   qochib
yursalar, jamiyatdagi barqarorlik va sobit qadamlik haqida gap bo‘lishi mumkinmi?
Yo‘q, albatta.
Uchinchidan,   jinoyatchilik   va   korrupstiya   jamiyatning   ma’naviy-axloqiy
asoslarini   emiradi.   Jamiyat   a’zolarining   fuqarolik   mavqeini   yo‘qqa   chiqaradi.
Amalga   oshirilayotgan   o‘zgarishlarga   salbiy   munosabat   vujudga   kelishi   uchun
sharoit yaratadi. Islohotlar g‘oyasining o‘zini obro‘sizlantiradi va eski zamonlarni,
shu jumladan, “qudratli markazning kuchli qo‘li”ni qo‘msash hissini tug‘diradi.
1
  Aliyev B.,Hakimov R. Korrupsiyaga qarshi kurash. Monografiya. –T.: “Yangi asr avlodi”. 2012-yil. –B.121-122.
24 O‘tish davrining muayyan qiyinchiliklari  sharoitida fuqarolar  ongida, ayniqsa,
yosh   avlodning   bir   qismida,   hayotda   yuksak   turmush   darajasiga   erishishning   asosiy
usuli   qonunga   xilof   faoliyat   bilan   bog‘liq,   degan   mutlaqo   axloqqa   zid   nuqtai   nazar
shakllanishi   va   qaror   topishi   mumkin.   Qing‘ir   yo‘l   bilan   boylik   orttirishga   intilish,
basharti   u   jamiyatning   va   huquqiy   nazoratning   e’tiboridan   chetda   qolsa,   odamlarni,
ayniqsa, hayotga endigina qadam qo‘yib kelayotgan yoshlarni yomon yo‘lga og‘diradi.
Axir, jamiyat va davlat uchun yosh avlodning axloqan buzilishi va yuztuban ketishidan
ham ayanchliroq, halokatliroq hol bormi o‘zi?
To‘rtinchidan,   “pul hokimiyatga intiladi”, degan bir ibora bor.   Lekin bu pul
jinoiy   yo‘l   bilan   topilgan   bo‘lsa-yu,   uning   egalari   jamiyatning   hokimiyat
tuzilmalariga   chiqib   olsalar,   ular   qanday   usullar   bilan   boshqarishlarini   tasavvur
qilish qiyin emas.
Jinoyat   olamining   nufuzli   shaxslari   hokimiyatga   qanday   yo‘llar   bilan   kirib
olishi   yaxshi   ma’lum   va   ko‘p   mamlakatlarda   sinovdan   o‘tgan.   Avvaliga   bu   ish
nopok daromad manbalarini saqlab qolish, ulardan kafolatli foydalanish maqsadida
hokimiyat   tuzilmalari   bilan   aloqa   bog‘lash   va   bu   aloqani   mustahkamlashdan
boshlanadi.   Shundan   so‘ng   hokimiyatning   o‘zi   ham   qo‘lga   kiritiladi. Bu   xolat
ijtimoiy taraqqiyotga juda katta tahdid hisoblanadi 1
.
Hokimiyat  organlarining jinoyatga aralashib qolishi  rivojlanayotgan jamiyat
uchun   eng   jiddiy   xavf-xatarlardan   biridir.   Jinoiy   tuzilmalarning   davlat   organlari
amaldorlari bilan chatishib ketishi, ularning turli hokimiyat tarmoqlariga kirib olishi
jamoatchilik   naz dida   fuqarolarning   himoyasizligi   hissini   kuchaytiradi.   Davlatning
o‘zini   obro‘sizlantiradi.   Oqibatda,   mamlakat   ichkarisida   ham,   tashqarisida   ham
tahdid kuchayib unga ishonchsizlik ortib boradi.
Beshinchidan,   nopok yo‘l bilan boylik orttirganlar jazodan qutulib qolish va
o‘zlarining jinoiy sarmoyalarini himoya qilish uchun har qanday xatti-harakatlarga
tayyor   turishlarini   yaxshi   bilib   olish   lozim.   Bunday   kimsalar   adolatli   jazodan
qo‘rqib,   hamma   ishni   qilishga,   hatto   vaziyatni   beqarorlashtirishga,   ommaviy
tartibsizliklarni keltirib chiqarishga shay turadilar. 
1
 Qobilov Sh.R., Abdullajonov N.B. Korrupsiya va xavfsizlik.  – T. : “ Akademiya” ,  2006 - y il .   – B.43.
25 Bunga  yaqinda   qirg‘iston   respublikasida   sodir   bo‘lgan   voqealar  misol  bo‘la
oladi.   Bunday   paytda   ehtiroslarni   junbushga   keltirish,   olomonni   qo‘zg‘atish   va
uning orqasiga yashirinib olishdan qulayi yo‘q. Bunday odamlarning “Faqat bizga
yaxshi   bo‘lsa,   ishimiz   bitsa   –   bo‘lgani”   qabilidagi   maslagi   xudbinlikning,
hamyurtlariga nisbatan surbetlarcha loqaydlikning yaqqol ko‘rinishidir.
Oltinchidan,   jinoiy   usullar   bilan   boylik   va   mo‘may   pul   orttirgan
kimsalarning   yangi   huquq   himoyachilari   va   hatto   demok ratiya   uchun   jafo
chekkan   kurashchilar   sifatida   siyosatga   kirib   olishga   harakat   qilayotganidan
dalolat beruvchi misollar, jumladan, bizda ham oz emas.
Ular bunday xatti-harakatlari bilan insoniyatning adolat va demok ratiya kabi
oliyjanob   ideallariga   naqadar   jiddiy   zarar   etkazayotganlarini,   o‘z   xalqlari   va
mamlakatlari   sha’niga   dog‘   tushirayotganlarini   aytib  o‘tirishning  hojati   bormikin?
Nafsilamrini aytganda, ular o‘z xalqlari  va mamlakatlarining taqdiriga, ozodlik va
mustaqillik ideallariga mutlaqo befarq qaraydilar.
Bunday   shaxslarning   turish-turmushi   ketma-ket   qilingan   jinoiy   xatti-
harakatlar   zanjiridan   iboratdir.   Avvaliga   o‘z   xalqini   aldab   kapital   to‘planadi,
keyingi   gal   –   demokratiya   va   adolatni   ro‘kach   qilgan   holda   jamoatchilik   fikrini
aldab, siyosiy obro‘ orttiriladi. Sir emaski, bunday shaxslar o‘z manfaatlari yo‘lida
respublikadagi   vaziyatga   ta’sir   ko‘rsatishga   urinayotgan   tashqi   kuchlga   xizmat
qilishga hamisha tayyor turadilar 1
.
Xulosa   shundaki,   korrupsiyani   keltirib   chiqaruvchi   omillar   ana   shu   hodisa
yashab turgan jamiyat yaratgan tizimning nosog‘lom yashashida namoyon bo‘ladi.
Shu   o‘rinda   alohida   ta’kidlab   o‘tish   lozimki,   ommaviy   axborot   vositalarining
korrupsiyaga   qarshi   kurashdagi   asosiy   vazifasi   ijtimoiy   kayfiyatni   yoritish:
cho‘qqining o‘tkir nuqtasiga yetib kelganimizni eslatib turishdan iborat.
1
 Shleifer A., Vishny R. Pervasive shortages under socialism // RAND Journal of Economics. — 1992. — Vol. 23,
No. 2 — P. 237
26 II-Bob.   GLOBALLASHGAN DUNYODA KORRUPSIYA  VA  UNGA
QARSHI KURASHISHNING XALQARO  TAJRIBASI.
2.1. Korrupsiyaga qarshi kurashishning xalqaro huquqiy mexanizmlari.
Bugungi   kunda   jahon   hamjamiyati   oldida   korrupsiya     davlatlar
rivojlanishiga,   iqtisodiy,     siyosiy,     ma’naviy     yuksalishiga     to‘sqinlik    qilayotgan
salbiy     illat     sifatida   paydo     bo‘ldi.     O‘zbekiston     Respublikasi     Prezidenti
Sh.Mirziyoyev   ta’kidlaganidek,   “Korrupsiyaning   oldini   olmasak,   haqiqiy
27 ishbilarmonlik  va  investisiya  muhitini yaratib  bo‘lmaydi,  umuman,  jamiyatning
birorta  tarmog‘i  rivojlanmaydi” 1
. 
Haqiqatdan   ham,   korrupsiyaviy   jinoyatlar   davlatning   rivojlanishiga
to‘sqinlik   qiladi,   shuningdek   xalqning   davlat   organlariga   nisbatan   ishonchini
susaytiradi 2
. 
O‘zbekiston   Respublikasi   mustaqillikka   erishgan   ilk   kunlardan   boshlab
korrupsiyaga   qarshi   kurashish   faoliyatiga   yetarli   darajada   etibor   berilmasdan,
asosan, davlatning bir qator asosiy shartnomalarga qo‘shilishi  bilan  harakterlanib,
korrupsiyaning   oldini   olishga   qaratilgan   samarali   mexanizmlarni   yaratish,
rivojlangan   davlatlarning     korrupsiyaga     qarshi     kurashish     yo‘lidagi     tajribasini
o‘rganish,   ularni   amaliyotga   tadqiq   qilish,   korrupsiyaga   qarshi   kurashish
faoliyatini   qonuniy   tartibga   solish   masalalariga   oid   zarur   chora-tadbirlar
ko‘rilmadi.
Shavkat  Mirziyoyev  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  etib  saylangan
ilk kunlardanoq   korrupsiyaga   qarshi   kurashish   sohasida   bir   qator   Qonun   va
qonunosti   hujjatlar   qabul   qildi.   Jumladan,   2017-yilning   3-yanvarida
“Korrupsiyaga   qarshi   kurashish   to‘g‘risida”gi   419-sonli   qonun   qabul   qilindi.
Mazkur   qonun   korrupsiyaga   qarshi     kurashishda     davlat     siyosatining     ustuvor
yo‘nalishlarini     belgilab     berdi     va   korrupsiyaga     qarshi     kurashish     faoliyati
tartibga     solinib,     korrupsiyaga     qarshi   kurashishning     qonuniy     asosi     yaratildi.
Mazkur     qonunning     3-moddasida     korrupsiya     tushunchasiga     ta’rif     berilgan.
Unga     ko‘ra,     korrupsiya     –   shaxsning   o‘z     mansab     yoki     xizmat     mavqeyidan
shaxsiy  manfaatlarini  yoxud  o‘zga shaxslarning  manfaatlarini  ko‘zlab  moddiy
yoki   nomoddiy   naf   olish   maqsadida qonunga xilof ravishda foidalanishi, xuddi
shuningdek bunday nafni qonunga xilof  ravishda taqdim etishdir 1
. 
Qonunning    samarali    ijrosini     ta’minlash,     jamiyat     va    davlat    hayotining
barcha sohalarida korrupsiyaning  oldini  olishga doir  chora-tadbirlarni  o‘z vaqtida
1
  O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyevning   2020-yil   25-yanvardagi   Oliy   Majlisga
Murojaatnomasi.
2
 Авдеев  В.А.,  Авдеева  О.А.  Стратегические  направления  противодействия коррупции в РФ // Российская
юстиция. 2016.  № 7.  С . 19–21. 
1
  O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 03.01.2017 yildagi O‘RQ-419-son.
28 va sifatli amalga   oshirish   maqsadida   O‘zbekiston   Respublikasi    Prezidentining
2019-yil     27-maydagi     PF-5729-son     Farmoni     bilan     “2019-2020     yillarda
korrupsiyaga     qarshi   kurashish     davlat     dasturi”     hamda     korrupsiyaga     qarshi
kurashish   bo‘yicha   respublika idoralararo   komissiyasining   yangilangan   tarkibi
tasdiqlanib,  uning  asosiy  vazifalari belgilab berildi 2
. 
Bundan   tashqari   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2020-yil   30-
iyundagi   “O‘zbekiston   Respublikasida   korrupsiyaga   qarshi   kurashish   tizimini
takomillashtirish  bo‘yicha  qo‘shimcha  chora-tadbirlar  to‘g‘risida”gi  6013-sonli
Farmoni qabul qilindi 3
 va ushbu Farmonda ham korrupsiyaga qarshi kurashishning
ustuvor vazifalari belgilab berildi. 
Amalga     oshirilgan     islohotlar     korrupsiyaviy     jinoyatlarning     sodir     etilish
dinamikasiga     muayyan     darajada     ta’sir     qildi.     Jumladan,     2020-yilda
korrupsiyaviy   jinoyatlar   bo‘yicha   jami   1723   nafar,   shundan   9   nafar   respublika
darajasidagi,   45   nafar   viloyat     darajasidagi,     1669     nafar     tuman     va     shahar
darajasidagi     mansabdor     shaxslar   jinoiy     javobgarlikka     tortiib,     korrupsiya
oqibatida  yetkazilgan  500  mlrd  so‘mlik moddiy  zararning  71  foizi  yoki  355
mlrd     so‘mi     aybdorlardan     tergov     davomida   undirilgan     bo‘lsa,   2021-yilning   6
oyi   mobaynida   2544   nafar   mansabdor    shaxsga nisbatan   korrupsiya   holatlari
bilan  bog‘liq  bo‘lgan 1676 ta  jinoyat  ishlari  tergov qilinib, sudlarga yuborilgan 4
.
2021   yilda   ichki   ishlar   organlarining   89   nafar   xodimi   119   ta   korrupsiyaviy
jinoyat sodir etgan. Bu   2020 yilga nisbatan 2 barobarga ko‘p. Ularning aksariyati
hokimiyat   yoki   mansab   vakolati   doirasidan   chetga   chiqish   va   pora   «oldi-berdi"si
bilan bog‘liq 1
.
Shuningdek ,   2022   yil   davomida   respublika   bo‘yicha   jami   2.965   ta   jinoyat
ishi bo‘yicha 3.116 nafar mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan 2
.
  Amaldagi   qonunchilikda   korrupsiyaviy   jinoyatlarga   oid   bir   qator
tushunchalarga   nisbatan   normativ-huquqiy   ta’riflarning   mavjud   emasligi,
2
  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 27.05.2019 yildagi PF-5729-son .
3
  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 29.06.2020 yildagi PF-6013-son
4
 https://kun.uz/30443880
1
 https://www.gazeta.uz/oz/2022/02/08/iiv/
2
 https://rost24.uz/oz/news/1435
29 korrupsiyaviy  qilmishlarning  jinoyat  qonunchiligi  bilan  lozim  darajada  qamrab
olinmaganligi     kabi   muammolarning     mavjudligi     korrupsiyaga     qarshi
kurashishda ko‘zlangan natijaga erishish va bu   borada   O‘zbekistonning   xalqaro
reytinglardagi o‘rnini yanada yaxshilashga to‘siq bo‘lmoqda. 
Jinoyat     qonunchiligimizdagi     korrupsiyaga     oid     normalarni     tanqidiy
jihatdan qayta ko‘rib  chiqish,  mazkur  jinoyatlar  elementlarining  kompleksliligi,
maqsadga   muvofiqligi,     sohaga     oid     xalqaro     standartlar     hamda     ilg‘or     xorijiy
tajribaning  milliy qonunchilikka yetarli darajada joriy etilganligi kabi masalalarni
ilmiy   jihatdan   tadqiq  qilish     bugungi     kunda     dolzarb     ahamiyat     kasb     etmoqda.
Zero,  korrupsiyaga  oid samarali  jinoyat  qonunchiligini  yaratish  asoslantirilgan
va  ilmiy  xulosalar  asosida tashkil etilganidagina kutilgan samarani beradi.
Ushbu   tadqiqotni   amalga   oshirishda   tizimli   hamda   qiyosiy-huquqiy   tahlil
qilish,   shuningdek,     induksiya,     deduksiya,     analiz,     sintez,     tarixiy-huquqiy     va
statistik   ma’lumotlar     tahlili     kabi     usullardan     foydalanilgan.     O‘zbekiston
Respublikasida     olib   borilayotgan     jinoyatchilikka     qarshi     kurash,     sud-huquq
islohotlari,     jinoyat   qonunchiligini   takomillashtirishga   oid   tahlillar   tadqiqot
ishining metodologik asosini tashkil etadi. Korrupsiyaga  qarshi  kurashda  xalqaro
institutlar     ichida     Birlashgan     Millatlar   tashkiloti   muhim   rol   o‘ynaydi.   BMT
tomonidan   qabul   qilingan   korrupsiyaga   qarshi   kurashga     yo‘naltirilgan     hujjatlar
ichida  2003-yil  dekabr  oyida  qabul  qilingan Korrupsiyaga  qarshi  Konvensiyasi
katta  ahamiyat  kasb  etadi 3
. 
O‘zbekiston   Respublikasi     2008-yil     7-iyuldagi     qonun     bilan     mazkur
Konvensiyaga   qo‘shilgan. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha nafaqat BMT,
balki Yevropa Ittifoqi, Jahon banki, Transperensy International xalqaro nohukumat
tashkiloti,   Iqtisodiy   hamkorlik   va     taraqqiyot     tashkiloti,     Butunjahon     bojxona
tashkiloti     ham     korrupsiyaga     qarshi   kurash   bo‘yicha   o‘zlarining     faoliyatida
alohida     e’tibor     berib     kelmoqda.   Ushbu   tashkilotlar   tomonidan   korrupsiyaning
oldini olish, unga qarshi kurashda hamkorlik qilish va boshqa  davlatlarni,  xalqaro
3
  Birlashgan  Millatlar  Tashkilotining  Korrupsiyaga  qarshi  Konvensiyasi. https://lex.uz/docs/-1461329  
30 biznes  tashkilotlarini  korrupsiyaga  qarshi kurashga jalb qilishga qaratilgan qator
xalqaro hujjatlar qabul qilingan. 
Hozirda   rivojlangan   mamlakatlarda   ham   korrupsiya   bilan   bog‘liq
jinoyatlarlarni   uchratish   mumkin,   lekin   ular   doimiy   ravishda   korrupsiya   bilan
qarshi kurashib keladi va  korrupsiya  darajasi  kamligi  bo‘yicha  jahon  reytingida
yuqori o‘rinlarda turadi, Jumladan, Transperensy International xalqaro nohukumat
tashkilotining   2020-yildagi   statistik     ma’lumotlariga     ko‘ra,     korrupsiya     darajasi
past   mamlakatlar   reytingida   Yangi   Zelandiya   1,   Daniya   2,   Finlandiya,   Singapur,
Shvitsiya   3-o‘rinni   egallagan   bo‘lsa,   Markaziy   Osiyo   davlatlaridan   Qozog‘iston
94,   Qirg‘ziston   124,   O‘zbekiston   146-o‘rinni   egallagan 1
.   Hech   bir     davlat
korrupsiyadan, uning zararli oqibatlaridan mutlaq himoya qilinmagan. Shu  sababli
har   bir   davlat   qonunlarida   korrupsiyaga   qarshi   kurash   eng   dolzarb   masalalardan
biri   sifatida   e’tirof   etiladi.   Xususan,   Xitoy   Jinoyat     kodeksining     382-moddasiga
ko‘ra   davlat   xizmatchilarining   o‘z   mansab   imtiyozlaridan     foydalangan     holda
davlat  mulkini o‘zlashtirib  olishi,  o‘g‘irlashi,  firibgarlik  yo‘li  bilan  olishi yoki
boshqacha tarzda o‘zlashtirishi korrupsiya deb hisoblanadi.
Shuningdek,   davlat   organlari,   davlat korxonalari, korxonalar, tashkilotlar,
xalq   birlashmalari   davlat   mulkini   boshqarish   va   xo‘jalik   yuritish   ishonib
topshirilgan shaxslarning o‘z xizmat afzalliklaridan foydalangan holda  o‘zlashtirib
olishi,     o‘g‘irlashi,     aldash     yo‘li     bilan     davlat     mulkini   boshqa     yo‘llar     bilan
noqonuniy     egallab     olishi     ham     korrupsiya     sifatida     baholanishi   belgilangan.
Korrupsiya     bilan     bog‘liq     jinoyatlarning     og‘ir-yengilligiga     qarab   javobgarlik
belgilangan   bo‘lib,   100   ming   yuandan   ortiq   miqdordagi   yakka   tartibdagi
korrupsiya   uchun   o‘n   yildan   ortiq   muddatga ozodlikdan mahrum qilish   jazosi
tayinlanishi,  agar  mol-mulki  musodara  qilingan  holda  yoki  unsiz  yillar  yoki
muddatsiz   ozodlikdan   mahrum   qilish,   jazoni   o‘ta   og‘irlashtiruvchi   holatlarda   –
o‘lim   jazosi     va     mol-mulkini     musodara     qilish     belgilangan.     Bundan     tashqari
Xitoy qonunchiligiga ko‘ra, mol-mulk  yoki  xarajati  uning  qonuniy  daromadidan
oshib   ketgan   har   qanday   davlat   amaldoriga,   farq   juda   katta   bo‘lgan   taqdirda,   o‘z
1
 https://www.transparency.org/en/cpi/2020/index/nzl 
31 mulkining   manbalarini   tushuntirish   majburiyati   yuklanadi.   Agar   u   manbalar
qonuniy ekanligini   isbotlay  olmasa,   uning qonuniy  daromadidan  oshadigan  qismi
noqonuniy   boylik   deb   hisoblanadi.   Har   qanday   davlat   amaldori   Xitoy
tashqarisidagi   bankda   saqlanuvchi   o‘z   mablag‘lari     haqida     tegishli     tartibda
davlatga  xabar  qilishi  shart 1
.  
Bizning fikrimizcha,  Xitoy  qonunchiligida  korrupsiyaga  qarshi  kurashda
yaxshi  amaliyot yo‘lga qoyilgan bo‘lib, bunda mansabdor shaxslarning mol-mulki
deklaratsiya   qilinib,   ortiqcha   qismi     qayerdan     kelganligini     asosli     ma’lumotlar
bilan     isbotlay   olmasa,   korrupsiya   sifatida   baholanadi   va   mansabdor   shaxsning
javobgarlikka  tortilishiga asos bo‘ladi. 
Germaniya   huquqshunoslarining   fikriga   ko‘ra,   mansabdorlik   jinoyatlari
nafaqat sub ‘ekt – mansabdor shaxsning belgisi bo‘yicha, balki himoya qilinadigan
ob   ‘ekt   –   davlat   apparati   normal   amal   qilishi   bo‘yicha   ham   birlashtirilgan.
