logo

Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalari, terrorizm, giyohvandlik

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

37.93359375 KB
Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalari, terrorizm, giyohvandlik va odam
savdosiga qarshi kurashda O‘zbekiston Respublikasining faolligi.
Reja:
 Markaziy osiyoda xavsizlik 
 Markaziy osiyoda terrorizm 
 Odam savdosiga qarshi kurashish
 Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalari
  O‘zbekiston 1992-yil fevral oyida dunyoda tinchlikni mustahkamlash, inson
huquqlarini   himoya   qilish   bo‘yicha   katta   tadbirlarni   amalga   oshirayotgan   nufuzli
xalqaro   tashkilot   Yevropada   Xavfsizlik   va   Hamkorlik   Tashkilotiga   (YXHT)   a’zo
bo‘lib   kirdi.   I.   Karimovning   1992-yil   9-10-iyulda   bo‘lib   o‘tgan   Yevropada
Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining majlisida ishtirok etishi, nutq so‘zlashi va
uning   10-iyulda   bo‘lgan   majlisiga   raislik   qilishi   O‘zbekistonning   jahon
hamjamiyatiga muvaffaqiyatli kirib borayotganligini ko‘rsatadi. 
O‘zbekistonning   xalqaro   miqyosda   tinchliksevar   siyosat   o‘tkazishi   uchun
keng   imkoniyatlar   vujudga   keldi.   1993-yil   sentabrda   bo‘lib   o‘tgan   Birlashgan
Millatlar   Tashkilotining   48-sessiyasida   O‘zbekiston   Birinchi   Prezidenti   I.
Karimovning ishtiroki va unda qilgan ma’ruzasi O‘zbekistonni jahonga ko‘hna va
navqiron   davlat   sifatida   tanitdi.   O‘zbekiston   jahondagi   105   mamlakatni
birlashtiruvchi   qo‘shilmaslik   harakatiga   qabul   qilindi.   Bo‘lg‘usi   jahon
Parlamentining   timsoli   bo‘lmish   Parlamentlararo   Ittifoqqa   kirdi.   Mamlakatimiz
Parlamentlararo Ittifoqning 93- va 94-konfe-rensiyalarida hamda YXHT Parlament
Assambleyasining   har   yili   o‘tkaziladigan   sessiyasida   muntazam   qatnashmoqda.
Oliy   Majlis   Raisi   YXHT   Parlament   Assambleyasining   Vitse-prezidenti   etib
saylandi.  Ana shu va boshqa xalqaro anjumanlarda O‘zbekiston vakillari
ma’ruza   va   axborotlar   bilan   chiqdilar,   qator   takliflarni   o‘rtaga   tashladilar.   SHu
tariqa   respublika   Parlamenti   a’zolarining   ovozi   xalqaro   maydonda   baralla
yangramoqda.   Davlatimizning   obro‘-e’tibori   mustahkamlanib,   xalqaro   miqyosda
tobora   ko‘proq   e’tirof   etilmoqda.   Mustaqillikning   ilk   damlaridayoq   Oliy   Majlis
Raisi E.X. Xalilovning Avstriya, Germaniya, Ispaniya, SHveysariya, Belgiya, Bol-
gariya, Pokiston, Turkiya, Janubiy Koreya va boshqa bir qancha mamlakatlarning
davlat   boshliqlari,   parlament   va   vakolatxonalar   boshliqlari   bilan   uchrashuvlari
bo‘lib o‘tdi. 
Oliy   Majlisda   o‘n   uchta   parlament   delegatsiyasi,   shu   jumladan   GFR,
Yaponiya,   Quvayt,   Litva,   Latviya,   Pokiston,   Bolgariya   va   Turkiya
mamlakatlarining   parlament   delegatsiyalari,   SHveysariya,   Xitoy,   GFR   va
Litvaning   rasmiy   hukumat   delegatsiyalari,   turli   xalqaro   tashkilotlarning   o‘n   uch nafar   vakili,   xorijiy   davlatlarning   O‘zbekistondagi   elchilari   va   elchixo-nalari
hamda   vakolatxonalari   xodimlaridan   28   kishi,   shu   jumladan,   Fransiya,   GFR,
Janubiy Koreya, AQSH, Rossiya, Pokiston, Turkiya, Buyuk Britaniya, SHvetsiya,
Hindiston   namoyandalari   qabul   qilin-di.   O‘z   navbatida   O‘zbekiston   parlamenti
a’zolarining   delegatsiyalari   bir   qancha   davlatlarda,   shu   jumladan,   AQSH,   GFR,
Turkiya   kabi   mamlakatlarda   bo‘lishdi.   O‘zbekiston   Respublikasi   bir   qator
ixtisoslashgan   nufuzli   xalqaro   iqtisodiy,   ilmiy-texnika   va   madaniy   tashkilotlar   -
Jahon   iqtisodiy   hamkorlik   tashkiloti,   Jahon   Banki,   Xalqaro   valuta   jamg‘armasi,
Yevropada   tiklanish   va   taraqqiyot   banki,   Xalqaro   mehnat   tashkiloti,   Xalqaro
pochta   ittifoqi,   Jahon   sog‘liqni   saqlash   tashkiloti,   Xalqaro   Olimpiya   Qo‘mitasi,
Osiyo va Tinch okean havzasi bo‘yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiya, Markaziy
Osiyo   mamlakatlari   iqtisodiy   hamkorlik   tashkiloti,   Bojxonalar   hamkorligi
Kengashi,   BMTning   ta’lim,   fan  va   madaniyat   bo‘yicha   Qo‘mitasi   (UNESKO)   va
boshqa tashkilotlar a’zosidir. 1995-yil 15-16-sentabrda Toshkentda Markaziy 
Osiyo   Xavfsizlik   va   Hamkorlik   masalalariga   bag‘ishlangan   seminar
Kengashi   bo‘ldi.   Bu   Kengashda   ishtirok   etish   uchun   31   mamlakat,   6   Xalqaro
Tashkilotlar   vakillari   qatnashdilar.   Mintaqa   xavfsizligi   va   mojarolar-ning   oldini
olish   masalalari   ko‘rib   chiqildi.   1995-yil   oktabrda   nishonlangan   Birlashgan
