IJTIMOIY XIZMATLARNI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING OʻRNI
IJTIMOIY XIZMATLARNI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING O RNIʻ Annotatsiya Raqamli iqtisodiyot sharoitida jahonda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida erishilayotgan yutuqlar, sohaning hozirgi zamon talablariga mosligi nuqtai nazardan ularni qayta standartlashtirish talabini ham qo‘ymoqda. Bu o‘z navbatida ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasining raqobatbardoshligini ta’minlash, ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash, ularni tasniflash va baholash, soha samaradorligini, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bilan bog‘liq ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarga doir yondoshuvlarni olib borish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Annotation In the context of the digital economy, the progress made in the field of social services in the world requires their re-standardization from the point of view of the compatibility of the field with the requirements of the present time. This, in turn, is a scientific study related to ensuring the competitiveness of the social service sector, identifying the factors influencing the development of social services, classifying and evaluating them, increasing the efficiency of the sector and the quality of service. It creates the need for approaches based on suggestions and recommendations. 1
MUNDARIJA KIRISH .................................................................................................................. 4 I BOB. IJTIMOIY XIZMATLARNI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI ... 8 1.1. Ijtimoiy xizmatlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va uni rivojlantirishda raqamli iqtisodiyotning roli ............................................ 8 1.2. Mahalla tizimida ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirishda raqamli iqtisodiyotning o‘ziga xos xususiyatlari .................................................... 22 II BOB. MAMLAKATIMIZDA IJTIMOIY XIZMATLARNI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING ASOSIY IQTISODIY KO‘RSATKICHLARI TAHLILI…………… 37 2.1. M ahalla tizimida ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirishda raqamli iqtisodiyotning asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlili ............................. 37 2.2. Ijtimoiy xizmatlar rivojlanishida raqamli iqtisodiyotga ta sirʼ ko rsatuvchi omillar …………………………………………..…......... ʻ 46 I II BOB. IJTIMOIY XIZMATLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH ............................................. ........................ . 63 3.1. Ijtimoiy xizmatlar innovatsion rivojlanishining ustuvor yo nalishlari.. ʻ 63 3.2. Mahalla tizimida ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi................................................................... 73 XULOSA....................................................................................................... . ........ 84 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO YXATI.................................. ʻ . ..... 86 2
KIRISH Mаvzuning dоlzаrbligi. Jahondagi globallashuv jarayoning tezlashib borishi jahon iqtisodiyotining bu jarayonga moslashib borishini taqozo etmoqda. Bunga mos ravishda iqtisodiyotning ajralmas qismi bo‘lgan ijtimoiy sohada ham tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishni taqozo etadi. « Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan davlatlarda yalpi ichki mahsulot tarkibida xizmat ko‘rsatish sohasining ulushi 65-80 %ni, ilm-fan va ijtimoiy sohani rivojlantirishga sarflanayotgan mablag‘lar hissasi esa 10-15 %ni tashkil etmoqda. Shuningdek, rivojlangan davlatlarning ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasidagi bandlar ulushi 35,0 %dan ziyodi to‘g‘ri kelmoqda» 1 . Bu o‘z navbatida ijtimoiy xizmat ko‘rsatish jarayonlarini rivojlantirish va samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish masalalari alohida ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Jahonda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida erishilayotgan yutuqlar, sohaning hozirgi zamon talablariga mosligi nuqtai nazardan ularni qayta standartlashtirish talabini ham qo‘ymoqda. Bu o‘z navbatida ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasining raqobatbardoshligini ta’minlash, ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash, ularni tasniflash va baholash, soha samaradorligini, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bilan bog‘liq ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarga doir yondoshuvlarni olib borish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Bu esa aynan ijtimoiy sohadagi muammolar va ularning echimini aniqlashga doir ilmiy tadqiqot ishlarining nazariy va amaliy ahamiyatini belgilab beradi. Bugungi kunda respublikada mahalla tizimida ijtimoiy xizmatlar sohasini barqaror rivojlanishi va ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirishning muhim omili hisoblangan xizmat ko‘rsatish intensivligini ta’minlashga alohida ahamiyat qaratilmoqda. “ Joriy yilda jami 18 trillion so‘mlik 29 mingta loyiha amalga oshirilib, xizmatlar sohasi 20 foizga o‘sgan. Kelgusi yilda xizmat ko‘rsatish sohasidagi loyihalarni amalga oshirishga 500 million dollar ajratilishi belgilandi” 2 . 1 http://stats.oecd.org/ 2 O zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021-yil 14-dekabr kuni xizmatlar sohasiniʻ rivojlantirish bo yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasi ʻ 3
