logo

Undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratish. Qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlarga nisbatan undiruv.

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

97.0048828125 KB
Undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratish. Qarzdorning ish haqi va unga
tenglashtirilgan to'lovlarga nisbatan undiruv.
Reja:
1.   Undiruvni   qarzdorning   so'mdagi   va   chet   el   valyutasidagi   pul   mablag'lari
hamda boshqa mol-mulkiga qaratish tartibi. 
2.   Undiruvni   ayrim   yuridik   shaxslarning,   ular   mulkdorlarining.
muassislarining   va   a'zolarining   (ishtirokchilarining)   mol-mulkiga   qaratish
xususiyatlari. 
3.   Undiruvni   qarzdorning   boshqa   shaxslarda   turgan   mol-mulkiga.   garovga
qo'yilgan mol-mulkka, mulkiy huquqlariga va debitorlik qarziga qaratish. 
4. Undiruv qaratilishi mumkin bo'lmagan mol-mulk. 
5. Qarzdorning mol-mulkini xatlash. Qimmatli qog'ozlarni xatlash. 
6. Qurzdorning mol-mulkini baholash va saqlash.
7. Xatlangan mol-mulkni realizatsiya qilish.
8. Ijro hujjatida ko'rsatilgan ashyolarni undiruvchiga topshirish.
9. Undiruvni qarolarning ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlarga qaratish
tartibi. 
10.   Qarzdorning   ish   haqi   va   unga   tenglashtirilgan   to'lovlaridan   ushlab
qolinadigan simular miqdori. Undirur qaratilishi mumkin bo'lmagan surumalar.
   UNDIRUVNI QARZDORNING SO MDAGI VA CHET EL
VALYUTASIDAGI PUL MABLAG'LARI HAMDA BOSHQA MOL-
MULKIGA QARATISH TARTIBI
Undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratish qarzdorning mol mulkini xatlash
(ro'yxatga   olish)   va   majburiy   realizatsiya   qilishdan   iborat.   Bu   chora   barcha
qarzdorlarga nisbatan  ham. jismoniy shaxslar  va yuridik shaxslarga  nisbatan  ham
qo'llaniladi.   Undiriladigan   summa   eng   kam   oylik   ish   haqining   ikki   barobaridan
oshgan   barcha   hollarda   undiruv   qarzdor   jismoniy   shaxsning   mol-mulkiga
qaratiladi.
Undiruv   qaratilishi   mumkin   bo'lgan   mol-mulk   deyilganda   ashyolar.   hoshqa
moddiy   qimmatliklar,   shu   jumladan   pul   mablag'lari,   qimmatli   qog'ozlar,   mulkka
bo'lgan   huquqlar.   shu   jumladan   ashyolarga   bo'lgan   huquqlar   va   majburiyatlar
bo'yicha olinadigan mol-mulk tushuniladi.
Qarzdor-   jismoniy   shaxsning   undiruvchi   talablarini   qanoatlantirish   uchun
yetarli   pul   mablag'lari   bo'lmasa,   undiruv   qarzdorga   tegishli   bo'lgan   hoshqa   mol-
mulkiga qaratiladi. qonunga  muvofiq undiruv qaratilishi  mumkin bo'lmagan  mol-
mulk   bundan   mustasno.   Jismoniy   va   yuridik   shaxslardan   undiruv   ijro   hujjatlari
bo'yicha   birinchi   navbatda   qarzdorning   so'mdagi   va   chet   el   valyutasidagi   pul
mablag'lariga hamda boshqa qimmatliklariga, shu jumladan banklardagi va boshqa
kredit tashkilotlaridagi pul mablag'lariga hamda o'zga qimmatliklariga qaratiladi.
Qarzdor   jismoniy   shaxsdan   topilgan   so'mdagi   va   chet   el   valyutasidagi   naqd
pul mablag'lari darhol olib qo'yiladi. Olib qo'yilgan so'mdagi naqd pul mablag'lari
keyingi ish kunidan kechiktirmay majburiy ijro byurosining depozit hisobvarag'iga
o'tkazish   uchun   bankka   topshiriladi.   so'ng   esa   uch   kunlik   muddatda   belgilangan
tartibda taqsimlanadi.
Banklardagi   yoki   boshqa   kredit   tashkilotlaridagi   qarzdorning   barcha
hisobvaraqlarida   hamda   omonatlarida   turgan   yoki   saqlashga   qo'yilgan   pul
mablag'lari   va   o'zga   qimmatliklari   to'g'risida   axborot   bo'lganda,   ular   xatlanadi.
Aniqlangan tegishlicha  so'mdagi  naqd  puli  yoxud banklardagi  yoki  boshqa  kredit tashkilotlaridagi   qarzdorning   so'mdagi   mablag'lari   yetarli   bo'lmasa,   undiruv
qarzdordagi   aniqlangan   naqd   chet   el   valyutasiga   yoxud   uning   banklardagi   yoki
yoki   o'zga   kredit   tashkilotlaridagi   hisobvaraqlarida.   omonatlarida   turgan   yoki
saqlanayotgan valyutasiga qaratiladi.
Davlat   ijrochisida   qarzdorning   xatlash   mumkin   bo'lgan   hisobvarag'i
mavjudligi   to'g'risida   axborot   bo'lmaganda.   davlat   ijrochisi   bunday   hisobvaraqni
aniqlash   to'g'risida   bank   yoki   boshqa   kredit   tashkilotiga   yozma   so'rov   yuboradi.
Davlat   ijrochisining   yozma   so'rovi   kelib   tushganda   bank   yoki   boshqa   kredit
tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq tegishli hisobvaraqni aniqlaydi va bu haqda
keyingi ish kunidan kechiktirmay davlat ijrochisiga ma'lum qiladi.
Qarzdor undiruv birinchi navbatda qaratilishi  lozim bo'lgan mol-mulk turlari
yoki   ashyolari   o'zi   ko'rsatishga   haqli.   Qarzdor   mol-mulkining   ut   yoki   bu   turiga
undiruvni   qaratish   navbati   davlat   ijrochisi   tomonidan   mazkur   mol-mulkning
likvidligini   inobatga   olgan   holda   belgilanadi.   Qarzdorning   undiruvchi   talablarini
qanoatlantirish   uchun   yetarli   pul   mablag'lari   bo'lmasa,   davlat   ijrochisi   o'z   qarori
bilan   qarzdor   hisobvaraqlarining   xarajatlar   qismini   qarz   to'liq   uzilguniga   qadar
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xatlaydi. Bank yoki boshqa kredit tashkiloti
qarzdorming pul mablag'larini xatlash haqidagi qarorni darhol ijro etadi va davlat
ijrochisiga   qarzdorning   hisobvaraqlari   rekvizitlari   hamda   har   bir   hisobvaraq
bo'yicha  xatlangan   pul   mablag'lari   miqdorini   ma'lum   qiladi.  Ayni   vaqtda  undiruv
qarzdorga tegishli bo'lgan boshqa mol-mulkka qaratiladi. "Sud hujjatlari va boshqa
organlar   hujjatlarini   ijro   etish   to'g'risida"gi   O'zbekiston   Respublikasi   Qonunining
52-moddasiga   muvofiq   ijro   hujjatlari   bo'yicha   undiruv   qaratilishi   mumkin
bo'lmagan mol-mulk bundan mustasno.
Qarzdorning   mol-mulkiga,   shu   jumladan   naqd   pul   mablag'lariga   va
banklardagi   yoki   boshqa   kredit   tashkilotlaridagi   hisobvaraqlarida   hamda
omonatlarida   turgan   yoki   saqlashga   qo'yilgan   pul   mablag'lariga   undiruv   ijro
yig'imi, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalar va ijro xarajatlari
hisobga   olingan   holda,   ijro   hujjatini   ijro   etish   uchun   zarur   bo'lgan   miqdorda   va
hajmda   qaratiladi.   Qarzdor   boshqa   shaxslar   bilan   umumiy   mulk   huquqi   asosida tegishli   mol-mulkka   ega   bo'lgan   hollarda   undiruv   uning   qonun   hujjatlariga
muvofiq aniqlanadigan ulushiga qaratiladi.
Davlat ijrochisi o'z ish yurituvidagi ijro ishi yuzasidan ijro harakatlari amalga
oshiriladigan  joyga   chiqqach   qarzdorga   unda   mavjud  bo'lgan   so'mdagi   va   chet   el
valyutasidagi naqd pul mablag'larini ko'rsatishni talab etadi. Qarzdor bu talabni rad
etgan   taqdirda   davlat   ijrochisi   qonunda   nazarda   tutilgan   vakolatlarini   amalga
oshirib, qarzdorlar egallab turgan yoki ularga qarashli  bo'lgan, qarzdorga qarashli
bo'lgan mol-mulk borligini tasdiqlovchi hujjatli ma'lumotlar mavjud bo'lganda esa
boshqa shaxslar egallab turgan yoki ularga qarashli bo'lgan joylarga, shu jumladan
turar   joylarga   va   omborlarga   kirish,   zarur   bo'lgan   hollarda   joylar   hamda
omborlarni   majburan   ochish   va   xolislar   ishtirokida   ko'zdan   kechirish.   o'zga
shaxslarda   qarzdorga   tegishli   bo'lgan   mol-mulk   borligini   tasdiqlovchi   hujjatli
ma'lumotlar mavjud bo'lmaganda esa bunday harakatlarni boshqa shaxslar egallab
turgan yoki ularga qarashli bo'lgan joylar va omborlarda sud ajrimi asosida amalga
oshirib,   aniqlangan   qarzdorning   mol-mulkni   ijro   hujjati   talabini   bajarish   uchun
xatlaydi.   "Sud   hujjatlari   va   boshqa   organlar   hujjatlarini   ijro   etish   to'g'risida"gi
O'zbekiston   Respublikasi   Qonunining   52-moddasiga   muvofiq   ijro   hujjatlari
bo'yicha undiruv qaratilishi mumkin bo'lmagan mol-mulk bundan mustasno.
Davlat   ijrochisi   qarzdorning   ma'lum   bo'lib   qolgan   va   olib   qo'yilgan   chet   el
valyutasidagi naqd pul mablag'ini u olib qo'yilgan kunning ertasidan kechiktirmay
O'zbekiston   Respublikasining   ichki   valyuta   bozorida   chet   el   valyutasini   sotish
huquqidan foydalanuvchi bankka sotish uchun topshiradi.
Qarzdorning   chet   el   valyutasidagi   xatlangan   pul   mablag'lari   O'zbekiston
Respublikasi   ichki   valyuta   bozorida   chet   el   valyutasini   sotish   huquqidan
foydalanuvchi bankdagi bank hisobvarag'ida, omonatida turgan yoki saqlanayotgan
bo'lsa,   davlat   ijrochisi   o'z   qarori   bilan   bank   zimmasiga   ijm   yig'imini,   davlat
ijrochisi  tomonidan qarzdorga solingan jarimalarni  ro xarajatlarini  inobatga olgan
holda   ijro   hujjatini   ijro   etish   uchun   zarur   hajmda   chet   el   valyutasini   sotish
majburiyatini   yuklaydi.   Agar   bank   O'zbekiston   Respublikasining   ichki   valyuta
bozorida chet el valyutasini sotish huquqidan foydalanmasa, davlat ijrochisi uning immasiga   chet   el   valyutasini   shunday   huquqdan   foydalanuvchi   bankka   o'tkazish
majburiyatini   yuklaydi.   Qarzdorning   ma'lum   bo'lib   qolgan   tegishlicha   so'mdagi
naqd   puli   yoki   banklardagi   yoxud   kredit   tashkilotlardagi   so'mlari   qarzdorlikni
qoplash   uchun   yetarli   bo'lmaganligi   sababli   undiruvni   qarzdorning   chet   el
valyutasidagi   pul   mablag'larini   O'zbekiston   Respublikasi   ichki   valyuta   bozorida
bank  (agarda   bank  sotish   huquqiga  ega  bo'lmasa,   mahlag'larni   chet  el  valyutasini
sotish   huquqidan   foydalanuvchi   bankka   o'tkazishi   shart)   tomonidan   sotilih,
sotuvdan tushgan pul mablag'lari hisobidan qoplanishi lozim.
Bank   yoki   boshqa   kredit   tashkiloti   qarzdorning   pul   mablag'larini   xatlash
haqidagi qarorni darhol ijro etishi va davlat ijrochisiga qarzomning hisobvaraqlari
rekvizitlari   hamda   bir   hisobvaraq   bo'yicha   xatlangan   pul   mablag'lari   miqdorini
ma'lum   qilishi,   ushbu   hisob   raqamlardagi   pul   mablag'larni   tasarruf   qilish   va
foydalanish huquqini cheklashi, shuningdek davlat ijrochisining qaroriga muvofiq
qarzdorning chet el valyutasini sotishi yoki sotib olishi mumkin. Masalan, Mirobod
tuman   MIB   hududiy   bo'limi   davlat   ijrochisi   Goipov.   Toshkent   shahar   iqtisodiy
sudining   2019-yil   10-apreldagi   10-1162/143-sonli,   qarzdor   "Malika"   mas'uliyati
cheklangan   jamiyatidan   undiruvchi   "Setora"   xususiy   firmasi   foydasiga   10000000
so'm   undirish   haqidagi   ijro   hujjati   yuzasidan   ijro   ishi   qo'zg'atib.   ijro   hujjatida
ko'rsatilgan   talablarni   ijrosini   ta'minlashga   kirishib   qarzdorning   O'zbekiston
Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar boshqarmasida. MFO 12745. STIR
123456777, 12345678901234567890 valyuta hisob raqami  mavjudligi  aniqlagach
undiruvni   qarzdor   "Malika"   mas'uliyati   cheklangan   jamiyatining.   O'zbekiston
Respublikasi   Markaziy   banki   Toshkent   shahar   boshqarmasidagi   valyuta   hisob
raqamlaridagi   chet   el   valyutasidagi   pul   mablag'lariga   qaratib,   qarzdorning   hisob
rapanlaridagi chet el valyutasidagi pul mablag'larini tasarruf qilish va foydalanish
huquqi qarzdorlik to'liq qoplanguniga qadar cheklaydi. Davlat ijrochisi O'zbekiston
Respublikasi  Markaziy banki Toshkent shahar boshqarmasiga qaror kelib tushgan
kundan boshlab, kelib tushadigan cher el valyutasini 10000000 so'mlik qarzdorlik
to'liq qoplanguniga qadar yetarli miqdordagi qismini sotish, agar bank O'zbekiston
Respublikasining   ichki   valyuta   bozorida   chet   el   valyutasini   sotish   huquqidan foydalanmasa,   uning   zimmasiga   chet   el   valyutasini   shunday   huquqdan
foydalanuvchi  bankka o'tkazish majburiyatini yuklaydi. Bankka sotuvdan tushgan
pul mablag'larini undiruvchi "Setora" xususiy firmasining OATB "Agrobank"ning
Mirobod   tuman   filiali,   MFO-54321.   STIR-987654321.   20204000111234567890
hisob raqamiga o'tkazish  majburiyati  yuklatilib. jro hujjati  topshirilgan  bank yoki
kredit   tashkiloti   pul   mablag'larini   undirish   to'g'risidagi   ijro   hujjatini   ijro
etmaganligi uchun ularga sud tomonidan undirilishi lozim bo'lgan summaning ellik
foizigacha   miqdorda   jarima   solinishi   hamda   O'zbekiston   Respublikasi   Jinoyat
kodeksining   233-moddasiga   asosan   bank   yoki   boshqa   kredit   tashkiloti   xodimi
tomonidan  band   solingan   pul   mablag'lari   (omonatlari)   bilan   bank  operatsiyalarini
amalga oshirgan taqdirda jinoiy javobgarlik mavjudligi haqida ogohlantiradi.
O'zbekiston   Respublikasi   Fuqarolik   kodeksining   245-moddasida   pul
majburiyatida u so'mlar  bilan chet el valyutasidagi  muayyan summaga ekvivalent
bo'lgan   summada   yoki   shartli   pul   birliklari   bilan   (ekyu.   "maxsus   qarz   olish
huquqlari"   va   boshqalar)   to'lanishi   lozimligi   nazarda   tutilishi   mumkin.   Bunday
hollarda   so'mlar   bilan   to'lanishi   lozim   bo'lgan   summa   tegishli   valyutaning   yoki
shartli   pul   birliklarining   to'lov   kunidagi   rasmiy   kursi   bo'yicha   helgilanadi.   Uni
belgilashning   boshqacha   kursi   yoki   boshqa   sanasi   qonun   hujjatlarida   yoki
taraflarning   kelishuvida   belgilab   qo'yilgan   bo'lmasa,   O'zbekiston   Respublikasi
hududida majburiyatlar bo'yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish chog'ida chet  el
valyutasidan.   shuningdek   chet   el   valyutasidagi   to'lov   hujjatlaridan   foydalanishga
qonun hujjatlarida belgilangan hollar, tartib va shartlar asosida yo'l qo'yiladi.
Pul majburiyatlarida ikkita element mavjud bo'ladi: qarz valyutasi majburiyat
summasi hisoblanadigan pul birligi va to'lov valyutasi - qarz bevosita to'lanadigan
pul birligi. Qarzni chet  el  valyutasida hisoblab chiqarishda ijro hujjatlari bo'yicha
undiruvni   qarzdorning   pul   mablag'lariga   qaratishning   uchta   varianti   bo'lishi
mumkin:
- qarz ijro hujjatida ko'rsatilgan chet el valyutasida hisoblanishi; 
- qarz ijro hujjatida ko'rsatilmagan boshqa chet el valyutasida hisoblanishi;
- qarz so'mda hisoblanishi. Bunday undiruv davlat ijrochisining qaroriga asosan amalga oshiriladi. Davlat
ijrochisi   o'z   qarorida   qaysi   variant   qo'llanilayotganligiga   qarab   vakolatli   bankka
qanday harakatlarni amalga oshirishi lozimligini ko'rsatadi.
