logo

Ijro ishi yuritish tushunchasi, mohiyati va pryedmyeti. Ijro ishi yuritishning umumiy qoidalari.

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

81.392578125 KB
   Ijro ishi yuritish tushunchasi, mohiyati va pryedmyeti. Ijro ishi
yuritishning umumiy qoidalari. 
Reja :
1. Ijro ishi yuritish predmeti, tushunchasi va uning xususiyatlari;
2. Ijro ishi yuritishning asosiy prinsiplari..
3. Ijro ishi yuritish fanining huquqning boshqa sohalari bilan aloqasi.
4. Ijro ishi yuritishning isloh qilinishi.
5. Ijro ishi yuritish manbalari. 
6. Ijro etish organlari.
7. Ijro hujjatlari va ularning mazmuni.
8. Chet el sudlari va arbitrajlari qarorlarini ijro etish.
   IJRO ISHI YURITISH PREDMETI, TUSHUNCHASI VA UNING
XUSUSIYATLARI
O'tgan   qisqa   davr   mobaynida   mamlakatimizda   sud-huquq   sohasida   qator
islohotlar   amalga   oshirildi.   Bu   islohotlar   bevosita   ijro   ishi   yuritish   sohasida   ham
amalga   oshirildi.   Prezident   Shavkat   Mirziyoyev   ta'kidlaganidek:   "Har   bir   sud
qarorining   qonuniy   kuchi   uning   amalda   qanday   amalga   oshirilishi   bilan   bevosita
bog'liq.   Shuning   uchun   ham   fuqarolarimiz,   jamiyat   va   davlat   manfaatlarini
kafolatli   himoya   qilish   maqsadida   sud   qarorlarining   so'zsiz   va   to'liq   ijrosini
ta'minlash, ijro hujjatlarini harakati va natijalarini nazorat qilish bo'yicha samarali
mexanizm   yaratishimiz   kerak"   O'zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2017-yil
7-fevraldagi   PF-4947-son   "O'zbekiston   Respublikasini   yanada   rivojlantirish
bo'yicha   Harakatlar   strategiyasi   to'g'risida"gi   Farmonida   qonun   ustuvorligini   va
sudning chinakam mustaqilligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilgan. Jumladan,
fuqarolarning   huquq   va   erkinliklarini   ishonchli   himoya   qilish   kafolatlarini
ta'minlash;   sud   hujjatlari   va   boshqa   organlar   hujjatlari   ijrosi   samaradorligini
oshirish.   elektron   tartibda   ijro   ishini   yuritishning   zamonaviy   shakl   va   usullarini
joriy   etish   hamda   aholining   huquqiy   madaniyati   va   ongini   yuksaltirish   vazifalari
qo'yilgan   Hozirda   2001-yil   29-avgustda   qabul   qilingan   "Sud   hujjatlari   va   boshqa
organlar   hujjatlarini   ijro   etish   to'g'risida"gi   Qonun'   ijro   hujjatlarini   majburiy   ijro
etish   sohasidagi   huquqiy   munosabatlarni   tartibga   soluvchi   qonun   hujjati
hisoblanadi.
O'zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2017-yil   29-maydagi   "Elektr
energiyasi   va   tabiiy   gaz   yetkazib   berish   hamda   iste'mol   qilish   sohasida   to'lov
intizomini   yanada   mustahkamlash,   shuningdek   ijro   ishi   yuritish   tizimini   tubdan
takomillashtirish   chora-tadbirlari   to'g'risida"gi   PF-5059-son   Farmoni   bilan
O'zbekiston   Respublikasi   Bosh   prokuraturasi   huzurida   energiya   resurslari   uchun
to'lovlarning   o'z   vaqtida   va   to'liq   undirilishiga,   elektr   va   gaz   taqsimlash
tarmoqlariga   noqonuniy   ulanish   hamda   talon-toroj   qilish   holatlarini   aniqlash,
bartaraf   etish   va   oldini   olishga,   shuningdek   sud   hujjatlarining   so'zsiz   ijrosini ta'minlashga   mas'ul   bo'lgan   Majburiy   ijro   byurosi   tashkil   etildi.   O'zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamenti faoliyati tugatildi.
Prezidentning   "O'zbekiston   Respublikasi   Bosh   prokuraturasi   huzuridagi
Majburiy   ijro   byurosi   faoliyatini   tashkil   etish   to'g'risida"gi   2017-yil   30-maydagi
PQ-3016-son   Qarori   bilan   "O'zbekiston   Respublikasi   Bosh   prokuraturasi
huzuridagi   Majburiy   ijro   byurosi   to'g'risida"gi   nizom   tasdiqlandi.   Qabul   qilingan
mazkur  hujjatlar  tufayli  ijro ishi   yuritish  tizimi   rivojida  sifat  jihatidan  yangi  davr
boshlandi.   Tizim   tashkiliy   jihatdan   mutlaqo   yangilandi.   Ijro   tizimining   huquqiy
asoslari mustahkamlanishi sari ildam qadamlar tashlandi.
Yaqin   kunlargacha   huquq   nazariyasida   ijro   ishi   yurituviga   fuqarolik
protsessining.   fuqarolik   sud   ishlari   yuritishning   yakuniy   bosqichi   sifatida   qarab
kelingan. Ijro ishi yuritish respublikamiz huquq tizimidagi rivojlanib kelayotgan va
bugungi   kunda   dolzarb   ahamiyatga   ega   huquq   sohasi   hisoblanadi.   Ijro   ishi
yuritishning qonunchilik asosi konstitutsiyaviy normalarda o'z aksini topgan bo'lib,
davlat   va   sud   tomonidan   fuqarolar   huquq   va   erkinliklari   himoyasini   kafolatlaydi.
Ijro   ishi   yuritish   faoliyatini   tartibga   solish   uchun   2001-yil   29-avgustda   "Sud
hujjatlari   va   boshqa   organlar   hujjatlarini   ijro   etish   to'g'risida"gi   O'zbekiston
Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunning qabul qilinishi bilan ijro
ishi   yuritish   huquqning   alohida   mustaqil   sohasi   ekanligi   aniq-ravshan   bo'ldi.
Ungacha   ijro   ishi   yuritish   fuqarolik   protsessining   bosqichi   hisoblanib,   fuqarolik
protsessual huquqi fani ichida o'tib kelinardi.
Ayni paytda davlat ijro hokimiyati organlari tizimida mustaqil organ sifatida
tashkil   etilgan   O'zbekiston   Respublikasi   Bosh   prokuraturasi   huzuridagi   Majburiy
ijro   byurosining   davlat   ijrochilari   zimmasiga   sud   hujjatlar   va   boshqa   organlar
hujjatlarining   majburiy   ijrosini   ta'minlash   vakolati   yuklatilgan.   Davlat   ijrochilari
davlat xizmatchilari, hokimiyat vakili hisoblanadi va keng huquqlarga ega. Aynan
davlat   ijrochilari   jismoniy   va   yuridik   shaxslarning   buzilgan   huquqlarini   himoya
qilishning   oxirgi   bosqichida   turib,   uni   hal   etish   vakolatiga   ega   bo'ladilar.   Sud
hujjatlari   va   boshqa   organ   hujjatlarining   past   darajadagi   faktik   ijrosi   nafaqat
jismoniy   va   yuridik   shaxslarning   huquqlari   buzilishiga,   balki   boshqa   salbiy oqibatlarga   olib   keladi.   O'z   huquqlarini   himoya   qilayotgan   shaxslar   huzilgan
huquqlarini   faqat   nazariy   tan   olinishi   emas,   balki   amaliy,   real   himoya   qilinishini
kutadilar.
Ijro   ishi   yuritishda   sud   va   boshqa   organlar   hujjatlari   ijro   etilib,   huquq
subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinadi. 1975-yilda ijro
ishini huquqning alohida mustaqil sohasi  deb e'lon qilgan rossiyalik protsessualist
olim M.K. Yukov edi. Uning fikricha, sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish
bu   fuqarolik   protsessining   mantiqiy   davomi   (bir   qismi,   bo'lagi)   emas.   M.K.
Yukovning fikricha, ijro huquqi bu huquq sohasida mustaqil huquq tarmog'i bo'lib,
huquq   tizimi   bu   huquq   tarmog'isiz   to'g'ri   ishlay   olmaydi.   Ijro   huquqi   ijro   ishi
yuritish   davomida   yuzaga   keladigan   ijtimoiy   munosabatlarni   tartibga   soladi   va
davlatning   majburlov   kuchi   bilan   subyektiv-moddiy   huquq   yoki   qonun   bilan
qo'riqlanadigan   manfaatlarni   maxsus   normativ   akt   (ijro   varaqasi)   orqali   himoya
qiladi.   Olimning   xulosasiga   ko'ra,   bu   huquq   sohasi   yuridik   butunlikka   ega,   ya'ni
o'zining predmeti va maxsus huquqiy tartibga solish metodiga, xususiy tamoyillar
va umumiy qoidalarga ega.
Bizning   fikrimizcha,   ushbu   yondashuv   boshqalariga   qaraganda   ancha   to'g'ri.
Lekin   shuni   inobatga   olish   kerakki,   ijro   ishi   yuritishga   protsessual   huquq
sohalarining   asosi   sifatida   qarashimiz   kerak.   Zamonaviy   huquqshunoslik   fanida
aksariyat   huquqshunoslar   ijro   ishi   yuritishni   fuqarolik   yoki   iqtisodiy   protsessual
huquqining   bosqichi   sifatida   qaraydilar.   Bunday   qarash   an'anaviy   yondashuv
hisoblanadi. Boshqa huquqshunos protsessualist olimlarning ta'kidlashicha esa, ijro
ishi   yuritish   bu   fuqarolik   yoki   iqtisodiy   protsessual   huquqining   bosqichi   emas,
balki huquqning mustaqil sohasidir.
Ijro   ishi   yuritish   vaqtida   davlat   ijrochisi   huquqi   buzilgan   fuqaroning   sud
tomonidan  chiqarilgan   qonuniy   qarori   yoki   hukmi   asosida   tiklar   ekan.   o'z   o'mida
bunday   harakat   boshqalar   uchun   ularning   qonuniy   huquq   va   manfaatlariga   zarar
yetkazmaslik uchun da'vat etishga qaratilgan bo'ladi.
Ijro   ishi   yuritishning   mohiyati   qonunda   nazarda   tutilgan   tartibda   qarzdorga
nisbatan   undiruvchining   qonuniy   talablarini   qondirishga   qaratilgan   majburlov choralari   (majburiy   ijro)   qo'llashdan   iborat.   Ijro   ishi   yuritishni   huquqiy   tartibga
solish predmeti esa sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish
doirasida vujudga keladigan nazorat, ma'muriy, moliyaviy, mulkiy, protsessual  va
boshqa turli sohadagi ijtimoiy munosabatlardir.
Ijro ishi yuritish fuqarolik protsessual huquqi va iqtisodiy protsessual huquqi
hamda   boshqa   ko'plab   huquq   sohalari   bilan   o'zaro   hamkorlik   qiladi.   Ijro   ishi
yuritish qonunda belgilangan tartibda ijro hujjatida ko'rsatilgan (qarzdorga nisbatan
undiruvchining)   talabni   davlat   ijrochisi   tomonidan   amalga   oshirishga   qaratilgan
faoliyat tushuniladi. Ijro ishi yuritish - bu, eng avvalo, protsessual huquq sohasidir,
uning ichida vujudga keladigan qolgan boshqa barcha munosabatlar esa aynan shu
sohaga   davlat   ijrochisining   ijro   ishi   yuritishiga   oid   protsessual   munosabatlar
hisoblanadi.
Ijro   huquqini   huquqiy   tartibga   solish   predmetini   ijro   ishi   yuritishda   davlat
ijrochisining   majburiy   ijro   etish   faoliyati   bo'yicha   vujudga   keladigan   protsessual
munosabatlar majmui tashkil qiladi. Shu o'rinda majburiy ijro etish tushunchasiga
ta'rif   berib   o'tsak.   Majburiy   ijro   ijro   hujjati   talabini   bajarmagan   shaxsga   nisbatan
sud   hujjatlari   yoki   boshqa   organning   hujjati   asosida   uni   muayyan   harakatlar,
mulkiy   va   nomulkiy   xarakterdagi   munosabatlar   (majburiy   jarima,   ijro   yig'imi
undirish   v.b.)ni   majburan   bajarishga   qaratilgan   maxsus   choradir.   Majburiy   ijro
faoliyatini   qonun   bilan   nazarda   tutilgan   o'ziga   xos   protsessual   harakatlarning
yig'indisi sifatida e'tirof etish mumkin. Ijro hujjati talabi davlat ijrochisi tomonidan
belgilangan   o'n   besh   kunlik   ixtiyoriy   muddatda   qarzdor   tomonidan   bajarilmasa,
davlat   ijrochisi   majburiy   ijro   harakatlariga   kirishadi.   Qarzdor   tomonidan   ijro
hujjatlari   talablari   ixtiyoriy   ravishda   ijro   etilsa,   majburiy   ijro   choralari
qo'llanilmaydi.  Fuqarolarning  huquqiy  madaniyati   va   huquqiy  ongi   yuqori   bo'lsa,
ijro   hujjatlarini   o'z   xohishi   bilan   ixtiyoriy   ijro   etadi.   O'zbekiston   Respublikasi
birinchi  Prezidenti Islom Karimov ta'kidlaganidek:  "Odamlarimizda huquqiy ong.
huquqiy   madaniyatning   yetarli   emasligi   jamiyatda   adolat   mezonlarining
buzilishiga   olib   kelmoqda.   Huquqiy   madaniyat   darajasi   faqatgina   qonunlarni
bilish. huquqiy ma'lumotlardan xabardor bo'lishdangina iborat emas. U qonunlarga amal qilish va ularga bo'ysinish  madaniyati  demakdir. Xalqimiz hamma narsadan
ustun   qo'yadigan   adolat   tuyg'usini   hayotimizda   tom   ma'noda   qaror   toptirish   eng
asosiy vazifamizga aylanishi shart.
