logo

Karam agrosenozi entomofaunasining ekologo-faunistik tahlili

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

299.0556640625 KB
Karam agrosenozi  entomofaunasining ekologo-faunistik tahlili
Mundarija
Kirish  …………………………………………………………………       3
1.   Karam agrosenozi entomofaunasining o’rganilish tarixi  
( Adabiyotlar sharhi)…………………….................................................. 9
1.1.   Karamning zararkunanda hasharotlari.............................. ................ 10
1.2.  Karam zararkunandalarining tabiiy kushandalari......... ..................... 18
1.3.  Karam zararkunandalariga qarshi kurash.......................... ................ 21
2.   Tadqiqot obyekti, uslublari va sharoitlari  ..................................... 24
2.1. Tadqiqot o’tkaziladigan joyning tabiiy iqlim sharoiti……………… 24
2. 2 . Tadqiqot  uslublari ............................................................. ................ 25
3. Tadqiqot natijalari ....................................................................... ......... 30
3.1. Karam agrosenozi entomofaunasining taksonomik tarkibi................. 30
3.1.1.  Karam agrosenozi entomofaunasining tur tarkibi............................ 30
3.1.2.   Karam   maydonlaridagi   fitofag   hasharotlarning   taksonomik
tarkibi......................................................................................................... 31
3.1.3.   Karam   maydonlaridagi   entomofag   hasharotlarning   taksonomik
tarkibi.......................................................................................................... 42
3.1.4.   Karam   maydoni   entomokompleksining   ekologo-faunistik
tahlili......................................................................................................... 47
3.1.5.  Tuproqda hayot kechiruvchi yirtqich entomofaglar........................ 51
3.2.   Karam   agrosenozi   dominant   fitofag   va   entomofaglarining
bioekologik
xususiyatlari.................................................................................... 56
3.2.1.   Karam bitining ( Brevicoryne brassicae)  bioekologik xususiyatlari.. 56
3.2.2.   Krestguldoshlar   qandalasining   (Eurydema   ventralis)   bioekologik
xususiyatlari................................................................................................ 58
3.2.3.   Krestguldoshlar   burgachalari   (Phylotretta)   ning   bioekologik
xususiyatlari............................................................................................... 61
3.2.4.   Karam   agrosenozi   dominant   entomofagi   karam   biti   paraziti
( Diaeretiella rapae)  ning bioekologik xususiyatlari………………………
1 64
3.2.5.   Karam bitining yirtqichlari............................................ .................. 67
3.2.6. Karam biti va entomofaglarining mavsumiy dinamikasi.................. 70
3.2.7. Karam bargini kemiruvchi tangachaqanotlilar va ular 
entomofaglarining mavsumiy dinamik asi................................. ................. 73
Xulosalar  ................................................................................................ ... 77
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ..................................................... .. .  79
2   KIRIS H
Mavzuning   dolzarbligi.   Sabzavot   va   poliz   ekinlari   qishloq   ho’jalik
ekinlari   orasida   eng   muhim   o’rinlardan   birini   egallaydi.   Insonning   oziq-ovqat
mahsulotlariga,   ayniqsa,   turli-tuman   darmondorilarga   bo’lgan   ehtiyojini
qondirishda sabzavotlarning ahamiyati benihoya kattadir.
Sabzavotchilik dunyo dehqonchiligining eng qadimiy, asosiy va yetakchi
tarmoqlaridan   hisoblanadi.   Sabzi,   sholg’om,   sarimsoq,   lavlagi   2   ming,   karam,
bodring, piyoz kabilar 4 ming yildan beri ekiladi. 
Sabzavotchilik-o’simlikshunoslikning ajralmas tarkibiy qismidir. Shuning
uchun sabzavot ekinlarini hamma vaqt ham boshqa ekinlardan ajratib bo’lmaydi.
Chunki   karam,  kartoshka,  sabzi,  qovoq,  lavlagi, tarvuz, makkajo’xori  kabilarni
sabzavot   ekinlari   sifatida   oziq-ovqatga,   chorva   mollari   uchun   yem-hashak   va
texnik maqsadlarda ishlatish uchun xom ashyo sifatida yetishtirish mumkin.
Sabzavotchilikka   xos   xususiyatlar   sifatida   yana   nisbatan   kichik
maydonlarda   yetishtirish,   o’suv   davri   qisqaligi,   iqtisodiy   samaradorligining
yuqoriligini ham qayd yetish o’rinlidir 
Respublikamiz   qishloq   ho’jaligining   asosiy   tarmoqlaridan   biri
sabzavotchilik bo’lib hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar AQSh da -
1.5 mln. ga, Yaponiyada 0.7 mln. ga, Italiyada-0.4 mln. ga maydonda sabzavot
ekinlari   parvarish   qilinadi.   Respublikamizda   esa   0.16   mln.   ga   maydonda
sabzavot   ekinlari   ekilib,   shundan   asosiy   qismini   pomidor,   piyoz,   karam   va
boshqa sabzavot  ekinlari tashkil etadi. Respublikamizda o’sib borayotgan aholi
ehtiyojini   qishloq   ho’jalik   mahsulotlari,   jumladan   sabzavotchilik   mahsulotlari
bilan   ta’minlash   rentabelligini   oshirish   masalalari   hozirgi   kunning   asosiy
muammolaridan biridir.
Samarqand   viloyati   respublikamizda   sabzavot   ekiladigan   maydon
jihatidan   Toshkent   va   Andijon   viloyatlaridan   keyingi   o’rinda   turadi.
Viloyatimizda 1999 yilda 19.8 ming gektarga sabzavot  ekilib, shundan qishloq
ho’jalik   korxonalariga   9.1   ga   yoki   45.9   %,   fermer   ho’jaliklariga   1.2   ming   ga
yoki 6 %, dehqon ho’jaliklariga 9.5 ming gektar yoki 47.9 % to’g’ri kelgan. 
3 Hozirgi   vaqtda   mustaqil   Respublikamiz   hukumati   mamlakatda
sabzavotchilikni   rivojlantirish   va   aholini   yangi   sabzavot   mahsulotlari   bilan   yil
bo’yi   ta’minlash   masalalariga   katta   e’tibor   qaratmoqda.   Bu   esa   respublika
hukumatining   bugungi   agrar   siyosatining   muhim   yo’nalishi   hisoblanadi.
O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2006   yil   9-yanvardagi   «Meva-
sabzavotchilik   va   uzumchilik   sohasini   isloh   qilish   bo’yicha   tashkiliy   chora-
tadbirlar to’g’risida»gi farmonining chiqarilishi buning yorqin misolidir.
Karam   –   (Brassica)   butgullilar   oilasiga   mansub   o’simliklar   turkumi.
Karamning   oq   va   qizil   karam,   savoy   karami,   bryussel   karami,   gul   karam   kabi
turlari   bor.   Asosan   oq   va   gul   karam   ekiladi.   Karam   aksari   ikki   yillik   o’simlik.
Birinchi   yili   bosh   chiqaradi,   ikkinchi   yili   o’zagidan   gulpoya   chiqarib,
urug’laydi.   Gullari   sariq,   shingillarga   to’plangan,   mevasi   qo’zoq.   Urug’i
yumoloq, to’q qo’ng’ir diametiri 2 mm, 8-10 sm uzunlikdagi qo’zoqda. Karam
sovuqqa chidamli, urug’i 4-5 0
  C da una boshlaydi. Oq karam 15-18 0  
C  
  da bosh
hosil   qiladi.   Harorat   25 0
C   dan   oshganda   bosh   chiqarishi   kechikadi,   sernam   va
yorug’   joyda   tez   rivojlanadi.   Karamda   uglevodlar,   oqsillar   va   mineral   tuzlar
hamda vitaminlar bor. Bevosita ovqatga ishlatiladi, tuzlanadi va konserva holda
iste’mol   qilinadi.   Dunyoning   barcha   mamlakatlarida,   O’zbekistonning   esa
hamma   hududlarida   ekiladi.   Karam   navlari   ertachi,   o’rtacha   ertachi,   o’rtacha
kechki   va   kechki   guruhlarga   bo’linadi.   MDH   da   103   dan   ortiq   navlari
rayonlashtirilgan,   bulardan   oq   karam   navlari   katta   ahamiyatga   ega.   Karam
ko’chati   parnik   va   issiq   xonalarda   yetishtirilib,   ertachisi   fevral   oxiri   va   mart
boshlarida (60 x 60 sm, 70 x 70 sm sxemada), o’rtachasi aprel, may boshlarida,
kechkisi iyun oxiri va iyul boshlarida (70 x 70sm sxemada), ekiladi. Parvarishi
sug’orish, qator oralig’i va to’p atrofini yumshatish, og’darish, zararkunanda va
kasalliklarga   qarshi   kurash   olib   borishdan   iborat.   Birinchi   oziqlantirishda
gektariga  150-200  kg   superfosfat   va   120-150  kg   ammiakli   selitra,   ikkinchisida
faqat   120-150   kg   ammiakli   selitra   beriladi.   Karam   ekiladigan   yer   kuzda   yoki
erta   bahorda   haydalib,   gektariga   20-30   tonna   go’ng,   300-400   kg   superfosfat,
100-150   kg   kaliy   tuzi   solinadi.   Karam   urug’ini   bevosita   dalaga   yekish   ham
4 mumkin. Bunda unumdor, begona o’tlardan toza yerlarga qator orasini 60-70 sm
qilib,   1   ga   maydonga   1-   1,5   kg   urug’   sepiladi,   2-3   chin   barg   chiqargach,
yagonalab   har   uyada   (30-40   sm   oralig’ida)   bittadan   o’simlik   qoldiriladi.
O’rtacha   hosildorligi   ertapishar   navlarda   200-300   s,   o’rtapishar   navlarda   400-
500 s, kechpishar navlarda 600-900 s. ni tashkil etadi.
O’zbekistonda   oq   karamning   quydagi   turlari   ekiladi.   Birinchi   nomer,
Gribovskiy   147-yertachi,   ko’chati   o’tqazilgach   60-65   kunda   yetishadi.   Karam
0,7-1   kg,   yumoloq,   o’rtacha,   zich,   ko’kish,   pishganda   yoriladi.   Slava   1.305-
o’rtachi  ko’chati  o’tkazilgach  75-90 kunda  yetiladi. Karami  1,5-2 kg, yumoloq
yassi,   zich,   issiqqa   chidamli.   O’zbekiston   133-   o’rtacha   kechki,   ko’chati
o’tkazilgach 110-120 kunda yetiladi. Karam 2,5- 4,3 kg, yumoloq yassi, zich. 
O’zbekiston   hududlarida   shu   bilan   bir   qatorda   Samarqand   viloyatida
sabzavot   ekinlari   ahamiyati   nihoyatda   katta.   Keyingi   20-30   yil   mobaynida   bu
o’simliklarni   ekish   maydoni   2-2,5   barobar   ko’paygan.   Paxta   maydonlarining
asta-sekin   qisqartirilishi,   sabzavot,   poliz   va   mevali   ekinlar   maydonlarining
kngayishiga   sabab   bo’lmoqda.     Ammo   har   bir   ga   paykaldan   olingan   mahsulot
past  darajada   turibdi.    Qovun,  karam,  bodring  hosildorligi   yildan  –yil   hisobiga
kamayib   bormoqda.   Buning   asosiy   sababi   yerning   meliorativ   holatining
yomonlashishi,   ekologik   xilma-xillikning   pasayishi   va   natijada   ayrim
zararkunandalarni   sonining   ko’payishi   hisoblanadi.   Shunga   muvofiq
o’simliklarni   hosildorligini   agrotexnika   chora   tadbirlari   bilan   oshirish,   tuproq
holatini   yaxshilash,   zararkunanda   hasharotlarga   qarshi   kurashning   ilmiy
asoslangan   tadbirlarini   ishlab   chiqish,   tabiiy   entomofaglar   samaradorligini
oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Sabzavot   va   poliz   ekinlaridan   yuqori   hosil   olishni   cheklab   turadigan   bir
qancha   omillar   mavjudki,   ular   orasida   zararkunanda   hashoratlar   keltiradigan
zarari jihatidan birinchi o’rinda turadi.
Sabzavot   va   poliz   ekinlariga   600   dan   ortiqroq   tur   hashoratlar   zarar
keltirishi   aniqlangan.   Lekin   sezilarli   darajada   zarar   yetkazadigan   hashoratlar
uncha   katta   bo’lmagan   ixtisoslashgan   zararkunandalar   guruhi   bo’lib,   bularga
5 butgullilar burgasi, karam pashshalari, karam va poliz shiralari, ba’zi kapalaklar
qurtlari,   piyoz   pashshasi   va   boshqa   hashoratlar   kiradi.   Bu   turlar   juda   keng
tarqalgan va shu sababli turli hududlarda zararkunandalar kompleksi deyarli bir
hil.
Zararkunandalarning eng ko’p turlari butgulli sabzavot ekinlarida (karam,
turneps,   rediska,   turp   va   boshqalar)   aniqlangan.   Shu   sababli   ular
zararkunandalardan   eng   ko’p   zarar   ko’radi.   Piyoz,   sarimsoq   piyoz   hamda
soyabongullilar   (sabzi)   bir   muncha   kamroq   zarar   ko’radi.   Qovoqdoshlar
(bodring,   qovoq,   tarvuz)   dala   sharoitida   hammaxo’r   zararkunandalardan   juda
katta zarar ko’rishi mumkin. 
Boshqa   o’simliklar   singari,   sabzavot   ekinlari,   jumladan   karam
maydonlarida ham so’ruvchi va kemiruvchi fitofag hasharotlar-zararkunandalar
faoliyat   yuqori   bo’ladi.   Zararkunandalar   uchun   ob-havo   sharoitlari   optimal
kelgan yillarda, ular o’rtacha 50-60% gacha o’simlik hosildorligini kamaytiradi;
shaxsiy   paykallarda   esa   zarar   90%   gacha   bo’lishi   mumkin.   Bunday   holatni
sababi,   agrosenozlarda   zararkunanda   (fitofag)   hasharotlar   sonini   boshqarib
turuvchi mexanizmlarning buzilganligi, yirtqach va parazit hasharotlar sonining
kamayib   ketganligi   va   zararkunan   hasharotlarga   qarshi   ilmiy   asoslangan,
ekologiyalashtirilgan chora – tadbirlarining o’tkazilmasligidir. 
Ma’lumki   har   qanday   biosenozlarda   hasharotlar   ahamiyati   jihatidan
boshqa   hayvonlardan   farq   qiladi   va   biosenozdagi   aloqalarda   eng   katta
ahamiyatga   ega.   Lekin   tabiiy   biosenozlarda   ayrim   turlarning   soni   keskin
ko’payib   ketmaydi   va   boshqaruvchi   mexanizmlar   ular   sonini   boshqarib   turadi.
Inson   tomonidan   yaratilgan   agrobiosenozlar   tabiiy   biosenozlardan   farq   qiladi.
Bu   yerda   ayrim   o’simlik   turlari   yetishtirilganligi   sababli,   shu   tur   o’simlik   turi
bilan trofik bog’langan hasharotlar soni keskin oshib ketish imkoniyatiga ega va
ko’p   hollarda   shunday   «portlash»   kuzatilib   turadi.   Bunday   sharoitlarda
organizmlar   xilma-xilligi   kam   bo’lganligi   uchun   boshqaruvchi   mexanizmlar
yaxshi shakllanmagan. 
6 Keyingi yillarda agrosenozlarda, ayniqsa, sabzavot ekinlari maydonlarida
fitofag-entomofag   munosabatlarini   boshqarish   orqali   zararkunanda   hasharotlar
sonini   cheklash   va   agrosenozlardagi   ekologik   vaziyatni   barqarorlashtirish
muammolari   o’rtaga   tashlanmoqda.     Bunday   ilmiy   asoslangan   boshqarish
usullarining   ishlab   chiqilishi   juda   istiqbollidir.   Buning   uchun   agrosenozlardagi
entomokomplekslar   to’la   tahlil   qilishini,   fitofag,   yirtqich   va   parazitlar
faunasining   tarkibi   aniqlanishi,   ularning   ekologik   xilma-xilligi   va   o’zaro
nisbatlar aniqlanishi hamda turli ekologik guruhlar optimal nisbatlarini aniqlash
va uni ushlab turish yo’llarini topish muhim hisoblanadi.  
Tatqiqotning   maqsadi   va   vazifalari.   Magistrlik   dissertasiya   ishining
asosiy   maqsadi   Samarqand   viloyati   sharoitida   karam   agrosenozlarida
uchraydigan   hasharotlar   faunasining   taksonomik   va   turlar   tarkibini   aniqlash,
entmofaunani   ekologo-faunistik   tahlil   qilishdan   iborat.   Buning   uchun   quyidagi
vazifalar bajariladi:
- Karam   agrosenozida   fitofag,   yirtqich   va   parazit   hasharotlar   tur   tarkibini
aniqlash;
-Karam agrosenozi entomofaunasini taksonomik tahlil qilish;
-entomofauna xilma-xilligini ekologik baholash va turli ekologik guruhlar
nisbatini aniqlash;
-karamga   zarar   keltiradigan   asosiy   zararkunandalarning   biologiyasi   va
ekologiyasini o’rganish;
-keng   tarqalgan   entomofag   hashoratlar   populyasiyasining   xususiyatlarini
o’rganish;
      -   karam   agrobiosenozidagi   entomofaunaning   trofik   aloqalarini     tahlil
qilish;
Muammoning   ishlab     chiqarish     darajasi.   O’zbekistonda   karam
zararkunandalaridan   karam   kuyasi,   karam   oq   kapalagi,   krestguldoshlar
burgachalari   va   qandalalari,   karam   bitining   zarari   va   biologiyasi,   tur   tarkibi,
zararkunandalarga   qarshi   kurash   choralari   to’g’risidagi   ma’lumotlar
G.A.Avanesova   (1986),   A.M.Muminov,   U.Nasirova   (1977),   T.Tilovov   (1987),
7 B.T.Shukuraliyev   (1985),   Z.O.Bekbergenova   (2000),   M.H.Ahmedov   va
I.I.Zokirov   (2008),   Ye.M.Troiskaya   va   boshq.   (2009),   D.B.Daminova   va
A.Sh.Xamrayev   (2011),   S.Ahmadjanova   (2011),   A.Sh.Xamrayev   va   boshq.
(2008)  tadqiqotlarida keltirilgan.
Biroq, O’zbekistonda karam agrosenozi entomofaunasining zamonaviy tur
tarkibi va ularni boshqarishni o’rganishga oid tadqiqotlar, yuqorida qayd etilgan
aksariyat   ishlarda   karamning   bir   yoki   bir   necha   fitofag   turlari   va   ularning
entomofaglarini   o’rganishga   qaratilgan.   Karam   hasharotlarini   tadqiq   qilish
borasidagi   mavjud   ma’lumotlar   karam   fitofaglarining   hozirgi   kundagi   holatini
batafsil   yoritib   bera   olmaydi.   Shu   sababli   ham,   karam   agrosenozi
entomokomplekslarining shakllanishi va ularni boshqarishning biologik asoslari
yuzasidan  tadqiqot  ishlarini  olib  borish  maqsadga muvofiq xisoblanib, nazariy
va amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega.
Tadqiqotning   obyekti   karam   agrosenozi   fitofag   va   entomofaglari
hisoblanadi.
Tadqiqotning   predmeti   karam   agrosenozi   dominant   fitofag   va
entomofaglarining turlar va individlar tarkibi, tarqalishi, ular sonining o’zgarish
dinamikasi,   shuningdek   fitofaglarga   qarshi   biologik   agentlar   samaradorligi
hisoblanadi.
Tadqiqotning   usullari.   Dissertasiyada   kuzatuv,   entomologik,   fenologik,
mikrobiologik, statistik hamda qiyosiy tahlil usullaridan foydalanilgan.
Dissertasiya   tuzilmasi.   Magistrlik   dissertatsiyasi   90   bet   kompter
matnidan iborat bo’lib, natijalar 5 ta rasm va 1 2  ta jadvalda o’z ifodasini topgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 10 8  ilmiy manbani o’z ichiga oladi.
8    I BOB.  KARAM AGROSENOZI ENTOMOFAUNASINING
O’RGANILISH TARIXI (Adabiyotlar sharhi)
Hasharotlar olamini o’rganish qadimdan insoniyatni qiziqtirib kelgan. Bu
sohada   yuzlab,   hatto   minglab   fikrlar   xilma-xilligi   mavjud.   Ularning   turli
agrobiosenozlardagi   majmuaviy   hayot   tarzi,   shuningdek   ekotizimlar
faoliyatidagi rolini izohlash, ayniqsa, qishloq xo’jaligida muhim ahamiyat kasb
etadi [2,10,15,69].
Krestguldoshlar   orasida   karam   ( Cruciferae   brassica   L)   zararkunanda
hasharotlardan   ko’proq   zarar   ko’radi.   Bunday   zararkunandalarga   karam   va
sholg’om oq kapalaklari, karam kuyasi, krestguldoshlar burgachalari, karam biti,
krestguldoshlar   qandalalari,   saratonlar,   karam   pashshalari   va   boshqalarni
ko’rsatib   o’tish   o’rinlidir.   Hammaxo’r   zararkunandalardan   gamma   tunlami,
o’tloq   kapalagi,   chigirtkalar,   chirildoqlar,   shilliqqurtlar   karam   bargi   bilan
oziqlansa,   buzoqboshilar,   tuproq   ostidan   kemiruvchi   tunlamlar   qurtlari,
simqurtlar,  soxtasimqurtlar, plastinka  mo’ylab  qo’ng’izlar   lichinkalari  ekinning
yer osti qismini zararlaydi [25, 64, 70].
Muhim   xo’jalik   ahamiyatiga   ega   bo’lgan   to’g’riqanotlilar   vakili
chigirtkalar   (Acrididae)   may   oyidan   boshlab   mavsum   oxiriga   qadar   pomidor
agrosenozlarida   vaqti-vaqti   bilan   uchrab   turishi,   ularning   migrasiya
jarayonlarining ba’zi bir ko’rinishlarida namoyon bo’ladi [17, 40, 70, 100]. 
Sobiq   ittifoq   hududlarida   karamda   300   turdagi   fitofaglar   qayd   qilingan
bo’lib, ulardan faqat 10 turi ekinga doimiy ravishda zarar keltiradi. Ular orasida
bahorgi  va   yozgi   karam   pashshalari,  kuzgi   tunlam  ( Agrotis  segetum )  va   undov
tunlami   ( Agrotis   exclamationis ),   yer   yuzi   tunlamlaridan   esa   g’o’za   tunlami
( Helicoverpa   armigera )   va   gamma   tunlami   ( Autographa   gamma ),   karam
tunlami,   karam   kuyasi,   karam   va   sholg’om   oq   kapalaklari,   karam   biti,
krestguldoshlar burgachalari alohida ajralib turadi [69, 73, 77, 96].
Markaziy   Osiyo   mintaqasi   va   O’zbekiston   hududi   entomofaunasiga   doir
ba’zi   ilmiy   manbalarda   hasharotlarning   Farg’ona   vodiysi   hududlarida
9 uchrashiga   oid   umumiy   xarakterdagi   ma’lumotlar   mavjud   [73,   93].   Faunistik
tahlil   natijalari   Markaziy   Farg’onaning   sabzavot-poliz   ekinlarida   7   turkum,   32
oilaning   113   avlod iga   mansub   148   tur   va   7   kenja   turdan   iborat   fitofag
hasharotlar   uchrashligini   ko’rsatdi   [50,   51,   52].   Entomofaunada   yetakchilik
qiluvchi   ushbu   katta   guruhlar   (Cicadinea,   Aphidinea)ning   entomosenozlardagi
ulushi   yuqori   bo’lishi   boshqa   tadqiqotchilar   e’tiborini   ham   jalb   etgan   [88].
Shuningdek   hozirga  qadar   Qoraqalpog’iston,  Xorazm, Samarqand  viloyatlarida
sabzavot-poliz ekin maydonlarida jiddiy zararkunanda sifatida qayd etilayotgan
[76, 103]  invaziv va karantin turlardan   Phthorimaea operculella   (Zeller, 1873)
(kartoshka   kuyasi),   Tuta   absoluta   (Meyrick,   1917)   (pomidor   kuyasi)   va
Myiopardalis pardalina  Bigot, 1891 (qovun pashshasi) Markaziy Farg’onada ilk
marta topildi [39, 56, 85,]. 
R.X.Kadirbekovning   2013 yilda qayd etishicha, ayni tur Qozog’istonning
Janubi-sharqiy   hududida   Brassicaceae,   Lamiaceae,   Polygonaceae,
Scrophulariaceae   oilasiga mansub o’simliklarda yashaydi   [ 52, 60 ].
1.1. Karamning zararkunanda hasharotlari
Karamga   fitofag-hasharotlar   jiddiy   zarar   yetkazadi.   Faunistik   tahlil
natijalari sabzavot-poliz ekinlarida 7 turkum, 32 oilaning 113   avlod iga mansub
148 tur va 7 kenja turdan iborat fitofag hasharotlar  uchrashligini  ko’rsatdi  [28,
49, 51, 54]. 
Karam biti ( Brevicoryne brassicae  L) keng tarqalgan zararkunanda bo’lib,
u   barcha   karam   yetishtiriladigan   mintaqalarda   keng   tarqalgan   [47].   Karam   biti
ayniqsa oq boshli karam  barglari  va uning urug’ligini  kuchli zararlaydi. Bu bit
qisqa   muddat   ichida   karam   bargi   orqa   qismi   va   o’suv   nuqtasini   yirik
koloniyalari   bilan  qalin   qoplaydi.  Karam   shirasi   o’simlikning   o’sish   nuqtasiga,
barglarning ostki va ustki qismlariga joylashib tayyor ozuqa moddalarni so’radi.
Zararlangan   nihollar   hosil   tugmaydi.   Urug’lik   karamni   urug’lari   puch   bo’lib,
unib chiqish xususiyati yo’qoladi [47]. 
10 Hasharotlarning   o’simlik   organini   tanlashiga   o’simlik   va   hasharot
organizmida boradigan fiziologik jarayonlar sabab bo’lishi tabiiy [32, 53]. 
O’rta Osiyoda karam biti karamda, ayniqsa uning ostki barglarida, o’zagi
yaqinida   va   krestguldosh   begona   o’simliklarda   tuxumlik,   partenogenetik
urg’ochi va lichinkalik stadiyasida qishlaydi [31].
Xususan,   Tojikistonda   poliz   va   sabzavot   ekinlari   zararkunandalari
qatorida   qarsildoq   qo’ng’izlarning   turlar   xilma-xilligi,   tarqalishi,   bioekologik
xususiyatlari   qator   tadqiqotchilar   tomonidan   o’rganilganligini   qayd   etish
mumkin [58, 59].
Hasharotlar ekologik imkoniyatining kengayib borishi, birinchi navbatda,
ozuqa resurslari  chegaralanganligi  hamda tabiatda turning barqarorligini saqlab
qolishga bo’lgan intilishidan yuzaga keladi [33, 56].
MDH   mamlakatlarining   Yevropa   qismida   karam   biti   faqat   tuxumlik
fazasida   qishlaydi.   Bu   tur   ko’chib   yurmaydigan   bitlar   biologik   guruhiga   oid
bo’lib,   ko’klamdan   boshlab   karam   biti   asosan   krestguldosh   begona   o’tlarda
hayot kechiradi va karamga iyundan ilgari o’tmaydi. Buning aksi, ba’zi olimlar
tadqiqotlarida   karamda   bitning   dastlabki   ommaviy   ko’payishi     may   oyining
oxirida qayd qilingan. Karam biti bahorda begona krestguldosh o’simliklarda 2-
3 avlod  beradi. Bit   to’dalarida  qanotli  bitlarning hosil  bo’lishi  dalalarda  karam
ko’chatlari   o’tqazilgan   davrga   to’g’ri   keladi.   Shunday   qilib,   qanotli   bitlar
begona   krestguldoshlardan   karamga   ko’chib   o’tadi   [31].   Karamga   ko’chib
o’tgan urg’ochi bitlar karam bargining orqasiga o’rnashib tez ko’paya boshlaydi.
Har   bir   urg’ochi   qanotsiz   bit   40   donaga   yaqin   lichinka   tug’adi.   Ba’zan   bitlar
karam   ko’chatini   batamom   qoplab   oladi.   Shu   muallifning   ma’lumotiga   ko’ra,
1982   yil   bahorida   “Qarshi”   fermer   xo’jaligining   “Aral”   uchastkasidagi   karam
paykallarida   1sm 2  
karam   bargi   sathida   70-80   donaga   qadar   bit   qayd   qilingan.
Garchand   bit   karam   bargining   orqa   qismidan   turib   zararlasada,   bargning
zararlangan   joylari   ustki   tomondan   qavarib   chiqadi;   bit   ko’payib   ketganda   u
bargning ustki tomoniga ham o’tadi [34 ,  82]. 
11 Bit   karamda   shu   qadar   ko’payadiki,   zararlangan   bunday   o’simlikni
uzoqdan,   uning   kulrangsimon   tusi   va   ustidagi   tullagan   bit   po’stlari   bilan
qoplanganligini ko’rish mumkin. Yozda havo haroratining keskin ko’tarilishi va
havo nisbiy namligining pasayishi tufayli karamda bit soni keskin kamayadi. Bu
hol   iyunning   oxiri   va   iyul   oyiga   to’g’ri   kelib,   bu   davrda   bitlar   soni   bir   tup
karamda   23   donagacha   kamayganligi   kuzatilgan.   Kuzda   havo   haroratining
pasaya   borishi   va   nisbiy   namlikning   oshishi   bilan,   kechki   karamda   karam   biti
yana   ko’payadi.   Kuz   oylarida   lichinkalardan   qanotli   erkak   bitlar   hosil   bo’ladi,
urg’ochi   bit   zotlari   bilan   juftlashib,   oxirgilari   qishlovchi   tuxumlar   qo’yadilar.
O’zbekistondagi   turli   tadqiqotchilarning   ma’lumotlariga   ko’ra   karam   biti
mavsum davomida 24 martagacha nasl beradi [27]. 
Karam   bitining   qishlash   sharoitini   o’rganish   bo’yicha   karam   boshining
qoldiqlari, urug’lik karam   ( Brassica campestris )   va krestguldosh ( Brassicaceae )
begona   o’tlarda   qurtena   ( Sysymbrium   loeselii ) ,   surepisa   ( Barbarea   vulgaris   R.
Br.) , yarkutka   (Thlaspi)   va boshqalarda kuzatish shuni  ko’rsatganki, karam biti
va   uning   tuxumini   qishlashi   uchun   eng   qulay   sharoit   karam   boshi   qoldiqlari,
keyin   urug’lik   karam   bo’lib,   bunday   muhitlarda   bit   va   uning   qishlab   chiqishi
mos  ravishda   45,3;   60,1 va  15,0;   38,7 %  ni   tashkil  qilgan  bo’lsa,   krestguldosh
( Brassica campestris  L) begona o’tlarda qishlovchi bit deyarli qirilib ketib, atigi
11,1%   bit   tuxumlari   omon   qolgan   [27].   Karam   bitining   sovuqqa   chidamliligi
yuzasidan   Turkmanistonda   amalga   oshirilgan   tadqiqotlar   -   10 o  
C   da   bit
zotlarining   qisman   nobud   bo’lishini   ko’rsatgan   bo’lsa,   O’zbekistondagi
tajribalar -13 o  
C 78%, -15 o  
C esa tadqiqotlardagi bit zotlarining batamom qirilib
ketganligini ko’rsatdi [27].
Hasharotlarning   miqdor   zichligi   mavsumiy   o’zgarishlarini   regression
tahlil   etish   ilk   marta   shiralar   va   kapalaklar   kabi   ayrim   oilalar   misolida   tahlil
etilgan.   Abiotik   omillarning   kunlik,   oylik   yoki   muddatli   tartibsiz     (xaotik)
tebranishidan   qat’iy   nazar,   barcha   organizmlarda   bo’lgani   kabi,
agrosenozlardagi   zararkunandalar   miqdor   zichliklarining   o’zgarishida   ham
mavsumiy barqarorlik kuzatiladi [5, 31, 35, 54, 99]. 
12 Fitofaglar ichida karpofag va fillofag, limfofaglarning ulushi katta bo’ladi.
Ya’ni   Leptinotarsa   decemlineata   (23   ball;   20,4%)   va   Tuta   absoluta   (25   ball;
22,1%)ning   ta’sir   ko’rsatish   darajasiga   qarab   uning   pomidorning   jiddiy
kushandasi sifatida qayd etish mumkin [52]. 