Bank   yoki   boshqa   kredit   tashkiloti   davlat   ijrochisining   qaroriga   asosan
qarzdorning   chet   el   valyutasidagi   pul   mablag'larini   MIBning   tegishli   hududiy
boshqarmasi depozit valyuta hisobvarag'iga o'tkazadi.
Agarda   qarzdor   hank   yoki   boshqa   kredit   tashkilotlarida   so'mdagi   pul
mablag'lariga   ega   bo'lsa,   vakolatli   hank   ijro   hujjatidagi   talablarni   bajarish   chun
zarur   miqdordagi   chet   el   valyutasini   sotib   olishi   kerak.   Chet   el   valyutasini   sotib
olish davlat ijrochisining qaroriga asosan amalga oshiriladi va sotib olingan chet el
valyutasi  majburiy  ijro  byurosining  tegishli   hududiy  boshqarmasi  depozit  valyuta
hisobvarag'iga   o'tkaziladi.   Qarzdorning   bank   yoki   boshqa   kredit   tashkilotdagi
hisobvarag'ida.   omonatda   turgan   yoki   bankda   saqlanayotgan   ijro   hujjatida
ko'rsatilganidan boshqa chet el valyutasidagi yoki so'mdagi pul mablag'lari bo'lgan
taqdirda   bu   valyuta   yoki   so'mdagi   mablag'lar   ijro   hujjatini   ijro   etish   uchun   zarur
miqdorda ijro hujjatida ko'rsatilgan tegishli chet el valyutasi sotib olishga yuqorida
ko'rsatilgan tartibda yo'naltiriladi. Bunday holatda uchta operatsiya o'tkaziladi:
- chet el valyutasini qarz miqdorida sotish;
 - ijro hujjatida ko'rsatilgan chet el valyutasini sotib olish:
-   pul   mablag'larini   MIBning   tegishli   hududiy   boshqarmasi   depozit   valyuta
hisobvarag'iga o'tkazish'.
Qarzdordan topilgan va olib qo'yilgan, ijro hujjatida ko'rsatilgan naqd chet el
valyutasini davlat ijrochisi olib qo'yilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay
MIB   organining   depozit   hisobvarag'iga   topshiradi.   ijro   hujjatida   ko'rsatilganidan
boshqa   chet   el   valyutasini   yoki   so'mdagi   naqd   pul   mablag'larini   sotish   (ijro
hujjatida   ko'rsatilgan   tegishli   chet   el   valyutasini   sotib   olish)   uchun   chet   el
valyutasida   operatsiyalarni   amalga   oshirish   huquqidan   foydalanuvchi   bankka
topshiradi.
Qarzdorning   bank   hisobvarag'ida,   omonatida   turgan   yoki   bankda
saqlanayotgan,   ijro   hujjatida   ko'rsatilganidan   boshqa   chet   el   valyutasidagi   yoki so'mdagi   pul   mablag'lari   xatlanganida,   davlat   ijrochisi   o'z   qarori   bilan   vakolatli
bank zimmasiga ijro hujjatini ijro etish uchun zarur bo'lgan miqdorda ijro hujjatida
ko'rsatilgan tegishli chet el valyutasini sotib olish majburiyatini yuklaydi.
Agar   bank   O'zbekiston   Respublikasining   ichki   valyuta   bozorida   chet   el
valyutasi   sotish   yoki   sotib   olish   huquqidan   foydalanmayotgan   bo'lsa.   davlat
ijrochisi   uning   zimmasiga   chet   el   valyutasi   yoki   so'mni   shunday   huquqdan
foydalanuvchi bankka o'tkazish majburiyatini yuklaydi.
Vakolatli banklar tomonidan chet el valyutasida sotib olingan pul mablag'lari
ular   tomonidan   MIBning   tegishli   hududiy   boshqarmasi   depozit   valyuta
hisobvarag'iga o'tkaziladh.
Qarz   chet   el   valyutasida   hisoblab   chiqarilayotganda,   davlat   ijrochisi   ijro
yig'imi, shuningdek u tomonidan qarzdorga solingan jarimalarni va jro xarajatlarini
tegishli   qaror   chiqarilgan   kundagi   O'zbekiston   Respublikasi   Markaziy   banki
tomonidan   belgilangan   chet   el   valyutası   kursidan   kelib   chiqqan   holda   hisoblab
chiqilgan miqdorda so'mda hisoblab chiqaradi.
  UNDIRUVNI AYRIM YURIDIK SHAXSLARNING, ULAR
MULKDORLARINING, MUASSISLARINING VA A'ZOLARI
(ISHTIROKCHILARINING) MOL-MULKIGA QARATISH
XUSUSIYATLARI
Yuridik   shaxsning   (xo'jalik   shirkatlari   va   jamiyatlari,   ishlab   chiqarish
kooperativlari,   matlubot   kooperativlari,   muassasalar)   qarzlari   bo'yicha.   shu
jumladan   uning   mol-mulki   ijro   hujjatidagi   talablami   ijro   etish   uchun   yetarli
bo'lmaganda undiruv sud hujjati asosida  qonunda belgilangan shartlarda va shaxs
mulkdorlarining.   tartibda   ushbu   yuridik   shaxs   muassislarining   va   a'zolarining
(ishtirokchilari) pul mablag'lariga hamda boshqa mol-mulkiga qaratilishi mumkin.
Ijro   harakatlarini   tegishli   qarzdor   yuridik   shaxslarga   nisbatan   amalga
ashirishda   undiruvni   xususiy   korxona   mulkdori,   muassasa   mulkdori,   fermer
xo'jaligining rahbari, dehqon xo'jaligining a'zolari, ishlab chiqarish kooperativining a'zolari,   qo'shimcha   mas'uliyatli   jamiyat   ishtirokchilari,   to'liq   shirkat
ishtirokchilari,   shuningdek   kommandit   shirkatdagi   to'liq   sheriklar   pul
mablag'lariga va boshqa mol-mulkiga qaratish ijro hujjatini ijro etish tartibi hamda
usulini o'zgartirish orqali amalga oshiriladi.
Qarzdorning   ijro   hujjatidagi   talablarni   ijro   etish   uchun   yetarli   mol-mulki
bo'lmaganda,   undiruv   sud   qarori   asosida   qarzdorning   mas'uliyati   cheklangan
jamiyat,   qo'shimcha   mas'uliyatli   jamiyat,   to'liq   shirkat,   kommandit   shirkat   ustav
fondidagi   (ustav   kapitalidagi)   ulushiga,   qarzdorning   ishlab   chiqarish
kooperatividagi payiga qaratiladi.
Undiruv   qarzdorning   boshqa   shaxslarda   turgan   mol-mulkiga   ham   qaratilishi
mumkin.   Qonun   undiruvni   qarzdorning   boshqa   shaxslarda   jismoniy   yoki   yuridik
shaxslarda   turgan   mol-mulkiga,   shu   jumladan   pul   mablag'lariga   qaratish
mumkinligini nazarda tutadi.
  UNDIRUVNI QARZDORNING BOSHQA SHAXSLARDA
TURGAN MOL-MULKIGA, GAROVGA QO'YILGAN MOL
MULKKA, MULKIY HUQUQLARGA VA DEBITORLIK
QARZIGA QARATISH
Undiruvni   qarzdorning   boshqa   shaxslarda   turgan   mol-mulkiga   qaratish
qonunda qarzdorning boshqa shaxslarda - jismoniy yoki yuridik shaxslarda turgan
mol-mulkiga,   shu   jumladan   pul   mablag'lariga   qaratish   mumkinligini   shuningdek
garzdor iro huiatlari bo'yicha undiruvchi sifatida kelajakda olishi mumkin bo'lgan
mol-mulk   va   pul   mablag'lariga   ham   undiruv   qaratilishi   mumkinligini   nazarda
tutadi.   Undiruvni   qarzdorning   boshqa   shaxslarda   turgan   mol-mulkiga   qaratish,
ushbu   mol   mulkning   qarzdorga   tegishliligini   tasdiqlovchi   hujjatli   ma'lumotlar
mavjud   bo'lgan   taqdirda   davlat   ijrochisining   qaroriga   asosan   qarzdorning   o'zga
shaxslarda   turgan   mol-mulkining   unga   tegishliligini   tasdiqlovchi   hujjatli
ma'lumotlar bo'lmaganda undiruvni mazkur mol-mulkka qaratish sudning qaroriga
ko'ra amalga oshiriladi. Davlat   ijrochisi   qarzdorning   boshqa   shaxslarda   turgan   mol-mulki   borligini
aniqlasa,   uning   qarzdorga   tegishliligini   tasdiqlovchi   hujjatli   ma'lumotlari   mavjud
bo'lsa,   undiruvni   qarzdorning   boshqa   shaxslarda   turgan   mol-mulkiga   qaratish
to'g'risida qaror chiqaradi. Qarzdorning boshqa shaxslarda turgan mol-mulki davlat
ijrochisi, ikkita xolis, qarzdor va undiruvchi ishtirokida xatlanadi.
Qarzdorning boshqa shaxslarda turgan mol-mulki xatlash bo'yicha harakatlar
belgilangan   shaklda   tuziladigan   dalolatnoma   bilan   amalga   oshiriladi.   Masalan,
davlat   ijrochisi   Amirov  Toshkent  shahar   iqtisodiy  sudining  2019-yil   10-apreldagi
11-13211141-sonli,   qarzdor   "Baraka"   mas'uliyati   cheklangan   jamiyatidan
undiruvchi "Xumo" xususiy firmasi foydasiga 10000000 so'm undirish to'g'risidagi
ijro   hujjati   yuzasidan   2019-yil   6-avgustda   43-sonli   ijro   ishi   qo'zg'atadi.   Davlat
ijrochisi qarzdor "Baraka" mas'uliyati cheklangan jamiyatiga Toshkent shahar IIB
YHXXB   TRIBning   2019-yil   6-yanvardagi   AAA   Ne132234   sonli   avtotransport
vositasini   qayd   etish   guvohnomasiga   asosan   tegishli   bo'lgan   2017-yilda   ishlab
chiqarilgan,   kuzov   raqami   ULV2L21BD2A216575,   dvigatel   raqami   433467   va
davlat   raqam   belgisi   01   Y   000   YA   bo'lgan   oq   rangli   Nexia   rusumli   yengil
avtomashina   11-avtokorxonaga   ijara   shartnomasiga   asosan   berilganligini
aniqlagach  2019-yil   23-avgustda   undiruvni  qarzdorning boshqa   shaxslarda  turgan
mol-mulkiga qaratish to'g'risida qaror chiqarib 43-sonli ijro ishi bo'yicha undiruvni
qarzdor   "Baraka"   MChJga   tegishli   bo'lgan   oq   rangli   Nexia   rusumli   yengil
avtomashinaga   qaratadi.   Qarzdorning   avtokorxonadagi   yengil   avtomashinasi
dalolatnoma tuzilib xatlanadi.
Qarzdorning   boshqa   mol-mulki   unga   nisbatan   qo'yilgan   barcha   garov   bilan
ta'minlanmagan   talablarni   to'liq   qanoatlantirish   uchun   yetarli   bo'lmasa,   garovga
oluvchining   belgilangan   huquqlariga,   shuningdek   "Sud   hujjatlari   va   boshqa
organlar   hujjatlarini   ijro   etish   to'g'risida"gi   O'zbekiston   Respublikasi   Qonunining
6-bobida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etilgan holda undiruv garovga qo'yilgan
mol-mulkka   qaratilishi   mumkin.   Garovga   qo'yilgan   mol-mulk   xatlab   qo'yilganda
davlat   ijrochisi   xatlash   amalga  oshirilganidan  keyin  uch  kunlik  muddat  ichida  bu
haqda garovga oluvchiga bildirish yuboradi. Garovga qo'yilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan summa mazkur
mol-mulkka   undiruv   qaratilishi,   uning   realizatsiya   qilinishi   munosabati   bilan
qilingan xarajatlarning o'rnini qoplash uchun zarur summalar ushlab qolinganidan
va   kreditorlarning   garov   bilan   ta'minlangan   undiruvga   qaratilgan   talablari
qanoatlantirilganidan keyin qonunchilikda belgilangan tartibda taqsimlanadi. Agar
garovga   qo'yilgan   mol-mulkni   realizatsiya   qilishdan   tushgan   summa
kreditorlarning   garov   bilan   ta'minlangan   talablarini   to'liq   qanoatlantirish   uchun
yetarli bo'lmasa, u holda mazkur talablarning qolgan qismi belgilangan muddatda
qanoatlantiriladi.   Agar   undiruv   garovga   oluvchining   garovga   qo'yilgan   mol-
mulkka   talablarini   qanoatlantirish   uchun   qaratilgan   bo'lsa,   u   holda   undiruv
qarzdorning   boshqa   mol-mulki   bo'lishidan   qat'i   nazar,   birinchi   navbatda   garovga
qo'yilgan   mol-mulkka   qaratiladi.   Ushbu   mol-mulkning   qarzdorga   tegishliligini
tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo'lgan taqdirda davlat ijrochisining qaroriga asosan
amalga   oshiriladi.   Qarzdorning   o zga   shaxslarda   turgan   mol-mulkining   ungaʻ
tegishliligini   tasdiqlovchi   hujjatli   ma'lumotlar   bo'lmaganda,   undiruvni   mazkur
mol-mulkka qaratish sudning qaroriga ko'ra amalga oshiriladi.
Garovga   qo'yilgan   mol-mulk   bilan   ta'minlangan   qarzni   undirish   to'g'risidagi
ijro hujjatlari bo'yicha mazkur mol-mulkni realizatsiya qilishda dastlabki kimoshdi
savdolari amalga oshmagan deb e'lon qilinganda mol-mulk arzonlashtirilmaydi va
birinchi   baholangan   narx   bo'yicha   takroriy   auksion   shaklidagi   kimoshdi
savdolariga   yoki   savdo   tashkiloti   tomonidan   takroran   realizatsiya   qilishga
qo'yiladi.
Garovga   qo'yilgan   mol-mulk   bilan   ta'minlangan   qurzni   undirish   to'g'risidagi
ijro   hujjatlari   bo'yicha   ushbu   mol-mulk   realizatsiya   qilinmasa,   davlat   ijrochisi
garovga oluvchiga mol-mulkni takroriy auksion shaklidagi kimoshdi savdolaridagi
yoki savdo tashkilotlar takroriy realizatsiya qilishidagi boshlang'ich sotish narxidan
10 foizga kamaytirilgan summada o'zida qoldirishni taklif qiladi.
Davlat   ijrochisining   realizatsiya   qilinmagan   mol-mulkni   o'zida   poldirish
haqidagi   taklifi   davlat   ijrochisi   tomonidan   tegishli   mol-mulk   realizatsiya qilinmaganligi   to'g'risidagi   xabarnoma   olingan   kundan   e'tiboran   uch   ish   kunidan
kechiktirmay undiruvchiga yuborilishi lozim.
Undiruvchi   realizatsiya   qilinmagan   mol-mulkni   o'zida   qoldirish   to'g'risidagi
qarori   haqida   davlat   ijrochisini   taklifni   olgan   kundan   e'tiboran   besh   kun   ichida
yozma   shaklda   xabardor   qilishi   shart.   Undiruvchi   garovga   oluvchi   realizatsiya
qilinmagan,   garovga   -   qo'yilgan   mol-mulkni   o'zida   qoldirishdan   voz   kechganda
yoxud   belgilangan   muddatda   o'z   qarorini   yozma   shaklda   taqdim   etmaganda,   ijro
ishi yuritish ijro hujjatini undiruvchiga qaytarish bilan tamomlanadi. jro hujjatlari
bo'yicha   undiruv   qarzdorga   tegishli   mulkiy   huquqlarga,   xususan,   quyidagi
huquqlarga qaratilishi mumkin:
- ko'chmas mulkni uzoq muddatli ijaraga olish huquqi; 
-   yer   uchastkasiga   doimiy   yoki   umrbod   egalik   qilish   huquqi,   yer
uchastkasidan   doimiy   foydalanish   huquqi   yoki   yer   uchastkasini   uzoq   muddatli
ijaraga olish huquqi;
-   intellektual   mulk   obyektlariga   nisbatan   mutlaq   huquq:   qarzdorga   litsenziat
sifatida   oddiy   nomutlaq   litsenziya   asosida   tegishli   bo'lgan   intellektual   faoliyat
natijalaridan va shaxsiylashtirish vositalaridan foydalanish huquqi.
O'zbekiston   Respublikasining   Fuqarolik   kodeksida   belgilangan   qoidalarga
rioya   etgan   holda   qarzdorga   tegishli   bo'lgan   boshqa   shaxslarga   nisbatan   mulkiy
huquqlarga undiruv qaratiladi.
Qarzdorning   debitorlik   qarziga   undiruvni   qaratish   amalda   yetkazib   berilgan
tovarlar, bajarilgan ishlar yoki ko'rsatilgan xizmatlar bo'yicha. shu jumladan mulk
ijarasi   shartnomasi   va   boshqa   shartnomalar   bo'yicha.   shuningdek   qarzdor
undiruvchi   sifatida   ishtirok   etayotgan   ijro   hujjati   bo'yicha   qarzdorga   to'lanishi
lozim   bo'lgan   pul   mablag'larini   debitor   qarzdorning   hisobvaraqlaridan   nizosiz
tartibda hisobdan chiqarish orqali amalga oshiriladi.