“Basharti shaxs: a) amaldor   yoki   sudya   hisoblanadigan;   b)   boshqa   ommaviy-
huquqiy     xizmat   munosabatlarida   bo‘lsa;   v)   ommaviy   boshqaruv   vazifalarini
qaysidir     hokimiyat   organida   yoxud   boshqa   muassasada   yo   uning   topshirig‘iga
ko‘ra   amalga  oshirishga   da’vat     etilgan     bo‘lsa,   u   mansabdor   shaxs   hisoblanadi”.
Bundan     tashqari,     “bevosita   ommaviy   xizmat   qilishga   da’vat   etilgan”,   ya’ni
“mansabdor   shaxsning   o‘zi   bo‘lmasa-da,   hokimiyatning   qaysidir   organida
ommaviy boshqaruv   vazifalarini   amalga oshirayotgan   yoki   bunday   vazifalarni
amalga     oshiruvchi   muassasa   yoxud   birlashmada   band   bo‘lgan   xodim
mansabdorlik jinoyatlarining sub ‘ekti hisoblanadi”   1
.  
Germaniya    Federativ    Respublikasi    Jinoyat     kodeksining   332-moddasiga
ko‘ra   korrupsiya     bilan     bog‘liq     jinoyatlar     uchun     olti     oydan     besh     yilgacha
ozodlikdan mahrum  qilish  bilan  jazolanishi  belgilangan 2
.  
Demak,     Germaniya   qonunchiligaida   korrupsiya   uchun   tayinlanadigan   jazo
uncha og‘ir bolmasada, lekin ushbu   jinoyatning   sub ‘ekti   faqatgina   mansabdor
1
 Criminal  Law  of  the  People’s  Republic  of  China . https://www.fmprc.gov.cn/ce/cgvienna/eng/dbtyw/
1
 Уголовный  кодекс  Федеративной  Республики  Германии в редакции от  13 ноября  1998  г.  по состоянию
на  15 мая  2003  г.  Ст.198.  http://rawunsch.de/images/Ugolovnyiyi_Kodeks.pdf
2
 Ответственность  за  должностные преступления в зарубежных  странах.   Отв .   ред .   Решетников    Ф . М . – М . :
1994. –  С . 41-42 .
32 shaxs  emas,  balki  davlat organlarining  har  bir  xodimi  ham  bo‘lishi  mumkin
va  ular  bir  xil  javobgarlikka tortiladi. 
Ispaniya     Jinoyat     kodeksi     esa,     poraxo‘rlik     jinoyatini     pora     evaziga
amalga   oshirilgan   xatti-harakatlarning   qonuniy   yoki   noqonuniyligiga   ko‘ra   ikki
turga   ajratadi.   Kodeksning   419-moddasiga   ko‘ra,   mansabdor   shaxs   yoki   davlat
xizmatchisining o‘z xizmat majburiyatlarini buzish yoki bajarmasligi evaziga o‘zi
yoki   uchinchi   shaxslar   foydasini   ko‘zlab,   sovg‘a,   mukofot   yoki   har   qanday
ko‘rinishdagi   taqdirlashni   qabul   qilishi,     so‘rashi     yoki     qabul     qilishga     rozilik
bildirishi  uchun  jinoiy  javobgarlik belgilangan  bo‘lib,  uch  yildan  olti  yilgacha
ozodlikdan   mahrum   qilish   jazosi,   shuningdek,     davlat     xizmati     bilan
shug‘ullanishni  alohida  taqiqlash  va  sodir  etgan qilmishi uchun yetti yildan o‘n
ikki yilgacha muddatga mansabdor bo‘lish taqiqlanadi. 
Kodeksning     420-moddasi     shunday     xatti-harakat     yoki     harakatsizliklarni
o‘z   majburiyatlarini   buzmagan   holda   sodir   etish   uchun   jinoiy   javobgarlikni
nazarda tutadi 3
.  
Ispaniya  qonunchiligida  shuni  ko‘rishimiz  mumkinki,  agar  davlat  organi
xodimlari   korrupsiya   bilan   bog‘liq   jinoyatni   sodir   qilsa,   u   faqatgina   jinoiy
javobgarlikka  tortilib  qolmasdan  muayyan  muddatga  davlat  xizmatida  ishlashi
taqiqlanadi.  Bu  korrupsiyaga  qarshi  kurashishning  o‘ziga  xos  yo‘li  hisoblanib,
korrupsiyani oldini olishga samarali ta’sir ko‘rsatadi. 
Janubiy   Koreya   Jinoyat   kodeksining   129-moddasi   pora   olishdan   tashqari,
pora   so‘rash   va   pora   olishga   va’da   berish   uchun   ham   javobgarlikni   belgilaydi.
E’tiborga molik   jihati    shundaki,   mazkur    davlat    jinoyat    qonunchiligi    nafaqat
pora     berish     yoki  pora    berishni     va’da    qilishni,   balki    shaxsning    pora    berish
haqida  o‘z  xohishini namoyon  qilganligi  holatini  ham  jazoga  sazovor  qilmish
sifatida  baholaydi 1
.  
Janubiy   Koreyada   korrupsiyaga   qarshi   jinoyatlar   uchun   jazo   tayinlashning
bu usuli samarali hisoblanib, bunda nafaqat jinoyatni sodir qilgan shaxs, balki pora
3
 Criminal  Code  of  the  Kingdom  of  Spain.  https://www.legislationline.org/download/id/6443/file/Spain.
1
 Republic of Korea: Criminal Code (Wholly amended as of Jan. 1, 1998). –P.21. https://www.refworld.org/docid/3f
33 olish   yoki   berish     haqida     o‘z     xoxishini     aytgan     shaxs     ham     jinoyat     sub   ‘ekti
bo‘ladi  va javobgarlikka tortiladi. 
AQSh   va   Buyuk   Britaniya   jinoyat   qonuniga   binoan,   ommaviy
tashkilotlarning   xizmatchilari   –   mansabdor   shaxslar   ham,   boshqa   xodimlar   ham
pora olganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin. 
AQSh,     Buyuk     Britaniya     jinoyat     qonunlaridan     farqli   o‘laroq,     Italiya,
Fransiya   va   GFRda   xizmatchini   pora   evaziga   og‘dirishning   oldini   olishga
qaratilgan   huquqiy   choralar   ancha   barqarordir.   Fransiyada   1992-yilgacha
aybdorlar   1810-yilgi   JKning   177-183-moddalari   bilan   javobgarlikka   tortib
kelingan;   Italiyaning   1930-yilgi   Jinoyat   kodeksiga     mansabdorlik     jinoyatlariga
doir  jiddiy  o‘zgartirishlar  faqat  1990-yil kiritilgan 2
.  
Buyuk   Britaniya   statut    huquqida   poraxo‘rlik   uchun   javobgarlik   1889,
1906, 1916 va 1925-yilgi qonunlar bilan o‘rnatilgan, shuningdek sud  presedentlari
bilan tartibga   solingan.   Bu   Angliyaning   korrupsiyaga   qarshi   qonun   hujjatlari
dinamik xususiyatga  ega  ekanligidan  dalolat  beradi.  Mufassal,  ba’zan  haddan
ortiq   detallashtirilgan     ta’riflar,     umumiy     sanksiyalar     bilan     bir     xil     maxsus
normalar   tuzish   yoki   tasniflangan   (imtiyozli)   tarkiblarni   (masalan,   choychaqa
berish   va   olish   uchun   javobgarlik   moddasini)   zaruratsiz   kiritish   AQSh
korrupsiyaga  qarshi qonunchiligining o‘ziga xos xususiyatlaridir. 
AQSh     kodekslarining     “Jinoyatlar     va     jinoiy     ish     yuritish”     deya
nomlangan     18-bobi     201-moddasi     mansabdor     shaxslar     yoki     guvohlarning
poraxo‘rligi     uchun   jinoiy   javobgarlikni   belgilaydi.   Unga   binoan,   pora   olish   va
berishdan   tashqari,  pora   taklif   qilish,   va’da   qilish,   pora   so‘rash   va  porani   olishga
rozilik bildirish ham jinoiy javobgarlikka  sabab  bo‘ladi 1
.  
Irlandiyaning   2018-yildagi   “Jinoiy   Odil   sudlov   (korrupsiyaviy
huquqbuzarliklar)   to‘g‘risida”gi   aktiga   muvofiq,   aktiv   poraxo‘rlik   porani   taqdim
etish,   taklif   qilish   yoki   taqdim   etishga   rozilik   bildirish   kabi   harakatlarni   qamrab
olsa,   passiv   poraxo‘rlik   deganda   porani   qabul   qilish,   so‘rash   yoki   qabul   qilishga
2
  Abdurasulova   Q.   Korrupsiyaga   qarshi   kurash.   Bu  borada   chet   el   qonunlari   nimalar   belgilangan?//Xayot   qonuni,
№3 . 2003-yil. 
1
 Title  18  of  the  United  States  Code. https://uscode.house.gov/browse/prelim@title18&edition=prelim
34 rozilik bildirish tushuniladi.  Mazkur  hujjat  porani  nafaqat  shaxsning  o‘zi,  balki
uchunchi     shaxslar   foydasini   ko‘zlab   olish   yoki   berish   uchun   ham     jinoiy
javobgarlikni belgilaydi 2
. 
Demak, Irlandiya qonunchiligaida  korrupsiya  bilan  bog‘liq  jinoyatlarning
ikki   turi mavjud   bo‘lib,   aktiv   va   passiv   poraxo‘rlikka   bo‘linadi.   Korrupsiya
bilan     bog‘liq   jinoyatlarning   bu   kabi   turlarga   bo‘linishi   nafaqat   pora   olish   yoki
berishni,   balki   unga   rozilik   bildirishning   o‘zi   bu   jinoyatni   sodir   qilganlikdan
dalolat beradi. 
Pora evaziga amalga oshirilgan harakat yoki  harakatsizlikning  qonunniyligi
yoki qonunga zidligiga ko‘ra ajratilishini boshqa  davlatlar  jinoyat  qonunchiligida
ham     ko‘rishimiz     mumkin.     Jumladan,     Litva     Jinoyat     kodeksining     225-
moddasida qonunga   zid   harakatlarni   bajarish   orqali   pora   olish   ko‘rinishidagi
jinoyat  uchun og‘irroq  javobgarlikni  nazarda  tutadi.  Litva  jinoyat  qonunchiligi
poraning   miqdori   ko‘p   miqdorni   tashkil   qilganligi   holatlari   uchun
og‘irlashtiruvchi     qismlar     bilan   javobgarlikka     tortish     to‘g‘risidagi     normalarni
belgilaydi 3
.  
Litva     qonunchiligida   boshqa     davlatlarga     qaraganda     korrupsiya     bilan
bog‘liq     jinoyatlar     uchun  og‘irroq   javobgarlik   belgilangan   bo‘lib,  unda   poraning
miqdori alohida ahamiyat kasb etadi. 
Bu   esa   jazoning   og‘ir   yoki   yengilroq   tayinlashga   asos   bo‘ladi   va   jazoning
adolatliligi prinsiplariga rioya qilishga sabab bo‘ladi. 
Korrupsiya     darajasi    eng    past     davlatlar     reytingining    yuqori     o‘rinlarida
turgan   davlatlardan     biri     Singapur     hisoblanadi.     “Korrupsiyaning     oldini     olish
to‘g‘risida”gi   Qonunning     5-moddasiga     asosan     o‘zi     yoki     boshqa     shaxs
tomonidan  yoki  ular  bilan birgalikda har qanday shaxs – o‘zi yoki boshqa shaxs
uchun pora so‘rash yoki olish yoki olishga rozilik berish yoki har qanday shaxsga
yoki   uning   manfaati   uchun   pora   berish,   va’da   qilish   yoki   taklif   qilish
huquqbuzarlikda   aybdor   bo‘ladi   va   sudlanganda   100   000   dollardan   ortiq
2
  Criminal Justice (Corruption Offences) Act 2018. https://www.irishstatutebook.ie/eli/2018/act/9/enacted/en/
3
 Criminal  Code  of  Lithuania. https://www.legislationline.org/download/id/7723/file/Lithuania_CC_2000
35 bo‘lmagan jarimaga tortiladi yoki  5 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan
mahrum qilinadi 1
. 
Shuningdek   ushbu   Qonunda   parlament   a’zosining   va   davlat   organi
a’zosining   korrupsiya   bilan   bog‘liq   jinoyatlari   uchun   alohida   javobgarlik
belgilanganligi   bilan   ham   ahamiyatlidir.   Singapur   qonunchiligida   poraxo‘rlik
jinoyatlari     pora     evaziga     amalga     oshiriladigan     harakatlarning     aniq   ro‘yxatini
belgilash  orqali  chegaralab  qo‘yilgan.  Xuddi  shunday  normani Malayziyaning
2009-yildagi   korrupsiyaga   qarshi   kurashish   komissiyasi   to‘g‘risidagi   Qonunida
ham ko‘rishimiz mumkin 2
. 
Bundan   tashqari,   mazkur   qonun   pora   olish   va     berishdan     tashqari     pora
so‘rash,     qabul     qilish     yoki     qabul     qilishga     va’da     berish,   shuningdek,     pora
berishni     va’da     qilish     yoki     pora     taklif     qilganlik     uchun     ham   javobgarlik
nazarda  tutilgan.  Demak, Singapur va Malayziya qonunchiligida korrupsiya bilan
bog‘liq   jinoyatlarning   ro‘yxati   aniq   belgilab   qo‘yilgan   bo‘lib,   bunda   ushbu
jinoyatlarni sodir qilgan  shaxslarni  javobgarlikka tortishda  qiyinchiliklarning oldi
olinadi     va     shu     turdagi     jinoyatlarning     hisobi     yuritilib     borilib,     unga     qarshi
kurashda chora-tadbirlar belgilab olishda o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatib boradi. 
Shuningdek,   Malayziyaning   1997-yildagi   korrupsiyaga   qarshi   Qonunining
32-moddasida   belgilanishicha,   prokuror   har   qanday   davlat   xizmatchisi   o‘zining
amaldagi va ilgarigi egallab turgan lavozimiga ko‘ra ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan
darajadan   ortiqcha     bo‘lgan     har     qanday     mulkka     egalik     qilayotganligi     yoki
shunday  mulkni boshqarayotganligi haqida asosli gumonga ega bo‘lsa, o‘z yozma
ko‘rsatmasi orqali ushbu  mulkning  manbasini  ko‘rsatishni  talab qilishi  mumkin
va  davlat  xizmatchisi bunday manbani qoniqarli ravishda  isbotlab  bera  olmagan
taqdirda jinoyat sodir etishda aybdor deb topiladi. Malayziya qonunchiligiga davlat
xizmatchilarining   mol-mulkini     deklaratsiya     qilish     tizimining     yaratilganligi
korrupsiyaning  oldini  olishdagi eng samarali mexanizmlardan biri hisoblanadi. 
Litva  Jinoyat  kodeksi  1891-moddasiga  muvofiq,  eng  kam  ish  haqining
500 baravaridan   oshadigan   mol-mulkka   mazkur   mulkning   qonuniy   manbadan
1
 Prevention  of  corruption  Act. https://publicofficialsfinancialdisclosure.worldbank.org/sites/fdl/files/assets/law.
2
 Malaysian  Anti-Corruption  Commission  Act  2009. https://www.sprm.gov.my/admin/files/sprm/assets/pdf.
36 olinishi   mumkin   emasligini   bilgan   yoki   bilishi   mumkin   bo‘lgani   holda   mulk
huquqi   asosida   egalik   qilayotgan   shaxs   noqonuniy   boyish   uchun   jinoiy
javobgarlikka tortiladi 1
. 
Ushbu   mamlakat   qonunchiligida   noqonuniy   boyish   jinoyatiga   oid
rag‘batlantiruvchi   norma   ham   mavjud   bo‘lib,   unga   ko‘ra,   yuqoridagicha   mol-
mulkni   uchinchi   shaxsdan   qabul   qilib   olgan   shaxs   huquqni   muhofaza   qiluvchi
organlar   tomonidan   ushbu   mol-mulkning     qonuniyligi     yuzasidan     tekshiruv
boshlanganiga  qadar  uning  shubhali manbadan  olinganligi  haqida  o‘z  ixtiyori
bilan   murojaat    qilgan   taqdirda   jinoiy javobgarlikdan   ozod   etiladi.   E’tiborga
molik     tomoni     shundaki,     Litva     qonunchiligi   nafaqat     mansabdor     shaxslarning
noqonuniy     boylik     orttirishi,     balki     har     qanday   shaxsning   noqonuniy   boyishi
holatini jinoyat sifatida e’tirof etadi. 
Korrupsiyaga   qarshi   kurashish   bo‘yicha   Gruziya   tajribasiga   qaraydigan
bo‘lsak,   Gruziya   Respublikasi   Jinoyat   kodeksining   1641-moddasida
saylovchilarning   poraxo‘rligi     uchun     javobgarlik     belgilangan     bo‘lib,     saylov
maqsadlarida     to‘g‘ridan-to‘g‘ri     yoki     bilvosita     shaklda     amalga     oshiriladigan:
taklif,     va’da,     pul     o‘tkazish,   qimmatli     qog‘ozlar     (shu     jumladan     moliyaviy
vositalar),  boshqa  mol-mulk,  mulkiy huquqlar,  taklif,  xizmatlar  ko‘rsatish  yoki
boshqa     har     qanday     boshqa     narsalarni   taqdim     etish   va’dasi,     imtiyozlar     yoki
xizmatlar   yoki   qonun   hujjatlarida   belgilangan   cheklovlarni   chetlab   o‘tish
maqsadida   qasddan   shunday   olish   yoxud   xayoliy,   soxta   yoki   boshqa   bitimlar
tuzilganda   jarima   jazosi   yoki   uch   yilgacha   ozodlikdan   mahrum   qilish     jazosi
tayinlanadi.  
Ushbu     Kodeksning     338-moddasida     pora     olish     uchun   javobgarlik
belgilangan    bo‘lib,    mansabdor     shaxslar     yoki     ularga    tenglashtirilgan  shaxslar
tomonidan   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   yoki   bilvosita   pul,   qimmatli   qog‘ozlar,   boshqa   mol-
mulk,   mulkiy   manfaat   yoki   boshqa   qonunga   xilof   foyda   olish   yoki   talab   qilish,
shuningdek   o‘z   foydasiga   yoki   boshqa   shaxslar   foydasiga   takliflar   yoki   va’dalar
olish, ushbu mansabdor shaxslar yoki  ularga  tenglashtirilgan  shaxslar  tomonidan
1
 Republic of  Lithuania  Criminal code. https://www.legislationline.org/download/id/8272/file/Lithuania_CC_2000.
37 pora   beruvchi   yoki   boshqa   shaxs   foydasiga   biron-bir   xatti-harakatni   amalga
oshirish yoki amalga  oshirishdan  tiyilish  yoxud  shu  kabi  maqsadlarga  erishish
uchun     ularning   mansab     vakolatlaridan     foydalanganda     olti     yildan     to‘qqiz
yilgacha  ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 
Ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida og‘irlashtiruvchi holatlar
uchun   javobgarlik   belgilanib,   yeti   yildan   o‘n   besh   yilgacha   ozodlikdan   mahrum
qilish jazosi tayinlanadi 1
. 
Bundan   tashqari   Gruziya   Jinoyat   kodeksida   bora   berish,   so‘rov
o‘tkazilayotgan     shaxsga,     guvohga,     jabrlanuvchiga,   ekspert     yoki     tarjimonga
pora   berish,   kasbiy   sport   musobaqalari   yoki   tijorat   ko‘ngilocharlari
ishtirokchilariga     yoki     tashkilotlariga     pora     berish     uchun     ham   javobgarlik
belgilangan.  E’tiborli  tomoni  shundaki,  Gruziya  jinoyat  qonunchiligi mavqeni
suiiste’mol   qilishga   qaratilgan   harakatlar   sodir   etilganda   mazkur   harakatlar
natijasida     ta’sir     ko‘rsatishga     erishilgan-erishilmaganligi     yoki     ko‘rsatilgan
ta’sirning ko‘zlangan  natijaga  olib  kelgan-kelmaganligidan  qat ‘i  nazar  bunday
qilmishni tugallangan jinoyat sifatida baholaydi.  
Daniya,     Finlandiya,     Shvesiya,     Yangi     Zelandiya,     Kanada,     Norvegiya,
ham   korrupsiyalashmaganligi     jihatdan     yuqori     o‘rinlarda     turadigan     davlatlar
sanaladi. 
Bu   mamlakatlarda   korrupsiya   hukumat   tomonidan   milliy   xavfsizlik
masalasi, ichki va tashqi xavfsizlikka tahdid soluvchi omil sifatida baholanadi. 
Xalqaro   Transparensy   International   tashkilotining   ma’lumotlariga   ko‘ra
korrupsiya darajasi eng past  bo‘lgan  davlatlardan  biri  bu  –  Yangi  Zelandiyadir.
Mazkur  davlat  korrupsiya  darajasi  eng  past  bo‘lgan  davlatlar  reytingida
yuqori   o‘rinlarni     egallab     keladi.     Korrupsiya     bilan     bog‘liq     jinoyatlar     uchun
javobgarlik masalasida  Yangi  Zelandiya  tajribasiga  qaraydigan  bo‘lsak,  1961-
yilda     qabul   qilingan     Jinoyatlar     aktining     oltinchi     bo‘limi     “Qonun     va     odil
sudlovni   amalga   oshirishga   ta’sir   qiluvchi   jinoyatlar”   deb   nomlanib,   mazkur
bo‘limda poraxo‘rlik va korrupsiya uchun javobgarlik ham belgilangan 1
. 
1
 Уголовный  кодекс  Грузии. https://matsne.gov.ge/ru/document/view/16426?publication=236
1
 Crimes  Act  1961. https://www.legislation.govt.nz/act/public/1961/0043/latest/DLM327382.html
38 E’tiborli   jihati   shundaki,   mazkur   bo‘limda   har   bir     davlat     amaldorining
korrupsiya     bilan     bog‘liq     jinoyatlari     uchun   javobgarlikka   tortish   alohida   qilib
ajratilgan.   Xususan,   Aktning   100-bandida   sudyalar   va     sud     xodimlarining
poraxo‘rligi,  101-bandida  sud  xodimiga  pora  berish,  102-bandida  vazirlarning
poraxo‘rligi,   103-bandida   parlament   deputatining   korrupsiyasi va   poraxo‘rligi,
104-bandida   huquqni   muhofaza   qilish   organi   xodimining   korrupsiyasi   va
poraxo‘rligi,   105-bandida   mansabdor   shaxsning   poraxo‘rligi,   105C-bandida   chet
ellik davlat amaldoriga pora berish, 105D-bandida Yangi Zelandiyadan tashqarida
xorijiy   davlat   amaldorining   poraxo‘rligi,   105E-bandida   xorijiy   davlat
amaldorlarining   korrupsiyasi   uchun   javobgarlik   belgilangan.   Yuqorida   sanab
o‘tilgan jinoyatlarda  nafaqat  pora  olganlik,  balki  pora  berish  va  pora  berishga
dalolatchilik qilganlik  uchun  ham  javobgarlik  belgilangan. 
