Yangi ming yillikda Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta`minlash muammolari
Yangi ming yillikda Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta`minlash muammolari MUNDARIJA. Kirish........................................................................................................................3 I BOB. Markaziy Osiyoda mustaqil davlatlar taraqqiyoti faoliyati. 1.1. Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik mummolari ………...........................7 1.2. Markaziy Osiyoda mustaqil davlatlar faoliyatidagi nomutanosibliklar............21 II BOB. Markaziy Osiyo davlatlar i faoliyatida yangi integratsion jarayonlar. 2.1. Markaziy Osiyoda O`zbekiston nufuzini ortib borishi va xavfsizlikning barqaror shartlari… ......................... ....................................................... .................. ....... ....30 2.2. Markaziy Osiyoda integratsion jarayonlarning mustaxkamlanishida O`zbekisto n peshqadamligi ............ ........................................................................................... 42 Xulosa ...................................................................................................... ........... 55 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati........................................................... ........... 58 1
Kirish Mavzuning dolzarbligi. Markaziy Osiyo o‘zining muhim geosiyosiy joylashuvi va mineral xom ashyo resurslarining o‘lkan zaxiralariga ega ekani tufayli kuchli e’tibor obyektiga hamda jahondagi eng yirik davlatlarning strategik manfaatlari to‘qnashadigan hududga aylanmoqda. Dunyodagi yirik davlatlarning Markaziy Osiyo hamda qo‘shni mintaqalardagi tabiiy resurslardan foydalanish va bu resurslarni tashish yo‘nalishlarini nazorat qilish uchun kurashi borgan sari jiddiy tus olmoqda. O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida o‘zining tabiiy-geografik, xarbiy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-intellektual salohiyatiga ega mamlakat. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil sentabr oyida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi”da ham Markaziy Osiyo mintaqasiga alohida e’tibor qaratilgan va “O‘zbekistonning hayotiy muhim manfaatlari shu mintaqa bilan bog‘liq” ekani belgilab qo‘yilgan. Konsepsiyada O‘zbekiston o‘z qo‘shnilariga nisbatan ochiq va yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va xayrixohlik prinsiplariga asoslangan siyosat olib borishi ta’kidlangan. O‘zbekiston mintaqadagi barcha dolzarb masalalarni o‘zaro manfaatdorlik, bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik prinsiplariga asoslangan holda, muzokaralar yo‘li bilan xalqaro huquq normalariga mos ravishda hal etish tarafdoridir. Markaziy Osiyo muammolari tashqi kuchlarning aralashuvisiz mintaqadagi davlatlarning o‘zlari tomondan yechilmog‘i zarur, deb uqtirilgan 1 . Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari o‘rtasida keyingi yillarda bir oz bo‘lsada o‘zaro hamkorlik faoliyatida yakdillikdagi ixtiloflarni mavjudligi, O‘zbekistonda 2016-yilning oxiri, 2017-yilning boshlaridan “Yaqin qo‘shnichilik” 1 Qarang: “O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi to‘g‘risida”gi Qonun. Oliy Majlis meyoriy hujjatlar to‘plami. 2012 yil sentabr. 2
aloqalarini kuchaytiriga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirala boshlashi mavzuning ilmiy-nazariy jihatlarini yanada mustahkam o‘rganishni taqozo etadi. Mamlakatimiz “tashqi siyosatni amalga oshirishda barcha davlatlar, birinchi navbatda, qo‘shni mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlar va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashni o‘zimizni birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz. Biz qo‘shnilarimiz bilan raqobat qilish emas, aksincha, hamkorlik qilish yo‘lini izchil davom ettiramiz. Hamkorlikni tinchlik va taraqqiyotning asosiy garovi deb bilamiz. Qo‘shnilarimiz bilan o‘zaro hurmat va manfaatli hamkorlikni qancha rivojlantirsak, bundan yurtimiz ham, butun mintaqamiz ham shuncha naf ko‘radi” 2 . Markaziy Osiyo xalqlari tarixi, mintaqa davlatlarining ijtimoiy taraqqiyot modellarining o‘ziga xos jihatlaridan g‘arazli geosiyosiy maksadlar yo‘lida foydalanishga urinishlarning namoyon bo‘lish shakllarini fosh etish, “Turkiston – umumiy uyimiz” g‘oyasining mazmuni va uning mintaqa xalklarini birlashtirishdagi o‘rni va ahamiyatini yoritish nuqtai nazaridan dolzar ahamiyatga ega. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari. Mazkur bitiruv malakaviy ishining maqsadi Markaziy Osiyoda O‘zbekiston maqeini mustahkamlash mintaqada sodir bo‘layotgan mafkuraviy jarayonlarni, xavfsizlikni oldini olishning ta’sirini ilmiy-falsafiy tahlil qilishdan iborat. Vazifalari : Birinchidan , Markaziy Osiyo mintaqasining mafkuraviy manzarasini, uning o‘ziga xosligi va rivojlanish dinamikasini o‘rganish; Ikkinchidan , Markaziy Osiyodagi davlatlar faoliyatidagi nomutanosibliklarning mintaqaga zidligi, yuzaga kelish sabablari, erishish mavjud bo‘lgan yutuqlarni ilmiy tahlil qilish; Uchinchidan , Markaziy Osiyoda O`zbekiston nufuzini ortib borishi va xavfsizlikning barqaror shartlari, jahon hamjamiyatidagi o‘rnini tadqiq etish; 2 Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. T. “O‘zbekiston”, 2017. – B.480. 3
To‘rtinchidan , Markaziy Osiyoda integratsion jarayonlarning mustaxkamlanishida O`zbekiston peshqadamligini, bugungi kunda erishilayotgan yutuqlarning ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini yoritishdan iborat. Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni erkinlashtirish va demokratiyalashtirish jarayonida xavfsizlikning fundamental nazariy asoslari, metodologik tamoyillari va amaliyotining gumanistik mohiyati O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti va Prezident Shavkat Mirziyoyevning asarlarida, ularni hayotga samarali va izchil tatbiq etish, muammolarga tanqidiy-tahliliy yondashuvga doir mulohazalar atroflicha yoritilgan 1 . Shuningdek, Markaziy Osiyoda xavfsizlikning milliy, hududiy va global muammolari Ibrohim Karimov, Sh.G‘oyibnazarov, J.Y.Yaxshilikov, N.E. Muhammadiyev, S.Otamurodov 3 va boshqa tadqiqotchilarning ishlarini e’tirof etish mumkin. Bitiruv malakaviy i sh i ning ilmiy yangiligi: Birinchidan , Markaziy Osiyo mintaqasining mafkuraviy manzarasini, uning o‘ziga xosligi va rivojlanish dinamikasini o‘rganilgan; Ikkinchidan , Markaziy Osiyodagi davlatlar faoliyatidagi nomutanosibliklarning mintaqaga zidligi, yuzaga kelish sabablari, erishish mavjud bo‘lgan yutuqlari ilmiy tahlil qilingan; Uchinchidan , Markaziy Osiyoda O`zbekiston nufuzini ortib borishi va xavfsizlikning barqaror shartlari, jahon hamjamiyatidagi o‘rnini tadqiq etilgan; To‘rtinchidan , Markaziy Osiyoda integratsion jarayonlarning mustaxkamlanishida O`zbekiston peshqadamligini, bugungi kunda erishilayotgan yutuqlarning ijtimoiy-iqtisodiy asoslari yoritilgan. Bitiruv malakaviy ishining – Markaziy Osiyoda xavfsizligini mustahkamlashning ijtimoiy-siyosiy tizimi. Bitiruv malakaviy ishining – Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta’minlashning ilmiy-amaliy masalalari. 1 1 Asarlar nomi dissertatsiyaning “Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati” qismida ko‘rsatilgan. 3 Asarlar nomi dissertatsiyaning “Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati” qismida ko‘rsatilgan. 4
Bitiruv malakaviy i sh i ning ilmiy va amaliy ahamiyati. Mazkur tadqiqotda bayon qilingan ilmiy-nazariy xulosalar va amaliy taklif- tavsiyalar, umuman yoshlarda geosiyosiy munosabatlarga doir fikr mulohazalarni to‘g‘ri anglashida, xususan ijtimoiy barqarorlik haqidagi bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishga xizmat qiladi. Bitiruv malakaviy ish materiallari va natijalaridan oliy o‘quv yurtlarida milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillari falsafa, sotsiologiya, pedagogika, oliy ta’lim boshqaruvi, psixologiya bo‘yicha maxsus kurslarni o‘qitishda foydalaniladi. Shuningdek, milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillari falsafa, oliy ta’lim pedagogikasi, psixologiya va sotsiologiya fanlari rivojida mavjud nazariy qoidalardan taklif etilayotgan matematik modul asosida umumlashtirish, amaliy tajribalarni tasniflash kabi maqsadida foydalanish mumkin. Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikkita bob, to‘rtta paragraf, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. 5