logo

GLOBALLASHUV VA GLOBAL MUAMMOLARNING FALSAFIY JIHATLARI

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

799.046875 KB
GLOBA LLA SHUV VA  GLOBA L MUA MMOLA RN IN G FA LSAFIY
J IHA TLA RI
Reja :
1. Globallashuv   -     falsafiy   mazmuni.Globallashuv   xodisasi   va
globalistika.
2.  Global jarayonlarning shakllanish  tarixi va  darajalari.
3. 2017-2021 yillardagi O’zbekistonni  yanada  rivojlantirish bo’yicha
Xarakatlar   strategiyasida   global   muammolar   va   ularni   hal   qilish
mexanizmlari.   Global   muammolarni   hal   qilishda   xalqaro   kuchlar
birlashuvining axamiyati.
4. Bashorat   tushunchasi   unig     turlari   va   metodlari.   Kelajakni
bashorat q ilishning  uzig  a  xos  xususiyatlari. GLOBALLASHUVNING FALSAFIY MAZMUNI.
Falsafa va hozirgi zamon.   Falsafa nafaqat insonning azaliy muammolari va
g’am-tashvishlarini,   balki   uning   so’nggi   yillarda   fan-texnika   taraqqiyoti   ta’sirida
tobora   jadalroq   sur’atlarda,   shu   jumladan   dunyo   miqyosida   o’zgarayotgan   real
hayoti   kundalik   amaliyotini   ham   aks   ettiradi.   Shu   munosabat   bilan   yuzaga
kelayotgan   yangi   hodisalar,   g’ayrioddiy   qiyinchiliklar   va   alohida   sharoitlar
olimlarning ham, faylasuflarning ham e’tiborini tortmoqda. 
Bunda falsafaning fandan ustunligi shundaki – u o’z xulosalarida tafsilotlar va
muayyan   dalillarga   mahkam   yopishib   olmaydi,   ayrim,   uzuq-yuluq   va   o’tkinchi
narsalarni   osongina   chetlab   o’tadiki,   bu   unga   asosiy   e’tiborni   ishning   mohiyatiga
qaratish,   rivojlanishning   eng   muhim   omillari   va   asosiy   jarayonlarini   qayd   etish
imkonini   beradi.   Falsafaning   mazkur   fazilatlari   insonning   ijtimoiy   munosabatlar
tizimida   yoki   «jamiyat-tabiat»   tizimida   yuzaga   kelayotgan   murakkab,   kompleks
vazifalarni   hal   qilishga   majbur   bo’layotgan   hozirgi   sharoitlarda   alohida   ahamiyat
kasb   etadi.   Shu   munosabat   bilan   falsafiy   tahlilning,   muhim   narsalarni   ikkinchi
darajali   narsalardan,   qonuniy   narsalarni   tasodifiy   narsalardan   farqlash,   tarixiy rivojlanishda   obyektiv   jarayonlarning   subyektiv   omillardan   farqi   kabi   usullari   va
metodlari hozirgi vaqtda insoniyat duch kelgan olamshumul muammolarni nazariy
anglab yetish va amalda bartaraf etish uchun ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. 
Globallashuv   hodisasi .   Hozirgi   davr   haqida   aniqroq   tasavvur   hosil   qilish
uchun   XX   asr   boshigacha   jahon   tarixi   asosan   mustaqil   rivojlangan   va   bir-biriga
jiddiy   ta’sir   ko’rsatmagan   sivilizasiyalardan   iborat   bo’lganini   nazarda   tutish
muhimdir.   Hozirgi   vaqtda   dunyo   so’nggi   yuz   yillik   ichida   yuz   bergan   jamiyat
hayoti   barcha   jabhalarining   faol   integrasiyalashuvi   natijasida   sezilarli   darajada
o’zgardi   va   yaxlit   bir   butun   organizmga   aylandi.   Buning   oqibati   o’laroq,   ayrim
xalqlar   va   butun   insoniyatning   ijtimoiy   ongida   global   jarayonlar   va   ularning
ta’sirida   yuzaga   kelgan   umumiy   (dunyo   miqyosidagi)   muammolar   bilan
belgilangan   jiddiy   o’zgarishlar   yuz   bera   boshladi.   Jahon   hamjamiyati   o’z
rivojlanishining yangi bosqichiga qadam qo’ygani, u avvalgi bosqichlardan nafaqat
o’zgarishlar  miqyosi, balki faollik darajasi  va universal  xususiyati  bilan ham farq
qilishi ayon bo’ldi. 
Bu   o’zgarishlarning   butun   majmui,   shuningdek   ularning   sabablari   1990-
yillarda   globallashuv   (lot.   globus   –   yer   kurrasi)   deb   nomlandi.   Globallashuv
jamiyat   hayotining   turli   jabhalarida   butun   yer   sayyorasi   uchun   yagona   bo’lgan
tuzilmalar, aloqalar va munosabatlarning shakllanishi, universallashuv jarayonidir.
Shuningdek   globallashuv   global   makonning   tutashligi,   yagona   jahon   xo’jaligi,
umumiy   ekologik   o’zaro   aloqadorlik,   global   kommunikasiyalar   va   shu   kabilar
bilan tavsiflanadi. 
Globalistika.  Jahon rivojlanishining eng yangi tendensiyalarini anglab yetish
borasidagi   ko’p   sonli   sa’y-harakatlar   globallashuv   jarayonlarining   mohiyati,
tendensiyalari va sabablarini, ular ta’sirida yuzaga kelayotgan global muammolarni
aniqlash   va   bu   jarayonlarning   oqibatlarini   anglab   yetishga   qaratilgan   fanlararo
ilmiy   tadqiqotlar   sohasi   –   globalistika   paydo   bo’lishiga   olib   keldi.   Kengroq
ma’noda   «globalistika»   atamasi   globallashuvning   turli   jihatlari   va   global
muammolarga   oid   ilmiy,   falsafiy,   madaniy   va   amaliy   tadqiqotlarni,   jumladan
ularning   olingan   natijalarini,   shuningdek   ularni   ayrim   davlatlar   darajasida   ham, xalqaro miqyosda ham iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jabhalarda amalga joriy etish
borasidagi amaliy faoliyatni ifodalash uchun qo’llaniladi. 
Shuni   ta’kidlash   lozimki,   globalistika   odatda   ilmiy   bilimning   tabaqalanishi
natijasida   yoki   turdosh   fanlar   tutashgan   joyda   paydo   bo’ladigan   ayrim   fanlar
qatoriga   kirmaydi.   Uning   vujudga   kelishi   zamirida   qarama-qarshi   jarayonlar   –
hozirgi   zamon   faniga   xos   bo’lgan   integrasiyalashuv   jarayonlari   yotadi.
Globalistika tadqiqotlar va bilishning shunday bir jabhasiki, bu yerda turli fanlar va
falsafa, asosan bir-biri bilan uzviy aloqada, har biri o’z predmeti va metodi nuqtai
nazaridan, globallashuvning turli jihatlarini tahlil qiladi, global muammolarni bir-
biridan alohida va yaxlit tizim sifatida o’rganib, ularning yechimlarini taklif qiladi.
Globalistika   mustaqil   ilmiy   yo’nalish   va   ijtimoiy   amaliyot   jabhasi   sifatida
1960-yillarning   oxirlaridan   e’tiboran   shakllana   boshladi,   lekin   uning   paydo
bo’lishi uchun obyektiv asoslar ancha oldin yuzaga kelgan edi. 
2- MASALA.   Global   jarayonlarning   shakllanish   tarixi .   Hozirgi
globallashuv   jarayonlarining   ilk   nishonalariga   XV   asr   oxirlaridan   boshlab   duch
kelish mumkin, XIX asr boshiga kelib esa u amalda real shakl-shamoyil kasb etdi.
Bu   pirovardida   yagona   geografik,   ma’lum   darajada   iqtisodiy   va   siyosiy   jahon
maydoni shakllanishiga olib kelgan Buyuk geografik kashfiyotlar yuz bergan davr
edi.   Ayni   shu   davrda   dunyoni   tushunishga   nisbatan   geosentrik   yondashuvlar
geliosentrik yondashuvlarga o’rin bo’shatdi, insoniyat esa, nihoyat, kun va tunning
almashishini to’g’ri talqin qilishga muvaffaq bo’ldi. Fan falsafadan ajralib chiqib,
bilimlar   to’planishi   va   texnikaning   rivojlanishiga   kuchli   turtki   berdi,   fan-texnika
taraqqiyoti   va   sanoat   inqilobi   yuz   berishiga   sabab   bo’ldi.   So’nggi   zikr   etilgan
voqyealar   pirovard   natijada   insonning   tabiatni   o’zgartiruvchi   imkoniyatlari   va
uning atrof muhit bilan munosabatini butunlay o’zgartirdi. 
Yer   kurrasi   shar   (globus)   ko’rinishida   ekanligini   nazariy   va   amaliy   jihatdan
isbotlab   insoniyat   o’z   tarixida   birinchi   bo’lib   savdo-sotiq   sohasida   dunyo
darajasiga   chiqdilar   va   dunyo   miqyosida   xalqaro   munosabatlarga   asos   soldilar.
Ayni   shu   davrda   ilk   transmilliy   savdo   kompaniyalari   vujudga   keldi.   Tez   orada
ularning faoliyati sof savdo chegarasidan tashqariga chiqdi va ular qullarni qo’lga kiritish   va   ularni   ekspluatasiya   qilish,   bosib   olingan   hududlarda   plantasiyalar   va
manzilgohlar   barpo   etish   jarayonida   ishtirok   eta   boshladi,   nihoyat,   o’z   davlatlari
amalga oshirayotgan mustamlakachilik siyosatining asosiy ijrochisiga aylandi. 
Bularning   barchasi   jiddiy   migrasiya   jarayonlari   yuz   berishiga   ham   sabab
bo’ldi;   xususan,   mustamlakachilar   qora   tanli   qullarni   Afrikadan   Amerikaga
ommaviy tarzda tashib keltira boshladilar va shu tariqa uning demografik tarkibini
butunlay   o’zgartirdilar.   Shuning   o’ziyoq   globallashuv   turli   xalqlarning   iqtisodiy,
siyosiy   va   madaniy   hayoti   bilan   avvalboshdan   uzviy   bog’liq   bo’lgan,   degan
xulosaga kelish imkonini beradi. 
XVII   asr   boshlariga   kelib   yevropalik   savdogarlar   ulkan   hududlarni
o’zlashtirdilar   va   deyarli   butun   dunyo   bo’ylab   joylashdilar.   Shu   tariqa   ular
insoniyat   tarixida   birinchi   bo’lib   yagona   global   iqtisodiy   va   siyosiy   tizimning
zaruriy asoslarini yaratdilar va mazkur tizim shakllanishi uchun zamin hozirladilar.
Shunday   qilib,   XV-XVI   asrlarda   yuz   bergan   Buyuk   geografik   kashfiyotlar
jahon   tarixining   rivojlanish   jarayonida   tub   burilish   yasadi   va   «Yevropa   siyosati
keskin,   misli   ko’rilmagan   darajada   kengayishiga   olib   keldi.   Dunyo   chegaralari
muayyan   darajada   kengaydi.   Endilikda   Yevropa   mamlakatlari   o’rtasidagi   turli
ziddiyatlarga   mustamlakalar   uchun   kurashda   raqobat   ham   qo’shildi» 1
.   Shu   tariqa
yangi   xalqaro   iqtisodiy   va   siyosiy   munosabatlarga,   turli   madaniyatlarning   o’zaro
ta’siriga   va   G’arbiy   Yevropa   dengiz   davlatlarining   o’zlari   kashf   etgan   yer
kurrasining turli hududlaridagi ekspansiyasiga asos solindi. 
Fundamental   globallashuv .   Globallashuvning   navbatdagi   bosqichi   dunyo
miqyosidagi   aloqalar,   tuzilmalar   va   munosabatlar   yuzaga   kelishi   bilan   bog’liq.
Mazkur   jarayonlar   natijasida   dunyo   o’zining   deyarli   barcha   jihatlarida   yaxlit   bir
butun   organizm   sifatida   uzil-kesil   shakllandi.   Fundamental   deb   nomlanuvchi
bunday   globallashuvning   ilk   alomatlari   XIX   asrning   ikkinchi   yarmida   paydo
bo’ldi, XX asr o’rtalariga kelib esa u to’la darajada borliqqa aylandi. 
Ayni   shu   davrda   dunyoni   iqtisodiy   bo’lib   olish   yakunlandi   va   buning
natijasida   turli   mamlakatlar   va   xalqlarning   kuchayib   borayotgan   o’zaro
1 1
 Харенберг Б. Хроника человечества. – М.: Слово, 2000. –  С. 387.  bog’liqligidan   kelib   chiqadigan   mutlaqo   yangicha   tusdagi   keskin   xalqaro
muammolar   yuzaga   keldi.   Bu   jarayonlar   nafaqat   iqtisodiyot,   siyosat   va   ijtimoiy
hayotni, balki aloqa va kommunikasiya vositalarini, shuningdek ma’naviy jabha –
madaniyat,   fan   va   falsafani   ham   qamrab   oldi.   Turli-tuman   xalqaro   tashkilotlar,
forumlar, syezdlar, kongresslar vujudga kela boshladiki, bunga o’sha davrda aloqa
va   ommaviy   kommunikasiya   vositalarining   faol   rivojlanishi   ham   imkoniyat
yaratdi. 
Shunday   qilib,   amalda   butun   dunyo   kuchli   davlatlar   va   yirik   monopoliyalar
o’rtasida keskin kurash va ta’sir  doiralarini  bo’lib olish maydoniga aylandi  va bu
pirovardida Birinchi  jahon urushi  boshlanishiga  olib keldi. Bu urushda  jahonning
ko’p   sonli   xalqlari   bevosita   yoki   bilvosita   ishtirok   etdi,   chunki   shu   davrgacha
dunyo miqyosida yuzaga kelgan iqtisodiy va siyosiy bog’liqlik sayyoraning birorta
ham   yirik   davlatiga   urushdan   yoki   hyech   bo’lmasa   uning   ta’siri   va   oqibatlaridan
butunlay chetlashish imkonini bermas edi. Bu mazkur davrdan e’tiboran tarix faqat
Yevropa tarixi yoki, aytaylik, alohida Xitoy, Rossiya, Amerika, G’arb, Sharq tarixi
bo’libgina qolmasdan, insoniyat tarixiga, ya’ni tom ma’nodagi jahon tarixiga ham
aylanganidan dalolat beradi. 
1918 yilda Birinchi jahon urushining tugashi  xalqaro maydonda kuchlarning
yangicha   nisbati   yuzaga   kelishiga   sabab   bo’ldi   va   turli   davlatlarning   urushdan
keyingi   munosabatlari,   manfaatlari   va   qarama-qarshiliklarini   yanada   tarangroq
tugunga bog’lagan  oqibatlarga  olib keldi, shu  tariqa  butun dunyoni  barcha  asosiy
ko’rsatkichlar   bo’yicha   jahon   hamjamiyatiga   aylantirdi.   Pirovardida   Birinchi   va
Ikkinchi   jahon   urushlari   oralig’idagi   davrda   globallashuv   jarayonlari   yanada
bo’rtibroq namoyon bo’ldi.  Bu davrda ,
a)   biosferaga   antropogen   ta’sirning   kuchayishi   va   insonning   real   «geologik
kuch»ga aylanishi;
b) ommaviy madaniyat, avvalo kino, musiqa, adabiyot, keng iste’mol mollari
ishlab chiqarish sohasida faol rivojlana boshlashi;
v)   televizorning   ixtiro   etilishi.   Vaqt   o’tishi   bilan   u   ommaviy   madaniyatning
asosiy targ’ibotchisiga va globallashuv ramziga aylanishi; g) makon va vaqtni ilk bor insonning kundalik hayoti ko’rsatkichlariga qadar
uzil-kesil   «qisqartirgan»   havo   kemalarida   qit’alararo   qo’nmay,   to’g’ri   uchib
o’tishlar  globallashuvning  asosiy belgilariga aylandi.
Ammo   yechilmagan   ziddiyatlar   va   umumiy   bog’liqlikning   kuchayishi
insoniyat   tarixidagi   eng   katta   va   davomli   urush   –   Ikkinchi   jahon   urushi
boshlanishiga   olib   keldi.   Bu   safar   dunyo   miqyosidagi   urushda   Yer   aholisining
to’rtdan   uch   qismi   ishtirok   etdi,   Birinchi   jahon   urushiga   qaraganda   bir   necha
baravar ko’proq qurbonlar berildi. 
Dunyo   miqyosidagi   jarayonlarning   globallashuvi   nuqtai   nazaridan   bu
urushlarning   ikkalasi   ham   amalda   ayni   bir   global   urushning   turli   bosqichlari   edi.
Ularning o’rtasidagi farq faqat miqdor ko’rsatkichlarida ko’rinadi. Mohiyat e’tibori
bilan,   ikkala   urush   ham   ayni   bir   masalalarni   yechish   –   XX   asr   boshida   bo’lib
olingan,   yaxlit   va   o’zaro   bog’langan   dunyoni   qayta   bo’lib   olishga   qaratilgan   edi.
Urush olib borish usullari ham deyarli bir edi,  f arq i esa , texnik jihozlanish darajasi
va miqyosi Ikkinchi jahon urushida bir necha baravar yuqori, mafkuraviy ta’sir esa
avvalgi urushda yo mavjud bo’lmagan radio, telefon, yo hali yaxshi rivojlanmagan
aviasiya,   dengiz,   temir   yo’l,   avtomobil   transporti   aloqa   va   kommunikasiya
vositalaridan keng foydalanish bilan ko’p karra kuchaytiril ishida namoyon bo’ldi . 
Ikkinchi jahon urushi ham, xuddi avvalgi jahon urushidek, urushdan keyingi
dunyoviy   tartibning   o’ziga   xos   xususiyatiga   aylangan   bir   qator   olamshumul
oqibatlarga   olib   keldi.   Ularning   orasida   eng   muhimi   shu   bo’ldiki,   urush   mutlaqo
yangi  qurol  turi  (atom  va  reaktiv qurol)  yaratish  borasidagi  tadqiqotlar  va  amaliy
ishlarni rag’batlantirdi. Mazkur davrda ularning ilk namunalari jangovar sinovdan
o’tkazildi   va   insoniyatga   butun   dunyoni   xarobazorga   aylantirish   va   barcha   tirik
mavjudotlarni   qirib   tashlash   uchun   cheksiz   imkoniyatlar   yaratdi.   Fan-texnika
taraqqiyotining   ayni   shu   yutuqlari   keyinchalik   «sovuq   urush»   davrida   avj   olgan
qurollanish poygasining mohiyati va mazmunini belgilab berdi va sayyoramizning
nozikligi va makonda tutashligini amalda namoyish etdi. 
Ikkinchi   jahon   urushining   boshqa   bir   oqibati   jamiyat   hayotining   ijtimoiy-
siyosiy   jabhasida   yuzaga   keldi   va   u   turli-tuman   xalqaro   tashkilotlarning   mislsiz darajada   o’sishida   namoyon   bo’ldi.   Ularning   orasida   Birlashgan   Millatlar
Tashkiloti   (BMT),   hyech   shubhasiz,   ajralib   turadi.   Yevropadagi   integrasiya
jarayonlari   ham   urushning   tugashi   bilan   bog’liq   bo’lib,   Buyuk   Britaniya   bosh
vaziri   U.Cherchill   Yevropa   qo’shma   Shtatlarini   tuzishga   chaqirgan   1946   yilni
ularning sanoq boshi deb hisoblash mumkin.
Bosh   harbiy  jinoyatchilar   guruhi   va  nasistlarning   asosiy   tashkilotlari   ustidan
o’tkazilgan Nyurnberg sud jarayoni yana bir muhim tadbir va ayni vaqtda xalqaro
munosabatlarni huquqiy tartibga solish sohasida dunyo miqyosidagi hamkorlikning
ilk   tajribasi   bo’ldi.   Bu   jarayon   1945   yil   8   avgustda   g’olib   mamlakatlar   –   SSSR,
AQSh,   Buyuk   Britaniya   va   Fransiya   tomonidan   tashkil   etilgan   tarixdagi   birinchi
Xalqaro harbiy tribunal tomonidan amalga oshirildi va hozirgi xalqaro sud tizimini
tarkib   toptirish   yo’lidagi   muhim   qadam   bo’ldi.   Ayni   shu   davrda   liberalizm   va
demokratiya   g’oyalari   dunyo   miqyosida   keng   tarqala   boshladi,   ijtimoiy   borliq
asoslarini,   jamiyatning   axloqiy   negizlari   va   ijtimoiy   rivojlanishning   asosiy
tamoyillarini   qayta   anglab   yetishga   qaratilgan   jiddiy   tadqiqotlar   va   nazariy
ishlovlar majmui paydo bo’ldi. 
G loballashuv ning   se rqirra ligi .   1970-yillardan   globallashuv   o’z
rivojlanishining   yangi   bosqichiga   ko’tarildi   va   serqirra   tus   oldi.   Dunyo
miqyosidagi   tahdidlar   va   globallashuv   jarayonlarini   aholining   keng   qatlamlari
anglab yetishi, shuningdek jahon hamjamiyati va unga mos keluvchi qadriyatlarga
munosabat,   madaniyat,   turmush   tarzining   shakllanishi   mazkur   bosqichga   xos
xususiyat   hisoblanadi.   Ayni   shu   davrda   axborot-texnologiya   inqilobining
rivojlanishi   jadallashdi,   mif,   din,   falsafa,   fan,   ekologiya   bilan   bir   qatorda   global
ong ijtimoiy ongning yana bir shakli sifatida paydo bo’ldi. 
G loballashuv ning   se rqirragi   jahon   bozorini   sezilarli   darajada   o’zgartirdi,
jahon   xo’jaligi   o’ziga   xos   xususiyatlarini   namoyon   etib,   milliy   xo’jaliklardan
kuchliroq va  muhimroq tus olishiga  imkoniyat  yaratdi. Quyidagilar  uning muhim
xususiyatlari hisoblanadi: a)   «rezonans   effekti»ning   paydo   bo’lishi.   Bunda   iqtisodiy   yuksalishlar   yoki
tangliklar   bir   mamlakatdan   u  bilan   uzviy  bog’liq  bo’lgan  boshqa   mamlakatlar   va
mintaqalarga o’tadi;
b) turli tovarlar va xizmatlar jahon bozorlarining yaratilishi;
v)   ko’rsatilgan   tovarlar   va   xizmatlarga   jahon   narxlarining   shakllanishi,   ular
mazkur   tovarlar   va   xizmatlar   milliy   ishlab   chiqaruvchilarining   siyosatini   ko’p
jihatdan belgilashi. 
Iqtisodiyotning   internasionallashuvi   va   pul   rolining   unifikasiyalashuvi   bilan
bir   qatorda   ommaviy   jamiyat   va   unga   mos   keluvchi   ommaviy   madaniyatning
shakllanishi   serqirra   globallashuvning   o’ziga   xos   xususiyatiga   va   muayyan
darajada uning qonuniy mahsuliga aylandi. 
Zamonaviy   transport   va   aloqa   vositalari   sharofati   bilan   makon   va   vaqt
omillari amalda muhim ahamiyatga ega bo’lmay qolgan globallashuv sharoitida ,  til
turli xalqlarning iqtisodiy, siyosiy, ilmiy, maishiy va hokazo aloqalari va muloqoti
yo’lidagi   oxirgi   jiddiy   to’siq   bo’lib   qoldi.   Umumiy   qabul   qilingan   tilga   obyektiv
ehtiyoj   doimo   mavjud   bo’lgan,   lekin   jahon   savdosi   va   kapitallarni   bir   joydan
boshqa   joyga   o’tkazish   hajmlari   ko’p   karra   o’sgan,   siyosiy   munosabatlar   global
darajagacha   kengaygan,   xalqaro   jamoat   tashkilotlari,   sport   musobaqalari,   turistik
industriya   va   shu   kabilar   paydo   bo’lgan   serqirra   globallashuv   davrida   u   ayniqsa
kuchaydi.   Bugungi   kunda   ingliz   tili   bir   qator   obyektiv   sabablarga   ko’ra
madaniyatlararo muloqot tiliga aylandi. 
1991 yilda Internet paydo bo’lganidan so’ng dunyo informasion jihatdan ham
uzil-kesil   tutashdi.   Kompyuter   inqilobi   va   Internet   tarmog’ining   rivojlanishi
chegaralardan   boshqa   hamma   narsa   mavjud   bo’lgan   yangi   axborot   maydonini
vujudga keltirdi. 
globallashuv ning   se rqirra ligi   siyosatning   ham   sezilarli   darajada   o’zgarishiga
olib   keldi.   1990-yillargacha   «sovuq   urush»   holatida   bo’lgan   ikki   harbiy-siyosiy
blokning   qattiq   qarama-qarshiligi   bilan   tavsiflangan   ikki   qutblilik   xalqaro
munosabatlarning asosiy xususiyati sanalgan bo’lsa, sosialistik tizim parchalanishi
bilan vaziyat butunlay o’zgardi.  So’nggi   yillarda   milliy   davlatlar   faoliyati   bilan   bir   qatorda   xalqaro
munosabatlarning   yangi,   «noan’anaviy»   subyektlarining   faolligi   va   ta’siri   ham
ancha   o’sdi.   Bu   subyektlar   o’z   soni,   moliyaviy   imkoniyatlari   va   siyosiy   ta’siriga
ko’ra   ayrim   davlatlar   bilan   bemalol   bellasha   oladi.   Xalqaro   munosabatlarning
mazkur   subyektlari   orasida   eng   muhimlari   hukumatlararo   tashkilotlar,   transmilliy
korporasiyalar,   xalqaro   nohukumat   tashkilotlar   hisoblanadi.   «Yashillar»,
«muqobillar», antiglobalistlar kabi ijtimoiy harakatlar ham keng dovruq qozondi. 
G loballashuv ning   se rqirra ligi   madaniyat,   xalqaro   munosabatlar   va   xalqaro
huquq   sohasida   jiddiy   tarkibiy   o’zgarishlar   yasash   bilan   bir   qatorda   axloq,   xulq-
atvor   me’yorlari,   qadriyatlarga   munosabat   va   mo’ljallarda   ham   muhim
o’zgarishlarga   kuchli   ehtiyojni   yuzaga   keltirdi.   Mutlaqo   yangi   hodisa   –   jahon
jamoatchilik   fikri   yuzaga   keldi   va   sayyoramizda   o’zini   jahon   fuqarosi   deb
hisoblovchi odamlar soni ko’paydi. 
Jahon   hamjamiyati   yangi   ming   yillik   chegarasidan   o’tib,   o’z   tarixiy
rivojlanishining   butunlay   yangi   bosqichiga   qadam   qo’ydi.   Bu   bosqich   jahon
ijtimoiy-siyosiy,   iqtisodiy   va   ma’naviy   aloqalarining   tarqoqligi   va
parokandaligidan ularning birligi, yaxlitligi, yagonaligi va globalligiga o’tish bilan
tavsiflanadi. 
Global   muammolar   globallashuvning   oqibati   sifatida.   Ko’rib   chiqilgan
globallashuv   jarayonlari   odamlarga   yangi   g’am-tashvishlar   va   ijtimoiy   hayotning
internasionallashuvidan   kelib   chiqadigan   yangi   (global)   muammolar   keltirdi.
Yuqorida qayd etib o’tilganidek, ular ijtimoiy rivojlanishda, shuningdek «jamiyat-
tabiat»   tizimida   uzoq   vaqt   mobaynida   yuz   bergan   miqdor   va   sifat   o’zgarishlari
mahsuli bo’ldi. 
Shuni   ta’kidlash   lozimki,   jahon   hamjamiyati   nafaqat   yanada   rang-barang,
balki   avvalgidan   ham   ziddiyatliroq   shakl-shamoyil   kasb   etgani   bilan
tavsiflanadigan hozirgi vaziyat tarixda hyech qachon bo’lmagan edi. 
Bir   tomondan,   u   bir-biriga   o’xshamaydigan,   katta   va   kichik,   rivojlangan   va
qoloq,   tinchliksevar   va   urushqoq,   yosh   va   qadimgi   ko’p   sonli   madaniyatlar,
millatlar   va   davlatlardan   iborat.   Boshqa   tomondan   esa,   insoniyat   uchinchi   ming yillikka   yagona   organizm   sifatida,   bir   «umumiy   uy»,   aniqroq   aytganda,   yashash
sharoitlari  nafaqat  tabiiy ko’rsatkichlar, ya’ni yashash uchun yaroqli hudud bilan,
balki hayot faoliyati uchun zarur resurslar mavjudligi bilan ham chegaralangan Yer
deb   atalmish   katta   va   odamga   to’lib   ketgan   «kommunal   kvartira»   aholisi   sifatida
qadam   qo’ydi.   Bu   to’la   anglab   yetish   jarayoni   so’nggi   o’n   yilliklardagina   yuz
bergan va endilikda u bilan barcha mamlakatlar va xalqlar hisoblashishga  majbur
bo’lgan borliqdir. 
Ayni vaqtda shuni ta’kidlash lozimki, global muammolarning paydo bo’lishi
qandaydir   yanglishish,   kimningdir   xatosi   yoki   ijtimoiy-iqtisodiy   va   siyosiy
rivojlanishning ataylab tanlangan strategiyasi natijasi emas. Bu tarix injiqligi yoki
tabiiy   anomaliyalar   mahsuli   ham   emas.   Ushbu   muammolarning   ildizlari   ancha
chuqur   bo’lib,   industrial   jamiyat,   umuman   texnokratik   yo’naltirilgan
madaniyatning   keng   miqyosdagi   inqirozini   yuzaga   keltirgan   hozirgi
sivilizasiyaning vujudga kelish tarixiga borib taqaladi. 
Mazkur   inqiroz   odamlarning   bir-biri   bilan,   jamiyat   va   tabiat   bilan   o’zaro
aloqalarining butun majmuini qamrab oldi va deyarli butun jahon hamjamiyatiga,
rivojlanayotgan   mamlakatlarga   va   rivojlangan   mamlakatlarga   o’z   ta’sirini
ko’rsatdi. Insonning atrof muhitga salbiy ta’siri aynan rivojlangan mamlakatlarda,
asosan   bu   yerda   jadal   sur’atlarda   va   stixiyali   tarzda   rivojlangan   iqtisodiyot   bilan
bog’liq sabablarga ko’ra oldinroq va bo’rtibroq namoyon bo’ldi. 
Ijtimoiy   rivojlanishning   jadallashuvi .   Bunday   rivojlanish ,   avvalo ,   atrof
muhitning  tanazzuliga  olib keldi   va  tez orada  insonning  o’zi   ham  tanazzulga  yuz
tutganini namoyon etdi. Zero inson xulq-atvori, tasavvurlari va fikrlash tarzi uning
atrofida   shitob   bilan   yuz   bera   boshlagan   o’zgarishlarga   muvofiq   o’z   vaqtida
o’zgarishga qodir bo’lmay qoldi. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning jadal sur’atlarda
rivojlanishiga esa insonning o’zi va uning fan va texnika sohasidagi yangi va yangi
yutuqlar bilan ko’p karra kuchaytirilgan izchil o’zgartiruvchi faoliyati sabab bo’ldi.