Demak,     Yangi     Zelandiyada     har     bir   mansabdor     shaxsning     korrupsiya
bilan     bog‘liq     jinoyatlari     uchun   alohida   javobgarlikning   belgilanishi   ularning
jamiyatdagi     o‘rni,     yuklatilgan     vazifaning   ahamiyati   bilan   bog‘liq   deyishimiz
mumkin.   Korrupsiyaga   qarshi   kurashda   bu   usul   juda   samarali   hisoblanib   har   bir
mansabdor shaxsning mas’uliyatini oshiradi.  
Korrupsiyaga     qarshi     kurashda     Finlandiya     tajribasi     diqqatga     sazovor.
Xalqaro Transparensy International tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra korrupsiya
darajasi  eng past  bo‘lgan  davlatlardan  biri  Finlandiya hisoblanadi.  Mazkur  davlat
korrupsiya darajasi  eng  past  bo‘lgan  davlatlar  kuchli  beshtaligiga  kirib  keladi.
Hozirgi     kunda   Finlandiyada   yiliga   3   yoki   4   ta   poraxo‘rlik   bilan   bog‘liq   jinoyat
ishlari ko‘rilar ekan. 
Ushbu   holatni    1980-1989-yillar    oralig‘idagi    davr    bilan   taqqoslaydigan
bo‘lsak,   mazkur     yillarda     81     nafar     shaxslar     pora     olganlik     uchun,     49     nafar
shaxslar  pora berganlik uchun jazolangan. 
E’tiborli     jihati     shundaki,     Finlandiya     Jinoyat     kodeksida     “korrupsiya”
degan   tushuncha     mavjud     emas.     Unda     mansabdor     shaxslarning     poraxo‘rligi
uchun     jinoiy   javobgarlik     belgilangan     bo‘lib,     bunday     jinoyatni     sodir     etgan
39 mansabdor  shaxslar uchun  qilmishning  ijtimoiy  xavfliligiga  qarab  jarima  yoki
4  yilgacha  ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.  
Finlandiyada     boshqa     davlatlardagi     kabi     korrupsiyaga     qarshi     kurash
haqida maxsus  qonun  mavjud  emas,  korrupsiyaga  qarshi  kurashuvchi  maxsus
organ     ham   tuzilmagan.     Korrupsiyaga     umumiy     jinoyatchilikning     bir     qismi
qabilida kurash olib boriladi. Finlandiya Konstitusiyasi, Jinoyat kodeksi, Fuqarolik
xizmati  to‘g‘risidagi qonun, ma’muriy boshqaruvga oid yo‘riqnomalar  va  boshqa
qonunosti   hujjatlar   korrupsiyaning   oldini   olishga   qaratilgan   hujjatlar   hisoblanadi.
Bularning orasida eng muhimi axloq qoidalaridir. 
Finlandiyada     korrupsiyaning     oldini     olishga     qaratilgan     hujjatlar     ijrosi
ustidan nazorat   mamlakat   Prezidenti   tomonidan   tayinlanadigan,   biroq,  mutloq
mustaqil   faoliyat   yurituvchi   Adliya   kansleri   va   parlament   vakili   Ombudsman
tomonidan olib boriladi. Ular butun hokimiyat tarmoqlari faoliyatini nazorat qilish
vakolatiga   egalar.   Yuqori     martabali     mansabdor     shaxslarni     ayblash     haqidagi
jinoyat  ishlari  maxsus tashkil  etilgan  Davlat  sudi  tomonidan  ko‘rib  chiqiladi.
Bu  sud  hattoki  davlat rahbariga  nisbatan  bo‘lgan  ishlarni  ham  ko‘rib  chiqishi
mumkin. Unga – Adliya kansleri, parlament vakili Ombudsman, hukumat vakillari,
Oliy   sud   va   ma’muriy   sud   sudyalari     a’zo     bo‘lishi     mumkin.     Ikkinchi     jahon
urushidan  keyin  Davlat  sudi  bor  – yo‘g‘i bir marta chaqirilgan xolos. 
Davlat     xizmatchilari     soni     unchalik     ko‘p     emas.     Ayniqsa,     90-yillardan
keyin   davlat     xizmatchilari     soni     deyarli     teng     yarmiga,     ya’ni     230.000     dan
127.000ga qisqartirilgan. Finlandiyada davlat xizmatchilarini korrupsiyalashuvidan
saqlovchi   muhim   omillardan   biri   -   ularning   moddiy   va   ijtimoiy
ta’minlanganligidadir 1
. 
Alohida   ta’kidlash   lozimki,   Finlandiyada   ommaviy   axborot   vositalari
ijtimoiy   nazoratning     muhim     vositasi     bo‘lib     xizmat     qiladi.     Hukumat     esa,
ommaviy   axborot vositalariga   nafaqat    erkinlik   yaratib   bergan,   balki   har   bir
e’lon     qilingan     korrupsiya   holati     bo‘yicha     aniq     choralarni     ko‘rib     boradi.
1
  Zufarov R., Axrorov B., Mirzayev U., Korrupsiya. Qonun. Javobgarlik. Monografiya. –T.: “TDYUI”, 2011-yil.
–B.50-51.
40 Finlandiya  korrupsiyaga  qarshi  bir qancha xalqaro hujjatlarga qo‘shilgan, xalqaro
tashkilotlar va boshqa davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini faol olib boradi.
Xulosa   qilib   aytadigan   bo‘lsak,   korrupsiyaga   oid   jinoyatlar   uchun
javobgarlik masalalari, ushbu turdagi jinoyatlarni oldini olish bo‘yicha  rivojlangan
xorijiy   davlatlarning   tajribasini   tahlil   qilar   ekanmiz,   xorijiy   mamlakatlarda
korrupsiya   bilan   bog‘liq   jinoyatlar   uchun   turli   darajadagi     jazolar     belgilangan.
Ayrim  mamlakatlarda  jinoyatning  ijtimoiy xavfliligiga   qarab   jarima  jazosidan
ozodlikdan     mahrum     qilish     jazosigacha,   ayrimlarida     esa     ozodlikdan     mahrum
qilish  jazosidan    o‘lim  jazosigacha  hukm qilinishi belgilangan. 
Shuningdek,   yuqorida   tahlil   qilingan   rivojlangan   davlatlarning   deyarli
hammasida   korrupsiya   bilan   bog‘liq   jinoyatlarning   aniq   ro‘yxati   belgilangan,
bo‘lib     ushbu     jinoyatlarning     ijtimoiy     xavfliligi     va     ularni     sodir     etgan
shaxslarning   egallab     turgan   lavozimi,     jamiyatdagi     o‘rniga     qarab     jazo
tayinlanadi     va   bu     jazoning   adolatliligi,     odilligi     kabi     prinsiplarning     to‘g‘ri
qo‘llanishiga,   jamiyatda korrupsiyaning   eng   past   darajaga   tushirishga   xizmat
qiladi.     Bundan     tashqari   korrupsiyani   oldini   olish   uchun   ko‘plab   xorijiy
davlatlarda   mansabdor   shaxslarning   mol-mulkini     deklaratsiya     qilish,     barcha
sohalarda   jamoatchilik   nazorati,   davlat tashkilotlari   tomonidan   ko‘rsatiladigan
xizmatlarning  elektron  tartibda  amalga oshirish tizimi yo‘lga qoyilgan.  
Mazkur     davlatlarning     tajribasidan     kelib     chiqib     korrupsiyaga     oid
jinoyatlar uchun javobgarlik va korrupsiyani  oldini  olish,  jamiyatda  korrupsiyani
eng     past   darajaga   tushirish   uchun   milliy   qonunchiligimizga   quyidagi   takliflarni
beramiz: 
birinchidan, O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat  kodeksida  mamlakatimizda
faoliyat     yuritayotgan     xorijiy     davlatlarning     mansabdor     shaxslari,     shuningdek
xorijiy   davlatlarda   faoliyat   yuritayotgan   O‘zbekiston   Respublikasi   mansabdor
shaxslarining poraxo‘rlik va korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlari uchun  javobgarlik
masalasini   belgilash.     Shuningdek,     korrupsiya     bilan     bog‘liq     jinoyatlar     uchun
jazo     choralarini   kuchaytirish,     qilmishning     ijtimoiy     xavfliligiga     qarab     jazo
41 tayinlash va korrupsiya bilan  bog‘liq  jinoyatlarda  yengillashtiruvchi  holatlarning
qo‘llanishiga  yo‘l qo‘ymaslik tizimini yo‘lga qo‘yish. 
Ikkinchidan,   hozirgi   kunda   Davlat   xizmatlari   agentligi   tomonidan
fuqarolarga   ko‘rsatiladigan     xizmatlarni     yanada     kengaytirish,     davlat     organlari
tomonidan   fuqarolarga   ko‘rsatiladigan   barcha   xizmatlarni   Davlat   xizmatlari
agentligi   tomonidan   yoki     elektron     tartibda     berish     tizimini     yo‘lga     qo‘yish,
fuqarolarni  maqsadsiz  davlat organlariga borishiga chek qo‘yish.  
2.2. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha falsafiy qarashlar.
Bugungi   kunga   qadar   pedagogika,   psixologiya,   falsafa,   boshqaruv
nazariyasida   biron   bir   shaxsning   ideal   darajadagi   amaldor   bo‘lishiga   kafolat
beradigan   ma’lum   usullar   mavjud   emas.   Biroq,   korrupsiya   darajasi   juda   past
bo‘lgan   ko‘plab   mamlakatlar   mavjud.   Bundan   tashqari,   davlatlar   tarixida
korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan harakatlar muhim yutuqlarga olib kelganligi
haqida   misollar   ham   bor.   Masalan,   Estoniya,   Singapur,   Gonkong,   Portugaliya,
S h vetsiya   shunday   davlatlar   qatoriga   kiradi.   Bu   esa,   o‘z   navbatida   korrupsiyaga
qarshi   kurash   bo‘yicha   muayya   falsafiy   paradigmalarga   asoslangan   usullarining
mavjudligini   ko‘rsatadi.   Mantiqan   falsafiy   paradigmalar   nuqtai   nazardan
qaralsa,agar   davlat   bo‘lmasa,   korrupsiya   ham   bo‘lmaydi.   Davlatning   ko‘plab
funksiyalari borki,ularni fuqarolar bajarishga majburdirlar. Shu sababli ularni yo‘q
qilish   mumkin   emas.   Masalan,   barcha   soliqlarni   bekor   qilish   orqali   soliq
idoralarida   korrupsiyaga   qarshi   kurashish   mumkin   emas.   Shunga   qaramay,
42 korrupsiya keng tarqalgan muhitda, korrupsiya girdobiga botgan davlat organlarini
tarqatib   yuborish,   undan   qutulishning   eng   samarali   radikal   usullaridan   biri   bo‘lib
tuyuladi.   Biroq,   barcha   amaldorlar   ochko‘z,   poraxo‘r   bo‘lmasligi   ham   mumkin.
Buni ham hisobga olishga to‘g‘ri keladi.
Hozirgi   kunda   korrupsiyani   kamaytirish   borasida   uchta   falsafiy   paradigmal
yondashuv borligi ko‘zga tashlanadi. 
Birinchisi ,   korrupsiyaga   aloqador   bo‘lganlarni   qilmishiga   yarasha   jinoiy
javobgarlikka tortish uchun yangi qonunlar qabul qilish va ularning ijrosini qat ‘iy
tarzda amalga oshirishni ta’minlash.
Ikkinchisi ,   amaldorlarning   korrupsiya   botqog‘iga   botib   ketmasligi   uchun
qoida   va   qonunlarni   buzmasdan   turib,   ularning   daromadlarini   ko‘paytirishga
imkon beradigan iqtisodiy mexanizmlarni yaratishni yo‘lga qo‘yish.
Uchinchisi ,   bozorlar   va   raqobatning   rolini   oshirish   orqali   korrupsiyadan
olinadigan daromadlar ulushini kamaytirish 1
. 
Mazkur   falsafiy   paradigmalarni   amalga   oshirishning   umumiy   ilmiy-amaliy
mexanizmlari jumlasiga quyidagilar kiradi. 
1. Ichki nazorat.   Bunga davlat boshqaruv apparatida mavjud bo‘lgan ichki
mexanizmlar   va   rag‘batlantirish   omillari   kiradi.   Bularga   mansabdor   shaxslarning
o‘z   vazifalarini   bajarishi   uchun   aniq   standartlarning   ishlab   chiqilganligi   va   uni
bajarish   yuzasidan   xodim   ustidan   qat   ‘iy   nazorat   o‘rnatilishni   ta’minlashning
mavjudligi   kiradi.   Nazoratni   ta’minlash   uchun   ko‘pincha   avtonom   ishlaydigan
maxsus   bo‘limlar   tashkil   qilinadi.   Masalan,   huquqni   muhofaza   qilish   idoralari
ko‘pincha   ijro   etuvchi   hokimiyat   rahbariga,   shuningdek   byurokratik   apparatga
bo‘ysunsada,   ammo   shu   bilan   birga   sezilarli   darajada   ichki   nazoratni   amalga
oshirish   bo‘yicha   o‘z   vakolatlariga   ega   bo‘ladi.   Shu   tufayli   korrupsiyaga   qarshi
kurashning falsafiy paradigmalarini amalga oshirishning asosiy usuli bo‘lgan ichki
nazorat   bugungi   kunda   asosiy,   salmoqli,   samarador   o‘rinlardan   birini   egallab
kelmoqda. 
1
  Yaxshilikov J. Muhammadiyev N. Falsafa. Darslik. –Samarqand.: “SamDU” 2021. –B.492.
43 2.   Tashqi   boshqaruv.   Bunga   ijro   hokimiyatidan   yuqori   darajada
mustaqillikka ega bo‘lgan mexanizmlar kiradi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining
2003   yilda   qabul   qilingan   “Korrupsiyaga   qarshi   konvensiyasi” 1
da   korrupsiyaga
daxldorligi   uchun   ogohlantirish,   korrupsiyada   ishtiroki   uchun   jinoiy   ta’qib   va
tergov hamda amaliyot operatsiyalarini ishga solmaslik,jinoyat yo‘li bilan topilgan
mablag‘larni  qaytarish maqsadida  hatlash,musodara  qilishga  yo‘naltirish bo‘yicha
amal   qiladigan   mexanizmlar   ko‘rsatib   o‘tilgan.   Bunday   mexanizmlar   qatoriga
kiruvchi mustaqil sud tizimining mavjudligi va uning qonunni buzgan byurokratni
osongina   va   samarali   sud   qilishi,amalda   korrupsiyaning   potensial   jozibadorligini
keskin  pasaytiradi.  Shu bilan  bir   qatorda  so‘z  va ommaviy  axborot   vositalarining
erkinligi   byurokratik   apparatda   korrupsiya   holatlarini   nazorat   qilishning   eng
samarali vositalaridan biri hisoblanadi.
Tashqi   nazorat   erkin   bozor   iqtisodiyoti   va   liberal   demokratik   davlatlarga
xosdir.   Bu   birinchi   navbatda,   bozorning   normal   ishlashini   ta’minlash   uchun   aniq
qoidalar,   mexanizmlarni   yaratish   va   ishga   tushurish,ikkinchi   navbatda   sog‘lom
raqobat   muhitini   ta’minlaydigan   samarali   huquqiy   tizimini   shakllantirishni   talab
etilishi bilan bog‘liqligi bilan tavsiflash mumkin. 
Liberal demokratiya o‘z maqsadlariga erishish uchun saylov tizimiga, qonun
ustuvorligiga,  mustaqil   sud   tizimiga,  hokimiyatning   taqsimlanishiga   va   “cheklash
va muvozanat”ni saqlash tizimiga tayanadi. Ushbu siyosiy institutlarning barchasi
bir   vaqtning o‘zida  korrupsiya  ustidan  tashqi   nazorat  mexanizmlari   bo‘lib  xizmat
qiladi 1
.
Biroq,   liberal   demokratiyaning   barcha   qoidalari   ham   korrupsiyaga   qarshi
kurashish   uchun   bir   xilda   ahamiyatga   ega   emas.   Masalan,   hokimiyatning
taqsimlash prinsipi. Vakolatlarning taqsimlanishi ularning gorizontal ravishda bir-
birlarini   nazorat   qilishlarini   rag‘batlantiradi.   Masalan,   parlament   demokratiyasida
vakillik   hokimiyati   hukumatni   ishdan   bo‘shatish   vakolatiga   ega.   Boshqa
tomondan,   prezidentlik   demokratiyasida   hokimiyat   tarmoqlari   yanada   funksional
1
 https://www.transparency.org/en/cpi/2020/index/nzl
1
  Abdurasulova   Q.   Korrupsiyaga   qarshi   kurash.   Bu  borada   chet   el   qonunlari   nimalar   belgilangan?//Xayot   qonuni,
№3 . 2003-yil. –B.67.
44 ravishda   bo‘linadi.   Shunga   qaramay,   prezidentlik   respublikalarida   korrupsiya
odatda   parlamentdagi   kabi   yuqori,   bu,   ehtimol,   prezidentga   impichment   e’lon
qilish   protsedurasining   og‘irligi   bilan   bog‘liq.   Bundan   tashqari,   vakolatlarni
hududiy   darajaga   ko‘ra   taqsimlash   va   shu   bilan   ijro   etuvchi   hokimiyat
vakolatlarining   ko‘p   qismini   mahalliy   o‘zini   o‘zi   boshqarish   darajasiga   o‘tkazish
davlat   organlari   sonining   samarali   qisqarishiga   olib   keladi.   Bu   hukumatning
axborot shaffofligini oshiradi va korrupsiyani kamaytiradi.
Shunga   qaramay,   maksimal   darajada   markazsizlashtirishni   ta’minlaydigan
davlatning   federal   tuzilishi   ko‘pincha   bir   xil   faoliyatning   turli   qirralarini   turli
darajadagi mansabdor shaxslar tomonidan tartibga solinishiga va binobarin, unitar
davlatlarga nisbatan ko‘proq korrupsiyaga olib keladi.
3. Saylov tizimi.  Demokratik mamlakatlarda saylangan vakillarni korrupsiya
uchun   jazolashning   asosiy   usuli,   ularni   keyingi   saylovlarda   hokimiyatdan
chetlashtirish   hisoblanadi.   Bu   shuni   anglatadiki,   saylovchining   o‘zi   tanlagan
kishilarning   halolligi   va   javobgarligi   darajasi   uchun   javobgardir.   Korrupsiyaga
qarshi qurol sifatida saylovlarning yuqori samaradorligiga qaramay, ularning ta’siri
juda sust.   Bir qator mualliflarning ta’kidlashicha, saylov jarayonidagi kamchiliklar
korrupsiya   doirasiga   sezilarli   ta’sir   ko‘rsatishi   mumkin.   Agar   saylovlar
qonunbuzarliksiz   o‘tkazilgan   bo‘lsa   ham,   ularning   o‘zi   saylovchilarni   u   yoki   bu
nomzodga   mafkuraviy   sabablarga   ko‘ra   ovoz   berishni   rag‘batlantirishi   mumkin,
bunda   uning   shaxsan   o‘zi,   bo‘ysunuvchilari   yoki   umuman   o‘z   partiyasi
korrupsiyasini e’tiborsiz qoldiradi. Bu amalda tasdiqlangan gipoteza hisoblanadi..
  Shuni   alohida   qayd   qilish   kerakki,   majoritar   tizim   eng   katta   individual
javobgarlikni   ta’minlaydi   va   bir   nechta   vakillarni   yoki   ochiq   partiyalar   ro‘yxati
bilan   saylanadigan   saylovchilar   nomzodlarning   benuqsonligiga   bo‘lgan   e’tiborini
sezilarli darajada oshiradi.
4.   Umumiy   chora-tadbirlar.   Korrupsiyaga   qarshi   kurash   bo‘yicha   hozirgi
kundagi falsafiy paradigmalarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘llaniladigan umumiy
chora-tadbirlarga quyidagilarni kiritish mumkin.
45 1.   Korrupsion   normalarning   konstitutsiyaga   xilofligi.   Fuqarolarning
huquq   va   burchlariga   cheklovlar   qo‘yadigan   har   qanday   me’yorlar   korrupsiyaga
olib kelishi mumkin, faqat bundan konstitutsiyaviy erkinliklar va inson huquqlarini
tavsiflovchi   normalar   mustasnodir.   Konstitutsiya   shaxslarga   emas,   balki   davlat
hokimiyatiga nisbatan cheklovlarni joriy qiladi, bu ham qonunning haddan tashqari
oshirilgan   talablaridan,   ham   davlat   hokimiyati   organlariga   o‘zboshimchalik
vakolatlarini   berilishidan   institutsional   kafolati   hisoblanadi.   Korrupsiya   normalari
muqarrar ravishda Konstitutsiyada belgilangan inson va fuqarolarning huquqlari va
erkinliklarini buzadi. Korrupsiyaga qarshi mustaqil ekspertiza doirasida korrupsiya
normalarini aniqlash  orqali,   ularning faoliyatiga chek qo‘yish mumkin bo‘ladi.
2. Fuqarolarni axborot bilan ta’minlash.   Korrupsiyaga qarshi kurashning
mazkur   umumiy   ahamiyatga   ega   bo‘lgan   paradigmal   uslubi   fuqarolarga   ularning
huquqlari   va   majburiyatlari   nimada,   uni   buzish   qanday   huquqbuzarliklarga   olib
kelishi   mumkinligi,   sud   protsedurasi   qanday   o‘tishi   va   unda   nimalarni   hisobga
olishini aniq va ravshan tarzda qilib tushuntirish maqsadida qonunlarni tahlil qilish
orqali   tushuntirishni   o‘z   ichiga   oladi.   Bularning   barchasini   bilgan,   tushungan
fuqarolar   pora   berishga   undagan   mansabdor   shaxs   bilan   yuzma-yuz   kelganda
o‘zlarini yanada ishonchli tutishadi.
