MESOPOTAMIYADAGI ILK SHAHARSOZLIK VA MADANIYAT
MUNDARIJA KIRISH .......................................................................................................3 1 - B O B . MESOPOTAMIYADAGI ILK SHAHARSOZLIK VA MADANIYAT .................................................................8 1.1. Shimoliy Mesopotamiyadagi Xassun,Samarra, Xalaf va El-Ubeyd madaniyatlari … ……………………………………………………………...8 1.2. Assiriya va Qadimgi Bobil podshohligining gullab-yashnashi va inqirozi ..............................................................................................................15 2 - B O B . AKKAD, SHUMER VA AMORIYLAR DAVRIDA MESOPOTAMIYADAGI IJTIMOIY-IQTISODIY VA SIYOSIY AHVOL .25 2.1. Akkad, Shumer podshohliklari davrida qadimgi Mesopotamiya. ……….25 2.2. Amoriylar hukmronligi davrida Mesopotamiya ………………………....28 XULOSA ................................................................................................................35 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ..............................................................38 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Demokratik jamiyatning xalqaro miqyosda e’tirof etilgan tamoyillari asosida rivojlanish va taraqqiy etish yo’liga dadil qadam qo’yib, 1
o’z milliy davlatchiligini qayta tiklayotgan kelajagi buyuk mamlakatimiz bu borada umumbashariy taraqqiyotga, boshqa xalqlar erishgan tajribalarga, ayniqsa, ijtimoiy qadriyatlarga suyanmog’i lozim. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek: «Bugun bizning oldimizda shunday tarixiy imkoniyat paydo bo’ldiki, biz bosib o’tgan yo’limizni tanqidiy baholab, milliy davlatchiligimiz negizlarini aniqlab, buyuk mamlakatimiz tomirlariga, qadimiy merosimiz ildizlariga qaytib, o’tmishdagi boy an’analarni yangi jamiyat qurilishiga tatbiq etmog’imiz kerak». Bu borada yosh avlodga boshqa dunyoviy bilimlar qatori tarixiy bilimlarni singdirish, rivojlantirish va takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki ulkan tarix tajribasini o’rganish – hozirgi davrda ro’y berayotgan voqea-hodisalar mohiyatini tushunishga yordam beradi. Dunyoning turli burchaklarida yashaydigan xalqlarning tarixini turli davrlarda, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlarda erishgan yutuqlari hamda taraqqiyot bosqichlariga ko’tarilishini tsivilizatsiya tushunchasi o’zida aks ettiradi. Bu taraqqiyot bosqichi insoniyatning paydo bo’lishi va rivojlanishi, jamiyatning rivojlanish darajasi, moddiy va ma’naviy madaniyatning yuksalishi, qabilalar va xalqlar o’rtasidagi munosabatlar bilan izohlanadi. Jahon xalqlari o’tmish tarixida Yaqin Sharq xalqlari ilk sinfiy jamiyat va davlatchilik tizimini shakllanishida asosiy o’rinlardan birini egallagan. Qadimgi Sharq tsivilizatsiyasi rivojlanishida Mesopotamiya ilk davlatlarini vujudga kelishi va taraqqiyoti, buyuk madaniyatga ega bo’lishi muhim o’rin tutadi. Mesopotamiya (Ikki daryo oralig’i) deb qadimgi yunon geograflari Frot va Dajla oralig’idagi tekis vodiyni ataganlar. Bu vodiy bu ikki daryoning quyi va o’rta oqimida joylashgan edi. Shimoldan va sharqdan Mesopotamiya Arman va Eron 4 tog’ tizmalari bilan o’rab olingan, g’arbda Suriya, Arabistonning cho’l va yarim sahrolari bilan chegaradosh bo’lgan. Janubda Fors ko’rfazi suvlari bilan yuvilgan. Shimolda Armaniston tog’laridan janubda Fors ko’rfazigacha, sharqda Eronning tog’li viloyatlaridan g’arbda Suriya-Mesopotamiya dashtigacha bo’lgan hududda qadimgi yunon geograflari tomonidan Mesopotamiya deb nomlangan hudud 2
