logo

Mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda O’zbekistonning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

385.5 KB
Mavzu:  Mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda O’zbekistonning xalqaro
tashkilotlar bilan hamkorligi
Bitiruv malaviy ishning tushuntirish qismi..... ...................................... ..... 3-7
1. Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik  muammolarining ijtimoiy-siyosiy 
xususiyatlari...........................................................................................................8-17
2. Mintaqaviy barqarorlikni ta’minlashda O’zbekistonning BMT bilan 
hamkorligi.......................................................................................... ............ 1 8 -3 3
3. O’zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqa xavfsizligini ta’minlashdagi 
xalqaro tashkilotlar doirasidagi o’rni va roli... .......................................... 3 4 -4 3
4.  O’zbekiston va xalqaro tashkilotlarning mintaqada demokratik va ijtimoiy 
islohotlarni amalga oshirish soxasidagi hamkorligi..........................................   4 4 -54
Xulosa..............................................................................................................5 2 -5 5
Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati...............................................................5 6 - 591 Bitiruv malaviy ishning tushuntirish qismi 
Mavzuning   dolzarbligi.   XXI   asr   arafasida   insoniyat   tarixida   siyosiy,
ijtimoiy-iqtisodiy   jihatdan   butun   dunyoni   qamrab   olgan   global   miqiyosdagi   tub
o’zgarishlar yuz berdi va bermoqda. 
Mustaqil   davlatlarning   vujudga   kelishi   Markaziy   Osiyo   mintaqasida
yashayotgan   xalqlarning   taraqqiy   etishi   uchun   katta   imkoniyatlar   yaratdi.
O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   I.A.Karimov   ta’kidlaganidek,   “O’zbekiston
Mustaqillik   tufayli   dunyoga,   jahonga   chiqdik.   Qariyb   yuz   yildan   beri   yopib
qo’yilgan   chegaralar   ochildi...   jahon   jamoasi   O’zbekistonni,   bizning   Vatanimizni
quchoq  ochib   qabul   qildi…   Sobiq  Ittifoq   doirasidagi   mustaqil   respublikalar   bilan
yaxshi   munosabatlar   o’rnatdik…   O’rta   Osiyo   respublikalari   va   Qozog’iston   –
qondosh-qarindosh   qo’shnilarimiz   bilan   yanada   yaqinroq   bo’ldik.   Bugun   shuni
komil ishonch bilan aytishim mumkinki, mustaqil davlatlar davrasida O’zbekiston
o’zining   o’rnini   egalladi.   O’zbekiston   tenglararo   teng   bo’ldi” 1
.   Darhaqiqat,
O’zbekiston   Respublikasi   jahon   hamjamiyatining   mustaqil   sub’ektiga   aylanib,
mintaqa va jahon miqyosidagi muammolarni hal  qilishda faol  ishtirok etmoqda.
Bugungi kunda Markaziy Osiyo mintaqasi tobora o’ziga xos kurash maydoniga
aylanib   bormoqda.   Bu,   avvalambor,   mintaqaning   geostrategik   mavqei   va   tabiiy
resurslarga boyligi bilan bog’liq.   O’zbekistonda barqarorlik, tinchlik, osoyishta lik,
mil lat lararo   totuvlikni   saqlab   qolishda   mintaqada   mavjud   bo’lgan   yoki   tu g’i lishi
mumkin   bo’lgan   turli   xil   tahdidlarning   mohiyatini,   ularning   tarixiy   ildizlarini
chuqur anglab yetish, ularni keltirib chiqarayotgan omillarni o’z vaqtida hal etish
muhim ahamiyat kasb etadi. 
    Bugungi   kunda   soxa   mutaxassislari   oldida   turgan   dolzarb   vazifalardan   biri
respublika   tashqi   siyosatining   shakllanishi,   asosiy   tamoyillari,   jahon   hamjamiyati
bilan ikki  tomonlama va ko’p tomonlama hamkorlik aloqalari  tarixini  va tadrijini
o’rganish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, xalqaro tashki lot larning BMT, yeXHT ,
SHHT   va MDH misolida Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqarorlikni
1
 Karimov I.A. O’zbekiston dunyo xaritasidan o’ziga munosib joy oldi. // O’zbekiston mustaqillikka erishish 
ostonasida. –Toshkent: O’zbekiston, 2011. –B. 416-417. 2 saqlashga   oid   faoliya tini   ilmiy   jihatdan   chuqur   o’rganish   muhim   ahamiyat   kasb
etadi .  
Muammoning   o’ rganilganlik   darajasi.   Markaziy   Osiyo   minta qasida
xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash hamda bu jarayonda xalqaro tashkilotlarning
tutgan o’rniga oid masalalar mamlakatimizdagi   faylasuf,  siyosatshunos va tarixchi
olimlar tomonidan o’rganilgan. 
O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   I.A.Karimov   asarlarida   ilgari   surilgan
konseptual   g’oyalar,   mamlakatning   tashqi   siyosati,   xalqaro   munosabatlari   hamda
mintaqa   xavfsizligi   va   barqarorligiga   oid   masalalar   musta qillikning   dastlabki
kunlaridan boshlab   respublika olimlari tomonidan keng o’rganila boshlandi hamda
bir qator ilmiy asarlar yaratildi. Jumladan, 
SHuni   ham   ta’kidlash   joizki,   m azkur   masalaning   siyosiy   jihatlari,   Markaziy
Osiyo     mintaqasi   xavfsizligi   va   barqarorligiga   tahdid   solayotgan   omillar   va
bevosita, terrorizm xavfi bilan bog’liq masalalar mamlakatimizning siyosatshunos
va   huquqshunos   olimlari   tomonidan   o’rganib   kelin moq da.   Jumladan,   ushbu
masalalar   N .Jo’rayev,   A.Qirg’izboyev,   A.Zakurlayev,   M.A.Rajabova,   D.Muitov,
E.Ikromov,   F.Tolipov,   T.A.Jo’rayev,   S.O.Otamurotov,   R.Alimov,   S.Safoyev,
N.Safa rova, SH.G’oy ib nazarov, SH.Arifxanov va boshqalarning tadqiqotlarida o’z
aksini   top gan 1
.   Ularda   O’ zbekiston   taraqqiyotiga   sal biy   ta’sir   o’tkazishi   mumkin
bo’lgan  xavf-xatarlar, minta q aviy muammolar ning mohiyati, Markaziy Osiyoga xavf
solayotgan tahdidlar,   O’ zbekiston da olib bo rilayotgan milliy siyosat va   millatlararo
munosabatlar ning   bar q aror   ri voj lanishda   tutgan   o’rni,   terrorizm,   diniy   fun damen -
talizm, eks tre mizm ning mohiyati, uning butun mintaqaning   barqaror tara q q iyo tiga
1
  Jo’rayev.N.  Terrorizm-insoniyat     hayotiga  tahdid.  //   Jamiyat   va  boshqaruv.   –1999.  –№1.  –B.  4–7;  Qirg’izboyev
A.K. O’zbekiston Respublikasining Osiyo mamlakatlari  bilan xalqaro hamkorligi. –Toshkent:  Fan, 2004. –280 b.;
Zakurlayev   A.   G’oyalar   kurashi.   –Toshkent:   2000.   –B.   54;   Rajabova   M.A.   Diniy   ekstremizm   va   terrorchilik.   –
Toshkent:   YAngi   asr   avlodi,   –2000.   –B.155.;   Muitov.,   D,   Ikromov   E.   Terrorizm   xuruji   va   yalpi   xavfsizlik.   //
Jamiyat   va   boshqaruv.   –2001.   –   №3.;   Tolipov   F.   Terrorizmning   milliy   va   mintaqaviy   xavfsizlikka   solayotgan
tahdidi // Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari. –2001. –№3;  Tolipov F.   O’zbekistonning Markaziy Osiyodagi geosiyosiy
va mafkuraviy o’zgarishlar bilan bog’liq katta strategiyasi. –Tashkent: Fan, 2005. –154 b.; Jo’rayev T. Mintaqaviy
mojarolar va siyosiy yechimlar. Politologiya. –Toshkent: 2002; Otamurotov S. Siyosat va millatlararo munosabatlar.
Poli to lo giya.   Mualliflar   jamoasi.   –Toshkent,   2002.   –   B.   100;   Alimov   R.   sentralnaya   Aziya:   obshnost   interesov.   –
Tashkent: SHarq, 2005. –S. 158.; S.Safoyev. Markaziy Osiyoda kechayotgan geosiyosiy jarayonlar va mintaqaning
hozirgi  dunyo xalqaro munosabatlar tizimida tutgan o’rni // Xalqaro munosabatlar. –2005. № 3. B. 5-15.; Safarova
N.   Terrorizm     (tarixiy-falsafiy   tahlil).   –Toshkent:   Noshir,   2009.   –B.   216;   G’oyibnazarov   SH.   Xalqaro   terrorizm:
ildiz, omillari va manbai. –Toshkent: Ozbekiston,  2009. –B. 235.; Arifxanov SH.Sentralnaya Aziya: nastoyasheye i
budusheye. –Tashkent, 2010. – 218 s.  3 o’t ka za yot gan salbiy ta’siri va bosh qa  bir  q ator dolzarb  masalalarning u yoki bu qir -
ra la ri ochib berilgan. 
A.K.Qirg’izboyev   o’zi ning   monografiyasida   O’zbekistonning   Buyuk   Ipak
yo’lini   tiklash   borasida   Osiyo   mamlakatlari   bilan   hamkorligi,   zamonaviy
integratsion   jarayonlarning   asosiy   xususiyatlari,   Osiyo   mamlakatlari   bilan
hamkorligining   huquqiy   asoslari,   O’zbekistonning   Osiyodagi   xalqaro   tashkilotlar,
Markaziy   Osiyo   mintaqasi   mamlakatlari,   Osiyodagi   yetakchi   davlatlar   bilan
aloqalari tahlil ostiga olingan.
A.X.Saidov,   SH.YOdgorov,   A.Ibrohi mov,   O.Abdullayev,   A.Abdisattorov,
A.Kamarov va boshqa tadqiqotchilarning asarla rida aso san mintaqa davlatlarining
xavfsizlik   va   barqarorlikni   saqlashda   xalqaro   tashkilotlar   bilan   o’zaro   hamkorlik
aloqalari hamda uning huquqiy asoslariga oid masalalar yoritilgan 1
.
R.H.Murtazayeva,   E.Z.Nuriddinov,   Q.Usmonov,   YA.G’affarov,   A.Xol liyev,
M.Raximov,   K. Perimkulova   kabi   tarixchi   olimlarning   asarlari da   esa   masalaning
tarixiy jixatlariga asosiy e’tibor qaratiladi 2
. 
Masalan,   R.H.Murtazayeva   o’zining   kitobida   O’zbekiston   hududida
bag’rikenglik   tamoyillarining   tarixiy   jihatlarini,   uning   eng   qadimgi   davrdan   to
hozirgi   kunga   qadar   namoyon   bo’lganligini   ilk   bor   aniq   ma’lumotlar   asosida
yoritib   bergan.   SHuningdek,   mintaqa   xavfsizligi   va   barqarorligiga   tahdid
tug’diruvchi   omillardan   biri   bo’lgan   milliy   nizolarni   oldini   olish   borasida
O’zbekistonda   olib   borilayotgan   milliy   siyosat,   aholining   milliy   tarkibi,
1
  Saidov   A.   Uzbekistan   i   OBSE:   grani   sotrudnichestva.   –Tashkent,   1998   –S.   20.;   YOdgorov   SH.   Mintaqaviy
barqarorlik   omillari.   //   Qonun   hi moya sida.   –2003.   –№1.   –B.   35.;   Ibrohimov   A.   Markaziy   Osiyo   xavfsizligi
yo’lida. //  Muloqot. –2002, –№3;   Abdullayev O.   O’zbekiston – yevropada  Xavfsizlik va Hamkorlik Tashki-loti. //
Ilm   sarchashmalari.   2004.   –№1.   B.   36–40.;   Abdisattorov   A.   Xalqaro   terrorizmga   qarshi   kurashda   strategik
hamkorlikning   huquqiy   asoslari.//   Demokratlashtirish   va   inson     huquqlari,   №   3,   2006,   47-bet.;   Kamarov   A.
O’zbekistonnning   BMT   bilan   xalqaro   terrorizmga   qarshi   kurash   sohasidagi   xamkorligi   //     O’zbekiston   va   BMT:
tajriba va hamkorlik  istiqbollari. Konferensiya materallari. 2007 y 16 mart. –Toshkent: 2007. – B. 177.
2
    Murtazayeva   R.H.   O’zbekistonda   millatlararo   munosabatlar   va   bag’rikenglik.//   O’quv   qo’llanma.   –Toshkent:
Universitet,   2007.   –B.184;   Nuriddinov   E.Z.   Mejdunarodnoye   sotrudnichestvo   Respubliki   Uzbekistan   so   stranami
yevropы.   –Toshkent:   CHulpon,   2002.   –216   s.;   Nuriddinov   E.Z.,   Axmedov   SH.YA.   Stanovleniya   i   prioritetnыe
napravleniya   vneshney   politiki   Respubliki   Uzbekistan.   //   Ozbekiston   tarixi   //.   2002,   №4.   S.   3-11;.   Nuriddinov.   E.
Geopoliticheskoye   mesto   Respubliki   Uzbekistan   v   sentralnoy   Azii   //   Xalqaro   muno sa bat lar   yangi   tizimining
shakllanishi   va   unda   O’zbekiston   Respublikasining   ishtiroki.   Respublika   ilmiy-nazariy   kon fe rensiya   to’plami.   –
Toshkent,   2009.   –B.21.;   Usmonov   Q.   O’zbekistonning   jahon   hamjamiyatiga   integratsiyalashuvi.   –Toshkent:
Moliya, 2003. –84 b.;  G’afarov YA., Xolliyev A. O’zbekiston va jahon hamjamiyati. –Toshkent: Universitet, 2003. –
156   b.;   Raximov   M.   Etap ы     transformatsii   SHOS   v   usloviyax   geopoliticheskix   izmeneniy   v   sentral’noy   Azii.   //
Ijtimoiy   fikr   –   inson   Huquqlari   №4.   2004;   Raximov   M.,   Perimkulova   K.   Uzbekistan   v   mejdunarodn ы x   i
regionaln ы x organizatsiyax // Ozbekiston tarixi, 2004, №3, s. 46-52. 4 bag’rikenglik   tamoyillari     atroflicha   tadqiq   etilgan.   SHuni   ham   ta’kidlash   joizki,
mustaqillik   yillari   O’zbekistonning   tashqi   aloqalari,   mamlakat   hamda   mintaqaviy
xavfsizlik va barqarorlik masalalarining tarixiy va siyosiy jihatlariga bag’ishlangan
bir   qator   doktorlik   va   nomzodlik   dissertatsiyalari   h imoya   q ilindi.   Ularda
O’ zbekiston  Respublikasi va Markaziy Osiy mintaqasi  xavf siz ligini  ta’minlashning
dolzarb masalalari tadqiq qilingan. 
Hozirda   Markaziy   Osiyoda   xavfsizlik   va   barqarorlikni   ta’minlashda   xalqaro
tashkilotlarning   roli   masalasiga   bag’ishlangan   mustaqil   tadqiqot lar   amalga
oshirilgan.   Masalaning   turli   jixatlari   mavjud   bo’lganligi   uchun   uni   tadqiq   etish
dolzarb   bo’lib   qolaveradi.     SHu     sababli   bitiruv   malakavish   ishida   ana   shu
muammoni yoritish vazifasi qo’yilgan.
Tadqiqotning   maqsad   va   vazifalari.   Markaziy   Osiyoda   xavfsizlik   va
barqarorlikni ta’minlashda xalqaro tashkilotlar, jumladan Birlashgan 
Milatlar Tashkiloti (BMT), yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (EXHT),
Mustaqil   Davlatlar   Hamdo’stligi   (MDH)   va   SHanxay   Hamkorlik   Tashkiloti
(SHHT)   hamda   O’zbekiston   Respublikasining   rolini   ilmiy   jihat dan   o’rganish   va
tahlil qilish tadqiqot ishidan ko’zlangan asosiy maqsad hisoblanadi.
Qo’yilgan maqsadga erishish yo’lida quyidagi vazifalar belgilab olindi:
- minta q aviy muammolar tizimi, ularning o’zaro nisbati va munosabati ni  tahlil
etish;
- Markaziy   Osiyoda   mintaqa   xavfsizligi   va   barqarorligiga   tahdid   soluv chi
omillarning   vujudga   kelish   sabablari,   tarixiy   ildizlarini   va   zamonaviy
ko’rinishlarini  ani q lash;
- mintaqa davlatlarining tashqi siyosatida xavfsizlik va barqarorlik masa lalarini
tahlil qilish;  
- Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda O’zbekis tonning
yetakchilik o’rnini  ko’rsatish;
- tinchlik   va   xavfsizlik   masalalarida   mintaqa   davlatlarining   xalqaro
tashkilotlar bilan hamkorligining asosiy jihatlarini belgilash;
- Markaziy Osiyo mamlakatlarida demokratik va tarixiy jarayonlarda xalqaro 5 tashkilotlarning faoliyatini tahlil etish; 
- mintaqa barqarorligini ta’minlash yo’lida xalqaro tashkilotlarning gumanitar
yordami masalasini o’rganish.
Tadqiqotning tuzilishi  va xajmi.  Bitiruv malakaviy ishi kirish, uch paragraf,
xulosa va adabiyotlar ruyxatidan iborat. Ishning xajmi  betdan iborat.
1. Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik  muammolarining ijtimoiy-
siyosiy xususiyatlari  6 O’tmishda   Turonzamin   –   Movaraunnahr   –   Turkiston   –   O’rta   Osiyo   va
Qozog’iston,   xozirda   esa   Markaziy   Osiyo   deb   nom   olgan   bu   ulkan   xududda   5
mustaqil   davlat   mavjud   bo’lib,   ular   O’zbekiston,   Qozog’iston,   Qirg’iziston,
Tojikiston va Turkmaniston davlatlaridir.
Ularning xududi 4,4 mln kv. km  aholisi 55 mln dan ortiqdir. 1
Bu   davlatlarda   yuzdan   ortiq   millat   va   elat   vakillari   istiqomat   qilmoqda.
Ularning   dini,   tili,   dili,   suvi,   h avosi   bir   va   yeri   tutash,   madaniyati,   urf-odatlari,
an’analari bir-biriga ya q in. Ular nafaqat qo’shni balki qon qardosh bo’lib ketgan.
Markaziy   Osiyo   kuchli   iqtisodiy   potensialga   ega   bo’lgan   mintaqa.   Katta
miqdorda   ishchi   kuchi,   suv-energetika,   transport-kommunikatsiyasi   va   yer
resurslariga, tabiiy boylikka ega bo’lgan, SHarq bilan G’arbni bog’lovchi “Buyuk
Ipak yo’li” ustida joylashgan va geostrategik jihatdan katta qulaylikka ega bo’lgan
bu mintaqa dunyodagi rivojlangan davlatlarning diqqatini o’ziga tortmoqda. 
Katta   boylikka   ega   bo’lgan   bu   mintaqada   diniy   ekstremizm   va   xalqaro
terrorizm havfi kuchayib bormoqda. 
Markaziy   Osiyo   davlatlari   orasida   aholisining   soni,   iqtisodiy,   ilmiy-
texnikaviy   va   intellektual   salohiyati   jihatidan,   hamda   mintaqa   havfsizligini
ta’minlash,   diniy   ekstremizm,   xalqaro   terrorizm,   narkobiznesga   qarshi   kurash
jihatidan O’zbekiston yetakchi o’rinni egallaydi. 2
Istiqlol tufayli O’zbekiston Mustaqil tashqi siyosat olib borish imkoniyatiga
ega bo’ldi. Bu siyosat davlatimiz milliy manfaatlarining ustuvorligi, xalqaro huquq
normalariga qat’iy rioya qilish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik,
xududiy   da’volar   qilmaslik,   nizoli   masalalarni   tinch   yo’l   bilan   hal   qilish,
tajovuzkor   xarbiy   bloklarga   qo’shilmaslik,   yadro   quroliga   ega   bo’lmaslik   kabi
tamoyillarga   asoslanadi.   SHu   tufayli   ham   O’zbekiston   Jaxon   Hamjamiyatida
o’zining   munosib   o’rnini   egallab,   xalqaro   maydonda   katta   obro’-e’tiborga   ega
bo’lmoqda.   Bugungi   kunda   Markaziy   Osiyoda   joylashgan   mamlakatlarni,
1
 Abdullayev O.B, Nurullayeva N. O’zbekiston – Markaziy Osiyoda tinchlik tayanchi. Ilm sarchashmalari. 2002y. 2-
son. 26-27 betlar. 
2
 Markaziy Osiyo: kecha, bugun, ertaga. Ishonch. 2001y. 29 dekabr.  7 demokratik,   huquqiy,   dunyoviy   taraqqiyot   yo’lidan   qaytarishga   urinayotgan   turli
xil ekstremistik kuchlar va markazlar bu yerdagi havfsizlikka raxna solmoqda.
Bu yovuz kuchlar diniy ekstremizm va xalqaro terrorchilikni mintaqamizga
yoyishga urinmoqda. 
Giyoxvand moddalar va qurol-yarog’larni noqonuniy yo’llar bilan olib o’tish
va   sotish   nafaqat   Markaziy   Osiyo   balki   butun   dunyo   havfsizligiga   jiddiy   taxdid
solmoqda. 
XX asrning  oxiri  –  XXI   asr   boshida  jahon siyosiy   xaritasida  yuz  bergan tub
o’zgarishlar   Markaziy   Osiyoda   ham   keskin   o’zgarishlarga   olib   keldi.   Markaziy
Osiyo   respublikalari     mustaqilikka   erishgandan   so’ng   mintaqa   xavfsizligi   va
barqarorligiga   tahdidlar   ana   shu   geosiyosiy,   ijtimoiy-iqtisodiy   o’zgarishlar   bilan
uzviy   bog’liq.   Bu   tahdidlar   bir   qancha   omillar   zanjiridan   iborat.   Tojikistondagi
birodarkushlik   urushi,   Afg’onistondagi   nizolar,   terrorizm,   diniy   ekstremizm   va
fundamentalizm   shular   jumlasidandir.   Mustaqillikka   erishgan   Markaziy   Osiyo
davlatlarida turli siyosiy, iqtisodiy, harbiy va ekologiyaga oid ko’plab muam molar
to’planib qolganligi sir emas.
