logo

Ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxslar

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

69.4189453125 KB
Ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxslar
1. Ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxslar tushunchasi. 
2. Ijro ishi yuritishda taraflar ularning huquq va majburiyatlari.
3. Ijro ishi yuritishda huquqiy vorislik va ishtirokchilik. 
4. Ijro ishi yuritishda vakillik. 
5. Ijro ishi yuritishda tarjimonning ishtiroki.
6. Ijro ishi yuritishda xolislarning ishtiroki. 
7. Ijro ishi yuritishda mutaxassislarning ishtiroki.
8. Davlat   ijrochilarining   davlat   organlari,   kredit   tashkilotlari   va   boshqa
tashkilotlar bilan o'zaro hamkorligi. 
9. Ijro ishi yuritishda rad qilish.
10. Ijro ishi yuritishda xabarnomalar va chaqiruvlar.
   IJRO ISHI YURITISHDA ISHTIROK ETUVCHI SHAXSLAR
TUSHUNCHASI
Ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxslar deganda ma'lum yuridik (moddiy
(yoki)   protsessual-huquqiy)   manfaatga   ega   bo'lgan   va   ijro   ishi   yuritishda   o'z
nomidan   yoxud   boshqa   shaxslar   nomidan   o'zining   manfaatlari,   boshqa   shaxslar
manfaatlari, davlat va jamoat manfaatlarini himoya qilish uchun ishtirok etadigan
ijro ishi yuritishning barcha ishtirokchilari tushuniladi.
Ijro   ishi   yuritishda   ishtirok   etuvchi   shaxslar   tushunchasining
kvalifikatsiyalovchi   belgilari   sifatida   quyidagi   ikki   elementni   ajratib   ko'rsatish
mumkin:
yuridik manfaat:
o'z   manfaatlari   yoki   boshqa   shaxslar   manfaatlarini   himoya   qilish   maqsadida
o'z   nomidan   yoxud   boshqa   shaxslarning   huquq   va   manfaatlarini   himoya   qilish
maqsadida ularning nomidan harakat qilish layoqotiga ega bo'lish'. 
Demak, ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxslar  tushunchasining bu ikki
kvalifikatsiyalovchi belgisi bir-biri bilan uzviy bog'liq. Ijro ishida ishtirok etuvchi
shaxslar ijro xarakatlari amalga oshirilayotganda yuridik (moddiy yoki protsessual)
manfaatga   ega   bo'lib,   o'zining   yoki   boshqa   shaxslarning   huquq   va   manfaatlarini
himoya qiladi.
Ijro   ishini   yuritishning   asosiy   ishtirokchilariga   undiruvchi,   qarzdor,   davlat
ijrochisi,   bank   yoki   kredit   muassasasi,   sudya,   davlat   organlari   va   fuqarolarning
o'zini   o'zi   boshqarish   organlari   kiradi.   Ijroga   ko'maklashuvchi   shaxslar   bevosita
ijro   ishi   yuritishda   u   yoki   bu   qonunda   belgilangan   vakolatlari   doirasida   davlat
ijrochilariga   ko'maklashadilar.   Ularga   ichki   ishlar   organlari   xodimlari,   bojxona
xodimlari,   mutaxassis,   tarjimon,   xolis,   mol-mulkni   saqlovchi   va   boshqalarni
kiritish mumkin.
Protsessualist olima U.A.Tuxtashevaning fikricha, ijro ishi yuritishda vujudga
keladigan   munosabatlar   subyektining   xususiyati   ular   xulq   atvorining   obyektiv   va subyektiv tomonlarini o'rganishga asoslanadi. Ijro ishi yuritishda ishtirok etayotgan
shaxslar   funksiyasi   mohiyatini   ularning   xulq-atvorining   obyektiv   va   subyektiv
tomonlari majmuasi tashkil etadi. Ijro ishi yuritish subyektlarining harakatlari yoki
harakatlarini   amalga   oshirish   imkoniyati   ular   xulq-atvorining   obyektiv   tomonini
tashkil etadi. Ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxslarning bu ishtirokchilikdan
erishishni   xohlagan   natijalar   yoki   maqsadlar   ular   xulq-atvorining   subyektiv
tomonini tashkil  etadi. Ijro ishi yuritish subyektlarini, ularning ijro ishi  yuritishda
ishtirok   etishdan   maqsad   va   vazifalari   hamda   majburiy   ijro   etish   organlari   bilan
hamkorligidan kelib chiqib quyidagicha tasniflash mumkin:
sud va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishni amalga oshiruvchi⚫️
shaxslar - davlat ijrochilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar, 
 ijro ishi yuritishda taraf tariqasida ishtirok etuvchi shaxslar,
⚫️
 qonun talablariga ko'maklashuvchi shaxslar;
⚫️
ijro hujjatlarini ijro etishga ko'ra qarzdorning mol-mulkini qonuniy asosda
⚫️
ushab turgan shaxslar,
  mulkiy   huquqlariga   ijro   ishi   yuritish   ta'sir   qiladigan   shaxslar'.   Ijro   ishini
⚫️
yuritishning   asosiy   ishtirokchisi   davlat   ijrochisi   ijro   etuvchi   hokimiyat   vakili
sifatida   sud   hujjatlari   va   boshqa   organlar   hujjatlarining   majburiy   ijrosini
ta'minlovchi   hokimiyat   vakolatlarini   amalga   oshiruvchi   mansabdor   shaxs   "Sud
hujjatlari   va   boshqa   organlar   hujjatlarini   ijro   etish   to'g'risida"gi   Qonunning   83-
moddasiga   muvofiq   o'rta   maxsus   (yuridik)   yoki   oliy   (yuridik)   ma'lumotga   ega
bo'lgan O'zbekiston Respublikasining fuqarosi davlat ijrochisi bo'lishi mumkin.
Qonunga   asosan   ilk   bor   davlat   ijro   hokimiyati   organlari   tizimida   mustaqil
organ   sifatida   tashkil   etilgan   Majburiy   ijro   byurosining   davlat   ijrochilari
zimmasiga   sud   hujjatlari   va   boshqa   organlar   hujjatlarining   majburiy   ijrosini
ta'minlash   vakolati   yuklatildi.   Aynan   davlat   ijrochilari   jismoniy   va   yuridik
shaxslarning   buzilgan   huquqlarini   himoya   qilishning   oxirgi   bosqichida   turib,   uni
hal etish vakolatiga ega bo'ladilar.
Davlat ijrochisi sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijrosini
ta'minlab,   huquq   subyektlarining   huquqlari   va   qonuniy   manfaatlarini   himoya qiladilar.   Ijro   hujjati   talabi   davlat   ijrochisi   tomonidan   belgilangan   ixtiyoriy
muddatda   qarzdor   tomonidan   bajarilmasa,   davlat   ijrochisi   majburiy   ijro
harakatlariga   kirishib,   undiruv  to'g'risidagi   ijro  ishlari   bo'yicha   ijroni   qarzdorning
mol-mulkiga qaratadi.
Qonunda   nazarda   tutilgan   hollarda   soliq   organlari,   banklar   hamda   boshqa
kredit   tashkilotlari   davlat   ijrochisining   pul   mablag'larini   undirish   to'g'risidagi   sud
hujjatlarining   va   boshqa   organlar   hujjatlarining   talablarining   ijrosini   amalga
oshiradi.
Ijro   ishi   yuritishda   voyaga   yetmaganlarning   huquqlarini   ularning   qonuniy
vakillari   ota-onalari,   farzandlikka   oluvchilari,   vasiylari   yoki   homiylari   amalga
oshiradilar. Fuqarolik, oilaviy, mehnat. ma'muriy huquqiy munosabatlardan hamda
olingan ish  haqini   yoki  boshqa  daromadni   tasarruf   etish  bilan  bog'liq  bitimlardan
kelib   chiqadigan   ishlar   bo'yicha   sud   hujjatlari   va   boshqa   organlarning   hujjatlari
asosida   berilgan.   ijro   hujjatlari   ijro   etilayotganda   voyaga   yetmaganlar   qonunda
nazarda   tutilgan   hollarda   ijro   ishi   yuritishda   mustaqil   ravishda   o'z   huquqlarini
amalga oshirishlari va majburiyatlarni bajarishlari mumkin.
