logo

Qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlarga nisbatan undiruv.

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

66.8935546875 KB
Qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlarga nisbatan undiruv.
Mulkiy xususiyatga ega bo'lmagan nizolar bo yicha ijro hujjatlarini ijroʻ
etish. Mulkiy xususiyatga ega bo'lmagan nizolar bo yicha ijro hujjatlarini ijro	
ʻ
etish.
Reja:
1. Undiruvni jazoni o'tayotgan qarzdorning ish haqiga qaratish. 
2. Alitlar va aliment majburiyatlari bo'yicha qarzlarni undirish tartibi. 
3.   Qurzdorga   muayyan   harakatlarni   amalga   oshirish   yoki   ularni   amalga
oshirishdan   o'zini   tiyish   majburiyatini   yuklovchi   ijro   hujjatlarini   ijro   etishning
umumiy shartlari. 
4. Ishga tiklash to'g'risidagi ijro hujjatini ijro etish.
5. Imoratni buzib tashlash to'g'risidagi ijro hujjatini ijro etish. 
6.   Yer   uchastkasini   olib   qo'yish   va   o'tkazish   to'g'risidagi   ijro   hujjatini   ijro
etish.
7. Qarzdorni ko'chirish to'g'risidagi ijro hujjatini ijro etish.
8. Undiruvchini ko'chirib kiritish to'g'risidagi ijro hujjatini ijro etish.
   UNDIRUVNI JAZONI O'TAYOTGAN QARZDORNING ISH
HAQIGA QARATISH
Axloq   tuzatish   ishlariga   hukm   qilingan   shaxsdan   ijro   hujjatlari   bo'yicha
undiruv sud hukmi yoki qaroriga ko'ra amalga oshirilgan ushlab qolish summasini
hisobga   olmagan   holda   ish   haqining   to'liq   summasi   hisobidan   amalga   oshirilishi
lozim.
Jazoni   ijro   etish   koloniyalarida,   tarbiya   koloniyalari   qamoqxonalarda   jazo
o'tayotgan   shaxslardan,   shuningdek   tibbiy   yo'sindagi   majburlov   choralarini   ijro
etuvchi   muassasalarda   saqlanayotgan   shaxslardan   undiruv   butun   ish   haqidan.   ish
haqining   ularning   mazkur   muassasalardagi   ta'minoti   bo'yicha   xarajatlarni   qisman
qoplash uchun ajratiladigan qismini ham qo'shgan holda amalga oshiriladi. Axloq
tuzatish ishiga hukm qilinganlarning oylik ish haqidan ushlab qolish mahkumming
jazo muddatini o'tashni boshlagan kunidan amalga oshiriladi.
Ushlab   qolish   jami   ish   haqidan   soliq   va   boshqa   to'lovlarni   istisno   qilmagan
holda,   shuningdek   mahkumlarga   ijro   hujjatlari   bo'yicha   da'volar   mavjudligidan
qat'i   nazar,   amalga   oshiriladi   va   har   oyning   ikkinchi   yarmi   uchun   to'langan   ish
haqidan, ishdan bo'shaganda esa oyning ishlagan qismi uchun olinadi.
Ijtimoiy ta'minot va ijtimoiy sug'urta tartibida olinayotgan nafaqa va yordam
pullaridan,   ish   haqi   tizimida   nazarda   tutilmagan   to'lovlardan   va   bir   marta
to'lanadigan   pul   mukofotlaridan   (foydalanilmagan   ta'til   uchun   heriladigan),   ish
jadvalidan ortiq ishlagan oylik ish haqidan. ishdan bo'shaganda qonunga muvofiq
beriladigan   puldan,   yangidan   ishga   tushganda,   boshqa   ishga   o'tganda,   safarga
borganda beriladigan pullardan, ishchining shaxsiy asboblaridan foydalanganligiga
va   berilmagan   maxsus   kiyimlar   va   poyabzallar   uchun   to'lanadigan   pullardan   va
boshqa badal to'lovlaridan ushlanmaydi.
Qishloq   xo'jalik   a'zosi   bo'lgan   mahkumning   ish   haqidan   ushlab   qolishda   ish
haqi   daromadining   pul   va   mahsulot   tarzida   olingan   qismi   ham   qo'shiladi.   Bunda
mahkumlardan   ushlab   qolingan   mahsulot   tarzidagi   daromad   qismi   xo'jalik ixtiyorida   qoladi   va   davlat   xarid   qilish   narxlaridagi   qiymati   davlat   foydasiga
o'tkaziladi.
Harbiy   o'quv   yig'inlariga   chaqirilgan   mahkumlarning   ish   haqidan   ushlab
qolish   ish   joyida   amalga   oshiriladi.   Korxonalar   ishining   yil   yakuni   bo'yicha
to'lanadigan   mukofot   pulları   berilayotganda,   qishloq   xo'jalik   yilining   yakuni
bo'yicha oxirgi hisob kitob davrida berilayotgan hamna pul miqdoridan emas. faqat
jazo o'talgan davr uchungina ushlab qolinadi.
Mahkumlarning   ish   haqidan   davlat   foydasiga   ushlab   qolayed.m   pullami
korxona  ina'muriyati  har   oyda oylik  ish haq  wapan  k  tegishli  davlat  banklarining
hisob-kitob   raqamiga   o'tkazib   bahol   qog'ozlari   bilan   birgalikda   bank
muassasalariga   ushlab   qolingan   ajratmala   haqida   hisob   ma'lumoti   yuboriladi.
Hisob   ma'lumotlari   landa   to   qog'ozlarining   orqasida   ko'rsatiladi.   Ish   haqidan
ushlab   qolingan   pul   miqdorini   naqd   pul   bilan   yoki   pl   orqali   o'tkazish   yo'li   bilan
olish qat'iyan man qilinadi.
Jazoni   ijro   etish   inspeksiyasi   xodimlari   hisobvaraqalari   bo'yicha   oyma-oy
ushlangan   pullarning   tushganligini   tekshiradi   va   o'tkazib   berishning   to'xtab
qolganligi aniqlangan holda darhol undirish choralarini ko`radi.
Mahkumlarning ish haqidan to'g'ri  va o'z vaqtida chegirib qolinishini  hamda
chegirib   qolingan   ajratmalarni   davlat   foydasiga   o'tkazilishi   ta'minlamagan,   shu
bilan   birga,   ularning   ishlagan   davri.   oyligi   va   chegirib   qolingan   ajratmalar
to'g'risidagi hisob ma'lumotini doimiy ravishda noto'g'ri yoki o'z vaqtida bermagan
hollarda   jazoni   ijro   etish   inspeksiyasi   tegishli   aybdor   mansabdor   shaxslarni
qonunda belgilangan javobgarlikka tortish choralarini ko'radi.
Mahkumlarning   ishlagan   kunlari   va   oyligidan   ushlanib   o'tkazilgan   pullar
to'g'risidagi   ma'lumotlar   bank   muassasalarining   joriy   schyotlari   ko'chirmalariga
asosan   ulaming   hisobvaraqalariga   uch   kun   mobaynida   kiritilishi   kerak.   Hisob
ma'lumotlari va to'lov qog'ozlari maxsus jildlarga tikiladi.
Sud hukmi bekor qilingan barcha holatlarda oylik ish haqidan ushlab qolingan
hamma   pollar   mahkumga   qaytarib   beriladi.   Hukmning   o'zgartirilishi   yoki   bekor qilinishi   haqida   sudning   ajrimi   (qaron)   pullarning   qaytarib   berilishiga   asos   bo'lib
hisoblanadi.
  ALIMENTLAR VA ALIMENT MAJBURIYATLARI BO YICHAʻ
QARZLARNI UNDIRISH TARTIBI
Aliment   voyaga   yetmagan   va   voyaga   yetgan   mehnatga   layoqatsiz   oila
a'zolarining ta'minotiga ajratiladigan pul mablag'lari O'zbekiston Respublikasining
Oila kodeksiga muvofiq ota-ona voyaga yetmagan bolalariga ta'minot berishi shart.
Voyaga   yetmagan   bolalariga   ta'minot   berish   majburiyatini   ixtiyoriy   ravishda
bajarmagan   ota   (ona)dan   sudning   hal   qiluv   qaroriga   yoki   sud   buyrug'iga   asosan
aliment undiriladi. Aliment to'lash haqida ota-ona o'rtasida kelishuv bo'lmaganida
yoki aliment ixtiyoriy ravishda to'lanmaganda va ota-onadan birortasi ham aliment
undirish   to'g'risida   sudga   da'vo   yoxud   ariza   bilan   murojaat   qilmagan   hollarda,
vasiylik va homiylik organlari voyaga yetmagan bolaning ta'minoti uchun ota yoki
onalan   qonunda   belgilangan   miqdorda   aliment   undirish   to'g'risida   da'vo
qo'zg'atishga haqlidir.
Aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab undiriladi. Aliment undirish
to'g'risida   sudda   da'vo   qo'zg'atishga   bolaning   ota-onasidan   birortasi,   farzadlikka
oluvchi,   agar   farzandlikka   olish   er-xotinning   bittasi   tomonidan   amalga
oshirilayotgan   bo'lsa   va   bolaning   ota-onasining   birortasi   bilan   huquqiy   aloqasi
saqlanib kelayotgan bo'lsa, holaning vasiysi  yoki homiysi. bola tarbiyalanayotgan
bolalar muassalari ma'muriyati haqlidirlar.
Davlat ijrochisi alimentlar undirish haqidagi ijro hujjati qonunda belgilangan
talablarga muvofiq bo'lsa, ijroga qabul qiladi va kelib tushganidan so'ng bir kundan
kechiktirmasdan ijro ishi yuritishni qo'zg'atish to'g'risida qaror chiqaradi. Qonunda
alimentlar undirish haqidagi ijro hujjatlari darhol ijro etilishi belgilanganligi tufayli
bu hujjatlar bo'yicha ijro ishi yuritish qo'zg'atilganda qarzdorga ixtiyoriy ijro etish
uchun muddat belgilanmaydi. Davlat   ijrochisining   ijro   ishi   yuritishni   qo'zg'atish   to'g'risidagi   qarori.   u
chiqarilgan   kunning   crtasidan   kechkitirilmasdan   undiruvchiga   qarzdorga,
shuningdek   ijro   hujjatini   bergan   sudga   yuboriladi.   Agarda   aliment   to'lash
majburiyati   yuklangan   shaxs   doimiy   ish   joyiga   ega   bo'lsa.   davlat   ijrochisi   ijro
varaqasini   undiruvni   uning   ish   haqi   va   unga   tenglashtirilgan   to'lovlarga   qaratish
uchun uning ish joyiga yuboradi.
Aliment   to'lashi   shart   bo'lgan   shaxsning   ish   joyidagi   ish   beruvchi   yoki
pensiya,   nafaqa,   stipendiya   olayotgan   joyidagi   tashkilot   ma'muriyati   aliment   to
lash   to'g'risidagi   notarial   tartibda   tasdiqlangan   kelishuvga   yoki   ijro   varaqasiga
asosan   aliment   to'lashi   shart   bo'lgan   shaxsning   ish   haqidan   va   (yoki)   boshqa
daromadidan har oyda aliment ushlab qolib, aliment to'lashi shart bo'lgan shaxsga
ish   haq   to'langan   va   (yoki)   boshqa   daromadlar   olingan   kundan   boshlab,   uch
kundan kechiktirmay aliment oluvchi shaxsga aliment to'lashi yoki aliment to'lashi
shart bo'lgan shaxsning hisobidan unga o'tkazishi shart.