Oqqanotlarning   (Aleyroidoidae)   mamlakatimizda   4   turi   uchrashi   qayd
etilgan bo’lib [80, 81,  104],  bu hasharot  o’simliklarni  faqat  lichinkalik  davrida
zararlaydi. Uning ta’siridan sabzavot ekinlarining 60-75% gacha nobud bo’lishi
qayd   etilgan   [36].   Xususan,   bu   hasharotlar   o’simlikni   so’rib,   undagi   ozuqa
moddalarni   kamaytiradi,   uning   chiqargan   suyuqligida   saprofit   zamburug’lar
rivojlanib,   barg   yuzasini   qoplaydi   va   o’simlikning   rivojlanishi   buziladi.
Oqibatda   o’simlik   zaiflashib,   hosil   kamayadi   yoki   vegetasiya   davri
boshlanishida bo’lsa, butunlay nobud bo’ladi [62, 86].
Karamda   krestguldoshlar   qandalalarining   Eurydema   ventralis   Kol-karam
qandalasi   turi   karamga   zarar   yetkazadi.   E.   ventralis   karamda   davomli
oziqlanganda o’simlik o’sishdan va rivojlanishdan orqada qoladi [82]. Qandala
bog’   va   ekinzorlar   to’shamalari   ostida   voyaga   yetgan   holda   qishlaydi.
Qishlovdan   chiqqan   qandala   faol   hayotining   boshlanishi   ob-havo   sharoitiga
bevosita   bog’liq.   O’rtacha   sutkalik   harorat   12-13 o  
C   oshganda   qandalalar
qishlovdan   chiqa   boshlaydi.   Bu   ko’pincha   mart   oyiga   to’g’ri   keladi.
Shuningdek,   ularning   faolligi   kunning   o’rtalariga   to’g’ri   keladi,   kechqurun
boshlanishi bilan qandalalar hashaklar ostiga bekinadi. Erta bahorda qishlovdan
chiqqan   qandala,   dastlab   begona   krestguldoshli   o’simliklarning   shirasini   so’rib
oziqlanadi. Dalada karam ko’chatlari va boshqa madaniy krestguldoshlar paydo
bo’lishi   bilan   ularga   o’tadi.   Qishlovdan   chiqqan   qandalalar   10-15   kun
qo’shimcha   oziqlangach,   juftlashadi.   Ularning   juftlashishi   kunning   o’rtalarida
havo harorati yuqori 20 o 
C bo’lganda boshlanib, soatlab davom etadi.
Otalangan   urg’ochi   qandalalar   bir   tuxum   qo’yganda   12   tadan   ikki
qatordan   (har   bir   qatorda   6   tadan)   qilib   tuxum   qo’yadi.   Havoning   haroratiga
qarab   6-15   kun   o’tgach   tuxumlardan   lichinkalar   ochib   chiqadi.   Lichinkalar   bir
sutkaga yaqin tuxumning qobig’i yonida turib, keyin oziqlanish uchun o’simlik
13 barglariga tarqalib ketadi. Lichinkalarning rivojlanishi yoz oylarida 25-30 kunga
to’g’ri kelsa, bahorda 40-50 kungacha cho’ziladi [82]. 
MDH mamlakatlari  hududlarida   Phyllotreta   avlodiga oid 30 turdan  ortiq
yer   burgachalari   qayd   qilingan.   Bu   avlod   vakillari,   jumladan   krestguldoshlar
burgachalari,   bunday   o’simliklar   o’sadigan   barcha   stasiyalarda   keng   tarqalgan
[41].   Krestguldoshlar   burgachalari     boshqa   yer   burgachalaridan   quyidagi
belgilari bilan ajralib turadi: 
Phyllotreta   avlodi vakillarining tanasi cho’zinchoq va ko’pchilik hollarda
bir   oz   tig’izlangan;   tanasining   tusi   bir   xil   rangli;   qora,   havorang,   yashilroq,
metallsimon   yoki   qanot   ustligi   sariq   naqshli   qora.   Mo’ylablari   11   bo’g’imli.
Tanasining o’lchami 1,3 dan 3,3 mm gacha o’zgarib turadi. 
Burgachalarning   tuxumlari   oqish-sariq,   yarim   shaffof,   uzunchoq-oval,
o’lchami 0,3-0,4 mm. Ko’pchilik turlar lichinkalarining tusi kir-oqish, sariq yoki
sarg’ishroq   [61].   Krestguldoshlar   burgachalari   jinsiy   voyaga   yetmagan
qo’ng’izlik   hamda   zararkunanda   kuzgi   avlodi   krestguldosh   o’simliklar   ildizi
yaqinida   tuproqqa   qo’yilgan   tuxumlik   fazasida   qishlaydi   [61].   O’rta   Osiyo
sharoitida   yer   burgachalarining   faunasi   bir   qator   tadqiqotchilar   tomonidan
o’rganilgan. Jumladan,  O’zbekistonda  yer  burgachalarining 15 avlodga tegishli
100 turi qayd qilingan. Bunda respublika tekisligida 80 tur, tog’oldi hududlarida
76   va   tog’larda   38   tur   tarqalganligi   aniqlangan.   Krestguldoshlar   burgachalari
Phyllotreta   avlodining O’zbekiston turli sharoitlarida ommaviy ko’payib birdan
tarqalish   xususiyatiga   ega   bo’lgan   quyidagi   turlari:   Ph.   ustulata   Lop;   Ph.
latevittata Kutsch; Ph. undulata Kutsch; Ph. vittula Rdtb; Ph. erusimi Wse; Ph.
atra   F,   Ph.   cruciferal   Gz;   Ph.   nemorum   L.,   G.A.   Avanesova   [19]   tomonidan
o’rganilgan. 
Yuqorida   ta’kidlanganlardan   ko’rinib   turibdiki,   O’zbekiston   sharoitida
krestguldoshlar   burgachalarining   biologiyasi,   ekologiyasi   va   zarari   deyarli
o’rganilmagan.   Faqat   karam   oq   kapalagi   ( Pieris   brassicae   L)   biologiyasining
sabzavot-poliz   ekinlari   zararkunandasi   sifatida   Toshkent   viloyati   sharoitida
o’rganilgan [102].
14 Zararkunandaning   poliz   ekinlariga   zarari   yildan-yilga   ortib   bormoqda.
Zararkunandaning   keyingi   tarqalish   yo’nalishlari,   shuningdek   O’zbekiston
hududiga   kirib   kelishi,   zarar   keltirish   xususiyatlari   va   biologiyasini   o’rganish
bo’yicha qator olimlarning ilmiy natijalari e’lon qilinmoqda [3, 7, 14, 24, 84].
MDH   mamlakatlari   hududlarida   karam   kuyasi   keng   tarqalgan   bo’lib,
Arktikadan,   Qrim   va   Kavkaz   ortigacha   uchraydi,   O’rta   Osiyo,   Sibir   va   Uzoq
Sharqda ham zarar keltiradi. Karam kuyasi vaqt-vaqti bilan ommaviy ko’payish
xususiyatiga ega. Bunday yillarda karam  kuyasi  krestguldoshlarning  eng xavfli
zararkunandasi   hisoblanadi.   Odatda   ommaviy   ko’payishdan   bir   yil   oldin
zararkunandaning   miqdoriy   soni   birmuncha   past   bo’ladi.   Ko’pchilik
tadqiqotchilar ta’kidlashicha, ommaviy ko’payishning sababi  karam kuyasining
uzoq   cho’ziladigan   migrasiyasidir.   Karam   kuyasining   ommaviy   ko’payish
o’chog’i   sobiq   ittifoq   janubiy   Yevropa   qismida   bo’lishi   kerak,   shu   yerdan
shamol yordamida tezlik bilan katta hududlarga tarqaladi [4, 7 ,  66, 67 ] . 
Shuningdek   Tuta   absoluta   tashqi   va   ichki   karantin   obyekti   sanaladi.
O’simlikning tana, shoxlari, bargi, o’suv qismlariga tuxum qo’yadi. Tuxumdan
chiqqan  lichinkalar   shu  yerda  oziqlanishni   boshlaydi.  Keyin  boshqa  yaruslarga
tarqaladi. Qurtlari o’simlikda to’rlar hosil qilishi vegetasiyaga ta’sir qiladi. Katta
yoshdagi   qurtlar   mevani   teshib   kiradi.   Lichinka   kirgan   meva   tez   chiriydi   va
iste’molga yaroqsiz bo’ladi [72, 75, 83, 87]. 
Kuya   bilan   zararlangan   o’simliklarining   hosildorligi   80-100%   gacha
pasayib,   hosil   to’la   nobud   bo’lishi   mumkin.   Bir   gektardagi   ekinni   kuya   ikki
haftada  batamom  zararlab  ulguradi. Uning populyasiyasi  mavsumda  harorat  va
namlikka mutanosib ravishda o’zgarib turadi [4]. 
Karam kuyasi  g’umbaklik fazasida qishlaydi. Bahorgi kapalakning uchib
chiqishi   erta   ko’klamga   to’g’ri   kelib,   oq   kapalaklar   uchib   chiqish   muddatiga
yoki ulardan biroz ertaroq amalga oshadi. Bu o’rtacha sutkalik havo harorati 6-
7 o  
C dan oshganda to’g’ri keladi [102]. Uchib chiqqan kapalaklar begona o’tlar
gul   nektari   bilan   qo’shimcha   oziqlanishga   muhtoj   bo’ladi.   Dastlabki   vaqtlarda
kapalaklar surepka ( Brassicae campestris   L.) va boshqa krestguldoshlar begona
15 o’simliklarida   o’rnashadilar.   Keyinchalik   ular   karamga   ko’chib   o’tadilar.
Kunduzi   kapalaklar   passivroq   bo’lib,   o’simlik   barglarining   orqasiga   ko’chib
o’tishni   yoqtiradi.   Kechqurun,   kechasi   va   bulutli   havoda   kapalaklar   jinsiy
qo’shiladilar,   tuxum   qo’yadilar,   bir   joydan   boshqa   joylarga   ko’chadilar.
Kapalaklarning   jinsiy   nisbati   taxminan   1:1   bo’lib,   ammo   erkaklari   birmuncha
ustunlik   qiladi.   Urg’ochilarning   jinsiy   serpushtliligi   70   dan   300   gacha   tuxum
qo’yish bilan o’lchanadi [102].
Karam   kuyasining   embrional   rivojlanishi   15,1 o  
C   da   6   kun   davom   etsa,
21,6 o  
C da 4 va  26 o  
C da 3 kun davom  etadi.  Qurtining rivojlanishi  17,9 o  
C 20
kun,   20,2 o    
C-16   va   25,6 o    
C-10   kunda   yakunlanadi.   G’umbagining   rivojlanishi
17,8 o    
C-11   kun,   20,4 o  
C-8   va   26,9 o  
C-5   kun   davom   etadi   [105].   Karam
kuyasining quyi rivojlanish bo’sag’asi 9,8 o 
C ga teng bo’lsa, yuqorisi - +35-37 o 
C
ga tengdir, optimal rivojlanish zonasi birmuncha keng - 10 o  
C dan 30 o  
C orasida
bo’ladi.   Kuya   bir   avlodi   naslining   to’liq   rivojlanishi   uchun   223 o  
C   foydali
harorat   yig’indisi   kerak   bo’ladi.   Tropik   mamlakatlar   iqlim   sharoitida   karam
kuyasi yil davomida rivojlanib 18-20 marta nasl beradi [11 ,  79, 74].
Karam   oq   kapalagi   oqishlar   (Pieridae)   oilasi,   tangachaqanotli
(Lepidoptera) hasharotlar turkumiga xosdir. Odatda bu hasharot keng tarqalgan
karam   zararkunandasidir.   Kapalak   chekka   shimoldan   tashqari   MDH
mamlakatlarining   barcha   hududlarida   tarqalgan.   Karam   oq   kapalagi   bir   nasli
to’liq   rivojlanishi   uchun   700 o  
C   foydali   harorat   yig’indisi   kerak   bo’ladi.
Jumladan,   embrional   rivojlanishi   uchun   +98 o  
C   (quyi   bo’sag’asi   +9 o  
C),   qurti
+389  o 
C (bo’sag’asi +7 o 
C), g’umbagi +189 o 
C  
 (bo’sag’asi +8 o 
C), kapalak jinsiy
yetilishi uchun +24 o 
C harorat kerak bo’ladi. O’zbekistonda kapalakning bahorgi
uchib chiqishi martning oxiri-aprelning birinchi o’n kunligiga, ommaviy uchish
esa aprelning ikkinchi o’n kunligiga to’g’ri keladi [21].
Karam   oq   kapalagi   tarqalish   arealiga   qarab:   Kola   yarim   orollarida   bir
marta,   Leningrad  viloyatida  2,  Rossiya  o’rta   zonasida   2-3,  uning  janubida  3-4,
Kavkaz ortida 5, O’rta Osiyoda kamida 4 marta nasl berib rivojlanadi. [21, 96].
Farg’ona   viloyatining   sharqiy   qismida   karam   oq   kapalagining   biologiyasini
16 o’rgangan.   Uning   ta’kidlashicha,   ushbu   zararkunanda   o’rganilgan   hududning
hamma   yerida   qayd   qilingan   bo’lib,   sezilarli   darajada   zarar   yetkazadi.
Zararkunandaning   kapalagi   asosan   aprel   oyining   boshida,   ayrimda   martning
oxirida   qishlovdan   uchib   chiqib,   dastlab   kapalaklar   krestguldoshli   begona
o’simliklar   gul   nektari   bilan   oziqlanadi.   Oq   kapalakning   qurtlari   aprel   oyining
ikkinchi   yarmida   karamda   paydo   bo’lib,   keyinchalik   uning   miqdoriy   soni   o’sa
borgan   [104].   Muallifning   ta’kidlashicha,   karam   oq   kapalagining   birinchi   nasl
qurtlari,   karam   bargining   orqasi   ko’pincha   shimoliy-g’arbiy   tomoni   tuprog’iga
yaqin tomonida  g’umbakka  aylanadi.  Vaholanki   ko’pchilik  tadqiqotchilar   qayd
qilishicha karam oq kapalagi sinantrop tur bo’lib, uning rivojlanishi asosan turli
qurilish va aholi yashaydigan joylardagi yaqin uchastkalardagina kuzatiladi. Oq
kapalak   binolar   devorlari,   to’siqlar,   oyna   karnizlari,   daraxt   va   butalar   hamda
begona o’simliklar poyalarida qishlaydi [98]. 
Sholg’om   oq   kapalagi   ( Pieris   rapae   L.)   tashqi   ko’rinishi   va   ayrim
rivojlanish   xususiyatlari   jihatidan   karam   oq   kapalagi   bilan   ko’pchilik   umumiy
o’xshashliklarga   ega.   Sholg’om   oq   kapalagining   embrional   quyi   rivojlanish
bo’sag’asi   +6,7 o  
C,   qurtining   +6,7 o  
C,   g’umbaginiki   esa   +7,8 o  
C.   Embrional
rivojlanish davomiyligi 3-7 kun, qurtining rivojlanishi 20 sutkagacha, g’umbagi
esa 7-10 sutka davomida rivojlanishini yakunlaydi [57]. 
Rossiyaning   shimoliy   qismida   sholg’om   oq   kapalagi   1-2   marta,   Sankt
Peterburg   va  Moskva   viloyatlari   sharoitlarida  2-3,  Qozog’iston   va   O’rta  Osiyo
respublikalarida 4, Kavkaz ortida 5 marta nasl berib rivojlanadi Bunda sholg’om
oq kapalagi karam oq kapalagiga nisbatan xavfliroq zararkunanda bo’lib, uning
bahorgi   va   yozgi   bir   nasli   rivojlanish   davomiyligi   35-40   sutka,   jumladan,
embrional rivojlanishi 5-8, qurtining 15-18, g’umbagining rivojlanishi esa 15-18
sutka davom  etadi.  Mavsum  davomida 6 martagacha  nasl  beradi.  Sholg’om  oq
kapalagining kuchli zarari ayniqsa iyul-sentyabr oylarida kuzatiladi [21]. 
Toshkent   viloyati   sharoitida   karam   agrosenozida   tunlamlarning   12   turi
qayd qilingan. Ular orasida ko’p sonliligi jihatidan sirkumfleks-tunlami, gamma-
tunlami,   kuzgi,   undov,   sebarga,   yovvoyi   va   tamaki   tunlamlari   ajralib   turadi.
17 Karamni   zararlovchi   asosiy   tur   sifatida   sirkumfleks-tunlami   ( Syngrapha
circumflexa   L )   aniqlangan.   Bu   turning   zararlash   xususiyati   karam   tunlami
zararlashiga juda o’xshashligi ham o’rganilgan [21].  
Sirkumfleks-tunlamining   qurtlari   hammaxo’r   bo’lib,   asosan   karam   bargi
va   boshini   zararlaydi.   Sirkumfleks   tunlami   O’zbekistonda   pomidor,
makkajo’xori,   g’o’za,   karam,   kungaboqar,   dukkaklilar   va   boshqa   ekinlarni
zararlovchi odatdagi turdir. [6]
Hasharotlarning   ozuqa   izlab   ommaviy   uchishlari   ham   asosiy   omil
sanaladi.   Bu   jarayon   chigirtkalar   oilasi   vakillarida   mukammal   taraqqiy   etgan
bo’lib, buning ko’plab jiddiy salbiy oqibatlari ham yuz bergan [69, 70, 71, 90,
96]. 
Boshqa bir qator tadqiqotchilarning turli yo’nalishdagi izlanishla-rida ham
sabzavot-poliz   ekinlari   zararkunandalariga   doir   fundamental   va   amaliy
tadqiqotlarga e’tibor qaratilgan [31, 47, 92, 95].
1.2. Karam zararkunandalarining tabiiy kushandalari
Karam   zararkunandalari   ustida   ishlagan   ko’pchilik   tadqiqotchilar   karam
fitofaglari   miqdoriy   sonini   qisqartirishda   tabiiy   entomofaglarning   ahamiyatini
alohida qayd qilganlar. [105,106].
MDH   hududlarida   jumladan,   Belorussiyada,   Kavkaz   ortida,   Rossiya
Federasiyasida,   Markaziy   Osiyoda,   ayniqsa,   karam   biti   entomofaglarini
o’rganish sohasida keng qamrovli tadqiqotlar amalga oshirilgan [24, 45, 63]. 
Karam   biti   sonini   kamaytirishdagi   afidofaglarning   ahamiyati   to’g’risida
D. Pimental, G. Broussol, A. Vandel, M. Hafez, P. Stary [13] va boshqalarning
ishlari ham bag’ishlangan. 
  Toshkent   viloyati   sharoitida   karam   biti   koloniyalarida   29   turdagi
afidofaglar-parazit  va   yirtqich  hasharotlar  qayd  qilingan  bo’lib,  ular  11  oila  va
18 avlodga   xosdir [98]. Ulardan 24 turi yirtqichlar va 5 turi parazitlardir (1-tur
birlamchi karam bitining paraziti, 4-ikkilamchi parazitlar). 
18 D.B.  Daminova   [44]   O’zbekiston  agrosenozlarida,  jumladan  karamda  10
avlodga mansub 22 sirfid turlarini qayd etgan va ekinda yirtqich (sirfid) - o’lja
(karam   biti)   samarali   nisbati:   1:30;   1:40   bo’lganda   karam   biti   ko’payishini
sirfidlar   va   boshqa   kompleks   afidofaglar   bilan   birgalikda   xo’jalikni   zararsiz
darajada ushlab turishini ta’kidlagan.
Sabzavot-poliz   ekinlari   agrosenozlarida   hasharotlar   ulushining   ko’pligi,
o’z navbatida, ularning entomofaglari salmog’i yuqori bo’lishiga sabab bo’ladi.
Shu   jihatdan   ularning   tur   tarkibi   o’rganilib,   taksonomik   ro’yxati   tuzilgan   [98,
18,   29,   101].   Mazkur   guruh   hasharotlari   sabzavot-polizdan   tashqari,   boshqa
qishloq   xo’jalik   ekinlari   hamda   begona   o’tlarda   ham   ko’plab   oziqlanadi.
Jumladan,   Aphis   gossypii   shirasining   ozuqa   spektri   52   tur   o’simlikni   tashkil
etishi  aniqlandi (shulardan 16 turi sabzavot-poliz o’simliklari). Sh.Xo’jayev bu
turni o’simliklarning 46 turiga shikast yetkazishini ta’kidlagan [98]. 
Umumlashtirilgan   ma’lumotlarga   ko’ra   karam   biti   entomofaglaridan
quyidagilar:   parazit-afidiidlar,   sirfid   pashshalari,   gallisalar,   levkopislar,
koksinellidlar,   oltinko’zlar,   yirtqich   qandalalar,   ayrim   yirtqich   vizildoq
qo’ng’izlar   zararkunanda   miqdoriy   sonini   keskin   kamaytirishda   alohida
ahamiyat kasb etadilar. 
Entomofaglarining   ko’pligi   va   ularning   samaradorligi   nuqtai-nazaridan
karam   zararkunandalari   orasida   karam   kuyasi   yetakchi   o’rinlardan   birini
egallaydi. 
Karam   kuyasi   entomofaglari   to’g’risidagi   Rossiyada   dastlabki
ma’lumotlar   bundan   100   yil   oldinroq   bosilib   chiqqan.   Keyinchalik   kuyaning
parazit   va   yirtqichlarini   o’rganish   tadqiqot   ishlari   kengaydi.   Entomofaglarning
biologiyasini  o’rganishga   hamda  ularning  foydali  faoliyatiga  sharoit  yaratishga
e’tibor qaratildi [24],
Xorij   entomologlari   tomonidan   ham   karam   kuyasi   entomofaglari
o’rganilgan   [4,   8,   9].   Karam   kuyasi   miqdoriy   sonini   kamaytirishda
pardasimonqanotli   parazitlar   [Hymonoptera]   alohida   ahamiyat   kasb   etadi.   Ular
orasida   ixnevmonidlar   oilasi   55-92   %   ni   tashkil   qiladi   [22].   Zararkunandani
19 kamaytirishda   yirtqichlar   kamroq   ahamiyatlidirlar   [21].   Turli   mualliflarning
ma’lumotiga   ko’ra,   karam   kuyasi   qurt   va   g’umbaklarining   zararlanishi:   Sankt
Peterburg viloyatida - 90 % gacha, Buryatiyada - 80% gacha, Gruziyada - 95%
gacha,   Estoniya   va   Latviyada   -   58,7   va   79,8   %,   Belorusiyada   -   58-79%
Armanistonda - 45%, Qozog’istonda - 56%, Turkmanistonda - 25-40%, Xarkov
va   Nikolayev   viloyatlarida   56-84   va   75-92   %,   Ozarbayjonda   -   70-94,4%,
O’zbekistonda - 40-70 % ni tashkil etgan [24]. 
Keltirilgan   ma’lumotlardan   ko’rinib   turibdiki,   karam   kuyasini   tabiiy
miqdorini   cheklab,   kamaytirishda   parazitlar   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.
Parazitlar   orasida   Diadegma   fenestralis   Holmer   (Hymoneptera,
Tchneumonidae)   karam   kuyasining   eng   samarali   tabiiy   kushandasi   hisoblanib,
ayrim   hududlarda,   jumladan   Sankt   Peterburg   viloyatida   parazit   kuyani   -   70-90
% gacha qirib yo’qotadi. Shuni ham alohida qayd qilish o’rinliki, karam kuyasi
va diadegma sinxron rivojlanadilar. 
Bundan   tashqari   karam   dalalarida   beshiktevratarlar,   yirtqich   qandalalar,
vizildoq qo’ng’izlar, stafilinidlar, koksinellidlar, oltinko’zlar, pardasimonqanotli
parazitlar,   ikkiqanotli   yirtqichlar-qtir   pashshalari   va   tabiiy   entomopatogen
mikroorganizmlar hayot kechirib, ular birgalikda karam kuyasi miqdoriy sonini
kamaytirishda   alohida   ahamiyatga   egadirlar.   Karam,   sholg’om   va   xantal   oq
kapalaklari   miqdoriy   sonini   kamaytirishda   ham   parazit   va   yirtqichlar   muhim
ahamiyat   kasb   etadilar.   Bu   zararkunandalar   tarqalgan   barcha   hududlarda
ularning   asosiy   endoparaziti   Apanteles   glomeratus   L   hamda   g’umbak   paraziti-
Pteromalus   puparum   L   hisoblanadi.   Apanteles   oq   kapalaklarning   qurtlarini
dastlabki   to’rt   yoshlari,   ayniqsa   birinchi   va   ikkinchi   yoshlarini   yoqtirib
zararlaydi. 
Bitta   qurtda   bir   vaqtning  o’zida   parazitning   100  donaga   qadar   lichinkasi
rivojlanishi   mumkin.   Parazit   urg’ochisining   jinsiy   mahsuldorligi   juda   yuqori
bo’lib,   u   2000   tagacha   tuxum   qo’yadi.   Yil   davomida   apanteles   2-5   nasl   berib
rivojlanadi.   Pteromalus   oq   kapalaklardan   tashqari   15   turdagi   kunduzgi
20 kapalaklar   g’umbaklarini   zararlaydi.   Oq   kapalaklar   kichik   yoshdagi   qurtlarini
ixnevmonidlardan  Anilasta ebeninus  Grav ham zararlaydi [23],. 
Oq   kapalaklar   qurtlarini   taxin   pashshasi   zararlab,   ular   orasida   keng
tarqalganlar sifatida  Exorista larvarum  L ., Phrux vulgaris  Fll va boshqa turlarni
ko’rsatish mumkin. B.P. Adashkevich [22] ning ma’lumotiga ko’ra sobiq ittifoq
hududlarida   oq   kapalaklar   entomofaglarining   50   turi   qayd   qilingan   bo’lib,
ulardan   2   turkum,   4   oila,   11   avlod   va   13   turga   oidlari   O’zbekistonda   karam,
sholg’om oq kapalaklari qurt va g’umbaklaridan chiqarilgan. Apanteles, anilasta
va boshqa parazitlar bilan karam oq kapalagi qurti va g’umbaklarining 18, eng
ko’pi bilan esa 70% zararlanganligi qayd etilgan [21]. 
Deyarli   barcha   karam   zararkunandalari   hayotining   u   yoki   bu   rivojlanish
stadiyalarida   tuproq   bilan   bog’langan   holda   o’tadi.   Karamning   tuproqqa
bevosita   tegib   turganligi   sababli   uning   pastki   barglarida   rivojlanadigan
zararkunandalar   tuproqda   hayot   kechirayotgan   yirtqichlar,   jumladan   vizildoq
qo’ng’izlar   uchun   o’lja   hisoblanadi.   Karam   dalalarida   yashovchi   ko’pdan-ko’p
vizildoq   qo’ng’izlarning   turlari   yirtqichlarga   xosdir.   Ko’pchilik   tadqiqotchilar
[89]   qishloq   xo’jalik   ekinlari   zararkunandalari   miqdoriy   sonini   turli
mintaqalarda   vizildoq   qo’ng’izlari   kamaytirishi   to’g’risida   muhim   ma’lumotlar
keltirganlar.   O’zlashtirilgan   yerlar   yirtqich-vizildoq   qo’ng’izlarini   bir   qator
tadqiqotchilar o’rgangan. [23, 26, 42].
Markaziy   Farg’onada   bundan   qariyb   yuz   yil   avval   boshlangan   yerlarni
o’zlashtirish   tadbirlari   hozirga   kelib   turli   agrosenozlar   ko’rinishida   namoyon
bo’ldi.   Bu   esa   entomofaunaning   shakllanishida   cho’lga   xos   turlarning   saqlanib
qolishi va ularning ozuqa spektri o’zgarishiga ham olib kelgan [52].
Bu   holatning   asosiy   sabablarini,   birinchidan,   agrosenozda   uchrovchi
turlarning   ozuqa   spektri   yuqoriligi,   shuningdek   B . oleracea ,   B.rapa,   B.vulgaris
va  D . carota  hasharotlar oziqlanishi uchun eng maqbul o’simliklar qatoridan joy
olganligi   bo’lsa,   ikkinchidan   esa,   Markaziy   Farg’onada   uzoq   yillardan   buyon
qishloq   xo’jaligi   ekinlari   ekilishining   davomiyligi   natijasida   aborigen   va
endemik turlarning muvaqqat o’rnashib qolganligi bilan izohlash mumkin [57].
21 1.3. Karam zararkunandalariga qarshi kurash
Inson  ko’pchilik hollarda  turlarni  ongli   yoki   ongsiz  ravishda  bir   hududdan
ikkinchisiga   o’tkazadi   va   dastlab   yaxlit   bo’lgan   tur   arealini   uzilgan   holatga
keltiruvchi asosiy omilga aylanadi [ 16 ].
Karam   yetishtiriladigan   barcha   mintaqalarda   zararkunandalar   ekin
hosiliga   va   uning   sifatiga   jiddiy   zarar   yetkazganligi   tufayli,   ularga   qarshi   o’z
vaqtida   samarali   kurash   chora-tadbirlarini   o’tkazishni   talab   qiladi.   Hozirgi
davrda   o’simliklarni   kimyoviy   himoya   qilish   arsenalining   katta   kompleksi,
mikrobiologik   preparatlar,   entomofaglar   va   zamonaviy   apparaturalarning
mavjudligi,   ularni   tanlab   ishlatish   hisobiga   muvaffaqiyatli   kurash   choralarini
amalga   oshirishni   ta’minlaydi.   Ammo   karam   oziq-ovqat   mahsuloti   sifatida
iste’mol   kilinishi   tufayli   tavsiya   qilingan   barcha   kimyoviy   preparatlarni
zararkunandalarga qarshi qo’llash maqsadga muvofiq emas. Shunga qaramasdan
karam   zararkunandalariga   qarshi   kimyoviy   kurash   usul   va   vositalari   sohasida
ko’pchilik olimlar: M.B. Gasanov, G.V. Dolidze, A.M. Mo’minov, M.P. Tkach,
D. Finlaysson, I. Loi, M. Diosci tadqiqotlar olib borganlar [12, 71]. XX asrning
50   yillari   oxirlariga   borib,   karamda   zararkunandalarga   qarshi   kimyoviy
preparatlar   qo’llanishini   cheklash   maqsadida   mikrobiologik   preparatlarni
qo’llashga asos solindi. Jumladan, sobiq ittifoqda ilk bor,  Bacillus thuringiensis
spora hosil qiluvchi entomopatogen bakteriyasi asosida yaratilgan entobakterin-
3   poroshok   shaklidagi   biopreparat   karam   kuyasi,   karam   oq   kapalagi   va   karam
tunlamiga   qarshi   sinab   ko’rilib,   karam   kuyasi   va   karam   oq   kapalagiga   qarshi
kurashda yuqori samaraga erishilgan bo’lsada, ammo bu preparat karam tunlami
qurtlariga   qarshi   samara   bermadi.   Shu   bilan   bir   qatorda   ittifoqda   va   xorijda
ishlab   chiqarilgan   dipel   0,4%,   baktespein   0,8%   va   bitoksibasillin   0,8%   li
bakterial   preparatlar   suspenziyalari   karam   tunlamiga   qarshi   qo’llanilganda
yuqori samaraga erishildi. Alestin, gomelin va kombi preparatlari esa juda past
natija ko’rsatdi [78]. 
Bitoksibasillin   oq   kapalaklar   va   karam   tunlamiga   qarshi   kompleks   ta’sir
ko’rsatib   bu   zararkunandalarni   82   -   93%   gacha   kamaytirdi.   Preparat   qurtlariga
22 qarshi   bevosita   ta’siridan   tashqari   uning   keyingi   ta’siri   natijasida   g’umbaklar
ham   33,3-52,7%   kamaydi.   Bundan   tashqari   bitoksibasillin   yuqqan   bir   qator
g’umbaklar   nuqsonli   bo’lib,   ulardan   uchib   chiqqan   kapalaklar   tuxum   qo’yish
qobiliyatiga   ega   bo’lmadi.   Tojikistonning   G’arbiy   Pomir   sharoitida   karam
kuyasi   va  karam   oq kapalagi  qurtlariga  qarshi   entobakterin-3  va bitoksibasillin
qo’llanilganda yaxshi samaraga erishilgan [38]. 