3.   Idoraviy   tizimlarning   ochiqligi .   Idoralararo   operatsiyalarning
oshkoraligi   va   tegishli   fuqarolik   nazorati   idoralararo   hujjatlarni   ommaviy
internetda nashr etish va ochiq muhokama qilish orqali amalga oshirilishi mumkin,
bu   esa   korrupsiyaning   poydevorini   jiddiy   ravishda   buzishga   olib   keladi.   Biroq,
bunday   mexanizmlar   tijorat   sirlarini   himoya   qilish   bo‘yicha   o‘ta   qat   ‘iy   qoidalar
bilan   cheklangan   yoki   ulardan   ayrim   bo‘limlarda   foydalanish   fuqarolarning
shaxsiy   ma’lumotlarini   va   mudofaa   bo‘limlari   va   tashkilotlarida   maxfiy
ma’lumotlarni   himoya   qilish   bo‘yicha   qo‘shimcha   choralar   ko‘rish   zarurati   bilan
bog‘liq bo‘ladi
4.   Mansabdor   shaxslarning   ijtimoiy   ta’minoti .   Birinchi   darajali   tibbiy
yordam,   ko‘chmas   mulk   sotib   olish   uchun   foizsiz   kreditlar,   katta   miqdordagi
pensiya - bularning barchasi davlat sektorida ish haqining oshishi bilan barobardir.
46 Mansabdor   shaxs   korrupsiyaviy   harakatlarga   tushib   qolsa,   bu   uning   mansabidan
ayrilib   qolish   ehtimolini   oshiradi.   Paradigman   mazmundagi   tadqiqotlar   shuni
ko‘rsatadiki,   ushbu   chora   korrupsiyaga   darhol   ta’sir   qilmaydi,   ammo   vaqt   o‘tishi
bilan byurokratiya sifatini yaxshilaydi.
5. Agent – prinsipi nazariyasi.   Asosiy-agent nazariyasi kafolat beruvchida
(“asosiy”) ijrochilar (“agentlar”) ning harakatlari to‘g‘risida barcha ma’lumotlarga
ega bo‘lmagan vaziyatni ko‘rib chiqadi .
Shuning uchun agent ular bilan shartnoma tuzadi, ular o‘zlarini tutishlariga
turtki   beradigan   agentlar   uchun   (asosan   mijozlarga   xizmat   ko‘rsatish   uchun)
agentning   manfaati   uchun   qulay   shart-sharoitlarni   o‘z   ichiga   oladi.   Agentlik
modelining   asosiy   xulosalari   -   maxsus   terminologiyadan   foydalanmaslik
hisoblanadi.
Ushbu   model   turli   guruhlar   ta’sirida   bo‘lgan   elita   xatti-harakatlarini
o‘rganish uchun ham qo‘llaniladi. Korrupsiya ushbu guruhlarning manfaatlari bilan
saylovchilarning   manfaatlari   to‘qnashuvi   sifatida   tushuniladi.   Bunda   millat
umuman   tanlangan   vakillar   (agentlar)   bilan   ijtimoiy   shartnoma   tuzadigan   asosiy
shaxsdir 1
. 
Tahlillar   shuni   ko‘rsatadiki,   saylovchilar   qanchalik   ko‘p   xabardor   bo‘lsa,
vakillarning   korrupsiya   uchun   imkoniyatlari   shunchalik   kam   bo‘ladi.   O‘z
navbatida   vakillar   shaxsiy   daromadlarini   ko‘paytirishga   imkon   berib,   qayta
saylanishlarini   ta’minlaydigan   siyosat   yuritishga   intilishadi.   Korrupsiya   uchun
imkoniyat   yaratadigan   yechim   bu   mudofaa   byudjeti   xarajatlarini   ko‘paytirishdir,
chunki   bu   qaror   ham   siyosat,   ham   turli   guruhlarning   iqtisodiy   manfaatlari   bilan
bog‘liqligi bilan ajralib turadi.
6.   Korrupsiyaga   qarshi   kurashdagi   muammolar.   Korrupsiyaga   qarshi
kurashdagi   muammoning   mohiyati   haqida   Jeyms   Medison:   “Agar   odamlarni
farishtalar   boshqargan   bo‘lsa,   tashqi   va   ichki   hukumat   ustidan   nazoratga   ehtiyoj
qolmas edi. Ammo odamlar odamlarni boshqaradigan hukumatni yaratishda asosiy
qiyinchilik   shundaki,   avvalambor,   hukmdorlarga   boshqariladiganlarni   boshqarish
1
  Yaxshilikov J. Muhammadiyev. Falsafa. Darslik. –Samarqand.: “SamDU” 2021. –B.494.
47 imkoniyatini   berish   kerak;   ammo   bundan   keyin   hukmron   organlarni   o‘zlarini
nazorat   qilishni   majburlash   kerak” 2
,–deb   yozgan   edi.   Korrupsiyaning   oldini
olishning   eng   muhim   omillaridan   biri   bu   jinoyat   qonuni   hisoblanadi.   Amalda,
aksariyat mamlakatlardagi qonunlar fuqarolik erkinliklari va qarama-qarshiliklarini
bostirish   uchun   qonunchilikni   tanlab   tatbiq   etish   xavfini   yo‘q   qilish   uchun   jinoiy
javobgarlik   deb   hisoblanadigan   korrupsiya   turlarini   izohlash   uchun   etarlicha   tor
doirani   tashkil   etadi.   Shuning   uchun,   masalan,   rasmiy   shaxsga   ta’sir   o‘tkazish
niyati   bo‘lgan   taqdirda,   sovg‘ani   pora   deb   hisoblash   mumkin.   Agar   mansabdor
shaxsga   prinsipial   ravishda   sovg‘alarni   qabul   qilish   taqiqlanmagan   bo‘lsa,   unda
odatda pora faktini isbotlash qiyin. Bundan farqli o‘laroq, xodimning mablag‘larini
o‘zlashtirishni   maqsad   qilgan-qilmaganligidan   qat   ‘i   nazar,   pulni   o‘g‘irlash
ko‘pincha zarar borligida isbotlangan hisoblanadi.
Yana   bir   qiyinchilik,   ayniqsa   ko‘pchilik   odamlar   pora   beradigan   keng
ko‘lamli   korrupsiya   psixologiya   va   o‘yin   nazariyasida   “mahbuslar   dilemmasi”
sifatida tanilgan. Bir tomondan, agar hamma pora berishni to‘xtatsa, unda ularning
barchasi   bundan   foyda   ko‘rishadi.   Ammo,   agar   faqat   bitta   xususiy   shaxs   pora
olishdan   bosh   torsa,   u   holda   u   o‘zini   o‘ta   noqulay   sharoitga   soladi.   Va   nihoyat,
yuqorida   aytib   o‘tilgan   korrupsiya   bozorlarining   barqarorligi   jiddiy   muammo
tug‘diradi.
O‘zbekistonda   korrupsiyaga   qarshi   kurashning   zarurligi .   Tarixga   nazar
tashlaydigan   bo‘lsak,   “Qizil   imperiya”   maqomini   olgan   SSSR   parchalanib
ketgandan   so‘ng   uning   o‘rnida   paydo   bo‘lgan   mustaqil   mamlakatlarda   hokimiyat
uchun   sobiq   kommunistlar,   liberal   demokratlar,   din   mutassadilari,   uyushgan
jinoyatchilar   o‘rtasida   kurashlar   boshlanib   ketdi.   Natijada,   mamlakatimizda   ham
uning mustqilligiga, davlat suverinitetiga, fuqarolarning tinch-osuda yashashlariga
tahdid   soluvchi   ko‘pgina   noxush   voqealar   sodir   bo‘ldi.   Bu   voqealarning   ortida
qanday   bo‘lmasin   hokimiyatni   qo‘lga   kiritib,   davlat   mulkini   o‘zining   shaxsiy-
xususiy   mulki   qilib   olishga   harakat   qilayotgan     “kimsa”lar,   ya’ni   xalq   tili   bilan
aytganda mafiyalashgan korrupsionerlar turar edi. 
2
 Федералист: Политические эссе А. Гамильтона, Дж. Мэдисона и Дж. Джея. Федералист № 51 [50].
48 Bularga   misol   keltiradigan   bo‘lsak:   MDH   mamlakatlarida   mustaqillikdan
so‘ng,   davlat   mulkini   xususiylashtirish   joriy   etildi.   Bunda   biz   yuqorida   keltirgan
“kimsa”lar   ustamonlik   bilan   foydalanddilar   sababi,   mulkni   xususiylashtirishga
axolida   bunchalik   katta   mablag‘ning   yo‘qligi   edi.   Jinoiy   to‘dalarda   esa   davlat
sustlashganidan   foydalangan   ya’ni   ular   talon  taroj   orqali   boylik   ortirgan   edi   buni
esa, qonuniylashtirishga imkoniyat yaratilgan edi. 
Demak,   ularning   asosiy   maqsadi   –   qanday   qilib   bo‘lmasin   hokimiyani
egallab   olish,   uni   boshqarish   uchun   berilgan   vakolatlardan     o‘zining   shaxsiy
manfaatlari   yo‘lida   foydalanishni   yo‘lga   qo‘yish   orqali   katta   bitmas-tugalmas
boylikka   ega   bo‘lishdan   iborat   bo‘lganligi   hech   kimga   sir   emas   edi.
Afsuski,ularning   manfur   maqsadlari   amalga   oshmay   qoldi.   Xalq   irodasi   bilan
uning   haq-huquqlarini   himoya   qiluvchi   huquqiy   davlatni   amalga   oshirish
tamoyillariga   asoslangan   davlat   hokimiyati   shakllantirildi.   Davlatning   o‘zi
xalqning manfaat va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda keng qamrovli islohotlarni
boshlab yubordi. Shulardan biri korrupsiyaga qarshi kurashishdan iboratdir.
Korrupsiyaning   keng   tarqalganligi   va   uni   tag-tomiri   bilan   yo‘q   qilishning
ilojini   topish   qiyinligini   ko‘zda   tutib,   uni   –“xalqaro   ofat”   deb   atash   mumkin.
Davlat hokimiyati tuzilmalarining turli bo‘g‘inlari va turli darajalari vakillari ham
uning yo‘ldan ozdiruvchi ta’siriga tushib qoladi. Korrupsiya vujudga kelib, u eng
avvalo,   uyushgan   jinoiy   tuzilmalarga   madadkor   bo‘lish   yoki   to‘g‘ridan-to‘g‘ri
yordam   berish   uchun   davlat   xizmatining   imkoniyatlaridan   foydalanadi.   Bu   esa
jinoyatchilik va korruppiya jamiyatga keltiradigan salbiy oqibatlar  tufayli jamiyat
xavfsizligi va barqarorligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdiddir. 
Korrupsiyaning   mamlakatimizning   xavfsizligiga   solayotgan   tahdidlari
quyidagalardan iborat: 
Birinchidan ,   siyosiy   jihatdan   olganda,   korrupsiya   amalga   oshirilayotgan
islohotlarga qarshilik ko‘rsatish ifodasidir. Unda o‘z umrini yashab bo‘lgan, yangi
iqtisodiy   munosabatlarni   o‘ziga   qarshi   tahdid   deb   bilgan   holda,   ularning
rivojlanishini   sekinlashtirib   qo‘yishga   harakat   qiladigan   ma’muriy   buyruqbozlik
tizimi   bilan   “xufyona”   iqtisodiyotning   manfaatlari   ob   ‘ektiv   ravishda   birlashib
49 ketadi. Korrupsiya domiga ilingan amaldorlar shaxsiy boylik orttirish maqsadlarini
va urug‘-aymoqlarning manfaatlarini davlat manfaatlaridan ustun qo‘yadi. Bu esa,
mamlakatning   siyosiy   va   iqtisodiy   yo‘liga   hamda   aholining   aksariyat   qismiga
tuzatib   bo‘lmaydigan   zarar   yetkazadi.   Bundan   tashqari,   yangi   iqtisodiy
munosabatlarga endigina asos solinayotgan va sifat jihatidan boshqa siyosiy tizim
shakllantirilayotgan o‘tish davrida korrupsiya o‘z xatti-harakati bilan bu jaraе?nning
yo‘lini to‘sib qo‘yish imkoniga ega.  
Ikkinchidan,   jinoyatchilik   va   korrupsiyaning   avj   olishi   davlatning
konstitutsiyaviy   asoslarini   yemiradi,   fuqarolarning   huquq   va   erkinliklari   jiddiy
tarzda   buzilishiga   olib   keladi.   Qonunlar   va   farmonlarni   qabul   qilishdan   maqsad
ularni   chetlab   o‘tishdir,   degan   mutlaqo   yaramas   qoida   jamiyatning   eng   oddiy
huquqiy tartibot va jamoat tartibini saqlab turish qobiliyatidan mahrum bo‘lishiga
olib   boradi.   Basharti   iqtisodi	
е?tda   jinoiy   guruhlar   va   reketchilar   to‘dalari   -   bazm
qursa,   ko‘chalarda   esa   odamlar   qo‘rqqanlaridan   tasodifiy   o‘tkinchilardan   qochib
yursalar, jamiyatdagi barqarorlik va sobitqadamlik haqida gap bo‘lishi mumkinmi?
Yo‘q, albatta. 
Uchinchidan ,   jinoyatchilik   va   korrupsiya   jamiyatning   ma’naviy-axloqiy
asoslarini   yemiradi.   Jamiyat   a’zolarining   fuqarolik   mavqeini   yo‘qqa   chiqaradi.
Amalga   oshirila	
е?tgan   o‘zgarishlarga   salbiy   munosabat   vujudga   kelishi   uchun
sharoit yaratadi. Islohotlar g‘oyasining o‘zini obro‘sizlantiradi va eski zamonlarni,
shu   jumladan–qudratli   markazning   kuchli   qo‘lini   qo‘msash   hissini   tug‘diradi.
O‘tish   davrining   muayyan   qiyinchiliklari   sharoitida   fuqarolar   ongida,   ayniqsa,
yosh avlodning bir qismida, hayotda yuksak turmush darajasiga erishishning asosiy
usuli qonunga xilof faoliyat bilan bog‘liq, degan mutlaqo axloqqa zid nuqtai nazar
shakllanishi va qaror topishi mumkin. Qing‘ir yo‘l bilan boylik orttirishga intilish,
basharti u jamiyatning va huquqiy nazoratning e’tiboridan chetda qolsa, odamlarni,
ayniqsa,   hayotga   endigina   qadam   qo‘yib   kelayotgan   yoshlarni   yomon   yo‘lga
og‘diradi.   Axir,   jamiyat   va   davlat   uchun   yosh   avlodning   axloqan   buzilishi   va
yuztuban ketishidan ham ayanchliroq, halokatliroq hol bormi o‘zi? 
50 To‘rtinchidan ,–pul   hokimiyatga   intiladi,   degan   bir   ibora   bor.   Lekin   bu   pul
jinoiy   yo‘l   bilan   topilgan   bo‘lsa-yu,   uning   egalari   jamiyatning   hokimiyat
tuzilmalariga   chiqib   olsalar,   ular   qanday   usullar   bilan   boshqarishlarini   tasavvur
qilish qiyin emas. Jinoyat olamining nufuzli shaxslari hokimiyatga qanday yo‘llar
bilan kirib olishi yaxshi ma’lum va ko‘p mamlakatlarda sinovdan o‘tgan. Avvaliga
bu   ish   nopok   daromad   manbalarini   saqlab   qolish,   ulardan   kafolatli   foydalanish
maqsadida   hokimiyat   tuzilmalari   bilan   aloqa   bog‘lash   va   bu   aloqani
mustahkamlashdan   boshlanadi.   Shundan   so‘ng   hokimiyatning   o‘zi   ham   qo‘lga
kiritiladi.   Hokimiyat   organlarining   jinoyatga   aralashib   qolishi   rivojlanayotgan
jamiyat   uchun   eng   jiddiy   xavf-xatarlardan   biridir.   Jinoiy   tuzilmalarning   davlat
organlari amaldorlari bilan chatishib ketishi, ularning turli hokimiyat tarmoqlariga
kirib olishi jamoatchilik nazdida fuqarolarning himoyasizligi  hissini  kuchaytiradi.
Davlatning   o‘zini   obro‘sizlantiradi.   Mamlakat   ichkarisida   ham,   tashqarisida   ham
unga ishonchsizlik ortib boradi. 
Beshinchidan,  nopok yo‘l bilan boylik orttirganlar jazodan qutulib qolish va
o‘zlarining jinoiy sarmoyalarini himoya qilish uchun har qanday xatti-harakatlarga
tayyor   turishlarini   yaxshi   bilib   olish   lozim.   Bunday   kimsalar   adolatli   jazodan
qo‘rqib,   hamma   ishni   qilishga,   hatto   vaziyatni   beqarorlashtirishga,   ommaviy
tartibsizliklarni   keltirib   chiqarishga   shay   turadilar.   Bunday   paytda   ehtiroslarni
junbushga   keltirish,   olomonni   qo‘zg‘atish   va   uning   orqasiga   yashirinib   olishdan
qulayi   yo‘q.   Bunday   odamlarning   “Faqat   bizga   yaxshi   bo‘lsa,   ishimiz   bitsa   –
bo‘lgani”   qabilidagi   maslagi   xudbinlikning,   hamyurtlariga   nisbatan   surbetlarcha
loqaydlikning yaqqol ko‘rinishidir. 
Oltinchidan,   jinoiy   usullar   bilan   boylik   va   mo‘may   pul   orttirgan
kimsalarning yangi huquq himoyachilari va hatto demokratiya uchun jafo chekkan
kurashchilar sifatida siyosatga kirib olishga harakat qilaе?tganidan dalolat beruvchi
misollar,   jumladan,   bizda   ham   oz   emas.   Ular   bunday   xatti-harakatlari   bilan
insoniyatning adolat va demokratiya kabi olijanob ideallariga naqadar jiddiy zarar
yetkaza	
е?tganlarini,   o‘z   xalqlari   va     mamlakatlari   sha’niga   dog‘   tushira	е?tganlarini
aytib   o‘tirishning   hojati   bormikin?   Nafsilamrini   aytganda,   ular   o‘z   xalqlari   va
51 mamlakatlarining   taqdiriga,   ozodlik   va   mustaqillik   ideallariga   mutlaqo   befarq
qaraydilar.   Bunday   shaxslarning   turish-turmushi   ketma-ket   qilingan   jinoiy   xatti-
harakatlar   zanjiridan   iboratdir.   Avvaliga   o‘z   xalqini   aldab   kapital   to‘planadi,
keyingi   gal   –   demokratiya   va   adolatni   ro‘kach   qilgan   holda   jamoatchilik   fikrini
aldab, siyosiy obro‘ orttiriladi. Sir emaski, bunday shaxslar o‘z manfaatlari yo‘lida
respublikadagi   vaziyatga   ta’sir   ko‘rsatishga   urinayotgan   tashki   kuchlarga   xizmat
qilishga hamisha tayyor turadilar. Mamlakatimizning kelajagini va obro‘-e’tiborini
qadrlaydigan har bir vijdonli fuqaro bu tahdidni esda tutmog‘i darkor. 
Halol mehnat qilish, o‘z bilimi, kuch-g‘ayrati va ijodiy qobiliyatini sarflash
uchun   barqaror   shart-sharoit   bo‘lishini   istaydigan,   farzandlari   va   yaqin   kishilari
kelajakda   ham   demokratik,   fuqarolik   jamiyatida   sivilizatsiyalashgan   bozor
munosabatlarining   samaralaridan   to‘la-to‘kis   foydalanishni   orzu   qiladigan   har   bir
fuqaro, jinoyatchilik va korrupsiya yo‘liga o‘z vaqtida zarur to‘siq qo‘yilmasa, bu
illatlar   qanday   ayanchli   oqibatlarga   olib   kelishi   mumkinligani   yaxshi   anglab
yetmog‘i lozim 1
.
Xulosa   qiladigan   bo‘lsak,   birinchi   o‘rinda   qonunni   tadbiq   etishni   davlat
organlari mansabdor shaxslari, davlat xizmatchilarining mol-mulkini   deklaratsiya
qilish     tizimini     ishlashini     amaliyotga     tezroq     joriy     qilish,   davlat   xizmatchisi
o‘zining amaldagi va ilgarigi egallab turgan lavozimiga ko‘ra ega bo‘lishi  mumkin
bo‘lgan   darajadan   ortiqcha   bo‘lgan   har   qanday   mulkka   egalik qilayotganligi
yoki   shunday   mulkni   boshqarayotganligi   haqida   asosli   gumon   paydo   bo‘lsa,
tekshirish   belgilanishi   agar   gumon   o‘z   tasdig‘ini   topgan   xolatda,   yani   ushbu
mulkning     manbasini     ko‘rsatib     bermasa,     mol-mulk     korrupsiya     yo‘li   bilan
orttirilgan   deb   baholanib,   ushbu   mol-mulkni   davlat   foydasiga   musodara   qilib,
mansabdor   shaxs   yoki   davlat   xizmatchisini   javobgarlikka   tortish   tizimini
amaliyotga   tadbiq   qilish.   Bir   so‘z   bilan   aytganda   rivojlangan   davlatlarda   joriy
etilgan mol-mulk deklaratsiyasini joriy etish kerak degan fikirni ilgari suramiz.
1
  Karimov   I.A.   O‘zbekiston   XXI   asr   bo‘sag‘asida:   xavfsizlikka   tahdid,   barqarorlik   shartlari   va   taraqqiyot
kafolatlari// Uning o‘zi.  Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida. –T.: “O‘zbekiston” 1998-yil. –B.90-93.
52 KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH TO‘G‘RISIDAGI
FALSAFIY QARASHLARNING O‘ZBEKISTONDAGI INIKOSI.
3.1. O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishning siyosiy –
huquqiy mexanizmlari va chora – tadbirlari.
Mazkur bobimizda O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi  kurashish sohasidagi
qonunchilik   bazasining   yaratilishi   va   sohaga   oid   muhim   tashkiliy-huquqiy
islohotlar     tahlil   etiladi.   Xususan,   keyingi   yillarda   mamlakatimizda   aholining
huquqiy   ongi   va   huquqiy     madaniyatini     oshirishga,   jamiyatda     korrupsiyaga
murosasiz  munosabatni shakllantirishga  yo‘naltirilgan  tizimli  choralar  ko‘rildi.
Shuningdek,     ilmiy   ishimizda   korrupsiyaga   qarshi   kurashish   sohasidagi   so‘nggi
yillarda qabul  qilingan normativ hujjatlar   mazmuni       haqida   ham   ma’lumotlar
berilib,   jamiyatimizda   korrupsiyaga qarshi   kurashishning   dolzarb   muammolari
bo‘yicha  ayrim  takliflar  ham  sanab o‘tilgan.