Voyaga yetmagan bolalarga ta'minot herish haqida ota-ona o'rtasida kelishuv
bo'lmasa,   aliment   sud   tomonidan   ota-onaning   har   oydagi   ish   haqi   yoki   boshqa
daromadining   bir   bola   uchun   to'rtdan   bir   qismi,   ikki   bola   uchun   uchdan   bir
qismi.uch   va   undan   ortiq   bola   uchun   yarmisi   miqdorida   undiriladi.   Aliment
qarzining miqdori davlat ijrochisi tomonidan sudning hal qiluv qarori yoki aliment
to'lash   to'g'risislags   notarial   Ladsla   tasdiqlangan   kelishuvda   belgilangan   aliment
milorida kells cupp holda aniqlanadi. Bu to'lovlarning miqdori taraflarning moddiy
yoki   oilaviy   ahvolini   va   boshqa   e'tiborga   loyiq   holatlami   hisobga   olgan   sud
tomonidan   kamaytirilishi   yoki   ko'paytirilishi   mumkin.   Har   bir   bola   uchun
undiriladigan   aliment   miqdori   qonum   hugatlans   bilan   belgilangan   eng   kam   ish
haqining yetmish besh fozislan kam bo'lmasligi kerak.
Voyaga   yetmagan   bolalariga   aliment   to'lash   va   ularni   ta'minlashda   ota-
onaning   majburiyatlari,   shuningdek   voyaga   yetgan,   mehnatga   layoqatsiz,
yordamga muhtoj bolalariga ta'minot berishda ota-onaning majburiyatlari tengdir.
Oila   kodeksiga   binoan   ota-ona   voyaga   yetmagan   bolalariga   ta'minot   berish
uchun   aliment   to'lash   tartibini   o'zaro   kelishgan   holda   belgilashga   haqlidirlar. Voyaga   yetmagan   bolalarini   ta'minlash   uchun   aliment   to'lash   tartibi   va   shakli
haqida   ota-ona   o'rtasidagi   kelishuv   qonunda   belgilangan   qoidalarga   va   bolaning
manfaatlariga   zid   bo'lmasligi   kerak.   Ota-ona   voyaga   yetgan   lekin   mehnatga
layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalarini ta'minlashi shartdir.
Voyaga   yetgan   mehnatga   layoqatsiz,   yordamga   muhtoj   bolalariga   ta'minot
berish ota-onaning kelishuviga binoan amalga oshiriladi. Ota-ona o'rtasida bunday
kelishuvga   erishilmagan   taqdirda   nizo   sud   tartibida   hal   qilinadi.   Ota-onadan
voyaga   yetgan,   lekin   mehnatga   layoqatsiz.   yordamga   muhtoj   bolalariga
undiriladigan   alimentning   miqdori   sud   tomonidan   aliment   to'lashi   shart   bo'lgan
ota-onaning   oilaviy   va   moddiy   ahvoli   hisobga   olinib,   har   oyda   pul   bilan
to'lanadigan qat'iy summada belgilanadi.
Aliment   O'zbekiston   Respublikasi   hududida   va   undan   tashqarida   pul   yoki
natura   tarzida   olingan   barcha   turdagi   daromadlardan   ushlab   golinadi.Chet   el
valyutasida   olinadigan   daromadlar   aliment   undiriladigan   kunda   amalda   bo lganʻ
O'zbekiston   Respublikasi   Markaziy   bankining   rasmiy   kursi   bo'yicha   so'mlarda
hisoblanadi.   Aliment   to   layotgan   ola   onaning   boshqa   voyaga   yetmagan   bolalari
bo lib,   ulardan   qonunda   belgilangan   miqdorda   aliment   undirilganda   o'sha   bolalar	
ʻ
aliment   olayotgan   bolalarga   nisbatan   moddiy   jihatdan   kamroq   ta'minlands
qoladigan bo'lsa, shuningdek aliment to'layotgan ota (ona) nogiron bo'lib. moddiy
jihatdan   qiynalib   kelayotgan   bo'lsa   yoki   aliment   olayotgan   shaxs   mustaqil
daromadga   ega   bo'lgan   taqdirda,   aliment   miqdori   sud   tomonidan   kamaytirilishi
mumkin.
Agar   voyaga   yetmagan   bola   davlat   yoki   nodavlat   muassasalarining   to'liq
ta'minotida   bo'lsa,   sud   aliment   to'layotgan   ota   yoki   onaning   moddiy   ahvolini
hisobga   olib,   to'lanayotgan   aliment   miqdorini   kamaytirish   yoki   uni   aliment
to'lashdan ozod qilish haqida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin.
Voyaga   yetgan,   mehnatga   layoqatli   bolalar   mehnatga   layoqatsiz.   yordamga
muhtoj o'z ota-onasini ta'minlashlari va ular to'g'risida g'amxo'rlik qilishlari shart.
Voyaga   yetgan,   mehnatga   layoqatli   bolalar   o'z   ota-onasiga   ixtiyoriy   ravishda
moddiy   yordam   berishdan   bo'yin   tovlasalar.   ta'minot   miqdori   bolalarning   oilaviy va   moddiy   ahvolini   hisobga   olgan   holda   sudning   hal   qiluv   qaroriga   asosan
belgilanadi.
Ota-ona,   aliment   undirish   haqidagi   talabni   o'z   bolalarining   biriga   yoki   bir
nechtasiga   nisbatan   qo'yganligidan   qat'i   nazar,   aliment   miqdorini   belgilashda   sud
voyaga   yetgan,   mehnatga   layoqatli   bolalarning   barchasini   hisobga   olishi   kim.
Voyaga   yetgan,   mehnatga   layoqatli   bolalardan   aliment   undirish   nizosi   uzil-kesil
hal bo'lgunga qadar sudya shu nizo bo'yicha vaqtincha to'lab turilishi lozim bo'lgan
summani   ko'rsatib,   ajrim   chiqarishi   mumkin.   Voyaga   yetgan,   mehnatga   layoqatli
bolalardan undirilayotgan aliment miqdori qonun hujjatlarida belgilangan eng kam
ish haqi miqdorining uchdan bir qismidan kam bo'lmasligi kerak.
Aliment to'lash to'g'risidagi kelishuvga muvofiq aliment to'lashi shart bo'lgan
shaxsning   aybi   bilan   qarz   vujudga   kelgan   bo'lsa,   aybdor   shaxs   ushbu   kelishuvda
belgilangan tartibda javobgar bo`ladi.
Qarzdor   aliment   to'lashdan   bosh   tortish   maqsadida   o'z   ish,   o'qish   joyi   yoki
turar   joyi   o'zgarganligi   haqida,   shuningdek   qo'shimcha   ish   haqi   yoki   boshqa
daromadi   to'g'risida   xabar   bermagan   yoki   yolg'on   ma'lumotlar   taqdim   etgan
taqdirda   davlat   ijrochisi   O'zbekiston   Respublikasining   Ma   mariy   javobgarlik
to'g'risidagi Kodeksining 198-2-moddasiga muvofiq o'z qarori bilan qarzdorga eng
kam   ish   haqining   besh   baravaridan   o'n   baravarigacha   miqdorida   jarima   soladi.
Agarda qarzdor aliment to'lashdan ma'muriy jazo qo'llanilgandan keyin ikki oydan
ortiq mudda davomida bosh tortsa, davlat ijrochisi qarzdorga nisbatan O'zbekiston
Respublikasi   Jinoyat   kodeksining   122-moddasi   bilan   jinoyat   ishi   qo'zg'ash
masalasida taqdimnoma kiritishi shart.
Aliment va aliment majburiyatlari bo'yicha qarzlarni undirish tartibi. Aliment
va   aliment   majburiyatlari   bo'yicha   qarzlarni   undirish   tartibi   O'zbekiston
Respublikasining Oila kodeksida belgilangan.
O'zbekiston   Respublikasining   Oila   kodeksiga   muvofiq   ota   ona   voyaga
yetmagan   bolalarni   ta'minlashi   shart.   Voyaga   yetmagan   bolalarmi   ta'minlash
majburiyatini   ixtiyoriy   ravishda   bajarmagan   ota   (onaldan   sudning   hal   qiluv
uaroriga yoki sud buyrug'iga asosan aliment undiriladi. Aliment to'lashi shart bo'lgan shaxs alimentni ixtiyory avelul shaxsan yoki o'z
arizasiga muvofiq ishlab turgan joyida yoxud peava nafaqa, stipendiya va boshqa
turdagi   mablag'   olayotgan   joyida   to'laydi   Alimentning   ixtiyoriy   ravishda   to'lab
turilishi   aliment   undiruvchm   aliment   undirish   haqidagi   da'vo   yoki   ariza   bilan
xohlagan vaqtda siya murojaat qilish huquqidan mahrum etmaydi.
Aliment  olish huquqiga ega bo'lgan  shaxs,  aliment  talab qilish luxu vujudga
kelganidan   so'ng   qancha   muddat   o'tganidan   qat'i   nazar,   xohlagan   vaqtda   aliment
undirish to'g'risidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.
Mazkur   shaxs,   nizo   bo'lmagan   taqdirda,   voyaga   yetmagan   bolalar   uchun
aliment   undirish   to'g'risidagi   ariza   bilan   sudga   murojaat   etishga   haqli   bo'lib,   bu
ariza buyruq tartibida ish yuritish tarzida ko'rib chiqiladi. Aliment sudga murojaat
etilgan   paytdan   boshlab   undiriladi.   Qonunda   alimentlar   undirish   haqidagi   ijro
hujjatlari   darhol   ijro   etilishi   belgilangan   Davlat   ijrochisi   alimentlar   undirish
haqidagi   ijro   hujjati   qonunda   belgilangan   talablarga   muvofiq   bo'lsa.   ijroga   qabul
qiladi   va   kelih  tushganidan   so'ng   uch  kundan   kechiktirmasdan   ijro   ishi   yuritishni
qo'zg'atish   to'g'risida   qaror   chiqaradi.   Davlat   ijrochisining   ijro   ishi   yuritishni
qo'zg'atish   to'g'risidagi   qarori,   u   chiqarilgan   kunning   ertasidan   kechkitirilmasdan
undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek ijro hujjatini bergan sudga yuboriladi.
Aliment   undirish   to'g'risidagi   ijro  ishi   yuritish   qo'zg'atilganidan   keyin   davlat
ijrochisi   darhol   qarzdorning   yashash   joyi,   ish   joyi   daromadlari   va   mol-mulkini
aniqlashga   qaratilgan   choralarni   ko'radi.   Bu   maqsadda   ijro   ishi   qo'zg'atilgan   kuni
soliq   organiga   so'rovnoma   yuborish   va   zudlik   bilan   qarzdorning   yashash   joyi
bo'yicha   chiqishi   lozim.   Davlat   ijrochisi   qarzdorning   mulkiy   ahvolini   aniqlash
maqsadida DAN, bank yoki  boshqa kredit tashkilotlari. ro'yxatga olish xizmatlari
va boshqa organlarga so'rovnomalar yuboradi.
Aliment   to'lashi   shart   bo'lgan   shaxsning   ish   joyidagi   ish   beruvchi   yoki
pensiya, nafaqa, stipendiya olayotgan joyidagi tashkilot ma'muriyati aliment to'lash
to'g'risidagi   notarial   tartibda   tasdiqlangan   kelishuvga   yoki   ijro   varaqasiga   asosan
aliment to'lashi shart bo'lgan shaxsning ish haqidan va (yoki) boshqa daromadidan
har   oyda   aliment   ushlab   qolib,   aliment   to'lashi   shart   bo'lgan   shaxsga   ish   haqi to'langan   va   (yoki)   boshqa   daromadlar   olingan   kundan   boshlab,   uch   kundan
kechiktirmay   aliment   oluvchi   shaxsga   aliment   to'lashi   yoki   aliment   to'lashi   shart
bo'lgan shaxsning hisobidan unga o'tkazishi shart.