O’zbekistonda   karam   oq   kapalagi   qurtlariga   qarshi   xlorofosdan   tashqari,
entobakterin-3, boverin yoki dendrobasillin singari preparatlarni mos ravishda 4-
5,3   va   4   kg/ga   (600   l.   suvga)   qo’llash   tavsiya   qilingan.   Biopreparatni   texnik
samaradorligini   oshirish   maqsadida   shu   muallifning   o’zi   mikrobli   preparatlar
sarfini   1,5   -   2   marta   kamaytirish   hisobiga   mikrob-insektisidli   aralashmani
qo’llashni   ham   tavsiya   etgan.   Bunday   kimyoviy   preparatlardan   xlorofos,
karbofos yoki fosfamidni qo’llash ishlab chiqarish me’yorining 10% ini tashkil
qilgan.   Bunday   aralashma   qo’llanilganda   biopreparatlarning   biologik
samaradorligi 95 - 98% gacha ko’tarilgan [71]. 
A.M.   Mo’minov,   U.   Nosirova   karam   kuyasi,   sholg’om   oq   kapalagi   va
karam   oq   kapalagi   qurtlariga   qarshi   bitoksibasillin   (BTB-202),   (2-3   kg/ga),
entobakterin (2-3 kg/ga), dendrobasillin (4kg/ga) singari preparatlarni sof holda
va ularning xlorofosli (2+0,3 kg/ga) aralashmalarini yuqorida keltirilgan karam
zararkunandalariga   qarshi   qo’llashni   ham   tavsiya   etganlar.   Ammo   bunday
mikrob-insektisid   aralashmasi   oqibatda   zararkunandalarni   asta-sekin
preparatlarga  barqarorligini   oshiribgina  qolmasdan,   karam  agrobiosenozi   tabiiy
entomofaglarini qirilib ketishiga ham olib keldi [71].
XX   asrning   70   yillari   ikkinchi   yarmidan   boshlab   karam
zararkunandalariga qarshi kurash alohida xavfsizroq vosita va usullarni yaratish-
uyg’unlashtirilgan  tizimga qadar   rivojlanib  o’sdi.  Ma’lumki,  uyg’unlashtirilgan
kurash   asosida   ayniqsa   agrotexnik,   biologik   usullar   va   selektiv   kimyoviy
vositalarni qo’llash yotadi. Bunday kurashda ustunlik foydali entomofaunaga va
zararsiz   usullarga   qaratiladi   [45,   46,   91].   O’zbekistonda   karam
zararkunandalariga qarshi biologik kurash yo’nalishini ishlab chiqish yuzasidan
23 urinishlar   mavjud   bo’lib,   natijada   karam   zararkunandalariga   qarshi
trixogramma,   brakon,   sirfid   pashshalari,   gallisalar,   afidimizalar   va
mikrobiologik   preparatlardan   “Dendrobasillin”,   “Bitoksibasillin”,   “Lepidosid”
singari   vositalardan   foydalanilgan   holda   biologik   kurash   tizimi   yaratilgan   [20,
21, 68, 89].
Zararkunandalarga   qarshi   mikrobiologik   preparatlar   ishlab   chiqarish
sanoati   respublikada   mavjud   bo’lmaganligi   sababli,   bunday   preparatlar   ishlab
chiqarilmagan.  Buning  ustiga  karam  zararkunandalariga  qarshi  biologik  kurash
tizimiga krestguldoshlar burgachalari, krestguldoshlar qandalalari singari jiddiy
zararkunandalar   inobatga   olinmadi.   Tavsiya   etilgan   biologik   kurash   tizimini
ishlab chiqilganligiga deyarli 25 yil o’tgan bo’lsa-da, u ishlab chiqarishga joriy
etilmagan.   Keyingi   yillardagi   qishloq   xo’jaligida   amalga   oshirilgan   ijobiy
reformalar karam zararkunandalarining tur tarkibi, ularni tarqalishi va ekologik
xususiyatlariga   ta’sir   ko’rsatib   qolishi   ham   ehtimoldan   holi   emas.   Shu
masalalarga oydinlik kiritish va zararkunandalarga qarshi biologik vositalarning
samaradorligini   oshirish   dissertasiya   ishining   asosiy   maqsadlaridan   biri
hisoblanadi.   O’rganilgan   ilmiy   manbalar   bilan   [48,   77,   80]   olib   borilgan
kuzatuvlarimizni   qiyoslaganimizda,   sabzavot   ekinlari   zararkunandalari
turlarining   soni   ortgan.   Zararkunandalarning   uchrash   darajalarida   esa   deyarli
o’zgarish yuz bermagan. 
24 II BOB.  TADQIQOT OBYEKTI, USLUBLARI VA SHAROITLARI
2.1. Tadqiqot o’tkaziladigan joyning tabiiy iqlim sharoiti.
Samarqand   viloyati   iqlim   sharoiti   o’ziga   xos   bo’lib,   havo   haroratining
sutkalik   va   mavsumiy   o’zgarib   turishi,   quyosh   radiatsiyasining   kuchliligi,
havoning   quruqligi   va   kam   bulutliligi   bilan   harakterlanadi.   Tabiiy   sharoitning
o’ziga   xos   asosiy   omillaridan   tekislikning   pastligi,   okeandan   uzoqligi   va
murakkab   geografiyaga   ega   ekanligi   bilan   ajralib   turadi.   Jomboy   tumanining
Zarafshon   daryosiga   yaqinligi   esa   u   yer   iqlimini   biroz   yumshatadi.   Relefning
bunday   murakkab   va   notekisligi   sababli   har   bir   hudud   o’ziga   xos   tabiiy
sharoitga   ega.   Tog’   hududlari   tabiiy   sharoiti   (tik   balandlik)   tik   qiyalik
mintaqalari   qonuniyatlariga   tegishli   hisoblanadi.   Balandlikka   ko’tarilgan   sari
havo harorati pasayib, atmosfera yog’ini miqdori oshadi. Bu miqdor o’rta tog’li
mintaqalarda   700-800   mm,   baland   tog’li   mintaqalarda   esa   300-400   mm   gacha
yetadi. Yog’ingarchilik miqdori oylar o’rtasida ham keskin farq qiladi. Ma’lum
qonuniyatlarga ko’ra tog’ oldi tekisliklarining pastliklarida yog’ingarchilik tog’
oldi   tumanlariga   qaraganda   ancha   past   yog’adi.   Shuningdek   Jomboy   tumanida
o’rtacha yillik yo’g’in miqdori 350 mm ni tashkil etadi (Haydarov, Bobonorov,
Jahongirov,   1996).   Tumanda   yog’ingarchilikning   eng   kam   miqdori   iyundan
sentabr   oyigacha   kuzatiladi.   Respublikaning   barcha   hududlarida   yil   davomida
yog’ingarchilik   har   xil   miqdorda   yog’adi.   Yillik   yog’in   miqdorining   qariyb
yarmini bahorgi yog’ingarchilik tashkil etadi.
Tajriba o’tkazilgan yildagi ob-havo sharoitlarini tahlil qilganimizda bahor
faslida va umuman yil mobaynida yog’ingarchilik miqdori o’rtacha ko’p yillikka
nisbatan   ko’p   bo’lganligini   kuzatamiz.   Lekin   poliz   va   sabzavot   ekinlari   ekish
davrida   va   vegetasiya   davri   boshlanishida   yog’ingarchilikning   ko’p   bo’lishi
dehqonchilikda   ayrim   qiyinchiliklarga   sabab   bo’ladi.   2021   yil   aprel   oyida
bo’lgan yog’ingarchiliklar o’tgan 2020 yilga nisbatan 16,0 mm ga kam bo’lgan
bo’lsada, lekin ko’p yillikka nisbatan 48,0 mm ko’p bo’ldi.
Yog’ingarchilik   o’z   navbatida   havoning   nisbiy   namligini   ko’payishiga
sabab bo’ldi. Vegetasiya davri mobaynida nisbiy namlik o’tgan yillarga va ko’p
25 yillikka nisbatan ziyotroq bo’lgan bo’lsa, havo harorati 2021 yilda o’tgan yilgiga
nisbatan o’rtacha 1,6-1,8 0 
C past keldi.
Umuman, Samarqand tumanining tabiiy iqlim sharoiti kontinental bo’lib,
yozning   issiq   va   quruq   kelishi   (yog’ingarchilik   kam   bo’lishi),   bahorda
yog’ingarchilik ko’p bo’lishi, qishda esa sovuq bo’lishligi bilan xarakterlanadi.
V.   V.   Dokuchayev   (1948)   ta’kidlashicha,   tuproq   va   iqlim   sharoiti
dehqonchilikning   eng   muhim   omillari   bo’lib,   hosildorlik   oshishining   asosiy
sabablaridandir. Iqlim  sharoiti   agrotexnik  tadbirlarning  barcha  qirralarini  ochib
beruvchi omillardan biridir.
Ma’lumki ob-havo va iqlim omillari hashoratlar rivojlanishiga ham ta’sir
ko’rstuvchi asosiy omillardandir. 
2.2. Tadqiqot uslublari
Karam   agrosenozi   entomokomplekslarining   tur   tarkibi   va   ular   asosiy
vakillarining mavsumiy miqdoriy soni dinamikasini o’rganish ishlari 2020-2021
yillar   davomida   o’rtapishar   ( Toshkent–10 ),   kechpishar   ( O’zbekiston-133)
navlarida   hamda   marshrut   izlanishlarida   amalga   oshirildi.   Tadqiqotlar
jarayonida 3000 dan ortiq turli hasharotlar yig’ildi. 
Hasharotlarni   yig’ish   ishlari   qabul   qilingan   zoologik   va   entomologik
usullar   asosida   olib   borildi   (22;   96,   97).   Hasharotlarni   ushlash   jarayonida
an’anaviy   usul   entomologik   tutqich   to’r,   e ksgauster dan   foydalanildi   (2.2.1-
rasm).  
26 A.Entomologik tutqich  V. Eksgauster  
Zararkunanda   hasharotlar   populyasiyasi   zich   bo’lganda,   karam   bargidan
hasharotlarni yuvib olish orqali amalga oshirildi [24]. Karam butun vegetasiyasi
davomida   ertapishar   (Iyun),   o’rtapishar   (Toshkent-10)   va   kechpishar
(O’zbekiston-133) navlarida entomologik usullar [22, 96, 97] bo’yicha stasionar
uchastkalardan   har   5-7   kunda,   marshrut   izlanishlarida   esa   oyiga   2   marta
o’tkazildi. 
Foydali   va   zararli   hasharotlarni   muntazam   monitoring   qilish   tadqiqotlari
kuzatuv   va   belgilangan   uslublar   asosida   amalga   oshirildi.   Entomofaglar
stasionar   uchastkalardan   va   marshrut   izlanishlari   jarayonida   yig’ildi.   Yig’ilgan
materiallar   laboratoriya   sharoitida   aniqlanib,   sistematik   holga   keltirildi   hamda
ayrim   entomofaglar   imago   oldi   fazalaridan   voyaga   yetgan   hasharot   chiqqunga
qadar laboratoriya sharoitida parvarish qilindi. 
Karam   zararkunandalarning   tur   tarkibini   o’rganish   va   aniqlash   ishlari
umum qabul qilingan  uslublaridan foydalanildi.
Hasharotlarning   sistematik   o’rnini   aniqlashda   sohaga   oid   qator
aniqlagichlar   va   ilmiy   manbalardan   foydalanildi.   Zarur   hollarda   turlarni
aniqlashda onlayn-aniqlagichlardan ham foydalanildi [107, 108].
Tadqiqotlar  davomida  yig’ilgan  hasharotlar   70 %  li   etil   spirtida saqlanib
borildi va Zoologiya kafedrasi laboratoriyasida turlar identifikasiya qilindi.
27 Karam   zarakunandalarining   turli   bosqichlarida   biologik,   fenologik
rivojlanishi   va   dinamik   miqdorini   aniqlash   tadqiqotlari   V.B.Kastromitin ,
N.D.Dobrinin ,   B.A.Gerasimov ,   Yu.B.Bizova   P .   Stary   uslublari,   hasharotlar
ekologiyasining   aspektlari   B.P.Adashkevich ,   J . Kroschel   uslublari   asosida
amalga oshirildi.
Karam   biti   biologiyasi   va   ekologiyasini   o’rganish   laboratoriya   va   dala
sharoitida   kuzatish   orqali   amalga   oshirildi.   Karam   biti   ekinga   ko’chib   o’tish
dinamikasini   100   model   o’simlikda   (ekinning   20   joyidan   5   tadan)   ertapishar,
o’rtapishar   va   kechpishar   karam   ekin   dalalari   dioganali   bo’yicha   belgilandi.
Karamda   dastlabki   qanotli   bitni   qayd   qilish   maqsadida   model   o’simliklar   har
kuni   ko’zdan   kechirilib   turildi,   o’simlikda   birinchi   bit   zotlari   paydo   bo’lishi
bilan kuzatish ishlari har 3-4 kunda bir marta amalga oshirildi. 
Karam bitining ekinga keltiradigan zararini 100 model o’simlikda 5 balli
darajada (o’simlikning zararlanish foiziga qarab ):
1 nchi
 ball - o’simlikning 5% sathi bit koloniyalari bilan qoplanganda;
2 nchi
  ball   -   o’simlikning   sathi   5   dan   25%   gacha   bit   koloniyalari   bilan
qoplanganda;
3 nchi
  ball   -   o’simlikning   sathi   25   dan   50   %   gacha   bit   koloniyalari   bilan
qoplanganda;
4 nchi  
ball   -   o’simlikning   sathi   50   dan   75   %   gacha   bit   koloniyalari   bilan
qoplanganda;
5 nchi
  ball   -   o’simlikning   sathi   75   dan   100%   gacha   bit   koloniyalari   bilan
qoplanganda hisoblandi. 
Hasharotlar tur tarkibi va soni, har xil turlar miqdori va uchrash chastotasi
hisoblab chiqildi.
Hasharotlarning   uchrash   chastotasi   Dajoz   (2000)   formulasi   yordamida
hisoblab chiqildi [20]: 
                                            
Bunda: 
28F  ( F %) = 100 x (Pi / 
P) Pi   –   aniqlangan   tur   va   P   –   aniqlangan   hasharotlarning   umumiy   soni.
Hasharotlarning uchrash chastotasiga ko’ra to’rtta guruhga bo’linadi:
Ko’p uchrovchi turlar: F ≥ 50
Tez tez uchrovchi turlar: 25% <F <50%
Qo’shimcha uchrovchi turlar: 5% ≤ F <25%
Kamdan kam uchrovchi turlar: F<5%.
Qandalalar  har   bir   naslining  rivojlanish  muddatlarini  o’rnatish  yuzasidan
tadqiqotlar dala sharoitida har nasli 5 karra takrorlanishlarda 5 tajribada amalga
oshirildi. 
Krestguldoshlar   qandalalarining   jinsiy   mahsuldorligini   o’rganish
yuzasidan   5   ta   ilmiy   tajribalar   madaniy   (karam)   va   3   ta   tadqiqotlar   yovvoyi
holda o’sadigan krestguldosh o’simliklarda o’tkazildi. Bunda har bir sadokka bir
juftdan   (urg’ochi   va   erkak)   endigina   tullagan   qandalalar   o’tqazildi.   Kuniga   bir
marta   (kechqurun   17-18   soatlarda)   kuzatilib,   urg’ochi   qandalalarning   tuxum
soni hisoblab chiqildi. 
Laboratoriya   sharoitida   urg’ochilarning   jinsiy   mahsuldorligi,   embrional
rivojlanish,   lichinkalik   stadiyasi   yoshlarining   rivojlanish   muddatlari,   tullashlar
soni   bo’yicha   tajribalar   bir   litrlik   plastik   bankalarda   olib   borildi.   Qandalalar
oziqlanishi   uchun   kuniga   ikki   marta   (ertalab   8   00   va   kechqurun   18   00   larda)
oziqa   yangisi   bilan   almashtirilib   turildi.   Eski   oziqa   o’simligi   esa   bankadan
chiqarilib   olindi.   Karam   kuyasi,   karam   oq   kapalagi   imago   oldi   rivojlanish
fazalarining   dinamik   miqdoriy   soni   karamning   butun   vegetasiyasi   davomida
ajratilgan   stasionar   uchastkada   har   7   kunda   bir   marta   hisoblab   borildi.   Buning
uchun uchastkaning  har  ikki  diagonali  bo’ylab bir  xil  masofalardan  5 tadan 20
gacha,  namuna   jami  100  o’simlikda  hisoblar  amalga   oshirilib,  namunadagi   har
bir o’simlikda zararkunandalarning barcha rivojlanish fazalari qayd etildi. 
Karam zararkunandalari entomofaglarini o’rganishda X.G. Kopvillem, X.
Suitmen, B.P. Adashkevich tavsiya etgan metodik qo’llanmalardan foydalanildi
[22].  Bunda   karam  biti  dinamik  miqdoriga   entomofaglarning  ta’sirini  baholash
maqsadida   nazorat   o’tkaziladigan   ekinda   zararkunanda   paydo   bo’lishi   bilan
29 haftada   bir   marta   100   o’simlik   (20   namunaning   har   biridan   5   tadan   o’simlik)
qarab   chiqildi.   Nazorat   jarayonida   zararlangan   o’simliklar   aniqlanib,   har   bir
o’simlikdagi umumiy barglar va ulardan karam biti bilan zararlanganlari hisobga
olindi. 20 o’simlikdagi bitlar soni alohida (har bir namunadan bitta zararlangan
o’simlik) hisoblab chiqildi. Buning uchun har bir zararlangan barg bit koloniyasi
markazidan metall o’yma andoza 1 sm 2
 barg plastinkasi kesib olindi va namuna
laboratoriyada   ko’rib   chiqish   uchun   probirkaga   joylashtirildi.   Har   bir   hisobga
olish   jarayonida   o’simlikdagi   xonqizi   qo’ng’izlari,   sirfid   pashshalari,
oltinko’zlar   va   boshqa   yirtqichlarning   tuxumlari,   lichinkalari,   g’umbaklari   va
voyaga   yetganlari   alohida-alohida   hisoblab   chiqildi   va   dala   daftarida   qayd
qilindi.   Yirtqichlar   lichinka   va   g’umbaklari,   ulardan   voyaga   yetgan   hasharot
chiqqanga qadar  laboratoriyada  parvarishlandi  va ulardan  voyaga yetgan zotlar
chiqqandan so’ng entomofaglarning tur tarkibi aniqlandi. 
Karam   bitining   parazitlar   bilan   zararlanish   darajasini   o’rganish   uchun
bevosita   o’simlikdagi   200   bit   sanalib,   ulardan   parazitlar   bilan   zararlanganlari
qayd   etildi.   Karam   biti   parazitlari   tur   tarkibini   aniqlashda   har   bir   uchastkadan
200  zararlangan   bit   yig’ilib,   ulardan   voyaga   yetgan   parazitlar   ochib  chiqqunga
qadar laboratoriya sharoitida saqlandi. 
Karam   oq   kapalagi   va   kuyasi   parazitlari   tur   tarkibi   va   ularning
ahamiyatini   o’rnatish   maqsadida   karam   oq   kapalagi   qurtlari   zararkunanda   har
bir   naslidan   7-10   kun   oralatib   qurtlar   3   marta   yig’ildi.   Karam   kuyasi   qurt   va
g’umbaklari esa zararkunanda har bir naslidan 2 marta yig’ildi: qurt III yoshdagi
rivojlanish   davrida   va   zararkunanda   g’umbakka   aylana   boshlashida   namunalar
olish   jarayonida   zararkunandalarning   dinamik   miqdoriy   soni   va   ularning
fenologiyasi   yuzasidan   ham   kuzatishlar   amalga   oshirildi.   Dalaning   bir   tekisda
joylashgan   (shaxmat   tartibda)   20   joyidan   5   tadan,   jami   100   o’simlikdagi
zararkunanda   alohida   turlari   bo’yicha   tuxum,   qurt   va   g’umbaklari   hamda
parazitlar   g’umbaklari   va   parazitlar   bilan   zararlanish   darajasini   aniqlash   uchun
50 nusxa zararkunanda yig’ildi. 
30 Tuproqda   hayot   kechiruvchi   yirtqich   hasharotlarni,   jumladan   vizildoq
qo’ng’izlarni hisobga olish maqsadida tuproq tuzoqlari o’rnatildi. Buning uchun
0,5 l shisha bankalar olinib, ularning ichiga 3-4 sm  qalinlikda yumshoq tuproq
joylandi,   banka   ichidagi   hasharotlar   chiqib   ketmasligi   uchun   uning   og’ziga
polietilen   voronka   tortilib,   rezinka   halqacha   bilan   mustahkamlandi   va
voronkaning   ostiga   2   sm   diametrli   tuynukcha   ochildi.   Tuproq   kovlanib   shisha
bankalar o’rnatildi.
Bankaning   og’zi   tuproqdan   1-2   sm   pastroqqa   qo’yilib   uning   atrofida
yoriqlar   hosil   bo’lmasligi   uchun   tuproq   yaxshilab   zichlandi.   Bunday   bankalar
har bir tajriba dalasining 2 diagonali bo’ylab 10 donadan o’rnatildi. Tuzoqlarga
tushgan vizildoq qo’ng’izlar  har  5 kunda olinib elakda elanib, ajratib olindi  va
ular   etil   asetat   yordamida   morilkalarda   jonsizlantirildi   va   havoda   quritilgach
paxtali matraschalarda terib chiqildi, bu matraschalarda yorliqchalar ham yozib
qo’yildi.
Tadqiqot   natijalari   bo’yicha   olingan   ma’lumotlar   Origin   6.1.   (Microsoft
AQSh) programmasida va G.F. Lakin [65] uslubi asosida statistik tahlil qilindi.
 
31 III BOB.  TADQIQOT NATIJALARI  
3.1.  Karam agrosenozi entomofaunasining taksonomik tarkibi
3.1.1. Karam agrosenozi entomofaunasining tur tarkibi
Hasharotlar dunyosini o’rganish oldindan insoniyatni qiziqtirib kelgan. Bu
sohada   yuzlab,   hatto   minglab   fikrlar   xilma-xilligi   mavjud.   Ularning   turli
agrobiosenozlardagi   majmuaviy   hayot   tarzi,   shuningdek   ekotizimlar
faoliyatidagi rolini izohlash, ayniqsa, qishloq xo’jaligida muhim ahamiyat kasb
etadi   [53].   Karam   ekinlari   agrosenozlarida   hasharotlar   miqdorining   ko’pligi,
ususan   fitofaglarning   mavjudligi,   ularning   entomofaglari   ham   ko’p   bo’lishiga
sabab   bo’ladi.   Shu   jihatdan   ularning   tur   tarkibi   o’rganilib,   karam   agrosenozi
entomofaunasining   taksonomik ro’yxati tuzildi.
Tadqiqotlar   davomida   karamning   vegetasiya   mavsumida   3000   dan
ko’proq   hasharot   tutildi.   Yig’ilgan   materiallar   va   adabiyotlar   tahlili   asosida
karam   agrosenozlarida   ushbu   hasharotlar   9   turkum,   33   oila   va   94   avlodga
mansub 141 turga tegishli ekanligi qayd etildi (3.1-jadval).
3.1- Jadval
Karam agrosenozi entomofaunasi
№ Turkumlar oila avlod tur
1 Qattiqqanotlilar (Coleoptera) 11 5 1 78
2 Ikkiqanotlilar (Diptera) 5 9 19
3 To’g’riqanotlilar ( Orthoptera) 4 1 1 1 2
4 Yarimqattiqqanotlilar  (Hemiptera) 3 8 11
5 Tangachaqanotlilar ( Lepidoptera) 3 6 8
6 Pardasimonqanotlilar ( Hymenoptera) 3 5 5
7 Tengqanotlilar ( Homoptera) 2 2 2
8 To’rqanotlilar ( Neuroptera  ) 1 1 4
32 9 Charmqanotlilar ( Dermaptera) 1 1 2
Jami 33 94 1 41
Karam   agrosenozi   entomofaunasi   o’rganilganda   Coleoptera   turkumiga
mansub   78   tur   qayd   etildi.   Coleoptera   turkumi   taksonomik   tarkib   bo’yicha
karam entomofanasining – 55,32 % ni tashkil etadi. Shuningdek 11 oila (33,33
%)   va   51   avlodga   mansub   (54,25   %)   bo’lib,   boshqa   turkumlarga   nisbatan
dominantlik qilishi aniqlandi. Keyingi o’rinlarda karam entomofaunasini  Diptera
va   Orthoptera,   Hemiptera   va   Lepidoptera   turkumlari   tashkil   etadi.   Diptera
turkumi   5   oilaga   mansub   19   turni   va   Orthoptera   4   oilaga   mansub   12   turni   o’z
ichiga oladi. Bunda, 13,48 % va 8,5%   turlar, 9,57 % va 11,75 % avlod, hamda
15,15   %   va   12,12%   oilalar   tashkil   qilishi   aniqlandi.   Hemiptera   turkumi   3   oila
(9,1   %),   11   tur   (7,8   %)   va   8   avlodni   (8,5   %),   Lepidoptera   turkumi   3   oilaga
mansub   (9,1   %),   8   tur   (5,7   %)   va   6   avlod   (6,4   %)   tashkil   etadi.   Shuningdek
Hymenoptera turkumi 3 oilaga mansub (9,1 %), 5 tur (3,6 %) va 5 avlod (5,32
%),  Homoptera  turkumi 2 oilaga mansub (6,1 %), 2 tur (1,4 %) va 2 avlod (2,13
%), tashkil  etishi  aniqlandi.   Qolgan Neuroptera   va   Dermaptera   turkumlari bitta
oiladan (3,03 %) hamda bitta avloddan (1,1 %) iboratligi, tur jihatdan 4 tur (2,8
%), 2 tur (1,4 %) qayd etildi (3.1.1-rasm).Coleoptera	
Diptera
Orthoptera
Hemiptera  
Lepidoptera 
Hymenoptera
Homoptera
Neuroptera
Dermaptera
0.0010.0020.0030.0040.0050.0060.0070.00
55,32
13,48
8,5
7,8
5,70 3,60
1,40 2,80
1,40
3.1 - rasm. K aram agrosenozi entomofaunasi tur tarkibi (% hisobida)
33 3.1.2.  Karam maydonlaridagi fitofag hasharotlarning taksonomik
tarkibi
Samarqand   tumani   iqlim   sharoiti   karam   fitofaglarining   tarqalishi   va
rivojlanishi   uchun   ancha   qulaydir.   Bu   yerda   karam   sabzavot   ekinlari   orasida
salmoqli   o’rinni   egallaydi.   Shuni   hisobga   olgan   holda   2021-2022   yillar
davomida   karam   zararkunandalarining   tur   tarkibi   ertapishar,   o’rtapishar   va
kechpishar oq boshli karam navlaridan yig’ildi. Yig’ilgan materiallarda quyidagi
hasharotlar turlari qayd qilindi (3.2- jadval).
3.2 - jadval 
Karam agrosenozi fitofaglari
№ Turkumlar oila avlod tur
1 Qattiqqanotlilar ( Coleoptera) 8 20 34
2 To’g’riqanotlilar (Orthoptera) 4 11 12
3 Yarimqattiqqanotlilar ( Hemiptera) 2 6 9
4 Tangachaqanotlilar ( Lepidoptera) 3 6 8
5 Ikkiqanotlilar ( Diptera) 2 3 3
6 Tengqanotlilar ( Homoptera) 2 2 2
7   Charmqanotlilar (Dermaptera) 1 1 2
Jami 22 49 7 0
Olib   borilgan   tadqiqot   natijalarimizga   asosan   karam   agrosenozida
fitofaglarning   karamni   turli   a’zolarida   joylashishi   va   oziqlanishi   kuzatildi.
Bunda   zararkunandalarning   12   turi   (17,14%)   karam   ko’chatlari,   21   turi   (30%)
barglari,   7   turi   (10%)   ildizi,   6   turi   (8,57%)   poyasi,   12   turi   (17,14%)   gullari,   6
turi   (8,57%)   urug’lari   va   7   turi   (10%)   o’simlikning   barcha   qismlari   bilan
oziqlanib zararlashi qayd etildi. 
34 Karam   fitofaglari   orasida   barglarda,   ko’chat   va   gullarda   jami   45   tur
(64,3%), ildiz, poya, urug’ va boshqa qimlarida 25 tur (35,7%) zararkunandalar
qayd qilindi. Tadqiqotlarimizda ushbu fitofaglarning tur tarkibi va o’simliklarni
zararlash xususiyatlari aniqlandi.
Aniqlangan hasharotlarning tur tarkibi:
COLEOPTERA (Qattiq qanotlilar) turkumi
Sarabidae (Vizildoq qo’ng’izlar) oilasi 
Amara   Bonelli 1810;  avlodi;
Amara   semilata   Gyll   (Urug’lik   vizildog’i)   -   qo’ng’izlari   pishib
yetilayotgan   karam   urug’ini,   kamroq   hollarda   esa   shona,   tuguncha   va   o’simlik
poyasini kemirish hollari kuzatildi.
Bembidion  L atreille , 1802; avlodi;
Bembidion   lampros   Hbst.,   1874;   (Yaltiroq   chopqir)   -   yosh   karam
ko’chatlarini kemirib zararlashi o’rganildi. 
Silphidae (O’limtikxo’rlar) - oilasi.
Silpha   Linnaeus , 1758 ; avlodi;
Silpha   obscura   L.,   1758;   (Qora   o’limtikxo’r)   -   lichinka   va   qo’ng’izlari
asosan jonivorlar o’limtiklari, yomg’ir chuvalchanglari, kapalaklar qurtlari bilan
oziqlansa-da, karam ko’chatlarini ham qisman zararlashi aniqlandi. 
Scarabaeidae (Yassimuylovlilar) - oilasi.
Lethrus   Scopoli , 1777; avlodi;
Lethrus   bituberculifrons   Lebedev,   1926;   (Qiyshiq   peshona   keskur)   -
qo’ng’izlari   karam   ko’chatlari   va   boshqa   ekinlarni   kemirib   zarar   keltirishi
aniqlandi. 
  Lethrus   scoparaius   F.-W.,   1822;   (Nuqtali   keskur)   -   karam   ko’chatlarini
qirqib tashlashi qayd qilindi.
Anomala   Species (1215):  avlodi;
Anomala   errans   Fabricius ,   1775   (Qumloq   xrushagi)   -   lichinkasi   karam
ildizini zararlash hollari kuzatildi.
Amphimallon   Berthold , 1827; avlodi;
35 Amphimallon   solstitialis   Linnaeus ,   1758;   -   bu   tur   lichinkalarining   ham
karam ildizida oziqlanishi qayd qilindi. 
Maladera   Mulsant  &  Rey , 1871 avlodi;
  Maladera holosericae   Ssop., 1772; (Ipaksimon xrushak)  - qo’ng’izining
karam yosh barglarini kemirib oziqlanish hollari kuzatildi. 
Cetoninae (Bronza tusli qo’ng’izlar) - oilasi;
Cetonia   Fabricius ,  1775  avlodi;
Cetonia  aurata   L.,  1758;  (Tillasimon   bronza  qo’ng’iz)  -   hammaxo’r  tur,
qo’ng’izlari   urug’lik   karamning   gullarini   zararlash   hollari   bir   necha   bor   qayd
etildi.
Epicometis  Burmeister,  1842: avlodi;
Epicometis   turanica   Rtt .,   1889;   (Turon   alyonkasi)   -   qo’ng’izlari   butgulli
o’simliklar,   jumladan   karamning   va   boshqa   ko’pchilik   o’simlik   turlarining
gullarini jiddiy zararlashi va hatto urug’lik karam poyasini ham kemirishi qayd
qilindi.
Oxythyrea   Mulsant, 1842 ; avlodi;
Oxythyrea   cinctella   Schaum,   1841   (Hoshiyali   bronza   qo’ng’iz)   -
qo’ng’izlari   urug’lik   karamning   gulto’plari,   rozetka   va   poyalarini   kemirishi
kuzatildi. 
Elateridae (Qarsildoq qo’ng’izlar) oilasi;
Aeloides  avlodi;
Aeloides   crucifer   F .   -   tuproq   namunalarida   bu   turning   lichinkalari
karamning yer osti qismlarini zararlashi qayd qilindi. 
