Ijro harakatlarini amalga oshirishning umumiy shartlari. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish asos va choralari.
Ijro harakatlarini amalga oshirishning umumiy shartlari. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish asos va choralari. Reja: 1. Ijro ishi yuritishni qo'zg'atish. 2. Ijro harakatlarini amalga oshirish joyi va vaqti. 3. Yig'ma ijro ishi yuritish. 4. Ijro ishi yuritishda muddat. 5. Ijro harakatlarini keyinga qoldirish, ijro ishi yuritishni to'xtatib turish, tugatish va tamomlash. 6. Ijro hujjatlarini qaytarish 7. Qarzdorni, uning mol-mulkini yoki bolani qidirish. 8. Qurdor jismoniy shaxsning O'zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash. 9. Yo'qolgan ijro ishi yuritilishini tiklash. 10. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish asasi va choralari.
IJRO ISHI YURITISHNI QO'ZG'ATISH Ijro ishi qo'zg'atish ijro jarayonining birinchi va majburiy bosqichi hisoblanadi. Ijro ishi qo'zg'atish nafaqat majburiy ijro uchun, balki boshqa ijro harakatlarini amalga oshirish uchun asos bo'ladi. Ijro ishi qo'zg'atish haqidagi qaror chiqarmasdan turib qarzdorning moliyaviy ahvoli haqida ma'lumot olishga davlat ijrochisining haqqi yo'q. Ijro ishi qo'zg'atishni davlat ijrochisi yakka tartibda amalga oshiradi. Davlat ijrochisiga ijro hujjati yetib kelganidan so'ng unga ikki majburiyat yuklatiladi. Birinchidan. sud. davlat organi yoki undiruvchidan kelib tushgan ijro hujjatini ijroga qabul qiladi. Ikkinchidan. aniq bir shartlar mavjud bo'lganida ijro ishi qo'zg'atadi. Bunday shartlar ikkita. Birinchi shart ijro hujjatining amal qilish muddati o'tib ketmagan bo'lsa. Ikkinchi shart ijro hujjati qonun tomonidan ijro hujjatlariga qo'yilgan talablarga javob berishi kerak. Ijro ishi yuritishni qo'zg'atish davlat ijrochisi tomonidan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda majburlov choralarini qo'llashning qonuniyligini ta'minlash bosqichidir. Sud yoki boshqa organdan yoxud undiruvchidan (agar ijro hujjatini ijroga topshirish muddati o'tmagan va mazkur hujjat O'zbekiston Respublikasi "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi Qonunining 8-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo'lsa) davlat ijrochisi ijro hujjatini ijro uchun qabul qilib olishi va ijro ishi yuritishni qo'zg'atishi shart. Agar qonun hujjatlarida ijro hujjatlarining ayrim turlariga majburiy ilovalar nazarda tutilgan bo'lsa, ular davlat ijrochisiga ijro hujjati bilan birga taqdim etilishi kerak. Ijro ishi yuritishni qo'zg'atish to'g'risidagi masala ijro hujjati kelib tushgan vaqtdan boshlab bir ish kuni ichida hal etiladi. Ijro ishi yuritishni qo'zg'atish to'g'risidagi qarorda quyidagilar ko'rsatilishi kerak: qaror chiqarilgan sana va joyi: qarorni chiqargan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi, qaror qaysi ijro ishini yuritish yuzasidan chiqarilganligi;
qaror orqali hal qilinadigan masala; davlat ijrochisi qaror qabul qilishda amal qilgan qonun va boshqa qonun hujjatlariga havola qilingan asoslar; ko'rilayotgan masala bo'yicha xulosa: qaror ustidan shikoyat berish yoki protest keltirish tartibi va muddati. Davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni qo'zg'atish to'g'risidagi qarorda ijro hujjatidagi talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun ijro ishi yuritish qo'zg'atilgan kundan e'tiboran ko'pi bilan o'n besh kun muddat belgilaydi (darhol ijro etilishi lozim bo'lgan ijro hujjatlari bo'yicha ixtiyoriy muddat belgilanmaydi) va qarzdorga belgilangan muddat tugagandan keyin ijro hujjatidagi talablar, unda, "Sud hujjatlari va boshka organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi Qonunning 82-moddasida nazarda tutilgan jarimani undirgan holda majburiy ijro etilishi to'g'risida, shuningdek belgilangan hollarda ijro yig'imi undirilishi va O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 232-moddalarida belgilangan jinoiy javobgarlik to'g'risida ma'lum qiladi. Jarima tariqasidagi jazoni tayinlash to'g'risidagi hukm asosida berilgan ijro varaqasi bo'yicha ijro ishi yuritish qo'zg'atilgan taqdirda, ixtiyoriy ijro etish muddati ijro ishi yuritishi qo'zg'atish haqida qaror chiqarilgan kundan emas, balki hukm qonuniy kuchga kirgan kundan e'tiboran bir oy etib belgilanadi va ijro ishi yuritishni qo'zg'atish to'g'risidagi qarorda qarzdor sud hukmi asosida tayinlangan jarimani belgilangan muddatda to'lashdan bo'yin toylasa, jarima jazosi jazoning boshqa turi bilan almashtirilishi to'g'risida ogohlantiriladi. Tim ishi yuritishni qo'zg'atish to'g'risidagi qaror nusxasi undiruvchiga qarzdorga, shuningdek hujjati ijro etilishi lozim bo'lgan sud yoki boshqa organga u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay yuboriladi. Undiruvchining arizasiga binoan yoki o'z tashabbusi bilan davlat ijrochisi mulkiy undiruv bo'yicha ijro ishi yuritishni qo'zg'atish to'g'risida qaror chiqarish bilan bir vaqtda qarzdorning mol-mulkini ro'yxatga olib, ularni xatlashga haqlidir. Ijro ishi yuritishni qo'zg'atish to'g'risidagi qaror ustidan shikoyat qilish yoki protest bildirish mumkin. Ish yurituvida bir qarzdorga nisbatan qo'zg'atilgan ikki va undan