Sudning   hal   qiluv   qarori   yoki   aliment   to'lash   to'g'risidagi   notarial   tartibda
tasdiqlangan   kelishuv   bo'yicha   aliment   ushlab   qolishi   lozim   bo'lgan   ish   beruvchi
(tashkilot   ma'muriyati)   aliment   to'lovchi   shaxs   bilan   mehnat   shartnomasi   bekor
qilinganligi haqida, shuningdek uning yangi ish. o'qish joyi yoki turar joyi ma'lum
bo'lsa, bu haqida sutning hal qiluv qarori ijro etiladigan joydagi davlat ijrochisiga
yoki aliment oluvchi shaxsga uch kun muddat ichida xabar berishi shart.
Aliment to'lashi shart bo'lgan shaxs uch kun muddatda o'z ish, o'qish joyi yoki
turar   joyi   o'zgarganligi   haqida,   shuningdek   qo'shimcha   ish   haqi   yoki   boshqa
daromadi   to'g'risida   davlat   ijrochisini   hamda   aliment   oluvchi   shaxsni   xabardor
qilishi shart.
Aliment   qarzi   aliment   to'lashi   shart   bo'lgan   shaxsning   ish   haqi   va   (yoki)
boshqa   daromadidan   undiriladi.   Ish   haqi   va   (yoki)   boshqa   daromad   yetarli
bo`lmaganda,   aliment   to'lashi   shart   bo'lgan   shaxsning   banklar   va   boshqa   kredit
tashkilotlaridagi   hisobvaraqlarida   turgan   pul   mablag'idan.   tijorat   va   tijoratchi
bo'lmagan tashkilotlarga shartnoma asosida o'tkazilgan pul mablag'idan undiriladi.
mulk   huquqining   o'tishiga   olib   keluvchi   shartnomalar   bundan   mustasno.   Bu
mablag'   yetarli   bo'lmaganda   undirish   aliment   to'lashi   shart   bo'lgan   shaxsning
qonun   bo'yicha   undirish   qaratilishi   mumkin   bo'lgan   har   qanday   mol-mulkiga
qaratiladi.
Alimentlar   ijro   varaqasi   yoki   aliment   to'lash   to'g'risidagi   notarial   tartibda
tasdiqlangan  kelishuv  bo'yicha  aliment   to'lashi   shart  bo'lgan  shaxsning   aybi  bilan
undirilmagan bo'lsa, alimentlar ko'rsatilgan uch yillik muddatdan qat'i nazar, o'tgan
barcha vaqt uchun undiriladi. Voyaga yetmagan bolalariga aliment to lash va ularni
ta'minlashda   ota-onaning   majburiyatlari,   shuningdek   voyaga   yetgan,   mehnatga
layoqatsiz,   yordamga   muhtoj   bolalariga   ta'minot   berishda   ota-onaning
majburiyatlari   tengdir.   Aliment   qarzining   miqdori   davlat   ijrochisi   tomonidan
sudning   hal   qiluv   qarori   yoki   aliment   to'lash   to'g'risidagi   notarial   tartibda tasdiqlangan   kelishuvda   belgilangan   aliment   miqdoridan   kelib   chiqqan   holda
aniqlanadi.
Oila   kodeksining   99-moddasiga   asosan   voyaga   yetmagan   bolalarga
to'lanadigan aliment qarzining miqdori aliment to'lashi shart bo'lgan shaxsning ish
haqi   va   boshqa   daromadi   miqdoridan   kelib   chiqqan   holda   aliment   undirilmagan
vaqt uchun hisoblab chiqiladi. Agar aliment to'lashi shart bo'lgan shaxs shu davrda
ishlamagan bo'lsa yoki  uning ish haqi va (yoki) daromadini tasdiqlovchi  hujjatlar
taqdim qilinmagan bo'lsa, aliment qarzi undirilayotgan vaqtda aliment O'zbekiston
Respublikasidagi o'rtacha oylik ish haqi miqdori bo'yicha hisoblab chiqiladi. Agar
qarzni   bunday   belgilash   taraflardan   birining   manfaatlariga   jiddiy   putur   yetkazsa,
manfaatlariga   putur   yetkazilgan   taraf   sudga   murojaat   qilishga   haqlidir.   Sud
taraflarning   moddiy   va   oilaviy   ahvolini   va   boshqa   e'tiborga   loyiq   holatlarni
inobatga olib, qarzning pul bilan to'lanadigan qat'iy summasini belgilashi mumkin.
Taraflar o'rtasidagi kelishuvga muvofiq aliment qarzini to'lashdan ozod qilish yoki
uni kamaytirishga taraflarning o'zaro roziligi bo'lgandagina yo'l qo'yiladi.
Agar   sud   aliment   to'lashi   shart   bo'lgan   shaxs   kasalligi   yoki   boshqa   uzrli
sabablarga ko'ra aliment to'lamaganligini aniqlasa hamda uning moddiy va oilaviy
ahvoli   yig'ilgan   aliment   qarzni   to'lashga   imkon   bermaydi   deb   topsa,   aliment
to'lovchining  da'vosiga   binoan  uni   aliment   qarzlarini   to'lashdan   to'la  yoki   qisman
ozod etishga haqlidir.
Sudning hal qiluv qaroriga ko'ra aliment to'lashi shart bo'lgan shaxsning aybi
bilan   qarz   vujudga   kelgan   bo'lsa,   aybdor   shaxs   kechiktirilgan   har   bir   kun   uchun
to'lanmay   qolgan   aliment   summasining   o'ndan   bir   foizi   miqdorida   aliment
oluvchiga   jarima   to'laydi.   Aliment   oluvchi   aliment   o'z   vaqtida   to'lanmaganligida
aybdor bo'lgan aliment to'lashi  shart shaxsdan  aliment  to'lash  majburiyatlarini o'z
vaqtida   bajarmaganlik   oqibatida   yetkazilgan   barcha   zararlarning   jarima   bilan
qoplanmagan qismini undirishga ham haqlidir.
Aliment   qarshi   qo'yilgan   boshqa   talablar   bilan   hisobga   o'tkazilish   mumkin
emas.   Alimentni   qaytarib   olishga   yo'l   qo'yilmaydi.   Quyidays   hollar   bundan
mustasno: *aliment oluvchi tomonidan yolg'on ma'lumotlar berish yoki qalbak hujjatlar
taqdim   etish   oqibatida,   aliment   undirish   to'g'risida   chuqurilgan   sudning   hal   qiluv
qarori bekor qilinganda; aliment oluvchi tomonidan aldash, qo'rqitish yoki zolik ta
in   ostida   tuzilgan   aliment   to'lash   to'g'risidagi   kelishuv   haqiqiy   emas   deb
topilganda;
*aliment   to'lanishiga   asos   bo'lgan   sudning   hal   qiluv   qarori,   aliment   to'lash
to'g'risidagi   kelishuv   yoki   ijro   varaqasi   qalbakiligi   fakti   sud   hukmi   bilan
aniqlanganda.
Agar   yuqorida   ko`rsatilgan   harakatlar,   voyaga   yetmagan   bolaning   yoki
voyaga yetgan u muomalaga layoqatsiz aliment oluvchining vakili tomonidan sodir
etilgan bo'lsa. aliment qaytarib olinmaydi, to'langan aliment summalari esa aliment
to'lashi shart bo'lgan shaxsning da'vosiga ko'ra aybdor vakildan undiriladi.
Sudning   hal   qiluv   qaroriga   asosan   pul   bilan   to'lanadigan   qat'iy   summada
undirilayotgan   alimentlarni   indeksatsiya   qilish   alimentlar   ushlab   qolinayotgan
joyda   qonun   hujjatlari   bilan   belgilangan   eng   kam   oylik   ish   haqiga   mutanosib
ravishda amalga oshiriladi.
Indeksatsiya   qilish   maqsadida   alimentning   miqdori   sud   tomonidan   qonun
hujjatlarida   belgilangan   eng   kam   oylik   ish   haqining   muayyan   qismiga   mos
ravishda  pul bilan to'lanadigan  qat'iy summada belgilanadi. Aliment  to'lashi  shart
bo'lgan shaxs doimiy yashash uchun yoki uch oydan ortiq muddatga chet davlatga
ketayotganida,   qonunga   muvofiq,   o'zi   ta'minot   berishi   lozim   bo'lgan   aliment
oluvchilar   bilan   Oila   kodeksining   130-134-moddalariga   asosan   aliment   to'lash
to'g'risida kelishuv tuzishi shart. Aliment to'lash to'g'risida kelishuvga erishilmagan
taqdirda   shaxs   aliment   miqdorining   pul   bilan   to'lanadigan   qat'iy   summada
belgilanishi va alimentni bir yo'la to'lash to'g'risida yoki aliment evaziga muayyan
mol   mulkni   berish   yoxud   alimentni   boshqa   usulda   to'lash   to'g'risidagi   talab   bilan
sudga murojaat qilishga haqli. Voyaga yetmagan bolalar ta'minoti uchun alimentlar
oldindan   to'langan   yoki   aliment   to'lash   majburiyatini   ta'minlash   uchun   garov
shartnomasi   tuzilgan   bo'lsa,   shaxs   aliment   to'lash   to'g'risida   kelishuv   tuzish
majburiyatidan ozod etiladi. Aliment   miqdori   sud   tartibida   belgilangandan   keyin   taraflardan   birining
moddiy   yoki   oilaviy   ahvoli   o'zgarsa,   sud   ulardan   har   birining   talabiga   ko'ra
alimentning belgilangan miqdorini o'zgartirishga yoki aliment to lashi shart bo'lgan
shaxsni   aliment   to'lashdan   ozod   qilishga   hagh.   Aliment   miqdorini   o'zgartirishda
yoki   uni   to'lashdan   ozod   qilishda   sud   taraflarning   e'tiborga   loyiq   boshqa
manfaatlarini  hisobga olishga Aliment undirish haqidagi ijro hujjatlari va aliment
to'lash   to'g'risidagi   notarial   tarzda   tasdiqlangan   kelishuvlar   bo'yicha   aliment
undirish.   Aliment   undirish   to'g'risidagi   ijro   hujjatlari   undiruvchi   tomonidan   MIB
tuman bo'limiga: qarzdorning yashash joyi. ish joyi yoki imlo mulkini turgan joyi
bo'yicha   taqdim   etiladi.   Aliment   undirish   haqidagi   ijro   hujjatlariga   quyidagilar
kiradi:
-fuqarolik   ishlari   bo'yicha   sudlarning   qarorlariga   asosan   berilgan   ijro
varaqalari:
- sud buyruqlari: 
- alimentlar to'lash to'g'risidagi notarial tarzda tasdiqlangan kelishuvlar.
Aliment to lash to'g'risidagi kelishuvga muvofiq aliment to'lashi shart bo'lgan
shaxsning   aybi   bilan   qarz   vujudga   kelgan   bo'lsa,   aybdor   shaxs   ushbu   kelishuvda
belgilangan tartibda javobgar boladi. Aliment to'lash to'g'risidagi kelishuv (aliment
miqdori,   shartlari   va   to'lash   tartibi)   aliment   to'lashi   shart   bo'lgan   shaxs   bilan
aliment   oluvchi   o'rtasida   tuziladi.   Agar   aliment   oluvchi   muomalaga   layoqatsiz
bo'lsa, kelishuv uning qonuniy vakili bilan tuziladi.