Ijro ishi  yuritishning asosiy  vazifasi  - bu sud va boshqa organlar hujjatlarini
o'z   vaqtida   va   aniq   ijro   etish.   O'zbekiston   Respublikasi   qonunchiligida   nazarda
tutilgan jismoniy va yuridik shaxslarning huquq. erkinlik va qonuniy manfaatlarini
himoya qilishdir.
Ijro   jarayoni   qonun   bilan   belgilangan   protsessual   shaklga   ega   bo'lib,   ishda
ishtirok etuvchi shaxslarga muayyan protsessual huquqlar berilishi bilan namoyon
bo'ladi.   Huquqiy   tartibga   solish   uslubi   bu   yuridik   vositalar   va   usullar   yig'indisi
bo'lib, ular yordamida ijtimoiy munosabatlarning muayyan turlariga huquqiy ta'sir
ko'rsatiladi.
Huquqiy tartibga solish  uslubining imperativligi bir  tarafdan davlat  ijrochisi,
ikkinchi   tarafdan   boshqa   subyektlar,   shu   jumladan   ijro   ishi   yuritishda   ishtirok
etuvchi   shaxslar   o'rtasida   ijro   ishi   yuritishda   vujudga   keladigan   protsessual
munosabatlarda namoyon bo'ladi.
Uslubning   dispozitivligi   ijro   harakatlarni   sodir   etish   (harakatlari   sodir
etmaslik)   ijro   ishi   yuritishda   ishtirok   etuvchi   shaxslarning   erkiga   bog'liqligida
namoyon   bo`ladi.   Ijro   ishi   yuritishning   o'ziga   xos   xususiyatlari   quyidagilardan
iborat: maxsus predmet va huquqiy tartibga solish usuliga egaligi;
ijro   ishi   yuritishning   prinsiplariga   egaligi;   ijro   ishi   yuritish   bilan   bog'liq
alohida qonun hujjatlarining mavjudligi:
- o'z subyektlariga ega ekanligi. Shu o'rinda ta'kidlash joizki, ijro ishi yuritish
ishtirokchilari   fuqarolik   yoki   iqtisodiy   protsessi   ishtirokchilaridan   tarkibi   va   ular
amalga oshiradigan vazifalari bilan ham tubdan farq qiladi;
- davlat ijrochisi faoliyatining alohida predmetga egaligi. Ya'ni bunda davlat
ijrochisining   predmeti   sud   yoki   boshqa   organlar   hujjatlarini   majburiy   ijro   etish
hisoblanadi;   ijro   ishi   yurituvida   nafaqat   sud   hujjatlari,   balki   boshqa   organlarning
(prokuratura, notariat va b.) hujjatlari ham ijro etilishi mumkin.  IJRO ISHI YURITISHNING ASOSIY PRINSIPLARI
Ijro   ishi   yuritishning   prinsiplari   ijro   ishini   yuritish   jarayonida   vujudga
keladigan protsessual  munosabatlarning  mazmun va mohiyatini  belgilab beruvchi
qonun hujjatlarida mustahkamlangan asosiy qoidalar majmuyidir. Ijro ishini tashkil
etishning   asosiy   prinsiplari   ijro   hujjatlarini   o'z   vaqtida.   to'g'ri   va   samarali   ijro
etilishini, ijro ishi yuritish ishtirokchilari huquqlarini himoya etilishini kafolatlaydi.
Davlat ijrochisi majburiy ijro jarayonini ma'lum prinsiplarga asoslangan holda
amalga   oshirishi   kerak.   "Sud   hujjatlari   va   boshqa   organlar   hujjatlarini   ijro   etish
to'g'risida"gi   qonun   hujjatlari   tahlili   ijro   ishi   yuritishning   bir   qator   prinsiplari
haqida   so'z   yuritishga   imkon   beradi.   Ijro   ishi   yuritishning   prinsiplarini   quyidagi
uch guruhga ajratish mumkin:
*konstitutsiyaviy prinsiplar: 
*  sohalararo prinsiplar:
* ijro ishi yuritish prinsiplari.
Ma'lumki,   konstitutsiyaviy   prinsiplar   butun   protsessual   munosabatlarga,
jumladan, ijro ishi yuritish bilan bog'liq munosabatlarga nisbatan ham qo'llaniladi.
Ijro ishi yuritishdagi asosiy konstitutsiyaviy prinsiplarga: qonuniylik prinsipi -
O'zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasining 15-moddasiga muvofiq. O'zbekiston
Respublikasida   O'zbekiston   Respublikasining   Konstitutsiyasi   va   qonunlarining
ustunligi   so'zsiz   tan   olinadi.   Davlat,   uning   organlari.   mansabdor   shaxslar,   jamoat
birlashmalari. fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko'radilar.
Barchaning   qonun   oldida   tengligi   prinsipi   O'zbekiston   Respublikasi
Konstitutsiyasining   18-moddasiga   ko'ra   O'zbekiston   Respublikasida   barcha
fuqarolar   bir   xil   huquq   va   erkinliklarga   ega   bo lib,   jinsi,   irqi,   millati,   tili,   dini,ʻ
ijtimoiy kelib chiqishi,  e'tiqodi, shaxsi  va ijtimoiy mavqeyidan qat'i  nazar, qonun
oldida tengdirlar.
Adolatlilik   prinsipi   Bosh   Qomusimizning   14-moddasida   davlatning   o'z
faoliyatini   inson   va   jamiyat   farovonligini   ko'zlab,   ijtimoiy   adolat   va   qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshirishi prinsipi mustahkamlangan. Ayni paytda davlat
ijrochisi hain ijro ishini yuritishda ijro harakatlarini haqiqatga mos ravishda amalga
oshiradi,   ijro   ishida   ishtirok   etuvchi   shaxslarga   nisbatan   xolisona,   adolatli
munosabatda bo'lishini anglatadi.
Yuridik   yordamning   kafolatlanishi   prinsipi   Asosiy   Qomusimizning   22-
moddasiga binoan O'zbekiston Respublikasi o'z hududida ham, uning tashqarisida
ham   o'z   fuqarolarini   huquqiy   himoya   qilish   va   ularga   homiylik   ko'rsatishni
kafolatlashi   mustahkamlangan.  ⚫    ijro   etishga   oid   materiallar   bilan   tanishish
prinsipi - O'zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasining 30-moddasida O'zbekiston
Respublikasining   barcha   davlat   organlari,   jamoat   birlashmalari   va   mansabdor
shaxslari   fuqarolarga   ularning   huquq   va   manfaatlariga   daxldor   bo'lgan   hujjatlar,
qarorlar   va   boshqa   materiallar   bilan   tanishib   chiqish   imkoniyatini   yaratib   berishi
lozimligi mustahkamlangan. Sohalararo prinsiplar huquqning aynan bir emas, balki
bir nechta sohasi uchungina xos. Jumladan, fuqarolik protsessual huquqining ba'zi
prinsiplari nafaqat fuqarolik protsessual huquqi, balki iqtisodiy protsessual huquqi
va   ijro   ishi   yuritish   uchun   ham   xosdir.   Bunday   prinsiplarga   misol   sifatida   sud
ishlari yuritiladigan til prinsipini keltirib o'tishimiz mumkin.
Ijro   ishi   yuritishda   ishtirok   etuvchi   shaxslarning   ish   yuritiladigan   tilni
bilmasa,   tarjimondan   foydalanish   prinsipi.   ya'ni   bunda   ijro   harakatlari   amalga
oshirilayotganda   ijro   ishi   yuritilayotgan   tilni   bilmaydigan   shaxslarga   tarjimon
xizmatidan foydalanish huquqi ta'minlanadi.
Ijro ishi yuritishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qarzdor   shaxsning   daxlsizligi   prinsipi.   Ya'ni   bunda   undiruv   bilan   bog'liq
harakatlar   qarzdor   shaxsiga   emas,   faqatgina   qarzdorning   mulkiga   qaratilishini
anglatadi:
qarzdor   mulkining   minimum   daxlsizligi   prinsipi.   Ma'lumki,   ijro   ishi
yuritishda   undiruv   qarzdorning   barcha   mulkiga   qaratilmasdan   undiruv   qaratilishi
mumkin   bo'lmagan   mulklar   ham   mavjud   bo'lib,   bunday   mulklar   bevosita
qarzdorning minimal ehtiyojlari uchun ishlatishga mo ljallangan mulklar bo'ladi:	
ʻ -   ijro   harakatlarining   o'z   vaqtida   amalga   oshirilishi   majburiy   ijro   choralarini
qo'llash   prinsipi   ushbu   prinsipning   mazmuni   "Sud   hujjatlari   va   boshqa   organlar
hujjatlarini   ijro   etish   to'g'risida"gi   O'zbekiston   Respublikasi   qonunida
mustahkamlangan bo'lib, unga ko'ra, davlat ijrochisi ijro hujjatlarining o'z vaqtida,
qonunda   belgilangan   muddatda   to`liq   va   to'g'ri   ijro   etilishi   choralarini   ko'rishi
shartdir.   Agarda   ijro   hujjatlari   unda   ko'rsatilgan   muddatda   bajarilmasa,   davlat
ijrochisi tomonidan majburiy ijro choralari qo'llaniladi: qonuniylik prinsipi - davlat
ijrochisi   tomonidan   ijro   ishlarining   faqatgina   qonunga   muvofiq   olib   borilishini
hamda qonun normalarini to'g'ri qo'llash lozimligini anglatadi;   yuridik yordamning
kafolatlanishi   prinsipi   Asosiy   Qomusimizning   22-moddasiga   binoan   O'zbekiston
Respublikasi   o'z   hududida   ham,   uning   tashqarisida   ham   o'z   fuqarolarini   huquqiy
himoya   qilish   va   ularga   homiylik   ko'rsatishni   kafolatlashi   mustahkamlangan.  ⚫
ijro   etishga   oid   materiallar   bilan   tanishish   prinsipi   -   O'zbekiston   Respublikasi
Konstitutsiyasining   30-moddasida   O'zbekiston   Respublikasining   barcha   davlat
organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslari fuqarolarga ularning huquq
va   manfaatlariga   daxldor   bo'lgan   hujjatlar,   qarorlar   va   boshqa   materiallar   bilan
tanishib   chiqish   imkoniyatini   yaratib   berishi   lozimligi   mustahkamlangan.
Sohalararo prinsiplar huquqning aynan bir emas, balki bir nechta sohasi uchungina
xos. Jumladan, fuqarolik protsessual huquqining ba'zi prinsiplari nafaqat fuqarolik
protsessual   huquqi,   balki   iqtisodiy   protsessual   huquqi   va   ijro   ishi   yuritish   uchun
ham   xosdir.   Bunday   prinsiplarga   misol   sifatida   sud   ishlari   yuritiladigan   til
prinsipini keltirib o'tishimiz mumkin.
Ijro   ishi   yuritishda   ishtirok   etuvchi   shaxslarning   ish   yuritiladigan   tilni
bilmasa,   tarjimondan   foydalanish   prinsipi.   ya'ni   bunda   ijro   harakatlari   amalga
oshirilayotganda   ijro   ishi   yuritilayotgan   tilni   bilmaydigan   shaxslarga   tarjimon
xizmatidan foydalanish huquqi ta'minlanadi.
Ijro ishi yuritishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qarzdor   shaxsning   daxlsizligi   prinsipi.   Ya'ni   bunda   undiruv   bilan   bog'liq
harakatlar   qarzdor   shaxsiga   emas,   faqatgina   qarzdorning   mulkiga   qaratilishini
anglatadi: qarzdor   mulkining   minimum   daxlsizligi   prinsipi.   Ma'lumki,   ijro   ishi
yuritishda   undiruv   qarzdorning   barcha   mulkiga   qaratilmasdan   undiruv   qaratilishi
mumkin   bo'lmagan   mulklar   ham   mavjud   bo'lib,   bunday   mulklar   bevosita
qarzdorning minimal ehtiyojlari uchun ishlatishga mo ljallangan mulklar bo'ladi:ʻ
-   ijro   harakatlarining   o'z   vaqtida   amalga   oshirilishi   majburiy   ijro   choralarini
qo'llash   prinsipi   ushbu   prinsipning   mazmuni   "Sud   hujjatlari   va   boshqa   organlar
hujjatlarini   ijro   etish   to'g'risida"gi   O'zbekiston   Respublikasi   qonunida
mustahkamlangan bo'lib, unga ko'ra, davlat ijrochisi ijro hujjatlarining o'z vaqtida,
qonunda   belgilangan   muddatda   to`liq   va   to'g'ri   ijro   etilishi   choralarini   ko'rishi
shartdir.   Agarda   ijro   hujjatlari   unda   ko'rsatilgan   muddatda   bajarilmasa,   davlat
ijrochisi tomonidan majburiy ijro choralari qo'llaniladi: qonuniylik prinsipi - davlat
ijrochisi   tomonidan   ijro   ishlarining   faqatgina   qonunga   muvofiq   olib   borilishini
hamda qonun normalarini to'g'ri qo'llash lozimligini anglatadi;
- undirilgan pul summalariai teng taqsimlash prinsipi ijro
harakatlari   amalga   oshirilgan   vaqtda   qarzdordan   undirilgan   pul   summalarini
undiruvchilar o'rtasida teng taqsimlash tushuniladi; 
-   dispozitivlik   prinsipi   ijro   ishida   qatnashuvchi   shaxslarning   mulkiy   yoki
nomulkiy   xarakterdagi   harakatlarini   o'z   xohishiga   ko'ra   amalga   oshirishi
tushuniladi.