  IJRO ISHI YURITISHDA TARAFLAR, ULARNING HUQUQ VA
MAJBURIYATLARI
Undiruvchi   va   qarzdor   ijro   ishi   yuritishdagi   taraflar   hisoblanadi.   Ijro   hujjati
kimning   foydasiga   yoki   manfaatlarini   ko'zlab   berilgan   bo'lsa,   o'sha   shaxs
undiruvchi hisoblanadi. Ijro hujjatida nazarda tutilgan pul mablag'lari yoki boshqa
mol-mulkni undiruvchiga berish yoxud muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki
ularni   amalga   oshirishdan   o'zini   tiyish   majburiyati   zimmasiga   yuklatilgan   shaxs
qarzdor   hisoblanadi.   Undiruvchi   va   qarzdorsiz   ijro   ishi   yuritish   mavjud   bo'lishi
mumkin   emas.   Har   bir   taraf   o'zining   huquq   va   majburiyatlariga   ega.   Ijro   ishi
yuritishdagi taraflar:
ijro ishi yuritish materiallari bilan tanishish; ijro ishi yuritish materiallarlaridan ko'chirmalar va nusxalar olish; qo'shimcha
materiallar taqdim etish;
iltimosnomalar   berish,   jumladan,   ijro   harakatlarini   keyinga   qoldirish   haqida
iltimosnoma berish; 
- ijro harakatlarini amalga oshirishda ishtirok etish;
- ijro harakatlari jarayonida og'zaki va yozma tushuntirishlar berish;
-   ijro   ishi   yuritilishi   davomida   paydo   bo'ladigan   masalalar   yuzasidan   o'z
vajlari va fikr-mulohazalarini bildirish;
-   ijro   ishi   yuritishda   ishtirok   etuvchi   boshqa   shaxslarning   iltimosnomalari,
vajlari va fikr-mulohazalariga qarshi e'tiroz bildirish; 
- rad qilish;
- ijro hujjatlarining ijrosini kechiktirish yoki bo'lib-bo'lib ijro etish, ularni ijro
etish usuli va tartibini o'zgartirish to'g'risidagi ariza bilan ijro hujjatini bergan sud
yoki boshqa organga murojaat qilish; 
-   davlat   ijrochisining   harakatlari   (harakatsizligi)   ustidan   shikoyat   qilish
huquqlarga egadirlar.
Ijro   ishi   yuritishdagi   taraflarning   asosiy   majburiyatlari   ijro   harakatlarini
amalga   oshirayotganda   sud   hujjatlarini   va   boshqa   organlar   hujjatlarini   ijro   etish
to'g'risidagi   qonun   hujjatlarining   talablarini   bajarish,   ijro   hujjatlari   talablarini   o'z
vaqtida   va   to'liq   ijro   etish,   undiruvchi   esa   ijro   harakatlarini   amalga   oshirishda
davlat  ijrochisiga  yordam  ko'rsatishi  kiradi. Ijro ishi  yuritishda undiruvchi  hamda
qarzdorning   majburiyatlari   ijro   ishi   yuritish   qo'zg'atilganidan   boshlanadi   va   u
tugallangunga qadar bir shaxsdan boshqa shaxsga o'tishi mumkin.
  IJRO ISHI YURITISHDA HUQUQIY VORISLIK VA
ISHTIROKCHILIK
Ijro ishini yuritishda huquqiy vorislik bu ijro ishi yuritish jarayonida huquq va
majburiyatlarning   bir   tarafdan   ilgari   ijro   ishi   yuritishda   ishtirok   etmagan   boshqa
shaxsga o'tishidir. Ijro ishi yuritishidan taraflarning biri chiqib ketgan taqdirda (undiruvchi yoki
qarzdorning   vafot   etishi,   yuridik   shaxsning   qayta   tashkil   etilishi,   boshqa   shaxs
foydasiga   talablardan   voz   kechilishi,   qarzni   boshqa   shaxsga   o'tkazilishi   va   shu
kabilar) davlat ijrochisi o'z qarori bilan ana shu tarafni uning huquqiy vorisi bilan
qonunda   belgilangan   tartibda   almashtirishi   shart.   Amalga   oshirilgan   barcha
harakatlar   chiqib   ketgan   taraf   uchun   qay   darajada   majburiy   hisoblangan   bo'lsa,
uning   o'miga   ijro   ishi   yuritishga   kirgan   huquqiy   voris   uchun   ham   shu   darajada
majburiydir.
Qarzdor   yuridik   shaxs   qayta   tashkil   etilgan   (qo'shib   yuborilgan,   qo'shib
olingan,   bo'lingan,   ajratib   chiqarilgan,   o'zgartirilgan)   taqdirda,   ijro   hujjatlari
bo'yicha   undiruv   qarzdor   yuridik   shaxsning   majburiyatlari   yuzasidan   qonun
hujjatlariga   muvofiq   zimmasiga   javobgarlik   yuklatilgan   yuridik   shaxsning   pul
mablag'lari va boshqa mol-mulkiga qaratiladi.
Davlat   ijrochisi   tarafni   uning   huquqiy   vorisi   bilan   almashtirishni   sud   yoki
boshqa organning tegishli  hujjatiga asosan  amalga oshiradi. Huquqiy vorislik ijro
ishi   yuritishning   barcha   davrida,   ya'ni   ijro   ishi   yuritish   qo'zg'atilganidan   boshlab,
tamomlanguniga   qadar   amalga   oshiriladi.   Agarda   qarzdor   yoki   undiruvchilardan
biri vafot etsa yoki sud tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganda, davlat ijrochisi
ularning   huquqiy   vorisi   aniqlangunga   qadar   ijroni   kechiktirib   turish   masalasida
sudga ariza bilan murojaat qiladi.
Shuningdek,   qonunga   asosan   quyidagi   hollarda   huquqiy   vorislikka   yo'l
qo'yilmaydi va bu toifadagi ijro ishi yuritishlari tugatilishi lozim: 
- aliment to'lovchi qarzdor yoki aliment to'lanishi lozim bo'lgan farzand vafot
etganda;
- jinoiy hamda ma'muriy jarima jazosi qo'llanilgan shaxs vafot etganda;
- sud qarori bo'yicha olib berilishi lozim bo'lgan bola vafot etganda;
- uy-joyga kiritilishi lozim bo'lgan undiruvchi vafot etganda; 
-   qonunda   nazarda   tutilgan   boshqa   hollarda   (ishga   tiklash   to'g'risidagi   ijro
hujjatlari   bo'yicha   huquqiy   vorislikka   yo'l   qo'yilmaydi).   Huquqiy   vorislik
O'zbekiston   Respublikasi   Fuqarolik   kodeksining   50-moddasi   (Yuridik   shaxslarni qayta   tashkil   etishda   huquqiy   vorislik),   23-bobi   (majburiyatdagi   shaxslarning
o'zgarishi) hamda V bo'limi (vorislik huquqi) bilan tartibga solinadi.
Yuridik   shaxslar   qo'shib   yuborilganida   ulardan   har   birining   huquq   va
burchlari   topshirish   hujjatiga   muvofiq   yangidan   vujudga   kelgan   yuridik   shaxsga
o'tadi.
Yuridik   shaxs   boshqa   yuridik   shaxsga   qo'shilganida,   bu   yuridik   shaxsga
qo'shilgan   yuridik   shaxsning   huquq   va   burchlari   topshirish   hujjatiga   muvofiq
o'tadi.   Yuridik   shaxs   bo'lingan   taqdirda   uning   huquq   va   burchlari   taqsimlash
balansiga   muvofiq   yangidan   vujudga   kelgan   yuridik   shaxslarga   o'tadi.   Yuridik
shaxs  tarkibidan  bir   yoki  bir  necha  yuridik  shaxs   ajralib  chiqqanida  qayta tashkil
etilgan   yuridik   shaxsning   huquq   va   burchlari   taqsimlash   balansiga   muvofiq
ularning har biriga o'tadi.
Bir   turdagi   yuridik   shaxs   boshqa   turdagi   yuridik   shaxsga   aylantirilganda
(tashkiliy-huquqiy shakli o'zgartirilganda), qayta tashkil  etilgan yuridik shaxsning
huquq va burchlari topshirish hujjatiga muvofiq yangidan vujudga kelgan yuridik
shaxsga o'tadi."
Ijro   ishi   yuritishda   ishtirokchilik   bir   ijro   ishida   bir   necha   undiruvchi   yoki
qarzdor   ishtirok   etishini   anglatadi.   Ulardan   birining   huquq   va   majburiyatlari
boshqasining   huquq   va   majburiyatlarini   istisno   etmaydi.   Ya'ni   ishtirokchilar   bir-
biridan   mustaqil   bo'lib,   qonunda   nazarda   tutilgan   har   qanaqangi   harakatlarni
ularning har biri mustaqil  amalga oshirishi  mumkin. Ijro ishi  yuritishda bir necha
undiruvchi  yoki qarzdor ishtirok etayotgan holda ularning har biri boshqa tarafga
nisbatan ijro ishi yuritishda mustaqil  ishtirok etadi  yoki ijro harakatlarida ishtirok
etishni sheriklaridan biriga topshirishga haqli.
  IJRO ISHI YURITISHDA VAKILLIK
Ijro ishi yuritishda vakillik bu bir shaxsning (vakilning) boshqa shaxs (vakolat
beruvchining)   huquqlarini   himoya   qilish   maqsadida,   shuningdek   davlat   ijrochisi
tomonidan   ijro   hujjatlarini   ijro   etishda   vakolat   beruvchiga   uning   huquqlarini amalga   oshirishda   yordam   berish   uchun   uning   nomidan   va   uning   manfaatlarini
ko'zlab o'ziga berilgan vakolatnoma asosida amalga oshiriladigan faoliyat.
Jismoniy   shaxslar   ijro   ishi   yuritishda   mustaqil   ravishda   yoki   vakillari   orqali
ishtirok etishlari mumkin. Ijro ishi yuritishda jismoniy shaxsning shaxsan ishtirok
etishi   uni   vakilga   ega   bo'lish   huquqidan   mahrum   etmaydi.   Agar   ijro   hujjati
bo'yicha   qarzdor   zimmasiga   faqat   uning   o'zi   shaxsan   ijro   etishi   mumkin   bo'lgan
majburiyatlar   yuklatilgan   bo'lsa,   shuningdek   ijro   hujjatining   xususiyati
undiruvchining shaxsan ishtirokini talab qilgan hollarda ularni ijro etishda qarzdor
yoki undiruvchi o'z vakili orqali harakat qilishga haqli emas.