Millatlar   Tashkilotining   50   yilligi   va   uning   yubiley   sessiyasi   O‘zbekistonning
xalqaro   siyosat   borasidagi   yangidan   yangi   imkoniyatlarini   ko‘rsatishga   sharoit
yaratdi.   Birinchi   Prezident   I.   Karimovning   ana   shu   mo‘tabar   minbardan   turib
so‘zlagan   nihoyatda   qisqa   va   lo‘nda   nutqi   jahon   hamjamiyatining   tamoyilga
aylangan qarashlarini o‘zgartirishga, xalqaro tashkilotlar faoliyatini yangicha shakl
va   mazmun   bilan   boyitishga   o‘ziga   xos   ta’sir   ko‘rsatdi.   Jumladan,   u
mamlakatlararo, mintaqalararo va qit’alararo munosabatlarni  chuqurlashtirish, har
bir   mintaqada   vujudga   kelayotgan   ijtimoiy-siyosiy   jarayonlarning   borishidan
oldin-dan   ogoh   bo‘lish,   ularni   o‘z   vaqtida   o‘rganish   va   zarur   xulosalarga   kelish,
shu asosda umumbashariy muammolarni chigallashtirmasdan hal etish masalalarini
ko‘tardi.  I.A.   Karimov   asosli   va   ahamiyati   jihatidan   dolzarb   nutqi   zamin   va
zamon   taqdiriga,   olam-u   odamlar   tashvishiga   daxldor   bo‘lgan   har   bir   siyosiy arbob,   har   bir   davlat   rahbari   va   ayniqsa,   xalqaro   tashkilot-larning   mas’uliyatini
oshirish,   ularni   hushyorlikka   chaqirish,   olamga   sergakroq   va   tiyrakroq   qarash
zarurligiga diqqatni qaratadi. Darhaqiqat, XXI asr har bir davlat rahbarining faqat
o‘z   mamlakati   va   xalqi   doirasida   o‘ylashi   kabi   hodisalarni   unchalik   ham   xush
ko‘rmaydi.   Yangi   yuz   yillik   o‘z   tabiati   va   ehtiyojiga   ko‘ra   endi   tor   «mahalliy»
doiralardan   keng   dunyoviy   may   donga   chiqishni,   mamlakatning   kundalik
tashvishlariga o‘ralashib qolmasdan, olam minbarlaridan turib dunyo kengliklariga
nazar   tashlashni   va   shu   asosda   umumbashariy   muammolar   hamda   xalqaro
masalalarni   hal   etishning   umuminsoniy   va   Yer   kurrasining   istiqboliga   daxldor
bo‘lgan   keng   miqyosli   fikrlash   tarzini   taqozo   etadi.   Bularning   bari   yangi
dunyoning   va   yangi   yuz   yillikning   jahon   siyosatiga   olib   kirayotgan   g‘oyat
insonparvar,   hayotiy   va   ezgulikka   tayangan,   dunyo   siyosatining   yangi   madaniyat
darajasini   belgilaydigan   omillardir.   Birinchi   Prezident   Islom   Karimov   dunyoviy
jarayonlarni doimiy ravishda kuzatadi. Olis istiqbolga katta umid va ishonch bilan
qaraydi. Ayni paytda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar borishini, ularning
kelib chiqish manbalarini ancha oldindan kuzatadi va ularning na-tijalarini, salbiy
yo ijobiy xulosalarini ko‘plardan oldinroq ilg‘aydi, oldinroq qarorga keladi. 
Bularning   bari   uning   keng   qamrovli   tafak-kur   egasi   ekanligini,   voqealarga
donishmandlik bilan yondashishini  yaqqolroq ko‘rsatadi.  O‘zbekiston  rahbarining
Birlashgan   Millatlar   Tashkiloti   Bosh   Assambleyasining   50-sessiyasida   ko‘targan
dolzarb masalalari butun jahon siyosatdonlari va ulkan davlat arboblarini jiddiyroq
o‘ylashga, masalalar mohiyatini ancha chuqurroq anglashga, yangi asr osto-nasida
turib, yuz yilliklar ortini yorqinroq va ravshan roq ko‘rishga da’vat etayotgani bejiz
emas. Birinchi Prezident I. Karimov bu ulkan minbardan turib, birinchidan, davlat
arboblari   va   siyosatdonlar   diqqatini   milliy   xavfsizlik   masalasini   hozirgi   zamon
talab   va   ehtiyojlari   nuq-tayi   nazardan   qaytadan   ko‘rib   chiqishga   qaratdi.   CHunki
hozirgacha   Xavfsizlik   Kengashiga   doimiy   a’zo   bo‘lgan   besh   davlat   Birlashgan
Millatlar   Tashkiloti   a’zoligiga   kirgan   187   davlat   tashvishlarini,   ularning
muammolari   va   taqdirini   hal   etishga   qodir   emasligini,   keng   dunyoning   bir-biriga
o‘xchamagan, bir-birini takrorlamaydigan va hatto bir-biriga zid muammolarining barchasini   qamrab   olishga   kuchi   yetmasligini,   bu   keng   miqyosli   ishga   qodir
emasligini ko‘rsatib berdi.   SHuning   uchun
ham   Xavfsizlik   Kengashi   doimiy   a’zolari   doirasini,   ularning   faoliyat   maydonini
kengaytirish   va   mazmunini   chuqurlashtirish   zarur   ekanligiga   hamjamiyat
a’zolarining   e’tiborini   qaratmoqda.   Ana   shu   kengash   a’zoligiga   Yaponiya   va
Germaniya   mamlakatlarini   ham   qo‘shish   zarurligini   aytdi   va   ularning   nomzodini
ko‘rsatdi.   Birinchi   Prezident   I.   Karimov   ko‘targan   ikkinchi   masala   Birlashgan
Millatlar   Tashkiloti   Bosh   kotibi   vakolatlarini   kengaytirish,   uning   jahon
mamlakatlari   taraqqiyotiga   qo‘shadigan   hissasidan   kelib   chiqib,   o‘z   maqomini
kuchaytirish masalasidir. Bosh kotibga ko‘proq imkoniyat berilsa, uning dunyoviy
muammolarga   ko‘proq   aralashib,   samarali   ishlashiga   sharoit   yaratiladi.