  IJRO ISHI YURITISH FANINING HUQUQNING BOSHQA
SOHALARI BILAN ALOQASI
Ijro ishi  yuritish fani  boshqa huquqshunoslik  fanlari  bilan  ham  chambarchas
bog'liq.   Quyida   ularning   har   birini   alohida   ko'rib   o'tamiz.   Ijro   ishi   yuritish,   eng
avvalo,   huquqshunoslik   fanlari   tizimidagi   davlat   va   huquq   nazariyasi   fani   bilan
bog'liq.   Ma'lumki,   davlat   va   huquq   nazariyasi   barcha   davlat-huquq   hodisalari   va
jarayonlari   uchun   umumiy   qonuniyatlarni   o'rganadi,   davlat   va   huquqni   yaxlit
ijtimoiy   institut   sifatida   qarab   chiqadi.   Bunda   ijro   ishi   yuritish   davlat   va   huquq
nazariyasining   qator   yo'nalishlari   bilan   chambarchas   bog'liqligini   kuzatishimiz mumkin.   Masalan,   Ijro   ishi   yuritish   fani   davlat   va   huquq   nazariyasining
tarmoqlaridan   biri   bo'lgan   davlat   funksiyalari   bilan   o'zaro   bog'liq   hisoblanadi.
Xususan,   davlatning   asosiy   funksiyalaridan   biri   bu   huquq   tartibotni   qo'riqlash,
fuqarolarning   huquq   va   erkinliklarini   og'ishmay.   mulkchilikning   hamma
shakllarida himoya qilish, huquqbuzarlikka va jinoyatchilikka qarshi  kurash bilan
bog'liq.   Bu   funksiya   o'z   mohiyati   va   mazmuni   bilan   adolat   o'rnatishga,
insonparvarlikka,   qonunchilikni   mustahkamlashga,   huquqiy   davlat   va
madaniyatning   shakllanishiga   xizmat   qiladi.   Aynan   ana   shu   funksiyani   bajarish
maqsadida,   ya'ni   huquqi   buzilgan   shaxsning   huquqlarini   tiklash   to'g'risidagi
sudning   qarori   yoki   ajrimini   ijro   etish   bevosita   davlatning   yuqorida   qayd   etib
o'tilgan funksiyasini ta'minlashga qaratilgan. Bundan tashqari, huquqiy tartibot va
qonuniylikni   ta'minlashga   qaratilganligidan   bevosita   davlat   va   huquq   nazariyasi
fani bilan ham chambarchas bog'liqligiga guvoh bo'lamiz..
Shuningdek   prokuror   nazorati   fanida   huquqni   muhofaza   qiluvchi   organ
sifatida prokuratura organlari  va faoliyatining umumiy yo'nalishlari  ham ko'rsatib
o'tilgan.   Ijro   ishi   yuritishda   ijro   organlari   "Sud   hujjatlari   va   boshqa   organlar
hujjatlarini   ijro   etish   to'g'risida"gi   qonunining   5-moddasiga   muvofiq
o'zboshimchalik bilan turar joyni egallab olgan yoki avariya holatida deb topilgan
uylarda   yashayotgan   shaxslarni   ma'muriy   tartibda   ko'chirish   to'g'risidagi
prokurorlarning   qarorlari   ham   ijro   etilishi   lozim   bo'lgan   hujjatlarga   kiritilgan.
Shuningdek ijro ishi yuritish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va
qonuniy manfaatlariga rioya etilishi ustidan prokuror nazoratini amalga oshirishda
namoyon bo'ladi.
Ijro   ishi   yuritish   fani   bevosita   ma'muriy   huquq   fani   bilan   aloqador.
O'zbekiston   Respublikasi   Bosh   prokuraturasi   huzuridagi   Majburiy   ijro   byurosi
ma'muriy   organlarning   hujjatlari   majburiy   ijrosini   ta'minlaydi,   shuningdek
ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlarni ko'rish vakolatiga ega bo'lgan davlat
organi   tomonidan   chiqarilgan   qarorlarning   majburiy   ijrosi   davlat   ijrochisi
tomonidan amalga oshiriladi. Ijro   ishi   yuritish   fani   jinoyat   huquqi   fani   bilan   ham   o'zaro   aloqadordir.
Xususan,  ijro ishi  yuritish jarayonida voyaga yetmagan yoki  mehnatga layoqatsiz
shaxslarni   moddiy   ta'minlashdan   bo'yin   tovlash,   ota-onani   moddiy   ta'minlashdan
bo'yin   tovlash,   elektr.   issiqlik   energiyasi,   gaz,   vodoprovoddan   foydalanish
qoidalarini   buzish,   sud   hujjatini   ijro   etmaslik   va   band   solingan   mulkni   qonunga
xilof  ravishda  tasarruf  etilganda fuqarolarga nisbatan  jinoiy javobgarlikning kelib
chiqishiga   asos   bo'ladi.   Bunda   esa   bevosita   jinoyat   huquqining   normalari   ishga
tushadi.   Shu   bilan   birgalikda,   sud   tomonidan   chiqarilgan   jarima   jazosi   tayinlash
haqidagi   ijro   hujjati   ham   bevosita   davlat   ijrochisi   tomonidan   bajariladi.   Guvoh
bo'lganimizdek,   ijro   ishi   yuritish   fani   bevosita   jinoyat   huquqi   fani   bilan   ham
chambarchas   bog'liq.   Ijro   ishi   yuritish   fani   fuqarolik   huquqi   bilan   aloqadorligi,
jismoniy   va   yuridik   shaxslarning   mulkiy   huquqlarini   himoya   qilish   to'g'risidagi
moddiy   huquq   normalari,   buzilgan   huquqlarni   tiklash   to'g'risidagi   qarorlarini
majburiy ijro etish orqali ta'minlashda namoyon bo'ladi.
Ijro   ishi   yuritish   fani   boshqa   huquqshunoslik   fanlari,   jumladan,   Fuqarolik
protsessual   huquqi   va   Iqtisodiy   protsessual   huquqi,   Jinoyat   protsessual   huquqi
hamda Mamuriy sud ishini yuritish fanlari bilan ham uzviy bog'liq. Ushbu fanlarda
sud   qarorlarini   ijro   etish   alohida   sud   ishlarini   yuritishning   bosqichi   sifatida
o'rganiladi. Fuqarolik protsessual kodeksining V bo'limi "Sud qarorlarining ijrosi"
deb   nomlanib,   unda   sud   qarorlarini   ijro   etish   tartibi,   ijro   varaqasi,   uni   berish,
yuborish,   dublikatini   berish   va   ijro   varaqasining   mazmuni,   ijro   qilinishi   lozim
bo'lgan hal qiluv qarorini tushuntirish, ijro varaqasini ijroga topshirish muddatlari.
muddatning uzilishi va o'tkazib yuborilgan muddatini tiklash. hal qiluv qarorining
ijrosini kechiktirish yoki uning bo'lib-bo'lib bajarilishiga yo'l qo'yish, uni ijro etish
usuli   va   tartibini   o'zgartirish   hal   qiluv   qarorining   qaytarma   ijrosi,   hal   qiluv
qarorining   qaytarma   ijrosi   to'g'risidagi   masalaning   birinchi   instansiya   sudi
tomonidan hal qilinishi hamda boshqa ijro ishi yuritish bilan bog'liq masalalar o'z
ifodasini topgan.
  IJRO ISHI YURITISHNING ISLOH QILINISHI O'tgan yillar mobaynida mamlakatimizda sud-huquq sohasida qator islohotlar
amalga   oshirildi.   Bu   islohotlar   bevosita   ijro   ishi   yuritish   sohasida   ham   amalga
oshirildi. Ijro ishi yuritishning isloh qilinishi, amalga oshirilgan ishlarning ma'no-
mohiyati va ahamiyati haqida so'z yuritganda bu yo'lni alohida uch davrga ajratib
o'rganamiz. Bu davrning har biri mamlakatimiz tarixida ijro ishi yuritish sohasida
muhim o'rin egallaydi.
O'tish   davri   va   milliy   davlatchilik   asoslarini   shakllantirish   bilan   bog'liq
birinchi  galdagi  islohot  va o'zgarishlarni  o'z ichiga olgan dastlabki  bosqich 1991-
2000-yillar.   Ijro   ishi   yuritish   faoliyati,   ya'ni   majburiy   ijro   tuman   sud   tarkibidagi
sud ijrochilari tomonidan amalga oshirilgan davr.
2001-yildan   2017-yilgacha   bo'lgan   muddatni   o'z   ichiga   olgan   ikkinchi
bosqich faol demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish davri.
Sud   hujjatlari   va   boshqa   organlar   hujjatlarini   majburiy   ijro   etish   O'zbekiston
Respublikasi   Adliya   vazirligi   huzuridagi   Sud   qarorlarini   ijro   etish,   sudlar
faoliyatini   moddiy-texnika   jihatidan   va   moliyaviy   ta'minlash   departamenti   (Sud
departamenti) organlarining sud ijrochilari zimmasiga yuklatilgan davr.
Uchinchi   bosqichi   2017-yildan   keyingi   yillarni   qamrab   oladi.   O'zbekiston
Respublikasi  Prezidentining 2017-yil 29-maydagi "Elektr energiyasi va tabiiy gaz
yetkazib   berish   hamda   iste'mol   qilish   sohasida   to'lov   intizomini   yanada
mustahkamlash,   shuningdek   ijro   ishi   yuritish   tizimini   tubdan   takomillashtirish
chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5059-son Farmoni bilan O'zbekiston Respublikasi
Bosh prokuraturasi huzurida energiya resurslari uchun to'lovlarning o'z vaqtida va
to'liq undirilishiga, elektr va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda
talon-toroj   qilish   holatlarini   aniqlash.   bartaraf   etish   va   oldini   olishga,   shuningdek
sud hujjatlarining so'zsiz ijrosini ta'minlashga mas'ul bo'lgan Majburiy ijro byurosi
tashkil etildi. Davlat ijrochisiga ijro etuvchi hokimiyat vakili sifatida sud hujjatlari
va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini taminlash vakolati berildi.
Birinchi   bosqichda   ijro   ishi   yuritish   faoliyati   1963-yil   23-martda   qabul
qilingan  Fuqarolik  protsessual   kodeksi   hamda   1985-yil   15-noyabrda   tasdiqlangan
"Ijro ishi  yuritish to'g'risida"gi  qo'llanma hamda O'zbekiston  Respublikasi  Adliya vazirligi   tomonidan   1993-yil   28-dekabrda   tasdiqlangan   Ijroni   yuritish   qo'llanma
bilan   tartibga   solingan   Bu   davrda   amalda   bo'lgan   Fuqarolik   protsessual   kodeksi
normalari   va   boshqa   nunosti   hujjatlariga   muvofiq   sud   ijrochilari   tuman   (shahar)
sudlari   shtatiga   kirar   va   o'zlari   qaysi   sud   huzurida   bo'lgan   bo'lsa,   shu   sudning
yurisdiksiyasida   bo'lgan   hududda   ijro   harakatlarini   amalga   oshirgan.   Demak,   bu
bosqichda   ijro   ishi   yuritish   sud   tarkibida   bo'lgan.   Yaqin   kunlargacha   nazariyada
ijro   ishi   yurituviga   fuqarolik   protsessining,   fuqarolik   sud   ishlari   yuritishning
yakuniy   bosqichi   sifatida   qarab   kelingan.   Agar   sudning   qarzdordan   muayyan
harakatlarni amalga oshirishni belgilovchi qarori ixtiyoriy ijro etilmasa, qarzdorni
sud qarorini majburan ijro ettirish zarurati vujudga keladi.
Olimlar   tomonidan   ijro   ishi   yurituviga   nisbatan   bunday   qarashlarning
shakllanganligining sababi shundaki, ijro ishi yuritish bilan bog'liq qoidalar 1997-
yil 30-avgustda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual
kodeksida   o'z   ifodasini   topgan   edi.   Xususan,   kodeksning   IV   bo'limi   "Sud
qarorlarining   ijrosi"   deb   nomlanib,   ijro   ishi   yuritish   bilan   bog'liq   masalalar   o'z
ifodasini topgan. Ilgari ijro ishi yuritish bilan bog'liq qoidalar fuqarolik protsessual
qonunchiligi bilan tartibga solingan va fuqarolik sud ishlari yuritishning bir qismi
hisoblangan.
2001-yilning   22-sentyabrida   O'zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi
tomonidan "O'zbekiston Respublikasi  Adliya vazirligi huzuridagi "Sud qarorlarini
ijro   etish,   sudlar   faoliyatini   moddiy-texnik   jihatdan   va   moliyaviy   ta'minlash
departamenti   to'g'risida"gi   nizomni   tasdiqlash   to'g'risida"gi   qaror   asosida   Sud
departamentining   tashkil   etilishi   hamda   2006-yil   31-avgustda   O'zbekiston
Respublikasi   Prezidenti   tomonidan   "O'zbekiston   Respublikasi   Adliya   vazirligi
huzuridagi   Sud  qarorlarini  ijro  etish,  sudlar  faoliyatini   moddiy-texnik  jihatdan  va
moliyaviy   ta'minlash   departamenti   faoliyatini   yanada   takomillashtirish   chora-
tadbirlari   to'g'risida"gi   qarorning   qabul   qilinishi,   shuningdek   O'zbekiston
Respublikasi   Adliya   vazirligi   huzuridagi   Sud   qarorlarini   ijro   etish,   sudlar
faoliyatini   moddiy-texnik   jihatdan   va   moliyaviy   ta'minlash   departamenti nizomining yangi tahrirda qabul qilinishi ikkinchi bosqichdagi ijro ishi yuritishdagi
burilishlardan bo'ldi.