Yuridik shaxslar ijro ishi yuritishda qonun hujjatlarida yoki ta'sis hujjatlarida
o'zlariga berilgan vakolatlar doirasida harakat qiladigan organlari yoki mansabdor
shaxslari orqali yoxud mazkur organlar va mansabdor shaxslarning vakillari orqali
ishtirok etadilar.
Yuridik   shaxsning   nomidan   ishtirok   etuvchi   shaxslarda   o'z   vakolatlarini
tasdiqlovchi hujjatlar bo lishi shart.ʻ
Vakillarga   qo'yiladigan   bosh   talab   ularning   vakolatlari   qonunga   muvofiq
berilgan va rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan tasdiqlangan bo'lishi shartligidir.
Vakil   qilinayotgan   shaxsga   berilayotgan   ishonchnomada   vakilning   quyidagi
harakatlarni amalga oshirish vakolatlari maxsus ko'rsatib o'tilgan bo'lishi kerak:
-ijro hujjatini ijroga topshirish va uni chaqirib olish; 
- undiruvdan voz kechish;
- vakolatlarni boshqa shaxsga o'tkazish (ishonib topshirish);
- davlat ijrochisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish va uni
rad qilish; 
-undirilgan mol-mulkni (shu jumladan, pulni) olish;
-kelishuv bitimini tuzish. Ijro ishi yuritishda vakilning vakolatlari:
-ishonch bildiruvchining shaxsan ishtirok etishini talab qilmaydigan
-barcha harakatlarini amalga oshirishga: 
-   vakil   qilayotgan   shaxs   berayotgan   ishonchnomaga   asosan   ijro   hujjatini
ijroga topshirish va uni chaqirib olish; -undiruvdan   voz   kechish;   vakolatlarni   boshqa   shaxsga   o tkazish   (ishonibʻ
topshirish); 
- davlat ijrochisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish va uni
rad qilish; 
- undirilgan mol-mulkni (shu jumladan, pulni) olish;
- kelishuv bitimi tuzish.
Qonuniy   vakillik   qonunda   to'g'ridan   to'g'ri   nazarda   tutilgan   ma'lum   faktik
holatlarga   asoslanadi.   Ijro   ishi   yuritishda   muomalaga   layoqatsiz   yoki   muomala
layoqati   cheklangan   jismoniy   shaxslarning   huquqlari   hamda   qonun   bilan
qo'riqlanadigan   manfaatlarini   ularning   qonuniy   vakillari   ota-onalari,   farzandlikka
oluvchilari,   vasiylari   yoki   homiylari   himoya   qiladilar.   Ular   o'z   vakolatlarini
tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadilar.
Qonuniy   vakillar   amalga   oshirish   huquqi   vakil   qilinayotganlarga   tegishli
bo'lgan   barcha   harakatlarni   qonunda   nazarda   tutilgan   cheklanishlar   bilan   vakil
qilinayotganlarning nomidan bajaradilar.
Belgilangan   tartibda   bedarak   yo'qolgan   deb   topilgan   jismoniy   shaxs   ishtirok
etishi   lozim   bo'lgan   ijro   ishi   yuritish   bo'yicha,   bedarak   yo'qolganning   mol-mulki
ishonchli   boshqaruviga   berilgan   va   qonun   hujjatlarida   belgilangan   tartibda
tayinlangan shaxslar bedarak yo'qolgan shaxsning vakili sifatida qatnashadilar.
Vafot etgan yoki belgilangan tartibda vafot etgan deb e'lon qilingan shaxsning
merosxo'ri ishtirok etishi lozim bo'lgan ijro ishi yuritish bo'yicha, agar merosni hali
hech   kim   qabul   qilib   olmagan   bo'lsa,   vasiy   yoki   meros   mol-mulkni   muhofaza
qilish   va   boshqarish   uchun   tayinlangan   saqlovchi   merosxo'rning   vakili   sifatida
qatnashadi.
Qonuniy   vakillar   ijro   ishi   yuritishda   ishtirok   etishni   o'zlari   vakil   sifatida
tanlagan boshqa shaxsga topshirish huquqiga egadirlar. Shu bilan birga, sudyalar,
prokurorlar,   tergovchilar,   surishtiruvchilar,   davlat   ijrochilari,   sud   apparati
xodimlari, voyaga yetmagan yoki vasiylikda yoxud homiylikda turgan shaxslar ijro
ishi yuritishda vakil bo'lishlari mumkin emas.   IJRO ISHI YURITISHDA TARJIMONNING ISHTIROKI
Tarjimon   bu   ijro   harakatlari   amalga   oshirilayotganda   ijro   ishi   yuritilayotgan
tilni   bilmaydigan   shaxslarga   tarjimani   ta'minlash   uchun   ijro   ishi   yuritishga   jalb
etiladigan shaxsdir.
Ijro   harakatlari   amalga   oshirilayotganda   ijro   ishi   yuritilayotgan   tilni
bilmaydigan   shaxslarga   tarjimon   xizmatidan   foydalanish   huquqi   ta'minlanadi.
Bunda   davlat   ijrochisi   ijro   ishi   yuritish   qo'zg'atilganidan   so'ng   tomonlarning   ijro
ishi   yuritilayotgan   tilni   bilish-bilmasligini   aniqlashi,   bu   tilni   bilmaydiganlarga
tarjimon xizmatidan foydalanish huquqini tushuntirishi kerak.
Tarjima   qilish   uchun   zarur   bo'lgan   tillarni   biladigan   har   qanday   voyaga
yetgan,   muomalaga   layoqatli   jismoniy   shaxs   tarjimon   bo'lishi   mumkin.   Tarjimon
davlat   ijrochisining   qarori   bilan   tayinlanadi.   Qarorda   tarjimon   bila   turib,   noto'g'ri
tarjima   qilgan   taqdirda   qonunda   belgilangan   tartibda   javobgar   bo'lishi   haqida
davlat ijrochisi tomonidan yozma ravishda ogohlantirishi shart.
Tarjimonning   ijro   ishi   yuritishda   qatnashishiga   protsessual   asos   davlat
ijrochisining tarjimon tayinlash to'g'risidagi qarori hisoblanadi. Tarjimon tayinlash
to'g'risidagi qaror nusxasi tarjima qilish uchun jalb qilingan shaxs hamda taraflarga
yuboriladi.
Davlat   ijrochisi   tarjimonning   shaxsini   tekshirib,   tarjimonni   tayinlash
to'g'risidagi qarorda tarjimonning familiyasi, ismi-sharifi, fuqaroligi, yashash joyi,
ijro   ishi   yuritishdagi   taraflar   bilan   o'zaro   munosabati   haqidagi   ma'lumotlarni
ko'rsatadi.   Ijro   ishida   tarjimon   davlat   ijrochisining   barcha   topshiriqlari   va
bayonotlarini   hamda   ijro   ishi   yuritishda   ishtirok   etayotgan   boshqa   shaxslarning
bildirgan   fikr-mulohazalarini   yozma   ravishda   tarjima   qiladi.   Tarjimon   ijro   ishi
yuritishda ishtirok etayotgan tarflarning, vakillarining yoki ishda ishtirok etayotgan
boshqa   shaxslarning   qarindoshlari   bo'lsalar   yoxud   ijro   ishi   yuritish   natijasidan
manfaatdor   bo'lsa,   rad   etilishi   lozim.   Tarjimonni   rad   etish   to'g'risidagi   masala
davlat   ijrochisi   tomonidan   hal   etiladi.   Davlat   ijrochisi   tarjimonni   rad   etish
to'g'risidagi   masalani   ko'rib   chiqib,   asoslantirilgan   qaror   chiqaradi,   qaror   katta davlat   ijrochisi   tomonidan   tasdiqlanadi.   Tarjimon   o'z   mehnati   uchun   haq   olish
huquqiga   ega   bo lib,   bu   haq   ijro   harakatlarini   amalga   oshirish   xarajatlarigaʻ
kiritiladi.
  IJRO ISHI YURITISHDA XOLISLARNING ISHTIROKI
Ijro ishi yuritishda xolis bu ijro harakatlarini amalga oshirishda ishtirok etish
uchun   taklif   qilingan,   ijro   harakatlarini   amalga   oshirishda   belgilangan   qonuniy
tartib-tamoyillariga   rioya   etilganligini   va   tegishli   hujjatda   qayd   etilgan
harakatlarning sodir etilganlik faktini tasdiqlaydigan shaxsdir.
Qarzdorning   xonalari   va   omborlarini   ochish,   mol-mulkini   ko'zdan   kechirish,
xatlash,   olib   qo'yish   va   berish   bilan   bog'liq   ijro   harakatlarini   amalga   oshirishda
xolislar ishtirok etishi shart. Boshqa hollarda xolislar davlat ijrochisining ixtiyoriga
ko'ra chaqirilishi mumkin.