Nitidulidae (Yaltiroq qo’ng’izlar) oilasi;
Meligethes  avlodi;
Meligethes   aeneus   F.,   1775;   (Raps   gulxo’ri)   -   qo’ng’izlari   karam
changdoni   bilan   oziqlansa,   lichinkalari   krestguldosh,   jumladan   karam   shonasi
ichida rivojlanib, uning urug’ hosiliga zarar berishi aniqlandi. 
Meligethes   lutra   Sols   -   lichinkalari   krestguldoshlar,   jumladan   karam
gullarida uchraydi. 
36 Meligethes   veridescens   Strum .   -   qo’ng’iz   va   lichinkalari   raps   gulxo’ri
singari krestguldoshlarni zararlaydi. 
Meligethes   xanthopus   Sols   -   krestguldoshlarda   raps   gulxo’riga   o’xshash
oziqlanadi. 
Meloidae (Malhamchilar)   oilasi;
Meloe  avlodi;
Meloe   veriegatus   Donov   (Ola   mayka)   -   karamning   tasodifiy
zararkunandasi sifatida qayd qilindi. 
Meloe   crocata   Pall.   (Za’faron   malhamchi)   -   qo’ng’izlari   urug’lik
butgullilarni, jumladan karamni ham zararlashi o’rganildi. 
Meloe frolovi  Germ. (Frolov malhamchisi) - qo’ng’izlari karam va boshqa
krestguldoshlarning barglarini zararlashi aniqlandi. 
Chrysomellidae (Bargxo’rlar) oilasi;
Colaphellus  Weise ,  1916;  avlodi;
Colaphellus hoefti   Men., 1832; (Sharq xantal bargxo’ri) - karam barglari,
gullarini   jiddiy   zararlashi,   parniklarda   esa   karam   ko’chatlarini   kuchli
shikastlashi   kuzatildi.   Bunday   hollar,   zararkunandaning   ko’plab   to’planishi,
ayniqsa qurg’oqchil yillari qayd etildi.
Galeruca   Geoffroy , 1762 avlodi;
Galeruca   tanaceti   L.,   1758;   (Bo’yimadoron   bargxo’ri)   -   ommaviy
ko’paygan   yillari   lichinka   va   voyaga   yetgan   zotlarining   karamga   zarar   berishi
kuzatildi.
Phyllotreta   Stephens ,  1836  avlodi;
Phyllotreta atra  F .,  1775;  ( Janub krestguldoshli burgachasi)  -  qo’ng’izlari
krestguldoshlar   ayniqsa   karam   ko’chatlarining   o’ta   jiddiy   zararkunandasi
hisoblanib, qo’ng’izlari ba’zan ayrim  dalalardagi karam  ko’chatlarini tamomila
nobud   qilgan   hollar   kuzatildi.   Lichinkalari   bunday   zararlangan   karamning
mayda ildizchalari bilan oziqlanadi. 
37 Phyllotreta   fucata   Wse.,   1890;   (Bronza   tusli   krestguldosh   burgachasi)   -
zararlash   xususiyati   va   darajasi   janub   krestguldoshli   burgachasiga   o’xshash.
Qo’ng’izlarining ommaviy uchrashi kuzatildi. 
Phyllotreta   nemorum   L.,   1758;   (Oqish   oyoqli   yo’l   -   yo’l   burgacha)   -
qo’ng’iz   va   lichinkalari   karamga   zarar   yetkazib,   zararkunanda   qo’ng’izlari
o’simlik bargni kemirsa, lichinkalari barglarda g’ovak hosil qilib zararlaydi. 
Phyllotreta   nigripes   F .,   1775;   (Ko’k   krestguldosh   burgachasi)   -   keng
tarqalgan   poliz   ekinlarining   zararkunandasi.   Karamda   janub   va   to’lqinsimon
burgachalari bilan birga uchrab zarar keltiradi. Bahor iliq va me’yoridagi namlik
yillari ko’k krestguldosh burgachasining ommaviy ko’payishi qayd qilindi.
Phyllotreta   undulata   Kutsch.,   1860;   (To’lqinsimon   krestguldosh
burgachasi)   -   qo’ng’izlari   erta   bahorda   yangi   unib   chiqqan   krestguldoshlarni
qattiq   shikastlaydi.   Bu   yuqorida   keltirilgan   krestguldoshlar   burgachalarining
qo’ng’izlari karam ko’chatlaridan tashqari, urug’lik karamning gulbandlarini va
ba’zan shonalarini ham qirqishi kuzatildi. 
Phyllotreta   schreineri   Jacobs.,   1916;   (Cho’l   yo’l   -   yo’l   burgachasi)   -
ommaviy ko’payishi sug’oriladigan uchastkalarda qayd qilindi. 
Phyllotreta   ochripes   Curt.,   1837;   (Sariqoyoq   burgacha)   -   karamda
qo’ng’izlari siyrak uchratildi, zarari ham bilinar - bilinmasdir.
Psylloides  Latreille, 1829 avlodi;
Psylloides chrysocephala   L., 1758; (Raps burgachasi) - urug’lik va oziqa
karamning zararkunandasi. Qo’ng’izlari bargni kemirib, lichinkalari esa poya va
barg bandlari ichida yo’l yasab zarar keltiradi.
Baris  Germar, 1871; avlodi;
Baris coerulescens Scop ., 1763; (Yashil barid) - urug’lik karamning jiddiy
zararkunandasi sifatida qayd qilindi.
Ceutorhynchus  Germar, 1824; avlodi;
Ceutorhynchus assimilis   Payk., 1792 (Raps yashirin xartumchisi) - karam
mevasida   rivojlanadi.   Lichinka   10   taga   qadar   urug’ni   zararlab   nobud   qilishi
mumkin. 
38 Ceutorhynchus   barbaris   Cuffr .   -   krestguldoshlarda,   jumladan   karamda
qayd qilindi, zararkunanda sifatida ahamiyat kasb etadi. 
Ceuthozuhunchus  rapae   Gyll. (Sholg’om  yashirin xartumchisi)  -  ayniqsa
karamni shikastlaydi. Lichinka poyani chandiqlab tashlaydi.
Lixus  Fabricius,   1801 avlodi;
Lixus   ascanii   L.,   1767   (Krestguldosh   poyaxo’ri)   -   o’simlik   urug’lik
poyasida   lichinka   rivojlansa,   qo’ng’iz   ochiq   gruntga   ko’chirib   o’tkazilgan
ko’chatlarni zararlaydi. 
ORTHOPTERA ( To’g’riqanotlilar )  turkumi
Tettigonidae (Temirchaklar) haqiqiy oilasi
Tettigonia  Linnaeus, 1758   avlodi;
Tettigonia   caudata   Sharp   1842;   (Uzunquyruq   temirchak)   -   lichinka   va
voyaga yetganlari karamning yirik barglarini zararlaydi. 
Tettigonia   viridissima   L.   1758   (Yashil   temirchak)   -   lichinka   va   voyaga
yetganlari karam ko’chati va yirik barglarini zararlaydi. 
Decticus ; avlodi;
Decticus verrucivorus  (L., 1758); (Dog’li sakrovchi) - lichinka va voyaga 
yetganlari karam barglarini zararlaydi. 
Cryllidae (Chirildoqlar) haqiqiy oilasi
Oecanthus  Aud.-Serv .,  1931 avlodi
Oecanthus   turanicus   Uv.,   1912;   (Oddiy   trubasimon   chirildoq)   -
hammaxo’r tur bo’lib, uning lichinka va voyaga yetganlari karamning yangi unib
chiqqan ko’chatlari, uning poyalari va ildiz bo’g’zini kemiradi.
Gryllotalpidae (Buzoqboshilar) oilasi
Gryllotalpa  Latreille, 1802; avlodi;
Gryllotalpa   gryllotalpa   L .,   1758;   (Oddiy   buzoqboshi)   -   lichinka   va
voyaga   yetganlari   ekilgan   karam   urug’larini,   yosh   ko’chatlarini,   o’simlik   ildiz
qismini,   ayniqsa   ekinning   namiqqan   uchastkalarida,   parnik   va   issiqxonalarda
kuchli zararlaydi.
Acrididaye Mac Leau (Haqiqiy chigirtkalar) oilasi;
39 Calliptamus   Serville, 1831 ; avlodi;
Calliptamus   italicus   L.,   1758;   (Voha   chigirtkasi)   -   lichinka   va   voyaga
yetgan zotlari karam barglarini kemirishi o’rganildi. 
Heteracris  Walk., 1870  avlodi;
Heteracris   pterosticha   (F.d.W.,   1833);   (Poliz   chigirtkasi)   -   lichinka   va
voyaga yetgan zotlarining karam barglari bilan oziqlanishi kuzatildi.
Mesasippus  Serg.Tarb., 1931 –  avlodi ;
Mesasippus kozhevnikovi  kozhevnikovi   (Serg. Tarb., 1925); (Kojevnikova
otchasi) - lichinka va voyaga yetgan zotlarining karam barglari bilan oziqlanishi
aniqlandi.
Hilethera  Uv., 1923  avlodi ;
Hilethera turanica  Uv., 1925; (Turon uchari) - lichinka va voyaga yetgan
zotlari ekinni (karam) kuchli zararlashi qayd qilindi.
Eyprepocnemis  Fieb.; avlodi;
Eyprepocnemis   unicolor   Serg.   Tarb.,   1928;   (Bir   xil   tusli   chigirtka)   -
lichinka va voyaga yetgan zotlari karam bargi bilan oziqlanib jiddiy zarar berishi
qayd qilindi. 
Chorthippus  Fieb., 1852 –  avlodi ;
Chorthippus   (s.str.)   albomarginatus   karelini   (Uv.,   1910)   (Ola   dog’li
chigirtka)   -   lichinka   va   voyaga   yetgan   zotlarining   karam   bargi   bilan   oziqlanib
zarar keltirishi o’rganildi.
Glyptobothrus   Mistsh., 1950  avlodi ;
Glyptobothrus   meridionalis   (Mistsh.,   1950) ;   (O’rta   Osiyo   otchasi)
lichinka va voyaga yetgan zotlarining karam bargi bilan oziqlanib zarar keltirishi
o’rganldi. 
HEMIPTERA (Yarimqattiq qanotlilar) turkumi
Pentatomidae (Pentatomidlar) oilasi
Dolycoris  Mulsant & Rey, 1866 avlodi;
Dolycoris   penicillatus   Horv .,   1904;   (Tog’   qandalasi)   -karam   yosh
ko’chatlarida voyaga yetgan qandala zotlarining oziqlanishi qayd etildi.
40 Eurydema  Laporte de Castelnau, 1833 avlodi;
Eurydema   ventralis   Kol.,   1846;   (Karam   qandalasi)   -   karam   va   boshqa
krestguldosh o’simliklarni zararlashi, ayniqsa karam barglarini so’rib, so’litib va
quritishi bir necha bor qayd etildi. 
Eurydema   ornata   L.,   1758;   (Rang   -   barang   qandala)   -   urug’lik   uchun
yetishtirilayotgan krestguldoshlar, ayniqsa urug’lik karamda ko’plab qayd etildi.
Eurydema   wilkinsi   Dist.,   1879;   (Vilkins   evridemasi)   -   karam   ko’chati
ochiq   gruntda   o’tkazilgan   dalalarda   qandalaning   qisman   populyasiyasi   ekinga
o’tishi va sezilarli zararlashi aniqlandi. 
Miridae (So’qir qandalalar) oilasi
Adelphocoris   Reuter , 1896 avlodi;
Adelphocoris   lineolatus   Goeze,   1778;   (Beda   qandalasi)   -   Lichinka   va
voyaga   yetgan   zotlari   urug’lik   karamning   shona,   gul   va   urug’larini   sanchib   -
so’rib zararlaydi.
Lygus  Hahn , 1833; avlodi;
Lygus   pratensis   L.,   1758;   (Dala   qandalasi)   -   urug’lik   karamning   hosil
organlarini, deyarli yetilgan urug’ini ham shikastlab katta zarar yetkazadi. 
Lygus gemellatus  Herrich-Schaeffer, 1835; (Shuvoq qandalasi) - zararlash
xususiyatlari  Lygus   pratensis  nikiga o’xshash. 
Orthotylus  Fieber, 1858; avlodi;
Orthotylus   flavosparsus   C.   R.   Sahlberg ,   1841;   (Yashil   sho’ra   so’qiri)   -
karamning   generativ   organlarini   zararlaydi.   Ammo   uning   hayoti   sho’radoshlar
bilan bevosita bog’liq bo’lib, ularda ommaviy ko’payadi.
Polymerus  Hahn , 1831 avlodi;
Polymerus   cognatus   Fieber,   1858.   (Sarg’ish   lavlagi   qandalasi)   -
karamning   generativ   organlarini   zararlaydi.   Yovvoyi   tabiatda   krestguldoshlar
ko’pincha qandalani o’ziga jalb qiladi.
LEPIDOPTERA (Tangachaqanotlilar yoki kapalakalar) turkumi
Plutellidae (O’roqsimonqanotli kuyalar) oilasi
Plutella   Schrank , 1802 avlodi;
41 Plutella   maculipennis   Curtis,   1832;   (Karam   kuyasi)   -   krestguldoshli
ekinlarning   ayniqsa   qurtlari   karamning   barglari   bilan   oziqlanib,   karam
boshlarini   esa   tezak   va   pillalari   bilan   ifloslantirib,   mahsulotni   iste’molga
yaroqsiz holga keltiradi. Yer sharida keng tarqalgan tur. 
Pieridae (Oqish kapalaklar) oilasi
Pieris  Schrank ,   1801 ;  avlodi;
Pieris   brassicae   L.,   1758   (Karam   oq   kapalagi)   -   bu   tur   ham   keng
tarqalgan   bo’lib,   uning   qurtlari   karam   va   boshqa   krestguldosh   o’simliklar
barglarini ayrim hollarda batamom yeb bitiradi. 
Pieris   rapae   L.   (Sholg’om   oq   kapalagi)   -   keng   tarqalgan   tur,   qurtlari
krestguldosh ekinlarning, ayniqsa karamning barglari bilan oziqlanib, ommaviy
ko’paygan yillari karam hosilini birmuncha kamaytiradi. 
Noctuidae (Tunlamlar) oilasi
Agrotis   Ochsenheimer , 1816; avlodi;
Agrotis   segetum   Den.   et.   Schiff.,   1775;   (Kuzgi   tunlam)   -   keng   tarqalgan
tur. Qurtlari karam  poyasi  va barglarini kemirib ekin ko’chatlariga jiddiy zarar
yetkazishi qayd etildi. 
Agrotis   exclamations   L .,   1758;   (Undov   tunlami)   -   kuzgi   tunlamga
qaraganda   birmuncha   kam   uchraydi.   Karamni   zararlash   xususiyati   kuzgi
tunlamning zarariga o’xshash. 
Mamestra  Schiffermüller, 1776 avlodi;
Mamestra suasa   Schiffermüller, 1776 (A’lo tunlam) ning kichik yoshdagi
qurtlari karam bargi ustki  qismi to’qimasini  qirib yesa, uning katta yoshlardagi
qurtlari esa barglarni teshib yoki qo’pol tipda zararlaydi. 
Phytometra   Haworth , 1809 avlodi;
Phytometra   gamma   L.,   1758 .   (Gamma   tunlami)   ning   birinchi   yoshdagi
qurtlari   bargda   «darcha»   ochib   zararlab,   ammo   epidermisiga   tegmaydi.   Katta
yoshdagi   qurtlari   bargni   teshib   zararlab,   faqat   uning   yo’g’on   tomirlariga
teginmaydi.
Synrapha  Hübner, 1821; avlodi;
42 Syngrapha   circumflexa   L.,   1767;   (Sirkumfleks   tunlami)   -   karamning
jiddiy zararkunandasi sifatida qayd etildi. Uning zarari faqat hosilni kamaytirish
bilan   belgilanmay,   vaholanki   karam   boshi   tovarlik   xususiyatini   pasaytirib,   uni
saqlash davomida chirishga ham olib keladi. 
DIPTERA (Qo’shqanotlilar yoki pashshalar) turkumi
Tipulidae (Uzunoyoq pashshalar)   oilasi
Tipula  Linnaeus, 1758 avlodi;
Tipula   ( s . str .)   oleracea   Linnaeus,   1758,   (Sharq   uzunoyog’i)   -   karam
ko’chatlarini lichinkalar tomonidan zararlashi qayd qilindi. 
Nephrotoma   Meigen , 1828 avlodi;
Nephrotoma   bispinosa   ( Al.,   1925),   (Pales   bispinosa   Al.)   -   zararkunanda
sifatida karamga beradigan zarari sharq uzunoyog’iga o’xshash. 
Anthomyiidae (Gulchilar) oilasi
Delia (Roobineau-desvoidy,1830)  avlodi;
Delia platura,  Meigen., 1826; (O’simta piyoz pashshasi) ning lichinkalari
unib chiqayotgan urug’larni va unib chiqqan karam yosh ko’chatlarini zararladi. 
DERMAPTERA (Charmqanotlilar yoki quloqkavlarlar)
turkumi
Forficulidae  (Quloqkovlagichlar) oilasi
Forficula  Linnaeus , 1758  avlodi;
Forticula   auricularia   L.,   1758;   (Oddiy   quloqkovlagich)   -   o’simlikning
bargini, ildizi, yetilmagan urug’ini kemirib zararlashi kuzatildi. 
Forticula tomis  Kol. (Poliz quloqkovlagichi)   - zarari oldingiga o’xshash. 
HOMOPTERA  (Tengqanotlilar) turkumi
Aleyrodidae  (Oqqanotlilar) oilasi
Trialeurodes  Cockerell, 1902 avlodi;
43 Trialeurodes   vaporariorum   Westw.,   1856;   (Issiqxona   oqqanoti)   -   tropik,
hammaxo’r   tur,   qishda   issiqxonalarda,   yozda   esa   ochiq   gruntda   o’simlikni
shikastlashi qayd etildi. 
Aphididae (Haqiqiy bitlar) oilasi
Brevicoryne  van der Goot, 1915 avlodi;
Brevicoryne   brassicae   L.,   1758;   (Karam   biti)   -   karamni,   ayniqsa
o’rtapishar va kechpishar navlarini kuchli zararlashi, natijada o’simlik o’sishdan
orqada qolishi, ayrimda qurishi, mahsulotni iste’molga yaroqsiz hollarga kelishi
bir necha bor kuzatildi.
3.1.3. Karam maydonlaridagi entomofag hasharotlarning taksonomik
tarkibi
Karam   va   boshqa   krestguldoshlar   zararkunandalarining   entomofaglari
adabiyotlar   tahlilida   keltirib   o’tilganidek,   Samarqand   viloyati   sharoitida
o’rganilmagan yoki  ma’lum darajada o’rganilgan. Shunga qaramasdan, keyingi
15-20   yil   ichida   respublika   qishloq   xo’jaligida   amalga   oshirilgan   islohotlar,
ekinlar   strukturasini   birmuncha   o’zgartirishga   olib   keldi.   Jumladan,   oziq-ovqat
mahsulotlari   yetishtirishga   katta   e’tibor   qaratildi.   Qishloq   xo’jaligida   amalga
oshirilgan bunday o’zgarishlar entomofaunaga ham ta’sir etmasdan qolmaydi. 
Entomofaglarning   tur   tarkibini   o’rganish   jarayonida   ularning   faoliyatiga
jiddiy   e’tibor   qaratildi.   Ayniqsa   Zarafshon   vohasi   turli   hududlarida
entomofaglarni   uchrash   qalinligi,   zararkunandalarni   parazitlar   bilan   zararlanish
darajasi   muhim   ma’lumot   ekanligi   alohida   qayd   etildi.   Karam   agrosenozi
yirtqich-entomofaglari  turlarini  aniqlash   maqsadida   2021-2022-yillar  davomida
amalga   oshirilgan   tadqiqotlar   natijasida   quyidagi   entomofaglarning   tur   tarkibi
qayd qilindi .
       3.3-jadval
Karam zararkunandalarining entomofaglari
44 № Turkumlar oila avlod tur
1 Qattiqqanotlilar ( Coleoptera) 3 31 44
2 Ikkiqanotlilar ( Diptera) 3 6 16
3 Pardasimonqanotlilar ( Hymenoptera) 3 5 5
4 To’rqanotlilar ( Neuroptera) 1 1 4
5 Yarimqattiqqanotlilar  (Hemiptera) 1 2 2
Jami 11 45 71
Karam   zararkunandalarining   entomofaglarini   o’rganish   bilan   bog’liq
t adqiqotlar davomida ushbu hasharotlar 5 turkum, 11 oila va  45  avlodga mansub
71  turga tegishli ekanligi qayd etildi (3.3-jadval).
Karam   agrosenozi   entomofaglari   o’rganilganda   Coleoptera   turkumiga
mansub   44   tur   qayd   etildi.   Coleoptera   turkumi   taksonomik   tarkib   bo’yicha
karam entomofagining - 62 % ni tashkil etadi. Shuningdek 3 oila (27,3 %) va 31
avlodga   mansub   (68,9   %)   bo’lib,   boshqa   turkumlarga   nisbatan   dominantlik
qilishi   aniqlandi.   Keyingi   o’rinda   karam   entomofagini   Diptera   turkumi   tashkil
etadi.   Diptera   turkumi   3   oila   (27,3%),   6   avlodga   (13,3%)   mansub   16   turni
(22,5%)   o’z   ichiga   oladi.   Shuningdek   Hymenoptera   turkumi   3   oila   (27,3%),   6
avlodga   (   13,3%)   mansub   5   tur   (7   %)   ni   tashkil   etishi   aniqlandi.   Qolgan
Neuroptera   va  Hemiptera  turkumlari bitta oiladan (9,1 %) iboratligi, tur jihatdan
4 tur (5,6 %), 2 tur (2,8 %) qayd etildi (3.3-jadval).
HEMIPTERA (Yarimqattiq qanotlilar) turkumi
Miridae (So’qir qandalalar) oilasi.
Deraeocoris   (Comptobrochis)   punctulatus   Fallén,   1807   (Nuqtali
kamptobroxis)   -   ko’p   uchraydigan   tur.   So’ruvchi   zararkunandalar   sonini
samarali kamaytiradi. Avgust oyiga qadar juda faol bo’lib, yiliga 3-4 martagacha
nasl beradi. Karam kuyasi qurtlariga ham hujum qilishi qayd qilindi.
45 COLEOPTERA (Qattiq qanotlilar) turkumi
Coccinellidae  ( Xonqizi qo’ng’izlari) oilasi.
Adonia   variegata   Goeze,   1777   -   (O’zgaruvchan   xonqizi   qo’ng’izi)   -
O’zbekistonda   keng   tarqalgan   xonqizi   qo’ng’izlari   turlaridan   biri   hisoblanib,
maydan oktyabr oyigacha uchraydi va karam biti bilan oziqlanishi qayd qilindi.
Coccinella   septempunctata   Linnye,   1758   -   (Yettinuqtali   xonqizi
qo’ng’izi)   keng   tarqalgan   odatdagi   tur.   Lichinka   va   voyaga   yetgan   zotlari
o’simlik bitlari, ular bo’lmaganda boshqa tanasi yumshoq qurtlar va qo’ng’izlar
lichinkalari   bilan,   oziqa   yetishmaganida   gullayotgan   o’simlik   changi   bilan
oziqlanishi qayd etildi. Tadqiqotlarimizda karamda bahordan (may) va kuzgacha
(oktyabr) oziqlanishi aniqlandi.
Scymnus   frontalis   Fabricius,   1787   -   (Sariqpeshona   xonqizi)   -   karamda
may-iyun   oylarida   qayd   qilindi.   Karam   biti   bilan   oziqlanadi.   Cariqpeshona
xonqizi sabzavot va dala ekinlari afidofagi hisoblanadi. 
Adalia   bipunctata   Linnaeus,   1758   -   (Ikkinuqtali   xonqizi)   -   asosan
bog’larda,   istirohat   bog’larida,   yarim   himoya   o’rmon   polosalarida   uchrab,
mevali bog’larda o’simlik bitlarini kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
A.decimpunctata   Linnaeus,   1758   -   (O’nnuqtali   xonqizi)   -   bog’larda,
istirohat   bog’larida,   kamdan   -   kam   yaproqli   o’rmonlarda,   tekislik,   tog’   oldi   va
tog’li hududlarda uchraydi. O’simlik bitlari bilan oziqlanadi.
Coccinella   undecimpunctata   Linne,   1758   -   (O’n   bir   nuqtali   xonqizi)   -
keng   tarqalgan   kserofill   tur.   O’zbekistonda   odatdagi   tur.   Dehkonchilik
hududlarida bug’doy (Triticum), beda (Medicago), shaftoli ( Prunus kansuensis ),
akasiya   (Acacia)   da   o’simlik   bitlariga   qiron   keltirishi   o’rganildi.   Karamda
tasodifiy tur sifatida qayd qilindi. 
Coccinella   conglobata   Linnaeus,   1758   -   (Daraxt   singarmoniyasi)   -   tur
o’rmon, cho’l  o’rmon hududlarida uchrab daraxt o’simliklari  bilan bog’langan.
Dehkonchilik hududlari, voha va to’qaylarda uchraydi. Qo’ng’iz va lichinkalari
mevali va manzarali daraxtlarning bitlari bilan oziqlanadi. Karamda tasodifiy tur
sifatida qayd qilindi.
46 NEUROPTERA ( To’rqanotlilar)  turkumi.
Chrysopidae (Oltinko’zlar) oilasi.
Oltinko’zlarning lichinkalari, ayrim turlarining voyaga yetgan zotlari ham
yirtqichlik qilib hayot kechiradi. Bu entomofaglar  asosan  o’simlik bitlari, shira
bitlar,   o’rgimchakkana,   kapalaklarning   kichik   yoshdagi   qurtlari   va   boshqa
mayda kamharakat jonivorlar bilan oziqlanadilar. 
Shrysopa cornea  Stephens, 1836   - (Oddiy oltinko’z) - keng tarqalgan tur.
Lichinkasi   karam   biti   bilan   oziqlanadi.   Karamda   asosan   iyun-avgust   oylarida
uchraydi.   O’zbekistonda   bu   turni   olma   bitlari   ( Dysaphis   mali ,   Eriosoma
lanigerum ) koloniyalarida qayd qilingan [41]. 
Ch.   formosa   Brayer,   1862   -   tadqiqotlarimizda   bu   tur   karam   biti
koloniyalarida   birmuncha   kam   uchradi.   U   asosan   daraxt   o’simliklari   faunasiga
xosdir. Lichinka va voyaga yetgan zotlari o’simlik bitlari, qalqonbitlar, kanalar
hamda boshqa ayrim hasharotlarning tuxumlari bilan oziqlanadilar. 
Ch. dubitans   McLachlan, 1887 -   karam biti bilan oziqlanishi qayd etildi.
G’o’za, beda va boshqa ekinlarda o’simlik bitlarini samarali kamaytiradi. 
Ch.   septempunctata   Wesmael,   1841-   (Yettinuqtali   oltinko’z)   -   daraxt   va
buta   o’simliklariga   xos   tur.   Iyun   -   avgust   oylarida   karam   biti   bilan   oziqlanishi
qayd etildi. 
DIPTERA (Qo’shqanotlilar yoki pashshalar) turkumi
Cecidomyiidae (Gallisa pashshalar) oilasi.
Bu   oilaning   ko’pchilik   turlari   fitofaglar   bo’lsa-da,   oilada   uncha   ko’p
bo’lmagan   yirtqichlar   ham   uchraydi.   Gallisa   lichinkalari   kam   harakatchan
bo’lib, ular koloniya hosil  qiluvchi  (o’simlik bitlari, xermeslar, g’uborli qurtlar
va boshqa yumshoqtanli) hasharotlar orasida uchraydi.
Aphidoletes   aphidimyza   Rondani,   1847   -   karam   bitining   ko’p   sonli
yirtqichlaridan biri. Karam biti koloniyalari orasida bu turning tuxumi, lichinka
va g’umbaklari muntazam ravishda uchrab turadi. Bu tur olma bitining samarali
kushandasi sifatida e’tirof etilgan. 
47 A.urticaria  Kieffer , 1895 -  karam biti koloniyalarida ozroq miqdorda iyul-
sentyabr oylarida qayd qilindi.
Syrphidae  ( Sirfid yoki ging pashshalar) oilasi.
Voyaga   yetgan   pashsha   zotlari   o’simlik   nektari   va   changi   bilan,
lichinkalari esa samarali yirtqichlar bo’lib, o’simlik bitlari koloniyalarida yashab
yirtqichlik qiladi.
Syrphus   balteatus   De   Geer,   1776   -   karam   biti   koloniyalarida   karamda
asosan kuzda kuzatildi. Mevali daraxtlar bitlari yirtqichi sifatida ham ma’lum.  S.
balteatus  karam bitiga qirg’in soluvchi yirtqich hisoblanadi. 
Syrphus  corollae   Fabricius,  1794  -   O’zbekistonda  ko’p uchrab  turadigan
turlardan biri hisoblanadi. Karam biti hisobiga oziqlanishi qayd qilindi. Lichinka
va voyaga yetgan zotlari maydan-oktyabrgacha uchraydi.
Syrphus vitripennis  Meigen, 1822 -  karam biti bilan oziqlanishi o’rnatildi.
Soyabongullilar, krestguldoshlar, atirguldoshlar gullarida ko’plab uchraydi. 
Syrphus latifasciatus   Macquart, 1829 -   lichinka va voyaga yetgan zotlari
iyun-iyul oylarida karamda qayd qilindi.
Scaeva   albomaculata   Macquart,   1842   -   karam   biti   bilan   oziqlanishi
o’rnatildi. Tabiatda iyunning boshidan oktyabrning oxirigacha uchraydi.
Scaeva   pyrastri   Linnaeus,   1758   -   (Keng   peshona   sirfid)   -   karam   biti
koloniyalarida   oz   miqdorda   topildi.   Bunda   u   tabiatda   avgustdan-oktyabrgacha
uchrashi belgilandi.
Scaeva   montana   Violovitsh,   1975   -   O’zbekistonda   keng   tarqalgan   tur.
Karam bitida yirtqichlik qilishi o’rnatildi.
Sphaerophoria rueppelli   Wiedemann, 1830 -   karam biti bilan oziqlanadi.
May oyidan- oktyabrgacha uchraydi.
Sph. scripta  Linnaeus, 1758  - O’zbekistonda keng tarqalgan va ko’p sonli
turlardan biri. Karam biti yirtqichi sifatida ma’lum.
Paragus   pulcherimus   Strobl,   1893   -   karam   biti   hisobiga   oziqlanadi,
maydan-avgustgacha uchraydi. 
48 Paragus   quadrifasciatus     Meigen,   1822   -   karam   bitida   yirtqichlik   qiladi.
May-iyul oylarida uchraydi.
Kumushrang pashshalar - Chamaemyiidae oilasi. 
Leucopis   avlodi   vakillari   yirtqichlar   hisoblanadi.   Ular   o’simlik   bitlari,
xermeslar, unsimon qurtlar va boshqa hasharotlar hisobiga rivojlanadilar. 
Leucopis   glyniphinivora Tanasijtshuk, 1961 – Bizning sharoitida tur may
oyidan oktyabrgacha uchraydi. Karam biti bilan oziqlanadi.
Leucopis   pallidolineata   Tanasijtshuk,   1961   -   Tanas.   karam   biti   bilan
oziqlanadi. O’rganilgan sharoitda iyundan-sentyabrgacha uchraydi.
Leucopis   ninae   Tanasijtshuk,   1966   -   karam   biti   hisobiga   oziqlanishi
aniqlandi. Karam biti koloniyalarida iyundan sentyabrgacha uchraydi.