Ijro   ishi   yuritish   sohasidagi   qonunchilikda   2001-yil   29-avgustda   "Sud
hujjatlari   va   boshqa   organlar   hujjatlarini   ijro   etish   to'g'risida"gi   O'zbekiston
Respublikasi qonunining qabul qilinishi tub burilish yasadi. Bunda ijro etish bilan
bog'liq   munosabatlar   batafsil   tartibga   solinib,   qator   yangi   institutlar,   jumladan,
davlat   ijrochisining   maqomi,   uning   huquq   va   majburiyatlari   doirasi   aniq   belgilab
berildi.   Bundan   tashqari,   turli   toifadagi   sud   qarorlarini   ijro   etish   ishlarining
xususiyatidan kelib chiqib alohida tartiblari mustahkamlab qo'yildi.
Ijro ishi yuritish sohasidagi islohotlar tizimida O'zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi   Senatining   2008-yil   4-5-dekabr   kunlari   bo'lib   o'tgan   o'n   oltinchi   yalpi
majlisida   ma'qullangan   "Ijro   ishi   yuritish   takomillashtirilishi   munosabati   bilan
O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar
kiritish   to'g'risida"gi   O'zbekiston   Respublikasi   Qonuni   alohida   ahamiyatga   ega
bo'ldi.
Ta'kidlash  joizki, ushbu Qonunning qabul qilinishi  O'zbekiston Respublikasi
Prezidentining   2006-yil   31-avgustdagi   PQ-458-sonli   "O'zbekiston   Respublikasi
Adliya   vazirligi   huzuridagi   Sud   qarorlarini   ijro   etish,   sudlar   faoliyatini   moddiy-
texnika   jihatidan   va   moliyaviy   ta'minlash   departamenti   faoliyatini   yanada
takomillashtirish   chora-tadbirlari   to'g'risida"gi   hamda   2007-yil   1-noyabrdagi   PQ-
722-sonli   "O'zbekiston   Respublikasi   Adliya   vazirligi   huzuridagi   Sud
departamentining   sud   qarorlarini   ijro   etish,   moddiy-texnik   jihatdan   va   moliyaviy
ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorlari
asosida   ushbu   sohada   izchil   ravishda   amalga   oshirilayotgan   islohotlarning
mantiqiy davomi bo'ldi.
"Ijro   ishi   yuritish   takomillashtirilishi   munosabati   bilan   O'zbekiston
Respublikasining   ayrim   qonun   hujjatlariga   o'zgartish   va   qo'shimchalar   kiritish
to'g'risida"gi   Qonunga   binoan,   Jinoyat   kodeksining   232-moddasi   yangi   tahrirda
bayon   etilib,   unga   ko'ra   muayyan   harakatlarni   sodir   etish   yoxud   ularni   sodir etishdan   o'zini   tiyish   majburiyatini   yuklovchi   sud   hujjatini   bajarishdan   bo'yin
tovlaganlik,   basharti   shunday   harakatlar   uchun   Ma'muriy   jazo   qo'llanilganidan
keyin   ham   davom   ettirilsa,   shuningdek   sud   hujjatining   ijro   etilishiga   to'sqinlik
qilganlik uchun jismoniy shaxslarning javobgarligi belgilandi. Qayd etish kerakki,
232-moddaning   eski   tahriri   faqat   mansabdor   shaxslarning   javobgarligini   nazarda
tutib,   jismoniy   shaxslarning   javobgarligini   e'tibordan   chetda   qoldirgan   edi.
Endilikda   esa   sud   hokimiyati   chiqargan   hujjatlar   barcha   davlat   organlari,   jamoat
birlashmalari,   korxonalar,   muassasalar,   tashkilotlar,   mansabdor   shaxslar   va
fuqarolar uchun majburiy ekanligi haqidagi konstitutsiyaviy qoidadan kelib chiqib
hamda   sud   hujjatlarining   so'zsiz   ijro   etilishini   ta'minlash   maqsadida   jismoniy
shaxslarning javobgarligi ham joriy etildi. Shu bilan birga, mazkur moddada xuddi
shunday   qilmishlarni   sodir   etganlik   uchun   mansabdor   shaxslarning   javobgarligi
kuchaytirildi.
Shuningdek, band solingan mol-mulkdan maqsadli foydalanilishini ta'minlash
uchun Jinoyat kodeksining 233-moddasi bank yoki boshqa kredit tashkiloti xodimi
tomonidan  band   solingan   pul   mablag'lari   (omonatlari)   bilan   bank  operatsiyalarini
amalga oshirganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilovchi qoidalar bilan to'ldirildi.
Qonunga   binoan,   Jinoyat-protsessual   kodeksiga   kiritilgan   o'zgartishlar   sud
qarorlarini ijro etish bilan bog'liq protsessual  qoidalari takomillashtirishni nazarda
tutadi.   Xususan,   sud   qarorlarini   bajarishdan   bo'yin   tovlaganlik   yoki   ijro   etishga
to'sqinlik qilganlik bilan bog'liq jinoyatlarga o'z vaqtida chek qo'yish, bunday xatti-
harakatlar   uchun   jazoning   muqarrarligini   ta'minlash,   shuningdek   sud   qarorlarini
majburiy ijro etish chog'ida surishtiruvning sifatini oshirish maqsadida Surishtiruv
organlari deb nomlangan 38-modda yangi 9 band bilan to'ldirildi. Ushbu band sud
hujjatlari   va   boshqa   organlar   hujjatlarining   majburiy   ijrosini   amalga   oshirish
vakolatiga   ega   bo'lgan   mansabdor   shaxslariga   surishtiruvni   amalga   oshirish
vakolatini berdi.
O'zbekiston   Respublikasining   Ma'muriy   javobgarlik   to'g'risidagi   kodeksiga
kiritilgan o'zgartishlar bilan qarzdorning ijro hujjatini uning ixtiyoriy ravishda ijro
etilishi   uchun   belgilangan   muddatda   uzrsiz   sabablarga   ko`ra   ijro   etmasligi   yoki uning   zimmasiga   muayyan   harakatlarni   sodir   etish   yoxud   ulami   sodir   etishdan
o'zini   tiyish   majburiyatini   yuklovchi   ijro   hujjatini   uzrsiz   sabablarga   ko'ra   davlat
ijrochisi   belgilagan   muddatda   ijro   etmaganlik   uchun   ma'muriy   javobgarlikni
belgilaydigan   1981-modda   bilan   to'ldirildi.   Ayni   vaqtda   kodeks   sud   hujjatlari   va
boshqa organlarning hujjatlarini ijro etish to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik
uchun   ma'muriy   javobgarlikni   belgilaydigan   1982-modda   bilan   to'ldirildi   hamda
jarima tarzidagi ma'muriy jazo qo'llash huquqini beradigan 245-modda bilan ham
to'ldirildi.   O'zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2019-yil   12-martdagi   "Sud
hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini yanada oshirish
chora-tadbirlari   to'g'risida"gi   PQ-4236-son   qarorlari   bilan   2019-yil   1-apreldan
boshlab sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga
mediatsiya   instituti   joriy   etildi.   Mediatsiya   kelib   chiqqan   nizoni   taraflar   o'zaro
maqbul   qarorga   erishishi   uchun   ularning   ixtiyoriy   roziligi   asosida   mediator
ko'magida hal qilish usuli. Unga ko'ra, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini
majburiy   ijro   etish   jarayonida   mediatsiya   tartib-taomilini   amalga   oshirish
undiruvchining arizasi bo'yicha o'n besh kundan ko'p bo'lmagan muddatga ijro ishi
yuritishni to'xtatib turish uchun asos hisoblanishi belgilandi.
  IJRO ISHI YURITISH MANBALARI
Ijro   ishi   yuritish   manbalari   sud   hujjatlari,   shuningdek   boshqa   organlarning
(mansabdor   shaxslar)   hujjatlari   majburiy   ijro   etilayotganda   yuzaga   keladigan
munosabatlarni   tartibga   solishga   qaratilgan   normativ   huquqiy   hujjatlardir.   Shu
o'rinda   ta'kidlash   joizki,   ijro   ishi   yuritish   aynan   sud   organlari   va   boshqa
organlarning   hujjatlari   majburiy   ijro   etilayotganda   yuzaga   keladigan
munosabatlarni   tartibga   soladi.   Ixtiyoriy   ijro   etilishi   bilan   bog'liq   munosabatlar,
bizning fikrimizcha, bevosita ijro ishi yuritish bilan bog'liq munosabatlarni tartibga
solmaydi.
O'zbekiston   Respublikasida   ijro   ishi   yuritishga   doir   manbalarga   quyidagi
normativ-huquqiy   hujjatlarni   kiritishimiz   mumkin:   O'zbekiston   Respublikasining
Konstitutsiyasi.   Ma'lumki,   Konstitutsiyada   to'g'ridan-to'g'ri   ijro   ishi   yuritish   bilan
bog liq modda mavjud bo`lmasada, bilvosita ijro ishi yuritishga taalluqli normalarʻ uchraydi.   O'zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasining   13,   43,   44,   53,   54,   111,
114-moddalari   tegishincha   fuqarolar   va   tashkilotlarning   huquq   va   erkinliklarini
ta'minlashga   qaratilgan.   Jumladan,   Konstitutsiyaning   13-moddasiga   muvofiq,
O'zbekiston   Respublikasida   demokratiya   umuminsoniy   prinsiplarga   asoslanadi,
ularga ko'ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz
huquqlari   oliy   qadriyat   hisoblanadi.   Demokratik   huquq   va   erkinliklarning
Konstitutsiya   va   qonunlar   bilan   himoya   qilinishi   mustahkamlab   qo'yilgan.   O'z
o'mida huquq va qonuniy manfaatlarni tiklash maqsadida ijro ishi yuritilishini ham
Konstitutsiyaning   aynan   ana   shu   moddasi   bilan   bevosita   bog'liqligini   ko'rishimiz
mumkin.
O'zbekiston   Respublikasining   2001-yil   29-avgustda   qabul   qilingan   "Sud
hujjatlari   va   boshqa   organlar   hujjatlarini   ijro   etish   to'g'risida"gi   qonuni.   Mazkur
qonun   bevosita   ijro   ishi   yuritishning   manbai   bo'lib,   ijro   ishi   yuritishga   oid
protsessual   munosabatlarni   tartibga   soladi.   Qonunning   loyihasi   O'zbekiston
Respublikasi   Oliy   Majlisi   II   chaqiriq   V   sessiyasida   2001-yil   11-12-may   kunlari
muhokama   etilgan.   O'zbekiston   Respublikasining   2001-yil   29-avgustdagi   "Sud
hujjatlari   va   boshqa   organlar   hujjatlarini   ijro   etish   to'g'risida"gi   qonuni   qabul
qilinishi   bilan   ijro   ishi   yuritish   huquqning   alohida   mustaqil   sohasi   ekanligi   aniq
ravshan   bo'ldi.   Bu   Qonun   ijro   ishini   tashkil   etish   bilan   bog'liq   huquqiy
munosabatlarni   tartibga   solib,   ijro   tizimining   huquqiy   asosi   bo'lib   xizmat
qilmoqda. Mazkur  Qonunda sud organlari  va boshka  organlar (ma'muriy va solik
organlari   mehnat   nizolari   komissiyasi   va   boshqalarning   qarorlarini   ham   ijro   etish
tartibi belgilab qo'yilgan.
Yuqoridagi   Qonun   sud   hujjatlari,   shuningdek   qonunda   belgilangan
vakolatlarini amalga oshirayotganlarida jismoniy yoki yuridik shaxslar zimmasiga
pul   mablag'lari   va   boshqa   mol-mulkni   o'zga   shaxslarga   berish   yoxud   ular
foydasiga   muayyan   harakatlarni   amalga   oshirish   yoki   bunday   harakatlari   amalga
oshirishdan   o'zini   tiyish   majburiyatini   yuklash   huquqi   berilgan   boshqa
organlarning   (mansabdor   shaxslarning)   hujjatlari   majburiy   ijro   etilayotganda
yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi. Mazkur qonun bevosita ijro ishi yuritishning   manbai   bo'lib,   12   bob   90   moddadan   iborat.   Ushbu   qonunning   qabul
qilinishi bilan ijro ishi yuritish sohasida quyidagi masalalar hal etildi. Jumladan;
-   ijro   ishi   yuritish   institutini   isloh   etishning   asosiy   g'oyalaridan   biri   amalga
oshirildi. Ya'ni muqaddam ijro masalalari O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik
protsessual   va   Iqtisodiy   protsessual   kodekslari   normalari   bilan   tartibga   solingan
bo'lsa,   endilikda   ijro   ishi   yuritish   huquqning   mustaqil   sohasi   bo'lganligi   tufayli
alohida qonunda mujassamlandi:
- hokimiyatlar bo'linishi prinsipiga muvofiq, majburiy ijro organi
sud va sud ishlarini yuritishdan ajratilib, alohida mustaqil organ tasarrufiga
berildi:   ijro   ishi   yuritishda   barcha   mulk   shakllarining   teng   huquqligi   va
huquqiy   jihatdan   bab-baravar   muhofaza   etilishi   qonun   bilan   ta'minlandi.   Ijro   ishi
yuritishda davlat mulki mulkning boshqa shakllariga nisbatan biron-bir ustunlikka
ega emas:
davlat   ijrochilarining   tarkibini   yaxshilash   va   ularning   malakaviy   darajasini
ko'tarishning   me'yoriy   asoslari   yaratildi.   Davlat   ijrochisi   qoida   tariqasida,   oliy
yuridik   yoki   o'rta   maxsus   (yuridik)   ma'lumotga   ega   bo'lishi   lozimligi   qonunda
belgilab qo'yildi:
davlat   ijrochisining   hokimiyat   vakili   ekanligi   birinchi   bor   qonun   hujjatida
e'tirof etildi;
qarzdorlar   tomonidan   sud   hujjatlari   va   boshqa   organlar   hujjatlarini
bajarmaganligi   uchun,   shuningdek   fuqarolar   va   mansabdor   shaxslarning   davlat
ijrochisi   qonuniy   talablarini   bajarmagani   hamda   ijro   ishi   yuritish   to'g'risidagi
qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi;
ijro hujjatini ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun muddat belgilandi;
pul  mablag'larini   undirish  haqidagi   ijro  hujjatini   ijro  etmaganlik uchun  bank
va   boshqa   kredit   tashkilotlariga   davlat   ijrochisining   taqdimnomasiga   binoan   sud
tomonidan   jarima   solish   nazarda   tutildi:   va   nihoyat,   davlat   ijrochisi   harakatlari
ustidan samarali nazorat (ichki nazorat, sud va prokuror nazorati) o'rnatildi. O'zbekiston   Respublikasining   Fuqarolik   protsessual   kodeksi.   O'zbekiston
Respublikasining   "Sud   hujjatlari   va   boshqa   organlar   hujjatlarini   ijro   etish
to'g'risida"gi Qonuni qabul qilinguniga qadar ijro ishi yuritishning muhim manbai
bo'lib, mazkur kodeksning alohida "Sud qarorlarining ijrosi" deb nomlanuvchi 40-
bobi,  42-bobi   va   V  bo'limi   ijro   ishi   yuritish   bilan  bog'liq   munosabatlarni   tartibga
solgan. Kodeksning o'ziga xos xususiyati shundaki, bunda faqatgina sud qarorlarini
ijro   etishda   vujudga   keladigan   munosabatlarni   tartibga   solishga   qaratilgan   bo'lib,
boshqa   organlarning   hujjatlarini   ijro   etishda   vujudga   keladigan   munosabatlarni
tartibga   solish   bilan   bog'liq   munosabatlar   aks   etmagan.   Xususan,   Fuqarolik
protsessual   kodeksining   446-moddasiga   muvofiq,   sud   hujjatlari   ular   qonuniy
kuchga   kirgandan   keyin   ijroga   qaratiladi,   uning   qonun   hujjatlarida   belgilangan
tartibda darhol ijro etilishi hollari bundan mustasno. Sud hujjatining majburiy ijrosi
sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida amalga oshiriladi.
O'zbekiston   Respublikasining   Iqtisodiy   protsessual   kodeksi.   O'zbekiston
Respublikasining   Iqtisodiy   protsessual   kodeksi   2018-yil   24-yanvarda   qabul
qilingan. Ma'lumki, iqtisodiy  sudlar  iqtisodiyot  sohasida  korxonalar, muassasalar,
tashkilotlar   va   fuqarolarning   buzilgan   yoki   nizolashilayotgan   huquqlarini   yoxud
qonun   bilan   qo'riqlanadigan   manfaatlarini   himoya   qiladi.   Iqtisodiy   protsessual
kodeksining   15-moddasiga   ko'ra,   qonuniy   kuchga   kirgan   sud   hujjatlari   barcha
davlat   organlari,   fuqarolarning   o'zini   o'zi   boshqarish   organlari,   boshqa   organlar,
jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va
fuqarolar   uchun   majburiy   hamda   ushbu   hujjatlar   O'zbekiston   Respublikasining
butun hududida ijro etilishi lozim.
Sud   hujjatlarini   bajarmaslik   ushbu   kodeksda   va   boshqa   qonunlarda
belgilangan javobgarlikka sabab bo'ladi. Kodeksning V bo'limi 334-347-moddalari
"Iqtisodiy   sudlarning   sud   hujjatlarini   ijro   etish"   deb   nomlanib,   u   o'z   ichiga
iqtisodiy   sudlar   hujjatlarini   ijro   etish   tartibi.   ijro   varaqasining   mazmuni,   ijroga
taqdim   etish   muddati,   muddatning   uzilishi,   o'tkazib   yuborilgan   muddatning
tiklanishi, ijro varaqasining dublikatini berish, sud hujjatining ijrosini kechiktirish
yoki   uni   bo'lib   bo'lib   ijro   etish,   ijro   etish   usulini   va   tartibini   o'zgartirish,   sud hujjatini  ijro  etmaganlik  uchun javobgarlik, sud  hujjatining  qaytarma  ijrosi  va  bu
masalalarni   hal   qilish   bilan   bog'liq   munosabatlarni   tartibga   soladi.   O'zbekiston
Respublikasining   Fuqarolik   kodeksi.   Ma'lumki,   O'zbekiston   Respublikasining
Fuqarolik kodeksi fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy holatini, mulk
huquqi va boshqa ashyoviy huquqiaming, intellektual  faoliyat natijalariga bo'lgan
huquqlarning   vujudga   kelish   asoslarini   hamda   ularni   amalga   oshirish   tartibini
belgilaydi,   shartnoma   majburiyatlari   va   o'zga   majburiyatlari,   shuningdek   boshqa
mulkiy hamda u bilan bog'liq shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi.
Bunda   kodeksda   ijro   ishi   yuritish   bilan   bog'liq   qator   umumiy   qoidalar   o'z
ifodasini   topgan.   Jumladan,   kodeksning   22-bobi   majburiyatlarning   bajarilishini
ta'minlash   deb   nomlanib,   unda   majburiyatlarning   bajarilishini   ta'minlash   usullari
sifatida garov, zakalat, neustoyka haqidagi umumiy qoidalar bilan birga undiruvni
garovga qaratish tartibi bilan bog'liq qoidalar ham o'z ifodasini topgan.
O'zbekiston   Respublikasining   Jinoyat   kodeksi.   Jazo   tayinlash   masalalari
O'zbekiston   Respublikasining   Jinoyat   kodeksi   bilan   tartibga   solinadi.   Jazo
tariqasida   jarima   tayinlash   to'g'risidagi   hukm   asosida   berilgan   ijro   hujjatini
majburiy   ijro   etish   majburiyati   davlat   ijrochisi   zimmasida.   Shuningdek   kodeksda
ijro   ishi   yuritish   jarayonida   javobgarlikni   belgilovchi   normalari   mavjud.   Voyaga
yetmagan   yoki   mehnatga   layoqatsiz   shaxslarni   moddiy   ta'minlashdan   bo'yin
tovlash, ota-onani moddiy ta'minlashdan bo'yin tovlash, sud hujjatini ijro etmaslik.
band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish, ya'ni bank yoki boshqa
kredit   tashkiloti   xodimi   tomonidan   xatlangan   pul   mablag'lari   bilan   bank
operatsiyalarini amalga oshirganlik uchun ham jinoiy javobgarlik belgilangan.
O'zbekiston   Respublikasining   Jinoyat-protsessual   kodeksi.   Sud   hukmlarini
ijroga   qaratish   va   hukmlarni   ijro   etish   jarayonida   vujudga   keladigan   masalallarni
hal   qilish   Jinoyat-protsessual   kodeksi   bilan   tartibga   solinadi.   Sud   hujjatlari   va
boshqa   organlar   hujjatlarini   ijro   etish   bilan   bog'liq   jinoyatlarni   tez   va   to'liq
ochilishini   ta'minlash   maqsadida   Majburiy   ijro   byurosining   alohida   mansabdor
shaxslari   surishtiruvni   amalga   oshirishda   Jinoyat   protsessual   kodeksining   38,   39-
moddalariga muvofiq ish ko'radi. O'zbekiston   Respublikasining   Ma'muriy   javobgarlik   to'g'risidagi   kodeksi.
Davlat   ijrochisi   tomonidan   qarzdorga   ijro   hujjati   talabini   bajarish   uchun   berilgan
ixtiyoriy   muddatning   o'tishida   mazkur   kodeksning   normalari   ishga   tushib
ma'muriy   jazo   qo'llashga   asos   bo'ladi.   Ma'muriy   huquqbuzarlik   to'g'risidagi
ishlarni   ko'rish   vakolatiga   ega   bo'lgan   organlar   (mansabdor   shaxslar)   tomonidan
chiqarilgan  qarorlarning majburiy ijrosini  davlat  ijrochisi  qonunga asosan  amalga
oshiradi.   Ma'muriy   jazo   qo'llash   to'g'risidagi   qarorlarni   ijro   etish   masalalari
O'zbekiston   Respublikasining   Ma'muriy   javobgarlik   to'g'risidagi   kodeks   bilan
tartibga solinadi.
O'zbekiston   Respublikasining   Ma'muriy   sud   ishlarini   yuritish   to'g'risidagi
kodeksi.   Ma'muriy   sud   ishlarini   yuritish   vazifalari   ma'muriy   va   boshqa   ommaviy
huquqiy   munosabatlar   sohasida   jismoniy   va   yuridik   shaxslarning   buzilgan   yoki
nizolashilayotgan   huquqlari.   erkinliklari   va   qonuniy   manfaatlarini   himoya   qilish
hisoblanadi. 2018-yil 25-yanvarda qabul qilingan mazkur kodeksning IV bo'limida
sud hujjatlarini ijro etish to'g'risida so'z boradi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari. O'tgan qisqa
davr   mobaynida   O'zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   tomonidan   ko'plab   ijro   ishi
yuritishni   takomillashtirishga   qaratilgan   bir   nechta   farmon   va   qarorlar   qabul
qilindi.   Ular   qatoriga   2017-yil   29-maydagi   O'zbekiston   Respublikasi
Prezidentining   "Elektr   energiyasi   va   tabiiy   gaz   yetkazib   berish   hamda   iste'mol
qilish   sohasida   to'lov   intizomini   yanada   mustahkamlash,   shuningdek   ijro   ishi
yuritish   tizimini   tubdan   takomillashtirish   chora-tadbirlari   to'g'risida"gi   PF-5059-
son   Farmoni   va   O'zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2017-yil   30-maydagi
"O'zbekiston   Respublikasi   Bosh   prokuraturasi   huzuridagi   Majburiy   ijro   byurosi
faoliyatini   tashkil   etish   to'g'risida"gi   PQ-3016-son   qarori   hamda   2019-yil   12-
martdagi  "Sud  hujjatlari   va  boshqa   organlar  hujjatlarini   ijro  etish   samaradorligini
yanada   oshirish   chora-tadbirlari   to'g'risida"gi   PQ-4236-son   qarorlarini   kiritish
mumkin.
O'zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   qarorlari.   O'zbekiston
Respublikasining   Vazirlar   Mahkamasi   tomonidan   ijro   ishi   yuritish   bilan   bog'liq munosabatlarni   tartibga   solishga   qaratilgan   qarorlar   qabul   qilingan.   Bunday
qarorlarga   misol   sifatida   2009-yilning   14-aprelida   qabul   qilingan   "Qarzdor   va
uning   oilasining   normal   turmush   kechirishi   uchun   zarur   bo'lgan,   ijro   hujjatlari
bo'yicha undiruv qaratilishi mumkin bo'lmagan uy anjomlari va jihozlari, kiyimlar
hamda boshqa buyumlar ro'yxatini tasdiqlash to'g'risida"gi qarori', 2009-yilning 8-
mayida qabul qilingan "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro
etishda   xatlangan   va   olib   qo'yilgan   mol-mulkni   saqlash   tartibi   hamda   shartlari
to'g'risidagi   nizomni   tasdiqlash   to'g'risida"gi   O'zbekiston   Respublikasi   Vazirlar
Mahkamasining   qarorlarini   keltirib   o'tishimiz   mumkin.   O'zbekiston   Respublikasi
tomonidan   ratifikatsiya   qilingan   xalqaro   va   davlatlararo   shartnomalar.   Ma'lumki,
O'zbekiston   Respublikasi   o'z   mustaqilligini   qo'lga   kiritib   xalqaro   huquqning   teng
huquqli   subyekti   sifatida   tan   olinganidan   so'ng   qator   xalqaro   va   davlatlararo
shartnomalami  ratifikatsiya  qildi.  Bunday  shartnomalar  tizimida  bevosita  ijro  ishi
yuritish   bilan   bog'liq   shartnomalar   ham   mavjud.   Bunday   shartnomalar   jumlasiga
O'zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisining   1997-yil   30-avgustdagi   488-1-son
qaroriga muvofiq ratifikatsiya qilingan hamda 1998-yil 15-iyundan kuchga kirgan
O'zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi o'rtasida "Puqarolik, oilaviy
va   jinoiy   ishlar   bo'yicha   huquqiy   yordam   hamda   huquqiy   munosabatlar
to'g'risida"gi   shartnomani   keltirishimiz   mumkin.   Ushbu   shartnomaning   39-
moddasiga   muvofiq,   ahdlashuvchi   tomonlardan   birining   qonuniy   kuchga   kirgan
sud   qarorlari,   shuningdek   vasiylik   va   homiylik   organlarining,   davlat   notariati
hamda   fuqarolik   holati   dalolatnomalarini   qayd   qilish   bo'limlarining   qarorlari
boshqa ahdlashuvchi tomon hududida e'tirof etiladi, mol-mulkka nisbatan qarorlar
esa   shartnomada   belgilangan   shartlarda   e'tirof   etilishi   va   bajarilishi
mustahkamlangan.   Shuningdek   mazkur   shartnomaga   binoan   quyidagi   hujjatlar
ikkala ahdlashuvchi davlatlar tomonidan ijro etiladi:
-fuqarolik   va   oila   ishlari   bo'yicha   qarorlar.   sudlarda   tuzilgan   kelishuv
bitimlari;   hukmlarning   jinoyat   natijasida   yetkazilgan   zarami   qoplashga   taalluqli
qismi;  - otalikni tan olish va nafaqa majburiyatlarini e'tirof etish haqidagi  ijro etish
yozuviga ega bo'lgan hujjatlar,hujjatlar.
-sud xarajatlarini to'lash to'g'risidagi qarorlar.