Masalalarni   hal   etishda   xalqaro   tashkilotlar   mavqeyini   kuchaytirish   mamlakatlar
o‘rtasida   paydo   bo‘ladigan   ayrim   kelishmovchiliklarga   Bosh   kotib   ta’sirini
kuchaytirish,   ularni   umuminsoniy   va   umumjahon   manfaatlari   tomonga   burib
yuborishdagi rolini oshiradi. Oila boshlig‘i qanchalik katta imkoniyatga ega bo‘lsa,
moddiy   va   ma’naviy   jihatdan   mustahkam   bo‘lsa,   siyosiy   va   huquqiy   jihatdan
vakolatlari   keng   bo‘lsa,   oilada   barqarorliq   tinchliq   farovonlik   ta’minlanishi
shubhasiz. Yagona zamin, yagona makon hammamiz uchun najot maydoni. Uning
qaysidir burchagida tutun burqsishi yoki qon to‘kilishi boshqa biron-bir burchagida
tinchlikni   kafolatlay   olmasligini   chuqurroq   anglagan   va   hammadan   oldinroq
sezgan   Birinchi   Prezident   I.   Karimov   Birlashgan   Millatlar   Tashkiloti   Bosh
kotibiga-ulkan   dunyoviy   oila   boshlig‘iga   ana   shunday   keng   imkoniyat   berish
masalasini   ko‘ndalang   qo‘ydi.   Uchinchidan,   Birlashgan   Millatlar   Tashkiloti   olti
milliarddan ortiq aholining butun tashvishini nazoratga olishi ancha murakkab ish.
Bu   osonlik   bilan   ko‘chmaydi.   Buning   uchun   qator   mamlakatlararo   va
mintaqalararo   faoliyat   ko‘rsatayotgan   xalqaro   tashkilotlar   maqomini   biroz
o‘zgartirib, uni Birlashgan Millatlar Tashkiloti doi-rasiga kiritish zarur. 
Ana   shunda
Birlashgan Millatlar Tashkilotining umumiy faoliyat maydoni yanada kengayadi, u
shug‘ullanadigan   masalalar   konkretlachadi.   Joylarda   unga   bo‘ysunuvchi   xalqaro tash-kilotlarning   mintaqaviy   muammolar   va   mamlakatlararo   munosabatlarda   yuz
berayotgan muammolarni o‘z vaqtida hal etish imkoniyati tug‘iladi. BMTning turli
mintaqalardagi,   jumladan,   Markaziy   Osiyo-dagi   vakolatxonalari   imkoniyatlarini
kengaytirish ularning maqomini oshirish zarurati haqida gapirar ekan, Prezident I.
Karimov   «Birlashgan   Millatlar   Tashkiloti   qaerda?   Amerikada,   Nyu-Yorkda
joylashgan.   O‘zbekiston   qaerda?   Markaziy   Osiyoda!   SHuning   uchun   bu   yerdagi
tashkilotning   tarkibi,   albatta,   kengroq   bo‘lishi   kerak.   Unga   hali   ko‘proq   huquq
berish va iqtisodiy nuqtayi na-zardan imkoniyatlarini kengaytirish kegak» - deydi,
O‘zbekiston   televideniesi   muxbiri   savollariga   javob   bera   turib.   Ayni   paytda   turli
mintaqalarda,   turli   doiralarda   faoliyat   ko‘rsatayotgan   xalqaro   tashkilotlar   ancha-
muncha.   Jumladan,   Yevropada   Xavfsizlik   va   Hamkorlik   Tashkiloti,   arab
davlatlarida   Islom   Tashkiloti,   Janubiy-SHarqiy   Osiyoda   Tinch   okeani   mintaqasi
davlatlarining Kengashi faoliyat ko‘rsatmoqda.
 Yana bir qancha iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik
va   huquqiy   doirada   ish   olib   borayotgan   xalqaro   tashkilotlar   mavjudki,   ana
shularning   hammasini   birlashtirib,   Birlashgan   Millatlar   Tashkiloti   doirasiga
kiritish,   xalqaro   tashkilotlar   yagona   tizimini   vujudga   keltirish   XXI   asr   taqdirini
belgilaydigan   muhim   omil   ekanligini   ko‘rsatib   berdi.   Hozirgi   davrda
O‘zbekistonning   SHanxay   Hamkorlik   Tashkiloti-dagi   ishtiroki   alohida   ahamiyat
kasb etadi.  Ushbu
tashkilot (1996-y. SHanxay da chegara hududlarida harbiy sohada o‘zaro ishonchni
mustahkamlash choratadbirlari to‘g‘risida imzolangan Bitim doirasida) Xitoy bilan
qo‘shni   davlatlar   o‘rtasida   chegaralarga   doir   masalalarni   hal   etishga   qaratilgan
norasmiy   forum   sifatida   tashkil   etilgan   yedi.   SHHT   -   submintaqaviy   xalqaro
tashkilotga   oltita   davlat   -Qozog‘iston,   Xitoy,   Qirg‘iziston,   Rossiya,   Tojikiston   va
O‘zbekiston a’zo bo‘lgan. SHHT tarkibiga kiradigan davlatlarning umumiy hududi
Yevroosiyo hududining 61 foizini, umumiy demografik (nu-rusiy) jihatdan dunyo
aholisining to‘rtdan bir qismini tashkil etadi, iqtisodiy salohiyati nuqtayi nazaridan
AQSHdan keyingi eng qudratli - Xitoy iqtisodiyotini qamrab oladi. Rasmiy tillari -
rus va xitoy tili.   Qarorgohi   Pekinda   joylashgan.   SHHTga a’zo   davlatlar   hududining   umumiy   maydoni   30   mln.   kv.   km.   yoki   Yevroosiyo
qit’asi maydonining beshdan uch qismini tashkil etadi. Ushbu davlatlar aholisining
soni   -   1,455   milliard   kishi   yoki   dunyo   aholisining   taxminan   to‘rtdan   bir   qismini
tashkil etadi. SHHT tashkil etilishi tarixan umumiy chegaralarda qurolli kuchlar va
qurolaslahalarni qisqartirish to‘g‘risida bitim qabul qilingan Moskva sammiti bilan
uzviy bog‘liqdir. 1998-yildan Markaziy Osiyo mintaqasi, mintaqaviy xavfsizlik va
ko‘ptomonlama   hamkorlik   masalalari   «SHanxay   beshligi»ning   diqqat   markaziga
aylana boshladi.  Terrorizm,   separatizmga   qarshi   kurashish,   mintaqa
doirasida   iqtisodiy   va   gumanitar   hamkorlikni   rivojlantirish   «SHanxay
beshligi»ning   asosiy   maqsadlari   sifatida   e’lon   qilinadi.   Islom   Karimov   ishtirok
etib, XXR Raisi Szyan Szemin bilan uchrashgan edi. Uchrashuv natijalariga ko‘ra,
«Duchanbe dekloratsiyasi»  qabul  qilindi. Bu hujjatning ahamiyati  shundaki, unda
taraflar   xalqaro   terrorizm,   diniy   ekstremizm,   qurol-yarog‘   va   giyohvand
moddalarning   noqonuniy   savdosiga   qarshi   birgalikda   kurashish,   uzoq   yillarga
mo‘ljallangan   hamkorlik   dasturini   ishlab   chiqish   hamda   bu   borada   tegishli
kelishuvlar   tuzishga   kelishib   olish   bilan   birgalikda,   O‘zbekiston   Respublikasi
Prezidentining   Markaziy   Osiyoni   yadro   qurolidan   xoli   hududga   aylantirish
tashabbusi   qo‘   llab-quvvatlandi.   2001-yilning   iyun   oyida   bo‘lib   o‘tgan   sammitda
«SHanxay   beshligi»   unga   a’zo   bo‘lgan   davlat   -   O‘zbekiston   Respublikasi
ishtirokida SHanxay Hamkorlik tashkilotiga aylantirildi. 