Jamiyatda     huquqiy     ong     va     huquqiy     madaniyatni     yuksaltirib     borish
qonun   ustuvorligini   ta’minlash   va   qonuniylikni   mustahkamlashning   eng   muhim
shartlaridan   biri   hisoblanadi.   So‘nggi   yillarda   milliy   huquq   tizimini   tubdan   isloh
53 qilish,   jamiyatda   huquqiy     madaniyatni     shakllantirish     hamda     malakali     yuridik
kadrlarni  tayyorlash borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. 
Korrupsiyadan holi jamiyat va  davlatni  yaratish  mamlakat  taraqqiyotining
mustaxkam   kafolati   bo‘ladi.   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat
Mirziyoyev   2018-yil   7-dekabr     kuni   Konstitutsiyamiz   qabul     qilinganining   26
yilligiga bag‘ishlangan  marosimdagi  ma’ruzasida “Korrupsiya bilan hech  qachon
maqsadimizga erisha olmaymiz” deb 1
, ta’kidlagan edi.
O‘zbekistonning   korrupsiyaga   qarshi   kurash   va   “korrupsiyasiz   soha”ni
takomillashtirish   bilan   bog‘liq   dolzarb   muammolarning   muhim   konseptual
g‘oyalari   O‘zbekiston     Respublikasi     Prezidenti     Sh.M.Mirziyoyevning     qator
ma’ruza     hamda   asarlarida   (“Milliy   taraqqiyot   yo‘limizni   qat   ‘iyat   bilan   davom
ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz”.  I  jild;  “Buyuk  kelajagimizni  mard  va  oliy
janob     xalqimiz     bilan     birga   quramiz”;     “Qonun     ustuvorligi     va     inson
manfaatlarni     ta’minlash     yurt     taraqqiyoti     va   xalq     farovonligining     garovi”;
“Erkin     va     farovon     demokratik   O‘zbekiston   davlatini   birgalikda   barpo   etamiz”;
BMT  Bosh Assambleyasi    72,   75-sessiyalarida    so‘zlagan nutqlari;    O‘zbekiston
Respublikasi     Prezidentining     Oliy     Majlisga     Murojaatnomalari),   shuningdek,
Respublikamiz  olimlaridan  Q.R.Abdurasulova  (“Jinoyatning  maxsus sub ‘ekti”),
R.A.Zufarov (“Poraxo‘rlik uchun jinoiy javobganrlik”), I.M.Mirzaraimov (“Jinoiy
faoliyatdan     olingan     daromadlarni     oshkoralashtirishga     qarshi     kurashning
huquqiy   choralari”),   Sh.R.   Qobilov   (“Korrupsiya:    sabablari,   shart-sharoitlari,
oqibatlari   va   oldini   olish   yo‘llari”)   larning   asarlari,   monografiyalari,   risolalari,
ilmiy-uslubiy maqolalarida o‘rganilgan. 
Mazkur   bobda   o‘rganilayotgan   muammo   ilmiy   tadqiqotning   falsafiy,
siyosiy-huquqiy   tahlil,   qiyosiy   tahlil,   mantiqiylik,   ilmiylik   va   xolislik   metodlari
asosida yoritilishiga harakat qilindi.  
Barcha sohalarda islohotlarni amalga oshirish doirasida fuqarolarning huquq
va manfaatlari   himoya   qilinishini,   davlat   hokimiyati   va   boshqaruvi   organlari
1
 Prezident  Shavkat  Mirziyoyevning  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi qabul  qilinganining  26  yilligiga
bag‘ishlangan   tantanali   marosimdagi   ma’ruzasi.   08.12.2018-yil.   https://uza.uz/uz/posts/bilimli-avlod-buyuk-
kelazhakning-tadbirkor-khal-farovon-ayet-08-12-2018
54 faoliyati ochiqligini,   jamoat   va   parlament   nazoratini   ta’minlash   mexanizmlari
takomillashtirildi.  
Albatta,   mamlakatimizda   korrupsiyaga   qarshi   kurashishning   huquqiy
mexanizmi   mustaqillikning   dastlabki   yillaridanoq   yaratila   boshlangan.
Korrupsiyaga     qarshi   kurash     ishlarini     tashkillashtirish     maqsadida     Vazirlar
Mahkamasining  1992  yil   3 martdagi  “O‘zbekiston   Respublikasi  Prokuraturasi
tuzilmasida     tashqi     iqtisodiy   faoliyat     sohasidagi     poraxo‘rlik,     o‘g‘irliklar     va
boshqa   suiiste’molchiliklarga   qarshi   kurash   boshqarmasini   tashkil     etish
to‘g‘risida” 1
gi;     1994     yil     11     maydagi     “Xususiy   mulkchilik   va   tadbirkorlikni
korrupsiya,   reket   va   uyushgan   jinoyatchilikning   boshqa   ko‘rinishlaridan   himoya
qilishning   tashkiliy   chora-tadbirlari   to‘g‘risida” 2
gi;   1997-yil   28-maydagi
“Korrupsiya,     reket     va    terrorizmga    qarshi     kurashni     takomillashtirish   ishlarini
yanada   rivojlantirish   to‘g‘risida” 1
gi   qarorlari   qabul   qilindi   va   ularning   ijrosini
ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqildi. 
2008-yilda   BMTning   2003-yildagi   “Korrupsiyaga   qarshi   kurashish”
Konvensiyasini   ratifikatsiya   qilinishi   va   ushbu   konvensiyaga   “O‘zbekiston
Respublikasi   qo‘shilishi   to‘g‘risida” 2
gi   Qonun   qabul   qilinishi   katta   ahamiyat
kasb   etmoqda.   Bundan   tashqari,   so‘nggi   yillarda   korrupsiyaga   qarshi   kurashning
huquqiy   mexanizmlarini   takomillashtirishga   qaratilgan   Byudjet   va   Bojxona
kodekslari   (yangi   tahrirda),   “Huquqbuzarliklar   profilaktikasi   to‘g‘risida” 3
gi,
“Ijtimoiy  sheriklik to‘g‘risida” 4
gi,  “Davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi  organlari
faoliyatining   ochiqligi to‘g‘risida” 5
gi,   “Tezkor-qidiruv   faoliyati   to‘g‘risida” 6
gi,
1
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori, 03.03.1992 yildagi 96-son
2
 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 11.05.1994 yildagi 247-son
1
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 06.07.2021 yildagi PF-6257-son
2
 Birlashgan Millatlar Tashkilotining Konvensiyasi . Nyu-York, 2003-yil 31-oktabr.
3
  Qonunchilik   palatasi   tomonidan   2013-yil   30-oktabrda   qabul   qilingan   Senat   tomonidan   2014-yil   10-aprelda
ma’qullangan.
4
  Qonunchilik   palatasi   tomonidan   2014-yil   18-iyunda   qabul   qilingan   Senat   tomonidan   2014-yil   28-avgustda
ma’qullangan.
5
  Qonunchilik   palatasi   tomonidan   2014-yil   11-martda   qabul   qilingan   Senat   tomonidan   2014-yil   10-aprelda
ma’qullangan.
6
 O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 25.12.2012 yildagi O‘RQ-344-son.
55 “Elektron   hukumat to‘g‘risida” 7
gi, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida” 8
gi qonunlar
qabul   qilindi.   Bularning   bari   tom   ma’noda   davlatimiz   tinchligini   va   xalq
farovonligining huquqiy garovidir. 
Qonunchilik     tahlili     korrupsiya     bilan     bog‘liq     qilmishlarga     qarshi
kurashish faoliyatining  huquqiy  asoslari  ko‘proq  O‘zbekiston  Respublikasining
amaldagi   Jinoyat   kodeksida   o‘z   ifodasini   topgan.   Buni   quyidagilarda   ko‘rishimiz
mumkin.
Mamlakatimizda  “Korrupsiyaga  qarshi  kurash  to‘g‘risida” 9
gi  O‘zbekiston
Respublikasi     qonuni     qonunchilik     palatasi     tomonidan     2016     yil     24-noyabrda
qabul qilinib,  Senat  tomonidan  2016  yil  13-dekabrda  ma’qullangan.  Prezident
tomonidan 2017  yil  3-yanvarda  tasdiqlanib,  4  yanvardan  kuchga  kirdi.  Qonun
34  moddadan iborat. 
O‘zbekiston   Respublikasining   “Korrupsiyaga   qarshi   kurashish     to‘g‘risida”
gi   qonuni   davlat   organlari   faoliyatining   ochiqligini   va   hisobdorligini   ta’minlash,
davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirish, davlat organlari,  mansabdor
shaxslarning   o‘z   zimmasiga   yuklatilgan   vazifalarni   bajarishi   yuzasidan
mas’uliyatini kuchaytirishga,  korrupsiyaga  qarshi  kurashish  sohasida  parlament
va  jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadlariga xizmat qilmoqda.  
Qonunda   korrupsiya,   korrupsiyaga   oid   huquqbuzarlik,   manfaatlar
to‘qnashuvi kabi iboralarning mazmuni huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yildi.  
“Korrupsiyaga   qarshi   kurashish   to‘g‘risida”gi   qonunning   mazmun
mohiyatiga qisqacha  to‘xtaladigan  bo‘lsak,  unda  korrupsiyaga  qarshi  kurashish
sohasidagi   huquqiy   munosabatlarni   to‘liq   qonuniy   tartibga   solishga,   davlat
organlari,   tashkilotlar   hamda   fuqarolik   jamiyati   institutlari   tomonidan   amalga
oshirilayotgan   korrupsiyaga   qarshi   qaratilgan   chora-tadbirlar   samaradorligini
oshirishga,   shuningdek   korrupsiyani   ijtimoiy   hayotning   barcha   sohalaridan   to‘liq
bartaraf etishga, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy  madaniyatini  yuksaltirish
7
  Qonunchilik   palatasi   tomonidan   2015-yil   18-noyabrda   qabul   qilingan   Senat   tomonidan   2015-yil   3-dekabrda
ma’qullangan.
8
  Qonunchilik   palatasi   tomonidan   2016-yil   12-avgustda   qabul   qilingan   Senat   tomonidan   2016-yil   24-avgustda
ma’qullangan.
9
  Qonunchilik   palatasi   tomonidan   2016-yil   24-noyabrda   qabul   qilingan   Senat   tomonidan   2016-yil   13-dekabrda
ma’qullangan.
56 orqali     jamiyatda     korrupsiyaning     har   qanday     ko‘rinishlariga     toqat     qilmaslik
muhitini     yaratishga     qaratilgan     me’yorlar     o‘z   aksini   topganligini   ko‘rishimiz
mumkin 1
.  
Shuningdek,     qonunda     korrupsiyaga     qarshi     kurashishning     asosiy
prinsiplari   hamda   bu   boradagi   davlat   siyosatining   muhim   yo‘nalishlari,   vakolatli
organlar  tizimi, fuqarolar   o‘zini   o‘zi    boshqarish   organlari,   fuqarolik   jamiyati
institutlari,     ommaviy   axborot     vositalari     va     fuqarolarning     mazkur     sohadagi
ishtiroki,  shuningdek  xalqaro hamkorlik mustahkamlab qo‘yilgan 2
.  
Qonun   asosida   davlatimiz   rahbari   Shavkat   Mirziyoevning   2017   yil   2
fevraldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonunining   qoidalarini     amalga     oshirish     chora-tadbirlari     to‘g‘risida»gi     qarori
qabul  qilindi. 
Mazkur   hujjatlar   o‘z   mazmun   mohiyati,   maqsadi   bilan   mamlakatimizda
korrupsiyaga qarshi kurashning yangi bosqichini boshlab berdi. 
Prezidentimizning   2017-yil   7-fevraldagi   “O‘zbekiston   Respublikasini
yanada   rivojlantirish   bo‘yicha   Harakatlar   strategiyasi     to‘g‘risida” 1
gi     farmoni
bilan   tasdiqlangan   2017-2021   yillarda   O‘zbekiston   Respublikasini   rivojlanti-
rishning beshta ustuvor  yo‘nalishi  bo‘yicha  Harakatlar  strategiyasini  Xalq  bilan
muloqot   va   inson manfaatlari   yilida   amalga   oshirishga   oid   davlat    dasturida
ham   korrupsiyaga   qarshi   kurashishning   tashkiliy-huquqiy   mexanizmlarini
takomillashtirish     va     korrupsiyaga   qarshi     kurashish     samaradorligini     oshirish
bo‘yicha  tadbirlar  belgilanganligi  alohida qayd etildi.  
Qonun  normalarini  hayotga  tatbiq  etish  maqsadida  yuqorida  ko‘rsatilgan
Prezidentimiz     qarori     bilan     2017-2018     yillarga     mo‘ljallangan     korrupsiyaga
qarshi   kurashish   bo‘yicha   davlat   dasturi,   Korrupsiyaga   qarshi   kurashish   bo‘yicha
respublika   idoralararo     komissiyasi     tarkibi     tasdiqlandi.   Huquqni     muhofaza
qiluvchi     organlar     va   ularning     hududiy     boshqarmalarida     davlat     va     jamiyat
hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning  oldini  olishga  doir  chora-tadbirlarni
1
  Qonunchilik   palatasi   tomonidan   2016-yil   24-noyabrda   qabul   qilingan   Senat   tomonidan   2016-yil   13-dekabrda
ma’qullangan.
2
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 29.06.2020 yildagi PF-6013-son
1
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 07.02.2017 yildagi PF-4947-son.
57 amalga oshirish hamda korrupsiyaga oid xuquqbuzarliklarni  o‘z  vaqtida  aniqlash,
ularga   chek qo‘yish, ularning   oqibatlarini,   ularga   imkon   beruvchi   sabablar va
shart-sharoitlarni bartaraf etish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.  
Qonundan  ko‘zlangan  maqsad - korrupsiyaga  qarshi  kurashish  sohasidagi
munosabatlarni  tartibga  solishdan  iboratdir.  Hujjatda  “korrupsiya”,  “korrupsion
huquqbuzarlik”,   va   “manfaatlar   mojarosi”   kabi   tushunchalarga   izoh   berilgan.
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2019-yil   27-maydagi     “O‘zbekiston
Respublikasida  korrupsiyaga  qarshi  kurashish  tizimini  yanada  takomillashtirish
chora-tadbirlari     to‘g‘risida” 2
    PF-5729-sonli     Farmoni     asosida     2019     yil     1-
avgustdan   boshlab     eksperiment     tariqasida     aynan     oliy     ta’lim     sohasida
“korrupsiyasiz   soha”   loyihasini   amalga   oshirish     belgilab     qo‘yilganligi
mamlakatda   kechayotgan har qanday islohotning muvaffaqiyati birinchi navbatda
ta’limga bog‘liqligini ko‘rsatadi 1
.  
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2019-yil   27-mayda     “O‘zbekiston
Respublikasida   korrupsiyaga   qarshi   kurashish   tizimini   yanada     takomillashtirish
chora-tadbirlari     to‘g‘risida”gi   PF–5729-son   Farmoni   bilan     2019-2020     yillarda
korrupsiyaga   qarshi   kurashish   davlat   dasturi   va   Korrupsiyaga     qarshi     kurashish
bo‘yicha respublika idoralararo  komissiyasining  yangilangan  tarkibi  tasdiqlandi.
Bundan     tashqari     Korrupsiyaga     qarshi     kurashish     sohasidagi     faoliyat
samaradorligini oshirishga   qaratilgan   chora-tadbirlarni   ishlab   chiqish   bo‘yicha
maxsus  komissiya tuzildi.  
Keyingi yillarda  mamlakatimizda  korrupsiyaga  qarshi  kurashish  sohasida
muhim  tashkiliy-huquqiy  islohotlar  amalga  oshirildi.  Aholining  huquqiy  ongi
va   huquqiy   madaniyatini   oshirishga,   jamiyatda   korrupsiyaga   murosasiz
munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rildi.
Shu bilan birga, iqtisodiyotni yanada  o‘stirish,  xalq  farovonligini  oshirish,
mamlakatda   investisiya   muhitini   yaxshilash   borasidagi   strategik   vazifalarni   hal
etish   korrupsiyaga     qarshi     kurashish     sohasida     davlat     siyosatining     samarali
amalga  oshirilishini     ta’minlash     hamda   korrupsiya     ko‘rinishlarining    sabab     va
2
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 27.05.2019 yildagi PF-5729-son.
1
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 27.05.2019 yildagi PF-5729-son .
58 shart-sharoitlarini     bartaraf     etish     bo‘yicha     yangi     tizimli     choralar     ko‘rilishini
taqozo qilmoqda 2
.  
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha  respublika  idoralararo  komissiyasi
tomonidan   2019   yil   30-avgustda   Oliy   ta’lim   tizimida   korrupsiyaga   qarshi
kurashish tizimini  takomillashtirish  va  “Korrupsiyasiz  soha”  loyihasini  amalga
oshirish   bo‘yicha   “Yo‘l   xaritasi”   tasdiqlangan.   Loyihaning   maqsadi-   tizimda   olib
borilayotgan   islohotlarni     izchil     davom     ettirish,     korrupsiyaning     har     qanday
ko‘rinishiga  barham berishdan iboratdir.  
2020     yil     29-iyun     kuni     ushbu     farmon     bilan     Korrupsiyaga     qarshi
kurashish agentligi tashkil etildi 1
. Agentlik korrupsiyani oldini olish va unga qarshi
kurashish   sohasida   davlat   siyosatini   shakllantirish   va   amalga   oshirishda   maxsus
vakolatli   davlat   organi     hisoblanib,   prezidentga     bo‘ysunishi     va   Oliy     Majlis
palatalari  oldida hisobdor bo‘lishi ko‘zda tutilgan. 
Shu  bilan birga, iqtisodiyotni yanada o‘stirish,  xalq  farovonligini  oshirish,
mamlakatda   investisiya   muhitini   yaxshilash   borasidagi   strategik   vazifalarni   hal
etish   korrupsiyaga     qarshi     kurashish   sohasida     davlat     siyosatining     samarali
amalga   oshirilishini     ta’minlash     hamda     korrupsiya     ko‘rinishlarining     sabab   va
shart-sharoitlarini   bartaraf   etish   bo‘yicha   “Korrupsiyaga   qarshi   murosasiz
munosabatda   bo‘lish   muhitini   yaratish,   davlat   va   jamiyat   boshqaruvida
korrupsiyaviy   omillarni keskin   kamaytirish   va   bunda   jamoatchilik   ishtirokini
kengaytirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida”gi   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti-
ning 2021 yil 6-iyuldagi PF-6257-son Farmoni e’lon qilindi 2
. 
Yuqoridagi   ma’lumotlar   va   fikrlardan   kelib   chiqib,   jamiyatimizda
korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb muammolari bo‘yicha quyidagi takliflar
bermoqchimiz: 
2
  Khursandovna,   K.   G.,   &   Umirzokvich,   R.   U.   (2021,   March).   NATIONAL   COLOR:   CONTENT-ESSENCE.   In
Archive of Conferences (Vol. 17, No. 1, pp. 29-31).
1
  Xudayberdieva,  G.  X.,  &  Allanazarov,  M.  M.  (2020).  Yoshlarni  g‘oyaviy tarbiyalashning  usullari,  shakllari
va  vositalari.  ИННОВАЦИИ    В   ПЕДАГОГИКЕ   И   ПСИХОЛОГИИ , (SI-2№ 1).  
2
  Davlatova Sh. O‘zbekistonda boshqaruv strukturasining  shakllanishi va taraqqiyotida   milliy   masalaning  tutgan
o‘rni  (XX asrning  20-yillari) // . – T.:  “ Navro‘z”. – 2016.  –B.66.
59  jamiyatda     korrupsiyaga     nisbatan     murosasiz     munosabatni
shakllantirishga qaratilgan,   aholining   huquqiy   ongi    va   huquqiy   madaniyatini
yuksaltirish  bo‘yicha chora-tadbirlar oshirish; 
 korrupsiyaga     nisbatan     murosasiz     munosabatni     shakllantirish
borasida     davlat   organlarining     nodavlat     notijorat     tashkilotlari     va     fuqarolik
jamiyatining     boshqa   institutlari   bilan   ijtimoiy   sheriklik   mexanizmlaridan,   shu
jumladan   davlat   organlari   va   nodavlat     notijorat     tashkilotlari,     fuqarolik
jamiyatining   boshqa   institutlari   o‘rtasida kelishuvlar   va   shartnomalar   tuzishni
nazarda  tutadigan  mexanizmlardan  keng foydalanish; 
 ma’muriy     va     byurokratik     to‘siqlarni     bartaraf     etish,     ro‘yxatga
olish,  ruxsat etish  va  lisenziyaga  doir  tartib-tamoyillarni  soddalashtirish  hamda
ularning tezkorligini oshirish; 
 davlat   organlarining   nazorat-tekshiruv   vazifalarini   maqbullashtirish,
ularning faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashishga yo‘l qo‘ymaslik; 
 davlat   organlari   va   tadbirkorlik   sub   ‘ektlari   o‘rtasidagi   o‘zaro
munosabatlarni masofaviy shakllarini keng joriy etish; 
 korrupsiyaga     qarshi     kurashish     to‘g‘risidagi     qonun     hujjatlari
mazmun-mohiyatini     tushuntirishga     qaratilgan     axborot     ma’lumotlarini
tayyorlash     va     keng   tarqatish,   shu   jumladan   mavzuga   oid   videoroliklar   yaratish,
bosma materiallarni chop etishni kuchaytirish (plakatlar, risolalar, bukletlar); 
 korrupsiyaga     qarshi     kurashish     sohasidagi     faoliyat     natijalarini
televidenie,   radio,     bosma     va     elektron    OAV     orqali,    shu     jumladan     mavzuga
bag‘ishlangan dasturlarni,  intervyularni,  muhokamalarni,  press-konferensiyalarni
va  boshqa tadbirlarni doimiy ravishda tashkil etish; 
 davlat  organlari  xodimlarini,  tadbirkorlik  sub ‘ektlarini  va  boshqa
maqsadli guruhlarni jalb  qilgan  holda  korrupsiyaga  qarshi  kurashish  mavzusida
o‘quv seminarlari, konferensiyalar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlar o‘tkazish; 
 ta’lim,     sog‘liqni     saqlash,     ijtimoiy     ta’minot,     kommunal     xizmat
ko‘rsatish   sohasida   va   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanishning   boshqa   sohalarida   aholi
uchun   adolatli   shart-sharoitlarni     hamda     teng     imkoniyatlarni     yaratish,
60 korrupsiyaga     oid   huquqbuzarliklarga     yo‘l     qo‘ymaslikka     qaratilgan     idoraviy
korrupsiyaga  qarshi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; 
 korrupsiyaga     qarshi     kurashish     sohasida     huquqiy    ta’lim    bo‘yicha
maxsus o‘quv dasturini ishlab chiqishni hamda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-
hunar   va  oliy  ta’lim     muassasalarining    o‘quv    dasturlarida    korrupsiyaga     qarshi
mavzularni   yanada   kuchaytirishni   nazarda   tutadigan   o‘zgartirish   va
qo‘shimchalarni davlat ta’lim standartlariga kiritish; 
 davlat     organlari     mutaxassislari     va     ta’lim     muassasalari
o‘qituvchilarini o‘qitish,   malakasini   oshirish   va   qayta   tayyorlash   dasturlariga
korrupsiyaga     qarshi   kurashish   sohasida   maxsus   o‘quv   dasturlari   va
mashg‘ulotlarini   olib   borishni   nazarda   tutuvchi   o‘zgartirish   va   qo‘shimchalar
kiritish; 
 korrupsiyaga   qarshi   kurashish   masalasiga   doir   o‘quv-metodik   va
ilmiy adabiyotlarni ishlab chiqish va hokazolar. 