Ta'kidlash   joizki,   bunday   shartnomalar   Qozog'iston,   Turkmaniston,   Latviya,
Litva, Ukraina, Xitoy, Turkiya, Chexiya, Bolgariya va boshqa davlatlar bilan ham
tuzilgan   bo'lib,   ayni   paytda   ushbu   shartnomalar   ijro   ishi   yuritish   fanining
manbalari hisoblanadi.
  IJRO ETISH ORGANLARI
Sud   hujjatlari   va   boshqa   organlar   hujjatlarining   majburiy   ijrosini   ta'minlash
O'zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2017-yil   29-maydagi   PF-5059-son
Farmoni   bilan   tashkil   etilgan   O'zbekiston   Respublikasi   Bosh   prokuraturasi
huzuridagi   Majburiy   ijro   byurosining   davlat   ijrochilari   zimmasiga   yuklatilgan,
ularning   vakolatlari   O'zbekiston   Respublikasining   "Sud   hujjatlari   va   boshqa
organlar   hujjatlarini   ijro   etish   to'g'risida"gi   Qonuni   va   boshqa   qonun   hujjatlari
bilan belgilanadi.
Pul   mablag'larini   undirish   to'g'risidagi   sud   hujjatlarining   va   boshqa   organlar
hujjatlarining   talablarini   ijro   etish   qonunda   nazarda   tutilgan   hollarda   soliq
organlari, banklar hamda boshqa kredit  tashkilotlari  tomonidan amalga oshiriladi.
Sud   hujjatlarining   va   boshqa   organlar   hujjatlarining   talablari   qonunda   nazarda
tutilgan hollarda o'zga jismoniy yoki  yuridik shaxslar  tomonidan ham  ijro etilishi
mumkin. Lekin bular majburiy ijro etish organlari hisoblanmaydi, ular faqat ijroni
ta'minlaydi.   Agar   undiruvchi   bankda   yoki   boshqa   kredit   tashkilotida   qarzdorning
hisobvaraqlari   mavjudligi   haqidagi   ma'lumotlarga   ega   bo'lsa,   pul   mablag'larini
undirish   to'g'risidagi   sud   hujjatlarining   va   boshqa   organlar   hujjatlarining   talablari
bayon etilgan ijro hujjatini undiruvchi bevosita ana shu bankka yoki boshqa kredit
tashkilotiga yuborishi mumkin. Qarzdorning   hisobvaraqlari   bo'yicha   xizmat   ko'rsatuvchi   bank   yoki   boshqa
kredit tashkiloti ijro hujjati olingan kundan e'tiboran uch kunlik muddat ichida ijro
hujjatida bayon  etilgan  pul   mablag'larini  undirish  to'g'risidagi   talablarni   ijro  etadi
yoxud   qarzdoring   hisobvaraqlarida   undiruvchining   talablarini   qanoatlantirish
uchun   yetarli   pul   mablag'i   yo'qligi   sababli   ko'rsatilgan   talablar   to'la   yoki   qisman
ijro etilmaganligini qayd etib qo'yadi.
Pul   mablag'larini   undirish   to'g'risidagi   sud   hujjatlarining   va   boshqa   organlar
hujjatlarining   talablari   bayon   etilgan   ijro   hujjatini   undiruvchi   bevosita   ana   shu
bankka   yoki   boshqa   kredit   tashkilotiga   yubormaslik   sudning   qonun   hujjatlarida
nazarda   tutilgan   tartibda   va   miqdorda   bankka   yoki   boshqa   kredit   tashkilotiga
jarima solishi uchun asos bo'ladi.
  IJRO HUJJATLARI VA ULARNING MAZMUNI
Ijro hujjatlari deganda davlat ijrochisi tomonidan ijro harakatlarini olib borish
uchun   asos   bo'ladigan   sud   va   boshqa   organlarning   hujjatlari   tushuniladi.
O'zbekiston   Respublikasining   "Sud   hujjatlari   va   boshqa   organlar   hujjatlarini   ijro
etish to'g'risida"gi Qonunida belgilangan qoidalarga binoan quyidagilar ijro etilishi
lozim:
- fuqarolik ishlari va iqtisodiy nizolar bo'yicha sudlarning hal qiluv qarorlari,
ajrimlari va qarorlari; 
-   jinoyat   ishlari   bo'yicha   sud   hukmlari,   ajrimlari   va   qarorlarining   mulkiy
undirishga   oid   qismi,   shuningdek   jarima   tariqasidagi   jazoni   nazarda   tutuvchi
hukmlari, ajrimlari va qarorlari:
-   ma'muriy   huquqbuzarliklar   to'g'risidagi   ishlar   bo'yicha   sud   qarorlarining
mulkiy   undirishga   oid   qismi:   alimentlar   to'lash   to'g'risidagi   notarial   tarzda
tasdiqlangan kelishuvlar,
- notariuslarning ijro xatlari: mehnat nizolari komissiyalarining qarorlari;
- ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish vakolatiga ega
bo'lgan organlar (mansabdor shaxslar)ning chiqargan qarorlari: - hakamlik sudining qarorlari;
Respublikasi   qonun   hujjatlari   yoki   xalqaro   O'zbekiston   Respublikasi
arbitrajlarining shartnomada nazarda tutilgan hollarda chet el sudlari va qarorlari;
-   o'zboshimchalik   bilan   turar   joyni   egallab   olgan   yoki   avariya   holatida   deb
topilgan   uylarda   yashayotgan   shaxslarni   ma'muriy   tartibda   ko'chirish   to'g'risidagi
prokurorlarning qarorlari: 
O'zbekiston   Respublikasining   "Sud   hujjatlari   va   boshqa   organlar   hujjatlarini
ijro   etish   to'g'risida"gi   Qonunda   nazarda   tutilgan   hollarda   davlat   ijrochilarining
qarorlari;
qonun   hujjatlarida   nazarda   tutilgan   hollarda   boshqa   organlarning   hujjatlari.
Quyidagilar ijro hujjatlari hisoblanadi:
*sudlar o'zlari qabul qiladigan sud hujjatlari asosida beradigan ijro varaqalari:
*hakamlik sudining qarorlarini majburiy ijro etish yuzasidan sudlar beradigan
ijro varaqalari: 
*chet   el   sudlari   va   arbitrajlari   qarorlari   asosida   O'zbekiston   Respublikasi
sudlari beradigan ijro varaqalari:
*sud buyruqlari:
*alimentlar to'lash to'g'risidagi notarial tarzda tasdiqlangan kelishuvlar;
*notariuslarning ijro xatlari; 
*mehnat nizolari komissiyalari o'z qarorlari asosida beradigan guvohnomalar:
*ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish vakolatiga ega
organlar (mansabdor shaxslar) chiqargan qarorlari:
*o'zboshimchalik   bilan   turar   joyni   egallab   olgan   yoki   avariya   holatida   deb
topilgan   uylarda   yashayotgan   shaxslarni   ma'muriy   tartibda   ko'chirish   to'g'risidagi
prokurorlaming qarorlari;
*davlat ijrochilarining qarorlari:
*qonun   hujjatlarida   nazarda   tutilgan   hollarda   boshqa   organlarning   hujjatlari.
O'zbekiston   Respublikasining   "Sud   hujjatlari   va   boshqa   organlar   hujjatlarini   ijro
etish to'g'risida"gi Qonuni ijro hujjatlarining mazmuniga bir qator talablar qo'ygan. ✔  Ijro hujjatida quyidagilar ko'rsatilishi lozim: ijro hujjatini bergan sud yoki
boshqa   organ   nomi   ijro   hujjatining   qaysi   ish   bo'yicha   berilgani   va   uning   tartib
raqami:   ijro   etilishi   shart   bo'lgan   sud   hujjati   yoki   boshqa   organ   hujjati   qabul
qilingan sana;
✔  undiruvchi   va   qarzdorning   nomi,   ularning   manzillari,   jismoniy   shaxslar
uchun qarzdorning tug'ilgan sanasi va joyi, ish joyi:
  ✔  sud   hujjati   yoki   boshqa   organ   hujjatining   qaror   qismi   va   kuchga   kirgan
sanasi;
✔  ijro hujjati berilgan sana va uni ijroga topshirish muddati.
✔  Mol-mulkni   davlat   daromadiga   o'tkazish   yoki   yo'q   qilib   tashlash
to'g'risidagi   ijro   hujjatiga   quyidagilar   qo'shimcha   ravishda   ilova   qilinadi:   olib
qo'yish to'g'risidagi dalolatnoma nusxasi;
✔  mol-mulkning iste'mol, foydalanish yoki qayta ishlash uchun.
✔  yaroqliligi yoki yaroqsizligi to'g'risidagi ekspert xulosasi; 
✔   mol-mulk baholanganligi to'g'risidagi xulosa:
✔   saqlash uchun qabul qilish-topshirish dalolatnomasi; 
✔   ijroni yuritish uchun zarur bo'lgan boshqa hujjatlar.
Sud   hujjati   asosida   berilgan   ijro   hujjati   sudya   tomonidan   imzolanadi   va
sudning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi. Boshqa organning hujjati asosida berilgan
ijro   hujjati   mazkur   hujjatni   qabul   qilgan   organning   vakolatli   mansabdor   shaxsi
tomonidan imzolanadi va tegishli organning muhri bilan tasdiqlanadi. Notariusning
ijro xatida quyidagilar ko'rsatilgan bo'lishi lozim:
-   ijro   xatini   yozayotgan   notariusning   familiyasi,   ismi   va   otasining   ismi,
lavozimi;
- undirib oluvchining nomi va manzili;
- qarzdorning nomi va manzili; undirish amalga oshiriladigan muddat:
-   undirilishi   lozim   bo'lgan   summalar   yoki   talab   qilib   olinishi   lozim   bo'lgan
narsalar, shu jumladan to'lanishi  kerak bo'lgan penya,  foizlar;  undiruvchi  to'lagan
yoki qarzdordan undirilishi lozim bo lgan davlat boji yoki tarif summalari:ʻ -   ijro   xati   yozilgan   sana   (yil,   oy,   kun);   ijro   xatining   reestrda   qayd   etilgan
raqami:
- ijro xatini yozgan notariusning imzosi;
-   notariusning   muhri   Ijro   ishi   yuritishdagi   protsessual   hujjat   -   bu   ijro
harakatlarini amalga oshirish uchun rasmiylashtirishi lozim bo'lgan, o'zining nomi,
shakli   va  mazmuni   jihatidan   shu   hujjatlar   tuzilishini   nazarda   tutuvchi   qonunlarga
muvofiq davlat ijrochilari tomonidan tuziladigan hujjatdir.
Ijro   ishi   yuritishda   quyidagilar   protsessual   hujjat   hisoblanadi:   davlat
ijrochisining ijro harakatlarini amalga oshirishda qabul qiladigan qarorlari:
- davlat ijrochisining ijro harakatlari jarayonida tuzadigan davlat ijrochisining
ijro harakatlarini amalga oshirishda yuboradigan xabarnomalari:
-   davlat   ijrochisining   ijro   harakatlarini   amalga   oshirishda   yuboradigan
so'rovnomalari;   davlat   ijrochisining   ijro   harakatlarini   amalga   oshirishda
yuboradigan dalolatnomalari: 
-   davlat   ijrochisining   ijro   harakatlarini   amalga   oshirishda   beradigan
talabnomalari: 
-   davlat   ijrochisining   ijro   harakatlarini   amalga   oshirishda   kiritadigan
taqdimnomalari;
- arizalari;
-   davlat   ijrochisining   ijro   harakatlarini   amalga   oshirishda   yuboradigan
chaqiruv qog'ozi:
- qonunda nazarda tutilgan boshqa hujjatlar. 
  CHET EL SUDLARI VA ARBITRAJLARI QARORLARINI
IJRO ETISH
O'zbekiston   Respublikasining   "Sud   hujjatlari   va   boshqa   organlar   hujjatlarini
ijro   etish   to'g'risida"gi   Qonuniga   muvofiq   chet   el   sudlari   va   arbitrajlarining
qarorlarini   ijro   etish   tartibi   O'zbekiston   Respublikasining   qonun   hujjatlari   va
xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi. Xalqaro shartnoma bu ikki yoki bir  necha davlatlar yoki  xalqaro tashkilotlar
o'rtasida   tuzilgan   bitim   bo'lib,   ishtirokchilarning   siyosiy,   iqtisodiy   va   boshqa
munosabatlarida   o'zaro   majburiyatlarini   belgilash,   o'zgartirish   va   tugatishni
nazarda   tutadi.   O'zbekiston   Respublikasi   sudi   tomonidan   chet   el   sudining   yoki
arbitrajining   qarori   asosida   berilgan   ijro   varaqasi,   agar   O'zbekiston
Respublikasining   xalqaro   shartnomasida   boshqacha   qoida   nazarda   tutilmagan
bo'lmasa,   qaror   qonuniy   kuchga   kirgan   vaqtdan   e'tiboran   uch   yil   ichida   majburiy
ijro etish uchun topshirilishi mumkin. Chet el sudlari va arbitrajlari qarorlarini ijro
etish   O'zbekiston   Respublikasining   ikki   tomonlama   va   boshqa   ko'p   tomonlama
xalqaro shartnomalari bilan ham tartibga solinadi.
Har qanday yuridik hujjat faqat shu hujjatni qabul qilgan davlat hududidagina
huquqiy   kuchga   ega.   Biroq   yuridik   hujjatning   qonuniy   kuchini   boshqa   davlat
hududida xalqaro bitimga binoan o'zaro kelishuv asosida tatbiq etish mumkin.
O'zbekiston   Respublikasi   hududida   chet   el   davlatlari   hakamlik   sudlari
qarorlarini   e'tirof   va   ijro   etilishi   mamlakatimiz   xalqaro   huquqiy   faoliyatining
muhim tarkiblaridan biridir.