O‘zbekistonning   ushbu   tashkilotga   a’zo   bo‘lib   kirishi
ma’qullangach, mamlakatimiz shakllantirilayotgan yangi tashkilotning maqomi va
ahamiyati,   maq-sad   hamda   vazifalarini   aniqlashtirish,   jumladan,   SHHT   hech
qachon   harbiy   yoki   harbiy-siyosiy   tashkilotga   aylantirilmasligiga   oid   takliflarni
ilgari   surdi. 2003-yilning mayida  SHHT   Mokvadagi  sammitida  davlat   bosh-liqlar
Kengashi,   hukumat   boshliqlari   Kengashi,   tashqi   ishlar   vazirlari   Kengashi,   Milliy
muvofiqlashtiruvchilar   Kengashi,   ministrlik   va   ido-ralar   rahbarlari   Yig‘ini,
Kotibiyat,   shuningdek   MATT   hamda   SHHT   kotibiyati   qoshidagi   a’zo
davlatlarning   doimiy   vakillari   haqidagi   tfizomlar   tasdiqlandi.   Davlat   boshliqlari
tomonidan   Mintaqaviy   antiterroristik   tuzilma   Ijroiya   qo‘mitasi   qarorgohini Bishkekdan   (Qirg‘iziston)   Toshkent   shahriga   ko‘chirish,   shuningdek   2004-yil   1-
yanvaridan   tashkilotning   doimiy   faoliyat   yurituvchi   organlari   -   SHHT
Kotibiyatining Pekin shahrida, MATT Ijroiya qo‘mitasining Toshkent shahrida ish
boshlashi haqida qaror qabul qilindi. 
SHHT   tashqi   ishlar   vazirlari   Kegashining   2003-yil   sentabrida   Toshkent
shahrida   bo‘lib   o‘tgan   yig‘ilishida   terrorizm,   separatizm   va   ekstremizmga   qarshi
kurashish   SHanxay   Konvensiyasi,   SHHT   Xartiyasi,   a’zo   davlatlar   o‘rtasidagi
MATT   to‘g‘risida   Bitimga   o‘zgartirish   kiritish   protokoli   imzolanib,   tegishli
kommyunike   qabul   qilindi.   SHHT   asosiy   maqsad   va   vazifalari   quyidagilardan
iborat:      a’zo   davlatlar   o‘rtasida   o‘zaro   ishonch,   do‘stlik   va   yaqin   qo‘shnichilik
aloqalarini   mustahkamlash;      mintaqada   tinchliq   xavfsizlik   va   barqarorlikni
saqlash   hamda   mustahkamlash,   yangi   demokratiq   adolatli   va   oqilona   siyosiy
hamda   iqtisodiy   xalqaro   tartibni   shakllantirishga   ko‘maklashish   maqsadida   turli
yo‘nalishlarda   hamkorlikni   rivojlantirish;      terrorizm,   separatizm   va
ekstremizmning   barcha   ko‘rinish-lariga   qarshi   birgalikda   kurash   olib   borish,
giyohvand   moddalar   va   qurol-yarog‘ning   noqonuniy   savdosi   hamda   transmilliy
jinoiy   fao-liyatning   boshqa   turlari,   jumladan,   noqonuniy   migratsiyaga   qarshi
kurashish;      siyosiy, savdo-iqtisodiy, mudofaa, huquq-tartibotni saqlash, ta-biatni
muhofaza   etish,   madaniy,   ilmiy-texnikaviy   ta’lim,   energetiq   transport,
moliyakredit   va   boshqa   sohalarda   samarali   mintaqaviy   hamkorlikni   qo‘llab-
quvvatlash;      a’zo   davlatlar   xalqlari   turmush   darajasi   va   sharoitlarini   uzluk-siz
yaxshilash   maqsadida   teng   sherikchilik   asosida   mintaqada   har   tomonlama   va
barqaror   iqtisodiy   o‘sish,   ijtimoiy   hamda   madaniy   taraqqiy   otga   ko‘maklashish;
jahon   iqtisodiyotiga   integratsiyalashuvda   yondashuvlarni   mu-vofiqlashtirish;   
a’zo   davlatlarning   xalqaro   majburiyatlari   hamda   milliy   qo-nunchiligiga   mos
ravishda   insonning   huquq   va   erkinliklarini   ta’minlashga   ko‘maklashish;     boshqa
davlatlar   va   xalqaro   tashkilotlar   bilan   munosabatlarni   yo‘lga   qo‘yish   va
rivojlantirish;      xalqaro   nizolarni   oldini   olish   hamda   ularni   tinch   yo‘l   bilan   hal
etilishida   o‘zaro   aloqalarni   mustahkamlash;     XXI   asrda   vujudga   keladigan
muammolarning yechimini birgalikda izlab topish.   SHHTga   a’zo   davlat   quyidagi   tamoyillarga   tayanadi:   
davlatlar   suvereniteti,   mustaqilligi,   hududiy   yaxlitligi,   davlat   chegaralarining
daxlsizligini   hurmat   qilish,  tajovuz  qilmasliq  ichki  ishlarga  aralashmasliq   xalqaro
munosabatlarda kuch ishlatish va kuch bilan tajovuz qilish, chegara hududlarda bir
tomonlama ustun-likdan voz kechish;    barcha a’zo davlatlarning teng huquqliligi,
har   birining   nuqtayi   nazarini   e’tirof   etish   va   hurmat   qilish   asosida   yagona
yondashuvlarni   izlash;      umumiy   manfaatlar   doirasida   birgalikdagi   xatti-
harakatlarni   bosqichmabosqich   amalga   oshirish;     a’zo   davlatlar   o‘rtasidagi
kelishmovchiliklarni   tinch   yo‘llar   bilan   hal   etish;     SHHT   boshqa   davlatlar   va
xalqaro   tashkilotga   qarshi   qaratil-magani;     Xartiya   hamda   SHHT   doirasida   qabul
qilingan   boshqa   hujjat-lardan   kelib   chiqadigan   majburiyatlarni   to‘liq   hamda
vijdonan baja-rilishi.  