Xolislar   sifatida   ijro   harakatlarini   amalga   oshirishdan   manfaatdor   bo'lmagan
va o'zaro yoki ijro ishi yuritish ishtirokchilari bilan qarindosh bo'lmagan, bir-biriga
bo'ysunmaydigan   va   bir-birini   nazorat   qilmaydigan   voyaga   yetgan   har   qanday
muomalaga   layoqatli   jismoniy   shaxslar   taklif   etilishi   qonun   hujjatlarida
belgilangan   tartibda   amalga   oshiriladi.   Xolislar   ikki   kishidan   kam   bo'lmasligi
lozim.
Xolis   o'zi   ishtirok   etgan   ijro   harakatlari   fakti,   mazmuni   va   natijalarini   o'z
imzosi   bilan   tegishli   ijro   harakati   dalolatnomasida   tasdiqlaydi.   Xolis   o'zining
qanday   ijro   harakatlarini   amalga   oshirish   uchun   taklif   qilinganligini,   ular   qanday
ijro hujjatlariga asosan amalga oshirilayotganligini bilishga, amalga oshirilgan ijro
harakatlari   bo'yicha   fikr-mulohazalar   bildirishi   mumkin.   Xolisning   fikr-
mulohazalari   tegishli   ijro   harakatlari   dalolatnomasiga   kiritilishi   lozim.   Xolisning
xohishiga ko'ra hunday mulohazalar uning o'z qo'li bilan yozilishi mumkin.
Ijro ishi yuritishda ishtirok etadigan xolislarga ijro harakatlari boshlanishidan
oldin davlat ijrochisi tomonidan o'z huquq va majburiyatlari tushuntiriladi. Xolislar
o'z   majburiyatlarini   bajarishlari   munosabati   bilan   o'zlari   qilgan   xarajatlari qoplanishini   talab   qilish   huquqiga   egadirlar.   Mazkur   xarajatlar   ijro   harakatlarini
amalga oshirish xarajatlariga kiritiladi.
  IJRO ISHI YURITISHDA MUTAXASSISLARNING ISHTIROKI
Ijro harakatlarini amalga oshirayotganda yuzaga keladigan, maxsus bilimlarni
talab   qiladigan   masalalarni   tushuntirib   berish   uchun   davlat   ijrochisi   o'z
tashabbusiga   yoki   taraflarning   iltimosiga   binoan   o'zining   qarori   bilan   mutaxassis
tayinlashi mumkin.
Mutaxassis   sifatida   zarur   bilimlarga   ega   shaxs   tayinlanishi   mumkin.
Mutaxassis yozma ravishda xulosa beradi. Mutaxassisning yozma xulosasi u davlat
ijrochisining   qarori   bilan   tanishgan   kundan   e'tiboran   o'n   besh   ish   kuni   ichida
taqdim etilishi kerak.
Mutaxassis davlat ijrochisining chaqiruvi bo'yicha kelishi, qo'yilgan masalalar
yuzasidan xolisona xulosa berishi, o'zi bajarayotgan harakatlarni tushuntirib berishi
shart.   Mutaxassis   ijro   harakatlarini   amalga   oshirish   bilan   bog'liq   bajargan   ishi
uchun   haq   olish   huquqiga   ega.   Bu   haq   ijro   harakatlarini   amalga   oshirish
xarajatlariga   kiritiladi.   Mutaxassis   tayinlash   to'g'risidagi   qaror   nusxasi
mutaxassisga   ijro   uchun,   taraflarga   ma'lumot   uchun   yuborilishi   lozim.   Ijro   ishi
yuritishda   mutaxassis   ijro   harakatlarini   amalga   oshirayotganda   yuzaga   keladigan,
maxsus   bilimlarni   talab   qiladigan   masalalarni   tushuntirib   berish   uchun   davlat
ijrochisi o'z tashabbusiga yoki taraflarning iltimosiga binoan o'zining qarori bilan,
zaruriyat bo'lganda esa bir necha mutaxassislarni jalb qiladi.
Mutaxassis   davlat   ijrochisining   nazorati   ostida   yuridik   ahamiyatga   ega
bo'lgan   ma'lum   harakatlarni   bajaradi.   Chunonchi,   mutaxassis   davlat   ijrochisiga
ba'zi savollarni hal  etishga yordam qiladi (masalan, qarzdor mulkini baholash)  va
to'g'ri qaror qabul qilishga yordamlashadi.
Davlat   ijrochisi   mutaxassis   ishtirok   etayotgan   ijro   harakatlarini   boshlashdan
avval   uning   shaxsini   tekshirishi   va   uning   zarur   bilimlarga   egaligi,   ma'lumoti,   ish
tajribasi,   lavozimi   hamda   malakasini   tasdiqlovchi   hujjatlar   mavjud   ekanligini hamda undiruvchi va qarzdor bilan o'zaro munosabatlarini aniqlashi lozim. Davlat
ijrochisi   mutaxassisga   uning   huquq   va   majburiyatlarini   tushuntiradi   va   xulosa
berishni rad etganlik yoki bosh tortanlik yoxud bila turib yolg'on xulosa berganlik
uchun javobgarlik haqida ogohlantiradi. Bu tegishli ijro harakatini amalga oshirish
to'g'risidagi   dalolatnomada   qayd   etilib,   mutaxassisning   imzosi   bilan   tasdiqlanadi.
Mutaxassis   o'z   mehnati   uchun   haq   olish   huquqiga   ega   bo lib,   bu   haq   ijroʻ
harakatlarini amalga oshirish xarajatlariga kiritiladi.
Mutaxassis   ijro   ishi   yuritishda   ishtirok   etayotgan   tarflarning,   ular
vakillarining   yoki   ishda   ishtirok   etayotgan   boshqa   shaxslarning   qarindoshlari
bo'lsalar   yoxud   ijro   ishi   yuritish   natijasidan   manfaatlor   bo'lsa,   rad   etilishi   lozim.
Mutaxassisni   rad   etish   to'g'risidagi   masala   davlat   ijrochisi   tomonidan   hal   etiladi.
Davlat   ijrochisi   mutaxassisni   rad   etish   to'g'risidagi   masalani   ko'rib   chiqib,
asoslantirilgan qaror chiqaradi, qaror katta davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ijro   harakatlarini   bajarishda   yuzaga   kelgan   masalalarni   tushuntirish   uchun
davlat   ijrochisi   tomonidan   tayinlangan   mutaxassis   ijrochining   qarori   bilan
tanishgan   kundan   boshlab   o'n   besh   ish   kuni   ichida   yozma   xulosa   taqdim   etishga
majbur.
  DAVLAT IJROCHILARINING DAVLAT ORGANLARI,
KREDIT TASHKILOTLARI VA BOSHQA TASHKILOTLAR
BILAN O'ZARO HAMKORLIGI
Davlat   ijrochilari   o'z   zimmalariga   yuklatilgan   vazifalarni   ichki   ishlar
organlari,   O'zbekiston   Respublikasi   yer   resurslari,   geodeziya,   kartografiya   va
davlat kadastri davlat qo'mitasining organlari, O'zbekiston Respublikasi  Markaziy
banki,   banklar   va   boshqa   kredit   tashkilotlari,   davlat   soliq   xizmati   organlari,
g'aznachilik   organlari,   davlat   chegarasini   qo'riqlash   organlari   bilan   o'zaro
hamkorlikda amalga oshiradi. Mazkur organlar hamda tashkilotlar sud hujjatlari va
boshqa   organlar   hujjatlarining   majburiy   ijrosini   ta'minlashda   davlat   ijrochilariga
ko'maklashishi   shart.   Davlat   organlari,   kredit   tashkilotlari   va   boshqa   tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlikda davlat ijrochilari o'z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni
amalga   oshiradi.   Mazkur   organlar   hamda   tashkilotlar   sud   hujjatlari   va   boshqa
organlar   hujjatlarining   majburiy   ijrosini   ta'minlashda   davlat   ijrochilariga
ko'maklashishlari   lozim.   Majburiy   ijro   byurosining   davlat   organlari   bilan
hamkorligi   qonun   va   2007-yil   5-fevraldagi   "Sud   hujjatlari   va   boshqa   organlar
hujjatlarini   majburiy   ijro   etishda   davlat   ijrochilarining   sudlar,   huquqni   muhofaza
qiluvchi,   ro'yxatdan   o'tkazuvchi   organlar,   moliya-kredit   tashkilotlar   bilan   o'zaro
hamkorligi   tartibi   to'g'risida"gi   nizom   bilan   tartibga   solinadi.   Sud   hujjatlari   va
boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini ta'minlash maqsadida:
-Ichki ishlar organlari: 
*qarzdor   jismoniy   shaxsni,   olib   qo'yilishi   lozim   bo'lgan   bolani,   shuningdek
avtomototransport vositalarini qidirishni davlat ijrochisining qarori asosida amalga
oshiradi;
*belgilangan   tartibda   davlat   ijrochisi   huzuriga   kelishdan   bo'yin   tovlayotgan
shaxslarning   majburiy   keltirilishini   ta'minlaydi;   ijro   harakatlarini   amalga
oshirishda,   shu   jumladan   davlat   ijrochisi   tomonidan   ijro   harakatlarining   amalga
oshirilishida   biron-bir   to'siq   bo'lganda   jamoat   tartibi   saqlanishini   ta'minlaydi;
davlat   ijrochisining   topshirig'i   asosida   qonunda   belgilangan   majburiy   ijro   etish
choralarini   amalga   oshirish   uchun,   shu   jumladan   undiruvni   avtomototransport
vositasiga   qaratish   uchun   ushbu   avtomototransport   vositasining   majburiy
to'xtatilishini ta'minlaydi;
*davlat   ijrochisining   yozma   so'rovi   asosida   avtomototransport   vositasi   egasi
to'g'risidagi,   tegishli   qarzdorlar   nomiga   ro'yxatga   olingan   avtomototransport
vositalari   haqidagi   axborotni,   shuningdek   avtomototransport   vositalariga   bo'lgan
mulk   huquqi   va   boshqa   ashyoviy   huquqlar   davlat   ro'yxatidan   o'tkazilganligi
to'g'risidagi   boshqa   ma'lumotni   uch   kunlik   muddatda   taqdim   etadi,
avtomototransport   vositalarini   ro'yxatdan   o'tkazish   yoki   qayta   ro'yxatdan
o'tkazishga oid davlat ijrochilarining belgilagan taqiqlarini ijro etadi;
*jro   harakatlarini   amalga   oshirish   davomida   qonun   hujjatlarida   belgilangan
hollarda   ro'yxatga   olingan   avtomototransport   vositalarini   ko'zdan   kechirishda ishtirok etadi; qarzdor jismoniy shaxsning O'zbekiston Respublikasidan chiqishini
vaqtincha   cheklash   tug'risidagi   sudning   yoki   davlat   ijrochisining   qarori   ijrosini
ta'minlaydi.