3.4-jadval
Karam agrosenozlarida tarqalgan vizildoq (Carabidae) qo’ng’izlarning tur
tarkibi (Tayloq tumani, 2021-2022)
T/r Turning nomi Dominintlik 
darajasi,% *
1 Amara fulva 13,3
2 Amara  ovata 6,5
3 Amara consularis 2,1
4 Amara  aenea 2,0
5 Bembidion properans 10,4
6 Bembidion quadrimaculatum 5,0
7 Bembidion femoratum 2,4
8 Bembidion quadripustulatum 1,6
9 Brochus punctatus 1,4
10 Harpalus distinquendus 1,2
11 Microlestes plagiatus 4,0
12 Trechus quadristriatus 6,2
13 Calosoma auropunctatum 1,3
49 14 Clivina fossor 4,5
15 Clivina ypsilon 3,1
16 Calatus melanocephalus 5,4
17 Poecilus cuprens 2,2
18 Pseudoofonus rufipes 17,6
19 Pterostichus cupreum  5,3
20 Pterostichus sericeum 2,1
21 Synuchus nivalis 1,1
22 Sarabus cribelatus 1,3
Jami:   22 та 100
3. 5 -jadval
Karam agrosenozlarida tarqalgan kaltaustqanotli (Staphylinidae)
qo’ng’izlarning tur tarkibi (Tayloq tumani, 2021-2022)
T/
r Turning nomi Dominintlik 
darajasi,% *
1 Aleochara bipustulata 2 4, 8
2 Aloconota grigaria 13,4
3 Amisha analis 10,4
4 A. bifoveotata 6,2
5 A. nigrofusca 4,1
6 Atteta aterrinna 3,5
7 A. fungi 5,7
8 Gabrius coxalus 11,1
9 Geostiba civctlepvis 1,3
10 Oxypoda oxoleta 2,0
11 Philonthus concinnes 2,3
50 12 Tachyporus atrictns 3,0
13 T. chrysomelinus 9,6
14 T. hypnorum 2,6
Jami:   14 та 100
3. 6 -jadval
Karam agrosenozlarida tarqalgan xonqizi (Coccinilliidae) qo’ng’izlarning
tur tarkibi (Tayloq tumani, 2021-2022)
T/r Turning nomi Dominintlik 
darajasi,% *
1 Adalia bipunctata 10,0
2 Adalia decimpunctata 14,0
3
Coccinella septempunctata 37,4
4
Coccinella undecimpunctata 4,6
5
Coccinella conglabata 3,2
6 Adonia variegata 14 ,1
7 Propylaea quatuordecimpunctata 1 0,1
8
Scumnus frontalis 6,6
Jami:  8 та 100
3.1.4.  Karam maydoni entomofaunasining ekologo-faunistik tahlili
Karam   agrosenozi   va   uning   atrofidagi   entomofaunani   o’rganish   shuni
ko’rsatdiki,   o’tsimon   va   butasimon   o’simliklar   turli   sistematik   va   ekologik
guruhga   oid   hasharot   turlarining   to’planadigan   joyi   hisoblanadi.
51 O’zlashtirilmagan,   ammo   qishloq   xo’jaligi   ekinlari   o’zlashtirilishi   ehtimoli
bo’lgan   hududlarda   sifat   va   son   jihatdan   arid   turlar   ustunlik   qilsa,   ekinlar
ekiladigan uchastkalarda-mezofil turlar xarakterlidir. 
Tadqiqotlar   shuni   ko’rsatdiki,   birinchi   yillari   o’zlashtirilib,   sabzavot
(karam)   ekilgan   maydonlarda   hasharotlar   ommaviy   paydo   bo’lishining   asosiy
manbai o’zlashtirilmagan yerlar ekanligini ko’rsatdi. 
Sahro,   ikkidog’li   va   bordo   chirildoqlari   juda   keng   tarqalgan   va   ko’p
uchraydigan   turlar   hisoblanadi.   Ularning   odatdagi   yashash   joylari   sifatida
ekinlar   atrofidagi,   bo’sh   yerlardagi,   irrigasiya   tarmoqlari,   kollektorlar,   kanallar
va   boshqa   joylardagi   begona   va   yovvoyi   o’simliklardir.   Bunday   yashash
joylariga   yuqori   namlik   biotoplar,   yirik   kesaklar   osti,   butalar,   ildiz   bo’g’zi,
tuproq yoriqlari, o’simlik qoldiqlari ostini ko’rsatish mumkin. 
Chirildoqlar   karam,   pomidor   ko’chatlariga   o’zlashtirilmagan   joylardan
o’tib, ekinga ayniqsa uning chekka qism ko’chatlariga kuchli zarar beradi. 
Buzoqboshilar   (Gryllotalpa   L. )   odatda   sug’orish   shaxobchalari   qirg’og’i
loy   tuprog’i   ostidan   yer   osti   yo’llari   ochib,   ko’pincha   nam   tuproqli   sug’orish
tarmoqlari bo’ylab sabzavot-poliz maydonlariga yetib boradi. 
Karam   agrosenozida   sakrovchi   to’g’riqanotli   hasharotlardan   cho’l   va
yarimcho’l   faunasiga   oid   Calliptamus   barbarus ,   C.   turanicus,   Dociostaurus
tartarus,   Aiolopus   thalassinus   va   boshqalar   singari   turlar   uchrab,   ular   shu
agrosenozga moslashib karamga zarar yetkazadi. 
C.   italicus   italicus   turi   ham   cho’l   hasharoti   tipiga   xos.   Samarqand
sharoitida   muntazam   ravishda   karam   va   boshqa   sabzavot-poliz   ekinlariga
zararkunanda   sifatida   xavf   tug’diradi.   Ayniqsa,   uning   uchinchi   yoshdagi
lichinkasi juda xo’ra bo’ladi. 
C. italicus italicus  qo’yilgan tuxumlaridan lichinkalar ochib chiqishi uzoq
davom etishi tufayli, u ertapishar, o’rtapishar, qisman bo’lsa-da karamga doimiy
ravishda xavf tug’diradi. 
C. barbaris  masalasiga kelsak, u lalmi chigirtkasi sifatida, ko’pincha tog’
oldi hududlardagi efimer o’simlikli do’ngliklarda moslashgan. 
52 Dociostaurus   tartarus   va   bu   avlodning   boshqa   turlari   ko’paygan   yillari
sabzavot-poliz ekinlarini, jumladan karamning jiddiy zararkunandasiga aylanishi
mumkin. 
Umuman   olganda   karam   agrosenozi   to’g’riqanotlarining   shakllanishi   bir
tomondan   birlamchi   biosenoz   hisobiga   amalga   oshsa,   ikkinchi   tomondan
oldindan dehqonchilik qilib kelinayotgan yerlardan turlarning kirib kelishi bilan
kuzatiladi. 
O’simlik   bitlari   (Aphidinae)   daraxtlar,   butalar   va   o’tsimon   o’simliklar
hisobiga oziqlanib yashovchi hasharotlarning ixtisoslashgan guruhi hisoblanadi.
Shuni   ishonch   bilan   aytish   mumkinki,   o’simlik   bitlari   oziqlanmaydigan   birorta
o’simlik bo’lmasa kerak. 
Karam   biti   karamdan   tashqari   yovvoyi   krestguldoshlardan   jag’-jag’
( Sapsella   bursa-pastoris   Medik ),   rango’t   ( Sinapis   arvensis   L),   o’sma   ( Isatis
tinctoria   L. ),   yovvoyi   karam   ( Brassica   camprestris   L.)   va   boshqalarda
oziqlanishini hisobga olganda, birinchi yil karam ekiladigan maydonlarda karam
bitining shakllanishida yuqori qayd etilgan yovvoyi krestguldoshlar (Srucuferae)
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Erta   bahorda   qishlovdan   chiqqan   krestguldoshlar   qandalalari   ikki   hafta
davomida   Lepidium drava   L. , L. crassifolium   K ., Bertoroa incana   L.,   Capsella
bursa   pastoris   L.,   Nasturtium   austriacum   Cralit   L.   va   boshqa   krestguldosh
yovvoyi   o’simliklarda   yig’ilib   oziqlanadilar,   keyin   bu   o’simliklardan   karam
ekinzorlariga yoppasiga ko’chadilar. 
Ikkilamchi  ekosistemalar, yoki  agrosenozlar, jumladan karam agrosenozi
ham biosenozga nisbatan turlar sonining nisbatan ozligi bilan xarakterlansa-da,
ammo   turlar   miqdoriy   sonining   juda   yuqoriligi   bilan   ajralib   turadi.
Agrosenozlardagi   entomofauna   kompleksining   tarkibi   birinchi   navbatda
yetishtiriladigan   ekin   turiga   bog’liq.   Respublikamizning   turli   xil   agroiqlim
sharoiti   hududlaridagi   krestguldosh   sabzavot   ekinlari   dalalaridagi   foydali   va
zararli   entomofauna   tur   tarkibini   solishtirilganda   kompleks   strukturasining
deyarli   bir   xilda   ekanligini   kuzatish   mumkin.   Karam   agrosenozida
53 zararkunandalardan:   karam   biti,   krestguldoshlar   qandalalari,   krestguldoshlar
burgachalari,   karam   kuyasi,   karam   va   sholg’om   oq   kapalaklari,   tunlamlar   va
boshqa   fitofaglar   hayot   kechiradi.   Ular   bilan   bir   qatorda   agrosenoz   tarkibiga
ko’pchiligi   polifaglariga   qaramasdan   parazit   va   yirtqichlar   kiradi.   Jumladan
karam kuyasida hamma hududlarda  Diadegma  avlodiga mansub ixnevmonidlar,
oq  kapalaklarida  -   Apanteles   glomeratus   L.  va   Pteromalus  puparum   L.,  karam
bitida - afidiidlardan  Diaeretiella rapae  M. Intosh parazitlik qiladi. 
Ma’lumki agrosenozdagi ayrim turlar orasidagi o’zaro bog’lanish asosini
oziqa   zanjirlari   hosil   qilish,   ular   bevosita   yoki   bilvosita   barcha   organizmlarni
umumiy   kompleksga   birlashtiradilar.   Trofik   aloqalarning   markazi-
o’simliklardir. 
Krestguldoshlar sabzavot ekinlari, jumladan karam entomokompleksining
shakllanishi bevosita zararkunandalar faunasining shakllanishi bilan bog’liq. Bu
jarayonning boshlang’ich bosqichi mahalliy zararkunanda turlarining muntazam
ravishda haydalmagan qo’riq yerlardan karam yetishtiriladigan yerlarga, ulardan
keyin   esa   entomofaglarning   o’tishidir.   Amalda   krestguldosh   ekinlari,   jumladan
karam   agrosenozida   uchraydigan   barcha   zararkunandalar   tabiiy   krestguldosh
yovvoyi   o’simliklarda   ham   uchraydi.   Entomofaglar   masalasiga   kelsak,   ular
polifaglar   bo’lganligi   tufayli,   bunday   entomofaglar   turli   biotoplarda   hayot
kechirib,   ularni   krestguldoshlarning   limitlanganligi   yoki   mavjud   emasligi
qiziqtirmaydi.   O’zlashtirilgan   yerlarga,   karam   dalalariga   hasharotlar   bora-bora
o’ta borib agrosenozlarning komponentiga aylanadi. 
Sabzavot ekinlari, jumladan, karam tuproq, namlik va relyefga o’ziga xos
talabi   tufayli,   qoidaga   binoan   uncha   yirik   bo’lmagan,   kamdan-kam
almashtiriladigan   maydonlarda   yetishtiriladi.   Xo’jayin-parazitlik
munosabatlarining   barqarorligi   va   sabzavotchilikda   entomofaglar   tabiiy
populyasiyasining ahamiyati, ayniqsa yetishtiriladigan ekinga, uning vegetasiya
davomiyligi, atrofidagi stasiyalarga, fitofag hasharotlarning ekinda yoki begona
o’tlarda bo’lish muddatlariga, dehqonchilik tizimiga va kimyoviy preparat bilan
ishlash intensivligiga bevosita bog’liq.  Ammo krestguldoshlar sabzavot ekinlari
54 dalalarida   bo’g’imoyoqlilarning   o’zaro   munosabatlari   o’z-o’zini   boshqarish
darajasi tizimigacha rivojlanmaydi.
Shunga   qaramasdan,   krestguldosh   sabzavot   ekinlarida   zararkunanda   va
foydali   hasharotlar   dinamik   miqdoriy   sonini   o’rganish   shuni   ko’rsatadiki,   ekin
ma’lum   bir   vegetasiyasi   davrlarida   entomofaglar   mustaqil   ravishda
zararkunandalar   sonini   xo’jalikni   zararsiz   darajasigacha   ushlab   turadi.   Ushbu
davrlardagi bilim zararli va foydali turlar sonini kerakli yo’nalishda boshqarish
imkoniyatini   tug’diradi.   O’simliklarni   himoya   qilish,   aynan   biologik
himoyaning  muammolaridan  biri-boshqariladigan   agrosenozlarni   ishlab  chiqish
va   umuman   bioxilma-xillikni   saqlab   qolish   hisobiga   ekologik   himoya   tizimini
ishlab   chiqish   sohasida   ham   keyingi   yillarda   bir   qancha   tadqiqotlar   amalga
oshirilgan.
3.1.5. Tuproqda hayot kechiruvchi yirtqich entomofaglar
Samarqan   sharoitida   krestguldoshlar   sabzavot   ekinlari,   jumladan   karam
agrosenozi   tuproq   yirtqich   hasharotlarining   faunasi   yetarlicha
o’rganilmaganligini   hisobga   olgan   holda   2021-2022   yillar   davomida   karam   va
boshqa   krestguldoshlar   ekinlari   dalalaridan   vizildoq   va   boshqa   yirtqich
hasharotlar va ularning tuproqdagi qurtlariga oid materiallar yig’ildi. 
Karam   zararkunandalari   sonini   kamaytirishda   Colosoma   avlodi   turlari
katta   foyda   keltiradi.   Jumladan   dala   va   cho’l   gulbadanlari   (C.   auropunctatum
Pbst ., C. denticole  Gebl.) tuproq ostidan kemiruvchi tunlamlar, karadrina, g’o’za
tunlami   qurt   va   g’umbaklari,   simqurt,   soxta   simqurt   lichinkalari,   plastinka
mo’ylov   qo’ng’izlari,   gamma   tunlami,   karam   kuyasi,   karam   va   sholg’om   oq
kapalaklari qurtlari bilan oziqlanadilar. Bu turlar oxirgi yillari karam dalalarida
kamdan-kam   uchraydigan   bo’lib   qoldi.   Buning   sababi   karam   dalalarida   karam
zararkunandalariga qarshi insektisidlarni intensiv qo’llanilishidir. 
Yuqorida   keltirilgan   turlardan   tashqari   karam   agrosenozida   S.
auropunctatum   dzungaricum   Gebl.   turi   ham   qayd   etildi.   Qayd   qilingan
55 Colosoma  avlodi turlari sabzavot agrosenozlari, makkajo’xori, kanop dalalarida,
bog’larda   va   tokzorlarda   hayot   kechiradi.   Ularni   o’tloqlarda,   ayrim   daryo
qayirlari   o’tloqlarida   ham   kuzatdik.   Ular   quyosh   botishdan   oldin   va   tungi
qorong’ida   hayot   kechiradilar.   Bizning   kuzatishlarimizda   mart   oyidan
oktyabrgacha uchrab, ayniqsa iyul oyida yuqori sonliligi qayd qilindi. 
Cicindella   avlodi   kunduzgi   yirtqichlar   hisoblanib,   pardasimonqanotli
hasharotlar,   temirchaklar,   chirildoqlar,   ayniqsa   pashshalar   lichinkalari   bilan
oziqlanadi. Ular ham tuproqda hayot kechiruvchi hasharotlar, ayrimda jonivorlar
murdalari   bilan   ham   oziqlanadilar.   Tajribalari   shuni   ko’rsatdiki   C.   littoralis   F.
O’zbekistonda   keng   tarqalgan   ko’psonli   va   faol   tur   bo’lib,   u   juda   ko’pchilik
umurtqasizlardan, o’rgimchaklar va mayda hasharotlar bilan oziqlanadi. Bu turni
ariqlar,   yo’llar   bo’ylarida,   dala   chekkalari   va   daryo   qayirlarida   uchratildi.
Bizning   hisoblarimizda   to’g’riqanotlilar,   pardasimonqanotlilar,   ikkiqanotlilar,
saratonlar,   qandalalar   lichinkalari   va   o’rgimchaklar   bilan   oziqlanuvchi   C.
fischeri  Ad va  C.   obliquefasciata  Ad. turlari ham qayd qilindi. 
Hisoblarimizda   ayniqsa   Clivina   avlodiga   ta’luqli   C.   fossor   L.   bahorda
juda ko’psonli bo’lib, tunlamlar g’umbaklari, simqurtlar lichinka va g’umbaklari
bilan   oziqlanishi   kuzatilsada,   ayrimda   sabzavot   ekinlarining   kurtagi   bilan   ham
oziqlanishi o’rganildi. 
Broscus   vizildoq   qo’ng’izlari   avlodi   tipik   yirtqichlar   bo’lib   qarsildoq,
qoratanli   qo’ng’izlar,   xrushlar   va   tuproqda   hayot   kechiruvchi   hasharotlar
lichinka   va   g’umbaklari   hamda   shilliqqurtlar   bilan   oziqlanadi.   Broscus
avlodining   quyidagi   turlarini:   B.   punctatus   Dej.,   B.   semistriatus   F.   -   W.,   B.
semistriatus   asiaticus   Ball.   turlarini   krestguldoshlar   sabzavot   ekinlarida,
jumladan karam agrosenozida qayd qilindi. 
Bembidion   vizildoq qo’ng’izlari  avlodi  dala biotoplari  tipidagi, jumladan
karam   dalalarida   keng   tarqalgan.   Karam   dalalarida   Bembidion   avlodining
quyidagi   turlari:   B.   quadricolle   Motsch;   B.   lampros   Hbst;   B.   varium   Ol.,   B.
quadrimaculatum   L. singari biz qayd qilgan turlari orasida ayniqsa   B. lampros
turi   juda   keng   tarqalgan.   Bu   tur   imaginal   oldi   fazasida   tuproqning   2-7   sm
56 chuqurligida qishlaydi. Sabzavot dalasi shudgor qilinganda qo’ng’izlarning beda
va dala atrofidagi ariqlar bo’yiga ko’chishini kuzatdik. Qishlovdan chiqishi mart
oyining   boshida   kuzatildi.   Qo’ng’izlari   qarsildoq   qo’ng’izlar,   qoratanli
qo’ng’izlar   tuxumlari   bilan,   tuproq   ostidan   zararlovchi   tunlamlar   va   boshqalar
tuxum qo’yishni boshlashi bilan ularning tuxumlari bilan faol oziqlanadi. 
Tachys   va   Trechus   tuxumxo’r   vizildoq   qo’ng’izlari   avlodining   quyidagi
turlari qayd qilindi:  Tachys angustulus  Rtt;  T. palustris  Rtt;  T .  centriustatus  Rtt;
T.   vittatus   Motsch;   T.   turkestanicus   Caiki   -   Trechus   quadristriatus   Sch.   Bu
ikkala vizildoq qo’ng’izlar avlodlarining turlari ham tuproqda hayot kechiruvchi
hasharotlar   tuxumlari,   kanalar   hamda   chiriyotgan   o’simliklar   yoki   boshqa
organik   moddalar   bilan   oziqlanadilar.   Bu   turlar   karam,   pomidor   va   kartoshka
dalalarida   qayd   qilindi.   Qo’ng’izlar   quyosh   botishdan   oldin   va   kechasi
qorong’ida faol. Krestguldosh ekin dalalarida fevralning oxiridan oktyabrgacha
qayd qilindi. 
Karam   va   boshqa   sabzavot   ekinlari   dalalarida   Pterostichus   vizildoq
qo’ng’izlari   avlodining   quyidagi   turlari :   P.   cupreus   L;   P.   liosomus   Men;   P.
longiventris  Chaud;  P. nigrita  F;  P. niger  Schalb. qayd qilinib, ular karam, piyoz
pashshalari   lichinkalari,   shilliqqurt,   yomg’ir   chuvalchanglari,   kuzgi   va   tuproq
ostidan   zararlovchi   tunlamlar   qurtlari   bilan   oziqlanadilar.   Shuning   bilan   bir
qatorda qarsildoq va qoratanli qo’ng’izlar lichinkalari, arrakashlar soxta qurtlari
bilan   ham   oziqlanadilar.   Qo’ng’izlari   g’ira-   shira   va   kechasi   qorong’ida   hayot
kechiradi.   Krestguldoshlarda   qo’ng’izlarning   chiqishi   fevralning   oxiridan
kuzatildi. 
Krestguldoshlar   sabzavot   ekinlarida   Calathus   avlodi   vizildoq
qo’ng’izlarining uch turi qayd etildi:   C. ambiguus   Payk;   C. melanocephalus   L;
C.   halensis   Schall.   Keltirilgan   turlar   orasida   C.   halensis   turi   krestguldoshlar
ekinlari   zararkunandalarining   asosiy   entomofaglaridan   biri   hisoblanadi.   Bu   tur
karam   agrosenozida   ko’plab   kuzatildi.   Tunlamlarning   qurtlari   va   g’umbaklari,
pashshalar   lichinka   va   soxta   g’umbaklari   (pupariy)   bilan   oziqlanadi.
Lichinkalari ham tuproqda hayot kechiruvchi faol yirtqichlar hisoblanadi. 
57 Ophonus   avlodi   vizildoq   qo’ng’izlari   nafaqat   O’rta   Osiyo,   balki   Janubiy
Yevropa va O’rtayer dengizi mintaqalarida ham keng tarqalgandir. 
Karam agrosenozida quyidagi turlar aniqlandi:  O. griseus  Panz;  O.   rufipes
Deg;   O. calceatus   Duft. Karam dalasida ular karam pashshasi lichinka va soxta
g’umbaklari,   qarsildoq,   uzunburun,   qoratanli   qo’ng’izlar   lichinka   va
g’umbaklari,   tunlamlar   qurt   va   g’umbaklari,   raps   arrakashi   soxta   qurtlari   bilan
oziqlanadilar.   Shuning   bilan   bir   qatorda,   ular   kolorado   qo’ng’izi   lichinkalari,
yomg’ir   chuvalchanglari,   shilliqqurtlar   va   boshqa   mayda   umurtqasizlar   bilan
ham oziqlanadilar. 
Brachinus   avlodi   vizildoq   qo’ng’izlari   voyaga   yetgan   zotlar   fazasida
yirtqichlar   hisoblanib,   ularning   lichinkalari   esa   bargxo’r   qo’ng’izlar
lichinkalarida   parazitlik   qiladilar.   Ularning   quyidagi   turlarini:   B.   costalutus
Motsch;   B.   explodens   Duft;   B.   hamatus   F.-W.   karam,   pomidor   va   kartoshka
dalalarida qayd qildik. Ehtimol oxirgi kartoshka dalasi ularning asosiy stasiyasi
hisoblanib, shu yerdan ular yaqin dalalarga tarqaladilar. Voyaga yetgan fazasida
tangachaqanotlilarning mayda qurtlari, o’simlik bitlari, kanalar va boshqa mayda
umurtqasizlar bilan oziqlanadilar. 
Harpalus   va   Anisodactylus   avlodlari   vizildoq   qo’ng’izlari   aralash   oziqa
tipiga (oziqasi hayvon va o’simliklar) xosdir. ( Harpalus distinguendus   Duft,   H.
rubripes   Duft,   H.   psevdoserripes   Rtt ,   H.   smaragdinus   Duft,   Anisodactylus
propinquus   Ball;   A.   signatas   Pz).   Ularning   qo’ng’izlari   pashshalar   tuxumi,
lichinkasi,   soxta   g’umbagi,   qattiqqanotlilar   lichinka   va   g’umbaklari,   karam
kuyasi qurtlari, arrakashlar soxta qurtlari va g’umbaklari, shilliqqurtlar, kolorado
qo’ng’izi lichinkalari va boshqalar bilan oziqlanadilar. 
Shunday qilib, karam agrosenozi va boshqa krestguldoshlarda (Carabidae)
qo’ng’izlarining   41   turi   qayd   qilingan   bo’lib,   ularning   juda   ko’pchilik   qismi
(87%)   yirtqichlar   bo’lib,   bir   oz   turlari   (13%)   esa   aralash   oziqa   tipiga   (oziqasi
hayvonlar   va   o’simliklar)   xosdir.   Bu   turlar   orasida   faqat   o’simliklar   bilan
oziqlanadiganlari kuzatilmadi. Yirtqich turlar tunlamlar, karam kuyasi, ayrimda
karam oq kapalagi va raps soxta arrakashi qurtlarini tabiiy sharoitda kamaytirib,
58 ular   sonini   boshqarishda   muhim   ahamiyat   kasb   etsalar,   mayda   turlar   vizildoq
qo’ng’izlari   karam   pashshasi,   qarsildoq   va   boshqa   qo’ng’izlar   tuxumlarini,
hamda o’simlik bitlari, kanalar va boshqa mayda umurtqasizlar bilan oziqlanib,
hosilni himoya qilishda katta foyda keltiradilar. 
Colosoma,   Broscus,   Ophonus   va   boshqa   oilalar   yirik   vizildoq   qo’ng’iz
turlari   esa   tuproqda   hayot   kechiruvchi   zararkunanda   qo’ng’izlar   lichinka   va
g’umbaklari bilan oziqlanib, miqdorini kamaytirib turishda muhim rol o’ynaydi.
Stafilinid   yoki   qisqaqanotli   qo’ng’izlar   oilasi   juda   yirik,   ammo
O’zbekistonda   juda   ham   sust   o’rganilgan   hasharotlar   oilasidir.   Bu   oila   faunasi
O’zbekistondagi turlari to’g’risida atigi bir necha ishlar [36, 37] ma’lum xolos. 
Yig’ilgan   materiallarni   tahlilida   krestguldoshlar,   jumladan   karam
agrosenozida stafilinidlarning quyidagi turlari mavjudligi qayd qilindi. 
Oxytelus   rugosus   (F.)   -   o’simlik   bitlari   va   tuproqda   hayot   kechiruvchi
hasharotlar   bilan   oziqlanishi   o’rnatildi.   Bu   tur   hamma   yerda   karam,   rediska,
sholg’om,   piyoz,   pomidor,   beda,   no’xat   dalalarida   apreldan-oktyabrgacha
uchraydi.
Ox. nitidulus   Grav. - bu turning uchrashi va oziqlanishi   Oxytelus rugosus
turga o’xshashdir. 
Philonthus fenius F . - karam dalasida qayd qilindi, ammo ularning karam
bilan   trofik   aloqasi   aniqlanmadi.   Z.O.   Bekbergenova,   A.Sh.   Xamrayev
ma’lumotlariga ko’ra ushbu tur sabzavot va poliz ekinlarida ko’p uchrashi qayd
etilgan [37]. 
Philonthus   dimidiatus   hammaxo’r,   yirtqich   -   karam   dalasida   yirtqich
qo’ng’izining   kichik   yoshdagi   karam   oq   kapalagi   qurtlari   bilan   oziqlanishi
kuzatildi. 
Tachyporus   nitidulus   F .   -   karam   dalasida   qayd   qilindi.   Polifag-   yirtqich
sifatida turli hasharotlarning tuxumlari bilan oziqlanadi. Ushbu tur hamma yerda
sabzavot   ekinlarida   hamda   g’alla,   dukkakli,   texnika   ekinlari,   bog’larda   va
tokzorlarda uchraydi. 
59 Tachyporus   hypnorum   (F.)-   ushbu   turning   karam   agrosenozida   uchrashi
Tachyporus nitidulus  tur va uning faoliyatiga o’xshashligi qayd etildi. 
Aleochara   bipustulata   (L.)-karam   va   sholg’om   dalalarida   uchrashi   qayd
qilindi.
Plastystethus   nitens   Sahib.-karam   dalasida   qayd   qilinib,   beda   dalasida
o’simlik qoplamasi va tuproqning yuza qavatida uchrashi aniqlandi. 
Leptacinus batychrus   Gull.-krestguldoshlar jumladan karam agrosenozida
tarqalishi   o’rnatildi.   Barcha   sabzavot   krestguldoshlarda,   piyoz,   kartoshka,
bedada   apreldan   oktyabrgacha   uchraydi.   Odatda   evribiont   tur   sifatida
haydaladigan yerlarda tarqalgan.
Shunday   qilib,   karam   agrosenozida   qayd   qilingan,   ko’plab   zararkunanda
hasharotlarni   qirib   yo’qotuvchi   yirtqich   stafilinidlar   tabiiy   va   madaniy
biosenozlarda   zararkunandalar   miqdorini   keskin   kamaytirib   turishda   muhim
ahamiyat kasb etadi.
3.2. Karam agrosenozi dominant fitofag va entomofaglarining
bioekologik xususiyatlari 
3.2.1.  Karam bitining ( Brevicoryne brassicae)  bioekologik
xususiyatlari
Karam   biti- Brevicoryne   brassicae   L   keng   tarqalgan   zararkunanda   tur
bo’lib, u krestguldoshlar, jumladan karam yetishtiriladigan barcha mintaqalarda
keng tarqalgan. 
Karam   bitining   bioekologik   xususiyatlarini   o’rganish   yuzasidan
tadqiqotlarni o’tgan asrning 60 nchi yillar oxiri va 70 nchi yillar boshlarida X.A.
Asqaraliyev   sabzavot-poliz   ekinlari   va   kartoshkachilik   ilmiy   tadqiqot
institutining eksperimental bazasida amalga oshirgan [27]. 
Bizning   tadqiqotlarimiz   Samarqand   tumani   Andijoni   mahallasi   shaxsiy
tomarqalarda  amalga   oshirildi.  Kuzgi   tadqiqotlar  hosil   yig’ib  olingandan  keyin
o’simlik   qoldiqlarida   qishlab   qoluvchi   bit   fazalarini   aniqlashdan   iborat   edi.
Izlanishlar   natijasi   karam   biti   karam   hosili   qoldiqlari   va   krestguldosh   begona
60 o’simliklarda   tuxumlik,   lichinka   va   voyaga   yetgan   bit   fazasida   qishlashini
ko’rsatdi.
Erta   bahor   (mart,   aprel)   da   o’tkazilgan   maxsus   tadqiqotlar   natijasi   esa,
olingan   namunalarda   karam   bitining   qishlovchi   qanotli   tirik   tug’uvchi
urg’ochilari,   hamma   yoshdagi   lichinka   va   tuxumlari   qayd   qilindi.   Qishlovchi
tuxumlardan   lichinkalarni   dastlabki   ochib   chiqishi   aprel   oyining   boshida
kuzatildi.   Havo   haroratining   ko’tarilishi   bilan   bitning   ko’payishi   bir   muncha
tezlashdi. Aprel oyi uchinchi o’n kunlik boshida qanotli bitlarning yirik to’dalari
hosil   bo’lib,   ular   ertagi   karamni   zararlay   boshlaydilar.   Karam   bitining   jinsiy
mahsuldorligini   aniqlash   bo’yicha   tadqiqotlar   laboratoriya   sharoitida   amalga
oshirildi.
Bu   maqsadda   20   ta   gultuvakda   (insektariya)   karam   ko’chatlari   o’stirilib,
ularning bargiga 1 donadan voyaga yetgan karam biti o’tqazilib, har kuni yangi
tug’ilgan   bit   lichinkalari   sanab   borildi   va   ularni   yumshoq   mo’yqalam   bilan
bargdan har bir urg’ochi bitlardan ajratilgan holda terib olindi hamda lichinkalar
soni   alohida-alohida   qayd   qilib   borildi.   Tajriba   jarayonida   laboratoriya
sharoitidagi harorat va nisbiy namlik muntazam ravishda kuniga 4 marta o’lchab
borildi. Tajribalar aprel oyidan oktyabr oyining oxirigacha davom ettirildi. Oylar
bo’yicha natijalar bir-biridan bir oz farqlansa-da, o’rtacha har bir karam bitining
jinsiy   mahsuldorligi   39   lichinkaga   to’g’ri   keldi.   Tajribalar   natijasida
laboratoriyadagi   havo   harorati   12 0    
C   dan   27 0  
C   gacha,   maksimal   esa   35 0  
C,
nisbiy   namlik   32-65%   ni   tashkil   qildi.   Karam   bitining   maksimal   jinsiy
mahsuldorligiga nazar tashlaydigan bo’lsak, bitning yuqori jinsiy mahsuldorligi
bahor   (aprel)   va   kuz   (sentyabr,   oktyabr)   oylariga   to’g’ri   keldi.   Bunda   ayrim
partenogenetik bitlar 82 donaga qadar lichinka tug’dilar. Bitning kundalik jinsiy
mahsuldorligi   o’rtacha   3-5,   maksimal   esa   5-11   taga   to’g’ri   keldi.   Laboratoriya
sharoitida butun mavsum davomida qanotsiz urg’ochilar 14 dan 43 kunga qadar
yashadilar.