SHuning   uchun   ham   Prezidentimiz   I.A.Karimov   BMT   Bosh
Assableyasining   48-50  sessiyalari     va  “Ming   yillik”   sammitida   so’zlagan   nutqida
ilgari   surilgan   “Markaziy   Osiyoda   tinchlik   va   barqarorlikni   ta’minlash”,
“Mintaqani yadro qurollaridan xoli zonaga aylantirish”, “Fuqarolar urushi olovida
yonayotgan   qo’shni   Afg’onistonga   qurol-yarog’   yetkazib   berishni   to’xtatish”,
“Mintaqalar   havfsizligini   barqaror   etish   orqali   dunyo   tinchligini   ta’minlash”,
“Xalqaro   terrorizm   va   ekstremizmga   qarshi   hamkorlikda   kurashish”   kabi   muhim
takliflari xalqaro jamoatchilik tomonidan qo’llab-quvvatlandi.  1
 
Afg’onistondagi   notinchliklar   dunyo   hamda   Markaziy   Osiyo   mintaqasi
xavfsizligi va barqarorligiga tahdid soluvchi eng muhim omillardan biriga aylandi.
SHu   sababga   ko’ra   Markaziy   Osiyo   mamlakatlari   tinch   yo’l   bilan   Afg’onistonda
tinchlikni o’rnatishdan va shu orqali mintaqada xavfsizlikni ta’minlashdan va uzoq
muddatli barqarorlikka erishishdan manfaatdorlar. 
1
 «Terrorizmga qarshi kurashda birdam bo’laylik». Oliy Majlisning O’zbekiston xalqiga Murojaati. Xorazm 
ќaqiqati. 2001y. 8 dekabr.  8 Af g’ onistonda   birodarkushlik   urushlari   23   yildan   orti q   davom   etdi.   Bu
mamlakat xal q aro terrorizm va diniy ekstremizm markaziga aylangan edi. Bundan
tashqari   insoniyat   uchun   katta   havf   bo’lgan   giyohvand   moddalar   yetishtirilardi.
Dunyoda yetishtirilgan giyohvand moddaning 70 foizi Afg’onistonda yetishtiriladi.
Bu   zaxarli   moddani   O’rta   Osiyo   orqali   dunyoga   tarqatishga   harakat   qilinilgan.
O’zbekiston bunga qarshi keskin kurash olib borayapti. Markaziy Osiyoda tinchlik
va   barqarorlikni   qaror   toptirish   havfsizlikni   ta’minlash   O’zbekiston   tashqi
siyosatining asosiy yo’nalishi hisoblanadi.
Tadqiqot   tahlili   shuni   ko’rsatadiki,   mintaqada   mavjud   muammolardan   yana
biri   bu   hududda   yadro   va   yalpi   qirg’in   qurollarini   saqlamaslik,   sinovdan
o’tkazmaslik   bilan   bog’liq   masalalar   hisoblanadi.   Bu   sohadagi   yutuq   va
kashfiyotlarni sinab ko’rish davom etayotganligi mintaqa davlatlari mustaqilligi va
barqarorligiga xavf solmoqda. 
Mintaqada   mavjud   bo’lgan   muammolardan   yana   biri   turli   mafkuraviy
vositalar orqali mintaqaviy va davlatlararo mojarolar keltirib chiqarish ga qaratilgan
harakatlar bilan bog’liq. Buni ayrim mamlakatlar hududida faoliyat ko’rsatayotgan
ba’zi   g’oyaviy   mafkuraviy   markazlar   o’zlariga   maqsad     qilib   olganlar.   Ular   bir
davlat   hududidan   boshqa   mamlakatlarga   giyohvan dlik   moddalari,   ta’qiqlangan
adabiyotlar,   turli   qurol-yarog’   kabilarni   noqonu niy   tarzda   olib   o’tishiga
urinmoqdalar. Ularning ma’lum bir kuchlari Af g’o niston hududida turib, Markaziy
Osiyo davlatlariga – O’zbekiston va Qirg’iziston hududiga, bu yerda yashayotgan
xalqlar hayotiga qarshi tajovuz korona harakatlar qilishga, begunoh insonlar qonini
to’kishga intilmoqda.
Mintaqadagi   barqarorlikka   tahdid   soluvchi   omillardan   yana   biri   narkobiznes
hisoblanadi. Tadqiqot jarayonida olingan ma’lumotlarga ko’ra 2000 yilda Rossiya
qora bozoridagi narkotik moddalarning 60 % ini, yevropa qora bozoridagi narkotik
moddalarning 80 % ga yaqinini, AQSH qora bozoridagi narkotik moddalarning 35
%   ni,   jahon   qora   bozoridagi   narkotik   moddalarning   75   %   ni   afg’on   zaminidagi
yetishtirilgan narkotik moddalar tashkil qilgan. Afg’onistonda 1998 yilda 300 ming
tonna, 1999 yilda 450 ming tonna, 2000 yilda 700 ming tonna opium yetishtirilgan, 9 va ma’lumotlarga ko’ra shu yillarda yetishtirilgan opiumdan 30 ming tonna geroin
tayyorlash mumkin ekan 1
.
Mazkur   paragrafda   biz   mintaqa   xavfsizligiga   tahdid   solayotgan   omillardan
biri   sifatida   Orol   muammosi   ham   nazardan   chetda   qol dirmadik .   Ma’lumotlarga
ko’ra,   XX   asrning   60   –   yillarida     Orol   dengizining   suv   hajmi   1064   kub.km.,
chuqurligi   69   metrni   tashkil   qilgan   bo’lsa,   90   –   yillarning   boshlarida   suv   hajmi
400 kub.km.ga tushib qolgan, chuqurligi 39 metrgacha pasaygan.  Bugungi  kunda
Orol dengizining tuzli changlari 200 kilometrgacha borib, har yili atmosferaga 15-
75   mln.   tonnagacha   chang   ko’tarilmoqda.   Orol   bo’yi   rayonlarida   520   kg   /ga
sho’rlanish   to’g’ri   keladi 2
.   Mana   shu   dalillarning   o’zi   ham   bu   muammoni
nechog’liq ulkan ekanligidan dalolat beradi. 
Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun g’oyat muhim bo’lgan yana bir muammo
– suv zahiralaridan oqilona foydalanish masalasi  hisoblanadi.  Zero, suv ta’minoti
va   transchegaraviy   suv   zahiralaridan   foydalanish   ushbu   mintaqa   taraqqiyotiga
to’siq bo’lib kelayotgan omillardan biridir.
Tojikiston   va   Qirg’izistondagi   mavjud   gidroinshootlarning   energetika
rejimida   ishlashi   tufayli   O’zbekistonda   Sirdaryo   havzasi   bo’yicha   suv   taqchilligi
yiliga 2,5 kub kilometr, Amudaryo bo’yicha esa yilning qanday kelishiga qarab 1,5
dan 3 kub kilometrgacha tashkil etmoqda 3
.  
SHuningdek,   mazkur   pragrafda   biz   mintaqa   davlatlarining   tashqi   siyosatida
xavfsizlik va barqarorlik masalalari ham o’z  e’tiborimizni qaratdik . 
  O’zbekiston   Respublikasi   mustaqillik   yillarida   strategik   manfaatlarini
takomillashtirib   borib,   dunyoda   va   ayniqsa,   Markaziy   Osiyo   mintaqasida
barqarorlikni mustahkamlash sohasida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan faol
hamkorlikni yo’lga qo’ydi.
Afg’oniston   muammosini   hal   etish   yo’lida   O’zbekiston   mustaqillikni
dastlabki kunlaridan boshlab o’z tashqi siyosatida faol  ish olib borganligi ko’rsatib
o’tilgan.   Jumladan,   1992   yil   13   oktyabrda   Toshkentda   O’zbekiston   Respubli kasi
1
  YEXHTning   O’zbekistondagi   vakolatxonasi   Joriy   arxivi   (JA).   Informatsionnыy   byulleten   o   narkosituatsii
sentralno-aziatskiy region.   OSCE, 2005.  – S. 2.
2
 YEXHT ning O’zbekistondagi vakolatxonasi JA. yejegodnыy doklad za 2000 god o deyatelnosti OBSE. – S. 11.
3
            ?
 Isoqov B. “Suv bosimi” poydevorga darz yetkazadi...mi? // Mavrid, 2010 yil 6 may, №11. – B. 5. 10 P re zi denti I.A.Karimov va Afg’oniston Islom davlati rahbari  Burhoniddin Rabboniy
tomonidan   ikki   qo’shni   davlat   o’rtasida   diplomatik   muno sa batlar   o’rnatish,   havo
yo’llari ochish to’g’risidagi hujjatlar imzolangan 1
.
Markaziy   Osiyo   mintakasida   xavfsizlikni   ta’minlash   yo’lida   O’zbekiston
Respublikasi   Prezidenti   I.A.Karimov   xalqaro   tashkilotlarning   yig’ilishlarida   qator
tashabbuslarni   ilgari   surgan.   Jumladan,   bunday   tashabbuslar   BMT   Bosh
Assambleyasining   48-sessiyasidagi   ma’ruzasida,   1994   yil   dekabrda   ye vropada
Xavfsizlik   va   Hamkorlik   Tashkiloti   (EXHT)ga 2
  a’zo   mamlakatlar   davlat
boshliqlarining   Budapesht   sammitida ,   1997   yil   22–25   sentyabridagi   yeXHT
Parlament   Assambleyaning   kengaytirilgan   “Mar ka ziy   Osiyo   va   Kavkazda
mintaqaviy   xavfsizlik, siyosiy va iqtisodiy, ijtimoiy va insonparvarlik masalalari”
mavzusida Toshkent shahrida bo’lib o’tgan xalqaro seminarida bayon etilgan 3
.
SHu   bilan   birga,     1999   yil   19-20   iyul   kunlari   O’zbekiston   hukumati
tashabbusi   bilan   Afg’oniston   masalasi   bo’yicha   “6+2”   guruhi   uchrashuvining
Toshkent   shahrida   bo’lib   o’tganligiga   va   uning   ahamiyatga   ega   tomonlariga
alohida e’tibor berilgan 4
.
  Ko’p   yillar   davomida   cho’zilib   ketgan   Afg’on   muammosining   hal
bo’layotganligi   dunyodagi   yetakchi   davlatlar   va   xalqaro   tashkilotlarning   sa’y-
harakatlari natijasi deb qarash lozim. Bu harakatda O’zbekiston ham faol ishtirok
qildi.
O’zbekiston   Afg’on   muammosini   hal   qilish   uchun   xalqaro   maydonda   va
mintaqada   o’ziga   bog’liq   bo’lgan   barcha   chora-tadbirlarni   amalga   oshirdi   va
oshirmoqda. 
1
 Karimov I.A. Afg’onistonda tinchlik va xavfsizlik uchun. –Toshkent: O’zbekiston Islom universiteti, 2002.  – B. 5.
2
  yevropada   Xavfsizlik   va   Hamkorlik   Tashkiloti   (EXHT)   dastlab   yevropada   Xavfsizlik   va   Hamkorlik   Kengashi
(EXHK)  ko’rinishida   1975  yil  Finlyandiyaning  poytaxti  Xelsinki   shahrida   vujudga  kelgan.   Jahonda  sodir  bo’lgan
siyosiy   o’zgarishlar   natijasida   yeXHKning   1990   yil   Parij   sammitida   qabul   qilingan   “YAngi   yevropa   uchun   Parij
xartiyasi”   xujjatiga   ko’ra   zamon   talabidan   kelib   chiqqan   holda     yevropada   Xavfsizlik   va   Hamkorlik   Kengashi
(EXHK)ni yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (EXHT)ga aylantirish haqida qaror qabul qilindi. 1996 yil
Budapesht  sammitida yevropada   Xavfsizlik  va  Hamkorlik Kengashi   (EXHK)   yevropada   Xavfsizlik  va  Hamkorlik
Tashkiloti (EXHT)ga rasmiy ravishda aylantirildi.    
3
  YEXHTning   O’zbekistondagi   vakolatxonasi   JA.   Informatsionnыy   byulleten   o   ob sh estvenn o-politicheskoy
si tuatsii  v s entralno-aziatsk om  region e .OSCE,  1997 .  – S. 7.
4
 Xalq so’zi. 2000 y 7 iyul. 11 1997 yilda O’zbekistonning  tashabbusi  bilan, Afg’oniston muammosini  hal
qilish   bo’yicha   6+2   guruhi   tuzilgan   edi.   Bu   Afg’oniston   bilan   chegaradosh   6   ta
davlat   (Eron,   Pokiston,   Xitoy,   O’zbekiston,   Tojikiston,   Turkmaniston)   hamda
Rossiya   va   AQSH.   Bu   davlatlarning   3   tasi   BMT   havfsizlik   kengashining   doimiy
a’zosidir (Xitoy, Rossiya, AQSH).
Bu   davlatlar   vakillari   bir   necha   marta   uchrashib   mazkur   masala   yuzasidan
muzokaralar   o’tkazdilar.   Nuqtai-nazarlari   turlicha   bo’lishidan   qat’iy   nazar   bu
davlatlar Afg’onistonda tinchlik o’rnatishni yoqlab chiqdilar. 
1999 yil 19 iyulda Toshkentda 6+2 guruxining uchrashuvi bo’lib o’tdi. 
Uchrashuvda   mamlakatimiz   rahbari   “Tinchlik   va   barqarorlik   –   mintaqamiz
taraqqiyotining   bosh   omili”   mavzusida   nutq   so’zladi.   Bu   nutqning   asosiy
yo’nalishi   Afg’on   mojarosini   faqat   tinch   yo’l   bilan   hal   etish     natijada   Osiyo
qit’asining markazida tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratildi. 
Uchrashuv   yakuni   bo’yicha   “Afg’onistondagi   mojaroni   tinch   yo’l   bilan
bartaraf etish tamoyillari” haqidagi Toshkent deklaratsiyasi  qabul qilindi. Mazkur
deklaratsiya BMT ning rasmiy hujjatlari sifatida qabul qilindi.  1
     
O’zbekiston mustaqillikka erishishi  bilan yadro quroli sinovlariga va ularni
ishlab chiqarishga qarshi ekanligini ma’lum qildi. 
SHu   maqsadda   Markaziy   Osiyoni   yadrosiz   xududga   aylantirish   tashabbusi
ilgari surildi. 
Prezidentimiz taklifi bilan 1997 yil 15-16 sentyabrda Toshkentda “Markaziy
Osiyo yadro qurolidan xoli xudud” mavzusida xalqaro anjuman bo’lib o’tdi. Unda
20   ta   xalqaro   tashkilot   va   jahonning   50   dan   ortiq,   jumladan   AQSH,   Germaniya,
Fransiya,   Rossiya,   YAponiya,   Xitoy,   Xindiston,   Pokiston,   Eron   va   boshqa
davlatlarning diplomatiya xamda xukumat vakillari ishtirok etishdi. 
O’zbekistonning  Markaziy  Osiyoni  yadro qurolidan xoli  zonaga  aylantirish
lozimligi   to’g’risidagi   tashabbusini   BMT   ning   havfsizlik   kengashi   qo’llab-
quvvatladi.      
1
 Karimov I.A. «Biz uchun xalqimiz, vatanimiz manfaatidan uluђ maqsad yo’q». T. «O’zbekiston» 2002y. 20-22 
betlar. 12 1997   yil   9   dekabrda   BMT   Bosh   Assambleyasining   52   sessiyasi   “Markaziy
Osiyoda   yadro   qurolidan   xoli   zona   yaratish”   haqida   rezolyutsiya   qabul   qildi.   Bu
O’zbekiston tashqi siyosatining ulkan g’alabasi bo’ldi. 
O’zbekiston  Prezidentining  tashabbusi   va  faol   harakati   natijasida  Markaziy
Osiyo   mamlakatlari   o’rtasida   xalqaro   terrorizmga,   diniy   ekstremizmga,   uyushgan
jinoyatchilikka   qarshi   birgalikda   kurashish   to’g’risida   ikki   va   ko’p   tomonlama
hamkorlik   yo’lga   qo’yilgan.   Prezidentimiz   BMT   ning   “Ming   yillik   sammiti”dagi
nutqida   YUNESKO   Bosh   direktorining   mamlakatimizga   safari   davomida
muzokaralarda,   yurtboshimizning   MDH   mamlakatlari   va   rivojlangan   davlatlar
rahbarlari   bilan   uchrashuv   paytidagi   muzokaralarda   Markaziy   Osiyoda   tinchlik,
barqarorlik   va   havfsizlikni   ta’minlash,   Afg’oniston   muammosini   tinch   yo’l   bilan
hal   etish,   xalqaro   terrorizm   va   ekstremizmga,   giyohvandlik   kantrabandasiga   va
uyushgan jinoyatchilikka qarshi hamkorlikda kurashish to’g’risida fikrlar bildirildi.
2000 yilning 19-20 oktyabrda Toshkentda “Markaziy Osiyoda havfsizlik va
barqarorlikni   mustahkamlash,   narkotik   moddalar,   uyushgan   jinoyatchilik   va
terrorizmga   qarshi   kurashga   hamkorlikda   yondashuv”   nomli   xalqaro   anjuman
bo’lib o’tdi.
Anjuman   BMT   ning   narkotik   moddalar   nazorati   boshqarmasi   va   yevropa
havfsizlik va hamkorlik tashkiloti tomonidan o’tkazildi. 
Unda   67   mamlakat,   44   xal q aro   tashkilot   vakillari   q atnashdi.   Anjuman
ishtirokchilari   Markaziy   Osiyoda   narkotiklarning   noqonuniy   savdosi,   uyushgan
jinoyatchilik   va   terrorchilikka   qarshi   kurash   bo’yicha   hamkorlikning   ustuvor
yo’nalishlarini   belgilab   oldilar.   Anjuman   xujjatida   Markaziy   Osiyo   davlatlari
hamkorlikni   milliy,   xududiy   va   xalqaro   miqyoslarda   mustahkamlash   va
muvofiqlashtirish lozimligi qayd etildi. 
Bundan ko’zlangan maqsad – narkotiklarning noqonuniy savdosi, uyushgan
jinoyatchilik, terrorchilik illatlari va ularning o’zaro chirmashib ketishining oldini
olish,   nazorat   qilish   va   tag-tomiri   bilan   yo’q   qilishdan   iborat.   Bunda   inson
huquqlari, qonun ustuvorligiga to’la rioya qilinadi.  1
       
1
 O’zbekiston tashabbusi – tinchlik. O’zbekiston ovozi. 2001y. 27 dekabr.  13 Tinchlik   va   hamkorlikka   bag’ishlangan   ko’plab   uchrashuv   va
anjumanlarning   Toshkent   shaxrida   o’tkazilayotganligi,   Respublikamiz
poytaxtining   dunyodagi   siyosiy   markazlardan   biriga   aylanib   borayotganligidan
dalolatdir. 
Jahonning eng taraqqiy topgan mamlakatlari bilan yaqindan aloqa o’rnatish,
yetakchi   xalqaro   iqtisodiy,   moliyaviy   hamda   insonparvarlik   tashkilotlari   bilan
hamkorlikni   kuchaytirish   davlatimizning   jahon   hamjamiyatiga   keng   miqyosda
integratsiyalashuvi mintaqada havfsizlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. 
SHanxay   Hamkorligi   Tashkilotining     2002   yilda   Toshkent   shahrida   tashkil
etilgan   Regional   Antiterroristik   tuzilmasi   (RATS)ni   MDH   va   SHHTga   a’zo
davlatlarning janubiy hududlarida operativ vaziyatlarni tahlil qilish va terrorizmga
qarshi samarali kurashishda tutgan o’rni ko’rsatib berilgan. 
Qozog’iston   Respublikasining   tashqi   siyosatida   ham   mamlakat   xavfsizligi
qo’shni   respublikalar   va   yetakchi   davlatlardagi   barqarorlik   bilan   uzviy
bog’liqligiga   alohida   e’tibor   qaratilishi   ifodalangan.   Bu   haqda   Qozog’iston
Respublikasi   Prezidenti   N.A.   Nazarboyevninig   “Tanqidiy   o’n   yillik”
(Kriticheskiye   desyatiletiya)   nomli   asarida   shunday   fikr   bildirilgan:   “Qozog’iston
Milliy  xavfsizligi  Markaziy   Osiyo  mintaqasi   xavfsizligi   bilan   mustahkam  bog’liq
bo’lishi   lozim.   Markaziy   Osiy   mintaqasi   xavfsizligini   Markaziy   yevroosiyo
xavfsizligini tashkil etuvchi sifatida qarash kerak. Markaziy yevroosiyo mintaqasi
global xavfsizlik tizimining bir qismi bo’lgan yevroosiyo xavfsizligining bir qismi
bo’lishi lozim” 1
. 
Markaziy   Osiyo   davlatlarining   ayrim   davlat   rahbarlari   xavfsizlik   masalasiga
panja orasidan qarab keldilar, ogohlantirishlarga e’tiborsiz munosabatda bo’ldilar.
Jumladan,   1992   yil   6   iyuldayoq   Moskvada   o’tkazilgan   MDH   davlatlari
boshliqlarining   Kengashida   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   I.A.   Karimov
Tojikistonda yaqinlashib kelayotgan fuqarolar urushi haqida xavotirlanib gapirgan
edi. Tojikistonning o’sha vaqtdagi rahbari R. Nabiyev O’zbekiston Prezidentining
1
  Mejdunarodnыy   terrorizm:   problemы   bezopasnosti   i   sotrudnichestva   stran   sentralno-Aziatskogo   regiona.   //
Materialы mejdunarodnoy nauchno-prakticheskoy konferensii Kыrgizskoy Respubliki.                                     – Bishkek, 17
fevralya 2006 g.  – S. 41. 14 so’zlaridan og’rinib, “begona davlatda yuz berayotgan voqealar bilan Karimovning
ishi bo’lmasin, bu biz tojiklarning ishimiz va kulfatimiz” deb javob bergan edi 1
.
Turkmaniston   hukumatining   mintaqaviy   xavfsizlik   muammolariga   nisbatan
befarq   munosabati   ushbu   davlatning   Tojikistondagi   mojarolarga   yondashuvida
yaqqol   ko’zga   tashlandi.   Turkmaniston   hukumati   Tojikistonda   ro’y   bergan
voqealarni   bu   mamlakatning   mutlaqo   ichki   ishi   deb   qarab,   MDHga   a’zo
mamlakatlarning tinchlikparvar faoliyatlarida qatnashishdan bosh tortdi. 
Keyinchalik   Turkmanistonning   yangi   rahbariyati   terrorizm,   ekstremizm,
narkotrafik   kabi   xavfsizlik   va   barqarorlikka   tahdidlar   umumiy   ekanligini,   bu
tahdidlar hech qanday betaraf davlatlarni tan olmasligini to’g’ri anglab yetdi. SHu
boisdan   Turkmaniston   hukumati   xalqaro   tashkilotlar   va   qo’shni   davlatlar   bilan
xavfsizlik   borasida   faol   hamkorlik   qilmoqda.   Jumladan,   2011   yil   11   mayda
Turkmaniston   Prezidenti   G.   Berdimuhammedov   rasmiy   tashrif   bilan
O’zbekistonga   keldi   va   Prezident   I.A.Karimov   bilan   uchrashdi.   Uchrashuv
chog’ida   O’zbekiston   va   Turkmaniston   BMT   va   boshqa   nufuzli   xal qaro
tashkilotlar   doirasida   izchil   hamkorlik   qilib   kelayotgani,   mintaqaviy   va   xalqaro
ahamiyatga   molik   muammolarga   yondashuvlari,   munosabatlari,   qarashlari
o’xshash   va   yaqin   ekani   ta’kidlandi.   SHuningdek,   ikki   davlat   rahbari   terrorizm,
ekstremizm, uyushgan jinoyatchilik, narkotrafik kabi  tahdidlarga qarshi  kurashish
borasidagi hamkorlikka doir masalalarni ham muhokama etdilar 2
.