-   O'zbekiston   Respublikasi   yer   resurslari,   geodeziya,   kartografiya   va   davlat
kadastri davlat qo'mitasining organlari: 
 davlat ijrochisining yozma so'roviga ko'ra ko'chmas mulkka, shu jumladan⚫️
yer   uchastkasiga   bo'lgan   mulk   huquqi   va   boshqa   ashyoviy   huquqlarning   davlat
ro'yxatidan   o'tkazilganligi   to'g'risidagi,   huquq   egalari   haqidagi   ma'lumotlarni,
shuningdek o'zga kadastr ma'lumotlarini uch kunlik muddatda taqdim etadi;
 ko'chmas mulkka, shu jumladan yer uchastkasiga bo'lgan mulk huquqi va
⚫️
boshqa ashyoviy huquqlarni sudning yoki davlat ijrochisining qarori yoxud davlat
ijrochisi   tomonidan   tasdiqlangan   undiruvchi   va   qarzdor   o'rtasidagi   ko'chmas
mulkni topshirish dalolatnomasi asosida davlat ro'yxatidan o'tkazadi;
qonun   hujjatlarida   belgilangan   tartibda,   davlat   ijrochisining   yozma
⚫️
topshirig'i   asosida   kadastr   ishini   shakllantiradi   hamda   ko'chmas   mulkka,   shu
jumladan   yer   uchastkasiga   bo'lgan   mulk   huquqi   va   boshqa   ashyoviy   huquqlarni
davlat ro'yxatidan o'tkazadi;
  davlat   ijrochisi   tomonidan   belgilangan   ko'chmas   mulkni   va   yer
⚫️
uchastkasiga   bo'lgan   huquqlarni   boshqa   shaxsga   o'tkazishga   oid   taqiqlarni   ijro
etadi;
  yer   uchastkasini   olib   qo'yish   va   berish   to'g'risidagi   ijro   harakatlarini
⚫️
amalga   oshirishda,   qonun   hujjatlarida   belgilangan   hollarda   esa   ijro   harakatlarini
amalga   oshirish   davomida   ro'yxatga   olingan   boshqa   ko'chmas   mulkni   ko'zdan
kechirishda ishtirok etadi; 
  O'zbekiston   Respublikasi   Markaziy   banki   qarzdorlarning   bank
⚫️
hisobvaraqlarini   aniqlash   uchun   O'zbekiston   Respublikasi   Majburiy   ijro   byurosi
bilan   birgalikda   bank   depozitorlarining   milliy   axborot   bazasidan   foydalanish
tartibini belgilaydi;
-banklar va boshqa kredit tashkilotlari: muayyan   bank   mijozining   (vakili)   pul   mablag'lari   va   o'zga   mol   mulkiga⚫️
undiruv qaratish yoki ularni xatlash haqidagi davlat ijrochisining sudning qonuniy
kuchga   kirgan   hal   qiluv   qarori   asosida   bergan   yozma   so'roviga   ko'ra   unga   bank
sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarni taqdim etadi;
qarzdorning   banki   va   xatlash   mumkin   bo'lgan   hisobvarag'ini   davlat
⚫️
ijrochisining   yozma   so'roviga   ko'ra   aniqlaydi   hamda   bu   haqda   davlat   ijrochisiga
keyingi ish kunidan kechiktirmay ma'lum qiladi;
qarzdordan ijro hujjati bo'yicha tegishli qarzni, shu jumladan ijro yig'imini,
⚫️
davlat   ijrochisi   tomonidan   qarzdorga   solingan   jarimalarni   va   ijro   xarajatlarini
nizosiz   tartibda   undirish   to'g'risidagi   davlat   ijrochilarining   topshiriqlarini   qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda bajaradi:
qarzdorning   chet   el   valyutasini,   shu   jumladan   naqd   chet   el   valyutasini
⚫️
davlat   ijrochisining   qaroriga   muvofiq   sotadi   yoki   sotib   oladi;   qarzdorning
hisobvarag'ida   saqlanayotgan   pul   mablag'larini   xatlash   haqidagi   davlat
ijrochisining   qarorini,   shuningdek   davlat   ijrochisining   qarorida   ko'rsatilgan
qarzdorning   hisobvarag'idan   foydalanishga   oid   boshqa   cheklovlar   ijrosini
ta'minlaydi;
ijro harakatlarini amalga oshirish davomida qarzdordan olib qo'yilgan yoki
⚫️
undirilgan,   shuningdek   mol-mulkni   sotishdan   tushgan   pul   mablag'lari   Majburiy
ijro   byurosi   depozit   hisobvarag'ida   vaqtinchalik   saqlanishini   ta'minlaydi,   davlat
ijrochisining   qaroriga   asosan   bu   mablag'larni   tegishli   undiruvchiga,   O'zbekiston
Respublikasi  Davlat byudjetiga, davlat maqsadli jamg'armalariga, shuningdek ijro
yig'imini,   davlat   ijrochisi   tomonidan   qarzdorga   solingan   jarimalarni   va   ijro
xarajatlarini to'lash uchun o'tkazadi (beradi);
davlat soliq xizmati organlari:
-davlat   ijrochilariga   byudjetga   va   davlat   maqsadli   jamg'armalariga   majburiy
to'lovlar bo'yicha qarzdorlikni qarzdorning mol-mulki hisobidan undirishni nazarda
tutuvchi ijro hujjatlarining majburiy ijrosini ta'minlashda yordam ko'rsatadi; -qarzdorning   soliqlar   va   byudjetga   boshqa   majburiy   to'lovlar   bo'yicha
qarzdorlik   hisob-kitobini   davlat   ijrochisining   topshirig'iga   ko'ra   amalga   oshiradi
hamda ularni davlat ijrochisiga taqdim etadi:
-davlat ijrochisining yozma so'roviga ko'ra, davlat soliq xizmati organlarining
ma'lumotlar   bazasida   qarzdor   soliq   to'lovchi   to'g'risida   mavjud   bo'lgan   axborotni
uch kunlik muddatda taqdim etadi;
- davlat ijrochilariga soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni to'lashdan bo'yin
tovlayotgan   qarzdorning   hisobga   olinmagan   daromadlarini   aniqlashda
ko'maklashadi;
-realizatsiya qilinmagan mol-mulkning arzonlashtirilishida qonun hujjatlarida
belgilangan hollarda ishtirok etadi;
- g'aznachilik organlari:
  davlat   ijrochisining   qarori   asosida   O'zbekiston   Respublikasi   Davlat⚫️
byudjetidan yoki yagona g'aznachilik hisobvarag'idan pul mablag'larini ijro hujjati
talablarini   bajarish   uchun   o'n   kunlik   muddatda   o'tkazadi;   qarzdor   byudjet
tashkilotining   yagona   g'aznachilik   hisobvarag'ida   saqlanayotgan   pul   mablag'larini
xatlash   to'g'risidagi   davlat   ijrochisi   qarorining,   shuningdek   qarzdorning
mablag'laridan   foydalanishga   nisbatan   davlat   ijrochisining   qarorida   nazarda
tutilgan boshqa cheklovlarning ijrosini ta'minlaydi. 
Davlat chegarasini qo'riqlash organlari:
qarzdor jismoniy shaxsning O'zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha
cheklash   to'g'risidagi   sudning   yoki   davlat   ijrochisining  qarori   ijrosini   ta'minlaydi,
sud   hujjati   yoki   boshqa   organ   hujjati   talablarini   bajarishdan   bo'yin   tovlayotgan
qarzdor   jismoniy   shaxslar   O'zbekiston   Respublikasidan   chiqib   ketishining   oldini
olish choralarini ko'radi.
O'zbekiston Respublikasidan chiqishiga vaqtincha cheklov joriy qilingan yoki
bunday   cheklov   olib   tashlangan   qarzdor   jismoniy   shaxslar   to'g'risida
axborotlarning tezkor almashinuvini belgilangan tartibda amalga oshiradi. Qonun  hujjatlarida   davlat   ijrochilarining   davlat   organlari,  kredit   tashkilotlari
va   boshqa   tashkilotlar   bilan   hamkorligining   boshqa   shakllari   ham   belgilanishi
mumkin.