3.7  - jadval
Karam biti jinsiy mahsuldorligi ( “Andijoni”,  2021 yil)
61 Tuxum
qo’ygan
vaqt Nobud
bo’lgan
kuni Yashash
muddati
(kunda) Bir kunda
qo’yilgan
tuxumlar
soni  Qo’yilgan tuxumlar soni
Hayoti
davomida Bir kunda  
o’rtacha yuqori
1 2 3 4 5 6 7
Qanotsiz urg’ochi 
15. III 27 . I V 46 26 38 1,5 6
1 6.   III 23 .  IV 40 18 62 3,7 10
3.  IV   10 .  IV 14 27 15 2,5 9
20 .  IV  27 .  V 33 23 59 2,7   7
28 .  V 28 .  VI 32 20 66 3,5 11
7 .  V 11 .  VI 37 26 62 2,6 7
18 .  V 16 .  VI 30 20 78 4,2 12
3 .  VI  19 .  VI 14 11 22 2,2 6
18 .  VI  7 .  VII 13 5 20 2,2 7
7 .  VII 27 .  VII 18 11 21 1,4 8
17. VII 26. VII 12 6 14 1,5 5
6. VIII 21. VIII 14 7 24 2,4 7
9. VIII 29. VIII 22 11 17 1,4 6
28. VIII 13. IX 18 10 19 2,1 7
8. IX 27. IX 22 14 26 2,0 8
10. IX 28. IX 20 12 36 3,3 8
17.  IX 28.  X 43 31 57 1,8 9
18.  IX   30.  X 44 31 40 1,5 6
20.  IX 4.  XI 40 27 50 1,6 7
Qanotli urg’ochi 
25.  V 16.  VI   23 16 44 3 9
7.  V 20.  VI 15 8 24 3,6 8
4 .  VI 23 .  VI 17 10 21 2,5 6
62 17 .  VI 13 .  VII 24 16 46 3,1 7
5 .  IX 27 .  IX 23 14 26 2,0 6
14. IX 10. X 28 18 46 2,7 8
15. IX  11. X 24 13 50 3,2 9
20. IX 12. X 24 12 23 2,1 5
21. IX 13. X 25 12 30 2,5 8
29. IX 22. X 21 9 10 4,0 9
Qanotli   partenogenetik   bitlar   jinsiy   mahsuldorligi   o’rganilganda,   bu
ko’rsatkich   qanotsiz   bitlarnikiga   nisbatan   bir   muncha   pastligini   (o’rtacha   28,
maksimum 51 dona) ko’rsatdi.   Karam bitida tirik tug’ish jarayoni deyarli uning
umrini   oxirigacha   davom   etadi.   Ammo   orada   bir   necha   kun   tug’may,   keyin
tug’ishni   yana   davom   ettirishi   ham   mumkin.   Bunday   kunlar   o’rtacha   2-6,
ayrimda   esa   6-10   kun   davom   etishi   qayd   qilindi.   Tajribalarimizda   32-35   %
urg’ochi   bitlar   lichinka   tug’ishi   jarayoni   tugashining   ertasidayoq   tabiiy   nobud
bo’ldilar.   Tajribadagi   bir   qator   urg’ochi   bitlarda   tirik   lichinka   tug’ish   jarayoni
tugallaganidan keyin qo’shimcha oziqlanishni davom ettirdilar. O’rtacha bunday
qo’shimcha   oziqlanish   3-5   kun,   maksimal-10   kungacha   davom   etdi.   O’rtacha
karam   biti   bir   naslining   to’liq   rivojlanishi   yoz   oylarida   7-9   kun,   erta   bahor   va
kuz oylarida esa 12-21 kunga to’g’ri keldi. 
3.2.2.  Krestguldoshlar qandalasining  (Eurydema ventralis)
bioekologik xususiyatlari
Samarqand   sharoitida   krestguldoshlar   qandalacining- E.ventralis   Kol.   turi
uchrab, ammo uning bioekologiyasi bu sharoitda o’rganilmagan.
Bu   tur   qandala   sabzavot   ekinlari,   jumladan   karamning   jiddiy
zararkunandasi   hisoblanadi.   Madaniy   krestguldoshlardan   qandala   karam,
sholg’om,   rediska   bilan   oziqlanadi.   Ayniqsa   o’simlik   bilan   voyaga   yetgan
qandalaning   birinchi   va   ikkinchi   nasllari   va   ularning   3-4   yoshdagi   lichinkalari
oziqlanganda ekinga katta zarar yetkaziladi.
63 Karam   qandalasi   voyaga   yetgan-imago   holida   daraxtlarning   to’kilgan
barglari,   bog’larga   yaqin   yovvoyi   krestguldosh   o’simliklar   qoldiqlari   ostida
qishlaydilar.   Qishlab   chiqqan   qandalaning   faol   hayot   kechirishi   (qishlovdan
chiqishi, oziqlanishi,  jinsiy qo’shilishi, tuxum  qo’yishi)  tashqi  muhit  sharoitiga
bevosita   bog’liq.   2021-2022   yillardagi   tadqiqotlarimiz   jarayonida   qandalaning
qishlovdan   chiqishi   10   mart,   kechroq   uchib   chiqishi   25   martga   to’g’ri   keldi.
Qandalaning qishlovdan ommaviy chiqishi martning ikkinchi o’n kunligi oxirida
kuzatildi.   Qishlovdan   chiqqan   qandalalar   erta   bahordan   karam   ko’chatlari
ekilganga   qadar   yovvoyi   krestguldosh   o’simliklarida:   Sinapus   arvensis   L;
Capsella bursa pastorus (L.)  va boshqalarda yig’ilib qo’shimcha oziqlanadi.
Qo’shimcha   oziqlangan   qandalalar   erta   bahorda   oziqlangan   yovvoyi
krestguldosh o’simliklarida juftlashadilar. Tadqiqotlarni amalga oshirilgan yillar
davomida qandalaning tuxum qo’yishi aprelning ikkinchi o’n kunligi oxirigacha
davom   etishi   kuzatildi.   Karam   qandalasi   tuxum   qo’yish   xususiyati   to’g’risida
ayrim   ma’lumotlar   mavjud.   Jumladan,   qandala   tuxumlarini   faqat   o’simlik
barglari ustiga krestguldosh o’simliklar poyalari, barglarida, ayrim hollarda esa
boshqa oila o’simliklariga qo’yishi qayd qilindi.
Laboratoriya   tadqiqotlarimizda   qandalalar   tuxumlarini   tartibsiz:
o’simlikning   turli   qismlariga,   tajriba   idishi   devorlariga   va   boshqa   substratlarga
qo’yishi   kuzatildi.   Ammo   shu   holat   ham   kuzatildiki,   qandalaning   tuxum
qo’yishi  muhit namligi va haroratiga bog’liq holda amalga oshiriladi. Buni shu
bilan   izohlash   mumkinki,   qandala   tuxumlarini   bahor   faslida   bargning   ustiga,
yozda   (yuqori   haroratda)   bargning   ostiga   va   karam   boshi   va   barg   oralig’iga
qo’yadi.
Laboratoriya va dala tadqiqotlari sharoitlari ko’rsatishicha qandalalar har
bir qatorda 6, 12 donadan, ayrim hollarda bir to’pda 20, hattoki 24 donadan ham
tuxum  qo’yilganligi  kuzatildi. Har  bir  urg’ochi  o’rtacha 20-25, eng ko’pi  bilan
35   va   eng   kamida   11   to’pdan   tuxum   qo’yishi   aniqlandi.   Jadvaldan   ko’rinib
turibdiki,   o’rtacha   sutkalik   havo   harorati   13,9 o  
С   dan   26,8 o  
С ,   karam
qandalasining inkubasion davri 6 dan 12 sutkagacha davom etadi. 
64 3.8-jadval
Eurydema ventralis  Kol. tuxumining embrional rivojlanish
muddatlari (Samarqand tumani, 2021y).
Oylar Embrional
rivojlanish kun
hisobida Havoning harorati  o
S
O’rtacha
kunlik Eng
yuqori Eng
past
Aprel 9 13,9 27,0 3,0
May 12 20,3 30,0 12,0
Iyun 5 25,3 38,0 15,0
Iyul 7 25,8 40,0 15,0
Avgust 6 26,8 38,0 15,0
Tabiiy   sharoitda   dastlabki   qandala   lichinkalarini   aprel   oyi   ikkinchi
dekadasi   boshlarida   yovvoyi   krestguldoshlarda   qayd   qildik.   Laboratoriya
tadqiqotlari shuni ko’rsatdiki, endigina tuxumdan ochib chiqqan lichinkalarning
rangi   sarg’ish   bo’lib,   40-45   minutdan   keyin   ular   qizg’ish   tusga   kiradilar,
tanasining ustki va qorin qismidan ko’ndalangiga qora chiziqlar o’tadi. Lichinka
to’liq rivojlanish jarayonida besh marta tullaydi .
3.9 - jadval
Karam   qandalasi   lichinkalarining   tullash   jarayoni  ( Samarqand
tumani , 2021  yil )
Tajriba Lichinkalarning tullash muddatlari Nobud bo’lgan
lichinkalar soni
I II III IV V
1 . 15.V 22.V 30. V 9. VI 19. VI 13
2 . 18.V 26. V 3. VI 12. VI 22. VI 7
3 . 29 .  V 6. VI 14. VI 23. VI 4. VII 4
4 . 5. VI 12. VI 18. VI 27. VI 5. VII 7
5 . 14. VI 20. VI 26. VI 4. VII 12. VII 7
6 . 19. VI 24. VI 30. VI 7. VII 14. VII 6
65 7 . 25. VI 2. VII 7.  VII 13. VII 21. VII 8
8 . 30. VI 5. VII 11. VII 19. VII 29. VII 9
9 . 6. VII 11. VII 16. VII 22. VII 30. VII 6
10. 10. VII 15. VII 21. VII 28. VII 5. VIII 4
Karam   qandalasi   birinchi   yoshdagi   lichinkasi   ikkinchi   yoshga   o’tishi
uchun   4-6   sutka,   ikkinchi   -   5-7,   uchinchi   -   5-7,   to’rtinchi   -   6-9   va   nihoyat
beshinchi yoshdagi lichinka to’liq rivojlanishi uchun 7-10 kun kerak bo’ladi. Bu
turdagi qandalaning tuxumdan voyaga yetgan fazagacha rivojlanish davomiyligi
bahorda   41   dan   48   sutkagacha,   yozda   esa   mos   ravishda   27   dan   33   sutkagacha
to’g’ri   keldi.   Karam   qandalasi   voyaga   yetgan   fazasida   kech   kuzgacha
(noyabrning birinchi yarmigacha) dalalarda uchraydi.
3.2.3. Krestguldoshlar burgachalari  (Phylotretta) ning  bioekologik
xususiyatlari
Qayd  qilingan  yer   burgachalarining  biologiyasi,   ekologiyasi  va  zararlash
xususiyatlarida umumiy o’xshashliklar ko’pdir. Tipik kompleks hayot kechirish
tarzidan bir oz og’ishlar unchalik ahamiyatga ega emas.
Shularni   hisobga   olgan   holda,   yer   burgachalari   (krestguldoshlar
burgachalari)   ning   bioekologik   xususiyatlari   o’rganildi.   Chunki   O’zbekistonda
krestguldoshlar   burgachalari   bioekologik   xususiyatlarini   o’rganishga
bag’ishlangan tadqiqotlar deyarli amalga oshirilmagan. Bu sohadagi ayrim ishlar
[19]   asosan   respublika   turli   hududlarida   yer   burgachalarining   faunasini
o’rganishga bag’ishlangan.
Erta   bahorda   (mart-aprel)   o’tqazilgan   tadqiqotlar   krestguldoshlar
burgachalarini   voyaga   yetgan   qo’ng’izlik   va   tuxum   fazasida   qishlashini
ko’rsatdi.   Qishlovchi   qo’ng’izlar   tuproqning   yuza   qavati,   to’kilgan   xazonlar
ostida,   o’simlik   ildiziga   yaqin   tuproq   yoriqlaridan,   asosan   tuproqning   5-7   sm
66 chuqurligidan   yig’ildi.   Ularning   tuxumlari   krestguldoshlar   o’simliklari   ildiziga
yaqin tuproqda qayd etildi.
Qo’ng’izlarning   qishlash   qalinligini   o’rnatish   yuzasidan   tadqiqotlarning
natijasiga   ko’ra   har   1m 2  
maydonchada   0,0   dan   14   donaga   qadar   qo’ng’izlar
hisobga   olindi.   Ularning   asosiy   qishlov   joylari   kuzda   krestguldoshlar   bilan
oziqlangan yerlarda ekanligi o’rnatildi.
Krestguldoshlar   burgachalari   qo’ng’izlarining   qishlovdan   uchib   chiqish
muddatlari   yuzasidan   tadqiqotlarni   davom   ettira   borib,   dastlabki   qo’ng’izlar
yovvoyi   krestguldosh   o’simliklarda   mart   oyining   (2021   yil)   16   kuni   o’rtacha
sutkalik   harorat   8,1 o  
C   o’rnatilganda   qayd   etildi.   Bu   dastlabki   qo’ng’izlar
krestguldosh   havorang,   bronza   tusli   va   qora   burgachalar   turlariga   tegishli
ekanligi   o’rganildi.   2021   yili   20   martdan   keyin   yovvoyi   krestguldoshlarda
burgachalarning soni muntazam ravishda osha bordi.
2021   yili   burgachalarning   dastlabki   qishlashdan   chiqishi   2020   yilga
nisbatan 10 kun keyin, ya’ni 25 mart kuni o’rtacha sutkalik havo harorati 8,8 o  
C
bo’lganda   kuzatildi.   Yig’ilgan   qo’ng’izlar   leyka   mikroskopi   ostida   yorib
ko’rilganda,   ulardagi   yetilgan   tuxumlar   kuzatildi.   Krestguldosh   burgachalari
jinsiy   yetilishi   qishlovdan   chiqqandan   keyin   qo’shimcha   oziqlanishga,   dastlab
yovvoyi   va   begona   krestguldoshlarda,   dalaga   karam   ko’chatlari   o’tqazilishi
bilan esa karam ko’chatlariga ko’chdilar. Qo’ng’izlarning tuxum qo’yishi uchun
qo’shimcha   oziqlanish   37   kundan   60   kungacha   davom   etdi.   Dala   sharoitida
krestguldoshlar   burgachalarining   jinsiy   qo’shilishi   2021   yili   24   apreldan,   2022
yili  esa 5 maydan  kuzatila boshlandi. Urg’ochi  qo’ng’izlarning tuxum  qo’yishi
asosan   ildizmevali   (rediska)   va   yovvoyi   krestguldoshlar   dalalarida   kuzatildi.
Qo’ng’izlar   tuxumlarini   tuproqqa   qo’yib,   tuxumlardan   chiqqan   lichinkalar
krestguldoshlar mayda ildizchalari bilan oziqlanib ekinga sezilarli darajada zarar
yetkazmaydi. Oqish oyoq krestguldosh burgacha tuxumlarini yovvoyi sholg’om
va rediska barglarining orqasiga qo’yib, tuxumdan chiqqan lichinkalari o’simlik
barglarini   g’ovaksimon   kemirib,   bargda   g’umbakka   aylanganga   qadar   yashadi
va g’umbakka aylanish uchun bargni tashlab tuproqqa tushdi.
67 Krestguldosh   qora   burgachasi   turli   stadiyalari   rivojlanish   muddatlarini
o’rnatish   maqsadida   laboratoriya   sharoitida   maxsus   gultuvaklarda   sholg’om
urug’laridan   ko’chatlar   o’stirilib   (2021   yili   30,   2022   yili-20)   har   bir
gultuvakchaga   6   donadan,   jinsiy   voyaga   yetib   juftlashgan   burgachalar   (tabiiy
sharoitda juftlashayotgan burgachalar yig’ildi) o’rnashtirilib, tuvakcha usti doka
material   bilan   bekitildi.   Burgachalar   urg’ochi   qo’ng’izlari   tuxum   qo’yishni
boshlashi birinchi kuniyoq, ular (erkak va urg’ochilari) gultuvaklardan chiqarib
olinib tuxumning embrional rivojlanish muddati kuzatildi.
3.10-jadval
Krestguldoshlar qora burgachasi turli stadiyalarining rivojlanish
muddatlari (M±m, n=8)
№ Sholg’om o’stirilgan
gultuvakchalar vaqtlari Burgacha imago oldi stadiyalarining
rivojlanish muddatlari
Tuxum Lichinka G’umbak
1 May, 2021 yil 7 ,1 ±0,9 8 1 9,0 ±1, 48 1 2,1 ±0, 70
2 Iyun, 2021 yil 5,0 ±0, 80 1 4,5 ±0, 70 11 ,2±0, 81
3 Avgust, 2021 yil 4,8 ±0,4 1 1 6,2 ±0,5 1 1 2,3 ±0,7 1
Izoh:   Krestguldoshlar   qora   burgachasi   turli   stadiyalarining
rivojlanishining to’g’riligi P<0,001.
3.7-jadvaldan   ko’rinib   turibdiki,   2021   yil   may   oyining   o’rtalarida   (16
may)   qo’yilgan,   tajribalarda   krestguldosh   qora   burgachasining   o’rtacha
inkubasiya   davomiyligi   5,2   sutka,   lichinkaning   rivojlanishi-17,3,   g’umbagi   esa
10,2 sutkada o’z rivojlanishini yakunlab, ulardan qo’ng’izlar uchib chiqdi.
Takroran iyun oyi uchinchi (29 iyun) o’n kunligida qo’yilgan tadqiqotlar
natijasi   mos   ravishda   3,2;   12,2   va   9,2   sutkaga   to’g’ri   keldi.   Uchinchi   marta
avgust  oyi  ikkinchi  o’n kunligi boshida (11 avgust) tajribalar  natijasi  ham mos
ravishda 3,0; 14,4 va 10,4 sutkaga to’g’ri keldi.
68 3.2.4. Karam agrosenozi dominant entomofagi karam biti paraziti
( Diaeretiella rapae)  ning bioekologik xususiyatlari
Karam   biti   miqdoriy   dinamik   sonini   boshqarishda   uning   parazitlari
muhim ahamiyat kasb etadi. 2021-2022 yillar davomida karam bitida afidiidlar
oilasiga   mansub   quyidagi   parazitlarni :   Diaeretiella   rapae   M.   Int;   Trioxys   sp.,
Aphidius sp . larni qayd qildik. Ular  orasida ko’p sonli  va yuqori  samaradorligi
bilan  Diaertiella rapae  turi ajralib turadi.
D. rapae   katta yoshdagi lichinkalik stadiyasida va g’umbak oldi fazasida
mumifisiyalangan   murda   karam   biti   ichida   qishlaydi.   Ayrim   adabiyot
ma’lumotlariga   ko’ra   O’zbekistonda   D.   rapae   parazitining   bioekologiyasi
birmuncha kam o’rganilgan. Shularni hisobga olgan holda parazitning qishlashi,
jinsiy mahsuldorligi, naslining rivojlanish muddatlari va boshqa xususiyatlarini
o’rganildi.
Parazitning   qishlash   joylarini   aniqlash   maqsadida   bahorda   (aprel)
krestguldosh   begona   va   yovvoyi   o’simliklarda   nazorat   ishlari   amalga   oshirildi.
Ammo ularda parazit  bilan zararlangan karam biti qayd qilinmadi. Oldingi  yili
karam yetishtirilgan dalalarda izlanishlar davom ettirilganda, o’simlik qoldiqlari
(karam   boshi)   da   parazit   bilan   zararlanib,   mumifisiyalangan   xo’jayinning   250
dan ortiq zoti yig’ildi. Laboratoriya sharoitida bunday zararlangan bitlarning 100
donasi yorib ko’rilganda, ularning ichida parazitning katta yoshdagi lichinkalari
va g’umbak oldi fazasining qishlashi tasdiqlandi.
Parazitning xo’jayin tanasidan uchib chiqishi 2021 yili aprelning uchinchi
o’n   kunligida   (25.IV),   2022   yili   esa   mayning   birinchi   o’n   kunligida   (3.V)
kuzatildi.   Bit   to’dalarining   parazit   bilan   zararlanish   darajasi   may   oyining
birinchi   o’n   kunligida   9%   gacha   kuzatilgan   bo’lsa-da,   bu   oyning   o’rtalariga
(16.V) kelib, zararlanish 0,7 % ga tushib ketdi. Ammo oyning oxirlariga (25.V)
parazit   bilan   zararlangan   bitlar   darajasi   3,6   %,   iyunning   birinchi   o’n   kunligi
boshlarida (3.VI) 4,2 gacha hattoki iyulning birinchi o’n kunligida (08.VII) 69,8
% ni tashkil qildi. Iyulning uchinchi o’n kunligi (24.VII) boshlarida bu jarayon
keskin pasaya boshladi, hattoki sentyabr boshlarida atigi 1,1 % tushib ketdi. Yoz
69 davomida   parazitning   karam   bitini   zararlash   darajasi   keskin   pasayish
sabablaridan   biri   havo   haroratining   keskin   ko’tarilishi   bo’lsa,   ikkinchidan   esa
D.rapae   ikkilamchi   parazitlar   bilan   ommaviy   zararlanishidir.   Sentyabr   oyi
ikkinchi   o’n   kunligidan   boshlab   va   oktyabrda   karam   bitining   birlamchi   parazit
bilan   zararlanishi   birmuncha   sezilarli   darajada   kuzatildi.   D.rapae   jinsiy   hamda
partenogenetik   yo’l   bilan   ko’payadi,   ya’ni   bu   parazitga   partenogenezning
arrenotokiya   xususiyati   xos   bo’lib,   otalanmagan   tuxumlardan   faqat   erkak
individlar ochib chiqadi. 
Parazitning   tuxum   qo’yishi   harorat   14 o  
C   dan   oshganda   boshlanadi.
Parazit   karam   bitini   izlash   uchun   barg   bo’ylab   antennalarini   faol   qimirlatib
harakatlanadi.   Bitni   uchratishi   bilan,   antennalarini   unga   tegizmasdan,   qornini
o’ziga   qarab   bukadi   va   bitning   yumshoq   tana   qismiga   tuxum   qo’ygichini
sanchadi.   Bu   tarzda   tuxum   qo’yishi   bir   sekunddan   uzoqroq   cho’ziladi.
Parazitning   tuxum   qo’yish   intensivligi   bitni   zararlash   jarayoni   sharoitiga
bog’liq.   Parazit   mumiydan   uchib   chiqishi   bilan   qulay   sharoitga   (me’yordagi
harorat, yorug’lik, yetarli miqdordagi karam biti) to’g’ri kelsa, u bitlarni ma’lum
oraliqlarda bir tekis zararlaydi.
D   rapae   ning   jinsiy   mahsuldorligi   o’rtacha   bir   urg’ochi   500   donagacha
tuxum   qo’yishi   bo’yicha   ma’lumot   keltirilgan   bo’lsa,   boshqa   manbalarda   bu
ko’rsatkich   o’rtacha   83,   ko’pi   bilan   esa   205   dona   tuxum   qo’yishga   tengdir.
Ammo B.P. Adashkevich   D.rapae   shaftoli va karam bitlarida rivojlantirilganda
mos ravishda 66 va 90 eng ko’pi bilan-131 va 103 mumiy hosil qilgan.  D.rapae
soni   turli   muddatlarda   bir   xil   bo’lmaganligini   hisobga   olgan   holda,   har   bir
tajribalarimizda   25   donadan   parazit   zotlari   binokulyar   ostida   yorib   ko’rilib,
undagi tuxumlar hisobga olindi (3.8-jadval). 
Tajriba   natijalaridan   ko’rinib   turibdiki,   parazitning   serpushtligi   ayniqsa
qishlab chiqqan parazitlarda qayd etildi, ya’ni ularning tuxum soni  eng kamida
97 dona, o’rtacha 201 va eng ko’pi bilan esa 499 donaga to’g’ri kelgan bo’lsa,
yozda   mos   ravishda   58;   127   va   457   donaga   va   kuzda   esa   102;   164   va   462
70 donaga   to’g’ri   keldi,   ya’ni   yozda   bahordagiga   nisbatan   serpushtlik   bir   oz
kamaygan bo’lsa, kuzda serpushtlik yana bir oz ko’tarildi.
3.11-jadval
D.rapae  paraziti urg’ochisining serpushtligi (M±m, n=8)
№ Parazit yorib
ko’rilgan
muddatlar Urg’ochilar
soni Tuxumdonlardagi tuxumlar soni bir
urg’ochi parazitda
eng kam o’rtacha eng ko’p
1. 28.04.2021 y 25 9 9 ,0±0,7 5 20 3 ,0±0, 60 501 ,0±0,9 4
2. 16.07.2021 y. 25 60 ,0±0,5 2 12 9 ,0±1, 20 45 9 ,0±0,8 8
3. 12.09.2021 y. 25 10 4 ,0±0,6 8 16 6 ,0±0,9 4 46 4 ,0±0,8 8
Izoh:   D.rapae   paraziti   urg’ochisining   serpushtligining   to’g’riligi
P<0,001.
D.rapae   mavsum   davomida   necha   marta   nasl   berishini   o’rnatish
maqsadida   tajribalar   amalga   oshirildi.   Bu   maqsadda   parazitni   karam   bitida
ko’paytirildi.   Tajribalar   2021   yili   aprel   oyi   oxiridan   sentyabr   oyi   o’rtasigacha
davom   ettirildi.   Buning   uchun   har   bir   tajribada   parazit   bilan   100   donadan
zararlangan karam biti ustida kuzatuvlar olib borildi.  
  3.12- jadval
D. rapae  ning mavsumiy  rivojlanishi (nasl soni 2021 yil)
Nasl
soni Zararlangan
vaqt Mumiy
hosil
bo’lgan vaqt Parazitning
uchib chiqish
vaqti Bir avlodning
rivojlanish
davomiyligi (sutka)
1. 27.04 02.05 11.05 14
2. 13.05 18.05 25.05 12
3. 27.05 31.05 06.06 11
4. 08.06 12.06 17.06 9
5. 19.06 22.06 27.06 8
6. 29.06 02.07 07.06 8
71 7. 09.07 12.07 18.07 9
8. 20.07 24.07 29.07 10
9. 31.07 04.08 09.08 9
10. 11.08 15.08 20.08 9
11. 22.08 27.08 02.09 10
12. 17.09 09.09 16.09 12
Jadvaldan   ko’rinib   turibdiki,   2021   y   aprel   oyidan   17   sentyabrgacha
bo’lgan muddatdagi tajribalarda   D.rapae   paraziti karam bitida ko’paytirilganda
12 marta nasl berdi. Bunda parazit karam bitida mumiy hosil qilishi uchun 3-5
kun,   mumiydan   parazit   uchib   chiqishi   5-9   sutka   kerak   bo’ldi.   Shunday   qilib
D.rapae  parazitini bir avlod to’liq rivojlanishi uchun 8-14 sutka kerak bo’ldi.
D. rapae   bilan zararlangan karam bitida parazit tuxumi va lichinkasining
rivojlanish jarayonida, zararlangan bitlar zararlanmaganidan tanasi o’lchamining
bir   oz   kichikligi   bilan   ajralib   turadi.   Bit   ichida   parazit   lichinka   va   g’umbagi
rivojlanishini   yakunlashi   bilanoq,   bitning   tanasi   juda   shishadi,   qo’ng’ir   tusga
kirib bargga mahkam yopishadi. 
3.2.5.  Karam bitining yirtqichlari
Karam biti hisobiga yirtqich qandalalar, oltinko’zlar, xonqizi qo’ng’izlari,
sirfid,   gallisa   va   levkopis   pashshalari   yirtqichlik   qiladi.   Ko’pchilik
tadqiqotchilarning   [22,   43]   fikriga   ko’ra,   karam   biti   miqdoriy   sonini   tabiiy
boshqarishda   sirfid   pashshalarining   mohiyati   alohida   qayd   qilingan.   Pashsha
lichinkalari   oyoqsiz   bo’lganligi   tufayli   ularning   migrasiyasi   (ko’chib   o’tishi)
chegaralangan.   Shuning   uchun   ham   ular   karam   bitlarini   paydar-pay   qirib   o’z
atrofini zararkunandadan tozalaydi.
O’zbekiston   sharoitida   sirfid   pashshalari   asosan   lichinkalik   fazasida
qishlaydi,   ammo   qorli   sovuq   qish   kelgan   yillari   esa   g’umbagi   qishlaydi.   D.B.
Daminova   [43]     Metasyrphus   corollae   F.,   Episyrphus   balteatus   Deg.,   Syrphus
vitripennis Mg; Scaeva pyrastri L . turlarini voyaga yetgan pashsha fazasida ham
72 qishlashini   qayd   qilgan.   Sirfid   pashshalari   o’simlik   qoldiqlari   va   tuproqda
qishlaydi. Ularning g’umbakka aylanishi qishlayotgan muhitda kuzatildi. 
2021 yili pashshalarning qishlovdan uchib chiqishi fevral oyining oxirida
kuzatildi. Ularning ommaviy uchib chiqishi mart oyining o’rtalarida, kuzatildi. 
Sirfidlarning   jinsiy   chatishishi   aprelning   boshida   qayd   qilindi.   Sirfidlar
uzunchoq-oval   oq   tuxumlarini   o’simlik   bitlari   tarqalgan   joylarga,   bit   to’dalari
orasiga   yakka-yakka   qo’yadilar.   Ularning   tuxumlarini   o’simlik   bitlari
rivojlanadigan   barcha   o’simliklarda   kuzatildi.   O’simlik   bitlari   orasida
o’rnashgan   sirfid   tuxumlaridan   lichinkalar   chiqish   davomiyligini   o’rganish
maqsadida   mavsum   davomida   tabiatdan   yangi   qo’yilgan   tuxumlar   laboratoriya
sharoitida   (tabiatning   yaqinroq   iqlim   sharoitida)   saqlanganda   tuxumdan
lichinkalar   chiqishi   sutka   davomida   kuzatildi.   Mavsumning   turli   muddatlarida
olib borgan kuzatishlar sirfid pashshalari tuxumlarining inkubasion davrlari 2-5
sutka ekanligini ko’rsatdi.
Sirfid   pashshalarining   karamda   ommaviy   ko’payishi   may-iyun   oylarida
kuzatildi. Iyul  oyi  va avgustning birinchi  yarmida haroratning keskin  ko’tarilib
ketishi bilan sirfidlar sonining bir muncha kamayganligi qayd qilindi.
Sentyabr-oktyabrda   harorat   22-28 o  
C   pasayishi   bilan   sirfidlarning   soni
kechki   karamda   keskin   oshib,   bir   tup   karamda   22-46   donaga   qadar   lichinkalar
kuzatildi.   Voyaga   yetgan   pashshalar   kunning   butun   yorug’   soatlarida   faol
uchadi.   Ammo   ularning   faolligi   ayniqsa   ertalabki   (9-12)   va   kechki   (18-20)
soatlarda   kuzatiladi.   Quyosh   botishi   bilan   ular   faolligini   to’xtatib   o’simliklarni
pastki yaruslarida o’rnashib oladilar.
Karam   dalalarida   xonqizi   qo’ng’izlarining   karam   stasiyasi   tipik   turlari
sifatida   va   karam   biti   bilan   oziqlanuvchi:   Coccinella   septempunctata   L;
Coccinula quatuordecimpustulata  L;  Propylea quatuordecimpunctata  L;  Adonia
variegate   Goeze;   Scymnus   rubromaculatus   Goeze.   va   S.   frontalis   Fabr.   turlari
qayd   qilingan   bo’lib,   butun   mavsum   davomida   karam   bitini   kamaytirishda
asosan   Coccinella   septempunctata   va   Adonia   variegata   turlarining   lichinka   va
73 qo’ng’izlari   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Boshqa   turlar   karam   biti   to’dalarida
siyrakroq uchraydi.
Shuni   alohida   qayd   qilish   lozimki,   koksinellidlarni   stasiyalar   bo’yicha
tarqalishi   biotoplar   uchun   xos   xususiyat   bo’lib,   ular   tipik   hamda   tasodifiy
turlardan   iborat   bo’ladi.   Tipik   turlarga   xos   xususiyatlardan   muhimi   ular   shu
biotopda   ko’payib   lichinkalik   va   voyaga   yetgan   hasharot   fazasida   hayot
kechiradilar.   Tasodifiy   turlar   esa   biotoplarda   faqat   voyaga   yetgan   qo’ng’izlik
fazasida   uchrab,   bu   biotoplarda   kamdan-kam   hollarda   ularning   lichinkalari
uchraydi.
