Undiruvni qarzdor yuridik shaxsning mol-mulkiga qaratishning xususiyatlari





















Undiruvni qarzdor yuridik shaxsning mol-mulkiga qaratishning xususiyatlari Reja: 1. Undiruv qaratilishi mumkin bo'lmagan mol-mulk. 2. Qarzdorning mol-mulkini xatlash. Qimmatli qog'ozlarni xatlash. 3. Qurzdorning mol-mulkini baholash va saqlash. 4. Xatlangan mol-mulkni realizatsiya qilish.
1. UNDIRUV QARATILISHI MUMKIN BO'LMAGAN MOL-MULK Undiruv qarzdor jismoniy shaxsga ijro hujjatlari bo'yicha mulk huquqi asosida tegishli bo'lgan yoki uning umumiy mulkdagi ulushi bo`lgan yagona uyga (kvartiraga), agar qarzdor va (yoki) uning oila a'zolari unda doimiy ravishda yashayotgan bo'lsa, qaratilmaydi, ijro hujjatida undiruvai mazkur uyga (kvartiraga), qaratish nazarda tutilgan yoxud ushbu mol-mulk majburiyat bo'yicha garov narsasi bo'lgan hollar bundan mustasno. Undiruv boshqa uylarga (kvartiralarga) ularda qarzdor va (yoki) uning oila a'zolari yoxud o'zga shaxslar doimiy ravishda yashab turgan-turmaganligidan qat'i nazar, qaratilishi mumkin. Undiruv sud tomonidan undiruvchi yoki davlat ijrochisining arizasiga ko'ra qarzdorning yagona uyiga (kvartirasiga) yoxud uy hududidagi alohida turgan binoga yoki uyning muayyan qismiga, agar sud uyni (kvartirani), shu jumladan unga tutash hududni "qismlarga bo'lish mumkin, qarzdor tasarrufida qolgan qismi esa qarzdor va uning oila a'zolari normal turmush kechirishi uchun yetarli", deb topgan taqdirda qaratilishi mumkin. Ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan, qarzdor va uning oila a'zolari normal turmush kechirish; uchun zarur bo'lgan uy anjomlari va jihozlariga, kiyimlar hamda boshqa buyumlarga ijro hujjatlari bo'yicha undiruv qaratilishi mumkin emas. Investor bilan davlat mulkini boshqarish bo'yicha vakolatli davlat organi o'rtasida tuzilgan investitsiya shartnomasiga muvofiq investitsiya majburiyatlari sifatida kiritilayotgan mablag'lar va boshqa mol-mulk investitsiya davri mobaynida qarzdorning ilgari yuzaga kelgan qarzini uzish hisobiga majburiy tartibda undirib olinmaydi.. Bu o'rinda ta'kidlash joizki, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 14-apreldagi 110-son qarori bilan Qarzdor va uning oilasining normal turmush kechirishi uchun zarur bo'lgan, ijro hujjatlari bo'yicha undiruv qaratilishi mumkin bo'lmagan uy anjomlari va jihozlari, kiyimlar hamda boshqa buyumlar ro'yxati tasdiqlangan bo'lib, mazkur ro'yxatga muvofiq qarzdor-
jismoniy shaxsga mulk huquqi asosida tegishli bo'lgan yoki uning umumiy mulkdagi ulushi bo'lgan mol-mulk va buyumlarining quyidagi turlariga undiruv qaratilishi mumkin emas. 1. Asosiy mashg'uloti qishloq xo'jaligi hisoblangan shaxslarning: yagona sigiriga. sigiri bo'lmaganda yagona g'unajiniga. xo'jaliklarida sigir ham, g'unajin ham bo'lmaganda yagona echkisiga. qo'yi yoki cho'chqasiga, shuningdek uy parrandasiga (uy tovug'i, o'rdak. g'oz, kurka va sesarkaga); qoramol uchun yangi yem-xashak yig'ib olinguniga yoki yaylovga chiqarguniga qadar (agar qoramolga undiruv qaratilmagan bo'lsa) yem-xashakka navbatdagi ekish uchun zarur bo'lgan urug'larga. 2. Qarzdor va uning qaramog'idagi shaxslar normal turmush kechirishi uchun zarur bo'lgan quyidagi uy anjomlari, jihozlar, kiyimlarga: har bir shaxsga kiyimlar: kuzgi yoki bahorgi palto yoki plash, bitta qishlik palto (yoki chopon, po'stin), bitta qishlik kostyum (ayollar uchun ikkita qishlik ko'ylak), erkaklar uchun bitta yozlik kostyum yoki chopon (ayollar uchun ikkita yozlik ko'ylak). har bir mavsum uchun bittadan bosh kiyim (bundan tashqari, ayollar uchun ikkita yozlik ro'mol va bitta issiq ro'mol yoki sholro'mol), uzoq muddat foydalanilgan va qiymatga ega bo'lmagan boshqa kiyim-kechaklar va bosh kiyimlarga; - foydalanilgan oyoq kiyimlari. ichki kiyimlar, choyshablar, oshxona va yemakxona jihozlariga (qimmatbaho metallardan tayyorlangan. qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlardan yasalgan qadama naqshli buyumlar, shuningdek badiiy san'at qiymatiga ega bo'lgan buyumlardan tashqari): - har bir shaxs uchun mebel: bittadan karavot va stul yoki kursi, oila uchun hitta stol, bitta shkaf va bitta sandiqga: - bolalarning barcha jihozlariga. 3. Nogiron shaxslarda foydalanishda bo'lgan reabilitatsiya qilishning nogironlarni texnik vositalari va protez-ortopediya buyumlariga. 4. Qarzdorning asosiy mashg'uloti qishloq xo'jaligi bo'lsa, yangi hosilga qadar qarzdor va uning oilasi uchun zarur bo'lgan miqdorda oziq-ovqat mahsulotlariga,
