“Maktab” MB loyihalash mavzusida
“Maktab” MB loyihalash mavzusida Kirish Hozirgi kunda inson faoliyatida ma’lumotlar bazasi (MB) kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanishda juda muhim rol o‘ynamoqda. Sababi: jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o‘zimizga kerakli ma’lumotlarni olish uchun, albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo‘lamiz. Demak, MBni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasidir. Informatsion texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, ma’lumotlarning tez o‘zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma’lumotlarni o‘z vaqtida qayta ishlash choralarining yangi usullarini qidirib topishga undamoqda. Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun MBni yaratish, so‘ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo‘lib qolmokda. Moliya, ishlab chiqarish, savdo-sotiq va boshqa korxonalar ishlarini ma’lumotlar bazasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ma’lumki, MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko‘rinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur tuzuvchilar ma’lumotlarini shunday tashkil qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala uchungina o‘rinli bo‘lardi. Har bir yangi masalani hal qilishda ma’lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi. Har qanday axborot tizimining maqsadi real muhit ob’ektlari haqidagi ma’lumotlarga ishlov berishdan iborat. Keng ma’noda ma’lumotlar bazasi - bu qandaydir bir predmet sohasidagi real muhitning aniq ob’ektlari haqidagi ma’lumotlar to‘plamidir. Predmet sohasi deganda avtomatlashtirilgan boshqarishni tashkil qilish uchun o‘rganilayotgan real muhitning ma’lum bir qismi tushiniladi. Masalan, korxona, zavod, ilmiy tekshirish instituti, oliy o‘quv yurti va boshqalar. Shuni qayd qilish lozimki, MB ni yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olmoq zarur:
Birinchidan, ma’lumotlar turi, ko‘rinishi, ularni qo‘llaydigan programmalarga bog‘liq bo‘lmasligi lozim, ya’ni MB ga yangi ma’lumotlarni kiritganda yoki ma’lumotlar turini o‘zgartirganda, programmalarni o‘zgartirish talab etilmasligi lozim. Ikkinchidan, MBdagi kerakli ma’lumotni bilish yoki izlash uchun biror programma tuzishga hojat qolmasin. Shuning uchun ham MB ni tashkil etishda ma’lum qonun va qoidalarga amal qilish lozim. Bundan buyon axborot so‘zini ma’lumot so‘zidan farqlaymiz, ya’ni axborot so‘zini umumiy tushuncha sifatida qabul qilib, ma’lumot deganda aniq bir belgilangan narsa yoki hodisa sifatlarini nazarda tutamiz. Ma’lumotlar bazasini yaratishda, foydalanuvchi axborotlarni turli belgilar bo‘yicha tartiblashga va ixtiyoriy belgilar birikmasi bilan tanlanmani tez olishga intiladi. Buni faqat ma’lumotlar tizilmalashtirilgan holda bajarish mumkin. T i z i l m a l a sh t i r i sh – bu ma’lumotlarni tasvirlash usullari haqidagi kelishuvni kiritishdir. Agar ma’lumotlarni tasvirlash usuli haqida kelishuv bo‘lmasa, u holda ular tizilmalashtirilmagan deyiladi. Tizilmalashtirilmagan ma’lumotlarga misol sifatida matn fayliga yozilgan ma’lumotlarni ko‘rsatish mumkin. Ma’lumotlar bazasidan foydalanuvchilar turli amaliy dasturlar, dasturiy vositalari, predmet sohasidagi mutaxassislar bo‘lishi mumkin. Ma’lumotlar bazasining zamonaviy texnologiyasida ma’lumotlar bazasini yaratish, uni dolzarb holatda yuritishni va foydalanuvchilarga undan axborot olishini ta’minlovchi maxsus dasturiy vosita, ya’ni ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi yordami bilan markazlashtirilgan holda amalga oshirishni nazarda tutadi. Ma’lumotlar bazasi – EHM xotirasiga yozilgan ma’lum bir strukturaga ega, o‘zaro bog‘langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasi bo‘lib, u biror bir ob’ektning xususiyatini, holatini yoki ob’ektlar o‘rtasidagi munosabatni ma’lum ma’noda ifodalaydi. MB foydalanuvchiga strukturalashtirilgan ma’lumotlarni
saqlash va ishlatishda optimal qulaylikni yaratib beradi. Ma’lumki ma’lumotlarni kiritish va ularni qayta ishlash jarayoni katta hajmdagi ish bo‘lib ko‘p mehnat va vaqt talab qiladi. MB bilan ishlashda undagi ma’lumotlarning aniq bir strukturagi ega bo‘lishi, birinchidan foydalanuvchiga ma’lumotlarni kiritish va qayta ishlash jarayonida undagi ma’lumotlarni tartiblashtirish, ikkinchidan kerakli ma’lumotlarni izlash va tez ajratib olish kabi qulayliklarni tug‘diradi. MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko‘rinishlarda foydalanish juda qiyin edi. Bugungi kunda turli ko‘rinishdagi ma’lumotlardan zamonaviy komp ь yuterlarda birgalikda foydalanish va ularni qayta ishlash masalasi hal qilindi. Komp ь yuterlarda saqlanadigan MB maxsus formatga ega bo‘lgan muayyan tuzilmali fayl bo‘lib, undagi ma’lumotlar o‘zaro bog‘langan va tartiblangandir. 1. Ma’lumot bazasi tushunchasi Ma'lumotlar ombori (ma'lumotlar bazasi) haqida Web saytga qandaydir ma'lumotlar kiritiladi, sayt qandaydir ma'luotlarni saqlaydi va qayta ishlaydi hamda so'rov asosida qandaydir ma'lumotlarni beradi. Web dasturchi shu ma'lumotlarni qayerda va qanday saqlash kerakligini o'ylab ko'rishi kerak bo'ladi. Men sizdan quyidagi savollarga javob olishni istardim: loyihangizda saqlanadigan ma'lumotlar ko'pmi?