O'zbekiston   Respublikasi   ham   Oliy   Majlis   tomonidan   1995-yil   20-dekabrda
qabul   qilingan   qarorga   binoan   1958-yil   10-iyundagi   "Chet   el   davlatlari   hakamlik
qarorlarini   e'tirof   va   ijro   etish   haqida"gi   Nyu-York   konvensiyasi'ga   qo'shilgan
davlatlar   tarkibiga   kiradi.   Ushbu   Konvensiya   qatorida   mamlakatimizda   chet   el
davlatlari   hakamlik   sudlari   qarorlarini   e'tirof   va   ijro   etishni   tartibga   soluvchi   va
boshqa xalqaro hujjatlar ham amaldadir.
Masalan,   1992-yil   20-martda   Kiyev   shahrida   MDH   davlatlari   rahbarlari
tomonidan   shu   davlatlar   xo'jalik   subyektlari   o'rtasida   shartnomaviy   va   boshqa
fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiqqan nizolarni ko'rib hal etish hamda
ular   bo'yicha   qarorlar   ijrosini   ta'minlash   haqidagi   bitim   imzolangan.   Bundan
tashqari,   Minsk   shahrida   1993-yil   22-yanvarda   MDHga   a'zo   davlatlar   tomonidan
"Fuqarolik,   oilaviy   va   jinoiy   ishlar   bo'yicha   huquqiy   yordam   va   huquqiy
munosabatlar   to'g'risida"gi   Konvensiya   imzolangan.   Konvensiya   O'zbekiston
Respublikasi   tomonidan   1994-yil   6-mayda   ratifikatsiya   qilingan   va   1994-yil   19- maydan   boshlab   kuchga   kirgan.   Shuningdek   O'zbekiston   Respublikasi   bir   qator
davlatlar   bilan   huquqiy   yordam   ko'rsatish   bo'yicha   ikki   taraflama   shartnomalar
tuzgan.   Konvensiya.   bitim   va   shartnomalar   qaysi   holatlar   chet   el   davlatlari
hakamlik   sudida   qanday   e'tirof   va   ijro   etilishi   lozimligini,   shuningdek   chet   el
davlatlari hakamlik sudlari qarorlarini ijro etish holatlarini belgilaydi.
Konvensiya,   bitim   va   shartnomalar   ularni   qabul   qilgan   har   bir   davlat
Konvensiya   ishtirokchilarining   hakamlik   sudlari   qarorlarini   e'tirof   etishlarini   va
ularning   ijrosi   so'ralayotgan   davlat   hududida   amalda   bo'lgan   huquqiy   me'yorlar
asosida ijro etilishini ko'zda tutadi.
Chet   el   davlatlari   korxona   va   tashkilotlarining   chet   el   davlatlari   hakamlik
sudlari   qarorlarini   e'tirof   va   ijro   etish   haqida   iltimos   bilan   murojaat   qilganlarida
iqtisodiy sudlari yuqorida qayd etilgan konvensiya, bitim va shartnomalarda ko'zda
tutilgan   umumiy   qoidalarga   va   O'zbekiston   Respublikasi   Iqtisodiy   protsessual
kodeksiga amal qilib ish yuritishlari lozim.
Chet   davlatlar   sudlarining   va   arbitrajlarining   iqtisodiyot   sohasida   yuzaga
keladigan nizolar hamda boshqa ishlar bo'yicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari,
agar   bunday   qarorlarni   tan   olish   va   ijroga   qaratish   O'zbekiston   Respublikasining
tegishli   xalqaro   shartnomalari   hamda   qonun   hujjatlarida   nazarda   tutilgan   bo'lsa,
ular   O'zbekiston   Respublikasi   iqtisodiy   sudlari   tomonidan   tan   olinadi   va   ijroga
qaratiladi. Chet davlat sudining va arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish hamda
ijroga qaratish masalalari iqtisodiy sud tomonidan nizo bo'yicha hal qiluv qarori o'z
foydasiga chiqarilgan tarafning arizasi bo yicha hal etiladi.ʻ
Chet   davlat   sudi   deganda   chet   davlatning   taraflar   o'rtasidagi   nizoni   hal
etuvchi   vakolatli   organi   tushuniladi,   chet   el   arbitraji   deganda   chet   davlatning
taraflar   o'rtasidagi   nizoni   hal   etish   uchun   doimiy   yoki   vaqtincha   asosda   faoliyat
ko'rsatadigan nodavlat tashkiloti tushuniladi.
Chet   davlat   sudining   yoki   arbitrajining   hal   qiluv   qarori,   agar   O'zbekiston
Respublikasining   xalqaro   shartnomasida   boshqacha   qoida   nazarda   tutilmagan
bo'lsa, u qonuniy kuchga kirgan paytdan e'tiboran uch yil muddat ichida, tan olish
va ijroga qaratish uchun taqdim etilishi mumkin. Chet   el   davlatlari   hakamlik   sudlari   qarorlarini   e'tirof   etish   va   ijrosini
ta'minlashni   ikkita   mustaqil   bosqichga   bo'lish   mumkin:   birinchisi   qarorni   e'tirof
etish;   ikkinchisi   e'tirof   etilgan   qarorni   ijro   etish.   Chet   davlat   sudining   yoki
arbitrajining   hal   qiluv   qarorini   tan   olish   va   ijroga   qaratish   to'g'risidagi   ariza
undiruvchi   tomonidan   Qoraqalpog'iston   Respublikasi,   viloyatlar   va   Toshkent
shahar   iqtisodiy   sudiga   qarzdorning   joylashgan   yeri   yoki   yashash   joyi   bo'yicha
yoxud   agar   qarzdorning   joylashgan   yeri   yoki   yashash   joyi   noma'lum   bo'lsa,
qarzdor davlat ro'yxatidan o'tkazilgan joy bo'yicha beriladi.
Nyu-York   konvensiyasiga   binoan   hakamlik   sudlari   qarorlarini   e'tirof   va   ijro
etish   haqidagi   murojaatga   quyidagi   hujjatlar   ilova   qilinadi:   lozim   darajada
tasdiqlangan   hakamlik   qarorining   asl   nusxasi   yoki   tegishlicha   tasdiqlangan
nusxasi;   biror-bir   shartnoma   yoki   boshqa   huquqiy   munosabatlar   bilan   bog'liq
bo'lgan ularning obyekti hakamlikda ko'rish uchun asos bo'lib, barcha yoki ba'zi bir
nizolarni hakamlikka berish bo'yicha taraflar bitimining asl nusxasi.
Agar   hakamlik   sudi   qarori   yoki   kelishuv   shu   qarorni   e'tirof   etish   va   ijrosini
ta'minlash   so'ralayotgan   davlatning   rasmiy   tilida   yozilmagan   bo'lsa,   u   holda
undiruvchi   shu   tilga   tarjima   qilingan   hujjatlar   nusxasini   ilova   qiladi.   Tarjima
rasmiy   yoki   qasamyod   qilgan   tarjimon   yoxud   vakolatxona   yoki   elchixonalar
tomonidan tasdiqlangan bo'lishi lozim.
"Xo'jalik   munosabatlari   bilan   bog'liq   bo'lgan   nizolarni   hal   etish   tartibi
haqida"gi   Kiyev   bitimi   ishtirokchilariga   MDH   davlatlarining   hakamlik,   iqtisodiy
sudlari qarorlarini ijro etish uchun quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:
- majburiy ijro etilishi so'ralgan qarorning tegishlicha tasdiqlangan nusxasi;
-   agar   qaror   matnining   mazmuni   qonuniy   kuchga   kirganligini   ko'rsatuvchi
rasmiy hujjat;
-ish   ko'rilishini   ikkinchi   tarafga   bildirganligi   haqida   rasmiy   xabarnoma;   ijro
varaqasi.
Alohida   xususiyatlarga   ega   bo'lgan   talablar   O'zbekiston   Respublikasi
tomonidan   imzolangan   "Huquqiy   yordam   ko'rsatish   haqida"gi   ikki   taraflama shartnomasiga asoslangan holda berilgan qarorlarni tan olish haqidagi talabnomaga
taqdim etiladi.
Masalan,   O'zbekiston   Respublikasi   va   Litva   Respublikasi   o'rtasida   1997-yil
20-fevrakla tuzilgan "Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar  bo'yicha huquqiy yordam
va   huquqiy   munosabatlar   to'g'risida"gi   shartnomaning   53-moddasiga   asosan   ijro
etishni ta'minlash haqidagi talabnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: 
- sud tomonidan tasdiqlangan ruxsatnoma;
-   hal   qiluv   qarorini   qonuniy   kuchga   kiritish   haqidagi   rasmiy   hujjat   bu   qaror
matnida qayd etilmagan bo'lsa;
- ish ko'rilishi jarayonida ishtirok etmagan javobgarga sud majlisiga chaqiriq
qog'ozi o'z vaqtida va tegishli tartibda berilganligini tasdiqlovchi hujjat; 
-   shartnomaning   53-moddasi   1-2-bandlarida   ko'rsatilgan   hujjatlar
tarjimasining tasdiqlanganligi.
Avval ta'kidlanganidek, qarorni e'tirof etish chet el davlatlari hakamlik sudlari
qarorlarini   ijro   etishning   birinchi   bosqichidir.   Konvensiya,   bitim   va
shartnomalarning mazmunidan kelib chiqqan holda, fikrimizcha, manfaatdor taraf
qarzdoring   manzili   yoki   uning   mulki   joylashgan   joydagi   tegishli   sudga   murojaat
qilishi lozim.
Murojaat   qanoatlantirilganda   iqtisodiy   sud   tomonidan   undirilgan   miqdor   va
chet   el   davlatlari   hakamlik   sudi   qarorida   va   ijro   varaqasidagi   valyuta   qiymati
ko'rsatilgan ijro varaqasi beriladi. Ajrim ijro varaqa bilan undiruvchiga, nusxasi esa
qarzdorga yuboriladi.
Qarzdorning   hisobida   mablag'i   bo'lmagan   taqdirda   murojaatni   ko'rayotgan
iqtisodiy   sudi   qarorni   ijro   etish   usulini   o'zgartirib,   undirishni   qarzdor   mulkiga
qaratishi mumkin.
Qarorni   ijro   etishni,   u   qarshi   qaratilgan   taraf   iltimosiga   binoan   rad   etish
mumkin,   faqat   agar   shu   taraf   ijro   etilishi   so'ralgan   iqtisodiy   sudiga,   chet   el
davlatlari   hakamlik   sudi   qarorining   ijrosini   bajarishga   to'sqinlik   qiluvchi
konvensiya,   bitim   va   shartnomada   ko'rsatilgan   asoslarning   biri   mavjudligini
isbotlovchi dalil keltirsa. Nyu-York   konvensiyasiga   binoan   hakamlik   qarorini   e'tirof   etish   va   ijro
qilishni javobgar iltimosiga binoan rad etish mumkin, basharti shu taraf e'tirof va
ijro qilinishi so'ralgan joydagi tegishli hokimiyatga quyidagi dalillarni keltirsa:
*2-moddada ko'rsatilgan bitim taraflari, ularga nisbatan qo'llanilgan qonunga
ko'ra qandaydir darajada layoqatsiz yoki taraflar shu bitimni bo'ysundirishga qonun
bo'yicha   qonuniy   kuchga   ega   bo'lmaganligi   tan   olinadi   va   bunday   farmoyishning
yo'qligida   qaror   chiqarilgan   davlatning   qonuni   bo'yicha   tan   olingan   bo'lsa   yoki
hakam tayinlanganligi yoki hakamlik muhokamasi haqida javobgar lozim darajada
xabardor   qilinmagan   yoxud   boshqa   bir   sababga   binoan   o'z   dalil   isbotlarini
keltirolmagan bo'lsa;
*qaror   hakam   bitimi   shartlariga   yoki   shartnomadagi   hakam   izohiga   mos
kelmagan yoki ko'zda tutilmagan nizo bo'yicha qabul qilingan yoxud hakam bitimi
yoki   shartnomadagi   hakam   sharhi   chegarasidan   chiqadigan   masalalar   bo'yicha
chiqarilgan   bo'lsa,   biroq   hakam   bitimi   yoki   sharhi   bilan   ko'zda   tutilgan
farmoyishlar   ular   tomonidan   ko'zda   tutilmaganidan   ajratilishi   mumkin   bo'lsa,   u
holda   hakam   bitimi   yoki   shartnomadagi   hakam   sharhida   ko'zda   tutilgan   qaror
qismi  e'tirof  etilishi  va ijroga qaratilishi  mumkin;  hakamlik organi yoki hakamlik
jarayoni   taraflar   bitimiga   mos   kelmagan   yoxud   bunday   holat   bo'lmasada,   hakam
joylashgan   davlat   qonuniga   muvofiq   bo'lmagan   taqdirda;   qaror   taraflar   uchun
tugallanmagan   yoki   u   qabul   qilingan   yoxud   qonuni   qo'llanilayotgan   davlat
hokimiyati tomonidan bekor qilingan yoki ijrosi to'xtatilgan bo'lsa. Shu bilan birga,
hakamlik qarorini e'tirof etish va ijrosini ta'minlash rad etilishi mumkin, agar e'tirof
etish   va   ijroni   ta'minlash   so'ralgan   davlatning   tegishli   hokimiyati   tomonidan
quyidagilar aniqlangan bo'lsa: o'sha davlat qonunlariga ko'ra nizo obyekti hakamlik
muhokamasining asosi bo'la olmasa:
*qarorni   e'tirof   etish   va   ijrosini   ta'minlash   shu   davlatning   ommaviy   ko'rish
tartibiga   zid   bo'lsa.   Kiyev   bitimi   9-moddasiga   binoan   agarda   javobgar   quyidagi
dalillarnikeltirmagan bo'lsa, bu qarorning ijrosini ta'minlashni rad etish mumkin: *iltimos qilinayotgan MDH ishtirokchisi bo'lgan davlat sudi tomonidan xuddi
shu   taraflar   ishi   va   xuddi   shunday   asos   va   shu   mavzu   bo'yicha   qonuniy   kuchga
kirgan qaror qabul qilingan bo'lsa;
- MDH ishtirokchisi bo'lgan vakolatli uchinchi davlatning yoxud hamjamiyat
a'zosi   bo'lmagan   davlatning   xuddi   shu   taraflar   xuddi   shunday   predmet   va   asosi
bo'yicha e'tirof etilgan qarori bo'lsa; 
- ikkinchi taraf ish yuritilganligi haqida xabardor etilmagan bo'lsa;
- qarorning majburiy ijro etish 3 yillik da'vo muddati o'tib ketgan bo'lsa.