Markaziy Osiyo davlatlari o’z mustaqilligiga erishganlaridan so’ng xavfsizlik
va   barqarorlikni   ta’minlash   ularning   har   biri   uchun   birlamchi   masalaga   aylandi.
Biroq,   Markaziy   Osiyo   davlatlari   orasida   mintaqadagi   mavjud   muammolarning
yechimiga nisbatan bo’lgan yondashuvlarda yakdillik mavjud emasligi ham ko’zga
tashlanmoqda.   Jumladan,   ekologiya   va   suv   muammolari   borasida   Qirg’iziston   va
Tojikiston qarashlari O’zbekiston, Qozo g’iston va Turkmaniston qarashlariga mos
kelmaslik hollari  tahlil qilingan.  
1
 Levitin L., Karlayl D. S.  Islom Karimov – yangi O’zbekiston Prezidenti. – Toshkent: O’zbekiston, 1996. – B. 17.
2
 To’raqulov O. Do’stlik va hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish yo’lida.// Xalq so’zi 2001 yil, 6 may ,
№89. 15 2. Mintaqaviy barqarorlikni ta’minlashda O’zbekistonning BMT bilan
hamkorligi
Hozirgi   paytda   butun   jahonda   globallashuv   jarayonlarining   kuchayib   borishi
bilan   yer   yuzida   tinchlik-barqarorlikni   saqlash   tobora   muhim   ahamiyat   kasb   etib,
uni amalga oshirishda xalqaro tashkilotlarning roli kuchayib bormoqda. 
Xalqaro tashkilotlar deb butun insoniyat uchun umumiy bo’lgan maqsadlarga
erishish   yo’lida   davlatlar,   milliy   jamiyat   uyushmalarining   ijtimoiy-iqtisodiy, 16 siyosiy,   madaniy   va   ilmiy-texnik   asoslarda   birlashuvidan   tashkil   topgan
tashkilotlarga   aytiladi.   Xalqaro   tashkilotlarning   umumiy   xususiyati   shundan
iboratki,   ularning   faoliyati   aniq   bir   milliy   davlat   chegarasidan   chetga   chiqib,
davlatlararo   vazifalar   va   muammolarni   hal   etishga   qaratilgan   bo’ladi.   Bunday
tuzilmalar  bugungi kunda davlatlar o’rtasidagi ko’p tomonlama munosabatlarning
eng muhim va samarali shakllaridan biri bo’lib qolmoqda.
Hozirgi   kunda   dunyoda   har   xil   mazmun   va   maqsadga   bo’ysundirilgan   2,5
mingdan   ortiq   xalqaro   tashkilot   mavjud.   Jahonda   350   dan   ortiq   hukumatlararo
tashkilot   faoliyat   ko’rsatmoqda.   Ularni   hududiy   jihatdan   (universal,   mintaqaviy),
qatnashchilar   soniga   ko’ra   (ikki   tomonlama,   ko’p   tomonlama),   vakolat   doirasi–
kompetensiyasiga   ko’ra   (masalan,   Jahon   sog’liqni   saqlash   tashkiloti,   Jahon
sayyohlik tashkiloti), faoliyat sohasiga ko’ra (masalan, siyosiy, iqtisodiy, madaniy)
va   a’zolik   xususiyatiga   ko’ra   (ochiq   va   yopiq   tashkilotlar)ga   bo’lib   tasniflash
mumkin.   Xalqaro   huquq   qoidalariga   ko’ra,   hukumatlararo   tashkilotlar   hamda   bu
sohada   faoliyat   ko’rsatadigan   mansabdor   shaxslar,   diplomatlar   singari,   alohida
imtiyoz va immunitetga egadir. Hukumatlararo tashkilotlarning xalqaro huquqdagi
o’ziga xos o’rni shundan iboratki, jumladan, ular Ikkinchi jahon urushidan keyingi
davrda   dunyoning   turli   mintaqalaridagi   mojarolarni   tinch   yo’l   bilan   hal   qilish
vositalari bo’lib xizmat qilmoqda. 
Hozirgi   davrda   mamlakatlar   o’rtasidagi   munosabatlar,   garchi   birmuncha
barqarorlashgan   bo’lsa-da,   biroq   bu   jabhadagi   ziddiyat   va   qarama-qarshiliklar
hamon   saqlanib   qolmoqda.   Bu   o’z   navbatida   barcha   davlatlar   va   xalqlarni
tashvishga   solmoqda.   SHu   boisdan   ham   jahonda   tinchlik   va   taraqqiyotni
ta’minlashda   xalqaro   tashkilotlarning   roli   va   ahamiyati   yanada   oshib   bormoqda.
Ular xalqaro munosabatlarni sog’lomlashtirishning turli yo’llarini ishlab chiqishga
harakat qilmoqda. Jumladan, keyingi yillarda “keng qamrovli xavfsizlik”, “kuchlar
nisbatidan   manfaatlar   nisbatiga   o’tish”,   “jahondagi   mojarolar   va   kooperativ
munosabatlarni muvofiqlashtirishda diplomatik mohiyat” kabi konsepsiyalar ishlab
chiqilmoqda   va   ularda   xalqaro   siyosiy   munosabatlarni   barqarorlashtirishga   doir
xilma–xil fikrlar ilgari surilmoqda.  17 Demak,   jahonda   tinchlik   va   taraqqiyotni   ta’minlashda   xalqaro   tashkilotlar
muhim  ahamiyatga ega bo’lib, ular turli  davlatlarning  ijtimoiy-iqtisodiy barqaror
rivojlanishi  uchun katta  imkoniyatlar yaratib beradi.
Xalqaro   siyosiy   muammolarni   hal   qilishda   ikki   xil,   ya’ni   bir-biridan   farq
qiladigan an’anaviy va yangicha – zamonaviy yondashuv mavjud bo’lib, ularning
har biri o’ziga xos  xususiyatga ega.
1.   Xalqaro   muammolarni   hal   qilishda   an’anaviy   yondashuvning   asosiy
belgilari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
- sinfiy, guruhiy, milliy manfaatlarning ustuvorligi;
- noekologik tafakkur;
- siyosiy muammolarni kuch orqali hal qilishga urinish;
- ishonmaslik – muloqotning bosh shakli ekani;
-   mamlakat   xavfsizligini   har   qanday     vositalar   bilan   ta’minlashga   harakat
qilish.
2.  Xalqaro   muammolarni   hal   qilishga   yangicha   –   zamonaviy  yondashuvning
asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
 umuminsoniy manfaatlarning ustuvorligi;
 ekologik tafakkur; 
 siyosiy   muammolarni   tomonlar   manfaatini   hisobga   olgan   holda,   faqat
siyosiy vositalar orqali hal qilish;
 ishonch – muloqotning asosiy shakli ekani;
 umumiy xavfsizlik muhitini yaratish.
Ko’rinib   turibdiki,   hozirgi   davrda   tashqi   siyosatning   yangi   –   zamonaviy
konsepsiyasi yangicha fikrlarga asoslanmoqda. Bugungi dunyo qanchalik xilma-xil
bo’lmasin,   uning   yaxlitligini,   bir   butunligini   tan   olish   tashqi   siyosatda   muayyan
yutuqlarga   erishishning   asosini   tashkil   qiladi.   Tashqi   siyosatni   takomillashtirish
emas,   qat’iy   isloh   qilish   davr   talabi   ekanini   anglash   natijasida   xalqaro
munosabatlarda quyidagi bir qator ijobiy tendensiyalar ko’zga tashlanmoqda:
- mafkuraviy ta’sirning yo’qolib borishi;
- konfrontatsiya – o’zaro qarama-qarshilikdan hamkorlikka o’tib borish; 18 - xalqaro siyosatda kuch va ta’sirni birlashtirish;
- xalqaro siyosatning demokratiyalashuvi va insonparvarlashuvi;
- xalqaro munosabatning kengayishi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti – dunyodagi umuminsoniy manfaatlar asosida
faoliyat olib boradigan eng nufuzli xalqaro tashkilot (1945 yil 24 oktyabr). BMTga
hozirgi vaqtda 192 ta mamlakat a’zo.  BMT – yer yuzida tinchlikni va xavfsizlikni
ta’minlash, davlatlar va millatlarning o’zaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida
1945   yilda,   Ikkinchi   jahon   urushida   fashizm   ustidan   g’alaba   qozongan   mustaqil
davlatlarning   ixtiyoriy   birlashishi   asosida   tuzilgan   xalqaro   tashkilotdir.   Aslida
bunday xalqaro tashkilotni tuzish zarurati Birinchi jahon urushidan keyinroq ayon
bo’la   boshlaydi.   SHu   maqsadda   dastlab   1919   yilda   “Millatlar   Ittifoqi”   nomli
xalqaro tashkilot ta’sis etiladi va u 1946 yilgacha SHvetsariyaning Jeneva shahrida
faoliyat   olib   boradi.   Ammo   u   davrda   demokratik   va   tinchliksevar   kuchlarning
uyushqoq   emasligi   va   zaifligi   tufayli   Millatlar   Ittifoqi   xalqlarning   umidlarini
oqlamaydi,   u   Birinchi   jahon   urushida   g’alaba   qozonib,   yetakchi   mustamlakachi
davlatlarga   aylangan   Buyuk   Britaniya   va   Fransiyaning   quroliga   aylanib   qoladi.
Ikkinchi   jahon   urushi   davomida   va   undan   keyingi   vaqtda   1919-1939   yillar
mobaynidagi   ana   shu   achchiq   tajriba   inobatga   olinadi,   tegishli   xulosalar
chiqariladi.   Xullas,   o’tmish   sabog’i   yangi   xalqaro   tashkilotlarning   butunlay
boshqacha bo’lishini talab qildi.
Birlashgan   Millatlar   Tashkiloti   to’g’risidagi   dastlabki   fikrlar   1942   yilda
tajovuzkor fashistik rejimga qarshi kurash olib borayotgan mamlakatlar rahbarlari
va   namoyandalari   tomonidan   o’rtaga   tashlanadi.   1943   yili   Buyuk   Britaniya,
AQSH,   SSSR   va   Xitoy   tashqi   ishlar   vazirliklarining   qo’shma   kengashida   bu   fikr
aniq   ifodalanadi.   BMTning   nizomi   1944   yilda   xuddi   shu   4   davlat   vakillarining
Dumbarton-Oksdagi   konferensiyasida   ishlab   chiqiladi   va   1945   yil   iyunida   San-
Fransiskoda   ta’sis   konferensiyasida   imzolanib,   1945   yil   24   oktyabrda   kuchga
kiradi.   SHu   boisdan   ham   24   oktyabr   butun   dunyoda   BMT   kuni   sifatida
nishonlanadi. BMT  ustaviga dastlab  51 davlat  imzo chekkan,  2000 yilda esa  ular 19 soni 189 ga yetdi 1
. BMTning bosh qarorgohi (shtab kvartirasi) Nyu-York shahrida
joylashgan.   BMT   nizomida   ko’rsatilganidek,   u   xalqaro   tinchlik   va   xavfsizlikni
saqlash,   xalqlarning   teng   huquqli   bo’lishi   va   o’z   taqdirini   o’zi   belgilashga   haqli
ekani   haqidagi   umum   e’tirof   etilgan  qoidaga   qat’iy  amal   qilib,  millatlar   o’rtasida
do’stlik va hamjihatlik munosabatlarini qaror toptirish iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy
muammolarni   hal   etishda   xalqlar   o’rtasida   o’zaro   hamkorlikni   rivojlantirish
zaruratini   nazarda   tutib,   ana   shu   umumiy   maqsadlarga   erishishda   millatlar
harakatini uyg’unlashtirib turadigan markaz hisoblanadi.
O’tgan davr mobaynida Birlashgan Millatlar Tashkilotining jahon siyosatidagi
o’rni va ta’siri masalasiga turli davlatlar turlicha yondashib keldi. SHu sababli o’z
faoliyati davrida BMT siyosiy kuchlarning kurash sahnasi  bo’lib keldi. Jumladan,
sobiq Sovet Ittifoqi BMT minbaridan sinfiy va mafkuraviy kurash vositasi sifatida
foydalanishga intildi. Ammo oxir-oqibatda BMT xalqlar va mamlakatlar o’rtasida
tinchlik,   hamkorlik   munosabatlarini   kengaytirish   va   mustahkamlash   vositasi
sifatida tanilmoqda. Buni  sobiq YUgoslaviya, Iroq, Falastin-Isroil  va Afg’oniston
bilan   bog’liq   muammolarga   yondashuvlar,   mustamlakachilikni   tugatish,   milliy
davlatlarning mustaqilligini   himoya  qilish  va boshqa   shu  kabi  ko’plab misollarda
ko’rish mumkin.     
Birlashgan   Millatlar   Tashkilotining   mavqei   va   obro’si   yil   sayin   oshib
bormoqda. Unga a’zo bo’lishni va a’zolikka qabul etilishini har bir mustaqil davlat
o’zi   uchun   tarixiy   va   faxrli   bir   masala   deb   biladi.   CHunki   bunday   voqea   ushbu
davlat jahon demokratik davlatlar hamjamiyatiga qabul qilinganidan, uning safidan
munosib joy egallaganidan dalolat beradi.
O’zbekiston 1992 yil 2 martda BMTga qabul qilindi va Nyu-Yorkdagi Bosh
Assambleya bosh qarorgohida mamlakatimizning davlat bayrog’i hilpiradi. Ushbu
kundan e’tiboran Vatanimiz global va mintaqaviy muammolarning muhokamasida
hamda   muhim   xalqaro   qarorlar   qabul   qilish   jarayonida   bevosita   qatnashish
imkoniyatiga ega bo’ldi. 1993 yil 24 avgustda Toshkentda BMT vakolatxonasi ish
boshladi.   O’zbekiston   o’sha   kundan   boshlab   BMT   bilan   hamkorlik   qilishning
1
  O’zbekiston   Milliy   Ensiklopediyasi.   2-jild.   –   T.:   “O’zbekiston   Milliy   Ensiklopediyasi”   Davlat   ilmiy   nashriyoti,
2001. – 55-56-b. 20 ustuvor yo’nalishlarini belgilab oldi. Bular, jumladan, bugungi kundagi xavfsizlik
va barqarorlikka nisbatan tahdidlarga qarshi kurashish, shuningdek, Afg’onistonni
qayta   tiklash,   mintaqada   ommaviy   qirg’in   qurollarining   tarqalishiga   yo’l
qo’ymaslik,   ekologik   muammolarni   hal   etish,   Orol   dengizi   fojiasining   og’ir
oqibatlarini   yumshatish,   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanish,   inson   huquqlarini   himoya
qilish kabi masalalardir.
BMT  bilan O’zbekiston  hamkorligining asosiy  yo’nalishi  o’zaro faol  siyosiy
muloqotni   yo’lga   qo’yish   hisoblanadi.   O’zbekiston   o’z   ovozi   va   mavqeiga   ega
bo’lgan   a’zo   davlat   sifatida   BMT   oldiga   muhim   va   dolzarb   masalalarni   qo’yib
kelmoqda.   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Islom   Karimov   BMT   Bosh
Assambleyasining 48-sessiyasida (1993 yil 28 sentyabr) ishtirok etib, uning yuksak
minbaridan   turib   nutq   so’zladi   va   Vatanimiz   tarixida   ilk   bor   O’zbekistonning
mustaqil   davlat   sifatidagi   ulkan   salohiyati   va   imkoniyatlari   haqida   xalqaro
hamjamiyatni   atroflicha   xabardor   qildi.   BMT   Bosh   Assambleyasining   tashkil
etilganligining   50   yilligiga   bag’ishlangan   sessiyasida   (1995   yil   24   oktyabr)
so’zlagan   nutqida   esa   YUrtboshimiz   o’tgan   davr   mobaynida   BMT   faoliyatida
muhim   o’zgarishlar   yuz   berganini   ta’kidlab,   uning   ishini   takomillashtirish
yuzasidan   amaliy   takliflar   bildirdi.   Ma’lumki,   o’tgan   asrning   90-yillari   boshida
sobiq   SSSR   davlati   parchalanib,   uning   o’rnida   yangi   mustaqil   davlatlar   tashkil
topdi   va   ular   BMTning   to’laqonli   a’zolariga   aylandi.   O’tgan   asrning   50-60-
yillarida   esa     YAponiya,   Germaniya,   Italiya   kabi   ilgari   tajovuzkor   rejalar   ostida
bo’lgan   davlatlar   demokratik   rivojlanish   yo’lidan   borib,   jahon   mamlakatlari
o’rtasida   katta   mavqega   ega   bo’ldi.   Bu   esa,   o’z   navbatida,   BMTning   Xavfsizlik
kengashi   hamda   uning   tarkibidagi   ixtisoslashgan   muassasalar   faoliyatini   tubdan
qayta   qurish   zaruratini   keltirib   chiqarganini   Prezidentimiz   BMTning   50-
sessiyasida   qilgan   ma’ruzasida   bayon   etib,   Xavfsizlik   kengashi   faoliyatini
kengaytirishni,   buning   uchun   uning   a’zolari   safiga   Germaniya   va   YAponiyani
kiritishni, BMT Bosh kotibi vakolatlarini kengaytirishni taklif qilgan edi.
O’zbekiston   Prezidenti   Islom   Karimovning   BMT   Bosh   Assambleyasining
Mingyillik sammiti (2000 yil sentyabr)dagi nutqi ham dunyo jamoatchiligida katta 21 qiziqish   uyg’otdi.   Davlatimiz   rahbari   xalqaro   terrorizm,   diniy   ekstremizm     va
narkobiznesga   qarshi   bir   yoqadan   bosh   chiqarib,   samarali   kurash   olib   borish,
mintaqaviy   xavfsizlik,   jumladan,   Markaziy   Osiyo   mintaqasida   barqarorlik   va
xavfsizlikni ta’minlash, jahon xavfsizligi tizimini takomillashtirish, BMT faoliyati
va   tarkibiy   tuzilishini   isloh   qilishga   oid   takliflar   bilan   chiqdi.   Narkobiznes   va
ekstremizmning   har   qanday   ko’rinishiga   qarshi   kurashda   barcha   BMTga   a’zo
davlatlar   xatti-harakatlarini   muvofiqlashtirish,   Markaziy   Osiyoda   ekologik
vaziyatni   (ayniqsa   Orol   muammosini   hal   qilish)   sog’lomlashtirish   maqsadlarini
ilgari surdi.
Mazkur anjumanda umumbashariy ahamiyatga ega bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy,
ekologiya va xavfsizlika doir muammolar muhokama qilinib, yangi yuz yillikning
dastlabki yillarida amalga oshrilishi mo’ljallanayotgan tadbirlar belgilandi. Sammit
ishtirokchilari   yakdillik   bilan   qabul   qilgan   deklaratsiyada   2015   yilgacha   o’ta
qashshoqlikda   yashayotgan   odamlar   sonini   yarmiga   kamaytirish,   orttirilgan
immunitet taqchilligi sindromi – OITS (SPID) kasalligining tarqalishini to’xtatish,
barcha   bolalar   uchun   boshlang’ich   ta’limni   ta’minlash   majburiyatini   o’z
zimmalariga olishdi.
BMTning   Transmilliy   uyushgan   jinoyatchilikka   qarshi   kurash   bo’yicha
konvensiyasida   va   BMT   tomonidan   2000   yilning   15   dekabrida   qabul   qilingan
“Odamlar,   ayniqsa   ayollar   va   bolalar   savdosini   to’xtatish,   oldini   olish   va   uning
uchun   jazo   to’g’risida”gi   bayonnomada   odam   savdosining   oldini   olish   va   unga
qarshi   kurashishning   samarali   choralarini   ko’rish   belgilab   berilgan   edi.   Bunday
jinoyatning   oldini   olish,   bu   faoliyat   bilan   shug’ullanuvchi   shaxslarni   jazolash   va
odam   savdosi   qurbonlarining   xalqaro   e’tirof   etilgan   huquqlarini   himoya   qilishga
qaratilgan choralarni o’z ichiga olgan keng qamrovli xalqaro yondashuv zarurligi
ushbu hujjatda mustahkamlab qo’yildi.
Odam   savdosiga   qarshi   kurashni   kuchaytirish   hamda   mazkur   bayonnoma
qoidalarini   milliy   qonunchilikka   singdirish   maqsadida   2008   yil   17   aprelda
O’zbekiston   Respublikasining   “Odam   savdosiga   qarshi   kurashash   to’g’risida”gi
qonuni   qabul   qilindi.   Bu   qonunda   “odam   savdosi”   va   “odamlardan   foydalanish” 22 tushunchalariga   aniq   ta’rif     berilgan,   odam   savdosiga   qarshi   kurashish   tizimining
tashkil   etilish   tartibi,   bu   sohadagi   vakolatli   organlar   va   ularning   vazifalari,
shuningdek,   odam   savdosi   qurbonlarining   himoyasi   va   ijtimoiy-huquqiy
reabilitatsiyasi masalalari yoritilgan. 
YUrtboshimiz   BMT   minbaridan   butun   Afg’onistonda,   Markaziy   Osiyo
mintaqasida tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, Markaziy Osiyoda yadroviy
quroldan xoli hududni tashkil  etish tashabbusini  ilgari surganidan so’ng bu haqda
shartnoma 2006 yil sentyabr  oyida Semipalatinsk shahrida imzolandi. BMT Bosh
Assambleyasining   61   va   63-sessiyalarida   ushbu   tashkilotga   a’zo   davlatlarning
ko’pchilik   ovozi   bilan   “Markaziy   Osiyoda   yadro   qurolidan   xoli   hudud”
rezolyutsiyasi   qabul   qilindi,   2009   yilning   mart   oyidan   boshlab   esa,   bu   haqdagi
shartnoma kuchga kirdi.
O’zbekistonning   Markaziy   Osiyoda   yadrosiz   hudud   barpo   etish   haqidagi
tashabbusi  BMT  va jahon jamoatchiligi tomonidan to’la qo’llab-quvvatlanmoqda.
Bu   taklif   BMT   Bosh   Assambleyasining   sessiyalarida   muhokama   qilindi   va   u
bo’yicha maxsus rezolyutsiya qabul qilindi.
Markaziy   Osiyoda   yadro   qurolidan   xoli   hudud   barpo   etish   faqat   mintaqada
emas,   balki   butun   jahonda     tinchlik   va   barqarorlikni   mustahkamlashga   xizmat
qiladi.