So’nggi   o’n   yilliklarning   o’zida   fan-texnika   yutuqlari   shitob   bilan   o’sishi
natijasida   jamiyat   ishlab   chiqarish   kuchlarining   rivojlanishida   avvalgi   yuz
yilliklarga  qaraganda  ko’proq o’zgarishlar  yuz  berdi. Bunda  o’zgarishlar  jarayoni o’sib   boruvchi   tezlikda   yuz   berdi   va   ijtimoiy-iqtisodiy   jabhalarda   yanada
chuqurroq va jiddiyroq o’zgarishlar yasadi. Masalan, verbal (og’zaki) muloqotdan
yozuvning   yaratilishiga   qadar   insoniyat   taxminan   uch   million   yilga,   yozuvdan
kitob bosmasi ixtiro qilingunga qadar taxminan besh ming yilga, kitob bosmasidan
telefon, radio, televideniye kabi audiovizual vositalar yaratilgunga qadar taxminan
besh   yuz   yilga   teng   yo’lni   bosib   o’tgan   bo’lsa,   odatdagi   audiovizual   vositalardan
zamonaviy kompyuterlarga o’tish uchun ellik yildan kamroq vaqt talab etildi. Misli
ko’rilmagan   sur’atlarda   –   atigi   10-15   yil   ichida   odamlar   Internet   va   uyali   aloqa
yordamida   muloqot   qilish   uchun   cheksiz   imkoniyatlarni   qo’lga   kiritdilar.   Yangi
ixtirolar   yaratilganidan   ular   amalga   joriy   etilgunga   qadar   o’tadigan   vaqt   ham
yanada qisqardi; ular endi aksariyat hollarda yillar bilan emas, balki oylar va hatto
kunlar   bilan   o’lchanadi.   XX I   asrning   eng   so’nggi   kashfiyotlaridan   biri   bo’lmish
nanotexnologiyalarning (mitti texnologiyalar)yaratilishi insonning barcha sohadagi
imkoniyatlarini   yanada   kengaytirdi.   Jumladan,   bugungi   kunda   sog’likni   saqlash
sohasidagi nanotexnologiyalar yug’ir operasiyalar va ularning salbiy oqibatlarining
oldini   olmoqda.   Xususan   lazer   qaychilari   odam   organizmining   yalliqlangan
joyidagi   yarani   hyech   qanday   qiyinchiliksiz   olib   tashlamoqda.(Burun,   jigar   va
boshqa   organlardagi   o’simta)   2020   yillarda   nanotexnologiyalar   yordamidagi
operasiyalar   yanada   takomillashishi   ko’zda   tutilmoqda,   ya’ni   organizmga   20
mingta   nanorobortlar   inyeksiya   orqali   yuboriladi,   nanorobortlarning   hajmi   bitta
bakteriya   hajmiga   teng,   bu   nanorobortlar   organizmning   qaysi   qismi
yalliqlanganligi   aniqlab   shu   parchani   yo   davolaydi   yoki   kesib   tashlaydi.
Shuningdek   magazinlarda   avtomobil   halokatidan   ogohlantiruvchi,   kiyganda
qaysidir   organning   kasallanganligidan   xabar   beruvchi   nanokuylaklarning   sotilishi
ko’zda   tutilmoqda.   O’tgan   asrlarda   suv   osti   kemalari,   soatiga   ikki   ming
kilometrgacha   ucha   oladigan   avialaynerlar,   kompyuterlar,   suv   osti   tunnellarining
yaratilishiga   insoniyat   ishonmagan   va   ular   yaratilgandan   so’ng   foydalana
boshlagan. Shu bois nanotexnologiyalarnnig imkoniyatlariga ham hozircha shubha
bilan   qarash   mumkin,   lekin   2020   yilga   juda   oz   vaqt   qoldi,   dushman to’pponchasidan   otilgan   o’qni   boshqa   tomonga   yo’naltiruvchi   birinchi   harbiylar
kiyimlari esa yaratildi.
Shunday qilib, atigi ikki-uch yuz yil muqaddam turli millatlar asosan alohida-
alohida   yashagan,   ularning   o’zaro   aloqalari   yaxshi   yo’lga   qo’yilmagan   bo’lsa,
endilikda Yerda nafaqat «oq dog’lar», ya’ni inson oyog’i yetmagan joylar qolmadi,
balki tabiiy holatiga inson bevosita yoki bilvosita ta’sir ko’rsatmagan sof hududlar,
suv va fazo bo’shliqlari ham deyarli mavjud emas. Bularning barchasi endi bizning
sayyoramizni   «umumiy   uy»,   «Koinotdagi   orolcha»,   «qattiq   to’lqinlanayotgan
okeandagi   qayiq»,   «dunyoviy   qishloq»   deb,   barcha   odamlar   uchun   umumiy   tus
olgan  muammolarni   esa   -   olamshumul,   umuminsoniy,   global   deb  nomlash   uchun
asos bo’lmoqda. 
Global   tendensiyalarni   anglashning   ahamiyati .   Jahonda   yuz   berayotgan
o’zgarishlarning  ba’zi  bir   tendensiyalari  olimlar  va   faylasuflar  diqqat  markazidan
bu o’zgarishlar barchaga ravshan bo’lishidan oldinroq o’rin oldi. Masalan, ijtimoiy
rivojlanishga   turli   sivilizasiyalarning   oldinma-ketin   almashishi   sifatida   qaragan
ingliz   tarixchisi   A.Toynbi   (1889-1975)   kompyuter   inqilobidan   ancha   oldin   «XX
asrda   umumjahon   tarixi   boshlandi»   degan   xulosaga   keldi.   Shu   tariqa   tub
o’zgarishlar   nafaqat   jamiyat   qurilishi   negizlarida,   balki   dunyo   miqyosida   yuz
berayotgan   ijtimoiy   jarayonlarning   asosiy   tendensiyalarida   ham   aks   etgani
ta’kidlandi. 
Hozirgi   zamon   nemis   falsafasining   atoqli   namoyandasi   K.Yaspers   (1883-
1969)   bu   xususda   yanada   aniqroq   fikr   bildirdi.   U   1948   yilda   e’lon   qilgan   «Tarix
kurtaklari   va   uning   maqsadi»   asarida,   jumladan,   shunday   deb   yozadi:   «Ilk   bor
olamshumul   ahamiyat   kasb   etgan   bizning   tarixan   yangi   sharoitimiz   Yerda
odamlarning   real   birligidan   iboratdir.   Zamonaviy   aloqa   vositalarining   texnik
imkoniyatlari   sharofati   bilan   sayyoramiz   insonga   to’la   ochiq   bo’lgan   yagona
yaxlitlikka aylandi» 1
.
Bu,   yuqorida   ko’rsatib   o’tilganidek,   tarixiy   o’lchovlarga   ko’ra   jadal
sur’atlarda emas, balki misli ko’rilmagan shitob bilan yuz berdi. Bunda dunyoning
1
 Ясперс К. Смысл и назначение истории. – М., 1991. – С.  141. yagonaligi   tarixiy  taraqqiyotni   belgilovchi   muhim   omilga   aylandi.  Ikkinchi   jahon
urushi   jahon   hamjamiyatining   parokandaligiga   uzil-kesil   chek   qo’ydi.   «Shu
davrdan   e’tiboran   yaxlit   bir   butunning   yagona   tarixi   sifatidagi   jahon   tarixi
boshlanadi, - deb qayd etdi K.Yaspers urush tugagani zahoti. – Endi butun dunyo
asosiy muammo va vazifaga aylandi. Shu tariqa tarixning butunlay o’zgarishi yuz
beradi. Dunyo mamlakatlari va xalqlari tutashdi. Yer kurrasi yaxlit va yagona tus
oldi. Yangi xavflar va imkoniyatlar paydo bo’lmoqda. Barcha muhim muammolar
dunyo miqyosidagi muammolarga, vaziyat – butun insoniyat vaziyatiga aylandi» 2
. 
Borliq,   ong,   hayotning   mazmuni   azaliy   falsafiy   muammolariga   va   falsafada
muttasil   muhokama   qilinadigan   boshqa   masalalarga   hozirgi   davr   shu   tariqa
ilgari hyech qachon mavjud bo’lmagan, mutlaqo yangi mavzu – insoniyatning
yagona taqdiri va Yerdagi hayotni saqlash  mavzusini qo’shimcha qildi. 
XX   asrda   fan   va   texnika   sohasidagi   aqlni   lol   qoldiradigan   natijalar   ta’sirida
ilk   texnokratik   ijtimoiy   nazariyalar   paydo   bo’ldi.   Shulardan   birining   muallifi   –
amerikalik   iqtisodchi   va   sosiolog   T.Veblen   jamiyatning   rivojlanishida   sanoat
ishlab   chiqarishi   va   texnika   taraqqiyotining   yetakchi   rolini   birinchilardan   bo’lib
falsafiy jihatdan asoslab berdi. Uning fikricha, hozirgi zamon davlati muhandislar
va   texniklar   tomonidan   boshqarilishi   lozim,   chunki   ishlab   chiqarishni   jamiyat
manfaatlarida   rivojlantirish   (bu   g’oya   T.Veblen   texnokratik   nazariyasining
mag’zini  tashkil  etadi) faqat ularning qo’lidan keladi va siyosiy hokimiyat  ularga
ayni shu maqsadni ro’yobga chiqarish uchun kerak. 
Shu   davrda   yangi   tendensiyalarga   nisbatan   boshqacha   munosabatni   ilgari
suruvchi   yondashuvlar   ham   paydo   bo’ldi.   Xususan,   biz   tabiat   bilan   jamiyatning
o’zaro   munosabati   muammolarini   anglab   yetishda   V.I.Vernadskiyning   roli   va   u
noosferani yaxlit umumbashariy hodisa sifatida tushunishi haqida to’xtalib o’tdik.
Shunga   o’xshash   fikrlarni   taniqli   fransuz   faylasufi,   teolog   P.Teyyar   de   Sharden
ham   ilgari   suradi.   Biosferaning   tarkibiy   qismi   sifatida   insonning   betakrorligini
asoslashga   harakat   qilar   ekan,   u   insonning   tabiat   bilan   munosabatlarini
2
 Там же,  – С.  14 2 uyg’unlashtirish   konsepsiyasini   rivojlantirdi   va   butun   insoniyatning   birlashishi
yo’lida egoistik niyatlardan voz kechishga chaqirdi 3
. 
Shunday qilib, faylasuflar va olimlar XX asrning birinchi yarmidayoq nafaqat
yangi   davr   –   umumbashariy   hodisalar   davri   boshlanayotganini,   balki   bu   yangi
sharoitlarda   odamlar   tabiiy   va   ijtimoiy   stixiyaga   faqat   bahamjihat   qarshilik
ko’rsata olishi mumkinligini ham anglab yetdilar. 
Texnooptimizm.  Ammo qayd etilgan qarashlar 60-yillarning boshlariga kelib
texnokratik kayfiyatlarning yangi to’lqini bilan chetga surib qo’yildi va qariyb ikki
o’n   yillik   mobaynida   ommaviy   ongga   o’z   ta’sirini   yo’qotdi.   Bunga   urushdan
keyingi   davrda   jahonning   deyarli   barcha   iqtisodiy   rivojlangan   mamlakatlarini
qamrab   olgan   sanoat   yuksalishi   sabab   bo’ldi.   50-60-yillarda   ijtimoiy   taraqqiyot
istiqbollari G’arbda ham, Sharqda ham aksariyat mamlakatlar uchun porloq bo’lib
tuyular edi. Ijtimoiy ongda har qanday dunyoviy va hatto koinot muammolarini fan
va   texnika   yordamida   hal   qilish   mumkin   degan   illyuziyani   yaratgan
texnooptimistik   kayfiyat lar   kuchaydi.   Bunday   qarashlar   «iste’mol   jamiyati»ni
ijtimoiy   rivojlanish   maqsadi   deb   e’lon   qilgan   ko’p   sonli   nazariyalarda   o’z   aksini
topdi.   Ayni shu davrda «industrial», «postindustrial», «texnotron», «informasion»
jamiyatlarning turli konsepsiyalarini yaratish ustida faol ish olib borildi. 
1957 yilda taniqli iqtisodchi va sosiolog J.Gelbreyt «Serobgarchilik jamiyati»
kitobini   e’lon   qildi   va   uning   asosiy   g’oyalarini   keyinchalik   o’zining   «Yangi
industrial   jamiyat»   deb   nomlangan   boshqa   asarida   rivojlantirdi.   Uning   asarlarida
inson fan va texnika sohasida erishayotgan yutuqlarga yuksak va faqat ijobiy baho
beriladi,   mazkur   yutuqlar   ta’sirida   jamiyat   iqtisodiy   va   ijtimoiy   tuzilmalarida
chuqur o’zgarishlar yuz berayotganiga e’tibor qaratiladi. 
Taniqli   fransuz   faylasufi   R.Aron   asarlarida,   shuningdek,   uning   1956-1959
yillarda Sorbonna universitetida o’qilgan ma’ruzalarida, amerikalik siyosatshunos
U.Rostouning  1960  yilda  chop  etilgan va  o’z davrida  shov-shuvga  sabab  bo’lgan
«Iqtisodiy   o’sish   bosqichlari.   Nokommunistik   manifest»   kitobida   «industrial
jamiyat» nazariyasi yanada to’laroq asoslab berildi. 
3
  Қ аранг: П.Т. де Шарден. Феномен человека. – М., 1987. –  С. 194 Bu   olimlar   fikriga   ko’ra,   fan-texnika   inqilobi   ta’sirida   «odatdagi»   agrar
jamiyat o’rnini sanoat jihatidan taraqqiy etgan «industrial» jamiyat egallaydi va bu
yerda   bozor   sharoitida   ommaviy   ishlab   chiqarish   birinchi   o’ringa   chiqadi.
Sanoatning   rivojlanish   va   texnika   yutuqlaridan   foydalanish   darajasi   bunday
jamiyat progressivligining bosh mezonlariga aylanadi. 
Jamiyat   hayotining   barcha   jabhalariga   kompyuterlarning   keng   joriy   etilishi
yangi   nazariyalar,   chunonchi:   «postindustrial»,   «informasion»   (D.Bell,   G.Kan,
J.Furastye,   A.Turen),   «texnotron»   (Z.Bjezinskiy,   J.J.Servan-Shrayber),   «o’ta
industrial», «kompyuter» (A.Toffler) jamiyati nazariyalari yuzaga kelishiga sabab
bo’ldi.   Ularda   ijtimoiy   taraqqiyotning   asosiy   mezoni   sifatida   texnika   yutuqlari,
aniqrog’i   faqatgina   ular   emas,   balki   fan   va   ta’limning   rivojlanishi   amal   qiladi.
Kompyuter   texnikasi   negizida   yaratilgan   yangi   texnologiyalarning   amalga   joriy
etilishi taraqqiyotning muhim mezoni hisoblanadi. 
Amerikalik   taniqli   faylasuf   va   sosiolog   D.Bell   bo’lg’usi   ijtimoiy   qurilish
shakl-shamoyillarini   belgilar   ekan,   hali   Internet   paydo   bo’lishidan   ancha   oldin
shunday   degan   edi:   «Shunga   ishonchim   komilki,   axborot   va   nazariy   bilim
postindustrial   jamiyatning   strategik   resurslaridir.   Bundan   tashqari,   o’zining   yangi
rolida ular hozirgi tarixning tub burilish nuqtalaridir» 4
. 
D.Bell   birinchi   burilish   nuqtasi   sifatida   hozirgi   jamiyatda   «umumiy   bilim»
sifatida asosiy ishlab chiqaruvchi kuchga aylangan fan xususiyatining o’zgarishini
qayd   etadi.   Ikkinchi   burilish   nuqtasi   yangi   texnologiyalar   paydo   bo’lishi   bilan
bog’liq   bo’lib,   ular,   sanoat   inqilobi   davri   texnologiyalaridan   farqli   o’laroq,   o’ta
moslashuvchan   va   osongina   qayta   ixtisoslashtirilishi   mumkin.   U   «Hozirgi
texnologiya   betakror   va   ayni   vaqtda   rang-barang   natijalarga   erishish   uchun   ko’p
sonli   muqobil   yo’llar   ochadi,   bunda   moddiy   ne’matlar   ishlab   chiqarish   mislsiz
darajada  o’sadi.   Bular   –  imkoniyatlar,  hamma   gap   ularni   ro’yobga  chiqarishda» 5
,
deb qayd etgan edi .  
4
  Белл Д. Социальные рамки  информационного общества / Новая  технократическая волна на Западе.  – М.,
1986. –  С. 342
5
  Белл Д. Социальные рамки  информационного общества / Новая  технократическая волна на Западе.  – М.,
1986. –  С. 342 Texnopessimizm.   Ko’rib   chiqilayotgan   nazariyalarning   ayrim   tarafdorlari
fan-texnika   inqilobining   salbiy   oqibatlariga,   xususan   atrof   muhitning   ifloslanishi
muammolariga   ma’lum   darajada   e’tibor   bergan   bo’lsalar-da,   lekin,   umuman
olganda,   ularning   hyech   biri   bundan   1980-yillarning   o’rtalarigacha   jiddiy
tashvishga   tushmadi.   Chunki,   f an-texnika   taraqqiyoti   hamma   narsaga   qodir
ekanligiga  ishonch  haddan tashqari katta edi. 
Ayni   vaqtda   1960-yillarning   oxirlaridan   ekologik   qiyinchiliklardan   tashqari
aksariyat davlatlar va hatto qit’alarga tahdid solgan boshqa muammolar: aholining
nazoratsiz   o’sishi,   turli   mamlakatlar   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanish   darajasining
notekisligi,   xom   ashyo   resurslari   va   oziq-ovqat   mahsulotlari   bilan   ta’minlash   va
boshqalar tobora bo’rtibroq namoyon bo’la boshladi. Tez orada ular fan va falsafa
diqqat markazidan o’rin olib, qizg’in bahs va munozaralar predmetiga aylandi. 
Ko’rsatilgan   muammolarni   falsafiy   tahlil   qilish   borasidagi   dastlabki
urinishlarning   o’ziyoq   texnokratik   tendensiyalarga   zid   bo’lgan,   keyinchalik
« texnologik pessimizm » deb nomlangan qarashlarni namoyon etdi. Asosiy e’tibor
inson   faoliyatining   salbiy   oqibatlari   va   atrof   muhit   muammolariga   qaratilgan,
ularni   yechish   imkoniyatlari   salbiy   tusda   ko’rilgan   holda,   bunday   qarashlar
« ekopessimizm » deb ataladi. 
Ko’pgina   taniqli   olimlar   va   faylasuflar,   xususan   G.Markuze,   T.Rozzak,
P.Gudmen va boshqalar o’z o’tmishdoshlarini shafqatsiz ssiyentizmda 6
, insonni fan
va   texnika   quliga   aylantirishga   urinishda   ayblab,   fan-texnika   taraqqiyotiga   qarshi
chiqdilar.   Fan-texnika   taraqqiyotiga   va   umuman   ijtimoiy   taraqqiyotga   qarshi
norozilikning   yangi   to’lqini   yuzaga   kela   boshladi.   Bu   to’lqin   ta’sirida   paydo
bo’lgan   g’oyalar   «aksiliste’mol»   jamiyatini   asoslashga   harakat   qilar   va   «o’rtacha
odam»ni   ozginaga   qanoat   qilish   lozimligiga   ishontirishga   qaratilgan   edi.   Global
muammolar   paydo   bo’lishining   aybdorini   topishga   urinish   jarayonida   asosiy   ayb
«zamonaviy   texnologiya»ga   qo’yildi.   Nafaqat   fan   yutuqlari,   balki   taraqqiyot
g’oyasi   ham   shubha   ostiga   olin di.   O’z   davrida   J.J.Russo   ilgari   surgan   «tabiat
6
 Сциентизм (ингл.  science  – фан) – фаннинг жамият  ҳ аётидаги ролини мутла қ лаштирувчи концепция bag’riga   qaytish»ga   chorlovlar   paydo   bo’ldi,   iqtisodiy   rivojlanishni   erishilgan
darajada «to’xtatish» taklif qilindi. 
Rim   klubi.   Yuqorida   qayd   etilgan   qarashlardagi   tub   burilish   asosan   Rim
klubi   faoliyati   ta’sirida   yuz   berdi.   1968   yil   Rimda   o’zining   birinchi   majlisiga
yig’ilgan olimlar, faylasuflar va jamoat arboblarining bu nufuzli xalqaro tashkiloti
hozirgi   davrning   eng   muhim   umuminsoniy   muammolari   bo’yicha   ma’ruzalar
tayyorlash  va  e’lon  qilishni  o’z  oldiga  vazifa  qilib  qo’ydi.  Bu  tashkilotning   1972
yilda   e’lon   qilingan   «O’sish   chegaralari»   deb   nomlangan   birinchi   ma’ruzasiyoq
juda   katta   shov-shuvga   sabab   bo’ldi,   chunki   insoniyat   o’zi   anglamagan   holda
«poroxli   bochka   ustida   o’tirib,   gugurt   o’ynayotgani»ni   ko’rsatib   berdi.   Rim
klubining   asoschisi   va   birinchi   prezidenti   Aurelli   Pechchei   mazkur   tadqiqotga
yozgan   so’zboshisida   shunday   deb   qayd   etgan   edi:   «Endilikda   ona-Yerimiz   har
qanday   o’sish   sur’atlariga   dosh   berishga,   insonning   har   qanday   erkaliklarini
ko’tarishga   qodir   ekanligiga   sog’lom   fikrlaydigan   odamlarning   birortasi   ham
ishonmaydi.   O’sish   chegaralari   borligi   ravshan,   lekin   ularning   qandayligi   va
qayerdaligini hali aniqlash lozim» 7
. 
Mazkur   ma’ruza   mualliflari   shunday   aniqlash   bilan   shug’ullandilar.   Olingan
natijalarning   muxtasar   mazmuni   shundan   iborat   ediki,   sayyoramiz   hajmining
chegaralari   muqarrar   tarzda   inson   ekspansiyasining   chegaralarini   ham   nazarda
tutadi;   moddiy   o’sish   cheksiz   darajada   davom   etishi   mumkin   emas;   ijtimoiy
rivojlanishning   haqiqiy   chegaralari   moddiy   omillar   bilan   emas,   balki   ekologik,
biologik va hatto madaniy omillar bilan belgilanadi. Ular jahon rivojlanishi asosiy
tendensiyalarining   kompyuter   modelini   tuzib,   mazkur   tendensiyalar   saqlangan
holda   uchinchi   ming   yillik   boshidayoq   insoniyat   voqyealar   ustidan   nazoratni
butunlay   yo’qotishi   va   natijada   halokatga   yuz   tutishi   mumkin,   degan   to’xtamga
keldilar.   Bundan   ishlab   chiqarishning   o’sishini   to’xtatish,   tobora   ko’payib
borayotgan   aholi   sonini   esa   tegishli   ijtimoiy   siyosat   yordamida   barqarorlashtirish
lozim, degan xulosaga kelindi. 
7
 Печчеи А. Человеческие качества. – М., 1980. –  С. 123, 124. Ma’ruza jahonning ko’plab tillariga o’girildi va dunyo bo’ylab keng tarqaldi,
ishlab   chiqarishning   o’sishini   to’xtatish   g’oyasi   tarafdorlari   va   muxoliflari
o’rtasida qizg’in bahs-munozaralarga sabab bo’ldi. So’ngra navbatdagi ma’ruzalar
majmui   (bugungi   kunda   ular   yigirmatadan   oshib   ketdi)   paydo   bo’ldi.   Bu
ma’ruzalar   umuminsoniy   muammolarning   ko’pgina   jihatlarini   yoritib   berdi   va
ularga   nafaqat   olimlar   va   faylasuflar,   balki   siyosatchilar,   jamoat   arboblari,
umuman jahon hamjamiyati e’tiborini qaratdi. 
Global   muammolarni   yechishda   falsafaning   roli .   Og’ir   va   murakkab
vazifalarni   yechishda   insonga   fan   doim   yordam   bergan .   Bir   paytlar   erishib
bo’lmaydigan,   inson   imkoniyatlari   darajasidan   tashqarida   bo’lib   tuyulgan
narsalarning aksariyatiga aynan fan yordamida erishilgan. Ayni shu sababli global
muammolar  xavf  solayotgani  haqidagi  ilk ogohlantirishlarning o’ziyoq odamlarni
fanga   o’z   e’tiborini   qaratishga,   olimlarni   esa   bu   muammolarni   yechish   yo’llarini
izlashga majbur qildi. 
Yuzaga   kelgan   vaziyatning   o’ziga   xosligi   va   yangiligi   shundan   iboratki,   har
qanday muayyan muammolarni ayrim fan yoki bir necha fanlar majmui doirasida
o’rganish   mumkin   bo’lsa,   inson,   jamiyat   va   tabiatni   ularning   ko’p   sonli   o’zaro
aloqalari   va   o’zaro   bog’liqliklarida   qamrab   oluvchi   murakkab   tizimdan   iborat
global   muammolarni   tadqiq   etishga   ayrim   fanlar   qodir   emas.   Zero   o’z   tadqiqoti
obyekti   –   u   yoki   bu   ayrim   muammoni   boshqa   global   muammolar   kontekstida
talqin qilishga muayyan fanlar doirasi torlik qiladi. Shu sababli u yoki bu fan qaysi
muayyan   vazifalarni   yechishidan   qat’iy   nazar,   ular   bilan   bog’liq   jarayonlar   va
hodisalarga, ya’ni butun vaziyatga, shu jumladan oxir-oqibatda olingan natijalarga
nisbatan falsafiy yondashuv doimo tadqiqotning zaruriy sharti hisoblanadi. 
Har qanday ayrim fanlar muayyan bosqichda o’z tadqiqot predmetini falsafiy
jihatdan   anglab   yetishga   u   yoki   bu   darajada   muhtoj   bo’ladi.   Muayyan   fan
predmetiga   va   insoniyat   oldida   turgan   muammolarga   nisbatan   bunday   keng
yondashuvsiz   fundamental   kashfiyotlar   qilish   ham,   umuman   fanning   rivojlanishi
ham mumkin emas.  Shunday   qilib,   ayni   holda,   bir   tomondan,   masalalarning   falsafiy   yechimi
to’g’risida,   boshqa   tomondan   esa   –   falsafa   fanlarning   keng   doirasi   o’zaro   aloqa
qilishini  rag’batlantirishi,  bunda  ularning  fanlararo  birlashuvi  muhim  o’rin  tutishi
to’g’risida so’z yuritiladi. 
Garchi   falsafa   odamlarning   kundalik   hayoti   va   amaliyotidan   ancha   uzoqda
bo’lgan haddan tashqari umumiy masalalarni o’rganadi, degan fikr mavjud bo’lsa-
da, u (falsafa) global muammolarni yechishda muhim rol o’ynaydi. Zero ,  umumiy
nazariyalar   ba’zan   bilimning   aksariyat   muayyan   sohalariga   qaraganda   ko’proq
samara berishi mumkinligi yaxshi ma’lum. 
Albatta,   falsafa   siyosiy   va   boshqa   qarorlar   qabul   qilish   jarayoniga   muqarrar
tarzda va bevosita ta’sir ko’rsatadi, deb aytish uncha o’rinli bo’lmaydi. Zero ,  uning
bosh   vazifasi   dunyoqarashni   shakllantirish   va   shu   tariqa   amaliy   qarorlar   ishlab
chiqish   jarayoniga   bilvosita   ta’sir   ko’rsatishdan   iborat.   Uning   vazifasi   global
muammolarning tabiiy-ilmiy va texnikaviy jihatlarini bevosita o’rganishdan emas,
balki   boshqa   fanlar   taklif   qiladigan   tegishli   yechimlarning   falsafiy,   metodologik,
madaniy va axloqiy negizini ta’minlashdan iborat. 
Falsafiy   tadqiqot   muayyan   fanlarning   mazkur   sohadagi   yutuqlariga   tayanib,
masalaning   ayrim   jihatlarini   mavhumlashtiradi   va   global   muammolarni   ular   bir-
birini qay darajada taqozo etishi nuqtai nazaridan o’rganadi. Boshqacha aytganda,
falsafiy   yondashuv   global   muammolarni   ularning   ijtimoiy   ahamiyati   va   ijtimoiy
belgilanganligi nuqtai nazaridan yaxlit o’rganishni nazarda tutadi. Bunday tadqiqot
avvalo   global   muammolarning   mohiyatini   aniqlashni   nazarda   tutadi,   chunki
ularning   asl   tabiati   va   genezisini   aniqlash   bu   muammolarning   ilmiy   va   amaliy
yechimini topish yo’llarini ko’p jihatdan belgilab beradi. 
Global   muammolarni   falsafiy   anglab   yetishning   o’ziga   xos   xususiyatlarini
tavsiflar   ekanmiz,   falsafaning   asosiy   funksiyalaridan   kelib   chiqadigan   va
bilishning shu shakligagina xos bo’lgan xususiyatlarni qayd etib o’tamiz. 
Birinchidan,   falsafa,   dunyoqarashni   shakllantirar   ekan,   inson   faoliyati
yo’nalishini   ko’p   jihatdan   belgilaydigan   muayyan   mo’ljallar   beradi.   Shu   tariqa falsafa   o’zining   dunyoqarashni   shakllantirish   va   aksiologik   funksiyalarini
bajaradi. 
Ikkinchidan ,   turli   fanlar   doirasida   o’rganiladigan   murakkab   tizimlar   haqida
yaxlit   tasavvur   mavjud   emasligi   bu   fanlarning   o’zaro   hamkorligi   yo’lida   jiddiy
to’siq   hisoblanadi.   Shu   ma’noda   falsafaning   mazkur   fan   doirasida   yuzaga
keladigan nazariyalarni umumlashtiruvchi  metodologik  funksiyasi ayniqsa muhim
ahamiyat kasb etadi, chunki ilmiy bilimning integrasiyalashuviga ko’maklashadi. 
Uchinchidan ,   falsafa   ijtimoiy   hodisalar   va   jarayonlarni   tarixiy   kontekstda
tushuntirish   imkonini   beradi.   U   jamiyat   va   tabiat   rivojlanishining   umumiy
qonunlarini   ta’riflaydi   va   shu   sababli   global   muammolarni   o’rganishda   ularni
ijtimoiy taraqqiyot bilan uzviy bog’liq bo’lgan qonuniy hodisa sifatida tushunishga
yo’l ko’rsatadi. Shunday qilib, global muammolarning paydo bo’lishi tasodif yoki
insoniyatni   halokatga   oldindan   mahkum   etuvchi   taqdirning   hukmi   sifatida   emas,
balki qarama-qarshiliklarga to’la insoniyat tarixi obyektiv rivojlanish jarayonining
mahsuli sifatida qaraladi. 
To’rtinchidan,   falsafa   global   muammolar   rivojlanishining   umumiy
tendensiyasini, ularning o’zaro aloqasi va bir-birini taqozo etish darajasini falsafiy
nuqtai nazardan anglab yetish imkonini beradi. 
Beshinchidan,   falsafa   nazariy   fikrlash   madaniyatini   rivojlantirish   uchun
imkoniyat   yaratish   orqali   ma’naviy   -   madaniy   funksiyani   bajaradi.   Turli
xalqlarning   falsafa   tarixini   o’rganish ,   ularning   madaniyati   bilan   ham   tanishish
imkonini   beradi.   Muayyan   xalqlar   oldida   turgan   muammolarning   birortasini   ham
ularning madaniyatiga bog’lamasdan yechish mumkin emas. 
Oltinchidan,   global muammolarga oid ilmiy axborotning shiddat bilan o’sib
borayotgan   oqimida   yanada   aniqroq   mo’ljal   olish   imkoniyati   tabiiy-tarixiy
jarayonni yaxlit ko’rish va uni talqin qilishga nisbatan dialektik yondashuv mahsuli
hisoblanadi. 