Sudlar bilan o'zaro hamkorlik:
Davlat   ijrochilarining   sudlar   bilan   o'zaro   hamkorligi   davlat   ijrochilarining
undiruvni   qarzdorning   boshqa   shaxslarda   turgan   mol   mulkiga   qaratish   to'g'risida
ijro hujjatini chiqarishga asos bo'lgan sud hujjatini tushuntirish haqidagi arizalarini
va   davlat   ijrochilarining   qonunchilikda   belgilangan   boshqa   asoslar   bo'yicha
murojaatlarining   sudlar   tomonidan   o'z   vaqtida   ko'rilishini   hamda   ijro   hujjatlari
bo'yicha   chiqarilgan   sud   hujjatlarini   sudlar   tomonidan   davlat   ijrochilarini   o'z
vaqtida xabardor qilishni ta'minlash maqsadida amalga oshiriladi.
Ijro   hujjatini   chiqargan   sud,   davlat   ijrochisining   sud   hujjatini   tushuntirish
to'g'risidagi   arizasini   qonunchilikda   belgilangan   muddatda   ko'rib   chiqadi   va   o'zi
chiqargan sud hujjatining tushuntiruvini davlat ijrochisiga yuboradi.
Undiruvni   qarzdorning   mol-mulkiga   qaratish   to'g'risidagi   ijro   hujjatini
majburiy   ijro   qilish   jarayonida   davlat   ijrochisida   qarzdorning   boshqa   shaxslarda
turgan   xatlangan   mol-mulki   tegishliligini   tasdiqlovchi   ma'lumotlar   mavjud
bo'lmagan   hollarda   ushbu   mol-mulkka   undiruvni   qaratish   sud   ajrimiga   asosan
amalga oshiriladi.
Qonuniy   kuchga   kirgan   sud   ajrimi   nusxasi   sud   tomonidan   keyingi   kundan
kechiktirmasdan davlat ijrochisiga yuboriladi.
Manfaatdor shaxs davlat ijrochisi yoki tergov organlari tomonidan xatlangan
mol-mulkni   xatlovdan   chiqarish   to'g'risida   da'vo   arizasi   bilan   sudga   murojaat
qilgan hollarda, sud shu kunning o'zida da'voni  ta'minlash  va ijro hujjati  bo'yicha
undiruvni   to'xtatish   to'g'risida   ajrim   chiqaradi   va   darhol   davlat   ijrochisiga
yuboradi.
Davlat   ijrochisi   ijro   ishi   yuritishni   to'xtatib   turish   haqidagi   tegishli   sud
ajrimini   olgandan   so'ng   uch   kun   ichida   bu   to'g'risida   taraflarni   yoki   ijro   hujjatini
bergan organni xabardor qiladi. Mol-mulkni   xatlovdan   chiqarish   to'g'risidagi   da'vo   arizasi   yuzasidan   tegishli
sud   hujjati   chiqarilganda,   qonuniy   kuchga   kirgan   sud   hujjatining   nusxasi   keyingi
kundan kechiktirmasdan davlat ijrochisiga yuboriladi.
  IJRO ISHI YURITISHDA RAD QILISH
O'zbekiston   Respublikasining   "Sud   hujjatlari   va   boshqa   organlar   hujjatlarini
ijro   etish   to'g'risida"gi   Qonunining   22-moddasi   1-qismiga   ko'ra   agar   davlat
ijrochisi,   tarjimonlar   va   mutaxassislar   taraflaming   vakillarining   yoki   ijro   ishi
yuritishda   ishtirok   etayotgan   boshqa   shaxslarning   qarindoshlari   bo'lsa   yoxud   ijro
ishi   yuritish   natijasidan   manfaatdor   bo'lsa   yoki   ularning   beg'arazligiga   shubha
tug'diradigan boshqa holatlar mavjud bo'lsa, ular ijro ishi yuritishda ishtirok etishi
mumkin emas va ular rad qilinishi lozim.
Ijro   ishi   yuritishda   ishtirokchilar   davlat   ijrochisi   tomonidan   quyidagi
holatlarda rad etiladi:
-   sanab   o'tilgan   shaxslar   taraflarning,   ular   vakillarining   yoki   ijro   ishi
yuritishda   ishtirok  etayotgan  boshqa   shaxslarning  qarindoshlari  bo'lsalar,   ijro  ishi
yuritish natijasidan manfaatdor bo'lsalar;
-ijro   ishi   yuritishga   jalb   qilinganlarning   beg'arazligiga   shubha   tug'diradigan
boshqa   holatlar   mavjud   bo'lsa.   Ijro   ishi   yuritish   rad   qilish   uchun   holatlar   mavjud
bo'lsa,   rad   qilish   talablari   tatbiq   etiladigan   shaxs   o'zini   o'zi   rad   qilishi   lozim.
Shuningdek yuqoridagi asoslar bo'yicha undiruvchi, qarzdor yoki ularning vakillari
mazkur shaxsni  rad qilishlari lozim. Ijro ishi  yuritishning rad qilinishi asoslangan
bo'lishi,   yozma   ravishda   bayon   etilishi   va   ijro   harakatlarini   amalga   oshirish
boshlanguniga   qadar   ma'lum   qilinishi   kerak,   rad   qilish   uchun   asoslar   mavjudligi
ijro   harakatlarini   amalga   oshirish   boshlanganidan   keyin   ma'lum   bo'lib   qolgan
hollar bundan mustasno.
Ijro   ishi   yuritishda   davlat   ijrochisi   tarjimon   va   mutaxassisni   rad   qilish
to'g'risidagi masalani hal qiladi. Davlat ijrochisi tarjimon va mutaxassisni rad qilish to'g'risidagi   masalani   ko'rib   chiqish   natijalariga   muvofiq   asoslangan   qaror
chiqaradi, qaror katta davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan bo'lishi kerak.
Ijro ishi yuritishda davlat ijrochisini rad qilish to'g'risidagi masala katta davlat
ijrochisi   tomonidan   hal   etiladi.   Masalan,   ijro   ishi   yuritish   yuzasidan   ijro
harakatlarini   olib   borayotgan   davlat   ijrochisi   undiruvchining   qarindoshi   bo'lsa,
ariza  bilan katta davlat  ijrochisiga murojaat  qilib ijro ishi  yuritishdan rad qilishni
so'raydi.   Katta   davlat   ijrochisi   arizani   qanoatlantirib   ijro   ishi   yuritishda   davlat
ijrochisini rad qilish to'g'risida qaror qabul qilib ijro ishi bo'yicha davlat ijrochisini
ishtirokini   rad   qilib.   ijro   harakatlarini   davom   ettirish   uchun   ijro   ishini   boshqa
davlat   ijrochisi   ish   yuritishiga   o'tkazadi.   Shuningdek   katta   davlat   ijrochisini   rad
qilish to'g'risidagi masalani mazkur katta davlat ijrochisining o'zi hal qilishi lozim.
   IJRO ISHI YURITISHDA XABARNOMALAR VA CHAQIRUVLAR
Ijro   ishi   yuritishda   ishtirok   etuvchi   shaxslar   davlat   ijrochisi   tomonidan
chiqarilgan qarorlar haqida, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa ijro harakatlari
to'g'risida   va   majburiy   ijro   etish   choralari   haqida   xabardor   qilinadi,   shuningdek
davlat   ijrochisining   huzuriga   yoxud   ijro   harakatlarini   amalga   oshirish   joyiga
chaqiruv   qog'ozi,   boshqa   xabarnoma,   telefonogramma,   telegramma   yoki   boshqa
aloqa   vositalari,   elektron   pochta   (bundan   buyon   matnda   chaqiruv   qog'ozi   boshqa
xabarnoma deb yuritiladi) orqali chaqirtiriladi.
Chaqiruv qog'ozi - ushbu protsessual hujjat orqali ijro ishida ishtirok etuvchi
taraflar   (shu   jumladan,   mutaxassislar)   davlat   ijrochisi   huzuriga   yoki   ijro
harakatlarini   amalga   oshirish   joyiga   chaqirilishi   mumkin.   Davlat   ijrochisi   ijro
hujjati darhol ijro etilishi lozim bo'lgan hollarda ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi
shaxslarni oldindan xabardor qilmagan holda ijro harakatlarini amalga oshirishi va
majburiy   ijro   etish   choralarini   qo'llashi   lozim.   Chaqiruv   qog'ozi,   boshqa
xabarnoma   ijro   ishi   yuritishda   ishtirok   etuvchi   shaxsning   yoki   uning   vakilining
boshqa  manzil   ko'rsatilmagan  bo'lsa,   ijro  ishi   yuritishda   ishtirok  etuvchi   shaxsga,
ijro   hujjatida   ko'rsatilgan   manzilga   yuborilishi   lozim.   Chaqiruv   qog'ozi   boshqa xabarnoma   ijro   ishi   yuritishda   ishtirok   etayotgan   shaxsning   ish,   o'qish   joyiga
yuborilishi mumkin.