Xulosa  o‘rnida  shuni  aytish  mumkinki,  Prezidentimizning  2020  yil  24
yanvar kuni   Oliy   Majlisga   yo‘llagan   murojaatnomasida   “Korrupsiyaga   qarshi
kurashishda aholining  barcha  qatlamlari, eng yaxshi  mutaxassislar  jalb  qilinmas
ekan, jamiyatimizning   barcha   a’zolari,   ta’bir   joiz   bo‘lsa,   “halollik   vaksinasi”
bilan emlanmas ekan, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga  erisha  olmaymiz.
Biz   korrupsiyaning   oqibatlari   bilan   kurashishdan   uning   barvaqt   oldini   olishga
o‘tishimiz kerak”, deb ta’kidlab o‘tdilar.
61 3.2. Yangi O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashning davlat
siyosati.
Korrupsiya   hodisasini   jamiyat   hayotidan   ildizi   bilan   yo‘qotib   yuborish
imkonsizdir, ushbu illatga qarshi faqatgina profilaktik  chora-tadbirlar  qo‘llanilishi
mumkin.   G.Nurmuhammedova   fikriga   ko‘ra   korrupsiyaga   qarshi   kurashda
kurashning     maqsadini     aniqlab     olish     muhim     ahamiyatga     ega.     Korrupsiyaga
qarshi   kurashning     maqsadini     aniqlashda     umumiy     (bosh     maqsad)     va     aniq
vaziyatga asoslangan (muayayyan muddat ichida) maqsadga ajratish mumkin[13].
Shunga   ko‘ra,   O‘zbekiston     Respublikasida     aniq     vaziyatga     asoslangan
korrupsiyaga    qarshi    kurash  chora-tadbirlari  O‘zbekiston  Respublikasi  prezidenti
Sh.M.Mirziyoyevning   2017-yil   7-fevraldagi   “2017-2021   yillarda   O‘zbekiston
Respublikasini   rivojlantirishning beshta   ustuvor   yo‘nalishi   bo‘yicha   harakatlar
strategiyasi  to‘g‘risida”gi    PF-4947-sonli Farmonida to‘laqonli o‘z aksini topdi 1
. 
Yuqoridagi     farmonga     ko‘ra     harakatlar     strategiyasi     besh     bosqichda
amalga oshirilishi  rejalashtirilgan.  Harakatlar  strategiyasida  korrupsiyani  oldini
olish   bilan bog‘liq chora tadbirlarga alohida e’tibor berilgan bo‘lib, korrupsiyaga
qarshi   kurash   ustuvor     yo‘nalishlardan     biri     sifatida     belgilangan.     Harakatlar
strategiyasida     belgilab   olingan     korrupsiyaga     qarshi     kurash     bilan     bog‘liq
vazifalarni     va     boshqa     ustuvor   maqsadlarni   amalga   oshirishni   nazorat   qiluvchi
1
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 07.02.2017 yildagi PF-4947-son.
62 O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   boshchiligidagi   Harakatlar   strategiyasini
amalga oshirish bo‘yicha Milliy komissiya tuzildi 2
.  
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi  kurashning
tashkiliy     huquqiy     asoslari     yaratilgan     bo‘lib,     korrupsiyaga     qarshi     kurashda
asos bo‘luvchi   xalqaro   kelishuvlar   ratifikatsiya   qilingan,   konseptual   strategik
va  milliy reja  asosida  antikorrupsion  hujjatlar,  shu  bilan  birga  ularni  amalga
oshirishga qaratilgan normativ huquqiy qonunlar qabul qilingan. 
2003-yilda qabul qilingan  BMTning  “Korrupsiyaga  qarshi  Konvensiyasi” 3
dunyo   hamjamiyati   a’zolari   oldiga   korrupsiyaga   qarshi   kurashning   tizimli
siyosatini   ishlab   chiqish   vazifasini   qo‘ydi.   Jumladan,   O‘zbekistonda   ham
korrupsiyaga qarshi kurashda ijro etuvchi  hokimiyatda  boshqaruv  jarayonlarining
aniq     va     shaffof   bo‘lishiga   korrupsiyaga   qarshi   kurash   ustidan   nazoratni   amalga
oshirishning   samarali   mexanizmlari   hali   hanuz   ishlab   chiqish   va   mavjud   chora
tadbirlar tizimini isloh etish talab etiladi. 
So‘ngi     yillarda     O‘zbekiston     Respublikasida     korrupsiya     bilan     bog‘liq
jinoyatlarni aniqlash va ularni oldini olish borasida olib borilgan islohotlar tahsinga
sazovordir.  Zero,  ushbu  islohotlar  amalda  o‘z  samarasini  ko‘rsatayotganligini
O‘zbekiston   Respublikasini   Tranparency   International   xalqaro   tashkilotining
statistik   ma’lumotlariga   qaraganda   korrupsiya   indeksi   2007-2020   yillar   oralig‘ida
9   ballga   yoki   175-o‘rindan   146-o‘ringa   ko‘tarilganligidan   ham   bilib   olish
mumkin 1
. 
Korrupsiyani  yo‘q  qilishga  qaratilgan  muhim  qadamlardan  yana  biri  bu
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo‘nalishi  bo‘yicha
harakatlar   strategiyasi   doirasida   O‘zbekiston   Respublikasi   prezidenti
Sh.M.Mirziyoyev   tashabbusi   bilan   xalqaro   standartlarga   muvofiq   2017-yil   3-
yanvar kuni “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi  qonunning  imzolanishi
bo‘ldi. 
2
 https://lex.uz/docs/3107036#3109393  
3
 Birlashgan Millatlar Tashkilotining Konvensiyasi . Nyu-York, 2003-yil 31-oktabr.
1
  Korrupsiyaga     qarshi     kurash     tarmog‘i     Istambul     Harakatlar     Rejasi     (IHR)   doirasida     Sharqiy     Evropa     va
Markaziy     Osiyo     davlatlarining     2016-2019   yillarda     korrupsiyaga     qarshi     kurash     sohasidagi     islohotlari
Monitoringi.   www.oecd.org/corruption/acn
63 Qonunda   “korrupsiya”,   “korrupsion   huquqbuzarlik”,   “manfaatlar
to‘qnashuvi”  kabi tushunchalarga izoh berilgan bo‘lib, unga ko‘ra: 
 aholining   huquqiy   savodxonligi   va   huquqiy   madaniyatini   oshirish,
jamiyatda korrupsiyaga nisbatan toqatsizlikni shakllantirish; 
 davlat   va   jamiyat   hayotining   barcha   sohalarida     korrupsiyadan
ogohlantirish bo‘yicha choralarni amalga oshirish; 
 korrupsion     huquqbuzarliklarni     o‘z     vaqtida     aniqlash,     ularning
oqibatlari,   sabablari     va     keltirib     chiqargan     sharoitlarni     bartaraf     etish     hamda
korrupsion huquqbuzarliklar  sodir  etilgani  uchun  muqarrar  jazolash  tamoyilini
tadbiq  etish kabilar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari etib belgilangan. 
Shuningdek,   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2017   yil   2   fevralda
PQ-2752-sonli   “Korrupsiyaga   qarshi   kurashish   to‘g‘risida”gi   O‘zbekiston
Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari  to‘g‘risidagi
Qaroriga muvofiq 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi  kurashish
bo‘yicha  Davlat    dasturi    tasdiqlandi.   Ushbu    Davlat    dasturida    5   ta   yo‘nalish
bo‘yicha  50  dan ortiq  korrupsiyaga  qarshi  choralarni  amalga  oshirish  ko‘zda
tutilgan. 
Respublikamizning 60 dan ortiq vazirlik va idoralarida korrupsiyaga  qarshi
idoraviy rejalar ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Bundan tashqari korrupsiyaga qarshi
kurashish   bo‘yicha   “Respublika   idoralararo   komissiyasi   to‘g‘risida”gi   Nizom
tasdiqlandi. Komissiyaga O‘zbekiston Respublikasi Bosh  prokurori  raislik  qiladi
va   komisiyaning   ishchi   organi   sifatida   O‘zbekiston   Respublikasi   Bosh
prokuraturasi   faoliyat   olib   boradi.   Uning   tarkibi   davlat   organlari   rahbarlari     va
ekspertlari,  fuqarolik  jamiyati  institutlari  va  ilmiy  doiradagi  43  nafar a’zodan
iborat.     Komissiya     tomonidan     qabul     qilinadigan     qarorlar     barcha     davlat
hokimiyati  va boshqaruvi organlari,  jamoat  birlashmalari  va  boshqa  tashkilotlar
tomonidan   ijro   etilishi   majburiydir.   Komissiya   huzurida   korrupsiyaga   qarshi
kurash   choralari   va   bu   boradagi   tashkiliy-amaliy   va   huquqiy   mexanizmlarni
64 amalga oshirish  holatini  ko‘rib chiqish  va tahlil  qilish bo‘yicha Ekspertlar  guruhi
tashkil etildi 1
. 
Korrupsiyaga   qarshi   kurashish   sohasida   parlament   nazorati   samaradorligi
oshirilishi davlat organlarida korrupsiya bilan bog‘liq holatlarni kamaytirishga yo‘l
ochib   berdi.   Oliy   Majlis   palatalarida   korrupsiyaga   qarshi   kurashish   va   sud-
huquq    masalalari    bo‘yicha    qo‘mitalar    hamda    Qoraqalpog‘iston    Respublikasi
Jo‘qorg‘i   Kengesi,   viloyatlar   va   Toshkent   shahar   xalq   deputatlari   kengashlari,
tuman   va   shahar   xalq   deputatlari   kengashlarining   tarkibida   qonuniylikni
ta’minlash   va   korrupsiyaga     qarshi     kurashish     bo‘yicha     doimiy     komissiyalar
tashkil     etildi.     Davlat   organlari     va     tashkilotlarda     korrupsiyaga     qarshi     ichki
nazorat  tizimi  (komplayens-nazorat)ni joriy etish yo‘lga qo‘yildi. 
Korrupsiyaga   oid   islohotlarni   amalga   oshirishda   sud-huquq   tizimi   ham
e’tibordan chetda qolmadi. Avvalo, 2017 yildan boshlab sudyalarni dastlabki besh
yillik,   keyingi   o‘n   yillik   muddatga   tayinlash   tartibi   va   keyinchalik   muddatsiz
(umrbod)   lavozimda   bo‘lish   muddati   belgilandi.   Sud   tizimi   tuzilmasini   tubdan
takomillashtirish   va   faoliyatini   samaradorligini   oshirish   maqsadida,   O‘zbekiston
Respublikasi   Sudyalar   oliy   kengashi   tashkil   etildi   va   Sud   hokimiyati   organlarini
rivojlantirish   jamg‘armasi   va   budjetdan   tashqari   Adliya   organlari   va
muassasalarini   rivojlantirish   jamg‘armasi   tashkil   etildi.   Sud   huquq   tizimida
korrupsiya   bilan   bog‘liq   jinoyatlarni   oldini   olishga   qaratilgan   yana   bir   muhim
voqea   O‘zbekiston   oliy   sudi   yangi   interaktiv   veb-saytini   ishga   tushirilganligi
bo‘ldi. Veb-saytga E-SUD elektron sud tizimi va E-XSUD hujjat almashish  tizimi
ulangan     bo‘lib,     bu     fuqarolarga     hujjatlarni     elektron     shaklda   rasmiylashtirish
imkonini  beradi. Jinoiy ishlar bo‘yicha tergov  va  sud  jarayonlarini osonlashtirish
maqsadida     2018-yil   sentabr   oyidan   boshlab   “onlayn     translyatsiya”   interaktiv
xizmatining birinchi bosqichi ishga tushirildi. 
Harakatlar strategiyasi bilan bog‘liq islohotlar doirasida Prokuratura tizimida
ham   bir   qator   o‘zgarishlarni   amalga   oshirishni   nazarda   tutuvchi   bir   qancha
prezident farmonlari   va   qarorlar   qabul   qilindi.   Korrupsiyaga   qarshi   kurashda
1
  O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining VI bob, 17-modda. https://lex.uz/acts/-111453
65 prokuratura organlari  faoliyatini ochiqligi va  shaffofligini  ta’minlash  maqsadida,
2018-yil   iyun oyida Bosh prokuratura   rasmiy   veb-sayti   (prokuratura.uz)   ishga
tushirildi. Saytda fuqarolarni Bosh prokuraturaga qabul qilish jadvali,  O‘zbekiston
murojaatlari to‘g‘risidagi  Qonun  hujjatlari,  Bosh  prokuratura  murojaatlar  bilan
ishlash   boshqarmasi     xodimlari     ro‘yxati,     shuningdek,     viloyat     prokurorlari     va
unga tenglashtirilgan   prokurorlarning   murojaatlar   bilan   ishlash   bo‘yicha   katta
yordamchilari    to‘g‘risida   ma’lumotlar    berilgan.   Bosh    prokuratura   huzuridagi
Majburiy  ijro  byurosining  sud  hujjatlarini  ijro  etishda  mulkni  elektron  onlayn
savdolar  orqali  sotish  jarayonini  maksimal  avtomatlashtirish,  inson  omilini  va
auksionlarni  o‘tkazishda  tashqi  aralashuvni  bartaraf  etish  maqsadida  “E-IJRO
AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi joriy qilindi. 
Yana   bir   e’tirofga   loyiq   jihat   shundaki,   harakatlar   strategiyasi   davrida   eng
katta   qadamlardan   biri   Davlat   organlari,   jamoat   va   fuqarolik   jamiyati   institutlari
o‘rtasidagi aloqa   tizimiga   aloxida   e’tibor   qaratilgani   bo‘ldi.   Davlat   organlari
va     fuqarolik   jamiyati     institutlarida     yuqori     axloqiy     me’yorlarni     shakllantirish
maqsadida   kadrlar   tayyorlash   va   ularni   malakasini   oshirish   yuzasidan   ham   bir
qator   qonuniy   hujjatlari   qabul   qilindi.   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti
huzurida   Davlat     xizmatini   rivojlantirish   agentligi   tashkil   qilindi.   U   davlat
organlari   va   tashkilotlarida   xodimlarni   boshqarish   va   inson   resurslarini
rivojlantirish     sohasida     yagona     davlat     siyosatini   amalga   oshirish   uchun   mas’ul
hisoblanadi 1
. 
Agentlikka  milliy  kadrlar  zaxirasini  boshqarish,  davlat  fuqarolik  xizmati
lavozimlarining  davlat  reyestrini  yuritish,  vakant  lavozimlarning  yagona  ochiq
portalini     tashkil     etish     va     yuritish,     davlat     fuqarolik     xizmatchilari     faoliyati
samaradorligini     baholashning    o‘lchanadigan    indikatorlari    tizimini    joriy    etish
kabi   vazifalar     yuklatildi.     Bundan     tashqari,     ushbu     agentlik     huzurida     Davlat
xizmatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil qilindi. 
Bundan   tashqari,   Korrupsiya   bilan   bog‘liq   huquqbuzarliklarning   oldini
olish   bo‘yicha     olib     borilayotgan     ishlarni     takomillashtirish     maqsadida,     Ichki
1
    Rustamboyev M.X.   “O‘zbekiston   Respublikasi    Jinoyat    kodeksiga   Sharhlar”  (Ma х sus qism). –T.:  “Adaolat”
2016-yil. –B.553.
66 ishlar vazirligi huquqbuzarliklarning  oldini  olish  Bosh boshqarmasi, Ichki  ishlar
vazirligi huzuridagi Jinoyat  qidiruv boshqarmasi  tarkibida korrupsiya va iqtisodiy
jinoyatlarga   amalga   oshirilgan   ijobiy   ishlarga   qaramay,   bugungi   kunda
O‘zbekistonda  davlat yoki  davlat  xizmati  sohasida  amalda bo‘lgan yagona qonun
yo‘q. 
Korrupsiyaga   oid   jinoyatlarni   oldini   olish   mexanizmini   yanada
takomillashtirish   uchun   2017−2018   yillarda   Korrupsiyaga   qarshi   kurash   bo‘yicha
davlat dasturining 2-bandi  2017-yil  oktabrigacha  “Davlat  xizmati  to‘g‘risida”gi
qonun  loyihasini  ishlab chiqishni  ko‘zda  tutgan  edi.  Qonun  konsepsiyasi  2017
yil     dekabrida     Bandlik   va   mehnat     munosabatlari   vazirligi     tomonidan     ishlab
chiqilishi,   tegishli   qonun   loyihasi   bilan   birgalikda   Vazirlar   Mahkamasiga
kiritilishi, 2018 yilda qonun konsepsiyasi va loyihasi  Adliya  vazirligi  tomonidan
takomilga  yetkazilib,   Prezident   administratsiyasiga   kiritilishi,   Prezident     adminis-
tratsiyasida  ko‘rib  chiqish  natijalari bo‘yicha Oliy Majlis Qonunchilik  palatasiga
kiritilishi     ko‘zda     tutilgan     edi.     Mazkur   loyiha   davlat     xizmatlari     organlari
faoliyatining  barcha sohalariga taalluqli bo‘lib, u hamon muhokamalar jarayonida.
Shuningdek,   Korrupsiya   uchun   jinoiy   javobgarlik   Konvensiyasiga
(Strasburg, 1999  yil 27 yanvar), Korrupsiya uchun  fuqarolik-huquqiy  javobgarlik
Konvensiyasiga   (Strasburg,   1999   yil   4   noyabr)   va   Xalqaro   tijorat   bitimlarini
amalga   oshirishda     xorijiy     mansabdor     shaxslarni     pora     berib     sotib     olishga
qarshi  kurashish Konvensiyasiga  (Iqtisodiy  hamkorlik  va  taraqqiyoti  tashkiloti,
1997  yil  17  dekabr) qo‘shilish masalasini ko‘rib chiqish taklif etilmoqda. 
Bundan tashqari, BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasida belgilangan
xorijiy davlat mansabdor shaxslariga va xalqaro davlat tashkilotlarining mansabdor
shaxslariga pora berish, yuridik shaxslarning javobgarligi va boshqa korrupsiyaga
oid jinoyatlar  uchun  javobgarlikni  kuchaytirish  choralarini  ta’minlash  bo‘yicha
tegishli   normalarga   milliy   qonunchilikka   implementatsiya   qilish   bo‘yicha
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqish kiritilmoqda. 
Shu     o‘rinda     ta’kidlab     o‘tish     joizki,     2010     yildan     buyon     O‘zbekiston
Iqtisodiy hamkorlik  va  taraqqiyot  tashkilotining  korrupsiyaga  qarshi  kurashish
67 bo‘yicha   Istanbul     harakatlar     rejasida     ishtirok     etmoqda.     2019     yil     21     mart
Parijda     Iqtisodiy   hamkorlik     va     taraqqiyot     tashkilotining     korrupsiyaga     qarshi
kurashish     bo‘yicha   Istanbul     harakatlar     rejasi     monitoringining     to‘rtinchi
bosqichi     bo‘lib     o‘tdi,     uning   natijalariga   ko‘ra   xalqaro   ekspertlar   O‘zbekiston
ushbu tashkilotning avvalgi barcha tavsiyalari  bo‘yicha  yutuqlarga  erishganligini
ta’kidlashdi.  Mazkur  monitoring yakunlari  bo‘yicha  berilgan  47  ta  tavsiyalarni
bajarish  yuzasidan  31.07.2019  yilda “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi 1
.  
Xususan,     mazkur     tavsiyalar     asosida     O‘zbekiston     Respublikasi     2019
yilda   Fuqarolik,   oilaviy   va   jinoiy   ishlar   bo‘yicha   huquqiy   yordam   va   huquqiy
munosabatlar   to‘g‘risidagi   MDHning   Kishinev   konvensiyasiga   (Kishinyov   sh.,
2002 yil 7 oktabr) qo‘shildi. 
O‘zbekiston   Respublikasini   rivojlantirishning   beshta   ustuvor   yo‘nalishi
bo‘yicha   harakatlar     strategiyasi     asosida     respublikamizda     korrupsiyaga     qarshi
kurashishda  bir qator qonun hujjatlari yaratilib, ommaviy axborot vositalari orqali,
turli   uchrashuvlar,   davra   suxbatlari,   tadbirlarda   aloxida   tushuntirilayotgan
bo‘lsada,   korrupsiyaga   qarshi   kurashish     bo‘yicha     qonunchiligimizda     mavjud
kamchiliklar     bartaraf     etilmasligi   oqibatida   afsuski   hali   korrupsiyaning   keskin
kamayishiga   erishganimiz   yo‘q.   Masalan,   O‘zbekiston   Respublikasining   2017-yil
2-fevraldagi   “Korrupsiyaga   qarshi   kurashish   to‘g‘risida”gi   O‘zbekiston
Respublikasi   Qonunining   27-moddasida   “Yuridik   shaxslar   korrupsiyaga   oid
huquqbuzarliklarni   sodir   etganlik   uchun   qonunda   belgilangan     tartibda     javobgar
bo‘ladi” 1
 deb ko‘rsatilgan bo‘lsada, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat  kodeksining
VI    bobi,    17-moddasida     “Jinoyat    sodir    etgunga   qadar  o‘n  olti   yoshga  to‘lgan,
aqli raso jismoniy shaxslar javobgarlikka tortiladilar” deb  ko‘rsatib  o‘tilgan  yoki
Jinoyat  kodeksida  Yuridik   shaxslar  korrupsiyaga  oid huquqbuzarliklarni  sodir
etganlik   uchun   javobgarlikka   tortilishi   to‘g‘risida   aniq   ko‘rsatmalar
belgilanmagan 2
. 