Loyiha dasturi bu ma'lumotlarga tez-tez murojaat qiladimi? Bu ma'lumotlar tez-tez o'zgaradimi? Bu ma'lumotlarga bir vaqtning o'zida bir necha foydalanuvchi murojaat qilishi mumkinmi? Vaqt o'tishi bilan ma'lumotlar miqdori oshib yoki o'zgarib boradimi? Ma'lumotlarning yo'qolib qolishi siz uchn katta yoqotish bo'ladimi? Yuqoridagi savollarni hech bo'lmaganda bittasiga HA deb javob bersangiz, siz ma'lumotlaringizni ma'lumotlar omborida saqlashingizni tavsiya qilgan bo'lar edim. Ma'lumotlar ombori haqida nima deyishimiz mumkin? Ma'lumotlar omborida barcha ma'lumotlar bir-biriga bog'langan holda saqlanadi. Ma'lumotlar Omborini Boshqarish Tizimi (MOBT) bu omborga ma'lumotlarni yozadi, o'chiradi, o'zgartiradi va shunga o'xshash ishlarni amalga oshiradi. MOBT lari juda ko'p, biz ulardan birini o'rganish va foydalanish uchun tanlab olishimiz kerak bo'ladi. Bu holatda mening fikrim mazkur kurs uchun asosiy o'rinni egallaydi. Men bu kurs uchun MySQL MOBTni tanlab oldim. Albatta nima uchun: Aksariyat Web serverlar MySQL ni ham qo'llaydi; MySQL ni o'rgnish juda oson; PHP MySQL bilan oson muloqot qila oladi; MySQL kiliyent/server texnologiyasini qo'llaydi; MySQL hozirda Web muhitdagi eng ommaviy MOBT laridan biri; MySQL ni Internetdan osongina yuklab olish va foydalanish mumkin; MySQL Web muhitda ham juda tez ishlaydi. Nega men MySQL ni tanlaganimni Web sayt yaratganingizda to'laroq tushinib olasiz degan umiddaman. MySQL ni sistemangizga o'rnatib olish haqida gapirib o'tirmayman, agar siz DENWERni o'rnatsangiz MySQL ham birga o'rnatiladi. Ma’lumotlar bazasi – tegishli ma’lumotlar to’plamini o’z ichiga olgan umumiy, birlashgan kompyuter tuzilmasi[6].
Axborot tizimining turiga va masalaning qo’yilishiga qarab, bu ma’lumotlar bir yoki ikki mavzudagi bir necha megabaytdan biznesning ichki va tashqi muhitidagi yuzlab mavzularni qamrab oladigan terabaytgacha o’zgarishi mumkin. Ma’lumotlar bazalari, kompyuterlarga asoslangan tizimlarga ma’lumotlarni tezda saqlash, boshqarish va olish imkonini beradigan ixtisoslashgan tuzilmalardir. Ma’lumotlar bazasi tushunchasi maydon, yozuv, fayl atamalari bilan bog’liq. Maydon – bu saqlanadigan ma’lumotlarning eng kichik birligi. Tipik ma’lumotlar bazasida bir qancha tiplarning yoki saqlanadigan maydonlarning har birini tavsiflovchi ko’plab nusxalari (occurrence yoki instance) mavjud. Masalan, OTMlar haqida ma’lumot mavjud bo’lgan ma’lumotlar bazasida "OTM raqami" nomi bilan saqlanadigan maydon turini o’z ichiga olishi mumkin va ma’lumotlar bazasida tavsiflangan OTMlarning har bir turi uchun (fakultetlar, yo’nalishlar, guruhlar, talabalar va boshqalar) ushbu saqlanadigan maydonning alohida nusxasi mavjud bo’ladi. Yozuv – bu tegishli saqlanadigan maydonlar to’plamidir. Bunday holda, saqlangan yozuvning nusxasi saqlanadigan maydonlarning tegishli nusxalari guruhidan iborat. Fayl - bu bir xil turdagi saqlangan yozuvlarning barcha mavjud nusxalari to’plami. Oddiylik uchun har qanday berilgan fayl faqat bitta turdagi saqlanadigan yozuvlarni o’z ichiga olishi mumkin deb qabul qilinadi. Ushbu soddalashtirish keyingi mulohazalarga jiddiy ta’sir ko’rsatmaydi. Ma’lumotlar bazasini loyihalash uchun axborot va ma’lumotlar o’rtasidagi farqni tushunib olish kerak. Axborot - bu ma’lumotlarning ma’nosini ochib berish uchun qayta ishlash natijasidir. Axborotdan qaror qabul qilish uchun asos sifatida foydalanish mumkin. Masalan, OTM professor-o’qituvchilari haqidagi ma’lumotlarning qisqacha tavsifi attestatsiya organlariga OTM uchun attestatsiyani o’tkazish yoki o’tkazmaslikni belgilashda foydali bo’lgan tushunchalarni beradi.