Aliment   to'lash  to'g'risidagi   kelishuv  yozma   shaklda  tuzilib,  notarial   tartibda
tasdiqlanishi   lozim.   Aliment   to   lash   to'g'risida   kelishuv   tuzishning   qonunda
belgilangan shakliga rioya qilmaslik O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida
nazarda   tutilgan   oqibatlarga   olib   keladi.   Notarial   tartibda   tasdiqlangan   aliment
to'lash   to'g'risidagi   kelishuv   ijro   varaqasi   kuchiga   ega   bo'ladi.   Aliment   to'lash
to'g'risidagi notarial tartibda tasdiqlangan kelishuv yoki ijro varaqasi asosida o'tgan
davrdagi   aliment   qarzi   ijro   varaqasi   yoki   aliment   to'lash   to'g'risidagi   kelishuv
aliment undirish uchun taqdim qilingunga qadar o'tgan uch yildan ortiq bo'lmagan
muddat uchun undiriladi. Aliment   to'lash   to'g'risidagi   notarial   tartibda   tasdiqlangan   kelishuv   bo'yicha
aliment to'lashi shart bo'lgan shaxsning aybi bilan undirilmagan bo'lsa, aliment uch
yillik muddatdan qat'i nazar, o'tgan barcha vaqt uchun undiriladi.
Aliment to lash to'g'risidagi kelishuv taraflarning o'zaro roziligi bilan istalgan
vaqtda   o'zgartirilishi   yoki   bekor   qilinishi   mumkin.   Aliment   to'lash   to'g'risidagi
kelishuv   qanday   shaklda   tuzilgan   bo'lsa,   umi   o'zgartirish   yoki   bekor   qilish   ham
o'sha   shaklda   amalga   oshiriladi.   Aliment   to'lash   to'g'risidagi   kelishuvning
bajarilishini   bir   taraflama   rad   qilishga   yoki   uning   shartlarini   bir   taraflama
o'zgartirishga yo'l qo'yilmaydi.
Taraflarning   moddiy   yoki   oilaviy   ahvolida   jiddiy   ozgarishlar   yuz   berganda
hamda   aliment   to   lash   to'g'risidagi   kelishuvni   o'zgartirish   yoki   bekor   qilish
to'g'risida   ular   o'zaro   kelisha   olmaganda.   manfaatden   taal   kelishuvni   o'zgartirish
yoki bekor qilish to'g'risidagi da'vo bilan suda murojaat qilishga haqli Sud aliment
to lash to'g'risidagi  kelishuvi o'zgartirish yoki bekor qilish masalasini  hal qilishda
taraflarning e'tiboriga loyiq har danday manfaatini hisobga olishga haqli.
Aliment   to'lash   to'g'risidagi   kelishuvga   binoan   to'lanadigan   alimentlarning
miqdorini   taraflar   shu   kelishuvda   belgilaydilar.   Voyaga   yetmagan   bolalarga
aliment   to'lash   to'g'risidagi   kelishuvga   binoan   to'lanadigan   alimentning   miqdori
aliment   sud   tartibida   undirilganda   bolalar   olishi   mumkin   bo'lgan   miqdordan   kam
bo'lmasligi   kerak.   Aliment   tolash   to'g'risidagi   kelishuv   bo'yicha   aliment   to'lash
usullari va tartibi shu kelishuv bilan belgilanadi.
Alimentlar:
-aliment to'lashi shart bo'lgan shaxsning ish haqi va (yoki) boshqa daromadiga
nisbatan ulushlarda; - vaqti-vaqtida pul bilan to'lanadigan qat'iy summada:
- bir yola pul bilan to'lanadigan qat'iy summada; 
-   mol-mulk   bilan   yoki   kelishuvda   qayd   etilgan   boshqa   usullarda   to`lanishi
mumkin.   Aliment   to'lash   haqidagi   kelishuvda   aliment   to'lashning   turli   usullarini
birga qo'shib qo'llash nazarda tutilishi mumkin.
Aliment to lash to'g'risidagi kelishuv bo'yicha to'lanadigan aliment miqdorini
indeksatsiya qilish shu kelishuvga muvofiq amalga oshiriladi. Agar   aliment   to'lash   to'g'risidagi   kelishuvda   indeksatsiya   qilish   tartibi
ko'rsatilmagan bo'lsa.  alimentlar  ushlab qolinayotgan joyda  qonun hujjatlari  bilan
belgilangan eng kam oylik ish haqiga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.
Indeksatsiya   qilish   maqsadida   alimentning   miqdori   sud   tomonidan   qonun
hujjatlarida   belgilangan   eng   kam   oylik   ish   haqining   muayyan   qismiga   mos
ravishda pul bilan to'lanadigan qat'iy summada belgilanadi.
Aliment   to   lash   to'g'risidagi   kelishuvda   belgilangan   aliment   majburiyatlari
taraflardan birining o'limi, mazkur kelishuv muddatining o'tishi yoki unda nazarda
tutilgan boshqa asoslarga ko'ra tugaydi. Sud tartibida undiriladigan aliment to'lash:
-bola voyaga yetganda yoki voyaga yetmasdan turib to la muomala layoqatigaʻ
ega bo'lganda: - foydasiga aliment undirilayotgan bola farzandlikka olinganda:
-   sud   aliment   oluvchining   mehnatga   layoqati   tiklangan   yoki   uni   yordamga
muhtoj   bo'lmay   qolgan   deb   topganda:   mehnatga   layoqatsiz.   yordamga   muhtoj
aliment oluvchi sobiq er yoki xotin yangi nikohga kirganda: aliment oluvchi yoki
aliment to'lashi shart bo'lgan shaxs vafot etganda tugatiladi.
Aliment   undirish   bo'yicha   ijro   ishi   yuritish   quyidagi   hollarda   tamomlanadi
voyaga   yetmagan   bolalarga   undiriladigan   aliment   bolalarming   voyaga   yetganligi
sababli   amalda   ijro   etilganligi   Besla   shaxslarga   undiriladigan   aliment   to'lanishi
lozim   bo'lgan   muddat   tugaganligi   sababli   (qarzdorlik   bo'lmasay   ijro   hujjati   uni
bergan   sud   yoki   bosdupa   organning   yoxud   undiruvchinig   talabiga   binoan   ijro
etilmasdan qaytarilganla 
-   ijro   hujjati   aliment   yoki   qarzdorlik   bo'yicha   davriy   to'lovlarni   undirish   va
qarzdorning ish haqiga qaratish uchun yuborilganda; 
-   ijro   hujjati   qarzdorning   yashash   joyi   o'zgarganligini   tasdiqlovchi   aniq
ma'lumotlar   mavjud   bo'lsa   bir   hududiy   boshqarma   yoki   bo'limdan   ikkinchisiga
yuborilganda.   ijro   ishi   yuritish   sud   qaroriga   asosan   tugatilgan   bo'lsa;   ijro   hujjati
undiruvni   imkoniyati   yo'qligi   sababli   quyidagi   hollarda   dalolatnoma   bilan
qaytarilsa:
- qarzdor doimiy istiqomat qilish uchun chet davlatga chiqib ketganda: -bola   ta'minoti   uchun   undiriladigan   aliment   bo'yicha   qarzdorlikni   voyaga
yetgan bolaga undirishda boshqa shaxslarga undiriladigan aliment to'lanishi lozim
bo'lgan muddat tugaganda.
Aliment undirish bo'yicha ijro ishi yuritishda qarzdorning mol-mulki, yashash
joyi,   ish   joyi   va   daromadlari   to'g'risida   ma'lumotlar   mavjud   bo'lmaganda   undiruv
imkoniyati yo'qligi to'g'risida dalolatnoma asosida qaytarishga yo'l qo'yilmaydi.
  QARZDORGA MUAYYAN HARAKATLARNI AMALGA OSHIRISH
YOKI ULARNI AMALGA OSHIRISHDAN O'ZINI TIYISH
MAJBURIYATINI YUKLOVCHI IJRO HUJJATLARINI IJRO
ETISHNING UMUMIY SHARTLARI
Davlat   ijrochisi   qarzdorga  muayyan  harakatlarm   amalga  oshirish  yoki  ularni
amalga   oshirishdan   o'zini   tiyish   majburiyatini   yuklovchi   ijro   hujjati   bo'yicha   ro
ishini   yuritishni   qo'zg'atayotganda   ularni   ixtiyoriy   ravishda   ijro   etish   uchun   unga
o'n besh kunlik muddat belgilaydi.
Davlat   ijrochisi   ijro   hujjatining   o'zi   belgilagan   musklatda   ixtiyoriy   ravishda
ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. pro hujjatini davlat ijrochisi olgach,
uro   ishi   yuritishni   qo'zg'alish   to'g'risidagi   masalan,   ure   hujjati   kelib   tushgan
vaqtdan boshlab bir ish kuni ichida hal etadi.
Qarorda   ijro   hujjatida   ijro   etish   muddatlari   ko'rsatilmagan   bo lsa.   ixtiyoriyʻ
ravishda   ijro   etish   uchun   o'n   besh   kunlik   muddat   belgilah,   ijro   hujjati   talablarini
belgilangan muddatda ijro etmagan taqdirda, unga nisbatan ma'muriy jarima va ijro
yig'imi   (jismoniy   shaxslardan   eng   kam   ish   haqining   besh   barobari,   yuridik
shaxslardan   esa-eng   kam   ish   haqining   o'n   barobari   miqdorida)   undirilishi
ko'rsatilib, qarzdorga tushuntirishi lozim.
Davlat   ijrochisi   nomulkiy   xarakterdagi   ijro   ishi   bo'yicha   qarzdorga   ijro
hujjatini talabini  ixtiyoriy ravishda belgilangan mucklatda uzrsiz sabablarga  ko'ra
ijro   etmasa   yoki   uning   zimmasiga   muayyan   harakatlarni   sodir   etish   yoxud   ularni
sodir etishdan o'zini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatini uzrsiz sabablarga ko'ra belgilagan muddatda qarzdor ijro etmasa, fuqarolarga eng kam  ish haqining
besh baravaridan o'n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa o'n baravaridan o'n
besh baravarigacha miqdorda jarima soladi.
Agar   qarzdor   muayyan   harakatlarni   sodir   etish   yoxud   ularni   sodir   etishdan
o'zini   tiyish   majburiyatini   yuklovchi   sud   hujjatini   bajarishdan   bo'yin   tovlashni
ma'muriy   jazo   qo'llanilganidan   keyin   ham   davom   ettirsa,   Jinoyat   kodeksiga
muvofiq, sud hujjatining ijro etilishiga to'sqinlik qilgani uchun eng kam oylik ish
haqining   yuz   baravarigacha   miqdorda   jarima   yoki   uch   yuz   oltmish   soatgacha
majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha
ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Mansabdor   shaxsning   muayyan   harakatlarni   sodir   etish   yoxud   ularni   sodir
etishdan   o'zini   tiyish   majburiyatini   yuklovchi   sud   hujjatini   hajarishdan   bo'yin
tovlashni ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin ham davom ettirishi eng kam oylik
ish   haqming   yuz   baravaridan   ikki   yuz   baravarigacha   miqdorda   jarima   yoki   hesh
yilgacha   muayyan   huquqdan   mahrum   qilish   yoki   ikki   yildan   besh   yilgacha
ozodlikni   cheklash   yoxud   besh   yilgacha   ozodlikdan   mahrum   qilish   bilan
jazolanadi.
Davlat   ijrochisi   ijro   hujjatining   talablarini   qarzdor   tomonidan   helgilangan
muddatda uzrsiz sabablarga ko'ra ijro etmagan taqdirda. davlat ijrochisi qarzdorga
nisbatan ma'muriy jazo qo'llaydi: sud hujjatini bajarishdan bo'yin tovlagan taqdirda
esa   uni   jinoiy   javobgarlik   to'g'risida   yozma   shaklda   ogohlantiradi.   Qarzdor
shundan   so'ng   ham   ijro   hujjatini   jro   etishdan   bo'yin   tovlagan   taqdirda,   davlat
ijrochisi   qonanda   belgilangan   tartibda   uni   jinoiy   javobgarlikka   tortish   masalasini
hal qiladi.
   ISHGA TIKLASH TO'G'RISIDAGI IJRO HUJJATINI IJRO ETISH
Xodimni   ishga   tiklash   to'g'risidagi   ijro   hujjati.   basharti,   u   bilan   tuzilgan
mehnat   shartnomasi   qonunga   xilof   ravishda   bekor   qilingan   yoki   qonunga   xilof
ravishda boshqa ishga o'tkazilgan bo'lsa, darhol ijro etiladi. O'zbekiston   Respublikasi   Mehnat   kodeksining   111-moddasida   mehnat
shartnomasi   g'ayriqonuniy   ravishda   bekor   qilingan   yoki   xodim   g'ayriqonuniy
ravishda   boshqa   ishga   o'tkazilgan   hollarda,   u   ish   beruvchining   o'zi,   sud   yoki
boshqa   vakolatli   organ   tomonidan   avvalgi   ishiga   tiklanishi   lozimligi,   273-
moddasida   esa   xodim   bilan   tuzilgan   mehnat   shartnomasi   g'ayriqonuniy   ravishda
bekor qilinganda uni ishga tiklash. shuningdek mehnat shartnomasini bekor qilish
asoslari   ta'rifini   o'zgartirish   to'g'risida   sud   chiqargan   hal   qiluv   qarori   yoki
g'ayriqonuniy   ravishda   boshqa   ishga   o'tkazilgan   xodimni   avvalgi   ishiga   tiklash
haqida   mehnat   nizolarini   ko'ruvchi   organ   chiqargan   qaror   darhol   ijro   etilishi
lozimligi belgilangan.
Davlat   ijrochisi   ijro   ishi   yuritishni   qo'zg'atish   to'g'risidagi   qarorida   ish
beruvchini,  agarda   ijro   hujjati   ijrosini   darxol,  ya'ni   qaror   taqdim   qilingan   kundan
bir   kunlik   muddat   ichida   ijrosini   ta'minlamagan   taqdirda,   jro   hujjati   bo'yicha   ijro
yig'imi va jarima jazosi qo'llanilishi, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Jinoyat
kodeksining   1-48-moddasida   belgilangan   mehnat   qilish   huquqini   buzish   hamda
232-moddasiga   asosan,   sud   qarorini   hajanmaganlik   uchun   jinoiy   javobgarlik
mavjudligi haqida ogohlantirishi lozim.
Ijro   hujjati   ijrosini   ta'minlash   jarayonida   davlat   ijrochisi   ish   beruvchi
tomonidan   noqonuniy   farmoyishini   bekor   qilish   to'g'risidagi   buyrug'i   nusxasini
olgandan   so'ng   undiruvchining   o'z   vazifalarini   bajarishga   kirishganligi   to'g'risida
va   ishga   tiklanganligi   yuzasidan   qarzdor   va   undiruvchi   tegishli   dalolatnoma
rasmiylashtiradi.
Ish   beruvchining   mehnat   shartnomasini   bekor   qilish   yoki   boshqa   ishga
o'tkazish   haqidagi   o'zining   noqonuniy   farmoyishini   bekor   qilish   to'g'risidagi
buyrug'i nusxasi ijro ishini yuritish materiallariga tikiladi O'zbekiston Respublikasi
qonun   hujjatlari   fuqarolar   melumat   huquqlarning   ishonchli   kafolatlarini   nazarda
tutadi.   Jumladan,   melmat   qonunchiligiga   muvofiq,   mehnat   shartnomasi
g'ayriqonuniy  ravishda   bekor   qilingan   yoki   xodim   g'ayriqonuniy   ravishda   boshqa
isha o'tkazilgan hollarda, u ish beruvchining o'zi, sud yoki boshqa vakolatli organ
tomonidan avvalgi ishiga tiklanishi lozim. Ishga   tiklanganda   ish   beruvchiga   xodimga   yetkazilgan   zarami   qoplash
majburiyati yuklatiladi.
Mehnat   kodeksining   273-moddasiga   ko'ra,   xodim   bilan   tuzilgan   mehnat
shartnomasi g'ayriqonuniy ravishda bekor qilinganda uni ishga tiklash, shuningdek
mehnat   shartnomasini   bekor   qilish   asoslari   ta'rifini   o'zgartirish   to'g'risida   sud
chiqargan   hal   qiluv   qarori   yoki   g'ayriqonuniy   ravishda   boshqa   ishga   o'tkazilgan
xodimni avvalgi ishiga tiklash haqida mehnat nizolarini ko'ruvchi organ chiqargan
qaror darhol ijro etilishi lozim.
Ishga   tiklash   to'g'risidagi   ijro   hujjatini   ijro   etish   ish   beruvchi   melinal
shartnomasini   bekor   qilish   yoki   boshqa   ishga   o'tkazish   haqidagi   o'zining
noqonuniy   farmoyishini   bekor   qilish   to'g'risida   buyruq   chiqarib,   xodim   ilgarigi
mehnat   majburiyatlarini   bajarishga   amalda   qo'yilgan   vaqtdan   boshlab
tamomlangan   hisoblanadi.   Ish   beruvchining   mehnat   shartnomasini   bekor   qilish
yoki boshqa ishga o'tkazish haqidagi o'zining noqonuniy farmoyishini bekor qilish
to'g'risida buyrug'i nusxasi ijro ishi yuritish materiallariga tikib qo'yiladi.
   IMORATNI BUZIB TASHLASH TO'G'RISIDAGI IJRO HUJJATINI
IJRO ETISH
Imoratni   buzib   tashlash   to'g'risidagi   ijro   hujjati   jismoniy   va   yuridik   shaxslar
tomonidan imorat o'zboshimchalik bilan qurilgan hollarda ijro etiladi. Qarzdorning
imoratini   majburiy   buzib   tashlash   faqat   sud   qarori   asosida   berilgan   ijro   hujjatiga
muvofiq   xolislar   ishtirokida   va   ichki   ishlar   organlarining   xodimlari   ko'magida
davlat ijrochisi tomonidan amalga oshiriladi.
Qonun   hujjatlarida   belgilangan   tartibda   qurilish   maqsadlari   uchun
ajratilmagan yer uchastkalarida, shuningdek imorat qurish uchun zarur ruxsatnoma
olmasdan   yoki   arxitektura   va   qurilish   normalari   hamda   qoidalarini   jiddiy   buzgan
holda   qurilgan   uy-joy,   boshqa   bino,   inshoot   yoki   o'zga   ko'chmas   mulk
o'zboshimchalik   bilan   qurilgan   imorat   hisoblanadi.   O'zboshimchalik   bilan   imoral
qurgan shaxs unga mulk huquqini ololmaydi. O'zboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs   qurgan   imoratini   tasarruf   etishga,   sotishga,   hadya   etishga.   ijaraga   berishga,
imoratga nisbatan boshqa bitimlar tuzishga haqli emas.
Shaxs   o'ziga   qarashli   bo'lmagan   yer   uchastkasida   o'zboshimchalik   bilan
imorat   qurgan   bo'lsa,   uning   bu   imoratga   nisbatan   mulk   huquqi   sud   tomonidan
basharti  mazkur uchastka shu shaxsga  qurilgan imorat uchun belgilangan tartibda
beriladigan bo'lsa, etirof e'tishi mumkin.
O'zboshimchalik   hilan   qurilgan   imoratning   saqlab   qolarlu   weh   shaxslaming
huquqlari   va   qonun   bilan   qo'riqlanadigan   manfaatlan   buzilishiga   sabah   bo'lsa,
yoxud   fuqarolarning   hayoti   va   sog'lig'iga   sav   tug'dirsa,   yuqorida   ko'rsatilgan
shaxslarning o'zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi e'tirof
etilishi   mumkin   ema   O'zboshimchalik   bilan   imorat   qurish   natijasida   huquqlari
buzilgan   shaxsning   yoki   tegishli   davlat   organining   da'vosi   bilan   bunday   inwat
sudning   qaroriga   binoan   imoratni   qurgan   shaxs   tomonidan   yoki   uning   hisobidan
buzib tashlanishi lozim.
Imoratni buzib tashlash to'g'risidagi ijro varaqasini olgach, davlat ijrochisi ijro
ishi   yuritishni   qo'zg'atadi   va   qarzdorga   ijro   hujjatlari   talabini   ixtiyoriy   bajarish
uchun   muddat   belgilaydi.   Ixtiyoriy   ijro   uchun   belgilangan   muddat   tugaganidan
so'ng   davlat   ijrochisiz   agarda   ijm   harakatlarini   keyinga   qoldirish,   ijro   ishi
yuritishni   to'xtatib   turish   yoki   tugatish   uchun   asoslar   bo'lmasa,   qarzdorning
imoratini   majburiy   buzib   tashlashga   kirishadi.   Noqonuniy   qurilishlarni   buzish
to'g'risidagi   ijro   hujjatlarini   ijro   etishda,   davlat   ijrochisi   tegishli   tuman   (shahar)
arxitektura   va   qurilish   boshqarmasi   (bo'limi)   mutaxassisi,   tuman   (shahar)   yer
resurslari va davlat kadastri bo'limi mutaxassisi, tegishli tuman (shahar) kommunal
ekspluatatsiya   boshqarmasining   obodonlashtirish   va   irrigatsiya   xizmati
mutaxassisini,   shuningdek   fuqarolarning   mahalliy   o'zini   o'zi   boshqarish   organi
vakilini   taklif   etadi   va   ular   ishtirokida   ijro   hujjatini   ijrosini   amalga   oshiradi,   bu
haqda dalolatnoma tuzadi.
Belgilangan tartibda majburiy ijro harakatlari amalga oshirilishi joyi va vaqti
to'g'risida   rasman   xabardor   qilingan   mutaxassis   belgilangan   joyga   belgilangan
vaqtda   yetib   kelmasa.   buzish   uning   ishtirokisiz   amalga   oshiriladi.   Noqonuniy qurilishlarni  buzish to'g'risidagi  ijro ishi yurituvi  buzilish obyektining to'liq buzib
tashlanganidan keyin tamomlangan hisoblanadi.
   YER UCHASTKASINI OLIB QO'YISH VA O'TKAZISHI
TO'G'RISIDAGI IJRO HUJJATINI IJRO ETISH
O'zbekistonda   qonunga   ko'ra   yer   davlat   mulki   wwwmulle   buylikdir.   undan
oqilona   foydalanish   zarur,   u   davlat   tomonidan   muhofaza   etiladi   hamda   oldi-setdi
qilinmaydi,   ayirboshlanmaydi,   hadya   etilmaydi   garovga   qo'yilmaydi.   Yuridik
shaxslar   yer   kodeksi   va   boshqa   qonun   hujjatlariga   muvofiq   doimiy   egalik   qilish,
doimiy   foydalanish   mal   (vaqtincha)   foydalanish,   ijaraga   olish   va   mulk   huquqi
asosida yer uchastkalariga ega bo'lishlari mumkin.