Qarzdor   undiruvchi   sifatida   ishtirok   etayotgan   pul   mablag'larini   undirish
to'g'risidagi   boshqa   ijro   hujjati   mavjudligi   davlat   ijrochisi   tomonidan   aniqlansa,
undiruvni   debitorning   ijro   hujjati   bo'yicha   qarzdorga   to'lanishi   lozim   bo'lgan   pul
mablag'lariga   qaratish   to'g'risida   qaror   chiqaradi.   Davlat   ijrochisi   ushbu   qaror asosida   debitorning   hisobvaraqlariga   qarzdorning   qarzi   summalarini   undirish
to'g'risida   dehitorning   qarzdor   oldidagi   qarzidan   oshib   ketmaydigan   miqdorda
inkasso topshiriqnomasini taqdim etadi.
Undiruvni qarzdorga amalda yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki
ko'rsatilgan   xizmatlar   bo'yicha   debitor   to'lashi   lozim   bo'lgan   pul   mablag'lariga
qaratish   qarzdor   o'z   debitori   bilan   o'zaro   hisob   kitoblarning   solishtirma
dalolatnomasini taqdim etgan taqdirda amalga oshiriladi.
Debitor   o'zaro   hisob-kitoblarning   solishtirma   dalolatnomasini   imzolashdan
asossiz.   bosh   tortgan   taqdirda,   qarzdor   bir   tomonlama   imzolangan   solishtirma
dalolatnomalarini   davlat   ijrochisiga   debitorlik   qarzi   mavjudligini   tasdiqlovchi
hujjatlarni   ilova   qilgan   holda   taqdim   etishga   haqli.   Bir   tomonlama   tartibda
imzolangan o'zaro hisob kitoblaring solishtirma dalolatnomasi  qarzdor  tomonidan
taqdim   etilganda,   davlat   ijrochisi   qarzdorning   debitoriga   uning   kreditorlik   qarzi
mavjudligi   haqida   imzolash   uchun   solishtirma   dalolatnomani   va   qarzdor
tomonidan   taqdim   etilgan,   ushbu   qarzning   mavjudligini   tasdiqlaydigan
hujjatlarning ko'chirma nusxalarini ilova qilgan holda bildirish yuboradi.
Bildirishni olgan kundan e'tiboran qarzdorning debitori uch kunlik muddatda
ozaro hisob-kitoblarning solishtirma  dalolatnomasini   imzolashi   yoxud solishtirma
dalolatnomada korsatilgan qarzning mavjud emasligini asoslagan holda rad javobi
taqdim etishi shart. Agar debitor tomonidan tan olingan qarz summasi solishtirma
dalolatnomada korsatilganidan farq qilsa, debitor o'sha muddatda davlat ijrochisiga
o'zi   tan   olgan   summani   ko'rsatgan   holda   solishtirma   dalolatnomani   taqdim   etishi
shart.
Quyidagilar qarzdor bilan uning debitori o'rtasidagi o'zaro hisob kitoblarning
solishtirma dalolatnomasida ko'rsatilishi kerak: 
-   qarzdorning   va   uning   debitorining   nomi,   ularning   bankdagi   hisobvaraqlari
rekvizitlari: 
- debitorning qarzdor oldidagi qarzi summasi; 
-   qarzdor   va   uning   debitorining   ular   muhri   bilan   tasdiqlangan   imzolari,
debitorning o'zi tan olgan summani davlat ijrochisiga korsatgan holda solishtirma dalolatnomani   taqdim   etishida   esa,   debitorning   o'z   muhri   bilan   tasdiqlangan
imzosi;
- solishtirma dalolatnoma tuzilgan sana.
Qarzdor   va   uning   debitori   o'rtasidagi   o'zaro   hisob-kitoblarning   solishtirma
dalolatnomasi   u   davlat   ijrochisiga   taqdim   etilguniga   qadar   uch   oydan   o'tib
ketmagan   sanaga   tuziladi.   O'zaro   hisob-kitoblarning   solishtirma   dalolatnomasi
asosida   davlat   ijrochisi   debitorning   hisobvaraqlariga   qarzdorning   qarz   summasini
debitorning   qarzdor   oldidagi   qarzidan   oshmaydigan   miqdorda   undirish   to'g'risida
inkasso   topshiriqnomasini   taqdim   etadi.   Quyidagi   hollarda   undiruv   debitorlik
qarziga qaratilmaydi: 
-uni undirish uchun da'vo muddati o'tgan bo'lsa.
-qarzdor undiruvchi sifatida ishtirok etayotgan ijro hujjati MIB organining ish
yuritishida   bo'lsa   yoki  uni  ijroga  taqdim   etish  muddati  o'tgan   bo'lsa  yoxud  ushbu
ijro   hujjati   bo'yicha   ijro   harakatlari   belgilangan.   tartibda   to'xtatib   turilgan,
tugatilgan yoki kechiktirilgan (bo'lib-bo'lib ijro etilgan) bo'lsa;
-debitor huquqiy yordam to'g'risida O'zbekiston Respublikasi bilan shartnoma
tuzilmagan chet davlatda turgan bo'lsa; 
- debitor tugatilish jarayonida bo'lsa yoki unga nisbatan bankrotlik holati e'lon
qilingan bo'lsa: 
-   debitor   o'z   faoliyatini   tugatgan   va   yuridik   shaxslarning   davlat   reestridan
chiqarilgan bo'lsa.
 . UNDIRUV QARATILISHI MUMKIN BO'LMAGAN MOL-MULK
Undiruv   qarzdor   jismoniy   shaxsga   ijro   hujjatlari   bo'yicha   mulk   huquqi
asosida tegishli bo'lgan yoki uning umumiy mulkdagi ulushi bo`lgan yagona uyga
(kvartiraga),   agar   qarzdor   va   (yoki)   uning   oila   a'zolari   unda   doimiy   ravishda
yashayotgan   bo'lsa,   qaratilmaydi,   ijro   hujjatida   undiruvai   mazkur   uyga
(kvartiraga), qaratish nazarda tutilgan yoxud ushbu mol-mulk majburiyat bo'yicha garov   narsasi   bo'lgan   hollar   bundan   mustasno.   Undiruv   boshqa   uylarga
(kvartiralarga)   ularda   qarzdor   va   (yoki)   uning   oila   a'zolari   yoxud   o'zga   shaxslar
doimiy ravishda yashab turgan-turmaganligidan qat'i nazar, qaratilishi mumkin.
Undiruv   sud   tomonidan   undiruvchi   yoki   davlat   ijrochisining   arizasiga   ko'ra
qarzdorning   yagona   uyiga   (kvartirasiga)   yoxud   uy   hududidagi   alohida   turgan
binoga   yoki   uyning   muayyan   qismiga,   agar   sud   uyni   (kvartirani),   shu   jumladan
unga tutash hududni "qismlarga bo'lish mumkin, qarzdor tasarrufida qolgan qismi
esa   qarzdor   va   uning   oila   a'zolari   normal   turmush   kechirishi   uchun   yetarli",   deb
topgan taqdirda qaratilishi mumkin.
Ro'yxati   O'zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasi   tomonidan
belgilanadigan,   qarzdor   va   uning   oila   a'zolari   normal   turmush   kechirish;   uchun
zarur bo'lgan uy anjomlari va jihozlariga, kiyimlar hamda boshqa buyumlarga ijro
hujjatlari bo'yicha undiruv qaratilishi mumkin emas.
Investor   bilan   davlat   mulkini   boshqarish   bo'yicha   vakolatli   davlat   organi
o'rtasida   tuzilgan   investitsiya   shartnomasiga   muvofiq   investitsiya   majburiyatlari
sifatida kiritilayotgan mablag'lar va boshqa mol-mulk investitsiya davri mobaynida
qarzdorning ilgari  yuzaga kelgan qarzini  uzish hisobiga majburiy tartibda undirib
olinmaydi..
Bu   o'rinda   ta'kidlash   joizki,   O'zbekiston   Respublikasi   Vazirlar
Mahkamasining   2009-yil   14-apreldagi   110-son   qarori   bilan   Qarzdor   va   uning
oilasining   normal   turmush   kechirishi   uchun   zarur   bo'lgan,   ijro   hujjatlari   bo'yicha
undiruv   qaratilishi   mumkin   bo'lmagan   uy   anjomlari   va   jihozlari,   kiyimlar   hamda
boshqa buyumlar ro'yxati tasdiqlangan bo'lib, mazkur ro'yxatga muvofiq qarzdor-
jismoniy   shaxsga   mulk   huquqi   asosida   tegishli   bo'lgan   yoki   uning   umumiy
mulkdagi   ulushi   bo'lgan   mol-mulk   va   buyumlarining   quyidagi   turlariga   undiruv
qaratilishi mumkin emas.
1.   Asosiy   mashg'uloti   qishloq   xo'jaligi   hisoblangan   shaxslarning:   yagona
sigiriga.   sigiri   bo'lmaganda   yagona   g'unajiniga.   xo'jaliklarida   sigir   ham,   g'unajin
ham   bo'lmaganda   yagona   echkisiga.   qo'yi   yoki   cho'chqasiga,   shuningdek   uy
parrandasiga   (uy   tovug'i,   o'rdak.   g'oz,   kurka   va   sesarkaga);   qoramol   uchun   yangi yem-xashak   yig'ib olinguniga  yoki  yaylovga  chiqarguniga qadar   (agar   qoramolga
undiruv qaratilmagan bo'lsa)  yem-xashakka navbatdagi  ekish uchun zarur  bo'lgan
urug'larga.
2. Qarzdor va uning qaramog'idagi shaxslar normal turmush kechirishi uchun
zarur bo'lgan quyidagi uy anjomlari, jihozlar, kiyimlarga: har bir shaxsga kiyimlar:
kuzgi yoki bahorgi palto yoki plash, bitta qishlik palto (yoki chopon, po'stin), bitta
qishlik kostyum (ayollar uchun ikkita qishlik ko'ylak), erkaklar uchun bitta yozlik
kostyum yoki chopon (ayollar uchun ikkita yozlik ko'ylak). har bir mavsum uchun
bittadan  bosh   kiyim   (bundan   tashqari,   ayollar   uchun   ikkita   yozlik  ro'mol   va  bitta
issiq   ro'mol   yoki   sholro'mol),   uzoq   muddat   foydalanilgan   va   qiymatga   ega
bo'lmagan   boshqa   kiyim-kechaklar   va   bosh   kiyimlarga;   -   foydalanilgan   oyoq
kiyimlari.   ichki   kiyimlar,   choyshablar,   oshxona   va   yemakxona   jihozlariga
(qimmatbaho   metallardan   tayyorlangan.   qimmatbaho   va   yarim   qimmatbaho
toshlardan yasalgan qadama naqshli buyumlar, shuningdek badiiy san'at qiymatiga
ega bo'lgan buyumlardan tashqari):
-   har   bir   shaxs   uchun  mebel:   bittadan   karavot   va   stul   yoki   kursi,   oila   uchun
hitta stol, bitta shkaf va bitta sandiqga:
- bolalarning barcha jihozlariga. 
3.   Nogiron   shaxslarda   foydalanishda   bo'lgan   reabilitatsiya   qilishning
nogironlarni texnik vositalari va protez-ortopediya buyumlariga. 
4. Qarzdorning asosiy mashg'uloti qishloq xo'jaligi bo'lsa, yangi hosilga qadar
qarzdor   va  uning   oilasi   uchun  zarur   bo'lgan   miqdorda  oziq-ovqat   mahsulotlariga,
boshqa   hollarda   esa   -   qarzdor   oilasining   har   biri   uchun   eng   oylik   ish   haqi
miqdorida oziq-ovqatlarga kum oylik (pul mablag'lariga). 
5.   Qarzdor   va   uning   oilasi   ovqat   tayyorlashi   va   isitish   mavsumi   mobaynida
uy-joyini   isitishi   uchun   zarur   bo'lgan   yoqilg'iga   ijro   hujjatlari   bo'yicha   undiruv
qaratilishi mumkin emas.
  QARZDORNING MOL-MULKINI XATLASH TARTIBI
QIMMATLI QOG'OZLARNI XATLASH Qarzdorning mol-mulkini xatlash mol-mulkni ro'yxatga olishdan, uni tasarruf
qilish   man   etilganligini   e'lon   qilishdan,   zarur   hollarda   esa   mol-mulkdan
foydalanish   huquqini   cheklashdan,   uni   olib   qo'yish   yoki   saqlashga   topshirishdan
iborat.   Qarzdorning   mol-mulki   ijro   ishi   yuritishni   qo'zg'atish   to'g'risidagi   qaror
qarzdorga topshirilgan kundan e'tiboran bir oy muddatdan kechiktirmay xatlanadi.
Undiruvchining   arizasiga   yoki   o'z   tashabbusiga   ko'ra   davlat   ijrochisi   ijro   ishi
yuritishni   qo'zg'atish   to'g'risidagi   qarorni   chiqarish   (topshirish)   bilan   bir   vaqtda
qarzdorning   mol-mulkini   ro'yxatga   olib,   ularni   xatlashga   haqli   bo'lib,   bu   haqda
mazkur qarorda ko'rsatib o'tadi.
Davlat   ijrochisi   tomonidan   qaror   chiqarish   (topshirish)   bilan   bir   vaqtda
xatlash,   qoidaga   ko'ra   qarzdor   yoki   boshqa   shaxslar   mol-mulkini   yashirishi,
yo'qotishi,   boshqa   shaxsga   berishi   yoxud   mol-mulkning   iste'mol   xususiyatlari
tubdan   o'zgartirilishi   yoki   yo'qotilishi   mumkin   deb   taxmin   qilingan   hollarda
amalga   oshiriladi.   Cheklashning   turlari,   hajmi   va   muddatlarini   har   bir   muayyan
holda   mol-mulkning   xususiyatini,   uning   mulkdori   yoki   egasi   uchun   ahamiyatini
hisobga olib davlat ijrochisi belgilaydi.
Davlat   ijrochisiga   muayyan   ijro   ishi   yuritish   holatlaridan   kelib   chiqib.   mol-
mulkni   xatlash   bilan   bir   vaqtda   ushbu   mol-mulkni   yoki   uning   ayrim   ashyolarini
olib qo'yish huquqi berilgan. Davlat ijrochisi bu huquqdan odatda xatlangan mol-
mulkning   yo'q   bo'lib   ketishi   yoki   yaroqsiz   bo`lib   qolishi   ehtimoli   bor   hollarda
foydalanadi.   Qonunga   ko'ra,   tez   buziladigan   oziq-ovqat   mahsulotlari   va   boshqa
ashyolar olib qo'yiladi va darhol realizatsiya qilish uchun topshiriladi.
Qarzdorning mol-mulkini ro'yxatga olish paytida aniqlanib, xatlangan so'mlar
va  chet   el   valyutasidagi   pul   mablag'lari,   qimmatli   qog'ozlar.   qimmatbaho   toshlar,
oltin, kumush,  platina va platina guruhidagi  metallardan, qimmatbaho toshlardan,
marvariddan   yasalgan   zargarlik   buyumlari   va   boshqa   buyumlar,   shuningdek   ana
shunday   buyumlarning   rezgilari   va   alohida   qismlari   (bo'laklari)   olib   qo'yilishi
shart.   Ko'rsatilgan   qimmatliklar   dalolatnoma   tuzilgan   holda   olib   qo'yiladi   va
saqlash uchun Markaziy bankning tegishli muassasasiga topshiriladi. Qarzdorning   mol-mulki   xolislar   ishtirokida.   qarzdor-jismoniy   shax
bo'lmaganda   voyaga   yetgan   oila   a'zolaridan   birining   ishtirokida,   agar   ula   ham
bo'lmasa, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi vakillari ishtirokida ro'yxatga
olinadi. Qarzdor - jismoniy shaxsning mol-mulkini xatlash uning vakolati tegishli
tarzda   rasmiylashtirilgan   vakili   (qonuniy   vakili   yoki   ishonchnoma   bilan
qatnashayotgan   vakili)   ishtirokida   ham   amalga   oshirilishi   mumkin.   Qarzdorning
mol-mulkini   xatlash   bo'yicha   harakatlar   mol-mulkni   ro'yxatga   olish   va   xatlash
to'g'risidagi   belgilangan   shaklda   tuziladigan   dalolatnoma   bilan   amalga   oshiriladi.