ortiq ijro ish yurituvlari mavjud bo'lganda, tuman (shahar) MIB hududiy bo'limi mazkur ijro ish yurituvlari birlashtiriladi. Ijro ish yurituvlari topshirilgan davlat ijrochisi katta davlat ijrochisining topshirig'iga muvofiq, mazkur ijro ish yurituvlarini birlashtirish to'g'risida qaror chiqaradi. Agar ijro hujjati "Sud organlari yoki boshqa davlat organlari hujjat larini ijro etish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunida ko'zda tutilgan talablarga muvofiq bo'lmasa yoki ijroga topshirish muddati o'tkazib yuborilgan holda jo'natilgan bo'lsa. ijro hujjati kelib tushgan kundan e'tiboran uch kunlik muddat ichida davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni qo'zg'atmasdan qaytarib yuboradi. Ijro hujjatini qaytarib yuborish to'g'risida davlat ijrochisi qaror chiqaradi hamda uning nusxasi qaror chiqarilgan kunning crtasidan kechiktirmay undiruvchiga, ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organga yuboriladi. Davlat ijrochisi ijro hujjatini qaytarish to'g'risidagi qarorda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan. qaysi talablar buzilganligini ko'rsatadi. Ijro hujjatining yo'l qo'yilgan nuqsonlarni bartaraf etish uchun qaytarib yuborilishi bunday nuqsonlar bartaraf qilinganidan so'ng ijro hujjatini davlat ijrochisiga ikkinchi marta umumiy tartibda yuborish uchun to'sqinlik qilmaydi. Ijro hujjatini qabul qilishni rad etishga davlat ijrochisi haqli emas. Bir tuman (shahar) MIB hududiy bo'limi ish yuritishida bitta qarzdorga nisbatan qo'zg'atilgan ikki va undan ortiq ijro ishlari mavjud bo'lganda mazkur ijro ishlari birlashtiriladi. IJRO HARAKATLARINI AMALGA OSHIRISH JOYI VA VAQTI Ijro harakatlarini amalga oshirish joyi deyilganda, ijro harakatlari amalga oshiriladigan va majburiy ijro choralari qo'llaniladigan hudud tushuniladi. Qonunchilikka muvofiq, qarzdor jismoniy shaxs bo'lsa, davlat ijrochisi ijro harakatlarini uning yashash joyi yoki ish joyida yoxud uning mol-mulki turgan joyda amalga oshiradi. Shuningdek qarzdor yuridik shaxs bo'lsa, davlat ijrochisi ijro harakatlarini uning organi joylashgan yoki mol-mulki turgan joyda amalga oshiradi.
Qarzdor zimmasiga muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatlarining talablari bunday harakatlar amalga oshiriladigan joyda bajariladi. Qarzdorning yashash joyi, ish joyi yoki turgan joyi o'zgargan bo'lsa yoki ilgarigi turgan joyida undiruv qaratilishi mumkin bo'lgan mol-mulki yo'q ekanligi yoxud undiruvchining talablarini qanoatlantirish uchun yetarli emasligi ijro hujjatini ijro etish jarayonida ma'lum bo'lib qolsa, bu haqda davlat ijrochisi darhol dalolamoma tuzadi hamda dalolatnoma tuzgan kunning ertasidan kechiktirmay ijro hujjatini dalolatnomaning nusxasi bilan birga qarzdorning ma'lum bo'lgan yangi yashash joyidagi, ish joyidagi, turgan joyidagi yoki qarzdorning mol-mulki turgan yangi joydagi davlat ijrochisiga yuboradi. ayni bir vaqtda bu haqda undiruvchini, ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organni xabardor qiladi. Ijro hujjatini olgan davlat ijrochisi birinchi ijrochiga (ijro xujjatini yuborgan ijrochiga) ijro hujjati kelib tushgan kundan ikki oy muddatda uning ijrosini ta'minlashi kerak. Agarda ijro hujjatini ko'rsatilgan muddat ichida ijro etishning imkoni bo'lmasa, davlat ijrochisi belgilangan tartibda ijroni keyinga qoldirish choralarini ko'radi. Agar davlat ijrochisi ijro hujjatini ijro etish jarayonida zarurat tug'ilsa, ijro harakatlarini o'z vazifalarini bajara olishi mumkin bo'lgan hududdan tashqarida ham amalga oshirishi mumkin. Bu holda davlat ijrochisi dalolatnoma tuzib, ko'rsatilgan hududga boradi. U yetib borgan paytdan boshlab bir sutka ichida ijro harakatlarini amalga oshirish joyidagi katta davlat ijrochisiga ijro harakatlarini shu hududda amalga oshirishi zarurligi to'g'risida ma'lum qiladi, katta davlat ijrochisi bu yerga kelgan davlat ijrochisiga ko'maklashadi. Bir davlat ijrochisining boshqa davlat ijrochisiga yuborgan ijro hujjati ijro etish uchun qabul qilib olinishi lozim. Ijro harakatlarini amalga oshirish joyi to'g'risida davlat ijrochilari o'rtasida kelib chiqadigan nizolar quyidagicha hal etiladi: - turli viloyatlarda joylashgan ijro harakatlarini amalga oshirish joyi yuzasidan vujudga kelgan nizolarga oid qismi Majburiy ijro byurosi tomonidan: