Shaharsozlik va ilk davlatchilik tarixida O’zbekiston arxeologiyasi yutuqlariI
Shaharsozlik va ilk davlatchilik tarixida O’zbekiston arxeologiyasi yutuqlariI Reja: 1. O’zbekistonda ilk davlatchilik va shaharsozlikning tarixshunosligi 2. O’zbekistonda ilk shaharsozlik tarixining o’ziga xos xususiyatlari(Afrosiyob, Ko’ktepa, Yerqo’rg’on, Uzunqir) 3. Ozbekistonda ilk davlatchilikning vujudga kelishi va rivojlanishi(Baqtriya, Xorazm, So’g’d) 1
O’zbekistonda ilk davlatchilik va shaharsozlikning tarixshunosligi Ilk temir davri jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va etnik jixatidan rivojlanishiga bronza davri aholisining xo‗jalikning barcha soxalarida erishgan yutuqlari asos bo‗lgan. Shuning uchun O‗rta Osiyo tarixiy-madaniy viloyatlarda bronza jamiyatini qamrab olgan tarixiy jarayonlarni qisqacha yoritish maqsadga muvofiq. Arxeologik izlanishlar natijalariga ko‗ra, bronza davrida O‗rta Osiyo tarixiy-geografik hududlarda bronza jamiyatining rivojlanishi bir xil darajada kechgan emas. Albatta bu jarayon geografik xususiyatdan kelib chiqqan. O‗rta Osiyo mintaqalarda keng qamrovli tarzda olib borilgan arxeologik izlanishlar natijalaridan ma‘lumki, bronza davrida ilk temir jamiyatining tez suratlar bilan rivojlanishiga asos bo‗lgan moddiy va ma‘naviy ashyolar janubiy Turkmanistonning Kopetdog‗ oldi etaklari va Murg‗ob daryosi havzasi bo‗lgan. Kopetdog‗ va Murg‗ob daryosi buyuk Qoraqumda joylashib, geografik joylashish xususiyati bilan boshqa mintaqalardan farqlanish kuzatiladi. Masalan Kopetdog‗ dengiz satxidan o‗rtacha balandligi 1000-2000 m. Eng baland nuqtasi Rizo cho‗qqisi bo‗lib, uning dengiz sathidan balandligi 2942 m 31 . Mazkur hududda Amudaryo yoki Sirdaryo kabi hajmi katta va sersuv daryolar faoliyat olib bormaydi. Ularni o‗rta darajali daryolar sirasiga kiritish mumkin. Masalan Murg‗ob daryosi-Bandi Turkiston tizmasining janubiy yonbag‗ridan boshlanadi. Chuqurligi 852 km keyingi faoliyatida Qoraqumda davom etadi. Qoraqumga chiqqandan sekin oqib unga singib ketadi. Suv zaxirasi juda kam. Shunday bo‗lsa ham, daryoning xavzasi atroflari odamzot tomonidan neolit davridan boshlab o‗zlashtirilgan 32 . Demak, insoniyat manfaatiga suv ta‘minoti kam bo‗lsa ham xizmat qilgan. Tajan daryosi- Afg‗oniston hududidagi Sfidko 1 . 16 siyoxkux tog‗laridan suv oladi. Uning uzunligi 1124 km. Mazkur daryo qoraqumda singib ketadi. Mazkur daryo eneolit davrida insonlarga xizmat qilishni olib borgan. Uchunchi suv manbasi 1 Баратов Н, Мамбетуллаев М, А. Рафиқов. Ўрта Осий табиий географияси. –Т.: ―Ўқитувчи , 2002, Б 429. ‖ 32 Массон В.М. Поселение Джейтун. –М.: ―Наука , 1971 ‖ 2