Bugungi   kunda   har   qaysi   davlatning   jahon   hamjamiyatidagi   obro’-e’tibori
uning   nafaqat   iqtisodiy,   harbiy   qudrati,   balki   shu   mamlakatdagi   demokratik
jarayonlarning   qanday   borishi   bilan   ham   belgilanadi.   SHu   jihatdan   qaraganda,
O’zbekistonda   bosqichma-bosqich   amalga   oshirilayotgan   demokratik   islohot
jarayonlari yurtimizning jahon hamjamiyatida mustahkam o’rin egallashi va milliy
manfaatlarimiz   asosida   tashqi   siyosat   yuritishi   uchun   qulay   imkoniyatlar
yaratmoqda.
Vatanimizning   xalqaro   tashkilotlar   faoliyatidagi   ishtiroki   orqali   jahon
hamjamiyatiga integratsiyalashuvini quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh kotibi Pan Gu
Munning taklifiga ko’ra, 2010 yil 20-21 sentyabr kunlari Nyu-York shahrida BMT 23 Bosh   Assambleyasining   Mingyillik   rivojlanish   maqsadlariga   bag’ishlangan   oliy
darajadagi   yalpi   majlisida   ishtirok   etdi   va   nutq   so’zladi.   YUrtboshimizning   nutqi
dunyo jamoatchiligida ulkan qiziqish va e’tibor uyg’otdi.
Davlatimiz   rahbari   o’z   nutqida   jahonning   turli   nuqtalarida   hamon   davom
etayotgan   urushlar   va   qarama-qarshiliklar,   saqlanib   qolayotgan   davlatlararo,
millatlararo va dinlararo ziddiyatlar, qashshoqlik, ochlik, onalar va bolalar o’limi,
epidemiyalar va boshqa muammolar insoniyatning umumiy taraqqiyot yo’lida  eng
jiddiy to’siqlar bo’lib qolayotganini alohida ta’kidlab o’tdi 1
.
Haqiqatan   ham,   jafokash   Afg’oniston   misolida   30   yildan   buyon   davom
etayotgan   fuqarolar   urushining   ayanchli   oqibatlarini   ko’rish   mumkin.   Bugungi
kunda   afg’on   muammosini   harbiy   yo’l   bilan   hal   etib   bo’lmasligi   yanada   ayon
bo’lmoqda. Xalqaro terroristlar tomonidan 2001 yil 11 sentyabrda AQSH hududida
sodir   etilgan   jinoiy   harakatlar   munosabati   bilan   xalqaro   koalitsiya   (NATO)
kuchlarining   Afg’onistonga   kiritilishi   va   u   yerda   tinchlik   o’rnatish   bo’yicha
tanlangan   strategiya   kutilgan   natijalarni   bermayapti.   Yillar   davomida   cho’zilib
borayotgan   urush   Afg’oniston   xalqining   ahvolini   tabora   og’irlashtirmoqda.     Bu
mamlakatning   shahar   va   qishloqlarida     tor-mor   etilgan   tolibon   qo’shinlarining
jangarilari yana qaytadan bosh ko’tarib, Hamid Karzay hokimiyatiga, tinch aholiga
nisbatan terrorchilik harakatlarini sodir etmoqda.
SHu   boisdan   Prezidentimiz   o’z   nutqida   Afg’onistonda   tinchlik   va
barqarorlikka erishishning muqobil yo’llarini yana bir bor atroflicha asoslab berdi. 
Ma’lumki,   1997-2001   yillar   davomida   faoliyat   olib   borgan   “6+2”   guruhi
1997   yili   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Islom   Karimov   tashabbusi   bilan
BMT   kotibiyatida   tashkil   topgan   edi.   Bu   guruh   Afg’onistonda   o’sha   paytda
huqmron   bo’lgan   ikki   asosiy   harbiy   kuch   -   Ahmadshoh   Ma’sud   boshchiligidagi
shimoliy   kuchlar   qo’shinlari   va   Mulla   Umar   boshchiligidagi   Tolibon   harakati
qo’shinlari o’rtasidagi qurolli to’qnashuv va mojarolarni siyosiy yo’l bilan hal etish
va   bu   mamlakatda   tinchlik   o’rnatishga   qaratilgan   edi.   Mazkur   muloqot   guruhiga:
Afg’onistonga   chegaradosh   6   ta   mamlakat:   Eron   Islom   Respublikasi,   Xitoy   Xalq
1
  O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Islom   Karimovning   BMT   sammiti   Mingyillik   rivojlanish   maqsadlariga
bag’ishlangan yalpi majlisidagi nutqi// Xalq so’zi, 2010 yil 22 sentyabr. 24 Respublikasi, Pokiston Islom Respublikasi, Tojikiston, Turkmaniston, O’zbekiston
bilan birga AQSH va Rossiya davlatlari kiritilgan edi. Muloqot guruhining birinchi
uchrashuvi   1997   yil   16   oktyabrda   Nyu-Yorkda   bo’ldi.   Mazkur   anjuman
O’zbekiston   rahbariyatining   ko’p   yillik   sa’y-harakatlari   natijasi   edi.
Afg’onistondagi urushning o’z vaqtida tinch yo’l bilan hal etilmasligi mintaqaviy
va   global   xavfsizlikka   tahdid   solishi   mumkinligini   oldindan   ko’ra   bilgan
O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh Assambliyasining 1993 va 1995
yillardagi   sessiyalarida,   yeXHT   (1999)   Istanbul   sammiti   hamda   boshqa   bir   qator
nufuzli   anjumanlarda   xalqaro   hamjamiyatning     diqqat-e’tiborini   afg’on   xalqini
o’zaro   birodarkushlik   urushidan   xalos   etish,   mavjud   mojarolarni   tinch   yo’l   bilan
hal qilish masalalariga jalb etgan edi.
1999   yil   19-20   iyulda   “6+2”   muloqot   guruhining   navbatdagi   Toshkent
anjumanida   “Afg’onistondagi   mojaroni   tinch   yo’l   bilan   bartaraf   etish   tamoyillari
to’g’risida”gi Toshkent deklaratsiyasi imzolandi. Bu hujjatda Afg’onistonda yangi
hukumat   tuzish,   mojaroni   tinch   yo’l   bilan   hal   etish,   qochoqlarni   o’z   yashash
joylariga   qaytarish,   mamlakat   hududini   minalardan   tozalash,   umumiy   bitim
imzolash,   moliyaviy   yordam   kabi   mintaqaviy   dolzarb   masala   ko’tarilgan   edi.
Lekin   2001   yil   11   sentyabrdagi   AQSHga   terroristik   hujumdan   so’ng   NATO
blokiga   a’zo   davlatlarning   harbiy   kuchlari   Afg’onistonga   kiritilib,   Tolibon
qo’shinlari   tor-mor   etilgach,   “6+2”     guruhi   faoliyati   o’z-o’zidan   to’xtab   qoldi.
Lekin 2005 yildan keyingi   davrda Tolibon harakati yashirin faoliyat yuritib, yana
jonlana   boshladi.   Afg’oniston   yana   harbiy   to’qnashuvlar   girdobida   qoldi.   SHu
boisdan ham O’zbekiston Prezidenti 2008 yil 3 aprelda Buxarestda  NATO/SEAP
(Evroatlantika   hamkorlik   kengashi)   sammitida   ishtirok   etib,   30   yildan   buyon
hozirgacha davom  etib kelayotgan Afg’oniston mojarosini hal etish yuzasidan  bir
qator   amaliy   takliflarni   ilgari   surdi.   YUrtboshimizning   2008   yil   avgustida   SHHT
sammiti   doirasidagi   ma’ruzasida   esa   bu   masala   yana   bir   bor   ta’kidlab   o’tildi.
SHuningdek, “6+3”  guruhini tuzish g’oyasi Prezidentimiz tomonidan 2009 yil 15-
16 iyunda Rossiya  Federatsiyasining  yekaterenburg shahrida bo’lib o’tgan SHHT
anjumanida   ham   ilgari   surildi.   Davlatimiz   rahbari   ushbu   guruh   eng   avvalo 25 Afg’onistonda o’z yechimini kutib turgan quyidagi ijtimoiy-siyosiy masalalarni hal
etishda muhim rol o’ynashiga e’tibor qaratdi:
- oddiy xalqning ehtiyojini qondirish;
- aholi bandligi (ish bilan ta’minlash);
- hokimiyatning vertikal boshqaruv idoralari nufuzini mustahkamlash;
- afg’on xalqining xalqaro koalitsiya kuchlariga nisbatan ishonchini qozonish;
- xalqaro hamjamiyat imkoniyatlari hisobidan Afg’onistonga moddiy yordam
va ko’mak ajratish;
- afg’on xalqining diniy, milliy, madaniy qadriyatlari va urf-odatlarini hurmat
qilish;
-   “6+2”   muloqot   guruhini   “6+3”   muloqot   guruhiga   aylantirish,   ya’ni   unda
NATO vakolatxonasining ishtirokini ta’min etish lozim.
Prezidentimiz   Islom   Karimov   “6+3”   guruhi   g’oyasiga   2010   yil   27   yanvarda
Oliy   Majlis   qonunchilik   palatasi   va   Senatining   qo’shma   majlisida   so’zlagan
“Mamalakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish
– ustuvor vazifamizdir” mavzusidagi ma’ruzasida ham alohida to’xtalib o’tgan edi.
“6+3” muloqot  guruhining eng muhim  maqsadi  – Afg’onistonda  bir-biriga qarshi
kurashayotgan   kuchlarga   harbiy   harakatlarni   to’xtatish   dasturini   taklif   etish,
mamlakatni parokanda qilayotgan asosiy  muammo va ziddiyatlar bo’yicha o’zaro
murosa   asosidagi   yechimlarni   topish,   xavfsizlikni   ta’minlash   hamda   barcha
tomonlarning manfaatlarini hisobga olgan holda zarur  kafolatlarni berish lozimligi
qayd etildi.
Ushbu   dasturda   iqtisodiy   yordam   ko’rsatish,   ijtimoiy,   infratuzilma   va
gumanitar loyihalarni amalga oshirish, aholi bandligi muammolarini, qashshoqlik,
huquqsizlikka   qarshi   kurash   bo’yicha   eng   dolzarb   vazifalarni   hal   etish   zarurligi
aytildi.   Bunday   maqsadlarga   erishish   uchun   hozircha   Afg’onistonda   turgan
tinchliksevar koalitsiya kuchlari yordam berishi mumkin. 
Prezidentimiz   Islom   Karimovning   BMT   sammitida   so’zlagan   nutqida   2010
yilning   iyunida   Qirg’izistonda   ro’y   bergan   fojiali   voqealarning   sabab   va
oqibatlariga   ham   alohida   e’tibor   qaratildi.   Bu   mamlakatlarda   yuzaga   kelgan 26 keskinlik   va   qarma-qarshiliklar,   shuningdek,   qonuniy   hokimiyatning   zaifligi
Qirg’iziston   janubida   millatlararo   qonli   va   shafqatsiz   voqealarning   ro’y   berishiga
sabab bo’ldi. Natijada yuzlab begunoh odamlar qurbon bo’ldi, minglab tinch aholi
jabr   ko’rdi.   Qirg’izlarning   o’zi   ham,   respublika   janubida   yashayotgan   ko’p   sonli
o’zbeklar   ham   uchinchi   kuchlar   tomonidan   puxta   o’ylangan   va   uyushtirilgan
aksiyaning qurboniga aylandi.
Mamlakatimiz   Prezidenti   haqqoniy   ravishda   ta’kidlab   o’tganidek,   uzoqni
ko’zlab amalga oshirilgan bu aksiyadan maqsad mamlakatda nafaqat tartibsizlik va
parokandalikni   yuzaga   keltirish,   balki   O’zbekistonni   ham   ushbu   vahshiyona
xunrezlikka   tortish,   pirovard   natijada   millatlararo   qarama-qarshilikni   ikki   qo’shni
mamlakat   –   Qirg’iziston   hamda   O’zbekiston   o’rtasidagi   davlatlararo   qarama-
qarshilikka aylantirishdan iborat edi.
O’ta murakkab va o’t olib ketish xavfi bo’lgan mazkur vaziyatda qabih niyat
bilan tashkil etilgan qonli voqealarning keng yoyilib ketishiga yo’l qo’ymaslik biz
uchun   nihoyatda   og’ir   muammoga   aylandi.   O’z   hududimizda   ming-minglab
qochqinlar,   bolalar,   xotin-qizlar,   qariyalarni   qabul   qilish,   ularni   joylashtirish   va
barcha zarur narsalar bilan ta’minlash juda katta kuch, mehnat va resurslarni talab
qildi.   SHu   bilan   birga,   chegara   hududida   osoyishtalikni   saqlash,   favqulodda
oqibatlarga olib kelishi mumkin bo’lgan qahru g’azabni jilovlash, ekstremizmning
shiddatli   tus   olishining   oldini   olish   zarur   edi.   YAxshi   bilamizki,   ushbu   zaminda
o’zbeklar va qirg’izlar azal-azaldan   yonma-yon yashab kelgani va bundan buyon
ham ularning farzandlari hamda avlodlari ko’p asrlar mobaynida birga yashashini
teran   anglash   bizga   va   xalqimizga   mazkur   fojianing   Markaziy   Osiyoda   qarama-
qarshiliklarning   yangi,  keng   o’chog’iga   aylanib   ketishining   oldini   olishda   muhim
omil bo’ldi.
O’zbekiston BMTning Taraqqiyot dasturi, YUNISEF, Jahon sog’liqni saqlash
tashkiloti,   BMTning   qochoqlar   ishlari   bo’yicha   agentligi   va   boshqa   halqaro
institutlari   bilan   O’zbekiston   hududidagi   qirg’izistonlik   qochoqlarga   yordam
ko’rsatish borasida yaqindan hamkorlik qildi. 27 O’zbekistonning   Qirg’iziston   janubidagi   zo’ravonlik   qurbonlariga   yordam
ko’rsatish   borasidagi   tadbirlari   hamda   bu   masala   bo’yicha   oqilona   va   vazmin
siyosati   jahon   hamjamiyati   tomonidan   yuqori   baholandi.   Bir   qator   davlatlar
rahbarlari,   BMT   Bosh   kotibi   janob   Pan   Gi   Mun   va   boshqa   xalqaro   tashkilotlar
vakillari,   shuningdek,   Qirg’iziston   Prezidenti   O’zbekiston   Prezidenti   Islom
Karimovga   2010   yil   iyun  oyida   Qirg’iziston   janubidagi   fojiali   voqealar   oqibatida
yuzaga   kelgan   vaziyatni   bartaraf   etish   borasidagi   O’zbekistonning   konstruktiv
sa’y-harakatlari uchun minnatdorlik bildirishdi.
Davlatimiz rahbari BMT Bosh Assambleyasi minbaridan turib, 2010 yil 11-14
iyun   kunlari   Qirg’iziston   janubida   sodir   etilgan   talon-tarojliklar,   xunrezlik   va
zo’ravonliklar   bo’yicha   mustaqil   xalqaro   tekshiruv   o’tkazish,   ushbu   qonli
vaxshiyliklarning   barcha   buyurtmachilari,   tashkilotchilari   va   ijrochilarini   jinoiy
javobgarlikka   tortishni   muhim   vazifa   sifatida   yana   bir   bor   qat’iy   ta’kidladi.   Bu,
albatta,   qo’shni   Qirg’izistonda   mamlakatlararo   qonli   voqealarning   yana   avj
olishining oldini olish imkonini beradi.
O’zbekiston   BMT   va   uning   narkoagressiyaga   qarshi   ixtisoslashtirilgan
muassasalari   bilan   ham   yaqindan   hamkorlik   qilib   kelmoqda.   2002   yil   oktyabrida
BMT Bosh kotibi Kofi Anandning O’zbekistonga rasmiy tashrifi amalga oshirildi.
Tashrif   chog’ida   O’zbekiston   Prezidenti   Islom   Karimov   BMTning   giyohvand
moddalarni nazorat qilish markazini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi va ushbu
markaz Almati shahrida ochilishi haqida  kelishib olindi.
Ekologiyani     muhofaza   qilish     va     atrof-muhitni   asrab-avaylash   hozirgi
anomal   tabiiy   o’zgarishlar   sharoitida   Mingyillik   deklaratsiyada   belgilangan
maqsadlarga erishishda katta ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston   va     BMTning   ekologiya   sohasidagi   hamkorligi   doirasida
Orolbo’yidagi  vaziyat  degradatsiyasining   oldini   olish  va Orol   fojiasi     oqibatlarini
yengillashtirish bo’yicha qabul qilingan tezkor choralar   ustuvor ahamiyatga ega. 1
1
  O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Islom   Karimovning   BMT   sammiti   Mingyillik   rivojlanish   maqsadlariga
bag’ishlangan yalpi majlisidagi nutqi// Xalq so’zi, 2010 yil 22 sentyabr. 28 Ushbu   masalani   hal   etish   borasida   BMTning   O’zbekistonga   ko’mak   berishga
tayyorligi bayon etildi.
Orol   dengizi   ekologik   fojiasining   jiddiyligini   inobatga   olgan   holda,   2008
yilning 11-12 mart kunlari Toshkent shahrida O’zbekiston va BMT    vakillarining
faol   ishtirokida   “Orol   muammosi,   uning   aholi   genofondi,   o’simlik   va   hayvonot
dunyosiga     ta’siri,   oqibatlarini   yengillashtirish   borasida   xalqaro   hamkorlik
choralari” mavzusidagi xalqaro konferensiya o’tkazildi.
Aslida   Orol   fojiasi   ekologiya   muammolariga   mas’uliyatsiz   munosabatda
bo’lishning yaqqol misolidir. Bir paytlar noyob va go’zal dengizlardan biri bo’lgan
Orol   bir   avlod   hayoti   davomida   deyarli   qurib   va   yo’qolib   borayotgan   suv
havzasiga   aylanmoqda.   Qirq   yil   mobaynida   Orol   dengizi   akvatoriyasi   7   barobar
qisqardi,   suv   hajmi   13   marta   kamaydi,   uning   mineralllashuvi   esa   o’nlab   barobar
oshib, dengizni tirik organizlar yashashi uchun yaroqsiz ahvolga keltirdi. Natijada
bu   yerdagi   qariyb   barcha   hayvonot   va   nabotot   olami     tanazzulga   uchradi   va
yo’qoldi.
2010   yil   aprel   oyida   BMT   Bosh   kotibi   Pan   Gi   Mun   Orolbo’yi     mintaqasiga
tashrif   buyurdi.   Uning     so’zlariga   ko’ra,   ko’rgan   manzaralari   unda   o’chmas
taassurot   qoldirgan.   Pan   Gi   Mun   Orol   muammosini   hal   etishga   ko’maklashishga,
ushbu ekologik fojia oqibatlarini bartaraf qilish uchun BMTning ekspert salohiyati,
moliyaviy   va   boshqa   resurslarini   jalb   etish   borasida   barcha   sa’y-harakatlarni
safarbar qilishga tayyor ekanini bildirdi.
Prezidentimiz   Islom   Karimov   Orol   dengizining   qurishi   davom   etayotganini
va   uning   atrofida   gumanitar   falokat   sodir     bo’layotgani   sababli   Orolning     tabiy
biologik   fondini     asrab-avaylash,   dengiz   inqirozining     atrof-muhitga,   minglab   va
millionlab   odamlar   hayotiga   halokatli   ta’sirini     kamaytirish   hozirgi   vaqtdagi   eng
muhim dolzarb vazifa ekanini ta’kidlab o’tdi.
YUrtboshimiz o’z nutqida Orolbo’yi hududi ikkita asosiy manba – Amudaryo
va Sirdaryo hisobidan suv bilan ta’minlanishi, ushbu daryolar oqimining kamayishi
mazkur   keng   mintaqaning   shundoq   ham   zaif   ekologik   muvozanatini   butunlay
o’zgartirib yuborishi mumkinligini hisobga olish zarur ekanini bayon etdi. Bunday 29 sharoitda,   Prezidentimiz   ta’kidlaganidek,   30-40   yil   avval,   sobiq   sovet   davrida
ishlab   chiqilgan,   mazkur   daryolarning   yuqori   qismida   ulkan   gidroinshootlarni
qurish   bo’yicha   loyihalarni   amalga   oshirishga   har   qanday   urinishlar,   ushbu
inshootlar   barpo   etiladigan   zonalarning   seysmik   xavfi   8-9   ballni   tashkil   etishi
hisobga   olinadigan   bo’lsa,   bularning   barchasi   ekologiyaga   o’nglab   bo’lmaydigan
zarar   yetkazishi   va   xavfli   texnogen   halokatlarga   olib   kelishi   mumkinligi   ayon
bo’ladi.
Ko’plab   xalqaro   ekologiya   tashkilotlari   va   nufuzli   ekspertlar   tavsiya
qilayotganidek,   ushbu   daryolardan   shu   miqdordagi   energetika   quvvatlarini   olish
uchun   nisbatan   xavfsiz,   ammo   ancha   tejamkor   kichik   GESlar   qurilishiga   o’tish
oqilona yo’l ekani mazkur nutqda alohida ta’kidlab o’tildi.
Qurib borayotgan Orol muammosi – ushbu mintaqada yashayotgan, BMTdek
nufuzli   tashkilotga   umid   bilan   yordam   so’rab   murojaat   qilayotgan   millionlab
odamlarning muamosidir.
O’zbekiston   hammuallifligida   ishlab   chiqilgan   “Orolni   qutqarish   xalqaro
jamg’armasiga   BMT   Bosh   Assambleyasida   kuzatuvchilik   maqomini   berish”
to’g’risidagi   rezolyutsiya   BMT   Bosh   Assambleyasi   63-sessiyasida   barcha   a’zo
davlatlar   tomonidan   qo’llab-quvvatlangan   muhim   hujjatlardan   biri   bo’ldi.   Pan   Gi
Mun   Markaziy   Osiyo   davlatlari   tomonidan   Orolni   qutqarish   xalqaro   jamg’armasi
doirasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarni to’la qo’llab-quvvatladi.
Orol dengizi muammolarini hal  etish suv-energetika resurslaridan oqilona va
samarali foydalanish masalalari bilan bevosita bog’liq. Transchegaraviy daryolarni
ekologik nuqtai nazardan himoya qilish va ulardan foydalanishni tartibga soluvchi
xalqaro huquq me’yorlariga qat’iy rioya etish alohida ahamiyatga ega. Bu masala
bo’yicha   BMTning  1991  yil   25  fevral,  1992  yil  17  mart   va  1997  yil   21  maydagi
konvensiyalari   davlatlarning   “transchegaraviy   ta’sirga   ega   bo’lgan   faoliyatini
amalga oshirishda transchegaraviy daryolarning xususiyatini  hisobga olgan holda,
ulardan oqilona va adolatli tarzda foydalanishga” majbur ekanini uqtiradi.