Yettinchidan,   falsafa   inson   hayotining   mazmuni,   o’lim   va   umrboqiylik
masalalarini   kun   tartibiga   qo’yadiki,   bu   insoniyatga   global   muammolar   tahdid
solayotgan sharoitda ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi.  Nihoyat,   falsafaning   yana   bir   muhim   metodologik   funksiyasi   shundan
iboratki,   u   insoniyatning   hozirgi   muhim   muammolari   bilan   bevosita   bog’liq
bo’lgan   va   bashariyat   rivojlanishining   obyektiv   tendensiyalarini   tushunish   va
anglab   yetishda   ulkan   rol   o’ynaydigan   «tabiat»,   «jamiyat»,   «sivilizasiya»,
«ijtimoiy   taraqqiyot»,   «fan-texnika   inqilobi»   kabi   boshqa   kategoriyalarni   ishlab
chiqadi. 
Hozirgi   davrning   global   muammolarini   o’rganishga   nisbatan   falsafiy
yondashuv   haqida   muayyan   tasavvur   hosil   qilgach,   endi   globallashuv   jarayonlari
kuchayishiga qarab ahamiyati oshib borayotgan muammolarning o’zini shu nuqtai
nazardan ko’rib chiqamiz. 
Global  muammolarning mohiyati . «Hozirgi davrning global muammolari»
tushunchasi   1960-yillar   oxiri   –   1970-yillarning   boshlarida   keng   tarqaldi   va
shundan   beri   ilmiy   va   siyosiy   muomala(leksikon)   hamda   ommaviy   ongdan
mustahkam   o’rin   oldi.   Aksariyat   hollarda   u   global   sanalmagan   voqyealar   va
hodisalarga nisbatan qo’llaniladigan atama sifatida ishlatiladi. Bunday holga milliy
va   umumbashariy   ahamiyatga   molik   voqyealar   tenglashtirilganida,   masalan,
muayyan   bir   mamlakatning   ijtimoiy   muammolarini   nazarda   tutib,   ular   «global»
deb nomlangan holda duch kelish mumkin. 
Falsafada   bu   vazifani   yechish   uchun   tegishli   mezonlar   belgilangan   bo’lib,
ularga   muvofiq   u   yoki   bu   muammo   global   deb   belgilanadi   va   shu   tariqa   bunday
xususiyatga ega bo’lmagan boshqa ko’p sonli muammolardan farqlanadi. 
Etimologik   jihatdan   «global»   atamasi,   «globallashuv»   atamasi   kabi,   yer
kurrasi   bilan   bog’liq.   Ayni   shu   sababli   butun   insoniyat   manfaatlariga   daxldor
muammolarni   ham,   dunyoning   turli   nuqtalaridagi   har   bir   ayrim   insonga   tegishli
bo’lgan, ya’ni umuminsoniy xususiyat  kasb etadigan muammolarni ham «global»
deb   nomlash   odat   tusini   olgan.   Ular   jahon   iqtisodiy   va   ijtimoiy   rivojlanishining
muhim obyektiv omili sifatida ayrim mamlakatlar va mintaqalarning rivojlanishiga
sezilarli   darajada   ta’sir   ko’rsatadi.   Ularni   yechish   aksariyat   davlatlar   va
tashkilotlarning   kuch-g’ayratini   xalqaro   darajada   birlashtirishni   nazarda   tutadi. Ayni   vaqtda   global   muammolarning   yechilmay   qolishi   butun   insoniyat   kelajagi
uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. 
Muammolarning   turli   darajalari .   Global   muammolar   butun   dunyogagina
tegishli   bo’lmay,   uning   mintaqalari   va   hatto   ayrim   mamlakatlar   darajasida
namoyon bo’lgani bois, ilmiy adabiyotlarda ularning umuminsoniy ahamiyatini tan
olish bilan bir qatorda, ularni  mohiyati  o’zgacha,  ta’sir  doirasi  esa  torroq bo’lgan
ayrim, mahalliy, mintaqaviy muammolardan farqlash ham amalga oshiriladi. Turli
darajadagi   muammolarni   «umumiylik»,   «xususiylik»   va   «yakkalik»   falsafiy
kategoriyalarining   muayyan   ifodasi   sifatida   o’rganar   ekanlar,   ularni   odatda
shunday   talqin   qiladilarki,   xususiy   muammolar   ayrim   muammolar   sifatida,
mahalliy   va   mintaqaviy   muammolar   –   xususiy   muammolar   sifatida,   global
muammolar   esa   –   umumiy   muammolar   sifatida   amal   qiladi.   Zikr   etilgan
muammolarni farqlash zamirida yotuvchi asosiy mezon ham ayni shu yondashuvni
belgilaydi.   U   geografik   deb   ataladi,   chunki   makon   omilini   yoki,   boshqacha
aytganda, muayyan muammolar mavjud hududni aks ettiradi. 
X ususiy   muammolar   davlat   faoliyatining   muayyan   jabhasiga,   ayrim   aholi
yashaydigan   punktlarga   yoki   kichik   tabiiy   obyektlarga   tegishli   bo’lgan
muammolar dir .   Bular,   odatda,   turli   avariyalar,   nosozliklar   natijasida   yuzaga
keladigan har xil muammolar, mahalliy ijtimoiy konfliktlar va sh.k. 
Mahalliy   muammolar   tushunchasi   yuqoriroq   darajadagi   muammolarga,
aniqroq   aytganda,   ayrim   mamlakatlarga   yoki   yirik   mamlakatlarning   ancha   katta
hududlariga tegishli bo’lgan muammolarga nisbatan tatbiq etiladi. Bu yerda odatda
kuchli   zilzilalar,   yirik   suv   toshqinlari   yoki,   masalan,   kichik   davlatdagi   fuqarolar
urushi nazarda tutiladi.  
Milliy muammolar  tushunchasi ijtimoiy-siyosiy va ilmiy muomalada ba’zan
muayyan   davlat   yoki   milliy   hamjamiyatning   ma’lum   qiyinchiliklari,   g’am-
tashvishlarini aks ettiradi. Miqyos darajasiga qarab ular mintaqaviy yoki mahalliy
muammolar sifatida talqin qilinishi mumkin. 
Mintaqaviy   muammolar   ayrim   qit’alar,   dunyoning   yirik   ijtimoiy-iqtisodiy
hududlari yoki ancha yirik davlatlarda yuzaga keladigan muhim masalalar doirasini qamrab oladi. Bunday muammolarga Sharqiy Yevropaning bir necha mamlakatlari
hududi   radioaktiv   zaharlanishiga   olib   kelgan   Chernobil   fojiasi   yoki   bir   qator
davlatlarni qamrab oluvchi ancha katta hududlarda yuz bergan iqlim o’zgarishlari
misol   bo’lishi   mumkin.   Masalan,   1968   yilda   Saxel   mintaqasida   yuz   bergan
qurg’oqchilik   «asr   falokati»   degan   nom   oldi.   U   Afrika   qit’asining   18   davlatini
qamrab oldi, bunda ocharchilik natijasida 250 mingdan ko’proq odam halok bo’ldi,
taxminan   18   million   bosh   qoramol   nobud   bo’ldi,   xavfli   kasalliklarning
epidemiyalari   yuzaga   keldi,   bu   ulkan   mintaqa   hududi   esa   deyarli   to’la   sahroga
aylandi. 
Global   muammolar   butun   yer   kurrasini,   uning   nafaqat   odamlar   bevosita
yashaydigan qismini, balki Yerning qolgan yuzasi, yer osti bo’shliqlari, atmosfera,
gidrosfera va hatto inson faoliyati doirasiga kiruvchi kosmik fazoni qamrab olishi
bilan izohlanadi. 
Shunday   qilib,   global   muammolar   to’g’risida   so’z   yuritilgan   holda   butun
sayyora nazarda tutiladi, uning eng yirik tarkibiy birligi sifatida esa mintaqa qabul
qilinadi.   Bunda   mintaqalar   soni   va   ularning   miqyosi   ko’rib   chiqilayotgan
muammolar   xususiyati   bilan   belgilanadi.   Masalan,   dunyo   miqyosidagi   iqtisodiy
qoloqlik   muammosini   tadqiq   etishda   odatda   butun   sayyorani   ikki   mintaqa   –
rivojlangan   va   rivojlanayotgan   mamlakatlarga   ajratish   bilan   kifoyalaniladi.
Demografik,   energetik   muammolar   yoki   xom   ashyo   muammolarini   o’rganishda
esa,   mintaqalar   soni,   ko’payadi   va   har   safar   tadqiqotning   muayyan   maqsadlari
bilan belgilanadi. 
Bunda   shuni   qayd   etish   lozimki,   har   qanday   muammo   sayyoraning   istalgan
mintaqasiga nisbatan muhim sanalgan, ya’ni ularning har birida namoyon bo’lgan
holdagina   global   deb   hisoblanishi   mumkin.   Aks   holda   bir   yoki   bir   necha
mintaqalarning muammolari (yoki bundan ham kichikroq miqyosdagi muammolar)
to’g’risida so’z yuritiladi. 
Bundan   barcha   global   muammolar   ayni   vaqtda   mintaqaviy   ahamiyat   ham
kasb   etadi,   lekin   mintaqaviy   darajada   aniqlangan   barcha   muammolar   ham   global
bo’lavermaydi,   degan   xulosa   kelib   chiqadi.   O’z-o’zidan   ravshanki,   global muammolar   soni   kamroq   bo’ladi.   Boshqa   darajalarga   kelsak,   global   muammolar
bevosita   mahalliy   yoki   xususiy   ko’rinishga   ega   bo’lmasligi   yoki   bu   yerda   uncha
sezilmasligi mumkin. 
Masalan, Antarktidada yoki sayyoramizning atrof muhit ifloslanadigan asosiy
markazlari   va   manbalaridan   ancha   uzoqda   joylashgan   boshqa   burchaklarida   havo
yoki   suv   havzalarining   holati   qoniqarli   bo’lishi,   tabiiy   muhitga   antropogen   ta’sir
esa   deyarli   sezilmasligi   mumkin.   Shunga   qaramay   bu   keskinlik   darajasi   tabiiy
muhitga   antropogen   ta’sirning   notekisligiga   bog’liq   bo’ladigan   ekologik
muammoning   global   xususiyatiga   shak-shubha   tug’dirmaydi.   O’z   navbatida,
barcha   mahalliy   yoki   xususiy   muammolar   global   muammolar   bilan
bog’lanavermaydi, zero ularning soni taqqoslab bo’lmaydigan darajada ko’proqdir.
Keltirilgan mulohaza global va mintaqaviy muammolarni nafaqat ilmiy balki,
amaliy   jihatdan   ham   farqlash   imkonini   beradi,   chunki   barcha   global   muammolar
o’z   miqyosida   o’zgarmaydigan   yagona   tizim   –   butun   sayyoraga   tegishlidir.   Shu
sababli   mazkur   tizim   uchun   ularning   soni   ma’lum   tarixiy   bosqichda   muayyan
hisoblanadi.   Ayni   vaqtda   boshqa   darajadagi   muammolar   sonining   aniq   hisobini
yuritish   mumkin   emas,   zero   mintaqalarning   va   turli   hududlarning   chegaralari
tadqiqotning maqsad va vazifalariga qarab shartli olinadi. 
Globallik mezonlari . Fan va falsafada global  muammolarni  yanada aniqroq
tavsiflash   uchun   yuqorida   zikr   etilgan   «geografik»   mezondan   tashqari   bu
muammolarni   boshqa   tomondan   –   ularning   sifati,   va   muhim   xususiyatlar   nuqtai
nazaridan tavsiflovchi qo’shimcha mezonlar qo’llaniladi. 
Birinchidan,   global   muammolar   o’z   mohiyatiga   ko’ra   nafaqat   ayrim
kishilarning manfaatlariga, balki butun insoniyat taqdiriga daxldordir. 
Ikkinchidan, ularni bartaraf etish uchun butun sayyora aholisi hyech bo’lmasa
aksariyat   qismining   kuch-g’ayratini   birlashtirish   va   ular   bahamjihat,   izchil   ish
ko’rishi talab etiladi.
Uchinchidan,   bu   muammolar   dunyo   rivojlanishining   obyektiv   omili
hisoblanadi va biron-bir mamlakat ularni e’tiborga olmasligi mumkin emas.  To’rtinchidan,   global   muammolarning   yechilmagani   kelajakda   butun
insoniyat   va   uning   yashash   muhiti   uchun   jiddiy,   balki   tuzatib   bo’lmaydigan
oqibatlarga olib kelishi mumkin. 
Qayd etilgan mezonlardan tashqari ba’zan global muammolarning boshqa bir
qator   xususiyatlari   ham   ko’rsatiladi.   Xususiy,   mahalliy   va   mintaqaviy
muammolardan   farqli   o’laroq,   global   muammolar   nisbatan   turg’unroqdir.   Ular
globallikning   yuqorida   sanab   o’tilgan   barcha   mezonlariga   mos   kelishdan   oldin
zimdan   va   uzoq   shakllanadi,   yechilishiga   qarab   esa   (nazariy   jihatdan)   quyiroq
darajaga   tushib,   dunyo   miqyosida   o’z   ahamiyatini   yo’qotishi   mumkin.   Ammo
tendensiyalarni   teskari   yo’nalishda   o’zgartirish   kamida   butun   jahon
hamjamiyatining izchil harakatlarini talab etuvchi o’ta og’ir ish bo’lib, hali bunga
erishilganicha   yo’q.   Global   muammolar   mavjudligining   nisbatan   qisqa   tarixiga
nafaqat   ularning   quyiroq   darajaga   tushishi,   balki   susayish   hollari   ham   ma’lum
emasligining sababi ana shundadir. 
Global muammolarning boshqa bir muhim xususiyati – ularning barchasi bir-
biriga shu darajada bog’liqki, ulardan birini yechish hyech bo’lmasa unga boshqa
muammolarning ta’sirini hisobga olishni nazarda tutadi. 
Global   muammolarning   tasnifi .   Global   muammolarning   keltirilgan
mezonlari   va   o’ziga   xos   xususiyatlari   asosan   mazkur   sohadagi   aksariyat
tadqiqotchilarning qarashlarini aks ettiradi va global muammolarni boshqa barcha
muammolardan   farqlab,   aniq   aytish   imkonini   beradi.   Bunda   u   yoki   bu
muammoning   keskinlik   va   muhimlik   darajasini   belgilash,   uning   boshqa
muammolar bilan o’zaro nisbatini aniqlash uchun odatda turli tasniflashlar amalga
oshiriladi, ular alohida guruhlarga ajratiladi. 
Tasniflash   birdan-bir   maqsad   hisoblanmaydi,   balki   hozirgi   davrning   o’ta
keskin ziddiyatlarini kompleks o’rganishning muhim elementi sifatida amal qiladi
va mazkur muammolarni ularning o’zaro aloqasi va bir-birini taqozo etishi nuqtai
nazaridan o’rganish imkonini beradi. U muhim aloqalarni farqlash, ustuvorliklarni
va   obyektiv   mavjud   global   muammolarning   keskinlashuv   darajasini   aniqlash
imkonini beradi. Bundan tashqari, tasniflash global muammolarning tizimli o’zaro aloqasini   yanada   teranroq   tushunishga   ko’maklashadi   va   amaliy   qarorlar   qabul
qilish ketma-ketligini belgilashga yordam beradi. 
Izchil   va   aniq   amalga   oshirilgan   tasniflash   bilishning   mazkur   sohasidagi
avvalgi   tadqiqotlarni   ma’lum   darajada   sarhisob   qiladi   va   ayni   vaqtda   bunday
tadqiqotlarning rivojlanishida yangi bosqich boshlanganini qayd etadi. 
Hozirgi   vaqtda   global   muammolarni   tasniflashga   nisbatan   har   xil
yondashuvlar   orasida   ayniqsa   keng   e’tirof   etilgan   tasnifga   muvofiq   global
muammolarning barchasi ularning keskinlik darajasi va yechimining ahamiyatiga,
shuningdek   real   hayotda   ularning   o’rtasida   qanday   sababiy   bog’lanishlar
mavjudligiga qarab uch katta guruhga ajratiladi. 
Birinchi   guruhni   eng   katta   umumiylik   va   muhimlik   darajasi   bilan
tavsiflanadigan   muammolar   tashkil   etadi.   Ular   turli   davlatlar   o’rtasidagi
munosabatlardan   kelib   chiqadi.   Ayni   shu   sababli   ular   interijtimoiy   global
muammolar   deb   ataladi.   Bu   yerda   jamiyat   hayotidan   urushni   bartaraf   etish   va
adolatli dunyoni ta’minlash;  yangi xalqaro iqtisodiy tartib o’rnatish kabi ikki o’ta
muhim muammo farqlanadi: 
Ikkinchi guruh jamiyat va tabiatning o’zaro ta’siri natijasida yuzaga keladigan
muammolar   bo’lib,   ular   odamlarni   energiya,   yonilg’i,   chuchuk   suv,   xom   ashyo
resurslari   va   shu   kabilar   bilan   ta’minlash   kabilardir.   Bu   guruhga   ekologik
muammolar, shuningdek Jahon okeani va kosmik fazoni o’zlashtirish ham kiradi.
Nihoyat, uchinchi guruhni «inson – jamiyat» tizimi bilan bog’liq muammolar
tashkil   etadi.   Bular   demografiya   muammosi,   sog’liqni   saqlash,   ta’lim,   xalqaro
terrorizm tahdidi masalalari va h.k. 
U yoki bu muammoning muayyan guruhga kiritilishi ma’lum darajada shartli
xususiyat kasb etadi va  muhim  omillarga, ularni ajratish asoslariga bog’liq bo’ladi.
Shu   sababli   har   qanday   shunday   tasnif   masala   yechimining   uzil-kesil   varianti
sifatida emas, balki murakkab tizimni  qayta tuzishning global muammolar o’zaro
aloqasi  tabiatini  yaxshiroq  tushunishga  ko’maklashadigan  usullaridan biri  sifatida
qaralishi lozim.  Endi butun insoniyatga jiddiy xavf tug’dirayotgan eng muhim muammolarga
qisqacha tavsif beramiz. 
Asosiy global muammolar tizimi . Hozirgi davrning global muammolari o’z
holatini   vaqtda   tinimsiz   o’zgartiradigan   yagona,   faol   va   ochiq   tizim   hisoblanadi,
chunki   unga   umuminsoniy   ahamiyatga   molik   bo’lgan   yangi   muammolar   kirishi,
avvalgi   muammolar   esa,   ularning   yechilishiga   qarab,   yo’qolishi   mumkin.   Rim
klubining asoschisi va birinchi prezidenti A.Pechchei bu holatga e’tiborni qaratib,
insoniyat   qarshisida   ko’ndalang   bo’lgan   aksariyat   muammolar   «bir-biri   bilan
mahkam   chirmashib   oldi,   ulkan   sprut   changali   yanglig’   butun   sayyorani   o’z
iskanjasiga olmoqda... yechilmagan muammolar soni o’sib bormoqda, ular yanada
murakkabroq   tus   olmoqda,   ularning   chirmashuvi   yanada   chigallashmoqda,
ularning «iskanjasi» esa sayyoramizni o’z changalida tobora qattiqroq siqmoqda»,
deb yozgan edi 1
. 
Ammo global ziddiyatlar tuguni qanchalik chigal bo’lmasin, uni fan va falsafa
yordamida  yechish, ya’ni  sababni  oqibatdan, muhim  tafsilotlarni  ikkinchi  darajali
tafsilotlardan,   obyektivni   subyektivdan   farqlash   uchun   nazariy   jihatdan   anglab
yetish lozim. Dunyo miqyosidagi jarayonlarga ta’sir ko’rsatish uchun odamlarning
imkoniyatlari va resurslari cheklanganini hisobga olib, muammolarning qaysi  biri
darhol yechishni talab qilishi va qaysi biri ikkinchi darajali ahamiyat kasb etishini
ham farqlash muhimdir.
Demografik   muammo .   Hozirgi   vaqtda   insoniyatning   eng   muhim
muammolari   orasida,   a ksariyat   davlatlar   va   mintaqalarda   aholi   haddan   tashqari
ko’payishiga   sabab   bo’layotgan   aholining   nazoratsiz   o’sishi   qayd   etiladi.   Ayrim
mutaxassislarning baholashlariga ko’ra, sayyorada mavjud energetika, xom ashyo,
oziq-ovqat   va   boshqa   resurslar   Yerda   faqat   bir   milliardga   yaqin   kishi   («oltin
milliard») munosib hayot kechirishini ta’minlashi mumkin. Vaholanki, oxirgi ming
yillik   mobaynida   sayyoramiz   aholisi   15   baravar   ko’paydi   va   bugungi   kunda   6
milliard   kishidan   oshib   ketdi.   Bunda   nafaqat   miqyos,   balki   aholining   o’sish
sur’atlari ham aqlni lol qoldiradi. Xususan, birinchi ikki baravar ko’payish 700 yil
1 1
 Печчеи А. Человеческие качества. – М., 1980. –  С. 7 ichida,   ikkinchisi   –   150   yil   ichida,   uchinchisi   –   100   yil   ichida   va   oxirgisi   –   40
yildan   kamroq   vaqt   ichida   yuz   berdi.   Shuni   aytishning   o’zi   kifoyaki,   1956   yil
Yerda   2,8   milliard   kishi   yashagan   bo’lsa,   XX   asr   oxiriga   kelib   bu   raqam   6
milliardga yetdi. 
XX   asrda   yer   kurrasi   aholisining   «demografik   portlash»   deb   nomlangan
mislsiz   darajada   o’sishi   biologik   qonunlarning   emas,   balki   stixiyali,   notekis
ijtimoiy  rivojlanish  va  insoniyat   katta mashaqqatlar  bilan  bartaraf   etishga  harakat
qilayotgan   chuqur   ijtimoiy   ziddiyatlar   mahsuli   bo’ldi.   Bu   avvalo   rivojlanayotgan
mamlakatlarga   tegishli   bo’lib,   ularga   jahon   aholisi   o’sishining   o’ndan   to’qqiz
qismidan   ko’prog’i   to’g’ri   keladi.   Bu   yerdagi   vaziyat   rivojlangan   mamlakatlarga
XX asr boshidayoq xos bo’lgan o’lim darajasining yuqoriligi va butun insoniyatga
XVIII   asr g a   xos   bo’lgan   tug’ilish   darajasining   yuqoriligi   bilan   tavsiflanadi.   Ayni
vaqtda   mehnat   unumdorligi   darajasi   va   aholi   jon   boshiga   olinadigan   daromad
miqdoriga,   qishloq   xo’jalik   ekinlarining   hosildorlik   darajasi   va   qishloq
xo’jaligining samaradorligiga, aholining savodxonlik darajasi va umumiy madaniy
saviyasiga   ko’ra   bu   mamlakatlar   xalqlarining   aksariyati   hali   XIX   asrda
yashamoqda. 
Demografik   muammolar   juda   murakkab   va   o’ta   turg’un   bo’lib,   ularni   tez
bartaraf etish mumkin emas. Ayni vaqtda ularni yechish kechga surilgani sari, ular
yanada   murakkabroq   va   chigalroq   tus   oladi.   Shu   sababli   rivojlanayotgan
mamlakatlarda   barcha   hukumatlar   tug’ilish   darajasini   pasaytirishga   qaratilgan
demografik   siyosatni   amalga   oshirishga   harakat   qilmoqda.   Jumladan
O’zbekistonda   1995   yilda   “Oilani   rejalashtirish”   davlat   dasturi   qabul   qilindi.   Bu
dasturda har bir oilada farzand tug’ilishini rejalashtirishning ona va bola sog’ligini
asrashga   yo’naltirilgan   sa’y   harakatlardan   biri   bo’lishi   bilan   bir   qatorda,
mamlakatda   demografik   portlashning   oldini   olish   vazifasini   bosqichma-bosqich
amalga   oshirish   ko’zda   tutilgan.   Bu   borada   barcha   viloyatlarda,   qishloq   va
ovullarda reproduktiv salomatlik bo’yicha targ’ibot ishlari olib borilmoqda.
Mazkur   muammo   rivojlangan   mamlakatlarda   ham   keskinlashdi,   lekin   bu
yerda   uning   aks   ko’rinishiga   duch   kelish   mumkin.   Umr   uzunligining   va   keksa odamlar   sonining   o’sishi   jarayonida   hatto   aholining   oddiy   ko’payishini   ham
ta’minlamaydigan   tug’ilish   darajasining   pasayishi   kuzatilmoqda.   Ayni   holda
depopulyasiya,   ya’ni   aholi   sonining   kamayishi   to’g’risida   so’z   yuritiladiki,
(Rossiya   aholisi   o’rtacha   54   yoshni   tashkil   qiladi,)bu   ham   milliy   manfaatlar,
ijtimoiy   dasturlarni   amalga   oshirish,   pensiya   ta’minoti   va   shu   kabilarga   tegishli
qo’shimcha   qiyinchiliklarni   yuzaga   keltiradi.   Rossiyadagi   hozirgi   demografik
jarayonlar bunga yorqin misol bo’ladi.
Ta’lim   muammosi.   Demografik   portlash   sabablari   ta’lim   muammosi   bilan
uzviy   bog’liq.   So’nggi   vaqt   ichida   jahonda   savodsizlar   soni   foiz   hisobida
kamaygan   bo’lsa,   mutlaq   hisobda   o’sishda   davom   etmoqda.   Bunda   ma’lumotsiz
odamlarning hayoti amalda ko’p bolalikni xurofiy aqidalar bilan oqlaydigan arxaik
oilaviy   an’analarga   bo’ysunadi.   Pirovardida   rivojlangan   va   rivojlanayotgan
mamlakatlar o’rtasidagi tafovut bu jihatdan ham ortishda davom etmoqda. Hozirgi
vaqtda   ajabtovur   vaziyatni   kuzatish   mumkin:   savodxonlik   mutlaq   raqamlarda
o’sayotgan bir paytda, savodsizlar, ya’ni o’qish, yozish, oddiy arifmetik amallarni
bajarishni   bilmaydigan   odamlar   soni   ham   o’sib   bormoqda   (Hindiston   aholisining
70%, Pokiston aholisining 60%, Afrika mamlakatlari aholisining 80% savodsiz). 
Shu   bilan   bir   qatorda   aksariyat   odamlarning   ma’lumot   darajasi   yangi
texnologiyalar   va   kompyuter   texnikasidan   keng   foydalanuvchi   hozirgi   jamiyatda
to’laqonli   yashash   va   mehnat   qilish   imkonini   bermasligi   bilan   bog’liq   funksional
savodsizlik ham o’sib bormoqda. 
Bu   muammoning   boshqa   bir   jihati   shundan   iboratki,   jahonning   aksariyat
davlatlarida ta’lim olish imkoniyati barchaga teng darajada ta’minlanmagan bo’lib,
bu   ijtimoiy   keskinlikning   qo’shimcha   manbai   hisoblanadi.   Shuningdek   hozirgi
davrda   ta’lim   sifatini   yaxshilash,   unnig   mazmunini   ijtimoiylashtirish   masalasi
ko’ndalang   bo’lib   turmoqda.   Shuni   alohida   ta’kidlash   lozimki   ta’limning
ijtimoiylashuvi   o’quv   jarayonida   gumanitar   fanlarning   o’quv   soatlari   yoki   fanlar
sonini ko’paytirish emas balki, tabiiy ilmiy fanlar mazmunini gumanitarlashtirish,
har   qanday   ilmiy   kashfiyotni   inson   manfaatlarini   himoya   qilishga   yo’naltirish
lozim. Shundagina inson o’z mavjudligini saqlab qolish imkoniyatiga ega bo’ladi. Sog’liqni   saqlash.   Aholi   soni   va   uning   yashash   sharoiti,   shuningdek   atrof
muhit   holati   hozirgi   davrning   yana   bir   global   muammosi   bilan   uzviy   bog’liq.
Aksariyat kasalliklar va atrof muhitdagi antropogen o’zgarishlar o’rtasida bevosita
va   bilvosita   aloqa   mavjud.   Hozirgi   odamlar   avlodiga   atrof   muhit   ifloslanishining
hali   o’rganilmagan  yoki  kam  o’rganilgan   ko’p  sonli  fizik  (avvalo  elektromagnit),
kimyoviy   va   biologik   omillari   ta’sir   ko’rsatmoqda.   Avvalo,   iqtisodiy   rivojlangan
mamlakatlar aholisi kasalliklarining tarkibi va xususiyatida yuz bergan o’zgarishlar
ayni shu hol bilan izohlanadi. 
Bu   yerda   yuqumli   kasalliklar   bartaraf   etilgan   bo’lib,   odamlar   o’limining
asosiy   sabablari   hisoblanmaydi.   Lekin   yurak-qon   tomir   kasalliklari,   ruhiy
kasalliklar   sezilarli   darajada   ko’paydi,   «sivilizasiya   kasalliklari»   deb   nomlangan
butunlay   yangi   kasalliklar:   rak,   OITS   va   boshqalar   paydo   bo’ldi.   Bunday
kasalliklar, xususan yurak-qon tomir  kasalliklari  o’sishining asosiy  sabablari  kam
harakatchan   turmush   tarzi,   semirish,   chekish,   ruhiy   zo’riqish,   stress   holatlari
ekanligi   aniqlangan.   Bu   hodisalar   insonga   tabiatning   qudratli   kuchlarini   jilovlash
va o’zini jismoniy mehnatdan asosan xalos etish, mazkur ishni mashinalar, texnika
vositalariga   yuklab,   o’ziga   asosan   aqliy   mehnat,   tartibga   solish   va   nazorat   qilish
funksiyalarini   qoldirish   imkonini   bergan   XX   asr   sivilizasiyasining   rivojlanish
mahsulidir. 
Rivojlanayotgan   mamlakatlarda   boshqacha   vaziyatni   kuzatish   mumkin:   bu
yerda   kasalliklardan   azob   chekayotganlar   soni   rivojlangan   mamlakatlardagidan
ko’proq, kasallikning oldini olish yoki davolanish imkoniyati esa sezilarli darajada
kamroqdir.   Tibbiyot   sifatining   pastligi,   qashshoqlik   va   antisanitariya   tufayli
rivojlanayotgan mamlakatlarda bolalar  o’limi, bezgak, sil, traxoma, qoqshol  bilan
kasallanish   darajasi,   epidemik   yuqumli   kasalliklarning   paydo   bo’lish   ehtimoli
rivojlangan   mamlakatlardagi   holat   bilan   taqqoslab   bo’lmaydigan   darajada
yuqoridir. 
So’nggi   ma’lumotlarga   ko’ra,   dunyo   bo’yicha   yurak   qon—tomir   kasalliklari
kun   sayin   ortib   bormoqda.   Bunday   kasalliklar   aksariyat   hollarda   o’lim   bilan
tugaganligi   sababli   jamiyat   uchun   katta   tahdid   sanaladi.   Butunjahon   sog’liqni saqlash   tashkiloti   (WHO)   hisobotiga   ko’ra,   2005   yilda   yurak   qon-tomir
kasalliklaridan   17,5   million   inson   vafot   etgan.   Ushbu   ko’rsatgich   barcha   o’lim
holatlarining   30   foizini   tashkil   qiladi.   Shu   jumladan,   7,6   million   kishi   yurak
ishemik   kasalligidan   5,   7   million   kishi   insult   oqibatida   hayotdan   ko’z   yumgan 8
.
Hozirgi   vaqtda   o’rnatilgan   internasional   aloqalar   natijasida   davlatlar   o’rtasidagi
ulkan   yuk   oqimlari,   odamlarning   faol   migrasiyasi   va   kengaygan   iqtisodiy
munosabatlar olamshumul xususiyat kasb etdi va ko’pgina yuqumli kasalliklarning
tarqalish tezligini oshirdi. Notipik zotiljam, qush grippi, cho’chqa grippi kabi ilgari
hyech qachon mavjud bo’lmagan, yangi kasalliklarning paydo bo’lishi sabablarini
ham ayni shu yerdan izlash lozim. 