Kopetdog‗dan oqib tushgan 30 ta jilg‗a uning etagida Qumtepaliklar oralig‗idagi yo‗laklarni suv havzalariga aylantirgan. 33 1908-yildan boshlab Kopetdog‗ etagida joylashgan Anov yodgorligida qazishma ishlari olib borilishi natijasida bronza davri tarixiga oid manbalar olingan. Amerikalik geolog R.Pampelli Anov yodgorligida qazishma ishlarini olib borib, olingan manbalarga asoslanib yodgorlikning to‗rt qurilish davrini aniqlagan 34 . D.D Bukinig Anov va Namozgoxtepada qisman arxeologik izlanishlarni olib borgan, uning natijalari e‘lon qilgan. Yodgorlikning saqlanib qolgan xajmi, balandligi to‗g‗risida ma‘lumotlarni bergan 35 . Yodgorliklardan kulolchilik ashyolari, bronzadan yasalgan mexnat qurollari qoldiqlari, birnecha, uy-xonalari olinganligi to‗g‗risida tarixiy ma‘lumotlar qayd qilingan. Ta‘kidlash lozim bo‗ladiki mazkur yodgorliklar XX asrning 40 yillar oxirida arxeologik izlanishlarni olib borish ilmiy markazlarning ob‘ekti bo‗lmagan. Faqatgina XX asrning 40- yillar oxiri-50- yillar boshida B.A Litvinskiy Nomozgoxtepada qazishma ishlarini olib borish, bronza davri tarixini yoritadigan manbalarni olishni boshlab bergan. Kezi kelganda takidlash lozim bo‗ladiki, M.E Masson rahbarligida janubiy Turkmaniston arxeologik-kompleks ekspeditsiyasining tashkil etilishi tosh asri, neolit, bronza davri turar-joylari ro‗yxatga olindi, ularda qazishm ishlarini olib borishida muhim ahamiyat kasb edi. Ekspeditsiya xodimlari temir davri jamiyatining rivojlanishi, shaxarsozlik va davlatchilik, etnogenez va etnik jarayonlar tarixini yoritadigan noyob ashyolarni olishda muvaffaqiyatga erishganlar. Xuddi shu ekspeditsiya xodimlarining bronza davri aholi turarjoylarida olib borgan qazishma ishlari natijasida temir davri jamiyatining ijtimoiyiqtisodiy, madaniy va etnik munosabatlarni yoritadigan manbalar olganliklarini aloxida ta‘kidlash joiz. Ekspeditsiya tarkibida xodimlar tosh asri, eneolit, bronza, temir, antik, ilk va o‗rta asr davrlarini o‗rganishni boshlab yuborgan. 2 Ekspeditsiyaning XIV guruhi janubiy Turkmanistonda o‗troq aholi xo‗jaligi tarixini o‗rganishni obekt qilib olgan. Turkmaniston fanlar 2 Баратов П, Маматқулов, Рафиқов А. Ўрта Осий табиий географияси. –Т.: ―Ўқитувчи , 2002, Б 117-118.‖ 3
akademiyasining tarix, arxeologiya va etnografiya instituti bo‗limi hamda fanlar akademiyasi xuzurida janubiy Turkmaniston ekspeditsiyasi arxeologik tadqiqotlarni olib borish uchun tashkil etilgan. 1947- yilda ekspeditsiya umumiy tarkibda Nisa va Marv o‗rtasida arxeologik qidiruv ishlarini olib borib ziroatkor aholining turar-joylari to‗g‗risida ma‘lumotlarni olishga muyassar bo‗lganlar. Jumladan Anov, Namozgoxtepa, Ulug‗depa yodgorliklari ro‗yxatga olingan, ularning yuqori qismida sopol ashyolarining rasmlari bilan, qidiruv natijalarini nashr qilganlar. 36 1949-yilda ekspeditsiya tarkibida qadimgi o‗troq ziroatkor aholi turar-joylarini arxeologik jixatdan o‗rganish maqsadida aloxida guruh tashkil etilgan. Guruh xodimlari ilk qazishma ishlarini hajmi jixatidan katta (50 ga) Namozgohtepada olib borganlar. 1949- 1950 yillarda Namozgoxtepada qazishma ishlarini olib borib, so‗nggi bronza davriga oid manbalarni olishga muyassar bo‗lgan. 37 1952- yilda B.A Kuftin Namozgoxtepa yodgorliklarini qurilish tarixini aniqlashga etibor berib, eng qadimiy madaniy qatlamgacha shurf (kvadrat shaklda) ishlarini olib borishi natijasida madaniy qatlam 34 m bo‗lganligi to‗g‗risida ilmiy xulosaga ega bo‗lib, ilmiy jamoatchilik e‘tiboriga havola qilgan. Olib borilgan shurf natijasida aniqlangan madaniy qatlamlar 6 ta majmui mavjudligini namoyon qilgan. Ya‘ni Namozgox I- VI chunonchi: 1-Anov 1, Namozgox-1 ilk eneolit. 