SHHT   doirasidagi   hamkorlikning   asosiy   yo‘nalishlari   quyidagi-lardan
iborat:      mintaqada   tinchlikni   saqlash,   xavfsizlik   va   o‘zaro   ishonchni
mustahkamlash;      barcha   a’zo   davlatlar   umumiy   manfaatlari   mos   bo‘lgan   tashqi
siyosiy masalalar yuzasidan xalqaro tashkilot va xalqaro forumlarda yaxlit nuqtayi
nazarni izlab topish;      terrorizm, separatizm va ekstremizm, giyohvand moddalar
va   qurolyarog‘ning   noqonuniy   savdosi   hamda   transmilliy   jinoiy   faoli-yatning
boshqa   turlari,   jumladan,   noqonuniy   migratsiyaga   qarshi   bir-galikda   kurashish
choratadbirlarini   ishlab   chiqish   va   amalga   oshirish;      qurolsizlanish   va   qurol-
yarog‘   ustidan   nazorat   qilish   masalala-rida   sa’yharakatlarni   muvofiqlashtirish;   
mintaqaviy   iqtisodiy   hamkorlikning   turli   shakllarini   qo‘llab-quvvatlash   va
rag‘batlantirish,   mahsulot,   kapital,   xizmatlar   va   texnologiyalarning   erkin   harakat
qilishini   ta’minlaydigan   sav-do   hamda   investitsiyalar   uchun   qulay   shart-sharoit
yaratilishiga   ko‘maklashish;      transport   va   kommunikatsiya   sohasidagi
infratuzilmadan   samarali   foydalanish,   a’zo   davlatlar   tranzit   imkoniyatlarini
takomil-lashtirish, energetika tizimini rivojlantirish;     tabiatdan, xususan, mintaqa
suv   zaxiralaridan   oqilona   foydala-nishni   ta’minlash,   tabiatni   muhofaza   etish
borasida   maxsus   dastur   va   loyihalarni   birgalikda   amalga   oshirish;      tabiiy   va
texnogen   xarakterdagi   favqulodda   vaziyatlarni   oldini   olish   hamda   ularning oqibatlarini   bartaraf   etishda   o‘zaro   yordam   ko‘rsatish;      SHHT   doirasida
hamkorlikni   rvojlantirishga   xizmat   qiladigan   huquqiy   ma’lumotlar   bilan
almashish;      fan,   texnika,   ta’lim,   sog‘liqni   saqlash,   sport   va   turizm   sohala-rida
o‘zaro munosabatlarni  kengaytirish. SHHT a’zo davlatlar  o‘zaro kelishuv asosida
hamkorlik   sohalarini   kengaytirishi   mumkin.   O‘z   maqsad   hamda   vazifalarini
bajarish   uchun   SHHT   doirasida   davlat   rahbarlari   Kengashi,   hukumat   rahbarlari
(Bosh   vazirlar)   Kengashi,   Tashqi   ishlar   vazirlari   Kengashi,   vazirlik   va   (yoki)
idoralar rahbarlari Yig‘ilishi, Milliy muvofiqlashti-ruvchilar Kengashi, mintaqaviy
antiterroristik tuzilma (MATT), Kotibiyat faoliyat yuritadi. 
O‘zbekiston   xalqaro   terrorizm,   ekstremizm,   separatizm   va   nar-
kotrofikka   qarshi   kurash   SHHT   faoliyatini   ustuvor   yo‘nalishi   etib   belgilanganini
shakshubhasiz   qo‘llab-quvvatlaydi.   Mintaqaviy   antiterroristik   markaz   faoliyati
aynan xuddi shu masalalarning hal etili-shiga qaratilgan. Birinchi galda, nafrat va
terrorizm   g‘oyalarini   targ‘ib   etayotgan   turli   radikal   va   ekstremistik   markazlarga
qarshi   kurashish   zarur   ekani   ta’kidlandi.   SHHT   doirasida   iqtisodiy   hamkorlikni
kuchaytirish   haqida   to‘xtalib,   Prezident   Islom   Karimov   ushbu   masalani   hal
etishning   asosiy   yo‘li   sifatida   Markaziy   Osiyo   umumiy   bozorini   shakllantirish
zarurligiga   e’tibor   qaratadi.   Zero,   bu  masalaning   hal   etilishi   mintaqa   mamlaktlari
va   xalqlar   tub   manfaatlariga   mos   keladi.   Rossiya,   Xitoy   va   boshqa   davlatlarning
faol   sheriklik   ishtirokida   umumiy   bozorning   tashkil   etilishi   tor   milliy   doiradan
tashqarida   yagona   yondashuv   va   muvofiqlashtirilgan   qonuniy   me’yorlar   amal
qiladigan   mahsulot   va   xizmatlar,   mehnat   va   kapitallar   yirik   bozorini
shakllantirishga   imkon   beradi.   O‘zbekiston   Markaziy   Osiyo   hududidan   o‘tadigan
hamda   SHHT   a’zo   davlatlarning   Mustaqil   Davlatlar   Hamdo‘stligi   (MDH),
Yevropa Ittifoqi (YI), Janubiy va Janubi-SHarqiy Osiyo mamlakatlari bilan savdo-
iqtisodiy   aloqalarini   yo‘lga   qo‘yish   va   mustahkamlashga   xizmat   qiladigan   yirik
transportkommunikatsiya   loyihalari,   yo‘lak   va   marshrutlarni   amalga   oshirishga
qaratilgan   g‘oya   va   takliflarni   qo‘llab-quvvatlaydi.   Bundan   tashqari,   «SHanxay
Hamkorlik   tashkilotiga   a’zo   davlatlarning   terrorizm,   separatizm   va   ekstremizmga
qarshi 2007-2009-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik Dasturi» qabul qilingan. A’zo davlatlarning   «SHarq   -   antiterror   -2006»   terrorizmga   qarshi   birgalikdagi
mashg‘ulotlari,   terrorizmni   moliyalashtirish   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   giyohvand
moddalarning   noqonuniy   savdosiga   qarshi   simpoziumlar   o‘tkazib   kelinmoqda.