O’zbekiston,   xalqaro   huquq   me’yorlariga   ko’ra,   Markaziy   Osiyoning   suv-
energetika   muammolariga   uchinchi   davlatlarning   aralashuvini   ma’qul   ko’rmaydi. 30 O’zbekiston   BMT   konvensiyalariga   binoan   transchegaraviy   daryolardagi   barcha
gidroenergetika   loyihalarini   (Qirg’izistondagi   Qambarota-1,   Qambarota-2,
Tojikistondagi   Rogun   va   hokazo)   BMT   shafeligi   ostida   xalqaro   ekspertizadan
o’tkazish nuqtai nazarini qat’iy ilgari suradi.
3. O’zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqa xavfsizligini ta’minlashdagi
xalqaro tashkilotlar doirasidagi o’rni va roli
Hozirgi   davrda   Markaziy   Osiyoda   strategik   barqarorlikni   ta’minlash,
mintaqada   integratsion   jarayonlarni   kuchaytirish,   bu   hududda   joylashgan
davlatlarning   iqtisodiy,   suv-   energetik,   ekologik   muammolarining   yechimni
topishda   yakin   hamkorlik   aloqalarini   yo’lga   quyish   va   mustahkamlash   muhim
ahamiyat kasb etadi. SHulardan ayniqsa, Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va
xavfsizlikni   saqlashda   mintaqa   davlatlarining   hamkorligi   zarurdir.   So’nggi   yillar
mobaynida   O’zbekiston   mintaqada   xavfsizlikka   erishish   va   uzoq   muddatli
hamkorlik   yo’lida   o’zaro   oqilona   murosaga   tayyor   ekanligini   bir   necha   bor   isbot
qildi. 31 Bu borada O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov «Markaziy Osiyoda tinchlik
va   barqarorlikni   saqlash,   bu   mintaqani   barqaror   xavfsizlik   hududiga   aylantirishni
tashqi   siyosatimizni   muhim   ustuvor   yo’nalishi   etib   belgilab   olganmiz» 1
  deb
ta’kidlagan edi. O’zbekiston mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, qurolli
mojarolarni tinch yo’l  bilan hal  etish borasida taklif  va tashabbuslar  bilan chiqib,
BMT bilan hamkorlikda qator samarali ishlarni amalga oshirdi. yevropa Xavfsizlik
va hamkorlik Tashkiloti, o’nlab davlatlararo nohukumat xalqaro tashkilotlar bilan
ham   keng   hamrovli   aloqalarni   izchil   rivojlantirmoqda.   O’zbekiston   poytaxti
Toshkent   bugungi   kunda   xalqaro   nufuzli   tashkilotlar   ishtirokidagi   xavfsizlik,
barqarorlik, tinchlik va hamkorlik masalalari bo’yicha muhim xalqaro anjumanlar
markaziga   aylandi.   Ayniqsa,   xalqaro   tashkilotlar   -   yeXHT,   Iqtisodiy   hamkorlik
tashkiloti   (EKO)   bilan   teng   huquqli   a’zo   sifatida,   yevropa   Ittifoqi,   NATO   bilan
«Tinchlik yo’lida hamkorlik» dasturi doirasidagi aloqalari rivojlandi.
BMTga   a’zo   bo’lishdan   maqsad   Markaziy   Osiyo   mintaqasida   xavfsizlik,
tinchlik, osoyishtalik hamda totuvlikni ta’minlashning keskin muammolariga jahon
jamoatchiligi   e’tiborini   jalb   qilishdan   iboratdir.   1993   yil   28   sentyabr   BMT   Bosh
Assambleyasining 48-sessiyasida Prezident I.A.Karimov nutq so’zladi, unda diqqat
e’tibor   Orol   dengizi   fojeasiga   va   mintaqadagi   mojaroli   o’choklarga   qaratildi,
birinchi bor Markaziy Osiyoda yadro qurolidan holi hudud barpo etish tashabbusi
ilgari   surildi.   Bu   tashabbus   1996   yil   dekabr   oyida   bo’lib   o’tgan   yeXHT
uchrashuvida yig’ilganlar diqqatiga havola etildi, 1997 yil 14–16 sentyabr kunlari
Toshkentda   yuqoridagi   mavzuga   doir   anjuman   o’tkazildi.   1999   yil   22   oktyabrda
Afg’onistondagi   mojarolarni   tinch   yo’l   bilan   hal   etish   masalasiga   doir   BMTning
Xavfsizlik   Kengashi   a’zolari   nomidan   Bayonot   e’lon   qilindi,   1999   yil   19-20   iyul
oyida «6+2» guruhining bu masalaga doir uchrashuvi bo’lib o’tdi. 2
  BMT   Bosh   Assambleyasining   «Ming   yillik»   deb   nom   olgan   sessiyasida
Prezident   I.   A.   Karimov   nutq   so’zladi,   unda   «Bugungi   kunda   mintaqalar
1
  Karimov I. A. Bizning bosh maksadimiz – jamiyatni demokralashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya
va islox etishdir // O’zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo’lmaydi. – Toshkent:  O’zbekiston, 2005. 3-jild.
–  B. 59.
2
 O’zbekiston va xalqaro tashkilotlar. – Toshkent: Akademiya , 2005. – B. 9. 32 xavfsizligini   taminlamay   turib,   umumiy   xalqaro   xavfsizlikka   erishib   bo’lmasligi
hammaga ravshan» degan edi 1
.
 Ming yillik Assambleyada, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov
O’zbekiston Respublikasi  Oliy Majlisining Ikkinchi chaqiriq, birinchi sessiyasida,
ya’ni   2000   yil   22   yanvarda   so’zlagan   ma’ruzasida   xavfsizlik   va   osoyishtalikni
ta’minlash   sohalariga   alohida   to’xtalib   o’tgan   edi.   BMT   bilan   faol   hamkorlik   va
O’zbekistonning obro’sining ortib borayotganligini biz Prezident I.A.Karimovning
«Ming   yillik   Assambleyasi»   raisi   o’rinbosarligiga   saylanishida   ham   ko’rishimiz
mumkin.
O’zbekiston   tashqi   siyosat   sohasidagi   vazifalarni   hal   etishda   Birlashgan
Millatlar   Tashkiloti   doirasidagi   hamkorlikni   rivojlantirishga   alohida   e’tibor
qaratadi.
O’zbekiston   Tashqi   ishlar   vazirligining   tashabbusi   bilan   tashkil   etilgan
"Markaziy   Osiyo   —   yadro   qurolidan   xoli   zona"   Xalqaro   konferensiyasi   ishida
jahondagi 56 davlat va 16 xalqaro tashkilotning muxtor vakillari qatnashdi. Bular
orasida BMT, yeXHT, NATO, Atom  energiyasi bo’yicha xalqaro agentlik, "Islom
konferensiyasi"   Tashkiloti,   Lotin   Amerikasida   yadro   qurolini   taqiklash   bo’yicha
agentlik  va  boshqa   xalqaro  tuzilmalardir.  Ushbu  anjuman  ishida   BMT  Xavfsizlik
Kengashi-ning   doimiy   a’zolari   —   yadro   davlatlari   hisoblanmish   besh   davlat
vakillari   faol   qatnashdilar.   Bu   esa   Toshkent   konferensiyasi   katta   ahamiyatga   ega
ekanligini ko’rsatdi. Toshkent  konferensiyasida  qatnashish  uchun yevropa Ittifoqi
mamlakatlarining   katta   delegatsiyasi   ham   keldi.   Ularning   integratsiya   hamda
xavfsizlik   va   tinchlik   o’rnatish   borasidagi   tajribasi   Markaziy   Osiyo   davlatlari
uchun ayniqsa qadrlidir. Konferensiyaning hamma ishtirokchilari O’zbekistonning
Markaziy   Osiyoda   yadro   qurolidan   xoli   zona   tashkil   etish   haqidagi   g’oyasini
qo’llab-quvvatlayotganliklarini ma’lum qildilar.
O’zbekiston   Prezidenti   I.   Karimov   "Markaziy   Osiyo   -   yadro   qurolidan   xoli
zona"   Toshkent   konferensiyasida   so’zga   chiqib,   bunday   dedi:   "...   jahon
1
 Karimov I. A. BMT Bosh Assambleyasida so’zlangan nutq //   Vatan ravnaqi uchun har birimiz masulmiz. – 
Toshkent: O’zbekiston, 2001. 9-jild. – B. 106. 33 hamjamiyati   bugungi   kunda   yadro   xavfidan   ogoh   qilish,   uning   oldini   olish
borasidagi tashabbus va chora-tadbirlarga jiddiy e’tibor bilan qarashi va ularni har
tomonlama qo’llab-quvvatlashi lozim. Biz Markaziy Osiyo —dunyodagi aholi eng
zich   joylashgan   mintaqalardan   biri   ekanini,   aholi   har   tomonlama   nochor,   tabiiy
halokatlar tez-tez sodir bo’lib turadigan sharoitda istiqomat  qilishini hech qachon
unutmasligimiz kerak" 1
.
Prezident   I.   A.   Karimov   tashabbuslari   natijasida   2006   yil   8   sentyabrda
Semipalatinsk   shahrida   O’zbekiston,   Qozog’iston,   Qirg’iziston,   Tojikiston,   va
Turkmaniston davlat rahbarlari tomonidan Markaziy Osiyoni yadro qurolidan xoli
zona   deb   e’lon   qilinganligi   haqidagi   shartnoma   imzolandi.     SHartnomaga   ko’ra
tomonlar   yadro   qurolini   ishlab   chiqarishni,   sotib   olishni,   xududlariga
joylashtirishni taqiqlash kabi majburiyatlarni o’z zimmalariga oldilar 2
. O’zbekiston
tomoni mazkur shartnomani 2007 yil 2 aprelda ratifikatsiya qildi  3
. 
O’zbekiston   Prezidenti   I.   A.   Karimov   yeXHT   ning   Xelsinki   (1992   yil),
Budapesht   (1994   yil),   Lissabon   (1996   yil),   Istambul   (1999   yil)   sammitida
qatnashdi va nutqlarda qator taklif va tashabbuslarni ilgari surdi. Bular jumlasiga,
Markaziy Osiyoda barqarorlikni mustahkamlash, mojarolarni bartaraf etish, qurol-
yaroq   kontrabandasiga   qarshi   kurashda   yeXHT   ning   ishtirokini   kengaytirish,
xalqaro Terrorizmga qarshi kurash markazini tashkil etish kabi masalalar kiradi.
1994   yilning   dekabr   oyida   Budapeshtda   yeXHTga   a’zo   davlatlar
boshliqlarning xalqaro konferensiyasi bo’lib o’tdi. O’zbekiston Prezidenti ham bu
nufuzli anjumanda ishtirok etdi. Butun dunyo ahli ko’z o’ngida ona sayyoramizda
barqarorlikni hukm surishi uchun fidoyilik qilayotgan davlat rahbari sifatida keng
jamoatchilikda ijobiy fikr uyg’otdi.
Ayniqsa,   O’zbekiston   Prezidentining   Budapesht   minbaridan   turib   aytgan
ushbu   gapi   jahoniy   ahamiyatga   molik,   davr   qiyofasini   aks   ettirgani   bilan   ajralib
turadi:   «Bizningcha,   mojarolar   bo’layotgan   joylardagi   barcha   tinchlikparvarlik
ishlari   faqatgina   yeXHT   ning   mandati   bo’yicha   amalga   oshirmog’i   kerak.  
1
 Karimov I. A.  Markaziy Osiyo –   yadro qurolidan xoli zona»   xalqaro  konferensiyasida  so’zlangan nutq,  // Xavfsizlik va
barqaror taraqqiyot yo’lida. – Toshkent: O’zbekiston, 1998. . 6-jild. – B. 356.
2
 Xalq so’zi 2007 yil 3 aprel.
3
 O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining axborotnomasi. – 2007. – № 4 (1372). – B. 9.  34 Nazarimizda   davlatlarning   umumiy   qirg’in   qurollarini   tarqatmaslik   va
aytgan   bo’lardimki,   bu   qurollarning   sayyoramiz   bo’ylab   yoyilishiga   yo’l
qo’ymaslik   yuzasidan   olgan   majburiyatlarga   qat’iy   rioya   etishga   e’tiborni
kuchaytirish zarur…» 1
.
Bu   o’rinda   O’zbekiston   Prezidenti     o’z   pozitsiyasini   aniq   tiniq   qilib   bayon
etgandi. Ayniqsa, O’zbekistonga chegaradosh davlatlardagi ahvolni to’g’ri baholab
shunday   degandi:   «Afg’onistonda   davom   etayotgan   fuqarolar   urushi,   Tojikiston-
Afg’oniston   chegarasidagi   keskin   vaziyat   va   Tojikistonning   o’zidagi   notinchlikni
hisobga   oladigan   bo’lsak,   hududimizga   ekstremizm   va   aqidaparastlikni   bostirib
kirish   xavfiga   yo’l   qo’ymaslik   biz   uchun   –   hayotiy   ahamiyatga   egadir…» 2
.
O’zbekiston   davlati   rahbari   birgina   O’zbekistonni   emas,   balki   mintaqadagi
mamlakatlarning kelajagi  va manfaati  yuzasidan  kelib chiqib so’zladi. Qolaversa,
Afg’onistondagi   urushga  jamoatchilik fikrini   qaratdi.  yer  yuzida  tinchlikni  saqlab
qolish bevosita Afg’oniston masalasi bilan chambarchas bog’liqligini ta’kidladi. 
Tashkilotning   Lissabonda   bo’lgan   sammitida   mamlakatimiz   rahbari
mintaqamizda   barqarorlikni   mustahkamlash,   mojarolarni   bartaraf   etish,   qurol-
yaroq   kontrabandasiga   qarshi   kurashda   yeXHTning   ishtirokini   kengaytirishi
taklifini   ilgari   surgan   edi.   Bu   taklif   sammit   so’ngida   qabul   qilingan   Lissabon
deklaratsiyasida o’z ifodasini topdi 3
.
1996   yil   3-4   dekabrda   O’zbekiston   tashabbusi   bilan   yeXHT   davlat   va
hukumat   boshliqlarining   Lissabon   deklaratsiyasiga   Markaziy   Osiyo   mintaqasida
barqarorlikni   qo’llab-quvvatlash   hamda   mojarolarning   oldini   olishga   qaratilgan
sa’y-harakatlarni   faollashtirish   haqidagi   band   kiritildi.   Jumladan   deklaratsiyada
shunday   deyiladi:   “   Biz   yeXHT   da     Markaziy   Osiyo   davlatlarining   muhim   rol
o’ynashini   ta’kidlaymiz.   Biz   yeXHT   ning   bu   mintaqada   demokratik   tuzilmalarni
rivojlantirish,   qonun   ustuvorligini   mustahkamlash,   barqarorlikni   qo’llab-
1
  Karimov   I.A.   Barqaror   tinchlik   va   o’zaro   manfaatli   hamkorlik   uchun.   yevropada   Xavfsizlik   va   hamkorlik
kengashiga a’zo mamlakatlar davlat boshliqlarining Budapeshtda bo’lib o’tgan konferensiyasida so’zlangan nutq.//
Bizdan ozod va obod vatan qolsin. – Toshkent: O’zbekiston, 1996. 2-jild. – B. 157.
2
 Karimov I.A. Barqaror tinchlik va o’zaro manfaatli hamkorlik uchun. ... – B. 156.
3
 Kubayev O. Maqsad- mintaqaviy xavfsizlik // Jamiyat va boshqaruv. – 2002. – № 1. – B.70 35 quvvatlash   va   nizolarni   oldini   olishga   qaratilgan   sa’y   –   harakatini   faollashtirish
maqsadidamiz” 1
.
O’zbekiston   o’z   tarkibida   demokratik   davlatlarni   biriktirgan   NATO   kabi
tashkilotlarning ahamiyatini ham to’g’ri baholab, uning nafaqat yevropa mintaqasi
barqarorligini   saqlashga   xizmat   qilishi,   aksincha,   o’z   siyosiy   ustqurmasini
mustahkamlashi   va   “Tinchlik   yo’lida   hamkorlik”   dasturi   doirasida   yevropa
mintahasida   ham   muhim   o’rin   tutishi   mumkinligiga   e’tibor   qaratdi.   O’zbekiston
“Tinchlik yo’lida hamkorlik” dasturida ishtirok etar ekan, asosan o’z mustaqilligini
mustahkamlash,   zamonaviy   xarbiy-texnik   imkoniyatlarini   qo’lga   kiritish,   harbiy
kadrlar tayyorlash imkoniyatlarini kengaytirishni maqsad qilib qo’yadi.
O’zbekiston   NATO   faoliyatidagi   barcha   yirik   tadbirlarda   faol
qatnashmoqda.   "Tinchlik   yo’lida   hamkorlik"   dasturidagi   muvaffaqiyatli   ishtiroki
esa   taqsinga   sazovor.   AQSH   tomoni   yaqinda   NATO   da   Janubiy   Kavkaz   va
Markaziy Osiyo bo’yicha vakil tayinlaganini nazarda tutadigan bo’lsak, kelgusida
bunday rejaning amalga oshishiga shubha qolmaydi. 
O’zbekiston   o’z   havfsizligini   mustahkamlash   maqsadida   ham   NATO   da
ishtirok etishdan manfaatdor.  
Umuman yevropa va butun g’arb – bu yuqori texnologiya va investitsiyalar
manbai,   zamonaviy   demokratiya   va   inson   huquqlari   ramzidir.   O’z   oldiga
havfsizligi ta’minlangan, taraqqiy etgan davlat qurishni maqsad qilib qo’ygan yosh
O’zbekiston uchun bunday sheriklar bilan teng munosabatlarga kirishish, tabiiyki,
beqiyos ahamiyat kasb etadi.  1
Ta’kidlab   o’tganimizdek,   O’zbekiston   o’z   tashqi   aloqalarida   ko’p
tomonlama   munosabatlar   barobarida   ikki   tomonlama   hamkorlikka   ham   tayanadi.
Zero,   ikki   tomonlama   aloqalar   o’zaro   manfaatlarni   yorqinroq   his   etish,   bir-birini
yaqindan   bilish   imkonini   beradiki,   bu   o’zaro   hamkorlikning   o’zoq   davom   etishi
uchun mustahkam asos bo’lib xizmat qiladi. O’zbekistonnning Germaniya, Buyuk
Britaniya, Fransiya, Belgiya, Portugaliya, Avstriya, Gretsiya, CHexiya, Slovakiya,
1
 YEXHT Oliy darajadagi Lissabon uchrashuvi. 1996 yilgi Lissabon  hujjatlari // Inson huquqlari bo’yicha xalqaro 
shartnomalar (to’plam) , Muharrir A. Saidov – Toshkent: Adolat, 2004. –  B. 451–480.
1
 Kubayev O. Maqsad – mintaqaviy ќavfsizlik. Jamiyat va boshqaruv. 2002y. 1-son. 71 bet. 36 Ruminiya   kabi   qator   mamlakatlar   bilan   o’rnatgan   to’g’ridan-to’g’ri   ikki
tomonlama munosabatlari ham shundan dalolat berib turibdi.  
Respublikamiz   Prezidenti   Oliy   Majlis   Qonunchilik   palatasi   va   Senatining
qo’shma   majlisida   so’zlagan   ma’ruzasida   “mustaqillikka   erishganimizdan   beri
o’tgan   tarixan   qisqa   davr   ichida   mamlakatimiz   dunyo   hamjamiyatida   o’zining
munosib   o’rin   egallaganligiga” 1
  alohida   urg’u   bergan   edi.   Bu,   birinchi   navbatda,
xalqaro siyosiy maydonda olib borilayotgan har tomonlama puxta ishlangan tashqi
siyosatimiz   bilan   bog’liqdir.   Mustaqillik   qo’lga   kiritilgan   dastlabki   kunlardanoq
O’zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri mintaqaviy xavfsizlik
va barqarorlikni mustahkamlashdan iborat bo’lib kelmoqda.
Markaziy   Osiyo   respublikalari   hamkorligi   doirasida   O’zbekiston   diniy
ekstremizm,   xalqaro   terrorizm   va   narkobiznes   xavfini   o’zaro   birgalikda   bartaraf
etish bo’yicha qator tashabbuslarni ilgari surib, ularni ro’yobga chiqarib kelmoqda.
Jumladan, 2000 yil 21 aprelda Toshkentda O’zbekiston, Qozog’iston, Tojikiston va
Qirg’iziston terrorizm, siyosiy va diniy ekstremizm, uyushgan jinoyatchilik hamda
tomonlarning barqarorligiga xavf tug’diradigan boshqa tahdidlarga qarshi kurashda
hamkorlikda harakat qilish haqida shartnoma imzolagani ham  buning isboti  bo’la
oladi.  
O’zbekiston   Tashqi   ishlar   vazirligining   tashabbusi   bilan   1997   yil   14-15
sentyabr   kunlari   tashkil   etilgan   “Markaziy   Osiyo   -   yadro   qurolidan   xoli   hudud”
mavzusidagi   Xalqaro   konferensiyasi   ishida   jahondagi   56   davlat   va   16   xalqaro
tashkilotning   vakolatli   vakillari   qatnashdi 2
.   Bular   orasida   BMT,   yeXHT,   NATO,
Atom     energiyasi   bo’yicha   xalqaro   agentlik,   “Islom   konferensiyasi”   Tashkiloti,
Lotin   Amerikasida   yadro   qurolini   ta’qiklash   bo’yicha   agentlik  va   boshqa   xalqaro
tuzilmalardir.   Ushbu   anjuman   ishida   BMT   Xavfsizlik   Kengashining   doimiy
a’zolari - yadro davlatlari hisoblanmish besh davlat vakillari faol qatnashdilar. 
O’zbekiston   tashabbusi   bilan   BMT   homiyligida   1995   yilda   Toshkentda
Markaziy   Osiyoda   mintaqaviy   xavfsizlik   muammolari   bo’yicha   xalqaro   seminar
1
  Karimov I. A. Bizning bosh maksadimiz –  j amiyatni demokralashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya 
va islo h  etishdir ... –  B- 59
2
 YEXHT  O’zbekistondagi vakolatxonasi JA. yejegodn ы y doklad za 2002 god o deyatelnosti OBSE. – S. 5. 37 muvaffaqiyatli o’tdi. Unda 20 ta xalqaro tashkilot vakillari, shuningdek dunyoning
30   dan   ortiq   mamlakatidan,   jumladan   AQSH,   GFR,   Fransiya,   Rossiya,   Buyuk
Britaniya,   YAponiya,   Xitoy,   Hindiston,   Pokiston,   Eron   va   boshqa   davlatlardan
kelgan diplomatlar va hukumat vakillari qatnashdi 1
.
Turkmaniston   o’zining   betaraf   pozitsiyasini   ro’kach   kilib,   mintaqa   atrofida
kechayotgan   asosiy   geosiyosiy   jarayonlardan   chetda   turishni   afzal   ko’rdi.