Mol-mulkni   ro'yxatga   olish   va   xatlash   dalolatnomasida   quyidagilar   ko'rsatilishi
lozim: 
- dalolatnomani tuzish vaqti va joyi:
-   dalolatnomani   tuzayotgan   davlat   ijrochisining   hamda   dalolatnoma   tuzish
chog'ida   ishtirok   etgan   shaxslarning   familiyasi,   ismi   va   otasining   ismi;   ijro
hujjatining rekvizitlari va mazmuni;
-   qarzdor   va   undiruvchining   nomlari:   -   dalolatnomaga   kiritilgan   har   bir
ashyoning nomi, o'ziga xos xususiyatlari (og'irligi, o'lchovi, eskirganlik darajasi va
h.k.). har bir ashyoning alohida bahosi va barcha mol-mulkning qiymati 
-ashyolarning   muhrlanganligi   (agar   u   amalga   oshirilgan   bo'lsa):   agar   mol-
mulkni   saqlash   qarzdorning  o'ziga   yuklatilmagan   bo'lsa,   mol-mulk  saqlash  uchun
berilgan shaxsning nomi va manzili; 
-   qarzdor   va   boshqa   shaxslarga   davlat   ijrochisining   harakatlari   yuzasidan
shikoyat   qilish   tartibi   va   muddati,   shuningdek   qarzdor   yoki   mol   mulkni
saqlovchiga   saqlash   bo'yicha   majburiyatlari   va   saqlashga   berilgan   mol-mulkni
talon-toroj   qilish,   boshqa   shaxsga   berish   yoki   yashirganlik   uchun   javobgarlik
haqida tushuntirilgani to'g'risida belgi:
-   undiruvchi,   qarzdor   va   xatlashda   ishtirok   etgan   shaxslarning   e'tiroz   va
bayonotlari   hamda   ular   bo'yicha   davlat   ijrochisining   ko'rsatmalari.   Mol-mulkni
ro'yxatga   olish   va   xatlash   dalolatnomasida   qarzdorning   ro'yxatga   olingan   mol-
mulkning materiali, o'lchamlari. vazni, savdo  belgisi, ishlab chiqarilgan sanasi  va
raqami,   sotib   olingan   sanasi   va   uni   tavsiflovchi   boshqa   belgilar   qayd   qilinadi. Davlat   ijrochisi   mol-mulkni   tasarruf   etish,   olib   qo'yish   yoki   undan   foydalanishni
cheklab kuygan bo'lsa,  mol-mulkni ro'yxatga olish va xatlash  dalolatnomasida bu
haqida   helgi   qo'yadi.   Qarzdorning   mol   mulkini   xatlash   vaqtida   davlat   ijrochisi
xatlangan   mol-mulk   pastroq   qiymatlisiga   almashtirilish   xavfi   bo'lganda   yoki
saqlovchiga mol-mulkdan foydalanish taqiqlanganda muhrlah qo'yishi mumkin.
Qarzdorga tegishli bo'lgan qimmatli qog'ozlarning xatlanishi qarzdorga ularni
tasarruf   etish,   sotish,   foydalanish,   shuningdek   bunday   qimmatli   qog'ozlarni
huquqlarni   hisobga   olish   uchun   boshqa   depozitariyga   topshirish   taqiqlanganligini
anglatadi.
Qimmatli   qog'ozlar   (obligatsiya.   veksel,   chek,   depozit   va   jamg'arma
sertifikatlari.   bankning   taqdim   qiluvchiga   pul   beriladigan   jamg'arma   daftarchasi,
konosament,   aksiya)   xatlanganda   davlat   ijrochisi   qaror   chiqaradi.   Davlat
ijrochisining   qimmatli   qog'ozlar   xatlanganligi   to'g'risidagi   qarorida   yoki
dalolatnomasida   xatlangan   qimmatli   qog'ozlarning   umumiy   soni,   ularning   turi   va
qimmatli   qog'ozlar   emitentlari   to'g'risidagi   ma'lumotlar,   qimmatli   qog'ozlar
chiqarilgan   sana.   ularni   identifikatsiya   qilish,   shuningdek   qimmatli   qog'ozlarning
qarzdorga   tegishliligini   aniqlash   imkonini   beruvchi   boshqa   ma'lumotlar
ko'rsatiladi. Qarzdorning mol-mulkini ro'yxatga olish paytida aniqlangan qimmatli
qog'ozlar olib qo'yiladi.
Hujjatli   qimmatli   qog'ozlar   ularning   turgan   joyi   bo'yicha,   hujjatsiz   qimmatli
qog'ozlar   esa   ushbu   qog'ozlar   egasining   huquqlari   ro'yxatga   olingan   joy   bo'yicha
xatlanadi. Davlat ijrochisi qimmatli qog'ozlar xatlanganda qaror chiqaradi. Davlat
ijrochisi   hujjath   qimmatli   qog'ozlar   xatlanganligi   to'g'risida   xatlangan   qimmatli
qog'ozlarning xatlov dalolatnomasini ham tuzadi. Qimmatli qog'ozlar xatlanganligi
to'g'risidagi davlat ijrochisining qarorida yoki dalolatnomasida xatlangan qimmatli
qog'ozlarning   umumiy   soni,   ularning   turi   va   qimmatli   qog'ozlar   emitentlari
to'g'risidagi ma'lumotlar, qimmatli qog'ozlar chiqarilgan sana, ularni identifikatsiya
qilish,   shuningdek   qimmatli   qog'ozlarning   qaralorga   tegishliligini   aniqlash
imkonini beruvchi boshqa ma'lumotlar ko'rsatiladi. Qarzdorga tegishli bo'lgan qimmatli qog'ozlarning xatlanishi qarzdorga ularni
tasarruf   etish,   shuningdek   bunday   qimmatli   qog'ozlarni   huquqlarni   hisobga   olish
uchun   boshqa   depozitariyga   topshirish   taqiqlanganligini   anglatadi.   O'zga   turdagi
cheklovlarni   belgilashda,   shu   jumladan   qarzdorning   qimmatli   qog'ozlarda
mustahkamlab  qo'yilgan  daromad  olish  huquqi  va  boshqa  huquqlarini  cheklashda
davlat   ijrochisi   belgilangan   cheklovlarni   qimmath  qog'ozlarni   xatlash   to'g'risidagi
qarorda sanab o'tishi shart.
  QARZDORNING MOL-MULKINI BAHOLASH VA SAQLASH
Qarzdorning mol-mulkini baholash tartibi "Sud hujjatlari va boshqa organlar
hujjatlarini   ijro   etish   to'g'risida"gi   Qonumming   54-moddasi   ko`rsatilgan.   Davlat
grochisi   mol-mulkni   sotish   uchun   uning   dastlabki   narxim   belgilash   maqsadida
qarzdorning   ro'yxatga   olingan   mol-mulkin   baholash   to'g'risida   qaror   chiqaradi   va
bu   qarorga   asosan   jo   hujjatlariga   asosan   realizatsiya   qilinadigan   mol-mulkni
baholash   huquqiga   ega   bo'lgan   baholovchi   tashkilotni   jalb   etadi.   Baholovchi
sifatida   baholash   faoliyatini   amalga   oshirish   huquqini   beruvchi   litsenziyaga   ega
bo'lgan yuridik shaxs jalb etiladi. Ro'yxatga olingan mol-mulkni baholashni tashkil
etish   qonun   hujjatlarida   belgilangan   tartibda   davlat   ijrochisi   tomonidan   bozor
qiymati bo'yicha amalga oshiriladi. Davlat ijrochisi alohida ko'char mol-mulkning
shartnomaviy   narxini   faqat   alohida   olingan   mol-mulkning   qiymati   eng   kam   ish
haqining   yigirm   baravaridan,   mol-mulkning   jamni   qiymati   esa   eng   kam   ish
haqining   y   baravaridan   oshmagan   taqdirdagina.   baholovchi   tashkilotni   jalb
etmagan   holda   mustaqil   belgilashi   mumkin.   avtomototransport   vositalari   bundan
mustasno.
Garovga   qo'yilgan   mol-mulk   bilan   ta'minlangan   majburiyatlarni   ijro   etishda
undiruv   ushbu   mol-mulkka   qaratilgan   taqdirda   garovga   qo'yilgan   mol-mulkning
kimoshdi   savdosi   boshlanadigan   boshlang'ich   realizatsiya   qilish   narxi   sud   qarori
bilan belgilanadi. Qimmatli   qog'ozlar,   valyuta   qimmatliklari.   qimmatbaho   metallar   va
qimmatbaho   toshlardan   yasalgan   zargarlik   buyumlari   va   boshqa   ro'zg'or
buyumlari,   nodir   buyumlar.   asl   tasviriy   san'at   hamda   haykaltaroshlik   asarlari
mutaxassislar, albatta. ishtirok etgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
baholanishi,   keyin   tuch   ish   kuni   ichida)   mas'uliyatli   saqlash   uchun   bankka   yoki
qimmatli   qog'ozlar   markaziy   depozitariysiga   yoxud   investitsiya   vositachisiga
topshirilishi kerak. muayyan turdagi qimmatliklar muzeyga yoki ulaming saqlanish
sharoitlarini   ta'minlovchi   boshqa   ixtisoslashtirilgan   muassasaga   topshirilishi
lozimligi to'g'risida qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Fond birjasining birja kotirovkasi varag'iga kiritilgan qimmatli qog'ozlarning
qiymati  tegishli   qimmatli  qog'ozlar   o'zida  birja  kotirovkasi  varag'iga  kiritilgan  va
qonun hujjatlariga muvofiq kotirovka qilinadigan fond birjasiga qimmatli qog'ozlar
kotirovkalariga doir so'rov berish orqali davlat ijrochisi tomonidan aniqlanadi.
Agar   davlat   ijrochisi   tomonidan   ro'yxatga   olingan   qimmatli   qog'ozlar   fond
birjasining birja kotirovkasi varag'iga kiritilmagan bo'lsa, davlat jrochisi  qimmatli
qog'ozlarni baholash uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda baholovchi
tashkilotni jalb etadi.
Davlat   ijrochisi   tomonidan   mol-mulkni   yoki   mulkiy   huquqni   baholash
to'g'risidagi   hisobot   olingan   (chiqarilgan)   paytdan   e'tiboran   uchish   kunidan
kechiktirmay   uro   ishi   yuritishdagi   taraflarga   baholash   natijalari   haqida
bildirishnoma yuboriladi.
Baholash   to'g'risidagi   hisobotda   ko'rsatilgan   baholash   obyektining   qiymati
xususida   ijro   ishi   yuritishdagi   taraflar   o'tkazilgan   baholash   to'g'risida   o'zlari
xabardor   qilingan   kundan   e'tiboran   o'n   kundan   kechiktirmay   sudda   nizolashishi
mumkin.
Davlat   ijrochilari   tomonidan   ijro   harakatlarini   amalga   oshirishda   xatlangan
mol-mulkni baholash tartibi  davlat  ijrochilari  tomonidan ijro harakatlarini  amalga
oshirishda xatlangan mol-mulkni baholash tartibi to'g'risidagi nizom' bilan tartibga
solinadi.   Davlat   ijrochisi   avtotransport   vositalari,   ko'chmas   mulk   va   fond
birjasining rasmiy listingiga kiritilmagan va markazlashtirilgan tartibda kodirovka qilinmayotgan   qimmatli   qog'ozlarni   baholash   uchun   baholovchi   tashkilotni   jalb
qiladi.
Fond   birjasining   rasmiy   listingiga   kiritilgan   qimmatli   qog'ozlarning   qiymati
davlat ijrochisi tomonidan ushbu qimmatli qog'ozlar bo'yicha fond hirjasiga vezmu
so'rovnoma   yuborish   orqali   belgilanadi.   Garovga   qo'yilgan   mol-mulk   bilan
ta'minlangan   majburiyatlarni   ijro   etishda   undiruv   ushbu   mol-mulkka   qaratilgan
taqdirda,   garovga   qo'yilgan   mol-mulkning   kimoshdi   savdosi   boshlanadigan
boshlang'ich realizatsiya qilish narxi sud qarori bilan belgilanadi.
Davlat   ijrochisi   mol-mulkni   mustaqil   baholanganda   mol-mulkni   baholash
to'g'risida   qaror   chiqaradi.   Agar   mol-mulk   baholovchi   tashkilot   tomonidan
baholangan   hollarda   baholash   natijalarini   qabul   qilish   va   ijro   ishi   hujjatlariga
biriktirish to'g'risida qaror chiqaradi.
Mol-mulk   davlat   ijrochisi   tomonidan   mustaqil   baholanganda   mol   mulkning
alohida   olingan   shartnomaviy   narxi   uning   ichki   bozorda   talab   va   taklif
konyunkturasining mavjud ma'lumotlari asosida baholash kunida amal qilib turgan
narxining 70 foizidan kam bo'lmagan miqdorda belgilanadi.
Davlat ijrochisi mol-mulkning narxini aniqlashda bozordagi mavjud talab va
takliflar   to'g'risidagi   ochiq   ma'lumotlar   (bozor   ma'muriyatidan   olingan   ma'lumot,
internetdan olingan axborot va mutaxassis xulosasi)ga asoslanadi.
Davlat   ijrochisi   tomonidan   mustaqil   baholanishi   mumkin   bo'lgan   mol-
mulkning   shartnomaviy   narxi   mol-mulk   xatlangandan   keyin   o'n   kundan
kechiktirmasdan belgilanishi lozim.
Mol-mulkni   baholash   to'g'risida   qaror   qabul   qilingandan   e'tiboran   mazkur
qarorning nusxasi uch ish kunidan kechiktirmasdan taraflarga yuboriladi.
Davlat   ijrochisi   tomonidan   mol-mulkni   yoki   mulkiy   huquqni   baholash
to'g'risidagi   hisobot   olingan   (chiqarilgan)   paytdan   e'tiboran   uch   ish   kunidan
kechiktirmay   ijro   ishini   yuritishdagi   taraflarga   baholash   natijalari   haqida   bildirgi
yuboriladi.
Baholash   to'g'risidagi   hisobotda   ko'rsatilgan   baholash   obyektining   qiymati
xususida   ijro   ishini   yuritishdagi   taraflar   o'tkazilgan   baholash   to'g'risida   o'zlari xabardor   qilingan   kundan   e'tiboran   o'n   kundan   kechiktirmay   sudda   nizolashishi
mumkin. Ijro harakatlarini amalga oshirishda davlat ijrochisi tomonidan xatlangan
mol-mulkni   baholashni   amalga   oshiruvchi,   baholovchi   tashkilotlarni   tanlab   olish
tartibini Majburiy ijro byurosi belgilaydi.
Qarzdorning   mol-mulki   saqlash   uchun   qarzdorga   yoki   davlat   ijrochisi
tayinlagan boshqa shaxslarga (bundan buyon matnda saqlovchi deb yuritiladi) mol-
mulkni   xatlash   dalolatnomasiga   imzo   qo'ydirgan   holda   topshiriladi.   Davlat
ijrochisi xatlangan mol-mulkni saqlash uchun qaysi saqlovchiga topshirgan bo'lsa,
o'sha  saqlovchi  davlat  ijrochisining  yozma  ravishdagi   roziligisiz  bu  mol-mulkdan
foydalanishi   mumkin   emas.   Qimmatli   qog'ozlar   markaziy   depozitariysiga   yoki
investitsiya   vositachisiga   saqlash   uchun   topshirilgan   qimmatli   qog'ozlar   bo'yicha,
shuningdek   mol-mulkning   xossalariga   ko'ra   undan   foydalanish   uning   yo'q   bo'lib
ketishiga   yoki   qimmati   pasayishiga   olib   kelgan   taqdirda,   davlat   ijrochisi   bunday
rozilikni   berishga   haqli   emas.   Agar   mazkur   mol-mulkdan   foydalanish   uning
saqlanishini   ta'minlash   uchun   zarur   bo'lsa,   davlat   ijrochisining   roziligi   talab
etilmaydi.
Saqlovchi,   agar   qarzdor   uning   o'zi   yoki   uning   oila   a'zolari   (qarzdor   yuridik
shaxs   bo'lsa,   uning   xodimi)   bo'lmasa,   saqlaganligi   uchun   tegishli   haq   oladi.
Saylovchining mol-mulkni saqlash uchun qilgan zarur xarajatlari ham mazkur mol-
mulkdan   foydalanish   orqali   amalda   olgan   foydasi   chegirih   tashlangan   holda
qoplanadi.
Xatlangan avtotransport vositasi auksion o'tkazilguniga qadar davlat ijrochisi
tomonidan belgilanadigan, uning asralishi uchun tegishli sharoitlar ta'minlanadigan
maxsus   ajratilgan   joylarda   (saqlash   joylarida.   omborlarda.   vakolatli   organlar   va
boshqa tashkilotlarning jarima maydonlarida saqlanadi.
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda xatlangan
va   olib   qo'yilgan   mol-mulkni   saqlash   tartibi   hamda   shartlari   Vazirlar
Mahkamasining   2009-yil   8-maydagi   132-son   qarori   bilan   tasdiqlangan   "Sud
hujjatlari   va   boshqa   organ   hujjatlarini   majburiy   ijro   etishda   xatlangan   va   olib
qo'yilgan mol-mulkni saqlash  tartibi  hamda shartlari  to'g'risida"gi  nizomi' asosida amalga oshiriladi. Ushbu nizom "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro
etish   to'g'risida"gi   O'zbekiston   Respublikasi   Qonunining   55-moddasiga   muvofiq
sud   hujjatlari   va   boshqa   organlar   hujjatlarini   majburiy   ijro   etishda   xatlangan   va
olib qo'yilgan mol-mulkni saqlash tartibi hamda shartlarini belgilaydi.
Mol-mulkni   xatlash   mol-mulkni   ro'yxatga   olishdan,   uni   tasarruf   qilish   man
etilganligini e'lon qilishdan, zarur hollarda esa mol-mulkdan foydalanish huquqini
cheklashdan, uni olib qo'yish yoki saqlashga topshirishdan iboratdir. Cheklashning
turlari,   hajmi   va   muddatlarini   har   bir   muayyan   holda   mol-mulkning   xususiyatini,
uning   mulkdori   yoki   egasi   uchun   ahamiyatini   hisobga   olib,   davlat   ijrochisi
belgilaydi. Xatlash:
- undiruvchiga olib beriladigan yoki realizatsiya qilinadigan qarzdorning mol-
mulki saqlanishini ta'minlash maqsadida;
-javobgarga   tegishli   bo'lib,   uning   o'zida   yoki   boshka   shaxslarda   turgan   mol-
mulkni xatlash to'g'risidagi sud ajrimi ijro etilayotganda qo'llanadi. Xatlangan mol-
mulkni  olib qo'yib,  realizatsiya  qilish uchun  topshirish  davlat  ijrochisi  tomonidan
belgilangan   muddatda,   biroq   xatlangandan   keyin   kamida   uch   ish   kunidan   so'ng
amalga oshiriladi.