Jismoniy   shaxslar   yer   kodeksi   va   boshqa   qonun   hujjatlariga   muvofiq   meros
qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha)
foydalanish, ijaraga olish va mulk huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo'lishlari
mumkin. Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo'lgan mulk huquqi
savdo va xizmat ko'rsatish sohasi obyektlari ular joylashgan yer uchastkalari bilan
birga xususiylashtirilganda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vujudga keladi.
O'zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 37-moddasiga ko'ra. yer uchastkasi yoki
uning bir qismi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer egasining roziligi bilan yoki
yerdan   foydalanuvchi   va   ijarachi   bilan   kelishilgan   holda   tegishincha   tuman,
shahar,   viloyat   hokimining   qaroriga   yoxud   O'zbekiston   Respublikasi   Vazirlar
Mahkamasining qaroriga binoun olib qo'yiladi.
O'zboshimchalik   bilan   egallab   olingan   yer   uchastkasini   yer   egasiga,   yerdan
foydalanuvchiga,   yer   uchastkasi   ijarachisiga   yoki   mulkdoriga   qaytarish   tegishli
tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga
ko'ra amalga oshiriladi.
"Sud   hujjatlari   va   boshqa   organlar   hujjatlarini   ijro   etish   to'g'risida"gi
Qonunning   73-moddasiga   muvofiq   qarzdordan   yer   uchastkasini   majburiy   olib
qo'yish yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri organi mutaxassisi albatta   ishtirok   etgan   holda   amalga   oshiriladi.   Yer   uchastkalarini   qaytarib   berish
to'g'risidagi   ijro   hujjatlarini   ijro   etishda.   davlat   ijrochisi   tegishli   tuman   (shahar)
arxitektura   va   qurilish   boshqarmasi   (bo'limi)   mutaxassisi   va   tuman   (shahar)   yer
resurslari   va   davlat   kadastri   bo'limi   mutaxassisi,   shuningdek   fuqarolarning
mahalliy   o'zini   o'zi   boshqarish   organi   vakilini   taklif   etadi   va   ular   ishtirokida   ijro
hujjatining ijrosini amalga oshiradi, bu haqda dalolatnoma tuzadi. To'siqlar mavjud
bo lganda   (yer   maydonida   qishloq   xo'jalik   ekinlari   ekilganligi,   qurilishlarʻ
mavjudligi   va   hokazo)   va   bu   to'siqlarning   taqdiri   haqida   ijro   varaqasida
ko rsatilmagan   bo'lsa,   davlat   ijrochisi   Qonunga   muvofiq,   tegishli   sudga
ʻ
tushuntirish berishni so'rab murojaat qiladi.
Davlat   ijrochisi   yer   uchastkasini   majburiy   olib   qo'yish   kuni   va   vaqti   haqida
qarzdorni   xabardor   qiladi.   Yer   uchastkasini   majburiy   olib   qo'yish   kuni   va   vaqti
haqida   xabardor   qilingan   qarzdorning   kelmaganligi   ijro   hujjatini   ijro   etishga
to'sqinlik qilmaydi. Yer uchastkasini olib qo'yish to'g'risidagi ijro hujjatining ijrosi
yer   uchastkasi   davlat   rochisining   dalolatnomasi   asosida   undiruvchiga   o'tkazilgan
paytdan e'tiboran tamomlangan hisoblanadi.
Agar   undiruvchining   yer   uchastkasiga   bo'lgan   tegishli   huquqi   ro'yxatga
olinmagan   bo'lsa,   davlat   rochisi   o'z   qarori   bilan   yer   resurslari.   geodeziya,
kartografiya   va   davlat   kadastri   organiga   undiruvchining   ijro   hujjatida   korsatilgan
yer   uchastkasiga   bo'lgan   huquqini   davlat   ro'yxatidan   o'tkazish   majburiyatini
yuklaydi.   Bunda   yer   uchastkasini   olib   qo'yish   to'g'risidagi   ijro   hujjatining   ijrosi
undiruvchining   yer   uchastkasiga   bo'lgan   huquqi   davlat   ro'yxatidan   o'tkazilgan
paytdan e'tiboran tamomlangan hisoblanadi.
  QARZDORNI KO'CHIRISH TO'G'RISIDAGI IJRO HUJJATINI
IJRO ETISH TARTIBI
Uy-joy   munosabatlariga   oid   qarzdorni   ko'chirish   to'g'risidagi   ijro   hujjatlari
sud   qarori   asosida,   shuningdek   o'zboshimchalik   bilan   turar   joyni   egallab   olgan yoki   avariya   holatida   deb   topilgan   uylarda   yashayotgan   shaxslarni   ma'muriy
tartibda ko'chirish tartibi prokurorlarning qarorlari asosida ijro etiladi.
Qarzdorni   ko'chirish   to'g'risidagi   ijro   hujjati   davlat   ijrochisi   belgilagan
muddatda   ijro   etilmagan   taqdirda   ko'chirish   davlat   ijrochisi   tomonidan   majburiy
tartibda   amalga   oshiriladi.   Ko'chirish   ijro   hujjatida   ko'rsatilgan   binoni
ko'chiriluvchidan,   uning   mol-mulkidan.   uy   hayvonlaridan   bo'shatishdan   va
ko'chiriluvchining bo'shatilgan binodan foydalanishini man qilishdan iborat boladi.
Davlat   ijrochisi   majburiy   ko'chirish   kuni   va   vaqti   to'g'risida   qarzdorga
xabarnoma   orqali   rasman   ma'lum   qiladi.   Ko'chirish   kuni   to'g'risida   xabardor
qilingan   qarzdorning   hozir   bo'lmasligi   ijro   hujjatini   ijro   etish   uchun   to'sqinlik
qilmaydi.   Ko'chirish   xolislar,   qarzdor   bo lmagan   taqdirda   mahalla   yoki   uy-joyʻ
shirkati   vakillari   ishtirokida.   zarur   hollarda   ichki   ishlar   organlari   xodimlarining
ko'magida,   davlat   ijrochisi   tomonidan   qarzdorga   tegishli   mol-mulkni,   albatta,
xatlagan holda amalga oshiriladi.
Ko'chirish   to'g'risidagi   ijro   hujjatini   ijro   etish   davlat   ijrochisi   tomonidan
ko'chirish   to'g'risida   dalolatnoma   tuzish   orqali   rasmiylashtiriladi   va   ijro   ishi
yuritishni   tamomlash   to'g'risida   qaror   chiqariladi.   Ko'chirish   to'g'risidagi
dalolatnoma   uch   nusxada   tuzilib.   ulardan   biri   qarzdorga   beriladi,   ikkinchisi   ijro
hujjatini chiqargan sud yoki boshqa organga yuborilib, uchinchisi ijro ishi yuritish
materiallanda qoldiriladi.
Ko'chirish   xolislar,   qarzdor   bo'lmagan   taqdirda   mahalla   yoki   uy-joy   shirkati
vakillari ishtirokida, zarur hollarda ichki ishlar organlari xodimlarining ko'magida,
davlat   ijrochisi   tomonidan   qarzdorga   tegishli   mol-mulkni,   albatta,   xatlagan   holda
amalga oshiriladi.
Ko'chirish   to'g'risidagi   ijro   hujjatini   ijro   etish   davlat   ijrochisi   tomonidan
ko'chirish   to'g'risida   dalolatnoma   tuzish   orqali   rasmiylashtiriladi   va   ijro   ishi
yuritishni tamomlash to'g'risida qaror chiqariladi.
Qarzdorni   ko'chirish   to'g'risidagi   ijro   hujjatini   talablari   qarzdor   tomonidan
davlat   ijrochisi   belgilangan   muddatda,   ya'ni   5   kun   ichida   uzrsiz   sabablar   bilan
bajarilmagan taqdirda davlat ijrochisi qarzdorga "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi Qonunning 82-moddasiga muvofiq. O'zbekiston
Respublikasining   Ma'muriy   javobgarlik   to'g'risidagi   Kodeksining   198'-moddasiga
asosan   jarima   soladi.   Shundan   so'ng   davlat   ijrochisi   qarzdorni   ko'chirish.
to'g'risidagi   ijro   hujjatini   majburiy   ijro   etish   kuni   va   vaqtini   belgilaydi   hamda   bu
haqida   qarzdorga   xabar   beradi.   Ko'chirish   to'g'risidagi   ijro   hujjatini   ijro   etishda
qarzdorning   ishtiroki   majburiy   bo'lmaganligi   tufayli.   ko'chirish   vaqti   haqida
xabardor   qilingan   qarzdorning   kelmasligi   ijro   hujjatini   ijro   etishlik   uchun   to'siq
bo'la   olmaydi.   Agarda   sud   tomonidan   berilgan   ijro   hujjatida   ko'chirilayotgan
qarzdorni uy joy bilan ta'minlash majburiyati yuklangan shaxs ko'rsatilgan bo'lsa.
ijro   hujjati   bo'yicha   qarzdorni   ko'chirish   u   uy   joy   bilan   ta'minlanganidan   so'ng
amalga oshiriladi.
Agar qarzdor uydan ko'chirilgan kundan e'tiboran olti oy ichida mazkur mol-
mulkni   olib   ketmasa,   davlat   ijrochisi   qarzdorni   yozma   shaklda   ogohlantirganidan
so'ng mazkur mol-mulkni "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish
to'g'risida"gi Qonunida belgilangan tartibda realizatsiya qilishga topshiradi.
Qarzdorning mol-mulkini realizatsiya qilishdan tushgan va ijro yig'imi. davlat
ijrochisi   tomonidan   qarzdorga   solingan   jarimalar   va   ijro   xarajatlarining   o'rni
qoplanganidan   keyin   ortib   qolgan   pul   mablag'lari   qarzdorga   qaytariladi.   Qarzdor
tomonidan   talab   qilib   olinmagan   pul   mablag'lari   MIB   organining   depozit
hisobvarag'ida uch yil mobaynida saqlanadi. Mazkur pul mablag'lari ushbu muddat
o'tganidan so'ng O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga o'tkaziladi.
Davlat   ijrochilarining   ichki   ishlar   organlari   bilan   o'zaro   hamkorligs   ijro
harakatlari   amalga   oshirilayotganda   jamoat   tartibi   saqlanishini   ta'minlashga
ko'maklashish   va   ijro   hujjatini   majburiy   ijro   qilishda   vujudga   keladigan
to'sqinliklarni bartaraf etish maqsadida amalga oshiriladi.
Davlat   ijrochilari   o'zlariga   yuklatilgan   majburiyatlari   amalga   oshirishda   sad
hujjatlari   va   boshqa   organlar   hujjatlarini   ijrosini   bajarish   jarayonida   ko'rsatilgan
qarshiliklar   va   to'sqinliklarni   bartaraf   etish   va   tartib   saqlash   maqsadida   zarur
yordam   olish   uchun   tuman   (shahar)   ichki   ishlar   organlariga   murojaat   qilishiga
haqli.   Ijro   harakatlari   amalga   oshirilayotganda   jamoat   tartibi   saqlanishini ta'minlash   talab   etilsa,   davlat   ijrochisi   bu   haqda   davlat   ijrochilari   tuman   (shahar)
bo'limi katta davlat ijrochisiga ma'lum qiladi.