Qoida   tariqasida   jismoniy   shaxsga   yo'llangan   chaqiruv   qog'ozi   yoki   boshqa
xabarnoma   MIB   bo'limiga   qaytarilishi   lozim   bo'lgan   topshirganlik   to'g'risidagi
bildirgi   ushbu   shaxsning   imzosi   qo'ydirilib,   unga   shaxsan   topshirilishi   lozim.
Shuningdek   yuridik   shaxsga   yuborilgan   chaqiruv   qog'ozi,   boshqa   xabarnoma
yuridik  shaxsning  tegishli  mansabdor   shaxsiga   yoki  xodimiga  topshirilib,  mazkur
xodim tomonidan topshirganlikni tasdiqlovchi bildirishnomaga chaqiruv qog'ozini,
boshqa   xabarnomani   olganligi   haqida   familiyasi,   ismi   va   otasining   ismi   hamda
lavozimini ko'rsatgan holda imzo qo'yiladi.
Chaqiruv   qog'ozi   yoki   boshqa   xabarnomani   keltirgan   shaxs   chaqirilayotgan
jismoniy shaxsga topshira olmasa, u bilan birga yashovchi katta yoshdagi voyaga
yetgan   oila   a'zolaridan   biriga   chaqiruv   qog'ozi,   boshqa   xabarnoma   topshirilishi,
ular   yo'qligida   esa   fuqarolarning   o'zini   o'zi   boshqarish   organiga   yoki   ish
beruvchiga   (o'quv   muassasasi   ma'muriyati   yoki   ish   joyi   ma'muriyati   mansabdor
shaxsiga)   topshirilishi   lozim   bo'lib,   bunda   chaqiruv   qog'ozi   yoki   boshqa
xabarnomani   qabul   qilib   olgan   shaxs   uni   imkoniyat   bo'lishi   bilan   darhol
chaqiriluvchiga topshiradi.
Chaqiriluvchi   o'z   nomiga   yuborilgan   shaxs   vaqtincha   biror   joyga   ketgan
bo'lsa,   chaqiruv  qog'ozi   yoki   boshqa   xabarnomani   yetkazib   beruvchi   shaxs   uning
ikkinchi nusxasiga chaqiriluvchi ketgan joyi hamda uning kelishi kutilayotgan vaqt
to'g'risida   belgi   qo'yishi,   bu   ma'lumotlarni   fuqarolarning   o'zini   o'zi   boshqarish
organi   tomonidan   yoki   ish   beruvchining   (o'quv   muassasasi   ma'muriyati   yoki   ish
joyi   ma'muriyati   mansabdor   shaxsining)   imzosi   bilan   tasdiqlatishi   va
guvohlantirishi   lozim.   Chaqiriluvchi   chaqiruv   qog'ozini,   boshqa   xabarnomani
qabul   qilishdan   bosh   tortganda   ularni   yetkazib   beruvchi   shaxs   davlat   ijrochisiga
qaytariladigan   chaqiruv   qog'oziga,   boshqa   xabarnomaga   belgi   qo'yadi.   Quyidagi
hollarda ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan hisoblanadi:
chaqiruv qog'ozi, boshqa xabarnoma adresatga "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni talablariga
muvofiq keltirib berilgan (yuborilgan) bo'lsa;
- chaqiriluvchi chaqiruv qog'ozini, boshqa xabarnomani olishdan bosh tortsa:
-pochta   xabarnomasini   olgan   bo'lishiga   qaramasdan   adresat   o'z   nomiga
yuborilgan   chaqiruv   qog'ozini,   boshqa   xabarnomani   olish   uchun   kelmasa.
Majburiy   ijro   etish   choralari   qo'llanishi   to'g'risida   xabardor   qilingan   bo'lib,   uning
ijro   ishi   yuritish   joyiga   hozir   bo'lmasligi   majburiy   ijro   bajarilishiga   to'sqinlik
qilmaydi.
Ijro   hujjatida   qarzdorning   shaxsan   o'zi   bajarishi   mumkin   bo'lgan
majburiyatlar   yuklatilgan   bo'lsa,   davlat   ijrochisining   chaqiruvi   bo'yicha   kelishdan
bo'yin tovlayotgan qarzdor davlat ijrochisining qarori asosida majburiy keltiriladi.
Ijro ishi  yuritishda qatnashadigan taraflar, tarjimon, mutaxassis  va boshqalar
ijro   harakatlari   amalga   oshirish   sanasi,   vaqti   va   joyi   haqida   yozma   ravishda   ijro
harakatlari   boshlangunga   qadar   belgilangan   muddatlarda   xabardor   qilinishlari
mumkin. Qarzdorga xabarnoma yuborilganda unda qo'shimcha ravishda majburiy
ijro   etish   choralari   qo'llanilishi   ko'rsatib   o'tiladi.   Xabarnoma   quyidagi   hollarda
qonun   hujjatlarida   belgilangan   muddatlarda   yuborilishi   shart:   avtomototransport
vositasining   texnik   holatini   ko'zdan   kechirishda   ishtirok   etish   uchun   Ichki   ishlar
vazirligi   Davlat   yo'l   harakat   xavfsizligi   xizmati   organlariga;   qarzdorni   ko'chirish
to'g'risidagi ijro hujjatini ijro etishda qarzdorga. 
Xabarnoma   ijro   ishida   ishtirok   etayotgan   shaxslarga   agar   ular   yoki   ularning
qonuniy   vakillari   tomonidan   boshqa   manzil   ko'rsatilmagan   bo'lsa,   ijro   hujjatida
ko'rsatilgan   manzil   bo'yicha   yuboriladi.   Xabarnoma   ijro   ishi   yuritishida   ishtirok
etayotgan   shaxslarning   ish   joyiga   ham   yuborilishi   mumkin.   Tashkilotlar   yoki
korxonalarga   yuboriladigan   xabarnomalar   tashkilotning   yuridik   manzili   bo'yicha
yuboriladi.
Ijro   hujjatlarida   undiruvchi   yoki   qarzdorning   elektron   pochtasi   yoki   telefon
(mobil)   raqami   (agar   ular   sudga   yoki   ijro   hujjatini   bergan   boshqa   organ
(mansabdor   shaxs)ga   taqdim   etilgan   bo'lsa)   haqidagi   ma'lumotlar   mavjud   bo'lgan
taqdirda, ijro ishi yuritishni qo'zg'atish to'g'risidagi xabarnoma uning jo'natilganligi va   qabul   qilinib   olinganligi   faktlarini   qayd   etish   imkonini   beruvchi   maxsus
avtomatlashtirilgan   tizimdan   foydalangan   holda   elektron   pochtaga   yoki   mobil
aloqa vositalari orqali qisqa xabar (SMS) ko'rinishida yo llanadi.ʻ
Xabarnomada   quyidagilar   ko'rsatilishi   lozim:   MIB   hududiy   bo'limi   nomi   va
manzili;
-xabarnomani chiqish sanasi va raqami;
-xabarnoma yo'naltirilgan shaxs nomi; 
- xabarnoma mazmuni;
-xabarnoma yuborilgan ijro hujjatining rekvizitlari;
-ijro xarakatlarini amalga oshirish sanasi, vaqti, joyi va xabarnoma talablarini
bajarmaslik oqibatlari; 
-   xabarnomani   yuboruvchi   davlat   ijrochisining   familiyasi,   ismi,   sharifi   va
imzosi.
Agar   xabarnomada   davlat   ijrochisining   qarori   ilova   qilinsa,   unda   qarorda
ko'rsatilgan ma'lumotlarni takrorlab yozish shart emas. A dabiyotlar
1.Tuxtasheva U.A. Ijro ishi yuritish: Darslik. 2-nashr Toshkent: TDYI, 2009.-308
h.
2.Yusupov   B.   Sud   hujjatlarini   bujurmaganlik   uchun   jinoiy   javobgarlik
muammolari: Monografiya - T.TDYI, 2011.-173 b.
3.M.Q.O'razaliyev Ijro ishi yuritish Darslik. - T TDYU nashriyoti 2019. - 239 bet
4.O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T., O'zbekiston. 2018. - 80 b.
5.O'zbekiston   Respublikasining   2001-yil   29-avgustdagi   "Sud   hujjatlari   va   boshqa
organlar   hujjatlarini   ijro  etish  to'g'risida"gi   №  258-II-sonli   Qonuni  //   O zbekistonʻ
Respublikasi Qonun hujjatlari to'plami. 2001.-Ne 21. 145-modda.
6.O'zbekiston   Respublikasi   Fuqarolik-protsessual   kodeksi.   O'zbekiston
Respublikasining Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi.
7.O'zbekiston   Respublikasi   Jinoyat-protsessual   kodeksi   O'zbekiston
Respublikasining Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi. 
8.O'zbekiston   Respublikasi   Iqtisodiy   protsessual   kodeksi.   O'zbekiston
Respublikasining Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi. 
9.O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi O'zbekiston
Respublikasining Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi 
10.O'zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   "Sud   hujjatlari   va   boshqa   organlar
hujjatlarini   ijro   etishda   mol-mulkni   realizatsiya   qilish   tartib-taomillarini   tubdan
takomillashtirish   chora-tadbirlari   to'g'risida"gi   2017-yil   27-iyuldagi   PQ-3149-son
qarori.   O'zbekiston   Respublikasi   Qonun   hujjatlari   to'plami.   2007.   No   45.   541-
modda.
11.   O'razaliyev   Murod   Qorayevich.   Ijro   ishi   yuritish.   Darslik.   T.:   TDYU
nashriyoti, 2019.-239 bet.

Ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxslar 1. Ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxslar tushunchasi. 2. Ijro ishi yuritishda taraflar ularning huquq va majburiyatlari. 3. Ijro ishi yuritishda huquqiy vorislik va ishtirokchilik. 4. Ijro ishi yuritishda vakillik. 5. Ijro ishi yuritishda tarjimonning ishtiroki. 6. Ijro ishi yuritishda xolislarning ishtiroki. 7. Ijro ishi yuritishda mutaxassislarning ishtiroki. 8. Davlat ijrochilarining davlat organlari, kredit tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan o'zaro hamkorligi. 9. Ijro ishi yuritishda rad qilish. 10. Ijro ishi yuritishda xabarnomalar va chaqiruvlar.

IJRO ISHI YURITISHDA ISHTIROK ETUVCHI SHAXSLAR TUSHUNCHASI Ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxslar deganda ma'lum yuridik (moddiy (yoki) protsessual-huquqiy) manfaatga ega bo'lgan va ijro ishi yuritishda o'z nomidan yoxud boshqa shaxslar nomidan o'zining manfaatlari, boshqa shaxslar manfaatlari, davlat va jamoat manfaatlarini himoya qilish uchun ishtirok etadigan ijro ishi yuritishning barcha ishtirokchilari tushuniladi. Ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxslar tushunchasining kvalifikatsiyalovchi belgilari sifatida quyidagi ikki elementni ajratib ko'rsatish mumkin: yuridik manfaat: o'z manfaatlari yoki boshqa shaxslar manfaatlarini himoya qilish maqsadida o'z nomidan yoxud boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida ularning nomidan harakat qilish layoqotiga ega bo'lish'. Demak, ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxslar tushunchasining bu ikki kvalifikatsiyalovchi belgisi bir-biri bilan uzviy bog'liq. Ijro ishida ishtirok etuvchi shaxslar ijro xarakatlari amalga oshirilayotganda yuridik (moddiy yoki protsessual) manfaatga ega bo'lib, o'zining yoki boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qiladi. Ijro ishini yuritishning asosiy ishtirokchilariga undiruvchi, qarzdor, davlat ijrochisi, bank yoki kredit muassasasi, sudya, davlat organlari va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari kiradi. Ijroga ko'maklashuvchi shaxslar bevosita ijro ishi yuritishda u yoki bu qonunda belgilangan vakolatlari doirasida davlat ijrochilariga ko'maklashadilar. Ularga ichki ishlar organlari xodimlari, bojxona xodimlari, mutaxassis, tarjimon, xolis, mol-mulkni saqlovchi va boshqalarni kiritish mumkin. Protsessualist olima U.A.Tuxtashevaning fikricha, ijro ishi yuritishda vujudga keladigan munosabatlar subyektining xususiyati ular xulq atvorining obyektiv va

subyektiv tomonlarini o'rganishga asoslanadi. Ijro ishi yuritishda ishtirok etayotgan shaxslar funksiyasi mohiyatini ularning xulq-atvorining obyektiv va subyektiv tomonlari majmuasi tashkil etadi. Ijro ishi yuritish subyektlarining harakatlari yoki harakatlarini amalga oshirish imkoniyati ular xulq-atvorining obyektiv tomonini tashkil etadi. Ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxslarning bu ishtirokchilikdan erishishni xohlagan natijalar yoki maqsadlar ular xulq-atvorining subyektiv tomonini tashkil etadi. Ijro ishi yuritish subyektlarini, ularning ijro ishi yuritishda ishtirok etishdan maqsad va vazifalari hamda majburiy ijro etish organlari bilan hamkorligidan kelib chiqib quyidagicha tasniflash mumkin: sud va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishni amalga oshiruvchi⚫️ shaxslar - davlat ijrochilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar, ijro ishi yuritishda taraf tariqasida ishtirok etuvchi shaxslar, ⚫️ qonun talablariga ko'maklashuvchi shaxslar; ⚫️ ijro hujjatlarini ijro etishga ko'ra qarzdorning mol-mulkini qonuniy asosda ⚫️ ushab turgan shaxslar, mulkiy huquqlariga ijro ishi yuritish ta'sir qiladigan shaxslar'. Ijro ishini ⚫️ yuritishning asosiy ishtirokchisi davlat ijrochisi ijro etuvchi hokimiyat vakili sifatida sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini ta'minlovchi hokimiyat vakolatlarini amalga oshiruvchi mansabdor shaxs "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi Qonunning 83- moddasiga muvofiq o'rta maxsus (yuridik) yoki oliy (yuridik) ma'lumotga ega bo'lgan O'zbekiston Respublikasining fuqarosi davlat ijrochisi bo'lishi mumkin. Qonunga asosan ilk bor davlat ijro hokimiyati organlari tizimida mustaqil organ sifatida tashkil etilgan Majburiy ijro byurosining davlat ijrochilari zimmasiga sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini ta'minlash vakolati yuklatildi. Aynan davlat ijrochilari jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlarini himoya qilishning oxirgi bosqichida turib, uni hal etish vakolatiga ega bo'ladilar. Davlat ijrochisi sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijrosini ta'minlab, huquq subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya

qiladilar. Ijro hujjati talabi davlat ijrochisi tomonidan belgilangan ixtiyoriy muddatda qarzdor tomonidan bajarilmasa, davlat ijrochisi majburiy ijro harakatlariga kirishib, undiruv to'g'risidagi ijro ishlari bo'yicha ijroni qarzdorning mol-mulkiga qaratadi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda soliq organlari, banklar hamda boshqa kredit tashkilotlari davlat ijrochisining pul mablag'larini undirish to'g'risidagi sud hujjatlarining va boshqa organlar hujjatlarining talablarining ijrosini amalga oshiradi. Ijro ishi yuritishda voyaga yetmaganlarning huquqlarini ularning qonuniy vakillari ota-onalari, farzandlikka oluvchilari, vasiylari yoki homiylari amalga oshiradilar. Fuqarolik, oilaviy, mehnat. ma'muriy huquqiy munosabatlardan hamda olingan ish haqini yoki boshqa daromadni tasarruf etish bilan bog'liq bitimlardan kelib chiqadigan ishlar bo'yicha sud hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlari asosida berilgan. ijro hujjatlari ijro etilayotganda voyaga yetmaganlar qonunda nazarda tutilgan hollarda ijro ishi yuritishda mustaqil ravishda o'z huquqlarini amalga oshirishlari va majburiyatlarni bajarishlari mumkin. IJRO ISHI YURITISHDA TARAFLAR, ULARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI Undiruvchi va qarzdor ijro ishi yuritishdagi taraflar hisoblanadi. Ijro hujjati kimning foydasiga yoki manfaatlarini ko'zlab berilgan bo'lsa, o'sha shaxs undiruvchi hisoblanadi. Ijro hujjatida nazarda tutilgan pul mablag'lari yoki boshqa mol-mulkni undiruvchiga berish yoxud muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki ularni amalga oshirishdan o'zini tiyish majburiyati zimmasiga yuklatilgan shaxs qarzdor hisoblanadi. Undiruvchi va qarzdorsiz ijro ishi yuritish mavjud bo'lishi mumkin emas. Har bir taraf o'zining huquq va majburiyatlariga ega. Ijro ishi yuritishdagi taraflar: ijro ishi yuritish materiallari bilan tanishish;

ijro ishi yuritish materiallarlaridan ko'chirmalar va nusxalar olish; qo'shimcha materiallar taqdim etish; iltimosnomalar berish, jumladan, ijro harakatlarini keyinga qoldirish haqida iltimosnoma berish; - ijro harakatlarini amalga oshirishda ishtirok etish; - ijro harakatlari jarayonida og'zaki va yozma tushuntirishlar berish; - ijro ishi yuritilishi davomida paydo bo'ladigan masalalar yuzasidan o'z vajlari va fikr-mulohazalarini bildirish; - ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomalari, vajlari va fikr-mulohazalariga qarshi e'tiroz bildirish; - rad qilish; - ijro hujjatlarining ijrosini kechiktirish yoki bo'lib-bo'lib ijro etish, ularni ijro etish usuli va tartibini o'zgartirish to'g'risidagi ariza bilan ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organga murojaat qilish; - davlat ijrochisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish huquqlarga egadirlar. Ijro ishi yuritishdagi taraflarning asosiy majburiyatlari ijro harakatlarini amalga oshirayotganda sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risidagi qonun hujjatlarining talablarini bajarish, ijro hujjatlari talablarini o'z vaqtida va to'liq ijro etish, undiruvchi esa ijro harakatlarini amalga oshirishda davlat ijrochisiga yordam ko'rsatishi kiradi. Ijro ishi yuritishda undiruvchi hamda qarzdorning majburiyatlari ijro ishi yuritish qo'zg'atilganidan boshlanadi va u tugallangunga qadar bir shaxsdan boshqa shaxsga o'tishi mumkin. IJRO ISHI YURITISHDA HUQUQIY VORISLIK VA ISHTIROKCHILIK Ijro ishini yuritishda huquqiy vorislik bu ijro ishi yuritish jarayonida huquq va majburiyatlarning bir tarafdan ilgari ijro ishi yuritishda ishtirok etmagan boshqa shaxsga o'tishidir.