Ayni   paytda   shuni   ham   alohida   ta’kidlash   lozimki,   XX-XXI   asrda   yangi
kasalliklar   soni   ko’payib   borsada,   kasalliklarga   qarshi   kurash   vositalari   ham
takomillashib   bormoqda.   Jumladan   XXI   asr   fanining   eng   katta   yutug’i   sifatida
2008 yilda nemis olimi G.Xareld tomonidan bachadan saratoni kasalligini keltirib
chiqaruvchi   sabab   aniqlandi   va   unga   qarshi   emlash   vositasi   yaratildi.   Hozirgi
kunda   rivojlangan   mamlakatlarda   12-14   yoshdagi   qizlarda   bachadon   saratoni
kasalligiga   qarshi   faoliyat   keng   ammalga   oshirilmoqda.   Bu   bilan   dunyo   bo’yicha
har yili 17 mingta ayolning ushbu xastalikdan halok bo’lishi kamayadi.
Oziq-ovqat   muammosi .   Ommaviy   kasalliklar   va   umrning   sezilarli   darajada
qisqarishi   sabablaridan   biri   oziq-ovqat   muammosidir.   Xususan,   surunkali   to’yib
ovqat   yemaslik   va   nomutanosib   ovqatlanish   kam   rivojlangan   mamlakatlar
aholisida ommaviy tarzda namoyon bo’layotgan muttasil  oqsil  ochligi  va vitamin
taqchilligiga   olib   kelmoqda.   Natijada   jahonda   har   yili   ochlikdan   bir   necha   o’n
millionlab odamlar, kattalardan ko’ra ko’proq bolalar halok bo’lmoqda. 
Oziq-ovqat taqchilligiga duch kelgan mamlakatlar uni import qilishga majbur,
lekin   bu,   odatda,   ocharchilikka   qarshi   kurashda   kam   samara   beradi   va   bundan
tashqari,   mazkur   mamlakatlarni   eksportchilarga   qaram   qilib   qo’yadi.   Shu   tariqa
g’alla   ijtimoiy-iqtisodiy,   siyosiy   tazyiq   o’tkazishning   samarali   vositasiga   va
8
  Бобожонова Н. “Ёшарган” хавфли тўлқин. // Ирмоқ. 2008 йил №4. 23-б. mohiyat   e’tibori   bilan,   avvalo   eng   qashshoq   mamlakatlarga   qarshi   «oziq-ovqat
quroli»ga aylanadi. 
1960-yillarda   oziq-ovqat   muammosini   yechish   rivojlanayotgan   mamlakatlar
uchun   «yashil   inqilob»ni   amalga   oshirish   bilan   bog’langan   edi.   Bu   tadbirning
mohiyati   bug’doy   va   sholining   o’ta   unumli   yangi   navlaridan   foydalanib,   qishloq
xo’jalik   mahsuldorligini   keskin   oshirishdan   iborat   edi.   Buning   uchun   qishloq
xo’jalik   ishlab   chiqarishini   zamonaviy   texnologiyalar   yordamida   modernizasiya
qilish   mo’ljallandi.   «Yashil   inqilob»   aksariyat   rivojlanayotgan   mamlakatlarda
qabul qilindi, lekin amalda ham ijobiy, ham salbiy oqibatlarga olib keldi. Qishloqni
qayta   tashkil   etish   uchun   tegishli   ijtimoiy   shart-sharoitlar   va   buning   uchun   zarur
mablag’lar   mavjud   bo’lgan   davlatlarda   u   ijobiy   samara   berdi.   Ammo   bunday
mamlakatlar   uncha   ko’p   emas,   masalan   Hindiston,   Pokiston   shular   jumlasidan.
Texnika   va   o’g’itlar   xarid   qilish   uchun   mablag’lar   mavjud   bo’lmagan,   aholining
ma’lumot darajasi juda past bo’lgan, turg’un an’analar va xurofiy aqidalar xo’jalik
yuritishning   ilg’or   shakllarini   amalga   joriy   etishga   to’sqinlik   qilgan   o’ta   qoloq
mamlakatlarda   esa   «yashil   inqilob»   samara   bermadi.   Shuningdek,   u   odatdagi
mayda   xo’jaliklarni   vayron   qila   boshladi,   qishloq   aholisining   shaharga
migrasiyasini   kuchaytirdi.   «Yashil   inqilob»   eski   qishloq   xo’jaligi   o’rnida   yangi,
zamonaviy   qishloq   xo’jaligini   barpo   eta   olmadi,   ya’ni   eski   uyni   buzib,   uning
o’rnida   yangi   imorat   qura   olmadi,   bu   esa   oziq-ovqat   muammosini   yanada
keskinlashtirdi. 
Iqtisodiy   rivojlanishning   notekisligi .   Rivojlanayotgan   mamlakatlarni
qoloqlikdan  chiqarish   va   yangi   xalqaro   iqtisodiy   tartib  o’rnatish   hozirgi   davrning
global   muammolari   orasida   alohida   o’rin   egallaydi,   chunki   bu   yerda   vujudga
kelgan   xalqaro   munosabatlar   tizimi   beqarorlashuvining   kuchli   omillari   yashirinib
yotadi. So’nggi  yillarda dunyo miqyosida yalpi  mahsulot  ishlab chiqarish o’sgani
holda,   boylar   va   kambag’allar,   rivojlangan   va   rivojlanayotgan   mamlakatlar
o’rtasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi ulkan tafovut yanada oshdi. Bu
muammo ba’zan «boy Shimol» va «qashshoq Janub» o’rtasidagi qarama-qarshilik
sifatida ham tavsiflanadi.  1960-yillarda   aksariyat   mamlakatlarning   to’g’ridan-to’g’ri   mustamlaka
qaramligidan   xalos   bo’lish   jarayoni   yangi,   lekin   o’zgacha   tusdagi   qaramlik
o’rnatilishiga   olib   keldi.   Urushdan   keyingi   davrda   jahon   savdosining   o’sishi   va
davlatlararo   aloqalarning   kuchayishi   yuz   berdi.   Ayni   vaqtda   G’arb   davlatlari
iqtisodiyotida   monopoliyalashuv   jarayoni   kuchaydi   va   transmilliy   korporasiyalar
paydo bo’la boshladi. Ular arzonroq ishchi kuchi topish va atrof muhitni muhofaza
qilishga   qo’shimcha   xarajatlardan   qutulish   maqsadida   mehnat   sarfi   katta   bo’lgan
va   ekologik   jihatdan   iflos   ishlab   chiqarishlarni   rivojlanayotgan   mamlakatlarga
eksport   qila   boshladilar.   Bu   hol,   bir   tomondan,   rivojlangan   kapitalistik
mamlakatlarda   atrof   muhitni   himoya   qilish   uchun   ommaviy   harakatning
faollashuvi   va   ekologik   qonunchilikning   yanada   qattiqlashuvi   bilan,   boshqa
tomondan   esa,   rivojlanayotgan   mamlakatlar   o’zining   qashshoqligi   tufayli,   qattiq
ekologik me’yorlar va bu bilan bog’liq cheklov choralari joriy etishni o’ziga doim
ham ep ko’ra olmasligi bilan izohlanar edi. 
So’nggi   o’n   yilliklarda   vaziyat   yana   rivojlanayotgan   mamlakatlar   zarariga
o’zgara   boshladi.   Rivojlangan   mamlakatlarda   jamiyat   hayotining   barcha
jabhalariga   va   iqtisodiyotga   kompyuterlar   va   mikroelektronika   jadal   sur’atlarda
joriy   etila   boshladi.   Shuningdek   texnologik   novasiyalar   va   yangi   (yuksak)
texnologiyalar   roli   ham   sezilarli   darajada   oshdi,   bu   esa   ishlab   chiqarishga
ma’lumotli, malakali ishchi kuchini jalb qilishni taqozo etdi. Shu sababli iqtisodiy
o’zaro aloqalar va jahon savdosi  asosan iqtisodiy rivojlangan davlatlar o’rtasidagi
almashinuv   hisobiga   amalga   oshirila   boshlandi,   rivojlanayotgan   mamlakatlar   esa,
agar   ular   ko’p   miqdorda   xom   ashyo   resurslariga   ega   bo’lmasa,   jahon   bozoridan
siqib chiqarildi. 
Energetika va xom ashyo resurslari . Yana bir global muammo – insoniyatni
energetika va xom ashyo resurslari bilan ta’minlash xalqaro maydonda ko’p sonli
ziddiyatlar, shu jumladan harbiy mojarolar manbaiga aylandi. Bu resurslar moddiy
ishlab   chiqarishning   negizi   hisoblanadi   va   ishlab   chiqarish   kuchlarining
rivojlanishiga qarab inson hayotida tobora muhimroq rol o’ynaydi.  Mazkur   resurslar   tiklanadigan,   ya’ni   tabiiy   yoki   sun’iy   yo’l   bilan   tiklash
mumkin bo’lgan resurslarga (gidroenergiya, yog’och, quyosh  energiyasi  va sh.k.)
va miqdori mavjud tabiiy zahiralar bilan chegaralangan tiklanmaydigan resurslarga
(neft, ko’mir, tabiiy gaz, har xil rudalar va minerallar) bo’linadi. 
Hozirgi   iste’mol   sur’atlari   saqlangan   taqdirda   tiklanmaydigan   resurslarning
aksariyati   insoniyatga   bir   necha   o’n   yillardan   bir   necha   yuz   yillargacha   bo’lgan
muddat   bilan   o’lchanadigan   yaqin   kelajakda   foydalanishgagina   yetishi   hisoblab
chiqildi.   Shuningdek   mavjud   zaxiralarning   anchagina   qismi   murakkab   sharoitda
joylashgan konlarda jamlangan yoki nisbatan qashshoq rudalardan iborat. 
Yaqindagina odamlar aksariyat foydali qazilmalarni ochiq usulda yoki 600 m
dan   oshmaydigan   chuqurlikda   qazib   olgan   bo’lsalar,   bugungi   kunda   vaziyat
sezilarli darajada o’zgardi. Qulay joylardagi foydali qazilmalar tugab bormoqda va
endilikda 8-10 km chuqurlikda yoki okean tubida joylashgan konlarni ishga solish
vazifasi   paydo   bo’lmoqda.   Bu   esa   nafaqat   ko’p   miqdorda   kapital   qo’yilmalarni,
balki ularni qazib chiqarish va qayta ishlash uchun yangi texnika va texnologiyalar
yaratishni ham taqozo etadi. Shu sababli chiqindisiz texnologiyalarni rivojlantirish
bilan bir qatorda insoniyat ixtiyorida mavjud resurslardan oqilona foydalanish ham
muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Urush va tinchlik muammosi . Harbiy soha jamiyat hayotining eng isrofgar
sohasi   hisoblanadi.   Ayni   shu   sababli   jamiyat   hayotidan   urushni   bartaraf   etish   va
Yerda   mustahkam   tinchlikni   ta’minlash   butun   dunyoda   mavjud   barcha   global
muammolar   orasida   eng   muhimi   deb   e’tirof   etiladi.   Uning   keskinligi   barcha
zamonlarda   hyech   qachon   pasaymagan   bo’lsa-da,   XX   asrda   u   nafaqat   ayrim
kishilar,   xalqlar,   balki   butun   insoniyat   oldiga   «o’lish   yo   qolish?»   degan   mudhish
savolni qo’yib, alohida, fojeaviy mazmun va ahamiyat kasb etdi. 
Bu   hol   ilgari   mavjud   bo’lmagan   imkoniyat   –   Yerdagi   hayotni   yo’q   qilish
imkoniyatini   yaratgan   yadro   quroli   paydo   bo’lishi   bilan   izohlanadi.   Yadro   quroli
1945   yil   avgustda   (Xirosima   va   Nagasaki)   ilk   bor   qo’llanilgan   paytdan   e’tiboran
mutlaqo   yangi   davr   –   inson   hayotining   barcha   jabhalari:   siyosat,   iqtisod,
tafakkurda,   jahon   maydonidagi   kuchlar   nisbatida   tub   o’zgarishlar   yasagan   yadro davri boshlandi. Ammo muhimi shundaki, mazkur davrdan e’tiboran nafaqat ayrim
inson, balki butun insoniyat o’lishi mumkin bo’lib qoldi. Teyyar de Sharden yangi
vaziyatga baho berar ekan, shunday deydi: «Bir individ o’lsa, uning o’rnini doim
boshqa   bir   individ   egallaydi.   Individning   o’limi   hayotning   davom   etishiga   to’siq
bo’la olmaydi. Ammo butun insoniyat o’lsa-chi?..» 1
. 
1940-yillarning   oxirida   ta’riflangan   bu   masala   vaqt   o’tishi   bilan   ayniqsa
muhim ahamiyat kasb etdi. Atom bombasi paydo bo’lishi bilan «qiyomat-qoyim»
xom-xayol bo’lmay qoldi. O’sha davrda yangi ixtironing butun xavfini ko’pchilik
hali   tushunmagan,   ayrim   faylasuflar   va   olimlar   yadro   urushi   tahdid   solayotgan
sharoitda odamlar o’zining o’zgargan holatini anglab yetishlari va insoniyat halok
bo’lishining   oldini   olish   uchun   barcha   imkoniyatlardan   foydalanishlari   lozimligi
haqida ogohlantirgan edi. 
Albatta, o’zini o’zi qirib tashlash imkoniyati odamlarda darhol paydo bo’lgani
yo’q.   Yadro   qurolini   yaratish   va   uni   butun   tiriklikni   qirib   tashlash   uchun   yetarli
miqdorda   jamg’arish   uchun   vaqt,   juda   katta   moddiy,   moliyaviy   va   boshqa
xarajatlar,   shuningdek   jahonning   turli   mamlakatlaridagi   olimlar,   muhandislar   va
ishchilar   ko’p   millionli   armiyasining   kuch-g’ayrati   talab   etildi.   Ammo   birinchi
yadro   portlashlaridan   so’ng   yuzaga   kelgan   vaziyatning   jiddiyligini   jahon
hamjamiyatining   keng   davralari   anglab   yetishi   uchun   ham   qariyb   30   yil   vaqt
o’tishi kerak bo’ldi. 
AQSh va Sovet Ittifoqida bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda ish olib borgan
olimlar ikki jamoasi  tadqiqotlarining aqlni lol qoldiruvchi natijasi bo’lgan «yadro
qishi»   konsepsiyasi   paydo   bo’lgan   1980-yillarning   boshiga   kelibgina   insoniyat
yadro   quroli   yaratilishi,   shuningdek   global   muammolar   paydo   bo’lishi   bilan   u
o’zining avvalgi «umrboqiyligi»ni yo’qotganini uzil-kesil anglab yetdi. 
Kompyuterda   yaratilgan   modellarda   ancha   aniq   hisoblab   chiqilgan   mazkur
konsepsiyaning   asosiy   mazmuni   shundan   iboratki,   jahonda   Yerdagi   hayotni
butunlay   yo’q   qilish   uchun   yetarli   miqdorda   yadro   zaryadlari   to’plangan.   Ular
portlatilgan taqdirda to’g’ridan-to’g’ri shikastlantiruvchi ta’sirdan tashqari havoga
1 1
 П. Тейяр де Шарден. Феномен человека. – М., 1987. –  С. 216.  son-sanoqsiz   miqdorda   chang,   tutun   va   kul   ko’taradi   va   ularning   qalin   pardasi
sayyoramizni   quyosh   nurlaridan   butunlay   to’sib   qo’yadi.   Bu   atmosfera   va   Yer
yuzasining   temperaturasi   keskin   pasayishiga   sabab   bo’ladi   va   uni   muz   bosishiga
olib   keladi.   «Yadro   qishi»   konsepsiyasi   odamlarni   ular   yangi   xavf   darajasini
anglab   yetishga   va   sivilizasiyani   qutqarish   uchun   harbiy   kuch   ishlatishdan   voz
kechib,   choh   yoqasidan   uzoqlashishga   qodirmi,   degan   savolga   javob   berishda
muqobildan uzil-kesil mahrum qildi. 
Muhokama   qilinayotgan   muammoning   boshqa   bir   o’ziga   xos   xususiyati
shundaki,   u   mohiyati   va   hozirgi   holati   «Tabiat   falsafasi»mavzusida   ko’rib
chiqilgan   ekologiya   bilan   uzviy   bog’liq.   Biz   fan-texnika   taraqqiyoti   darajasi
ekologik tanglikni bartaraf etish borasidagi imkoniyatlarni belgilashini qayd etgan
edik,   ammo   qurol-yarog’larning   vayronkor   imkoniyatlari,   ularning   shakllari,
qo’llash   metodlari   va   usullarining   rang-barangligi   ham   ayni   shu   darajaga   bog’liq
bo’ladi.   Boshqacha   aytganda,   inson   o’z   hayotini   tabiat   bilan   uyg’unlikda   yo’lga
qo’yish imkoniyatlarini qo’lga kiritish bilan bir qatorda butun tiriklikni yo’q qilish
qobiliyatini   ham   ko’p   karra   oshirdi.   Jamiyatning   harbiylashuvi,   qurollanish
poygasi   va   harbiy   mojarolarning   salbiy   oqibatlari   atrof   muhitning   buzilish
jarayonlarini   yanada   jadallashtirmoqda.   Yadro   quroli   bilan   bir   qatorda   urush   olib
borishning   «geografik»   vositalari   ham   oldindan   aytib   bo’lmaydigan   oqibatlardan
iborat   alohida   xavf   tug’diradi.   Bu   oqibatlar   inson   sun’iy   yo’l   bilan   tabiiy   ofatlar,
vayrongarchiliklar   va   shu   kabilarga   erishish   maqsadida   tabiiy   jarayonlarga   izchil
ta’sir   ko’rsatishi   natijasida   kelib   chiqishi   mumkin.   Urush   harakatlari   olib
borishning   bunday   usullari,   masalan   muayyan   hudud   ustidagi   ozon   qatlamini
ataylab   vayron   qilish   va   shu   kabilar   yadro   qurolining   qo’llanilishi   bilan   teng
oqibatlarga sabab bo’lishi mumkin. 
Bugungi   kunda   harbiy   qarama-qarshilik   ma’lum   darajada   susayganiga
qaramay,   aksariyat   mamlakatlarda   mudofaa   va   atrof   muhitni   muhofaza   qilish
xarajatlarida ulkan nomutanosiblik hanuzgacha saqlanib qolmoqda. 
Bu tafovut mudofaa foydasiga ba’zan ellik baravar va undan ko’proq darajaga
yetadi. Bu hol «uchinchi dunyo» mamlakatlarida ayniqsa bo’rtib namoyon bo’ladi. Bu yerga, bir tomondan, qurol-aslaha, boshqa tomondan esa – murakkab ekologik
vaziyatni   yanada   og’irlashtiruvchi   eskirgan   asbob-uskuna   va   noekologik
texnologiyalar   tobora   ko’proq   yetkazib   berilmoqda.   Natijada   ifloslanish   va
tabiatning   zavol   topish   sur’atlari   bu   yerda   rivojlangan   mamlakatlardagidan   ancha
yuqoridir.
Qurollanish   poygasi   nafaqat   ulkan   moddiy   resurslarni,   balki   mehnat
resurslari,   intellektual   resurslarni   ham   behuda   sarflamoqda.   Butun   dunyoda
olimlarning   to’rtdan   bir   qismi,   odatda,   eng   malakali   kadrlar   urushga   tayyorgarlik
ko’rish   borasidagi   ishlarga   jalb   qilingan   bo’lib,   ularning   bilim   va   ko’nikmalari
vayronkorlik   vositalarini   yaratishga   yo’naltirilgan.   Ammo   olimlar   insoniyat   duch
kelgan xavf darajasini birinchi bo’lib (ularning eng ilg’or vakillari) anglab yetdilar.
Qurollanish   poygasi   avj   ola   boshlagan   1955   yilda   taniqli   ingliz   faylasufi
B.Rassel   tinchlik   va   qurolsizlanish   uchun   kurash   tashabbusi   bilan   chiqdi.   U
A.Eynshteyn   bilan   hamkorlikda   F.Jolio-Kyuri,   M.Born,   S.Pauell,   L.Infeld   va
boshqa   yirik   olimlar   tomonidan   qo’llab-quvvatlangan   mashhur   Manifestni   e’lon
qildi. Bu Manifestda insoniyat  unga tahdid solayotgan xavf haqida ogohlantirildi,
shuningdek   yadro   asrida   sivilizasiyani   asrab   qolish   uchun   «yangicha   fikrlashni
o’rganish» lozimligi uqtirildi. 
B.Rassel   nafaqat   xavf-xatarlar   haqida   ogohlantirdi,   balki   ularni   yechish
yo’llarini   ham   taklif   qildi.   Xususan,   u   barcha   urushlarga   chek   qo’yishi   lozim
bo’lgan jahon hukumatini tashkil etish g’oyasini ilgari surdi. Uning fikricha, BMT *
bunday hukumat negizi bo’lishi mumkin. U shuningdek davlatlar o’rtasidagi nizoli
masalalarni   tinch  yo’l   bilan   yechish   uchun   jahon  konferensiyasi   chaqirishni   talab
qildi. 
Tinchlik,  qurolsizlanish   va  xalqaro  xavfsizlik  uchun  kurash  boshlagan  jahon
ilmiy   hamjamiyati   bu   borada   o’z   kuch-g’ayratini   birlashtirish   lozimligini   anglab
yetdi   va   1957   yilda   Pagoush   (Kanada)da   o’z   tarafdorlarining   birinchi
konferensiyasini   o’tkazdi.   Pagoush   harakati   deb   nomlangan   bu   tashkilot   tinchlik
uchun   kurash   olib   boruvchi   nufuzli   xalqaro   tashkilotlardan   biriga   aylandi.
* *
  Бирлашган Миллатлар ташкилоти Endilikda unga hozirgi globallashuv muammolari va nomutanosibliklarini bartaraf
etish   yo’lida   kurash   olib   borayotgan   boshqa   ko’p   sonli   tashkilotlar   va   harakatlar
(Grinpis,   Rim   klubi,   antiglobalistlarning   harakatlari   va   boshqalar)   qo’shildi.
Tinchlik   va   qurolsizlantirish,   xalqaro   terrorizmga   qarshi   birgalikdagi   kurash
g’oyasini   1993   yilda   I.A.   Karimov   BMTning   48   sessiyasida   taklif   qilgan   edi.
O’zbekistonda   1999   yil   16   fevral   voqyealari,   2001   yil   11   sentyabrda   AQShning
markazida   ko’p   qavatli   savdo   uyining   portlatishi,   Chechenistondagi   cheksiz
terrorchilik   harakati   natijasidagi   minglab   qurbonlar   I.A.   Karimovning   nechog’lik
haqligini yana bir karra isbotladi. 
Global   ongni   shakllantirish   zaruriyati .   Globallashuv   jarayonlarini   nazariy
jihatdan anglab yetish va global muammolarni bartaraf etish nafaqat o’ta og’ir va
uzoq   davom   etadigan,   balki   kutilgan   natijalarga   qanday   erishish   mumkinligi
xususida   hali   aniq  javoblar   va  uzil-kesil   yechimlarga  ega   bo’lmagan   ishdir.   Ayni
vaqtda   aksariyat   tadqiqotchilar   global   tangliklarni   bartaraf   etish   imkoniyatini
ommaviy   ongda   yangicha   axloqning   shakllanishi   va   mustahkamlanishi,
madaniyatning   rivojlanishi   va   uning   insonparvarlashuvi   bilan   bog’lamoqdalar.
Buning   uchun   jiddiy   asoslar   bor,   zero   odamlarning   fe’l-atvori,   xatti-harakatlari,
pirovard   natijada   esa   ular   erishishga   harakat   qiladigan   natija   asosan   ularning
hayotga munosabati va fikrlash tarzi bilan belgilanadi. 
Ayni   vaqtda   asrlar   mobaynida   saqlanib   qolayotgan   dunyo   haqidagi
tasavvurlarni   o’zgartirish,   qotib   qolgan   fikrlash   andozalarini   bartaraf   etish   va
odamlar   ongida   insoniylikning   yangicha   tamoyillarini   shakllantirishning   o’zi
umuminsoniy   muammolar   yechimi   emasligi   ham   ravshan.   Bu   mazkur
muammolarni   bartaraf   etish   yo’lidagi   zarur,   lekin   faqat   birinchi   qadam   va   u
muttasil   o’zgaruvchi   vaziyatga   mos   bo’lgan   va   hozirgi   davr   ruhini   aniq   aks
ettiradigan   dunyoqarashning   shakllanishi   bilan   bog’liq.   Bunday   yangilangan
dunyoqarash   zamirida   faqat   so’nggi   yuz   yillikka   xos   bo’lgan   jamiyat   hayoti
internasionallashuvining   keskin   o’sishi   bilan   belgilanadigan   ijtimoiy
munosabatlarning   yangicha   mazmuni   va   shakl-shamoyillarini   aks   ettiruvchi
yangicha   insoniylik   yotishi   lozim.   Mazkur   yangicha   insoniylik   global   ongni shakllantirishga   qaratilishi   va   kamida   uch   asosiy   negiz:   globallik   tuyg’usi,
zo’ravonlikka nisbatan  murosasizlik  va insonning asosiy  huquqlarini  tan olishdan
kelib chiqadigan adolatparvarlikni o’z ichiga olishi darkor. 
    Xalqaro   kuchlarning   birlashuvi .   Odamlar   dunyoqarashi   nafaqat   ularning
dunyo   haqidagi   bilimlarida,   balki   ular   bu   bilimni   qanday   talqin   qilishi,   qanday
xulosalar   chiqarishi   va   qanday   ish   ko’rishida   ham   namoyon   bo’ladi.   Shu   sababli
global muammolarni butun dunyo bahamjihat va zudlik bilan hal qilishi lozimligi
to’g’risida so’z yuritar ekanmiz, insoniyat nazariyada muayyan yutuqlarga va ba’zi
bir   amaliy   natijalarga   erishgan   holda,   dunyo   rivojlanishining   salbiy   jarayonlarini
to’xtatishga   hali   muvaffaq   bo’lmaganini   e’tibordan   chetda   qoldirishimiz   mumkin
emas.   Xalqaro   kuchlarning   lozim   darajada   birlashuvi,   ularning
muvofiqlashtirilgan,   izchil   va   eng   muhimi,   samarali   harakatlari   ham   hali   mavjud
emas.   Nega   shunday   bo’lyapti   va   bunga   nima   xalaqit   beryapti?   Hozirgi   rang-
barang   va   ziddiyatlarga   to’la   dunyoda   kelishilgan   harakatlarni   amalga   oshirish
mumkinmi?   Agar   mumkin   bo’lsa,   bunga   qanday   asosda   erishish   mumkin?   Bular
bugungi   kunda   ijtimoiy   tafakkur,   shu   jumladan   falsafa   yechishga   harakat
qilayotgan bosh masalalardir. 
Tarixiy tajriba turli xalqlarning yaqinlashuvi ularning manfaatlari mos kelgan
joyda   ayniqsa   yaxshiroq   yuz   berishini   ko’rsatadi.   O’zaro   manfaatdorlik   turli
qiyinchiliklarni   tez   bartaraf   etish,   savdo-sotiqni   faol   rivojlantirish,   iqtisodiy,
siyosiy va madaniy aloqalarni mustahkamlashga ko’maklashadi. 
Odatda bu yo’lda yengishga to’g’ri keladigan eng katta qiyinchiliklar eskicha
qarashlar,   qotib   qolgan   fikrlash   uslubi,   an’analar   bilan   bog’liq   bo’ladi.   Ular
o’zgarish xususiyatiga ega, lekin bu juda uzoq, katta qiyinchiliklar bilan va odatda
tashqi   yoki   ichki   omillar   ta’sirida   yuz   beradi.   Masalan,   tashqi   omillar   qatoriga
ekologik tanglikning kuchayishi, «demografik portlash» oqibatlari, urush xavfi va
nafaqat odamlarning turmush tarzini sezilarli darajada o’zgartirgan, balki ularning
ongiga ham o’z ta’sirini ko’rsatgan boshqa global muammolar kiradi.  Ichki omillar
inson   manfaati,   uning   subyektiv,   shaxsiy   asosi   bilan   bog’liq.   U   yoki   bu
muammolarning   keskinlik   darajasi,   hatto   buning   uchun   zarur   shart-sharoit   va yetarli   asoslar   paydo   bo’lgan   hollarda   ham,   nima   uchun   pasaymayapti,   degan
savolga javob topishda yuqorida zikr etilgan omillar, ayniqsa manfaat omili albatta
hisobga olinishi lozim. 
Global muammolarni hal qilishda xususiy va umumiy manfaatlar.  Har bir
xalq, har bir mamlakat xalqaro munosabatlarning u yoki bu tartibida, davlatlararo
savdo   oqimlarining   yo’nalishi   va   kapitallarning   taqsimlanishida   o’z   muayyan
manfaatiga ega bo’ladi. Ular tabiiy resurslardan foydalanish, atrof muhitni saqlash
va   shu   kabi   masalalarda   doim   o’z   manfaatlarini   himoya   qiladiki,   bu   ularning
siyosatida  umumiy masalalarda ham, xususiy  masalalarda  ham  bevosita  aks etadi
va   boshqa   mamlakatlar   siyosatiga   o’xshamasligiga   sabab   bo’ladi.   Ba’zan   ichki
manfaatlar umumiy manfaatlardan ustunlik qiladi. Bunday hollarda mazkur siyosat
boshqa   davlatlarning   manfaatlariga   zid   ravishda   amalga   oshiriladi.   Masalan,
ekologiya nuqtai nazaridan bu qo’shni hududlarda yashovchi  xalqlarning qarama-
qarshi manfaatlari to’qnashgan hollarda ko’p kuzatiladi. 
Ammo   hozir,   jamiyat   hayotining   internasionallashuvi   va   iqtisodiy
aloqalarning   o’sib   borayotgan   integrasiyalashuvi   sharoitida,   sayyoramizning   turli
burchaklarida   jahon   hamjamiyatining   yadro   urushi,   ekologik   tanglik,   demografik
keskinlik   va   resurslar   taqchilligini   bartaraf   etishdan   iborat   obyektiv   manfaatlarini
o’zlarining   umumiy   manfaati   deb   biluvchi   odamlar   soni   tobora   ko’payib
bormoqda.   Ma’rifatli   siyosiy   va   jamoat   arboblari   yanada   aniqroq   anglab
yetayotgan   kelishilgan   harakatlarga   bo’lgan   bu   obyektiv   ehtiyoj   hozirning
o’zidayoq ayrim davlatlar xulq-atvoriga ta’sir ko’rsatmoqda va hatto ularning ichki
va tashqi siyosatini ma’lum darajada belgilamoqda. 
Axborot inqilobi . 1981 yilda birinchi shaxsiy kompyuter paydo bo’lishi bilan
boshlangan   axborot   inqilobi   (u   kompyuter   inqilobi   deb   ham   ataladi)   jahonning
aksariyat mamlakatlarida odamlar turmush tarzini va ularning mehnati xususiyatini
butunlay   o’zgartirib   yubordi.   Bu   inqilobning   o’ziga   xos   xususiyati   shundaki,
axborot   muhim   resursga,   hozirgi   dunyo   jarayonlarini   boshqarishning   zaruriy
omiliga aylandi. Uning natijasi o’laroq, nafaqat chiqindisiz, energiya va resurslarni
asrovchi  texnologiyalar  paydo bo’ldi, balki  iqtisodiy  faoliyatning o’zi  ham  ishlab chiqarishning   maydalanishi   va   tabaqalanishi   tomonga   o’zgardi.   Masalan,   hozirgi
vaqtda   AQSh   eksportining   atigi   yetti   foizi   500   dan   ortiq   odam   ishlaydigan
korxonalarda   yaratiladi.   Qolgan   barcha   mahsulotlarni   kichik   jamoalar,   ba’zan   bir
necha   kishi   ishlaydigan   o’rta   va   kichik   kompaniyalar   ishlab   chiqaradi.   Yangi
texnologiyalar   va   xalqaro   mehnat   taqsimoti   sharofati   bilan   endilikda   global
iqtisodiyotda muhim rol o’ynash uchun katta mamlakat bo’lish shart emas. Bunga
o’z   yutuqlari   bilan   ham,   chuqur   iqtisodiy   tangliklari   bilan   ham   jahon
iqtisodiyotining umumiy holatiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatayotgan Singapur,
Tayvan, Janubiy Koreya kabi mamlakatlar misol bo’lishi mumkin. 