1
 O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 24.09.1999 yildagi 19-son .  https://lex.uz/docs/1449106
1
  Qonunchilik   palatasi   tomonidan   2016-yil   24-noyabrda   qabul   qilingan   Senat   tomonidan   2016-yil   13-dekabrda
ma’qullangan. https://lex.uz/acts/-3088008
2
  O‘zbekiston   Respublikasining   ma’muriy   javobgarlik   to‘g‘risidagi   kodeksi.   VII-XVI-boblar.   https://lex.uz/docs/-
97664
68 Shuningdek,    huquqiy    atamalar     borasida     Konvensiya     mansabdor     shaxs
(public   official)     atamasini     ishlatadi.     Konvensiyaning     o‘zbek     tiliga     tarjima
qilingan     hamda   Bosh     Prokuratura     veb-saytida     e’lon     qilingan     variantida
mazkur     atama   ommaviy   mansabdor     shaxs     sifatida     tarjima     qilingan.     Ammo
O‘zbekiston  qonunchiligida ommaviy mansabdor shaxs tushunchasi mavjud emas.
Qonunchilikda mansabdor  shaxs    tushunchasiga    ta’rif    berilmagan   bo‘lib,
Rustamboyevning   “O‘zbekiston   Respublikasi   Jinoyat   kodeksiga   sharhlar” 3
(Maxsus   qism)   kitobida   mansabdor   shaxs,   uning     tarkibiga     kiruvchi     mas’ul
mansabdor     shaxs,     hokimiyati     vakillari     va     boshqa   toifalariga     ta’rif     berilgan.
Jinoyat   kodeksi    moddalarini   talqin   qilishda mazkur sharhdagi tavsiflarga amal
qilinib   kelinsada,   O‘zbekiston   qonunlariga   ko‘ra   u   rasmiy     sharh     hisoblanmaydi
va  normativ  xarakterga  ega  emas.  Bundan  tashqari, Jinoyat  kodeksining  (JK)
pora   berish   va   pora   olish   moddalarida   mansabdor   shaxs atamasi   ishlatilgan
bo‘lib,     mansabdor     shaxs     atamasiga     sharhda     berilgan     tavsif     va   Konvensiya
talab  qilgan  atama  tavsifi  o‘rtasida  tushunmovchiliklar  barataraf etilmagan. 
E’tiborga  loyiq  yana   bir  jihat  shundaki,   xalqaro  standartlarga   muvofiq
poraxo‘rlik  jinoyati  tarkibining  muhim  elementlariga  aniq  ta’rif  berib  o‘tilgan
bo‘lsada, milliy qonunchiligimizda ushbu elementlar kengroq  talqin  etilmaganligi
korrupsiyaga   oid   jinoyatlarga   xolis   baho   berishda   bir   muncha   qiyinchiliklar
tug‘diradi.
Ana   shunday   korrupsiya   jinoyati   tarkibining   asosiy   elementlaridan   biri
nomoddiy 
bo‘lmagan   foydani   (moddiy   ob ‘ekt   bo‘lmagan   va   aniq   o‘lchovga   ega
bo‘lmagan     qimmatlikni)   yoki   pul   bilan   bog‘liq   bo‘lmagan   yoki   ulardan   iborat
bo‘lmagan foydani ham   o‘z   ichiga   oladi.   O‘zbekiston   jinoyat   qonunchiligiga
esa  hali  ham  poraning predmeti sifatida nomoddiy qimmatliklar kiritilmagan. 
Poraxo‘rlik   jinoyatlari   tarkibining   navbatdagi   zaruriy   elementi   bu
jinoyatlarning uchinchi  shaxslar manfaatlari yo‘lida  sodir  etilishidir.   Bunda
jinoyatni kriminalizatsiya   qilishda   faqat   mansabdor   shaxs   uchun   emas,   balki
3
 Rustamboyev M.X. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga sharxlar (Maxsus qism). –T.: “Adolat”. –B.553.
69 boshqa     har   qanday     jismoniy     yoki     yuridik     shaxs     uchun     ham     moddiy     yoki
moddiy     bo‘lmagan   qimmatliklarni     olishini     anglatadi.     Xalqaro     standartlarga
ko‘ra,  uchinchi  tomon  har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs bo‘lishi mumkin. 
O‘zbekiston  Jinoyat  kodeksi,  poraxo‘rlikni  uchinchi  shaxslar  manfaatlari
foydasiga   kriminalizatsiya   qilmaydi,   faqat   mansabdor   shaxsning   o‘zi   porani
olishi yoki bunday shaxsga pora berishini jinoyat deb tan oladi. 
Shuningdek,   Oliy   sud   plenumining   “poraxo‘rlik   holatlari   bo‘yicha   sud
amaliyoti to‘g‘risida” 3
gi  qarorida ham poraxo‘rlikni  uchinchi  shaxslar  foydasiga
jinoiy javobgarlikka tortish masalasiga tegishli emasligi ta’kidlangan.  
Poraga va’da, taklif va yoki uni qabul qilish.  Korrupsiyaga oid navbatdagi
muhim     elementporaga     va’da     qilish,     taklif     qilish     yoki     uni     qabul     qilish
predmeti   Yevropa   iqtisodiy   hamkorlik     tashkiloti     Konvensiyasi,     Korrupsiya
uchun   jinoiy   javobgarlik   to‘g‘risidagi   Yevropa   Kengashi   Konvensiyasi   va
BMTning   korrupsiyaga   qarshi     Konvensiyasida     tugallangan     jinoyat     sifatida
keltirilgan.     O‘zbekiston     Jinoyat   kodeksida   mazkur   jinoyat   kriminalizatsiyasi
masalasi haligacha hal etilmagan. 
Korrupsiya   bilan   bog‘liq  jinoyatlarning   navbatdagi   elementlaridan   yana
biri   mansab   vakolatini   suiste’mol   qilish   uchun   javobgarlik   masalasi    Jinoyat
kodeksining   205-moddasida   ko‘rib   chiqilgan.   Bu   moddaning   tahlili   unda
korrupsiya omilining mavjudligini ko‘rsatsa ham ushbu modda kompozitsiyasining
majburiy   elementlaridan   biri   bo‘lgan   “jiddiy   ziyon“   (“существенный   вред”)
tushunchasining ta’rifi yo‘qligidadir. 
Istambul   harakatlar   rejasi   doirasidagi   monitoring   davomida   ushbu   atama
ostida nima nazarda  tutilayotganligi,  huquq-tartibot  idoralari  uning  mavjudligini
qanday aniqlayotganligi xususidagi savolga hech qanday javob ola olmadilar.  
Poraxo‘rlik   jinoyatining   keyingi   elementi   bu     ta’sirni     suiste’mol     qilish
bo‘lib,   BMTning     korrupsiyaga     qarshi     Konvensiyasiga     ko‘ra,     ushbu     qilmish
uchun   jinoiy   javobgarlikni   o‘rnatish   ixtiyoriydir.   Yevropa   Kengashining
Korrupsiya uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi Konvensiyasining 12-moddasiga
3
 O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 24.09.1999 yildagi 19-son .
70 ko‘ra     bu     qilmish     uchun   javobgarlikni     o‘rnatish     bu     a’zo     davlatlar     uchun
majburiydir.   Istambul   harakatlar   rejasida   ishtirok   etuvchi   davlat   uchun
(O‘zbekiston   uchun   ham)   kriminalizatsiya   qilinishi   kerakligi   ta’kidlangan
bo‘lsada,  bu  borada  ham  milliy  qonunchiligimizda aniq qoidalar belgilanmagan.
Pul   yuvish   (legallashtirish).   Navbatdagi   korrupsiya   jinoyatining     elementi
pul yuvish (legallashtirish) haqida O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat  kodeksining
243-moddasida  so‘z  boradi. Ushbu javobgarlikni  qo‘llashning  muayyan  jihatlari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2011-yil 11-fevraldagi “jinoiy  faoliyatdan
olingan  tushumlarni  legallashtirish  hollarida sud amaliyotining  ayrim  masalalari
to‘g‘risida”gi   1-son   qarorida   belgilab   qo‘yilgan.   Ammo   Istambul   harakatlar
rejasida   pul   yuvish   uchun   javobgarlikni   O‘zbekiston   Jinoyat   kodeksida   yanada
aniq qoidalar bilan mustahkamlab qo‘yish tavsiya etildi. 
Korrupsiya   jinoyatlarini   ochishda   e’tiborga   loyiq   bo‘lgan   yana   bir   muhim
element  bu  chet  el  amaldorlarining  poraxo‘rligidir.  Jinoyat  kodeksining  VIII
bo‘limida   belgilangan   ta’rifga   ko‘ra,   chet   el   mansabdor   shaxsining   ta’rifi
mansabdor shaxsning umumiy ta’rifiga kiritilgan.  Bu  ta’rif  xalqaro  standartlarga
to‘la   mos   kelmaydi.   Bu   ta’rif   Konvensiyalarda   nazarda   tutilganidan   ancha   tor
bo‘lib,   hatto   ba’zi   o‘rinlarda   korrupsiyaning   bu   turiga   xos   xususiyatlar   keng
yoritilmagan. 
Korrupsion   jinoyatlarning   boshqa   tarkibiy   xusuiyatlariga   to‘xtaladigan
bo‘lsak,   O‘zbekiston   Respublikasida   bir   necha   korrupsion   harakatlar,
“O‘zbekiston   Respublikasi   Ma’muriy   javobgarlik   to‘g‘risida” 1
gi   kodeksga
kiritilganligi   ajablanarlidir.   Xususan,   611-modda   (Nodavlat   tijorat   tashkilotining
yoki boshqa nodavlat  tashkilotining  xizmatchisini  pora  evaziga  og‘dirib  olish),
1931-modda (Davlat  organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning  yoki  fuqarolar
o‘zini   o‘zi boshqarish   organining   xizmatchisini   pora   evaziga   og‘dirib   olish),
1932-modda   (Davlat   organi,   davlat   ishtirokidagi   tashkilot   yoki     fuqarolarning
o‘zini  o‘zi boshqarish  organi  xizmatchisining  qonunga  xilof  ravishda  moddiy
qimmatliklar   olishi   yoki   mulkiy   manfaatdor   bo‘lishi)   kabi     harakatlar   uchun
1
 O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi. 01.04.1995. https://lex.uz/docs/-97664
71 ma’muriy javobgarlik xalqaro  standartlarga  zid  bo‘lib,  tegishli  kompozitsiyalar
ma’muriy     javobgarlik   kodeksidan   olib   tashlanishi   va   Jinoyat   kodeksiga   qamrab
olinishi kerak. 
Xulosa  qilib  aytganda,  bugungi  kundan  korrupsiyaga  qarshi  kurashishda
samarali natijaga erishish uchun quyidagilar  hal  etilishi  lozim  bo‘lgan  masalalar
sirasiga kiradi: 
1.     O‘zbekistonda     davlat     xizmati     sohasida     hali     ham     qonuniy     kuchda
bo‘lgan yagona qonun mavjud emas; 
2.  Manfaatlar  to‘qnashuvining  oldini  olish  to‘g‘risidagi  qoidalar  qonun
hujjatlariga  kiritilgan  bo‘lsada,  ularni  to‘g‘ri  qo‘llash  yanada  tartibga  solishni
talab   qiladi,     shu     jumladan,     intizomiy     jazo     choralari     bilan     cheklanmasligi
kerak  bo‘lgan javobgarlik choralarini kengaytirish zarur; 
3.   Boshqa   korrupsiyaga   qarshi   vositalarni   takomillashtirish   kerak.   Misol
uchun,   xulq-atvor   qoidalarini   samarali   qo‘llash   ustidan   nazoratni   ta’minlash
tavsiya etiladi; 
Shular   bilan   bir   qatorda,   mamlakatimizda   bugungi   kunda   korrupsiyaga
qarshi   kurashish     sohasida     huquqiy     munosabatlarni     tartibga     solish,     ushbu
sohadagi     chora-tadbirlar     samaradorligini     oshirish,     ushbu     illatni     ildizi     bilan
yo‘q   qilish,   jamiyatda   korrupsiyaga   qarshi   murosasiz   munosabatni   qaror
toptirishda   idoralararo   hamkorlikni   yanada   rivojlantirish,   davlat   boshqaruvi
organlarining korrupsiyaga qarshi faoliyatiga zamonaviy  axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari,     jumladan,     videokuzatuv   tizimlari,     elektron     hisob-kitob     va
almashinuv, idoralararo ma’lumotlar bazalarini keng joriy etish muhim ahamiyatga
ega.
72 Xulosa.
Aytish   joizki,   mamlakatimiz   mustaqillikka   erishgan   ilk   davrdayoq
korrupsiyaga qarshi kurashish masalasiga umumdavlat miqyosidagi vazifa  sifatida
qaralib,  uning  oldini  olish  va  davlat  apparatini korrupsiyadan tozalash bo‘yicha
izchil va muntazam ishlar olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining ko‘pgina
huquqni   muhofaza   qiluvchi   organlari   tarkibida   korrupsiya   va   uyushgan
jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi alohida tuzilma va bo‘limlar shakllantirildi.  
Hozirda   dunyoda   korrupsiyaning   oldini   olish,   fosh   etish   va   unga   qarshi
kurashish   borasida   tashkiliy-huquqiy   choralar   amalga   oshirilib,   korrupsiyaga
qarshi kurashning huquqiy mexanizmi yaratilgan. Biz xalqaro andozalardan milliy
ma’naviyatimizga   mos   bo‘lgan   xolda   ulardan   andoza   olgan   xolatda   o‘z
korrupsiyaga   qarshi   kurashish   mexanizmlarimizni   bosqichma-bosqich
yaratmoqdamiz. 
Xalq tilida soddagina qilib aytganda poraxo‘rlik, keng ma’noda korrupsiya,
deb ataluvchi hodisa barcha islohotlar ildiziga bolta urarkan, ushbu diplom ishida
uni keltirib chiqaruvchi sabab va unga qarshi kurash choralarini tahlil etamiz.
“Hozirgi sharoitda global korrupsiyaning ijtimoiy falsafiy mohiyati va unga
qarshi   kurashish   mexanizmi”   mavzusidagi     bitiruv   malakaviy   ishi   bo‘yicha     olib
borilgan  ilmiy izlanishlar natijasida quyidagi xulosalar taqdim etildi:
73 1. Korrupsiya   davlatning   rivojlanishiga   salbiy   ta’sir   ko‘rsatuvchi   illat
bo‘lib,  undan    qutilish     uchun    jamiyatning    barcha     a’zolari    birgalikda    harakat
qilishlari lozim.  Soha  mutaxassislari  bu  muammoni  bartaraf  etish  uchun  turli
xil     ilmiy-amaliy     nazariyalarni     ilgari     surishgan.     Jamiyatning     paydo     bo‘lishi
bilan   ijtimoiy munosabatlar negizida shakllangan bunday illatga qarshi kurashish
bo‘yicha juda ko‘p rasmiy qonunchilik hujjatlari ishlab chiqilgan. Mamlakatimizda
korrupsiyaga   qarshi     ishlab     chiqilgan     qonunchilik     hujjatlarini     hayotga     tatbiq
qilishimiz,  asrlar davomida qotib qolgan bid ‘atdan voz kechish davri kelganligini
anglash lozim. 
2. Falsafi yondashuv  vakillari  korrupsiyaning  ijtimoiy  hodisa  sifatida
ma’lum bir guruhlar shaxsiy manfaatlari uchun davlat resurslarini ma’lum guruhlar
foydasiga  qayta  taqsimlanishi  shaxsiy  manfaatlar  doirasida institutsionalizatsiya
mexanizmlaridan foydalanishda yotadi. Aynan  davlat hokimiyatining korrupsiyasi
ijtimoiy munosabatlarning deformatsiyasiga olib keladi. 
3. Urug‘-aymog‘chilik,   qarindosh-urug‘chilik,   tanish-bilishchilik   kabi
illatlar xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Barcha sohada bu illatlarni bartaraf
etish   uchun     aholining   huquqiy     ongi     va     huquqiy     madaniyatini     yuksaltirish,
jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni  shakllantirish maqsadida
ta’sirchan tarzda filmlar, seriallar va roliklar ishlab chiqarishni ko‘paytirish zarur.
4. Davlat     xizmatchilarini     “halollik     vaksinasi”     bilan     emlash,     ya’ni
halollikni   ularning     ongiga     singdirish,     diniy-madaniy,     ahloqiy-ma’naviy
qadriyatlar     orqali   ularda     korrupsiyaga     qarshi     murosasiz     munosabatni
shakllantirish  uchun  diniy ulamolarimiz tomonidan targ‘ibot ishlarni kuchaytirish.
5. Shiddatli   globallashuv   jarayonlari   shiddat   bilan   kechayotgan   davrda
fuqarolarimizni   korrupsiya   illatining     zararli   ta’siridan   asrashga     qaratilgan
targ‘ibot   ishlarini   kuchaytirish   va   ularni   qiziqtiradigan   korrupsiyaga   oid
muammolarni     sotsiologik   tahlil     qilishda     hamda     korrupsiyani     fosh     etish
borasida   professional   tadqiqot   olib bora oladigan nodavlat notijorat tashkilotlari
va   fuqarolik     jamiyatining     boshqa   institutlari   faoliyatining   rolini   oshirish   hamda
erkin bo‘lishini ta’minlash.
74 6. Korrupsiyaga     qarshi     kurash     bo‘yicha     xalqaro     tajribadan     andoza
olib o‘zimizga  xos  bo‘lgan  milliy  mentalitetimiz  doirasida  muammoni  bartaraf
etish ijtimoiy mexanizmlarini ishlab chiqishimiz zarur.
7. Kadrlar     siyosatini     to‘g‘ri     yuritish     maqsadida     vacancy.argos.uz
tizimidan   unumli   foydalanishimiz,   ya’ni   shu   tizim   orqali   muvaffaqiyatli   o‘tgan
shaxsni   ishga   qabul     qilishni     majburiy     qilib     belgilash     kerak.     Lekin     ayrim
tashkilotlar   rahbarlari ish beruvchi o‘zlari ekanligini pesh qilib, vacancy.argos.uz
orqali   o‘tgan   nomzodlarni   ishga   olmaslik   holatlari   uchramoqda.   Bundan   tashqari
barcha sohalarda, rotatsiya masalasini ham majburiy tartibda kiritish zarur.
8. Shuningdek   Prezidentimizning   5177-sonli   qarori   bilan   barcha   davlat
tashkilotlarda  tashkil  etilgan  Korrupsiyaga  qarshi  ichki  nazorat  tuzilmalarining
vazifalari, vakolat va majburiyatlari huquqiy  jihatdan  yetarli  emasligi,  ta’sirchan
vakolatlari     yo‘qligi     sababli     Korrupsiyaga     qarshi     ichki     nazorat     tuzilmalari
faoliyatini takomillashtirish chora tadbirlarini ko‘rish.
75 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
I. Nomativ – huquqiy hujjatlar va metodologik ahamiyatga molik
nashrlar.
1. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyevning   2020-
yil 25-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi.
2. Prezident     Shavkat     Mirziyoyevning     O‘zbekiston     Respublikasi
Konstitutsiyasi   qabul     qilinganining     26     yilligiga     bag‘ishlangan   tantanali
marosimdagi ma’ruzasi.  08.12.2018-yil.
3. Mirziyoyev   Sh.M.   BMT   Bosh   Assambleyasining   72-sessiyasida
so‘zlagan nutqi //  –  Toshkent, 2017. xalq so‘zi. № 196 (6860).
4. O‘ zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning
mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga
muljallangan   iqtisodiy   dasturining   eng   muхim   ustuvor   yo‘nalishlariga
bag‘ishlangan Vazirlar Maхkamasining aхborotnomasi. – 2003.-№  1.-2-m.
5. Karimov.I.A.   Mamlakatimizda   demokratik   isloxotlarni   yanada
chuqurlashtirish   va   fuqarolik   jamiyatini   rivojlantirish   konsepsiyasi.   – T.:
“Ma’naviyat”  2010 -yil .   
76 6. Karimov   I.A.  “Erishgan   marralar   bilan   chegaralanmasdan,   boshlagan
isloхotlarimizni   yangi   bosqichga   ko‘tarish-bugungi   kundagi   eng   dolzarb
vazifamizdir”-23-jild.   –T.:   “Ma’naviyat”  2015 -yil .
7. Karimov   I.A.   Yuksak   ma’naviyat   –   yengilmas   kuch.   –T.:
“ Ma’naviyat”,   2008-yil.
8. Karimov   I.A.   Milliy   istiqlol   mafkurasi   -xalq   e’tiqodi   va   buyuk
kelajakka   ishonchdir. –   T.:   “O‘zbekiston”,   2000-yil,   –B  23-24 .
9. Karimov   I.A.   Yuksak   ma’naviyat   –   yengilmas   kuch.   –T.:
“Ma’naviyat”,  2008-yil. 
10. Karimov   I.A.   Xavfsizlik   va   barqaror   taraqqiyot   yo‘lida.   T.:   6.   –   T.:
“O‘zbekiston”, 1998-yil.
11. Birlashgan     Millatlar     Tashkilotining     Korrupsiyaga     qarshi
Konvensiyasi.
12. Birlashgan   Millatlar   Tashkilotining   Konvensiyasi .   Nyu-York,   2003-
yil 31-oktabr.
13. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 03.01.2017 yildagi O‘RQ-419-
son.
14. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining VI bob, 17-modda. 
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 27.05.2019 yildagi
PF-5729-son .
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 29.06.2020 yildagi
PF-6013-son
17. O‘zbekiston   Respublikasi   Oliy   sudi   Plenumining   qarori,   24.09.1999
yildagi 19-son
18. O‘zbekiston   Respublikasining   ma’muriy   javobgarlik   to‘g‘risidagi
kodeksi. VII-XVI-boblar. 
19. O‘zbekiston   Respublikasining   Ma’muriy   javobgarlik   to‘g‘risidagi
kodeksi. 01.04.1995. 
20. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   huzuridagi   Vazirlar
Mahkamasining qarori, 03.03.1992 yildagi 96-son
77 21. O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   qarori   ,
11.05.1994 yildagi 247-son
22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 06.07.2021 yildagi
PF-6257-son
23. O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 25.12.2012 yildagi O‘RQ-344-son.
24. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 29.06.2020 yildagi
PF-6013-son
25. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 07.02.2017 yildagi
PF-4947-son.