Karam  agrosenozining  tasodifiy turlari  sifatida quyidagilarni:   Coccinella
undecimpunctata   L;   Hippodamia   tredecimpunctata   var   signata   Fold;   Adalia
decempunctata  L;  Adalia bipunctata  L;  Syngarmonia conglobata  L;  Exochomus
(Parexochomus) flavipes  Thunb qayd qildik.
Tadqiqotlari   davomida   yig’ilgan   xonqizilarning     43,25   %i   Coccinella
septempunctata ,   31,16   %i   Adonia   variegate   dan   iborat   bo’ldi.   Qolgan   boshqa
turlar  25,58%  ni  tashkil  qildi. Ammo shuni  ham  qayd qilish o’rinliki, mavsum
davomida   bunday   o’zaro   nisbat   o’zgarib,   C.   septempunctata   turining   miqdori
47,9% gacha oshib boradi. 
Tekislik va boshqa hududlari to’kilgan barg xazonlari, buta va o’t-o’lanlar
biotoplari kuzatilganda  Adonia varieagata  turi 3-4 tadan,  C. septempunctata  esa
7-8   tadan,   17-25   donagacha   qo’ng’izlari   qurigan   barglar,   yovvoyi   o’tsimon
o’simliklar poyalari asosida qishlashi aniqlandi.
C.   septempunctata   bunday   qishlash   tiplarining   turlicha   bo’lishi,   turning
yuqori   ekologik moslanuvchanligi  natijasidir.  Bu  uning keng  tarqalishi  va  turli
sharoitlarda   ham   moslashishiga   imkon   beradi.   Shuning   bilan   bir   qatorda   C.
septempunctata   turida ko’pincha tipik va to’dalar hosil qilib qishlash xususiyati
rivojlangan.   Umuman   olganda   koksinellidlarning   qishlashi   uchun   ko’plab
to’planishi   va   qishlash   joylariga   ko’chib   o’tishi   aniq   ifodalangan.   Masalan,
qishlash   uchun   bunday   yirik   migrasiyalar   C.   septempunctata   turi   uchun   xos
xususiyatdir.
74 Qo’ng’izlarning   qishlovdan   chiqishi   mart   oyi   ikkinchi   o’n   kunligi   oxiri,
uchinchi   o’n   kunligi   boshida   o’rtacha   sutkalik   harorat   10 o  
C   yuqori   bo’lganda
kuzatiladi. Masalan   C. septempunctata   turining dastlabki  qo’ng’izlari  dalalarda
19   mart   kuni   kuzatildi.   Bu   davrda   o’simliklarda   bitlar   bo’lmaganligi   tufayli
qo’ng’izlar   o’simlik   gullari,   changi   va   o’simliklarda   paydo   bo’lgan   bit   kichik
to’dachalari   bilan   oziqlanib,   karamda   dastlabki   karam   biti   to’dalari   hosil   bo’la
boshlagach, qo’ng’izlar bunday bit to’dalariga ko’cha boshladi. 
Aprel   uchinchi   o’n   kunligi   ikkinchi   yarmidan   (27   aprel)   yettinuqtali
xonqizi   bit   to’dalariga   tuxum   qo’ya   boshladi.   May   oyi   boshidan   boshlab   bit
to’dalari bilan xonqizi qo’ng’izi va uning lichinkalari bir vaqtning o’zida karam
biti bilan oziqlanishi kuzatila boshlandi. Iyunda karam agrosenozida yettinuqtali
xonqizi   qo’ng’izlari   sonining   keskin   ko’payishi   kuzatildi.   Shu   oyning   (iyun)
ikkinchi   yarmida   bir   tup   karamda   qo’ng’izlar   soni   42-48   nafarga   qadar   qayd
etildi.
Qishloq   xo’jalik   ekinlari   zararkunandalarining   entomofaglari   orasida
amaliy nuqtai-nazardan oltinko’zlar katta qiziqish uyg’otadi.
Oltinko’z turlari orasida karam va boshqa sabzavot-poliz ekinlarida oddiy
oltinko’z ( Sh. cornea  ) ko’p va ommaviy ravishda uchraydi.
Oddiy   oltinko’z   o’simlik   bitlari,   o’rgimchakkana,   g’o’za   tunlami
tuxumlari   va   boshqa   zararkunandalarining   samarali   tabiiy   kushandasi
hisoblanadi.   Bu   turning   voyaga   yetgan   zotlari,   binolarda,   daraxtlar   po’stlog’i
ostida   qishlaydi.   Qishlovdan   chiqqan   oddiy   oltinko’z   aprel   oyidan   boshlab
tabiatda   uchraydi.   Voyaga   yetgan   hasharot   asosan   quyosh   botishdan   oldin
uchadi va tungi yorug’likka intiladi.
3.2.6. Karam biti va entomofaglarining mavsumiy dinamikasi
Hasharotlarning   mavsumiy   dinamik   miqdoriy   sonini   o’rganish   ham
nazariy, ham amaliy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu   masalani   o’rganish   orqali   fitofag   va   entomofaglarga   tashqi   muhit
abiotik   ta’sirlari   tufayli,   yoki   entomofaglar   foydali   faoliyati   tufayli
o’rganiladigan   organizmlar   mavsumiy   dinamik   sonidagi   keskin   o’sishlar   va
75 aksincha   kamayishlarga   qarab   turli   kurash   usullarini   tanlash   yoki   ulardan   voz
kechish   hisobiga   tabiiy   biologik   resurslardan   foydalangan   holda   hosilni   saqlab
qolish imkoniyati yaratiladi.
Muntazam   ravishda   zararli   va   foydali   turlar   miqdoriy   dinamik   sonini
hisobga olib borish, ularning biologiyasi, ekologiyasi va xulq-atvorini o’rganish,
zararkunandalar   hayot   kechirish   sikli   davridagi   nozik   va   zaif   tomonlarini
aniqlash hamda iqtisodiy zararlash darajasini o’rnatish imkoniyatini beradi.
Karam   biti   va   uning   entomofaglari   miqdoriy   dinamik   soni   yetarlicha
o’rganilmagan.
Bu   masala   yuzasidan   dastlabki   izlanishlar   Qozog’istonda,   keyinchalik
O’zbekistonda amalga oshirildi [43,44].
Karam   biti   va   uning   entomofaglari   miqdoriy   dinamik   sonini   aniqlash
yuzasidan tadqiqotlar 2021 yili apreldan oktyabr oyi birinchi yarmiga qadar olib
borildi.   Hisoblar   7-10   kun   oralatib,   har   bir   daladan   25   tadan   namuna   (bir
namunada 2 tadan o’simlik) ni sinchiklab qarab chiqish va karam biti va uning
entomofaglarini har bir bargda hisoblab chiqish orqali amalga oshirildi.
Karam   biti   mart   oyining   oxiri,   aprel   oyining   boshlarida   qayd   qilina
boshlanib,   aprel   oyi   o’rtalarida   uning   koloniyalarida   ko’plab   qanotli   shakllari
hosil   bo’lib,   ular   ertapishar   karam   naviga   ko’cha   boshladilar.   Ammo   bitning
soni   asta-sekin   o’sa   boshladi   va   uning   yuqori   miqdoriy   soni   may   oyi   ikkinchi
yarmi   oxiriga   borib   (20.05.2021   -   100   karam   bargida   21000   dan   ortiq)   qayd
qilindi.   Keyin   ularning   soni   kamaya   borib,   yangidan   bitlarning   sonini   keskin
o’sishi   iyun   oyining   birinchi   besh   kunligiga   3.06   to’g’ri   keldi   (har   100   bargda
25000 donaga to’g’ri keldi). Iyunda (12.06.2021) bitlarning eng yuqori miqdori
har   100   bargda   27000   donagacha   kuzatildi.   Ammo   bit   to’dalarida
entomofaglarni   paydo   bo’lishi   zararkunanda   karamda   to’dalar   hosil   qila
boshlagandan 1-1,5 hafta keyin paydo bo’la boshladi.
Dastlab   bit   to’dalari   orasida   D.   rapae   bilan   zararlangan   bit   mumiysi
aprelning   uchinchi   o’n   kunligi   boshida   (23.04.2021),   deyarli   bir   vaqtning
(24.04.2021)   o’zida   C.   septempunctata   yakka-yakka   qo’ng’izlari   qayd   qilina
76 boshlandi.   Sirfid   pashshalarining   lichinkalari   bit   to’dalari   orasida   bir   oz
keyinroq (29.04.2021) kuzatila boshlandi.
Iyunning oxiri (27.06.2021) va iyulning birinchi o’n kunligida (2.07.2021
va   2.09.2021)   karamda   bitlar   soni   kamaydi   (100   bargda   mos   ravishda
27390/7543).   Bu   hol   havo   haroratining   yuqoriligi   (37 o  
C)   va   bit
entomofaglarining   miqdoriy   sonining   yuqoriligi   va   faolligi   bilan   bog’liqdir.
Avgust oyi birinchi o’n kunligi o’rtalari (07.08.2021) dan boshlab ekinda karam
biti   sonining  keskin  o’sishi   (42762  dona   )  ayniqsa   avgust   uchinchi   o’n  kunligi
oxiriga (30.08.2021)  borib, zararkunandaning soni  100 karam  bargida 50 ming
(50712)  donadan  oshib  ketganligi   qayd etildi.  Ammo sentyabr   oyi  birinchi  o’n
kunligi   oxiriga   (10.09.2021)   borib   zararkunandaning   soni   karamning   100
bargida keskin kamaya boshladi (12787 dona) (3.1-rasm).I	II	III	I	II	III	I	II	III	I	II	III	I	II	III	I
апрел май июн июл август сент
ябр0100002000030000400005000060000
0100200300400500600700
Карам бити Карам бити паразитлари	Карам битининг 100 туп ўсимликдаги 	
сони, сон ҳисобида 	
Карам битининг паразитлари билан 	
зарарланиши сон ҳисобида 
3.2 - rasm. Karam biti va uning paraziti  Diadegma rapae  mavsumiy
dinamikasi (Samarqand tumani, 2021 yil)
Karam   biti   sonining   bunday   keskin   o’zgarishlar   soni   bevosita   tashqi
abiotik sharoitlar bilan bog’liq bo’lsa-da, ammo bu jarayonda entomofaglarning
ham   faoliyati   benihoyadir.   Jumladan,   D.   rapae   mumifisiyalangan   bitlar   soni
may oxiridan iyun boshiga qadar muntazam  ravishda oshib borgan bo’lsa (100
bargda 255-271 dona), iyunning birinchi o’n kunligida bu raqam 627 donagacha
yetdi. Iyul boshidan avgust oxiriga qadar ham parazitning soni yuqori darajada
77 (600 dona atrofida) saqlangan bo’lsa, keyin kamaya boshladi. Bunda bitlarning
parazit bilan zararlanish darajasi 0,8 dan 70,9 % gacha yetdi.
Karam   biti   to’dalaridagi   yirtqichlar   soni   apreldan   iyun   o’rtalariga   qadar
bir muncha past bo’lgan bo’lsa-da, avgust oyining birinchi o’n kunligi ikkinchi
yarmida 100 karam bargida ko’pi bilan 425 dona, avgust oxirida esa 294 donani
tashkil   qildi.   Hisoblarda   ayniqsa   gallisalar   soni   juda   yuqori   bo’lib,   ayrim
hisoblarda ularning soni 300 va undan ortiq donagacha yetdi.
Butun   mavsum   davomida   sirfid   (ging)   pashshalari   qayd   qilingan   bo’lib,
2021   yil   30   avgustda   ularning   soni   100   karam   bargida   107   donagacha   qayd
qilindi.
Amalga   oshirilgan   tadqiqotlarimizda   karamda   sirfid   pashshalarining
lichinkalari   aprel   oyining   oxirida   (27   aprel)   qayd   qilina   boshlandi.   Ertapishar
karamda sirfid pashshalari  lichinkalarining soni may oyining o’rtasida (15 may)
har bir tup o’simlikda 2-3 donani tashkil qildi. 
O’rtapishar   karamda   esa   karam   biti   koloniyalari   paydo   bo’la   boshlashi
bilan   sirfid   pashshalari   lichinkalari   ham   kuzatila   boshlandi.   2021   yili   iyun
oyining oxirida pashsha  lichinkalarining soni  bir tup o’simlikda 6-8 donagacha
kuzatilgan   bo’lsa,   iyulning   birinchi   o’n   kunligida   bu   raqam   10-12   donagacha
qayd   etildi.   Iyulning   ikkinchi   yarmidan   bit   koloniyalaridagi   sirfid   pashshalari
lichinkalari   soni   keskin   kamayib   avgust   oyining   oxiriga   qadar   ularning   bir   tup
karamdagi soni 3-5 donadan oshmadi.
Kechpishar   kuzgi   karamda   sirfid   pashshalari   lichinkalarining   soni   eng
yuqori qayd etildi. Sentyabr oyining ikkinchi yarmida (19 sentyabr) har bir tup
karamda 10 dona lichinka kuzatilgan bo’lsa shu oyning oxirida (29 sentyabr) bir
tupdagi yirtqich pashsha lichinkalar soni 37 donaga qadar kuzatildi.
3.2.7. Karam bargini kemiruvchi tangachaqanotlilar va ular
entomofaglarining mavsumiy dinamik asi
Karam   bargini   kemirib   hosilga   jiddiy   zarar   keltiradigan
tangachaqanotlilardan karam kuyasi ( Plutella maculipennis ), karam oq kapalagi
78 (Pieris   brassicae ),   sholg’om   oq   kapalagi   (P.   rapae ),   sirkumfleks   tunlamlarini
( Syngrapha   circumflexa )   ko’rsatib   o’tish   maqsadga   muvofiqdir.   Bu
zararkunandalar   miqdoriy   sonini   kamaytirishda   entomofaglarning   ahamiyati
benihoyadir.
Karam   kuyasi   va   uning   entomofaglari   mavsumiy   dimakisini   o’rganish
shuni  ko’rsatdiki,   zararkunanda   karamda  aprel   oyining  ikkinchi  o’n  kunligidan
boshlab qayd  qilina boshlandi.  Uning qurt  va  g’umbaklari  mavsumiy miqdoriy
soni aprelning ikkinchi o’n kunligidan boshlab har 100 tup o’simlikda 15 dona
qurt va g’umbakka to’g’ri kelgan bo’lsa, shu oyning uchinchi o’n kunligida bu
miqdor 100 tup o’simlikda 57 dan 69 donagacha qayd qilindi (3.2-rasm).
Karam   kuyasining   soni   ayniqsa   may   oyining   birinchi   va   ikkinchi   o’n
kunliklaridan   keskin   o’sishi   qayd   qilindi.   Bunda   mos   ravishda   har   100   tup
karamda   qurt   va   g’umbaklarning   soni   85   va   172   donaga   qadar   hisobga   olindi.
Iyunning uchinchi  o’n kunligi, ayniqsa iyulning birinchi o’n kunligi  o’rtalarida
kuya, qurt va g’umbaklari soni mos ravishda 164 va 132 donagacha tushdi. Iyul
oyining   ikkinchi   o’n   kunligi   va   oxiriga   kelib   qurt   va   g’umbaklar   soni   100   tup
karamda 128 dan 217 donagacha qayd qilindi. Avgust -sentyabr oylari davomida
zararkunanda (qurt va g’umbaklari) soni 128-217 dona atrofida o’zgarib turdi.
79 I	II	III	I	II	III	I	II	III	I	II	III	I	II	III	I	
апрел	май	июн	июл	август	сентябр	
0
50
100
150
200
250	
0
5
10
15
20
25
30
35
40
45
50	
 	 	Карам куяси	Карам куяси паразитлари	
Карам куясининг паразитлари билан зарарланиши сон 	
ҳисобида 	
Карам куясининг паразитлари билан зарарланиши % 	
ҳисобида3.3 - rasm. Karam kuyasi qurtlari soni va ularning parazitlar bilan
zararlanishi mavsumiy o’zgarishlari (%).
Yuqorida   qayd   etilgan   muddatlarda   har   oyning   o’n   kunligida   karam
dalasidan   100   donadan   qurt   va   g’umbaklar   yig’ilib,   ulardan   parazitlar   uchib
chiqishini kuzatish laboratoriya sharoitida hisobga olib borildi. Bunda: aprel oyi
oxirida   2%,   may   oyi   ikkinchi   o’n   kunligida   zararkunanda   qurt   va   g’umbaklari
11,9%, iyunning birinchi, ikkinchi va uchinchi o’n kunliklari mos ravishda 22,
29, 26%, iyulning o’n kunliklarida ham I-23, II-26, III-34%; avgustning birinchi
o’n kunligida 47%, ikkinchisida-42 va uchinchi o’n kunligida-40% ni ko’rsatgan
bo’lsa,   sentyabrda   karam   kuyasi   qurt   va   g’umbaklarining   parazitlar   bilan
zararlanish darajasi 38% ni tashkil qildi.
Xulosa qilib aytganda, karam vegetasiyasi davomida karam kuyasi qurt va
g’umbaklarini   uning   parazitlari   47%   gacha   qirib   yo’qotadi.   Bu   o’z   navbatida
zararkunanda mavsumiy miqdoriy sonini tabiiy sharoitda kamaytirishda muhim
ahamiyat   kasb   etadi,   ya’ni   zararkunanda   soni   kam   bo’lgan   yillari   tabiiy
80 kushandalar   karam   kuyasi   miqdoriy   sonini   xo’jalikni   zararsiz   darajada   ushlab
turish imkonini yaratadi.
Tadqiqot yillari karam oq kapalagi ko’plab qayd etildi. Zararkunandaning
g’umbaklik fazasi odatda binolar, devorlarda, daraxtlar va butalar hamda begona
o’simliklar poyalarida qishlab chiqadi.
Kapalaklarning   qishlovchi   g’umbaklardan   uchib   chiqishi   bahorda   mart-
aprelda     +7 o  
C   yuqori   foydali   harorat   yig’indisi   180 o  
C   ga   yetganda   kuzatila
boshlandi. G’umbaklardan uchib chiqqan kapalaklar gullayotgan o’simliklar gul
nektari,   ayniqsa   krestguldoshlar   nektari   bilan   oziqlanadi.   Jinsiy   chatishgan
urg’ochi   kapalaklar   5-7   kundan   keyin   tuxum   qo’yishga   kirishadi.   Ular
tuxumlarini   to’p-to’p   qilib   oziqa   krestguldosh   o’simliklar   bargining   orqasiga
joylashtiradi. Kapalaklar tuxumlarini ayniqsa karam bargiga qo’yishni yoqtiradi.
To’pdagi tuxumlar bir qavat bo’lib, tikka holda qo’yiladi. Bir to’pda 15 dan 200
donagacha tuxum bo’ladi.
Karam   oq   kapalagining   embrional   rivojlanishi   3-7   kun   davom   etadi.
Tuxumdan chiqqan qurtchalar dastlab bir joyda to’planib, barg ostidan turib uni
qirib   yeydilar.   Ikkinchi   yoshi   oxirlashgan   qurtlar,   dastlab   barglarga   to’p-to’p
bo’lib, keyin esa bittadan turib bargning ustidan oziqlanadilar.
Karam oq kapalagi mavsumiy dinamikasini o’rnatish maqsadida 2021 yil
davomida   karamning   ertapishar,   o’rtapishar   va   kechpishar   navlarida   har   7-10
kunda bir marta hisob ishlari olib borildi (3.3-rasm).
Hisoblar   shuni   ko’rsatdiki,   may   oyi   ikkinchi   o’n   kunligida   har   100   tup
karamda   karam   oq   kapalagining   o’rtacha   5   dona   qurti   qayd   qilingan   bo’lsa,
oyning   oxiriga   7,   iyunning   o’n   kunliklarida:   I   -   19,   II   -   75;   III   -   92;   qurt   va
g’umbaklar   qayd   qilindi,   iyul   oyida   mos   ravishda   ularning   soni   -   85,   89,   99;
avgust oyida ham o’n kunliklar bo’yicha har 100 karamda 77, 31 va 118 qurt va
g’umbaklarga   to’g’ri   keldi.   Sentyabr   oyining   birinchi   va   ikkinchi   o’n
kunliklarida zararkunanda qurt va g’umbaklarining 100 karam tupidagi soni bir
muncha   ko’tarilgan   bo’lsa   (149-158)   oyning   oxirida   bu   ko’rsatkich   keskin
81 kamaydi   (30).   Oktyabr   oyida   ular   sonining   bir   oz   ko’tarilishi   (44   donagacha)
kuzatildi.
I II III I II III I II III I II III I II III I II III I II III020406080100120140160180
May           Iyun         Iyul           Avgust      Sentyabr   Oktyabr    NoyabrK
aram
 kapalagi qyrtlarining 100 	
ta o'sim
likdagi soni, dona
3.4 - rasm. Karam oq kapalagi qurtlari mavsumiy dinamikasi 
Karam   oq   kapalagi   sonini   boshqarib   turuvchi   tabiiy   kushandalarning
(parazitlar)   samaradorligini   o’rnatish   bo’yicha   olib   borilgan   hisoblar   natijasi
shuni   ko’rsatdiki,   zararkunanda   qurtlarining   parazitlar   bilan   zararlanishi   may
oyining boshlaridanoq (4%) qayd qilina boshlanib yil  mavsumi  oxirida qurt va
g’umbaklarning   parazitlar   bilan   zararlanish   darajasi   juda   yuqori   (67%   gacha)
bo’ladi.
82 XULOSALAR
Mavzu   bo’yicha   olib   borilgan   tadqiqotlar   asosida   quyidagi   xulosalar
taqdim etildi.
1. Karam   agrosenozida   entomofaunasi   9   turkum,   33   oila,   94   avlod   va
141turga mansub hasharotlardan iborat.
2. Karam agrosenozi fitofaglarining 7 turkumga mansub 22 oila, 49 avlod,
70   turi,   entomofaglarning   5   turkum,   11   oila,   45   avlodga   mansub   71   turi
aniqlandi.
3.  O’rganilgan fitofaglarning 12 turi (17,14 %) karam ko’chatlari, 21 turi
(30%)   barglari,   7   turi   (10%)   ildizi,   6   turi   (8,57%)   poyasi,   12   turi   (17,14%)
gullari,   6   turi   (8,57%)   urug’lari   va   7   turi   (10%)   o’simlikning   barcha   qismlari
bilan   oziqlanib,   karam   hosilini   va   tovarlik   xususiyatini   keskin   pasaytirishi
aniqlandi.
4. Karam   agrosenozidagi   mavjud   fitofaglar,   yirtqichlar   va   parazitlarning
o’zaro   nisbati   aniqlandi   va   o’zaro   trofik   bog’lanishlari   qonuniyatlari   ochib
berildi.   Turlarining   xilma-xilligi   jahatidan   ushbu   guruhlar   “fitofaglar   →
yirtqichlar →parazitlar” ketma-ketligida joylashdi. 
5. Karamda   krestguldoshlar   qandalalaridan   Eurydema   ventralis   Kol.
Turining   yaqqol   dominantligi   qayd   qilinib,   qishlovdan   uchib   chiqqan
qandalaning tuxum qo’yish muddatlari, soni, preimaginal rivojlanish muddatlari
aniqlandi. 
6. Krestguldoshlar   sabzavot   ekinlari,   jumladan   karam
entomokompleksining   shakllanishi   bevosita   zararkunandalar   faunasining
shakllanishi   bilan   bog’liqligi   aniqlandi.   Bunda   zararkunandalar   muntazam
ravishda   haydalmagan   qo’riq   yerlardan   karam   yetishtiriladigan   maydonlarga,
fitofaglardan   keyin   esa   bu   maydonlarga   entomofaglarning   o’tishi,   natijada
fitofag   va   entomofaglar   agrosenozlarning   komponentiga   aylanishi   asoslab
berildi.
7. Karam   zararkunandalari   tabiiy   kushandalarining   5   turkumiga   oid   71
turi   qayd   qilindi:   ular   Carabidae-22   tur,   Staphylinidae-14,   Coccinellidae-8,
83 Chrysopidae-4,   Aphidiidae-1,   Syrphidae-11,   Cecidomyidae-2,   Chamaemyiida   -
3, Hymenoptera-5, Hemiptera   oilasi 2 tur. 
8. Karam   zararkunandalarining   parazitlari   Diaeretiella   rapae   samarali
hisoblanib,   mavsum   davomida   karam   biti   sonini   69%   gacha,   karam   kuyasini
uning parazitlari 47% gacha, karam oq kapalagi qurt va g’umbaklarini parazitlar
67%   gacha   zararlab,   zararkunandalar   sonini   boshqarishda   muhim   ahamiyatga
ega ekanligi ko’rsatib berildi.
84 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. Akhmedov   M.Kh.,   Khusanov   A.K.,   Zokirov   I.I.   The   influence   of
vertical   zonation   on   changes   in   the   ecological   niches   of   aphids   //   Austrian
Journal of Technical and Natural Sciences. – Vena, 2015.  January-February. –
P.  9-11.
2. Akramova   F.D,   Medetov   M.J,   Shakarboyev   U.A   and   Azimov   D.A.
Locusts   (Orthoptera:   Acrididae)   asintermediate   hosts   of   nematodes   aprocta
cylindrica and diplotriaena isabellina (Filariina: Aproctidae, Diplotriaenidae) in
Uzbekistan // Journal of Novel Applied Sciences. – UAE, 2017.  Sharja-№ 6(1).
– С. 28-33.
3. Baris   A.,   Cobanog`lu   S.,   Cavusog`lu   S.   Kavun   sineg`i   [Myiopardalis
pardalina   (Bigot,   1891)   (Diptera:   Tephritidae)]   `ne   karsi   Ipsala   ve   Kirkagac
kavun   cesitlerinde   tatta   meydana   gelendegisimlerin   belirlenmesi.   –Derim,
2016.-№33(1). –P.47-56.
4. Cherif   Asma ,   Lebdi-Grissa   Kaouthar.   Population   dynamics   of   the
tomato   leaf   miner   Tuta   absoluta   (Meyrick)   (Lepidoptera:   Gelechiidae)   in
Tunisia   natural   conditions   //   Journal   of   Entomology   and   Zoology   Studies.
2017. №5(4). P. 427-232.
5. Chown   S.L.,   Terblanche   J.S.   Physiological   Diversity   in   Insects:
Ecologi-cal   and   Evolutionary   Contexts.   Adv.   in   Insect   Phys.   2006.-№33.   –P.
50-152.
6. Christopher   G.   Majka   &   Laurent   Le   Sage.   Introduced   leaf   beetles   of
Maritime   Provinces.   8:   Gastrophysa   polygoni   Linnaeus   (Coleoptera:
Chrysomelidae)   //   Zootaxa.   –   Summer   street,   Halifax.   Nova   Scotia,   Canada:
2009.Magnolia press, –Vol. 2047. –P. 48-62.
7. Ghahari   H.   A   contribution   to   the   knowledge   of   fruit   flies   (Diptera:
Tephritidae) from Iran // Entomofauna zeitschrift fur entomologie. –Ansfelden
2013., 2.  Januar. –P. 221-227.
85 8. Hafez   M.   Seasonal   fluctuation   of   population   density   of   the   cabbage
aphid Brevicorune brassicae (L. ) in the Netherlands and the role of its parasite
Aphidius   (Diaeretiella)   rapae   (curtis).   Tijschr.   1961.   Planterziekten,   67,   5,   Р.
445-448. 
9. Kanda   M.,   Djaneye-Boundjou   G.,   Wala   K.,   Gnandi   K.,   Batawila   K.,
Sanni A., & Akpagana K. Application des pesticides en agriculture maraichère
au Togo. 2013.   VertigO-La revue électronique ensciences de l’environnement
13 (1) ; 17p.
10. Kholmatov   B.   R.,   Khalillaev   Sh.A.,   Musaev   D.M.   Form   of
membership of bugs Hemiptera, which belong to the family Miridae and their
some biological properties in condition of Tashkent region   //   European science
review, “East  West” Association  for  Advanced Studies  and Higher  Education
GmbH. – Vienna, 2016.  5-6 (4), - P. 112-117.
11. Kroschel   J &  B. Schaub. Biology and ecology of  potato tuber moths
as   major   pests   of   potato.   In   Insect   pests   of   potato:   Global   perspectives   on
biology   and   management,   ed.   P.   Giordanengo,   C.   Vincent,   and   A.
Alyokhineds, Oxford, 2013.UK: Elsevier. –P. 165–192. 
12. Loi   I, Diosci M. Lotta alla Falena cavalfiore in Foscana.   Ferra e vita,
21, 18, 1980. - 51-53 рр. 
13. Stary  P. Biology of aphid parasites (Hym., Aphidiidae) with respect to
integrated.the Hague, 1970, - p. 1-643. 
14. Ullah   F., Ullah A.A., Hayat B., Muhammad Younus. Management of
Melon   fruit   fly   (Myiopardalis   pardalina   Bigot)   in   Badghis,   Afghanistan   //
Journal of Entomology and Zoology Studies 2015. -№3(4). –P. 24-27.
15. Xamrayev   A.Sh.,   Azimov   J.A.   Kuchkarova   L.S.,   Daminova   D.B.,
Mirzayeva G.S. Hasharotlar ekologiyasi. -Toshkent: Cho’lpon, 2014. - 389 b. 
16. Xolboyev   F., Azimov D., Shernazarov E. Zoogeografiya. –Toshkent.
2018. – 216 b.
17. Yujia Qin , Zhihong Li, Li Zhao, Glen Fowler, Yan Fang. The current
and future potential geographical distribution of the Italian locust, Calliptamus
86 italicus (Linnaeus) (Orthoptera: Acrididae) in China.  Computer and Computing
Technologies in Agriculture VI. 393: 2013. -P. 290-298.
18. Абдуллаева   Д.Р.   Ўзбекистон   беда   агробиоценози
энтомокомплекс-ларининг   таркиби   ва   уларнинг   фойдали   турларини
муҳофаза қилиш: Биол. фан. номз. …дисс. автореф. –Тошкент, 2008. - 19
б.
19. Аванесова   Г.А.   Экологический   анализ   фауны   земляных   блошек
(Coleoptera,   Chrysomelidae,   Alticinae)   Узбекистана.   Вредители
хлопчатника и их энтомофаги. Ташкент: Фан, 1986. - С. 3-9.
20. Адашкевич  Б.П, Шукуралиев Б.Т. Биологический метод борьбы с
вредителями капусты. Картофель и овощи. - Москва, 1985. - № 2. - С. 39. 
21. Адашкевич   Б.П,   Шукуралиев   Б.Т.   Вредители   капусты   и   их
энтомофаги   в   Узбекистане.   Биологический   метод   борьбы   с   вредители
овощных культур Москва. Агропромиздат, 1989. - С. 106 - 122. 
22. Адашкевич   Б.П.   Биологическая   защита   крестоцветных   овощных
культур от вредных насекомых. -  Ташкент. Фан. 1983. - 200 с. 
23. Адашкевич   Б.П.   Полезная   энтомофауна   овощных   полей
Молдавии. - изд.  Кишинев. Штиинца. 1972. - С. 56-74. 
24. Алехин   В.Т.,   Михайликова   В.В.,   Михина   Н.Г.   Экономические
пороги вредоносности вредителей, болезней и сорных растений в посевах
сельскохозяйственных культур. Справочник. –Москва, 2016. - 76 с. 
25. Аманов   Ш.,   Дусманов   С.   Вредная   энтомофауна   сафлорного
агробиоценоза// Узбекский биологический журнал. –Ташкент, 2012. -№6.
–С. 32-34. 
26. Андреянов   Н.И.   Биология   жужелиц   рода   Bembidion
биоценотическая   связь   с   клубеньковыми   долгоносиками:   Автореф.дис.
канд. биол. наук. - М., 1969 б. - 21 с. 
27. Аскаралиев   Х.А.   К   вопросу   биологии   капустной   тли   в   условиях
Ташкентской области // Труды НИИОБК и К, 1981. вып. 19. - С. 15-21. 
87 28. Аҳмаджонова   С.   Симқуртлар   –   экин   зараркунандаси   //
Ўзбекистон қишлоқ хўжалиги. –Тошкент, 2011. -№ 3. –Б. 23. 
29. Аҳмедов  М.Ҳ. Сўз боши. Энтомологиянинг долзарб муаммолари:
Илмий-амалий анжуман материаллари. –Фарғона, 2010. 3-5-б. 