Qirg’iziston   va   Tojikiston   ham   bir   necha   yillardan   buyon   mintaqa   atrofida
kechayotgan   geosiyosiy   jarayonlar   sinovidan   o’tib   kelmoqda.   Tabiiyki,
mintaqadagi   ayrim   davlatlarning   iqtisodiy   imkoniyatlari   va   siyosiy   holatlari
yetakchi davlatlarning doimiy kuzatuvi va diqqat markazidan o’rin olib kelmokda.
Ammo   O’zbekiston   o’z   tashqi   siyosiy   faoliyatni   mamlakat   milliy   manfaatlarini
inobatga olgan holda qat’iyat bilan mustaqil ravishda amalga oshirib kelmoqda. 
Tojikiston 1992 yil 2 martda barcha Markaziy Osiyo davlatlari qatori BMTga
teng   huquqli   a’zo   davlat   sifatida   qabul   qilindi.   SHu   davrdan   BMT   va   Tojikiston
o’rtasida   qizg’in   aloqalar     boshlandi.   BMT   Bosh   kotibi   Kofi   Annan   bu   haqida
2002   yil   21   oktyabrida   Tojikiston   parlamentiga   qilgan   murojaatida   quyidagilarni
ta’kidlagan   edi:   “Tojikiston   va   Birlashgan   Millatlar   Tashkiloti   ikki   tomon   ham
g’ururlansa   arziydigan   mustahkam   va   sermahsul   hamkorlik   aloqalar   tajribasiga
ega” 2
. SHuni  alohida ta’kid lash lozimki, mazkur  aloqalar  asosan  BMTning 1992-
1997 yillarda ichki harbiy-siyosiy nizolar girdobida qolgan Tojikistonga yordami,
milliy birlik va tinchlikni tiklashga ko’maklashishdan iborat bo’ldi 3
. 
O’zbekistonning   Afg’onistonga   qurol-yarog’lar   yetkazib   berishni   qattiq
ta’qiqlab qo’yish haqidagi taklifi BMTning Xavfsizlik Kengashida ko’rib chiqildi.
Bu   esa   O’zbekiston   afg’on   muammosini   hal   qilishda   asosiy   tinchlik
o’rnatuvchilardan   biri   sifatida   yuksak   xalqaro   obro’-e’tiborga   egaligidan   dalolat
beradi.   Markaziy   Osiyo   hududida   geosiyosiy   o’ringa   ega   bo’lgan   O’zbekiston
Respublikasi   doimiy   ravishda   Afg’onistonda   tinchlik   o’rnatilishini   va   qarama
1
 Diniy  ekstremizm  va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy ma’rifiy asoslari. O’quv qo’l. / Mas’ul muharrir A.
Ochildiyev, - Toshkent: Toshkent islom universiteti, 2008.  – B. 200.
2
 Sotirov V. OON i Tadjikistan: Plodotvornoye vzaimodeystviye i sotrudnichestvo.// Tadjikistan i sovremennыy mir.
Vestnik, Dushanbe, 2004, № 1, S.13 
3
 O’sha joyda. 38 qarshilik   to’xtatilishini   amalda   istayotganligini   isbot   qilib   kel moqda.   Jumladan,
Afg’onistonga   qurol-yarog’   yetkazib   berishni   ta’qiqlash   ha qi dagi   O’zbekiston
taklifi   BMT   Xavfsizlik   Kengashining   1996   yildagi   rezolyutsiyasi   bilan   qo’llab-
quvvatlandi. Afg’onistondagi vaziyat BMT Xavf sizlik Kengashida 1996 yilda ikki
marta - 15 fevral va 22 oktyabrda muho kama qilindi. 1996 yil 22 oktyabrda qabul
qilingan   BMT   rezolyutsiyasida,   xususan,   “Afg’onistonning   ichki   ishlariga
aralashmaslik   hamda   Afg’onis ton dagi   mojaroda   qatnashayot gan   hamma
tomonlarga   qurol-yarog’lar   va   o’q-dorilar   yetkazib   berishning   oldini   olish
muhimligi” ta’kidlanadi 1
. 
Evropada   Xavfsizlik   va   Hamkorlik   Tashkilotining   faoliyati   yevropada
xavfsizlik   va   tinchlikni   ta’minlashga   qaratilgan.   yeXHT   nafaqat   yevropa   balki
umumjahon miqyosida inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, mintaqaviy
va   yalpi   xavfsizlik,   iqtisod,   fan-texnika,   atrof-muhit   muhofazasi,   chegaralar
daxlsizligini,   kuch   ishlatmaslik   va   tahdid   solmas lik,   mojarolarni   tinch   yo’l   bilan
hal   etish   masalalari   bilan   shug’ullanuvchi   yirik   va   nufuzli   xalqaro   tuzilmadir.
Aytish joizki, Afg’onistonda beqarorlikning saqla nib qolishi nafaqat mintaqa, balki
yevropa xavfsizligiga ham tahdid solmoqda. 
1992 yil 30 yanvarida yevropada Xavf siz lik va Hamkor lik Kengashi (hozirgi
yeXHK)   tashqi   ishlar   vazirlarining   Pragada   bo’lib   o’tgan   majlisida   O’zbekiston
ushbu   xalqaro   tashkilotga   qabul   qilindi 2
.     1992   yil   26   fevralda   O’zbekiston
Respublikasi  Prezidenti I.A.Karimov Finlyandiyaga qilgan rasmiy safari  chog’ida
yevropada   Xavf siz lik   va   Hamkorlik   Kengashining   Xelsinki   (1975   y.)   yakuniy
aktiga  imzo  chekdi 3
.   O’zbe kis ton Respublikasi  Prezidenti   I.A.Karimov  tomonidan
olib borilayotgan tashqi siyosiy faoliyat, xalqaro doiradagi  munosabatlar yevropada
Xavfsiz lik   va   Hamkorlik   T ashkilotining   (EXHT)   maqsad   hamda   qarash la ri ga   ham
mos keladi.  SHu asosda O’zbekiston Respublikasining yeXHT bilan muno sa bat lari
samarali rivojlanib bormoqda. Tadqiqotning ushbu bobida ye vropada Xavfsizlik va
1
  Gafarli   M.   S.,   Kasayev   A.   CH.   Rivojlanishning   o’zbek   modeli:   tinchlik   va   barqarorlik   –   taraqqiyot   asosi.     –
Toshkent: O’zbekiston,2001. – B. 77.
2
 YEXHT ning O’zbekistondagi vakolatxonasi JA. yejegodnыy doklad za 1992 o deyatelnosti OBSE. – S. 7.
3
 YEXHTning O’zbekistondagi vakolatxonasi JA. yejegodnыy doklad za 1992 o deyatelnosti OBSE. – S. 7. 39 Hamkorlik   T ashkiloti   Markaziy   Osiyodagi   barcha   mamlakatlar   bilan   ham   keng
qamrovli hamkorlik aloqalarini olib borishligi  aniq dalillar asosida ta’kidlab o’til gan 1
.
Markaziy   Osiyo   mamlakatlarining   mintaqa   xavfsizligini   ta’minlashdagi
tashabbuslariga e’tibor bergan holda bevosita ularning boshqa xalqa ro tashkilotlar
bilan birgalikda amalga oshirgan ishlari ham   ko’rsatish lozim . Ma’lumki, mintaqa
va   dunyo   xavfsizlik   tizimini   ta’minlashda   SHan xay   hamkorlik   tashkiloti   (SHHT)
faol   ish   olib   bormoqda.   Uning   bosh   vazi falaridan   biri   mintaqa   davlatlari   bilan
hamkorlikda xavfsizlikni ta’ minlashdir. Bu borada O’zbekiston poytaxti Toshkent
shahrida joylashgan SHHTning mintaqaviy aksilterror tuzilmasi tomonidan amaliy
ishlar   bajarildi.   Jumladan,   2005   yilning   5   iyulidan   2006   yilning   15   iyunigacha
SHHT   hududida   450   ta   terrorchilik   harakatining   oldi   olindi.   Tashkilot   maxsus
xizmat xodimlari tomonidan terrorchilik tashkilotlarining 15 nafar rahbari ushlandi
yoki yo’q qilingan. 400 nafar jinoyatchi ustida qidiruv ishlari olib borilmoqda 2
. 
Markaziy   Osiyo   davlatlaridan   biri   Tojikistondagi   vaziyatga   ham   alohida
e’tibor   qarati sh   zarur .   Ma’lumki,   90   yillar   boshida   ushbu   mamlakatda   ichki
vaziyatning   keskinlashuvi   natijasida,   1992   yil   noyabr   oyidagi   Tojikiston   Oliy
Kengashining murojaatiga binoan MDH davlatlari unga insonparvarlik yordamini
ko’rsata   boshladi lar.   Natijada,   MDHga   a’zo   davlatlar   rahbarlarining   birgalikda
qabul   qilgan   qaroriga   binoan   tojik-afg’on   chegarasi   hududiga   Rossiyaning   201-
diviziyasi chegarachilari kiritildi. SHu bilan birga Tojikistonda tinch lik ni saqlash
maqsadida   ushbu   respublika   hududiga   qo’shimcha   O’zbekiston,   Qozog’iston   va
Qirg’iziston harbiy bo’linmalari kiritildi 3
.  
MDH ga a’zo davlatlar xavfsizlik va barqarorlikni saqlash borasida bir qator
bitimlarni   imzolaganlar.   Jumladan,   MDH   davlatlari   ichki   ishlar   vazirliklarining
Jinoyatchilikka  qarshi   kurash   doirasidagi   o’zaro  harakati  haqida   bitim  (1992  yil),
Giyohvand   vositalar   va   psixotrop   moddalarining   noqonuniy   aylanmasi   bilan
kurashda   hamkorlik   haqidagi   bitim   (1992),   Uyushgan   jinoyatchilik   bilan   kurash
doirasidagi   o’zaro   harakat   haqidagi   bitim   ( 1 9 9 4 ) ,   Transportdagi   jinoyatchilik
1
 YEXHTning insoniylik mezonlari bo’yicha hujjatlari. Ikkinchi nashri. Ma’sul muharrir yu.f.d.                 A. Saidov.
– Toshkent, 2005. – B. 159.
2
    Po’latov A . O’zbekiston raisligi samarali bo’ldi .// Milliy tiklanish, 2011.
3
 YEXHT O’zbekistondagi vakolatxonasi JA. yejegodnыy doklad za 1992 god o deyatelnosti OBSE. – S. 10. 40 bilan   kurashdagi   hamkorlik   haqidagi   bitim   va   boshqalar,   idoralararo   bitimlar
toifasiga   kiradi.   Bu   turdagi   shartnomalar,   odatda,   tilga   olingan   jinoyatlarni   sodir
etgan   shaxslar   haqida   ma’lumotlarni   ayirboshlash,   tayyorlanayotgan   va   sodir
etilgan   jinoyatlar,   shuningdek,   ularni   sodir   etish   usullari   haqidagi   ma’lumotlarni
ayirboshlash, tegishli mutaxassislar va texnologiyalarni ayirboshlash va hokazolar
bo’yicha hamkorlikni nazarda tutadi 1
.
SHunday   qilib,   Markaziy   Osiyoda   xavfsizlik   va   barqarorlikni   ta’minlash
yo’lida   O’zbekiston   Respublikasining   mintaqadagi   geo siyo siy   o’rni   va   mavjud
muammolarni   bartaraf   etishdagi   yetakchilik   roli   alohida   ko’rsatib   o’ti sh   lozim .
SHu bilan birga Markaziy Osiyo davlatlarining nufuzli xalqaro tashkilotlar – BMT,
yeXHT,   MDH   va   SHHT   bilan   birga lik da   mintaqada   xavfsizlik,   tinchlik   va
barqarorlikni   qaror   toptirishdagi   tashab buslari   muhim   ahamiyat   kasb   etganligi
ta’kidlab o’ti sh zarur .    
1
 YEXHT O’zbekistondagi vakolatxonasi JA. yejegodnыy doklad za 1995 god o deyatelnosti OBSE. – S.8. 41 4.  O’zbekiston va xalqaro tashkilotlarning mintaqada demokratik va
ijtimoiy islohotlarni amalga oshirish soxasidagi hamkorligi 
Hozirgi kunda munosabatlarni demokratik asosda qayta qurish xalqaro siyosiy
munosabatlarni   barqarorlashtirishning   eng   muhim   yo’li   sifatida   e’tirof   etilmoqda.
Albatta,   ushbu   jarayonni   bir     yoki     bir   necha     davlatning   ishtiroki   bilan   hal   qilib
bo’lmaydi.   Buning   uchun   ko’pchilik   davlatlarning   birgalikdagi   harakati   zarur
bo’ladi.
Ayni   paytda   bu   borada   mavjud   ziddiyatning   kelib   chiqish   sabablarini   ham
e’tiborga   olish   muhimdir.   Odatda   davlatlararo   ziddiyatlar,   bir   tomondan,   hozirgi
tarixiy bosqichning qarama-qarshiliklar bilan bevosita bog’liq holda   kelib chiqsa,
boshqa   tomondan   ular   o’zaro   siyosiy     munosabatlarning   xususiyatlariga   ham
bog’liq.
Markaziy   Osiyo   davlatlarining   BMT,   yeXHT   va   boshqa   shu   kabi   nufuzli
xalqaro tashkilotlarga a’zo bo’lishi ularda demokratik tamoyil larni qaror topishida,
inson   huquqlari   va   erkinliklarini   kafolatlashda   muhim   ahamiyat   kasb   etganligiga
ham   asosiy   urg’u   berilgan.   Jumladan,   O’zbekiston   BMTning   inson   huquqlari
bo’yicha   Fuqarolik   va   siyosiy   xuquqlar   to’g’risidagi   pakt,   Iqtisodiy,   ijtimoiy   va
madaniy   huquqlar   to’g’ risidagi   pakt,   Qiynoq     hamda   jazolashning   qattiq
shafqatsiz,   in so niy likka   zid   yoki   qadr-qimmatni   kamsituvchi   turlarga   qarshi
konvensiya 1
 va boshqa bir qator shart no mala riga qo’shilganligi ko’rsatib o’tilgan.
Aytish   joizki,   xalqaro   tajribalardan   kelib   chiqib   va   BMTning   qo’llab-
quvvatlashi   asosida   O’zbekistonda   mustaqillik   yillari   inson   huquqlarini   himoya
qilish bo’yicha bir  nechta institutlar tashkil qilindi. Ular  qatorida Oliy Majlisning
inson   huquqlari   bo’yicha   Vakili   (Ombudsman,   1995   yil),   Oliy   Majlis   huzuridagi
amaldagi   qonunchilik   monitoringi   instituti   (1996   yil),   Inson   huquqlari   bo’yicha
1
 BMT ning O’zbekistondagi vakolatxonasi joriy arxivi. Vestnik OON. 2001 god. 42 Respublika     Milliy   markazi   (1996   yil)   va   Jamoatchilik   fikrini   o’rganish   markazi
(1997 yil) faoliyat ko’rsatib kelmoqdalar 1
.
SHuningdek, O’zbekiston hukumati BMT bilan birgalikda 2005-2009 yil larda
O’zbekiston   Respublikasining   rivojlanishiga   ko’maklashish   maqsadi ga
yo’naltirilgan dasturni qabul qilgan. Ushbu dasturga ko’ra iqtisodiy rivoj lanish va
kam   ta’minlanganlik   sohasida   boshqaruv,   tabiat   va   energoresurslardan   oqilona
foydalanish,   demokratlashtirish   jarayonlarini   ri voj lantirish   sohasidagi   boshqaruv
va boshqa shu kabi ustuvor masalalarga yordam ko’rsatishni maqsad qilib olgan.
SHuni   ham   alohida   ta’kidlash   joizki,   mustaqillik   yillari   O’zbekiston
Respublikasida   BMTning   ko’magida   jami   64   ta   turli   sohalarni   qamrab   oluvchi
loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Bugungi kunda 48 ta loyiha ustida ish
olib borilmoqda, 15 ta loyiha esa nihoyasiga yetgan 2
. 
Insoniylikning   mezon   va   andozalari   har   qanday   davlat   taraqqiyotining
iqtisodiy   hamda   demokratik   islohotlarini   qamrab   oluvchi   kompleks   tushuncha
hisoblanadi.   yeXHT   tomonidan   aynan   shu   jihatlarga,   unga   amal   qilish
jarayonlariga   barqarorlik   va   xavfsizlikning   kafolati   sifatida   alohida   e’tibor
qaratiladi.   Bunda   eng   birinchi   o’rinda   inson   huquqlarini   himoyalash,   ijtimoiy
portlashlar,   fuqaroviy   va   millatlararo   nizolarga   yo’l   qo’ymaydigan   choralar
ko’radigan   fuqarolik   jamiyatini   barpo   etish   mexanizmlari   masalasi   turadi.   SHuni
alohida   qayd   etish   lozimki,   Markaziy   Osiyo   davlatlari   tomonidan   inson
huquqlariga   doir   BMT   va   yeXHT   standartlariga   sodiqlik   masalalari   ularning
Konstitutsiyalari   va   qabul   qilgan   qonunlarida   o’z   aksini   topgan.   SHu   bilan   birga
ularning barchasi mintaqada, demo kratlashuv jarayonini yanada tezlashtirish, inson
huquqla rini   himoya   qilish,   milliy   ozchilik   manfaatlarini   himoyalash   masalalariga
alohida e’tibor berib kelmoqdalar.
EXHTga   a’zo   mamlakatlarda   demokratlashuv   jarayonlarida   uning   Demo kra -
tik   institutlar   va   inson   huquqlari   bo’yicha   byurosi   (DIIHB)   alohida   o’rin   tutadi.
1996   yildan   boshlab   Markaziy   Osiyoda   va   jumladan   O’zbekistonda   DIIHB
tomonidan   keng   qamrovli   ishlar   amalga   oshirib   kelinmoqda.   Jumladan,   ushbu
1
 BMT ning O’zbekistondagi vakolatxonasi joriy arxivi. Vestnik OON. 2008 god.
2
 BMT ning O’zbekistondagi vakolatxonasi joriy arxivi. Birlashgan Millatlar tashkiloti. Asosiy omillar.   43 byuro   va   O’zbekiston   hukumati   tashabbuslari   bilan   1996   yil   11   -   13   sentyabr
kunlari   Toshkent   shahrida   “Inson   huquqlari   bo’yicha   milliy   muassasalar”
mavzuida   xalqaro   kengash   seminari   o’tka zil di.   Bu   kengash   Markaziy   Osiyo,
yevropa   va   Amerikaning   21   mamlakatidan,   shuning dek   29   ta   xalqaro   va
hukumatga   qarashli   bo’lmagan   tashkilotlardan   kelgan   ekspertlar   ishtirokida   keng
doirada muloqot o’tkazish imkonini berdi 1
.
Ushbu   seminar-kengashda   so’zga   chiqqan   yeXHTning   DIIHB   direktori
masla hatchisi YA. Polishevskiy haqli ravishda ta’kidlaganidek,  “Har qanday xalq
minglab   yillik   taraqqiyoti   davomida   to’plangan   tajribaga,   milliy   an’ana lar ga   ega.
SHu  sababdan   ham   yevropa  tajribasini   bu  yerda   to’la-to’kis,   butun ligicha  qo’llab
bo’lmaydi.   Har   qanday   davlat   demokratik   davlat   barpo   etish   jarayonida,   eng
avvalo, o’z tajribasi, nuqtai nazariga asoslanadi” 2
.
O’zbe kis ton Respublikasi  Prezidentining 1996 yil 31 oktyabr dagi Farmo ni ga
asosan Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi 3
  tashkil
etilganligi   hamda   ushbu   markazning   xalqaro   tash ki lotlar   bilan   yaqindan   faol
hamkorlik   ishlarini   olib   borganliklari   yori tib   o’tilgan.   Jumladan,   ushbu   markaz
yeXHTning   DIIHB,   yeXHTning   Tosh kent dagi   Loyihalar   koordinatori,   BMT   va
uning   ixtisoslashtirilgan   muas sa salari   (BMTTD,   BMT   Inson   huquqlari   bo’yicha
Oliy   komissari   boshqar masi,   YUNISEF),   “Konrad   Adenauer”   va   “Fridrix   Ebert”
nomidagi   jamg’ar ma lar,   Fransiya,   Germaniya,   YAponiya   va   boshqa   davlatlar
elchixonalari   bilan   samarali   hamkorlik   qilib   kelmoqda.   Masalan,   2006   yil   20-21
aprel   kun la ri   Inson   huquqlari   bo’yicha   O’zbekiston   Respublikasi   Milliy   markazi
BMTTD   bilan   hamkorlikda   Inson   huquqlari   bo’yicha   xalqaro   shartnoma lar ni
bajarish yuzasidan Milliy ma’ru zalar tayyorlashga doir trening o’tkaz dilar 4
.
SHunindek mazkur bobda, Markaziy Osiyo davlatlari saylovlarni oshkora va
saylov qonunchi ligiga rioya etilishini ta’minlash borasida xalqaro tashkilotlar bilan
1
  YEXHTning   O’zbekistondagi   vakolatxonasi   JA.   Informatsionnыy   byulleten   o   ob sh estvenn o-politicheskoy
si tuatsii  v s entralno-aziatsk om  region e .OSCE,  1997 .  – S. 2.
2
  YEXHTning   O’zbekistondagi   vakolatxonasi   JA.   Informatsionnыy   byulleten   o   ob sh estvenn o-politicheskoy
si tuatsii  v s entralno-aziatsk om  region e .OSCE,  1997 .  – S.5.
3
  YEXHTning   O’zbekistondagi   vakolatxonasi   JA.   Informatsionnыy   byulleten   o   ob sh estvenn o-politicheskoy
si tuatsii  v s entralno-aziatsk om  region e .OSCE,  1997 .  – S. 7.
4
  YEXHTning   O’zbekistondagi   vakolatxonasi   JA.   Informatsionnыy   byulleten   o   ob sh estvenn o-politicheskoy
si tuatsii  v s entralno-aziatsk om  region e .OSCE,  2006 .  – S. 4. 44 faol   hamkorlik   jarayonlari   o’z   aksini   topgan.   Jumladan,   O’zbekiston
Respublikasida ikki palatali parla mentga ilk bor o’tkazilgan 2004 yil dekabrda va
O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   Qonunchilik   palatasiga   2009   yil   27
dekabrda   bo’lib   o’tgan   saylov   jarayonlarida   yeXHT,   yevroparlament,   MDH,
SHanxay   Hamkorlik   tashkiloti   kuza tuv chilari   missiyalari   qatnashdi 1
.   Saylovda
ishtirok   etgan   kuzatuvchilar   saylov   monito ringini   o’tkazdi.   Ular   saylov
kompaniyasining   barcha   bosqichlari   O’zbekiston   Respublikasi   qonunchiligi   va
umume’tirof etilgan tamo yil larga muvofiq o’tganligini ta’kidladilar 2
.