boshqa hollarda esa - qarzdor oilasining har biri uchun eng oylik ish haqi miqdorida oziq-ovqatlarga kum oylik (pul mablag'lariga). 5. Qarzdor va uning oilasi ovqat tayyorlashi va isitish mavsumi mobaynida uy-joyini isitishi uchun zarur bo'lgan yoqilg'iga ijro hujjatlari bo'yicha undiruv qaratilishi mumkin emas. 2. QARZDORNING MOL-MULKINI XATLASH TARTIBI QIMMATLI QOG'OZLARNI XATLASH Qarzdorning mol-mulkini xatlash mol-mulkni ro'yxatga olishdan, uni tasarruf qilish man etilganligini e'lon qilishdan, zarur hollarda esa mol-mulkdan foydalanish huquqini cheklashdan, uni olib qo'yish yoki saqlashga topshirishdan iborat. Qarzdorning mol-mulki ijro ishi yuritishni qo'zg'atish to'g'risidagi qaror qarzdorga topshirilgan kundan e'tiboran bir oy muddatdan kechiktirmay xatlanadi. Undiruvchining arizasiga yoki o'z tashabbusiga ko'ra davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni qo'zg'atish to'g'risidagi qarorni chiqarish (topshirish) bilan bir vaqtda qarzdorning mol-mulkini ro'yxatga olib, ularni xatlashga haqli bo'lib, bu haqda mazkur qarorda ko'rsatib o'tadi. Davlat ijrochisi tomonidan qaror chiqarish (topshirish) bilan bir vaqtda xatlash, qoidaga ko'ra qarzdor yoki boshqa shaxslar mol-mulkini yashirishi, yo'qotishi, boshqa shaxsga berishi yoxud mol-mulkning iste'mol xususiyatlari tubdan o'zgartirilishi yoki yo'qotilishi mumkin deb taxmin qilingan hollarda amalga oshiriladi. Cheklashning turlari, hajmi va muddatlarini har bir muayyan holda mol-mulkning xususiyatini, uning mulkdori yoki egasi uchun ahamiyatini hisobga olib davlat ijrochisi belgilaydi. Davlat ijrochisiga muayyan ijro ishi yuritish holatlaridan kelib chiqib. mol- mulkni xatlash bilan bir vaqtda ushbu mol-mulkni yoki uning ayrim ashyolarini olib qo'yish huquqi berilgan. Davlat ijrochisi bu huquqdan odatda xatlangan mol- mulkning yo'q bo'lib ketishi yoki yaroqsiz bo`lib qolishi ehtimoli bor hollarda
foydalanadi. Qonunga ko'ra, tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa ashyolar olib qo'yiladi va darhol realizatsiya qilish uchun topshiriladi. Qarzdorning mol-mulkini ro'yxatga olish paytida aniqlanib, xatlangan so'mlar va chet el valyutasidagi pul mablag'lari, qimmatli qog'ozlar. qimmatbaho toshlar, oltin, kumush, platina va platina guruhidagi metallardan, qimmatbaho toshlardan, marvariddan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlar, shuningdek ana shunday buyumlarning rezgilari va alohida qismlari (bo'laklari) olib qo'yilishi shart. Ko'rsatilgan qimmatliklar dalolatnoma tuzilgan holda olib qo'yiladi va saqlash uchun Markaziy bankning tegishli muassasasiga topshiriladi. Qarzdorning mol-mulki xolislar ishtirokida. qarzdor-jismoniy shax bo'lmaganda voyaga yetgan oila a'zolaridan birining ishtirokida, agar ula ham bo'lmasa, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organi vakillari ishtirokida ro'yxatga olinadi. Qarzdor - jismoniy shaxsning mol-mulkini xatlash uning vakolati tegishli tarzda rasmiylashtirilgan vakili (qonuniy vakili yoki ishonchnoma bilan qatnashayotgan vakili) ishtirokida ham amalga oshirilishi mumkin. Qarzdorning mol-mulkini xatlash bo'yicha harakatlar mol-mulkni ro'yxatga olish va xatlash to'g'risidagi belgilangan shaklda tuziladigan dalolatnoma bilan amalga oshiriladi. Mol-mulkni ro'yxatga olish va xatlash dalolatnomasida quyidagilar ko'rsatilishi lozim: - dalolatnomani tuzish vaqti va joyi: - dalolatnomani tuzayotgan davlat ijrochisining hamda dalolatnoma tuzish chog'ida ishtirok etgan shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi; ijro hujjatining rekvizitlari va mazmuni; - qarzdor va undiruvchining nomlari: - dalolatnomaga kiritilgan har bir ashyoning nomi, o'ziga xos xususiyatlari (og'irligi, o'lchovi, eskirganlik darajasi va h.k.). har bir ashyoning alohida bahosi va barcha mol-mulkning qiymati -ashyolarning muhrlanganligi (agar u amalga oshirilgan bo'lsa): agar mol- mulkni saqlash qarzdorning o'ziga yuklatilmagan bo'lsa, mol-mulk saqlash uchun berilgan shaxsning nomi va manzili;