Yangi texnologiyalar va axborot inqilobi odamlarning atrof muhitda, ijtimoiy
va   siyosiy   hayotda   yuz   berayotgan   o’zgarishlar   ustidan   nazorat   olib   borish
borasidagi   imkoniyatlarini   ham   ko’p   karra   oshirdi.   «Kompyuter   shaxsning
qudratini   kengaytirgan   sharoitda   fuqarolar   o’z   hukumatlarining   harakatlarini
hukumatlar   fuqarolarning   harakatlarini   kuzatganidan   samaraliroq   kuzatishlari
mumkin» 1
, deb qayd etadi amerikalik futurologlar D.Nesbit va P.Eburdin. 
XX1   asrda   insoniyat   axborot   texnologiyalarining   takomillashgan   shakli
nanotexnologiyalarni   yaratdi.   Nanotexnologiya-mitti   texnologiya   bo’lib,   uning
prototipi   tabiatning   o’zida   mujassam.   Ko’zga   ko’rinmas   bakteriyalar,   chumoli,
o’rgimchak   va   shunga   o’xshash   hasharotlar   tabiiy   nano   jismlardir.   Olimlarning
bashorat   qilishicha   2020   yilda   insonni   avtomobil   halokatidan   saqlaydigan,
kayfiyatini  ko’taradigan, organizmining qaysi  qismi  nosog’lom ekanligidan xabar
beruvchi   nanokiyimlar   yaratilib,   ular   oddiy   magazinlarda   sotilishi   ,   shuningdek
odam   organizmiga   20mingda   nanorobortlar   (ularning   kattaligi   bitta   bakteriya
hajmiga   teng)   yuborilib,   kasal   organni   davolash   yoki   kesib   tashlash   imkoniyati
bo’lishi   bashorat   qilinmoqda  Biroq  hozirgi  kunda  XX   asrning  boshida  kir   yuvish
mashinalari,   mobil   telefonlari,   rangli   televizorlar,   soatiga   2500   km   tezlikda
uchadigan   avialaynerlarning   yaratilishiga   shubha   bilan   qaralgani   kabi   bu
taxminlarga ham shubha bilan qaralmoqda. 
1 1
 Несбит Д., Эбурдин П. Что нас ждет в 90-е годы. – М., 1992. – С.  347.  Inqiroz   ildizlari .   Ayrim   mamlakatlarda   ham,   butun   dunyoda   ham   barqaror
ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanishga   erishish   texnokratik   jamiyat   tuzilishi   va
mohiyatidan   kelib   chiqadigan   katta   qiyinchiliklar   bilan   bog’liq.   U   kompyuter
inqilobi   ta’sirida   o’zgarganiga   qaramay,   texnogen   sivilizasiyaning   asosiy   shakl-
shamoyillarini saqlab qolmoqda va shu sababli hozirda mavjud ko’rinishda nafaqat
bunday   jamiyat   tanqidchilarini,   balki   texnika   taraqqiyoti   tarafdorlari   (texnokratik
optimistlar) sobiq izdoshlarining bir qismini ham qanoatlantirmayapti. 
Ularning aksariyati fikriga ko’ra, hozirgi G’arb sivilizasiyasi insoniyat uchun
shikastli   bo’lgan   ko’pgina   ziddiyatlarni   yuzaga   keltirdi,   chunki   uning   zamirida
tabiat   va   uning   resurslariga   nisbatan   iste’molchilik   yondashuvi   yotadi.   Tegishli
qadriyatlar   tizimidan   mustahkam   o’rin   olgan   bunday   tasavvurlar   tarixan   sanoat
inqilobi,   keyinroq   -   fan-texnika   inqilobi   davrida   shakllangan   bo’lib,   o’z   ildizlari
bilan   inson,   xuddi   Yerdagi   Xudo   kabi,   dunyoni   bunyod   etadi,   uni   tabiat
imkoniyatlari  bilan ham, o’z imkoniyatlari  bilan ham  uncha hisoblashmasdan  o’z
ixtiyoriga   ko’ra   o’zgartiradi,   degan   dunyoqarashga   borib   taqaladi.   Pirovardida
nafaqat   ekologik   va   demografik   tangliklar,   balki   ma’naviy   inqiroz   ham   yuzaga
keladi,   bunda   avvalgi   dunyoqarash   mo’ljallari   obyektiv   sharoit   tazyiqi   ostida
o’zgarayotgan amaliyot bilan to’qnashadi. 
Yangi  qadriyatlar  tizimi . Ayni   shu  sababli   qadriyatlar   muammosi,  ijtimoiy
rivojlanishning   yangi   ustuvorliklarini   va   boshqa   dunyoqarash   mo’ljallarini   izlash
jamiyatni ma’naviy yangilashning bosh vazifalariga aylanadi. Bugungi kunda turli
mamlakatlarning   olimlari   boshqa   qadriyatlarga   muvofiq   bunyod   etilgan   o’zga
sivilizasiyaga  o’tish   amalga  oshirilgan  taqdirdagina  insoniyat   ekologik  va  boshqa
global muammolarni bartaraf eta olishi mumkinligini deyarli yakdillik bilan qayd
etmoqdalar.   Ularning   fikricha,   mazkur   qadriyatlar   tabiat   va   uning   ehtiyojlarini
tabiatdan   ustun   qo’yuvchi   antroposentrizmga   emas,   balki   hayot   fenomenining
betakrorligiga   va   biosferani   muvozanat   holatida   saqlash   lozimligiga   e’tiborni
qaratuvchi   biosferosentrizmga   asoslanishi   lozim.   Inson   esa,   aqlli   mavjudot   va
mazkur murakkab tizimning tarkibiy qismi sifatida, bu bilan nafaqat hisoblashishi,
balki   tegishli   tarzda   ish   ko’rishi   ham   lozim.   Uning   dunyoga   munosabatini o’zgartirish, insonparvarlik va koevolyusiya, ya’ni tabiat va jamiyatning mushtarak
rivojlanishi tamoyillariga tayanib, yangi qadriyatlar tizimini va ijtimoiy rivojlanish
mo’ljallarini yaratishdan boshqa yo’li yo’q. 
Dunyo   xalqlar   o’rtasida   o’zaro   aloqa   va   asosli   hamkorlik   yo’liga   yanada
ishonch   bilan   kirishi,   odamlarning   ijtimoiy-iqtisodiy   faoliyati   esa   tabiat   bilan
ziddiyatga   kirishmasligi   uchun   dunyoda   yuz   berayotgan   hozirgi   jarayonlar
haqidagi   ilmiy   bilimlarni   kengaytirish   va   chuqurlashtirish,   shuningdek
odamlarning   yuz   berayotgan   hodisalar   va   jarayonlarga   o’z   javobgarligini   yanada
teranroq   tushunishiga   erishish   lozim.   Bu   yana   shuning   uchun   ham   muhimki,
zamonaviy   elektron   qurilmalar   va   hisoblash   texnikasi   insonning   o’z   faoliyati
natijalarini   ham,   ular   olib   kelishi   mumkin   bo’lgan   oqibatlarni   ham   chamalash   va
bashorat   qilish   qobiliyatini   ko’p   karra   oshiradi.   Shu   sababli   ijtimoiy   va   ishlab
chiqarish   jarayonlarini   boshqarishda   olimning   roli   ortishi   bilan   bir   qatorda   uning
inson   uchun   ham,   atrof   muhit   uchun   ham   muayyan   ekologik,   tibbiy   va   boshqa
oqibatlarga   olib   kelishi   mumkin   bo’lgan   texnik   loyihalar   bo’yicha   qarorlar   va
tavsiyalar   uchun   javobgarligini   mislsiz   darajada   oshirish   masalasi   ham   alohida
ahamiyat kasb etadi. 
So’nggi yillarda genetika sohasidagi tadqiqotlar va amaliy ishlar o’ziga tobora
ko’proq   e’tiborni   tortmoqda.   Bu   yerda   jonli   organizmlarni,   shu   jumladan   insonni
ham   klonlash   imkonini   beruvchi   gen   injeneriyasi   uchun   keng   imkoniyatlar
ochilmoqda.   Bu   ko’p   sonli   axloqiy   va   psixologik   masalalarni   yuzaga   keltiradi,
chunki   inson   shaxs   sifatida   genlar   ta’sirida   faqat   ellik   foizga   shakllanadi,   qolgan
jihatdan   u   ijtimoiy   muhit   va   muayyan   yashash   sharoitlari   bilan   belgilanadigan
ijtimoiy mavjudotdir. 
Shu   munosabat   bilan   eng   yangi   falsafiy   adabiyotlarda   insonparvarlik
masalalari   yana   birinchi   o’ringa   chiqmoqda.   Fan-texnika   taraqqiyotini   nafaqat
ayrim   insonning,   balki   butun   insoniyatning   axloqiy   fazilatlariga   bevosita
bo’ysundiruvchi   inson   faoliyatini   butunlay   o’zgartirish   lozimligini   ifodalovchi
«ilmiy   insonparvarlik»   atamasi   faol   ishlab   chiqilmoqda.   I.A.Karimov   bu   xususda
shunday degan edi: «Ma’naviyatga qarshi qaratilgan har qanday tahdid o’z-o’zidan mamlakat   xavfsizligini,   uning   milliy   manfaatlarini,   sog’lom   avlod   kelajagini
ta’minlash yo’lidagi jiddiy xatarlardan biriga aylanishi va oxir – oqiatda jamiyatni
inqirozga olib kelishi» 1. 1.
.
Umuminsoniy   qadriyatlar .   Hozirgi   sharoitga   tatbiqan   muayyan   universal
asos   sifatidagi   «yangi   insonparvarlik»   to’g’risida   ham   ancha   ko’p   gapirilmoqda.
Uning mohiyati yer kurrasida yashovchi barcha odamlarning muhim manfaatlarini
aks   ettiradigan   va   shu   sababli   butun   dunyoda   umumiy   qadriyatlar   sifatida   idrok
etiladigan   borliq   me’yorlari   va   tamoyillarini   qaror   toptirishdan   iborat.   Bunday
qadriyatlarning   ayrimlari   ilk   bor   jahon   dinlarida   umuminsoniy   qoidalar   sifatida
ta’riflangan. 
Keyinchalik   muayyan   inson   dunyoviy   axloq   va   qadriyatlar   umumiy   tizimini
yaratishning   boshlang’ich   tayanch   nuqtasiga   aylandi.   Bu   odamlar,   davlatlar   va
xalqlar   o’rtasidagi   munosabatlarda   axloq   «oltin   qoidasi»ni   ro’yobga   chiqarish
mumkinligi   va   zarurligini   e’lon   qilgan   Forobiy,   Ibn   Sino,T.Gobbs,   P.Gassendi,
M.Volter,   J.J.Russo,   I.Kant,   G.Gerder   va   boshqa   mutafakkirlar   etikasida   ayniqsa
bo’rtib namoyon bo’ldi. Uning bizgacha turli ko’rinishlarda yetib kelgan mazmuni
Volter   bayonida   barcha   odamlarga   qaratilgan   insoniy   chorlov   sifatida   yangraydi:
«O’zing   bilan   qanday   muomala   qilishlarini   istasang,   boshqalar   bilan   shunday
muomala qil». 
Ayni shu XVII asrda ingliz liberalizmining yorqin vakili J.Lokk (1632-1704)
insonning uzviy huquqlari (yashash,  erkinlik, mulk huquqi va b.) daxlsiz ekanligi
haqidagi   g’oyani   ilgari   surdi.   Keyinchalik   Buyuk   fransuz   inqilobi   o’zining
mashhur   «erkinlik»,   «tenglik»,   «birdamlik»,   «adolat»   shiorlarini   e’lon   qilib,
odamlarning umuminsoniy qadriyatlarga bo’lgan ishonchini mustahkamladi.
Ular to’la holda BMT Bosh Assambleyasi 1948 yil 10 dekabrda qabul qilgan
Inson   huquqlari   umumjahon   deklarasiyasida   o’z   ifodasini   topdi   va   1975   yilda
xalqaro  Xelsinki  bitimi   bilan  tasdiqlanib,  jahon  hamjamiyati  tan  oluvchi  umumiy
normaga aylandi. 
1. 1
  И.А. Каримов .  Юксак маънавият - енгилмас куч . – Т.: Маънавият,   2008 . –  С. 209.  2- Masala.           2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha   H arakatlar strategiyasi.
I.        Davlat   va   jamiyat        qurilishi        tizimini   takomillashtirishning   ustuvor   
yo’nalishlari
1.1.   Demokratik   islohotlarni   chuqurlashtirish   va   mamlakatni
modernizasiya   qilishda   Oliy   Majlis,   siyosiy   partiyalarning   rolini   yanada
kuchaytirish:
davlat   hokimiyati   tizimida   Oliy   Majlisning   rolini   oshirish,   uning   mamlakat
ichki   va   tashqi   siyosatiga   oid   muhim   vazifalarni   hal   etish   hamda   ijro   hokimiyati
faoliyati   ustidan   parlament   nazoratini   amalga   oshirish   bo’yicha   vakolatlarini
yanada kengaytirish;
qabul   qilinayotgan   qonunlarning   amalga   oshirilayotgan   ijtimoiy-siyosiy,
ijtimoiy-iqtisodiy   va   sud-huquq   islohotlari   jarayoniga   ta’sirini   kuchaytirishga
yo’naltirgan holda qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan oshirish; siyosiy tizimni rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning
rolini kuchaytirish, ular o’rtasida sog’lom raqobat muhitini shakllantirish.
1.2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish:
davlat   boshqaruvini   markazlashtirishdan   chiqarish,   davlat   xizmatchilarining
kasbiy   tayyorgarlik,   moddiy   va   ijtimoiy   ta’minot   darajasini   oshirish   hamda
iqtisodiyotni   tartibga   solishda   davlat   ishtirokini   bosqichma-bosqich   qisqartirish
orqali davlat boshqaruvi va davlat xizmati tizimini isloh qilish;
mamlakatni   ijtimoiy-siyosiy   va   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlantirish   bo’yicha
vazifalarni   amalga   oshirishda   o’zaro   manfaatli   hamkorlikning   samarasini
oshirishga qaratilgan davlat-xususiy sheriklikning zamonaviy mexanizmlarini joriy
etish;
davlat   hokimiyati   va   boshqaruvi   organlari   faoliyatining   ochiqligini
ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy
manfaatlariga oid axborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish;
«Yelektron   hukumat»   tizimini   takomillashtirish,   davlat   xizmatlari
ko’rsatishning   samarasi,   sifatini   yuksaltirish   va   bu   xizmatdan   aholi   hamda
tadbirkorlik subyektlari tomonidan foydalanish imkoniyatini oshirish.
1.3.   Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish:
xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini joriy etish;
jamoatchilik   nazoratini   amalga   oshirishning   zamonaviy   shakllarini
rivojlantirish, ijtimoiy sheriklikning samarasini oshirish;
fuqarolik   jamiyati   institutlarini   rivojlantirish,   ularning   ijtimoiy   va   siyosiy
faolligini oshirish;
mahalla   institutining   jamiyat   boshqaruvidagi   o’rni   va   faoliyati
samaradorligini oshirish;
ommaviy   axborot   vositalarining   rolini   kuchaytirish,   jurnalistlarning   kasbiy
faoliyatini himoya qilish.
II.   Qonun   ustuvorligini   ta’minlash   va   sud-huquq   tizimini   yanada   isloh
qilishning ustuvor yo’nalishlari 2.1.   Sud   hokimiyatining   chinakam   mustaqilligini   ta’minlash,   sudning
nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish   va takomillashtirish:
sud   yalar   va   sud   apparati   xodimlarining   mavqyeini,   moddiy   rag’batlantirish
va   ijtimoiy   ta’minot   darajasini   oshirish,   sudlarning   moddiy-texnika   bazasini
mustahkamlash;
sud yalarga g’ayriqonuniy tarzda ta’sir o’tkazishga yo’l qo’ymaslik bo’yicha
ta’sirchan choralar ko’rish;
sudning mustaqilligi  va beg’arazligi, sud prosessida  tomonlarining tortishuvi
va teng huquqlik tamoyillarini har tomonlama tatbiq etish;
«Xabeas korpus» institutini qo’llash sohasini kengaytirish, tergov ustidan sud
nazoratini kuchaytirish;
sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini mustahkamlash;
sudlar  faoliyatiga  zamonaviy  axborot-kommunikasiya  texnologiyalarini   joriy
etish.
2.2.   Fuqarolarning   huquq   va   erkinliklarini   ishonchli   himoya   qilish
kafolatlarini ta’minlash:
fuqarolarning   murojaatlarini   o’z   vaqtida   hal   etish,   murojaatlarni   ko’rib
chiqishda   sansalorlik,   rasmiyatchilik   va   loqayd   munosabatda   bo’lish   holatlariga
yo’l   qo’yganlik   uchun   javobgarlikning   muqarrarligini   ta’minlash,   shuningdek,
buzilgan huquqlarni tiklashning barcha zarur choralarini ko’rish;
sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatida fuqarolarning
huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash;
fuqarolarning   xususiy   mulkka   bo’lgan   huquqlarini   amalga   oshirish
kafolatlarini mustahkamlash;
fuqarolarning odil sudlovga to’sqinliksiz erishishini ta’minlash;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosi samaradorligini oshirish.
2.3.   Ma’muriy,   jinoyat,   fuqarolik   va   xo’jalik   qonunchiligini
takomillashtirish: jinoyat   va   jinoyat-prosessual   qonunchiligini   takomillashtirish   va
liberallashtirish,   alohida   jinoiy   qilmishlarni   dekriminallashtirish,   jinoiy   jazolar   va
ularni ijro etish tartibini insonpapvaplashtirish;
odil   sudlovni   amalga   oshirish   samaradorligi   va   sifatini   oshirish,   ma’muriy,
jinoyat,   fuqarolik   va   xo’jalik   sud   ish   yurituvining   prosessual   asoslarini
takomillashtirish;
jinoyat,   fuqarolik   va   xo’jalik   ishlarini   ko’rib   chiqish   tartibini
takomillashtirish, bir-birini takrorlaydigan vakolat va instansiyalarni qisqartirish;
yelektron tartibda sud va ijro ishini yuritishning zamonaviy shakl   va usullarini
joriy etish.
2.4.   Jinoyatchilikka   qarshi   kurashish   va   huquqbuzarliklarning   oldini
olish tizimini takomillashtirish:
jinoyatchilikka   qarshi   kurashish   va   huquqbuzarliklarning   oldini   olish
borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirish;
diniy   ekstremizm   va   terrorizmga,   uyushgan   jinoyatchilikning   boshqa
shakllariga qarshi kurashish bo’yicha tashkiliy-amaliy choralarni kuchaytirish;
korrupsiyaga   qarshi   kurashishning   tashkiliy-huquqiy   mexanizmlarini
takomillashtirish   va   korrupsiyaga   qarshi   kurashish   tadbirlarining   samaradorligini
oshirish;
aholining   huquqiy   madaniyati   va   ongini   yuksaltirish,   bu   borada   davlat
tuzilmalarining   fuqarolik   jamiyati   institutlari,   ommaviy   axborot   vositalari   bilan
o’zaro samarali hamkorligini tashkil etish.
2.5.   Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash:
huquqni  muhofaza  qiluvchi  va  nazorat  idoralari  ishini   samarali   rejalashtirish
va uning natijalarini tahlil qilish, tizimli huquqbuzarliklarni aniqlash hamda ularga
imkoniyat yaratayotgan sabab va sharoitlarni bartaraf etish;
sud,   huquqni   muhofaza   qiluvchi   va   nazorat   idoralari   xodimlarini   o’qitish,
tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, rotasiya qilish tizimini
takomillashtirish; huquqni   muhofaza   qiluvchi   va   nazorat   idoralari   xodimlari   orasida
huquqbuzarliklarni   oldini   olish,   profilaktika   qilish   va   bartaraf   etish   bo’yicha
idoraviy nazoratning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;
huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyati ustidan jamoatchilik
nazorati   mexanizmlari   samaradorligini   oshirish,   fuqarolarning   huquqni   muhofaza
qilish tizimiga bo’lgan ishonchini mustahkamlash.
2.6.   Yuridik yordam va xizmat ko’rsatish tizimini takomillashtirish:
davlat organlarining yuridik xizmati faoliyati samaradorligini oshirish;
advokatura   institutini   rivojlantirish,   jinoyat,   fuqarolik,   ma’muriy   va   xo’jalik
ishlarini ko’rib chiqishda advokatlarning rolini oshirish;
notariat va fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish organlari tizimini isloh
qilish.
III.   Iqtisodiyotni   rivojlantirish   va   liberallashtirishning        ustuvor   
yo’nalishlari
3.1.   Makroiqtisodiy   barqarorlikni   yanada   mustahkamlash   va   yuqori
iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish:
makroiqtisodiy   mutanosiblikni   saqlash,   qabul   qilingan   o’rta   muddatli
dasturlar   asosida   tarkibiy   va   institusional   o’zgarishlarni   chuqurlashtirish   hisobiga
yalpi ichki mahsulotning barqaror yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlash;
xarajatlarning   ijtimoiy   yo’naltirilganini   saqlab   qolgan   holda   Davlat
byudjetining   barcha   darajalarida   mutanosiblikni   ta’minlash,   mahalliy
byudjetlarning   daromad   qismini   mustahkamlashga   qaratilgan   byudjetlararo
munosabatlarni takomillashtirish;
soliq  yukini   kamaytirish  va soliqqa  tortish  tizimini   soddalashtirish  siyosatini
davom   ettirish,   soliq   ma’muriyatchiligini   takomillashtirish   va   tegishli
rag’batlantiruvchi choralarni kengaytirish;
ilg’or   xalqaro   tajribada   qo’llaniladigan   instrumentlardan   foydalangan   holda
pul-kredit   siyosatini   yanada   takomillashtirish,   shuningdek   valyutani   tartibga
solishda   zamonaviy   bozor   mexanizmlarini   bosqichma-bosqich   joriy   etish,   milliy
valyutaning barqarorligini ta’minlash; bank   tizimini   isloh   qilishni   chuqurlashtirish   va   barqarorligini   ta’minlash,
banklarning kapitalashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy
barqarorligi   va   ishonchliligini   mustahkamlash,   istiqbolli   investisiya   loyihalari
hamda   kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlik   subyektlarini   kreditlashni   yanada
kengaytirish;
sug’urta,   lizing   va   boshqa   moliyaviy   xizmatlarning   xajmini   ularning   yangi
turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobiga kengaytirish, shuningdek kapitalni
jalb   qilish   hamda   korxona,   moliyaviy   institutlar   va   aholining   erkin   resurslarini
joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirish;
xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, etakchi xalqaro
va   xorijiy   moliyaviy   institutlar   bilan   aloqalarni   kengaytirish,   puxta   o’ylangan
tashqi   qarzlar   siyosatini   amalga   oshirishni   davom   ettirish,   jalb   qilingan   xorijiy
investisiya va kreditlardan samarali foydalanish.
3.2.   Tarkibiy   o’zgartirishlarni   chuqurlashtirish,   milliy   iqtisodiyotning
etakchi   tarmoqlarini   modernizasiya   va   diversifikasiya   qilish   hisobiga   uning
raqobatbardoshligini oshirish:
milliy   iqtisodiyotning   mutanosibligi   va   barqarorligini   ta’minlash,   uning
tarkibida   sanoat,   xizmat   ko’rsatish   sohasi,   kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlik
ulushini ko’paytirish;
ishlab   chiqarishni   modernizasiya   qilish,   texnik   va   texnologik   jihatdan
yangilash,   ishlab   chiqarish,   transport-kommunikasiya   va   ijtimoiy   infratuzilma
loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investisiya siyosatini olib borish;
yuqori   texnologiyali   qayta   ishlash   tarmoqlarini,   eng   avvalo,   mahalliy
xomashyo   resurslarini   chuqur   qayta   ishlash   asosida   yuqori   qo’shimcha   qiymatli
tayyor   mahsulot   ishlab   chiqarishni   jadal   rivojlantirishga   qaratilgan   sifat   jihatidan
yangi bosqichga o’tkazish orqali sanoatni yanada modernizasiya   va diversifikasiya
qilish;
iqtisodiyot   tarmoqlari   uchun   samarali   raqobatbardosh   muhitni   shakllantirish
hamda   mahsulot   va   xizmatlar   bozorida   monopoliyani   bosqichma-bosqich
kamaytirish; prinsipial   jihatdan   yangi   mahsulot   va   texnologiya   turlarini   o’zlashtirish,   shu
asosda   ichki   va   tashqi   bozorlarda   milliy   tovarlarning   raqobatbardoshligini
ta’minlash;
ishlab   chiqarishni   mahalliylashtirishni   rag’batlantirish   siyosatini   davom
ettirish   hamda,   eng   avvalo,   iste’mol   tovarlar   va   butlovchi   buyumlar   importining
o’rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperasiyasini kengaytirish;
iqtisodiyotda   energiya   va   resurslar   sarfini   kamaytirish,   ishlab   chiqarishga
energiya tejaydigan  texnologiyalarni  keng  joriy  etish,   qayta  tiklanadigan  energiya
manbalaridan   foydalanishni   kengaytirish,   iqtisodiyot   tarmoqlarida   mehnat
unumdorligini oshirish;
faoliyat ko’rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat
zonalari samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil etish;
xizmat   ko’rsatish   sohasini   jadal   rivojlantirish,   yalpi   ichki   mahsulotni
shakllantirishda   xizmatlarning   o’rni   va   ulushini   oshirish,   ko’rsatilayotgan
xizmatlar   tarkibini,   eng   avvalo,   ularning   zamonaviy   yuqori   texnologik   turlari
hisobiga tubdan o’zgartirish;
turizm   industriyasini   jadal   rivojlantirish,   iqtisodiyotda   uning   roli   va   ulushini
oshirish,   turistik   xizmatlarni   diversifikasiya   qilish   va   sifatini   yaxshilash,   turizm
infratuzilmasini kengaytirish;
yeksport   faoliyatini   liberallashtirish   va   soddalashtirish,   eksport   tarkibini   va
geografiyasini   diversifikasiya   qilish,   iqtisodiyot   tarmoqlari   va   hududlarning
eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish;
yo’l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy soha,
boshqaruv tizimiga axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish.
3.3.   Qishloq xo’jaligini modernizasiya qilish va jadal rivojlantirish:
tarkibiy   o’zgartirishlarni   chuqurlashtirish   va   qishloq   xo’jaligi   ishlab
chiqarishini   izchil   rivojlantirish,   mamlakat   oziq-ovqat   xavfsizligini   yanada
mustahkamlash,   ekologik   toza   mahsulotlar   ishlab   chiqarishni   kengaytirish,   agrar
sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish; paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, bo’shagan erlarga
kartoshka,  sabzavot, ozuqa va yog’  olinadigan ekinlarni ekish, shuningdek,  yangi
intensiv   bog’   va   uzumzorlarni   joylashtirish   hisobiga   ekin   maydonlarini   yanada
optimallashtirish;
fermer   xo’jaliklari,   eng   avvalo,   qishloq   xo’jaligi   mahsulotlarini   ishlab
chiqarish   bilan   bir   qatorda,   qayta   ishlash,   tayyorlash,   saqlash,   sotish,   qurilish
ishlari   va   xizmatlar   ko’rsatish   bilan   shug’ullanayotgan   ko’p   tarmoqli   fermer
xo’jaliklarini rag’batlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
qishloq xo’jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yarim tayyor   va tayyor
oziq-ovqat   hamda   qadoqlash   mahsulotlarini   ishlab   chiqarish   bo’yicha   eng
zamonaviy   yuqori   texnologik   asbob-uskunalar   bilan   jihozlangan   yangi   qayta
ishlash   korxonalarini   qurish,   mavjudlarini   rekonstruksiya   va   modernizasiya   qilish
bo’yicha investisiya loyihalarini amalga oshirish;
qishloq   xo’jaligi   mahsulotlarini   saqlash,   tashish   va   sotish,   agrokimyo,
moliyaviy   va   boshqa   zamonaviy   bozor   xizmatlari   ko’rsatish   infratuzilmasini
yanada kengaytirish;
sug’oriladigan erlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, meliorasiya va
irrigasiya   obyektlari   tarmoqlarini   rivojlantirish,   qishloq   xo’jaligi   ishlab   chiqarish
sohasiga   intensiv   usullarni,   eng   avvalo,   suv   va   resurslarni   tejaydigan   zamonaviy
agrotexnologiyalarni   joriy   etish,   unumdorligi   yuqori   bo’lgan   qishloq   xo’jaligi
texnikasidan foydalanish;
kasallik   va   zararkunandalarga   chidamli,   mahalliy   er-iqlim   va   ekologik
sharoitlarga   moslashgan   qishloq   xo’jaligi   ekinlarining   yangi   seleksiya   navlarini
hamda yuqori mahsuldorlikka ega hayvonot zotlarini yaratish   va ishlab chiqarishga
joriy etish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish;
global   iqlim   o’zgarishlari   va   Orol   dengizi   qurishining   qishloq   xo’jaligi
rivojlanishi hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy ta’sirini yumshatish bo’yicha
tizimli chora-tadbirlar ko’rish.
3.4.   Iqtisodiyotda  davlat   ishtirokini  kamaytirish,  xususiy   mulk  huquqini
himoya qilish va uning ustuvor mavqyeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirishga qaratilgan institusional va
tarkibiy islohotlarni davom ettirish:
xususiy   mulk   huquqi   va   kafolatlarini   ishonchli   himoya   qilishni   ta’minlash,
xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo’lidagi barcha to’siq va cheklovlarni
bartaraf etish, unga to’liq erkinlik berish, “Agar xalq boy bo’lsa, davlat ham boy va
kuchli bo’ladi” degan tamoyilni amalga oshirish;
kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlikni   keng   rivojlantirish   uchun   qulay
ishbilarmonlik   muhitini   yaratish,   tadbirkorlik   tuzilmalarining   faoliyatiga   davlat,
huquqni   muhofaza   qiluvchi   va   nazorat   idoralari   tomonidan   noqonuniy
aralashuvlarning qat’iy oldini olish;
davlat   mulkini   xususiylashtirishni   yanada   kengaytirish   va   uning   tartib-
taomillarini   soddalashtirish,   xo’jalik   yurituvchi   subyektlarning   ustav
jamg’armalarida   davlat   ishtirokini   kamaytirish,   davlat   mulki   xususiylashtirilgan
obyektlar   bazasida   xususiy   tadbirkorlikni   rivojlantirish   uchun   qulay   shart-
sharoitlar yaratish;
investisiya   muhitini   takomillashtirish,   mamlakat   iqtisodiyoti   tarmoqlari   va
hududlariga xorijiy, eng avvalo, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investisiyalarni  faol jalb
qilish;
korporativ   boshqaruvning   zamonaviy   standart   va   usullarini   joriy   etish,
korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish;
tadbirkorlik   subyektlarining   muhandislik   tarmoqlariga   ulanishi   bo’yicha
tartib-taomil va mexanizmlarni takomillashtirish va soddalashtirish;
mamlakatning   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanish   jarayonlarini   tartibga   solishda
davlat   ishtirokini   kamaytirish,   davlat   boshqaruvi   tizimini   markazlashtirishdan
chiqarish va demokratlashtirish, davlat-xususiy  sheriklikni  kengaytirish, nodavlat,
jamoat   tashkilotlari   va   joylardagi   o’zini   o’zi   boshqarish   organlarining   rolini
oshirish.