Inson   xuquqlarini   himoyalash   va   demokratik   tamoyillarga   rioya   qilish
masalalari   Markaziy   Osiyo   mintaqasining   barcha   davlatlarida   ham   amalga
oshirilish   jarayonlari   kuzatib   o’tilgan.   Ushbu   jarayon   Tojikiston   Respublikasi
misolida   ko’rilganida,   mintaqaning   boshqa   davlatlari   singari   Tojikiston   ham
mamlakatda   demo kratik   tamoyillarni   o’rnatish   yo’lidan   borilayotganligi,   o’z
maqsadlarini   amalga   oshirishga   ko’maklashuvchi   xalqaro   tashkilotlar   bilan
hamkorlik qilinayotganligi ko’rsatib o’tilgan.
Masalan, Tojikiston ham Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari singari inson
huquqlari bo’yicha asosiy shartnomalarga qo’shilgan. Ular tarkibiga “Fuqa rolik va
siyosiy   huquqlar   to’g’risidagi   xalqaro   pakt”,   “Iqtisodiy,   ijtimoiy   va   madaniy
huquqlar   to’g’risidagi   xalqaro   pakt”,   “Irqiy   kamsitish larning   barcha   shakllariga
barham   berish   to’g’risidagi   konvensiya”,   “Ayol larga   nisbatan   kamsitishning
barcha   shakllariga   barham   berish   to’g’risidagi   konvensiya”,   “Bola   huquqlari
to’g’risidagi   konvensiya”,   “Qiynoq   hamda   muo ma la   va   jazolashning   shafqatsiz,
insoniylikka  zid  yoki  qadr-qimmatni  kamsituvchi   turlariga  qarshi  konvensiya”  va
boshqalar kiradi 3
.
Markaziy   Osiyo   hududi   mavjud   bo’lgan   muammolarni   bartaraf   etish   yo’lida
xalqaro   tashkilotlar   tomonidan   ko’rsatilgan   gumanitar   yordamlariga   ham   alohida
e’tibor qaratish lozim. Bunday muammolar orasida mintaqa uchun muhim bo’lgan
1
  YEXHTning   O’zbekistondagi   vakolatxonasi   JA.   Informatsionnыy   byulleten   o   ob sh estvenn o-politicheskoy
si tuatsii  v s entralno-aziatsk om  region e .OSCE,  2010 .  – S. 8.
2
 Abdusalomov M. Erkin saylovlar – demokratiyaning muhim mezoni.//Demokratlashtirish va inson huquqlari. 2006
№6, B.11  
3
 BMT ning O’zbekistondagi vakolatxonasi joriy arxivi. Vestnik OON. 2008 god. 45 muammolardan   biri   sifatida   albatta   xavfsizlik   masalasi   turar   edi.   Bu   esa   o’z
navbatida Afg’oniston mojarosi bilan to’g’ridan to’g’ri bog’lik bo’ldi.    
Ma’lumki,   1992-1993   yillarda   Tojikistonda   sodir   bo’lgan   qurolli
to’qnashuvlar   tufayli   ushbu   respublikaning   50   mingdan   ortiq   fuqarosi
Afg’onistonning   shimoliy   viloyatlariga   qochib   o’tishga   majbur   bo’lgan   edi.
O’zbekiston   Respublikasi   hukumati   esa   BMTning   qochoqlar   masalalariga   doir
Oliy komissari bilan hamkorlikda boshpanasiz qolgan fuqarolarga o’zining yordam
qo’lini   cho’zdi.  Garchi  Afg’onistondagi   ichki  harbiy-siyosiy   vaziyat  jiddiy  bo’lsa
ham,   O’zbekiston   o’z   hududlari   orqali   qochoqlarning   Tojikistonga   o’tib   borishi
uchun shart-sharoitlar yaratib berdi 1
. 
SHuni ham ta’kidlash joizki, Markaziy Osiyo davlatlari mintaqa xavfsiz ligi va
barqarorligiga tahdid solayotgan Afg’onistondagi notinchlik larga barham berish va
bu   yerda   tinch   hayotni   izga   solish   maqsadida   xalqaro   tashkilotlar   bilan
hamkorlikda   mazkur   davlatga   gumanitar   yordamni   ko’rsat moqdalar.   Masalan,
O’zbekiston   mutaxassislari   vayron   bo’lgan   o’ndan   ortiq   ko’priklarni   ta’mirlab,
yo’llarni ekspluatatsiya qilishga loyiq holatga keltirdilar.  Afg’onistonning shimoliy
viloyat lari ga   elektr   energiyasini   yetkazib   berish   ishlarini   amalga   oshirmoqda.
O’zbekis ton   avtomobillari,   quri lish   materiallari   va   boshqa   tovarlari   Afg’oniston
bozoridan   mustah kam   o’rin   egallamoqda.   Ko’plab   afg’on   yoshlari
O’zbekistonning turli oliy o’quv yurt larida o’qimoqdalar 2
.
Markaziy   Osiyodagi   Orol   muammosi   ekologik   va   ijtimoiy-iqtisodiy
oqibatlari   jihatidan   XX   asrning   eng   katta   falokatlardan   biri   ekanligi   asoslab
o’tilgan.   SHu   sababli   ushbu   muammo   nafaqat   mintaqa   mamlakatlari   balki   jahon
hamjamiyati   va   jumladan   turli   xalqaro   tashkilotlarning   diqqat   markazidan   o’rin
egalladi.   Buning   natijasida   1991   yilda   BMTning   atrof-muhit   bo’yicha   dasturi
(YUNEP)   Orol   dengizi   fojia sining   qamrovi   va   jiddiyligi   borasida   dastlabki
baholash ishlarini amalga oshirdi 3
. 
1
  Rahimov   M.O’zbekiston   respublikasining   Birlashgan   Millatlar   tashkiloti   bilan   ko’p   tomonlama
hamkorligi.//Mustaqil O’zbekiston tarixining dastlabki sahifalari. Davriy to’plam №3– Toshkent:  SHarq, 2000. – B.
190.
2
  Jalilov A., Tulenova G.   G eosiyosat asoslari  (O’ q uv qo’llanma ). – T oshkent: 2007.  - B.3.
3
 BMT ning O’zbekistondagi vakolatxonasi joriy arxivi. Vestnik OON.  1992  god .46 1992 yili yangi mustaqil davlatlar iltimosiga ko’ra, Jahon banki (JB) missiyasi
Orol  dengizi   havzasi  va   Orolbo’yi   hududidagi   hayotga  ekologik,  institutsional   va
ijtimoiy-iqtisodiy   baho   berish   bo’yicha   ish   boshladi.   Natijada   Jahon   banki
missiyasi Orol dengizi tangligi oqibatlarini yengil lashtirish bo’yicha uch bosqichli
dasturni ishlab chiqdi. 1994 yilning iyuni da dastur Birlashgan Millatlar Tashkiloti
taraqqiyot dasturi (BMTTD), Jahon banki (JB) va BMTning atrof-muhit bo’yicha
Dasturi   (YUNEP)   ko’magida   Parijda   donorlarga   taqdim   etildi.   Mazkur
uchrashuvda donorlar Jahon Banki tomonidan suralgan 41 mln. AQSH dollaridan
31 mln. dollarini dasturning tayyorlov jarayoniga ajratish majbu riyatini zimmasiga
oldi 1
. 
Markaziy   Osiyo   hududida   va   jumladan   Orol   dengizi   basseynida   vujud ga
kelgan   ekologik   halokat   oqibatlarini   yengib   o’tishda   yevropada   Xavf sizlik   va
Hamkorlik   Tashkilotining  ham   ulkan  hissasi     kuzatib  o’tilgan.  Jumladan,   yeXHT
rahnamoligida   O’zbekistonning   Toshkent   va   Urganch   shaharlarida   1995   yilning
oktyabrida atrof-muhitni tiklash bo’yicha xalqaro seminar bo’lib o’tdi 2
. 
Ammo   keyingi   yillarda   ham   Orol   muammosi   xalqaro   tashkilotlarning
e’tiboridan chetda qolmadi.  
2010   yil   4-5   aprel   kunlari   BMT   Bosh   kotibi   Pan   Gi   Mun   O’zbekistonga
tashrif   buyurib,   dastlab   Nukus   shahrida   Orol   bo’yidagi   ekologik   vaziyatni
yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlarga bag’ishlangan taqdimot marosimida
ishtirok etdi.  Tashrif  davomida  u  Orol   bo’yidagi   ekologik vaziyat  bilan  yaqindan
tanishdi.   BMT   Bosh   kotibi   O’zbekiston   Prezident   I.A.Kari mov   bilan   uchrash -
ganda,   “O’zbekiston   va   BMT   o’rtasidagi   umumiy   masalalarni   hal   etish   doira sida
O’zbekistonlik   hamkorlarimiz   bilan   birgalikda   ishlashdan   mamnunman.   Orol
dengizini qurib, bu falokatning butun min ta qa ekotizimiga yetkazgan salbiy ta’siri
nechog’li   katta   ekanligiga   ishonch   hosil   qildim.   Murakkab   ekologik   sharoitda
yashayotgan   odamlar   bilan   uchrash dim.   Qariyb   butun   mintaqa   aholisi     boshdan
kechirayotgan   ofatni   tasavvur   qilishning   o’zi   og’ir”,   deb   ta’kidladi 3
.   SHu   bilan
1
 BMTning O’zbekistondagi vakolatxonasi joriy arxivi. Vestnik OON.  1994  god .
2
 Saidov A. Uzbekistan i OBSE: grani sotrudnichestva. – Tashkent: 1998.  – S. 20.   
3
 BMTning O’zbekistondagi vakolatxonasi joriy arxivi. BMT va O’zbekiston: rivojlanish yo’lida hamkorlik. 47 birga,   Pan   Gi   Mun   O’zbekiston   rahbarining   bu   boradagi   tashabbuslari   naqadar
asosli va muhim ekanligini alohida  e’tirof etdi.
SHuningdek   bobda,   BMT   Bosh   kotibi   Pan   Gi   Munning   Markaziy   Osiyoga
kelgan paytida 2010 yil 6 aprelda Qirg’iziston Respub li kasiga ham qilgan rasmiy
tashrifi ko’zdan kechirilgan. Bu borada, mazkur mamlakatning hukumat rahbarlari
bilan   uchrashuv   jarayonlarida   Markaziy   Osiyoda   vujudga   kelayotgan   suv
muammolari   bo’yicha   olib   borilgan   muzokara   va   fikr-mulohazalar   yoritib
o’tilgan 1
.
  2010   yil   yozida   Qirg’iziston   Respublikasining   janubida   vujudga   kelgan
vaziyat   uning   oqibatlari   va   bartaraf   etish   masalalariga   alohida   e’tibor   qaratilgan.
Sodir   etilgan   fojeali   voqealar   oqibatida   100   mingga   yaqin   Qirg’iziston   fuqarosi
O’zbekistonning Andijon, Namangan va Farg’ona viloyatlarida vaqtinchalik qabul
qilinib,   joylashtirilgan   edi.   Bunday   vaziyatda   O’zbekiston   hukumati   tomonidan
Qirg’izistondan   vaqtincha   ko’chib   kel gan larga   insonparvarlik   yordamini   tegishli
manzillarga   aniq   va   tezkorlik   bilan   yetkazib   berish   uchun   barcha   chora-tadbirlar
ko’rildi.   Qirg’izistondan   vaqtincha   O’zbekistonga   ko’chib   o’tgan larga   xorijdan
jami   qiymati   3926,6   ming   AQSH   dollariga   teng   insonparvarlik   yuki   yetkazildi.
Ularning   yarmi dan   ko’pi   xalqaro   tashkilotlar   tomonidan   taqdim   etildi.   Jumladan,
BMT 1 337,9 ming, Qizil xoch va Qizil yarim oy jamiyati 636 ming, YUNISEF 67
ming, Xalqaro shifokorlar ligasi 64,4 ming, CHegara bilmas  shifokorlar 41,8 ming
dollarlik   yordam   ko’rsatdi 2
.   O’zbekiston   Respublikasi   tomonidan   qo’shni
davlatdan   ko’chib   kelganlarga   bepul   tibbiy   yordam   ko’rsatildi   va   barcha   zarur
narsalar   -   palatkalar,   ko’rpa-   to’shak,   kiyim-kechak,   oziq-ovqat   va   maishiy
buyumlar bilan ta’minlandi 3
. 
1
 Kыrgыz Tuusu  2010 yil 6 aprel,  №23, – B.8.
2
 BMTning O’zbekistondagi vakolatxonasi joriy arxivi. BMT va O’zbekiston: rivojlanish yo’lida hamkorlik.
3
 Ishonch,  2010 yil,1 iyul, №78 48 Xulosa 
Markaziy  Osiyo  mintaqasida  xavfsizlik  va barqarorlikni   taminlashda   xalqaro
tashkilotlarning   rolini   kuzatishga,   aniqlashga   va   tahlil   etish ga   bag’ishlab   olib
borilgan   quyidagi xulosalarga kelingan:
1.   Tadqiqot   natijalari   shuni   ko’rsatdiki,   Markaziy   Osiyoga   va   ushbu
mintaqada   vujudga   kelgan   yosh   mustaqil   davlatlarning   tinch   osoyishta   yo’l   bilan
barqarorlikka erishishlari   uchun to’siq bo’lishi mumkin bo’lgan bir qator omillar 49 mavjud   ekanligi   aniqlandi.   Bunday   omillar   qatoriga   xalqaro   terrorizm,   diniy
ekstremizm   va   fundamentalizm,   separatizm   hamda   mintaqa   genofondiga   salbiy
ta’sir etuvchi ekologik muammolar kiradi. 
2.   Markaziy   Osiyo   mamlakatlari   mustaqillikning   dastlabki   kunlardanoq
o’zlarining   tashqi   siyosiy   faoliyatini   belgilovchi   strategiya,   tamoyil lar   va   ustivor
yo’nalishlarini   ishlab   chiqdilar.   Tashqi   siyosiy   faoliyat   olib   borish   yo’lida   eng
dolzarb va ustivor yo’nalishlardan biri sifatida esa mamlakat ichida hamda mintaqa
miqyosida xavfsizlikni va barqarorlikni ta’minlash masalasi belgilandi. 
3.   Markaziy   Osiyo   xavfsizligi   va   barqarorligiga   tahdid   soluvchi   omillarga
qarshi kurashish yo’lida ushbu mintaqada o’zining yetakchilik mavqei bilan ajralib
turuvchi O’zbekiston Respublikasining o’rni alohida ahamiyat kasb etmoqda. 
4.   Tadqiqot   natijalari   shuni   ko’rsatadiki,   Markaziy   Osiyo   mintaqasiga
nisbatan   mavjud   bo’lgan   tahdidlar   asosan   janubda   joylashgan   qo’shni   davlat
Afgonistondan esmoqda. XIX asr bo’sag’asida ushbu davlatning xalqa ro terrorizm
markaziga   aylanishi   nafaqat   Markaziy   Osiyo   mamlakatlari ga,   balki   jahon
hamjamiyatiga ham tahdid solayotganligiga butun dunyo ahli guvoh bo’lmoqda. 
Markaziy Osiyo davlatlari va jumladan O’zbekiston Respublikasi o’zining bor
imkoniyatlaridan   foyda lan gan   hamda   xalqaro   tashkilotlarni   jalb   etgan   holda
Afgonistonda tinch yo’li bilan muammolar yechimini topish uchun o’z hissalarini
qo’shmoqdalar. 
5.   Markaziy   Osiy   mintaqasida   mavjud   bo’lgan   dolzarb   muammolardan   biri
sifatida   bu   hududda   yadro   va   yalpi   qirg’in   qurollarini   saqlamaslik,   sinovdan
o’tkazmaslik bilan bog’liq masalalar hisoblanadi. Qo’shni davlatlarda bu sohadagi
yutuq   va   kashfiyotlarni   sinab   ko’rish   davom   etayotganligi   mintaqa   davlatlari
mustaqilligi   va   barqarorligiga   xavf   solmoqda.   SHu   sababga   ko’ra   O’zbekis ton
Respublikasi BMT bilan hamkorlikda, yadro qurolini batamom yo’qo tish ni, yadro
qurolini tarqatmaslik to’g’risidagi shartnoma samarali amal qilishini va muddatsiz
uzaytirilishini yoqlab chiqmoqda. 
6.   Tadqiqot   jarayoni   shuni   ko’rsatdiki,   Markaziy   Osiyo   mintaqasining
ijtimoiy-iqtisodiy   holatiga   salbiy   ta’sir   ko’rsatuvchi   omillardan   biri   sifatida 50 ekologik   muammo   ham   muhim   o’rin   tutadi.   Orol   dengizining   qurib   borishi
mintaqada   ko’plab   ijtimoiy   va   iqtisodiy   muammolarni   keltirib   chiqarayotganini
kuzatish   mumkin.   SHu   bois   ham   bu   jarayonda   yuzaga   kelgan   muammolarni
bartaraf   etish   yo’lida   Marka ziy   Osiyo   davlatlari   va   jumladan   O’zbekiston
Respublikasi   BMT,   yeXHT,   MDX   va   SHHTlarining   mavjud   imkoniyatlaridan
unumli   foydalangan   holda   vaziyatni   yumshatishga   harakat   qilib   kelayotganini
ko’rishimiz mumkin.  
7.   Markaziy   Osiyo   respublikalari   mustaqillikka   erishgach   o’z   oldiga
rivojlangan   mamlakatlar   tajribasiga   tayanib   dunyoviy   demokratik   dav lat   qurish
yo’lini tanlashdi. SHu sababga ko’ra bugungi kunda ushbu mintaqa davlatlarida bir
vaqt ning o’zida demokratik o’zgarishlar amalga oshirib kelinmoqda. Demo kratiya
prinsiplariga   rioya   qilish   va   inson   huquq lari   himoyasini   ta’minlash   masalalarida,
Markaziy   Osiyo   mamlakatlariga   asosan   Birlashgan   Millatlar   Tashkiloti   hamda
yevropada   Xavfsizlik   va   Hamkorlik   Tashkilo ti ning   faol   ishtiroki   yaqqol   ko’zga
tashlanadi. 
8.   Tarixdan   ma’lumki,   Markaziy   Osiyo   mintaqasida   joylashgan   xalqlarning
tarixiy   ildizi,   dini,   madaniyati,   urf-   odatlari   va   qadriyatlari   bir-   biriga   yaqin dir.
Ammo shunga qaramasdan tashqi omillar ta’siri ostida min taqa xalqlari o’rtasidagi
nizolarni   chiqarib,   Markaziy   Osiyo   davlatlari   o’rtasida   siyosiy   va   millatlararo
to’qnashuvlarni   keltirib   chiqarishga   qaratil gan   harakatlar   yuz   berdi.   Bunday
holatni   Qirg’iziston   Respublikasining   O’sh   viloyatida   sodir   bo’lgan   voqealarda
ko’rishimiz   mumkin.   Bunday   holat ni   oldini   olish,   mintaqadagi   barqarorlikni
ta’minlashda   xalqaro   tashki lot lar   tomonidan   beg’araz   gumanitar   yordam   qo’li
uzatilganligi ko’plab misollarda o’z tasdig’ini topdi.      
SHunday   qilib,   Markaziy   Osiyoda   xavfsizlik   va   barqarorlikni   ta’minlashda
xalqaro   tashkilotlar   va   O’zbekistonning   o’rni   beqiyos   ekanligini   guvohi   bo’l dik.
Bunday tashkilotlar qatorida eng avvalo BMT, yeXHT, MDH va SHHTlari alohida
o’rin   tutadi   va   ularning   har   biri   bilan   mintaqadagi   barcha   mam la katlar   yaqin
aloqalarni   amalga   oshirib   kelmoqdalar   va   kelgusida   bunday   aloqalarni   yanada
rivojlantirish siyosatini olib bormoqdalar.  51 SHu   bilan   birga   yuqorida   keltirilgan   xulosalarga   asoslangan   holda   Markaziy
Osiyo   davlatlari   va   xalqaro   tashkilotlar   o’rtasidagi   hamkorlik   aloqalarini   yanada
jadallashtirish maqsadida quyidagi  taklif va tavsiyalar berilgan :
-   mintaqa   xavfsizligi   va   barqarorligiga   tahdidlar   va   chaqiriqlar   mintaqaning
har   bir   davlati   uchun   bir   xilda   ta’luqli   ekanligini   hisobga   olgan   holda   xalqaro
tashkilotlarni   mintaqadagi   iqtisodiy,   ijtimoiy,   milliy,   demografik   muammolarga
ayrim   mamlakatlar   manfaatlari   nuqtai   nazaridan   emas,   balki   butun   mintaqa
manfaatlari nuqtai nazaridan yondoshishga chaqirish zarur;
-   narkotrafik   va   narkobiznesga   qarshi   mintaqa   davlatlarining   barchasi   bor
imkoniyatlari  darajasida  kurashishlarini  ta’minlashda SHHT salohiyatidan yanada
samarali foydalanish maqsadga muvofiq bo’lar edi;  
-   mintaqaga   qo’shni   mamlakatlar   yadro   quroliga   ega   bo’lganligi   va   shunga
harakat qilayotganliklarini inobatga olib, yadro qurolini tarqatilishi ustidan xalqaro
nazoratni   yanada   kuchaytirish   masalasida   xalqaro   tashkilotlar   bilan   hamkorlik
aloqalarini kengaytirish zarur deb hisoblanadi;
- Markaziy Osiyoda suv resurslari va transchegaraviy daryolarning taqsimoti
masalasi   mintaqadagi   vaziyatni   keskinlashtirishi   ehtimolidan   kelib   chiqib,   bu
muammoga   ikki   qutbli   qarashlarni   bartaraf   etish,   jahon   hamjamiyatda   ushbu
muammoga nisbatan xolis fikrlarni shakllantirish maqsadga muvofiq.
- Markaziy Osiyo mamlakatlarida demokratik va tarixiy o’zgarishlarni amalga
oshirish   hamda   ekologik   muammolarni   bartaraf   etish   jarayonlarida   yevropa da
Xavfsizlik   va   Hamkorlik   Tashkilotining   amaliy   yordamlarini   maxsus   dasturlar
asosida amalga oshirilsa aniq maqsadlarga erishish imkonini yaratadi; 52 Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati
I.Raxbariy adabiyotlar.
1. Karimov   I.A.   O’zbekiston   mustaqillikka   erishish   ostonasida.   –Toshkent:
O’zbekiston, 2011. – 440 bet.
2. O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Islom   Karimovning   BMT   Mingyillik
rivojlanish   maqsadlariga   bag’ishlangan   sammiti   yalpi   majlisidagi   nutqi   //   Xalq
so’zi, 2010 yil 22 sentyabr, 1-2-b.
3. Hamkorlik, taraqqiyot va xavfsizlikni ta’minlash yo’lidan // Xalq so’zi, 2010
yil 21 sentyabr, 1-b. 53 4. Karimov   I.A.   Asosiy   vazifamiz   –   Vatanimiz   taraqqiyoti   va   xalqimiz
farovonligini yanada yuksaltirishdir. T.: “O’zbekiston”, 2010. – 80 b.