Hozirgi   vaqtda   SHHT   xalqaro   hamkorlikning   qudratli   instituti,   xavfsizlik   va
barqarorlikni ta’minlash, xalqaro terrorizm, separatizm va ekstremizm, giyohvand
moddalarni ishlab chiqarish va tarqatish kabi zamonaviy xavf-xatar va tahdidlarga
qarshi   kurashishning   chinakam   tayanchiga   aylanib   bormoqda.   Davlat   rahbarlari
kengashining   kengaytirilgan   tarkibdagi   majlisida   ko‘p   tomonlama   va   o‘zaro
manfaatli   hamkorlikni   yanada   rivojlantirish,   shuningdek   dolzarb   mintaqaviy   va
xalqaro   masalalar   ko‘rib   chiqildi.   Unda   SHHTga   a’zo   davlatlar   rahbarlari   bilan
birga,   kuzatuvchi   maqomidagi   mamlakatlar   delegatsiyalari   rahbarlari   -
Mo‘g‘uliston   Prezidenti   Saxiagiyn   Elbegdorj,   Pokiston   Islom   Respublikasi
Prezidenti   Osif   AH   Zardoriy,   Eron   Islom   Respublikasi   Tashqi   ishlar   vaziri
Manuchehr   Muttaqiy,   Hindiston   Respublikasi   Tashqi   ishlar   vaziri   Somanaxalli
Malayya   Krishna   hamda   sammit   mehmonlari   -   Afg‘oniston   Islom   Respublikasi
Prezidenti  Hamid  Karzay,  Turkmaniston Prezidenti  Gurbanguli  Berdimuhamedov
ishtirok etdi.   SHuningdek   majlisda
SHHT Bosh kotibi Muratbek Iman-aliev, SHHT MATT Ijrochi direktori Jenisbek
Jumanbekov, BMT Bosh kotibining o‘rinbosari Yan Kubish, MDH Ijroi qo‘mitasi
raisi   Sergey   Lebedev,   ODKB   Bosh   kotibi   Nikolay   Bordyuja,   YevrAzES   Bosh
kotibining   o‘rinbosari   Murat   Musataev,   ASEAN   Bosh   kotibining   o‘rinbosari
Sayakan Sisovong
Adabiyotlar
Rahbariy adabiyotlar:
1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib,
yangi bosqichga ko‘taramiz. T. 1. - Toshkent:  O‘zbekiston  ..  2017.
2. Mirziyoyev  Sh.M.  Buyuk  kelajagimizni   mard va  oliyjanob xalqimiz  bilan
birga quramiz. - Toshkent:  O‘zbekiston  .  2017.
3. Mirziyoyev   Sh.M.   Qonun   ustuvorligi   va   inson   manfaatlarini   ta’minlash   –
yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O‘zbekiston   Respublikasi Konstitutsiyasi   qabul   qilinganining   24   yiligiga   bag‘ishlangan   tantanali
marosimidagi ma’ruzasi. - Toshkent: O‘zbekiston  . 2017.
4. Mirziyoyev   Sh.M.   Erkin   va   farovon,   demokratik   O‘zbekiston       davlatini
birgalikda barpo etamiz. - Toshkent: O‘zbekiston  . 2017.
5. Karimov   I.A.   Inson   uning   huquq   va   erkinliklari   -   oliy   qadriyat.   T.   14.   -
Toshkent: O‘zbekiston  , 2006. 
6. Karimov   I.A.   Yuksak   ma’naviyat-yengilmas   kuch.   -Toshkent:   Ma’naviyat,
2008.
7. Karimov I.A. O‘zbekiston     mustaqillikka erishish ostonasida. – Toshkent:
O‘zbekiston  , 2011. 
8. Karimov   I.A.   Ona   yurtimiz   baxtu   iqboli   va   buyuk   kelajagi   yo‘lida   xizmat
qilish – eng oliy saodatdir. - Toshkent:  O‘zbekiston  .  2015.
Asosiy adabiyotlar
9.   Musta q il O‘zbekiston   tarixining dastlabki sa h ifalari. - Toshkent, 2000.
10.   E rkayev A. O‘zbekiston   yo‘li. - Toshkent: Ma’naviyat, 2011. 
11.   Mustaqillik:   Izohli   ilmiy-ommabop   lug‘at   //   M.Abdull y aev   va   boshqalar:
to‘ldirilgan uchinchi nashr. - Toshkent: Sharq, 2006. 
12.   2017-2021   yillarda   O‘zbekiston       Respublikasini   rivojlantirishning   beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. – Toshkent: Ma’naviyat,
2017.
13. Mustaqil   O‘zbekiston       tarixi.   Mas’ul   muharrir   A.Sabirov.   -   Toshkent:
Akademiya, 2013.
Qo‘shimcha adabiyotlar
         14. Azizxo‘jayev A.A. Mustaqillik: kurashlar, iztiroblar, quvonchlar. - 
Toshkent:  2001.
          15.  Azizxo‘jayev A.A. Chin O‘zbek ishi. - Toshkent, 2003. 
         16.  Axmedov E. O‘zbekiston   shaharlari mustaqillik yillarida. - Toshkent: Abu 
Ali ibn Sino nashriyoti, 2002.
17. Levitin   L.   O‘zbekiston       tub   burilish   pallasida.   -   Toshkent:   O‘zbekiston     ,
2005.
18. Usmonov   Q.   O‘zbekistonning   jahon   hamjamiyatiga   integratsiyalashuvi.   –
Toshkent: Moliya, 2003.
19. O‘zbekiston   mustaqillik yillarida. - Toshkent: O‘zbekiston  , 1996.
20. O‘zbekiston       tarixi.   R.H.Murtaza y evaning   umumiy   tahriri   ostida.   –
Toshkent, 2005.
21. O‘zbekiston       xalqining   dini,   madaniyati   va   urf-odatlari:   tarix   va   hozirgi
holat. - Toshkent: TIU, 2011.
22. O‘lmasov A., Vaxobov A. Iqtisodiyot nazariyasi. - Toshkent: Sharq, 2006. 
23. O‘zbekistonda  millatlararo munosabatlar va bag‘rikenglik: tarixiy tajriba va
hozirgi zamon. Mas’ul muharrir R.H.Murtazayeva. - Toshkent: Mumtoz so‘z,
2010. 24. O‘zbekiston       tarixi   (1917-1991   yillar).   2   tom.   Mas’ul   muharrirlar:
R.Abdullayev, Q.Rajabov, M.Rahimov. - Toshkent: O‘zbekiston  , 2019.  