Belgilab berilgan vazifalarni ijrosini ta’minlash, ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni jahon standartlari talablari asosida ijrosini ta’minlash mamlakatimiz aholisining turmush darajasini va sifatini ta’minlash bilan birga milliy iqtisodiyotimizning yuksalishiga ham xizmat qiladi. Bu holat mamlakatimizda sohani rivojlantirish va samaradorligini oshirish bilan bog‘liq mukammal ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishni taqozo etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60- son “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi va 2021 yil 30 sentyabrdagi PF-6318-son “ Xizmatlar sohasini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida ” gi farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 apreldagi “Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab- quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi 250-son Qarori hamda mazkur sohaga oid boshqa me’yoriy-huquqiy xujjatlarda belgilangan vazifalarni bajarishga mazkur dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi. Muаmmоning о‘rgаnilgаnlik dаrаjаsi. Ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risidagi nazariyalar rivojlanishi masalalarining ilmiy asoslari xorijlik olimlar 3 G.Spenser, E.Dyurkgeym, R.Merton, N.Smelzer, Yu.Xabermas, N.Luman, T.Parsons, Ya.Щepanskiy, M.Veber, Dj.G.Mid, G.Blumer, P.Berger, I.Gofman, T.Lukman, A.Щyus va boshqalar tomonidan tadqiq qilingan. Mamlakatimizda ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish muammolari M.Q.Pardaev, M.M.Muxammedov, D.R.Zaynalov, I.S.Tuxliev, N.U.Arabov, Q.X.Abduraxmonov, R.A.Saydaqulov, yuzasidan videoselektor yig ilishi. https://xs.uz/uzkr/post/xizmatlar-sohasini-rivozjlantirish-bo yicha-ustuvor-ʻ ʻ yo nalishlar-belgilandi ʻ 3 Малофеев И.В. Социа льные услуги в системе социального обслуживания населения. – М.: Издательско- торговая корпорация «Дашков и К», 2012. – С. 8. 4
E.T.Xojiev, G.S.Ismailova, M.A.Raximova, P.Z.Xashimov 4 va boshqalarning ilmiy ishlarida tadqiq qilingan. Hozirgi iqtisodiy taraqqiyot jarayonida ijtimoiy xizmatlar sohasi doimiy tarzda kengayib bormoqda. Ijtimoiy xizmatlarni bitta soha yoki tarmoq tomonidan to‘liq qamrab olinishi hamda ularni ushbu soha orqali barcha talablarni to‘liq qondirilishi vaqt nuqtai nazaridan ham ko‘lami bo‘yicha ham mumkin emas. Shunga ko‘ra, ijtimoiy xizmatlar sohasi rivojlanishida turli xil sub’ektlarining qatnashishi muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatuvchi sub’ektlar faoliyati doirasi, ularning huquqiy maqomi va ma’suliyati chegarasini ilmiy asoslash bilan bog‘liq tadqiqotlar etarli darajada emasligi ushbu mavzuda chuqur ilmiy-uslubiy izlanishlarni amalga oshirishni zarurat etadi. Tаdqiqоtning mаqsаdi innovatsion iqtisodiyotda ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirishda raqamli iqtisodiyotni o‘rnini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif ishlab chiqishdan iborat. Tаdqiqоtning vаzifаlаri: “ijtimoiy xizmat” kategoriyasining mohiyati va mazmuniga oid mualliflik ta’rifini ishlab chiqish; 4 Pardayev M.Q., Isroilov J.I., G apparov A.Q. Xizmat ko rsatish sohasida iqtisodiy tahlilni takomillashtirishʻ ʻ muammolari. Risola. Samarqand. “Zarafshon”, 2009. - 66 b.- 4,1 b.t.; Muxammedov M.M. i dr. Ekonomika torgovli. Samarqand.1998.s.282; Zaynalov D.R. Uslugi i servis kak ekonomicheskaya kategoriya. // “Servis” jurnali. Samarkand: 2009, 1-son. 70-77 betlar. – 0,6 b.t.; Tuxliyev I.S., Hayitboyev R.Arabov N.U., Artikov Z.S. Servis korxonalarida xizmat ko rsatish sifatini oshirish. Inson kapitali va ijtimoiy rivojlanish jurnali//Samarqand, SamDU, ʻ № 1, 2021, 153-164 b; Ijtimoiy soha iqtisodiyoti. Darslik. /I.f.d., prof. Q.X.Abduraxmonov tahriri ostida. – T.: Iqtisodiyot, 2013. – 56 b; Saydaqulov R.A. Ijtimoiy xizmatlar va ularning iqtisodiy munosabatlar tizimidagi roli “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 4, iyul-avgust, 2018-yil; Davlat xizmati: O quv qo llanma / E. T. Xojiyev, G. S. Ismailova, M. A. Raximova. – Toshkent: Baktriapress, 2015. –103 b. ʻ ʻ https://tsue.scienceweb.uz/index.php/archive/article/view/884/691; Xashimov P.Z. Ekonomika sotsialnoy sferы. – T.: “Universitet”, 2002. – S. 26. Pardayev M.Q., Isroilov J.I., G apparov A.Q. Xizmat ko rsatish sohasida iqtisodiy tahlilni takomillashtirish ʻ ʻ muammolari. Risola. Samarqand. “Zarafshon”, 2009. - 66 b.- 4,1 b.t.; Muxammedov M.M. i dr. Ekonomika torgovli. Samarqand.1998.s.282; Zaynalov D.R. Uslugi i servis kak ekonomicheskaya kategoriya. // “Servis” jurnali. Samarkand: 2009, 1-son. 70-77 betlar. – 0,6 b.t.; Tuxliyev I.S., Hayitboyev R.Arabov N.U., Artikov Z.S. Servis korxonalarida xizmat ko rsatish sifatini oshirish. Inson kapitali va ijtimoiy rivojlanish jurnali//Samarqand, SamDU, ʻ № 1, 2021, 153-164 b; Ijtimoiy soha iqtisodiyoti. Darslik. /I.f.d., prof. Q.X.Abduraxmonov tahriri ostida. – T.: Iqtisodiyot, 2013. – 56 b; Saydaqulov R.A. Ijtimoiy xizmatlar va ularning iqtisodiy munosabatlar tizimidagi roli “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 4, iyul-avgust, 2018-yil; Davlat xizmati: O quv qo llanma / E. T. Xojiyev, G. S. Ismailova, M. A. Raximova. – Toshkent: Baktriapress, 2015. –103 b. ʻ ʻ https://tsue.scienceweb.uz/index.php/archive/article/view/884/691; Xashimov P.Z. Ekonomika sotsialnoy sferы. – T.: “Universitet”, 2002. – S. 26. 5