30. Аҳмедов   М.Ҳ.,   Ахмаджонова   С.А.     К   экологии   щелкунов
(Coleoptera,   Elateridae)   Ферганской   долины   //   Аспирант   и   соискатель.   –
Москва, 2011. -№2 (62). –С. 71-73. 
31. Аҳмедов   М.Ҳ.,   Зокиров   И.И.   Lachninae   ширалари   миқдор
зичлигининг   ўзгариши   ва   мавсумийлик   ўртасидаги   боғлиқликнинг
регрессион   таҳлили   //   ФДУ.   Илмий   хабарлар.   –Фарғона,   2008.   -№2.   –Б.
33-39. 
32. Аҳмедов   М.Ҳ.,   Зокиров   И.И.,   Хусанов   А.К.   “Formicidae   –
Homoptera”   тизимидаги   трофобиоз   муносабатлар   //   АДУ.   Илмий
хабарнома. – Андижон, 2014. - №1. – 40-45. 
33. Аҳмедов   М.Ҳ.,   Зокиров   И.И.,   Хусанов   А.К.   Адаптации   тлей-
афидид   к   абиотическим   факторам   среды   //   Материалы   международной
научной   конференции   «Животный   мир   Казахстана   и   сопредельных
территорий». –Алматы, 2012. 22-23 ноября. –С.  43-45. 
34. Аҳмедов  М.Ҳ. , Хусанов   А.К., Зокиров И.И.  Адвентив турларнинг
“паразит-хўжайин”   тизимида   озуқа   ўсимлигида   яшашга   морфологик
мосланишларининг   айрим   хусусиятлари   //   Фарғона   водийси   биологик
хилма-хиллиги   долзарб   муаммолар   ва   уларнинг   ечимлари:   Республика
илмий-амалий анжуман материаллари. –Андижон, 2015, 18 май. –Б.   110-
114.
35. Аҳмедов   М.Ҳ.,   Хусанов   А.К.,   Зокиров   И.И.,   Мансурхўжаева
М.У.,   Арипова   Ф.Х.   Абиотик   омиллар   таъсирида   ширалар   (Homoptera,
Aphidinea)   миқдор   зичлиги   ўзгаришининг   статистик   кўрсаткичлари   //
O`zbekiston   Res-publikasi   Fanlar   akademiyasining   ma`ruzalari.   –Toshkent,
2016. - №2. –B.  80-82. 
88 36. Бекбергенова   З.О.   К   изучению   фауны   стафилинид   (Staphyliniud)
Каракалпакстана // Вестник ККО АнРУз. - Нукус, 2000. - № 5. - С. 38. 
37. Бекбергенова   З.О.,   Хамраев   А.Ш.  Фауна   и  экология   стафилинид
(Coleoptera,   Staphylinidae)   Каракалпакстана   //   Узбекский   биологический
журнал - Ташкент,  2008.  часть I - № 4. - С. 43-46. Часть II № 5. - С. 42-45.
38. Болбулшаев   Т,   Кадамшаев   М.   Битоксибациллин   против
капустной белянки. // Картофель и овощи. - Москва, 1980: 6. С. 25. 
39. Ганиев  К. Влияние техногенного загрязнения окружающей среды
на   морфо-экологическую   изменчивость   зеленой   яблоневой   тли   (Aphis
pomi de Geer, 1773): Автореф. дис... канд. биол. наук. –Ташкент, 2005. - 22
с.
40.   Гаппаров   Ф.А.   Ўзбекистон   ҳудудларида   тўғри   қанотлилар
туркумига   кирувчи   чигиртка   ва   чигирткасимонларнинг   ривожланиши,
ёппасига   кўпайиш   сабаблари,   замонавий   кураш   чоралари.   –Тошкент,
2008. -74 б. 
41.   Давлетшина   А.Г,   Радзивиловская   М.А.   Видовой   состав   и
динамика численности хищников и паразитов  персиковой тли ( Myzodes
persicae   Sulz.)   в   Узбекистане   //   Экол.   и   биол.   животных   Узбекистана.   -
Ташкент, 1972. - С. 117-120. 
42.   Дадамирзаев   А.   К   фауне   и   экологии   жужелиц   (Coleoptera,
Carabidae)   Ташкентской   области   //   Экология   беспозваночных   и
позваночных животных Узбекистана. Ташкент: Фан. - 1978. - С. 77-87. 
43.   Даминова   Д.Б.   Экология   и   значение   хищных   сирфид   в
агроценозах   Узбекистана   //   Вредители   хлопчатника   и   их   энтомофаги   в
Узбекистане. - Ташкент: Фан, 1986. - С. 85-103. 
44.   Даминова   Д.Б.,   Хамраев   А.Ш.   Экологическое   обоснование
использования   природных   популяций   энтомофагов   в   защите   капусты.   //
Настоящее   и   будущее   биотехнологии   в   решении   проблем   экологии,
медицины, сельского хозяйства и промышленности: Сб. науч. тр. Научно-
89 практического  семинара с международным  участием, Ульяновск, Ул ГУ.
2011. - С. 26-29. 
45. Добрынин   Н.Д.   Система   мероприятий   по   комплексной   охране
полезных   насекомых-опылителей   сельскохозяйственных   культур   в
условия ЦЧЗ /Практические рекомендации/, Воронеж, 1996. 32 с. 
46. Дукина   В.И.   Элементы   управления   агроценозом.   //   Проблемы
энтомологии в России. 1998. Т. 1. - С. 123. 
47. Жабборов   А.М.   Фарғона   водийси   айрим   агроценозларидаги
муҳим   ҳашаротларнинг   экологияси:   Биол.   фан.   номз.   …дисс.   автореф.   –
Тошкент, 1997. – 20 б.
48. Жабборова   О.И.   Бухоро   воҳаси   хонқизи   қўнғизлари   (Coleoptera,
Coccinellidae) фаунаси, экологияси ва хўжалик аҳамияти: Биол. фан. номз.
…дисс. автореф. –Тошкент, 2011. – 19 б.
49. Зокиров И.И. Қовун пашшаси (Myiopardalis pardalina Bigot, 1891)
ни   Фарғона   водийсида   тарқалишининг   экологик   таҳлили   //   Наманган
давлат   университети   илмий   ахборотномаси.   –Наманган,   2019.   -№5.   –Б.
121-127.
50. Зокиров   И.И.   Марказий   Фарғона   шароитида   сабзавот-полиз
агроценозлари   энтомофаунасининг   шаклланиш   хусусиятлари   //   Қишлоқ
хўжалиги   экинларини   зарарли   организмлардан   уйғунлашган   ҳимоя
қилишнинг   ҳозирги   ҳолати   ва   ривожланиш   истиқболлари:   Халқаро
илмий-амалий   конференция   мақолалар   тўплами.   –Тошкент,   2019.     –Б.
651-657. 
51. Зокиров И.И.  Марказий Фарғонанинг сабзавот ва полиз экинлари
энтомофаунасига оид айрим маълумотлар // Марказий Фарғонада қишлоқ
хўжалиги   маҳсулотлари   етиштириш   истиқболлари:   Республика   илмий-
амалий анжумани матеиаллари. –Фарғона, 2017 йил, 28 ноябрь. –Б.  64-67. 
52. Зокиров   И.И.   Марказий   Фарғонанинг   сабзавот-полиз
агробиоценоз-ларида   учровчи   инвазив   турлар   //   Ўзбекистон   зоология
фани:   ҳозирги   замон   муаммолари   ва   ривожланиш   истиқболлари:
90 Республика   илмий-амалий   конференция   материаллари.   –Тошкент,   2019.
20-21 июнь.  –Б.  137-140. 
53. Зокиров   И.И.   Ўзбекистон   ляхнина   (Homoptera,   Lachninae)
ширалари   (ҳаёт   цикли,   этологияси,   газлар   алмашинуви):   Биол.   фан.
номз. ...дисс. –Тошкент, 2009. - 120 б. 
54. Зокиров   И.И.   Ширалар   (Aphididae)   популяция   динамикасининг
регрессион таҳлили // FarDU. Ilmiy xabarlar. –Farg`ona, 2018. - №4. –B.  22-
25.
55. Зокиров   И.И.,   Исроилжонов   С.   Ҳашаротларнинг   ўсимликка
таъсир   кучини   аниқлаш   мезонлари   //   FarDU.   Ilmiy   xabarlar.   –Farg`ona,
2019. - №1. –B.  27-30. 
56. Зокиров  И.И.,  Каримова М., Асқарова Д.  Чигирткалар миграцион
этологияси   ҳақида   маълумотлар   //   Энтомологиянинг   долзарб
муаммолари:   илмий-амалий   анжуман   материаллари.   –Фарғона,   2010.   –Б.
20-23.
57. Зокиров   И.И.,   Хусанов   А.К.   Марказий   Фарғона   шароитида
Phthorimaea operculella (Zeller, 1873) турининг тарқалиши ва биоэкологик
хусусиятлари // ADU. Ilmiy xabarnoma. –Andijon, 2019. - №1. –B.  34-37. 
58. Исоев  К.С. Фауна и экология важнейших семейств жесткокрылых
(Coleoptera)   заповедника   Ромит   (Таджикистан):   Автореф.   дисс...   канд.
биол. наук. –Душанбе, 2004. - 18 с.
59. Исоев   К.С.   Экологическая   структура   населения   жесткокрылых
различных   биотопов   поймы   рамитского   заповедника   //   Доклады   АН
Республики Таджикистан. –Душанбе, 2003. -№ 5-6. –С. 12-16. (111б)
60. Кадырбеков  Р.Х. К фауне тлей (Homoptera, Aphididae) гор Согеты
(Юго-Восточный   Казахстан)   //   Selevinia:   Зоологический   ежегодник
Казахстана и Центральной Азии. Т. 21. –Алма-ата, 2013. -С. 75-81. 
61. Кастромитин   В.Б.   Крестоцветные   блошки   //   В.Б.   Костромитин.
М.: Колос, 1980. - 60 с. 
91 62. Кимсанбаев  Х., Рашидов М.И., Сулаймонов Б.А. Новое в тактике
применения энкарзии против тепличной белокрылки // Защита и карантин
растений. –Москва, 2001. - №1. - С. 27.
63. Коваленков   В.Г.,   Тюрина   Н.М.   Формирование   биоразнобразия
как основополагающее условие создания управляемых агроланшафтов. //
Производство   экологически   безопасной   продукции   растениеводства.
Пущино, 1998. Вып. 4. - С. 37-38. 
64. Кустов   С.Ю.   Анализ   распространения   мух   семейства   Empididae
(Insecta;   Diptera)   мировой   фауны   //   Труды   Русского   энтомологического
общества. –С.-Петербург, 2013. Т. 84(1): -С. 61-68.
65. Лакин  Г.Ф. Биометрия.- Москва: Высшая школа, 1990. -323 с. 
66. Мамедова   С.Р.,   Гусейнов   К.Г.   Биоэкологические   особенности
картофельной   моли   в   условиях   Азербайджана   //   Защита   и   карантин
растений. –Москва, 2011. №7. –С. 36-37.
67. Масляков   В.Ю.,   Ижевский   С.С.   Адвентивные   (инвазивные)
растительноядные насекомые на территории России. –М., 2010. - 124 с.
68. Маткаримова  М., Хамраев А.Ш., Ульмасбаев Ш.Б., Хашимова Х.,
Холдовова   Г.М.,   Рустамов   К.Ж.   Биологическая   эффективность   новых
микробиологических   препаратов   в   борьбе   с   вредными   чешуекрылыми
капусты   и   томата.   ПНЦ   РАН,   Пущино   2010,   14   Международная
Пущинская школа-конференция молодых ученых, Том 2, - С. 58-59. 
69. Медетов   М.Ж.   Жанубий   Оролбўйи   тўғриқанотлилари   (Insecta:
Orthoptera)   фаунаси   ва   шаклланиши:   Биол.   фан.   номз.   ...дисс.   автореф.   –
Тошкент, 2012. - 23 б.
70. Медетов   М.Ж.   Ўзбекистон   арид   ҳудудларининг   тўғриқанотли
ҳашаротлари (Insecta: Orthoptera): Биол. фан. докт. (DSc) ...дисс. автореф.
– Тошкент, 2018. - 59 б.
71. Муминов   А.М.,   Насырова   У.   Рекомендации   по   борьбе   с
листогрызущими вредителями капусты. - Ташкент: МСХ Узбекской ССР,
1977. - С. 3-6. 
92 72. Муҳаммадиев   Б.Қ.,   Қурбонмуротова   М.Б.   Помидор  куяси   –   Tuta
absoluta. –Тошкент, 2017. -38 б.
73. Нагайбеков   А.,   Сербинов   В.,   Муминов   А.   Сабзавот-полиз
экинларининг зараркунанда ва касалликлари. - Тошкент, 1969. - 200 б.
74. Обиджанов   Д.А.,   Ходжаев   Ш.Т.   Картофельная   моль   –   новый
вредитель   пасленовых   в   Узбекистане   //   Защита   и   карантин   растений.   –
Москва, 2014. №11. –С. 43-44.
75. Обиджонов   Д.,   Ходжаев   О.   Томатная   моль   (Tuta   absoluta)   –
новый   вредитель   пасленовых   культур   в   Узбекистане   //   Агро   илм   –
Ўзбекистон қишлоқ хўжалиги. -№2(46). 2017. –Тошкент. –Б. 87-88. 
76. Обиджонов   Д.,   Хўжаев   Ш.   Картошка   куясининг   биоэкологияси
ва унга қарши самарали кураш чоралари// Агро илм – Ўзбекистон қишлоқ
хўжалиги. -№4. 2016. –Тошкент. –Б. 60-61.
77. Ортиқов   У.Д.   Иссиқхона   сабзавот   (помидор)   экинлари
зараркунандалари   ва   уларга   қарши   кураш   усуллари:   Қ/х.   фан.   номз.   …
дисс. автореф. – Тошкент, 2007. - Б. 22.
78. Симчук   П,   Литвиненко   А,   Полякова   В.   Оценка   инсектицидной
активности   бактериальных   препаратов   в   борьбе   против   капустной
совки. // Микроорганизмы и вирусы, - Кишинев, 1979, - С. 5-9. 
79. Соколов   Е.А.,   Меньшиков   Н.С.   Чем   обеззараживать   семенной
картофель // Защита и карантин растений. –Москва, 2015. №8. –С. 42-43.
80. Сулаймонов   Б.А.   Вредители   овощных   культур   защищенного
грунта,   биоэкологические   особенности   и   биологическое   обоснование
регулирования   их   численности:   Автореф.   дисс.   докт.   …биол.   наук.   –
Ташкент, 2010. - 32 с.
81. Сулаймонов Б.А., Анорбоев А., Хамраев Б. Иссиқхонада помидор
зараркунандаларининг тур таркиби, хусусиятлари ва уларнинг иқтисодий
хавфли чегара сони // Agro ilm. – Тошкент, 2008. -№4(8). –Б. 26-28. 
82. Тиловов   Т. Полиз ва сабзавот  экинларининг зараркунандалари.  -
Тошкент: Меҳнат, 1987. - 71 б. 
93 83. Тойжигитова   Б.Б.,   Ыскак   С.,   Асанбеков   А.А.,   Қосанов   С.
Эффективность   новых   инсектицидов   против   дынной   мухи   на   юге
Казахстана   /«Новая   стратегия   научно-образовательных   приоритетов   в
контексте развития АПК». II том. –Алматы, 2015. –С. 109-112.
84. Толихов   Д., Ахмедов Т., Имамкулова З. Инсектициды в борьбе с
дынной   мухой   (Myiopardalis   pardalina   Big.)   в   Таджикистане   /
“Современное   состояние   и   перспективы   инновационного   развития
овощеводства”:   международная   научно-практическая   конференция.   –
Беларусия, 2014. –С. 134-137.
85. Толихов   Д.А.   Особенности   выращивания   дынь   в   Таджикистане,
урожайность и качества плодов в орошаемых условиях: Автореф. дисс…
канд. с.-х. наук. – Душанбе, 2016. - 20 с.
86. Торениязов   Е.Ш.,   Кутлымуродов   А.   Причины   развития
белокрылок   в   условиях   Каракалпакистана   //   Сельское   хозяйство
Узбекистана. -Ташкент, 2002. -№2. -С. 19.
87. Торениязов   Е.Ш.,   Юсупов   Р.О.   Дынная   муха   на   бахчевых
культурах Каракалпакстана // Защита и карантин растений. –Москва. -№9.
-2014. –С. 40.
88. Тошматова   Ш.Р.   Оҳангарон   воҳаси   афидофаунасининг
(Homoptera,   Aphidinea)   трансформацияси:   Биол.   фан.   номз.   …дисс.
автореф. –Тошкент, 2012. - 22 б.
89. Троицкая   Е.М.,   Хамраев   А.Ш.,   Маткаримова   М.Р.   Патогенное   и
мутагенное   действие   Bacillus   thuringiensis   на   вредителей   овощных
культур // Вестник Каракалпакского отделения АН РУЗ. - Нукус, 2009.- №
2. - С. 26-28. 
90. Туфлиев   Н.Х.   Зарарли   чигирткаларга   қарши   курашда   замонавий
воситаларнинг   самарадорлиги:   Қ/х.   фан.   номз.   …дисс.   автореф.   –
Тошкент, 2012. - 22 б.
91. Франц  И., Криг А. Биологические методы борьбы с вредителями.
- М.: Колос. - 1984 -350 с. 
94 92. Хакимов   Р.А.   Ўзбекистонда   сабзавотчилик,   полизчилик   ва
картошкачиликни   ривожлантиришда   илм   фаннинг   ҳиссаси   //
Сабзавотчилик,   полизчилик   ва   картошкачилик   ҳолати,   муаммолари   ва
ривожлантириш   истиқболлари:   Халқаро   илмий-амалий   конференцияси
мақолалари тўплами. Тошкент, 2018 йил 1 июнь. –Тошкент, 2018. -3-10-б.
93. Хакимов   Р.А.,   Низомов   Р.А.,   Азимов   Б.Ж.,   Холдоров   М.У.,
Расулов   Ф.Ф.   Сурхондарё   вилоятида   сабзавот,   полиз   ва   картошка
экинларидан мўл ва сифатли ҳосил етиштириш агротехнологияси бўйича
тавсиялар. –Тошкент, 2017. – 47 б. 
94. Хамраев   А.Ш.   Способ   сохранения   энтомофагов   //   Защита   и
карантин растений. - Москва, 1995.- № 7.- С. 17-18. 
95. Хамраев   А.Ш.   Энтомокомплексы   хлопкового   агробиоценоза
(фитофаги,   энтомофаги),   формирование,   функционирование   и
усовершенствование   биологических   основ   их   регулирования:   Автореф.
дисс. ... док. биол. наук - Ташкент, 1992. - 48 с. 
96. Хамраев   А.Ш.,   Азимов   Д.Н.,   Ульмасбаев   Ш.Б.   и   др.
Агроэнтомологическая   картограмма   для   стран   регионов   Центральной
Азии и Закавказья. - Ташкент, 2008. -126 с. 
97. Хамраев   А.Ш.,   Нуржанов   А.А.,   Азимов   Д.А.,   Ульмасбаев   Ш.Б.
Ўзбекистоннинг   зарарли   чигирткалари,   темирчаклари   ва   уларга   қарши
курашга оид (услубий қўлланма). –Тошкент, 2008. -74 б. 
98. Хўжаев   Ш.Т.   Ўсимликларни   зараркунандалардан   уйғунлашган
ҳимоя қилиш, ҳамда агротоксикология асослари. – Тошкент, 2014. - 540 б.
99. Хусанов   А.К.,   Зокиров   И.И.   Географическая   изменчивость
Acyrthosiphon   catharinae   в   условиях   восточной   Ферганы   //
Международной   заочной   научно-практической   конференции
«Перспективы   развития   науки   и   образования».   –   Тамбов,   2013.   –   С.134-
137.
100. Чильдебаев   М.К., Нуржанов А.А., Медетов М.Ж. Прямокрылые
насекомые   (Insecta:   Orthoptera)   в   агроценозах   Каракалпакии
95 (Узбекистан)   //   Исследования,   результаты:   Казахский   национальный
Аграрный Университет. – Алмата, 2011. -№1. – C. 11-17.
101. Шамуратова   Н.Г.   Энтомокомплексы   агробиоценоза   посевов
люцерны: формирование, функционирование и биологические основы их
регулирования   в   условиях   Приаралья.:   Автореф.   дис.   ...докт.   с/х.   наук.  –
Ташкент, 2007. – 45 с.
102. Шукуралиев   Б.Т.   Разработка   биологических   мер   борьбы   с
листогрызущими   вредителями   капусты:   Автореф.   дисс.   ...   канд.   биол.
наук. - Ташкент, 1985. - 20 с. 
103. Эргашев   И.К.,   Муродов   Б.Э.   ва   бошқ.   Ўсимликлар   карантини
лабораторияси   ва   клиникасида   фойдаланиш   учун   услубий   қўлланма.   –
Тошкент, 2018. - 68 б. 
104. Эсонбоев   Ш.   Ўлмасбоева   Р.,   Танирқулова   Б.   Цитрус
оққаноти //Ўзбекистон қишлоқ хўжалиги. -Тошкент, 2002. - №2. -Б. 52.
105. Яркулов   Ф.Я.   Испытания   биопрепаратов   в   Приморском   крае   //
Защита и карантин растений, 2000, №8, с. 39. 
106. Яркулов   Ф.Я.   Энтомофаги   листогрызущих   вредителей
сельскохозяйственных  культур  в  Приморском  крае   //   Защита  и  карантин
растений . 1997, № 11, - С. 26. 
107.     https://   www.researchgate.net/   profile/   Btc   Cars   Bilaspur/
publication/ 329363005
108.     https:   //kccc.ru/   handbook/   pests/   phthorimaeaoperculella ;   http:
//www. potatobeetle.org/overview.html ; 
96

Karam agrosenozi entomofaunasining ekologo-faunistik tahlili Mundarija Kirish ………………………………………………………………… 3 1. Karam agrosenozi entomofaunasining o’rganilish tarixi ( Adabiyotlar sharhi)…………………….................................................. 9 1.1. Karamning zararkunanda hasharotlari.............................. ................ 10 1.2. Karam zararkunandalarining tabiiy kushandalari......... ..................... 18 1.3. Karam zararkunandalariga qarshi kurash.......................... ................ 21 2. Tadqiqot obyekti, uslublari va sharoitlari ..................................... 24 2.1. Tadqiqot o’tkaziladigan joyning tabiiy iqlim sharoiti……………… 24 2. 2 . Tadqiqot uslublari ............................................................. ................ 25 3. Tadqiqot natijalari ....................................................................... ......... 30 3.1. Karam agrosenozi entomofaunasining taksonomik tarkibi................. 30 3.1.1. Karam agrosenozi entomofaunasining tur tarkibi............................ 30 3.1.2. Karam maydonlaridagi fitofag hasharotlarning taksonomik tarkibi......................................................................................................... 31 3.1.3. Karam maydonlaridagi entomofag hasharotlarning taksonomik tarkibi.......................................................................................................... 42 3.1.4. Karam maydoni entomokompleksining ekologo-faunistik tahlili......................................................................................................... 47 3.1.5. Tuproqda hayot kechiruvchi yirtqich entomofaglar........................ 51 3.2. Karam agrosenozi dominant fitofag va entomofaglarining bioekologik xususiyatlari.................................................................................... 56 3.2.1. Karam bitining ( Brevicoryne brassicae) bioekologik xususiyatlari.. 56 3.2.2. Krestguldoshlar qandalasining (Eurydema ventralis) bioekologik xususiyatlari................................................................................................ 58 3.2.3. Krestguldoshlar burgachalari (Phylotretta) ning bioekologik xususiyatlari............................................................................................... 61 3.2.4. Karam agrosenozi dominant entomofagi karam biti paraziti ( Diaeretiella rapae) ning bioekologik xususiyatlari……………………… 1

64 3.2.5. Karam bitining yirtqichlari............................................ .................. 67 3.2.6. Karam biti va entomofaglarining mavsumiy dinamikasi.................. 70 3.2.7. Karam bargini kemiruvchi tangachaqanotlilar va ular entomofaglarining mavsumiy dinamik asi................................. ................. 73 Xulosalar ................................................................................................ ... 77 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ..................................................... .. . 79 2

KIRIS H Mavzuning dolzarbligi. Sabzavot va poliz ekinlari qishloq ho’jalik ekinlari orasida eng muhim o’rinlardan birini egallaydi. Insonning oziq-ovqat mahsulotlariga, ayniqsa, turli-tuman darmondorilarga bo’lgan ehtiyojini qondirishda sabzavotlarning ahamiyati benihoya kattadir. Sabzavotchilik dunyo dehqonchiligining eng qadimiy, asosiy va yetakchi tarmoqlaridan hisoblanadi. Sabzi, sholg’om, sarimsoq, lavlagi 2 ming, karam, bodring, piyoz kabilar 4 ming yildan beri ekiladi. Sabzavotchilik-o’simlikshunoslikning ajralmas tarkibiy qismidir. Shuning uchun sabzavot ekinlarini hamma vaqt ham boshqa ekinlardan ajratib bo’lmaydi. Chunki karam, kartoshka, sabzi, qovoq, lavlagi, tarvuz, makkajo’xori kabilarni sabzavot ekinlari sifatida oziq-ovqatga, chorva mollari uchun yem-hashak va texnik maqsadlarda ishlatish uchun xom ashyo sifatida yetishtirish mumkin. Sabzavotchilikka xos xususiyatlar sifatida yana nisbatan kichik maydonlarda yetishtirish, o’suv davri qisqaligi, iqtisodiy samaradorligining yuqoriligini ham qayd yetish o’rinlidir Respublikamiz qishloq ho’jaligining asosiy tarmoqlaridan biri sabzavotchilik bo’lib hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar AQSh da - 1.5 mln. ga, Yaponiyada 0.7 mln. ga, Italiyada-0.4 mln. ga maydonda sabzavot ekinlari parvarish qilinadi. Respublikamizda esa 0.16 mln. ga maydonda sabzavot ekinlari ekilib, shundan asosiy qismini pomidor, piyoz, karam va boshqa sabzavot ekinlari tashkil etadi. Respublikamizda o’sib borayotgan aholi ehtiyojini qishloq ho’jalik mahsulotlari, jumladan sabzavotchilik mahsulotlari bilan ta’minlash rentabelligini oshirish masalalari hozirgi kunning asosiy muammolaridan biridir. Samarqand viloyati respublikamizda sabzavot ekiladigan maydon jihatidan Toshkent va Andijon viloyatlaridan keyingi o’rinda turadi. Viloyatimizda 1999 yilda 19.8 ming gektarga sabzavot ekilib, shundan qishloq ho’jalik korxonalariga 9.1 ga yoki 45.9 %, fermer ho’jaliklariga 1.2 ming ga yoki 6 %, dehqon ho’jaliklariga 9.5 ming gektar yoki 47.9 % to’g’ri kelgan. 3

Hozirgi vaqtda mustaqil Respublikamiz hukumati mamlakatda sabzavotchilikni rivojlantirish va aholini yangi sabzavot mahsulotlari bilan yil bo’yi ta’minlash masalalariga katta e’tibor qaratmoqda. Bu esa respublika hukumatining bugungi agrar siyosatining muhim yo’nalishi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 9-yanvardagi «Meva- sabzavotchilik va uzumchilik sohasini isloh qilish bo’yicha tashkiliy chora- tadbirlar to’g’risida»gi farmonining chiqarilishi buning yorqin misolidir. Karam – (Brassica) butgullilar oilasiga mansub o’simliklar turkumi. Karamning oq va qizil karam, savoy karami, bryussel karami, gul karam kabi turlari bor. Asosan oq va gul karam ekiladi. Karam aksari ikki yillik o’simlik. Birinchi yili bosh chiqaradi, ikkinchi yili o’zagidan gulpoya chiqarib, urug’laydi. Gullari sariq, shingillarga to’plangan, mevasi qo’zoq. Urug’i yumoloq, to’q qo’ng’ir diametiri 2 mm, 8-10 sm uzunlikdagi qo’zoqda. Karam sovuqqa chidamli, urug’i 4-5 0 C da una boshlaydi. Oq karam 15-18 0 C da bosh hosil qiladi. Harorat 25 0 C dan oshganda bosh chiqarishi kechikadi, sernam va yorug’ joyda tez rivojlanadi. Karamda uglevodlar, oqsillar va mineral tuzlar hamda vitaminlar bor. Bevosita ovqatga ishlatiladi, tuzlanadi va konserva holda iste’mol qilinadi. Dunyoning barcha mamlakatlarida, O’zbekistonning esa hamma hududlarida ekiladi. Karam navlari ertachi, o’rtacha ertachi, o’rtacha kechki va kechki guruhlarga bo’linadi. MDH da 103 dan ortiq navlari rayonlashtirilgan, bulardan oq karam navlari katta ahamiyatga ega. Karam ko’chati parnik va issiq xonalarda yetishtirilib, ertachisi fevral oxiri va mart boshlarida (60 x 60 sm, 70 x 70 sm sxemada), o’rtachasi aprel, may boshlarida, kechkisi iyun oxiri va iyul boshlarida (70 x 70sm sxemada), ekiladi. Parvarishi sug’orish, qator oralig’i va to’p atrofini yumshatish, og’darish, zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash olib borishdan iborat. Birinchi oziqlantirishda gektariga 150-200 kg superfosfat va 120-150 kg ammiakli selitra, ikkinchisida faqat 120-150 kg ammiakli selitra beriladi. Karam ekiladigan yer kuzda yoki erta bahorda haydalib, gektariga 20-30 tonna go’ng, 300-400 kg superfosfat, 100-150 kg kaliy tuzi solinadi. Karam urug’ini bevosita dalaga yekish ham 4

mumkin. Bunda unumdor, begona o’tlardan toza yerlarga qator orasini 60-70 sm qilib, 1 ga maydonga 1- 1,5 kg urug’ sepiladi, 2-3 chin barg chiqargach, yagonalab har uyada (30-40 sm oralig’ida) bittadan o’simlik qoldiriladi. O’rtacha hosildorligi ertapishar navlarda 200-300 s, o’rtapishar navlarda 400- 500 s, kechpishar navlarda 600-900 s. ni tashkil etadi. O’zbekistonda oq karamning quydagi turlari ekiladi. Birinchi nomer, Gribovskiy 147-yertachi, ko’chati o’tqazilgach 60-65 kunda yetishadi. Karam 0,7-1 kg, yumoloq, o’rtacha, zich, ko’kish, pishganda yoriladi. Slava 1.305- o’rtachi ko’chati o’tkazilgach 75-90 kunda yetiladi. Karami 1,5-2 kg, yumoloq yassi, zich, issiqqa chidamli. O’zbekiston 133- o’rtacha kechki, ko’chati o’tkazilgach 110-120 kunda yetiladi. Karam 2,5- 4,3 kg, yumoloq yassi, zich. O’zbekiston hududlarida shu bilan bir qatorda Samarqand viloyatida sabzavot ekinlari ahamiyati nihoyatda katta. Keyingi 20-30 yil mobaynida bu o’simliklarni ekish maydoni 2-2,5 barobar ko’paygan. Paxta maydonlarining asta-sekin qisqartirilishi, sabzavot, poliz va mevali ekinlar maydonlarining kngayishiga sabab bo’lmoqda. Ammo har bir ga paykaldan olingan mahsulot past darajada turibdi. Qovun, karam, bodring hosildorligi yildan –yil hisobiga kamayib bormoqda. Buning asosiy sababi yerning meliorativ holatining yomonlashishi, ekologik xilma-xillikning pasayishi va natijada ayrim zararkunandalarni sonining ko’payishi hisoblanadi. Shunga muvofiq o’simliklarni hosildorligini agrotexnika chora tadbirlari bilan oshirish, tuproq holatini yaxshilash, zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashning ilmiy asoslangan tadbirlarini ishlab chiqish, tabiiy entomofaglar samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Sabzavot va poliz ekinlaridan yuqori hosil olishni cheklab turadigan bir qancha omillar mavjudki, ular orasida zararkunanda hashoratlar keltiradigan zarari jihatidan birinchi o’rinda turadi. Sabzavot va poliz ekinlariga 600 dan ortiqroq tur hashoratlar zarar keltirishi aniqlangan. Lekin sezilarli darajada zarar yetkazadigan hashoratlar uncha katta bo’lmagan ixtisoslashgan zararkunandalar guruhi bo’lib, bularga 5