25. Murtazayeva   R.H.   O‘zbekistonda     millatlararo   munosabatlar   va   tolerantlik.
Darslik. - Toshkent: Mumtoz so‘z, 2019.
26. Yunusova   X.   O‘zbekistonda     millatlararo   munosabatlar   va   ma’naviy
jarayonlar   (XX   asr   80-yillari   misolida).   -   Toshkent:   Abu   matbuot-konsalt,
2009.
27. Bobojonova D. O‘zbekistonda  ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar (70 80-yillar
misolida). Qo‘llanma. – Toshkent: Sharq, 1999.
28. Qoraqalpog‘iston tarixi (1917-1994 yy.). - Nukus, 1995.
29. G‘ulomov   S.,   Ubaydullayeva   R.,   Ahmedov   E.     O‘zbekiston     .   -Toshkent:
Mehnat, 2001.
Axborot manbalari :
1. www.ziyonet.uz    . 
2. www.edu.uz    . 
3. www.google.uz    . 
4. www.go    v   .uz    .

Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalari, terrorizm, giyohvandlik va odam savdosiga qarshi kurashda O‘zbekiston Respublikasining faolligi. Reja:  Markaziy osiyoda xavsizlik  Markaziy osiyoda terrorizm  Odam savdosiga qarshi kurashish  Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalari

O‘zbekiston 1992-yil fevral oyida dunyoda tinchlikni mustahkamlash, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha katta tadbirlarni amalga oshirayotgan nufuzli xalqaro tashkilot Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga (YXHT) a’zo bo‘lib kirdi. I. Karimovning 1992-yil 9-10-iyulda bo‘lib o‘tgan Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining majlisida ishtirok etishi, nutq so‘zlashi va uning 10-iyulda bo‘lgan majlisiga raislik qilishi O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga muvaffaqiyatli kirib borayotganligini ko‘rsatadi. O‘zbekistonning xalqaro miqyosda tinchliksevar siyosat o‘tkazishi uchun keng imkoniyatlar vujudga keldi. 1993-yil sentabrda bo‘lib o‘tgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining 48-sessiyasida O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I. Karimovning ishtiroki va unda qilgan ma’ruzasi O‘zbekistonni jahonga ko‘hna va navqiron davlat sifatida tanitdi. O‘zbekiston jahondagi 105 mamlakatni birlashtiruvchi qo‘shilmaslik harakatiga qabul qilindi. Bo‘lg‘usi jahon Parlamentining timsoli bo‘lmish Parlamentlararo Ittifoqqa kirdi. Mamlakatimiz Parlamentlararo Ittifoqning 93- va 94-konfe-rensiyalarida hamda YXHT Parlament Assambleyasining har yili o‘tkaziladigan sessiyasida muntazam qatnashmoqda. Oliy Majlis Raisi YXHT Parlament Assambleyasining Vitse-prezidenti etib saylandi. Ana shu va boshqa xalqaro anjumanlarda O‘zbekiston vakillari ma’ruza va axborotlar bilan chiqdilar, qator takliflarni o‘rtaga tashladilar. SHu tariqa respublika Parlamenti a’zolarining ovozi xalqaro maydonda baralla yangramoqda. Davlatimizning obro‘-e’tibori mustahkamlanib, xalqaro miqyosda tobora ko‘proq e’tirof etilmoqda. Mustaqillikning ilk damlaridayoq Oliy Majlis Raisi E.X. Xalilovning Avstriya, Germaniya, Ispaniya, SHveysariya, Belgiya, Bol- gariya, Pokiston, Turkiya, Janubiy Koreya va boshqa bir qancha mamlakatlarning davlat boshliqlari, parlament va vakolatxonalar boshliqlari bilan uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Oliy Majlisda o‘n uchta parlament delegatsiyasi, shu jumladan GFR, Yaponiya, Quvayt, Litva, Latviya, Pokiston, Bolgariya va Turkiya mamlakatlarining parlament delegatsiyalari, SHveysariya, Xitoy, GFR va Litvaning rasmiy hukumat delegatsiyalari, turli xalqaro tashkilotlarning o‘n uch

nafar vakili, xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi elchilari va elchixo-nalari hamda vakolatxonalari xodimlaridan 28 kishi, shu jumladan, Fransiya, GFR, Janubiy Koreya, AQSH, Rossiya, Pokiston, Turkiya, Buyuk Britaniya, SHvetsiya, Hindiston namoyandalari qabul qilin-di. O‘z navbatida O‘zbekiston parlamenti a’zolarining delegatsiyalari bir qancha davlatlarda, shu jumladan, AQSH, GFR, Turkiya kabi mamlakatlarda bo‘lishdi. O‘zbekiston Respublikasi bir qator ixtisoslashgan nufuzli xalqaro iqtisodiy, ilmiy-texnika va madaniy tashkilotlar - Jahon iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Jahon Banki, Xalqaro valuta jamg‘armasi, Yevropada tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro mehnat tashkiloti, Xalqaro pochta ittifoqi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi, Osiyo va Tinch okean havzasi bo‘yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiya, Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Bojxonalar hamkorligi Kengashi, BMTning ta’lim, fan va madaniyat bo‘yicha Qo‘mitasi (UNESKO) va boshqa tashkilotlar a’zosidir. 1995-yil 15-16-sentabrda Toshkentda Markaziy Osiyo Xavfsizlik va Hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan seminar Kengashi bo‘ldi. Bu Kengashda ishtirok etish uchun 31 mamlakat, 6 Xalqaro Tashkilotlar vakillari qatnashdilar. Mintaqa xavfsizligi va mojarolar-ning oldini olish masalalari ko‘rib chiqildi. 1995-yil oktabrda nishonlangan Birlashgan Millatlar Tashkilotining 50 yilligi va uning yubiley sessiyasi O‘zbekistonning xalqaro siyosat borasidagi yangidan yangi imkoniyatlarini ko‘rsatishga sharoit yaratdi. Birinchi Prezident I. Karimovning ana shu mo‘tabar minbardan turib so‘zlagan nihoyatda qisqa va lo‘nda nutqi jahon hamjamiyatining tamoyilga aylangan qarashlarini o‘zgartirishga, xalqaro tashkilotlar faoliyatini yangicha shakl va mazmun bilan boyitishga o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatdi. Jumladan, u mamlakatlararo, mintaqalararo va qit’alararo munosabatlarni chuqurlashtirish, har bir mintaqada vujudga kelayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning borishidan oldin-dan ogoh bo‘lish, ularni o‘z vaqtida o‘rganish va zarur xulosalarga kelish, shu asosda umumbashariy muammolarni chigallashtirmasdan hal etish masalalarini ko‘tardi. I.A. Karimov asosli va ahamiyati jihatidan dolzarb nutqi zamin va zamon taqdiriga, olam-u odamlar tashvishiga daxldor bo‘lgan har bir siyosiy