O'zbekiston   va   Litva   Respublikalari   o'rtasida   tuzilgan   "Huquqiy   yordam
ko'rsatish haqida"gi Shartnomaning 57-moddasiga binoan sud qarorlarini e'tirof va
ijro etishni qaysi hollarda rad etish mumkin:
- iltimosnoma yuborgan shaxs  yoki  ish bo'yicha javobgar  ish ko'rishda o'sha
yoki   uning   vakiliga   o'z   vaqtida   va   lozim   bo'lgan   darajada   chaqiruv   qog'ozi
yuborilmaganligi uchun ishtirok etmagan bo'lsa;
-   tegishli   taraflar   hududida   xuddi   shu   taraflar   va   shu   nizo   bo'yicha   qonuniy
kuchga kirgan qaror avval qabul qilingan bo'lsa yoki shu nizo bo'yicha kelishilgan
taraf muassasasi tomonidan avval ish qo'zg'atilgan bo'lsa;
- agar ushbu shartnoma shartiga binoan, shartnomada ko rsatilmagan hollardaʻ
esa kelishilgan taraflar qonunchiligiga binoan qarorning e'tirof va ijro etilishi lozim
bo'lgan hududdagi ish faqat shu muassasa vakolatiga tegishli bo'lsa.     A dabiyotlar
1.Tuxtasheva U.A. Ijro ishi yuritish: Darslik. 2-nashr Toshkent: TDYI, 2009.-308
h.
2.Yusupov   B.   Sud   hujjatlarini   bujurmaganlik   uchun   jinoiy   javobgarlik
muammolari: Monografiya - T.TDYI, 2011.-173 b.
3.M.Q.O'razaliyev Ijro ishi yuritish Darslik. - T TDYU nashriyoti 2019. - 239 bet
4.O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T., O'zbekiston. 2018. - 80 b.
5.O'zbekiston   Respublikasining   2001-yil   29-avgustdagi   "Sud   hujjatlari   va   boshqa
organlar   hujjatlarini   ijro  etish  to'g'risida"gi   №  258-II-sonli   Qonuni  //   O zbekistonʻ
Respublikasi Qonun hujjatlari to'plami. 2001.-Ne 21. 145-modda.
6.O'zbekiston   Respublikasi   Fuqarolik-protsessual   kodeksi.   O'zbekiston
Respublikasining Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi.
7.O'zbekiston   Respublikasi   Jinoyat-protsessual   kodeksi   O'zbekiston
Respublikasining Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi. 
8.O'zbekiston   Respublikasi   Iqtisodiy   protsessual   kodeksi.   O'zbekiston
Respublikasining Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi. 
9.O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi O'zbekiston
Respublikasining Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi 
10.O'zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   "Sud   hujjatlari   va   boshqa   organlar
hujjatlarini   ijro   etishda   mol-mulkni   realizatsiya   qilish   tartib-taomillarini   tubdan
takomillashtirish   chora-tadbirlari   to'g'risida"gi   2017-yil   27-iyuldagi   PQ-3149-son
qarori.   O'zbekiston   Respublikasi   Qonun   hujjatlari   to'plami.   2007.   No   45.   541-
modda.
11.   O'razaliyev   Murod   Qorayevich.   Ijro   ishi   yuritish.   Darslik.   T.:   TDYU
nashriyoti, 2019.-239 bet.

Ijro ishi yuritish tushunchasi, mohiyati va pryedmyeti. Ijro ishi yuritishning umumiy qoidalari. Reja : 1. Ijro ishi yuritish predmeti, tushunchasi va uning xususiyatlari; 2. Ijro ishi yuritishning asosiy prinsiplari.. 3. Ijro ishi yuritish fanining huquqning boshqa sohalari bilan aloqasi. 4. Ijro ishi yuritishning isloh qilinishi. 5. Ijro ishi yuritish manbalari. 6. Ijro etish organlari. 7. Ijro hujjatlari va ularning mazmuni. 8. Chet el sudlari va arbitrajlari qarorlarini ijro etish.

IJRO ISHI YURITISH PREDMETI, TUSHUNCHASI VA UNING XUSUSIYATLARI O'tgan qisqa davr mobaynida mamlakatimizda sud-huquq sohasida qator islohotlar amalga oshirildi. Bu islohotlar bevosita ijro ishi yuritish sohasida ham amalga oshirildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek: "Har bir sud qarorining qonuniy kuchi uning amalda qanday amalga oshirilishi bilan bevosita bog'liq. Shuning uchun ham fuqarolarimiz, jamiyat va davlat manfaatlarini kafolatli himoya qilish maqsadida sud qarorlarining so'zsiz va to'liq ijrosini ta'minlash, ijro hujjatlarini harakati va natijalarini nazorat qilish bo'yicha samarali mexanizm yaratishimiz kerak" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi Farmonida qonun ustuvorligini va sudning chinakam mustaqilligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilgan. Jumladan, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta'minlash; sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosi samaradorligini oshirish. elektron tartibda ijro ishini yuritishning zamonaviy shakl va usullarini joriy etish hamda aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish vazifalari qo'yilgan Hozirda 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi Qonun' ijro hujjatlarini majburiy ijro etish sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjati hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi "Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste'mol qilish sohasida to'lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5059-son Farmoni bilan O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida energiya resurslari uchun to'lovlarning o'z vaqtida va to'liq undirilishiga, elektr va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda talon-toroj qilish holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olishga, shuningdek sud hujjatlarining so'zsiz ijrosini

ta'minlashga mas'ul bo'lgan Majburiy ijro byurosi tashkil etildi. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamenti faoliyati tugatildi. Prezidentning "O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son Qarori bilan "O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi to'g'risida"gi nizom tasdiqlandi. Qabul qilingan mazkur hujjatlar tufayli ijro ishi yuritish tizimi rivojida sifat jihatidan yangi davr boshlandi. Tizim tashkiliy jihatdan mutlaqo yangilandi. Ijro tizimining huquqiy asoslari mustahkamlanishi sari ildam qadamlar tashlandi. Yaqin kunlargacha huquq nazariyasida ijro ishi yurituviga fuqarolik protsessining. fuqarolik sud ishlari yuritishning yakuniy bosqichi sifatida qarab kelingan. Ijro ishi yuritish respublikamiz huquq tizimidagi rivojlanib kelayotgan va bugungi kunda dolzarb ahamiyatga ega huquq sohasi hisoblanadi. Ijro ishi yuritishning qonunchilik asosi konstitutsiyaviy normalarda o'z aksini topgan bo'lib, davlat va sud tomonidan fuqarolar huquq va erkinliklari himoyasini kafolatlaydi. Ijro ishi yuritish faoliyatini tartibga solish uchun 2001-yil 29-avgustda "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunning qabul qilinishi bilan ijro ishi yuritish huquqning alohida mustaqil sohasi ekanligi aniq-ravshan bo'ldi. Ungacha ijro ishi yuritish fuqarolik protsessining bosqichi hisoblanib, fuqarolik protsessual huquqi fani ichida o'tib kelinardi. Ayni paytda davlat ijro hokimiyati organlari tizimida mustaqil organ sifatida tashkil etilgan O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining davlat ijrochilari zimmasiga sud hujjatlar va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini ta'minlash vakolati yuklatilgan. Davlat ijrochilari davlat xizmatchilari, hokimiyat vakili hisoblanadi va keng huquqlarga ega. Aynan davlat ijrochilari jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlarini himoya qilishning oxirgi bosqichida turib, uni hal etish vakolatiga ega bo'ladilar. Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarining past darajadagi faktik ijrosi nafaqat jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari buzilishiga, balki boshqa salbiy

oqibatlarga olib keladi. O'z huquqlarini himoya qilayotgan shaxslar huzilgan huquqlarini faqat nazariy tan olinishi emas, balki amaliy, real himoya qilinishini kutadilar. Ijro ishi yuritishda sud va boshqa organlar hujjatlari ijro etilib, huquq subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinadi. 1975-yilda ijro ishini huquqning alohida mustaqil sohasi deb e'lon qilgan rossiyalik protsessualist olim M.K. Yukov edi. Uning fikricha, sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish bu fuqarolik protsessining mantiqiy davomi (bir qismi, bo'lagi) emas. M.K. Yukovning fikricha, ijro huquqi bu huquq sohasida mustaqil huquq tarmog'i bo'lib, huquq tizimi bu huquq tarmog'isiz to'g'ri ishlay olmaydi. Ijro huquqi ijro ishi yuritish davomida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi va davlatning majburlov kuchi bilan subyektiv-moddiy huquq yoki qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarni maxsus normativ akt (ijro varaqasi) orqali himoya qiladi. Olimning xulosasiga ko'ra, bu huquq sohasi yuridik butunlikka ega, ya'ni o'zining predmeti va maxsus huquqiy tartibga solish metodiga, xususiy tamoyillar va umumiy qoidalarga ega. Bizning fikrimizcha, ushbu yondashuv boshqalariga qaraganda ancha to'g'ri. Lekin shuni inobatga olish kerakki, ijro ishi yuritishga protsessual huquq sohalarining asosi sifatida qarashimiz kerak. Zamonaviy huquqshunoslik fanida aksariyat huquqshunoslar ijro ishi yuritishni fuqarolik yoki iqtisodiy protsessual huquqining bosqichi sifatida qaraydilar. Bunday qarash an'anaviy yondashuv hisoblanadi. Boshqa huquqshunos protsessualist olimlarning ta'kidlashicha esa, ijro ishi yuritish bu fuqarolik yoki iqtisodiy protsessual huquqining bosqichi emas, balki huquqning mustaqil sohasidir. Ijro ishi yuritish vaqtida davlat ijrochisi huquqi buzilgan fuqaroning sud tomonidan chiqarilgan qonuniy qarori yoki hukmi asosida tiklar ekan. o'z o'mida bunday harakat boshqalar uchun ularning qonuniy huquq va manfaatlariga zarar yetkazmaslik uchun da'vat etishga qaratilgan bo'ladi. Ijro ishi yuritishning mohiyati qonunda nazarda tutilgan tartibda qarzdorga nisbatan undiruvchining qonuniy talablarini qondirishga qaratilgan majburlov

choralari (majburiy ijro) qo'llashdan iborat. Ijro ishi yuritishni huquqiy tartibga solish predmeti esa sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish doirasida vujudga keladigan nazorat, ma'muriy, moliyaviy, mulkiy, protsessual va boshqa turli sohadagi ijtimoiy munosabatlardir. Ijro ishi yuritish fuqarolik protsessual huquqi va iqtisodiy protsessual huquqi hamda boshqa ko'plab huquq sohalari bilan o'zaro hamkorlik qiladi. Ijro ishi yuritish qonunda belgilangan tartibda ijro hujjatida ko'rsatilgan (qarzdorga nisbatan undiruvchining) talabni davlat ijrochisi tomonidan amalga oshirishga qaratilgan faoliyat tushuniladi. Ijro ishi yuritish - bu, eng avvalo, protsessual huquq sohasidir, uning ichida vujudga keladigan qolgan boshqa barcha munosabatlar esa aynan shu sohaga davlat ijrochisining ijro ishi yuritishiga oid protsessual munosabatlar hisoblanadi. Ijro huquqini huquqiy tartibga solish predmetini ijro ishi yuritishda davlat ijrochisining majburiy ijro etish faoliyati bo'yicha vujudga keladigan protsessual munosabatlar majmui tashkil qiladi. Shu o'rinda majburiy ijro etish tushunchasiga ta'rif berib o'tsak. Majburiy ijro ijro hujjati talabini bajarmagan shaxsga nisbatan sud hujjatlari yoki boshqa organning hujjati asosida uni muayyan harakatlar, mulkiy va nomulkiy xarakterdagi munosabatlar (majburiy jarima, ijro yig'imi undirish v.b.)ni majburan bajarishga qaratilgan maxsus choradir. Majburiy ijro faoliyatini qonun bilan nazarda tutilgan o'ziga xos protsessual harakatlarning yig'indisi sifatida e'tirof etish mumkin. Ijro hujjati talabi davlat ijrochisi tomonidan belgilangan o'n besh kunlik ixtiyoriy muddatda qarzdor tomonidan bajarilmasa, davlat ijrochisi majburiy ijro harakatlariga kirishadi. Qarzdor tomonidan ijro hujjatlari talablari ixtiyoriy ravishda ijro etilsa, majburiy ijro choralari qo'llanilmaydi. Fuqarolarning huquqiy madaniyati va huquqiy ongi yuqori bo'lsa, ijro hujjatlarini o'z xohishi bilan ixtiyoriy ijro etadi. O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov ta'kidlaganidek: "Odamlarimizda huquqiy ong. huquqiy madaniyatning yetarli emasligi jamiyatda adolat mezonlarining buzilishiga olib kelmoqda. Huquqiy madaniyat darajasi faqatgina qonunlarni bilish. huquqiy ma'lumotlardan xabardor bo'lishdangina iborat emas. U qonunlarga