Davlat   ijrochisi   muayyan   ijro   ishini   yuritish   holatlaridan   kelib   chiqib   mol-
mulkni   xatlash   bilan   bir   vaqtda   ushbu   mol-mulkni   yoki   uning   ayrim   ashyolarini
olib qo'yishga haqli. Qarzdorning xatlangan mol-mulkini tasarruf qilish yuzasidan
davlat   ijrochisining   ta'qiqini   buzish   yoki   undan   foydalanish   huquqining
cheklanganligiga rioya qilmaslik qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka
sabab   bo ladi.   Xatlangan   va   olib   qo'yilgan   mol-mulk   sifatida   quyidagilarniʻ
saqlovchi belgilagan holda saqlash uchun topshirilishi mumkin:
- qarzdorni, undiruvchini, ularning vakillarini, qarzdor yoki undiruvchinining
voyaga   yetgan   oila   a'zolarini   (jismoniy   shaxs   bo'lgan   qarzdor   yoki   undiruvchi
uchun). yuridik shaxsning xodimini (yuridik shaxs bo'lgan qarzdor yoki undiruvchi
uchun);
-   fuqarolarning   o'zini   o'zi   boshqarish   organi   vakilini:   saqlash   uchun   maxsus
shart-sharoitlarni   talab   qiladigan   mol-mulkni   (avtotransport   vositasi.   dori- darmonlar.   zargarlik   buyumlari   va   boshqalarni   xatlab   qo'yishda   mol-mulkni
mas'uliyatli   saqlashning   belgilangan   normalariga   muvofiq   maxsus   omborxona
binolari, asbob uskunalar va shart-sharoitlarga ega bo'lgan boshqa tashkilotlarning
vakilini:
-   O'zbekiston   Respublikasi   Bosh   prokuraturasi   huzuridagi   Majburiy   ijro
byurosi   (keyingi   o'rinlarda   Byuro   deb   ataladi)   organlarining   mol   mulkni
realizatsiya qilish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish yuzasidan shartnomalar tuzilgan va
mol-mulkni saqlash uchun tegishli binolarga ega bo'lgan savdo tashkilotlarini.
Xatlangan mol-mulkni muayyan saqlovchiga saqlashga berish masalasi davlat
ijrochisi   tomonidan   har   bir   holatda   uni   ro'yxatga   olishda.   eng   avvalo,   mol-
mulkning saqlanishini ta'minlash uchun zarur shart sharoitlar mavjudligidan, mol-
mulkning   o'zlashtirilishiga.   rastrata   qilinishiga,   yashirilishiga.   nobud   qilinishiga,
unga   shikast   yetkazilishiga   yo'l   qo'ymaslikdan   yoki   boshqacha   tarzda   mol-
mulkning miqdor, sifat va qiynan tavsifining o'zgarishidan, shuningdek ushbu mol-
mulk   bilan   bog'liq   keyingi   ijro   xatti-harakatlarini   amalga   oshirishda   yetkazilishi
mumkin   bo lgan   har   xil   to'siqlarning   oldini   olishdan   kelib   chiqqan   holda   halʻ
qilinadi.
Qarzdoming   mol-mulki   saqlash   uchun   saqlovchiga   mol-mulkning   xatlash
dalolatnomasiga   imzo   qo'ydirilgan   holda   topshiriladi.   Avtotransport   vositasi
xatlangan   taqdirda   davlat   ijrochisi   ushbu   mol   mulkdan   boshqa   shaxslarning
foydalanishini   va   boshqacha   tarzda   tegilishini   cheklashni   (muhrlab   qo'yishni)
ta'minlashi   shart.   Avtotransport   vositalari   davlat   ijrochisi   tomonidan
belgilanadigan   ularning   saqlanishi   uchun   tegishli   shart-sharoitlar   bilan
ta'minlanadigan (vakolatli organlar. DYHXX organlari va boshqa tashkilotlarning
to'xtash joylari, omborlari, jarima maydonchalari va hokazolar) maxsus  ajratilgan
joylarga qo'yiladi.
Davlat   rochisi   savdoga   qo'yilgan   avtomototransport   vositasini   saqlash   joyini
o'zgartirishga   va   ularning   saqlanishini   ta'minlash   uchun   Zarur   shart-sharoitlarga
ega   bo`lgan   ixtisoslashtirilgan   savdo   tashkilotlarida   avtotransport   vositalarini
saqlash joylari mavjud bo'lgan taqdirda uni unga saqlash uchun berishga haqlidir. Bunday   vaziyatda   qabul   qilish-topshirish   dalolatnomasi   tuzilib,   davlat   ijrochisi,
mol-mulkning   saqlanishi   uchun   mas'ul   bo'lgan   shaxs,   shuningdek   mol-mulkning
saqlanishi uchun yangidan tayinlangan mas'ul shaxs tomonidan imzolanadi.
Qarzdorning  ko'chmas  mulkini  xatlashda   mol-mulk  qo'riqlashga   topshirilishi
mumkin.
Byuro   organlarida   qarzdorning   xatlangan   mol-mulkka   bo'lgan   huquqlari
mavjudligini   va   hajmini   tasdiqlovchi   hujjatlarning   txonalarda,   seyflarda   va   shu
kabilarda),   ularning   saqlanishi   ta'minlanadigan   shartlarda   saqlanishiga   yo'l
qo'yiladi.   Xatlangan   mol-mulk,   uning   egasi,   qarzdor   yoki   boshqa   shaxslarning
xohishidan   qat'i   nazar,   xatlangan   joyda   quyidagi   hollarda   mumkin:   qoldirilishi   -
davlat ijrochisida mol-mulk joyini o'zgartirish uning shikastlanishiga, qiymatining
kamayishiga   olib   kelishi   mumkin   bo'lgan   asoslar   mavjud   bo'lganda:   -   davlat
ijrochisida  yoki  saqlovchida  ushbu mol-mulkni  joyini  o`zgartirish imkoniyatining
obyektiv sabablari  mavjud bo'lmaganda.  Ushbu holatda  saqlovchi  xatlangan  mol-
mulkning   saqlanishini   ta'minlash   uchun   zarur   bo'lgan.   qonun   hujjatlariga   zid
bo'lmagan   har   qanday   xatti-harakatni   amalga   oshirishga   haqli.   Bunda   davlat
ijrochisi   mol-mulkni   xatlash   dalolatnomasida   xatlangan   mol-mulkning   egasiga.
qarzdorga   yoki   uchinchi   shaxsga   xatlangan   va   saqlash   uchun   saqlovchiga
topshirilgan   mol-mulkdan   saqlovchining   to'sqinliksiz   foydalanishini   ta'minlash
majburiyatini yuklaydi.
Saqlovchi   mol-mulkning   saqlanishi   uchun   tegishli   shart-sharoitlarga   rioya
qilishi   va   ularni   ta'minlashi   shart,   mol-mulkni   o'zlashtirgan,   rastrata   qilgan,
yashirgan,   nobud   qilgan   yoki   unga   shikast   yetkazishga   yo'l   qo'ygan   taqdirda
javobgar   bo'ladi,   shu   jumladan   jinoiy   javobgar   bo'ladi.   bu   to'g'risida   mol-mulkni
saqlashga   qabul   qilib   olgan   shaxsning   imzosi   bilan   xatlash   to'g'risidagi
dalolatnomada   (qarorda)   yozuv   qayd   etiladi   yok   saqlovchidan   tegishli   tilxat
olinadi.
Saqlovchi,   shuningdek   mol-mulkka   nisbatan   ijro   xatti-harakatlarini   amalga
oshirish,   shu   jumladan   ko'zdan   kechirish,   tanishish,   baholash   yoki   olib   qo'yish
uchun davlat ijrochisining xatlangan mol-mulkdan foydalanishini ta'minlashi shart. Qarzdorning mol-mulkini ro'yxatga olish paytida aniqlanib, xatlangan so'mlar
va  chet   el   valyutasidagi   pul   mablag'lari,   qimmatli   qog'ozlar.   qimmatbaho   toshlar.
oltin. kumush.  platina va platina guruhidagi  metallardan. qimmatbaho toshlardan.
marvariddan   yasalgan   zargarlik   buyumlari   va   boshqa   buyumlar,   shuningdek   ana
shunday   buyumlarning   rezgilari   va   alohida   qismlari   (bo'lakları)   olib   qo'yilishi
shart.
Olib qo'yilgan so'mdagi naqd pul mablag'lari keyingi ish kunidan kechikmay
Byuro organining depozit hisob raqamiga o'tkazish uchun bankka topshiriladi.
Qimmatli   qog'ozlar,   valyuta   qimmatliklari,   qimmatbaho   metallar   va
qimmatbaho   toshlardan   yasalgan   zargarlik   buyumlari   va   boshqa   ro'zg'or
buyumlari,   nodir   buyumlar,   asl   tasviriy   san'at   hamda   haykaltaroshlik   asarlari   uch
ish   kuni   mobaynida   mas'uliyatli   saqlash   uchun   bankka   yoki   Qimmatli   qog'ozlar
markaziy   depozitariysiga   yoki   investitsiya   vositachisiga   topshirilishi   kerak,
nwuayyan   turdagi   qimmatliklar   muzeyga   yoki   ularning   saqlanish   sharoitlarini
ta'minlovchi boshqa ixtisoslashtirilgan muassasaga topshirilishi lozimligi to'g'risida
qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Pochta   markalari,   shu   jumladan   kolleksiya   pochta   markalari   saqlash   uchun
pochta aloqa tashkilotlariga topshiriladi.
Tez   huziladigan,   shu   jumladan   saqlash   muddati   72   soatgachani   tashkil
qiladigan   oziq-ovqat   mahsulotlari,   shuningdek   yaroqlilik   muddati   bir   oy
mobaynida   tugaydigan   tovarlar   olib   qo'yilib,   iste'molga   (foydalanishga,   qayta
ishlashga)   yaroqliligini   aniqlash   uchun   o'tkazilgan   ekspertiza   xulosasi   olingan   va
baholangan   vaqtdan   boshlab   bir   sutka   davomida   realizatsiya   qilish   uchun
topshiriladi. Bunda tez buziladigan tovarlarni ekspertizadan o'tkazish va baholash
bir kun muddatda amalga oshiriladi.
Davlat   ijrochisi   tomonidan   ijro   xatti-harakatlarini   amalga   oshirishda
qarzdorda   qurol-yarog'lar,   o'q-dorilar,   narkotik   vositalar,   ularning   analoglari
psixotrop   moddalar   va   radioaktiv   materiallar   borligi   aniqlangan   taqdirda   davlat
ijrochisi   darhol   tegishli   huquqni   muhofaza   qilish   organi   vakilini   ushbu   holat yuzasidan   qaror   qabul   qilish   uchun   chaqiradi   va   u   yetib   kelgunga   qadar   bunday
mol-mulkning qo'riqlanishini ta'minlaydi. Saylovchining javobgarligi:
-   mol-mulk   realizatsiya   qilingan   hollarda:   ko'chmas   mulk   va
avtomototransport   vositalari   realizatsiya   qilinganda-mol-mulkni   qabul   qilib
xaridorga topshirgandan keyin, 
- mol-mulk belgilangan tartibda egasiga qaytarilgan hollarda;
- qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda tugatiladi. 
Davlat   ijrochisi   mol-mulkni   saqlashga   topshirishda   mol-mulkni   tasarruf
etishni   taqiqlash   va   mazkur   mol-mulkdan   foydalanish   yuzasidan   muayyan
cheklashlarni belgilash yo'li bilan saqlashning maxsus rejimini belgilaydi.
Davlat   ijrochisi   xatlangan   mol-mulkni   saqlash   uchun   qaysi   saqlovchiga
topshirgan bo'lsa, o'sha saqlovchi davlat ijrochisining yozma ravishdagi roziligisiz
ushbu mol mulkdan foydalanishi mumkin emas. Bankka yoki Qimmatli qog'ozlar
markaziy depozitariysiga yoki investitsiya vositachisiga mas'uliyatli saqlash uchun
topshirilgan   mol-mulk   bo'yicha,   shuningdek   mol-mulkning   xossalariga   ko'ra,
undan   foydalanish   uning   yo'q   bo'lib   ketishiga   yoki   qimmati   pasayishiga   olib
kelgan   taqdirda,   davlat   ijrochisi   bunday   rozilikni   berishga   haqli   emas.   Agar
mazkur mol-mulkdan foydalanish uning saqlanishini ta'minlash uchun zarur bo'lsa,
davlat   ijrochisining   roziligi   talab   etilmaydi.   Xatlangan   va   olib   qo'yilgan   mol-
mulkni   uni   buzilishiga   va   (yoki)   keyinchalik   sotib   bo'lmaydigan   ahvolga   olib
kelishi   mumkin   bo'lgan   holatda   saqlashga   qo'yish   taqiqlanadi.   Bu   holda   davlat
ijrochisi mol mulkni zarur holatda saqlash bo'yicha kechiktirib bo'lmaydigan chora
tadbirlar  ko'radi.  Davlat  ijrochisi  xatlangan  va   saqlashga  topshirilgan  mol-mulkni
lentalardan,   shu   jumladan   o'zi   yopishuvchi   lentalardan   foydalanib.   qulflarni
almashtirib   va   boshqa   usullar   bilan   multrlab   qo'yish   yo'li   bilan.   boshqa   shaxslar
tomonidan   foydalanishni   va   boshqacha   tarzda   u   bilan   munosabatda   bo'lishni
cheklab   qo'yilishini   ta'minlash   chora-tadbirlarini   ko'rishga   haqli.   Mol-mulkka
uning   xatlashda   turganligini   bildiruvchi   maxsus   ma'lumotlar,   shuningdek
farqlovchi belgilar qo'yilishiga yo'l qo'yiladi. Zarur   hollarda   davlat   ijrochisi   xona   va   omborlarni,   shu   jumladan   ularga
xatlangan   mol-mulk   saqlash   uchun   joylashtirilganda   yoki   davlat   ijrochisi
tomonidan mazkur xonalar va omborlardan foydalanishni taqiqlash to'g'risida qaror
qabul   qilingan   hollarda   muhrlab   qo'yishga   haqli.   Xona   va   omborlarni   muhrlab
qo'yish   to'g'risida   yoki   ulardan   foydalanishni   taqiqlash   to'g'risida   qaror   qabul
qilishda   davlat   ijrochisi   qarzdorning   yoki   boshqa   shaxsning   ushbu   xonadagi
xatlanmagan boshqa mol-mulkdan foydalanish imkoniyatini hisobga oladi.
Davlat   ijrochisi   va   boshqa   shaxslar   xatlangan   mol-mulkka   saqlovchi
ishtirokida   yo'l   qo'yilishi   mumkin.   Xatlangan   mol-mulkka   nisbatan   ijro   xatti-
harakatlarini anualga oshirish paytida, shu jumladan mol-mulkni ko'zdan kechirish,
tanishish,   baholash   va   olib   qo'yish   vaqtida   saqlovchining   ishtirok   etishi   mumkin
bo'lmagan   taqdirda   mol-mulkka   va   xonani   ochishga   davlat   ijrochisining   va   ikki
nafar guvohning ishtirokida ruxsat  etiladi. bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi.
Saqlovchi, agar qarzdor uning o'zi yoki uning oila a'zolari (qarzdor yuridik shaxs
bo`lsa. - uning xodim) bo'lmasa, saqlaganligi uchun tegishli haq oladi.
  XATLANGAN MOL-MULKNI REALIZATSIYA QILISH
Xatlangan   mol-mulkni   realizatsiya   qilish   tartibi   "Sud   hujjatlari   va   boshqa
organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi Qonunining 56-moddasida ko`rsatilgan.
Qarzdorning   xatlangan   mol-mulkini   realizatsiya   qilish,   agar   qonun   hujjatlarida
boshqacha   hol   nazarda   tutilgan   bo'lmasa,   xatlash   asoslari   va   mol-mulk   turlaridan
qat'i   nazar,   xatlangan   kundan   e'tiboran   ikki   oy   ichida   uni   sotish   orqali   amalga
oshiriladi. qonunga muvofiq muomaladan chiqarilgan mol-mulk bundan mustasno.
Qarzdorning mol-mulkini realizatsiya qilish shartnoma-vositachilik asoslarida
sotishga topshiriladigan mol-mulkni internet-do'konlar orqali sotish yoxud elektron
onlayn-auksionlarda   "E-IJRO   AUKSION"   yagona  elektron  savdo  maydonchasida
amalga oshiriladi.
Avtotransport   vositalarini.   ko'chmas   mulkni,   shu   jumladan   yer   uchastkasini,
qurilishi tugallanmagan obyektlarni, ko'chmas mulkni uzoq muddatli ijaraga olish huquqlarini,   yer   uchastkasiga   nisbatan   mulkiy   huquqlarni,   intellektual   faoliyat
natijalariga   va   xususiy   alomatlarini   aks   ettiruvchi   vositalarga   bo'lgan   mulkiy
huquqlarni   realizatsiya   qilish   qonun   hujjatlarida   belgilangan   tartibda   vakolatli
operator tomonidan elektron onlayn-auksionlarda amalga oshiriladi.