3.5.   Viloyat,   tuman   va   shaharlarni   kompleks   va   mutanosib   ijtimoiy-
iqtisodiy   rivojlantirish,   ularning   mavjud   salohiyatidan   samarali   va   optimal
foydalanish: ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanishni   jadallashtirish,   xalqning   turmush   darajasi   va
daromadlarini oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral-xomashyo, sanoat,
qishloq   xo’jaligi,   turistik   va   mehnat   salohiyatidan   kompleks   va   samarali
foydalanishni ta’minlash;
hududlar   iqtisodiyotini   modernizasiya   va   diversifikasiya   qilish   ko’llamini
kengaytirish,   rivojlanish   darajasi   nisbatan   past   bo’lgan   tuman   va   shaharlarni,   eng
avvalo,   sanoat   va   eksport   salohiyatini   oshirish   yo’li   bilan   jadal   rivojlantirish
hisobiga   mintaqalar   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanish   darajasidagi   farqlarni
kamaytirish;
yangi   sanoat   korxonalari   va   servis   markazlarini   tashkil   etish,   kichik   sanoat
zonalarini tashkil qilish, yirik xo’jalik birlashmalarining mablag’larini, banklarning
kreditlarini va xususiy xorijiy investisiyalarni jalb qilish hisobiga kichik shaharlar
va shaharchalarni jadal rivojlantirish;
sanoat   va   xizmatlar   ko’rsatish   sohasini   jadal   rivojlantirish   hisobiga
subvensiyaga qaram tuman va shaharlarni kamaytirish va mahalliy byudjetlarning
daromad bazasini kengaytirish;
sanoat   korxonalari   va   boshqa   ishlab   chiqarish   obyektlarini   joylashtirishga
qulay   shart-sharoitlar   yaratish,   xususiy   tadbirkorlikni   keng   rivojlantirish   hamda
aholining turmush sharoitini yaxshilash  maqsadida hududlarning ishlab chiqarish,
muhandis-kommunikasiya   va   ijtimoiy   infratuzilma   tarmoqlarini   yanada
rivojlantirish va modernizasiya qilish.
IV.   Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari
4.1.   Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish:
aholining   real   pul   daromadlarini   va   xarid   qobiliyatini   oshirish,   kam
ta’minlangan oilalar sonini va aholining daromadlari bo’yicha farqlanish darajasini
yanada kamaytirish;
byudjet   muassasalari   xodimlarining   ish   haqi,   pensiya,   stipendiya   va   ijtimoiy
nafaqalar hajmini inflyasiya sur’atlaridan yuqori miqdorda izchil oshirish;
yangi   ish   o’rinlarini   yaratish   hamda   aholining,   eng   avvalo,   o’rta   maxsus   va
oliy   o’quv   muassasalari   bitiruvchilari   bandligini   ta’minlash,   mehnat   bozori mutanosibligini   va   infratuzilmasi   rivojlanishini   ta’minlash,   ishsizlik   darajasini
kamaytirish;
mehnatga   layoqatli   aholining   mehnat   va   tadbirkorlik  faolligini   to’liq  amalga
oshirish   uchun   sharoitlar   yaratish,   ish   kuchi   sifatini   yaxshilash,   ishga   muhtoj
shaxslarni   kasbga   tayyorlash,   qayta   tayyorlash   va   malakasini   oshirish   tizimini
kengaytirish.
4.2.   Aholini   ijtimoiy   himoya   qilish   va   sog’liqni   saqlash   tizimini
takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish:
aholiga   majburiy   ijtimoiy   kafolatlarni   ta’minlash,   aholining   ehtiyojmand
qatlamlarini   ijtimoiy   himoyasini   hamda   keksalar   va   imkoniyati   cheklangan
shaxslarni   davlat   tomonidan   qo’llab-quvvatlashni   kuchaytirish,   ijtimoiy   xizmat
ko’rsatishni   yaxshilash,   aholiga   ijtimoiy   xizmatlar   ko’rsatishda   davlat-xususiy
sherikligini rivojlantirish;
aholiga   tibbiy   va   ijtimoiy-tibbiy   xizmat   ko’rsatish   qulayligi   hamda   sifatini
oshirishga,   aholi   o’rtasida   sog’lom   turmush   tarzini   shakllantirishga,   tibbiyot
muassasalarining   moddiy-texnika   bazasini   mustahkamlashga   yo’naltirgan   holda
sog’liqni   saqlash   sohasini,   eng   avvalo,   uning   dastlabki   bo’g’inini,   tez   va
shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada isloh qilish;
oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, onalar
va   bolalarning   sifatli   tibbiy   xizmatdan   foydalanishni   kengaytirish,   ularga
ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam ko’rsatish,
chaqaloqlar   va   bolalar   o’limini   kamaytirish   bo’yicha   kompleks   chora-tadbirlarni
yanada kengroq amalga oshirish;
xotin-qizlarning   ijtimoiy-siyosiy   faolligini   oshirish,   ularni   davlat   va   jamiyat
boshqaruvidagi   o’rnini   kuchaytirish,   xotin-qizlar,   kasb-hunar   kolleji   bitiruvchi
qizlarining   bandligini   ta’minlash,   ularni   tadbirkorlik   faoliyatiga   keng   jalb   etish,
oila asoslarini yanada mustahkamlash;
pensionerlar,   nogiron,   yolg’iz   keksalar,   aholining   boshqa   ehtiyojmand
toifalarining   to’laqonli   hayot   kechirishlarini   ta’minlash   uchun   ularga   tibbiy-
ijtimoiy yordam ko’rsatish tizimini yanada rivojlantirish   va takomillashtirish; farmasevtika   sanoatini   yanada   rivojlantirish,   aholi   va   tibbiyot
muassasalarining   arzon,   sifatli   dori   vositalari   va   tibbiyot   buyumlari   bilan
ta’minlanishini   yaxshilash,   dori-darmonlar   narxlarining   asossiz   o’sishiga   yo’l
qo’ymaslik bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
aholi   o’rtasida   kasallanish   ko’rsatkichlari   pasayishini   va   umr   uzayishini
ta’minlash.
4.3.   Arzon   uy-joylar   barpo   etish   bo’yicha   maqsadli   dasturlarni   amalga
oshirish,   aholining   hayot   sharoitlari   yaxshilanishini   ta’minlovchi   yo’l-
transport,   muhandislik-kommunikasiya   va   ijtimoiy   infratuzilmani
rivojlantirish hamda modernizasiya qilish:
aholi, eng avvalo, yosh oilalar, eskirgan uylarda yashab kelayotgan fuqarolar
va  uy-joy  sharoitini  yaxshilashga   muhtoj  boshqa  fuqarolarning  yashash  sharoitini
imtiyozli   shartlarda   ipoteka   kreditlari   ajratish   hamda   shahar   va   qishloq   joylarda
arzon uylar qurish orqali yanada yaxshilash;
aholining kommunal-maishiy xizmatlar bilan ta’minlanish darajasini oshirish,
eng   avvalo,   yangi   ichimlik   suvi   tarmoqlarini   qurish,   tejamkor   va   samarali
zamonaviy texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish orqali qishloq joylarda
aholining toza ichimlik suvi bilan ta’minlashni tubdan yaxshilash;
odamlarning   ekologik   xavfsiz   muhitda   yashashini   ta’minlash,   maishiy
chiqindilarni qayta ishlash komplekslarini qurish va modernizasiya qilish, ularning
moddiy-texnika   bazasini   mustahkamlash,   aholini   chiqindini   yo’q   qilish   bo’yicha
zamonaviy obyektlar bilan ta’minlash;
aholiga   transport   xizmati   ko’rsatishni   tubdan   yaxshilash,   yo’lovchi   tashish
xavfsizligini oshirish va atrof muhitga zararli moddalar chiqishini kamaytirish, har
tomonlama   qulay   yangi   avtobuslarni   sotib   olish,   avtovokzal   va   avtostansiyalarni
qurish hamda rekonstruksiya qilish;
yo’l  infratuzilmasi  qurilishi  va rekonstruksiya qilinishini  davom  ettirish, eng
avvalo,   mintaqaviy   avtomobil     yo’llarini   rivojlantirish,   xo’jaliklararo   qishloq
avtomobil  yo’llarini, aholi punkti ko’chalarini kapital va joriy ta’mirlash; yangi   elektr   energiya   ishlab   chiqarish   quvvatlarini   qurish   va   mavjudlarini
modernizasiya   qilish,   past   kuchlanishli   elektr   tarmoqlari   va   transformator
punktlarini   yangilash   asosida   aholini   elektr   energiyasi   hamda   boshqa   yoqilg’i-
yenergiya resurslari bilan ta’minlashni yaxshilash, shuningdek, qayta tiklanadigan
energiya   manbalaridan   foydalanishni   kengaytirish   bo’yicha   chora-tadbirlarni
amalga oshirish;
teatr   va   tomosha   maskanlarini,   madaniy-ma’rifiy   tashkilotlar   va   muzeylar
faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini
mustahkamlash.
4.4.   Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish:
uzluksiz   ta’lim   tizimini   yanada   takomillashtirish,   sifatli   ta’lim   xizmatlari
imkoniyatlarini   oshirish,   mehnat   bozorining   zamonaviy   ehtiyojlariga   mos   yuqori
malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish;
ta’lim   muassasalarini   qurish,   rekonstruksiya   qilish   va   kapital   ta’mirlash,
ularni zamonaviy o’quv va laboratoriya asboblari, komp yuter texnikasi va o’quv-
metodik   qo’llanmalar   bilan   jihozlash   orqali   ularning   moddiy-texnika   bazasini
mustahkamlash yuzasidan maqsadli chora-tadbirlarni ko’rish;
maktabgacha   ta’lim   muassasalari   tarmog’ini   kengaytirish   va   ushbu
muassasalarda   bolalarning   har   tomonlama   intellektual,   estetik   va   jismoniy
rivojlanishi   uchun   shart-sharoitlarni   tubdan   yaxshilash,   bolalarning   maktabgacha
ta’lim   bilan   qamrab   olinishini   jiddiy   oshirish   va   foydalanish   imkoniyatlarini
ta’minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish;
umumiy   o’rta   ta’lim   sifatini   tubdan   oshirish,   chet   tillar,   informatika   hamda
matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim  va talab yuqori bo’lgan
fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o’rganish;
bolalarni   sport   bilan   ommaviy   tarzda   shug’ullanishga,   ularni   musiqa   hamda
san’at   dunyosiga   jalb   qilish   maqsadida   yangi   bolalar   sporti   obyektlarini,   bolalar
musiqa va san’at maktablarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish; kasb-hunar kollejlari o’quvchilarini bozor iqtisodiyoti va ish beruvchilarning
ehtiyojlariga   javob   beradigan   mutaxassisliklar   bo’yicha   tayyorlash   hamda   ishga
joylashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirish;
ta’lim   va   o’qitish   sifatini   baholashning   xalqaro   standartlarini   joriy   etish
asosida   oliy   ta’lim   muassasalari   faoliyatining   sifati   hamda   samaradorligini
oshirish,   oliy   ta’lim   muassasalariga   qabul   kvotalarini   bosqichma-bosqich
ko’paytirish;
ilmiy-tadqiqot   va   innovasiya   faoliyatini   rag’batlantirish,   ilmiy   va   innovasiya
yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o’quv
yurtlari   va   ilmiy-tadqiqot   institutlari   huzurida   ixtisoslashtirilgan   ilmiy-
yeksperimental   laboratoriyalar,   yuqori   texnologiya   markazlari   va   texnoparklarni
tashkil etish.
4.5.   Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish:
jismonan sog’lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga
sodiq,   qat’iy   hayotiy   nuqtai   nazarga   ega   yoshlarni   tarbiyalash,   demokratik
islohotlarni   chuqurlashtirish   va   fuqarolik   jamiyatini   rivojlantirish   jarayonida
ularning ijtimoiy faolligini oshirish;
o’rta   maxsus,   kasb-hunar   va   oliy   ta’lim   muassasalari   bitiruvchilarini   ishga
joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish;
yosh   avlodning   ijodiy   va   intellektual   salohiyatini   qo’llab-quvvatlash   va
ro’yobga   chiqarish,   bolalar   va   yoshlar   o’rtasida   sog’lom   turmush   tarzini
shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish;
yoshlarni   ijtimoiy   himoya   qilish,   yosh   oilalar   uchun   munosib   uy-joy   va
ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish;
yoshlarga   oid   davlat   siyosatini   amalga   oshirishda   davlat   hokimiyati   va
boshqaruvi   organlari,   ta’lim   muassasalari,   yoshlar   va   boshqa   tashkilotlarning
samarali faoliyatini tashkil etish.
V.   Xavfsizlik,   millatlararo   totuvlik   va   diniy   bag’rikenglikni   ta’minlash
hamda   chuqur   o’ylangan,   o’zaro        manfaatli   va   amaliy   tashqi   siyosat   
sohasidagi ustuvor yo’nalishlar 5.1.   Xavfsizlik,   diniy   bag’rikenglik   va   millatlararo   totuvlikni   ta’minlash
sohasidagi ustuvor yo’nalishlar:
O’zbekiston   Respublikasining   konstitusiyaviy   tuzumi,   suvereniteti,   hududiy
yaxlitligini muhofaza qilish;
axborot   xavfsizligini   ta’minlash   va   axborotni   himoya   qilish   tizimini
takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga o’z vaqtida va munosib qarshilik
ko’rsatish;
fuqarolik,   millatlararo   va   konfessiyalararo   tinchlik   hamda   totuvlikni
mustahkamlash;
davlatning   mudofaa   qobiliyatini   mustahkamlash,   O’zbekiston   Respublikasi
Qurolli Kuchlarining jangovar qudrati va salohiyatini oshirish;
atrof-tabiiy   muhit,   aholi   salomatligi   va   genofondiga   ziyon   etkazadigan
ekologik muammolarni oldini olish;
favqulodda   vaziyatlarni   oldini   olish   va   bartaraf   etish   tizimini
takomillashtirish.
5.2.   Chuqur   o’ylangan,   o’zaro   manfaatli   va   amaliy   tashqi   siyosat
sohasidagi ustuvor yo’nalishlar:
davlat   mustaqilligi   va   suverenitetini   mustahkamlash,   mamlakatning   xalqaro
munosabatlarning   teng   huquqli   subyekti   sifatidagi   o’rni   va   rolini   oshirish,
rivojlangan   demokratik   davlatlar   qatoriga   kirish,   O’zbekistonning   yon-atrofida
xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo’shnichilik muhitini shakllantirish;
O’zbekiston   Respublikasining   xalqaro   nufuzini   mustahkamlash,   mamlakatda
olib borilayotgan islohotlar to’g’risida jahon hamjamiyatiga xolis axborot etkazish;
O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining
normativ-huquqiy   bazasini   hamda   xalqaro   hamkorlikning   shartnomaviy-huquqiy
asoslarini takomillashtirish;
davlat chegarasini delimitasiya va demarkasiya qilish masalalarini   hal etish
3- MASALA.   IJTIMOIY   PROGNOZLASHTIRISH
MUAMMOLARI O’zining, o’z farzandlarining, o’zi yashayotgan mamlakatning kelajagi haqida
bilishni istamagan odam bo’lmasa kerak. Shu sababli qadim zamonlardan boshlab
turli  xalqlarda ertangi kunga nazar  tashlash,  kelajakni  bashorat  qilish qobiliyatiga
ega   bo’lgan   kishilar   katta   izzat-ikromga   sazovor   bo’lgan.   Forslar   ularni
afsungarlar,   bobilliklar   va   assiriyaliklar   –   xaldeylar,   qadimgi   Misr   aholisi   –
kohinlar   deb   atagan.   Bashoratgo’ylar   qadimgi   Yunoniston   aholisining   hayotida
alohida o’rin egallagan. Kelajakni  bashorat  qilishga  falsafa tarixida ham, ijtimoiy
tafakkurda   ham   turli   ko’rinishlarda   alohida   e’tibor   qaratilgan.   Tarixning   o’tish
davrlarida, keskin ijtimoiy konfliktlar yuz bergan davrlarda bashoratning ahamiyati
ayniqsa   oshgan.   Bu   insoniyat   hayotining   barcha   jabhalarida   olamshumul
o’zgarishlar   yuz   berayotgan   hozirgi   davrga   ham   xos.   Yuzaga   kelgan   sharoitda
ijtimoiy   bashorat   masalalari   o’ta   muhim   nazariy   va   metodologik   ahamiyat   kasb
etmoqda,   ularni   ishlab   chiqish   esa   falsafiy   tafakkurning   dolzarb   vazifalaridan
biriga aylanmoqda. Darhaqiqat, kelajak bilan shug’ullanmagan falsafaning kelajagi
yo’q. 
Ushbu   mavzuning   maqsadi   bashoratga   umumiy   tavsif   berish,   uning   asosiy
turlarini   ko’rib   chiqishdan;   ijtimoiy   prognoz   nimaligini,   uning   metodlari   va
tiplarini   aniqlashdan;   davrimizning   olamshumul   muammolar   bilan   belgilangan
asosiy futurologik konsepsiyalarini tahlil qilishdan iborat. 
Ijtimoiy bashorat: turlari, tiplari, metodlari .   Bashorat  – kelajak haqidagi,
ya’ni   hali   amalda   mavjud   bo’lmagan,   lekin   rivojlanishning   kutilayotgan   rivojini
belgilovchi  obyektiv va subyektiv omillar  ko’rinishida hozirgi  zamonda potensial
mavjud bo’lgan hodisalar  va jarayonlar  haqidagi  bilim. Bashorat  o’z gnoseologik
tabiatiga ko’ra gipotezani ilgari surishga yaqin turadi. Ammo gipoteza – o’tmishni
ham,   hozirgi   zamonni   ham,   kelajakni   ham   bilishga   tatbiq   etiladigan   mantiqiy
shakl,   bashorat   esa   kelajakka   yoki   hali   ma’lum   bo’lmagan   hozirgi   davrga   qarab
mo’ljal oladi. 
Kelajakni   oldindan   aytish   usuli,   teranlik   va   aniqlik   darajasiga   ko’ra
bashoratning   uch   turini   farqlash   mumkin:   1)   kundalik   bashorat;   2)   intuitiv bashorat;   3)   ilmiy   bashorat.   kundalik   bashorat   insonning   kundalik   hayot
tajribasiga,   tabiat   va   jamiyatda   u   yoki   bu   voqyealarning   tez-tez   takrorlanishini
bevosita   kuzatishga   asoslanadi.   kundalik   bashoratlarga   xalqda   keng   mashhur
bo’lgan ob-havo alomatlari misol bo’lishi mumkin. Masalan, quyosh botayotganda
odatdagidan uzoqroq ushlanib qolgan bo’lsa, yomg’irni kutish keraq yozda ertalab
tuman tushgan bo’lsa, demak kunduzi havo ochiq bo’ladi; Sharqdan shamol  essa,
tez orada yomg’irlar tugaydi. 
Bashoratning ikkinchi turi – intuitiv bashorat. Ma’lumki, intuisiya – bu ilmiy
tajriba va mantiqiy mushohadasiz haqiqatning tagiga bevosita yetish. Bashoratning
bu   turi   hali   yaxshi   o’rganilmagan   va   ko’pincha   unga   yetarlicha   baho   berilmaydi.
Holbuki,   aqlni   lol   qoldiradigan   faktlar   ma’lum.   Masalan,   t o’rt   yuz   yil   oldin
yashagan   fransuz   tabibi   Mishel   Nostradamus   misli   ko’rilmagan   bashoratgo’ylik
qobiliyatiga ega bo’lgan. O’zining mashhur «Senturiyalari» va boshqa asarlarida u
XX   asrning   texnik   kashfiyotlari   –   suv   osti   kemalari,   samolyotlar,   vodorod
bombasinigina   emas,   balki   fransuz   va   rus   inqiloblarini,   shuningdek   de   Goll,
Franko,   Lenin,   Stalin,   Gitler,   Mussolini   kabi   shaxslarning   paydo   bo’lishini   ham
bashorat qilgan .
O’z   davrining   mashhur   folbini   Aleksandra   Filippovna   Kirxgof   buyuk   shoir
Aleksandr   Pushkinga   uning   hayotidagi   muhim   voqyealarni:   tez   orada   ko’p   pul
olish,   ikki   surgun,   uylanish,   mashhurlik,   38   yoshda   hayotni   tark   etish   ehtimolini
bashorat qilgan. Afsuski, bu bashorat to’la ro’yobga chiqqan. 
Ukrainalik   atoqli   faylasuf   va   shoir   Grigoriy   Skovoroda   ham   bashorat   qilish
qobiliyatiga ega bo’lgan. U o’z qishlog’i – Ivanovkaga oxirgi marta kelganda kasal
bo’lmagan.   Hammaga   o’zining   o’limi   yaqinligini   e’lon   qilgan,   o’zi   o’ziga   qabr
qazgan,   o’z   «xonaqosi»ga   qaytib   kelgan,   ich   kiyimini   almashtirgan,   boshiga   o’z
asarlarini qo’ygan va vafot etgan. 
Boshqa   ko’plab   g’ayrioddiy   faktlarni   keltirish   mumkin.   Ularning   barchasi
intuitiv bashoratni e’tibordan soqit etish yaramasligidan dalolat beradi. 
XX   aso   oxiri   XXI   asr   boshlarida   dunyo   tan   olgan   va   e’tirof   etgan
bashoratchilar Vanga xonim, Juna Davitashvili, er-xotin Pavel va Tamara Globalar bo’lib,   ular   1989   yildayoq   1991   yilda   SSSR   parchalanishini,   o’sha   davrda
hukumatni   boshqarayotgan   V.   Gorbachevning   taxtdan   ag’darilishini   va   Mustaqil
hamdo’stlik mamlakatlari tashkil etilib, jamiyat hayotida yangi davr boshlanishini
bashorat qilganlar.
Odatdagi   va   intuitiv   bashoratdan   farqli   o’laroq,   ilmiy   bashorat   fan   doirasida
yoki   uning   yordamida   amalga   oshiriladi   va   o’rganilayotgan   jarayonning
qonuniyatlarini bilishga asoslanadi.   U kelajakni  ancha samarali bashorat qilish va
oldindan ko’ra bilish imkonini beradi. 
Ilmiy   bashoratning   ayrim   elementlari   qadimgi   dunyodayoq   mavjud   bo’lgan.
Masalan,   faylasuf   Fales   (miloddan   avvalgi   640-562   yillar)   miloddan   avvalgi   585
yilda   quyosh   tutilishini   bashorat   qilgani   ma’lum.   Ammo   bashorat   haqidagi
dastlabki  bilimlar  XV-XVII  asrlardagina tabiiy va ijtimoiy fanlarning rivojlanishi
bilan   bir   vaqtda   ilmiy   tizimga   solina   boshlagan.   Bu   jarayon   XX   asrning   60-
yillarida ancha yaxlit ilmiy nazariyalarning yaratilishi bilan yakunlangan. 
Inson faoliyati sohalari va bilish obyektiga qarab ilmiy bashoratning ijtimoiy,
iqtisodiy,   siyosiy,   harbiy   va   boshqa   turlari   farqlangan.   Ijtimoiy   bashoratning
xususiyatini qayd etish uchun «prognoz qilish» tushunchasi muomalaga kiritilgan.
Prognoz   qilish   bashoratning   alohida   shakli   bo’lib,   u   ijtimoiy   jarayonlarni
o’rganishda yuqori darajada ilmiy asoslanganlik va obyektivlik bilan ajralib turadi.
Ilmiy   bashoratning   boshqa   shakllaridan   farqli   o’laroq   prognoz   qilish   –   bu   o’z
metodologiyasi va texnikasiga ega bo’lgan maxsus tadqiqot. 
G’ arb mamlakatlarida ijtimoiy prognoz qilish ilmiy bashoratning turii sifatida
«futurologiya» (lot. futurum –  kelajak  va yunon. logos – ta’limot) degan nom bilan
vujudga   kelgan.   Bu   atamani   ilk   bor   G’arb iy   Berlin   Erkin   u niversiteti   huzuridagi
Otto   Zur   nomidagi   institut   professori   O.Flextgaym   ishlatgan.   Shuni   qayd   etish
lozimki,   «futurologiya»   atamasi   umumiy   e’tirof   etilgani   yo’q.   Misol   uchun,
bashorat  muammolari   bo’yicha  fransuz  mutaxassislarining   aksariyati   futurolog i ya
insonning   kelajakni   ishonch   bilan   bashorat   qilish   qobiliyati   haqida   xom   xayol
qilish   uchun   asos   bo’ladi,   deb   hisoblaydi.   Futurologiya   o’rniga   «fyutyuribli» atamasi   taklif   qilingan   bo’lib,   u   «ehtimol   tutilgan   kelajak»   degan   ma’noni
anglatadi. Bunda kelajakning shartliligi, ko’p variantliligiga urg’u beradi. 
Mamlakatimizda   ijtimoiy   bashorat   bilan   bog’liq   tadqiqotlar   «prognostika»
degan nom olgan. Bu yosh fan prognoz qilish qonunlari,  tamoyil lari va metodlarini
o’rganadi,   mantiq   muammolarini   va   har   xil   tipdagi   prognostik   tadqiqotlarning
tasniflarini   ishlab   chiqadi.   U   endigina   shakllanish   davrini   boshdan   kechirmoqda,
lekin   hozirning   o’zidayoq   kelajakning   ilmiy   muqobillarini   yaratishning   muhim
vositasi hisoblanadi.  Prognozdashtirish masalasi bilan K Tulenova shug’ullanadi.
Bugungi   kunda   ijtimoiy   prognoz   qilish   muammolari   bilan   maxsus   xalqaro
tashkilotlar   shug’ullanadi.   Ularning   orasida   quyidagilar   bor:   Gudzon   instituti,
REND   va   Kelajak   uchun   resurslar   korpora s iyalari,   Chikago   va   Kaliforniya
universitetlari   (A Q Sh);   Keyingi   30   yil da   Angliya ,   Fransiya,   Germaniya,
Gollandiyadagi   futurologiya   institutlari   va   b.   Yirik   xalqaro   uyushmalar:   Jahon
futurologlar   jamiyati,   Kelajak   dunyosi,   Fyutyuribllar   xalqaro   tashkiloti   tuzilgan.
Bu   futurologik   tashkilotlar   orasida   Rim   klubi   alohida   o’rin   egallaydi.   Mazkur
xalqaro nohukumat tashkiloti 1968 yil aprelda italiyalik jamoat arbobi, «Olivetti»
kompaniyasining   vise-prezidenti,   FIAT   kompaniyasi   ma’muriy   kengashining
a’zosi   Aurelio   Pechchei   tashabbusi   bilan   ta’sis   etilgan.   Klub   Jenevadagi   maxsus
reyestrda   shtat   va   byudjetga   ega   bo’lmagan,   a’zolari   soni   cheklangan   tashkilot
sifatida   ro’yxatdan   o’tkazilgan.   Bugungi   kunda   Rim   klubiga   jahonning   47
mamlakatida   yashab   ijod   qiluvchi,   ilmiy-texnika   inqilobi   davrida   insoniyat
rivojlanishining   istiqbollarini   aniqlashni   o’z   oldiga   maqsad   qilib   qo’ygan   yuzdan
ortiq   fan   va   madaniyat   arboblari   a’zo.   Klub   faoliyatining   asosiy   shakli   –   hozirgi
davrning olamshumul muammolarini o’rganishni tashkil etish dan iborat . 
Ijtimoiy prognoz qilish ning asosiy xususiyatlari qaysilar ?
Ijtimoiy   prognoz   qilish   asosan   quyidagi   ilmiy-nazariy   xususiyatlar   bilan
tavsiflanadi:
1.   Prognoz   qilish   jarayoni   obyektiv   va   subyektiv   asoslarga   ega.   Prognoz
qilishning   obyektiv   asosi   o’tmish,   hozirgi   zamon   va   kelajakning   qonuniy   aloqasi
bilan belgilanadi. Kelajak hozirgi zamonda bo’lg’usi oqibatni vujudga keltiruvchi sabab   ko’rinishida;   muayyan   sharoitlarda   muqarrar   tarzda   voqyelikka   aylanuvchi
imkoniyat   ko’rinishida;   hozirgi   davrning   kelajakda   yangi   sifat   paydo   bo’lishiga
olib   kelishi   muqarrar   bo’lgan   hodisalaridagi   muayyan   miqdoriy   va   tarkibiy
o’zgarishlar   ko’rinishida   zohirdir.   Kelajak   hozirgi   zamonda   hodisalarning   ular
mavjudligining   muayyan   sharoitlaridagi   muhim   aloqalarini   ochib   beruvchi
qonunlar   ko’rinishida   zohirdir.   Bularning   barchasi   bilish   jarayonida   ma’lumdan
noma’lumga, o’tmish va hozirgi zamondan kelajakka o’tish imkonini beradi. Agar
biron-bir  hodisaning (jarayonning) rivojlanish qonuni ma’lum bo’lsa, bu hodisani
(jarayonni)   o’rganish   orqali   biz   uning   hozirgi   holatini   qayd   etibgina   qolmasdan,
balki yuz berishi mumkin bo’lgan o’zgarishlarning yo’nalishi va xususiyati haqida
xulosalar   chiqarishimiz   ham   mumkin.   Shunday   qilib,   kelajakni   prognoz   qilish
uchun real voqyelikni bilishdan, aniqroq aytganda, tizimning hozirgi holatida zohir
bo’lgan   imkoniyatlar,   tendensiyalar,   qonuniyatlarni   anglab   yetishdan   boshqa   yo’l
yo’q. 
Bashorat   qilishning   subyektiv   asosi   inson   tafakkurining   o’tmishdan   hozirgi
zamon   orqali   kelajakka   eltuvchi   qonuniy   tendensiyalarini   aniqlash   va   qayd   etish
asosida kelajakni oldindan aytish imkoniyatida zohirdir. Kelajakni oldindan aytish
bo’lg’usi voqyealar haqida xulosalar chiqarish qobiliyati ko’rinishini kasb etgan. 
Prognoz   qilishning   obyektiv   va   subyektiv   asoslarini   aniqlash   uni   ba’zan
bashorat bilan bog’lanadigan soxta bashoratgo’yliklardan farqlash imkonini beradi.
Odatda,   soxta   bashoratgo’yliklar   obyektiv   jarayonlarni   o’rganishga   emas,   balki
subyektivistik   o’zboshimchalikka,   ya’ni   ko’ngliga   kelgan   fikrni   ilgari   surishga
asoslanadi. 
2.   Ijtimoiy   prognoz   qilish   mavjud   nazariyalar   bilan   uzviy   bog’liq,   ulardan
kelib   chiqadi.   Ma’lumki,   har   qanday   nazariya   uch   funksiyani:   sintez   qilish,
tushuntirish va prognoz qilishni bajaradi. Ya’ni nazariya u yoki bu sohada mavjud
holatni tushuntiradi va uning rivojlanish tendensiyasini bashorat qiladi. Binobarin,
ilmiy prognoz qilish nazariyadan boshlanadi. 