1. Criminal  Law  of  the  People’s  Republic  of  China .
2. Criminal  Code  of  the  Kingdom  of  Spain.
3. Republic   of   Korea:   Criminal   Code   (Wholly   amended   as   of   Jan.   1,
1998). –P.21. Title   18   of    the    United    States    Code . 
4. Criminal Justice (Corruption Offences) Act 2018. 
5. Criminal  Code  of  Lithuania. 
6. Prevention  of  corruption  Act. 
7. Malaysian  Anti-Corruption  Commission  Act  2009. 
8. Republic of  Lithuania  Criminal code. 
9. Уголовный  кодекс  Грузии. 
10. Crimes  Act  1961. 
11. Уголовный     кодекс     Федеративной     Республики     Германии     в
редакции  от  13 ноября  1998  г.  по состоянию  на  15  мая  2003  г.  Ст.198.
II. Ilmiy – nazariy  adabiyotlar.
1) Milliy nashrlar.
1. Abu Nasr  Nasr  Farobiy.  Fozil  odanlar  shahri.  –  Toshkent:  Yangi
asr  avlodi,  2018-yil.
2. Abu     Rayhon     Beruniy.   Qadimgi   xalqlardan   qolgan   yodgorliklar.
Tanlangan asarlar.  I-jild. – Toshkent: Fan, 1968-yil. 
3. Abu     Rayhon     Beruniy.   Hindiston.     Tanlangan     asarlar.     II-jild.     –
Toshkent:  Fan,  1965-yil.  
78 4. Amir Temur. Temur tuzuklari.– Toshkent: Navro‘z, 1992-yil. 
5. Abdulla     avloniy.   Tanlangan   asarlar.     2   jildlik.     Pandlar,     iboralar,
hikoyalar,     nabiylar   hayoti,   dramalar,   maqolalar,   sayohat   xotiralari.   –Toshkent.:
“Ma’naviyat”,  2004-yil.  
6. Abdurayf  Fitrat.  Tanlangan  asarlar. –Toshkent.: Ma’naviyat, 2009. 
7. Aliyev   B.,   Hakimov   R.   Korrupsiyaga   qarshi   kurash.   Monografiya.   –
T.: “Yangi asr avlodi”. 2012 -yil .
8. Davlatova  Sh.  O‘zbekistonda   boshqaruv  strukturasining     shakllanishi
va taraqqiyotida  milliy  masalaning  tutgan  o‘rni  (XX asrning  20-yillari) //. –T.:
“Navro‘z”. – 2016 -yil .
9. Ibn Xaldun. Kitob ul-kibar (Ibratli misollar kitobi)1370-yil.
10. Mahmudxo‘ja Behbudiy. Tanlangan asarlar. –T.: “Ma’naviyat”,1999-
yil.
11. Nazarov   Q.   Falsafa   asoslari.   –T.:   “O‘zbekiston   faylasuflari   milliy
jamiyati”. 2012 -yil .
12. Otamurodov   S.   Globallashuv   va   milliy-ma’naviy   xavsizlik.   –T.:
“O‘zbekiston”. 2013 -yil .
13. Qobilov   Sh.R.,   Abdullajonov   N.B.   Korrupsiya   va   xavfsizlik.   – T. :
“ Akademiya” ,  2006 - y il .
14. Rustamboyev   M.X.     “O‘zbekiston     Respublikasi     Jinoyat     kodeksiga
Sharhlar” (Maхsus qism). –T.: “Adaolat” 2016-yil. 
15. Yaxshilikov   J.   Muhammadiyev.   Falsafa.   Darslik.   –Samarqand.:
“SamDU” 2021 -yil .
16. Yaxshilikov   J.   Muhammadiyev   N.   Milliy   g‘oya-taraqqiyot
strategiyasi.  –T.:  “Fan” 2017 -yil .
17. Yaxshilikov   J.   Muhammadiyev   N.   Milliy   g‘oya   va   mafkura.   –T.:
“Fan” 2015-yil.
18. Shermuhammedova N. Falsafa. 2-nashr. –T.: “Idris Abdurauf”. 2020 -
yil .
79 2) Xorijiy nashrlar.
1. Авдеев     В.А.,     Авдеева     О.А.     Стратегические     направления
противодействия коррупции в РФ // Российская юстиция. 2016. № 7. 
2. Аристотель.   Афинская   полития   /   Пер.   С.И.Радцига.   –   Москва . :
Соцэкгиз, 1936. 
3. Бродман   и   Ф.   Риканатини   “ Корни   коррупции.   Важны     ли
рыночные  институты? ”   World  Bank,  2008 .
4. Бриджитт  Циммерман    “ Отношение  граждан  к коррупционным
скандалам ” .2015.
5. Бондаренко   И.   “ Коррупция:   экономический   анализ   на
региональном  уровне ”  СПб.:  “ Петропослис ”   2001 . 
6. В.М.Полтерович  “ Факторы коррупции ” , М.: 1998.
7. Джеймс     Вольфенсон.     Коррупция,     как   рак,   препятствует
экономическому развитию ”  2000. 
8. Ибн     Сина.     Избранные     философские   произведения.   –   Москва:
Наука, 1980
9. Лука  Сапорити    “ Социальный  капитал  и  коррупция ” .  Япония.
2009. 
10. Мохаммад     Нур     Алам.     “ Женщины     и   коррупция:     опыт     Шри-
Ланки ”   Шириланка.  2007. 
11. Мэттью     Дженкинс.     “ Роль     парламентов     в     борьбес
коррупцией ” . США. 2015. 
12. Николас     Хамелин.     “ Изучение     эффективности
антикоррупционной  рекламы  в  Марокко ” ;  Маракко:  2001.  
13. НомоконовВ.А.   “ Организованная   преступность:   тенденции,
перспективы  борьбы ” ,  Владивосток:  Изд-во  Дальневост.  ун-та,  1998 .
14. Ответственность  за  должностные  преступления  в  зарубежных
странах.   Отв.  ред.  Решетников  Ф.М.  –  М. :   1994.
15. Полтерович  В.М.   “ Факторы  коррупции ” ,  М.:  1998.  
16. Платон. Диалоги. – Москва: Мысль, 1986 .  
80 17. Цицерн.   О   государстве   //   Диалоги.   –   Москва:   Наука,   1966.   –   С.
196
18. Тин Гун, На Чжоу    “ Коррупция   и формальные и   неформальные
правила  китайских  госзакупок  рынок ”   Китай.  2011.  –  С.130
III. Ilmiy to’plam, jurrnal vaa gazetalardagi maqola va monografiyalar.
1. Abdurasulova   Q.   Korrupsiyaga   qarshi   kurash.   Bu   borada   chet   el
qonunlari nimalar belgilangan?//Xayot qonuni, №3 . 2003-yil.
2. Negmatova Sh.  O‘zbekistonda sog‘lom raqobatni rivojlantirishning
ma’naviy, axloqiy va huquqiy jihatlari. Monografiya. –T.: “Sharq” 2016.
3. Khursandovna,     K.     G.,     &     Umirzokvich,     R.     U.     (2021,     March).
NATIONAL   COLOR:   CONTENT-ESSENCE.   In   Archive   of   Conferences   (Vol.
17, No. 1, pp. 29-31).
4. Xidirov   Q.Korrupstiyaga   qarshi   kurashish   barchaning   vazifasiga
aylanishi kerak .   “ Halq so‘zi ” , 2017 yil 20 dekabr .
5. Xudayberdieva,  G.  X.,  &  Allanazarov,  M.  M.  (2020).  Yoshlarni
g‘oyaviy   tarbiyalashning     usullari,     shakllari     va     vositalari.   ИННОВАЦИИ     В
ПЕДАГОГИКЕ   И   ПСИХОЛОГИИ , (SI-2№ 1).  
6. Zufarov   R.,   Axrorov   B.,     Mirzayev   U.,   Korrupsiya.
Qonun.Javobgarlik. Monografiya. –T.: “TDYUI”, 2011-yil. –B.50-51.
IV .  Internet   saytlari .
1. https://kun.uz/30443880
2. https://www.gazeta.uz/oz/2022/02/08/iiv/
3. https://rost24.uz/oz/news/1435
4. https://lex.uz/docs/-1461329  
5. https://www.transparency.org/en/cpi/2020/index/nzl
6. https://www.fmprc.gov.cn/ce/cgvienna/eng/dbtyw/
7. http://rawunsch.de/images/Ugolovnyiyi_Kodeks.pdf
8. https://www.legislationline.org/download/id/6443/file/Spain.
81 9. https://www.refworld.org/docid/3f
10. https://www.irishstatutebook.ie/eli/2018/act/9/enacted/en/
11. https://www.legislationline.org/download/id/7723/file/
Lithuania_CC_2000
12. https://publicofficialsfinancialdisclosure.worldbank.org/sites/fdl/
files/assets/law.
13. https://www.sprm.gov.my/admin/files/sprm/assets/pdf.
14. https://www.legislationline.org/download/id/8272/file/
Lithuania_CC_2000.
15. https://matsne.gov.ge/ru/document/view/16426?publication=236
16. https://www.legislation.govt.nz/act/public/1961/0043/latest/
DLM327382.html
17. https://uza.uz/uz/posts/bilimli-avlod-buyuk-kelazhakning-tadbirkor-
khal-farovon-ayet-08-12-2018
18. https://lex.uz/docs/3107036#3109393
19. www.oecd.org/corruption/acn
82

Mavzu: HOZIRGI SHAROITDA GLOBAL KORRUPSIYANING IJTIMOIY FALSAFIY MOHIYATI VA UNGA QARSHI KURASHISH MEXANIZMI. MUNDARIJA: Kirish..................................................................................................................... 4 - 8 I-Bob. GLOBAL KORRUPSIYA VA UNING ILMIY – NAZARIY TADRIJIYLIGI………………………………………………………………..9-27 1.1. Korrupsiya tushunchasi, mazmun mohiyati..................................................9-17 1.2. Korrupsiyaning ko‘rinishlari va davlat, jamiyat xavfsizligiga tahdidi........18-27 II-Bob. GLOBALLASHGAN DUNYODA KORRUPSIYA VA UNGA QARSHI KURASHISHNING XALQARO TAJRIBASI............................2 8 -5 3 2.1. Korrupsiyaga qarshi kurashishning xalqaro huquqiy mexanizmlari...........28-42 2.2. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha falsafiy qarashlar........................43-53 III-Bob. KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH TO ‘G ‘RISIDAGI FALSAFIY QARASHLARNING O‘ZBEKISTONDAGI INIKOSI..........5 4 -7 3 3.1. O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishning siyosiy – huquqiy mexanizmlari va chora – tadbirlari.....................................................................54- 62 3.2. Yangi O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashning davlat siyosati.......6 3 -7 3 Xulosa................................................................................................................7 4 -7 6 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati................................................................7 7 -8 3 Kirish. Mavzusining dolzarbligi. Dunyodagi globallashuv jarayonlari jamiyatni modernizatsiya qilish bilan birga, aholining ma’naviy va madaniy hayotini yanada yuksaltirishni taqozo etadi. Bunda, inson uchun xos bo‘lgan hamda tarix davomida shakllanib ulgurgan illatlardan voz kechish qiyin jarayon hisoblanadi. Jumladan, insoniyat hayotiga va jamiyat taraqqiyotiga muntazam salbiy ta’sir kuchiga ega bo‘lgan korrupsiya eng og‘ir illatdir. Ushbu illatni keng soha doirasida bartaraf etish va yechimini topish, davlatning korrupsiyaga 3

qarshi siyosatini amalga oshirishda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish dolzarb masalalardan biridir. Jahonning yirik ilmiy markazlari tomonidan korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini yaratish borasida bir qator ishlar olib borilmoqda. Jumladan, korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha idoralararo Markaziy xizmatning tashkil etilganligi, korrupsiyaga qarshi kurashishda mahalliy tuzilmalarning keng vakolatlari, korrupsiyaga qarshi kurashish bilan maxsus prokuraturaning shug‘ullanish tajribasi, korrupsiyaga qarshi kurashish bilan Adliya ombudsmaning adolatli faoliyati, davlat xizmatchilarining yuqori odob-ahloq standartlariga rioya etishi ustidan kuchli nazorat hamda aybdorlik prezumpsiyasi joriy etilganligi kabi qator mamlakatlar korrupsiya holatlarni bartaraf etish zaruratini ilgari surmoqda. Mamlakatimizda korrupsiyani oldini olish hamda bartaraf etish, ushbu illatni jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy hayotiga salbiy ta’siri, uni oldini olishda samarali mexanizmlarni takomillashtirish va ushbu sohada yuqori samaradorlikka erishish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. “Jamiyatimizda korrupsiya balosi o‘zining turli ko‘rinishlari bilan taraqqiyotimizga g‘ov bo‘layotganligi, bu yovuz illatning oldini olmasak, jamiyatning birorta tarmog‘i rivojlanmasligi, korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha a’zolari, “halollik vaksinasi” bilan emlanmas ekan, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga erisha olmaymiz” 1 . Korrupsiyaga qarshi immunitetni hosil qilish uchun “korrupsioner” va korrupsiyaga shart-sharoit yaratuvchi omillarni yo‘qotish, korrupsiyani oldini olish yo‘nalishlarida sotsiologik tadqiqotlarni amalga oshirish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Falsafiy nuqtai nazardan jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat muhitini shakllantirish, davlat boshqaruvida korrupsiya omillarini kamaytirish, unda keng aholi ishtirokini kengaytirish muhim ahamiyatga ega. Bu, 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning oliy majlisga murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar to‘g‘risida. https://nrm.uz/contentf. 4

o‘z navbatida, mazkur yo‘nalishda ilmiy tadqiqotlar olib borish, bu orqali mamlakatimizda ijtimoiy institut sifatida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish dolzarbligini ta’minlamoqda. O‘zbekiston Respublikasi Qonuni O‘RQ–419-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” 1 gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF- 60-son “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2 gi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–6257- sonli “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 3 gi farmonlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu bitiruv malakaviy ishining tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi. Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish falsafiy tahlili borasida ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Mazkur tadqiqotlarning birinchi qismi korrupsiyaning illat sifatidagi ko‘rinishlarining mohiyati va maqsadlarini tahlil qilishga bag‘ishlanganligi bilan ajralib turadi. Bu mavzuga antik davr mutafakkirlaridan Aflotun 4 , Arastu, Sitseron 1 , sharqda Abu Nasr Forobiy 2 , Abu Rayhon Beruniy 3 , Abu Ali ibn Sino 4 , Ibn Xaldun 5 , Amir Temur 6 kabi hukmdor va jamiyatshunos olimlarning falsafiy qarashlarida e’tibor qaratilganligi aks etgan. XX asr boshlarida 1 O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 03.01.2017 yildagi O‘RQ-419-son. 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son 3 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 06.07.2021 yildagi PF-6257-son. 4 Платон. Диалоги. – Москва: Мысль, 1986.– С.605; Аристотель. Афинская полития / Пер. С.И.Радцига. – Москва: Соцэкгиз, 1936. – С. 198. 1 Цицерн. О государстве // Диалоги. – Москва: Наука, 1966 . 2 Abu Nasr Nasr Farobiy. Fozil odanlar shahri. – Toshkent: “Yangi asr avlodi”, 2018. 3 Abu Rayhon Beruniy. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. Tanlangan asarlar. I-jild. – Toshkent: Fan, 1968. Abu Rayhon Beruniy. Hindiston. Tanlangan asarlar. II-jild. – Toshkent: Fan, 1965. 4 Ибн Сина . Избранные философские произведения. – Москва: Наука, 1980 . 5 Ibn Xaldun. Kitob ul-ibar (Ibratli misollar kitobi. 1370 y.); 6 Amir Temur. Temur tuzuklari.– Toshkent: Navro‘z, 1992. 5

yashab o‘tgan A.Avloniy 7 , M.Behbudiy 8 , A.Fitrat 9 va boshqa shu kabi jadid ma’rifatparvarlarining asarlarida jamiyat taraqqiyotiga bevosita salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan ijtimoiy-ma’rifiy muammolar jumladan poraxo‘rlik, birovlarni haqqini yeyish kabi illatlar xususida alohida to‘xtalib o‘tilgan. Korrupsiya muammosi XIX asrning o‘rtalaridan beri ilmiy qiziqish obyekti bo‘lib kelmoqda. Korrupsiyani ijtimoiy hodisa sifatida nazariy tahlil qilish jahon sotsiolog faylasuflari tomonidan ilmiy tahlil qilinmoqda. Shuningdek MDH, Osiyo va Afrika mintaqasi doirasida ko‘plab olimlar ushbu muammoni tadqiq qilganlar. Jumladan, A.Pinchuk, V.Polterovich, I.Brodman, F.Rikanatin, Djeyms Volfenson, I.Bondarenko V.Nomokonov, V.Polterovich, Nikolas Xamelin, Moxammad Nur Alam, Bridjitt Simmerman, Luka Saporiti, Tin Gun, Na Chjou, Mettyu Djenkinslar 1 0 ning ishlarida korrupsiyaning omillari va ildizlari, uning iqtisodiy rivojlanishga to‘sqinlik qilishi, ikkinchidan, korrupsiyaning mintaqaviy darajadagi iqtisodiy tahlili, korrupsiya uyushgan jinoyatchilik unga qarshi kurashish tendensiyalari, korrupsiyaga qarshi reklama samaradorligini o‘rganish, uchinchidan, korrupsiyaning inson hayotini farovonlashtirishga salbiy ta’siri, uni oldini olish orqali jamiyat hayotini madaniy, iqtisodiy, ijtimoiy jihatdan yuksaltirish kabi muhim ilmiy-konseptual qarashlari ilmiy ishlarida ilgari surilgan. Ayni shu mazmundagi qarashlar, ilmiy izlanishlar qilgan yurtimiz professor olimlaridan Q.Nazarov 1 , N.Shermuhammedova 2 , S.Otamurodov 3 , B.Aliev, 7 Abdulla avloniy. Tanlangan asarlar. 2 jildlik. Pandlar, iboralar, hikoyalar, nabiylar hayoti, dramalar, maqolalar, sayohat xotiralari. – Toshkent: Ma’naviyat, 2004. 8 Mahmudxo‘ja Behbudiy. Tanlangan asarlar.– Toshkent: Ma’naviyat,1999. 9 Abdurayf Fitrat. Tanlangan asarlar.– Toshkent: Ma’naviyat, 2009. 1 0 В.М.Полтерович “ Факторы коррупции ” , М.: 1998. – С.120; Бродман и Ф. Риканатини “ Корни коррупции. Важны ли рыночные институты? ” World Bank, 2008 . Джеймс Вольфенсон. Коррупция, как рак, препятствует экономическому развитию ” 2000 . Бондаренко И. “ Коррупция: экономический анализ на региональном уровне ” СПб.: “ Петропослис ” 2001. Номоконов В.А. “ Организованная преступность: тенденции, перспективы борьбы ” , Владивосток: Изд-во Дальневост. ун-та, 1998 . Полтерович В.М. “ Факторы коррупции ” , М.: 1998 . Николас Хамелин. “ Изучение эффективности антикоррупционной рекламы в Марокко ” ; Маракко: 2001. Мохаммад Нур Алам. “ Женщины и коррупция: опыт Шри- Ланки ” Шириланка. 2007. Бриджитт Циммерман “ Отношение граждан к коррупционным скандалам ” .2015 . Лука Сапорити “ Социальный капитал и коррупция ” . Япония. 2009. Тин Гун, На Чжоу “ Коррупция и формальные и неформальные правила китайских госзакупок рынок ” Китай. 2011. Мэттью Дженкинс. “ Роль парламентов в борьбес коррупцией ” . США. 2015 . 1 Nazarov Q. Falsafa asoslari. –T.: “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati”. 2012. 2 Shermuhammedova N. Falsafa. 2-nashr. –T.: “Idris Abdurauf”. 2020. 3 Otamurodov S. Globallashuv va milliy-ma’naviy xavsizlik. –T.: “O‘zbekiston”. 2013. 6

R.Hakimov 4 , Q . Xidirov 5 shuningdek ustozlarimiz: J.Yaxshilikov 6 , Sh.Negmatova 7 va boshqalarning asarlarida korrupsiya dunyo miqyosida jamiyatni yemirib, shaxsni ahloqiy jihatdan inqirozga uchratadigan va har qanday davlat iqtisodiyotiga salbiy ta’sir qiladigan ijtimoiy illat ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan. Yuqorida tahlil qilingan tadqiqotlarda korrupsiyani oldini olish va uni bartaraf etish muammolari ijtimoiy jarayon sifatida yetarli darajada alohida o‘rganilmaganligini ifoda etib turibdi. Shu bois mazkur tadqiqotda O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishning ijtimoiy mexanizmlarini takomillashtirish ilmiy- amaliy jihatdan o‘rganishga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari: empirik ma’lumotlar asosida O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashning falsafiy mexanizmlarini tahlil etish va uni takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotimizda o‘z oldimizga quyidagi vazifalarni qo‘ydik:  Korrupsiya tushunchasi, mazmun mohiyatini tahlil qilish;  Korrupsiyaning ko‘rinishlari va davlat, jamiyat xavfsizligiga tahdidi qaysi sohalarda k ‘zga tashlanishini ilmiy tadqiq etish;  Globallashgan dunyoda korrupsiya va unga qarshi kurashishning xalqaro tajribasini o‘rganish;  Korrupsiyaga qarshi kurashishning xalqaro huquqiy mexanizmlarini atroflicha tahlil qilish;  Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha falsafiy qarashlar mexanizmi tanqidiy o‘rganish;  O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishning siyosiy - huquqiy mexanizmlari va chora-tadbirlari sohalar kesimida tahlil qilish; 4 Aliyev B.,Hakimov R. Korrupsiyaga qarshi kurash. Monografiya. –T.: “Yangi asr avlodi”. 2012. 5 Xidirov Q.Korrupstiyaga qarshi kurashish barchaning vazifasiga aylanishi kerak . “ Halq so‘zi ” , 2017 yil 20 dekabr . 6 Yaxshilikov J. Muhammadiyev N. Falsafa. Darslik. –Samarqand.: “SamDU” 2021. Yaxshilikov J. Muhammadiyev N. Milliy g‘oya-taraqqiyot strategiyasi. –T.: “Fan” 2017. Yaxshilikov J. Muhammadiyev N. Milliy g‘oya va mafkura. –T.: “Fan” 2015. 7 Negmatova Sh. O‘zbekistonda sog‘lom raqobatni rivojlantirishning ma’naviy, axloqiy va huquqiy jihatlari. Monografiya. –T.: “Sharq” 2016. 7