Mol-mulkni   shartnoma-vositachilik   asoslarida   realizatsiya   qiladigan   savdo
tashkilotlarini   tanlash   O'zbekiston   Respublikasi   Bosh   prokuraturasi   tomonidan
belgilangan tartibda o'tkaziladigan tanlov asosida amalga oshiriladi.
Agar   savdo  tashkilotlariga  realizatsiya   qilish  uchun  topshirilgan  mol  mulk  u
topshirilgan kundan e'tiboran o'ttiz kun ichida realizatsiya qilinmasa, mazkur mol-
mulk davlat ijrochisi tomonidan quyidagi tartibda arzonlashtirilishi kerak:
- davlat soliq xizmati organi va moliya organi vakillari ishtirokida mol-mulk
qiymatining 10 foizidan oshmagan miqdorda davlat daromadiga undirishni nazarda
tutuvchi ijro hujjatlari bo'yicha. mol-mulk qiymatining 10 foizi miqdorida boshqa
ijro   hujjatlari   bo'yicha   Mol-mulk   arzonlashtirilganda   davlat   ijrochisi   belgilangan
tartibda   dulolatnoma   tuzadi,   shundan   so'ng   arzonlashtirilgan   mol-mulk   savdo
tashkilotlariga   takroran   realizatsiya   qilish   uchun   topshiriladi.   Garovga   qo'yilgan
mol-mulk   bilan   ta'minlangan   qarzni   undirish   to'g'risidagi   ijro   hujjatlari   bo'yicha
mazkur   mol-mulkni   realizatsiya   qilishda   mol-mulk   arzonlashtirilmaydi   va   u
birinchi baholangan narx bo'yicha savdo tashkiloti tomonidan takroran realizatsiya
qilishga topshiriladi.
Mol-mulk   takroriy   elektron   onlayn-auksionlarda   realizatsiya   qilinmaganligi
munosabati  bilan vakolatli  operator  tomonidan qaytarilgan  taqdirda yoki  takroran
realizatsiya qilish uchun savdo tashkilotlariga topshirilgan boshqa mol-mulk o'ttiz
kun mobaynida realizatsiya qilinmagan taqdirda, u mol-mulk narxining 10 foiziga
arzonlashtirilgan   narxda   undiruvchiga   taklif   qilinadi.   davlat   daromadiga   ijro
hujjatlari   bo'yicha   undirish   qaratilgan   mol-mulk   esa   ushbu   moddada   belgilangan
tartibda yuna arzonlashtirilishi va realizatsiya qilishga topshirilishi lozim. Garovga
qo'yilgan   mol-mulk   bilan   ta'minlangan   qarzni   undirish   to'g'risidagi   ijro   hujjatlari
bo'yicha ushbu mol-mulk realizatsiya qilinmagan taqdirda, davlat ijrochisi garovga
oluvchiga   mol-mulkni   takroriy   auksion   shaklidagi   kimoshdi   savdolaridagi   yoki savdo   tashkilotlarining   takroriy   realizatsiya   qilishidagi   boshlang'ich   sotish
narxidan 10 foizga kamaytirilgan summada o'zida qoldirishni taklif qiladi.
Qimmatli   qog'ozlar   qimmatli   qog'ozlarning   birja   bozorlarida   va   uyushgan
birjadan tashqari bozorlarida realizatsiya qilinishi kerak. Ular davlat ijrochisi bilan
tuzilgan   shartnoma   asosida   faoliyat   yurituvchi   investitsiya   vositachisi   -   broker
tomonidan   kimoshdi   savdosiga   qo'yiladi.   Qimmatli   qog'ozlar   arzonlashtirilmaydi
va   ikki   oy   mobaynida   bir   necha   marta   kimoshdi   savdosiga   qo'yiladi.   Qimmatli
qog'ozlar   mazkur   muddatda   realizatsiya   qilinmagan   taqdirda,   davlat   ijrochisi
undiruvchiga   ushbu   qimmatli   qog'ozlarni   ularning   broker   tomonidan   kimoshdi
savdosiga   qo'yilgan   oxirgi   kimoshdi   savdosi   kunining   oxirgi   kimoshdi   savdosi
soatidagi o'rtacha narxida o'zida qoldirishni taklif etadi.
Davlat   ijrochisining   realizatsiya   qilinmagan   mol-mulkni   o'zida   qoldirish
haqidagi   ushbu   "Sud   hujjatlari   va   boshqa   organlar   hujjatlarini   ijro   etish
to'g'risida"gi   Qonun   56-moddasining   yettinchi   va   sakkizinchi   qismlarida   nazarda
tutilgan   taklifi   davlat   ijrochisi   tomonidan   tegishli   mol   mulk   realizatsiya
qilinmaganligi   to'g'risidagi   xabarnoma   olingan   kundan   e'tiboran   uch   ish   kunidan
kechiktirmay   undiruvchiga   yuborilishi   kerak.   Bir   navbatdagi   talablar   bo'yicha   bir
nechta   undiruvchi   mavjud   bo'lgan   taqdirda,   takliflar   davlat   ijrochisi   tomonidan
O'zbekiston   Respublikasi   Bosh   prokuraturasi   huzuridagi   Majburiy   ijro   byurosi
organlariga   ijro   hujjatlarining   kelib   tushishi   navbatiga   kora   undiruvchilarga
yuboriladi.
Agar   mol-mulkning   davlat   ijrochisi   tomonidan   taklif   qilingan   bahosi   ijro
hujjati   bo'yicha   undiruvchiga   to'lanishi   lozim   bo'lgan   summadan   ortiq   bolsa,
undiruvchi realizatsiya qilinmagan mol-mulkni o'zida qoldirishga tegishli farqni bir
vaqtning o'zida O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy
ijro  byurosi  organining depozit   hisobvarag'iga  to'lagan  (o'tkazgan)  taqdirda  haqli,
bu   haqida   taklifda   ko'rsatib   o'tiladi.   Undiruvchi   realizatsiya   qilinmagan   mol-
mulkni   o'zida   qoldirish   to'g'risidagi   qarori   haqida   davlat   ijrochisini   taklifni   olgan
kundan e'tiboran besh kun ichida yozma shaklda xabardor qilishi shart. Undiruvchi   mol-mulkni   o'zida   qoldirishdan   voz   kechgan   yoxud   bu   haqdagi
o'z   qarorini   belgilangan   muddatda   yozma   shaklda   taqdim   etmagan   taqdirda   mol-
mulk   ijro   xarajatlari,   shu   jumladan   mol-mulkni   olib   qo'yish,   baholash   va
realizatsiya   qilish   bo'yicha   qilingan   xarajatlar   undirilgan   holda   qarzdorga
qaytariladi. Undiruvchi garovga oluvchi realizatsiya qilinmagan garovga qo'yilgan
mol-mulkni   o'zida   qoldirishdan   voz   kechganda   yoxud   belgilangan   muddatda   o'z
qarorini   yozma   shaklda   taqdim   etmaganda,   ijro   ishi   yuritish   ijro   hujjatini
undiruvchiga   qaytarish   bilan   tamomlanadi,   realizatsiya   qilinmagan   boshqa   mol-
mulk bo'yicha ijro ishi yuritish esa qarzdorda undiruvga qaratilishi mumkin bo'lgan
o'zga   mol-mulk   mavjud   bolmasa.   ijro   hujjatini   undiruvchiga   qaytarish   bilan
tamomlanadi.
Olib qo'yilgan va realizatsiya qilinmagan mol-mulk qarzdor qarzini va davlat
ijrochisi mol-mulkni olib qo'yish, baholash va realizatsiya qilish bilan bog'liq holda
qilgan xarajatlarning o'rni to'liq qoplanganligini tasdiqlovchi  hujjatlarni undiruvni
amalga   oshirayotgan   davlat   ijrochisiga   taqdim   etgan   taqdirda   ham   qarzdorga
qaytariladi.
Realizatsiya   qilingan   mol-mulkni,   ya'ni   mol-mulkning   bahosi   to'liq   to
languniga   qadar   xaridorlarga   berib   yuborish,   shuningdek   to'lovni   kechiktirish
(bo'lib-bo'lib to'lash) sharti bilan realizatsiya qilish savdo tashkilotlariga va davlat
ijrochilariga taqiqlanadi.
Davlat daromadiga o'tkaziladigan mol-mulkni realizatsiya qilish xususiyatlari,
shuningdek   ko'chmas   mulkni   uzoq   muddatga   ijaraga   olish   huquqlarini,
qarzdorning   yer   yer   uchastkalariga,   intellektual   faoliyat   natijalariga   va   xususiy
alomatlarini aks ettiruvchi vositalarga bolgan mulkiy huquqlarini realizatsiya qilish
tartibi   ushbu   qonun   talablari   hisobga   olingan   holda   O'zbekiston   Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
  IJRO HUJJATIDA KO'RSATILGAN ASHYOLARNI
UNDIRUVCHIGA TOPSHIRISH Davlat   ijrochisi   ashyolarni   undiruvchiga   topshirish   to'g'risidagi   ijro
hujjatlarini   lozim   darajada   ijro   etish   uchun   ijro   hujjatida   ko`rsatilgan   ashyolarini
qidirib   topish   va   ularni   olib   qo'yish   uchun   qonunda   nazarda   tutilgan   barcha
choralarini   ko'rishi   kerak.   Davlat   ijrochisi   ijro   hujjatida   ko'rsatilgan   ashyolarni
aniqlash   va   olib   qo'yish   maqsadida   qarzdor   egallab   turgan   yoki   unga   qarashli
bo'lgan   binolar   va   omborlarga   kirish,   mazkur   binolar   va   omborlarni   ko'zdan
kechirish. zarurat bo'lganda ularni ochish huquqiga ega. Ijro hujjatida ko'rsatilgan
ashyolari   undiruvchiga   topshirish   to'g'risidagi   qarorga   ko'ra   davlat   ijrochisi   bu
ashyolarni   qarzdordan   olib   qo'yadi   va   topshirish   dalolatnomasini   tuzib,   ularni
undiruvchiga topshiradi.
Undiruvchiga   topshirilishi   lozim   bo'lgan   ashyolarni   olib   qo'yish   davlat
ijrochisi   tomonidan   xolislar   ishtirokida   amalga   oshiriladi.   Qarzdordan   ashyolarni
olib qo'yish  va  uni  undiruvchiga  topshirish  dalolatnoma  asosida   amalga  oshirilib.
uch  nusxada   tuziladi,  uning   bir   nusxasi   qarzdorga,  ikkinchi   nusxasi   undiruvchiga
beriladi,   uchinchisi   esa   ijro   ishi   yuritishi   hujjatlarida   qoladi.   Ashyolarni   qabul
qilish   va   undiruvchiga   topshirish   dalolatnomasining   barcha   nusxalari   davlat
ijrochisi va undiruvchining imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ashyolarni   undiruvchiga   topshirish   dalolatnomasi   quyidagi   shartli
rekvizitlarni o'z ichiga oladi:
- dalolatnomani tuzish sanasi va joyi:
-   davlat   ijrochisining   familiyasi,   ismi,   otasining   ismi   va   manzillari:
xolislarning familiyasi, ismi, otasining ismi va manzillari:
-   ijro   hujjatining   to'liq   nomi,   rekvizitlari   va   mazmuni,   olib   qo'yilgan
ashyolarning ro'yxati va ularning qisqacha tavsifi: 
-   ko'rsatib   o'tilgan   ashyolarni   undiruvchining   inosi   orqali   topshirilganligi
to'g'risidagi ma'lumotlar,
- davlat ijrochisining imzosi. 
Agar   undiruvchiga   topshirilishi   lozim   ashyolarni   hajmi   va   vazni   kattaligi
sababli   va   boshqa   xususiyatlariga   ko`ra   darhol   olib   qo'yishning   imkoni   bo'lmasa,
davlat ijrochisi hu ashyolarni xatlab, keyin ularni bevosita olib qo'yishga haqli. Agar   qarzdor   undiruvchiga   topshirilishi   lozim   bo'lgan   ashyolari
yo'qotilganligini   bildirsa,   davlat   ijrochisi   ashyolarning   haqiqatda   yo'qotilganiga
ishonch   hosil   qilgach,   ashyolarni   yo'qotilganligi   holati   qayd   etilgan   dalolatnoma
tuzadi.   Mazkur   dalolatnoma   xolislar   ishtirokida   to'rt   nusxada   tuzilib,   uning   bir
nusxasi   qarzdorga,   ikkinchi   nusxasi   undiruvchiga   beriladi,   uchinchisi   sudga   yoki
ijro hujjatini bergan boshqar organga yuboriladi. to'rtinchist esa ijro ishi yuritishida
qoladi   Ashyolarning   yo'qotilganligi   holati   qayd   etilgan   dalolatnoma   O'zbekiston
Respublikasi "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi
Qonunining   32-moddasiga   muvofiq   davlat   ijroclusming   ijro   hujjatining   ijro   etish
usuli   va   tartibini   o'zgartirish   to'g'risida   arızası   hilan   birga   ijro   hujjatini   chiqargan
sud yoki boshqa organga yuboriladi.
Undiruvchi   mol-mulkni   olishdan   voz   kechgan   holatda,   u   qarzdorga   xolislar
ishtirokida   to'rt   nusxada   tuzilgan   topshirish   dalolatnomasiga   asosan   qaytariladi.
Dalolatnomaning   nusxalari   taraflarga,   ijro   hujjatini   chiqargan   sud   yoki   boshqa
organga yuboriladi, to'rtinchi nusxasi esa ijro ishi yuritishda qoladi.
Agar   undiruvchiga   topshirilishi   lozim   bo'lgan   ashyolarning   hajmi   va   vazni
kattaligi   sababli   va   boshqa   xususiyatlariga   ko'ra   darhol   olib   qo'yishning   imkoni
bo'lmasa, davlat ijrochisi bu ashyolari xatlab, keyin ularni bevosita olib qo'yishga
haqli.
Agar   qarzdor   undiruvchiga   topshirish   lozim   bo'lgan   ashyolar   yo'qolganligi
to'g'risida   arz   qilsa,   davlat   ijrochisi   ashyolarning   haqiqatda   yo'qotilganiga   "Sud
hujjatlari   va   boshqa   organ   hujjatlarini   ijro   etish   to'g'risida"gi   O'zbekiston
Respublikasi   Qonunining   84-moddasiga   muvofiq   bino   va   omborlarni   ochib,
ko'zdan   kechirish   yo'li   bilan   ishonch   hosil   qilgach,   ashyolarning   yo'qotilganligi
holati   qayd   etilgan   dalolatnoma   tuzadi.   Mazkur   dalolatnoma   xolislar   ishtirokida
to'rt nusxada tuzilib, uning bir nusxasi qarzdorga, ikkinchisi undiruvchiga beriladi,
uchinchisi ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organga yuboriladi, to'rtinchisi esa
ijro ishini yurituv materiallarida qoladi.
Qarzdor   tomonidan   ashyolarning   yo'qotilganligi   holati   qayd   etilgan
dalolatnoma "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi O'zbekiston   Respublikasi   Qonunining   32-moddasiga   muvofiq  davlat   ijrochisining
ijro  etish   usuli  va  tartibini   o'zgartirish   togrisidagi  arizasi   bilan  birga   ijro  hujjatini
bergan sud yoki boshqa organga yuboriladi.
Undiruvchi   mol-mulkni   olishdan   voz   kechgan   taqdirda,   u   qarzdorga   xolislar
ishtirokida   to'rt   nusxada   tuzilgan   topshirish   dalolatnomasiga   asosan   qaytariladi.
Dalolatnoma   nusxalari   taraflarga,   ijro   hujjatini   bergan   sud   yoki   boshqa   organga
yuboriladi,   to'rtinchi   nusxasi   ijro   ishi   materiallarida   qoladi.   Undiruvchining   mol-
mulkdan   voz   kechish   haqidagi   ixtiyori   uning   arizasida   aks   ettirilib,   yuqorida
ta'kidlangan   topshirish   dalolatnomasiga   ilova   qilinadi.   Undiruvchi   ko'rsatilgan
ashyolarni   olishai   rad   etsa,   ular   qarzdorga   qaytariladi,   ijro   ishini   yuritish   esa
tugatiladi.
  UNDIRUVNI QARZDORNING ISH HAQI VA UNGA
TENGLASHTIRILGAN TO'LOVLARIGA QARATISH TARTIBI
Qonunga   ko'ra   qarzdorning   ish   haqi   va   unga   tenglashtirilgan   to'lovlarga
nisbatan   undiruv   quyidagi   holatlardagina   amalga   oshiriladi:   -   davriy   to'lovlar
(alimentlar,   sog'liqni   yo'qotilgani   yoki   -   boquvchisining   vafot   etgani   munosabati
bilan   yetkazilgan   zararni   qoplash   ini   undirishda:   eng   kam   ish   haqining   ikki
baravaridan oshmagan miqdordagi summani undirishda;
undiriladigan   summani   to'liq   uzish   uchun   qarzdorning   mol-mulki   bo'lmasa
yoki mol-mulki yetarli bo'lmaganda.
Qarzdorga ish haqi to'layotgan tashkilot davlat ijrochisining ijro hujjati ilova
qilingan talabnomasini olgach, belgilangan tartibda ro'yxatga oladi va qarzdorning
ish haqidan ushlab qolishni amalga oshiradi.