Katta  davlat  ijrochisi   shu  kunning o'zida  tegishli   tuman (shahar)  ichki   ishlar
bo'limi   boshlig'i   nomiga   yozma   talabnoma   bilan   murojaat   qiladi.   Katta   davlat
ijrochisining   yozma   talabnomasida   ijro   harakatlarini   amalga   oshirish   uchun   asos,
ijro harakatlari amalga oshiriladigan joy va sana, ijro harakatlarini amalga oshirish
muddatlari va boshqa ma'lumotlar ko'rsatiladi. Tuman (shahar) ichki ishlar bo'limi
boshlig'i   katta   davlat   ijrochisi   tomonidan   yuborilgan   yozma   talabnomani   olgach,
ijro   harakatlarini   amalga   oshirishda   ishtirok   etadigan   ichki   ishlar   organlari
xodimlarini   belgilaydi.   Bunda   ijro   harakatlarini   amalga   oshirishda   ishtirok
etadigan   ichki   ishlar   organi   xodimlarining   soni   ikki   kishidan   kam   bo'lmasligi
lozim. Ijro harakatlarini  amalga oshirishda ishtirok etadigan ichki  ishlar  organlari
xodimlari   tuman   (shahar)   ichki   ishlar   bo'limi   boshlig'iga   yuborilgan   yozma
talabnomada ko'rsatilgan joyga o'z vaqtida yetib kelishlari lozim.
Ijro harakatlari amalga oshiriladigan joyga yetib kelgan ichki ishlar organlari
xodimlari jamoat tartibi saqlanishini ta'minlash hamda yuzaga keladigan to'siqlarni
bartaraf etish choralarini ko'radilar.
Ichki   ishlar   organlari   xodimlari   yordamiga   ehtiyoj   kelib   chiqqanda.   davlat
ijrochisi, qoida tariqasida, ijro harakatlarini amalga oshirishdan bir kun oldin ichki
ishlar   organlari   xodimlarining   kelish   vaqti   va   aniq   joyi   shuningdek   ijro   harakati
yoki   harakatlarining   taxminiy   davomiylig   ko'rsatilgan   yozma   talabnoma   bilan
tuman (shahar) ichki ishlar organlariga murojaat etadi.
Ichki   ishlar   organlari   xodimlari   ijro   harakatlari   tamom   bo'lgunga   qadar
ishtirok etadilar. Davlat ijrochisi ijro harakatlari tamom bo'lganligi to'g'risida ichki
ishlar organlarining lavozimi bo'yicha yuqori turuvchi xodimini xabardor qiladi.
Davlat ijrochisi tomonidan ijro harakatlari amalga oshirilishi vaqtida. qarzdor
yoki   boshqa   shaxslar   o'zlarining   harakatlari   bilan   ijro   hujjatlarini   ijro   etishga
to'sqinlik   qilganlarida,   ichki   ishlar   organlari   xodimlari   zudlik   bilan   to'sqinliklarni
bartaraf   etish   choralarini   ko'radi.   Qarzdor   yoki   boshqa   shaxslar   davlat   ijrochisi
yoki   ichki   ishlar   organlari   xodimlarining   qonuniy   talablarini   bajarishdan   bo'yin tovlasalar, bu haqda dalolatnoma tuziladi, tegishli materiallar qonunda belgilangan
tartibda   ko'rib   chiqilishi   uchun   ijro   harakatlari   amalga   oshirilgan   joydagi   jinoyat
ishlari bo'yicha sudga topshiriladi.
Ichki   ishlar   organlarining   lavozimi   bo'yicha   yuqori   turuvchi   xodimi   ijro
harakatlarida   ichki   ishlar   organlari   xodimlarining   ishtiroki   to'g'risidagi   tegishli
dalolatnomani   imzolaydi   va   hu   haqda   ho'ysinuvi   bo`yicha   ichki   ishlar   organlari
boshlig'ini xabardor qiladi.
Davlat   ijrochilari   va   tuman   (shahar)   ichki   ishlar   organlari   ijro   harakatlari
jarayonida   tegishli   hamkorlikni   o'matish   bo'yicha   o'zlarining   ishlarini   doimiy
muvofiqlashtirib borishlari lozim.
  UNDIRUVCHINI KO'CHIRIB KIRITISH TO'G'RISIDAGI
IJRO HUJJATINI IJRO ETISH TARTIBI
Undiruvchini   ko'chirib  kiritish   to'g'risidagi   ijro  hujjati   ixtiyoriy  ravishda   ijro
etish uchun davlat ijrochisi belgilagan muddatda ijro etilmagan taqdirda, ko'chirib
kiritish davlat ijrochisi tomonidan amalga oshiriladi.
Ko'chirib   kiritish   davlat   ijrochisi   tomonidan   undiruvchining   ijro   hujjatida
ko'rsatilgan   xonaga   moneliksiz   kirishini   va   unda   yashashini   ta'minlashdan   iborat
bo'ladi.   Bunda   qarzdorga   majburiy   ko'chirib   kiritish   amalga   oshirilayotgani   va   u
undiruvchining yashashiga monelik qilmasligi shart ekanligi tushuntiriladi.
Undiruvchini   ko'chirib   kiritish   to'g'risidagi   ijro   hujjatining   ijro   etilishiga
qarzdor monelik qilgan taqdirda, tro harakatlari xolislar ishtirokida, zarur hollarda
esa   ichki   ishlar   organlari   xodimlarining   ko'magida   amalga   oshiriladi.
Undiruvchining   yashashiga   monclik   qilish   keyinchalik   ham   davom   etsa,   mazkur
harakatlar   yana   amalga   oshiriladi   va   qonunda   nazarda   tutilgan   javobgarlik
choralari qo'llaniladi.
Ko'chirib   kiritish   to'g'risidagi   ijro   hujjati   talablarini   davlat   ijrochisi
belgilangan muddatda uzrsiz sabablar bilan ijro etmagan qarzdorga nisbatan davlat
ijrochisi   "Sud   hujjatlari   va   boshqa   organlar   hujjatlarini   ijro   etish   to'g'risida"gi Qonunning   82-moddasida   nazarda   tutilgan   ijro   hujjatini   ijro   etmaganlik,
shuningdek uning ijrosiga to'sqinlik qilganlik uchun javobgarlik choralarni ko'radi
va   qarzdorni   majburiy   ko'chirib   kiritish   amalga   oshiriladi.   Undiruvchini   ko'chirib
kiritish   to'g'risidagi   ijro   hujjatini   ijro   etish   davlat   ijrochisi   tomonidan   ko'chirib
kiritish   to'g'risida  dalolatnoma  tuzish   orqali  rasmiylashtiriladi.  Davlat   ijrochisi  bu
haqida dalolatnomda qarzdorga undiruvchining yashashiga monelik qilmaslik shart
ekanligini tushuntiradi. Agar undiruvchining tegishli xonadan har kuni moneliksiz
foydalanish imkoniyati ta'minlangan bo'lsa. ijro hujjati ijro etilgan hisoblanadi.
Qarador ko'chirib kiritilgan undiruvchining tegishli xonadan ijro ishi yuritish
tamomlangandan   keyin   foydalanishiga   monelik   qilgan   taqdirda.   davlat   ijrochisi
ijro   ishi   yuritishni   qayta   tiklaydi,   qarzdorga   nisbatan   O'zbekiston   Respublikasi
Ma'muriy   javobgarlik   to'g'risidagi   kodeksining   198-1-moddasiga   asosan   jarima
soladi   hamda   uni   jinoiy   javobgarlik   haqida   ogohlantiradi   va   "Sad   hujjatlari   va
boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida"gi  Qonun talablariga rioya qilgan
holda   majburiy   ko'chirib   kiritish   yangidan   amalga   oshiriladi.   Ijro   hujjati   bo'yicha
qarzdor   bo'lmagan   shaxs   undiruvchining   yashashiga   monelik   qilsa,   ijro   ishi
yuritish qayta tiklanmaydi. Bunday holda ko'chirib kiritish to'g'risidagi masala sud
tartibida   hal   qilinadi.   Davlat   ijrochisi   qarzdorni   ko'chirish   yoki   undiruvchini
ko'chirib kiritish to'g'risidagi ijro hujjatlarining ijrosini ta'minlash xolislar va zarur
hollarda   militsiya   xodimlari,   mahalla   fuqarolar   yig'ini,   yong'in   xavfsizligi
xodimlari,   tez   tibbiy   yordam   xodimlari   ko'magida   amalga   oshiriladi.   Davlat
ijrochisi   majburiy  ko'chirish   kuni   va   vaqti   to'g'risida   qarzdorga   xabarnoma  orqali
rasman   ma'lum   qiladi.   Ko'chirish   kuni   to'g'risida   xabardor   qilingan   qarzdorning
hozir bo'lmasligi ijro hujjatini ijro etish uchun to'sqmlik qilmaydi.
Ko'chirish   xolislar,   qarzdor   bo'lmagan   taqdirda   mahalla   yoki   uy-joy   shirkati
vakillari ishtirokida, zarur hollarda: ichki ishlar organlar xodimlarining ko'magida.
davlat   ijrochisi   tomonidan   qarzdorga   toshli   mol-mulkni,   albatta,   xatlagan   holda
amalga oshiriladi.
Ko'chirish   to'g'risidagi   dalolatnoma   uch   nusxada   tuzilib,   ulardan   biri
qarzdorga   beriladi,   ikkinchisi   ijro   hujjatini   chiqargan   sud   yoki   boshqa   organga yuborilib,   uchinchisi   ijro   ishi   yuritish   materiallarida   qoldiriladi.   Ko'chirib   kiritish
davlat   ijrochisi   tomonidan   undiruvchining   ijro   hujjatida   ko'rsatilgan   xonaga
moneliksiz   kirishini   va   unda   yashashini   ta'minlashdan   iborat   bo`ladi.   Bunda
qarzdorga   majburiy   ko'chirib   kiritish   amalga   oshirilayotgani   va   u   undiruvchining
yashashiga monelik qilmasligi shart ekanligi tushuntiriladi.
Undiruvchini   ko'chirib   kiritish   to'g'risidagi   ijro   hujjatini   ijro   etish   davlat
ijrochisi   tomonidan   ko'chirib   kiritish   to'g'risida   dalolatnoma   tuzish   orqali
rasmiylashtiriladi.
Agar undiruvchini ko'chirib kiritish to'g'risida dalolatnoma tuzilganidan keyin
qarzdor undiruvchining yashashiga yana monelik qilsa.
ijro hujjati bo'yicha ijro ishi  yuritish yangidan tiklanishi  mumkin Ijro hujjati
bo'yicha   qarzdor   bo'lmagan   shaxs   undiruvchining   yashashiga   monelik   qilsa,   ijro
ishi yuritish qayta tiklanmaydi. Bunday holda ko'chirib kiritish to'g'risidagi masala
sud tartibida hal qilinadi.     A dabiyotlar
1.Tuxtasheva U.A. Ijro ishi yuritish: Darslik. 2-nashr Toshkent: TDYI, 2009.-308
h.
2.Yusupov   B.   Sud   hujjatlarini   bujurmaganlik   uchun   jinoiy   javobgarlik
muammolari: Monografiya - T.TDYI, 2011.-173 b.
3.M.Q.O'razaliyev Ijro ishi yuritish Darslik. - T TDYU nashriyoti 2019. - 239 bet
4.O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T., O'zbekiston. 2018. - 80 b.
5.O'zbekiston   Respublikasining   2001-yil   29-avgustdagi   "Sud   hujjatlari   va   boshqa
organlar   hujjatlarini   ijro  etish  to'g'risida"gi   №  258-II-sonli   Qonuni  //   O zbekistonʻ
Respublikasi Qonun hujjatlari to'plami. 2001.-Ne 21. 145-modda.
6.O'zbekiston   Respublikasi   Fuqarolik-protsessual   kodeksi.   O'zbekiston
Respublikasining Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi.
7.O'zbekiston   Respublikasi   Jinoyat-protsessual   kodeksi   O'zbekiston
Respublikasining Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi. 
8.O'zbekiston   Respublikasi   Iqtisodiy   protsessual   kodeksi.   O'zbekiston
Respublikasining Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi. 
