Korxona xodimlar bo’limi boshqarishni tashkil qilish
Korxona xodimlar bo’limi boshqarishni tashkil qilish MUNDARIJA Kirish…………………..………………………….……………………………...2 I. NAZARIY QISM……………………………………………………………...3 1.1 Ma’lumotlar bazasi tushunchasi…………………….…….......................3 1.2 Ma’lumotlarni boshqarish. Ma’lumotlar bazasining t urlari………….9 1.3 SQL operatorlaroi yozilishi…………………………………………..…12 II-BOB. AMALIY QISM………………………………………………………14 2.1 Korxona xodimlar bo’limini boshqarishni tashkil etishi infologik modeli …………………………………………………………………………....14 2.2 Korxona xodimlar bo’limini boshqarishni tashkil etishi er- modeli …………………………………………………………............................19 2.3 Korxona xodimlar bo’limini boshqarishni tashkil etishi relyatsion modeli....................................................................................................................20 2.4 SQL operatorlari yordamida jadvallarni hosil qilish va jadvallarga ma’lumotlar kiritish………………………………………...………………….21 2.5 SQL da ma’lumotlarni manipulyatsiya qilish …………………..………..24 Xulosa ……………………………………………………………………..……38 Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………….……………….39 0
Kirish O‘zbekiston Respublikasining Hozirgi Prezidentining Oliy Majlisiga Murojaatnomasida 2020 yilni “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, deb e’lon qilinishi hamda shu bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgani ham axborot texnologiyalari sohasiga muhim ahamiyat berilayotganini ko‘rsatmoqda. Prezidentimizning 2020 yil 2 martdagi farmoni bilan tasdiqlangan Harakatlar strategiyasining “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlashda eng ustuvor vazifalaridan biri, ijtimoiy soha ob’ektlari, jumladan, umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarini tezkor internetga ulash vazifasi qo‘yildi.Bu, o‘z navbatida, yosh avlodning zamonaviy bilim olishi, bemorlarga sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatish salohiyatini oshirishi bilan ahamiyatlidir.Shundan kelib chiqib, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish borasida yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda 1 millionta Internet tarmog‘iga keng polosali ulanish portlari o‘rnatilib, ularning umumiy soni 3 millionga yetkazildi. Bundan tashqari, 32 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari qurildi.Ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik qobiliyati viloyat markazlari darajasida 2 barobarga, tuman markazlari darajasida esa 4 barobar oshdi. Xizmat miqyosini kengaytirish maqsadida 5 mingtadan ortiq mobil aloqa baza stansiyasi o‘rnatilib, ularning jami soni 32 mingtaga yetkazildi va aholi maskanlarida uning qamrovi 98 foizga hamda yuqori tezlikdagi yo‘nalishi 90 foizga yetkazildi. Aholining keng polosali mobil xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida “O‘zbektelekom” AK “O‘zmobayl” filiali tomonidan mavjud 3 000 dan ortiq baza stansiyasi modernizatsiya qilindi.Jizzax erkin iqtisodiy zonasida Janubiy koreyalik hamkorlar bilan birgalikda 11 million dollarga teng, yillik quvvati 50 ming kilometr optik tolali kabel mahsulotlarini ishlab chiqarish zavodi ishga tushirildi. “korxona xodimlari bo’limini boshqarishni tashkil etish ” nomli ma’lumotlar bazasi mantiqiy modelini tuzib chiqdik va bu ma`lumotlar bazasini yaratish va boshqarish dasturini qo`llash juda kata qulayliklar yaratdi. Bu baza orqali “ Tijorat banki mijozlar ma’lumotlarida ” mijozlar haqida ma’lumotlarni tezroq , aniqroq topish,saqlash uzatish va qayta ishlash imkoniyatiga ega bo’ldik 1
2