Davlat   ijrochisi   qarzdorning   ish,   o'qish,   pensiya   va   boshqa   daromadlar   olish
joyi   haqida   ma'lumot   mavjud   bo'lganda.   davlat   ijrochisi   undiruvni   ish   haqiga
qaratishni   ijro   hujjatining   aslini   ilova   qilgan   holda   ish   haqi   yoki   boshqa   unga
tenglashtirilgan   to'lovlardan   ushlab   qolish   to'g'risidagi   talabnomani   qaradorga   ish
haqini   to'layotgan   tashkilotlarga   taqdim   etadi.   Davlat   ijrochisi   qarzdorning   ish. o'qish.   pensiya   va   boshqa   daromadlar   olish   joyi   haqidagi   ma'lumotlar   to'g'riligini
mazkur tashkilotlarga so'rovnoma yuborish orqali tekshirishga haqli.
Qarzdor   jismoniy   shaxsga   ish   haji   yoki   boshqa   unga   tenglashtirilgan.
to'lovlari   to'layotgan   tashkilotlar   yoki   o'zga   shaxslar   undiruvchidan   yoxud   davlat
ijrochisidan ijro hujjatini olgan kundan e'tiboran qarzdor jismoniy axsning ish haqi
va   boshqa   daromadlaridan   pul   mablag'larini   ijro   hujjatidagi   talablarga   muvofiq
ushlab   qolishi   shart.   Qarzdorga   ish   haqi   yoki   boshqa   unga   tenglashtirilgan
to'lovlarni to'layotgan tashkilot yoki o'zga shaxs ushlab qolingan pul mablag'larini
undiruvchiga to'lov amalga oshirilgan kundan e'tiboran uch kun ichida to'lashi yoki
o'tkazishi   shart.   Pul   mablag'larini   to'lash   va   o'tkazish   qarzdor   hisobidan   amalga
oshiriladi.
Qarzdor   bilan   tuzilgan   mehnat   shartnomasi   bekor   qilinganda.   U   o'qishni
bitirganda   thoshqa   joyga   o'tkazilganda).   pensiya   va   boshqa   daromadlar   olish
joyidan   ketganda,   qarzdor   jismoniy   shaxsga   ish   haqi   yoki   boshqa   unga
tenglashtirilgan to'lovlarni to'layotgan tashkilot yoki o'zga shaxs bu haqida darhol
davlat   ijrochisiga   xabar   berishi   va   amalga   oshirilgan   undiruvlar   to'g'risida   belgi
qo'yilgan   ijro   hujjatini   unga   qaytarishi   shart.   Qarzdor   jismoniy   shaxs   yangi   ish,
o'qish   joyi,   pensiya   va   boshqa   daromadlar   olish   joyi   to'g'risida   darhol   davlat
ijrochisiga va undiruvchiga xabar berishi shart.
Qarzdorga   ish   haqi   yoki   boshqa   unga   tenglashtirilgan   to'lovlarni   to'layotgan
tashkilot   yoki   o'zga   shaxs   ijro   hujjatlarining   o'z   vaqtida   va   to'g'ri   ijro   etilishini,
ularning hisobini va saqlanishini "Qarzdor jismoniy shaxsga ish haqi yoki boshqa
unga   tenglashtirilgan   to'lovlarni   to'layotgan   tashkilotlar   yoki   o'zga   shaxslar
tomonidan   ijro   hujjatlarining   ijro   etilishi   qoidalariga   muvofiq   holda   ta'minlaydi.
Ijroga   kelib   tushgan   ijro   hujjatlarini   ro'yxatga   olish   kitobida   ro'yxatga   olinadi.
Tashkilot   ijro   hujjati   ro'yxatga   olingan   kunning   ertasidan   kechiktirmay   bu   haqda
davlat   ijrochisi   va   undiruvchini   ro'yxatga   olish   ma'lumotlarini   ko'rsatgan   holda
xabardor qiladi. Ijroga kelib tushgan ijro hujjatlarini ro'yxatga olish kitobi tikilgan.
raqamlangan,   qarzdorga   ish   haqini   to'layotgan   tashkilot   rahbarining   imzosi   bilan
tasdiqlangan va sana ko'rsatilgan holda muhrlangan bo'lishi lozim. Qaralorga   ish   haqini   to'layotgan   tashkilotlarda   qat'iy   hisobda   turadigan   ijro
hujjatlari po'lat seyflarda yoki maxsus temir shkaflarda saqlanishi lozim.
Davlat   ijrochisi   qarzdor   jismoniy   shaxsga   ish   haqi   yoki   boshqa   unga
tenglashtirilgan   to'lovlarni   to'layotgan   tashkilot   yoki   o'zga   shaxs   tomonidan   ijro
hujjati   talablari   bajarilishi   ustidan   nazoratni   amalga   oshiradi,   shu   jumladan   ijro
hujjati   bo'yicha   pul   mablag'larining   to'g'ri   ushlab   qolinishi   va   o'z   vaqtida
o'tkazilishi, ularning saqlanishiga va hisobga olinishiga doir belgilangan talablarga
rioya   etilishi   yuzasidan   undiruvchining   arizasiga   ko'ra   yoki   o'z   tashabbusi   bilan
tekshirish o'tkazadi. Bunday tekshirishni o'tkazishda qarzdor jismoniy shaxsga ish
haqi  yoki  boshqa unga  tenglashtirilgan to'lovlarni  to'layotgan  tashkilot  yoki  o'zga
shaxs   tegishli   buxgalteriya   hujjatlarini   va   boshqa   hujjatlarni   davlat   ijrochisiga
taqdim etishi shart.
Undiruvni   ish   haqiga   qaratishni   nazarda   tutuvchi   ijro   hujjati   qarzdor   ishdan
bo'shagandan   so'ng   taqdim   etilganda,   ijro   hujjatini   olgan   tashkilot   ijro   hujjatini,
qarzdorga   oxirgi   olti   oy   mobaynida   to'langan   ish   haqini   ko`rsatgan   holda,
buyruqdan   ko'chirmani,   shuningdek   qarzdorning   yangi   yashash   va   ish   joyi
haqidagi ma'lumotlar mavjud bo'lsa, ularni ilova qilgan holda qaytaradi.
Jinoiy   jarimani   undirish   to'g'risidagi   ijro   hujjatlari   bo'yicha   undiruv
qarzdorning   ish   haqi   va   unga   tenglashtirilgan   to'lovlarga   qaratilmaydi.   Bir   necha
ijro   hujjati   bo'yicha   undiruv   ish   haqiga   va   unga   tenglashurilgan   to'lovlarga
qaratilganda, xodimda ish haqining ellik foizi saqlanishi lozim.
Davlat   ijrochisi   tomonidan   qarzdorning   undiruv   qaratilishi   mumkin   ho lganʻ
mol-mulki va daromadlarining mavjud emasligi aniqlanganda. tegishli dalolatnoma
tuziladi va bu dalolatnoma undiruvni qarzdorning ish haqiga qaratish uchun asosiy
hujjat   hisoblanadi.   Undiruv   qarzdorning   ish   haqi   va   unga   tenglashtirilgan
to'lovlarga   qaratilganda,   davlat   ijrochisi   bu   haqida   qaror   chiqaradi,   qaror   nusxasi
qarzdor, undiruvchi va sudga ma'lumot uchun yuboriladi.
Aliment undirish to'g'risidagi ijro hujjatlari bo'yicha undiruv qarzdorning ish
haqiga   qaratilganda,   bu   haqida   qaror   chiqarilmaydi,   ijro   hujjati   talabnoma   orqali qarzdorni ish joyiga yuborilib, uning nusxasi ma'lumot uchun undiruvchi va sudga
yuboriladi.
Agar qarzdor bir vaqtning o'zida ikki yoki undan ortiq joyda ishlab, ish haqi
yoki   boshqa   unga   tenglashtirilgan   to'lovlar   olsa,   u   holda   ijro   hujjatining   nusxasi
qarzdorni tegishli ish joylariga yuborilib, qarorda yoki talabnomada ijro hujjatining
aslisi qarzdorning qaysi ish joyiga yuborilganligi ko'rsatiladi.
Miqdori sud tomonidan o'rnatilgan va jamlanmasi ish haqining ellik foizidan
oshadigan   bir   necha   ijro   hujjati   ijroga   taqdim   qilinganda.   qarzdorga   ish   haqini
to'layotgan   tashkilot   bu   haqida   qarzdor   va   davlat   ijrochisini   yozma   ravishda
xabardor   qiladi.   Bunda   qarzdorga   uning   belgilangan   undiruv   miqdorini
kamaytirish   to'g'risida   sudga   da'vo   arizasi   bilan   murojaat   qilish   huquqi   yozma
ravishda   tushuntiriladi.   Ushbu   hollarda   qarzdorga   ish   haqi   to'layotgan   tashkilot
keyingi   ijro   harakatlarini   amalga   oshirish   uchun   davlat   ijrochisiga   ish   haqi
to'lanadigan kunlar haqida yozma ma'lum qiladi.
Ijro hujjati, shuningdek ijro hujjati ijrosini ta'minlash bo'yicha taqdim etilgan
davlat   ijrochisi   talabnomasining   bajarilishi   majburiydir   va   faqat   sad   yoki   davlat
ijrochisi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to'xtatilishi mumkin.
 . QARZDORNING ISH XAQI VA UNGA TENGLASHTIRILGAN
TO'LOVLARIDAN USHLAB QOLINADIGAN SUMMALAR MIQDORI.
UNDIRUV QARATILISHI MUMKIN BO'LMAGAN  SUMMALAR
Qarzdorning   ish   haqidan   ushlab   qolinadigan   miqdor   soliqlar   ushlab
qolinganidan so'ng qolgan summadan hisoblab chiqariladi. Agar  ijro hujjatida ish
haqidan   undirish   miqdori   ko'rsatilmagan   bo'lsa,   davlat   ijrochisi   har   bir   alohida
holatda undiruv miqdorini belgilashga haqli.
Qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlardan ushlab qolinadigan
sunimalar   miqdori   ijro   hujjatlari   bo'yicha   qarz   to'liq   uzilgunga   qadar,   qarzdorga
to'lanadigan   ish   haqi   va   unga   tenglashtirilgan   to'lovlarning   ko'pi   bilan   ellik   foizi
ushlab   qolinishi   mumkin.   Bir   necha   ijro   hujjati   bo'yicha   undiruv   ish   haqiga   va unga   tenglashtirilgan   to'lovlarga   qaratilganda,   xodimda   ish   haqining   ellik   foizi
saqlanishi lozim.
Qarzdorning   ish,   o'qish,   pensiya   va   boshqa   daromadlar   olish   joyi   haqida
ma'lumot   mavjud   bo'lganda.   davlat   ijrochisi   undiruvni   ish   haqiga   qaratishni   ijro
hujjatining   aslini   ilova   qilgan   holda,   ish   haqi   yoki   boshqa   unga   tenglashtirilgan
to'lovlardan   ushlab   qolish   to'g'risidagi   talabnomani   (bundan   keyingi   o'rinlarda
talabnoma   deb   yuritiladi)   qarzdorga   ish   haqini   to'layotgan   tashkilotlarga   taqdim
etadi. Davlat ijrochisi qarzdorning ish. o'qish, pensiya va boshqa daromadlar olish
joyi   haqidagi   ma'lumotlar   to'g'riligini   mazkur   tashkilotlarga   so'rovnoma   yuborish
orqali tekshirishga haqli.
Tashkilotga ijro hujjatining asli ijro etish uchun yuborilganda, davlat ijrochisi
ijro   ishini   yurituvda   uning   nusxasini   saqlaydi.   Ijro   hujjatining   asli   ilova   qilingan
talabnomani   taqdim   qilish   qo'kda,   reyestr   bo'yicha   pochta   yoki   kurerlik   xizmati
orqali amalga oshiriladi. Davlat ijrochisi qarzdorning ish, o'qish, pensiya va boshqa
daromadlar   olish   joyi   haqida   qo'shimcha   ma'lumot   olish   uchun   qarzdorning
yashash   joyidagi   O'zbekiston   Respublikasi   Xalq   bunkining   filialiga   yagona
ma'lumotlar   huzasidan   jamg'arib   boriladigan   pensiya   tizimidagi   qarzdorning
shaxsiy hisobi bo'yicha maxsus ma'lumotni olish uchun so'rovnoma yuboradi.
Qurzdorning   ish,   o'qish.   pensiya   va   boshqa   daromadlar   olish   joyi   haqida
ma'lumotlar mavjud bo'lgan taqdirda, tashkilot bu haqida davlat ijrochisini darhol
xabardor  qiladi.  Mazkur   bandning  birinchi  va  ikkinchi  xatboshilarida   ko'rsatilgan
ma'lumotlar   olingandan   so'ng   davlat   ijrochisi   undiruvni   qarzdorning   boshqa
daromadlariga   qaratish   to'g'risida   qaror   chiqaradi,   keyinchalik   quyidagilarni   ilova
qilgan holda talabnoma yuboradi: 
*undiruvni qarzdorning boshqa daromadlariga qaratish to'g'risidagi qaror;
*ijro hujjatining nusxasi. 
Qarzdorga ish haqi to'layotgan tashkilot davlat ijrochisining ijro hujjati ilova
qilingan   talabnomasini   olgach,   qarzdorning   ish   haqidan   ushlab   qolishni   amalga
oshiradi. Qarzdorga ish haqi to'layotgan tashkilot ushlab qolingan pul mablag'larini
undiruvchiga to'lov amalga oshirilgan kundan e'tiboran uch kun ichida to'lashi yoki o'tkazishi   shart.   Pul   mablag'larini   to'lash   va   o'tkazish   qarzdor   hisobidan   amalga
oshiriladi. Pul  mablag'larini  pochta xizmatlari  orqali O'zbekiston Respublikasidan
tashqaridagi   shaxslarga   o'tkazish   faqat   ikki   tomonlama   kelishuv   tuzilgan
davlatlarga nisbatan amalga oshiriladi. Pul mablag'larining pochta o'tkazmalari uni
o'tkazgan manzilga qaytarilganda. ular qarzdorga ish haqini to'lagan tashkilotning
hisob   raqamiga.   undiruvchining   (qabul   qiluvchining)   manzilini   aniqlashtirish
holatlaridan   tashqari   ijro   hujjatini   roga   taqdim   etgan   MIB   hududiy   bo'limining
depozit hisob raqamiga ko'chirish uchun o'tkaziladi. Bunda jo'natmalarni o'tkazish
uchun olingan to'lov qaytarilmaydi.
MIB   hududiy   bo'limining   depozit   hisob   raqamiga   kelib   tushgan   pul
mablag'lari   undiruvchi   tomonidan   qonunchilikda   o'matilgan   muddatlarda   talab
qilib olinmagan holda, davlat ijrochisi  ushbu pul  mablag'larini  davlat  daromadiga
o'tkazish   choralarini   ko'radi.   Undiruvchi   yoki   ijro   hujjati   bo'yicha   ish   haqidan
ushlab qolingan qarzdorning talahi bo'yicha tashkilot amalga oshirilgan undiruvlar
yuzasidan ma'lumotnoma berishga majburdir.
Ijro   hujjatlari   qat'iy   hisobda   turadigan   hujjatlar   hisoblanadi   va   ro'yxat
raqamiga   ega   bo'ladi.   Ijro   hujjatlari   ijroga   kelib   tushgan   ijro   hujjatlarining   hisobi
yuritiladigan   "Ijroga   kelib   tushgan   ijro   hujjatlarini   ro'yxatga   olish   kitobi"da
ro'yxatga olinadi.
Tashkilot   ijro   hujjati   ro'yxatga   olingan   kunning   crtasidan   kechiktirmay   bu
haqida   davlat   ijrochisi   va   undiruvchini,   ro'yxatga   olish   ma'lumotlarini   ko`rsatgan
holda xabardor qiladi.
Ijro   hujjatlari   bo'yicha   ish   haqidan   ushlab   qolishni   tugallash   ijro   hujjati
Qonunda belgilangan tartibda tugatilgan yoki tamomlanganda. shuningdek aliment
majburiyatlari tugaganida amalga oshiriladi.
Qarzdor   bilan   mehnat   shartnomasi   (kontrakti)   bekor   qilinganda,   o'qish
tamomlanganda   (boshqa   o'quv   yurtiga   o'tkazilganda).   u   pensiya   va   boshqa
daromadlarni olish joyidan ketganda, qarzdorga ish haqini to'layotgan tashkilot bu haqida   davlat   ijrochisini   darhol   xabardor   qilishi   va   unga   amalga   oshirilgan
undiruvlar bo'yicha belgi qo'yilgan ijro hujjatin qaytarishi lozim.
Qarzdorga   ish   haqi   to'lagan   tashkilot   kuzatuv   xatida   barcha   ushlab   qolingan
va   qolgan   qarzdorlik   summasini   ko'rsatib,   muhri   bilan   tasdiqlaydi,   shuningdek
qarzdorning yangi yashash  va ish joyi haqidagi ma'lumotlar mavjud bo'lsa, ularni
ko rsatadi.ʻ
Qarzdorning   ish   haqidan   undiruvni   nazarda   tutuvchi   ijro   hujjatlari   ijrosini
ta'minlash maqsadida MIB hududiy bo'limlarida "Ijroga qaratilgan ijro hujjatlarini
hisobga   olish   kitobi"   yuritiladi.   Ushbu   kitobning   yuritilishini   nazorat   qilish   MIB
hududiy   bo'limlarining   katta   davlat   ijrochilariga   yuklatiladi.   Qarzdorga   ish   haqi
to'layotgan   tashkilot   keyingi   oyning   beshinchi   sanasidan   kechiktirmay,   davlat
ijrochisiga   ijro   hujjatlari   bo'yicha   pul   mablag'larini   undirish   to'g'risidagi
ma'lumotlarni   taqdim   etadi.   Davlat   ijrochisi   qarzdorga   ish   haqi   to'layotgan
tashkilot   tomonidan   ijro   hujjati   talablari   bajarilishi   ustidan   nazoratni   amalga
oshiradi,   shu   jumladan,   ijro   hujjati   bo'yicha   pul   mablag'larining   to'g'ri   ushlab
qolinishi va o'z vaqtida o'tkazilishi, ularning saqlanishi  va hisobga olinishiga doir
belgilangan talablarga rioya culishi yuzasidan undiruvchining arizasiga ko'ra yoki
o'z tashabbusi bilan, shuningdek MIB hududiy bo limi ish rejasiga ko'ra tekshirish	
ʻ
o'tkazadi.   Bunday   tekshirishni   o'tkazishda   qarzdorga   ish   haqi   to'layotgan
tashkilotlar   tegishli   buxgalteriya   va   boshqa   hujjatlarni   davlat   ijrochisiga   taqdim
etishi shart.