2-Namozgox 2-eneolit 3-Namozgox 3-so‗nggi eneolit 4-Namozgox 4-ilk bronza 5-Namozgox 5- rivojlangan bronza 6-Namozgox6-so‗nggi. Arxeologik shurf natijasida olingan ashyolarning joylashishi natijasida vujudga kelgan madaniy qatlam Namozgohtepada ilk eneolitdan tortib so‗nggi bronza davrida madaniy hayot davom etganligidan dalolat beradi. Namozgohtepaning uzoq vaqt faoliyat olib borishga bo‗lgan omil Kopetdog‗ning suv ta‘minoti o‗sha kezlarda yuqori darajada bo‗lgan degan xulosani qayd qilish mumkin Namozgohtepa kabi ilk. O‗rta bronza davrida Ulag‗depa, Qoratepa yodgorliklari faoliyat olib borgan. Mazkur yodgorliklar Kopetdog‗ tog‗ oldi etaklariga ulanib ketgan hududlarda joylashgan. Anov yodgorligi bundan mustasno emas. So‗nggi bronza oxiriga 4
kelganda Kopetdog‗ tog‗ oldi hududidagi Namozgohtepa aolisining bir guruh vakillari Murg‗ob daryosi xavzasiga migratsiyasi yuz berganligi bois yangi dehqonchilik markazi vujudga kelgan. Tarixiy ma‘lumotlarga ko‗ra, Murg‗ob daryosi quyi havzasiga kelgan ziroatkor aholi Oltintepaga asos solganlar. Mazkur yodgorlik ilk shahar sifatida ta‘riflanib, temir davri tarixining boshlanishiga bo‗lgan manbalar olingan39Oltintepada olib borilgan kazishma ishlari natijasida kulollar maxallasi, ark, ibodatxona qoldiklari hamda ko‘p sonli kulolchilik ashyolari olingan40 . Miloddan avvalgi X asrga kelganda Kopetdog‗ etaklarida hududlarda suv taqchilligi, yerning unumdorligi barham topishi, ekologik vaziyat murakkablashganligi, aholi soni oshganligi boshqaruv tizimini qo‗lga olgan qoxin sug‗orish manbasi bo‗lgan joylarga ko‗chish siyosatini olib borgan41 . Kopetdog‗ oldi etaklaridagi yodgorliklarida madaniy hayot barham topgan bo‗lsa Murg‗ob daryosi quyi havzasida aholi uzoq hududlarga ko‗chmasdan, faqat daryo irmoqlarini almashtirgan xolos. O‗troq aholisining Murg‗ob daryosining suvga serob bo‗lgan irmoq soxili etagiga ulangan balandlikka turar- joyni barpo qilganlar. V.M Masson yodgorlikda qazishma ishlarini olib borib, temir davri tarixini yoritadigan moddiy ashyolarni olishga muyassar bo‗lgan Yazdepada olib borilgan arxeologik tadqiqotlar temir davri jamiyatini qamrab olgan tarixiy jarayonlarni yoritish imkonini beradigan moddiy ashyolar olingan. 42Tadqiqotchilar I.Manilov, A. Asqarovlar fikrlariga ko‗ra, Marg‗ianadigi o‗troq aholi bronzaning ikkinchi yarmidan Baqtriyaning janubi va shimoliga ko‗chib kelganlar. 43Janubiy Baqtriyada V.I. Sarianidi Dashli-1,3, yodgorliklarida qazishma ishlarini olib borib, temir jamiyatining vujudga kelishi, rivojlanishiga omil bo‗lgan manbalarini olgan. 44 Arxeologik natijalarga ko‗ra yuqorida qayd qilingan yodgorliklarning hajmi, joylashishi, uy-xonalari, kulochilik ashyolari, iborat xonalar va mudofaa inshootlari o‗rganilib, temir davrida yanada takomillashgan. Shimoliy Baqtriyada Surxondaryo viloyati Sherobod tumani Muzrabod dashtida yodgorlik A.Asqarov tomonidan arxeologik jixatidan keng miqyosda o‗rganilgan. Yodgorlik 5