yastangan bo’lib, buning ma’nosi «ikki daryo oralig’i»dir (Frot va Dajla daryolari). Hozirgi kunda bu asosan Iroqning hududiga kiradi. Frot va Dajla Armaniston tizma tog’idan boshlanib, Fors ko’rfaziga quyiladilar. Qadimda ikkita alohida irmoq bilan quyilgan bo’lsa, bugungi kunda bitta keng irmoq - Shatt-al-Arab quyiladi. Tog’li soylar suvlaridan serob bo’lgan daryolari yuqori oqimlarida Kichik Osiyodagi Tavr va Antitavr (Frot daryosi) tog’ tizmalarini va tog’li Qurdistonni (Dajla), o’rta va quyi oqimida esa vodiy bo’ylab oqadilar. Fors ko’rfaziga quyilish joyida oz qolganda esa ular yassi hudud bo’ylab toshib, botqoqlangan tuproqni tashkil qiladilar. Bu erni Qadimgi Mesopotamiyaliklar «Achchiq daryo» deb ataganlar. Daryolarning bir qator irmoqlari mavjud: Frotning eng yirik irmoqlari – Balix va Xabur, Dajlaniki esa – Yuqori va Quyi Zab, Diyala. Ilgari Dajla Frotdav sersuvroq edi va juda tez oqardi. Frot va Dajlaning toshishlari Armaniston tizma tog’ida qorlarning erishi bilan bog’liq. Odatda ularning toshishi mart-aprel oylariga to’g’ri keladi. iroq Frot va Dajla Nildan farqli o’laroq turli iqlimiy zonalardan oqib o’tishi tufayli, tog’lardagi qorlar har doim bir vaqtda erimas va toshqinlar muddati ham har yili turlicha bo’lishi mumkin edi. Eng qadimgi tsivilizatsiya taraqqiyotining markazi ushbu hududning janubiy qismida - qadimgi Bobilda joylashgan edi. Shimoliy Bobil Akkad deb atalardi, janubiysi esa – Shumer deb atalgan. Shimoliy Mesopotamiyada, tog’ oldi hududlarda Assiriya joylashgan edi. Er.av. IV mingyillikka kelib Mesopotamiyaning chekka janubida dastlabki shumer manzilgohlari paydo bo’ladi. Ayrim olimlarning qayd etishicha, janubiy Mesopotamiyaning eng dastlabki aholisi shumerlar bo’lmagan, chunki Frot va Dajla daryolari pasttekisliklarida 5 mavjud bo’lgan ko’plab tarixiy toponimik nomlar shumer tilida emas, balki boshqa tildadir. Taxminlarcha, shumerlar Janubiy Mesopotamiyaga kirib kelishganda, bu erda ular shumer va akkad tilidan farq qiladigan tilda so’zlashuvchi qabilalarni uchratganlar va ulardan qadimgi toponimlarni o’zlashtirib olganlar. Asta-sekin shumerlar Mesopotamiyaning butun hududini egallab olganlar. Shumerlar Mesopotamiyaga qaerdan kirib kelgani hanuz aniqlanmagan. Shumerlar o’rtasida tarqalgan rivoyatlarga ko’ra, ular Fors ko’rfazi 3
orollaridan kelgan ekanlar. Shumerlarning tili boshqa tillar bilan aloqada bo’lmagan. Olimlarning shumer tilining turkiy, kavkaz, etrusk va boshqa tillar bilan qarindoshligini aniqlashga bo’lgan urinishlari ijobiy natijalar keltirmadi. Mesopotamiyaning shimoliy qismida er.av. III mingyillik birinchi yarmidan semitlar yashaganlar. Ular qadimgi Old Osiyo va Suriya dashtining chorvador qabilalari bo’lgan. Mesopotamiyada o’rnashib olgan semit qabilalarining tili akkad tili deb ataladi. Demak, mesopotamiyaliklarda qadim zamonlardan beri til va yozuv shakllangan. Bu esa tabiiy qulay shart-sharoitlar bilan birgalikda bu erda istiqomat qilayotgan xalqlarning o’ziga xos madaniyatga ega bo’lishini ta’minlangan. Bundan tashqari shimoliy Mesopotamiyada