Ilmiy bashoratning keyingi mantiqiy tuzilishi quyidagi ko’rinishga ega:
- bashorat muammosini aniqlash;  - gipotezani ilgari surish;
- prognoz qilish (bashoratning umumiy muammosi doirasida ayrim vazifalarni
yechish uchun prognozlarni ilgari surish);
- ilgari surilgan prognozlar asosida prognostik faoliyat rejasini tuzish;
-   prognozlarning   haqqoniyligi,   ishonchliligini   asoslash   va   ularni   imkoniyat
darajasida amaliyot sinovidan o’tkazish yo’li bilan tasdiqlash.
Bilish   jarayonida   olingan   yangi   xulosalar   odamlarning   bu   xulosalarga
muvofiq   amalga   oshirilgan   muayyan   harakatlari   mo’ljallangan   natijalarni   bergan
holdagina ishonchli deb e’tirof etiladi. Bashorat qilingan, yangi bilimlarga muvofiq
ta’riflangan   natijaning   olingan   yangi   bilimlarni   hisobga   olib   erishilgan   amaliy
natija   bilan   mos   kelishi   odamlar   tomonidan   aks   ettirilgan   obyektlar
rivojlanishining   muayyan   qonunlari  va   xossalari  haqiqiy  ekanligiga   ishonch  hosil
qilish uchun asos bo’ladi. 
3. Ijtimoiy pr o gnoz qilish kelajakni muayyan tarzda davriylashtirishni nazarda
tutadi.   Kelajak   haqidagi   bilimlar   hozirgi   davrdan   uzoqlashishiga   qarab   o’zining
muayyanlik va aniqlik xossalarini yo’qotib, umumiyroq va nomuayyanroq tus olib
borgani bois, bevosita, ko’zga ko’rinadigan va uzoq kelajak haqida so’z yuritilsa,
maqsadga   muvofiq   bo’ladi.   Bevosita   kelajakning   vaqtdagi   chegarasi   30   yildan
oshmaydi.   Ilmiy   kashfiyot   yaratilganidan   u   amalda   gavdalantirilgunga   qadar
taxminan 20 yil vaqt o’tadi. Shunga asoslanib iqtisodiyotning joriy yuz yillikning
40-yillaridagi   texnologik   darajasi   haqida   ishonch   bilan   hukm   chiqarish   mumkin.
Joriy   yuz   yillikning   kattagina   qismini   qamrab   oluvchi   ko’zga   ko’rinadigan
kelajakka   kelsak,   bizning   u   haqdagi   bilimlarimiz,   ta’bir   joiz   bo’lsa,   haqiqatnamo
xususiyat   kasb   etadi   va   ularga   ehtiyotkorlik   bilan   yondashish   talab   etiladi.   Jahon
aholisi sonining jadal sur’atlarda o’sishi XXI  asrning  ikkinchi yarmida to’xtashini,
2100   yilga   borib   u   taxminan   10-12,5   mlrd.   kishiga   yetishini   kutish   mumkin.
Keyingi   yuz   yillik   chegarasi   ortida   yotgan   uzoq   kelajak   xususida   real
imkoniyatlarga   ega   bo’lmagan   turli   gipotetik   farazlarga   muvofiq   hukm   chiqarish
mumkin.   Ammo   bu   farazlar   tarixiy   muddatlar   va   ularning   hayotda   gavdalanish
shakllari nuqtai nazaridan muayyan taxminiy baholar bo’lishi ham mumkin emas.  4.   Prognoz   qilish   –   bu   maxsus   ilmiy   metodlar   yordamida   kelajak   haqida
bilimlar  olish jarayoni. Bu  metodlar  prognoz tuzish  maqsadida empirik axborotni
tanlash va tahlil qilish usullari va amallari yig’indisidan iborat. Prognoz qilishning
ilmiy   vositalari   to’plami   kelajakni   bilishning   200   dan   ortiq   metodlari,   maxsus
metodikalari   va   mantiqiy   vositalarini   o’z   ichiga   oladi.   Ammo   ularni   besh   asosiy
guruhga birlashtirish mumkin (qolganlari ularning variantlari hisoblanadi):
Prognozlashtirishning metodlari: 
1. Ekstrapolyasiya metodlari.
2. Tarixiy analogiya.
3. Modellashtirish.
4. Ekspertiza usulida baholash.
5. Kelajak ssenariylari. 
Ko’rsatilgan kelajakni bashorat qilish metodlarining har biri o’z afzalliklari va
kamchiliklariga ega. 
Ekstrapolyasiya   metodlari   -   qonuniyatlari   o’tmishda   va   hozirgi   davrda
yaxshi   ma’lum   bo’lgan   tendensiyalarni   kelajakka   tatbiq   etishga   asoslanadi.
Masalan,   biron-bir   tizimga   o’tmishda   muayyan   o’zgarmas   tezlik   yoki   tezlanish
bilan rivojlanish xos bo’lgan bo’lsa, bizda bu tezlik yoki tezlanish kelajakda ham
muayyan   vaqt   oralig’ida   o’zgarishsiz   qoladi   deb   hisoblash   uchun   asoslar   bor.
Shunday qilib, o’sish (pasayish) egri chiziqlarini grafik yoki analitik usulda davom
ettirish   va  prognoz   obyekti   bo’lg’usi  holatining  miqdor  ko’rsatkichlarini   hisoblab
chiqarish   mumkin.   Shunga   qaramay,   agar   o’rganilayotgan   tendensiya   boshqa
tendensiyalar bilan o’zaro ta’sirga kirishish natijasida o’zgarsa va bu o’zaro ta’sirni
lozim   darajada   o’rganish   imkoniyati   mavjud   bo’lmasa,   ekstrapolyasiya   metodi
uncha samarali bo’lmasligi mumkin. 
Tarixiy   analogiya   –   bu   taqqoslash   yo’li   bilan   bilish.   Taqqoslanayotgan
ijtimoiy   hodisalar   o’rtasida   farq   ham,   o’xshashlik   ham   mavjud   bo’lishi   kerak.
Taqqoslash  uchun asos bo’luvchi  omillar taqqoslanishi  lozim bo’lgan hodisalarga
qaraganda   tanishroq   bo’lishi   lozim.   Tarixiy   analogiyaning   ijtimoiy   bashoratga
moslashuvchanlik darajasi cheklangan. Bu tabiiy bir holdir, zero kelajakka boshqa tarixiy   sharoitlar   yo’ldosh.   Tarixiy   analogiya   ko’proq   tarixiy   faktni   faol   tanqidiy
tahlil qilishga ko’maklashadi. 
Modellashtirish   metodi   bilish   obyektlarining   o’zini   emas,   balki   ularning
modellarini   o’rganishga   asoslanadi.   Tadqiqot   obyektini   modellashtirish   –   uni
prognostik xususiyatga ega bo’lgan xulosalar chiqarish uchun qulay bo’lgan sodda,
sxematik ko’rinishda gavdalantirish demak. Tadqiqot natijalari modeldan obyektga
ko’chiriladi.   Prognoz   qilishning   modelli   metodlari   shakllarining   rang-barangligi
bilan   tavsiflanadi.   Modellashtirishning   moddiy,   fizik,   belgili   (matematik),
imitasion, kompyuterda modellashtirish kabi turlarini farqlash mumkin. 
Ekspertiza   usulida   baholash -   b u   ilmiy   metodning   mohiyati   ekspertlar   (fan
va   texnikaning   turli   sohasidagi   yetakchi   mutaxassislar)   tomonidan   muammoni
tahlil qilish va so’ngra natijalarni formallashtirilgan asosda qayta ishlashdan iborat.
Ekspertlarning   umumiy   xulosasi   muammoning   mumkin   bo’lgan   eng   maqbul
yechimi   sifatida   qabul   qilinadi.   Bu   metodlar   guruhiga,   odatda,   quyidagilar
kiritiladi: konsensus (kelajakka doir muayyan masala bo’yicha ekspertlar umumiy
bir  to’xtamga kelishi); «aqliy hujum» (muammolarni  yechish vositasi  va prognoz
qilish usuli, ayniqsa kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan bir nechta vaziyatni
ko’rib   chiqishga   ehtiyoj   tug’ilgan   holda).   Metodning   mohiyati   shundan   iboratki,
muammoga   doir   har   qanday,   hatto   «g’alati»   g’oyalar   ilgari   suriladi;   bu   g’oyalar
rivojlantiriladi,   o’z   g’oyalarini   taklif   qilish   mumkin,   lekin   ularni   tanqid   qilishga
ruxsat   etilmaydi;   «Delfi»   metodi   (qadimgi   Yunonistonning   mashhur   orakuli   ismi
bilan   atalgan).   U   ekspertlar   o’rtasida   so’rov   o’tkazishga   asoslangan.   Bunda
oldinma-ketin so’rov jarayonida har bir ekspert boshqa ekspertlarning fikrlari bilan
tanishtiriladi; bir nechta sikllar natijasi o’laroq ustu vor   fikr aniqlanadi. Ekspertiza
usulida   baholashning   yana   bir   o’ziga   xos   metodi   –   sosiologik   so’rov   mavjud
bo’lib, u so’nggi yillarda bizda ham, chet elda ham tobora keng qo’llanilmoqda. 
Kelajak   ssenariylari   –   bu   kuzatilayotgan   tendensiyaning   ehtimol   tutilgan
kelajagi   haqidagi   u   yoki   bu   tusmolni   asoslovchi   dastlabki   farazlarning   tartibga
solingan   yig’indisi.   Ssenariylar:   a)   u   yoki   bu   nazariy   vaziyatni   qay   yo’l   bilan
bosqichma-bosqich   amalga   oshirish   mumkinligini;   b)   voqyealarning   muayyan rivojiga   yo’l   qo’ymaslik,   ularni   yengillashtirish   yoki   chetlab   o’tish   uchun
voqyealarning   har   bir   ishtirokchisi   uchun   har   bir   bosqichda   qanday   variantlar
mavjudligini aniqlaydi. 
Shunday   qilib,   ssenariy   murakkab   tizimlarni   o’rganishga   nisbatan   tizimli   va
tarixiy yondashuvlarni birlashtiruvchi ko’p variantli prognozdir; aksariyat hollarda
u   tavsifiy   xususiyat   kasb   etadi   va   kompleks   prognozlarni   tuzishda   keng
qo’llaniladi.
Shuni   qayd   etib   o’tish   lozimki,   ko’rib   chiqilgan   metodlarning   birortasi   ham
alohida holda prognozning yuksak darajada ishonchliligini ta’minlay olmaydi. Shu
sababli   amalda   odatda   murakkab,   kompleks   metodlardan   foydalaniladi.   Mazkur
yondashuv   ayrim   metodlarning   kamchiliklarini   bartaraf   etish   va   prognozlarning
ko’proq darajada aniqligi va ishonchliligini kafolatlash imkonini beradi. 
Ijtimoiy hodisalar va jarayonlarning rivojlanish imkoniyatlarini prognoz qilish
natijasi prognoz hisoblanadi. U kelajak u yoki bu muammolarining rivojlanishi va
ularni yechishning mumkin bo’lgan barcha variantlarini, ularning bir-birini istisno
etuvchi   variantlarini,   stixiyali   va   ongli   jarayonlarni,   ularning   vaqt   va   ko’lam
parametrlarini   aniqlash   imkonini   beradi.   Kelajakning   ijtimoiy   prognozlar   taklif
qilayotgan   tavsifining   mazmuniga   qarab,   ular   insonni   yo   unga   faol   intilishga,   yo
uning   yuz   berishiga   qarshi   harakat   qilishga,   yo   uni   passiv   kutishga   da’vat   etadi.
Shu   sababli   har   qanday   ijtimoiy   prognoz   ilmiy-bilishga   doir   mazmunni   ham,
muayyan   mafkuraviy   vazifani   ham   o’zida   birlashtiradi.   Bunda   bilishga   doir
funksiya  ustunlik  qilishi   ham, mafkuraviy funksiya  ustunlik  qilishi  ham   mumkin.
Turli   prognozlarning   mazmuni   va   vazifasidan   kelib   chiqib,   ularning   to’rt   asosiy
tipini farqlash mumkin. 
Q idiruv   prognozi   –   ijtimoiy   obyektning   kelajagi   qanday   bo’lishi
mumkinligini   ko’rsatish   uchun   tuziladigan   prognoz.   U   rivojlanish   qaysi
yo’nalishda   yuz  beradi,   kelajakning  muayyan   davrida  prognoz   obyektining  holati
qanday bo’lishi mumkin, degan savollarga javob beradi. 
Normativ   prognoz   –   boshqaruvni   optimallashtirish   yo’llarining   oqilona
tashkil   etilgan   tahlili.   Bu   prognoz   obrazli   qilib   «teskari   prognoz»   deb   ataladi, chunki   unda   o’rganish   teskari   yo’nalishda   –   kelajakdan   hozirgi   davrga   qarab
amalga   oshiriladi.   Normativ   prognoz   qo’yilgan   maqsadlarga   erishish   yoki
qo’yilgan vazifalarni yechish uchun nima qilish mumkin yoki kerak, degan savolga
javob   beradi.   Normativ   prognozning   predmeti   sifatida   ijtimoiy   jarayonlar
xususiyatini   butunlay   o’zgartirishga   qodir   bo’lgan   g’oyalar,   gipotezalar,   farazlar,
axloqiy me’yorlar, ijtimoiy ideallar, maqsadlar va mo’ljallar amal qiladi. 
Analitik prognoz. U kelajakni o’rganishning turli metodlari va vositalarining
bilishga doir qimmatini ilmiy maqsadlarda aniqlash uchun tuziladi. 
Prognoz-ogohlantirish.   Bu   prognoz   kishilarni   ehtimol   tutilgan   kelajakning
masalan,   yuz   berishi   kutilayotgan   ekologik   halokatlarning   oldini   olishga   majbur
qilish   maqsadida   ularning   ongi   va   xulq-atvoriga   bevosita   ta’sir   ko’rsatish   uchun
ishlab chiqiladi. 
Shuni   qayd   etish   lozimki,   prognozlarning   bu   asosiy   tiplari   o’rtasidagi   farq
shartlidir;   ayni   bir   konkret   ijtimoiy   prognozda   bir   necha   turdagi   belgilar   mavjud
bo’lishi mumkin. 
Shunday qilib, ijtimoiy hayotni  tartibga solishning ijtimoiy qonun, zaruriyat,
ehtiyoj,   manfaat,   muammo,   maqsad,   vazifa,   ideal,   norma,   kishilar   faoliyatining
tamoyili  vositalaridan ongli ravishda foydalanish zamirida prognoz qilish yotadi. U
bilishni amaliyot bilan bog’lovchi bo’g’in sifatida amal qiladi, fanning nazariyani
kundalik hayot bilan, bilishning amaliy voqyeligi bilan uzviy bog’lovchi funksiyasi
hisoblanadi.   Ilmiy   boshqarish,   xususan,   uning   muhim   funksiyalaridan   biri   –
rejalashtirish   prognoz   qilishga   asoslanadi.   Prognoz   qilish   yuz   berishi   muqarrar
bo’lgan   yoki   ehtimol   tutilgan   maqbul   ijtimoiy   hodisalar   haqidagi   bilimlarni   ham,
nomaqbul ijtimoiy hodisalar haqidagi bilimlarni ham shakllantiradi. 
2.   Jahon   sivilizasiyasining   hozirgi   davri   va   rivojlangan   mamlakatlar
taraqqiyoti.   O’zbekistonning   mustaqilligi   va   erkin   taraqqiyoti-jahon
sivilizasiyasiga   qo’shilish   yo’li.   Taraqqiyotning   o’zbek   modeli   jahon
sivilizasiyasining   tarkibiy   qismi   ekanligi.   O’zbekistonning   jahon   sivilizasiyasiga
qo’shiluvining asosiy yo’nalishlari Ma’lumki   jahon   sivilizasiyasi   deganda   biz   Sharq     va   G’arb   sivilizasiyalari,
mintaqaviy   va   hududiy   sivilizasiyalarning   yaxlit,   bir   butun   ijtimoiy   tizimi   bo’lgan
umuminsoniyat,   sayyoramizdagi   ja miyatni   tushunamiz.   Bu   tushuncha,   umumiy
ma’noda,   zaminimizda   yasha gan   barcha   odamlarning   umumiy   makoni   bo’lgan   Yer
yuzidagi hayot,   tarixning hamma davrlarida mavjud bo’lgan davlat, jamiyat, xalq    va
millatlarning   umrguzaronlik   qilishi   bilan   bog’liq     jarayonlar   majmuasini   o’zida   aks
ettiradi.
Bugungi tahlikali dunyoda insoniyatning eson-omon yashab qoli shi va kelajakda
baxtiyor   bo’lishi   jahon   sivilizasiyasining   asosiy   maqsadi   va   yo’nalishiga   aylandi.
Respublikamizda   bu   sohada   amalga   oshirilayotgan   ishlar   butun   dunyo   hamjamiyati
faoliyati   bi lan   hamoxang   kechmoqda.   Zero,   jahon   sivilizasiyasi   xalqlar   va   mil latlar,
davlatlar va turli hududiy sivilizasiyalarning umumiy  tizimidir.
Ayrimlik,   o’ziga   xoslik   va   umumiylik   o’rtasidagi   munosabatni   teran   anglash
hozirgi zamon jahon sivilizasiyasining shakllanish va rivojlanish xususiyatlarini falsafiy
idrok etishga imkon be radi.
Yer yuzidagi har bir mamlakat jahon sivilizasiyasi deb atala digan yaxlit tizimning
turli   tarkiblari   bo’lib,   ularning   o’zaro   ta’siri,   hamkorligi   sivilizasiyaning
takomillashuvi, barqaror  yashashiga imkon beradi.
To’g’ri,   bu   tizim   tarkibida   Amerika,   Rossiya,   Xitoy,   Yaponiya   kabi salmoqli
tarkiblar ham bor. Ular ko’p jihatdan jahon tizimi  taraqqiyotiga ta’sir ko’rsatadi, muayyan
jarayonlarning   yo’nalishla rini   belgilaydi.   Ammo   bu   tizimda   har   bir   davlatning,
kichkina   Vatikan   yoki   Lixtenshteyndan   tortib   Germaniyagacha,   Andorra   yoki
Monakodan toki Fransiyagacha o’z o’rni, o’ziga xos ta’sir kuchi va  doirasi bor. Shu
ma’noda, ularning har biri, hududining katta- kichikligi, aholisining soni qanchaligidan
qati   nazar,   B MTda   teng   ovozga   ega.   Demak,   tarkiblar   ti zimda   muayyan   tarzda   amal
qilgani singari har bir  mamlakat  jahon   sivilizasiyasiga   teng   huquqli   a’zo   va   muhim
element sifatida  kirib boradi.
Jaqon hamjamiyati o’zida umumiylikni, har bir mustaqil mam lakat esa ayrimlik va
o’ziga   xoslikni   ifodalaydi.   Bu   holda   Osiyo   yoki   Markaziy   Osiyo   mamlakatlari
xususiylikni   aks   ettirsa.   O’zbekiston   alohidalikni   ifodalaydi.   O’zbekiston   mustaqillikka erish ganiga ko’p bo’lmaganiga qaramay, jahon hamjamiyatida o’z o’rniga e ga. Uning
Markaziy Osiyodagi mavqyei esa bu mintakaning asosiy  taraqqiyot yo’nalishlarini ko’p
jihatdan belgilaydi.
Har   bir   xalq,   millat   o’zining   betakror,   noyob   xususiyatlarini   saqlagan   holda
mustaqil rivojlanadi va jahon hamjamiyatiga qo’shi lib   boradi.   Bunday   qo’shilish   ko’p
qirrali,   rang-barang   bo’lib,   u   ijtimoiy,   iqtisodiy,   siyosiy,   ma’naviy,   xukuqiy,
davlatlararo  munosabatlarni qamrab oladi.
Jahon   hamjamiyatiga   qo’shilish   tabiiy-qonuniyatli   jarayon   bo’lib,   har   bir
mamlakatning   har   tomonlama   taraqqiy   etishi,   yer   yuzida   umumiy   xavfsizlik,
tinchlik   va   farovonlikni   ta’min lashga,   tabiiy   resurslar,   ilm-fan   va   texnika
yutuqlaridan   keng   foydalanishga,   ekologik   muvozanatni   ta’minlashga   imkon   beradi.
Mustaqil   taraqqiyot   yo’liga   o’tgan   xalqlarning   jahon   hamjamiya tiga   qo’shilishi,
umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligini e’ti rof etish, xalqaro xukuq  me’yorlariga amal
qilish, inson huquqla rini himoya etish, demokratiya tamoyillariga amal qilishda yaqqol
namoyon bo’ladi.
Jahon sivilizasiyasiga qo’shilish natijasida nafaqat iqtisodiy   sohada, balki xalqlar
ma’naviyati,   siyosati   va   dunyoqarashida   h am   muhim   ijobiy   o’zgarishlar   ro’y   beradi.
Bunday jarayonga tushgan xalqlar o’rtasida bir-biriga ishonch, o’zaro hurmat, hamkorlik
hamda   sodir bo’ladigan ziddiyat va ixtiloflarni o’zaro kelishuv, konsen sus asosida  hal
qilishga   intilish   vujudga   keladi.   Bir-birining   madaniy   yutuqlari,   qadriyatlaridan,
tajribalaridan bahramand   bo’lish xohish-istagi shakllanadi. Xalqlarning bir-biri bilan
jipslashish   tendensiyasi   yaxlit,   bir   butun   sivilizasiyani,   inso niyatni   e’zozlash   kabi
sayyoraviy   ongni   shakllantiradi.   Ya’ni,   mil liylik   va   umuminsoniylikning   uyg’unligi
jahon   sivilizasiyasi da   yaqqol   namoyon   bo’ladi   va   dunyo   hamjamiyatining   harakat
dasturiga  aylanadi.
O’zbekiston   mustaqillikka   erishgach,   jahon   hamjamiyatining   teng   h uquqli   a’zosi
bo’lish   imkonini   qo’lga   kiritdi   va   umuminsoniy   sivilizasiya   bilan   uyg’unlashib,
rivojlanib  bormokda.  Bugungi   kunda   Mustaqil   O’zbekistonning   jahon   sivilizasiyasiga
qo’shilishining   falsafiy-metodologik   muammolarini   o’rganish   nihoyatda   muhim.
O’zbekiston   o’zining   ko’p   asrlik   milliy   davlatchiligi,   madaniyati,   ilm-fani,   san’ati, o’ziga xos va betakror hayot falsafasi  bilan jahon sivilizasiyasi  rivojiga muhim hissa
qo’shdi.   O’zbek   xalqi   jahonga   fan,   san’at,   falsafa,   tibbiyot,   siyosat,   huquq,   ta rix
sohalarida o’lmas asarlar yaratgan, buyuk allomalarni bergan.   Biroq mustamlakachilik
yillarida ro’y bergan quyidagi jarayonlar   xalqimizning jahon sivilizasiyasiga qo’shilishi
uchun imkon ber madi:
— o’z milliy davlatchiligiga ega bo’lmaganligi;
— milliy madaniyatning tabiiy rivojlanish imkoniyati chek langanligi;
— mustabid tuzum mafkurasining tazyiqi ostida dunyodan o’zib qo’ yilganligi;
—tarixi, ona tili, ma’naviy merosidan begonalashishi ;
— milliy qadriyatlari, an’ana va urf-odatlarining yo’qolib  borganligi .
Mustaqillik   tufayli   O’zbekiston   uz   taraqqiyot   yo’lini   erkin   tanlash,   milliy
davlatchilik asoslarini yaratish va jahon sivili zasiyasiga qo’shilish imkoniga ega bo’ldi.
Mamlakatimiz o’z mustaq illigining dastlabki yillaridanoq jahon sivilizasiyasiga qo’shi lish
yo’lini tanladi.
Jahon   sivilizasiyasi   yutuqlaridan   bahramand   bo’lish   mustaqil   rivojlanish   yo’liga
kirgan   davlatning   dunyo   hamjamiyatida   o’ziga   xos   rivojlanishini   ta’minlaydi.
Binobarin, har bir xalq   mustaq il bo’lganidan keyin o’zining iqtisodiyoti, madaniyati,
milliy   davlatchilik   siyosatini   amalga   oshiradi.   U   o’z   imkoniyatlariga   taya nib,   jahon
hamjamiyatiga kirib borar ekan, bu jarayon milliy  falsafada ham o’z ifodasini topadi.
Mustaqillik   milliy   falsafaning   negizi,   uning   umumjahon   falsafiy   jarayoni   bilan
qo’shilishi   va   uyg’unlashuvining   eng   aso siy   shartidir.   Mustaqillikka   erishmagan   xalq
milliyligini,   o’ziga   xos   qadriyatlari,   urf-odatlari,   ruhiyati   va   dunyoqarashini   o’z
falsafasida to’la-to’kis aks ettira olmaydi.
Mustaqil   bo’lmagan   xalqning   falsafasida   mustamlakachilarning   g’oyalari   doimo
ustuvor   bo’ladi.   Faqat   mustaqillikkina   ijtimoiy   ongning   hamma   sohalarida,   dunyo
qarashning barcha jabhalarida mil liylikning to’la-to’kis namoyon bo’lishi uchun zamin
yaratadi.
Tarixning saboq  berishicha, hyech qanday davlat boshqa bir dav latga, boshqa bir
xalqda   o’z   manfaatlarini   ko’zlamasdan   beg’araz   yordam   ko’rsatmaydi.   Jahon
sivilizasiyasiga   qo’shilish   har   bir   mus taqil rivojlanayetgan davlatning taraqqiyotida o’z kuchi   va   imkoni yatlariga,   ilg’or   an’analariga,   qadriyatlariga,   milliy   davlatchilik
tajribalariga,   intellektual   salohiyatiga,   tabiiy   boyliklariga   tayanishini   inkor   etmaydi,
balki ularning keng rivojlanishini  taqozo etadi.
Erkinlik,   mustaqillik   hamisha   zaruratni,   mas’uliyatni   ang lashni   taqozo   etadi,
erkinlik   va   mustaqillik   jamiyatning   har   bir   a’zosi   oldiga   "Biz   kim   edik?",   "Hozir
qanday ahvoldamiz?"  va "Qanday bo’lishimiz kerak?" degan savollarga vijdonan javob
berishni   talab   etadi.   Mustaqillik   yillarida   farovon   va   baxtli   hayotni   bizga   kimdir
yaratib   bermasligini,   balki   o’z   aqlimiz,   kuchimiz   bilan   yaratishimiz   lozimligini
anglashni   taqozo   etadigan   dunyoqarash   shakllangani   bu   savollarga   javoblar
izlanilayotganligidan, ularni hal qilish choralari kurilayotganidan dalolat  beradi. Boshqa
mamlakatlardan, yaxlit va bir butun jahon tizimi dan ajralib qolgan holda bu borada ham
taraqqiyotga erishib bo’lmay di.
Taraqqiyotga sivilizasiyali yondashuv o’ziga xos xususiyatlarga e ga. O’zbekiston
va   jahon   tarixini   o’rganishga   bunday   qarash   hozir gi   zamon   falsafasida   muhim
yo’nalishlardan   biri   sifatida   qaror   topmoqda.   U   tarixiy   haqiqatni   xolisona   baholashga,
milliy   xusu siyatlarning   o’ziga   xosligini   anglashga,   insoniyatning   ilg’or   ri vojlanish
tajribalarini   bilishga   va   ulardan   ijodiy   foydala nishga   imkon   beradi.   Jahon   tarixiga
sivilizasiyali yondashuv in soniyat taraqqiyoti zurliksiz va inqilobiy sakrashlarsiz o’ziga
xos  tadrijiy yo’ldan ilgarilab borganida jamiyat katta foyda ko’ri shi, odamzod boshiga
turli ijtimoiy ofatlar tushmasdan rivojlanishi mumkinligini ko’rsatadi. 
O’zbekistonda   mustaqilligini   mustahkamlash,   jamiyat   hayotini   tub dan   isloh   etish
uchun   Taraqqiyotning   o’zbek   modeli   Prezident   I.A.   Karimov   tomonidan   ishlab
chiqildi.   Bu   jarayonning   umuminsoniy   jihatlari   va   jahon   sivilizasiyasiga   xos
tomonlarining   amalga   oshishi   mu ayyan   muddatni   talab   qiladi.   Bu   muddatda   amalga
oshiriladigan bar cha ishlar o’tish davri zaruratidan kelib chiqadi.
Mustabid   tuzum   davrida   jahon   sivilizasiyasidan   ajratib   qo’yil gan   O’zbekiston   bu
borada   ikkita   uzviy   yo’nalishda   faoliyat   yuri tishga   majbur   bo’lmoqda.   Birinchidan,
mustaqillikni   mustahkam lash,   milliy   qadriyatlarni   tiklash   va   asrab-avaylash   asosida
o’ziga   xos   va   o’ziga   mos   yo’ldan   borish.   Ikkinchidan   esa,   bu   jarayonda umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligini ta’minlash, jahon si vilizasiyasi   yutuqlaridan
keng foydalanish, demokratik jamiyat  qurish vazifalarini amalga oshirmoqda.
Bir qarashda ikki xil yo’lga o’xshab ko’ringan bu taraqqiyot usu li aslida umumiy
jarayonning   uzviy   bog’liq   ikki   jihati,   bir- birini   taqozo   etadigan   tomonlarning
dialektikasidir. 
O’zbekis tonning   I.A.   Karimov   tomonidan   asoslab   berilgan   o’ziga   xos   taraq qiyot
yo’li ya’ni  Taraqqiyotning o’zbek modeli  quyidagilarni uzida aks etdiradi
1) iqtisodning siyosatdan ustuvorligi;
2) davlatning bosh islohotchi ekanligi;
3) qonun ustuvorligi;
4) kuchli ijtimoiy siyosat;
5)  bozor   munosabatlariga   bosqichma - bosqich   o’tish . 
O’ zbekistonning tadrijiy taraqqiyot yo’li ayrim davlatlarning  bozor munosabatlariga
"shokterapiya"si   usuli   bilan   o’tish   tajri basidan   keskin   farqlanadi.   O’zbekistonning
mustabidlikdan qutul gan dastlabki   davrdagi   o’ziga  xos  iqtisodiy  ahvoli, sobiq     itti foq
davrida o’lkaning xom ashyo yetkazib berishga ixtisoslashishi   kabi og’ir meros bilan
birga   xalqning   ming   yillik   tajribasi,   undan   kelib   chiqadigan   xulosalar   bozor
munosabatlariga tadrijiy ravishda bosqichma-bosqich o’tishni taqozo etdi. 
O’zbekistonning   Dunyo   sivilizasiyasiga   qo’shilishining   asosiy   yo’nalishlari,
mam lakatimiz   istiqloli   va   o’ziga   xos   tadri jiy   taraqqiyot   yo’lining   nazariyasi,
ama liyoti   I.   A.   Karimovning   "O’zbekistonning   o’z   istiqlol   va   taraqqiyot   yo’li",
"O’zbekistonning   siyosiy-ijtimoiy   va   iqtisodiy   istiqbolining   asosiy   yo’nalishlari",
"O’zbekiston   iqtisodiy   is lohotlarni   chuqurlashtirish   yo’lida",   "O’zbekiston   XXI   asr
bo’sag’a sida:   xavfsizlikka   tahdid,   barqarorlik   shartlari   va   taraqqiyot   ka folatlari",
"O’zbekiston XXI asrga intilmoqda" kabi asarlari va  nutq larida keng yoritilgan.
O’zbekiston   mustaqilligi   obektiv   zaruriy   jarayon,   ajdodlari mizning   azaliy   orzusi,
o’zbek xalqining buyuk tarixiy yutuqidir.  Bunda quyidagilar alohida e’tiborga molikdir
— O’zbekiston Konstitusiyasining qabul qilinishi;
—   milliy   mustaqillik   ramzlari   bo’lgan   davlat   bayrog’i,   davlat   madhiyasi,   davlat
gerbining qabul qilinishi; — milliy davlatchilik demokratik tizimining shakllanganligi;
—xalqimiz tabiat ato etgan barcha boyliklarga egalik huquqini  o’z qo’liga olganligi;
— milliy armiya va xavfsizlik tizimi yaratilganligi;
— milliy qadriyatlarning tiklanishi va rivojlantirilishi.