9.O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi O'zbekiston
Respublikasining Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi 
10.O'zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   "Sud   hujjatlari   va   boshqa   organlar
hujjatlarini   ijro   etishda   mol-mulkni   realizatsiya   qilish   tartib-taomillarini   tubdan
takomillashtirish   chora-tadbirlari   to'g'risida"gi   2017-yil   27-iyuldagi   PQ-3149-son
qarori.   O'zbekiston   Respublikasi   Qonun   hujjatlari   to'plami.   2007.   No   45.   541-
modda.
11.   O'razaliyev   Murod   Qorayevich.   Ijro   ishi   yuritish.   Darslik.   T.:   TDYU
nashriyoti, 2019.-239 bet.

Qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlarga nisbatan undiruv. Mulkiy xususiyatga ega bo'lmagan nizolar bo yicha ijro hujjatlarini ijroʻ etish. Mulkiy xususiyatga ega bo'lmagan nizolar bo yicha ijro hujjatlarini ijro ʻ etish. Reja: 1. Undiruvni jazoni o'tayotgan qarzdorning ish haqiga qaratish. 2. Alitlar va aliment majburiyatlari bo'yicha qarzlarni undirish tartibi. 3. Qurzdorga muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki ularni amalga oshirishdan o'zini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatlarini ijro etishning umumiy shartlari. 4. Ishga tiklash to'g'risidagi ijro hujjatini ijro etish. 5. Imoratni buzib tashlash to'g'risidagi ijro hujjatini ijro etish. 6. Yer uchastkasini olib qo'yish va o'tkazish to'g'risidagi ijro hujjatini ijro etish. 7. Qarzdorni ko'chirish to'g'risidagi ijro hujjatini ijro etish. 8. Undiruvchini ko'chirib kiritish to'g'risidagi ijro hujjatini ijro etish.

UNDIRUVNI JAZONI O'TAYOTGAN QARZDORNING ISH HAQIGA QARATISH Axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxsdan ijro hujjatlari bo'yicha undiruv sud hukmi yoki qaroriga ko'ra amalga oshirilgan ushlab qolish summasini hisobga olmagan holda ish haqining to'liq summasi hisobidan amalga oshirilishi lozim. Jazoni ijro etish koloniyalarida, tarbiya koloniyalari qamoqxonalarda jazo o'tayotgan shaxslardan, shuningdek tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini ijro etuvchi muassasalarda saqlanayotgan shaxslardan undiruv butun ish haqidan. ish haqining ularning mazkur muassasalardagi ta'minoti bo'yicha xarajatlarni qisman qoplash uchun ajratiladigan qismini ham qo'shgan holda amalga oshiriladi. Axloq tuzatish ishiga hukm qilinganlarning oylik ish haqidan ushlab qolish mahkumming jazo muddatini o'tashni boshlagan kunidan amalga oshiriladi. Ushlab qolish jami ish haqidan soliq va boshqa to'lovlarni istisno qilmagan holda, shuningdek mahkumlarga ijro hujjatlari bo'yicha da'volar mavjudligidan qat'i nazar, amalga oshiriladi va har oyning ikkinchi yarmi uchun to'langan ish haqidan, ishdan bo'shaganda esa oyning ishlagan qismi uchun olinadi. Ijtimoiy ta'minot va ijtimoiy sug'urta tartibida olinayotgan nafaqa va yordam pullaridan, ish haqi tizimida nazarda tutilmagan to'lovlardan va bir marta to'lanadigan pul mukofotlaridan (foydalanilmagan ta'til uchun heriladigan), ish jadvalidan ortiq ishlagan oylik ish haqidan. ishdan bo'shaganda qonunga muvofiq beriladigan puldan, yangidan ishga tushganda, boshqa ishga o'tganda, safarga borganda beriladigan pullardan, ishchining shaxsiy asboblaridan foydalanganligiga va berilmagan maxsus kiyimlar va poyabzallar uchun to'lanadigan pullardan va boshqa badal to'lovlaridan ushlanmaydi. Qishloq xo'jalik a'zosi bo'lgan mahkumning ish haqidan ushlab qolishda ish haqi daromadining pul va mahsulot tarzida olingan qismi ham qo'shiladi. Bunda mahkumlardan ushlab qolingan mahsulot tarzidagi daromad qismi xo'jalik

ixtiyorida qoladi va davlat xarid qilish narxlaridagi qiymati davlat foydasiga o'tkaziladi. Harbiy o'quv yig'inlariga chaqirilgan mahkumlarning ish haqidan ushlab qolish ish joyida amalga oshiriladi. Korxonalar ishining yil yakuni bo'yicha to'lanadigan mukofot pulları berilayotganda, qishloq xo'jalik yilining yakuni bo'yicha oxirgi hisob kitob davrida berilayotgan hamna pul miqdoridan emas. faqat jazo o'talgan davr uchungina ushlab qolinadi. Mahkumlarning ish haqidan davlat foydasiga ushlab qolayed.m pullami korxona ina'muriyati har oyda oylik ish haq wapan k tegishli davlat banklarining hisob-kitob raqamiga o'tkazib bahol qog'ozlari bilan birgalikda bank muassasalariga ushlab qolingan ajratmala haqida hisob ma'lumoti yuboriladi. Hisob ma'lumotlari landa to qog'ozlarining orqasida ko'rsatiladi. Ish haqidan ushlab qolingan pul miqdorini naqd pul bilan yoki pl orqali o'tkazish yo'li bilan olish qat'iyan man qilinadi. Jazoni ijro etish inspeksiyasi xodimlari hisobvaraqalari bo'yicha oyma-oy ushlangan pullarning tushganligini tekshiradi va o'tkazib berishning to'xtab qolganligi aniqlangan holda darhol undirish choralarini ko`radi. Mahkumlarning ish haqidan to'g'ri va o'z vaqtida chegirib qolinishini hamda chegirib qolingan ajratmalarni davlat foydasiga o'tkazilishi ta'minlamagan, shu bilan birga, ularning ishlagan davri. oyligi va chegirib qolingan ajratmalar to'g'risidagi hisob ma'lumotini doimiy ravishda noto'g'ri yoki o'z vaqtida bermagan hollarda jazoni ijro etish inspeksiyasi tegishli aybdor mansabdor shaxslarni qonunda belgilangan javobgarlikka tortish choralarini ko'radi. Mahkumlarning ishlagan kunlari va oyligidan ushlanib o'tkazilgan pullar to'g'risidagi ma'lumotlar bank muassasalarining joriy schyotlari ko'chirmalariga asosan ulaming hisobvaraqalariga uch kun mobaynida kiritilishi kerak. Hisob ma'lumotlari va to'lov qog'ozlari maxsus jildlarga tikiladi. Sud hukmi bekor qilingan barcha holatlarda oylik ish haqidan ushlab qolingan hamma pollar mahkumga qaytarib beriladi. Hukmning o'zgartirilishi yoki bekor

qilinishi haqida sudning ajrimi (qaron) pullarning qaytarib berilishiga asos bo'lib hisoblanadi. ALIMENTLAR VA ALIMENT MAJBURIYATLARI BO YICHAʻ QARZLARNI UNDIRISH TARTIBI Aliment voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz oila a'zolarining ta'minotiga ajratiladigan pul mablag'lari O'zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq ota-ona voyaga yetmagan bolalariga ta'minot berishi shart. Voyaga yetmagan bolalariga ta'minot berish majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota (ona)dan sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug'iga asosan aliment undiriladi. Aliment to'lash haqida ota-ona o'rtasida kelishuv bo'lmaganida yoki aliment ixtiyoriy ravishda to'lanmaganda va ota-onadan birortasi ham aliment undirish to'g'risida sudga da'vo yoxud ariza bilan murojaat qilmagan hollarda, vasiylik va homiylik organlari voyaga yetmagan bolaning ta'minoti uchun ota yoki onalan qonunda belgilangan miqdorda aliment undirish to'g'risida da'vo qo'zg'atishga haqlidir. Aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab undiriladi. Aliment undirish to'g'risida sudda da'vo qo'zg'atishga bolaning ota-onasidan birortasi, farzadlikka oluvchi, agar farzandlikka olish er-xotinning bittasi tomonidan amalga oshirilayotgan bo'lsa va bolaning ota-onasining birortasi bilan huquqiy aloqasi saqlanib kelayotgan bo'lsa, holaning vasiysi yoki homiysi. bola tarbiyalanayotgan bolalar muassalari ma'muriyati haqlidirlar. Davlat ijrochisi alimentlar undirish haqidagi ijro hujjati qonunda belgilangan talablarga muvofiq bo'lsa, ijroga qabul qiladi va kelib tushganidan so'ng bir kundan kechiktirmasdan ijro ishi yuritishni qo'zg'atish to'g'risida qaror chiqaradi. Qonunda alimentlar undirish haqidagi ijro hujjatlari darhol ijro etilishi belgilanganligi tufayli bu hujjatlar bo'yicha ijro ishi yuritish qo'zg'atilganda qarzdorga ixtiyoriy ijro etish uchun muddat belgilanmaydi.

Davlat ijrochisining ijro ishi yuritishni qo'zg'atish to'g'risidagi qarori. u chiqarilgan kunning crtasidan kechkitirilmasdan undiruvchiga qarzdorga, shuningdek ijro hujjatini bergan sudga yuboriladi. Agarda aliment to'lash majburiyati yuklangan shaxs doimiy ish joyiga ega bo'lsa. davlat ijrochisi ijro varaqasini undiruvni uning ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlarga qaratish uchun uning ish joyiga yuboradi. Aliment to'lashi shart bo'lgan shaxsning ish joyidagi ish beruvchi yoki pensiya, nafaqa, stipendiya olayotgan joyidagi tashkilot ma'muriyati aliment to lash to'g'risidagi notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvga yoki ijro varaqasiga asosan aliment to'lashi shart bo'lgan shaxsning ish haqidan va (yoki) boshqa daromadidan har oyda aliment ushlab qolib, aliment to'lashi shart bo'lgan shaxsga ish haq to'langan va (yoki) boshqa daromadlar olingan kundan boshlab, uch kundan kechiktirmay aliment oluvchi shaxsga aliment to'lashi yoki aliment to'lashi shart bo'lgan shaxsning hisobidan unga o'tkazishi shart. Voyaga yetmagan bolalarga ta'minot herish haqida ota-ona o'rtasida kelishuv bo'lmasa, aliment sud tomonidan ota-onaning har oydagi ish haqi yoki boshqa daromadining bir bola uchun to'rtdan bir qismi, ikki bola uchun uchdan bir qismi.uch va undan ortiq bola uchun yarmisi miqdorida undiriladi. Aliment qarzining miqdori davlat ijrochisi tomonidan sudning hal qiluv qarori yoki aliment to'lash to'g'risislags notarial Ladsla tasdiqlangan kelishuvda belgilangan aliment milorida kells cupp holda aniqlanadi. Bu to'lovlarning miqdori taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolini va boshqa e'tiborga loyiq holatlami hisobga olgan sud tomonidan kamaytirilishi yoki ko'paytirilishi mumkin. Har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonum hugatlans bilan belgilangan eng kam ish haqining yetmish besh fozislan kam bo'lmasligi kerak. Voyaga yetmagan bolalariga aliment to'lash va ularni ta'minlashda ota- onaning majburiyatlari, shuningdek voyaga yetgan, mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga ta'minot berishda ota-onaning majburiyatlari tengdir. Oila kodeksiga binoan ota-ona voyaga yetmagan bolalariga ta'minot berish uchun aliment to'lash tartibini o'zaro kelishgan holda belgilashga haqlidirlar.