5. Karimov   I.A.   Vatanimizning   bosqichma-bosqich   va   barqaror   rivojlanishini
ta’minlash – bizning oliy maqsadimiz. 17-jild – T.: “O’zbekiston”, 2009. – 280 b. 
6. Karimov   I.A.   Jahon   moliyaviy-iqtisodiy   inqirozi,   O’zbekiston   sharoitida   uni
bartaraf etishning yo’llari va choralari. – T.: O’zbekiston, 2009. 
7. Karimov I.A. Mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotimizni barqaror
rivojlantirish yo’lida. 16-jild – T.: “O’zbekiston”, 2008. – 368 b.
8. Karimov   I.A.   Jamiyatimizni   erkinlashtirish,   islohotlarni   chuqurlashtirish,
ma’naviyatimizni   yuksaltirish   va   xalqimizning   hayot   darajasini   oshirish   –   barcha
ishlarimizning mezoni va maqsadidir. 15–jild  – T.: “O’zbekiston”, 2007. – 320 b. 
9. Karimov   I.A.   Bizning   bosh   maqsadimiz   –   jamiyatni   demokratlashtirish   va
yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. -T.: O’zbekiston, 2005.
10. Karimov   I.A.   Imperiya   davrida   bizni   ikkinchi   darajali   odamlar,   deb
hisoblashar edi. –T.: «O’zbekiston», 2005. 
11. Karimov I.A. O’zbekiston buyuk kelajak sari. – T.: “O’zbekiston”, 1999.–686
b. 
12. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. -T.: “O’zbekiston”, 1999. 
13. Karimov   I.A.   O’zbekiston   XXI   asr   bo’sag’asida:   xavfsizlikka   tahdid,
barqarorlik   shartlari   va   taraqqiyot   kafolatlari   //   Xavfsizlik   va   barqaror   taraqqiyot
yo’lida. 6–jild. – T., 1998. 
II.Asosiy adabiyotlar.
14. Abulqosimov H. O’zbekistonda iqtisodiy islohotlar. –T.: Akadimiya, 2008.
15. Alimov R. sentralnaya Aziya: obshnost interesov. –Tashkent: SHarq, 2005. –
S. 158.
16. Arifxanov   SH.Sentralnaya   Aziya:   nastoyasheye   i   budusheye.   –Tashkent,
2010. – 218 s. 
17. Asrlarga teng yillar. Mustaqillik darsi (ma’ruza matni). “O’AJBNT” markazi
– Toshkent – 2001. 54 18. Bu muqaddas Vatanda azizdir inson. O’zbekiston Respublikasi  Oliy va o’rta
maxsus   ta’lim   vazirligi;   nashr   uchun   mas’ul   A   Bekmurodov   (va   boshq.).   –   T.:
G’afur G’ulom nomidagi nashriyot–matbaa ijodiy uyi, 2010. – 148 b. 
19. Jo’rayev   T.   Mintaqaviy   mojarolar   va   siyosiy   yechimlar.   Politologiya.   –
Toshkent: 2002; 
20. Zakurlayev A. G’oyalar kurashi. –Toshkent: 2000. 54 b. 
21.   “Mingyillik   rivojlanish   maqsadlarini   ko’zlab   harakat   qilamiz!”   nomli
elektron-taqdimot ko’rinishidagi o’quv qo’llanma. – Toshkent, 2006. / www.un.uz.
22. “Mingyillik   deklaratsiyasida   2010   yil   uchun   belgilangan   rivojlanish
maqsadlarini amalga oshirish to’g’risidagi ma’ruza” (Nyu-York, 2010 yil, iyun).
23. Murtazayeva   R.H.   O’zbekistonda   millatlararo   munosabatlar   va
bag’rikenglik.//  O’quv qo’llanma. –Toshkent: Universitet, 2007. –B.184 .
24. Otamurotov S. Siyosat  va millatlararo munosabatlar. Poli to lo giya. Mualliflar
jamoasi. –Toshkent, 2002. – B. 100 .  
25.   Nuriddinov E.Z. Mejdunarodnoye sotrudnichestvo  Respubliki  Uzbekistan  so
stranami yevrop ы . –Toshkent: CHulpon, 2002. –216 s.
26.       Rajabova   M.A.   Diniy   ekstremizm   va   terrorchilik.   –Toshkent:   YAngi   asr
avlodi, –2000. 155 b.
27. Saidov A. Uzbekistan i OBSE: grani sotrudnichestva. –Tashkent, 1998 –S. 20.
28. Safarova N. Terrorizm   (tarixiy-falsafiy tahlil). –Toshkent: Noshir, 2009. –B.
216.
29. Tolipov   F.   O’zbekistonning   Markaziy   Osiyodagi   geosiyosiy   va   mafkuraviy
o’zgarishlar bilan bog’liq katta strategiyasi. –Tashkent: Fan, 2005. –154 b. 
30.   Usmonov   Q.   O’zbekistonning   jahon   hamjamiyatiga   integratsiyalashuvi.   –
Toshkent: Moliya, 2003. –84 b.
31. O’zbekiston:   insonparvarlikning   yuksak   namunasi.   T.:   TURON   IQBOL.
2010.
32. O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   I.A.Karimovning   «Mamlakatimizni
modernizatsiya     qilish   va   kuchli   fuqarolik   jamiyati   barpo   etish   –   ustuvor
maqsadimizdir»   hamda   «Asosiy   vazifamiz   –   Vatanimiz   taraqqiyoti   va   xalqimiz 55 farovonligini   yanada   yuksaltirishdir»   nomli   ma’ruzalarini   o’rganish   bo’yicha
o’quv-uslubiy majmua. – Toshkent: Iqtisodiyot. - 2010. – 340 b. 
33. Q Qirg’izboyev A.K. O’zbekiston Respublikasining Osiyo mamlakatlari bilan
xalqaro hamkorligi. –Toshkent: Fan, 2004. –280 b. 
34. G’afarov   YA.,   Xolliyev   A.   O’zbekiston   va   jahon   hamjamiyati.   –Toshkent:
Universitet, 2003. – 156 b.
35. G’oyibnazarov   SH.  Xalqaro   terrorizm:   ildiz,  omillari   va   manbai.   –Toshkent:
Ozbekiston,  2009. –B. 235.
IV.Ilmiy maqolalar.
36.   Abdullayev   O.   O’zbekiston   –   yevropada   Xavfsizlik   va   Hamkorlik
Tashkiloti. // Ilm sarchashmalari. 2004. –№1. B. 36–40.; 
37. Abdisattorov A. Xalqaro terrorizmga qarshi kurashda strategik hamkorlikning
huquqiy asoslari.//  Demokratlashtirish va inson  huquqlari, № 3, 2006, 47-bet.; 
38. YOdgorov SH. Mintaqaviy barqarorlik omillari. // Qonun hi moya sida. –2003.
–№1. –B. 35.; 
39.  Ibrohimov A. Markaziy Osiyo xavfsizligi yo’lida. // Muloqot. –2002, –№3; 
40. Kamarov A. O’zbekistonnning BMT bilan xalqaro terrorizmga qarshi kurash
sohasidagi  xamkorligi  //    O’zbekiston va BMT:  tajriba va hamkorlik   istiqbollari.
Konferensiya materallari. 2007 y 16 mart. –Toshkent: 2007. – B. 177.
41.   Muitov.,   D,   Ikromov   E.   Terrorizm   xuruji   va   yalpi   xavfsizlik.   //   Jamiyat   va
boshqaruv. –2001. – №3.; 
42. N uriddinov E.Z., Axmedov SH.YA. Stanovleniya i prioritetn ы e napravleniya
vneshney   politiki   Respubliki   Uzbekistan.   //   Ozbekiston   tarixi   //.   2002,   №4.   S.   3-
11;.  
43.   Nuriddinov. E. Geopoliticheskoye mesto Respubliki Uzbekistan v sentralnoy
Azii   //   Xalqaro   muno sa bat lar   yangi   tizimining   shakllanishi   va   unda   O’zbekiston
Respublikasining   ishtiroki.   Respublika   ilmiy-nazariy   kon fe rensiya   to’plami.   –
Toshkent, 2009. –B.21.;  56 44. Raximov   M.   Etapы     transformatsii   SHOS   v   usloviyax   geopoliticheskix
izmeneniy v sentral’noy Azii. // Ijtimoiy fikr – inson Huquqlari №4.  2004 . 
45. Raximov   M.,   Perimkulova   K.   Uzbekistan   v   mejdunarodn ы x   i   regionaln ы x
organizatsiyax // Ozbekiston tarixi, 2004, №3, s. 46-52.
46. Safoyev   S.   Markaziy   Osiyoda   kechayotgan   geosiyosiy   jarayonlar   va
mintaqaning hozirgi   dunyo xalqaro munosabatlar tizimida tutgan o’rni // Xalqaro
munosabatlar. –2005. № 3. B. 5-15.; 
47. Tolipov   F.   Terrorizmning   milliy   va   mintaqaviy   xavfsizlikka   solayotgan
tahdidi // Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari. –2001. –№3; 57

Mavzu: Mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda O’zbekistonning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi Bitiruv malaviy ishning tushuntirish qismi..... ...................................... ..... 3-7 1. Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik muammolarining ijtimoiy-siyosiy xususiyatlari...........................................................................................................8-17 2. Mintaqaviy barqarorlikni ta’minlashda O’zbekistonning BMT bilan hamkorligi.......................................................................................... ............ 1 8 -3 3 3. O’zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqa xavfsizligini ta’minlashdagi xalqaro tashkilotlar doirasidagi o’rni va roli... .......................................... 3 4 -4 3 4. O’zbekiston va xalqaro tashkilotlarning mintaqada demokratik va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirish soxasidagi hamkorligi.......................................... 4 4 -54 Xulosa..............................................................................................................5 2 -5 5 Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati...............................................................5 6 - 591

Bitiruv malaviy ishning tushuntirish qismi Mavzuning dolzarbligi. XXI asr arafasida insoniyat tarixida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan butun dunyoni qamrab olgan global miqiyosdagi tub o’zgarishlar yuz berdi va bermoqda. Mustaqil davlatlarning vujudga kelishi Markaziy Osiyo mintaqasida yashayotgan xalqlarning taraqqiy etishi uchun katta imkoniyatlar yaratdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “O’zbekiston Mustaqillik tufayli dunyoga, jahonga chiqdik. Qariyb yuz yildan beri yopib qo’yilgan chegaralar ochildi... jahon jamoasi O’zbekistonni, bizning Vatanimizni quchoq ochib qabul qildi… Sobiq Ittifoq doirasidagi mustaqil respublikalar bilan yaxshi munosabatlar o’rnatdik… O’rta Osiyo respublikalari va Qozog’iston – qondosh-qarindosh qo’shnilarimiz bilan yanada yaqinroq bo’ldik. Bugun shuni komil ishonch bilan aytishim mumkinki, mustaqil davlatlar davrasida O’zbekiston o’zining o’rnini egalladi. O’zbekiston tenglararo teng bo’ldi” 1 . Darhaqiqat, O’zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatining mustaqil sub’ektiga aylanib, mintaqa va jahon miqyosidagi muammolarni hal qilishda faol ishtirok etmoqda. Bugungi kunda Markaziy Osiyo mintaqasi tobora o’ziga xos kurash maydoniga aylanib bormoqda. Bu, avvalambor, mintaqaning geostrategik mavqei va tabiiy resurslarga boyligi bilan bog’liq. O’zbekistonda barqarorlik, tinchlik, osoyishta lik, mil lat lararo totuvlikni saqlab qolishda mintaqada mavjud bo’lgan yoki tu g’i lishi mumkin bo’lgan turli xil tahdidlarning mohiyatini, ularning tarixiy ildizlarini chuqur anglab yetish, ularni keltirib chiqarayotgan omillarni o’z vaqtida hal etish muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda soxa mutaxassislari oldida turgan dolzarb vazifalardan biri respublika tashqi siyosatining shakllanishi, asosiy tamoyillari, jahon hamjamiyati bilan ikki tomonlama va ko’p tomonlama hamkorlik aloqalari tarixini va tadrijini o’rganish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, xalqaro tashki lot larning BMT, yeXHT , SHHT va MDH misolida Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqarorlikni 1 Karimov I.A. O’zbekiston dunyo xaritasidan o’ziga munosib joy oldi. // O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. –Toshkent: O’zbekiston, 2011. –B. 416-417. 2

saqlashga oid faoliya tini ilmiy jihatdan chuqur o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi . Muammoning o’ rganilganlik darajasi. Markaziy Osiyo minta qasida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash hamda bu jarayonda xalqaro tashkilotlarning tutgan o’rniga oid masalalar mamlakatimizdagi faylasuf, siyosatshunos va tarixchi olimlar tomonidan o’rganilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida ilgari surilgan konseptual g’oyalar, mamlakatning tashqi siyosati, xalqaro munosabatlari hamda mintaqa xavfsizligi va barqarorligiga oid masalalar musta qillikning dastlabki kunlaridan boshlab respublika olimlari tomonidan keng o’rganila boshlandi hamda bir qator ilmiy asarlar yaratildi. Jumladan, SHuni ham ta’kidlash joizki, m azkur masalaning siyosiy jihatlari, Markaziy Osiyo mintaqasi xavfsizligi va barqarorligiga tahdid solayotgan omillar va bevosita, terrorizm xavfi bilan bog’liq masalalar mamlakatimizning siyosatshunos va huquqshunos olimlari tomonidan o’rganib kelin moq da. Jumladan, ushbu masalalar N .Jo’rayev, A.Qirg’izboyev, A.Zakurlayev, M.A.Rajabova, D.Muitov, E.Ikromov, F.Tolipov, T.A.Jo’rayev, S.O.Otamurotov, R.Alimov, S.Safoyev, N.Safa rova, SH.G’oy ib nazarov, SH.Arifxanov va boshqalarning tadqiqotlarida o’z aksini top gan 1 . Ularda O’ zbekiston taraqqiyotiga sal biy ta’sir o’tkazishi mumkin bo’lgan xavf-xatarlar, minta q aviy muammolar ning mohiyati, Markaziy Osiyoga xavf solayotgan tahdidlar, O’ zbekiston da olib bo rilayotgan milliy siyosat va millatlararo munosabatlar ning bar q aror ri voj lanishda tutgan o’rni, terrorizm, diniy fun damen - talizm, eks tre mizm ning mohiyati, uning butun mintaqaning barqaror tara q q iyo tiga 1 Jo’rayev.N. Terrorizm-insoniyat hayotiga tahdid. // Jamiyat va boshqaruv. –1999. –№1. –B. 4–7; Qirg’izboyev A.K. O’zbekiston Respublikasining Osiyo mamlakatlari bilan xalqaro hamkorligi. –Toshkent: Fan, 2004. –280 b.; Zakurlayev A. G’oyalar kurashi. –Toshkent: 2000. –B. 54; Rajabova M.A. Diniy ekstremizm va terrorchilik. – Toshkent: YAngi asr avlodi, –2000. –B.155.; Muitov., D, Ikromov E. Terrorizm xuruji va yalpi xavfsizlik. // Jamiyat va boshqaruv. –2001. – №3.; Tolipov F. Terrorizmning milliy va mintaqaviy xavfsizlikka solayotgan tahdidi // Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari. –2001. –№3; Tolipov F. O’zbekistonning Markaziy Osiyodagi geosiyosiy va mafkuraviy o’zgarishlar bilan bog’liq katta strategiyasi. –Tashkent: Fan, 2005. –154 b.; Jo’rayev T. Mintaqaviy mojarolar va siyosiy yechimlar. Politologiya. –Toshkent: 2002; Otamurotov S. Siyosat va millatlararo munosabatlar. Poli to lo giya. Mualliflar jamoasi. –Toshkent, 2002. – B. 100; Alimov R. sentralnaya Aziya: obshnost interesov. – Tashkent: SHarq, 2005. –S. 158.; S.Safoyev. Markaziy Osiyoda kechayotgan geosiyosiy jarayonlar va mintaqaning hozirgi dunyo xalqaro munosabatlar tizimida tutgan o’rni // Xalqaro munosabatlar. –2005. № 3. B. 5-15.; Safarova N. Terrorizm (tarixiy-falsafiy tahlil). –Toshkent: Noshir, 2009. –B. 216; G’oyibnazarov SH. Xalqaro terrorizm: ildiz, omillari va manbai. –Toshkent: Ozbekiston, 2009. –B. 235.; Arifxanov SH.Sentralnaya Aziya: nastoyasheye i budusheye. –Tashkent, 2010. – 218 s. 3

o’t ka za yot gan salbiy ta’siri va bosh qa bir q ator dolzarb masalalarning u yoki bu qir - ra la ri ochib berilgan. A.K.Qirg’izboyev o’zi ning monografiyasida O’zbekistonning Buyuk Ipak yo’lini tiklash borasida Osiyo mamlakatlari bilan hamkorligi, zamonaviy integratsion jarayonlarning asosiy xususiyatlari, Osiyo mamlakatlari bilan hamkorligining huquqiy asoslari, O’zbekistonning Osiyodagi xalqaro tashkilotlar, Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari, Osiyodagi yetakchi davlatlar bilan aloqalari tahlil ostiga olingan. A.X.Saidov, SH.YOdgorov, A.Ibrohi mov, O.Abdullayev, A.Abdisattorov, A.Kamarov va boshqa tadqiqotchilarning asarla rida aso san mintaqa davlatlarining xavfsizlik va barqarorlikni saqlashda xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlik aloqalari hamda uning huquqiy asoslariga oid masalalar yoritilgan 1 . R.H.Murtazayeva, E.Z.Nuriddinov, Q.Usmonov, YA.G’affarov, A.Xol liyev, M.Raximov, K. Perimkulova kabi tarixchi olimlarning asarlari da esa masalaning tarixiy jixatlariga asosiy e’tibor qaratiladi 2 . Masalan, R.H.Murtazayeva o’zining kitobida O’zbekiston hududida bag’rikenglik tamoyillarining tarixiy jihatlarini, uning eng qadimgi davrdan to hozirgi kunga qadar namoyon bo’lganligini ilk bor aniq ma’lumotlar asosida yoritib bergan. SHuningdek, mintaqa xavfsizligi va barqarorligiga tahdid tug’diruvchi omillardan biri bo’lgan milliy nizolarni oldini olish borasida O’zbekistonda olib borilayotgan milliy siyosat, aholining milliy tarkibi, 1 Saidov A. Uzbekistan i OBSE: grani sotrudnichestva. –Tashkent, 1998 –S. 20.; YOdgorov SH. Mintaqaviy barqarorlik omillari. // Qonun hi moya sida. –2003. –№1. –B. 35.; Ibrohimov A. Markaziy Osiyo xavfsizligi yo’lida. // Muloqot. –2002, –№3; Abdullayev O. O’zbekiston – yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashki-loti. // Ilm sarchashmalari. 2004. –№1. B. 36–40.; Abdisattorov A. Xalqaro terrorizmga qarshi kurashda strategik hamkorlikning huquqiy asoslari.// Demokratlashtirish va inson huquqlari, № 3, 2006, 47-bet.; Kamarov A. O’zbekistonnning BMT bilan xalqaro terrorizmga qarshi kurash sohasidagi xamkorligi // O’zbekiston va BMT: tajriba va hamkorlik istiqbollari. Konferensiya materallari. 2007 y 16 mart. –Toshkent: 2007. – B. 177. 2 Murtazayeva R.H. O’zbekistonda millatlararo munosabatlar va bag’rikenglik.// O’quv qo’llanma. –Toshkent: Universitet, 2007. –B.184; Nuriddinov E.Z. Mejdunarodnoye sotrudnichestvo Respubliki Uzbekistan so stranami yevropы. –Toshkent: CHulpon, 2002. –216 s.; Nuriddinov E.Z., Axmedov SH.YA. Stanovleniya i prioritetnыe napravleniya vneshney politiki Respubliki Uzbekistan. // Ozbekiston tarixi //. 2002, №4. S. 3-11;. Nuriddinov. E. Geopoliticheskoye mesto Respubliki Uzbekistan v sentralnoy Azii // Xalqaro muno sa bat lar yangi tizimining shakllanishi va unda O’zbekiston Respublikasining ishtiroki. Respublika ilmiy-nazariy kon fe rensiya to’plami. – Toshkent, 2009. –B.21.; Usmonov Q. O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi. –Toshkent: Moliya, 2003. –84 b.; G’afarov YA., Xolliyev A. O’zbekiston va jahon hamjamiyati. –Toshkent: Universitet, 2003. – 156 b.; Raximov M. Etap ы transformatsii SHOS v usloviyax geopoliticheskix izmeneniy v sentral’noy Azii. // Ijtimoiy fikr – inson Huquqlari №4. 2004; Raximov M., Perimkulova K. Uzbekistan v mejdunarodn ы x i regionaln ы x organizatsiyax // Ozbekiston tarixi, 2004, №3, s. 46-52. 4

bag’rikenglik tamoyillari atroflicha tadqiq etilgan. SHuni ham ta’kidlash joizki, mustaqillik yillari O’zbekistonning tashqi aloqalari, mamlakat hamda mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik masalalarining tarixiy va siyosiy jihatlariga bag’ishlangan bir qator doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari h imoya q ilindi. Ularda O’ zbekiston Respublikasi va Markaziy Osiy mintaqasi xavf siz ligini ta’minlashning dolzarb masalalari tadqiq qilingan. Hozirda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda xalqaro tashkilotlarning roli masalasiga bag’ishlangan mustaqil tadqiqot lar amalga oshirilgan. Masalaning turli jixatlari mavjud bo’lganligi uchun uni tadqiq etish dolzarb bo’lib qolaveradi. SHu sababli bitiruv malakavish ishida ana shu muammoni yoritish vazifasi qo’yilgan. Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda xalqaro tashkilotlar, jumladan Birlashgan Milatlar Tashkiloti (BMT), yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (EXHT), Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH) va SHanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) hamda O’zbekiston Respublikasining rolini ilmiy jihat dan o’rganish va tahlil qilish tadqiqot ishidan ko’zlangan asosiy maqsad hisoblanadi. Qo’yilgan maqsadga erishish yo’lida quyidagi vazifalar belgilab olindi: - minta q aviy muammolar tizimi, ularning o’zaro nisbati va munosabati ni tahlil etish; - Markaziy Osiyoda mintaqa xavfsizligi va barqarorligiga tahdid soluv chi omillarning vujudga kelish sabablari, tarixiy ildizlarini va zamonaviy ko’rinishlarini ani q lash; - mintaqa davlatlarining tashqi siyosatida xavfsizlik va barqarorlik masa lalarini tahlil qilish; - Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda O’zbekis tonning yetakchilik o’rnini ko’rsatish; - tinchlik va xavfsizlik masalalarida mintaqa davlatlarining xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligining asosiy jihatlarini belgilash; - Markaziy Osiyo mamlakatlarida demokratik va tarixiy jarayonlarda xalqaro 5