hozirgi Iroq, Turkiya, Armaniston hamda Eron hududlarida ham eng qadimgi davrlardayoq tsivilizatsiyaviy jarayonlar rivojlanib borgan. Iqlimning qulayligi natijasida bu erlarda qadimgi ovchilik, ziroatchilik, baliqchilik, dehqonchilik va chorvadorlik jamoalari o’z manzilgohlarini barpo etganlar. Jon Mellartning sinxron jadvali asosida keltirsak, Iroqdagi El Ubeyd madaniyati so’nggi xalkolit (mil.av. V ming yillik oxiri -IV mingyilliklarga to’g’ri keladi. shuningdek, Mesopotamiya tsivilizatsiyasi tarixida Qadimg Bobil podshohligi, xususan, Xammurapi hukmronligi davri nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Negaki, Xammurapi tomonidan qonun-qoidalar tuzilgan bo’lib, ular mamlakatda joriy qilingan edi. Xullas, bugungi kunda jahon tsivilizatsiyasi tizimida Qadimgi Mesopotamiya tsivilizatsiyasini har tomonlama tadqiq etish, o’rganish va kelajak avlodlar uchun yoritib berish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki Mesopotamiya sivilizatsiya jahon tsivilizatsiyalari tarixida alohida o’rin egallab, o’zining qadimiyligi, o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ishning maqsadi va vazifalari. Ushbu kurs ishida Qadimgi Mesopotamiyadagi Akkad, Shumer, Amoriylar davlatlaridagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ahvolni tarixiy-arxeologik manbalar va adabiyotlar asosida ko’rsatib berishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ydik. Shundan kelib chiqib quyidagi vazifalarni belgilab oldik: 4
- Qadimgi Mesopotamiya tarixiga nazar solib, uning jahon tsivilizatsiyasi tarixidagi o’rnini ochib berish; - eng qadimgi davrlarda Mesopotamiyada mavjud bo’lgan Xassun, Samara, Xalaf madaniyatlari haqida tushuncha berish; - El Ubeyd madaniyatining ikki daryo oralig’ida tutgan o’rnini alohida o’rganish; - Assiriya va Qadimgi Bobil podshohligi davri haqida ma’lumot keltirish, - Akkad, Shumer va Amoriylar davlatlari davrida Mesopotamiya tarixini tahlil qilish; - Xammurapi qonunlarining Mesopotamiya tsivilizatsiyasi tarixidagi o’rnini ochib berish; - Qadimgi Mesopotamiya madaniyati haqida tushuncha berib, uning yutuqlarini ochib berish va jahon tsivilizatsiyasi tarixidagi o’rni to’g’risida to’xtalib o’tishni lozim topdik. Ishdagi yangilik va erishilgan natijalar. Qadimgi Mesopotamiya davlatchiligining ilk bosqichlari miloddan avvalgi 6-5 mingyilliklarga to’g’ri kelishi haqida dalolat beruvchi Xassun, Samarra, Xalaf, El-Ubeyd madaniyatlari va ularga oid arxeologik daliliy ashyolarni har tomonlama tavsiflash, tahlil qilish va o’rganish qadim dunyo tarixi, qadimgi tsivilizatsiyalar tarixini o’rganishda muhim kasb etadi. Shuningdek, Akkad, Shumer, Amoriylar, Assiriya davlatlaridagi madaniyat tarixi bu davrdla yaratilgan nodir yodgorliklar ahamiyatini ochib berishga harakat qildik. Qadimgi Mesopotamiyada joriy etilgan Xammurapi qonunlarining o’rni ochib beriladi. Umuman olganda, ma’lumotlarni umumlashtirib, yaxlit bir tizimga keltirishga harakat qildik. Bu haqda o’zbek tilida manba va adabiyotlar yo’q bo’lib, kurs ish i da keltirilgan ma’lumotlar yangilik hisoblanadi. Ishning amaliy ahamiyati . Bugungi kunda qadimgi davr, ayniqsa Qadimgi Sharq tarixiga, davlatchilik tarixiga, ilk shahar va davlatlar paydo bo’lishi va shakllanishi muammosiga tarixchi olimlar alohida e’tibor berishmoqda. Shu 5