I-Bob. NAZARIY QISM 1. 1 Ma’lumot bazasi tushunchasi Hozirgi kunda inson faoliyatida ma’lumotlar bazasi (MB) kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanishda juda muhim rol o‘ynamoqda. Sababi: jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o‘zimizga kerakli ma’lumotlarni olish uchun, albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo‘lamiz. Demak, MBni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasidir.Informatsion texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, ma’lumotlarning tez o‘zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma’lumotlarni o‘z vaqtida qayta ishlash choralarining yangi usullarini qidirib topishga undamoqda. Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun MBni yaratish, so‘ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo‘lib qolmokda. MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko‘rinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur tuzuvchilar ma’lumotlarini shunday tashkil qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala uchungina o‘rinli bo‘lardi. Har qanday axborot tizimining maqsadi real muhit ob’ektlari haqidagi ma’lumotlarga ishlov berishdan iborat. Keng ma’noda ma’lumotlar bazasi - bu qandaydir bir predmet sohasidagi real muhitning aniq ob’ektlari haqidagi ma’lumotlar to‘plamidir. Predmet sohasi deganda avtomatlashtirilgan boshqarishni tashkil qilish uchun o‘rganilayotgan real muhitning ma’lum bir qismi tushiniladi. Masalan, korxona, zavod, ilmiy tekshirish instituti, oliy o‘quv yurti va boshqalar. Shuni qayd qilish lozimki, MBni yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olmoq zarur: Birinchidan , ma’lumotlar turi, ko‘rinishi, ularni qo‘llaydigan programmalarga bog‘liq bo‘lmasligi lozim, ya’ni MBga yangi ma’lumotlarni kiritganda yoki ma’lumotlar turini o‘zgartirganda, programmalarni o‘zgartirish talab etilmasligi . Ikkinchidan , MBdagi kerakli ma’lumotni bilish yoki izlash uchun biror programma Bundan buyon axborot so‘zini ma’lumot so‘zidan farqlaymiz, ya’ni axborot so‘zini umumiy tushuncha sifatida qabul qilib, ma’lumot deganda 3
aniq bir belgilangan narsa yoki hodisa sifatlarini nazarda tutamiz. Ma’lumotlar bazasini yaratishda, foydalanuvchi axborotlarni turli belgilar bo‘yicha tartiblashga va ixtiyoriy belgilar birikmasi bilan tanlanmani tez olishga intiladi. Buni faqat ma’lumotlar tizilmalashtirilgan holda bajarish mumkin. T i z i l m a l a sh t i r i sh – bu ma’lumotlarni tasvirlash usullari haqidagi kelishuvni kiritishdir. Agar ma’lumotlarni tasvirlash usuli haqida kelishuv bo‘lmasa, u holda ular tizilmalashtirilmagan deyiladi. Tizilmalashtirilmagan ma’lumotlarga misol sifatida matn fayliga yozilgan ma’lumotlarni ko‘rsatish mumkin. Ma’lumotlar bazasidan foydalanuvchilar turli amaliy dasturlar, dasturiy vositalari, predmet sohasidagi mutaxassislar bo‘lishi mumkin. Ma’lumotlar bazasining zamonaviy texnologiyasida ma’lumotlar bazasini yaratish, uni dolzarb holatda yuritishni va foydalanuvchilarga undan axborot olishini ta’minlovchi maxsus dasturiy vosita, ya’ni ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi yordami bilan markazlashtirilgan holda amalga oshirishni nazarda tutadi. Ma’lumotlar bazasi – EHM xotirasiga yozilgan ma’lum bir strukturaga ega, o‘zaro bog‘langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasi bo‘lib, u biror bir ob’ektning xususiyatini, holatini yoki ob’ektlar o‘rtasidagi munosabatni ma’lum ma’noda ifodalaydi. MB foydalanuvchiga strukturalashtirilgan ma’lumotlarni saqlash va ishlatishda optimal qulaylikni yaratib beradi. Ma’lumki ma’lumotlarni kiritish va ularni qayta ishlash jarayoni katta hajmdagi ish bo‘lib ko‘p mehnat va vaqt talab qiladi. MB bilan ishlashda undagi ma’lumotlarning aniq bir strukturagi ega bo‘lishi, birinchidan foydalanuvchiga ma’lumotlarni kiritish va qayta ishlash jarayonida undagi ma’lumotlarni tartiblashtirish, ikkinchidan kerakli ma’lumotlarni izlash va tez ajratib olish kabi qulayliklarni tug‘diradi. MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko‘rinishlarda foydalanish juda qiyin edi. Bugungi kunda turli ko‘rinishdagi ma’lumotlardan zamonaviy kompyuterlarda birgalikda foydalanish va ularni qayta ishlash masalasi hal qilindi. Bunda programma tuzgan foydalanuvchi MBBT uchun yozgan programmasiga javob beradi, sistemali programma tuzuvchi esa butun sistemaning ishlashi uchun 4