Tekshiruv   natijalari   yuzasidan   ijro   hujjati   bo'yicha   undiruvning   to'g'riligini
tekshirish dalolatnomasi tuziladi va davlat ijrochisi, qarzilorga ish haqi to'layotgan
tashkilot rahbari va mas'ul xodimi tomonidan imzolanadi.
Tekshirish   jarayonida   ish   haqidan   ushlab   qolish   tartibi   buzilganligi
aniqlanganda,   davlat   ijrochisi   mas'ul   shaxslarga   qonunchilikda   nazarda   tutilgan
choralari ko'radi.
Davlat   ijrochisi   ijro   ishi   yurituviga   kelib   tushgan   ijro   hujjati   yuzasidan
majburiy   ijro   harakatlarini   olib   borish   jarayonida   "Sud   hujjatlari   va   boshqa organlar   hujjatlarini   ijro   etish   to'g'risida"gi   Qonunning   69-moddasida   ko'rsatilgan
sammalarga undiruvni qaratish mumkin emas.
Undiruv   quyidagi   pul   summalariga   qaratilishi   mumkin   emas:   mayib
bo'lganlik   yoki   sog'liqqa   boshqacha   tarzda   shikast   yetganlik,   shuningdek
boquvchisining vafot etganligi sababli ko'rilgan zarami to'lash summalariga:
-xizmat   majburiyatlarini   bajarish   chog'ida   mayib   bo'lgan   (yaralangan,
shikastlangan, kontuziyaga uchragan) shaxslarga va mazkur shaxslar halok bo'lgan
(vafot etgan) taqdirda ularning oila a'zolariga to`lanadigan summalarga:
- hola tug'ilganligi munosabati bilan to'lanadigan summalarga;
- aliment majburiyatlari bo'yicha to'lanadigan summalarga;
-   mehnat   sharoiti   noqulay   va   o'ziga   xos   bo'lgan   ishlar   uchun   to'lanadigan
summalarga,   shuningdek   radiatsiya   ta'siriga   uchragan   shaxslarga   va   qonun
hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda to'lanadigan summalarga: 
- homiladorlik va tug'ish bo'yicha to'lanadigan nafaqa summalariga 
-   dafn   etish   marosimi   uchun   beriladigan   nafaqa   summalariga:   qisman   haq
to'lanadigan ta til davrida bolani parvarishlash uchun to'lanadigan summalarga;
-   bola   tug'ilishi,   qarindoshlar   vafot   etishi,   nikoh   tuzish   munosabati   bilan
korxonaa. muassasa yoki tashkilot tomonidan to'lanadigan summalarga:
-   xizmat   safari,   boshqa   joyga   ishga   o'tkazilganligi,   qabul   qilinganligi   yoki
yuborilganligi   munosabati   bilan   to'lanadigan   summalarga;   mehnatga   oid
munosabatlar   bekor   qilinganda   ishdan   bo'shatish   nafaqasi   tariqasida   to'lanadigan
summalarga. Adabiyotlar:
1.Tuxtasheva U.A. Ijro ishi yuritish: Darslik. 2-nashr Toshkent: TDYI, 2009.-308
h.
2.Yusupov   B.   Sud   hujjatlarini   bujurmaganlik   uchun   jinoiy   javobgarlik
muammolari: Monografiya - T.TDYI, 2011.-173 b.
3.M.Q.O'razaliyev Ijro ishi yuritish Darslik. - T TDYU nashriyoti 2019. - 239 bet
4.O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T., O'zbekiston. 2018. - 80 b.
5.O'zbekiston   Respublikasining   2001-yil   29-avgustdagi   "Sud   hujjatlari   va   boshqa
organlar   hujjatlarini   ijro  etish  to'g'risida"gi   №  258-II-sonli   Qonuni  //   O zbekistonʻ
Respublikasi Qonun hujjatlari to'plami. 2001.-Ne 21. 145-modda.
6.O'zbekiston   Respublikasi   Fuqarolik-protsessual   kodeksi.   O'zbekiston
Respublikasining Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi.
7.O'zbekiston   Respublikasi   Jinoyat-protsessual   kodeksi   O'zbekiston
Respublikasining Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi. 
8.O'zbekiston   Respublikasi   Iqtisodiy   protsessual   kodeksi.   O'zbekiston
Respublikasining Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi. 
9.O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi O'zbekiston
Respublikasining Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi 
10.O'zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   "Sud   hujjatlari   va   boshqa   organlar
hujjatlarini   ijro   etishda   mol-mulkni   realizatsiya   qilish   tartib-taomillarini   tubdan
takomillashtirish   chora-tadbirlari   to'g'risida"gi   2017-yil   27-iyuldagi   PQ-3149-son
qarori.   O'zbekiston   Respublikasi   Qonun   hujjatlari   to'plami.   2007.   No   45.   541-
modda.
11.   O'razaliyev   Murod   Qorayevich.   Ijro   ishi   yuritish.   Darslik.   T.:   TDYU
nashriyoti, 2019.-239 bet.

Undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratish. Qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlarga nisbatan undiruv. Reja: 1. Undiruvni qarzdorning so'mdagi va chet el valyutasidagi pul mablag'lari hamda boshqa mol-mulkiga qaratish tartibi. 2. Undiruvni ayrim yuridik shaxslarning, ular mulkdorlarining. muassislarining va a'zolarining (ishtirokchilarining) mol-mulkiga qaratish xususiyatlari. 3. Undiruvni qarzdorning boshqa shaxslarda turgan mol-mulkiga. garovga qo'yilgan mol-mulkka, mulkiy huquqlariga va debitorlik qarziga qaratish. 4. Undiruv qaratilishi mumkin bo'lmagan mol-mulk. 5. Qarzdorning mol-mulkini xatlash. Qimmatli qog'ozlarni xatlash. 6. Qurzdorning mol-mulkini baholash va saqlash. 7. Xatlangan mol-mulkni realizatsiya qilish. 8. Ijro hujjatida ko'rsatilgan ashyolarni undiruvchiga topshirish. 9. Undiruvni qarolarning ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlarga qaratish tartibi. 10. Qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlaridan ushlab qolinadigan simular miqdori. Undirur qaratilishi mumkin bo'lmagan surumalar.

UNDIRUVNI QARZDORNING SO MDAGI VA CHET EL VALYUTASIDAGI PUL MABLAG'LARI HAMDA BOSHQA MOL- MULKIGA QARATISH TARTIBI Undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratish qarzdorning mol mulkini xatlash (ro'yxatga olish) va majburiy realizatsiya qilishdan iborat. Bu chora barcha qarzdorlarga nisbatan ham. jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarga nisbatan ham qo'llaniladi. Undiriladigan summa eng kam oylik ish haqining ikki barobaridan oshgan barcha hollarda undiruv qarzdor jismoniy shaxsning mol-mulkiga qaratiladi. Undiruv qaratilishi mumkin bo'lgan mol-mulk deyilganda ashyolar. hoshqa moddiy qimmatliklar, shu jumladan pul mablag'lari, qimmatli qog'ozlar, mulkka bo'lgan huquqlar. shu jumladan ashyolarga bo'lgan huquqlar va majburiyatlar bo'yicha olinadigan mol-mulk tushuniladi. Qarzdor- jismoniy shaxsning undiruvchi talablarini qanoatlantirish uchun yetarli pul mablag'lari bo'lmasa, undiruv qarzdorga tegishli bo'lgan hoshqa mol- mulkiga qaratiladi. qonunga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin bo'lmagan mol- mulk bundan mustasno. Jismoniy va yuridik shaxslardan undiruv ijro hujjatlari bo'yicha birinchi navbatda qarzdorning so'mdagi va chet el valyutasidagi pul mablag'lariga hamda boshqa qimmatliklariga, shu jumladan banklardagi va boshqa kredit tashkilotlaridagi pul mablag'lariga hamda o'zga qimmatliklariga qaratiladi. Qarzdor jismoniy shaxsdan topilgan so'mdagi va chet el valyutasidagi naqd pul mablag'lari darhol olib qo'yiladi. Olib qo'yilgan so'mdagi naqd pul mablag'lari keyingi ish kunidan kechiktirmay majburiy ijro byurosining depozit hisobvarag'iga o'tkazish uchun bankka topshiriladi. so'ng esa uch kunlik muddatda belgilangan tartibda taqsimlanadi. Banklardagi yoki boshqa kredit tashkilotlaridagi qarzdorning barcha hisobvaraqlarida hamda omonatlarida turgan yoki saqlashga qo'yilgan pul mablag'lari va o'zga qimmatliklari to'g'risida axborot bo'lganda, ular xatlanadi. Aniqlangan tegishlicha so'mdagi naqd puli yoxud banklardagi yoki boshqa kredit

tashkilotlaridagi qarzdorning so'mdagi mablag'lari yetarli bo'lmasa, undiruv qarzdordagi aniqlangan naqd chet el valyutasiga yoxud uning banklardagi yoki yoki o'zga kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida. omonatlarida turgan yoki saqlanayotgan valyutasiga qaratiladi. Davlat ijrochisida qarzdorning xatlash mumkin bo'lgan hisobvarag'i mavjudligi to'g'risida axborot bo'lmaganda. davlat ijrochisi bunday hisobvaraqni aniqlash to'g'risida bank yoki boshqa kredit tashkilotiga yozma so'rov yuboradi. Davlat ijrochisining yozma so'rovi kelib tushganda bank yoki boshqa kredit tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq tegishli hisobvaraqni aniqlaydi va bu haqda keyingi ish kunidan kechiktirmay davlat ijrochisiga ma'lum qiladi. Qarzdor undiruv birinchi navbatda qaratilishi lozim bo'lgan mol-mulk turlari yoki ashyolari o'zi ko'rsatishga haqli. Qarzdor mol-mulkining ut yoki bu turiga undiruvni qaratish navbati davlat ijrochisi tomonidan mazkur mol-mulkning likvidligini inobatga olgan holda belgilanadi. Qarzdorning undiruvchi talablarini qanoatlantirish uchun yetarli pul mablag'lari bo'lmasa, davlat ijrochisi o'z qarori bilan qarzdor hisobvaraqlarining xarajatlar qismini qarz to'liq uzilguniga qadar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xatlaydi. Bank yoki boshqa kredit tashkiloti qarzdorming pul mablag'larini xatlash haqidagi qarorni darhol ijro etadi va davlat ijrochisiga qarzdorning hisobvaraqlari rekvizitlari hamda har bir hisobvaraq bo'yicha xatlangan pul mablag'lari miqdorini ma'lum qiladi. Ayni vaqtda undiruv qarzdorga tegishli bo'lgan boshqa mol-mulkka qaratiladi. "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 52-moddasiga muvofiq ijro hujjatlari bo'yicha undiruv qaratilishi mumkin bo'lmagan mol-mulk bundan mustasno. Qarzdorning mol-mulkiga, shu jumladan naqd pul mablag'lariga va banklardagi yoki boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida hamda omonatlarida turgan yoki saqlashga qo'yilgan pul mablag'lariga undiruv ijro yig'imi, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalar va ijro xarajatlari hisobga olingan holda, ijro hujjatini ijro etish uchun zarur bo'lgan miqdorda va hajmda qaratiladi. Qarzdor boshqa shaxslar bilan umumiy mulk huquqi asosida

tegishli mol-mulkka ega bo'lgan hollarda undiruv uning qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan ulushiga qaratiladi. Davlat ijrochisi o'z ish yurituvidagi ijro ishi yuzasidan ijro harakatlari amalga oshiriladigan joyga chiqqach qarzdorga unda mavjud bo'lgan so'mdagi va chet el valyutasidagi naqd pul mablag'larini ko'rsatishni talab etadi. Qarzdor bu talabni rad etgan taqdirda davlat ijrochisi qonunda nazarda tutilgan vakolatlarini amalga oshirib, qarzdorlar egallab turgan yoki ularga qarashli bo'lgan, qarzdorga qarashli bo'lgan mol-mulk borligini tasdiqlovchi hujjatli ma'lumotlar mavjud bo'lganda esa boshqa shaxslar egallab turgan yoki ularga qarashli bo'lgan joylarga, shu jumladan turar joylarga va omborlarga kirish, zarur bo'lgan hollarda joylar hamda omborlarni majburan ochish va xolislar ishtirokida ko'zdan kechirish. o'zga shaxslarda qarzdorga tegishli bo'lgan mol-mulk borligini tasdiqlovchi hujjatli ma'lumotlar mavjud bo'lmaganda esa bunday harakatlarni boshqa shaxslar egallab turgan yoki ularga qarashli bo'lgan joylar va omborlarda sud ajrimi asosida amalga oshirib, aniqlangan qarzdorning mol-mulkni ijro hujjati talabini bajarish uchun xatlaydi. "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 52-moddasiga muvofiq ijro hujjatlari bo'yicha undiruv qaratilishi mumkin bo'lmagan mol-mulk bundan mustasno. Davlat ijrochisi qarzdorning ma'lum bo'lib qolgan va olib qo'yilgan chet el valyutasidagi naqd pul mablag'ini u olib qo'yilgan kunning ertasidan kechiktirmay O'zbekiston Respublikasining ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotish huquqidan foydalanuvchi bankka sotish uchun topshiradi. Qarzdorning chet el valyutasidagi xatlangan pul mablag'lari O'zbekiston Respublikasi ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotish huquqidan foydalanuvchi bankdagi bank hisobvarag'ida, omonatida turgan yoki saqlanayotgan bo'lsa, davlat ijrochisi o'z qarori bilan bank zimmasiga ijm yig'imini, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalarni ro xarajatlarini inobatga olgan holda ijro hujjatini ijro etish uchun zarur hajmda chet el valyutasini sotish majburiyatini yuklaydi. Agar bank O'zbekiston Respublikasining ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotish huquqidan foydalanmasa, davlat ijrochisi uning

immasiga chet el valyutasini shunday huquqdan foydalanuvchi bankka o'tkazish majburiyatini yuklaydi. Qarzdorning ma'lum bo'lib qolgan tegishlicha so'mdagi naqd puli yoki banklardagi yoxud kredit tashkilotlardagi so'mlari qarzdorlikni qoplash uchun yetarli bo'lmaganligi sababli undiruvni qarzdorning chet el valyutasidagi pul mablag'larini O'zbekiston Respublikasi ichki valyuta bozorida bank (agarda bank sotish huquqiga ega bo'lmasa, mahlag'larni chet el valyutasini sotish huquqidan foydalanuvchi bankka o'tkazishi shart) tomonidan sotilih, sotuvdan tushgan pul mablag'lari hisobidan qoplanishi lozim. Bank yoki boshqa kredit tashkiloti qarzdorning pul mablag'larini xatlash haqidagi qarorni darhol ijro etishi va davlat ijrochisiga qarzomning hisobvaraqlari rekvizitlari hamda bir hisobvaraq bo'yicha xatlangan pul mablag'lari miqdorini ma'lum qilishi, ushbu hisob raqamlardagi pul mablag'larni tasarruf qilish va foydalanish huquqini cheklashi, shuningdek davlat ijrochisining qaroriga muvofiq qarzdorning chet el valyutasini sotishi yoki sotib olishi mumkin. Masalan, Mirobod tuman MIB hududiy bo'limi davlat ijrochisi Goipov. Toshkent shahar iqtisodiy sudining 2019-yil 10-apreldagi 10-1162/143-sonli, qarzdor "Malika" mas'uliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi "Setora" xususiy firmasi foydasiga 10000000 so'm undirish haqidagi ijro hujjati yuzasidan ijro ishi qo'zg'atib. ijro hujjatida ko'rsatilgan talablarni ijrosini ta'minlashga kirishib qarzdorning O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar boshqarmasida. MFO 12745. STIR 123456777, 12345678901234567890 valyuta hisob raqami mavjudligi aniqlagach undiruvni qarzdor "Malika" mas'uliyati cheklangan jamiyatining. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar boshqarmasidagi valyuta hisob raqamlaridagi chet el valyutasidagi pul mablag'lariga qaratib, qarzdorning hisob rapanlaridagi chet el valyutasidagi pul mablag'larini tasarruf qilish va foydalanish huquqi qarzdorlik to'liq qoplanguniga qadar cheklaydi. Davlat ijrochisi O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar boshqarmasiga qaror kelib tushgan kundan boshlab, kelib tushadigan cher el valyutasini 10000000 so'mlik qarzdorlik to'liq qoplanguniga qadar yetarli miqdordagi qismini sotish, agar bank O'zbekiston Respublikasining ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotish huquqidan