1. O’zbekistonda   iqtisodiy   islohotlar   va   Respublikaning   jahon   sivilizasiyasi
tarkibiy qismiga aylanish imkoniyati va istiqbollari. Iqtisodiy plyuralizm va bozor
munosabatlari-sivilizasiya belgisi.
O’zbekistonda   mustakillik   sharoitida   bozor   munosabatlarini   shakllantirish   uchun
iktisodiy   islohotlar   ya’ni   mehnatga,   mulkka   va   insonning   o’z-o’ziga   bo’lgan
munosabatini   tubdan o’zgartirishga tugri keldi xamda uning nazariy-falsafiy asoslarini
ishlab  ch i qish zarurati vujudga keldi va bu I.A. Karimov asarlarida uz  ifodasini topdi.
Mehnat   va   mehnatga   munosabat   sohasida   qator   yangiliklar   joriy   etildi.   Mehnatga
munosabatda   xususiy   mulk ning   o’rni.   mulkdorning   jamiyat   hayotidagi   ahamiyati
yangicha   tu shunila   boshlandi.   Davlat   va   jamiyatning   kuch-qudrati   fuqarolar ning
tadbirkorligi,   boyligi,   ishbilarmonligiga   bog’liq     ekani   e ’tiborga   olindi.   Uzoq   yillar
davomida shakllangan iqtisodiy strukturada tub o’ zgarishlarni zudlik bi lan qisqa vaqt ichida
amalga  oshirish ning  salbiy   oqibatlari ni   oldini   olish d a    puxta o’ylangan strategik rejalar
amalga oshiri ldi   Islohotlarning amalga oshirilishi milliy manfaat lar uchun xizmat qilishi
zarurligi, odamlar islohotlar uchun emas,   balki islohotlar odamlar uchun xizmat qilishi
zarurligi e’tibor ga olindi.
Islohotlar amalga oshirilgunga qadar respublika aholisining  aksariyat qismi iqtisodiy
jihatdan   nochor   ahvolda   bo’lib,   mulk ning   davlat   tasarrufidan   chiqarilishi   va
xususiylashtirilishi   ja rayonida   aholining   ikki   toifaga   ajralishi,   haddan   tashqari   boyib   va
qashshoqlashib ketishi muqarrar ravishda turli noroziliklar va   ijtimoiy larzalarni keltirib
chiqarishi mumkin edi. Ana shular- ni hisobga olib, I.A. Karimov bozor munosabatlariga
o’tishning  muhim xususiyatlaridan biri sifatida aholini ijtimoiy himoya lashga qaratilgan
kuchli siyosat g’oyasini ilgari surdi.
Bozor munosabatlarini amalga oshirish bir necha bosqichdan iborat   qilib belgilandi.
Har bir bosqichda ma’lum iqtisodiy tadbirlar  amalga oshirilib, bular quyidagilarda uz aksini
topdi: — mulkni xususiylashtirish;
— mulkni davlat tasarrufidan chiqarilishi;
— mulkning xilma-xil shakllarini vujudga keltirish;
— agrar islohotlarni amalga oshirish;
— milliy valyutani muomalaga kiritish;
— yangi iqtisodiy infrastrukturaning yaratilishi;
— rivojlangan mamlakatlar hamkorligida qo’shma kor xonalarning barpo etilishi;
— innovasiya siyosatini amalga oshirilishi;
—   xorijiy   investisiya,   texnika   va   texnologiyalarni   mamlakat   iqtisodiyotiga   jalb
etilishi va boshqalar.
  Xulosa kilib aytganda, bozor munosabatlariga o’tishning madaniy siviliza siyali
xarakterga   ega   ekanligi   O’zbekiston   mustaqilligini   mus taxkamlashning   muhim
xususiyatidir. Chinakam sivilizaiiyalashgai   bozor munosabatlari, bozor vositalari faqat
yuksak   ma’naviyat,   yuksak   axloqiylik   va   vatanparvarlik   negizlarida   barpo   etilishi
mumkin. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va bozor munosa batlarini shakllantirishda
respublikamizning bugungi holati im koniyatlaridan kelib chiqib, islohotlarning maqsadi
xalq va dav lat munosabatlari tomon yo’naltirildi.
O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirishiga imkon beradi gan qo’lay shart
sharoitlar quyidagilarda uz aksini topdi:
— mamlakatning nihoyatda ko’p boyliklarga ega ekanligi;
— sanoat uchun zarur bo’lgan xom ashyo zaxiralarining ko’pligi;
— ishchi kuchlarining mulligi;
— O’zbekistonning tabiiy-jo’g’rofiy qulay o’rni;
— mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlik. 
Ana shu imkoniyatlarning ro’yobga chiqishi O’zbekistonning iqti sodiyot sohasida
jahon sivilizasiyasiga qo’shilib borishi uchun keng  istiqbollar yaratadi.
O’zbekistonda   amalga   oshirilayotgan   iqtisodiy   islohotlar   negi zida   kishilarning
mehnatga, mulkka, mehnat mahsuliga bo’lgan mu nosabatini o’zgartirish g’oyasi yotadi.
Uzoq yillar davomida mehnatga   bo’lgan qarashlarda  bir  yoqlamalik hukm  surib keldi.
Ishlab chiqa rish vositalariga bo’lgan ijtimoiy mulkchilik — kishilar mehnat   faolligining asosi barcha ijtimoiy illatlarning bosh sababchi si — xususiy mulkchilik degan noto’g’ri
qarash o’zini oqlamadi. Shax siy manfaatdorlikni inkor etish, jamoa, jamiyat uchungina
faol  mehnat qilish, iqtisodiyotni mafkuraviy maqsadlarga bo’ysundi rish, mexnat raqobati
o’rniga soxta musobaqani joriy etish inson ning mehnatdan, o’z-o’zidan va jamiyatdan
begonalashuviga, boqi mandalik kayfiyatining shakllanishiga olib keldi. Bu esa jamiyat
inqirozini tezlashtirdi.
Iqtisodiy plyuralizm va bozor munosabatlari – sivilizasiya ning muxim  belgisi
xisoblanadi.  Bozor   munosabatlari   sharoitida   maqsulot  	sifati   va   samaradorligini	
yaxshilashning 	muqim qonuniyatlaridan biri raqobat mu	hitini yaratish, kishilarda xo’jayinlik	
hissini shakllantirish, meqnat ma	hsuliga egalik qilish, shaxsiy man	faatdorlik va uni davlat	
manfaatlari bilan bog’lash mu	him tamo	yil sifatida joriy etila boshlandi. Mehnatni tashkil	
etish   jarayonida   kishilarning   kasbiy   mahorati,   bilimi,   tajribasi,  	ko’nikma   va   malakasi,	
mehnat   madaniyati,   mehnatni   tashkil   etishga  	ijodiy   yondashish   kishilarning   mehnat   va	
mulkka bo’lgan munosaba	ti ni	 ko’rsatuvchi mezonga aylandi.	
Har   bir   inson   o’zining   ongli   faoliyatida   mulkka   ega   bo’lishni   o’z   oldiga   maqsad	
qilib qo’ymokda. Mulk insonning 	aqliy va jismoniy mehnat faoliyatida yaratilgan va uning	
barqaror  	yashashi   uchun   kafolat   beradigan   moddiy   va   intellektual   boylik   xisoblanadi.	
Mulk avloddan-avlodga meros bo’lib o’tishi ham mumkin. Mulk 	mulkdorning tasarrufida	
bo’lgan   barcha   tirikchilik   va   ishlab   chiqa	rish   vositalaridir.   Mulkning   shaxsiy,   xususiy,	
jamoa, davlat mulki 	singari shakllari mavjud. Mulk egasi o’z tasarrufidagi mulkni asrab-	
avaylaydi,   tejaydi,   undan   oqilona   foydalanadi   va   mutta	sil   ravishda   ko’paytirishga	
harakat qiladi.	
Bozor   munosabatlariga   o’tish   davrida   davlat   xususiy   mulkni  	qo’llab-quvvatlaydi,	
mulkchilikning   turli   shakllarini   rivojlan	tiradi,   xususiy   mulk   daxlsizligini   huquqiy	
kafolatlaydi,   tadbirkorlik   va   ishbilarmonlikni   rivojlantirish   uchun   imtiyozli  	kreditlar	
berishni   yo’lga   qo’yadi.   Bu   esa   ularning   mulkdor   bo’lishi,   o’rta   mulkdorlar   sinfini
shakllanishi uchun imkoniyat yara	tadi.	
Mustaqillik   sharoitida   aqliy   mexnat   mahsuli   bo’lgan   fan,   san’at  	asarlari,   darsliklar,	
o’quv qo’llanmalari, ta’lim-tarbiyaning yangi  konsepsiyalarini yaratish intellektual  mulk
hisoblanadi. Intel	lektual mulk egasi o’z mehnati mahsulini o’z xohishicha tasarruf e	tadi. Bunday mulkning qadr-qimmati, baxosi, sifati, jamiyatda  	tutgan o’rni raqobatli muhitda	
yaqqol   namoyon   bo’ladi.   Intellektual  	mulkning   talabgori,   buyurtmachisi   davlat   va	
jamiyatdir.	
Mexnat   jarayonida   yaratiladigan   har   qanday   mahsulot   o’z   qiymatiga   ega   bo’ladi.	
Kiymat mahsulotda o’z ifodasini topadigan xodimning aqliy va jismoniy kuchi, qobiliyati,
bilimi, sarflagan vaqti,  	xom ashyo, yoqilgi, energiya, yo’l harajatlari uchun mablag’i va	
hoka	zolardir.   Mulkdor   mahsulot   ishlab   chiqarishga   kamroq   xarajat   qilib,  	ko’proq     foyda	
olishga   intiladi.   Foyda   bozor   munosabatlari   sharoi	tida   amal   qiladigan   muhim	
qonuniyatlardan  biridir.   Xususiy  mulkning rivojlanishida foyda hal qiluvchi o’rin tutadi.
Hozirgi  paytda mehnat, mulk, foyda tushunchalarini falsafiy-iqtisodiy  jihatdan teranroq
idrok   etish,   yoshlar   dunyoqarashida   yangicha   iqtisodiy   tafakkurni   shakllantirish
ularning   jahon   sivilizaiiyasi   andozasi   talablari   darajasida   fikr   yuritishi   va   faoliyat
ko’rsatishi uchun zamin yaratadi.
O’zbekistondagi   demokratik   jarayonlar   jahon   sivilizasiyasi   bilan
uyg’unlashishning   yana   bir   imkoniyatidir.   O’zbekistonning   jahon   sivilizasiyasiga
qo’shilib   borishida   demokratik   jarayonlar ni   va   rivojlangan   davlatlarning   siyosiy
tajribalarini ijodiy o’ rganish va hayotga tatbiq  etish muhim o’rin tutadi.
O’zbekiston qonunchiligini xalqaro huquq   talablariga muvo fiqlashtirish, nufuzli
xalqaro tashkilotlarga a’zo bo’lish, hoki miyatni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud
hokimiyatlariga bo’lish, mamlakat Prezidentini muqobillik asosida saylash, fikrlar
xilma-xilligi va ko’p partiyaviylik tizimini qaror   toptirish, demokratik qadriyatlarni
hayotga tatbiq  etish, O’zbe kistonning jahon sivilizasiyasiga qo’shilib borayotganidan
da lolat beradi.
O’zbekistonning   jahon   sivilizasiyasiga   kirib   borishidagi   tajribalarini   falsafiy
idrok   etish   va   umumlashtirish   juda   muhimdir.   Prezident   I.A.   Karimovning   qator
asarlarida yuksak  ma’naviyat jamiyat taraqqiyotida muhim omil ekanligi to’g’risi dagi
g’oya   yangicha   falsafiy   tafakkurning   metodologik   asosi,   ja-hon   taraqqiyoti
tajribalariga tayanishning yorqin namunasidir.   Milliy g’oya   va milliy mafkura o’zida
mamlakatimizning   jahon   sivilizasiyasiga   qo’shilish   nazariyasi,   yo’llarini   yaqqol   aks
et tiradi. O’zbekistonning jahon sivilizasiyasiga qo’shilish tajribasi,   uning milliy g’oyasi va
mafkurasi rivojlanayotgan mamlakatlar uchun   olamshumul ahamiyat kasb etadi. Hozirgi
zamon   sivilizasiyasining   muhim   xususiyatlarini   va   O’zbekistonning   sivilizasiyali
taraqqiyot   yo’lidan jahon hamjamiyatiga qo’shilib borishini, milliy g’oya   va mafkurani
falsafiy idrok etish yoshlarda Vatan tuyg’usi,   ma’rifatparvarlik, milliy g’urur, burch,
mas’uliyat hissini tar biyalashda katta yordam beradi.
4. O’zbekistonda bunyod etilayotgan jamiyat va uning XXI – asrdagi ustuvor
yo’nalishlari,   asosiy   tamoyillari.   Ma’naviy   barkamol   avlod   -   buyuk   kelajak
poydevori.
  O’zbekistonda   bunyod   etilayotgan   jamiyat   va   uning   XXI   –   asrdagi   ustuvor
yo’nalishlari,   asosiy   tamoyillari   milliy   falsafamiz   rivoji   bilan   uzviy   bog’liq.   Uning
dolzarb   vazifalari   orasida   O’zbekistonning   mustaqilligi,   istiqlol   yillarining   tajribasi,
o’tgan davrda yurtimizda amalga oshirilgan tub o’zgarishlar, islohotlar jarayonini  falsafiy
jihatdan o’rganish, tahlil qilish va shu asosda amaliyot   uchun zarur xulosa va takliflar
ishlab   chiqish   masalalari   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Shuningdek,   istiqlol   yillarida
xalqimiz tafakkuridagi yangilanishlar, ma’naviy merosimizning tiklanishi,  milliy o’zlikni
anglash   sohalaridagi   o’zgarishlarni   falsafiy   izoh lash   masalalari   ham   dolzarb   vazifalar
qatoriga kiradi. Bular ora sida mustaqillik, unga asoslangan ijtimoiy, iqtisodiy,   siyosiy,
ma’naviy, huquqiy jarayonlarga falsafiy yondashuv bilan bog’lik  vazifalar alohida o’rin
tutadi.   Mustaqillik   yillarida   amalga   oshirilgan   keng   ko’lam dagi   o’zgarishlar   jahon
hamjamiyatiga teng  huquqli  a’zo  bo’lish  va   ayni paytda, O’zbekistonning mustaqilligini
mustahkamlashga   qara tilgandir.   Mustaqillik   yillarida   mamlakatimiz   hamkorlik
muno sabatlari,   tinchlik   madaniyatiga   o’tish,   millatlararo,   davlatlararo,   konfessiyalararo
tolerantlik   munosabatlarini   chuqurlashtirish,   in soniyatga   umumiy   xavf   turdiruvchi
terrorizm,   narkobiznes,   e ks gremizmga   qarshi   kurashayotgan   davlatga   aylandi.
Mamlakatning   ichki   dunyosida,   ya’ni   iqtisodiyot,   ma’naviyat,   siyosat,   turmush
tarzida,   xalq xarakteri va mentalitetida tub o’zgarishlar amalga oshirildi.   O’tgan davrda
O’zbekiston   mustaqilligining   huquqiy-me’yorny   asoslari   yaratildi,   mamlakat
Konstitusiyasi   qabul   qilindi.   Mil liy   davlat   tizimi   an’anaviy   davlatchilik   g’oyalari   va
jahon  dav latchiligi ilg’or tajribalarining sintezi shaklida barpo etildi. Boshqaruvda yangi usullar   qaror   topdi.   Mahalliy   davlat   hokimiya ti   tizimi   tubdan   o’zgardi.     Nodavlat
tuzilmalar,   jamoat   tashkilotlari   va   o’z-o’zini   boshqarish   organlarining   vakolatlari
ke n gaytirildi.
Ko’ppartiyaviylik tizimi tarkib topishiga keng sharoit yara tildi. Jamiyat hayotida
sog’lom   demokratik jarayonlar muhiti vu judga keldi va chuqurlashdi. Inson xaq-huquqlari
va   erkinlikla rini   ta’minlashning   huquqiy   asoslari   vujudga   kelmoqda.   Sud   hoki miyati
hozirgi   zamon   xalqaro   huquq     tamoyillari   negizida   tubdan   isloh   qilindi.   Millatlararo
totuvlikni   ta’minlash   choralari   ko’ril di.   Milliy   xavfsizlik   konsepsiyasi   ishlab   chiqildi.
Mamlakat   hudu diy   yaxlitligini   va   tinchligini   ta’minlashga   qodir   bo’lgan   zamo naviy
qurolli   kuchlar   tizimi   yaratildi.   Bozor   iqtisodiyotiga   o’tish   ning   asosiy   tamoyillari
doirasida aholini kuchli   ijtimoiy  himoyalash davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi qilib
belgilandn.   Iqtisodiy   islohotlarning   "o’zbek   modeli"   vujudga   keldi   va   amal ga
oshirilmoqda. Makro iqtisodiyotni barqarorlashtirish, pul-kre dit siyosati tamoyillari ishlab
chiqildi.  Mulkchilik,   mulkka  ega likka   xos   yangi   tushunchalar   shakllandi.   Mulkdorlar
tabaqasi vujudga keldi. Xususiy mulkka e	g al i kni n g	 yan	gi	 tizim i	 barpo etil	di.	
Milliy   qadriyatlarni   tiklash,   vorislik   an’analariga   sado	qatli   avlodni   tarbiyalash	
konsepsiyasi  ishlab  chiqildi. Mamlakatimizni  ozod  va  obod jamiyatga aylantirish, Vatan
ravnaqini ma’na	viy ta’minlab berishga qaratilgan nazariya — milliy istiqlol g’oyasi 	shakllandi. 	
Mustaqil O’zbekiston jahon hamjamiyatining teng huquqli va 	faol subektiga aylandi.	
U   jahon   hamdo’stligida   o’ziga   xos   va   mos  	o’ringa   ega   bo’lib,   mintaqa   taraqqiyotida	
ham   muhim   rol   uynay  	boshladi.   Markaziy   Osiyo   davlatlari   bilan   o’zaro   hamkorlik   va	
qardoshlik munosabatlarini yanada rivojlantirishning strategik yo’na	lishlari ishlab chiqildi	
va amalga oshirilmoqda.	
Bular O’zbekistonning taraqqiy topgan demokratik davlatlar 	kabi erkin va farovon	
hayot   barpo   etishdek   ezgu   maqsadiga   yetish  	yo’lida   ma’lum   bir   butin   va   bosqichni	
tashkil   etadi.  	Yurtboshimiz   ta’kidlaganidek,   taraqqiyot	ning   har   bir   bosqichi   yangi	
muammolar va ularni bartaraf etish  	yo’lidagi yangi vazifalar demakdir.  	Falsafa ham ana	
shu vazifalarni bajarish jarayonidan chetda tura olmaydi.	
Bunday   maqsadni   amalga   oshirish   davlatning   insonlarga   xizmat  	qilishi,   hayotda	
insonparvarlikka yo’g’rilgan adolatni qaror topi	shi,  tenglik,  erkinlik,   yuksak   ma’naviyat, farovonlik,   osoyish	talik,   millatlararo   totuvlikni   ta’minlashga,   diniy   bag’rikeng	likni,	
jahon xalqlari bilan hamkorlikni amalga oshirishga yo’nal	tirilgan. O’zbekistonda sog’lom
avlodni   voyaga   yetka zishning   mantiqiy   davomi   sifatida   barkamol   avlodni
tarbiyalashning   ham   qonuniy   asoslari   yaratilgan.   Bu   asosni   yaratish   jarayonida   ta’lim
tubdan isloh qilindi, kadrlar tayyorlash milliy modeli   yaratildi, ta’lim jahon andozalari
darajasiga   ko’tarildi.   Bu   mo delning   asosiy   mahsadi   —   ma’naviy-axloqiy   fazilatlar
mazmunini   mujassamlashtirgan,   jamiyatda   o’zligini   va   o’z   qobiliyatini   har   tomonlama
namoyon  eta  oladigan,  ma’rifatli,  dunyoviy  bilimlarni   puxta   egallagan,   aqlan   yetuk,
yuksak   iste’dod   va   salohiyatga   ega   bo’lgan,   ma’naviy   jihatdan   yuksak,   jismonan
sog’lom,   hayot   go’zal liklarini   xis   eta   oladigan,   erkin,   ijodkor   avlodni   tarbiyalash ni
ifodalaydi.
                  Umuman   olganda,   "Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi"   ajdod larimiz
orzusidagi   barkamol   avlod   ta’limi   va   tarbiyasini   tash kil   qilishga   erishishning   qonun
bilan   himoyalangan   hujjati dir.   Bu   dasturda   tarixiylik   bilan   zamonaviylik,
umuminsoniy lik bilan milliylik uyg’unlashib ketgan. Shu bois ushbu dastur  salohiyati
va ahamiyati jihatidan teran falsafiy mohiyatga ega ligi uning xalqaro miqyosida tan
olinganida ham ko’rinadi.

GLOBA LLA SHUV VA GLOBA L MUA MMOLA RN IN G FA LSAFIY J IHA TLA RI Reja : 1. Globallashuv - falsafiy mazmuni.Globallashuv xodisasi va globalistika. 2. Global jarayonlarning shakllanish tarixi va darajalari. 3. 2017-2021 yillardagi O’zbekistonni yanada rivojlantirish bo’yicha Xarakatlar strategiyasida global muammolar va ularni hal qilish mexanizmlari. Global muammolarni hal qilishda xalqaro kuchlar birlashuvining axamiyati. 4. Bashorat tushunchasi unig turlari va metodlari. Kelajakni bashorat q ilishning uzig a xos xususiyatlari.

GLOBALLASHUVNING FALSAFIY MAZMUNI. Falsafa va hozirgi zamon. Falsafa nafaqat insonning azaliy muammolari va g’am-tashvishlarini, balki uning so’nggi yillarda fan-texnika taraqqiyoti ta’sirida tobora jadalroq sur’atlarda, shu jumladan dunyo miqyosida o’zgarayotgan real hayoti kundalik amaliyotini ham aks ettiradi. Shu munosabat bilan yuzaga kelayotgan yangi hodisalar, g’ayrioddiy qiyinchiliklar va alohida sharoitlar olimlarning ham, faylasuflarning ham e’tiborini tortmoqda. Bunda falsafaning fandan ustunligi shundaki – u o’z xulosalarida tafsilotlar va muayyan dalillarga mahkam yopishib olmaydi, ayrim, uzuq-yuluq va o’tkinchi narsalarni osongina chetlab o’tadiki, bu unga asosiy e’tiborni ishning mohiyatiga qaratish, rivojlanishning eng muhim omillari va asosiy jarayonlarini qayd etish imkonini beradi. Falsafaning mazkur fazilatlari insonning ijtimoiy munosabatlar tizimida yoki «jamiyat-tabiat» tizimida yuzaga kelayotgan murakkab, kompleks vazifalarni hal qilishga majbur bo’layotgan hozirgi sharoitlarda alohida ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan falsafiy tahlilning, muhim narsalarni ikkinchi darajali narsalardan, qonuniy narsalarni tasodifiy narsalardan farqlash, tarixiy

rivojlanishda obyektiv jarayonlarning subyektiv omillardan farqi kabi usullari va metodlari hozirgi vaqtda insoniyat duch kelgan olamshumul muammolarni nazariy anglab yetish va amalda bartaraf etish uchun ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Globallashuv hodisasi . Hozirgi davr haqida aniqroq tasavvur hosil qilish uchun XX asr boshigacha jahon tarixi asosan mustaqil rivojlangan va bir-biriga jiddiy ta’sir ko’rsatmagan sivilizasiyalardan iborat bo’lganini nazarda tutish muhimdir. Hozirgi vaqtda dunyo so’nggi yuz yillik ichida yuz bergan jamiyat hayoti barcha jabhalarining faol integrasiyalashuvi natijasida sezilarli darajada o’zgardi va yaxlit bir butun organizmga aylandi. Buning oqibati o’laroq, ayrim xalqlar va butun insoniyatning ijtimoiy ongida global jarayonlar va ularning ta’sirida yuzaga kelgan umumiy (dunyo miqyosidagi) muammolar bilan belgilangan jiddiy o’zgarishlar yuz bera boshladi. Jahon hamjamiyati o’z rivojlanishining yangi bosqichiga qadam qo’ygani, u avvalgi bosqichlardan nafaqat o’zgarishlar miqyosi, balki faollik darajasi va universal xususiyati bilan ham farq qilishi ayon bo’ldi. Bu o’zgarishlarning butun majmui, shuningdek ularning sabablari 1990- yillarda globallashuv (lot. globus – yer kurrasi) deb nomlandi. Globallashuv jamiyat hayotining turli jabhalarida butun yer sayyorasi uchun yagona bo’lgan tuzilmalar, aloqalar va munosabatlarning shakllanishi, universallashuv jarayonidir. Shuningdek globallashuv global makonning tutashligi, yagona jahon xo’jaligi, umumiy ekologik o’zaro aloqadorlik, global kommunikasiyalar va shu kabilar bilan tavsiflanadi. Globalistika. Jahon rivojlanishining eng yangi tendensiyalarini anglab yetish borasidagi ko’p sonli sa’y-harakatlar globallashuv jarayonlarining mohiyati, tendensiyalari va sabablarini, ular ta’sirida yuzaga kelayotgan global muammolarni aniqlash va bu jarayonlarning oqibatlarini anglab yetishga qaratilgan fanlararo ilmiy tadqiqotlar sohasi – globalistika paydo bo’lishiga olib keldi. Kengroq ma’noda «globalistika» atamasi globallashuvning turli jihatlari va global muammolarga oid ilmiy, falsafiy, madaniy va amaliy tadqiqotlarni, jumladan ularning olingan natijalarini, shuningdek ularni ayrim davlatlar darajasida ham,

xalqaro miqyosda ham iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jabhalarda amalga joriy etish borasidagi amaliy faoliyatni ifodalash uchun qo’llaniladi. Shuni ta’kidlash lozimki, globalistika odatda ilmiy bilimning tabaqalanishi natijasida yoki turdosh fanlar tutashgan joyda paydo bo’ladigan ayrim fanlar qatoriga kirmaydi. Uning vujudga kelishi zamirida qarama-qarshi jarayonlar – hozirgi zamon faniga xos bo’lgan integrasiyalashuv jarayonlari yotadi. Globalistika tadqiqotlar va bilishning shunday bir jabhasiki, bu yerda turli fanlar va falsafa, asosan bir-biri bilan uzviy aloqada, har biri o’z predmeti va metodi nuqtai nazaridan, globallashuvning turli jihatlarini tahlil qiladi, global muammolarni bir- biridan alohida va yaxlit tizim sifatida o’rganib, ularning yechimlarini taklif qiladi. Globalistika mustaqil ilmiy yo’nalish va ijtimoiy amaliyot jabhasi sifatida 1960-yillarning oxirlaridan e’tiboran shakllana boshladi, lekin uning paydo bo’lishi uchun obyektiv asoslar ancha oldin yuzaga kelgan edi. 2- MASALA. Global jarayonlarning shakllanish tarixi . Hozirgi globallashuv jarayonlarining ilk nishonalariga XV asr oxirlaridan boshlab duch kelish mumkin, XIX asr boshiga kelib esa u amalda real shakl-shamoyil kasb etdi. Bu pirovardida yagona geografik, ma’lum darajada iqtisodiy va siyosiy jahon maydoni shakllanishiga olib kelgan Buyuk geografik kashfiyotlar yuz bergan davr edi. Ayni shu davrda dunyoni tushunishga nisbatan geosentrik yondashuvlar geliosentrik yondashuvlarga o’rin bo’shatdi, insoniyat esa, nihoyat, kun va tunning almashishini to’g’ri talqin qilishga muvaffaq bo’ldi. Fan falsafadan ajralib chiqib, bilimlar to’planishi va texnikaning rivojlanishiga kuchli turtki berdi, fan-texnika taraqqiyoti va sanoat inqilobi yuz berishiga sabab bo’ldi. So’nggi zikr etilgan voqyealar pirovard natijada insonning tabiatni o’zgartiruvchi imkoniyatlari va uning atrof muhit bilan munosabatini butunlay o’zgartirdi. Yer kurrasi shar (globus) ko’rinishida ekanligini nazariy va amaliy jihatdan isbotlab insoniyat o’z tarixida birinchi bo’lib savdo-sotiq sohasida dunyo darajasiga chiqdilar va dunyo miqyosida xalqaro munosabatlarga asos soldilar. Ayni shu davrda ilk transmilliy savdo kompaniyalari vujudga keldi. Tez orada ularning faoliyati sof savdo chegarasidan tashqariga chiqdi va ular qullarni qo’lga

kiritish va ularni ekspluatasiya qilish, bosib olingan hududlarda plantasiyalar va manzilgohlar barpo etish jarayonida ishtirok eta boshladi, nihoyat, o’z davlatlari amalga oshirayotgan mustamlakachilik siyosatining asosiy ijrochisiga aylandi. Bularning barchasi jiddiy migrasiya jarayonlari yuz berishiga ham sabab bo’ldi; xususan, mustamlakachilar qora tanli qullarni Afrikadan Amerikaga ommaviy tarzda tashib keltira boshladilar va shu tariqa uning demografik tarkibini butunlay o’zgartirdilar. Shuning o’ziyoq globallashuv turli xalqlarning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti bilan avvalboshdan uzviy bog’liq bo’lgan, degan xulosaga kelish imkonini beradi. XVII asr boshlariga kelib yevropalik savdogarlar ulkan hududlarni o’zlashtirdilar va deyarli butun dunyo bo’ylab joylashdilar. Shu tariqa ular insoniyat tarixida birinchi bo’lib yagona global iqtisodiy va siyosiy tizimning zaruriy asoslarini yaratdilar va mazkur tizim shakllanishi uchun zamin hozirladilar. Shunday qilib, XV-XVI asrlarda yuz bergan Buyuk geografik kashfiyotlar jahon tarixining rivojlanish jarayonida tub burilish yasadi va «Yevropa siyosati keskin, misli ko’rilmagan darajada kengayishiga olib keldi. Dunyo chegaralari muayyan darajada kengaydi. Endilikda Yevropa mamlakatlari o’rtasidagi turli ziddiyatlarga mustamlakalar uchun kurashda raqobat ham qo’shildi» 1 . Shu tariqa yangi xalqaro iqtisodiy va siyosiy munosabatlarga, turli madaniyatlarning o’zaro ta’siriga va G’arbiy Yevropa dengiz davlatlarining o’zlari kashf etgan yer kurrasining turli hududlaridagi ekspansiyasiga asos solindi. Fundamental globallashuv . Globallashuvning navbatdagi bosqichi dunyo miqyosidagi aloqalar, tuzilmalar va munosabatlar yuzaga kelishi bilan bog’liq. Mazkur jarayonlar natijasida dunyo o’zining deyarli barcha jihatlarida yaxlit bir butun organizm sifatida uzil-kesil shakllandi. Fundamental deb nomlanuvchi bunday globallashuvning ilk alomatlari XIX asrning ikkinchi yarmida paydo bo’ldi, XX asr o’rtalariga kelib esa u to’la darajada borliqqa aylandi. Ayni shu davrda dunyoni iqtisodiy bo’lib olish yakunlandi va buning natijasida turli mamlakatlar va xalqlarning kuchayib borayotgan o’zaro 1 1 Харенберг Б. Хроника человечества. – М.: Слово, 2000. – С. 387.