arbob, har bir davlat rahbari va ayniqsa, xalqaro tashkilot-larning mas’uliyatini oshirish, ularni hushyorlikka chaqirish, olamga sergakroq va tiyrakroq qarash zarurligiga diqqatni qaratadi. Darhaqiqat, XXI asr har bir davlat rahbarining faqat o‘z mamlakati va xalqi doirasida o‘ylashi kabi hodisalarni unchalik ham xush ko‘rmaydi. Yangi yuz yillik o‘z tabiati va ehtiyojiga ko‘ra endi tor «mahalliy» doiralardan keng dunyoviy may donga chiqishni, mamlakatning kundalik tashvishlariga o‘ralashib qolmasdan, olam minbarlaridan turib dunyo kengliklariga nazar tashlashni va shu asosda umumbashariy muammolar hamda xalqaro masalalarni hal etishning umuminsoniy va Yer kurrasining istiqboliga daxldor bo‘lgan keng miqyosli fikrlash tarzini taqozo etadi. Bularning bari yangi dunyoning va yangi yuz yillikning jahon siyosatiga olib kirayotgan g‘oyat insonparvar, hayotiy va ezgulikka tayangan, dunyo siyosatining yangi madaniyat darajasini belgilaydigan omillardir. Birinchi Prezident Islom Karimov dunyoviy jarayonlarni doimiy ravishda kuzatadi. Olis istiqbolga katta umid va ishonch bilan qaraydi. Ayni paytda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar borishini, ularning kelib chiqish manbalarini ancha oldindan kuzatadi va ularning na-tijalarini, salbiy yo ijobiy xulosalarini ko‘plardan oldinroq ilg‘aydi, oldinroq qarorga keladi. Bularning bari uning keng qamrovli tafak-kur egasi ekanligini, voqealarga donishmandlik bilan yondashishini yaqqolroq ko‘rsatadi. O‘zbekiston rahbarining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 50-sessiyasida ko‘targan dolzarb masalalari butun jahon siyosatdonlari va ulkan davlat arboblarini jiddiyroq o‘ylashga, masalalar mohiyatini ancha chuqurroq anglashga, yangi asr osto-nasida turib, yuz yilliklar ortini yorqinroq va ravshan roq ko‘rishga da’vat etayotgani bejiz emas. Birinchi Prezident I. Karimov bu ulkan minbardan turib, birinchidan, davlat arboblari va siyosatdonlar diqqatini milliy xavfsizlik masalasini hozirgi zamon talab va ehtiyojlari nuq-tayi nazardan qaytadan ko‘rib chiqishga qaratdi. CHunki hozirgacha Xavfsizlik Kengashiga doimiy a’zo bo‘lgan besh davlat Birlashgan Millatlar Tashkiloti a’zoligiga kirgan 187 davlat tashvishlarini, ularning muammolari va taqdirini hal etishga qodir emasligini, keng dunyoning bir-biriga o‘xchamagan, bir-birini takrorlamaydigan va hatto bir-biriga zid muammolarining

barchasini qamrab olishga kuchi yetmasligini, bu keng miqyosli ishga qodir emasligini ko‘rsatib berdi. SHuning uchun ham Xavfsizlik Kengashi doimiy a’zolari doirasini, ularning faoliyat maydonini kengaytirish va mazmunini chuqurlashtirish zarur ekanligiga hamjamiyat a’zolarining e’tiborini qaratmoqda. Ana shu kengash a’zoligiga Yaponiya va Germaniya mamlakatlarini ham qo‘shish zarurligini aytdi va ularning nomzodini ko‘rsatdi. Birinchi Prezident I. Karimov ko‘targan ikkinchi masala Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi vakolatlarini kengaytirish, uning jahon mamlakatlari taraqqiyotiga qo‘shadigan hissasidan kelib chiqib, o‘z maqomini kuchaytirish masalasidir. Bosh kotibga ko‘proq imkoniyat berilsa, uning dunyoviy muammolarga ko‘proq aralashib, samarali ishlashiga sharoit yaratiladi. Masalalarni hal etishda xalqaro tashkilotlar mavqeyini kuchaytirish mamlakatlar o‘rtasida paydo bo‘ladigan ayrim kelishmovchiliklarga Bosh kotib ta’sirini kuchaytirish, ularni umuminsoniy va umumjahon manfaatlari tomonga burib yuborishdagi rolini oshiradi. Oila boshlig‘i qanchalik katta imkoniyatga ega bo‘lsa, moddiy va ma’naviy jihatdan mustahkam bo‘lsa, siyosiy va huquqiy jihatdan vakolatlari keng bo‘lsa, oilada barqarorliq tinchliq farovonlik ta’minlanishi shubhasiz. Yagona zamin, yagona makon hammamiz uchun najot maydoni. Uning qaysidir burchagida tutun burqsishi yoki qon to‘kilishi boshqa biron-bir burchagida tinchlikni kafolatlay olmasligini chuqurroq anglagan va hammadan oldinroq sezgan Birinchi Prezident I. Karimov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga-ulkan dunyoviy oila boshlig‘iga ana shunday keng imkoniyat berish masalasini ko‘ndalang qo‘ydi. Uchinchidan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti olti milliarddan ortiq aholining butun tashvishini nazoratga olishi ancha murakkab ish. Bu osonlik bilan ko‘chmaydi. Buning uchun qator mamlakatlararo va mintaqalararo faoliyat ko‘rsatayotgan xalqaro tashkilotlar maqomini biroz o‘zgartirib, uni Birlashgan Millatlar Tashkiloti doi-rasiga kiritish zarur. Ana shunda Birlashgan Millatlar Tashkilotining umumiy faoliyat maydoni yanada kengayadi, u shug‘ullanadigan masalalar konkretlachadi. Joylarda unga bo‘ysunuvchi xalqaro